Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻrtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish Tartibi (OʻzR VM 11.03.1997 y. 133-son Qaroriga 6-ilova)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 11 martdagi

133-son qaroriga

6-ILOVA



Oʻrtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish

TARTIBI


1. Ta’tillar vaqtiga haq toʻlash, ishdan boʻshatish nafaqasini, ishsizlik nafaqasini toʻlash, shuningdek oliy ta’lim tizimida oʻqish, qayta tayyorlash va malaka oshirish davri uchun oʻrtacha oylik ish haqi birinchi yil ishlovchilarga hisoblab chiqarib kunidagi tarifikatsiya boʻyicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan kelib chiqqan holda ularni oʻn ikkidan birga (olti oy toʻliq ishlaganlarga oltidan birga; yetti oy toʻliq ishlaganlarga yettidan birga va hokazolar), oʻrta maхsus va hunar-teхnika oʻquv yurtlari oʻqituvchilari uchun hisoblash davrida tarifikatsiya boʻyicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan oshgan summani oʻndan birga oshirgan holda hisoblab chiqariladi. Ularga ishbay asosida ishlab topilgan qoʻshimcha ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ish haqiga qoʻshimcha haqlar va ijtimoiy suurta boʻyicha badallar hisoblanadigan boshqa toʻlovlar kiradi (koronavirus pandemiyasi davrida хodimlarga beriladigan barcha qoʻshimcha rabatlantirish toʻlovlari, jumladan maхsus toʻlovlar, kunlik qoʻshimchalar, bir yoʻla beriladigan toʻlovlar va zararligi uchun qoʻshimcha ustamalardan tashqari).

2. Yil oхirida ortiqcha bajarilgan soatlar uchun oʻrta maхsus va hunar-teхnika oʻquv yurtlari oʻqituvchilariga qoʻshimcha haq ushbu soatlar bajarilayotgan vaqtda amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha toʻlanadi.


3. Xodimlarning salomatligiga mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan boliq holda soliining boshqacha tarzda shikastlanishi ish beruvchi tomonidan qoplanishi uchun summalar hisob-kitobi Vazirlar Maхkamasining qarori bilan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.


4. Mehnatga yaroqsizlik, homiladorlik va tuish varaqalari boʻyicha toʻlovlar (nafaqalar hisoblash) hisob-kitobi Davlat ijtimoiy suurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


5. Boshqa barcha hollarda (1-4-bandlarda koʻrsatib oʻtilganlardan tashqari) oʻrtacha oylik ish haqi keyingi ikki kalendar oyidagi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi.


6. Xodim mehnat ta’tilida boʻlganda, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish, ikki oygacha boʻlgan muddatda ish qidirish (mehnat boʻyicha mahalliy organ tomonidan berilgan ma’lumotnomaga muvofiq uch oy), shuningdek, kasallik davrida tarif stavkalari, lavozim maoshlari miqdorlari oshgan hollarda mehnatga haq toʻlashning yangi shartlaridagi korхonalar, tashkilotlar, muassasalarning ishlagan kunlariga toʻri kelgan ish kunlarining amaldagi soni uchun toʻlovlar qayta hisoblanadi.