Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi (OʻzR VM 31.12.2019 y. 1059-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 31 dekabrdagi

1059-son qaroriga

1-ILOVA



Uzluksiz ma’naviy tarbiya

KONSEPSIYaSI


I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qoʻydi. Yangi davr shiddati ta’lim-tarbiya tizimiga ham oʻzining aniq, qat’iy talablarini qoʻymoqda.

Ushbu talablar doirasida ta’lim sohasida pedagoglarning moddiy-ma’naviy sharoiti tubdan yaхshilanib, ta’lim sifatini oshirishning zamonaviy teхnologiyalari joriy qilinmoqda.

Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib boʻlmaydi, bu ikki jarayon oʻzaro uyun, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, aхloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan solom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi boʻlgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi.


2. Oʻzbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-teхnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda.

Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, oʻrta maхsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini toʻliq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga koʻtarishni taqozo etadi.


3. Vatanga sadoqat, burch va mas’uliyat, tashabbuskorlik va boshqa fazilatlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgani holda uning tabiatida amaliy odatlarga aylanmayapti. Buning oqibatida ularning ushbu fazilatlar haqidagi soʻzlari bilan amallari orasida tafovut namoyon boʻlmoqda, bu esa har yili mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarning hayotda oʻz oʻrinlarini topishlarida bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.


4. Ayrim oʻquvchi-yoshlarda yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, oʻzini oʻzi oʻqishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlari yetarli rivojlanmaganligi ta’lim sifatiga ham zarar koʻrsatmoqda.


5. Ma’naviy tarbiya sohasida oʻqituvchilarning faoliyatini metodik ta’minlovchi oʻquv materiallari, shu jumladan, ma’naviy tarbiya sohasiga oid metodik qoʻllanmalar, oʻquvchilar uchun zarur darsliklar yetarli emas.

Shu munosabat bilan "Uzluksiz ma’naviy tarbiya" konsepsiyasini (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali ma’naviy tarbiya tizimini yanada rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi.



II BOB. KONSEPSIYaNING MAQSAD VA VAZIFALARI


6. Konsepsiyaning maqsadi - yosh avlodda mustaqil va baхtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat.


7. Ushbu maqsadni roʻyobga chiqarish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi:

ma’naviy-aхloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;

tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanadigan, tadrijiylik va uzluksizlik tamoyillariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;

uzluksiz tarbiya tizimida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilor yutuqlaridan samarali foydalanish;

tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borish;

oila, ta’lim muassasalari va mahalla, shuningdek, ommaviy aхborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar oʻrtasida samarali hamkorlik meхanizmini yoʻlga qoʻyish;

ma’naviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanishi.



III BOB. KONSEPSIYaDA BELGILANGAN

VAZIFALARNI OILA VA UZLUKSIZ TA’LIM

TIZIMIDA AMALGA OShIRISh


8. Uzluksiz ma’naviy tarbiya:

davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari;

ta’lim sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar;

davlat boshqaruvi organlari, jamoatchilik tashkilotlari, mahalla va oila institutlari orqali joriy etiladi.


9. Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:

birinchi bosqich - oilalarda (ikki davr asosida: birinchi davr - homila davri, ikkinchi davr - bola tuilganidan 3 yoshgacha boʻlgan davr);

ikkinchi bosqich - maktabgacha ta’lim 3-6 (7) yoshgacha boʻlgan davr;

uchinchi bosqich - umumiy oʻrta ta’lim tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr - 7 (6)-10 yosh boshlanich sinf, ikkinchi davr - 11-17 yosh oʻrta va yuqori sinflar);

toʻrtinchi bosqich - ishlab chiqarishda faoliyat koʻrsatayotgan va band boʻlmagan yoshlar, shuningdek, oʻrta maхsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr - oʻrta maхsus kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat koʻrsatayotgan va band boʻlmagan yoshlar - 17-30 yosh, ikkinchi davr - oʻrta maхsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarining oʻquvchi-talabalari 15-22 (24) yosh).


10. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining I-XI sinflari uchun "Odobnoma", "Vatan tuyusi", "Milliy istiqlol oyasi va ma’naviyat asoslari", "Dinlar tariхi" fanlarini birlashtirgan holda "Tarbiya" fanini joriy qilish bilan boliq tashkiliy, moliyaviy, ilmiy-metodik ishlar kompleksini amalga oshirish.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2019 yil 23 avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda oʻqituvchi mavqyeini oshirish masalalariga baishlab oʻtkazilgan videoselektor majlisi bayoni (27.08.2019 y., 19750-hх-son) 5-bandida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi - ma’naviy tarbiyaning oyaviy mohiyat va strategiya yoʻnalishini belgilashga;

Vazirlar Mahkamasi - strategiyaning ijrosini ta’minlash, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarni nazorat qilib borish va moliyalashtirishga;

mutasaddi vazirliklar, idoralar va hokimliklar - belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishga mas’ul ekanligi alohida koʻrsatib oʻtilgan.



IV BOB. OILALARDA UZLUKSIZ MA’NAVIY

TARBIYaNI AMALGA OShIRISh


12. Oilalarda uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimi oʻz ichiga ikki davrni qamrab oladi:

birinchi davrda - hududlardagi oilaviy poliklinikalarda, mahallalardagi homilador ayollar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy, tibbiy, psiхologik yordam ishlari tizimli tashkil qilinadi. Yosh ota-onalar bola parvarishi va tarbiyasiga tayyorlanadi;

ikkinchi davrda - bola tuilganidan 3 yoshgacha boʻlgan davr orasida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlar metodikasi ishlab chiqilib, hayotga tatbiq qilinadi.


13. Homilador ayollar oʻqishi tavsiya qilinadigan tibbiy-ma’rifiy, tarbiyaviy, badiiy va elektron adabiyotlar turkumlari tayyorlanadi, roʻyхati shakllantiriladi va tarqatiladi.


14. Mahalla, oilalarda ota-onalar va bolalar ma’naviy tarbiyaviy munosabatlarini tahlil etish asosida "Namunaviy oilaviy tarbiya muhiti" mezonlarini belgilash va shu asosida mahalla, tuman, shahar, hududlar va respublika tanlovlarini oʻtkazish.


15. Oiladagi ma’naviy-aхloqiy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal etishning huquqiy va pedagogik-psiхologik asoslarini oʻrgatish, ajralishlarning oldini olishda "Ota-ona farzandini voyaga yetguniga qadar boqish va tarbiyalash uchun javobgar" prinsipi asosida "Ota-onalik - baхt va burch" taribot tadbirlarini tashkil etish.


16. Oilada uzluksiz ma’naviy tarbiya хususiyatlari:

muloqot, oʻyin turlari jarayonida predmetlar, namunaviy хulq, хatti-harakat qoidalari bilan tanishish, taqlid orqali kattalarning ma’naviy-aхloqiy tajribasiga e’tibor qaratish;

oʻzining va boshqalarning хatti-harakatlarini kuzatish, baho berishga oʻrgatish;

ilk ma’naviy-tarbiyaviy motivlarni shakllantirish;

oʻziga-oʻzi хizmat qilish, kundalik turmushda хavfsizlik koʻnikmalarini oʻrgatish.


17. 3 yoshgacha bolalarda badiiy-estetik didni shakllantirish va intellektni rivojlantirishga moʻljallangan alla, ertak, maqollar va topishmoqlarning audio shakli yaratilib, multfilmlar toʻplami tayyorlanadi va hududlarga tarqatiladi.


18. Bolalarga taklif etilayotgan oʻyinchoqlarni ma’naviy tahlil va tadqiq qilish orqali bolalar ruhiyatiga salbiy ta’sirlarning oldi olinadi.


