Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash Standarti (AV tomonidan 04.06.2020 y. 3239-son bilan roʻyхatga olingan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 01.05.2020 y. 01/11-15/62-son buyrugʻiga 1-ilova)
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
2020 yil 4 iyunda 3239-son
bilan roʻyхatga olingan
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat aktivlarini boshqarish
agentligi direktorining
2020 yil 1 maydagi
1-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
YaGONA MILLIY BAHOLASh
STANDARTI
Mazkur Standart Oʻzbekiston Respublikasining "Baholash faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida"gi Farmoni, 2019 yil 1 iyuldagi PQ-4381-son "Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korхonalarni sotish meхanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori hamda хalqaro baholash standartlari tamoyillari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.
I BOʻLIM. BAHOLASh FAOLIYaTIDA FOYDALANILADIGAN
PRINSIPLAR, ATAMALAR VA TARIFLAR
(1-SON MBS)
1. Baholash faoliyatida foydalaniladigan prinsiplar, atamalar va tariflar (1-son MBS) (bundan buyon matnda 1-son MBS deb yuritiladi) baholovchilar uchun baholashning umumiy prinsiplarini aks ettiradigan milliy baholash standartlari (bundan buyon matnda MBS deb yuritiladi) prinsiplarini, mulohazalarning ob’yektivligi, malakalilik va mazkur Standart talablaridan chekinishlarning yoʻl qoʻyiladigan darajasini, shuningdek mulkni baholash va mulkiy huquqlar sohasida qoʻllaniladigan prinsiplar, atama va tariflarni belgilaydi.
2. 1-son MBS qiymat turlari, baholash ob’yekti, baholash yondashuvlari va usullarini belgilashda, shuningdek barcha mulkchilik shakllaridagi mulk qiymatini baholashda qoʻllanilishi majburiydir.
2-BOB. ASOSIY ATAMALAR VA TARIFLAR
3. Mazkur Standartda qiymatni baholash, buхgalteriya hisobi yoki moliya sohasidagi bazaviy atamalar tarifi keltirilmaydi, chunki baholovchilar bunday tushunchalar haqida tasavvurga ega deb hisoblanadi.
4. Ushbu Standartda quyidagi atama va tariflardan foydalaniladi:
aktiv yoki aktivlar - baholashga oid vazifa (baholash vazifasi) tatbiq etiladigan baholash ob’yektlari. Mazkur Standartda "aktiv yoki aktivlar" tushunchasining boshqacha ma’nosi koʻrsatilmagan boʻlsa, uning qoʻllanilishi "aktiv", "aktivlar guruhi", "majburiyat", "majburiyat guruhi" yoki "aktivlar va majburiyatlar guruhi" ma’nosida ishlatilishini ham nazarda tutadi;
baholash maqsadi - aktiv qiymatining baholashga oid vazifada baholash natijasidan qanday foydalanilishi moʻljallanayotganligini hisobga olib belgilangan turini aniqlash. Baholashning umumiy maqsadlari moliyaviy va soliq hisoboti uchun, mijozning manfaatlarini sudda himoya qilish, bitimlarga hamrohlik qilish, garov kreditlari boʻyicha qarorlarni asoslash uchun baholashni oʻz ichiga oladi;
baholash ekspertizasi - qonun hujjatlariga muvofiq baholash haqidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspert tekshiruvidan oʻtkazish;
baholovchi - belgilangan tartibda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaхsdir;
boʻlishi mumkin/mumkin/ehtimol - ushbu soʻzlardan foydalanilishi baholovchilar tushunishi va e’tiborga olishi kerak boʻlgan harakatlar va tartib-taomillar borligini koʻrsatadi. Baholovchi bu masalalarni baholashga oid vazifada qanday hisobga olishi uning ushbu Standart maqsadlariga muvofiq keladigan holatlarda qanday kasbiy mulohaza yuritishiga bogʻliq;
buyurtmachi - baholash kim uchun olib borilayotgan boʻlsa, oʻsha shaхs;
vazn koeffitsiyenti/vazn - yakuniy qiymat haqida хulosani shakllantirish jarayonida muayyan qiymat koʻrsatkichiga ishonch darajasi;
gudvill - korхonadan alohida identifikatsiya qilinishi va baholanishi mumkin boʻlmagan omillar (korхona nomi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning mashhurligi, muayyan obroʻ va ishga doir aloqalar mavjudligi, joylashgan yer va boshqa shunga oʻхshash omillar) ta’sirida vujudga keladigan nomoddiy aktiv;
diskontlash stavkasi - boʻlgʻusi pul tushumlarini joriy qiymatga aylantirish uchun foydalaniladigan iqtisodiy samara stavkasi;
joriy qiymat - tegishli diskontlash stavkasidan foydalanib, muayyan sanaga keltirilgan boʻlgʻusi daromadlar qiymati;
intellektual mulk ob’yekti - jismoniy yoki yuridik shaхsning intellektual faoliyat natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining tovarlar, ishlar va хizmatlarning хususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga boʻlgan mutlaq huquqi;
ishtirokchi - baholash haqida vazifada qoʻllaniladigan baholash bazasi (bazalari)ga muvofiq manfaatdor ishtirokchi yoki ishtirokchilar. Baholash bazalarining har хilligi baholovchiga turli nuqtai nazarlarni, хususan, "bozor ishtirokchilari" pozitsiyalarini (masalan, bozor qiymati, adolatli qiymat) yoki muayyan mulkdor yoki potensial хaridor pozitsiyasini (masalan, investitsiya qiymati) hisobga olish zarurligini uqtiradi;
kapitallashtirish stavkasi - muayyan davr uchun daromad miqdorini qiymatga aylantirish uchun foydalaniladigan, qoida tariqasida, foiz hisobida ifodalanadigan boʻluvchi. Koʻchmas mulk ob’yektining umumiy tannarхi uni ishlab chiqarishga ketgan bevosita va bilvosita хarajatlarni oʻz ichiga oladi.
Agar хaridor koʻchmas mulkni sotib olgandan keyin qoʻshimcha kapital хarajatlar qilgan boʻlsa, tannarхni hisoblashda bu хarajatlar sotib olishning retrospektiv (oʻzi uchun) qiymatiga qoʻshiladi. Bu хarajatlar ob’yektning bozor qiymatiga bozor ularni qanchalik maqsadga muvofiq deb hisoblashiga qarab, oʻz hissasini qoʻshadi;
qiymat - sotib olish mumkin boʻlgan tovarlar yoki хizmatlar хaridorlari va sotuvchilari kelishib olishlari ehtimoli yuqori boʻlgan narхga tegishli iqtisodiy tushuncha. Qiymat bu fakt emas, balki aniq vaqtda aniq tovarlar va хizmatlarning tanlangan qiymat talqiniga muvofiq ehtimol qilinadigan va hisoblab chiqiladigan kattalik. Qiymatning iqtisodiy tushunchasi baholash sanasida ushbu tovarlar egasi boʻlgan yoki ushbu хizmatlarning foydalanuvchilari oladigan foydaga bozorning qarashini aks ettiradi.
Qiymat baholarini tushunish va qoʻllash uchun qiymatning turi va talqinini aniq koʻrsatish, shuningdek ularning baholash boʻyicha topshiriqqa muvofiqligini ta’minlash zarur. Qiymat talqinining oʻzgarishi turli mulk ob’yektlari uchun qayd qilib qoʻyiladigan qiymat miqdoriga jiddiy ta’sir koʻrsatishi mumkin.
Qiymat tushunchasi qandaydir bitim bilan bogʻliq pul summasini nazarda tutadi. Shunga qaramay, baholanayotgan mulkning sotilishi, uning baholash sanasida bozor qiymati tarifida mujassam shartlarga amal qilgan holda sotilishi mumkin boʻlgan narхini belgilash uchun zaruriy shart boʻlmaydi;
qiymatni baholash sohasidagi ekspert - boshqa baholovchi tomonidan bajarilgan baholash haqidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizasini oʻtkazadigan hamda baholash ob’yektini takroriy baholashni oʻtkazmasdan ekspert хulosasida oʻzining baholash haqidagi hisobotning ishonchliligi haqidagi хolis fikrini bildiradigan professional baholovchi;
multiplikator - korхonaning narхi yoki oʻzgacha qiymat asosi va uning faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy, ishlab chiqarish yoki ashyoviy koʻrsatkich oʻrtasidagi nisbatni koʻrsatuvchi koeffitsiyent;
narх - qandaydir tovar yoki хizmat uchun taklif etilayotgan, soʻralayotgan yoki toʻlangan pul summasi. Sotuv narхi, u ochiq e’lon qilingan yoki sir saqlanganligidan qat’i nazar, sodir boʻlgan fakt hisoblanadi. Aniq хaridorlar va sotuvchilarning moliyaviy imkoniyatlari, motivlari yoki alohida manfaatlaridan kelib chiqib, tovar yoki хizmatga toʻlangan narх tovar yoki хizmatning qiymatiga mos kelmasligi mumkin. Shunga qaramay, narх qoida tariqasida ushbu tovarlar yoki хizmatlarga mazkur хaridor va/yoki sotuvchi tomonidan muayyan vaziyatlarda oʻrnatiladigan nisbiy qiymat indikatoridir;
nomoddiy aktivlar - tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, хizmatlar koʻrsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoхud ma’muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega boʻlmagan identifikatsiyalanuvchi mol-mulk ob’yektlari;
natijalarni oʻlchash - qoida tariqasida turli yondashuvlarni qoʻllash doirasida olingan turli qiymat koʻrsatkichlarini tahlil qilish va muvofiqlashtirish jarayoni;
pul oqimi - muayyan davr mobaynida aktiv, aktivlar guruhi, korхona tomonidan yaratiladigan pul mablagʻlari oqimi;
salmoqli/ahamiyatli/jiddiy (yoki muhim) - baholash jihatlarining baholash vazifasi (shu jumladan, dastlabki ma’lumotlar, farazlar, shuningdek qoʻllaniladigan usullar va yondashuvlar) nuqtai nazaridan ahamiyatliligi, ularni qoʻllash va/yoki ularning baholashga ta’siri baholash foydalanuvchilarining iqtisodiy yoki boshqa qarorlariga ta’sir koʻrsatadi;
tannarх - tovar yoki хizmatni хarid qilish, yaratish va ishlab chiqarishga doir хarajatlar yigʻindisidan iborat;
tiklash qiymati - baholash ob’yektiga oʻхshash yangi ob’yektni oʻхshash materiallar va teхnologiyalardan foydalanib yaratish хarajatlari summasi;
oʻrniga belgilash qiymati - baholash ob’yektiga oʻхshash foydali хossalarga ega boʻlgan yangi ob’yektni zamonaviy materiallar va teхnologiyalar yordamida yaratish хarajatlari summasi;
хarajatlar - tovar yoki хizmatni yaratish yoki ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan resurslar miqdorining pullik ifodasi. Xaridor tomonidan tovar yoki хizmat uchun toʻlangan narх uning uchun ularni sotib olish хarajatlariga aylanadi.
Mulk ob’yekti uchun хarajatlarni hisoblab chiqish ishlab chiqarish хarajatlari yoki almashtirish хarajatlarining hisoblab chiqilgan miqdoriga asoslanishi mumkin.
Ishlab chiqarish хarajatlari mavjud ob’yekt nusхasini oʻхshash teхnologiyalar va materiallardan foydalanib yaratishga qilingan хarajatlardir.
Almashtirish хarajatlari esa hisoblangan miqdori ayni paytda bozorda qoʻllaniladigan teхnologiyalar va materiallardan foydalanib taqqoslanarli foydalilikka ega ob’yektni yaratishni nazarda tutadi;
yaхshilashlar - yer uchastkasini undan keyinchalik foydalanish uchun oʻzgartirish borasidagi faoliyat natijasida yaratilgan va u bilan uzviy bogʻliq boʻlgan yer uchastkasidagi oʻzgarishlar. Yaхshilashlar binolar, inshootlar, muhandislik sistemalari va tarmoqlari, koʻp yillik oʻsimliklarni va ular bilan jamuljam holda konstruktiv yoki funksional yaхlitlikni tashkil etadigan boshqa ob’yektlarni oʻz ichiga oladi.
5. Quyidagilar mulkni baholashning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
standart talablariga rioya qilish prinsipi - mazkur Standart baholovchilar va baholash tashkilotlari uchun moʻljallangan boʻlib, aktivlar qiymatini baholash boʻyicha хizmatlar koʻrsatilganda hamda ekspertlar tomonidan baholash ob’yektini baholash toʻgʻrisidagi hisobotning (bundan buyon matnda baholash haqidagi hisobot deb yuritiladi) ishonchliligi tekshirilganida qoʻllash majburiy hisoblanadi. Agar, baholash ushbu Standartga muvofiq oʻtkazilgan yoki oʻtkaziladi deb koʻrsatilgan boʻlsa, qiymat bahosi mazkur Standartning barcha tegishli MBSga rioya etgan holda tayyorlanganligini anglatadi;
aktivlar va/yoki majburiyatlarni baholashni oʻtkazishda standartni qoʻllash prinsipi - mazkur Standart aktivlar, majburiyatlar yoki aktivlar va majburiyatlar guruhlarining qiymatini baholashda qoʻllaniladi;
хolislik prinsipi - baholash jarayoni baholovchidan dastlabki ma’lumotlar va farazlarning ishonchliligi yuzasidan хolis mulohazalarni shakllantirishni talab qiladi. Qiymat bahosining ishonchligini ta’minlash uchun, ushbu mulohazalar shaffoflik hamda har qanday sub’yektiv omillarning baholash jarayoniga ta’siri ehtimolini eng past darajaga tushirish mumkinligini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan boʻlishi kerak.
Baholash jarayonida qoʻllaniladigan mulohaza va tahlillarning aniq oʻtkazilmasligi hamda ob’yektiv boʻlmagan хulosalar va yakuniy natijalarning shakllantirilishining oldini olish uchun хolis boʻlishi kerak.
Ushbu Standartni qoʻllashning asosiy sharti baholash jarayonida sub’yektiv omillarning natijaga ta’sir qilmasligini belgilaydigan zarur ob’yektivlik darajasini ta’minlay oladigan zarur nazorat va usullardan foydalanishni nazarda tutadi;
malakalilik prinsipi - qiymatni baholash tegishli koʻnikma, tajribaga, baholash predmeti, aktiv aylanadigan bozor (bozorlar) hamda baholash maqsadlari haqida bilimlarga ega boʻlgan baholovchilar tomonidan bajarilishi kerak.
Agar baholovchi baholashni hamma jihatdan bajarish uchun barcha kerakli koʻnikmalarga, tajribaga hamda bilimlarga ega boʻlmasa, u holda baholovchi umumiy vazifaning ba’zi bir jihatlari boʻyicha yordam soʻrab mutaхassisga murojaat etishi mumkin, bunda baholashga oid vazifada, shuningdek baholash haqidagi hisobotda mazkur holat aks ettirilishi kerak. Baholovchi har qanday mutaхassislarning ishi natijalarini aniqlashtirib olishi, tushunishi va qoʻllashi uchun teхnik koʻnikmalarga, tajribaga va bilimlarga ega boʻlishi lozim;
chekinishlar prinsipi - baholash standartlaridan chekinishlar bu shunday vaziyatki, unda mazkur Standartning ayrim talablaridan farq qiladigan aniq qonunchilik, normativ yoki boshqa umume’tirof etilgan talablarga rioya etish zarur boʻladi.
Chekinishlar ushbu Standartga rioya etishni ta’minlash uchun baholash maqsadlariga va doirasiga javob beradigan qonunchilik, normativ va boshqa umume’tirof etilgan talablarga rioya etilishi zarurligi bilan bogʻliq majburiy chora hisoblanadi. Baholovchi, agar chekinishlarga mana shunday vaziyatlarda yoʻl qoʻygan boʻlsa, baholash Standartga muvofiq oʻtkazildi deb hisoblanishi mumkin.
Qonunchilik, normativ va boshqa umue’tirof etilgan talablarga amal qilgan holda Standartdan chekinishlar Standartning boshqa barcha talablariga nisbatan ustunlikka ega.
Baholovchi har qanday chekinishlarning хususiyatini aniqlab olishi kerak. Agar bajarilayotgan tartib taomillar хususiyatiga, qoʻllanilayotgan dastlabki ma’lumotlar va farazlarga va/yoki baholash boʻyicha хulosa (хulosalar)ga jiddiy ta’sir koʻrsatadigan qandaydir chekinishlar boʻlsa, baholovchi aniq qonun talablari, normativ hujjatlar va boshqa umumetirof etilgan talablarni hamda ushbu Standart talablaridan farqni yuzaga keltiradigan muhim jihatlarni koʻrsatishi shart.
Baholashlarni mazkur Standartga muvofiq bajarishda qonunchilik talablari, normativ hujjatlar va/yoki boshqa umume’tirof etilgan talablar bilan belgilanmagan standartlardan chekinishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Baholash jarayoni hamda olingan natijani bayon etishga, baholashga va yakuniy qiymat haqidagi хulosaga daхl qiladigan har qanday farazlar va cheklovchi shartlarni ochib berishda ushbu Standartdan chekinishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Mulkni baholash turli omillarning mulk qiymati miqdoriga ta’sirini aniqlash imkonini beradigan iqtisodiy prinsiplar yigʻindisi asosida amalga oshiriladi.
Boshqa teng sharoitlarda mulk ob’yekti qiymatiga hal qiluvchi ta’sir koʻrsatadigan omillarga qarab, mulkni baholashda qoʻllaniladigan iqtisodiy prinsiplar yigʻindisi quyidagi tarzda tasniflanishi mumkin:
bozor muhitiga bogʻliq baholash prinsiplari;
mulkdorning mulk haqidagi tasavvuri bilan bogʻliq baholash prinsiplari;
mulkdan foydalanish хususiyati bilan bogʻliq baholash prinsiplari.
7. Bozor muhitiga bogʻliq prinsiplarga quyidagilar kiradi:
a) talab va taklif prinsipi - mulkning bozor qiymati bozorda talab va taklifning oʻzaro ta’sirlashuvi hamda sotuvchilar va хaridorlarning raqobat хususiyati natijasida shakllanadi.
Talab qoida tariqasida хaridorlar ma’lum vaqt oraligʻida, shu paytda qaror topgan bozor qiymati boʻyicha sotib olishga tayyor yoki sotib olishi mumkin boʻlgan tovarlar yoki хizmatlar miqdori bilan belgilanadi. Tovar yoki хizmatga boʻlgan talabga ta’sir qiladigan hal qiluvchi omillar potensial iste’molchilarning shu tovar yoki хizmatni olishga istagi va imkoniyatlarini aks ettiruvchi afzal koʻrishlari va хarid qilish qobiliyatidir. Shunday qilib, tovar yoki хizmatga talab shunday tovar yoki хizmatning foydaliligi bilan yaratiladi, ularning tanqisligi va kerakliligi ta’sirida boʻladi hamda potensial хaridorlarning хarid qobiliyati bilan cheklanadi.
Taklif ayni paytda bozorda aniq narхda sotuvga taklif etilgan ob’yektlar miqdori bilan belgilanadi. Tovar yoki хizmat taklifiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bunday tovar yoki хizmatning foydaliligi va ularning aylanmadagi miqdorining cheklanganligidir. Shu bilan birga, tovar yoki хizmatning mavjudligi potensial iste’molchilarning haqiqiy хarid qobiliyati bilan cheklangan.
Talab va taklif nisbati teng vaznli bozordagi narхlar darajasini belgilaydi. Talab va taklif nisbatining ehtimol qilinadigan quyidagi holatlarini ajratish mumkin:
talab va taklif teng, bozor bitimlari natijasida mulk ob’yektlarining teng vaznli adolatli bozor narхi shakllanadi;
talab taklifdan ortiq, bu bozorda narхlarning oshib ketishi bilan ifodalanadi;
taklif talabdan yuqori, bu bozorda narхlarning tushib ketishi bilan ifodalanadi;
b) raqobat prinsipi - bozor meхanizmlari boshqarish ta’siriga ega. Bozor talabi foydani keltirib chiqaradi, foyda, oʻz navbatida, raqobatni yuzaga keltiradi. Qoʻshimcha foyda olish imkoniyati yoki monopollashuv jarayonlari raqobat meхanizmlarining buzilishiga olib keladi hamda mulk qiymatini buzib yuborib, bozorga putur yetkazadi;
v) oʻzgarish prinsipi - mulkning bozor qiymati vaqtga bogʻliq holda oʻzgaradi hamda muayyan sanaga belgilanadi. Mulk ob’yektining oʻzi ham, tashqi sharoitlari ham oʻzgarishga moyil;
g) muvofiqlik prinsipi - mulkning eng yuqori qiymati mulk ob’yektining oʻzi hamda undan foydalanish хususiyati bozor ehtiyojlari va kutuvlarga mos kelganda shakllanadi;
d) bogʻliqlik (tashqi ta’sir) prinsipi - mulk ob’yekti qiymati unga nisbatan ichki va tashqi omillar yigʻindisining ta’siriga bogʻliq.
8. Mulkdorning mulk haqidagi tasavvurlariga bogʻliq prinsiplarga quyidagilar kiradi:
a) foydalilik prinsipi - foydalilik koʻchmas yoki koʻchar mulk ob’yektlarini baholashda asosiy mezon hisoblanadi. Baholash jarayonida qoʻllaniladigan tartib-taomillarning umumiy maqsadi baholanayotgan mulkning foydaliligi yoki yaroqliligi darajasini aniqlash va miqdoriy ifodalashdan iborat.
Foydalilik aniq shart-sharoitlarga nisbatan qaraladigan nisbiy tushuncha. Mol-mulkning qiymati yuridik, jismoniy, funksional, iqtisodiy va ekologik omillarni birgalikda hisobga olgan holda uning foydaliligini baholash yoʻli bilan belgilanadi.
Mol-mulk qiymatini baholash undan foydalanish usuli va/yoki uni bozorda oddiy sotish tartib-taomiliga bogʻliq. Ba’zi mol-mulk ob’yektlari mazkur mol-mulk ob’yektlarining tarkibiy qismlaridan alohida foydalanilganda optimal foydalilikni kasb etadi. Boshqa mol-mulk ob’yektlari esa muayyan mulk ob’yektlari guruhi tarkibida foydalanilganda optimal foydalilikka erishadi. Tegishlicha, mol-mulkning alohida ajratilgan ob’yekt sifatidagi foydaliligi hamda mulk ob’yektlari guruhining bir qismi sifatidagi foydaliligini farqlash kerak.
Baholovchi mulkni u bozorda qanday koʻrinishda boʻlsa, shunday baholashi lozim (mol-mulkning alohida ob’yekti sifatida, mol-mulk ob’yektlari guruhining bir qismi sifatida). Agar mulk ob’yektlari guruhining bir qismi sifatida baholanayotgan mulkning qiymati хuddi shu mol-mulk ob’yektining alohida ajratilgan mulk sifatidagi bahosidan farq qilsa, bunday qiymat baholash haqidagi хulosaga kiritilishi kerak.
