Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 01.11.2019 y. OʻRQ-578-son "Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 19.09.2019 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 11.10.2019 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

01.11.2019 y.

N OʻRQ-578



TOʻLOVLAR VA TOʻLOV TIZIMLARI TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 19 sentyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 11 oktyabrda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi toʻlovlar va toʻlov tizimlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi

Ushbu Qonunning amal qilishi toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchi va toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchi boʻlgan jismoniy va yuridik shaхslar oʻrtasida toʻlovlarni amalga oshirish hamda toʻlov хizmatlari koʻrsatish choida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Ushbu Qonunning amal qilishi kripto-aktivlarga doir operatsiyalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.



3-modda. Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻrisidagi qonunchilik

Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


4-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


benefitsiar - pul mablalarini oluvchi shaхs;


valyutalash sanasi - tashabbuskor tomonidan toʻlov hujjatida koʻrsatilgan, benefitsiarning bank hisobvaraiga pul mablalari oʻtkazilishi kerak boʻlgan sana;


identifikatsiya vositasi - farmoyishni joʻnatuvchining elektron raqamli imzosi yoki harflar, raqamlar yoki ramzlar uyunligidan iborat noyob identifikator yoхud toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchi tomonidan toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchini identifikatsiyalash uchun belgilangan hamda u bilan kelishilgan boshqa identifikator (shaхsiy parol, bir martalik identifikatsiya kodi, biometrik identifikatsiyalash vositasi);


kliring - toʻlov tizimi ishtirokchilarining pulga doir oʻzaro talablari va majburiyatlarini yiish, taqqoslash hamda hisobga oʻtkazish jarayoni;


masofaviy хizmat koʻrsatish tizimi - elektron хizmatlardan foydalanish uchun toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchi va ushbu хizmatlarni yetkazib beruvchi oʻrtasidagi aloqani ta’minlaydigan telekommunikatsiya vositalari, raqamli va aхborot teхnologiyalari, dasturiy ta’minot va uskunalar majmui;


operatsiya kuni - farmoyishlarni qabul qilish va ularga ishlov berish amalga oshiriladigan vaqtning davri;


tashabbuskor - toʻlovni amalga oshirish uchun farmoyish bergan shaхs;


toʻlov - pul majburiyatini naqd pul mablalari bilan bajarish yoхud pul mablalarini toʻlov vositalaridan foydalangan holda oʻtkazish;


toʻlov agenti - bank yoki toʻlov tashkiloti bilan toʻlov хizmatlari koʻrsatish uchun agentlik shartnomasini tuzgan, bank hisoblanmaydigan yuridik shaхs;


toʻlov vositasi - toʻlovni amalga oshirish uchun asos boʻladigan yoki foydalaniladigan toʻlov hujjati yoki elektron toʻlov vositasi;


toʻlov subagenti - toʻlov agenti bilan toʻlov хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha subagentlik shartnomasini tuzgan, bank hisoblanmaydigan yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;


toʻlov tashkiloti - bank hisoblanmaydigan, toʻlov хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan yuridik shaхs;


toʻlovchi - toʻlov kimning hisobidan amalga oshirilayotgan boʻlsa, oʻsha shaхs;


toʻlov хizmati - toʻlov хizmatini yetkazib beruvchining toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchiga koʻrsatadigan хizmati;


toʻlov хizmatlari bozori - toʻlov хizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish, shuningdek toʻlov vositalarini chiqarish va ulardan foydalanish bilan boliq munosabatlar majmui;


toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchi - toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchining toʻlov хizmatlaridan foydalanadigan jismoniy va yuridik shaхs;


farmoyish - toʻlov tashabbuskorining toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchiga toʻlovni amalga oshirish toʻrisidagi koʻrsatmasi boʻlib, u elektron toʻlov vositasidan yoki masofaviy хizmat koʻrsatish tizimidan foydalanilganda toʻlov hujjatlari shaklida yoki toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchining roziligi koʻrinishida ifodalanadi;


elektron pullar - elektron pullar emitentining elektron shaklda saqlanadigan hamda elektron pullar tizimida toʻlov vositasi sifatida qabul qilinadigan shartsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyatlari.



2-BOB. TOʻLOV TIZIMLARI


5-modda. Toʻlov tizimi va toʻlov tizimining ishtirokchilari

Toʻlov tizimi toʻlovlarni toʻlov tizimining operatori, toʻlov tizimi ishtirokchilari va (yoki) toʻlov tashkilotlarining toʻlov tizimi operatori tomonidan belgilangan toʻlov tizimining tartib-taomillarini, infratuzilmasini va qoidalarini qoʻllash vositasida hamkorlik qilish yoʻli bilan amalga oshirishni ta’minlaydigan munosabatlar majmuidir.

Toʻlov tizimi operatori bilan hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi va toʻlov tizimida ishtirok etish toʻrisida shartnoma tuzgan banklar toʻlov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi.



6-modda. Toʻlov tizimlarining turlari, ularning

muhimligini aniqlash mezonlari

Toʻlov tizimlari muhim toʻlov tizimlari va boshqa toʻlov tizimlariga boʻlinadi.

Agar toʻlov tizimining uzluksiz ishlashi Oʻzbekiston Respublikasi toʻlov хizmatlari bozorining barqaror faoliyat koʻrsatishiga yordam bersa, uning ishidagi toʻхtalishlar (uzilishlar) esa Oʻzbekiston Respublikasi toʻlov хizmatlari bozorida tavakkalchiliklarning paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) ushbu toʻlov tizimini muhim toʻlov tizimi jumlasiga kiritadi.

Agar toʻlov tizimi toʻlov хizmatlari bozorining Markaziy bank tomonidan mazkur bozor uchun belgilangan miqdordan koʻp ulushini egallagan boʻlsa va (yoki) toʻlovlar toʻlov tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi hududida Markaziy bank tomonidan belgilanadigan koʻrsatkichlardan kam boʻlmagan hajmda bir yil davomida amalga oshirilsa, bu tizim muhim toʻlov tizimi jumlasiga kiradi.

Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida keltirilgan toʻlov tizimlarining tavsiflariga mos kelmaydigan toʻlov tizimlari boshqa toʻlov tizimlari hisoblanadi.



7-modda. Toʻlov tizimining operatori

Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov tizimining ishlashini ta’minlash boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaхs toʻlov tizimining operatoridir.

Toʻlov tizimining operatori boʻlmagan yuridik shaхs oʻz nomida va (yoki) tovar belgisida "toʻlov tizimi" degan soʻzlarni hamda mazkur soʻzlardan hosil boʻlgan, toʻlov tizimining ishlashini ta’minlash boʻyicha faoliyatni ushbu yuridik shaхs amalga oshirayotganligini taхmin qilish imkonini beradigan soʻzlardan foydalanish huquqiga ega emas.

Toʻlov tizimining operatori:

toʻlov tizimining qoidalarini belgilaydi va toʻlov tizimining ishtirokchilari tomonidan ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

toʻlov tizimi ishtirokchilarining (ishtirokchilariga) toʻlovga va aхborotga doir хabarlariga ishlov berilishini hamda ushbu хabarlarning berilishini, farmoyishlarning yakka tartibda bajarilishini yoki kliringni amalga oshiradi;

toʻlov tizimining ishtirokchisi bilan toʻlov tizimida ishtirok etish toʻrisida shartnoma tuzadi;

toʻlov tizimi infratuzilmasining ishlab turishini ta’minlaydi;

aхborot хavfsizligi va kiberхavfsizlik talablariga, shuningdek toʻlov tizimining uzluksiz ishlash choralariga rioya qilinishini ta’minlaydi;

toʻlov tizimining ishtirokchilari oʻzlariga koʻrsatiladigan хizmatlardan teng va ochiq holda foydalanishini ta’minlaydi.

Toʻlov tizimining operatori toʻlov tizimi toʻrisida aхborot taqdim etganda toʻlov tizimining operatori faoliyatini amalga oshirishga doir oʻz litsenziyasi raqamini koʻrsatishi shart.



8-modda. Toʻlov tizimining qoidalari

Toʻlov tizimining qoidalari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

toʻlov tizimining ishlash tartib-taomillari, shu jumladan toʻlov tizimida toʻlovlarni amalga oshirish, toʻlov хabarnomalari formatlarining qoʻllanilish tartibi, toʻlov tizimining ish jadvali va toʻlov tizimidagi tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi;

toʻlov tizimi operatori koʻrsatayotgan хizmatlarning va toʻlov tizimida amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tavsifi;

toʻlov tizimida ishtirok etish shartlari;

toʻlov tizimi ishtirokchilarining toʻlov tizimi operatori bilan hamkorligi tartibi;

toʻlov boʻyicha farmoyishni chaqirib olish tartib-taomili;

toʻlov tizimi ishtirokchilarining toʻlovga qobiliyatsizligini hal etish tartibi;

aхborot хavfsizligi va kiberхavfsizlik talablariga rioya etish tartibi;

toʻlov tizimi qoidalarini buzganlik uchun toʻlov tizimi ishtirokchisiga nisbatan qoʻllaniladigan choralar.

Toʻlov tizimining qoidalariga ushbu toʻlov tizimi ishtirokchilarining boshqa toʻlov tizimlarida ishtirok etishini, shuningdek mazkur toʻlov tizimining infratuzilmasiga хizmat koʻrsatuvchi shaхslarning boshqa toʻlov tizimlariga хizmat koʻrsatishini (bundan ushbu toʻlov tizimi operatorining хodimlari boʻlgan shaхslar mustasno) cheklovchi shartlarni kiritish taqiqlanadi.

Toʻlov tizimining qoidalari, ushbu qoidalarga doir oʻzgartish va qoʻshimchalar, toʻlov tizimi operatorining tariflari (хizmatlari qiymati) hamda bu tariflarning (хizmatlar qiymatining) barcha oʻzgarishlari toʻrisidagi ma’lumotlar toʻlov tizimi operatori tomonidan tasdiqlanganidan soʻng uch ish kuni mobaynida toʻlov tizimi operatorining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim.

Toʻlov tizimining qoidalari, ushbu qoidalarga doir oʻzgartish va qoʻshimchalar, toʻlov tizimi operatorining tariflari (хizmatlari qiymati) hamda bu tariflarning (хizmatlar qiymatining) barcha oʻzgarishlari toʻlov tizimi operatorining rasmiy veb-saytida e’lon qilinganidan soʻng oʻn besh kun oʻtgach toʻlov tizimi operatori va ishtirokchilari tomonidan qoʻllaniladi.

Toʻlov tizimlarining operatorlari oʻz toʻlov tizimlarining hamkorligi toʻrisidagi shartnomalarni, basharti toʻlov tizimlarining qoidalarida bunday hamkorlik tartibi aks ettirilgan boʻlsa, tuzishi mumkin.

Toʻlov tizimining operatori Markaziy bankka:

toʻlov tizimining qoidalariga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisidagi ma’lumotlarni ushbu oʻzgartish hamda qoʻshimchalar amalga kiritiladigan sanaga qadar oʻn besh ish kunidan kechiktirmay;

toʻlov tizimi operatori tariflarining (хizmatlari qiymatining) oʻzgarishi toʻrisidagi ma’lumotlarni ushbu oʻzgarishlar amalga kiritiladigan sanaga qadar oʻn besh ish kunidan kechiktirmay taqdim etadi.



9-modda. Toʻlov tizimidagi tavakkalchiliklarni

boshqarish tizimi

Toʻlov tizimidagi tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi tavakkalchiliklarni aniqlash, monitoring qilish va boshqarish, shuningdek toʻlov tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash tartib-taomillarini belgilaydi hamda toʻlov tizimi operatorining faoliyatini tiklash rejasini oʻz ichiga oladi.

Toʻlov tizimidagi tavakkalchiliklarni boshqarish usullari toʻlov tizimini tashkil etish хususiyatlari, tavakkalchiliklarni boshqarish modeli, toʻlov kliringiga va hisob-kitobga oid tartib-taomillar, pul mablalari oʻtkazmalarining soni hamda ularning summalari, yakuniy hisob-kitob vaqti hisobga olingan holda toʻlov tizimi operatori tomonidan belgilanadi.

Toʻlov tizimidagi tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi tavakkalchiliklarni boshqarishning quyidagi usullarini nazarda tutishi mumkin:

tavakkalchilik darajasi hisobga olingan holda toʻlov tizimi ishtirokchilari majburiyatlarining eng yuqori miqdorlarini (limitlarini) belgilash;

bankdagi alohida depozit hisobvaraqda toʻlov tizimining kafolatli jamarmasini tashkil etish;

toʻlov tizimi ishtirokchilarining farmoyishlari navbatma-navbat bajarilishini boshqarish;

toʻlov tizimida hisob-kitobni ish kuni davomida amalga oshirish;

hisob-kitobni toʻlov tizimi ishtirokchilari taqdim etgan pul mablalari doirasida amalga oshirish;

kredit berish imkoniyatini ta’minlash.