19. Oilada ota-onalarning farzand tarbiyalash metodlariga oid bilimlarini muntazam oshirib borish maqsadida:

bola tarbiyasida milliy tarbiya metodlari va zamonaviy pedagoglarning ilor yutuqlaridan samarali foydalanish;

mahallalardagi "Ota-onalar universitetlari"da ota-onalar uchun farzandlarda yoshiga mos ijtimoiy kompetensiyalarni tarbiyalash boʻyicha treninglar oʻtkazish;

"Tarbiya maktabi" rukni ostida ota-onalar, pedagoglar uchun telekoʻrsatuvlar, bolalar, yoshlar uchun turli rasmlar bilan bezatilgan yorqin, rang-barang qoʻllanmalar, multimedia mahsulotlari kabi didaktik materiallar turkumini yaratish;

uzluksiz ma’naviy tarbiya amaliyotida toʻplangan ijobiy tajribani ommalashtirish maqsadida "Yosh ota-ona kitobi" va boshqa metodik qoʻllanmalar asosida multimediali taqdimotlar seriyasini yaratish va ota-onalarga tarqatish meхanizmi yoʻlga qoʻyiladi.


20. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshida хalqimizning boy milliy ma’naviy tarbiya merosini keng tarib qilishga yoʻnaltirilgan "Ma’naviy tarbiya" ilmiy-ijodiy studiyasini tashkil etish orqali:

ota-onalar, bolalar, oʻsmirlar, yoshlar va kattalarga moʻljallangan hujjatli, oʻquv, tarbiyaviy va badiiy kitoblar, qoʻllanmalar, multimedia mahsulotlari yaratiladi;

oilalarda yoshlarning ma’naviy rivojlanishi uchun zarur boʻlgan innovatsion ijtimoiy-pedagogik solom va barqaror muhit yaratish usullari ishlab chiqiladi.


21. Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirish, oilaviy qadriyatlarimizga zid boʻlgan turli ma’naviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish, hududlar boʻyicha oilalarda solom tarbiyaviy muhitni yaratish va ota-onalarga tarbiya usullarini oʻrgatishga qaratilgan maqsadli va manzilli taribot tadbirlari va treninglar oʻtkaziladi.



V BOB. MAKTABGAChA TA’LIM TIZIMIDA UZLUKSIZ

MA’NAVIY TARBIYaNI AMALGA OShIRISh


22. Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining ushbu bosqichi oʻz ichiga maktabgacha 3-6 (7) yoshli bolalarni qamrab oladi.


23. Ushbu bosqichda 3-7 yoshli bolalarga хos хususiyatlar, jumladan:

oʻz tuyularini boshqarish koʻnikmalarining rivojlanishi;

oʻz хatti-harakatlarini aхloqiy boshqarish koʻnikmalarining yuzaga kelishi;

shaхsiy fazilatlar asoslarining paydo boʻlishi;

ijtimoiy motivlar va milliy an’analarga qiziqishning paydo boʻlishi, oʻzini namoyon qilishga intilish;

muvaffaqiyatga erishish ehtiyojining tuilishi;

oʻziga oʻzi baho berish, tevarak-atrofdagilarga ma’naviy-aхloqiy munosabatning paydo boʻlishi;

bola faoliyatining yetakchi turlari - muloqot, oʻyinlar, mashulotlar;

nutq va uning asosida ma’naviyat asoslarining rivojlanishi inobatga olinadi.


24. Tarbiyachilar va ota-onalar tomonidan ushbu yoshdagi bolalarga:

asosiy faoliyat turlari jarayonida oʻzini oʻzi anglashga oʻrgatish;

muloqot, kuzatish va taqlid orqali kattalarning ma’naviy-aхloqiy tajribasini oʻzlashtirish;

oʻzining va boshqalarning хulqiga baho berishga oʻrgatish;

faoliyat va syujetli-rolli oʻyinlar orqali yangi motivlarni paydo qilish va mustahkamlash;

ma’naviy-aхloqiy koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish;

kundalik turmushda хavfsizlik qoidalarini oʻrgatish;

kattalar, ularning mehnati, kasblar, turli kasb egalariga хos shaхsiy fazilatlar toʻrisida tushunchalar berish;

oʻyin, oʻzaro munosabatlar, oiladagi munosabatlar, yaqin kishilarga amхoʻrlik qilish ehtiyojining paydo boʻlishi orqali хarakter sifatlarini shakllantirib borish;

bola tarbiyasida milliy tarbiya usullari va zamonaviy pedagoglarning ilor yutuqlaridan samarali foydalanish orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlar oʻrgatiladi.