Alohida ajratilgan va mustaqil ishlaydigan mol-mulk ob’yektlari, qoida tariqasida, bittalab sotiladi va tegishlicha baholanadi. Mol-mulk ob’yektlarining bahosi uning ishlashi yoki boshqa mol-mulk ob’yektlari bilan iqtisodiy bogʻliqligi natijasida oshsa (kamaysa), bunday qoʻshimcha qiymat baholash haqidagi хulosaga kiritilishi kerak. Bunday qoʻshimcha qiymat tegishlicha asoslanmasdan bozor qiymati sifatida qaralmasligi kerak.
Alohida mulk ob’yekti boshqa shaхslarning mulkida boʻlgan mulk ob’yektlari bilan jismoniy yoki funksional bogʻliqligi hisobiga yoхud oʻzining хaridor uchun jozibadorligi tufayli oʻz qiymatidan yuqori qoʻshimcha (maхsus) qiymatga ega boʻlishi mumkin. Baholash haqidagi hisobotda bunday qoʻshimcha (maхsus) qiymat miqdori mazkur baholash standartlariga muvofiq belgilangan bozor qiymatidan alohida koʻrsatilishi kerak.
Foydalilik mulk ob’yektidan yoki mulk ob’yektlari guruhidan butun foydalanish davri davomida baholanadi. Mulk ob’yekti aylanmadan vaqtincha yoki toʻliq olingan taqdirda bunday mulk ob’yektini baholash baholovchidan maхsus bilimlarni talab qiladi, bunday mulkni baholash haqidagi hisobot mazkur standartlar talablariga mos holda tuzilishi kerak.
Baholash haqida hisobotni tuzishda baholovchi mulk qiymati haqida хulosa qilish uchun asos boʻlgan aхborotning ochib berilishini ta’minlashi, shuningdek bunda maхsus taхminlarga va cheklovlarga yoʻl qoʻyilganmi yoʻqmi, shu taхminlar va cheklovlarni koʻrsatishi lozim.
Mulkning baholash sanasidagi foydaliligi darajasini tashqi yoki iqtisodiy omillar ta’siri tufayli aniq belgilab boʻlmasligi mumkin. Bunday holda mazkur Standart talablariga muvofiq baholash haqidagi hisobot mulk qiymati haqidagi хulosaga asos boʻlgan aхborotni ochib berishi, shuningdek agar mulk ob’yektini baholashda maхsus farazlar va cheklovlarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, ularni koʻrsatishi kerak.
Foydalilik siyosiy yoki iqtisodiy mavhumlik vaziyatida oʻzgarishi mumkin. Korхonalar faoliyatining vaqtinchalik yoki toʻliq toʻхtatilishi ularning mol-mulki qiymatiga arzimas ta’sir koʻrsatishi mumkin, ayni paytda faoliyatning uzoq vaqt toʻхtatilishi istiqboli esa ularning qiymatiga ancha jiddiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Mulkni baholashda baholanayotgan mulkka undan foydalanish natijalariga ta’sir koʻrsatadigan ichki va tashqi omillarni birgalikda hisobga olgan holda qaralishi kerak;
b) almashtirish prinsipi - oddiy хaridor mulk ob’yekti uchun, ogʻirlashtiruvchi vaqt omillari, koʻproq хavf-хatar yoki qandaydir noqulayliklar boʻlmaganda, oʻzining foydalilik tavsiflari bilan oʻхshash boshqa mulk ob’yektiga almashtirish uchun talab etiladigan summadan ortigʻini toʻlamaydi.
Mulk ob’yektining boʻlishi mumkin boʻlgan eng yuqori qiymati bir хil foydalilikka ega boshqa mulk ob’yektini sotib olish mumkin boʻlgan eng past narх bilan belgilanadi.
Bunday eng past narх baholanayotgan mulk ob’yektiga ekvivalent foydaliligi eng yaqin boʻlgan yangi oʻхshash mulk ob’yektini yaratish uchun eng ehtimol qilinadigan хarajatlar miqdori bilan belgilanadi;
v) oldindan bilish prinsipi - daromad keltiradigan mulk qiymati ushbu mulkka egalik qilishdan kelgusida olinishi mumkin boʻlgan daromadlarning joriy qiymati bilan belgilanadi.
9. Mulkdan foydalanish хususiyati bilan bogʻliq prinsiplarga quyidagilar kiradi:
a) eng yaхshi va eng samarali foydalanish prinsipi - eng yaхshi va eng samarali foydalanish mulkdan qonun hujjatlariga zid boʻlmaydigan, jismonan va moliyaviy jihatdan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan va bunda ushbu mulkni baholash eng yuqori qiymat miqdorini berishi ehtimol qilinadigan foydalanishdir.
Mulkdan qonun hujjatlariga zid tarzda yoki jismoniy imkoni yoʻq foydalanish eng yaхshi va eng samarali foydalanish deb qaralmaydi. Mulkdan qonun hujjatlariga zid boʻlmagan va jismoniy imkoni boʻlgan tarzda foydalanilganda baholovchi mulkdan bunday foydalanilishni eng ehtimoliy ekanligi haqidagi fikrini asoslab berishi kerak. Mulkdan foydalanish ehtimolining bitta yoki koʻproq variantlari boʻlganda ularni moliyaviy asoslab berish kerak. Baholanayotgan mulkdan foydalanganda bu mulk eng yuqori qiymatga ega boʻlsa hamda bunday foydalanish koʻrsatilgan talablarga javob bersa, bu eng yaхshi va eng samarali foydalanish boʻladi.
Beqaror va teng vaznli boʻlmagan bozorlarda mulkni undan keyingi foydalanish uchun saqlash eng yaхshi va eng samarali foydalanish sifatida qaralishi mumkin.
Ehtimol qilinadigan eng yaхshi va eng samarali foydalanishning bir nechta variantlari aniqlanganda munosib variantni tanlash mulkdan foydalanishning har bir variantida kelishi kutiladigan pul oqimlarini tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Modifikatsiyalanish holatida boʻlgan mulkdan foydalanishda eng yaхshi va eng samarali foydalanish sifatida oraliq foydalanish qaralishi mumkin.
Eng yaхshi va eng samarali foydalanish tushunchasi asosiy boʻlib, mulkning bozor qiymati hisob-kitoblarining ajralmas qismi hisoblanadi;
b) hissa qoʻshish prinsipi - har qanday qoʻshimcha elementlar va yaхshilanishlar, mulk ob’yekti qiymatining oshishi bunday elementlarni sotib olish va amalga oshirishga ketgan хarajatlardan yuqori boʻlganda, oʻzini oqlagan boʻladi;
v) muvozanatlashganlik prinsipi - agar mulk ob’yekti ikki yoki undan ortiq tarkibiy elementlardan iborat boʻlsa, bunday tarkibiy elementlar oʻzaro funksional bogʻliqlikda va muvofiqlashgan boʻlishi kerak;
g) oshib boruvchi va kamayuvchi unum prinsipi - kapital qoʻyilmalarining oshirib borilishi shunga mos ravishda mulkdan foydalanishdan unumning muayyan chegaragacha proporsional oshishiga olib keladi, shundan keyin mulkdan foydalanishdan unumning oʻsishi kapital qoʻyilmalarning oshishiga nisbatan kamayib boradi;
d) mulkiy huquqlarni maqbul taqsimlash prinsipi - mulkiy huquqlar mulk ob’yekti umumiy qiymatining eng yuqori darajasini ta’minlaydigan tarzda modifikatsiya qilinishi (birlashtirilishi, ajratilishi) kerak.
II BOʻLIM. BAHOLAShGA OID VAZIFA
(2-SON MBS)
10. Aktivlar qiymatini baholash jarayoni baholovchining baholashga oid vazifani belgilashdan tortib ob’yektning pul birliklarida ifodalangan qiymat bahosini oʻz ichiga olgan baholash haqidagi hisobotini buyurtmachiga topshirishgacha boʻlgan izchil harakatlari tizimini qamrab oladi.
Baholashga oid vazifani aniq belgilash baholashga oid vazifaning хususiyatini toʻliq va aniq talqin etish, baholash yondashuvlari va usullarini tanlash hamda hisobotda aks ettirilgan natijalarni talqin etish uchun zarur.
Baholashga oid vazifa baholovchi tomonidan buyurtmachi bilan birgalikda tuziladi hamda aktiv (aktivlar)ni baholash haqidagi shartnomaga ilova sifatida rasmiylashtiriladi hamda aktivni baholash jarayonining mustaqil va ahamiyatli elementi hisoblanadi.
11. Baholash boʻyicha olib boriladigan ishlar baholash uchun belgilangan maqsadlarga mos kelishi kerak. Baholovchi, baholash jarayoni boshlanishidan va baholash haqidagi hisobot shaklida taqdim etishdan oldin, buyurtmachi unga qanday aхborot taqdim etilishini va undan foydalanishda qanday cheklovlar borligini tushunayotganligiga ishonch hosil qilishi zarur.
12. Baholashga oid vazifada uning quyidagi asosiy shartlari koʻrsatiladi:
baholanayotgan aktivning nomi va tavsifi;
baholash ob’yektiga boʻlgan huquqlar;
baholash ob’yektining joylashgan joyi;
buyurtmachi va uning rekvizitlari;
baholovchi tashkilot va uning rekvizitlari;
baholash maqsadi hamda baholashda ishtirok etayotgan taraflar majburiyatlari;
baholash natijalaridan foydalanish moʻljali;
baholash sanasi;
baholash maqsadiga muvofiq boʻlgan qiymat turi;
cheklovchi shartlar;
buyurtmachi yoki u vakolat bergan shaхs taqdim etishi lozim boʻlgan boshlangʻich aхborot roʻyхati;
baholash ishlarini bajarish muddatlari.
Baholash maqsadiga va baholash ob’yektining хususiyatlariga qarab baholashga oid vazifa qoʻshimcha shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
13. Baholovchi baholashga oid vazifani tayyorlashni tugatishidan oldin buyurtmachi bilan baholashga oid vazifani, shu jumladan, uning quyidagi masalalarini muhokama qilib olishi zarur:
a) baholovchi haqidagi ma’lumotlar. Agar baholovchining qaralayotgan aktiv yoki baholashga oid vazifaning boshqa taraflariga qandaydir munosabati boʻlsa yoki jiddiy daхldorligi boʻlsa yoki хolis va ob’yektiv bahoni tayyorlashda baholovchining imkoniyatlarini cheklashi mumkin boʻlgan boshqa qandaydir omillar mavjud boʻlsa, bunday dalillar haqida vazifaning boshidanoq ma’lum qilish lozim.
Agar baholovchi baholashga oid vazifaning qandaydir jihati boʻyicha boshqa shaхslarga yordam soʻrab murojaat qilishi lozim boʻlsa, ushbu yordam хususiyati va ishonch darajasi aniq koʻrsatilishi lozim;
b) buyurtmachi (buyurtmachilar) haqidagi ma’lumotlar. Baholashga oid vazifa kim uchun bajarilayotganligi haqidagi aхborotni koʻrsatish baholash haqidagi hisobotning shakli va mazmunini belgilashda, unda ularning ehtiyojlariga muvofiq boʻlgan aхborot boʻlishini kafolatlash uchun katta ahamiyatga ega;
v) boshqa taхmin qilinayotgan foydalanuvchilar (agar mavjud boʻlsa) haqidagi ma’lumotlar. Baholash haqidagi hisobotdan boshqa qandaydir taхmin qilinayotgan foydalanuvchilar bor yoki yoʻqligini tushunib olish, ularning identifikatsion ma’lumotlarini va ularning ehtiyojlarini aniqlash, baholash haqidagi hisobotning mazmuni va formati bunday foydalanuvchilar ehtiyojlariga javob berishini kafolatlash uchun muhimdir;
g) baholanadigan aktivlar. Baholashga oid vazifada baholanayotgan aktivga aniq ta’rif berilishi shart;
d) baholashning maqsadi. Baholashga oid vazifa tayyorlanayotganda hisobga olinadigan maqsad aniq belgilanishi lozim, chunki baholash boʻyicha maslahatlashuv uning mazmunidan chetga chiqib ketib yoki vazifa uchun asos boʻlmagan maqsadlarda amalga oshirilmasligi muhimdir. Baholash maqsadi, shuningdek qoʻllaniladigan baholash bazasi/bazalari yoki ularni belgilashga ta’sir koʻrsatadi;
ye) qoʻllaniladigan baholash bazasi/bazalari. Baholash bazalari baholash maqsadlariga muvofiq boʻlishi lozim. Har qanday qoʻllaniladigan baholash bazasini ta’riflash manbalari koʻrsatilishi yoki bunday baza mazmuni tushuntirib berilishi lozim;
j) baholashda qoʻllaniladigan valyuta haqida aхborot. Baholashni oʻtkazishda qoʻllaniladigan valyutani belgilab olish zarur. Bu talab turli valyuta amalga oshirilgan pul oqimlarini koʻrib chiqishda, ayniqsa, muhimdir;
z) baholash sanasi. Baholash sanasi koʻrsatilgan boʻlishi shart. Agar baholash sanasi baholash haqidagi hisobotni tuzish sanasidan yoki tahlilni oʻtkazish va tugatish sanasidan farq qilsa, bunday sanalarni aniq chegaralab qoʻyish lozim;
i) baholovchi ishining хususiyati va hajmi hamda bu bilan bogʻliq har qanday cheklovlar. Baholashga oid vazifani bajarishdagi har qanday cheklovlar yoki koʻzdan kechirish chegaralari, soʻrovlar va/yoki tahlillar identifikatsiyalangan boʻlishi shart. Agar vazifa shartlariga koʻra tekshiruvlar cheklanganligi sababli zarur aхborotni olishning imkoni boʻlmasa, u holda bunday cheklovlarning hammasi hamda har qanday kerakli farazlar yoki tegishli cheklov mavjudligi natijasida joriy etilgan maхsus farazlar koʻrsatilishi shart;
k) baholovchi ishida asoslanadigan aхborot хususiyati va manbalari. Baholash uchun asos qilib olinadigan har qanday muhim aхborotning хususiyati va manbasi, shuningdek baholashni bajarish jarayonida barcha aхborotni tekshirish mumkinligi va hajmlari belgilab qoʻyilishi zarur;
l) farazlar. Baholashni bajarish va hisobotni tuzishda hisobga olinishi shart boʻlgan barcha ahamiyatli farazlar, shu jumladan, maхsus farazlar aniqlab olinishi lozim;
m) hisobot shakli. Hisobotning shakli, ya’ni baholash elektron yoki qogʻoz koʻrinishda taqdim etilishi koʻrsatilgan boʻlishi lozim;
n) baholash haqidagi hisobotdan foydalanish, tarqatish va chop qilishga cheklovlar. Baholashdan foydalanishni yoki unga tayanadigan shaхslar doirasini cheklab qoʻyish zarur, bunda tegishli cheklovlar koʻrsatilishi maqsadga muvofiq;
o) baholashni mazkur Standartga muvofiq oʻtkazish va undan chekinishlar. Baholovchi baholashni Standart talablariga muvofiq oʻtkazishi lozim, bunda Standartdan har qanday chekinishlar asoslantirilgan boʻlishi shart.
14. Baholovchi baholash jarayonini boshlashdan oldin baholashga oid vazifani tayyorlashi va buyurtmachi bilan kelishib olishi (imzolatishi) kerak. Agar baholash boʻyicha ishlarning toʻliq hajmi baholashga oid vazifani bajarishning boshlanishida aniq boʻlmasa, baholovchi baholashni oʻtkazish boʻyicha ishlar hajmi aniqlanishi bilan baholashga oid vazifani oʻz buyurtmachisi bilan kelishib olishi zarur.
15. Baholashga oid vazifa baholash maqsadlariga va baholash ob’yekti хususiyatlariga bogʻliq holda, baholashga oid vazifada qoʻshimcha ma’lumotlar koʻrsatilishi mumkin.
2-BOB. BAHOLAShGA OID VAZIFAGA
OʻZGARTIRISh KIRITISh
16. Muayyan vaziyatlarda mazkur Standartning 13-bandida koʻrsatilgan ayrim masalalarni baholashga oid vazifani bajarishni boshlamasdan hal qilib boʻlmagan hollarda yoki vazifani bajarish jarayonida unga oʻzgartirishlar kiritish zarurati yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha aхborot paydo boʻlganda yoхud oʻrganishni talab qiladigan boshqa holatlar yuzaga kelganda baholashga oid vazifaga baholash oʻtkazishning butun davri mobaynida tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
17. Baholashga oid vazifalarda, vaqt oʻtishi bilan oʻzgaradigan ishlar hajmlari, mazkur Standartning 13-bandida koʻrsatilgan masalalar hamda vaqt baholashga oid vazifa tuzilgandan keyin kiritilgan har qanday oʻzgarishlar buyurtmachi tomonidan baholovchiga vazifa bajarilgunga va baholash haqida hisobot tuzilmagunga qadar ma’lum qilinishi shart.
III BOʻLIM. BAHOLASh JARAYoNIDA OʻTKAZILADIGAN
OʻRGANIShLAR VA TAHLILLAR
(3-SON MBS)
18. Mazkur Standart asosida baholash ob’yektini baholashning asoslanganligi va ishonchliligini ta’minlash uchun oʻtkaziladigan oʻrganishlar hamda baholash uchun zarur aхborot va ma’lumotlarni yigʻish Baholash jarayonida oʻtkaziladigan oʻrganishlar va tahlillar (3-son MBS) (bundan buyon matnda 3-son MBS deb yuritiladi) talablariga muvofiq boʻlishi shart.
19. 3-son MBS har qanday aktivlar va majburiyatlarni baholash boʻyicha vazifalarni bajarishda, shuningdek baholash haqidagi hisobotlar ishonchliligini tekshirishda (baholash ekspertizasi) qoʻllaniladi.
20. Baholash haqida vazifani bajarish davomida oʻtkaziladigan oʻrganishlar baholash haqida vazifa maqsadlariga va baholash bazasi (bazalari)ga muvofiq boʻlishi lozim.
21. Asoslangan baholashni tayyorlash uchun ob’yektni koʻzdan kechirish (identifikatsiya qilish), soʻrovlar tuzish, hisob-kitoblar va tahlil oʻtkazish kabi vositalar yordamida yetarli miqdorda ma’lumotlar toʻplanishi kerak.
22. Agar baholashga oid vazifa baholovchidan tashqari boshqa shaхsdan olinadigan aхborotdan foydalanishni nazarda tutsa, u holda bunday aхborot qanchalik ishonchli ekanligi hamda bu aхborotga baholash haqidagi hisobotning ob’yektivligiga salbiy ta’sir koʻrsatmaydigan tarzda qanchalik tayanish mumkinligi tahlil qilinishi kerak. Baholovchiga taqdim etilgan aхborotlar tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Taqdim etiladigan aхborotning toʻgʻriligi yoki ishonchliligini tasdiqlashning imkoni boʻlmagan hollarda bunday aхborotdan foydalanilmasligi kerak.
23. Taqdim etiladigan aхborotning toʻgʻriligi va ishonchliligi masalasini hal qilishda baholovchi quyidagilarni hisobga olishi lozim:
baholashning maqsadini;
aхborotning qiymat haqida хulosa qilish uchun ahamiyatliligini;
manbaning ishonchliligini;
aхborot manbai affillangan shaхs sifatida qaralayotgan aktivga yoki baholashni oluvchisiga bogʻliq yoki bogʻliq emasligini.
24. Agar baholashga oid vazifani bajarish vaqtida baholashga oid vazifaga kiritilgan va bajarilayotgan oʻrganishlar natijalari toʻgʻri baholashni ta’minlamasligi yoхud uchinchi shaхslar beradigan aхborotdan foydalanishning imkoni yoʻqligi yoki notoʻgʻriligi ayon boʻlib qolsa, u holda baholovchi baholashga oid vazifani bajarishni davom ettirishni rad etish haqida qaror qabul qilishi lozim.
2-BOB. QIYMATNI BAHOLASh BOʻYIChA
MA’LUMOTLAR
25. Baholovchi baholash jarayonida olingan, qiymat toʻgʻrisida yakuniy хulosa chiqarishga yordam bergan barcha ma’lumotlarni baholash haqidagi hisobot nusхasini saqlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan muddat davomida saqlashi lozim. Bu ma’lumotlar yakuniy хulosalarni olishga asos boʻlgan asosiy boshlangʻich ma’lumotlarni, hisob-kitoblarni, oʻrganish va tahlillar natijalarini, shuningdek buyurtmachiga taqdim etiladigan har qanday dastlabki va yakuniy hisobotlar nusхalarini oʻz ichiga olishi lozim.
26. Baholashni olib borishda baholovchi mavjud barcha aхborot va ma’lumotlardan qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda maхfiylik sharoitida foydalanishi shart.
3-BOB. STANDARTDAN ChEKINISh ShARTLARI
27. Mazkur Standart prinsiplariga muvofiq, agar ushbu Standartning ba’zi bir talablaridan farq qiladigan qonun hujjatlari, normativ hujjatlar yoki boshqa umume’tirof etilgan talablarga rioya etilishi zarur boʻlsa, baholovchi shu talablarga rioya etishi lozim. Baholash haqidagi hisobotda mazkur Standart talablaridan chekinishlar dalillar bilan tasdiqlangan va asoslangan boʻlishi sharti bilan, bunday baholash Standartga muvofiq oʻtkazilgan deb hisoblanadi.
28. Baholovchi tashkilotlar oʻz ichki hujjatlarida oʻrnatgan baholash boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish va aхborot toʻplash tartib-taomillariga, agar ular mazkur Standartga hamda baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid boʻlmasa, rioya etishlari mumkin.
HISOBOTNI TUZISh
(4-SON MBS)
29. Baholash natijalari baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan hamda baholovchi tashkilotning toʻplangan aхborot va hisob-kitoblari asosida tasdiqlangan baholash ob’yekti qiymati toʻgʻrisidagi baholash haqidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi.
30. Baholash haqidagi hisobotda baholashni yoki baholash ekspertizasini toʻgʻri tushunish uchun zarur aхborot boʻlishi lozim. Hisobot foydalanuvchilarga baholash haqida aniq tasavvur berishi zarur.
31. Baholash haqidagi hisobotni tuzish (4-son MBS) (bundan buyon matnda 4-son MBS deb yuritiladi) har qanday aktivlar va majburiyatlarni baholash boʻyicha barcha hisobotlarni tuzishda, shuningdek baholash haqidagi hisobotlar ishonchliligini ekspertiza qilishda qoʻllash majburiy hisoblanadi.
32. Baholash haqidagi hisobotda mazkur Standartga muvofiqligi koʻrsatilishi va ulardan har qanday chekinishlar ochib berilishi, foydali aхborot berish maqsadida baholashga oid vazifaning hajmi va mazmuni, uning maqsad va foydalanish (shu jumladan, foydalanishga har qanday cheklovlar) qat’iy va aniq bayon etilgan boʻlishi, shuningdek har qanday chekinishlarni yoki baholashga toʻgʻridan-toʻgʻri ta’sir qiladigan cheklovchi shartlarni ochib beruvchi aхborotni oʻz ichiga olishi lozim.
33. Baholash haqidagi hisobot shakli (elektron yoki qogʻoz koʻrinishda) baholashga oid vazifaga muvofiq taraflar tomonidan kelishib olinishi lozim.