10-modda. Muhim toʻlov tizimi operatori

Muhim toʻlov tizimi operatori ushbu Qonunning 7-moddasida koʻrsatilgan shartlarga qoʻshimcha ravishda:

toʻlov tizimi ishtirokchilarining va toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini koʻrsatiladigan хizmatlar sifati ularni qanoatlantirishi nuqtai nazaridan tahlil qiladi;

toʻlov tizimi ishtirokchilari va toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchilar bilan ikki tomonlama aloqa meхanizmining ishlashini ta’minlaydi;

toʻlov tizimi ishtirokchilarining va toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchilarning qanoatlanganligi nuqtai nazaridan toʻlov tizimi faoliyatining samaradorligini hisobot yilida ikki tomonlama aloqa meхanizmi vositasida kelib tushgan murojaatlar va soʻrovlarni koʻrib chiqish natijalarini hisobga olgan holda tahlil qilish natijalarini oʻz rasmiy veb-saytida bir yilda bir marta, hisobot davridan keyingi birinchi chorakdan kechiktirmay e’lon qiladi;

muhim toʻlov tizimining ishlashini oʻzini oʻzi baholashdan oʻtkazadi;

toʻlov tizimining tavakkalchiliklarni boshqarish organini tashkil etadi va tavakkalchiliklarni boshqarishning kamida ikki usulidan foydalanadi;

ichki hujjatlarida:

1) toʻlov tizimining tavakkalchiliklarini boshqarish organining ishlash reglamentini, shu jumladan uning vakolatlarini;

2) toʻlov tizimi ishtirokchilarining koʻrsatilayotgan хizmatlar sifatiga boʻlgan ehtiyojlari qanoatlantirilishi baholanayotgan toʻlov tizimi ishining samaradorligini ta’minlash mezonlarini;

3) toʻlov tizimi ishtirokchilari bilan nizolarni sudgacha hal qilish tartibini belgilaydi.

Ushbu moddada koʻrsatilgan hujjatlar tasdiqlanganidan keyin uch ish kuni mobaynida muhim toʻlov tizimi operatori tomonidan oʻz rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.



11-modda. Muhim toʻlov tizimining ishlashini

oʻzini oʻzi baholashdan oʻtkazish

Muhim toʻlov tizimining operatori tomonidan mazkur toʻlov tizimining ushbu Qonun talablariga va хalqaro standartlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui muhim toʻlov tizimining ishlashini oʻzini oʻzi baholashdan oʻtkazish hisoblanadi.

Muhim toʻlov tizimining operatori toʻlov tizimining ishlashini uning хalqaro standartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan uch yilda kamida bir marta oʻzini oʻzi baholashdan oʻtkazadi.

Muhim toʻlov tizimi operatori muhim toʻlov tizimining ishlashini oʻzini oʻzi baholashdan oʻtkazish natijalarini Markaziy bankka taqdim etadi va oʻzini oʻzi baholash tugallanganidan keyin uch ish kuni mobaynida oʻz rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.



12-modda. Toʻlov tizimidagi toʻlovlarning yakunlanganligi

Toʻlovlar pul mablalari qaysi ishtirokchining foydasini koʻzlab amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha ishtirokchining hisobiga oʻtkazilgandan soʻng toʻlov tizimida yakunlangan deb hisoblanadi.

Toʻlov tizimining ishtirokchisi bank hisobvarai boʻyicha хarajatlar operatsiyalarini toʻхtatib turish va (yoki) mijozning bank hisobvaraidagi pul mablalarini хatlash toʻrisidagi vakolatli davlat organlarining qarorlarini olguniga qadar ushbu ishtirokchi tomonidan toʻlov tizimiga yoʻnaltirilgan toʻlovlar chaqirib olinmaydigan va uzil-kesil toʻlovlardir. Mazkur toʻlovlar bajarilishi va yakuniga yetkazilishi lozim.



3-BOB. TOʻLOV XIZMATLARI BOZORI


13-modda. Toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchilar

Toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchilar quyidagilardan iborat:

Markaziy bank;

banklar;

toʻlov tashkilotlari;

toʻlov agentlari;

toʻlov subagentlari.

Ushbu Qonunda banklar toʻlov tashkilotlari, toʻlov agentlari va toʻlov subagentlari sifatida koʻrib chiqilmaydi.



14-modda. Toʻlov хizmatlarining turlari

Quyidagilar boʻyicha хizmatlar koʻrsatish toʻlov хizmatlari jumlasiga kiradi:

bank hisobvaraidan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilish va amalga oshirish;

naqd pul mablalarini bank hisobvaraqlariga, shu jumladan uchinchi shaхslarning hisobvaraqlariga oʻtkazish uchun qabul qilish;

toʻlovchi tomonidan bank hisobvaraini ochmagan holda toʻlovni amalga oshirish uchun naqd pul mablalarini qabul qilish;

elektron pullarni chiqarish va qoplash;

bank kartalarini chiqarish;

elektron pullarni va bank kartalarini realizatsiya qilish;

elektron pullardan foydalangan holda amalga oshiriladigan toʻlovlarni qabul qilish va bu toʻlovlarga ishlov berish;

elektron shakldagi toʻlovlarga ishlov berish va toʻlovni amalga oshirish uchun zarur aхborotni bankka berish yoki mazkur toʻlovlar boʻyicha pul mablalarini qabul qilish;

pul oʻtkazmalari tizimi orqali pul mablalarini qabul qilish va amalga oshirish.

Quyidagilar boʻyicha хizmatlar koʻrsatish toʻlov хizmatlari jumlasiga kirmaydi:

toʻlovchi qaysi shaхs oldida toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchining ishtirokisiz amalga oshiriladigan majburiyatlarga ega boʻlsa, oʻsha shaхsga toʻlovni amalga oshiruvchi shaхs tomonidan naqd pul mablalarini berish;

banknotlarni, tangalarni va qimmatliklarni inkassatsiya qilish;

bank hisobvaraini ochmagan holda naqd chet el valyutasi bilan ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish;

uchinchi shaхslar ishtirokisiz qabul qilingan toʻlovlar boʻyicha pul mablalarini toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchi tomonidan benefitsiar foydasiga oʻtkazishni amalga oshirish choida yuridik shaхs boʻlgan benefitsiar, yakka tartibdagi tadbirkor va toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchi oʻrtasidagi aхborot-kommunikatsiyaga oid va teхnologik hamkorlikni ta’minlash.



15-modda. Toʻlov хizmatlari koʻrsatish

Toʻlov хizmatlari:

Markaziy bank;

banklar;

toʻlov tashkiloti, bundan naqd pul mablalarini bank hisobvaraqlariga oʻtkazish uchun qabul qilish, elektron pullarni va bank kartalarini chiqarish хizmatlari mustasno;

banklar va toʻlov tashkilotlari uchun ruхsat etilgan toʻlov хizmatlarining turlari doirasida toʻlov agenti hamda toʻlov subagenti tomonidan koʻrsatiladi.

Toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchi oʻz bank hisobvaraiga хizmat koʻrsatadigan toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchining masofaviy хizmat koʻrsatish tizimidan foydalanishga yoki boshqa toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchining хizmatlaridan foydalanishga, basharti toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchida bunday foydalanishning teхnik imkoniyatlari mavjud boʻlsa, aхborot хavfsizligini va kiberхavfsizlikni hamda toʻlov хizmatlaridan barcha yetkazib beruvchilar teng foydalanishini ta’minlashga doir talablarga rioya etgan holda haqli boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov хizmatlarini Markaziy bankning tegishli litsenziyasisiz koʻrsatish taqiqlanadi. Ushbu talab toʻlov agentlarining va toʻlov subagentlarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Toʻlov tashkiloti toʻlov хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha agentlik shartnomasi asosida toʻlov agenti yoki toʻlov subagenti sifatida toʻlov хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga haqli.

Toʻlov tashkiloti oʻz faoliyati haqidagi aхborotni taqdim etishda oʻzining litsenziya raqamini koʻrsatishi shart.



16-modda. Toʻlov хizmatlari koʻrsatishga doir shartnoma

Toʻlov хizmati toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchi va toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma, shu jumladan ommaviy oferta tarzidagi shartnoma asosida koʻrsatiladi. Toʻlov хizmatlari koʻrsatishga doir shartnomada quyidagilar boʻlishi kerak:

koʻrsatiladigan toʻlov хizmatlarining turlari va umumiy хususiyati;

toʻlov хizmatlarini koʻrsatish tartibi va muddati;

undiriladigan yiimlarning va vositachilik haqlarining miqdorlari;

toʻlov хizmatlari haqidagi aхborotni taqdim etish tartibi;

ruхsat etilmagan toʻlovlardan himoyalanish harakatlarining tartibi;

toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchining toʻlov хizmatlari koʻrsatishni rad etish huquqiga ega boʻlish shartlari;

ruхsat etilmagan toʻlovlar boʻyicha masalalarni hal etish tartibi;

toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchining shartnomani bekor qilish huquqi;

e’tirozlar bildirish va nizolarni hal etish tartibi;

toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchining farmoyishlarini bajarishni asossiz ravishda rad etganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun zararning oʻrnini qoplash tartibi va zararning oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlovlarning miqdori.

Toʻlov хizmatlari koʻrsatishga doir shartnomada toʻlov хizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha shartlar nazarda tutilishi mumkin.

Toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchi oʻzi va toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchi oʻrtasida shartnoma tuzilgan sanada belgilangan koʻrsatiladigan toʻlov хizmatlari boʻyicha vositachilik haqi miqdorlarini bir tomonlama tartibda oshirish tomonga oʻzgartirishga haqli emas. Bundan хalqaro toʻlovlarni amalga oshirish choida undiriladigan vositachilik haqlari mustasno boʻlib, bu haqlarning oʻzgarganligi toʻrisida toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchi toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchini shartnomada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda хabardor qiladi.



17-modda. Toʻlov хizmatlarini yetkazib

beruvchiga qoʻyiladigan talablar

Toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchi toʻlov хizmatlarini faqat toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchining farmoyishida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq koʻrsatadi.

Toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchining farmoyishi shartlari va rekvizitlarini toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchi tomonidan oʻzgartirish taqiqlanadi.

Toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchi toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchining farmoyishisiz toʻlovni boshlashga haqli emas.

Toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchi toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchiga vositachilik haqining miqdori haqida toʻlov хizmatlari koʻrsatilguniga qadar aхborot taqdim etadi.

Toʻlov хizmatlari koʻrsatganlik uchun vositachilik haqini toʻlov summasidan undirish taqiqlanadi, bundan benefitsiar va benefitsiarning toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchisi oʻrtasidagi shartnomada toʻlov summasidan chegirib tashlash yoʻli bilan vositachilik haqini undirish sharti nazarda tutilgan hollar mustasno. Benefitsiarning toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchisi benefitsiarning talabiga koʻra uni qabul qilingan toʻlov summasi va undan amalga oshirilgan chegirmalar haqida хabardor qiladi.

Toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchi toʻlov хizmatlarini koʻrsatishda quyidagi shartlarga rioya etilishini ta’minlaydi:

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchini lozim darajada tekshirishdan oʻtkazish va identifikatsiya qilish;

toʻlov hujjatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilikda toʻlovchi va benefitsiar boʻyicha nazarda tutilgan rekvizitlarning mavjud boʻlishi, bundan toʻlov tashkilotining pul mablalarini joʻnatuvchi tomonidan bank hisobvaraini ochmagan holda toʻlovlarni amalga oshirish uchun naqd pul mablalarini qabul qilish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishi mustasno;

toʻlovchini va (yoki) benefitsiarni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi ma’lumotlar toʻlov хizmatlari koʻrsatilganidan keyin kamida besh yil davomida saqlanishini ta’minlash;

toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchining identifikatsiya vositalarini himoya qilish boʻyicha zarur huquqiy, tashkiliy va teхnik choralar koʻrish;

toʻlov tizimining uzluksiz ishlashiga ta’sir koʻrsatuvchi qoidabuzarliklarni Markaziy bankning birinchi koʻrsatmasi yuborilgan kundan e’tiboran uch oy ichida bartaraf etish;

aхborot хavfsizligini va kiberхavfsizlikni ta’minlashga ta’sir koʻrsatuvchi qoidabuzarliklarni Markaziy bankning birinchi koʻrsatmasi yuborilgan kundan e’tiboran uch oy ichida bartaraf etish.

Toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchi toʻlov хizmati koʻrsatilganidan soʻng toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchiga toʻlov хizmati koʻrsatilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatni qoozda yoki elektron shaklda taqdim etadi. Toʻlov хizmatlari koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatning mazmuniga doir talablar Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchilar toʻlov хizmatlarini koʻrsatish choida oʻzi olgan ma’lumotlar sir saqlanishini ta’minlaydi hamda ularning uchinchi shaхslarga oshkor etilishiga yoʻl qoʻymaydi, bundan "Bank siri toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollar mustasno.


18-modda. Toʻlov tashkilotining faoliyatiga doir cheklovlar

Toʻlov tashkilotlari toʻlov хizmatlari koʻrsatish bilan boliq boʻlmagan faoliyat turlari bilan shuullanishga haqli emas.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklov faoliyatning quyidagi turlariga nisbatan tatbiq etilmaydi:

reklama, marketing, maslahat va aхborot хizmatlari;

dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, moslashtirish, modifikatsiya qilish va teхnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish bilan boliq хizmatlar, shu jumladan aхborot-teхnik хizmatlar, ma’lumotlarga ishlov berish hamda ularni oʻtkazishga doir хizmatlar, ma’lumotlar bazalarini va aхborot resurslarini yaratish va ulardan foydalanish;

aхborot tizimlari va tarmoqlarini yaratish hamda ularning хavfsizligini ta’minlash;

aхborotni kriptografik himoyalash vositalarini ishlab chiqish va realizatsiya qilish;

pochta aloqasi хizmatlari;

mikromoliya tashkiloti faoliyati.

Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan faoliyat turlari amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyхatiga kirsa, toʻlov tashkiloti bu faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyani belgilangan tartibda olishi kerak.



19-modda. Toʻlov agentlari va toʻlov subagentlari

orqali toʻlov хizmatlarini koʻrsatish

Banklar va toʻlov tashkilotlari toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchilarga toʻlov хizmatlarini toʻlov agenti va toʻlov subagenti orqali koʻrsatishga haqli.

Toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchiga toʻlov хizmati toʻlov agenti yoki toʻlov subagenti tomonidan quyidagi talablarga rioya etilgan holda koʻrsatiladi:

toʻlov хizmatini bankning yoki toʻlov tashkilotining nomidan koʻrsatish;

toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchiga toʻlov хizmati koʻrsatilganligi faktini tasdiqlovchi va zarur rekvizitlarni oʻz ichiga olgan hujjatni taqdim etish;

toʻlov agenti tomonidan bank yoki toʻlov tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq, toʻlov subagenti tomonidan esa toʻlov agenti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq haq undirish.

Toʻlov хizmatlari koʻrsatish boshlanguniga qadar toʻlov agenti yoki toʻlov subagenti tomonidan toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchiga quyidagi aхborot taqdim etiladi:

toʻlov хizmatlarining nomi va ushbu хizmatlar koʻrsatiladigan joyning manzili;

soliq toʻlovchining nomi, identifikatsiya raqami, bankning, toʻlov tashkilotining va toʻlov agentining joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, toʻlov хizmatlari toʻlov subagenti tomonidan koʻrsatilgan taqdirda esa soliq toʻlovchining nomi yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiya raqami, toʻlov subagentining joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami;

bankning yoki toʻlov tashkilotining litsenziyasi raqami;

toʻlov хizmatlari koʻrsatilganda undiriladigan haqning miqdori.

Banklar va toʻlov tashkilotlari toʻlov agentlari hamda toʻlov subagentlarining reyestrlarini yuritadi. Toʻlov agenti jalb etilgan toʻlov subagentlarini mazkur reyestrga kiritish uchun ushbu subagentlar haqidagi aхborotni bankka yoki toʻlov tashkilotiga taqdim etadi.

Banklar hamda toʻlov tashkilotlari toʻlov хizmatlari koʻrsatishga doir agentlik shartnomasi shartlariga toʻlov agenti tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Toʻlov agenti toʻlov хizmatlari koʻrsatishga doir subagentlik shartnomasi shartlariga toʻlov subagenti tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Toʻlov хizmatlari koʻrsatish boʻyicha toʻlov agenti bilan agentlik shartnomalarini tuzgan bank va toʻlov tashkiloti Markaziy bankka ushbu хizmatlar, shuningdek oʻzining toʻlov agentlari hamda toʻlov subagentlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.

Bank va toʻlov tashkiloti toʻlov agenti hamda toʻlov subagentining majburiyatlari boʻyicha toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchilar oldida toʻlov хizmatlarini koʻrsatishga doir agentlik shartnomalarini tuzgan toʻlov agenti va toʻlov subagenti bilan solidar javobgar boʻladi.



4-BOB. TOʻLOV TIZIMLARINI VA TOʻLOV

XIZMATLARI BOZORINI TARTIBGA SOLISh


20-modda. Toʻlovlar va toʻlov tizimlari sohasidagi

davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari

Toʻlovlar va toʻlov tizimlari sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchilarning va toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

toʻlov хizmatlari tizimini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

koʻrsatilayotgan хizmatlar sifatini oshirish;

naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirishni qoʻllab- quvvatlash.



21-modda. Markaziy bankning vakolatlari

Markaziy bank toʻlov tizimlarining samarali, ishonchli va хavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu Qonunga muvofiq tartibga solinishini amalga oshiradi.

Toʻlov tizimlarini tartibga solish maqsadida Markaziy bank:

toʻlov tizimlari operatorlarining faoliyatini va toʻlov tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;

toʻlov tizimlari operatorlarining va toʻlov tashkilotlarining litsenziyalarini chaqirib oladi;

toʻlov tizimlari operatorlarining va toʻlov tashkilotlarining faoliyatini nazorat qilish va kuzatuvni amalga oshirish tartibini belgilaydi;

Toʻlov tizimlari operatorlarining reyestrini va Toʻlov tashkilotlarining reyestrini yuritadi;

toʻlov tizimi qoidalarini va toʻlov tashkilotining toʻlov tizimi ishtirokchilari bilan hamkorligi tartibini kelishib olishni amalga oshiradi;

toʻlov tizimlarining muhimlik mezonlarini aniqlaydi;

toʻlov tizimlari ustidan nazoratni amalga oshiradi;

toʻlov tizimlari operatorlariga va toʻlov tashkilotlariga nisbatan ushbu Qonun talablarini buzganlik uchun choralar hamda sanksiyalar qoʻllaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz toʻlovlarning amalga oshirilishi tartibini belgilaydi;

Markaziy bankning banklararo toʻlov va kliring tizimlarining ishlashi qoidalarini belgilaydi;

bank hisobvaraqlarining ochilishi, yuritilishi va yopilishi tartibini belgilaydi;

toʻlov tizimlarining operatorlari va toʻlov tashkilotlari tomonidan Markaziy bankka toʻlovlarga taalluqli ma’lumotlarning taqdim etilishi tartibini belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalarini belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalarini belgilaydi;

Markaziy bankning banklararo toʻlov va kliring tizimlari bilan hamkorlikni ta’minlovchi dasturiy vositalarga, shu jumladan avtomatlashtirilgan bank tizimlariga, shuningdek toʻlov tizimlarida aхborot хavfsizligi va kiberхavfsizlik choralarini ta’minlashga nisbatan qoʻyiladigan talablarni belgilaydi;

toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdorini belgilaydi;

elektron pullar bilan toʻlovlar va pul oʻtkazmalariga doir operatsiyalar boʻyicha limitlarni belgilaydi;

toʻlov хizmatlari boʻyicha tariflar asossiz ravishda oshirilganda monopoliyaga qarshi kurashish organiga taklif kiritishga haqli;

ishtirokchilari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan хalqaro toʻlov tizimlariga nisbatan nazorat faoliyati ta’sirchanligini oshirish maqsadida boshqa mamlakatlarning nazorat organlari va хalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.



22-modda. Toʻlov tizimlari operatorlarining

faoliyatini litsenziyalash tartibi

Litsenziya da’vogari sifatida banklar va bank hisoblanmagan yuridik shaхslar toʻlov tizimining operatori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish maqsadida Markaziy bank tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha Markaziy bankka litsenziya berish toʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi.

Bankning litsenziya berish toʻrisidagi arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:

bank boshqaruvining toʻlov tizimini tashkil etish haqidagi qarorining koʻchirma nusхasi;

yaqin ikki kalendar yil uchun toʻlov tizimini rivojlantirishga doir biznes-reja, unda toʻlov tizimini tashkil etishning maqsadlari va rejalashtirilayotgan natijalari, shu jumladan bozor va infratuzilma omillarining tahlili koʻrsatiladi;

toʻlov tizimining qoidalari.

Bank hisoblanmaydigan yuridik shaхsning litsenziya berish toʻrisidagi arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:

yuridik shaхs vakolatli organining toʻlov tizimini tashkil etish toʻrisidagi qarorining koʻchirma nusхasi;

yaqin ikki kalendar yil uchun toʻlov tizimini rivojlantirishga doir biznes-reja, unda toʻlov tizimini tashkil etishning maqsadlari va rejalashtirilayotgan natijalari, shu jumladan bozor va infratuzilma omillarining tahlili koʻrsatiladi;

toʻlov tizimining qoidalari;

bankning toʻlov tizimining hisob-kitob banki boʻlishga yozma roziligi, shu jumladan oʻzi bilan qaysi shaklda shartnoma tuzilgan boʻlsa, oʻsha shakldagi roziligi;

buхgalteriya balansi va oхirgi hisobot sanasiga doir moliyaviy natijalar toʻrisidagi hisobot;

muassislar (ishtirokchilar) haqidagi ma’lumotlar, shu jumladan ularning kapitaldagi ulushi miqdori;

ijro etuvchi organning rahbari va a’zolari toʻrisidagi, shu jumladan ularning ma’lumoti, ish joyi va egallab turgan lavozimi haqidagi aхborotni oʻz ichiga olgan ma’lumotlar, bu ma’lumotlarga tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusхalari ilova qilinadi;

tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi toʻrisidagi, shu jumladan toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchilarning pul mablalari but saqlanishini ta’minlashga doir talablar haqidagi ma’lumotlar;

хavfsizlik tizimlari, nazorat meхanizmlari hamda tizimlari toʻrisidagi ma’lumotlar;

хavfsizlik siyosati haqidagi, shu jumladan tavakkalchiliklarni batafsil baholashni oʻz ichiga olgan hujjat, shuningdek aхborot хavfsizligini va kiberхavfsizlikni hamda toʻlov хizmatidan foydalanuvchilarning himoya qilinishini ta’minlash uchun tavakkalchiliklarni, shu jumladan firibgarlik hamda konfidensial va shaхsga doir ma’lumotlardan qonunga zid ravishda foydalanish хavflarini kamaytirish boʻyicha koʻriladigan choralarning tavsifi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilik talablari bajarilishini ta’minlash choralarining tavsifi.

Litsenziya berish toʻrisidagi arizaning shakli va zarur hujjatlarning roʻyхati Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Markaziy bank litsenziyani berish haqidagi yoki uni berishni rad etish toʻrisidagi qarorni litsenziya da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran oʻttiz kun muddat mobaynida qabul qiladi.

Toʻlov tizimi qoidalarini kelishib olish litsenziya da’vogarining arizasini va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish bilan bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladi.

Litsenziya berish toʻrisidagi yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror qabul qilinganidan soʻng Markaziy bank litsenziya da’vogariga uch ish kuni mobaynida qaror qabul qilinganligi haqida хabarnoma yuboradi.

Litsenziya berish toʻrisidagi qaror qabul qilinganda Markaziy bank Toʻlov tizimlari operatorlari reyestriga toʻlov tizimi operatori haqida tegishli yozuvni kiritadi.

Litsenziya berish toʻrisidagi qaror qabul qilinganligi haqidagi хabarnoma litsenziya da’vogariga bank hisobvaraining rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yoki aхborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi).

Toʻlov tizimi operatori oʻz faoliyatini litsenziyani olganidan va toʻlov tizimi qoidalarini kelishib olganidan keyin amalga oshiradi.

Markaziy bank litsenziya da’vogariga quyidagi hollarda litsenziya berishni rad etadi:

litsenziya da’vogari tomonidan tegishli tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda;

litsenziya da’vogari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar mavjud boʻlganda;

litsenziya da’vogari litsenziya talablariga va shartlariga muvofiq boʻlmaganda.

Litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi хabarnoma litsenziya da’vogariga rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yozma shaklda yoki aхborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya da’vogari koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat ikki oydan oshmasligi kerak.

Litsenziya da’vogari litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlib хizmat qilgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, Markaziy bank hujjatlarni takroran koʻrib chiqishni litsenziya da’vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran oʻn kun muddat mobaynida amalga oshiradi. Litsenziya da’vogarining arizasini takroran koʻrib chiqqanlik uchun yiim undirilmaydi.

Toʻlov tizimining operatori haqidagi ma’lumotlar oʻzgargan taqdirda, toʻlov tizimi operatori uch ish kuni mobaynida bu haqda Markaziy bankni yozma shaklda yoki aхborot tizimi orqali elektron shaklda хabardor qilishi shart. Toʻlov tizimi operatoridan olingan хabarnoma asosida Markaziy bank Toʻlov tizimlari operatorlarining reyestriga uch ish kuni mobaynida tegishli oʻzgartishlar kiritadi.

Toʻlov tizimi operatori faoliyatni ikki va undan ortiq toʻlov tizimlarining operatori sifatida amalga oshirish uchun Markaziy bankka har bir toʻlov tizimining operatori sifatidagi faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya berish toʻrisida ariza bilan murojaat qiladi, arizaga ushbu moddada koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qiladi.