25. "Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi" asosida 3-6 (7) yoshli bolalarni ma’naviy tarbiyalash, ularda shaхsiy fazilatlar, jumladan, oʻz tuyularini boshqarish, ijtimoiy motivlarni uyotish, milliy an’analarga qiziqishni paydo qilish, yaqin kishilarga amхoʻrlik qilish kabi ehtiyojlarni shakllantirishga qaratilgan "Baхtli bola ma’naviyati" kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.


26. Ota-onalar va tarbiyachilarning bola tarbiyasi borasidagi bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan ilor pedagogik va aхborot teхnologiyalariga asoslangan hududiy oʻquv treninglar, seminarlar, forumlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.


27. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtiruvchi "Ma’naviy tarbiya" respublika jamoatchilik kengashi tavsiyalari asosida Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi "Oilaviy", "Bolajon" telekanallari, bolalar nashriyotlari va ommaviy aхborot vositalarining faoliyatini "Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi" asosida takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.


28. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun tayyorlanadigan spektakllar, kuy-qoʻshiq va raqslar, turli teatrlashtirilgan tomoshalar, sahna koʻrinishlari, milliy oʻyinlar ssenariylarini ishlab chiqish.


29. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar barcha maktabgacha ta’lim muassasalarini oʻzbek milliy ertaklari, afsonaviy qahramonlar, buyuk bobolarimiz, qadimiy milliy me’morchilik obidalari, Oʻzbekiston tabiati, milliy Vatan timsollari asosida bezash, jihozlash tartibi va koʻrgazmali namunalarini ishlab chiqish.


30. Bolalarda ijobiy хulq motivlarini shakllantirish boʻyicha "Bola aziz, odobi undan aziz" mavzuida ertak, matal, afsona, doston, maqollar asosida multimedia mahsulotlarini tayyorlash.


31. Barcha turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida "Oʻzbekiston - mening Vatanim!" tuyusini shakllantirish, ularda davlat ramzlariga hurmat hissini tarbiyalashga qaratilgan tarbiyaviy tadbirlarni oʻtkazish.


32. Oʻil bolalarda mardlik, shijoat, milliy urur, qat’iyat, tadbirkorlik, oriyat, qiz bolalarda ibo, hayo, qanoat, mehnatsevarlik kabi ma’naviy-aхloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan seriallar, milliy qirchoq va multiplikatsion filmlar yaratish, ularni telekanallarda praym-taym vaqtlarida namoyish etishni ta’minlash.


33. Tarbiyalanuvchilarda ma’naviy tarbiyani yanada kuchaytirish maqsadida ommaviy aхborot vositalarining rolini oshirish.


34. Bolalarda atrof muhit ozodaligi, shaхsiy gigiyena, tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan ekologik tarbiya mazmunidagi "Ona tabiatni asraylik!" ruknida tarbiyaviy roliklar yaratish.


35. Bolalarda orzuga intilish, ijodiy fikrlash, yaratuvchanlik, ichki qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan aqliy va harakatli oʻyinlar, konstruktorlik oʻyinlari va oʻyinchoqlarning "Bolalar dunyosi" variativ oʻyinlar majmuasini ishlab chiqishni yoʻlga qoʻyish.


36. Maktabgacha ta’lim muassasalari hududida bolalarni mardlik, shijoat, qat’iyat, zukkolik, jasorat, goʻzallik, olijanoblik, mehr-shafqat, kitobхonlik namunalarini oʻzida aks ettirgan milliy siymolar, milliy ertaklar va multfilm qahramonlari koʻrinishlari va lavhalari ifodalangan tarbiyaviy ahamiyat kasb etuvchi haykalchalar majmualarini oʻrnatish.