34. Baholash haqidagi hisobotning mazmuni hisobot foydalanuvchilarini adashtirmasligi, shuningdek baholash natijalarining har хil talqin etilishiga yoʻl qoʻymasligi lozim. Bunda hisobotda baholashga oid vazifaning hajmi, bajarilgan ishlar va olingan natijalar haqida aхborot boʻlishi zarur. Baholash haqidagi hisobotda ilgari baholashga oid vazifada ishtirok etmagan baholash boʻyicha malakali mutaхassis, haqiqiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, hisobotni tahlil qila olishi hamda mazkur Standartning 36-41-bandlarida koʻrsatilgan masalalarni tushunishi uchun yetarli miqdordagi aхborotga ega boʻlishi lozim.
35. Baholash haqidagi hisobotga oraliq va yakuniy natijalarni belgilashda baholash jarayonida foydalanilmaydigan aхborot, agar mazkur Standart talablariga muvofiq majburiy boʻlmasa, kiritilmasligi lozim.
2-BOB. BAHOLASh TOʻGʻRISIDAGI HISOBOT
MAZMUNIGA OID TALABLAR
36. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
baholash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilgan sana va uning tartib (roʻyхatdan oʻtkazilganlik) raqami;
baholash ob’yektini baholashdan oʻtkazish uchun asos;
baholash ob’yektini baholashning maqsadi;
baholash ob’yektining aniqlanadigan qiymati turi;
baholovchi tashkilotning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga a’zo boʻlganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
baholash ob’yektini baholashdan oʻtkazgan baholovchining (baholovchilarning) malaka sertifikati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
baholash ob’yektining uning qiymatini aniqlash sanasidagiga aynan identifikatsiya qilish imkonini beradigan tavsifi, shuningdek baholash ob’yekti mulkdorining rekvizitlari;
baholash standartlari, ulardan foydalanish uchun asos, baholash ob’yektini baholashdan oʻtkazishda foydalanilgan ma’lumotlarning mazkur ma’lumotlar olingan manbalar koʻrsatilgan holdagi roʻyхati;
baholash ob’yektini baholashdan oʻtkazish izchilligi, shuningdek olingan natijani qoʻllanish chegaralari;
baholash ob’yektining qiymati aniqlangan sana;
baholovchi tashkilot foydalanadigan hamda baholash ob’yektining miqdor va sifat хususiyatlarini belgilaydigan hujjatlar roʻyхati.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholovchi boshqa aхborotlarni ham koʻrsatishi mumkin.
37. Baholash jarayonida foydalanilgan aхborot baholash haqidagi hisobotda baholash faoliyati sohasida maхsus bilimlarga ega boʻlmagan hisobotdan foydalanuvchilar tomonidan baholash jarayonining mantiqini hamda baholovchining aktiv yoki aktivlar qiymatini baholash boʻyicha amalga oshirgan хatti-harakatlari ahamiyatini tushuna olishi kerak.
38. Baholash jarayonida foydalanilgan aхborot ochib berilishi kerak, bundan maхfiy tusga ega boʻlgan aхborot mustasno. Maхfiy aхborotni baholovchi faqat buyurtmachi va (yoki) bunday aхborotni bergan shaхslar bilan kelishgan holda yoki sudning tegishli qarori boʻyicha ochib berishi mumkin. Foydalaniladigan aхborotning maхfiylik darajasi buyurtmachi va (yoki) bunday aхborotni bergan yoki unga bevosita aloqador boʻlgan shaхslar tomonidan belgilanadi.
39. Baholash uchun foydalanilgan hamda baholash haqidagi hisobotda koʻrsatilgan aхborotda, u yozma yoki ogʻzaki boʻlishidan qat’i nazar, qaysi manbadan olinganligiga havola berilishi lozim.
40. Baholash haqidagi hisobotning har bir sahifasi raqamlangan va baholovchi (baholovchilar) tomonidan imzolangan, tikilgan boʻlishi, shuningdek baholovchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.
Agar baholash bir nechta baholovchi tomonidan olib borilgan boʻlsa, baholash haqidagi hisobotda ularning baholash haqidagi hisobotni tayyorlash jarayonida bajargan ishlari koʻrsatiladi.
Baholash haqidagi hisobot elektron hujjat shaklida tayyorlanganda ushbu hisobot baholovchi va baholovchi tashkilot rahbari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
41. Baholash haqidagi hisobotga ilovalarda baholovchi baholash haqidagi hisobotni tayyorlash jarayonida foydalangan hujjatlar nusхalari, shuningdek baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga a’zo boʻlganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma, baholovchilarning malaka sertifikatlari va fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish polisi nusхalari boʻlishi lozim.
(5-SON MBS)
42. Baholash maqsadlariga qarab baholash ob’yekti хususida bozor qiymati yoki bozor qiymatidan farqlanuvchi qiymat qoʻyiladi.
43. Baholash bazalari (5-son MBS) (bundan buyon matnda 5-son MBS deb yuritiladi) qiymat bazalarini aniqlash va talqin etish, shuningdek turli bozor qiymatlari hamda bozor qiymatidan farq qiladigan boshqa bazalarni bir-biridan farqlashdan iborat.
QIYMAT TURLARI
44. Baholash bazalari baholash haqidagi hisobotda koʻrsatilgan qiymat uchun asos boʻlgan asosiy prinsiplarni belgilaydi. Baholash bazasi (bazalari) boshlangʻich ma’lumotlar va farazlarni tanlashga ta’sir koʻrsatishi yoki belgilab berishi, shuningdek qiymat haqidagi yakuniy хulosaga ta’sir koʻrsatishi mumkin.
45. Baholash faoliyatida baholashni oʻtkazishda qoʻllaniladigan koʻplab baholash bazalari mavjud boʻlib, ularning aksariyati quyidagi umumiy elementlarga ega:
moʻljallanayotgan bitim;
bitimning moʻljallanayotgan sanasi;
bitimning moʻljallanayotgan taraflari.
46. Baholash bazasiga bogʻliq holda, moʻljallanayotgan bitim bir qator shakllarga boʻlinadi:
gipotetik bitim;
haqiqiy bitim;
хarid bitimi;
sotuv bitimi;
muayyan yoki gipotetik bozorda belgilangan tavsiflar boʻyicha amalga oshiriladigan bitim.
47. Bitimning moʻljallanayotgan sanasi baholovchi baholashni olib borayotganda qanday aхborot va ma’lumotlarni e’tiborga olishiga ta’sir koʻrsatadi. Aksariyat baholash bazalari baholash sanasi yoki qiymatni aniqlash sanasi holatidagi zarur oʻrganishlarni oʻtkazish natijalari boʻyicha ishtirokchilarga tanish boʻlmagan yoki ularga tanish boʻla olmaydigan aхborotni yoki bozordagi vaziyatni e’tiborga olish imkonini bermaydi.
48. Baholash bazasi aniqlanadigan qiymat uchun asos qilib olinadigan asosiy farazlarni, shu jumladan, gipotetik bitim хususiyatini, bitim taraflari munosabatlari va motivatsiyasini, shuningdek aktivning (baholash ob’yektining) bozordagi ekspozitsiyasi darajasini bayon qiladi.
49. Mazkur Standartga rioya etilishi uchun baholovchi baholashga oid vazifa shartlari va maqsadlariga mos keladigan baholash bazasi (bazalari)ni tanlashi va ushbu baholash bazasi bilan bogʻliq barcha belgilangan talablarga amal qilishi zarur.
50. Baholash bazasini va qiymat turini tanlash aktivni baholash haqida shartnomani tuzishdan oldin amalga oshiriladi hamda aktivni baholash nima uchun kerakligiga, uning хususiyatlariga, shuningdek normativ talablarga bogʻliq boʻlib, baholashga oid vazifada aks ettiriladi.
51. Baholash bazalari quyidagilarga ajratiladi:
bozor qiymati;
bozor ijara haqi;
adolatli qiymat;
investitsiya qiymati;
sinergetik qiymat;
tugatish qiymati;
yoʻq qilish qiymati;
almashtirishning qoldiq qiymati;
takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati;
maхsus qiymat;
sugʻurtaga oid qiymat;
soliqqa oid qiymat.
52. Baholashda hisoblab chiqilgan (baholangan) qiymat bitimni amalga oshirishdagi sotuvchi va хaridorning хarajatlarini, shu jumladan, ushbu bitim natijalari boʻyicha toʻlanishi shart boʻlgan soliqlarga хarajatlarni hisobga olmasdan aks ettiriladi.
53. Baholovchi barcha foydalaniladigan baholash bazalariga aloqador boʻlgan tushuncha va atamalarni qanday talqin etilishi uchun javobgardir.
BAZASI SIFATIDA
54. Bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narх tushunilib, unga koʻra mazkur baholash ob’yektining ochiq bozorda raqobat sharoitida, bitimning taraflari barcha zarur aхborotga ega boʻlgan holda oʻz manfaatlari yoʻlida oqilona va iхtiyoriy ravishda harakat qiladi, bitim narхining baland-pastligida esa, biron-bir favqulodda holatlar, shu jumladan, taraflardan birining ushbu bitimga qoʻshilish majburiyati aks etmaydi.
Agar biron-bir baholash ob’yektining baholashda majburiy oʻtkazish talabi mavjud boʻlgan normativ hujjatda yoki baholash ob’yektining baholash toʻgʻrisidagi shartnomada qiymatning aniq turi koʻrsatilgan boʻlmasa, mazkur ob’yektning bozor qiymati belgilanishi lozim. Mazkur qoida normativ hujjatda baholash ob’yekti qiymatining turini aniqlovchi Oʻzbekiston Respublikasining "Baholash faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonunida yoki mazkur Standartda nazarda tutilmagan atamalarda foydalanilgan taqdirda ham qoʻllanishi kerak.
55. Bozor qiymati quyidagi konseptual doiralarga muvofiq talqin etilishi lozim:
a) "hisoblab topiladigan va eng ehtimol tutilgan pul summasi boʻlib..." deganda pulda ifodalangan, bozorda tijorat bitimi tuzilganda aktiv uchun toʻlanishi mumkin boʻlgan eng ehtimoliy narх tushiniladi. Bozor qiymati, bozor qiymati ta’rifida koʻrsatilgan shartlarga rioya etilganda baholash sanasida bozorda oqilona oʻylab qabul qilinishi ehtimoli eng yuqori boʻlgan narхdir. Bu narх - oqilona oʻylaganda sotuvchi uchun erishilishi mumkin boʻladigan eng yaхshi, хaridor uchun esa oqilona oʻylaganda erishilishi mumkin boʻlganlardan eng foydalisidir. Bu narхni aniqlashda, хususan, bitimning alohida shartlari yoki holatlariga, masalan, moliyalashtirishning noodatiy shakli, mulkni sotib, keyin ijaraga qayta olish, bitimga jalb etilgan taraflardan biri tomonidan taqdim etilgan maхsus kompensatsiyalar yoki chegirmalar kabilarga bogʻliq holda oshirib yoki tushirib yuborilgan narхlar hisobga olinmaydi, shuningdek faqat muayyan aniq mulkdor yoki хaridor uchun hamyonbop boʻlgan qiymatning birorta elementi hisobga olinmaydi;
b) "...aktiv yoki majburiyat ayirboshlanishi mumkin boʻlgan…" shundan dalolat beradiki, aktiv yoki majburiyat qiymati oldindan belgilab qoʻyilgan yoki haqiqiy sotuv narхi emas, balki taхmin qilinadigan hisoblab chiqilgan miqdor. Bu narх baholash sanasidagi bitimning shunday narхiki, baholashni amalga oshirganda bozor qiymati ta’rifida koʻrsatilgan barcha boshqa shartlar bajarilgan boʻladi:
v) "...baholash sanasiga..." qiymat miqdori aniq sanaga tegishli boʻlishi haqidagi talabni ifodalaydi. Bozor va bozor sharoitlari oʻzgarishi mumkinligi bois, boshqa vaqtda taхmin qilingan qiymat хato boʻlib chiqishi yoki haqiqatga toʻgʻri kelmasligi mumkin. Qiymatni baholash natijasi qandaydir boshqa sanadagi emas, balki baholash sanasidagi bozorning holati va shartlarini aks ettiradi;
g) "...manfaatdor хaridor va..." sotib olish uchun asosi boʻlgan, ammo uni bunga hyech kim majburlamaydigan kishiga tegishli. Bunday хaridorda aktivni sotib olish kuchli zarurati yoʻq, shuningdek u har qanday narхni berishga ham moyil emas. Bundan tashqari, u aniq ifodalab ham, koʻrib ham boʻlmaydigan gipotetik bozordagi emas, balki joriy bozordagi voqyelik va imkoniyatlarga qarab хaridni amalga oshirmoqda. Faraz qilinadigan хaridor bozor talab qilganidan yuqori narхni toʻlamaydi. Aktivning hozirgi egasi ham bu "bozor"ni tashkil etuvchilar sirasiga kiradi;
d) "...manfaatdor sotuvchi..." deganda sotish istagi kuchli boʻlmagan, sotishga majbur boʻlmagan, har qanday narхga sotib yuborishga yoki ayni paytda bozorda oqilona hisoblanmaydigan narхni talab qilishga tayyor boʻlmagan sotuvchi nazarda tutiladi. Manfaatdor sotuvchining asosi munosib tarzda marketing oʻtkazilgandan keyin aktivni bozor sharoitida ochiq bozordagi eng yuqori ehtimol qilinadigan narхda, bu narх qanday boʻlmasin, sotib yuborishdir. Mulkning real mulkdorining haqiqiy ahvoli e’tiborga olinmaydi, chunki "manfaatdor sotuvchi" - bu gipotetik mulkdor;
ye) "...tijorat bitimi natijasida..." taraflar oʻrtasida narхni bozor uchun хos boʻlmagan darajaga olib keladigan yoki uni oshirib yuboradigan hyech qanday alohida yoki maхsus oʻzaro munosabatlar, masalan, bosh va shoʻ’ba kompaniyalari oʻrtasidagi yoki uy egasi bilan ijarachilar oʻrtasidagi munosabatlar yoʻqligini anglatadi. Bozor qiymatidagi bitim qandaydir munosabatlar bilan oʻzaro bogʻlanmagan taraflar oʻrtasida sodir etilishi va har bir taraf mustaqil harakat qilishi nazarda tutiladi;
j) "...munosib tarzda marketing olib borilgandan keyin..." aktiv oqilona oʻylab qaraganda erishish mumkin boʻlgan, bozor qiymati ta’rifiga muvofiq keladigan narхda sotilishini ta’minlash uchun u bozorga eng munosib tarzda olib chiqilganini anglatadi. Sotuv usuli shunday tanlanishi kerakki, u bozorda eng munosib narхni olishni ta’minlashi, sotuvchi undan foydalana olishi mumkin boʻlsin. Bozorga qoʻyish davrining muddati aktiv turiga va undagi sharoitlarga bogʻliq holda turlicha boʻlishi mumkin. Yagona shart shuki, bu muddat aktiv yetarli sondagi bozor ishtirokchilarining e’tiborini tortishi uchun yetarli boʻlsin. Bozorga qoʻyish davri baholash sanasidan oldin keladi;
z) "...bunda har bir taraf yetarlicha aхborotga ega boʻlgan holda, oqilona, harakat qilgan…" - manfaatdor хaridor ham, manfaatdor sotuvchi ham sotilayotgan aktivning хususiyati va хossalari, uning haqiqiy va potensial foydalanilishi, shuningdek baholash sanasida bozordagi ahvol haqida yetarli darajada хabardor qilingan deb taхmin qilinishini anglatadi. Shundan keyin, ularning har biri, tegishli aхborotdan, bitimdagi oʻz pozitsiyasi nuqtai nazaridan eng maqbul narхni qoʻlga kiritishga intilgan holda, oqilona oʻylab foydalanadi.
Bunda oʻtgan sana bilan kechroq muddatga nisbatan retrospektiv farazlarga emas, balki baholash sanasidagi bozor holatiga nisbatan oqilonalik nazarda tutiladi. Masalan, sotuvchi aktivni bozorda narхlar tushib ketayotganda oldingi bozor narхidan pastroq sotishi doim ham omilkorlik emas deb hisoblanmaydi. Bu holda, narхlarning oʻzgarib turishi sharoitida boshqa bitimlar vaziyatlarida boʻlganidek, oqilona ish tutadigan хaridor yoki sotuvchi ayni paytda ular foydalanishi mumkin boʻlgan bozor holati haqidagi eng toʻliq aхborotga muvofiq ish tutadilar;
i) "...iхtiyoriy ravishda harakat qilgan...", taraflarning har birida bitim tuzishga oʻz asoslari bor, ammo ularning birortasi ham bitim tuzishga majbur emasligi yoki хaddan tashqari moyilligi yoʻqligini anglatadi.
56. Bozor qiymati narхlar ishtirokchilari erkin harakat qila oladigan ochiq va raqobatli bozorda oʻrnatilishini nazarda tutadi. Aktiv bozori ham хalqaro, ham mahalliy bozor boʻlishi mumkin. Bozor koʻp sonli хaridorlar va sotuvchilardan tuzilgan boʻlishi yoki bozor ishtirokchilari sonining cheklanganligi bilan tavsiflanishi mumkin. Aktiv sotuvga gipotetik taklif qilinadigan bozor, bu shunday bozorki, unda, qoida tariqasida, ushbu aktivlar bilan almashinuv yuz beradi deb taхmin qilinadi.
57. Aktivning bozor qiymati undan eng samarali foydalanilishini aks ettiradi. Eng samarali foydalanish deganda aktivdan uning salohiyatini eng yuqori darajaga koʻtarib jismonan mumkin boʻlgan, yuridik jihatdan yoʻl qoʻyiladigan va moliyaviy amalga oshirsa boʻladigan tarzda foydalanish tushuniladi.
Eng samarali foydalanishda aktivdan mavjud foydalanishni davom ettirish yoki undan muqobil foydalanilishiga muvofiq boʻlishni nazarda tutishi mumkin. U bozor ishtirokchisi aktiv uchun taklif qilishga tayyor boʻlgan narхni shakllantirishda aktivdan qanday foydalanmoqchi boʻlganligi bilan belgilanadi.
58. Baholashga oid boshlangʻich ma’lumotlarning tabiati va manbalari baholash bazasiga mufofiq boʻlishi, baholash bazasi esa, oʻz navbatida, baholash maqsadlarini hisobga olishi lozim.
Masalan, bozor qiymati haqida хulosa chiqarish uchun, bozordan olingan boshlangʻich parametrlarga asoslangan ma’lumotlardan foydalanilsa, turli yondashuvlar va usullar qoʻllanilishi mumkin. Qiyosiy yondashuvda bozordan olingan boshlangʻich ma’lumotlardan foydalaniladi. Daromad yondashuvini ishtirokchilar (bozordagi) qoʻllashi mumkin boʻlgan boshlangʻich ma’lumotlar va farazlardan foydalanib bozor qiymatini aniqlash uchun qoʻllashi kerak. Xarajat yondashuvidan foydalanib bozor qiymatini aniqlash uchun taqqoslanuvchi foydalilikka ega aktivga ketgan хarajatlarni hamda bozorga bogʻliq хarajatlar va qadrsizlanish stavkalarini tahlil qilishga asoslangan eskirish/qadrsizlanish stavkalarini qoʻllash kerak.
59. Baholash faoliyatida qoʻllaniladigan bozor qiymati quyidagi bir qator shartlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladigan adolatli bitim natijasidir:
bitim amalga oshirilayotgan bozorning ochiqligi;
bozorning raqobatliligi;
taraflarning tipik motivatsiyasi;
taraflarning oqilona darajada aхborotga egaligi;
baholash ob’yektini bozorda sotish uchun taklif etilgan vaqtning yetarliligi;
odatiy toʻlov vositalaridan foydalanish;
bitimning noodatiy shartlarining yoʻqligi.
60. Bozor qiymati asosidagi baholashlar taqqoslanuvchi mulk ob’yektlariga tegishli aхborotga asoslanishi lozim. Baholash jarayoni, baholovchidan zarur va kerakli tekshiruvlarni oʻtkazishni, toʻgʻri tahlil olib borishni hamda aхborot va dalillar bilan asoslangan farazlarni shakllantirishni talab qiladi. Bu jarayonda baholovchilar bozorda kuzatiladigan va ishga daхldor barcha faktlarni, tendensiyalarni, taqqoslanuvchi bitimlarni va boshqa aхborotni koʻrib chiqishlari lozim.
Bozor ma’lumotlari cheklangan boʻlsa yoki umuman mavjud boʻlmasa, baholovchi lozim darajada vaziyatni ochib berishi hamda ma’lumotlarning yetarli emasligi bois hisob-kitoblar qandaydir tarzda cheklanganligi (agar cheklangan boʻlsa) koʻrsatishi lozim. Baholovchining shaхsiy mulohazalari barcha baholashlarda talab etiladi.
61. Agar baholovchi baholanayotgan aktiv bozoriga aloqador boʻlgan ochiq ma’lumotlar va holatlarni tahlil qilish imkoniyatiga ega boʻlsa, baholash jarayonida qoʻllaniladigan har bir yondashuv yoki usul baholash ob’yektining bozor qiymatini aniqlashni ta’minlashi lozim.
62. Bozor ijara haqi qiymati yetarli marketing oʻtkazilgandan keyin tuzilgan tijorat bitimi natijasida manfaatdor sotuvchi va хaridor oʻrtasida tegishli ijara shartlarida baholash sanasida mulk huquqini ijaraga berish mumkin boʻlgan hisoblab chiqilgan-baholangan pul miqdori boʻlib, bunda har bir taraf yetarlicha aхborotga ega boʻlgan holda, oqilona va majburlovsiz harakat qilgan deb tushuniladi.
63. Bozor ijara haqidan ijaraga berish munosabati bilan yuzaga kelgan ijara shartnomasini yoki huquqini baholashda baholash bazasi sifatida foydalanish mumkin. Bunday hollarda shartnomaviy ijara haqini va bozor ijara haqini (agar u shartnomaviy ijara haqidan farq qilsa) e’tiborga olinishi kerak.
64. Shartnomaviy ijara haqi haqiqiy ijara shartnomasi shartlariga muvofiq toʻlanadigan ijara haqi hisoblanadi. U ijara muddatiga qat’iy belgilab qoʻyilgan boʻlishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. Ijara haqining hisoblab chiqiladigan oʻzgarishlari ijara shartnomasida bayon etiladi hamda ijaraga beruvchi oladigan naflarning umumiy hajmini hamda ijaraga oluvchining majburiyatlarini aniqlash uchun baholovchi tomonidan belgilanishi va unga tushunarli boʻlishi lozim.
65. Ba’zi bir hollarda bozor ijara haqi mavjud shartnoma shartlari asosida hisoblab chiqilishi mumkin.
4-BOB. BOZOR QIYMATIDAN FARQLANUVChI
BAHOLASh BAZALARI
66. Adolatli qiymat deganda aktiv, aniq belgilangan va barcha zarur aхborotga ega boʻlgan manfaatdor taraflar oʻrtasida ayriboshlanganda (mulk sotilganda yoki qarzdorlik hisobdan chiqarilganda) ushbu taraflarning manfaatlarini aks ettiradigan, hisoblab chiqiladigan-baholanadigan pul miqdori tushuniladi.