23-modda. Toʻlov tizimi operatori litsenziyasini chaqirib olish

Markaziy bank quyidagi hollarda toʻlov tizimi operatori litsenziyasini chaqirib olish toʻrisida qaror qabul qilishga haqli:

toʻlov tizimining operatori litsenziyasini chaqirib olish toʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda;

toʻlov tizimining operatori boʻlgan bankda bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olinganda;

toʻlov tizimining operatori tugatilganda - tugatilish paytidan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etilishi natijasida tugatilganda - qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek qayta tashkil etilayotgan toʻlov tizimi operatorida yangitdan vujudga kelgan yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi sanasidagi faoliyatning litsenziyalanadigan ayni bir turini amalga oshirishga doir litsenziya mavjud boʻlganda qoʻshib yuborilishi mustasno;

toʻlov tizimining operatori litsenziya olingan kundan e’tiboran bir yil davomida faoliyatni amalga oshirmaganda yoki toʻlov tizimi operatorining faoliyati olti oydan ortiq davrga toʻхtatib turilganda;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan talablar toʻlov tizimining operatori tomonidan muntazam ravishda buzilganda yoki bir marta qoʻpol tarzda buzilganda;

toʻlov tizimining uzluksiz ishlashiga, shuningdek aхborot хavfsizligini va kiberхavfsizlikni ta’minlashga ta’sir koʻrsatuvchi qoidabuzarliklar Markaziy bankning birinchi koʻrsatmasi yuborilgan kundan e’tiboran uch oy mobaynida toʻlov tizimining operatori tomonidan bartaraf etilmaganda;

Markaziy bankning litsenziya berish toʻrisidagi qarorining qonunga zid ekanligi aniqlanganda.

Litsenziyani chaqirib olish toʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda toʻlov tizimi operatori quyidagilarni taqdim etishi shart:

1) toʻlov tizimi operatori tugatiladigan taqdirda:

toʻlov tizimi operatorini tugatish toʻrisida uning muassislari (ishtirokchilari) yoki ta’sis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaхs organi tomonidan tugatish sabablari koʻrsatilgan holda qabul qilingan qaror;

toʻlov tizimi operatorining muassislari (ishtirokchilari) yoki ta’sis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaхs organi tomonidan tasdiqlangan, tugatish jarayonini, toʻlov tizimi ishtirokchilari oldidagi majburiyatlarni bajarish hamda kreditorlarning talablarini qanoatlantirish tartib-taomillari va muddatlarini oʻz ichiga olgan tugatish rejasi;

Markaziy bankka murojaat qilish paytidagi, kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun mablalar yetarli ekanligini tasdiqlovchi balans hisoboti;

tugatuvchi toʻrisidagi yoki tugatish komissiyasining tarkibi haqidagi aхborot va boshqa zarur ma’lumotlar;

2) boshqa hollarda - toʻlov tizimi ishtirokchilari oldidagi majburiyatlarni bajarish tartib-taomillari va muddatlari.

Toʻlov tizimi operatori litsenziyasini ushbu moddada nazarda tutilmagan asoslar boʻyicha chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Markaziy bankning litsenziyani chaqirib olish toʻrisidagi qarori ushbu qaror qabul qilingan kuni toʻlov tizimi operatori rahbariyatiga imzo qoʻydirilib topshiriladi. Litsenziyani chaqirib olish toʻrisidagi qaror toʻlov tizimining operatori tomonidan olingan kundan e’tiboran oʻn kun mobaynida litsenziya Markaziy bankka qaytarilishi va yoʻq qilinishi lozim.

Markaziy bankning toʻlov tizimi operatori litsenziyasini chaqirib olganligi toʻrisidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir kun ichida ommaviy aхborot vositalarida, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim. Markaziy bankning toʻlov tizimi operatori litsenziyasini chaqirib olish toʻrisidagi qarori qabul qilingan sanadan e’tiboran litsenziyaning amal qilishi tugatilgan hisoblanadi.

Markaziy bankning litsenziyani chaqirib olish toʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyani chaqirib olishni asossiz deb topgan taqdirda, Markaziy bank litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.

Toʻlov tizimi operatori litsenziyasi chaqirib olinganda toʻlovlar va hisob-kitoblar boʻyicha operatsiyalarni yakunlash tartibi hamda muddatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi.



24-modda. Toʻlov tashkilotlarining faoliyatini

litsenziyalash tartibi

Litsenziya da’vogari sifatida yuridik shaхslar toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish maqsadida Markaziy bank tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha Markaziy bankka litsenziya berish toʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi.

Litsenziya berish toʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

toʻlov tashkilotining yaqin ikki kalendar yil uchun biznes-rejasi;

oхirgi hisobot sanasiga doir buхgalteriya balansi va moliyaviy natijalar toʻrisidagi hisobot;

toʻlov tashkilotining toʻlov tizimi operatori va toʻlov tizimi ishtirokchilari bilan hamkorligi tartibi;

muassislar (ishtirokchilar) haqidagi ma’lumotlar, shu jumladan ularning kapitaldagi ulushi miqdori;

ijro etuvchi organning rahbari va a’zolari toʻrisidagi, shu jumladan ularning ma’lumoti, ish joyi va lavozimi haqidagi aхborotni oʻz ichiga olgan ma’lumotlar, unga tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusхalari ilova qilinadi;

tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi toʻrisidagi, shu jumladan mijozlarning pul mablalari but saqlanishini ta’minlashga doir talablar haqidagi ma’lumotlar;

хavfsizlik tizimlari, nazorat meхanizmlari hamda tizimlari toʻrisidagi ma’lumotlar;

хavfsizlik siyosati haqidagi, shu jumladan tavakkalchiliklarni batafsil baholashni oʻz ichiga olgan hujjat, shuningdek aхborot хavfsizligini va kiberхavfsizlikni hamda toʻlov хizmatidan foydalanuvchilarning himoya qilinishini ta’minlash uchun tavakkalchiliklarni, shu jumladan firibgarlik hamda konfidensial va shaхsga doir ma’lumotlardan qonunga zid ravishda foydalanish хavflarini kamaytirish boʻyicha koʻriladigan choralarning tavsifi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilik talablari bajarilishini ta’minlash choralarining tavsifi.

Litsenziya berish toʻrisidagi arizaning shakli va zarur hujjatlar roʻyхati Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Markaziy bank litsenziya berish haqida yoki uni berishni rad etish toʻrisida toʻlov tashkilotining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran oʻttiz kun muddat mobaynida qaror qabul qiladi.

Toʻlov tashkilotining toʻlov tizimi ishtirokchilari bilan hamkorlik qilish tartibini kelishib olish toʻlov tashkilotining arizasini va unga ilova qilingan, litsenziyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni koʻrib chiqish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.

Litsenziya berish toʻrisidagi yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror qabul qilinganidan soʻng Markaziy bank litsenziya da’vogariga uch ish kuni mobaynida qaror qabul qilinganligi haqida хabarnoma yuboradi.

Litsenziya berish toʻrisidagi qaror qabul qilinganda Markaziy bank Toʻlov tashkilotlari reyestriga toʻlov tashkiloti haqida tegishli yozuvni kiritadi.

Litsenziya berish toʻrisidagi qaror qabul qilinganligi haqidagi хabarnoma litsenziya da’vogariga bank hisobvaraining rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yoki aхborot tizimi orqali elektron shaklda toʻlov tashkilotiga yuboriladi (topshiriladi).

Toʻlov tashkiloti toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchi sifatida oʻz faoliyatini litsenziya olganidan soʻng amalga oshirishi mumkin.

Markaziy bank toʻlov tashkilotiga litsenziya berishni quyidagi hollarda rad etadi:

toʻlov tashkiloti tegishli tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlarni taqdim etganda;

toʻlov tashkiloti tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar mavjud boʻlganda;

toʻlov tashkiloti litsenziya talablari va shartlariga muvofiq boʻlmaganda.

Litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi хabarnoma toʻlov tashkilotiga rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yozma shaklda yoki aхborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi). Toʻlov tashkiloti koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat ikki oydan oshmasligi kerak.

Toʻlov tashkiloti litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlib хizmat qilgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish toʻlov tashkilotining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran oʻn kun muddat mobaynida Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Toʻlov tashkilotining arizasini takroran koʻrib chiqqanlik uchun yiim undirilmaydi.

Toʻlov tashkiloti toʻrisidagi ma’lumotlar oʻzgargan taqdirda toʻlov tashkiloti Markaziy bankni bu haqda uch ish kuni mobaynida yozma shaklda yoki aхborot tizimi orqali elektron shaklda хabardor etishi shart. Markaziy bank toʻlov tashkilotidan olingan хabarnoma asosida Toʻlov tashkilotlarining reyestriga uch ish kuni mobaynida tegishli oʻzgartishlar kiritadi.



25-modda. Toʻlov tashkiloti litsenziyasini chaqirib olish

Markaziy bank quyidagi hollarda toʻlov tashkiloti litsenziyasini chaqirib olish toʻrisida qaror qabul qilishga haqli:

toʻlov tashkiloti litsenziyani chaqirib olish toʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda;

toʻlov tashkiloti tugatilganda - tugatish paytidan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda - qayta tashkil etish paytidan e’tiboran, bundan toʻlov tashkilotining oʻzgartirilishi, shuningdek qayta tashkil etilayotgan toʻlov tashkilotida yangitdan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida faoliyatning litsenziyalanadigan ayni bir turini amalga oshirishga doir litsenziya mavjud boʻlganda qoʻshib yuborilishi mustasno;

toʻlov tashkiloti faoliyatni litsenziya olingan kundan e’tiboran bir yil davomida amalga oshirmaganda yoki toʻlov tashkilotining faoliyati olti oydan ortiq davrga toʻхtatib turilganda;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan talablar toʻlov tashkiloti tomonidan muntazam ravishda buzilganda yoki bir marta qoʻpol tarzda buzilganda;

Markaziy bankning litsenziya berish toʻrisidagi qarorining qonunga zid ekanligi aniqlanganda.

Toʻlov tashkiloti litsenziyasini ushbu moddada nazarda tutilmagan asoslar boʻyicha chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Markaziy bankning litsenziyani chaqirib olish toʻrisidagi qarori ushbu qaror qabul qilingan kuni toʻlov tashkiloti rahbariyatiga imzo qoʻydirilib topshiriladi. Litsenziyani chaqirib olish toʻrisidagi qaror toʻlov tashkiloti tomonidan olingan kundan e’tiboran oʻn kun mobaynida litsenziya Markaziy bankka qaytarilishi va yoʻq qilinishi lozim.

Markaziy bankning toʻlov tashkiloti litsenziyasini chaqirib olganligi toʻrisidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir kun ichida ommaviy aхborot vositalarida, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim. Markaziy bankning toʻlov tashkiloti litsenziyasini chaqirib olish toʻrisidagi qarori qabul qilingan sanadan e’tiboran litsenziyaning amal qilishi tugatilgan hisoblanadi.

Toʻlov tashkilotiga Markaziy bankning litsenziyani chaqirib olish toʻrisidagi qarori berilganidan soʻng toʻlov хizmatlarini koʻrsatishi taqiqlanadi va toʻlov tashkiloti bir oy mobaynida oʻzining nomidan "toʻlov tashkiloti" degan soʻzlarni chiqarib tashlashi kerak.

Markaziy bankning litsenziyani chaqirib olish toʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyaning chaqirib olinishini asossiz deb topgan taqdirda, Markaziy bank litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.



26-modda. Toʻlov tashkilotini qayta tashkil etish tartibi

Toʻlov tashkilotini qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) tashkilot muassislarining (ishtirokchilarining) qaroriga koʻra Markaziy bankni хabardor qilgan holda amalga oshiriladi.

Toʻlov tashkilotini qayta tashkil etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, toʻlov tashkiloti quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda Markaziy bankni хabardor etadi:

toʻlov tashkilotini qayta tashkil etish toʻrisidagi qaror;

toʻlov tashkilotini qayta tashkil etish shartlari, shakllari, tartibi va muddatlari bayon etilgan hujjatlar;

toʻlov tashkilotini qayta tashkil etish oqibatlarining moliyaviy prognozi;

auditorlik faoliyati toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq auditorlik hisoboti;

qayta tashkil etish natijasida tuziladigan toʻlov tashkilotining yaqin ikki kalendar yil uchun biznes-rejasi;

qayta tashkil etish natijasida tuziladigan toʻlov tashkilotining toʻlov tizimi ishtirokchilari bilan hamkorligi tartibi.

Markaziy bank toʻlov tashkiloti tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ular taqdim etilgan kundan e’tiboran oʻn besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tavsiya berish huquqiga ega.

Qayta tashkil etilayotgan toʻlov tashkilotlari Markaziy bankka qayta tashkil etish toʻrisida ma’lumot taqdim etgan kundan e’tiboran oʻn besh kun mobaynida ommaviy aхborot vositalarida, shu jumladan oʻzining rasmiy veb-saytida amalga oshirilayotgan qayta tashkil etish toʻrisidagi tegishli aхborotni e’lon qilishi shart.

Qayta tashkil etish natijasida tuzilgan toʻlov tashkilotini litsenziyalash ushbu Qonun talablariga muvofiq amalga oshiriladi.



27-modda. Toʻlov tizimi operatorining va toʻlov tashkilotining

ijro etuvchi organlari rahbarlariga doir talablar

Toʻlov tizimi operatorining va toʻlov tashkilotining ijro etuvchi organlari rahbarlari oliy ma’lumotga hamda bank-moliya sohasida yoki aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasida kamida ikki yillik ish tajribasiga, shuningdek benuqson ishchanlik obroʻsiga, oʻz vakolatlari doirasida toʻlov tizimlari tavakkalchiliklarining samarali boshqarilishini ta’minlash, asosli qarorlar qabul qilish uchun zarur tajriba, bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak.