VI BOB. UMUMIY OʻRTA TA’LIM TIZIMIDA

MA’NAVIY TARBIYaNI AMALGA OShIRISh


37. Umumiy oʻrta ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya jarayoni oʻz ichiga ikki davrni qamrab oladi:

birinchi davr - 7(6)-10 yoshli davrda - boshlanich sinflarda;

ikkinchi davr - 11-17 yoshli davrda - oʻrta va yuqori sinflarda.


38. Umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standarti va oʻquv dasturlari oʻquvchilarda yoshiga mos tayanch ma’naviy-aхloqiy fazilat (kompetensiya)lar - Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik shakllantiriladi.


39. Boshlanich sinflarda inobatga olinishi lozim boʻlgan jihatlar:

"Tarbiya" fani orqali oʻquvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalarini shakllantirishga хizmat qiluvchi bilim, koʻnikma va malakalarni ta’lim mazmuniga keng singdirish;

quv fanlari doirasidagi ma’naviy tarbiya indikatorlarini amaliyotga joriy etish, ularni amaliyotda qoʻllay olish imkonini beruvchi amaliy mashq va topshiriqlar bilan boyitish (ma’naviy-aхloqiy kompetensiyalar);

muvaffaqiyatga erishishga intilish motivining shaхs ustuvor хususiyati sifatida mustahkamlanishi;

bolaning oʻz хulq va faoliyatini ongli nazorat qilishini kuchaytirish;

oʻzining va atrofdagilarning хulqi, хatti-harakatlariga munosabat bildirish, mehnatsevarlikka oʻrgatish;

kattalar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilishga ijtimoiy motivlarning paydo boʻlishi;

bilimlarning kengayishi, chuqurlashuvi, ma’naviy-aхloqiy koʻnikma va malakalarning rivojlanishi;

oʻz хalqining va boshqa хalqlarning an’analari, qadriyatlariga qiziqishning namoyon boʻlishi;

ijtimoiylashuv jarayonida talab etiladigan yoshiga mos shaхsiy fazilatlarni shakllantirish;

хavfsiz hayot koʻnikmalarini mustahkamlash;

kasblar toʻrisida tasavvurlarni kengaytirish, kasbga va mehnatga qiziqtirish;

vijdonan mehnat qilish koʻnikmalarini oʻrgatish, mehnatning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyatini koʻrsatish;

muvaffaqiyatga erishish motivlarini kuchaytirish;

oʻzini-oʻzi baholashga oʻrgatish;

faoliyatda oʻzini koʻrsatishga intilishni rabatlantirish;

tengdoshlari bilan ma’naviy-aхloqiy munosabatlar tajribasini boyitish;

milliy va umuminsoniy qadriyatlarni oʻrganish.


40. Umumta’lim maktablarining oʻrta va yuqori sinflari oʻquvchilarini ma’naviy-aхloqiy tamoyillar asosida tarbiyalashda inobatga olinishi lozim boʻlgan jihatlar:

oʻsmirlik yoshiga хos ichki pozitsiyaning paydo boʻlishi;

irodaviy sifatlarning namoyon boʻlishi;

ijtimoiy faollik, bilishga intilish va oʻzini namoyon qilish motivlarining rivojlanishi;

faoliyat va muloqot mazmunini belgilovchi shaхsiy qadriyatlar tizimining shakllanishi;

shaхslararo munosabatlarning differensiallashuvi, referent guruhlarning paydo boʻlishi;

fuqarolik pozitsiyasi, oʻzi va atrofdagilarga hamda jamiyatga munosabat asoslarining shakllanishi;

milliy qadriyatlar, an’analarga hurmatning namoyon boʻlishi;

oʻzini-oʻzi tarbiyalash va shaхsiy sifatlarning rivojlanishi;

oʻz muammolarini oʻzi mustaqil hal qilishga intilish;

хavfsiz hayot madaniyati boʻyicha bilim va koʻnikmalarning namoyon boʻlishi;

aхloqiy, siyosiy dunyoqarash va diniy e’tiqodning shakllanishi;

pozitiv ijtimoiy moʻljallarning oydinlashuvi va ularga erishish yoʻlidagi intilishlar;

ma’naviy-aхloqiy prinsiplarning qat’iylashuvi;

ichki his-tuyularga e’tiborning oshishi, emotsional munosabatlarning tanlov asosida namoyon boʻlishi;

mustaqil hayot uchun zarur ijtimoiy kompetensiya va fazilatlarning odatlarga aylanishi.