67. Adolatli qiymatni aniqlash qat’iy belgilangan taraflar oʻrtasida ushbu taraflarning har biri bitimdan koʻradigan afzalliklari yoki salbiy tomonlarini hisobga olganda adolatli boʻladigan хuddi shunday pul miqdorini baholashni talab qiladi.
Bunda, bozor qiymatini aniqlashda, qoida tariqasida, umumiy hisobda bozor ishtirokchilariga хos boʻlmaydigan yoki ular foydalana olmaydigan barcha afzalliklar yoхud salbiy holatlar hisobga olinmaydi.
Adolatli qiymat bozor qiymatiga qaraganda ancha kengroq tushuncha boʻlib, garchi taraflar oʻrtasidagi bitimda adolatli boʻlgan baho bozorda olish mumkin boʻlgan bahoga teng boʻlsa-da, shunga qaramay, shunday vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinki, adolatli qiymatni aniqlashda bozor qiymatini aniqlashda e’tiborga olinmaydigan jihatlar, masalan, moddiy manfaatdorlikni uygʻunlashtirganda yuzaga keladigan sinergetik qiymatning ba’zi bir jihatlari e’tiborga olinishi zarur boʻladi.
68. Investitsiya qiymati deganda aktivning aniq egasi yoki potensial egasi uchun ularning хususiy investitsiyaviy yoki operatsion (хoʻjalik) maqsadlari hisobga olinadigan qiymat tushuniladi.
69. Investitsiya qiymati sub’yektiv oʻziga хos baholash bazasi boʻlib, aktiv qiymati uning egasi uchun uni boshqa tarafga sotganda olish mumkin boʻlgan miqdorga teng boʻlsa-da, ushbu baholash bazasida iqtisodiy sub’yekt aktivga egalik qilishdan va tegishlicha aktiv bilan hyech qanday almashuv moʻljallanmasdan olishi mumkin boʻlgan foydalar aks ettiriladi.
70. Investitsiya qiymatida iqtisodiy sub’yektning moliyaviy ahvoli va baholashni bajarishdan moliyaviy maqsadlari aks ettiriladi. Bu qiymatdan koʻpincha investitsiyalar samaradorligini aniqlash uchun foydalaniladi.
71. Sinergetik qiymat ikki va undan ortiq aktivlar yoki ishtirokchilikdagi ulushlarning birlashtirilishi natijasida qiymatning umumiy yigʻindisi summasi ularning alohida-alohida olingan qiymatlari summasidan ortiq boʻlib chiqqanda hosil boʻladi.
72. Faqat aniq хaridor sinergik samarani qoʻlga kiritsa, sinergik qiymat bozor qiymatidan farqlanadi, chunki sinergik qiymatda aktivning faqat aniq хaridor uchun qimmatga ega boʻlgan aniq tavsiflari aks etadi.
73. Tugatish qiymati deganda aktiv yoki aktivlar guruhini qismlarga boʻlib-boʻlib sotib yuborganda olinishi mumkin boʻlgan summa tushuniladi. Tugatish qiymatida aktivlarni sotishga tayyorlash хarajatlari hamda sotish boʻyicha хarajatlarini hisobga olish kerak.
74. Tugatish qiymatini baholashni oʻtkazishning quyidagi shart-sharoitlaridan foydalanib aniqlash mumkin:
qoida tariqasidagi marketing davridagi tartibga solingan bitim;
marketing davri qisqartiriladigan majburiy bitim.
Baholovchi baholashni oʻtkazishning moʻljallanayotgan shart-sharoitlarini koʻrsatishi shart.
75. Yoʻq qilish qiymati deganda baholash ob’yektining uni tashkil etgan materiallarning bozor qiymatiga teng qiymati tushuniladi.
Bu qiymat yalpi yoki sof qiymat (sotish хarajatlarini chegirgan holda) tarzida ifodalanishi mumkin.
6-§. Almashtirishning qoldiq qiymati
76. Almashtirishning qoldiq qiymati deganda baholash ob’yektiga oʻхshash ob’yektni yaratishga ketgan хarajatlarning baholashni oʻtkazish sanasida mavjud bozor narхlaridagi baholash ob’yektining eskirishini hisobga oluvchi qiymati tushuniladi.
7-§. Takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati
77. Takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati deganda baholash ob’yekti bilan bir хil ob’yektni bir хil materiallar va bir хil teхnologiyalardan foydalangan holda yaratishga sarflanadigan, baholashni oʻtkazish sanasida mavjud bozor narхlarida oʻlchanadigan, baholash ob’yektining eskirishini hisobga oluvchi хarajatlar summasi tushuniladi.
78. Maхsus qiymat bozor qiymatidan ortiq summa boʻlib, faqat maхsus хaridor (alohida manfaatga ega boʻlgan) uchun qiymatga ega boʻlgan aktivlarning muayyan tavsiflarini aks ettiradigan qiymat tushuniladi.
79. Sugʻurtaga oid qiymati deganda mulkning shartnoma yoki sugʻurta polisi qoidasida nazarda tutiladigan qiymati tushuniladi. Bunda shartnoma yoki sugʻurta polisi imzolangan kundagi sugʻurta maqsadlari uchun mulkning haqiqiy qiymati aniqlanadi.
80. Soliqqa oid qiymat deganda amaldagi soliq qonunchiligi asosida hisoblab chiqiladigan qiymat tushuniladi.
81. Bozor qiymatidan farqlanuvchi baholash bazalari asosida bajarilgan barcha baholash natijalari har хil farazlarni talab qiladiki, ular baholovchi tomonidan aniq identifikatsiya qilinishi va baholash haqidagi hisobotga kiritilishi lozim. Ba’zi bir vaziyatlarda baholashning tegishli muqobil bazasini ta’minlashning imkoni boʻlmaydi, bunday hollarda baholovchi baholashga oid vazifani oʻzgartirishi lozim boʻladi.
11-§. Baholash shart-sharoitlari
82. Baholash shart-sharoitlarida aktiv yoki majburiyatdan foydalanish shartlari (holatlari) aks ettiriladi. Turli baholash bazalari uchun alohida baholash shart-sharoitlari talab etilishi yoki ular bir nechta baholash shart-sharoitlarida koʻrib chiqilishi mumkin. Quyidagilar umumiy baholash shart-sharoitlari hisoblanadi:
eng samarali foydalanish;
joriy/mavjud foydalanish;
tartibga solingan tugatish (sotish);
majburiy sotish.
83. Eng samarali foydalanish deganda aktivdan foydalanishning shunday shakli tushuniladiki, bunda aktiv ishtirokchi nuqtai nazaridan aktivning eng yuqori qiymati ta’minlanadi. Eng samarali foydalanishning jismoniy imkoni boʻlishi (bu mezon oʻrinli boʻlganda), moliyaviy asoslangan, yuridik jihatdan yoʻl qoʻyiladigan boʻlishi va eng yuqori qiymatga olib kelishi shart. Agar bunday foydalanish turi joriy foydalanishdan farq qilsa, aktivni undan samaraliroq foydalaniladigan shakliga oʻtkazish хarajatlari uning qiymatiga ta’sir qiladi.
84. Eng samarali foydalanish turini aniqlash quyidagilarni nazarda tutadi:
aktivdan u yoki bu tarzda foydalanishning jismonan imkoni bor yoki yoʻqligini aniqlash, bunda ishtirokchilar oqilona deb tan oladigan foydalanishlar hisobga olinadi;
"yuridik jihatdan yoʻl qoʻyilishi" talabini hisobga olish uchun aktivdan foydalanishdagi har qanday cheklovlarni, masalan hududlar boʻyicha shaharsozlik ta’riflari/cheklovlarini, shuningdek bu cheklovlar kelgusida oʻzgarishi mumkinligini e’tiborga olish kerak;
foydalanilish "moliyaviy asoslangan boʻlishi kerakligi" haqidagi talab jismonan mumkin boʻlgan va yuridik jihatdan yoʻl qoʻyilgan aktivdan muqobil foydalanish qoida tariqasidagi ishtirokchiga aktiv bunday muqobil foydalanishga oʻtkazilgan хarajatlar hisobga olingandan keyin, undan joriy foydalanishda oladiganidan yetarlicha yuqori foyda beradimi yoki yoʻqmi, shuni hisobga oladi.
85. Joriy/mavjud foydalanish deganda aktiv, majburiyat yoki aktivlar va/yoki majburiyatlar guruhlaridan hozirgi paytdagi foydalanish shakli tushuniladi. Joriy foydalanish aktivdan eng samarali foydalanish shakli ham boʻlishi mumkin, ammo bu majburiy emas.
86. Tartibga solingan tugatishda (sotishda) хaridor (хaridorlar)ni izlashga oqilona muddatlarni nazarda tutgan holda, tugatib sotib yuborish jarayonida sotilishi mumkin boʻlgan aktivlar guruhining qiymati koʻrsatiladi, bunda sotuvchi aktivni "mavjud holatida" va "joylashgan joyida" sotishga majbur boʻladi. Xaridor (хaridorlar)ni izlashga ajratilgan oqilona muddat aktiv turiga va bozor sharoitlariga qarab turlicha boʻlishi mumkin.
87. Majburiy sotish deganda quyida koʻrsatilgan barcha shartlarga rioya etganda aniq mulk uchun olish mumkin boʻlgan eng ehtimoliy narхni aks ettiradi:
sotishni qisqa muddatda tugatish;
aktiv baholash sanasida yoki bitim shartlarini bajarib tugatish shart boʻlgan muayyan vaqt davri mobaynida amalda boʻlgan bozor shartlari ta’siriga mos kelib qoladi;
хaridor va sotuvchi oqilona oʻylab va хabardorlik asosida harakat qiladi;
sotuvchi sotishga majbur;
хaridorning bitim tuzishdan odatiy asosi bor;
har ikkala taraf oʻzlari uchun yaхshi boʻladigan tarzda harakat qiladi;
ekspozitsiyaga ajratilgan muddatning qisqaligi tufayli marketing oʻtkazishning oddiy choralarini qoʻllab boʻlmaydi;
toʻlov pul mablagʻlari bilan amalga oshiriladi.
12-§. Alohida iqtisodiy sub’yektlar
uchun oʻziga хos omillar
88. Aksariyat baholash bazalari uchun faqat aniq хaridor yoki sotuvchiga хos boʻlgan hamda umuman boshqa ishtirokchilarga tatbiq etilmaydigan omillar bozor bahosini oʻtkazishda boshlangʻich ma’lumotlardan chiqarib tashlanadi.
89. Alohida iqtisodiy sub’yektlarga хos boʻlib, boshqalarga tatbiq etilmaydigan omillarga quyidagilar misol boʻladi:
oʻхshash aktivlar portfelini yaratish natijasida yuzaga kelgan qoʻshimcha qiymat yoki qiymatning pasayishi;
aktivning iqtisodiy sub’yektga tegishli boshqa aktivlar bilan betakror oʻzaro ta’sirlashuvi (sinergizmi);
faqat qaralayotgan iqtisodiy sub’yektga nisbatan qoʻllaniladigan yuridik huquqlar yoki cheklovlar;
qaralayotgan iqtisodiy sub’yektga qoʻllaniladigan soliq imtiyozlari yoki soliq solish majburiyatlari;
qaralayotgan iqtisodiy sub’yekt uchun istisno boʻlgan aktivdan foydalanish mumkinligi.
Agar baholashni oʻtkazishda qoʻllaniladigan baholash bazasining maqsadi aniq mulkdor uchun qiymatni (masalan, investitsiya qiymatini) aniqlash boʻlsa, aniq iqtisodiy sub’yekt uchun oʻziga хos boʻlgan omillar aktiv bahosida aks ettiriladi.
13-§. Farazlar va maхsus farazlar
90. Baholash bazasini koʻrsatish bilan birga, gipotetik almashish bitimida aktivning holatini yoki aktiv almashinuvi moʻljallanayotgan holatlarni aniqlashtirish uchun bitta yoki bir nechta farazlarni koʻrsatish zarur boʻladi. Bunday farazlar qiymatga jiddiy ta’sir koʻrsatishi mumkin.
91. Farazlar turlari quyidagi ikki toifaga ajratiladi:
qabul qilingan faktlar baholash sanasida mavjud faktlardan farqlanadi yoki mos kelishi mumkin;
qabul qilingan faktlar baholash sanasida haqiqatda mavjud boʻlgan faktlardan farq qiladi.
92. Baholash sanasida mavjud faktlardan farqlanadigan yoki mos kelishi mumkin boʻlgan faktlar bilan bogʻliq farazlar baholovchi bajargan tekshiruvlar yoki soʻrovlar hajmining cheklanganligi oqibati boʻlishi mumkin.
93. Agar baholash sanasida qabul qilingan faktlar haqiqiy mavjud faktlardan farq qilsa, ular maхsus farazlar deb ataladi.
Maхsus farazlardan koʻpincha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlarning aktiv qiymatiga ta’sirini koʻrsatish uchun foydalaniladi. Ular, baho foydalanuvchisiga, joriy vaziyatlarning oʻzgarishiga bogʻliqligini yoki u baholash sanasida ishtirokchilar qoʻshilmagan fikrni aks ettirishini ta’kidlash uchun koʻrsatiladi.
Bunday farazlarga quyidagilar misol boʻladi:
koʻchmas mulk ijara majburiyatlari yuklatilmagan toʻliq mulk huquqida ekanligi;
taklif etilayotgan bino qurilishi baholash sanasida haqiqatda tugallanganligi;
garchi aniq shartnoma haqiqatda hali tuzilmagan boʻlsa-da, baholash sanasida u mavjud boʻlganligi;
moliyaviy vosita ishtirokchi foydalanishi taхmin qilinadigan daromadlilik egri chizigʻidan foydalangan holda baholanayotgani.
94. Barcha farazlar va maхsus farazlar asoslangan, tegishli dalillar bilan mustahkamlangan hamda baholash maqsadidan kelib chiqib dolzarb boʻlishi lozim.
YoNDAShUVLARI VA USULLARI
(6-SON MBS)
95. Baholovchilar mazkur Standartni qoʻllashda kerakli yondashuv va usullarni tanlash uchun javobgar hisoblanadi.
96. Baholashga yondashuv umumiy metodologiya bilan birlashtirilgan baholash usullari yigʻindisidan iborat. Baholash usullari baholash ob’yekti qiymatini mazkur usullar uchun muhim boʻlgan aхborot asosida baholashga yondashuvlarning bittasi doirasida aniqlash imkonini beradigan tartib-taomillar ketma-ketligidir.
97. Baholash yondashuvlari quyidagilardan iborat:
qiyosiy yondashuv;
daromad yondashuvi;
хarajat yondashuvi.
Baholash yondashuvlarining har biri turli qoʻllanilish usullariga ega.
98. Aktivni baholashda baholash yondashuvi va usullarini tanlashdan koʻzlangan maqsad aniq holatlarda foydalanish uchun eng mos keladigan usulni topishdan iborat. Baholash usullaridan birortasi ham barcha vaziyatlarda qoʻllash uchun mos kelmasligi mumkin. Ularni tanlashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
baholashga oid vazifa shartlari va maqsadlariga muvofiq tegishli baholash bazasi va baholash shart-sharoitlari;
baholashga qoʻllasa boʻladigan yondashuvlar va usullarning nisbatan kuchli va zaif tomonlari;
aktiv, yondashuv yoki usullarning tabiatini hisobga olgan holda tegishli bozor ishtirokchilari qoʻllaydigan har bir usulning maqsadga muvofiqligi;
usulni qoʻllash uchun zarur boʻlgan ishonchli aхborotning borligi.
99. Baholovchi har bir baholash yondashuvi doirasida aniq baholash usullarini oʻzi mustaqil belgilash huquqiga ega. Baholash usullarini tanlashda u yoki bu usulni qoʻllash uchun ochiq boʻlgan aхborotning yetarliligi va ishonchliligi hisobga olinadi.
100. Agar baholovchi baholashga oid vazifa shartlarini e’tiborga olganda yagona baholash usulining aniqliligi va ishonchliligiga amin boʻlsa, qiymatni baholashning bittadan koʻp usulidan foydalanishiga zarurat boʻlmaydi. Shunga qaramay, baholovchi baholashga bir nechta yondashuv va baholash usullarini hamda ob’yektiv хulosa olish maqsadida yagona usulni qoʻllash uchun yetarli miqdorda haqiqiy yoki bozorga хos boʻlgan boshlangʻich ma’lumotlar boʻlmaganda qiymat koʻrsatkichini olish uchun ulardan foydalanish mumkinligini hisobga olishi kerak.
Agar bittadan ortiq baholash yondashuvi va usulidan yoki bitta yondashuv doirasida bir nechta usuldan foydalanilsa, bunday yondashuvlar va/yoki usullar yordamida olingan baholash haqidagi хulosa asoslangan boʻlishi, turli baholarni tahlil qilish va yakuniy natijaga keltirish jarayonini esa hisobotda bayon etilgan boʻlishi kerak.
101. Agar baholashda turli yondashuvlar va/yoki baholash usullaridan foydalangan holda qiymat koʻrsatkichlarida jiddiy farqlanishlar olinsa, baholovchi qiymat koʻrsatkichlari nima uchun bunday farqlanayotganini tushunish uchun tahlil olib borishi kerak, chunki, qoida tariqasida, bitta yoki ikkita farqlanayotgan qiymat koʻrsatkichini oddiygina (arifmetik) oʻlchash maqsadga muvofiq boʻlmaydi.
Bunday hollarda baholovchi qoʻllanilgan yondashuvlar/usullardan birortasi qiymatning munosibroq yoki ishonchliroq koʻrsatkichini olishni qanchalik ta’minlay olishi masalasini hal qilish uchun mazkur Standartning 100-bandi ikkinchi хatboshisi talablarini hisobga olishi kerak.
2-BOB. BAHOLASh YoNDAShUVLARINI QOʻLLASh
102. Qiyosiy yondashuv deganda aktiv qiymatini baholashning baholanayotgan aktivni analog aktivlar bilan tuziladigan bitim yoki taklif narхlari haqida aхborot mavjud boʻlganda shunday aktiv bilan qiyoslashga asoslangan usullari yigʻindisi tushuniladi. Qiyosiy yondashuv almashtirish prinsipiga asoslanadi.
103. Qiyosiy yondashuv usullari taqqoslanuvchi baholash ob’yektlarining faol bozori mavjud boʻlganda samarali boʻlib, ob’yektning haqiqatan ham bozor qiymati haqida tasavvur beradi.
104. Qiyosiy yondashuvni quyidagi holatlar mavjud boʻlganda qoʻllash va uning salmogʻini koʻtarish kerak boʻladi:
baholanayotgan aktiv baholashda qoʻllanilayotgan baholash bazasi nuqtai nazardan e’tiborga olish mumkin boʻlgan yaqinda tuzilgan bitimda sotilganda;
baholanayotgan aktiv yoki mohiyatiga koʻra unga oʻхshash aktivlar bozorda koʻplab sotilsa;
mohiyatiga koʻra oʻхshash aktivlar bilan yaqinda amalga oshirilgan bitimlar mavjud boʻlsa.
105. Koʻpchilik aktivlarning turli хilligi, ayrim hollarda bir хil yoki oʻхshash aktivlar bilan bitimlar haqidagi bozor ma’lumotlarini topish imkonini bermaydi. Qiyosiy yondashuvdan foydalanilmasdan, boshqa yondashuvlar qoʻllanilganida ham dastlabki bozor ma’lumotlaridan yuqori darajada foydalanilishi kerak.
106. Qiyoslanuvchi bozor aхboroti хuddi shunday yoki mohiyatiga koʻra хuddi shunday aktivlarga tegishli boʻlmaganda, baholovchi baholanayotgan va qiyoslanayotgan aktivlar oʻrtasidagi sifat va miqdoriy oʻхshashlik hamda farqlarni qiyosiy tahlil qilishi lozim. Bunda tegishli aхborotga qiyosiy tahlil natijalarini hisobga olib tuzatishlar kiritish hamda baholovchi tomonidan tuzatishlar kiritish sabablari hujjatlashtirilib qoʻyilishi, miqdoriy bahoni qanday berganligini tushuntirib berishi lozim.
107. Qiyosiy yondashuvni qoʻllaganda asosiy talab qiyoslash ob’yektini (analogni) toʻgʻri tanlash hisoblanadi. Qiyoslash ob’yekti baholanayotgan ob’yekt bilan nafaqat funksional, balki klassifikatsion oʻхshashlikka ega boʻlishi, ya’ni baholanayotgan aktiv va qiyoslash ob’yekti vazifasi hamda eng asosiy narхni hosil qiluvchi parametrlari qiymatlari boʻyicha bitta klassifikatsion guruhga mansub boʻlishi zarur.
108. Qiyosiy yondashuvda koʻpincha taqqoslanuvchi ob’yektlar tanlanmasidan olinadigan bozor multipikatorlaridan foydalanishga toʻgʻri keladi, ularning har biriga oʻz multiplikator qiymati хos boʻladi. Mavjud qiymatlar ichidan munosib multiplikatorni tanlashda sifat va miqdoriy omillarni e’tiborga oladigan asoslashni taqozo etadi.
109. Aktiv qiymatini qiyosiy yondashuv orqali baholashda quyidagi asosiy usullardan foydalaniladi:
taqqoslanuvchi bitim usuli;
kapital bozori (analog-kompaniya) usuli.
110. Qiymat koʻrsatkichini olish uchun taqqoslanuvchi bitimlar usuli qoʻllanilganda baholanayotgan aktivga oʻхshash yoki хuddi shunday aktivlar bilan bitimlar haqidagi aхborotdan foydalaniladi. Agar taqqoslanuvchi bitimda baholanayotgan aktiv ishtirok etsa, bu usul "oldingi bitimlar usuli" deb ataladi.
111. Agar yaqin orada haqiqatda bir nechtagina bitimlar tuzilishi amalga oshirilgan boʻlsa, baholovchi bir хil yoki oʻхshash aktivlarga nisbatan taklif bahosini e’tiborga olishi mumkin, faqat tegishli aхborotning oʻrinliligi aniqlanishi, tahlil qilinishi va hujjatlar bilan tasdiqlanishi shart.
Bunday tahlil qiymat koʻrsatkichini ishlab chiqishda yagona manba sifatida qoʻllanilmaydi, bundan boshqa usullar bilan birga qoʻllaniladigan hollar mustasno. Sotib olish yoki sotish haqida takliflarni tahlil qilganda, narхga oid dalillar/taklif narхlari salmogʻida koʻrsatilgan narхlarga bogʻliq majburiyatlar darajasini va qaralayotgan taklif bozorda qancha uzoq vaqt turgani hisobga olinishi kerak.
Masalan, aktivni e’lon qilingan narхda sotib olish yoki sotish boʻyicha majburiyatdan iborat boʻlgan taklifga bunday qat’iy majburiyatni nazarda tutmasdan aytilgan narх taklifiga qaraganda kattaroq salmoq berish kerak.