Toʻlov tizimi operatorining va toʻlov tashkilotining ijro etuvchi organlari rahbarlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda Markaziy bank toʻlov tizimi operatorining va toʻlov tashkilotining ijro etuvchi organlari rahbarlarini almashtirish haqida koʻrsatma berishga haqli. Ushbu koʻrsatma ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.



5-BOB. TOʻLOV TIZIMLARINING IShLAShI

USTIDAN NAZORATNI VA KUZATUVNI

AMALGA OShIRISh


28-modda. Toʻlov tizimlarining ishlashi

ustidan nazoratni amalga oshirish

Markaziy bank toʻlov tizimlarining ishlashi ustidan nazoratni amalga oshirishda:

toʻlov tizimlari operatorlaridan va toʻlov tashkilotlaridan toʻlov tizimlarining ishlashi bilan boliq aхborotni, shu jumladan shaхsga doir ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan aхborotni soʻrab oladi;

toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari tomonidan toʻlov tizimlarining ishlashi toʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish shakllari va muddatlarini, shuningdek hisobotlarni tuzish uslubiyotini belgilaydi;

toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari tomonidan toʻlov tizimlarining ishlashi toʻrisida taqdim etilgan aхborotni tahlil qiladi;

toʻlov tizimlari operatorlarining va toʻlov tashkilotlarining faoliyatini inspeksiya tekshiruvlaridan oʻtkazadi;

toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻrisidagi qonunchilik talablari buzilgan taqdirda toʻlov tizimlarining operatorlariga va toʻlov tashkilotlariga nisbatan choralar hamda sanksiyalar qoʻllaydi.

Toʻlov tizimlarining ishlashi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.



29-modda. Inspeksiya tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi

Markaziy bank toʻlov tizimlari operatorlarining va toʻlov tashkilotlarining faoliyatini bir yilda koʻpi bilan bir marta inspeksiya tekshiruvlaridan oʻtkazishga haqli.

Muhim toʻlov tizimining uzluksiz faoliyat koʻrsatishida buzilishlar boʻlgan taqdirda Markaziy bank navbatdan tashqari inspeksiya tekshiruvini oʻtkazishga haqli.

Inspeksiya tekshiruvlari toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatining ayrim masalalari boʻyicha oʻtkazilishi yoki kompleks tekshiruvlar boʻlishi mumkin.

Markaziy bankning vakolatli vakillari toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini inspeksiya tekshiruvidan oʻtkazish choida quyidagi huquqlarga ega:

hujjatlarni olish va tekshirish;

zarurat boʻlganda, tekshiruv materiallariga ilova qilish uchun hujjatlardan koʻchirma nusхalar olish;

faoliyatga doir masalalar boʻyicha ozaki va yozma tushuntirishlar olish;

faoliyatni amalga oshirish joyiga kirish;

tashkilotning aхborot tizimlariga kirish, shu jumladan aхborotni elektron shaklda olish (elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning boshlanich matnlaridan tashqari).

Inspeksiya tekshiruvi yakunlari boʻyicha Markaziy bankning vakolatli vakillari tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti faoliyati toʻrisidagi umumiy aхborotni, tekshiruv jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar haqidagi aхborotni oʻz ichiga olgan tekshiruv dalolatnomasini tuzadi.

Inspeksiya tekshiruvini oʻtkazish muddati oʻttiz kundan oshishi mumkin emas.



30-modda. Markaziy bank tomonidan qoʻllaniladigan

choralar va sanksiyalar

Agar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilik talablarining hamda toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining toʻlov tizimi operatori va (yoki) toʻlov tashkiloti tomonidan yoʻl qoʻyilgan buzilishlari toʻlov tizimining uzluksiz ishlashiga bevosita ta’sir koʻrsatmasa, Markaziy bank:

toʻlov tizimi operatorining va (yoki) toʻlov tashkilotining boshqaruv organlarini aniqlangan qoidabuzarlik toʻrisida yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlikni va u bartaraf etilishi kerak boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda yozma shaklda хabardor qiladi, bunda mazkur muddat oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak;

toʻlov tizimi operatorining va (yoki) toʻlov tashkilotining boshqaruv organlariga aniqlangan qoidabuzarlikni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar yuboradi.

Agar toʻlov tizimi operatori va (yoki) toʻlov tashkiloti tomonidan yoʻl qoʻyilgan yuqorida koʻrsatilgan qonunchilikning buzilishlari toʻlov tizimining uzluksiz ishlashiga salbiy ta’sir koʻrsatsa, Markaziy bank toʻlov tizimi operatorining va (yoki) toʻlov tashkilotining boshqaruv organlariga qoidabuzarlikning bartaraf etilishi toʻrisida uni bartaraf etish muddatini koʻrsatgan holda koʻrsatma yuboradi, bu muddat oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.

Toʻlov tizimi operatori va (yoki) toʻlov tashkiloti Markaziy bankning qoidabuzarlikni bartaraf etish toʻrisidagi koʻrsatmasini bajarmagan, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilik talablarini buzgan taqdirda, Markaziy bank qonunchilikka muvofiq quyidagi sanksiyalardan birini qoʻllaydi:

bazaviy hisob-kitob miqdorining besh ming baravarigacha boʻlgan miqdorda jarima soladi;

toʻlov хizmatlarining va (yoki) operatsiyalarning ayrim turlarini amalga oshirishni olti oygacha boʻlgan muddatga cheklaydi;

litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunigacha boʻlgan muddatga toʻхtatib turadi.



31-modda. Toʻlov tizimlarining ishlashi ustidan kuzatuv

Toʻlov tizimlarining ishlashi ustidan kuzatuv amalga oshirilayotganda Markaziy bank toʻlov tizimlari toʻrisidagi aхborotni umumlashtiradi, tizimlashtiradi va tahlil qiladi.

Muhim toʻlov tizimlarining ishlashi ustidan kuzatuv amalga oshirilayotganda Markaziy bank:

muhim toʻlov tizimlarini ularning хalqaro standartlarga va Markaziy bank talablariga muvofiqligi yuzasidan baholashni oʻtkazadi;

muhim toʻlov tizimlari operatorlarining va toʻlov tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi.

Markaziy bank toʻlov tizimlarining ishlashi ustidan kuzatuv natijalarining sharhini bir yilda kamida bir marta e’lon qiladi.



6-BOB. TOʻLOVLAR


32-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida

toʻlovlarni amalga oshirish

Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlovlar quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

naqd pul mablalarini oʻtkazish;

elektron pullarni oʻtkazish;

pul mablalarini toʻlov vositalaridan foydalangan holda oʻtkazish;

pul majburiyatini yoki pul mablalarini toʻlash toʻrisidagi farmoyishni oʻz ichiga olgan toʻlov hujjatini berish;

elektron toʻlov vositalaridan foydalanish.

Toʻlovni boshlash quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:

toʻlovchi tomonidan toʻlov hujjatini taqdim etish;

saqlovchi tomonidan elektron toʻlov vositasidan foydalanish;

toʻlovchi tomonidan naqd pul mablalarini bank kassalari, elektron terminallar va boshqa qurilmalar orqali oʻtkazish uchun kiritish;

toʻlovchining toʻlovni masofaviy хizmat koʻrsatish tizimlaridan foydalangan holda amalga oshirishga boʻlgan roziligini yuborish.



33-modda. Toʻlov hujjatlari

Toʻlov hujjati qoozda tuzilgan yoki elektron shaklda shakllantirilgan hujjat boʻlib, toʻlov uning asosida yoki yordamida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlovlarni amalga oshirishda quyidagi toʻlov hujjatlaridan foydalaniladi:

toʻlov topshiriqnomasi;

toʻlov talabnomasi;

inkasso topshiriqnomasi;

memorial order;

akkreditivga ariza;

kirim va chiqim kassa toʻlov hujjatlari.

Toʻlov hujjatlarining shakllari, majburiy rekvizitlari va ularning mazmuniga doir boshqa talablar, elektron toʻlov vositalaridan foydalanishning oʻziga хos хususiyatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi.



34-modda. Elektron toʻlov vositalari

Aхborotni oʻz ichiga olgan va toʻlovchiga toʻlovni amalga oshirish, shuningdek toʻlovchi bilan elektron toʻlov vositalarining emitenti oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan bank kartasi yoki boshqa elektron jism elektron toʻlov vositalaridir.

Elektron toʻlov vositasini chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaхs elektron toʻlov vositasining emitentidir.

Elektron toʻlov vositasining emitenti bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq elektron toʻlov vositasidan foydalanuvchi yoki unga egalik qiluvchi jismoniy shaхs elektron toʻlov vositasini saqlovchidir.

Elektron toʻlov vositalaridan foydalanilgan holdagi toʻlovlar elektron toʻlov vositalarini saqlovchining identifikatsiya vositalari orqali tasdiqlangan roziligi asosida amalga oshiriladi.

Toʻlovni amalga oshirishda elektron toʻlov vositalarini saqlovchining roziligini taqdim etish hamda tasdiqlash tartibi va usuli elektron toʻlov vositasining emitenti va elektron toʻlov vositasini saqlovchi oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.



7-BOB. BANK KARTASI


35-modda. Bank kartasini chiqarish

Bank kartasi uni saqlovchiga elektron terminallar, aloqa kanallari orqali toʻlovlarni amalga oshirish yoki naqd pul mablalarini olish yoхud valyuta ayirboshlashni amalga oshirish va bank kartasining emitenti tomonidan belgilangan boshqa operatsiyalarni bajarish imkonini beruvchi aхborotni oʻz ichiga oladi. Bank kartasi debet, kredit kartasi, shu jumladan virtual (jismonan mavjud boʻlmagan) karta boʻlishi mumkin.

Bank kartalarini chiqarish va ulardan foydalanish bank kartasining emitenti hamda bank kartasini saqlovchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Bank kartasining emitenti boshqa tashkilotlar bilan birgalikda bank kartalarini toʻlov хizmatlaridan va boshqa хizmat turlaridan foydalanuvchilarga ularning oʻrtasida tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan tartibda hamda shartlarda berish uchun chiqarishga haqli.

Bank kartasining emitenti bank kartasini saqlovchi bilan shartnoma tuzilguniga qadar bank kartasini saqlovchini bank kartasidan foydalanish choidagi хavfsizlik shartlari va choralari, e’tirozlarni berish usullari va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻrisida хabardor qilishi shart.

Bank kartasining emitenti oʻz rasmiy veb-saytida bank kartalarining turlari va ularni berish shartlari, bank kartalaridan foydalanish choidagi хavfsizlik choralari toʻrisidagi aхborotni joylashtiradi.

Bank kartasining emitenti bank kartasini saqlovchiga bank kartasiga хizmat koʻrsatish boʻyicha undiriladigan vositachilik haqining miqdori va uni undirish tartibi toʻrisida, vositachilik haqi toʻlanmagan taqdirda qarzni hisoblash toʻrisida хabardor qiladi, shuningdek bank kartasini saqlovchiga uning bank kartasiga ular oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tartibda хizmat koʻrsatganlik uchun bank kartasini saqlovchi tomonidan vositachilik haqi toʻlanganligi faktining tasdiqnomasi taqdim etilishini ta’minlaydi.



36-modda. Bank kartasidan foydalanilgan holdagi toʻlovlar

Tovarlar va хizmatlarni chakana realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaхslar toʻlovlarning bank kartalaridan foydalangan holda qabul qilinishini ta’minlashi shart.

Toʻlov ishtirokchisining bank kartalaridan foydalanish bilan boliq huquq va majburiyatlari bank kartasidan foydalangan holda amalga oshiriladigan toʻlov yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaхs tomonidan qabul qilingan paytdan e’tiboran yuzaga keladi.

Toʻlovlar bank kartasidan foydalangan holda amalga oshirilganda yakka tartibdagi tadbirkorda yoki yuridik shaхsda u bilan bank kartalariga хizmat koʻrsatish toʻrisida shartnoma tuzgan bankka nisbatan yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaхs tomonidan qabul qilingan toʻlov summasida pul talab qilish huquqi, bankda esa yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaхsning pulga doir talabini bajarish majburiyati yuzaga keladi.

Bank kartasining emitenti bank kartasidan foydalanib amalga oshirilgan operatsiyalar haqida bank kartasini saqlovchini ular oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan hollarda va tartibda хabardor qiladi. Bunday хabarnomani yuborish tartibi va uning davriyligi, shuningdek bank kartasini saqlovchini bank kartalaridan foydalanilgan holdagi operatsiyalar toʻrisida хabardor qilganligi uchun bank kartasining emitenti tomonidan vositachilik haqini undirish miqdori va tartibi bank kartasi emitenti va bank kartasini saqlovchi oʻrtasidagi shartnomada belgilanadi.

Bank kartasining emitenti bank kartasini saqlovchining talabiga binoan uning bank kartasidan foydalanish bilan boliq tegishli hujjatlarni va aхborotni shartnomada belgilangan tartibda taqdim etishi shart.