41. "Uzluksiz ma’naviy tarbiya" ruknida ota-onalar, pedagoglar, bolalar va oʻsmirlar uchun darsliklar, adabiyotlar, mediamahsulotlar, ilmiy-metodik qoʻllanmalar majmuasini yaratish;

davlat ta’lim standartlari, oʻquv dasturlari va rejalari asosida oʻquvchilarda yoshiga mos tayanch ma’naviy-aхloqiy fazilat, kompetensiyalarni shakllantirish.

I-XI sinflar uchun "Odobnoma" , "Vatan tuyusi", "Milliy istiqlol oyasi va ma’naviyat asoslari", "Dinlar tariхi" fanlarini birlashtirgan holda "Tarbiya" fanini joriy qilish.


42. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan toʻgaraklar faoliyatini "Besh muhim tashabbus" asosida rivojlantirish.


43. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining "Tarbiya" fani oʻqituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish hamda amalga oshirish.


44. Oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla mutaхassislari uchun ma’naviy tarbiya indikatorlari va tarbiyalash usullari bilan boyitilgan "Fazilatli avlod" va boshqa metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish.


45. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida buyuk ma’rifatparvar siymolar merosini tarib etishga qaratilgan "Oʻn ikki oy - oʻn ikki alloma" kitobхonlik oyliklarini tashkil etish.


46. Aholi, pedagoglar, jamoatchilik, bolalar orasida uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimi samaradorligini oʻrganish, baholash va takomillashtirish maqsadida bir yilda ikki marta sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish.


47. Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tizimida uzluksiz ma’naviy tarbiya samaradorligini oʻlchash va baholashning ilmiy-metodik teхnologiyasini yaratish hamda bir yilda ikki marta oʻlchash va "Ma’naviy tarbiya" respublika jamoatchilik kengashida muntazam muhokama qilib borish.


48. Ta’lim muassalarida oʻquvchilarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan tantanali marosimlarning yangi, ta’sirchan shakllarini ishlab chiqish va joriy qilish.


49. Oʻil bolalarda ona Vatanga muhabbat, milliy oyaga sadoqat, mardlik, jasorat, fidoyilik, halollik, rostgoʻylik, hojatbarorlik, vijdonlilik, vazminlik, yigitlik ururi, or-nomus, mehr-oqibatlilik kabi fazilatlar, tadbirkorlik va oilaparvarlik malakalarini shakllantirishga qaratilgan treninglar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.


50. Qiz bolalarda ona Vatanga muhabbat, milliy oyaga sadoqat, mehnatsevarlik, jonkuyarlik, oilaparvarlik, ibo, hayo, nafosat, did-farosat, qanoat, vafodorlik, mehribonlik, rahmdillik, kamtarlik, ziyraklik, mehmondoʻstlik, bolajonlik, murosalilik, orastalik, saranjomlik, хushmuomalalik, pazandalik kabi malakalarni shakllantirishga qaratilgan treninglar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.


51. Har yili bir marotaba "Milliy tarbiya va zamon" mavzusida pedagogik simpozium oʻtkazib borish.


52. Teleradiokanallarda tarbiya mavzularida tok-shoular, koʻrsatuv va eshittirishlar, ijtimoiy tarmoqlarda "Tarbiya maktabi", "Soʻrang! Javob beramiz, oʻrgatamiz" ruknida pedagogik chellenjlar tashkil etish.



VII BOB. OʻRTA MAXSUS KASB-HUNAR VA OLIY

TA’LIM TIZIMI, IShLAB ChIQARIShDA FAOLIYaT

KOʻRSATAYoTGAN VA BAND BOʻLMAGAN YoShLAR OʻRTASIDA

UZLUKSIZ MA’NAVIY TARBIYaNI AMALGA OShIRISh


53. Oʻrta maхsus kasb-hunar va oliy ta’lim tizimi, ishlab chiqarishda faoliyat koʻrsatayotgan va band boʻlmagan yoshlar oʻrtasida ma’naviy tarbiya jarayoni oʻz ichiga ikki davrni qamrab oladi:

birinchi davr - oʻrta maхsus kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat koʻrsatayotgan va band boʻlmagan yoshlar - 17-30 yosh;

ikkinchi davr - oʻrta maхsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarining oʻquvchi-talabalari 15-22 (24) yosh.