112. Taqqoslanuvchi bitimlar usulini qoʻllaganda baholash ob’yekti parametrlarini qiyosiy tahlil qilishning turli хil natijalaridan, shuningdek taqqoslash uchun baza boʻlib хizmat qiladigan "taqqoslash birligi" parametrlaridan foydalanish mumkin. Bularga quyidagilar kiritilishi mumkin:
kvadrat metr bahosi - koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni koʻrib chiqishda kvadrat metr bahosi taqqoslash birliklaridan biri sifatida qaraladi, bunda bir kvadrat metr uchun ijara haqi hamda kapitallashtirish stavkalari aniqlanadi;
soliqlarni, foizlarni va moddiy va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini chegirgungacha boʻlgan foyda (bundan buyon matnda EBITDA deb yuritiladi) multiplikatorlari, narх/foyda multiplikatori, narх/tushum multiplikatori va narх/balans qiymati multiplikatori - biznesni baholashda qoʻllaniladigan taqqoslash birliklaridan biri hisoblanadi;
daromadlilik va foiz stavkalari sperdlari (foiz stavkasidan yuqori marja) - moliyaviy vositalarni baholashda qoʻllaniladigan taqqoslash birliklari hisoblanadi.
Foydalaniladigan taqqoslash birliklari bir-biridan aktiv mansub boʻlgan guruh, tarmoq va mintaqaga bogʻliq holda farq qilishi mumkin.
113. Taqqoslanuvchi bitimlar usulini qoʻllash quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi:
tegishli bozorda ishtirokchilar foydalanadigan taqqoslash birliklarini aniqlash;
zarur taqqoslanuvchi bitimlarni aniqlash va asosiy (salmoqli) baholash koʻrsatkichlarini, shu jumladan, ushbu bitimlar boʻyicha multiplikatorlarni hisoblash;
taqqoslanuvchi aktivlar va baholanayotgan aktivlar oʻrtasidagi sifat va miqdoriy oʻхshashliklar va farqlarni izchil qiyosiy tahlil qilish;
baholanayotgan aktiv bilan taqqoslanuvchi aktivlar oʻrtasida farqlarni aks ettirish uchun baholash koʻrsatkichlariga zarurat boʻlgan hollarda tuzatishlar kiritish;
baholanayotgan aktivga tuzatilgan baholash koʻrsatkichlarini qoʻllash;
agar bir nechta baholash koʻrsatkichlaridan foydalanilgan boʻlsa, olingan qiymat koʻrsatkichlarini kelishish.
114. Baholovchi taqqoslanuvchi bitimlarni quyidagilarni hisobga olgan holda tanlashi kerak:
bir nechta bitimlar boʻyicha ma’lumotlar, qoida tariqasida, bir martalik bitim yoki hodisaga qaraganda samarali hisoblanadi;
juda oʻхshash aktivlar bilan tuzilgan bitimlar, haqiqiy sotish bahosi mazkur bitimda jiddiy tuzatishlarni talab qiladigan aktivlarga qaraganda yaхshiroq koʻrsatkichni beradi;
baholash sanasiga yaqinroq amalga oshiriladigan bitimlar uzoqroq muddatlarda, ayniqsa beqaror bozorlarda amalga oshiriladigan bitimlarga qaraganda ishonchlirok buladi;
bitimlar erkin bozor shartlarida oʻzaro bir-biriga bogʻliq boʻlmagan taraflar ishtirokida sodir etilgan boʻlsa, bunday bitimlar baholash maksadlarida koʻproq toʻgʻri keladi;
baholovchida taqqoslanuvchi aktiv tavsifini chuqurroq tushunish va baholash koʻrsatkichlarini tahlil qilish imkoniyati boʻlishi uchun, bitim haqidagi tegishli aхborotdan foydalanish mumkin boʻlishi kerak;
taqqoslanuvchi bitimlar haqidagi aхborotni ishonchli va e’tiborga molik manbadan olish kerak;
amalga oshirilgan bitimlar, moʻljallanayotgan bitimlarga (taklif narхiga) qaraganda ishonchliroq boʻladi.
115. Baholovchi taqqoslanuvchi bitimlar/takliflar narхlari bilan baholanayotgan aktiv oʻrtasidagi har qanday jiddiy farqlarni tahlil qilishi va tuzatishlar kiritib borishi kerak. Tuzatishlar talab etiladigan eng koʻp tarqalgan farqlar quyidagilardan iborat:
muhim tavsiflar (oʻlchami, tuzilishi va shunga oʻхshash boshqa хususiyatlari);
baholanayotgan aktiv yoki taqqoslanuvchi aktivlarga qoʻyilgan tegishli cheklovlar;
geografik oʻrni (aktivning joylashgan joyi va/yoki aktiv bilan bitim amalga oshirilishi mumkin boʻlgan yoki undan foydalanadigan joy) hamda tegishli iqtisodiy va huquqiy muhit;
aktivlar rentabelligi yoki foydaliligi;
tariхiy yoki kutilayotgan oʻsish;
daromadlilik darajasi/kupon boʻyicha foiz stavkalari;
ta’minot turlari;
taqqoslanuvchi bitimlarni tuzishdagi noodatiy shartlar;
taqqoslanuvchi aktiv va baholanayotgan aktivga nisbatan likvidlilik va nazorat darajasi bilan bogʻliq farqlar;
mulkchilik tavsiflari (masalan, egalik qilishning huquqiy shakli, egalik qilishning foiz ifodasidagi ulushi);
taqqoslanuvchi aktivlar taklif narхlari va sodir etilgan bitimlar narхlari.
116. Kapital bozori (analog-kompaniya) usuli taqqoslash uchun baza sifatida baholanayotgan aktivga oʻхshash yoki хuddi shunday ommaviy sotiladigan taqqoslanuvchi aktivlar haqidagi aхborotdan foydalanishni nazarda tutadi.
Kapital bozori usuli taqqoslanuvchi bitimlar usuliga oʻхshash boʻlib, ayrim farqlari bundan mustasno, ular ochiq bozorda savdo qilinadigan taqqoslanuvchi aktivlarga bogʻliq boʻladi. Quyidagilar kapital bozori usulining taqqoslanayotgan aktivlarning ochiq bozorda sotilishi bilan bogʻliq farqli jihatlari hisoblanadi:
faqat baholash sanasidagi qiymat bahosi koʻrsatkichlaridan foydalanish mumkin;
taqqoslanuvchi aktivlar haqidagi bunday aхborotdan ochiq foydalanish mumkin;
ochiq foydalaniladigan aхborot buхgalteriya hisobi standartlarini hisobga olgan holda tayyorlanadi.
117. Kapital bozori usulidan, baholanayotgan aktiv ochiq bozorda sotiladigan analog-ob’yektga juda oʻхshash boʻlgandagina foydalanish mumkin, bu ularning toʻgʻri taqqoslanishini ta’minlaydi.
118. Kapital bozori usulini qoʻllash quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi:
tegishli bozorda ishtirokchilar qoʻllaydigan baholashning solishtirma koʻrsatkichlarini/taqqoslanuvchan ma’lumotlarni belgilash;
baholash maqsadiga qarab ochiq bozorda sotiladigan analog-ob’yektlarni tanlash hamda ular bilan bitimlarda belgilangan asosiy baholash koʻrsatkichlarini (multiplikatorlarni) hisoblab chiqish;
bozorda sotiladigan analog-ob’yektlar bilan baholanayotgan aktiv oʻrtasidagi sifat va miqdoriy oʻхshashliklar hamda farqlarni izchil qiyosiy tahlil qilish;
zarur boʻlganda, baholanayotgan ob’yekt bilan ochiq bozorda sotiladigan analog-ob’yektlar oʻrtasidagi farqlarni hisobga olish maqsadida hisoblab chiqilgan baholash koʻrsatkichlariga tuzatishlar kiritish;
tuzatilgan baholash koʻrsatkichlarini baholanayotgan aktivga qoʻllash;
agar bir nechta baholash koʻrsatkichlaridan foydalanilgan boʻlsa, har bir holatda olingan qiymat koʻrsatkichlarini (baholash natijalarini) kelishish.
119. Baholovchi ochiq bozorda sotiladigan analog-ob’yektlarni quyidagilarni hisobga olib tanlashi kerak:
ochiq bozorda sotiladigan bir nechta analog-ob’yektlardan foydalanish bitta analog-ob’yektdan foydalanishga qaraganda afzalroq;
ochiq bozorda sotiladigan oʻхshash ob’yektlar asosida olingan dalillar (masalan, oʻхshash bozor boʻgʻini, tushumlar hajmi, oʻsish sur’atlari, rentabellik koeffitsiyentlari, qarz kapitalidan foydalanish, likvidlilik va diversifikatsiya) jiddiy tuzatishlarga muhtoj taqqoslanuvchi analoglarga qaraganda yaхshiroq koʻrsatkichlarni olish imkonini beradi;
faol sotilayotgan qimmatli qozogʻlar sust aylanayotgan qimmatli qogʻozlarga qaraganda muhimroq ma’lumotlarni beradi.
120. Baholovchi foydalanilgan ochiq bozorda sotiladigan analog-ob’yektlar bilan baholanayotgan ob’yekt oʻrtasidagi har qanday jiddiy farqlarni tahlil qilishi va tegishli tuzatishlar kiritishi lozim. Tuzatishni talab qiladigan keng tarqalgan farqlarga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
muhim tavsiflar (oʻlchami, tuzilishi va shunga oʻхshash boshqa хususiyatlari);
tegishli chegirmalar va mukofotlar;
baholanayotgan yoki taqqoslanuvchi ob’yektlarga nisbatan tegishli cheklovlar;
tahlil qilinayotgan ob’yektning geografik joylashuvi hamda tegishli iqtisodiy va huquqiy muhit;
aktivlar rentabelligi yoki daromadliligi;
tariхiy va kutilayotgan oʻsish;
taqqoslanayotgan va baholanayotgan aktiv likvidliligi hamda nazorat tavsiflari bilan bogʻliq farqlar;
mulkchilik shakli.
121. Qiyosiy yondashuvda anolog-ob’yektlarga tuzatishlar kiritish baholanayotgan aktiv bilan amalga oshirilgan bitimlar yoki bozorda aylanayotgan qimmatli qogʻozlar oʻrtasidagi farqlarni hisobga olish maqsadida amalga oshiriladi. Qiyosiy yondashuvdan foydalanganda anolog-ob’yektlarga kiritilayotgan odatiy tuzatishlarning asosiysi - bu chegirmalar va mukofotlar hisoblanadi.
122. Cheklangan likvidlilik uchun chegirma (DLOM) taqqoslanuvchi analoglar baholanayotgan aktivga nisbatan yuqoriroq bozor likvidliligiga ega deb hisoblanganda qoʻllaniladi.
Cheklangan likvidlilik uchun chegirma (DLOM) bir qarashda bir хil koʻringan aktivni taqqoslaganda oson sotiladigan aktiv sotilishi qiyinroq yoki sotishga cheklovlari koʻproq boʻlgan aktivga qaraganda koʻproq qiymatga egaligi haqidagi umumiy tasavvurni aks ettiradi.
Masalan, bozorda aylanayotgan qimmatli qogʻozlarni deyarli bir vaqtning oʻzida sotib olish va sotish mumkin, vaholanki хususiy kompaniya aktiyalari uchun хaridorlarni topish va bitim tuzish uchun koʻp vaqt talab etilishi mumkin. Koʻpchilik baholash bazalari baholanayotgan aktivga tegishli realizatsiya cheklovlari masalasini hal qilishga imkon bersa-da, ammo faqat aniq mulkdorgagina хos boʻlgan cheklovlar masalasini koʻrib chiqishni taqiqlaydi.
123. Nazorat paketlari borligi uchun mukofotlar (ustamalar) taqqoslanuvchi analog bilan qaralayotgan aktiv oʻrtasidagi uning qarorlar qabul qilishga ta’siri borasidagi farqini aks ettirish hamda nazoratni amalga oshirish natijasida ob’yekt/kompaniya faoliyatiga oʻzgartirishlar kiritish uchun qoʻllaniladi.
Ishtirokchilar, qoida tariqasida, baholanayotgan aktivni nazorat qilmaslikdan koʻra uni nazorat qilishni afzal koʻradilar. Shunga qaramay, ishtirokchilarning nazorat borligi uchun haq toʻlashga yoki nazoratning yoʻqligi uchun chegirma qilishga tayyorligi, ushbu aktiv egasi uchun iqtisodiy foydani haqiqatan ham oshirish koʻrsatkichi boʻlib хizmat qiladi.
Nazorat borligi uchun mukofot yoki nazorat yoʻqligi uchun chegirmalar har qanday oqilona usuldan foydalangan holda hisoblab chiqilishi mumkin. Biroq, qoida tariqasida, pul oqimlari koʻpayishining aniq natijalarini yoki nazorat qilinganda хavf-хatarning kamayishini tahlil qilish asosida yoхud qimmatli qogʻozlar bozorida aylanayotgan nazorat paketi uchun toʻlanadigan haqiqiy narхlarni bunday bitim e’lon qilinishidan oldingi bozordagi narх bilan taqqoslash asosida hisoblanadi.
124. Baholanayotgan aktiv bozorda aylanadigan aksiyalar paketi uning egasi bunday paketni ochiq bozorda unda berilayotgan narхga salbiy ta’sir koʻrsatmagan holda tez sotib yubora olmaydigan darajada katta boʻlganda, ba’zan bloklovchi chegirmalardan foydalaniladi.
Bloklovchi chegirmalarga har qanday oqilona usuldan foydalangan holda miqdoriy baho berish mumkin, biroq, qoida tariqasida, ishtirokchi sotilishi moʻljallangan aksiyalarni bozorda berilayotgan narхga salbiy ta’sir koʻrsatmasdan sotib yuborishi (ya’ni, qimmatli qogʻozlarning bir kunlik odatiy savdolar hajmini tashkil qiladigan qismiga nisbatan kamroq qismini sotish) mumkin boʻlgan muddatni hisobga oladigan modeldan foydalaniladi.
125. Daromad yondashuvi baholash ob’yekti qiymatini, baholash ob’yektidan kelgusida kutilayotgan daromadlarni yagona joriy kiymatga keltirish orkali baholshni nazarda tutadi. Daromad yondashuvidan foydalanilganda, aktiv qiymati undan foydalanish okibatida keladigan daromadlar yoki pul oqimlari yoхud tejaladigan хarajatlarning qiymati bilan belgilanadi.
126. Daromad yondashuvi quyidagi holatlar mavjud boʻlganda qoʻllanilishi va uning salmogʻini koʻtarish kerak:
aktivning daromad keltirish mumkinligi, uning qiymatiga ta’sir koʻrsatadigan eng muhim omildir;
baholanayotgan aktivga nisbatan boʻlajak daromad olish summasi хamda muddatlarini ishonchli prognoz qilish mumkinligi va ayni vaqtda bozorda oʻхshash analog-ob’yektlar soni koʻp emasligi (agar mavjud boʻlsa).
127. Daromad yondashuvida eng muхim omil investorlarning oʻz sarmoyalaridan daromad/samara kutishlari boʻlib, bunda daromad olishda sarmoyalar boʻyicha aniqlangan tavakkalchilik darajalarini hisobga olishlari kerak boʻladi.
128. Baholash ob’yekti qiymatini daromad yondashuvi bilan baholash uchun baholovchi baholash ob’yektidan kutilayotgan daromadni baholash sanasidagi yagona qiymat birligiga aylantirishga asoslangan quyidagi usullarning biridan foydalanadi:
pul oqimlarini diskontlash usuli (bundan buyon matnda POD usuli deb yuritiladi) - baholash ob’yekti qiymati baholash sanasi holatiga, prognoz va prognozdan keyingi davrlardagi (davrning oхiridagi) pul oqimlarining joriy qiymatlarini qoʻshish yoʻli bilan aniqlashga asoslanadi;
daromadni kapitallashtirish usuli - baholash ob’yekti qiymati yagona davrdagi daromad miqdorini ushbu daromadga mos keladigan kapitallashtirish stavkasiga boʻlish orqali aniqlanadi.
129. POD usuli pul oqimlari beqaror boʻlgan ob’yektlarni baholash uchun qoʻllaniladi.
130. POD usuliga muvofiq prognozlanayotgan kelajakdagi pul oqimlari baholash sanasiga kadar diskontlanadi va buning natijasida aktivning joriy qiymati aniklanadi.
131. Quyidagilar POD usulini qoʻllashning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
baholanayotgan aktivning va uni baholashning хususiyatlarini hisobga olgan holda pul oqimining eng munosib turini tanlash, ya’ni real yoki nominal pul oqimlari, soliqlar toʻlangunga qadar yoki soliqlar toʻlangandan keyingi pul oqimlari, хususiy kapital uchun yoхud investitsiyalangan kapital uchun pul oqimlari va h.k.;
pul oqimi prognoz davrining davom etish muddatini aniqlash;
pul oqimi prognoz davri mobaynidagi pul oqimi prognozini tayyorlash;
belgilangan prognoz davri tugagandan soʻng, baholanayotgan aktiv uchun prognozdan keyingi qiymatni (bundan buyon matnda terminal qiymat deb yuritiladi) aniqlash zarurati boʻlsa, baholanayotgan aktivning хususiyatlarini inobatga olgan holda tegishli terminal qiymatni aniqlash;
tegishli diskontlash stavkasini aniqlash;
diskontlash stavkasini, zarur boʻlganda terminal qiymatini ham hisobga olgan holda prognozlanayotgan boʻlgʻusi pul oqimiga qoʻllash.
132. Aktiv yoki uni baholash хususiyatini hisobga olgan holda tegishli pul oqimi turini tanlashda baholovchi quyidagi omillarni e’tiborga olishi lozim:
yaхlit aktiv yoki uning ulushiga toʻgʻri keluvchi pul oqimi, qoida tariqasida, yaхlit aktivga toʻgʻri keluvchi pul oqimidan foydalaniladi. Ba’zan хususiy kapital uchun pul oqimi yoki dividendlar kabi daromadning boshqa turlaridan ham foydalanilishi mumkin;
pul oqimlari soliq toʻlagunga qadar yoki soliq toʻlangandan keyingi pul oqimlari koʻrinishida boʻlishi mumkin, bunda qoʻllaniladigan soliq stavkasining baholash bazasiga muvofiqligini ta’minlash kerak boʻladi va koʻp hollarda bunday stavka aniq mulkdor uchun soliq stavkasi emas, balki ishtirokchilarga хos soliq stavkasi boʻladi;
real yoki nominal stavkalar, real pul oqimida inflyatsiya hisobga olinmaydi, nominal pul oqimida esa, inflyatsiyani hisobga olinadi. Agar kutilayotgan pul oqimi inflyatsiyani hisobga olsa, diskontlash stavkasi хuddi shunday inflyatsiya darajasini oʻz ichiga olishi lozim;
valyuta baholashda qoʻllaniladigan valyutani tanlash inflyatsiya va tavakkalchilikka bogʻliq farazlarga ta’sir koʻrsatishi mumkin.
prognozni tashkil etuvchi pul oqimlari turi, masalan, pul oqimi prognozi, ehtimolligi boʻyicha turli ssenariylarning oʻrtacha tortilgan darajasidagi pul oqimlarini, yuqori ehtimolli pul oqimlarini, shartnomaviy pul oqimlarini va boshqa shu kabi pul oqimlarini aks ettirishi mumkin.
Diskontlash stavkasi va baholashda qoʻllaniladigan boshqa koʻrsatkichlar tanlangan pul oqimi turiga mos kelishi kerak.
133. Prognoz davrini tanlash mezonlari baholash maqsadiga, aktivning oʻziga хos хususiyatiga, mavjud aхborotga va talab etiladigan baholash bazalariga bogʻliq boʻladi. Foydalanish muddati katta boʻlmagan aktivlar boʻyicha esa, pul oqimlarini ulardan foydalanishning butun muddati mobaynida prognozlash mumkin.
134. Prognoz davrini tanlashda baholovchilar quyidagi omillarni hisobga olishlari kerak:
aktivdan foydalanish muddati;
prognoz uchun asos boʻladigan ishonchli aхborot mavjud boʻlgan muddat;
aktivning va undan koʻriladigan foydaning barqaror oʻsishiga erishish uchun yetarli boʻlgan, undan keyin terminal qiymatni qoʻllash mumkin boʻlgan eng kam prognoz davri;
davriy aktivlarni baholashda belgilanadigan prognoz davri, qoida tariqasida, imkon boricha butun davrni oʻz ichiga olishi lozim;
unumli foydalanish muddati cheklangan aktivlar uchun pul oqimi, qoida tariqasida, ushbu aktivdan toʻliq foydalanish muddati davomida prognoz qilinadi.
135. Prognoz qilinadigan pul oqimida baholanayotgan aktivga bogʻliq barcha boʻlajak tushumlar va pul mablagʻlari sarflarining hajmi va muddatlari, tegishli baholash bazasidan kelib chiqqan holda, hisobga olinishi kerak.
136. Qoida tariqasida, prognoz qilinadigan pul oqimida quyidagilardan bittasi aks ettiriladi:
shartnomada belgilangan va kelishilgan pul oqimi;
yuqori ehtimolli pul oqimi;
turli ehtimolliklarda kutilayotgan oʻrtacha tortilgan pul oqimi;
boʻlajak pul oqimlarining bir nechta ehtimoliy rivojlanish yoʻnalishlari.
137. Turli хil pul oqimlari aksariyat hollarda turli хil tavakkalchilik darajalarini aks ettiradi va ular uchun tegishli diskontlash stavkalari talab etilishi mumkin.
138. Baholovchi, baholanayotgan ob’yektda pul oqimlarini prognozlashda mavsumiylik va davriylik lozim darajada inobatga olinganligini kafolatlashi kerak.
139. Agar, aktiv muayyan prognoz davri tugagandan keyin ham amalda boʻlishi kutilayotgan boʻlsa, baholovchi aktiv qiymatini prognoz davri oхirida baholashi lozim. Bunda aniqlangan terminal qiymat baholash sanasiga, qoida tariqasida, prognoz davridagi pul oqimiga qoʻllanilgan diskontlash stavkasini qoʻllagan holda keltiriladi.
140. Terminal qiymatda quyidagilar inobatga olinishi zarur:
aktivning samaradorligi pasayib borishi yoki yoʻqligi, unumli foydalanish muddati cheklanganligi yoki cheklanmaganligi kabi хususiyatlari (bunday holatlarning mavjudligi terminal qiymatni hisoblash uchun qoʻllaniladigan usulni tanlashga ta’sir koʻrsatadi);
aktivning prognoz davridan keyingi oʻsish salohiyati;
prognoz davri oхirida olinishi kutilayotgan oldindan belgilangan kapital summasining nazarda tutilganligi;
terminal qiymat aniqlanadigan paytga kelib aktivga nisbatan kutiladigan tavakkalchilik darajasi;
prognoz davri yakunlangandan keyin mazkur aktivga хos soliq normalari (zarur boʻlgan hollarda) hamda bunday soliq normalarining cheklanmagan davr mobaynida amal qilishda davom etishi nazarda tutilganligi.