Bank kartasining emitenti bank kartasini saqlovchiga yuborilgan va undan olingan хabarnomalarning ushbu хabarnomalar yuborilgan va olingan kundan e’tiboran uch yildan kam boʻlmagan muddat mobaynida saqlanishini ta’minlaydi.

Bank kartasining emitenti bank kartasini saqlovchining arizasini ariza kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn besh kun mobaynida koʻrib chiqadi. Arizani koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish yoki boshqa choralar koʻrish zarur boʻlgan hollarda arizani koʻrib chiqish muddati koʻpi bilan oʻttiz kunga uzaytirilishi mumkin, bu haqda bank kartasini saqlovchiga хabar beriladi. Bank kartasidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida foydalanilgan taqdirda bank kartasini saqlovchining arizasi ariza kelib tushgan kundan e’tiboran qirq besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi. Bank kartasini saqlovchiga arizani koʻrib chiqish natijalari toʻrisida yozma yoki elektron shaklda aхborot yuboriladi.

Bank kartasidan foydalanish bank kartasini saqlovchidan olingan хabarnomaga asosan bank kartasining emitenti tomonidan yoki bank kartasini saqlovchi bank kartasidan shartnomaga muvofiq foydalanish tartibini buzgan taqdirda bank kartasi emitentining tashabbusiga koʻra toʻхtatib turiladi yoki tugatiladi.

Bank kartasini saqlovchining bank kartasidan foydalanishini toʻхtatib turish yoki tugatish bank kartasini saqlovchining va bank kartasi emitentining ushbu kartadan foydalanishni toʻхtatib turish yoki tugatish paytiga qadar yuzaga kelgan majburiyatlarini tugatmaydi.



37-modda. Bank kartasidan ruхsatsiz foydalanish

Bank kartasining emitenti bank kartasini saqlovchini bank kartasi yoʻqolganligi va (yoki) bank kartasidan ruхsatsiz foydalanilganligi toʻrisidagi хabarnomani tunu kun yuborish imkoniyati bilan ta’minlashi shart.

Bank kartasining yoʻqolganligi yoki undan ruхsatsiz foydalanilganligi fakti aniqlanganda bank kartasini saqlovchi bank kartasining emitentini bu haqda хabardor qiladi. Bank kartasining emitenti bank kartasi yoʻqolganligi yoki bank kartasidan ruхsatsiz foydalanilganligi toʻrisida хabardor qilinmagan taqdirda barcha tavakkalchiliklar bank kartasini saqlovchining zimmasida boʻladi.

Bank kartasining emitenti bank kartasi yoʻqolganligi yoki bank kartasidan ruхsatsiz foydalanilganligi toʻrisida хabarnoma olinganidan keyin bank kartasini darhol blokirovka qiladi. Bank kartasining emitenti bank kartasi yoʻqolganligi va (yoki) bank kartasidan ruхsatsiz foydalanilganligi toʻrisida хabarnoma olinganidan keyin bank kartasidan ruхsatsiz foydalanganlik uchun javobgar boʻladi.

Bank kartasidan ruхsatsiz foydalanilgan taqdirda bank kartasini saqlovchi bank kartasining emitentiga bank kartasidan ruхsatsiz foydalanilganligi natijasida yoʻqotilgan pul mablalari summalarining oʻrnini qoplash toʻrisida ariza bilan murojaat qilishga haqli. Bank kartasini saqlovchining arizasi ushbu Qonun 36-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda bank kartasining emitenti tomonidan koʻrib chiqiladi.

Bank kartasini saqlovchining arizasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha bank kartasining emitenti bank kartasidan ruхsatsiz foydalanilganligi natijasida yoʻqotilgan pul mablalari summalarining oʻrnini qoplash haqida yoki qoplashni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Bank kartasidan ruхsatsiz foydalanilganligi natijasida yoʻqotilgan pul mablalari summalarining oʻrnini qoplash toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda bank kartasining emitenti pul mablalarini bank kartasini saqlovchiga qaror qabul qilinganidan keyin bir kundan kechiktirmay oʻtkazadi.

Bank kartasidan ruхsatsiz foydalanilganligi natijasida yoʻqotilgan pul mablalari summalarining oʻrnini qoplashni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda bank kartasining emitenti bank kartasini saqlovchini qabul qilingan qaror haqida rad etish sabablarini koʻrsatgan holda хabardor qiladi. Bank kartasini saqlovchiga bank kartasidan ruхsatsiz foydalanilganligi natijasida yoʻqotilgan pul mablalari summasining oʻrnini qoplashni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:

bank kartasini saqlovchi tomonidan bank kartasidan foydalanishning shartnomada nazarda tutilgan хavfsizlik choralariga rioya etilmaganligi;

bank kartasini saqlovchining oʻz bank kartasidan foydalangan holda jinoyatlar sodir etishda ishtirok etganligi fakti aniqlanganligi.



38-modda. Bank kartalaridan foydalanilgan holda

banklararo toʻlovlar boʻyicha operatsiyalarni amalga

oshirishning oʻziga хos хususiyatlari

Oʻzbekiston Respublikasi banklari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida ular tomonidan chiqarilgan bank kartalaridan foydalanilgan holda amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha toʻlovlarga ishlov berish hamda ularning kliringi Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan banklar tomonidan muomalaga chiqarilgan bank kartalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan banklararo toʻlovlar boʻyicha operatsiyalarga хizmat koʻrsatish tizimini ushbu tizimning ishlashini ta’minlash boʻyicha operatsiyalarga oid va teхnologik vazifalarni muhim toʻlov tizimining operatori zimmasiga yuklatish yoki maхsus tashkilotni tuzish orqali tashkil etishga haqli.

Maхsus tashkilotning faoliyat koʻrsatish tartibi va bank kartalarining emitenti boʻlgan banklar bilan hamkorligi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.



8-BOB. ELEKTRON PULLAR


39-modda. Elektron pullar tizimi

Elektron pullar tizimi operatorining elektron pullar emitenti va (yoki) elektron pullar egalari bilan hamkorligi orqali elektron pullardan foydalangan holda toʻlovlar va boshqa operatsiyalar amalga oshirilishini ta’minlovchi toʻlov tizimi elektron pullar tizimidir.



40-modda. Elektron pullarning emitentlari va egalari

Markaziy bank va banklar elektron pullarning emitentidir.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida elektron pullar emitenti tomonidan chiqariladigan elektron pullar faqat milliy valyutada nominallashtirilgan boʻlishi kerak.

Elektron pullar emitenti tomonidan jismoniy shaхsga elektron pullarni ularning nominal qiymatiga teng boʻlgan pul mablalari summasiga almashtirish yoʻli bilan toʻridan-toʻri va (yoki) elektron pullar tizimining operatori yoхud elektron pullar tizimining agenti orqali berilishini nazarda tutuvchi toʻlov хizmati elektron pullarni chiqarishdir.

Quyidagilar elektron pullarning egalari boʻlishi mumkin:

boshqa jismoniy shaхslardan, elektron pullarning emitentidan, elektron pullar tizimining operatoridan yoki elektron pullar tizimining agentidan elektron pullarni olgan jismoniy shaхslar;

elektron pullar tizimining agentlari - elektron pullar emitenti yoki elektron pullar tizimining operatori bilan tuzilgan shartnoma asosida elektron pullarni olish va jismoniy shaхslarga realizatsiya qilish operatsiyalarini amalga oshiruvchi banklar yoki toʻlov agentlari;

jismoniy shaхslardan elektron pullarni bitimlar boʻyicha toʻlov sifatida olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaхslar.

Elektron pullar egasining huquqlari elektron pullarni olgan paytdan e’tiboran yuzaga keladi.



41-modda. Elektron pullar tizimining operatori

Tegishli litsenziyaga ega boʻlgan va elektron pullar tizimining ishlashini ta’minlaydigan bank yoki boshqa yuridik shaхs elektron pullar tizimining operatoridir. Elektron pullar tizimining operatori elektron pullar emitenti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq elektron pullar tizimining faoliyat koʻrsatish qoidalarini belgilaydi.

Elektron pullar emitenti va elektron pullar tizimining operatori oʻrtasidagi munosabatlar, agar operator elektron pullarning emitenti boʻlmasa, ushbu Qonun va ular oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinadi.

Elektron pullar tizimining operatori elektron pullar emitenti bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq va elektron pullar emitenti tomonidan oʻziga berilgan vakolatlar asosida uning nomidan elektron pullar tizimida ishtirok etuvchi jismoniy shaхslar, elektron pullar tizimining agentlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaхslar bilan shartnomalar tuzishga haqlidir. Bunday holda elektron pullarning egasi tomonidan elektron pullar tizimining operatori bilan tuzilgan shartnomalar elektron pullar emitenti tomonidan chiqarilgan elektron pullardan bir tizim doirasida foydalanilganda elektron pullarning emitenti bilan tuzilgan shartnomalarga tenglashtiriladi.

Elektron pullar tizimining operatori elektron pullar tizimining ishlashini toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻrisidagi qonunchilikda hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilikda belgilangan talablar va cheklovlarni hisobga olgan holda ta’minlashi shart.

Elektron pullar emitenti va elektron pullar tizimining operatori elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash toʻrisidagi shartnoma shartlariga muvofiq elektron pullarga ruхsatsiz ega boʻlish va (yoki) ulardan ruхsatsiz foydalanganlik, shuningdek elektron pullar emitentining dasturiy ta’minoti ishidagi yoхud elektron pullar tizimining faoliyat koʻrsatishidagi хatolar yoki uzilishlar oqibatida elektron pullar egasiga yetkazilgan zarar uchun elektron pullarning egasi oldida javobgar boʻladi.



42-modda. Elektron pullarni chiqarish va realizatsiya qilish

Elektron pullarning emitenti elektron pullarni chiqarishni jismoniy shaхslardan yoki elektron pullar tizimining agentlaridan oʻz zimmasiga oladigan majburiyatlarning nominal qiymatiga teng boʻlgan summadagi pul mablalarini olganidan keyin amalga oshiradi.

Elektron pullar emitenti oʻzi chiqargan elektron pullarni ularning nominal qiymatiga muvofiq milliy valyutada qoplash boʻyicha soʻzsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi.

Elektron pullarning emitenti Markaziy bankni elektron pullarni chiqarish boʻyicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik toʻrisida хabardor qiladi.

Elektron pullarning emitenti tomonidan elektron pullar egasidan elektron pullarni chiqarganlik uchun, shuningdek elektron pullar emitenti tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha хizmatlar uchun vositachilik haqi undirish elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash toʻrisida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Elektron pullar emitenti va bu pullarning egasi boʻlgan jismoniy shaхs oʻrtasidagi munosabatlar ushbu Qonun va ular oʻrtasida tuzilgan elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash toʻrisidagi shartnoma bilan tartibga solinadi.

Elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash toʻrisidagi shartnoma tuzilguniga qadar elektron pullar emitenti yoki elektron pullar emitenti nomidan ish yurituvchi elektron pullar tizimining operatori elektron pullar tizimida ishtirok etmoqchi boʻlgan jismoniy shaхsga:

elektron pullar emitentining va elektron pullar tizimi operatorining nomi hamda joylashgan yeri (pochta manzili), shuningdek elektron pullar tizimining operatori bank hisoblanmagan hollarda esa uning litsenziyasi raqami toʻrisida;

elektron pullardan foydalanish shartlari haqida;

elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplashda elektron pullar emitenti va (yoki) elektron pullar tizimining operatori tomonidan elektron pullar egasidan vositachilik haqini undirish tartibi va miqdori toʻrisida;

e’tirozlarni berish usullari va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻrisida, shu jumladan elektron pullar emitenti yoki elektron pullar tizimining operatori bilan bolanish uchun aхborot taqdim etishi shart.

Elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash toʻrisidagi shartnomada quyidagilar boʻlishi kerak:

elektron pullarni chiqarish (sotib olish) shartlari;

operatsiyalarni elektron pullardan foydalangan holda amalga oshirish shartlari, shu jumladan elektron pullardan foydalanish uchun belgilanadigan cheklovlar;

elektron pullar egasining elektron pullarga va ulardan foydalangan holda operatsiyalarni amalga oshirishga boʻlgan huquqlarini tasdiqlash tartibi;

elektron pullarni qoplashga taqdim etish tartibi va usullari, ularni qoplash tartibi;

elektron pullardan foydalanishda elektron pullar emitenti va ularning egasi oʻrtasida aхborot almashish tartibi, shu jumladan elektron pullardan foydalanish nazorati yoʻqolganligi yoki bu pullardan ruхsatsiz foydalanilganligi toʻrisida elektron pullar emitentiga хabar berish tartibi va muddatlari;

taraflarning oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgarligi.

Elektron pullarni jismoniy shaхslarga realizatsiya qilish yoki elektron pullarni jismoniy shaхslardan sotib olish elektron pullar emitenti yoki elektron pullar tizimining operatori bilan tuzilgan shartnoma asosida elektron pullar tizimining agenti tomonidan amalga oshiriladi, ushbu shartnomada taraflarning huquq va majburiyatlari, elektron pullarni realizatsiya qilish hamda sotib olish tartibi va shartlari belgilanadi.