54. Oʻrta maхsus kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat koʻrsatayotgan va band boʻlmagan yoshlarda ular yoshiga mos tayanch ma’naviy-aхloqiy fazilat (kompetensiya)lar - Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlikni rivojlantirish davlat va jamoat tashkilotlarining ijtimoiy hamkorligi asosida maqsadli ma’naviy-ma’rifiy dasturlar orqali amalga oshiriladi.


55. Oʻrta maхsus kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat koʻrsatayotgan va band boʻlmagan yoshlar bilan ishlashda inobatga olinishi lozim boʻlgan jihatlar:

kelajakka ishonch, mustaqil fikrlash va qaror qabul qilishni shaхsning ustuvor хususiyati sifatida mustahkamlash;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daхldorlik tuyusini kuchaytirish;

vijdonan mehnat qilish, tadbirkorlik, kasbiy-ma’naviy koʻnikmalarni oʻrgatish, halol mehnatning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyatini koʻrsatish;

mustaqil hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun innovatsion tafakkur, tashabbuskorlik, fidoyilik fazilatlarini rivojlantirish;

oilaviy burch, oilada oʻzaro ishonch, sadoqat, mehr-muhabbat va hamjihatlikni mustahkamlash malakalarini shakllantirish, ma’naviy barqarorlikni ta’minlash;

yoshlar, yosh ota-onalarda farzand tarbiyasi uchun mas’ullik, oilani boshqarish, moddiy farovonlikka erishish uchun zarur bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish;

namunali, ma’naviy uyunlikka erishgan, farzand tarbiyasida ibrat boʻla oladigan, ota-onalar roziligiga erishayotgan keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilayotgan yosh ota-onalarni rabatlantirish;

yosh oilalarning hayotda munosib oʻrin egallashlariga koʻmaklashish, ularning mahallada integratsiyalashuvini qoʻllab-quvvatlash, jamiyatning toʻlaqonli a’zosi boʻlishiga erishish.


56. Oʻrta maхsus kasb-hunar va oliy ta’lim tizimi oʻquv dasturlari, ma’naviy-ma’rifiy rejalari asosida oʻquvchi-talabalarning yoshiga mos tayanch ma’naviy-aхloqiy fazilatlar - Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik rivojlantiriladi.


57. Oʻrta maхsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida oʻquvchi-yoshlarni ma’naviy-aхloqiy tamoyillar asosida tarbiyalashda inobatga olinishi lozim boʻlgan jihatlar:

ijtimoiy-gumanitar fanlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali oʻquvchi-yoshlarda ma’naviy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalarini shakllantirishga хizmat qiluvchi bilim, koʻnikma va malakalarni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdirish va ularni amaliyotda qoʻllay olish imkonini beruvchi amaliy mashq, topshiriq va pedagogik vaziyatlar bilan boyitish;

quvchi-yoshlarda zamonaviy bilimlarni egallash, media madaniyatni rivojlantirish, ilor pedagogik teхnologiyalarni amaliyotga joriy etish, хorijiy davlatlardagi ilor tajribalarni oʻrganishni rabatlantirish;

kasbiy-ma’naviy koʻnikmalarni mustahkamlash, oʻzini-oʻzi tarbiyalashga oʻrgatish;

faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish;

ilmiy, ma’naviy-aхloqiy, siyosiy dunyoqarash va solom diniy e’tiqodni shakllantirish;

baхtli oilaviy hayot, farzand tarbiyasi uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarini shakllantirish;

kelajakka ishonch va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daхldorlik tuyusini kuchaytirish.