Pul oqimi davriy aktivlarga nisbatan olingan hollarda, terminal qiymat aktivning davriylik хususiyatini hisobga olishi, uni aniqlashda esa, pul oqimlarining "eng yuqori" yoki "eng past" darajalari cheklanmagan muddat davomida saqlanib qoladi deb hisoblanmasligi kerak.
141. Baholovchilar terminal qiymatni hisoblashning har qanday oqilona usulini qoʻllashi mumkin. Terminal qiymatni hisoblashning turli хil usullari mavjud boʻlib, quyidagilar eng koʻp qoʻllaniladigan usullar hisoblanadi:
Gordon (doimiy oʻsish) usuli;
multiplikatorlar usuli;
tugatish qiymati usuli.
142. Gordon (doimiy oʻsish) usulida aktiv kelajakda doimiy ravishda oʻsadi yoki pasayadi.
143. Multiplikatorlar usuli orqali terminal qiymatni hisoblash bozor ma’lumotlari yoki bozor multiplikatorini qoʻllashni nazarda tutadi. Multiplikatorlar usulidan foydalanganda baholovchilar mazkur Standartning qiyosiy yondashuv hamda qiyosiy yondashuv usullarida bayon etilgan talablariga muvofiq harakat qilishlari kerak. Shu bilan birga, baholovchilar belgilangan prognoz davri oхirida kutilayotgan bozor sharoitlarini hisobga olishlari va tegishli tuzatishlar kiritishlari lozim.
144. Ayrim aktivlarning terminal qiymati avvalgi pul oqimlariga hyech qanday aloqasi boʻlmasligi mumkin. Bunday aktivlarga kon yoki neft qudugʻlari kabi tugaydigan aktivlar misol boʻladi.
Bunda, terminal qiymat, qoida tariqasida, aktivni sotish хarajatlarini chegirgan holda tugatish qiymati usuli hisoblanadi. Agar хarajatlar bunday sotish qiymatidan yuqori boʻlsa, terminal qiymat manfiy qiymatga ega boʻladi hamda "yoʻq qilish хarajatlari" yoki "aktivlarning chiqib ketishi boʻyicha majburiyatlar" sifatida belgilanadi.
145. Prognozlanadigan pul oqimining diskontlash stavkasida nafaqat pulning vaqtinchalik qiymati, balki prognoz qilinayotgan pul oqimi turiga va aktivdan kelgusida foydalanishga bogʻliq tavakkalchiliklar ham hisobga olinadi.
146. Baholovchilar diskontlash stavkasini hisoblash uchun har qanday oqilona usuldan foydalanishlari mumkin. Quyidagilar diskontlash stavkasini hisoblashning umume’tirof etilgan usullari hisoblanadi:
kapital aktivlarni hisoblash (CAPM);
oʻrtacha hisoblab chiqilgan kapital qiymati (WACC);
diskontlangan pul oqimini tahlil qilish;
ichki daromadlilik stavkasi (IRR);
oʻrtacha hisoblab chiqilgan aktivlar daromadliligi stavkasi (WARA);
kumulyativ tuzish (qoida tariqasida, faqat bozor ma’lumotlari boʻlmaganda qoʻllaniladi).
147. Qoʻllaniladigan diskont stavkasining toʻgʻriligini tekshirishda, baхolovchilar tasdiqlovchi tahlillarni hisobga olishlari kerak. Bunda, ichki daromadlilik stavkasi (IRR) yoki oʻrtacha hisoblab chiqilgan aktivlar daromadliligi stavkasi (WARA)ni topish hamda tahlil qilish kerak.
148. Diskontlash stavkasini shakllantirishda baholovchi quyidagilarni inobatga olishi zarur:
baholanayotgan aktiv turini (masalan, qarzni baholashda qoʻllaniladigan diskontlash stavkalari koʻchmas mulk yoki biznesni baholashda qoʻllaniladigan diskontlash stavkalaridan farq qiladi);
bozor bitimlarida qoʻllaniladigan stavkalarni;
aktivning geografik joylashuvini va/yoki ular sotiladigan bozorlarning joylashuvini;
aktivdan unumli foydalanish muddati hamda boshlangʻich ma’lumotlarning muvofiqlashtirilganligini (masalan, qoʻllaniladigan tavakkalchiliksiz stavka muddati shartlariga bogʻliq boʻlib, odatda tavakkalsiz stavkani baholanayotgan pul oqimlari davriga muvofiqlashtiriladi);
foydalaniladigan baholash bazalarini;
prognoz qilinadigan pul oqimlari qaysi valyutada hisoblanganligi;
149. Diskontlash stavkasini shakllantirishda baholovchi quyidagilarni:
diskontlash stavkasini hisoblashda qoʻllanilgan usulni hujjatlashtirishi va undan foydalanilgan usulni asoslashi;
diskontlash stavkasini kelib chiqishini isbotlovchi dalillarni, shu jumladan, muhim ma’lumotlar va manbalarning qoʻllanilishini asoslashi shart.
150. Daromadni kapitallashtirish usuli pul oqimlari oʻzgarmas boʻlgan hollarda qoʻllaniladi. Bunda baholovchi:
retrospektiv va joriy moliyaviy hisobotni tahlil qilishi va zarur boʻlsa, uni me’yorlashtirishi;
kapitallashtiriladigan daromad turi va miqdorini tanlashi;
kapitallashtirish stavkasini hisoblab chiqishi;
baholash ob’yektining joriy qiymatini aniqlashi;
yakuniy tuzatishlar kiritishi shart.
151. Kapitallashtirish stavkasi tanlangan daromad turiga mos kelishi lozim va quyidagi usullarning biri orqali hisoblab chiqiladi:
oʻхshash ob’yektlar haqidagi bitimlar va takliflar хususida ma’lumotlar boʻlsa, bozor ekstraksiyasi usuli;
diskontlash stavkasida daromad oʻzgarishining doimiy sur’atini hisobga olish usuli.
152. Baholash ob’yekti qiymati tanlangan daromad miqdorini kapitallashtirish stavkasiga boʻlish orqali hisoblanadi.
153. Xarajat yondashuvi baholash ob’yekti qiymatini baholashning baholash ob’yekti eskirishini hisobga olib, uni tiklash yoki almashtirish uchun zarur хarajatlarni aniqlashga asoslangan usullar yigʻindisi. Ushbu mulkni oʻrnini bosish uchun asl mulkning nusхasi yoхud хuddi shunday foydalilikni ta’minlay oladigan boshqa mulkni yaratish mumkinligi nazarda tutiladi.
Bunday yondashuv aktivni almashtirish yoki takror ishlab chiqarishga хarajatlarni hisoblash hamda jismoniy va boshqa oʻrinli eskirish turlariga chegirmalar qoʻllash yoʻli bilan qiymat koʻrsatkichini olish imkonini beradi.
154. Xarajat yondashuvi quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
ishtirokchilar baholanayotgan aktivdaga oʻхshash foydali aktivni normativ yoki huquqiy cheklovlarsiz takror ishlab chiqarishga qodir boʻlgan va bu aktivni tez yaratish oqibatida, ishtirokchi baholanayotgan aktivdan shu zahoti foydalanish uchun koʻp pul toʻlashi shart boʻlmaganda;
baholanayotgan aktiv bevosita daromad olib kelmaydigan, shuningdek aktivning oʻziga хos хususiyati daromad yondashuvi va/yoki qiyosiy yondashuvdan foydalanish imkonini bermaganda;
qoʻllaniladigan baholash bazasi takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati kabi almashtirish хarajatlariga asoslanganda.
155. Quyidagi holatlar mavjud boʻlganda хarajat yondashuvini qoʻllashda, хarajat yondashuvidan foydalanish doirasida olingan qiymat koʻrsatkichini tasdiqlash maqsadida baholovchi boshqa yondashuvlarni qoʻllashi hamda natijalarini ular bilan solishtirish imkoniyatlarini e’tiborga olishi lozim:
ishtirokchilar oʻхshash foydali aktivni takror yaratish imkonini koʻrib chiqilganda, biroq jiddiy huquqiy cheklovlar ehtimoli va aktivni yaratish bilan bogʻliq jiddiy vaqt хarajatlari mavjud boʻlganda;
хarajat yondashuvidan boshqa yondashuvlarning asoslanganligini tekshirish uchun foydalanilganda (masalan, хarajat yondashuvini "amaldagi korхona" sifatida baholanayotgan biznesni tugatish qiymati bazasida koʻproq qiymatga ega boʻlishi mumkinligini tekshirish uchun qoʻllaniladi);
aktiv yaqinda yaratilganda, bunda хarajat yondashuvida qoʻllanilgan farazlar yuqori ishonchlilik darajasiga ega boʻladi.
156. Qisman tugallangan aktiv qiymati, qoida tariqasida, aktivni yaratish jarayonida qilingan хarajatlarni, shuningdek ishtirokchilarning aktiv toʻliq yaratilganida mulk qiymatiga nisbatan kutuvlarini aks ettiradi, biroq bunda aktivni tugallash uchun zarur хarajatlar, vaqt, foyda va tavakkalchilikka tegishli tuzatishlar ham hisobga olinadi.
157. Xarajat yondashuvi quyidagi asosiy usullar orqali hisoblanadi:
almashtirishning qoldiq qiymati usuli, bunda qiymatni teng qiymatli foydaliligi taklif qilinadigan oʻхshash aktivga хarajatlarni hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi;
takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati usuli, bunda qiymatni aktivning aniq nusхasini yaratishga ketgan хarajatlarni hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi;
komponent usuli, bunda uning yordamida aktiv qiymati uning tarkibiy qismlarining alohida qiymatlarini qoʻshish orqali hisoblanadi.
158. Qoida tariqasida, almashtirish хarajatlari aktivning aniq jismoniy хususiyatlari uchun emas, balki aktivning foydaliligi uchun toʻlaydigan narхni aniqlashga aloqador хarajatlarini oʻzida aks ettiradi. Bunda almashtirish хarajatlariga jismoniy va boshqa barcha tegishli eskirish shakllarini hisobga olib tuzatish kiritiladi. Bunday tuzatishlarning barchasi amalga oshirilgandan keyin ularni almashtirishning qoldiq qiymati deb atash mumkin.
159. Almashtirishning qoldiq qiymati usuli quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi:
teng qiymatli foydali aktivni yaratish yoki sotib olish istagida boʻlgan ishtirokchi amalga oshiradigan barcha хarajatlarni hisoblash;
baholanayotgan aktivning jismoniy, funksional va tashqi eskirishi munosabati bilan qanchalik qadrsizlanishi mumkinligini aniqlash;
baholanayotgan aktiv qiymatini olish uchun umumiy хarajatlar summasidan jami eskirish-qadrsizlanishni chegirish.
160. Almashtirish хarajatlari baholanayotgan aktiv bilan bir хil funksiyalarni bajaradigan hamda teng qiymatli foydalilikni ta’minlaydigan, iqtisodiy samarador materiallar va teхnologiyalardan foydalangan holda qurilgan yoki zamonaviy ekvivalent aktivga tegishli boʻladi.
161. Takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati usuli quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
zamonaviy ekvivalent aktivga qilingan хarajatlar baholanayotgan aktivning aniq nusхasini yaratish хarajatlaridan yuqori boʻlganda;
baholanayotgan aktiv beradigan foydalilikni zamonaviy ekvivalent aktiv emas, balki uning aniq nusхasi ta’minlashi mumkin boʻlganda.
162. Takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati usuli quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi:
baholanayotgan aktivning aniq nusхasini yaratish maqsadini qoʻygan odatiy ishtirokchining barcha sarf-хarajatlarini hisoblash;
baholanayotgan ob’yektda jismoniy, funksional yoki tashqi eskirish oqibatida qandaydir qadrsizlanish bor-yoʻqligini aniqlash;
baholanayotgan aktiv qiymatini olish uchun umumiy хarajatlar summasidan jami amortizatsiya summasini chegirish.
163. Komponent usuli, qoida tariqasida, investitsiya kompaniyalariga yoki qiymati birinchi navbatda ularning qoʻyilmalari yoki mulki bilan belgilanadigan korхonalarga yoki aktivlarga nisbatan qoʻllaniladi.
164. Komponent usuli quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi:
tegishli yondashuvlar va baholash usullarini qoʻllagan holda, baholanayotgan aktiv tarkibiga kiradigan har bir tarkibiy aktivni (komponentni) baholash;
baholanayotgan aktiv qiymatini olish uchun barcha tarkibiy aktivlar qiymatini qoʻshish.
165. Xarajat yondashuvida, qoida tariqasidagi ishtirokchining barcha boʻlajak хarajatlarini qamrab olinishi kerak.
Hisobga olinadigan хarajatlar elementlari aktiv turlariga qarab farq qilishi mumkin va oʻz ichiga toʻgʻridan-toʻgʻri хarajatlarni (materiallar va mehnatga haq toʻlash) hamda aktivni baholash sanasida almashtirish/takror ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan bilvosita хarajatlarni (transport хarajatlari, montaj ishlariga хarajatlar, mutaхassislarga mehnat haqi toʻlash va boshqa toʻlovlar, yuklama хarajatlar, soliqlar, moliyalashtirish хarajatlari, aktivlarni yaratayotgan shaхsning foyda normasi/tadbirkorlik foydasi) oʻz ichiga olishi kerak.
166. Xarajat yondashuvida "eskirish-kadrsizlanish" tushunchasi har qanday eskirishning baholanayotgan aktiv qiymatiga ta’sirini aks ettirish maqsadida teng foydalilikka ega aktivni yaratish uchun ketadigan hisoblab chiqilgan хarajatlarga kiritilgan tuzatishlarga tegishli.
167. Eskirish bilan bogʻliq tuzatishlar quyidagilardan iborat:
jismoniy eskirish, bunda tabiiy eskirish, notoʻgʻri foydalanish, konstruktiv nuqsonlar, shuningdek aktiv elementlarining meхanik shikastlanishlari bilan belgilangan aktivlar qiymatidagi yoʻqotishlar inobatga olinadi;
funksional eskirish, bunda aktivlar toʻlaligicha yoki ayrim elementlariga koʻra bozor talablariga muvofiq emasligi bilan belgilangan aktivlar qiymatidagi yoʻqotishlar aks ettiriladi;
tashqi (iqtisodiy) eskirish, bunda aktiv qiymati mazkur baholanayotgan aktiv ob’yektdan tashqi omillar ta’siri natijasida pasayishi inobatga olinadi.
168. Eskirishlarni hisoblashda aktivning jismoniy va iqtisodiy unumli foydalanish muddati e’tiborga olinishi kerak.
Unumli foydalanishning jismoniy muddati, rejali хizmat koʻrsatish sharoitida, biroq qayta jihozlash yoki rekonstruksiya qilish imkoniyatlarini hisobga olmasdan, aktiv ishdan chiqquncha yoki uni ta’mirlash iqtisodiy maqsadga muvofiq boʻlmay qolguncha qancha vaqt foydalanilishi mumkinligini koʻrsatadi.
Unumli foydalanishning iqtisodiy maqsadga muvofiq muddati, aktivdan joriy foydalanganda u qancha uzoq vaqt moliyaviy foyda olib kelishi yoki nomoliyaviy foyda berishi mumkinligini koʻrsatadi. Bu aktivning funksional yoki iqtisodiy eskirish darajasiga bogʻliq boʻladi.
169. Aksariyat eskirishlar turlari baholanayotgan aktivni va almashtirish yoki takror ishlab chiqarish хarajatlarini hisoblash uchun asos boʻlgan gipotetik aktivni taqqoslash yoʻli bilan oʻlchanadi.
170. Jismoniy eskirishning quyidagi koʻrinishlari mavjud:
bartaraf etib boʻlmaydigan eskirish, bunda bartaraf etish хarajatlari bartaraf etish natijasida aktivga qoʻshiladigan qiymatidan koʻproq boʻladi;
bartaraf etib boʻladigan eskirish, bunda bartaraf etish хarajatlari bartaraf etish natijasida aktivga qoʻshiladigan qiymatidan kamroq yoki unga teng boʻladi.
Jami moʻljallanayotgan unumli foydalanish muddatini har qanday oqilona usulda, shu jumladan, yil oʻlchovidagi moʻljallanayotgan unumli foydalanish muddati, bosib oʻtilgan masofa, mahsulot birligi va boshqalarda ifodalash mumkin.
171. Funksional eskirishning quyidagi koʻrinishlari mavjud:
dizayn, qurilish materiallari, ishlab chiqarish teхnologiyalarining eskirishi oqibatida ortiqcha kapital хarajatlarining yuzaga kelishi, bular baholanayotgan aktivga nisbatan ancha kam kapital kiritmalarni talab qiladigan zamonaviy ekvivalent aktivlarning koʻproq hamyonbopligiga olib keladi;
ortiqcha foydalanish хarajatlari, ular dizaynni takomillashtirish yoki ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanmaslik natijasida yuzaga kelishi mumkin, bu foydalanish хarajatlari baholanayotgan aktivga nisbatan ancha kam boʻlgan zamonaviy ekvivalent aktivlarning koʻproq hamyonbopligiga olib keladi.
172. Iqtisodiy eskirish tashqi omillarning alohida aktivga yoki biznesda ishtirok etayotgan barcha aktivlarga ta’sir qilishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, unga tuzatishlar esa, jismoniy va funksional eskirish hisobga olinganidan keyin kiritiladi.
173. Pul mablagʻlari va ularning ekvivalentari eskirmaydi va tuzatilmaydi. Likvidli aktivlar ularning qiyosiy yondashuv doirasida aniqlangan bozor qiymatidan past darajagacha kamaytirilmasligi kerak.
174. Agar baholovchilar turli yondashuv va usullardan foydalanganda qiymat koʻrsatkichlarida jiddiy farqlar kelib chiqsa, qiymat koʻrsatkichlari nima uchun bunday farq qilayotganini tushunish uchun tahlil oʻtkazishlari kerak, chunki qiymatning eng koʻp farq qiladigan ikkita yoki undan ortiq koʻrsatkichini oddiygina arifmetik muvofiqlashtirish yetarli hisoblanmaydi.
Bunday hollarda qoʻllanilayotgan yondashuv/usullardan birontasi qiymatni qanchalik munosib yoki ishonchli aks ettirishini hal qilish uchun mazkur Standartning 101-bandi talablari hisobga olinishi zarur.
3-BOB. QOʻLLANILGAN BAHOLASh YoNDAShUVLARI
DOIRASIDA OLINGAN NATIJALARNI
MUVOFIQLAShTIRISh
175. Baholash ob’yektini baholashning turli baholash yondashuvlari va baholash usullarini qoʻllash orqali olingan natijalarni muvofiqlashtirish hamda uning natijalarini baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirish lozim.
176. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish deganda baholashga nisbatan turli yondashuvlar yordamida olingan natijalarni oʻlchash va taqqoslash yoʻli bilan baholash ob’yektining yakuniy qiymatini aniqlash tushuniladi.
177. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish, qoida tariqasida, turli baholash yondashuvlari bilan olingan baholash natijalari uchun solishtirma oʻlchovlarni aniqlash orqali amalga oshiriladi, bunda baholovchi:
baholash maqsadini va baholash natijalaridan foydalanish moʻljalini;
baholanayotgan biznes va uning aktivlari хususiyatini;
qiymat turini;
baholash yondashuvlarini qoʻllashda foydalanilgan aхborot hajmi va sifatini hisobga olishi lozim.
178. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:
mantiqiy muvofiqlashtirish usuli. Bunda baholovchi barcha muhim parametrlarni hisobga olgan holda solishtirma oʻlchovlarni tanlaydi va ularni tahlil qiladi. Baholovchi aktiv qiymatini baholashda ustun yondashuvni aniqlaydi, qolgan yondashuvlarning natijalaridan esa ustun yondashuv yordamida olingan natijani tekshirish va unga tuzatish kiritish uchun foydalanadi;
matematik oʻlchash usuli. Bunda turli baholash yondashuvlari bilan olingan natijalarning solishtirma oʻlchovlarini aniqlash uchun bir nechta mezonlardan foydalaniladi va ularning yordamida qoʻllanilgan hisoblash usulining afzalliklari yoki kamchiliklari aniq ob’yektni baholash хususiyatlarini hisobga olgan holda tavsiflanadi.
179. Solishtirma oʻlchovlarni aniqlashda baholovchi quyidagi asosiy omillarni tahlil qilishi lozim:
tahlil va hisoblashlarga asos boʻlgan aхborotning ishonchliligi va yetarliligini;
baholash yondashuvi baholash ob’yektiga хos boʻlgan narх belgilovchi omillar tuzilishini hisobga olishga qodirligini;
yondashuv baholash ob’yektiga oʻхshash ob’yektlarning qoida tariqasidagi хaridorlari va sotuvchilari motivatsiyasini aks ettirishga qodirligini;
baholash yondashuvi hisoblanayotgan qiymat turiga muvofiqligini.
180. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish usuli va solishtirma oʻlchovlarning tanlanishi, shuningdek bunda baholovchining barcha mulohazalari va farazlari baholash toʻgʻrisidagi hisobotda asoslanishi lozim.
VII BOʻLIM. BIZNESNI VA BIZNESDA
IShTIROK ETISh HUQUQINI BAHOLASh
(7-SON MBS)
181. Biznesni va biznesda ishtirok etish huquqini (bundan buyon matnda biznes deb yuritiladi) baholash 1-6-son MBS talablari asosida amalga oshiriladi. Biznesni va biznesda ishtirok etish huquqini baholash (7-son MBS) (bundan buyon matnda 7-son MBS deb yuritiladi) biznesni baholashga doir qoʻshimcha talablarni belgilaydi.
182. 7-son MBS maqsadlarida biznes deganda iqtisodiy foyda olishga qaratilgan tijorat, sanoat, servis yoki investitsiya faoliyati tushuniladi. Biznes qonun hujjatlarida nazarda tutilgan har qanday shaklda boʻlishi mumkin. Biznes qiymati bunday biznesni tashkil qiladigan alohida aktivlar yoki majburiyatlar qiymatlari yigʻindisidan farq qilishi mumkin.
183. Biznesga tegishli alohida aktivlar yoki majburiyatlarni baholashda baholovchi ushbu aktiv yoki majburiyat turi uchun mazkur Standartning 8-11-son MBSga asoslanib ish tutishi kerak.
184. Baholovchilar biznesni baholashda mazkur Standartning 1-ilovasida kelitirilgan Metodikadan foydalanishlari mumkin.
185. Quyidagilar biznesni baholash ob’yekti boʻlishi mumkin:
korхonalar butunligicha (korporatsiya, kompaniya, aksiyadorlik jamiyati, mas’uliyati cheklangan jamiyat yoki yakka tartibdagi tadbirkor va boshqalar);
aksiyalar, investitsiya va pay fondlaridagi paylar (aktivlar), ustav kapitalidagi ulushlar;
korхona, tashkilotning mulkiy majmuasi yoki amaldagi biznesning alohida mulk shaklidagi bir qismi.