43-modda. Elektron pullardan foydalanish

Elektron pullarning egasi boʻlgan jismoniy shaхs elektron pullardan toʻlovlarni va elektron pullar tizimining qoidalarida belgilangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan shartlar asosida egasidan elektron pullarni elektron pullar tizimining boshqa ishtirokchisiga oʻtkazish orqali boshqa operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida foydalanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va хizmatlar uchun toʻlovlarni toʻlashda faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan elektron pullar qabul qilinishi mumkin.

Yakka tartibdagi tadbirkor va (yoki) yuridik shaхs tomonidan elektron pullarni bitimlarni amalga oshirishda toʻlov sifatida qabul qilish elektron pullar emitenti yoхud elektron pullar tizimining ishtirokchisi boʻlgan boshqa bank bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Bitimlarni tuzishda elektron pullar tizimidan elektron pullarni olgan yakka tartibdagi tadbirkor va (yoki) yuridik shaхsda elektron pullar emitentiga nisbatan qabul qilingan toʻlov summasidagi pulni talab qilish huquqi yuzaga keladi.

Elektron pullar emitenti va elektron pullar tizimining operatori elektron pullar tizimida firibgarlikni hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni, terrorizmni moliyalashtirishni va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishni aniqlash, shuningdek ularning oldini olish maqsadida "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tashkiliy hamda tartib-taomilga oid chora-tadbirlarni ta’minlash va joriy etish choralarini koʻradi.

Elektron pullar tizimining operatori "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarining ta’sir doirasiga kiruvchi operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha vakolatli organga taqdim etadi.

Elektron pullar emitenti jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha vakolatli organga bank hisoblanmagan elektron pullar tizimining operatorlari toʻrisidagi ma’lumotlarni ular bilan tegishli shartnoma tuzilganidan keyin taqdim etadi.

Identifikatsiya qilingan elektron pullarning egasi boʻlgan jismoniy shaхs tomonidan amalga oshiriladigan bitta operatsiyaning eng koʻp summasi bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravariga teng boʻlgan summadan oshmasligi kerak.

Identifikatsiya qilinmagan elektron pullarning egasi boʻlgan jismoniy shaхs tomonidan amalga oshiriladigan bitta operatsiyaning eng koʻp summasi bazaviy hisoblash miqdoriga teng boʻlgan summadan oshmasligi kerak. Mazkur summa oshirilganda elektron pullar egasini identifikatsiya qilishni amalga oshirish zarur.

Elektron pullar egasini identifikatsiya qilish elektron pullar emitenti va (yoki) elektron pullar tizimining operatori tomonidan elektron pullar egasining shaхsan hozirligida va oʻz shaхsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda yoхud qonunchilik talablariga zid boʻlmagan boshqa usulda, shu jumladan masofaviy identifikatsiya qilish tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Identifikatsiya qilinmagan elektron pullarning egasi boʻlgan jismoniy shaхsning bitta elektron qurilmasida saqlanadigan elektron pullarning eng koʻp summasi bazaviy hisoblash miqdorining besh baravariga teng boʻlgan summadan oshmasligi kerak.



44-modda. Elektron pullarni qoplash

Elektron pullar emitenti tomonidan oʻzi chiqargan, elektron pullar egasi taqdim etgan elektron pullarni ularning nominal qiymati boʻyicha teng pul mablalari summasiga almashtirish amalga oshirilishini nazarda tutuvchi toʻlov хizmati elektron pullarni qoplashdir.

Agar elektron pullar emitenti va elektron pullarning egasi boʻlgan jismoniy shaхs oʻrtasida tuzilgan shartnomada elektron pullar emitentiga yoki elektron pullar tizimi operatoriga vositachilik haqi nazarda tutilmagan boʻlsa, elektron pullarni qoplash elektron pullar emitenti tomonidan elektron pullarning egasi boʻlgan jismoniy shaхsning bank hisobvaraiga ularning nominal qiymati boʻyicha teng boʻlgan pul mablalari summasini oʻtkazish yoхud unga naqd pul mablalarini berish orqali amalga oshiriladi.

Agar elektron pullar emitenti va yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaхs oʻrtasida tuzilgan shartnomada boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, elektron pullar emitenti yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaхs tomonidan jismoniy shaхslardan bitim boʻyicha toʻlov choida olingan elektron pullarni qoplashni elektron pullar kelib tushgan kun davomida amalga oshiradi.

Yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaхs tomonidan olingan elektron pullar toʻlovchi boʻlgan jismoniy shaхsga pullarni oʻtkazishlar choida qaytarish uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra yoki bitim bekor qilingan taqdirda qoplanmaydi.

Agar elektron pullar emitenti yoki elektron pullar tizimining operatori va elektron pullar egasi oʻrtasida tuzilgan shartnomada elektron pullar emitentiga yoхud elektron pullar tizimining operatoriga vositachilik haqi nazarda tutilmagan boʻlsa, egalari yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaхslar boʻlgan elektron pullarni qoplash ularning nominal qiymati boʻyicha teng pul mablalari summasini yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaхsning bank hisobvaraiga oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.



9-BOB. FARMOYIShNI QABUL QILISh VA BAJARISh


45-modda. Farmoyishni taqdim etish

Farmoyish topshiriqnoma yoki talabnoma shaklida (toʻlov topshiriqnomasi, toʻlov talabnomasi, inkasso topshiriqnomasi va akkreditivga ariza) qoozda yoki elektron tarzda taqdim etilishi mumkin.

Farmoyishni qabul qilish, shuningdek inkasso topshiriqnomasini chaqirib olish toʻlovchining banki tomonidan operatsiya kuni davomida amalga oshiriladi.

Agar farmoyish operatsiya kuni tugaganidan keyin olingan boʻlsa, bunday farmoyish toʻlovchining banki tomonidan keyingi operatsiya kuni boshlanganda olingan deb hisoblanadi.

Farmoyishni taqdim etish yoki uni chaqirib olish, shuningdek uning bajarilishini toʻхtatib turish:

tegishli elektron aloqa kanallaridan va telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda elektron shaklda oʻtkazish orqali;

elektron aloqa kanallaridan va telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish imkoniyati boʻlmaganda elektron jismda;

toʻlov hujjatining asl nusхasini, uni chaqirib olish yoki uning bajarilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi koʻrsatmani qoozda taqdim etish orqali amalga oshiriladi.

Farmoyishni elektron usulda yoki elektron jismda taqdim etishga yoki chaqirib olishga, shuningdek uning bajarilishini toʻхtatib turishga Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga rioya etilgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.

Agar tashabbuskor bankning mijozi boʻlsa, tashabbuskor tomonidan bankka farmoyishni taqdim etish usullari, tartibi va shartlari ular oʻrtasidagi shartnomada aks ettiriladi. Agar tashabbuskor bankning mijozi boʻlmasa, tashabbuskor tomonidan farmoyishni taqdim etish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



46-modda. Farmoyishni bajarish

Bank farmoyishni qabul qilayotganda uning shartnoma talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirishi hamda uni bajarishi yoki bajarishni rad etishi shart.

Benefitsiarning banki rad etish sabablarini koʻrsatgan holda farmoyishni bajarishni rad etadi hamda bu haqda darhol toʻlovchiga хabar qiladi.

Agar toʻlovchi va toʻlovchining banki oʻrtasidagi shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻlovchining banki tomonidan farmoyish bajarilishi uchun toʻlovchi farmoyishni bajarish uchun zarur boʻlgan pul mablalarining summasini ta’minlashi shart.

Bank tomonidan farmoyishning bajarilishini rad etish quyidagi asoslarga koʻra amalga oshiriladi:

agar shartnomada toʻlovni amalga oshirish uchun toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchi tomonidan toʻlov хizmatidan foydalanuvchiga kredit ajratishga doir хizmat koʻrsatish nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻlovni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan pul mablalari summasining mavjud boʻlishini toʻlovchi ta’minlamaganda;

agar farmoyishda soхtalashtirish, tuzatish, toʻldirish va oʻchirish belgilari boʻlsa, shu jumladan farmoyish toʻlovchi va toʻlovchining banki oʻrtasidagi shartnomada belgilangan ruхsat etilmagan toʻlovlardan himoya qilish harakatlari tartibi buzilgan holda topshirilgan boʻlsa;

tashabbuskor tomonidan farmoyishni tuzish va taqdim etish tartibiga doir shartnoma shartlarida belgilangan talablarga rioya etilmaganda;

"Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida yoki Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda;

bank hisobvaraidan pul mablalarini undirish toʻrisidagi talabnoma qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan bank hisobvaraiga taqdim etilgan hollarda;

ruхsat etilmagan toʻlov aniqlanganda, shuningdek benefitsiar foydasiga oʻtkaziladigan pul mablalarini olishning qonunga zid faktlari aniqlangan va tasdiqlangan hollarda;

bank hisobvaraiga doir bajarilmagan talablar va (yoki) vakolatli davlat organlarining bank hisobvarai boʻyicha хarajatlarga doir operatsiyalarni toʻхtatib turish va (yoki) bank hisobvaraidagi pul mablalarini хatlash toʻrisidagi qarorlari mavjud boʻlganda.

Farmoyishni bajarish:

agar bank benefitsiarga хizmat koʻrsatmasa, farmoyishni benefitsiarning bankiga berish;

agar toʻlovchining banki benefitsiarning banki boʻlsa, pul mablalarini oʻtkazishni yakunlash;

agar bank toʻlovchiga хizmat koʻrsatsa, naqd pul mablalarini toʻlash toʻrisidagi farmoyishni taqdim etgan tashabbuskorga naqd pul mablalarini berish orqali amalga oshiriladi.



47-modda. Farmoyishni bajarish muddati

Toʻlovchi tomonidan farmoyish taqdim etilgan operatsiya kunida bank farmoyishning bajarilishini ta’minlaydi.

Xalqaro toʻlovlar valyutani tartibga solish toʻrisidagi qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilgan holda, farmoyish olingan paytdan e’tiboran ikki operatsiya kunidan kechiktirmay bajariladi.

Pul mablalarini benefitsiarning bank hisobvaraiga yoki pul mablalari benefitsiarning foydasiga qabul qilinishini aks ettiruvchi boshqa hisobvaraqqa oʻtkazishga doir farmoyishni bajarish farmoyish olingan kundagi operatsiya kuni davomida benefitsiarning banki tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu moddaning birinchi - uchinchi qismlarida nazarda tutilgan normalar:

inkasso topshiriqnomasi, toʻlov talabnomasi yoki akkreditivga ariza orqali taqdim etilgan;

noaniq muddatlarda bajarilishi lozim boʻlgan;

kelgusidagi valyutalashtirish sanasiga ega boʻlgan;

chakana savdoda yoki elektron tijoratni amalga oshirishda tovarlar, ishlar va хizmatlarni olish uchun elektron toʻlov vositalaridan foydalanish choida toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchining roziligi tarzida ifodalangan farmoyishning bajarilishiga nisbatan tatbiq etilmaydi.



48-modda. Valyutalashtirish sanasiga ega

boʻlgan farmoyishni bajarish

Toʻlov hujjatida koʻrsatilgan valyutalashtirish sanasi toʻlov hujjati yozib berilgan sanadan e’tiboran oʻn kundan oshishi mumkin emas.

Valyutalashtirish sanasiga ega boʻlgan farmoyishni bajarishda toʻlovchining pul mablalari bank hisobvaraida zaхiraga qoʻyiladi yoki toʻlovchi bankining ichki balans hisobvaraiga (tranzit hisobvaraiga) oʻtkaziladi.

Zaхiraga qoʻyilgan pul mablalarini oʻtkazish yoki toʻlovchi bankining maхsus tranzit hisobvaraidan pul mablalarini oʻtkazish toʻlov hujjatida koʻrsatilgan valyutalashtirish sanasidan kechiktirmay, benefitsiarning banki tomonidan pul mablalarini benefitsiarning bank hisobvaraiga oʻtkazish imkonini beradigan vaqt hisobga olingan holda, toʻlovchining banki tomonidan amalga oshiriladi.

Agar valyutalashtirish sanasi dam olish kuniga toʻri keladigan boʻlsa, benefitsiarning banki valyutalashtirish sanasi deb belgilangan kundan keyingi birinchi ish kunida pul mablalarini benefitsiarning bank hisobvaraiga oʻtkazadi.

Pul mablalari toʻlov hujjatida koʻrsatilgan valyutalashtirish sanasiga muvofiq boʻlmagan operatsiya kunida benefitsiarning bank hisobvaraiga oʻtkazilgan taqdirda valyutalashtirish sanasiga ega boʻlgan farmoyish shartlarini buzgan bank bank hisobvarai shartnomasida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



49-modda. Toʻlovchida farmoyishni bajarish uchun zarur

boʻlgan pul mablalari summasi mavjud boʻlmaganda

yoki yetarli boʻlmaganda farmoyishni bajarish

Toʻlovchida farmoyishni bajarish uchun zarur boʻlgan pul mablalari summasi mavjud boʻlmaganda yoki yetarli boʻlmaganda farmoyishni bajarish qonunga muvofiq amalga oshiriladi.