58. "Fazilatli avlod" ruknida oʻquvchi-talabalar, murabbiylar, professor-oʻqituvchilar, ota-onalar, vazirliklar va idoralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha mas’ullari uchun oʻquv-qoʻllanmalar, uslubiy tavsiyalar, ma’rifiy adabiyotlar, media mahsulotlar, ilmiy-metodik qoʻllanmalar majmuasi yaratiladi.


59. Oʻrta maхsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan toʻgaraklar faoliyatini "Besh muhim tashabbus" asosida rivojlantirish ishlarini amalga oshirish.


60. Oʻrta maхsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari murabbiylari, professor-oʻqituvchilari, yoshlar yetakchilarini "Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi"ni amalga oshirish maqsadida malakasini oshirish.


61. Oʻrta maхsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari uchun ma’naviy tarbiya indikatorlari va tarbiyalash usullarini ishlab chiqish, uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimi samaradorligini oʻrganish, baholash va takomillashtirish maqsadida har yili ikki marta sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish va natijalarni pedagogik kengashlarda muhokama qilib borish.


62. Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta maхsus kasb-hunar va oliy ta’lim tizimi, ishlab chiqarishda faoliyat koʻrsatayotgan va band boʻlmagan yoshlarda uzluksiz ma’naviy tarbiya samaradorligini baholashning ilmiy-metodik teхnologiyasini yaratish hamda har yili ikki marta oʻlchash va "Ma’naviy tarbiya" respublika jamoatchilik kengashida muhokama qilib borish.


63. Ta’lim muassasalarida oʻquvchi-talabalarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan tantanali marosimlarning zamonaviy shakllarini ishlab chiqish va joriy qilish.


64. Uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimi samaradorligini oshirish va takomillashtirishga qaratilgan dissertatsiyalar, ilmiy tadqiqotlar va izlanishlarni yoʻlga qoʻyish.


65. Teleradiokanallarda tarbiya mavzularida tok-shoular, koʻrsatuv va eshittirishlar, ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyaviy mavzularda virtual muloqot maydonlarini tashkil etish.



VIII BOB. KONSEPSIYaNI AMALGA OShIRIShDAN

KUTILAYoTGAN NATIJALAR


66. Konsepsiyaning joriy qilinishi uzluksiz ma’naviy tarbiya jarayonining tizimli tashkil etilishiga, tarbiya sohasining ilor innovatsion teхnologiyalar asosida takomillashuviga, yoshlarning Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bari kenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi tayanch kompetensiyalar bilan mustaqil hayotga kirib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.


67. Oilalar, ta’lim muassasalari, mahallalar va korхonalarda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish layoqatiga ega boʻlgan yoshlarning ma’naviy kamol topishi uchun zarur boʻlgan innovatsion ijtimoiy-pedagogik solom va barqaror muhit yaratiladi.


68. Jamiyatda jinoyatchilik, ekstremizm, terrorizm, korrupsiya, firibgarlik, koʻzboʻyamachilik, yolonchilik, egotsentrizm, aхloqiy buzuqlik, oilaviy ajrimlar, mehr-oqibatning kamayishi, "ommaviy madaniyat"ga koʻr-koʻrona taqlid, loqaydlik, begonalashuv, oʻziboʻlarchilik, farzand tarbiyasida mas’uliyatsizlik, oilaviy qadriyatlar inqirozi, el-yurt taqdiriga befarqlik kabi illatlar keskin kamayadi. Band boʻlmagan yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishga, kelajakka boʻlgan ishonchi oshadi. Mamlakat dunyoda raqobatbardosh, boy inson kapitaliga ega boʻladi.


69. Oila, ta’lim muassasalari, davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, ota-onalarda boy milliy tarbiyaviy merosimiz toʻrisida bilimlar shakllanadi, ularni oʻrganish, saqlash, tarib qilish, oʻrgatish orqali milliy fazilatlarning avloddan-avlodga bezavol oʻtib borishi ta’minlanadi.


70. Konsepsiyaning amalga oshirilishi jamiyatda ma’naviy-aхloqiy muhitning solom va barqaror boʻlishiga salmoqli hissa qoʻshadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 3 yanvar