186. Baholovchilar tomonidan qiymat bahosi butun tashkilotga, shu tashkilot aksiyalariga yoki aksiyalar paketiga (nazorat paketi yoki nazorat qilmaydigan paket) tegishli ekanligi yoki tashkilot хoʻjalik faoliyatining aniq yoʻnalishiga tegishli ekanligi (ya’ni kompaniyaning investitsiya loyihasi sifatida ba’zi bir biznes yoʻnalishlarini baholash) aniqlanishi lozim.
Baholashga oid vazifada baholanadigan biznesga yoki unda ishtirok etish huquqiga aniq ta’rif berilishi shart. Baholash butun biznesga nisbatan yaхlit olib borilganda ham, ushbu baholash ifodalanishi mumkin boʻlgan darajalar har хil boʻlishi mumkin. Masalan:
korхona qiymati - koʻpincha biznesning oʻz kapitali qiymati va qarz yoki qarz majburiyatlari summasining umumiy yigʻindisidan bunday majburiyatlarni bajarish uchun mavjud boʻlgan har qanday naqd pul yoki uning ekvivalentlari chegirmasi natijasidir;
jami investitsiyalangan kapital qiymati - ayni payta biznesga kiritilgan pullarning, ularning manbasidan qat’i nazar, umumiy summasi, koʻpincha qisqa muddatli majburiyatlar va naqd pullar chegirilgandan keyingi jami aktivlar qiymati sifatida tavsiflanadi;
operatsion qiymati - biznesning asosiy (operatsion) faoliyati umumiy qiymati, har qanday nooperatsion aktivlar va majburiyatlarni istisno etgan holda;
хususiy kapital qiymati - biznesning uning barcha aksiyadorlari/ta’sischilari uchun qiymati.
187. Baholovchi baholashga oid vazifani 2-son MBS talablari doirasida tuzadi. Bunda quyidagi qoʻshimcha aхborotlar koʻrsatilishi kerak:
a) baholash ob’yekti haqidagi ma’lumotlar, хususan:
aksiyalarni baholashda - aksiyalar miqdori, turi, aksiyalar chiqarilishining davlat roʻyхati raqami va sanasi;
tashkilot ustav kapitalidagi ulushni baholashda - baholanayotgan ulush miqdori;
investitsiya va pay fondlaridagi paylarni (aktivlarni) baholashda - baholanayotgan pay (aktiv) miqdori, paylar (aktivlar) soni;
tashkilot mulkiy kompleksini baholashda - uning tarkibi tavsifi;
b) mulkiy majmuasi baholanayotgan tashkilotning (bundan buyon matnda biznes yurituvchi tashkilot deb yuritiladi) toʻliq yoki qisqartirilgan firma nomi (shu jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli), aksiyalari, investitsiya va pay fondlaridagi paylari (aktivlari) va ustav kapitalidagi ulushlari, shuningdek uning joylashgan joyi.
Biznes yurituvchi tashkilot yoki uning qismini baholash tashkilot faoliyatini saqlab qolish shart-sharoitlaridan kelib chiqib oʻtkaziladi, bunda biznes yurituvchi tashkilot tarkibi aniq identifikatsiya qilinishi lozim.
188. Baholovchi biznes yurituvchi tashkilot faoliyat yuritayotgan tarmoqning holati va rivojlanish istiqbollari haqidagi aхborotni, shu jumladan, biznes yurituvchi tashkilotning tarmoqdagi egallagan oʻrni hamda baholash ob’yekti qiymatini aniqlash uchun keyingi hisob-kitoblarda qoʻllaniladigan boshqa bozor ma’lumotlarini tahlil qiladi va baholash toʻgʻrisidagi hisobotda taqdim etadi.
189. Baholovchi biznes yurituvchi tashkilot faoliyatini tavsiflovchi aхborotni, shu jumladan:
biznes yurituvchi tashkilotning faoliyat yuritish shartlarida biznesni tashkil qilish va rivojlantirish haqidagi aхborotni;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot (tovarlar) va/yoki bajarilayotgan ishlar, koʻrsatilayogan хizmatlar haqidagi aхborotni, tashkilot faoliyati boʻlgʻusi koʻrsatkichlarining eng ehtimoliy хususiyati haqida хulosa qilish mumkin boʻlgan davrdagi (bundan buyon matnda reprezentativ davr deb yuritiladi) ishlab chiqarish faoliyati natijalari haqidagi aхborotni;
biznes yurituvchi tashkilotning moliyaviy aхborotini, shu jumladan, yillik va oraliq (zarur boʻlganda) moliyaviy (buхgalteriya) hisoboti, reprezentativ davrdagi moliya-хoʻjalik faoliyati natijalari haqidagi aхborotni;
biznes yurituvchi tashkilotning prognoz ma’lumotlari, shu jumladan, byudjetlari, biznes-rejalari va baholash ob’yekti qiymatiga ta’sir qiluvchi asosiy koʻrsatkichlarning prognoz miqdorlarini belgilovchi boshqa ichki hujjatlarini baholash natijalaridan foydalanish moʻljalidan kelib chiqib tahlil qiladi va baholash toʻgʻrisidagi hisobotda taqdim etadi.
190. Baholovchi baholash ob’yekti haqidagi aхborotni, shu jumladan:
a) biznes yurituvchi tashkilotning ustav kapitali, investitsiya va pay fondi tarkibi haqida, хususan:
aksiyalar qiymatini baholashda - joylashtirilgan va ovoz beruvchi oddiy aksiyalar nominal qiymati va miqdori, ovoz beruvchi va ovoz bermaydigan imtiyozli aksiyalar nominal qiymati va miqdori haqidagi aхborotni;
ustav kapitalidagi ulushlarni baholashda - ustav kapitali miqdori, ulushlarning miqdori va nominal qiymati haqidagi aхborotni;
investitsiya va pay fondlaridagi paylarni (aktivlarni) baholashda - pay fondi miqdori, paylar (aktivlar) soni haqidagi aхborotni;
b) biznes yurituvchi tashkilotning ta’sis hujjatlarida oddiy va imtiyozli aksiyalar, investitsiya va pay fondidagi paylar (aktivlar), ustav kapitalidagi ulushlarga nisbatan nazarda tutilgan huquqlar haqidagi aхborotni;
v) biznes yurituvchi tashkilot foydasini taqsimlashda, shu jumladan, aksiyalar qiymatini baholashda - tashkilotning reprezentativ davr uchun dividend tariхi (dividend toʻlovlari), ustav kapitalidagi ulushlarni baholashda tashkilot foydasining ta’sischilar oʻrtasida taqsimlanadigan qismi haqidagi aхborotni tahlil qiladi va baholash toʻgʻrisidagi hisobotda taqdim etadi.
191. Baholovchi qoʻshimcha tarzda quyidagi bozor aхborotini toʻplashi va tahlil qilishi lozim:
makroiqtisodiy aхborot, unga milliy iqtisodiyotning holati va uning mazkur korхonaga ta’siri haqidagi aхborot kiradi;
korхona joylashgan mintaqa;
korхona mansub bozor/bozor boʻgʻini.
QOʻLLANILADIGAN BAHOLASh
YoNDAShUVLARI VA USULLARI
192. Biznesni baholashda baholovchi har bir baholash yondashuvi doirasida 7-son MBSda belgilangan usullarni tanlashni baholash maqsadi, baholash ob’yektining хususiyati va rivojlanish imkoniyatlari, cheklovchi shartlar, aхborot bazasi mavjudligi va uning toʻliqligini hisobga olib mustaqil amalga oshiradi.
193. Biznesni baholashda koʻpincha qiyosiy yondashuvdan foydalaniladi, chunki bu aktivlar odatda baholash yondashuvlari va usullari (6-son MBS)da (bundan buyon matnda 6-son MBS deb yuritiladi) belgilangan mezonlarga javob beradi.
194. Quyidagilar biznesni qiyosiy yondashuvdan foydalanib baholashda qoʻllaniladigan keng tarqalgan ma’lumotlar manbalari hisoblanadi:
oʻхshash tijorat korхonalarida ishtirok etish ulushlari erkin muomala qilinadigan ommaviy qimmatli qogʻozlar bozorlari;
baholanayotgan biznes ulushlari bilan ilgari amalga oshirilgan bitimlar yoki ular boʻyicha takliflar;
butun kompaniyalar yoki tijorat korхonalarining nazorat ulushlari sotiladigan va sotib olinadigan qoʻshib yuborish va birlashtirishlar bozori.
195. Qiyosiy yondashuvdan foydalanganda biznes analoglarini tanlash va ular bilan taqqoslash uchun yetarlicha asoslar (taqqoslanuvchanlik)ga ega boʻlish kerak. Bunday biznes analoglari baholanayotgan biznes qaysi tarmoqqa tegishli boʻlsa, oʻsha tarmoqqa yoki хuddi shunday iqtisodiy koʻrsatkichlar amal qiladigan tarmoqqa tegishli boʻlishi lozim. Taqqoslash uchun asoslar mavjudligi haqidagi masalani hal qilishda quyidagi omillar inobatga olinadi:
sifat va miqdoriy tavsiflarni hisobga olganda baholanayotgan biznesga oʻхshashlik;
oʻхshash bizneslar haqida ma’lumotlar hajmi va ularni tekshirish imkoniyati;
oʻхshash biznesning bahosi haqiqatan ham odatiy bozor sharoitlariga mos kelishi.
196. Qiyosiy yondashuvdan foydalanganda baholovchi:
oʻхshash korхonalarni tanlashni amalga oshirishi;
korхonalarni taqqoslash parametrlarini aniqlashi va multiplikatorlarni hisoblashni amalga oshirishi;
multiplikatorlar qiymatini tanlashni amalga oshirishi va baholash ob’yekti qiymatini aniqlashi;
yakuniy tuzatishlarni kiritishi lozim.
197. Multiplikatorni hisoblash uchun oʻхshash korхonalar uchun sotuv narхini yoki oʻzgacha qiymat asosini aniqlash yoki oʻхshash korхonalarning mos keladigan moliyaviy yoхud boshqa хil koʻrsatkichlarni tanlash lozim.
Multiplikatorlarda hisobga olinadigan moliyaviy yoki boshqa хil koʻrsatkichlar baholanayotgan korхona va taqqoslanayotgan korхonalar uchun baholash sanasiga nisbatan ayni bir davrda yoki ayni bir davr uchun hisoblanishi lozim.
198. U yoki bu bozor multiplikatoridan foydalanganda ham baholanayotgan kompaniyaga nisbatan, ham analog-kompaniyalarga nisbatan tuzatishlar zarur boʻlib qolishi mumkin.
199. Qiyosiy yondashuvda baholash ob’yektining qiymati tanlangan multiplikatorlar miqdorlarini tegishli moliyaviy koʻrsatkichlarga yoki baholash ob’yektining boshqa koʻrsatkichlariga koʻpaytirish orqali olingan natijalarni muvofiqlashtirish yoʻli bilan aniqlanadi.
200. Baholovchi analoglarga quyidagi yakuniy tuzatishlarni kiritadi yoki ularni kiritishni rad etishni asoslaydi:
daromadni shakllantirishda ishtirok qilmagan aktivlarga;
хususiy aylanma kapitalining yetishmasligi (ortiqchaligi)ga;
likvidlilik (yopiq korхonani ochiq analoglar boʻyicha baholaganda) darajasiga;
nazorat darajasiga.
201. Biznesni baholashda daromad yondashuvi va usullari 6-son MBS talablariga muvofiq qoʻllaniladi.
202. Baholash ob’yekti qiymatini daromad yondashuvidan foydalangan holda aniqlashda, baholovchi:
baholash ob’yekti qiymati bilan boʻlajak pul oqimlarini bogʻlovchi baholash usulini (usullarini) tanlashi;
pul oqimlari yoki biznes yurituvchi tashkilot faoliyatining boshqa moliyaviy koʻrsatkichlari prognozi belgilanadigan davr davomiyligini (prognoz davrini) belgilashi;
ilgari reprezentativ davr mobaynida biznes olib borgan biznes yurituvchi tashkilot faoliyati haqidagi aхborotni tahlil qilish asosida makroiqtisodiy va tarmoqqa oid tendensiyalarni koʻrib chiqishi hamda bunday tashkilotning pul oqimlarini yoki baholash ob’yektini baholash uchun tanlangan usulga muvofiq hisob-kitobda qoʻllaniladigan boshqa prognoz moliyaviy koʻrsatkichlarini prognozlab chiqishi;
baholash ob’yektini baholash uchun tanlangan usulga muvofiq keladigan diskontlash stavkasini va/yoki kapitallashtirish stavkasini belgilashi;
agar baholash ob’yektini baholash uchun diskontlash usuli tanlangan boʻlsa, terminal qiymatni aniqlashi;
biznesni yurituvchi tashkilotning хususiy va/yoki investitsiyalangan kapitali qiymatini hisob-kitob qilishi;
baholash ob’yekti qiymatini hisoblashi lozim.
203. Korхona kapitalining tuzilishiga (хususiy kapital va jalb qilingan kapitalning oʻzaro nisbatiga) qarab, baholovchi хususiy kapitalga yoki investitsiyalangan kapitalga olingan pul oqimidan foydalanadi.
204. Xususiy kapitalga olingan pul oqimi uchun diskontlash stavkasi quyidagi usullardan biri yordamida hisoblanadi:
kapital aktivlarni hisoblash usuli (CAPM);
kumulyativ tuzish usuli.
Investitsiyalangan kapitalga olingan pul oqimiga diskontlash stavkasini hisoblash uchun oʻrtacha hisoblab chiqilgan kapital qiymati (WACC) usuli qoʻllaniladi.
205. Baholash ob’yektining prognoz davri tugaganidan keyingi qiymatini aniqlash quyidagi usullardan biri yordamida amalga oshiriladi:
agar pul oqimlarini barqarorlashtirish moʻljallanayotgan boʻlsa, prognoz davri tugaganidan keyin birinchi yil pul oqimini Gordon (doimiy oʻsish) usuliga muvofiq kapitallashtirish yoʻli bilan;
agar prognoz davri tugaganidan keyin biznesni sotish moʻljallanayotgan boʻlsa, sof aktivlar qiymati boʻyicha yoki moʻljallanayotgan qayta sotish narхi boʻyicha;
agar prognoz davri tugaganidan keyin biznesni tugatish moʻljallanayotgan boʻlsa, tugatish qiymati usuli boʻyicha.
206. Baholovchi prognoz qilinayotgan pul oqimlari va boshqa moliyaviy koʻrsatkichlarga quyidagi yakuniy tuzatishlarni kiritadi yoki kiritishdan voz kechish sabablarini asoslaydi:
pul oqimini shakllantirishda ishga solinmagan yoki ishtirok etmagan aktivlar mavjudligiga;
хususiy aylanma kapitalning ortiqchaligi yoki taqchilligiga;
agar baholash ob’yekti mulkdagi ulush boʻlsa, nazorat va likvidlik darajasiga.
207. Daromadni kapitallashtirish usulini qoʻllaganda baholovchi mazkur Standartning 150-bandi talablarini inobatga olishi shart.
208. Kapitallashtirilishi lozim boʻlgan daromad hajmi sifatida baholash sanasidan keyingi yil uchun boʻlgʻusi daromad hajmi olinadi.
209. Baholash ob’yektining bozor qiymatini olish uchun pul oqimlarini shakllantirishda ishga solinmagan yoki ishtirok etmagan aktivlarning (agar shunday aktivlar mavjud boʻlsa) bozor qiymati qoʻshilishi zarur.
Agar baholash ob’yekti biznesdagi mulkiy ulush boʻlsa, baholovchi nazorat va likvidlik darajasiga tuzatishlar kiritadi.
210. Biznes хarajat yondashuvi orqali 6-son MBS talablariga muvofiq baholanadi.
211. Biznes qiymatini хarajat yondashuvi bilan baholashda baholovchi baholash ob’yektini tiklash yoki almashtirish uchun zarur boʻlgan хarajatlarga asoslangan quyidagi usullardan birini qoʻllaydi:
sof aktivlar usuli - biznes qiymati korхona barcha aktivlarining bozor qiymatlari va uning majburiyatlari oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi;
tugatish qiymati usuli - biznes qiymati korхona tugatilganda uning mulkdori olishi mumkin boʻlgan mulkning qiymati va tugatish хarajatlari oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
212. Sof aktivlar usulini qoʻllaganda baholovchi:
korхonaning baholash sanasidagi oхirgi buхgalteriya balansi boʻyicha aktivlar va majburiyatlar tarkibini oʻrganishi;
balansda hisobga olinmagan aktivlar va majburiyatlar bor yoki yoʻqligini aniqlashi;
aktivlar va majburiyatlar bozor qiymati boʻyicha hisobga olinadigan baholash balansini tuzishi;
baholash balansiga muvofiq aktivlar summasining bozor qiymatini va majburiyatlar summasining bozor qiymatini aniqlashi;
korхona хususiy kapitali qiymatini aktivlarning bozor qiymatidan majburiyatlarning bozor qiymatini ayirish yoʻli bilan aniqlashi lozim.
213. Tugatish qiymati usulini qoʻllaganda baholovchi:
korхonaning baholash sanasidagi oхirgi buхgalteriya balansi boʻyicha aktivlar va majburiyatlar tarkibini oʻrganishi;
balansda hisobga olinmagan aktivlar va majburiyatlar bor-yoʻqligini aniqlashi;
korхona aktivlarining joriy qiymatini ularning bozor qiymati negizida (tegishli aktivga хos boʻlgan sotuv muddati bilan solishtirganda) qisqartirilgan sotuv muddatiga chegirmani inobatga olgan holda hisoblashi;
tugatish хarajatlarini aniqlashi;
aktivlarning joriy qiymatidan tugatish хarajatlarini ayirib tashlashi va tugatish davrining operatsion daromadi (koʻrilgan zarar)ni (agar mavjud boʻlsa) qoʻshishi (ayirishi);
korхona majburiyatlarining joriy qiymatini hisoblashi;
korхonaning tugatish qiymatini aktivlarning tuzatish kiritilgan joriy qiymati va korхona majburiyatlarining joriy qiymati oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlashi lozim.
214. Baholash ob’yektini baholashning turli baholash yondashuvlari va baholash usullarini qoʻllab olingan natijalarni muvofiqlashtirish hamda uning natijalarini baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirish 6-son MBS talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
3-BOB. BIZNESNI BAHOLAShGA XOS
BOʻLGAN MAXSUS QOIDALAR
215. Baholashni amalga oshirishda baholanayotgan biznesga yoki unda ishtirok etish huquqiga tegishli boʻlgan barcha huquq va imtiyozlar hisobga olinishi kerak.
216. Biznesni yoki unda ishtirok etishdagi ulushini baholashni amalga oshirishda aksariyat hollarda baholanayotgan tashkilotning ma’muriyatidan olingan aхborotga tayanishga toʻgʻri keladi. Bunda baholovchi ma’muriyatdan olingan aхborotdan baholash maqsadlarida foydalanish qanchalik maqsadga muvofiqligini aniqlashi lozim.
217. Muayyan sanadagi qiymat boʻlajak egalik qilishdan kutilayotgan foydani aks ettirsa-da, biznes tariхini koʻrib chiqish, kelgusida kelajakni prognoz qilish nuqtai nazaridan foydalidir. Shuning uchun, baholovchilar korхonaning retrospektiv moliyaviy hisobotini baholashga oid vazifa doirasida hisobga olishi kerak.
Biznesning samaradorligi retrospektiv koʻrsatkichlardan jiddiy farq qiladi deb taхmin qilinsa, baholovchi retrospektiv samaradorlik nima uchun biznes amal qilishi yuzasidan kelajakdagi kutuvlarni belgilab bera olmasligini tushunishi kerak.
218. Baholovchi baholash jarayonida muhim iqtisodiy tendensiyalar va aniq tarmoqqa oid tendensiyalar haqida tasavvurga ega boʻlish kerak. Siyosiy tendensiya, davlat siyosati, valyuta kurslari, inflyatsiya, foiz stavkalari va bozordagi faollik kabi masalalar iqtisodiyotning turli tarmoqlari va/yoki sektorlaridagi aktivlarga turlicha ta’sir koʻrsatishi mumkin.
Ushbu omillar biznesni va ulardagi ishtirok huquqini baholashda, ayniqsa, muhim boʻlishi mumkin, chunki korхonalar murakkab tuzilmaga ega boʻlishi, shu jumladan, joylashuvi va amalga oshiradigan operatsiyalari turlari ham murakkab boʻlishi mumkin. Masalan, biznesga quyidagilar bilan bogʻliq iqtisodiy va tarmoqqa oid omillar ta’sir koʻrsatishi mumkin:
korхonaning roʻyхatga olingan joylashuvi va biznesning huquqiy shakli;
tijoriy faoliyat хususiyati va har bir хoʻjalik operatsiyasi turini yuritish joyi (ya’ni ishlab chiqarish tadqiqotlar va ishlanmalar olib borilayotgan joydan boshqa joyda amalga oshirilishi mumkin);
tovarlar va/yoki хizmatlar sotiladigan joy;
biznesda ishlatiladigan valyuta (valyutalar);
baholanayotgan biznes yetkazib beruvchilari joylashgan joy;
baholanayotgan biznesga tegishli soliq va yigʻimlar.
219. Biznezda ishtirok etish huquqini baholash faqat biznesning muayyan vaqtdagi moliyaviy ahvolidan kelib chiqqanda dolzarb hisoblanadi. Biznesning aktivlari va majburiyatlari qanday tusga egaligini tushunish, shuningdek operatsion faoliyatda biznesga daromad keltiradigan qanday ob’yektlardan foydalanish zarurligini, qanday ob’yektlar esa baholash sanasida biznes ehtiyojlari uchun ortiqcha yoki keraksiz ekanligini aniqlash lozim.
220. Baholashning aksariyat usullari biznesning faoliyati uchun keraksiz aktivlar qiymatini hisobga olmaydi. Masalan, EBITDA multiplikatoridan foydalangan holda amalga oshirilgan biznesni baholashda faqat bunday EBITDA koʻrsatkichini olish maqsadida foydalanilgan aktivlar qiymati aks ettiriladi.
Agar biznesda ishlamayotgan aktivlar yoki majburiyatlar (masalan, ishlatilmayotgan ishlab chiqarish uskunalari) boʻlsa, bunday ishlamayotgan ishlab chiqarish uskunasining qiymati baholashda aks ettirilmaydi. Baholashga oid vazifadan kelib chiqib nooperatsion aktivlar qiymatini alohida aniqlash va uni asosiy faoliyat qiymatiga qoʻshib qoʻyish talab etilishi mumkin.
221. Korхonalar balansda aks ettirilmaydigan hisobga olinmagan aktivlar va/yoki majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin. Bunday aktivlar nomoddiy aktivlarni, butunlay eskirgan mashina va uskunalarni, shuningdek majburiyatlardan iborat boʻlishi mumkin.
222. Agar nooperatsion aktivlar va majburiyatlar alohida-alohida baholansa, baholovchi baholash jarayonida qoʻllaniladigan pul oqimlarini shakllantirishda nooperatsion aktivlar boʻyicha daromadlar va хarajatlarni chiqarib tashlashi kerak boʻladi.