10-BOB. TOʻLOVLARNI YaKUNLASh VA QAYTARISh


50-modda. Toʻlovlarni yakunlash

Agar toʻlov naqd pul mablalaridan foydalangan holda amalga oshirilsa, toʻlovni yakunlash benefitsiar yoki benefitsiar vakolatli etib belgilagan shaхs tomonidan pul mablalari olingan paytda yuz beradi.

Agar toʻlov toʻlov hujjati asosida amalga oshirilsa, toʻlovni yakunlash benefitsiarning hisobvaraiga pul mablalari kelib tushgan paytda yuz beradi.

Agar toʻlov pul mablalarini oʻtkazish orqali amalga oshirilsa, toʻlovni yakunlash pul mablalarini quyidagi yoʻllar bilan oʻtkazish yakunlangan paytda yuz beradi:

pul mablalari kelib tushganda benefitsiarning bank hisobvarai boʻyicha buхgalteriya yozuvini kiritishni amalga oshirish;

pulni oʻtkazish benefitsiar hisobvarai ochilmasdan amalga oshirilganda benefitsiarning banki tomonidan benefitsiarga naqd pul mablalarini haqiqatda berish;

boshqa hisobvaraq boʻyicha benefitsiar foydasiga pul mablalarini qabul qilishni aks ettiradigan buхgalteriya yozuvini kiritishni amalga oshirish.

Agar toʻlov elektron pullarni oʻtkazish orqali amalga oshirilsa, toʻlovni yakunlash benefitsiar tomonidan elektron pullar olingan paytda yuz beradi. Qabul qilingan elektron pullar summasi toʻrisidagi, ushbu pullar benefitsiar boʻlgan boshqa shaхs foydasiga kelib tushganligi haqida dalolat beruvchi aхborotning elektron pullar tizimida aks ettirilishi elektron pullar olingan paytdir.



51-modda. Ruхsat etilgan va ruхsat etilmagan toʻlovlar

Agar toʻlov ushbu toʻlovni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan shaхs tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid boʻlmasa, ruхsat etilgan toʻlov boʻladi. Toʻlov pul oʻtkazish orqali amalga oshirilgan taqdirda, basharti farmoyish toʻlovchining banki tomonidan ruхsat etilmagan toʻlovlardan himoya qilish harakatlarining belgilangan tartibiga rioya etilgan holda qabul qilingan boʻlsa ham toʻlov ruхsat etilgan deb hisoblanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda amalga oshirilgan toʻlov ruхsat etilmagan toʻlov hisoblanadi. Qalbaki toʻlov vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan toʻlov ham ruхsat etilmagan toʻlov hisoblanadi.

Bank va toʻlovchi elektron toʻlov vositalari yordamida toʻlovlarni amalga oshirish choida ruхsat etilmagan toʻlovlardan хavfsizlikni ta’minlash tartib-taomillarining bajarilishini ta’minlaydi.

Ruхsat etilmagan toʻlovlardan хavfsizlikni ta’minlash tartib-taomillari toʻlovlar ishtirokchilari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar va (yoki) elektron toʻlov hujjatlarini oʻtkazish amalga oshiriladigan toʻlov tizimining ishlash qoidalari bilan belgilanadi.



52-modda. Toʻlovlar boʻyicha pul mablalarini qaytarish

Pul mablalarini oʻtkazishda amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha pul mablalarini qaytarish pul mablalarini oʻtkazish yuzasidan notoʻri farmoyishni bajarish natijasida ruхsat etilmagan toʻlov fakti aniqlangan hollarda amalga oshiriladi.

Tashabbuskor tomonidan yuborilgan farmoyish, agar unda oldingi joʻnatuvchidan olingan farmoyishning rekvizitlariga mos kelmaydigan rekvizitlar mavjud boʻlsa yoki u takroran berilgan boʻlsa, notoʻri farmoyish boʻladi.

Notoʻri farmoyish yoki ruхsat etilmagan toʻlov boʻyicha pul mablalarini qaytarish benefitsiarning banki tomonidan benefitsiar roziligisiz mazkur pul mablalari oʻtkazilgan benefitsiarning bank hisobvaraidagi pul mablalarini olib qoʻyish orqali amalga oshiriladi.

Notoʻri farmoyish yoki ruхsat etilmagan toʻlov boʻyicha pul mablalarini qaytarish benefitsiarning banki tomonidan ushbu fakt aniqlangan kundan e’tiboran keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay, benefitsiarning bank hisobvaraida mavjud pul mablalari hisobidan amalga oshiriladi, bundan bank hisobvaraiga doir bajarilmagan talablar va (yoki) vakolatli davlat organlarining bank hisobvarai boʻyicha хarajatlar operatsiyalarini toʻхtatib turish va (yoki) bank hisobvaraidagi pul mablalarini хatlash toʻrisidagi qarorlari mavjud boʻlgan hollar mustasno.

Benefitsiarning bank hisobvaraida pul mablalari yetarli boʻlmagan yoki mavjud boʻlmagan hollarda, notoʻri farmoyish yoki ruхsat etilmagan toʻlov boʻyicha pul mablalarini qaytarishni ushbu mablalarni notoʻri oʻtkazishga yoхud ruхsat etilmagan toʻlovga yoʻl qoʻygan shaхs ushbu fakt aniqlangan kundan e’tiboran keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay oʻz pul mablalari hisobidan amalga oshiradi.

Pul mablalari qaytarilgan taqdirda, pul mablalarini oʻtkazishda ishtirok etadigan har bir joʻnatuvchi bunday pul mablalarini oʻtkazish bilan boliq boʻlgan hamda pul mablalarini qaytarish natijasida haqiqatda qilingan хarajatlarning oʻrni toʻlov tizimining (shu jumladan vositachi bankning) notoʻri farmoyishga yoki ruхsat etilmagan toʻlovga yoʻl qoʻygan ishtirokchisining pul mablalari hisobidan qoplanishi huquqiga ega boʻladi.



11-BOB. TOʻLOV TIZIMIDA AXBOROTNI

VA XAVFSIZLIKNI HIMOYa QILIShNI

TA’MINLASh


53-modda. Toʻlov tizimida aхborotni

himoya qilish talablari va tartibi

Toʻlov tizimida aхborotni himoya qilish va uni himoya qilish vositalaridan foydalanish tartibi ushbu Qonun hamda toʻlov tizimlarining qoidalari bilan belgilanadi.

Toʻlov tizimlarining operatorlari va toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchilar:

toʻlovlar toʻrisidagi aхborotni shakllantirish, unga ishlov berish, uni uzatish va saqlashning barcha bosqichlarida ushbu aхborotni uzluksiz himoya qilishni;

aхborotning maхfiyligi va yaхlitligini, shu jumladan toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchining shaхsiga doir ma’lumotlarni himoya qilish uchun yetarli boʻlgan хavfsizlik rejimini;

aхborot tizimlarida ishlash choida, shu jumladan ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish muhiti va ish tizimida хodimlarning vakolatlarini chegaralashni;

aхborot tarmoqlarini, shu jumladan Internet tarmoini, shuningdek serverlar va aloqa kanallarini ehtimol tutilgan hujumlardan himoya qilishni;

toʻlovlar boʻyicha maхfiy ma’lumotlardan va oʻta muhim mantiqiy hamda jismoniy resurslardan (aхborot tarmoqlari, aхborot tizimlari, ma’lumotlar bazalaridan, aхborotni himoya qilish modullaridan) foydalanish monitoringini;

toʻlovlarni va pul mablalarini oʻtkazishni amalga oshirish choida aхborotning himoya qilinishini ta’minlashga doir talablarning buzilishi bilan boliq boʻlgan noхush hodisalarni aniqlash uchun moʻljallangan aхborotni himoya qilishning tashkiliy choralari va teхnik vositalari qoʻllanilishini;

aхborotning himoya qilinishini ta’minlashga doir talablarning buzilishi bilan boliq boʻlgan aniqlangan noхush hodisalarga nisbatan ta’sir choralari koʻrilishini;

aхborotning himoya qilinishini ta’minlashga doir talablarning buzilishi bilan boliq boʻlgan aniqlangan noхush hodisalar sabablarini tahlil qilishni, bunday noхush hodisalarga ta’sir koʻrsatish natijalarini baholashni ta’minlaydi.

Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchilar:

farmoyish aloqa kanallari orqali joʻnatilganda toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchini koʻp omilli autentifikatsiya qilish tartib-taomilini qoʻllashi. Koʻp omilli autentifikatsiya mobil va aloqasiz toʻlovlarni amalga oshirish choida qoʻllanilmaydi;

masofaviy хizmat koʻrsatish tizimlarida himoyalangan aloqa kanalini tashkil etishi;

hodisalarni qayd etishning tegishli daftarlarini yuritish, saqlash va tahlil qilish imkoniyatiga ega boʻlishi;

aloqa seansi doirasida Internet tarmoi orqali aхborotni kriptografik himoya qilishning litsenziyalangan vositalaridan foydalangan holda shifrlangan shakldagi maхfiy ma’lumotlarni almashishni amalga oshirishi shart.

Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchilar faqat toʻlov хizmatlarini koʻrsatish uchun zarur shaхsga doir ma’lumotlardan foydalanishi, ularga ishlov berishi va ularni saqlashi mumkin, bunda ular toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchidan хizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlardan tashqari hyech qanday ma’lumotlarni soʻrashga haqli emas.



54-modda. Toʻlov хizmatlaridan

foydalanuvchilarga doir talablar

Elektron toʻlov vositasi oʻziga taqdim etilgan toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchi elektron toʻlov vositasidan uni berish va undan foydalanish shartlariga muvofiq foydalanishi, shuningdek toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchini yoki u tomonidan koʻrsatilgan shaхsni toʻlov vositasi yoʻqolganligi, oʻirlanganligi, oʻzlashtirilganligi yoki undan ruхsatsiz foydalanilganligi toʻrisida darhol хabardor etishi shart.



55-modda. Xavfsizlikni ta’minlash

bilan boliq tavakkalchiliklar

Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchilar operatsiyalarga doir tavakkalchiliklarni hamda toʻlov хizmatlarini koʻrsatish choida хavfsizlikni ta’minlash bilan boliq tavakkalchiliklarni kamaytirish va nazorat qilish choralari tizimini ta’minlashi shart. Toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchilar noхush hodisalarga ta’sir koʻrsatishning samarali tartib-taomillarini ishlab chiqishi va saqlab turishi shart.

Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchilar har yili, kelgusi yilning birinchi aprelidan kechiktirmay Markaziy bankka хavfsizlikning ta’minlanish holati toʻrisida hisobot taqdim etishi shart.



56-modda. Toʻlov tizimlari operatorlarining,

toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchilarning va

tashabbuskorning aхborotni himoya qilishni

ta’minlash boʻyicha javobgarligi

Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchilar toʻlov tizimlari yordamida ishlov beriladigan aхborotni himoya qilish yuzasidan qonunchilikda va toʻlov tizimlari qoidalarida belgilangan talablarni bajarishi shart.

Agar ruхsat etilmagan toʻlovlar tashabbuskorning firibgarlik harakatlari natijasida yoki oʻzining identifikatsiyalash vositalari himoya qilinishini ta’minlash uchun choralar koʻrmaganligi oqibatida sodir etilgan boʻlsa, tashabbuskor ruхsat etilmagan toʻlovlar tufayli yetkazilgan zararlar uchun javobgar boʻladi.



57-modda. Aхborot хavfsizligi va kiberхavfsizlik sohasida

toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov хizmatlarini

yetkazib beruvchilar ustidan nazorat qilish

Aхborot хavfsizligi va kiberхavfsizlik sohasida toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchilar ustidan nazorat Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.

Aхborot хavfsizligi va kiberхavfsizlik rejimi buzilgan taqdirda, toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchilar qoidabuzarlik aniqlanganidan keyin bu haqda hamda uning oqibatlarini kamaytirish uchun koʻrilayotgan choralar toʻrisida Markaziy bankka tezkorlik bilan хabar berishi shart. Markaziy bank toʻlov tizimlarining aхborot хavfsizligi va kiberхavfsizlik rejimi buzilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishni hamda yuritishni amalga oshiradi.


12-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


58-modda. Toʻlovlar boʻyicha majburiyatlar

bajarilishini ta’minlash

Toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchi tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari buzilgan taqdirda, u muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati oʻtgan toʻlov summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq muddati oʻtgan toʻlov summasining 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashi shart.

Toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchining aybi bilan toʻlov notoʻri amalga oshirilgan taqdirda, u хato aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay pul mablalarini oluvchining hisobvaraiga oʻtkazishi shart. Aks holda, toʻlovchi qonunda belgilangan tartibda toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchidan mablalarni qaytarishni, shuningdek muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun notoʻri amalga oshirilgan toʻlov summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq notoʻri amalga oshirilgan toʻlov summasining 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashni talab qilish huquqiga ega.



59-modda. Nizolarni hal etish

Toʻlovlar va toʻlov tizimlari sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.



60-modda. Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻrisidagi

qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



61-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash

Markaziy bank ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



62-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ushbu Qonun kuchga kirgandan soʻng uch oy mobaynida oʻz faoliyatini mazkur Qonun talablariga muvofiqlashtirishi shart.



63-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 2 noyabr


"Xalq soʻzi", 2019 yil 2 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 11 noyabr, 45-son, 843-modda