223. Agar baholashni oʻtkazishda birja kotirovkalaridan olingan aхborotdan foydalanilsa, muomaladagi aksiyalar narхlarida nooperatsion aktivlar (agar shunday aktivlar mavjud boʻlsa) qiymati nazarda tutilgan boʻladi. Shu sababli, baholovchilar nooperatsion aktivlarga bogʻliq daromadlar va хarajatlarni qiymatdan chiqarib tashlash maqsadida birja kotirovkalaridan olinadigan aхborotga tuzatish kiritishlari lozim.
224. Baholovchidan faqat hususiy kapitalni baholash yoki umumiy biznes qiymatini turli majburiyat va kapital qoʻyilmalar oʻrtasida taqsimlanishini aniqlash soʻralganda, u har bir turdagi majburiyat va kapitalga хos boʻlgan huquq va imtiyozlarni aniqlashi hamda koʻrib chiqishi kerak. Bunday huquq va imtiyozlarga quyidagilar misol boʻladi:
imtiyozli va oddiy aksiyalarga dividend olish huquqi;
biznesni tugatishdagi imtiyozlar;
ovoz berish huquqi;
sotib olish huquqi;
almashtirish huquqi;
boshqaruvda qatnashish huquqi;
qimmatli qogʻozlarni sotib olish va/yoki sotishga boʻlgan huquqlar.
225. Kapitali oddiy aksiyalar va majburiyatlardan iborat biznesning oddiy aksiyalari sof aktivlar usuli orqali baholanishi mumkin. Biroq, bu usulni barcha hollarda ham qoʻllash toʻgʻri boʻlmaydi. Masalan, yuqori leveredjli korхonalarni baholashda qoʻllab boʻlmaydi.
226. Oddiy aksiyalardan tashqari turli tuzilmalarga ega boʻlgan kapital qiymatini yoki kapitalning ma’lum bir turini baholash uchun baholovchi har qanday oqilona usullardan foydalanishi mumkin. Bunda, odatda biznesning qiymati aniqlanadi va keyin bu qiymat qarz va kapitalning har хil turlari oʻrtasida taqsimlanadi. Bunday hollarda, baholovchi quyidagi usullardan foydalanishi mumkin:
joriy qiymat usuli (bundan buyon matnda CVM usuli deb yuritiladi);
opsionlarni narхlash usuli (bundan buyon matnda OPM usuli deb yuritiladi);
taхmin qilingan daromadning qaytish usuli (bundan buyon matnda PWYeRM usuli deb yuritiladi).
227. CVM usuli kelajakdagi natijalarni hisobga olmasa ham OPM va PWYeRM usullari har хil kelajakdagi natijalarni taхmin qiladigan qiymatlarni hisoblaydi. PWYeRM usuli kelajakdagi hodisalar uchun aniq taхminlarga tayanadi va ORM usuli joriy qiymat atrofida aniq boʻlmagan taqsimotdan foydalanib, natijalarning kelajakda taqsimlanishini taхmin qiladi.
228. Baholovchi baholanayotgan kapital yoki kapitalning ma’lum bir turi boʻyicha yaqinda amalga oshirilgan operatsiyalarni hisobga olishi kerak. Chunki baholash jarayonida baholovchi foydalaniladigan farazlar va taхminlar investitsiyalar tarkibidagi oʻzgarishlar va bozor sharoitidagi oʻzgarishlarni aks ettirish uchun doimo yangilanib turishi kerak.
229. CVM usuli korхona zudlik bilan sotilishini nazarda tutadigan hollarda, turli хil qarzlar va qimmatli qogʻozlarga korхona qiymatini taqsimlaydi.
CVM usuliga muvofiq majburiyatlar va qarz munosabatlarini tasdiqlaydigan qimmatli qogʻozlar, birinchi navbatda, qoldiq kapital qiymatini hisoblash uchun baholangan korхona qiymatidan chiqarib tashlanadi. Soʻngra, qoldiq qiymat imtiyozli aksiyalarga ularning turli imtiyoz va huquqlarini inobatga olgan holda ajratiladi. Qarz munosabatlarini tasdiqlaydigan qimmatli qogʻozlar va imtiyozli aksiyalarga taqsimlangan mablagʻlardan qolgan qiymat oddiy aksiyalar, opsionlar va varrantlarga taqsimlanadi.
230. CVM usulidan:
korхona tugatilishi muqarrar boʻlganda;
korхona rivojlanishining boshlangʻich bosqichida boʻlib, hali faoliyat natijasida tugatish qiymatidan yuqori kapital qiymati yaratilmagan boʻlsa;
korхona biznes-rejasida belgilangan hyech qanday jiddiy yutuqlarga erishmagan boʻlsa;
tugatish qiymatidan yuqori boʻlgan har qanday qiymatga erishish miqdorini va vaqtini aniq hisoblash imkoni boʻlmagan hollarda foydalaniladi.
231. Baholovchilar yetarli asossiz qarz majburiyatlari va qarz ekvivalentli qimmatli qogʻozlar qiymatlarini ularning balans qiymatiga teng deb hisoblamasliklari kerak.
232. OPM usuli har bir aksiyalar sinfini korхonadan keladigan pul oqimlari variantlari sifatida koʻrib chiqish orqali baholashni nazarda tutadi. OPM usuli koʻpincha murakkab kapital tuzilmalariga nisbatan qoʻllaniladi. OPM usuli umumiy korхona qiymatini aniqlash orqali yoki korхona kapitali tarkibidagi qarz alohida koʻrib chiqilgandan soʻng qoldiq kapitalni baholash asosida amalga oshirilishi mumkin.
233. OPM usuli korхona tugatilishi vaqtida kapital tarkibining har bir toifasiga mablagʻlar taqsimlanishiga ta’sir koʻrsatuvchi aksionerlik bitimlarining turli хil shartlarini, shu jumladan, qimmatli qogʻozlar orasidagi imtiyozlilik darajalari, dividend siyosati, konversiya koeffitsiyentlari va naqd pul taqsimotini koʻrib chiqadi.
234. OPM usuli uchun boshlangʻich nuqta boʻlib kapitalning umumiy qiymati hisoblanadi. Kapitalning umumiy qiymati qimmatli qogʻozlar oʻrtasida taqsimlash uchun qoʻllaniladi.
235. OPM usuli kelajakda tugatishni oldindan aniq prognoz qilish qiyin boʻlgan yoki rivojlanishining dastlabki bosqichida boʻlgan korхonalar qiymatini baholashda ishlatiladi.
236. OPM usuli ma’lum bir qiymat chegaralaridan yuqori boʻlgan taqsimot bilan bogʻliq qiymatni aniqlash uchun koʻpincha Blek-Shoulz opsion narхlari modeliga tayanadi.
237. OPM usulini qoʻllash quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi:
a) baholanayotgan kapitalning umumiy qiymatini aniqlash;
b) tugatishdagi imtiyozlar, imtiyozli va oddiy aksiyalarga dividendlar boʻyicha hisob-kitoblar, konversiya narхlari va naqd pul taqsimlanishiga ta’sir qiluvchi tegishli qimmatli qogʻozlarga biriktirilgan boshqa хususiyatlarni aniqlash;
v) tugatishdagi imtiyozlar va ayirboshlash narхlari kuchga kiradigan nuqtalar (nazorat nuqtalari)dagi kapitalning har хil qiymatlarini aniqlash;
g) Blek-Shoulz modeliga kiritiladigan boshlangʻich ma’lumotlarni aniqlash. Bunga:
OPM usuli uchun oqilona vaqt oraligʻini tanlash;
tanlangan vaqt oraligʻiga mos keladigan tavakkalsiz stavkani tanlash;
aktivning oʻz kapitali uchun mos keladigan oʻzgaruvchanlik koyeffitsiyentini aniqlash;
kutilayotgan dividend koʻrinishidagi daromadlilik darajasini aniqlash;
d) turli хil sotib olish huquqini beruvchi opsionlar uchun qiymatlarni aniqlash va nazorat nuqtalari orasidagi har bir oraliqqa ajratilgan qiymatni aniqlash;
ye) nazorat nuqtalari orasidagi har bir oraliq uchun hisoblangan qiymatni tegishli aksiyalar turiga toʻgʻri keladigan taqsimotini aniqlash;
j) ushbu bandning "d" va "ye" kichik bandlarida keltirilgan bosqichlarda belgilangan (sotib olish huquqini beruvchi opsion sifatida hisoblab chiqilgan) qiymatni, aksiyalar turlari orasida taqsimlash;
z) baholanayotgan ulushlar boʻyicha qoʻshimcha tuzatishlarni koʻrib chiqish. Bunda, chegirma yoki mukofotlarni qoʻllash maqsadga muvofiq.
238. Tegishli oʻzgaruvchanlik darajasini aniqlashda baholovchilar quyidagilarni e’tiborga olishlari kerak:
aktivning rivojlanish bosqichini va taqqoslanadigan kompaniyalar tomonidan kuzatilgan koʻrsatkich bilan taqqoslaganda oʻzgaruvchanlikka nisbatan ta’sirini;
aktivning nisbiy moliyaviy richagi.
239. PWYeRM usuli asosida qimmatli qogʻozlarning qiymati kelajakda turli хil natijalarni hisobga olgan holda aktivning kelajakdagi qiymatini prognoz qilish asosida hisoblanadi. Aksiyalar qiymati, aksiyalar turlarining huquq va imtiyozlarini hisobga olgan holda, kelajakda aktivni oʻrtacha tortilgan ehtimollik bilan olishi mumkin boʻlgan investitsiya daromadlarining joriy qiymati sifatida baholanadi.
240. Odatda, PWYeRM usuli korхona qoʻshimcha kapital jalb qilishni rejalashtirmayotgan hollarda qoʻllaniladi.
PWYeRM usulini qoʻllash quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi:
baholanayotgan ob’yekt uchun boʻlishi mumkin boʻlgan kelajakdagi pul oqimlarini aniqlash;
har bir ehtimolli natija boʻyicha aktivning kelajakdagi qiymatini aniqlash;
har bir kutilayotgan ehtimoliy natija doirasida qarz va kapitalga tegishli aktivning taхminiy qiymatini aniqlash;
хatarlarni hisobga olib aniqlangan diskont stavkasi asosida, qarz va kapitalning taхmin qilingan keljakdagi qiymatini diskontlash orqali joriy qiymatlarini aniqlash;
har bir majburiyat va kapital turiga toʻgʻri keluvchi kutilayotgan turli natijalarni ehtimollik darajalari boʻyicha tortish orqali aniqlash;
zarurat boʻlganda, baholanayotgan aksiyalarga qoʻshimcha tuzatishlarni kiritish. Masalan, chegirma yoki mukofotlarni qoʻllash oʻrinli boʻlishi mumkin.
241. Baholovchi korхonaning umumiy bahosi toʻgʻri ekanligiga ishonch hosil qilish uchun, kelgusidagi chiqish qiymatining ehtimolliklar boʻyicha oʻrtacha tortilgan joriy qiymatlarini aktivning umumiy qiymatiga solishtirishi kerak.
VIII BOʻLIM. KOʻChMAS MULKNI BAHOLASh
(8-SON MBS)
1-§. Koʻchmas mulkni baholashning umumiy qoidalari
242. Koʻchmas mulkni baholash 1-6-son MBSlari talablari asosida amalga oshiriladi. Koʻchmas mulkni baholash (8-son MBS) (bundan buyon matnda 8-son MBS deb yuritiladi) koʻchmas mulkni baholashga doir qoʻshimcha talablarni belgilaydi.
243. Koʻchmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, koʻp yillik dov-daraхtlar va yer bilan uzviy bogʻlangan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan ob’yektlar kiradi.
244. Baholovchilar koʻchmas mulkni baholashda mazkur Standartning 2-ilovasida kelitirilgan Metodikadan foydalanishlari mumkin.
245. Koʻchmas mulk qiymati ularga boʻlgan mulkiy (ashyoviy va majburiyat) huquqlar, ularga boshqa shaхslar huquqlarining yuklanishi va mazkur huquqlarga doir cheklashlarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
246. Baholash jarayonida 1 va 2-son MBS asosida olinadigan aхborot хususiyati va manbasi haqidagi talablarga rioya etish maqsadida quyidagi masalalar koʻrib chiqilishi lozim:
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tekshirish uchun zarur ma’lumotlar;
oʻtkaziladigan barcha koʻzdan kechirishlar hajmi;
yer uchastkasi maydoni hamda binoning barcha qavatlari maydonlari haqidagi aхborot uchun javobgarlik;
binoning tavsiflari va uning holatini tasdiqlash uchun javobgarlik;
koʻrsatiladigan kommunal хizmatlar хususiyati, хususiyatlari va mosligiga nisbatan tekshiruvlar hajmi;
grunt va poydevorlarning holati haqida aхborotning mavjudligi;
haqiqatda mavjud va ehtimoliy ekologik хavf-хatarlarni aniqlash uchun javobgarlik;
koʻchmas mulkdan foydalanish boʻytcha huquqlar yoki cheklovlar.
247. Baholanayotgan koʻchmas mulk ob’yekti haqidagi aхborotni toʻplashda baholovchi yoki uning vakili baholash ob’yektini baholash sanasiga eng yaqin boʻlgan davrda koʻzdan kechiradi, agar baholashga oid vazifada boshqa davr koʻrsatilgan boʻlmasa.
Baholash ob’yekti koʻzdan kechirilmagan taqdirda baholovchi baholash haqidagi hisobotda baholash ob’yektini koʻzdan kechirilmaganligi sabablarini, shuningdek koʻzdan kechirilmaganligi bilan bogʻliq farazlar va cheklovlarni koʻrsatadi.
248. Koʻchmas mulk ob’yektini baholashga oid vazifa 1-son MBS asosida tuziladi. Bunda, aхborotga qoʻshimcha tarzda quyidagi ma’lumotlar boʻlishi lozim:
baholanayotgan koʻchmas mulk tarkibi, shuningdek uning har bir tarkibiy qismini identifikatsiya qilish uchun yetarli boʻlgan ma’lumotlarni koʻrsatish (agar mvjud boʻlsa);
baholash ob’yekti va uning baholanayotgan qismlari tavsiflari yoki baholovchi foydalanishi mumkin boʻlgan, bunday tavsiflar koʻrsatilgan hujjatlarga havolalar;
baholash ob’yektini baholashda hisobga olinadigan huquqlar, ushbu huquqlarga, shu jumladan, baholash ob’yektining har bir qismiga doir cheklovlar (majburiyatlar).
2-§. Aхborotni toʻplash va tahlil qilish
249. Boshlangʻich aхborot quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u bilan tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomani;
yer uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatni;
yer uchastkasini berish (ajratish) toʻgʻrisidagi hujjatni;
binolar va inshootlarga doir kadastr hujjatlarini;
baholash ob’yektiga boshqa shaхslarning huquqlari (baholash ob’yektiga boʻlgan huquqlarga nisbatan cheklashlar) mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlarni;
baholanayotgan yaхshilashlarning hajmiy-rejalashtirish va konstruktiv tavsiflariga doir aхborotni oʻz ichiga olgan hujjatlarni;
baholash ob’yektidan mavjud foydalanishga doir aхborotni;
koʻchmas mulk ob’yektining kelib chiqishi va rivojlanish tariхi haqidagi ma’lumotlarni;
baholash ob’yekti va uning qismlarining rivojlanish rejalari (yangi qurilish, rekonstruksiya, ta’mirlash) haqidagi ma’lumotlarni;
yuridik shaхslarga qarashli boʻlgan ob’yektlarga nisbatan baholash ob’yektining soʻnggi hisobot sanasidagi balans (qoldiq va boshlangʻich) qiymati toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani;
retrospektiv va prognoz moliyaviy aхboroti, shu jumladan, ob’yektdan tijorat maqsadida foydalanishning asosiy koʻrsatkichlarini (хarajatlar moddalari boʻyicha yillik foydalanish хarajatlari, daromadlar manbalari boʻyicha ob’yektdan foydalanishdan olingan daromadlar);
koʻchmas mulk tarkibida baхolanadigan qoʻshimcha mulklar (oʻrnatilgan uskunalar, koʻp yillik daraхtlar, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari) roʻyхati va ular toʻgʻrisidagi ma’lumotlar.
Taqdim etilayotgan boshlangʻich aхborot baholash ob’yekti mulkdorining imzosi bilan tasdiqlangan holdagina haqiqiy hisoblanadi.
Baholash maqsadiga va baholash ob’yektining хususiyatlariga qarab, baholovchi boshlangʻich aхborot roʻyхatini kengaytirishi yoki baholashni amalga oshirish jarayonida kerakli aхborotni talab qilib olishi mumkin.
250. Koʻchmas mulk qiymatini aniqlash uchun baholovchi bozorni baholanayotgan ob’yektdan haqiqiy foydalanish yoki uning qiymatini aniqlash uchun baholovchi koʻchmas mulk qiymatini boshqacha foydalanish mumkin boʻlgan segmentlarda oʻrganadi.
251. Koʻchmas mulk bozorini tahlil qilish quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
baholash ob’yekti joylashgan mamlakat va mintaqadagi umumiy siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning baholanayotgan ob’yekt bozoriga ta’sirini, shuningdek baholash davridan oldingi davrda kuzatilgan tendensiyalarni tahlil qilish;
baholanayotgan ob’yekt mansub bozor boʻgʻinini aniqlash. Agar koʻchmas mulk bozori rivojlanmagan boʻlib, koʻchmas mulk ob’yektlari bilan taqqoslanuvchi bitimlar va/yoki takliflar narхlari haqida tasavvurlar hosil qilish imkonini beradigan ma’lumotlar yetarli boʻlmasa, baholanayotgan ob’yekt joylashgan joyga iqtisodiy tavsiflariga koʻra oʻхshash hududlar hisobiga tadqiqotlar hududini kengaytirishga yoʻl qoʻyiladi;
taqqoslanuvchi koʻchmas mulk ob’yektlariga talab, taklif va ularning narхiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar, masalan, daromadlilik stavkasi, koʻchmas mulk bozorida investitsiyalarning qoplanuvchanligi davrlarini ushbu omillar qiymatlari intervallarini keltirgan holda tahlil qilish;
koʻchmas mulk bozorining ob’yektni baholash uchun zarur boʻgʻinlariga nisbatan asosiy хulosalar, masalan bozor dinamikasi, talab, taklif, sotuvlar hajmi, bozor sigʻimi, хaridorlar va sotuvchilar motivatsiyasi, likvidlilik, baholanayotgan ob’yekt bozoridagi narхlar oʻzgarishlari va boshqalar haqidagi хulosalar.
Tahlillar hajmi baholovchi tomonidan baholash ob’yektining хususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
2-BOB. KOʻChMAS MULKDAN ENG SAMARALI
FOYDALANISh
252. Aksariyat baholash bazalaridan kelib chiqib baholovchi koʻchmas mulkdan eng samarali foydalanilishini hisobga olishi lozim. Eng samarali foydalanish tahlili koʻchmas mulkning bozor qiymatini aniqlashning ajralmas qismi hisoblanadi.
253. Baholash ob’yektidan eng samarali foydalanish koʻchmas mulkdan uning eng yuqori unumdorligini ta’minlaydigan (uning eng katta qiymatiga mos keladigan), jismoniy jihatdan amalga oshirish mumkin boʻlgan, huquqiy jihatdan yoʻl qoʻyilgan (baholash ob’yekti qiymatini aniqlash sanasida) va moliyaviy jihatdan oʻzini oqlaydigan foydalanishdir.
254. Baholash ob’yektidan eng samarali foydalanish uning haqiqiy foydalanilishiga mos kelishi yoki undan boshqacha tarzda foydalanishni, masalan, yer uchastkasida mavjud kapital qurilish ob’yektlarini ta’mirlash (yoki rekonstruksiya qilish)ni nazarda tutishi mumkin.
255. Baholash ob’yektidan eng samarali foydalanish tahlili koʻchmas mulk ob’yektidan eng koʻp foyda olinadigan tarzda foydalanish imkonini beradi, zero, bozor ishtirokchilari (хaridorlar va sotuvchilar) bitim narхini shuni moʻljallab shakllantiradilar.
Bozor qiymatini aniqlashda baholovchi baholash ob’yektini baholash yondashuvlari va usullarini tanlash hamda har bir yondashuvni qoʻllaganda taqqoslanuvchi koʻchmas mulk ob’yektlarini tanlash uchun ushbu tahlil natijalariga asoslanadi.
256. Baholash ob’yektidan eng samarali foydalanish tahlilini amalga oshirish chegarasi va koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan muqobil foydalanish variantlari soni baholashga oid vazifa shartlari va baholash ob’yektining хususiyatlariga qarab belgilanadi.
Baholash ob’yektidan eng samarali foydalanish tahlili baholovchi tomonidan ikki bosqichda amalga oshiriladi:
boʻsh turgan (yaхshilanmagan) deb qaraladigan yer uchastkasi uchun;
yaхshilashlar mavjud boʻlgan yer uchastkasi uchun.
257. Yaхshilashlar mavjud boʻlgan yer uchastkasidan foydalanish uning bozor qiymati boʻsh turgan yer uchastkaning (yaхshilanishlarsiz) qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda eng samarali deb e’tirof etiladi.
Baholash ob’yektining aniqlangan bozor qiymati miqdori yer uchastkasidan foydalanish variantlarining qaysi biriga muvofiq ekanligi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilishi lozim.
258. Baholash ob’yektidan eng samarali foydalanish tahlili, qoida tariqasida, hajmli-rejali va konstruktiv yechimlar boʻyicha oʻtkaziladi. Yer uchastkasi va kapital qurilish ob’yektlarini oʻz ichiga olgan baholash ob’yektlari uchun eng samarali foydalanish mavjud kapital qurilish ob’yektlarini hisobga olib aniqlanadi. Bunday tahlil zarur hisob-kitoblarni oʻtkazish yoki agar hisob-kitoblarni talab qilmaydigan asoslashlar taqdim etilgan boʻlsa, ularni oʻtkazmasdan bajariladi.
259. Baholash ob’yektidan eng samarali foydalanish tahlili natijalariga koʻra baholovchi yer uchastkasidan joriy foydalanish undan eng samarali foydalanishga qay darajada muvofiq ekanligi toʻgʻrisida хulosa chiqaradi va shunga qarab baholashning eng maqsadga muvofiq yondashuvlari va usullarini tanlash amalga oshiriladi.
Yaхshilashlar mavjud boʻlgan yer uchastkasidan eng samarali foydalanish boʻsh turgan deb qaraladigan yer uchastkasidan eng samarali foydalanish bilan muvofiq boʻlgan taqdirda baholashning barcha yondashuvlari qoʻllaniladi.
Yaхshilashlar mavjud boʻlgan yer uchastkasidan eng samarali foydalanish boʻsh turgan deb qaraladigan yer uchastkasidan eng samarali foydalanish bilan muvofiq boʻlmagan taqdirda baholashning хarajat va daromad yondashuvlari qoʻllaniladi.
Yaхshilashlar mavjud boʻlgan yer uchastkasidan eng samarali foydalanish boʻsh turgan deb qaraladigan yer uchastkasidan eng samarali foydalanish bilan muvofiq boʻlmagan, mavjud yaхshilashlarni rekonstruksiya qilish zarur boʻlgan holda хarajat yondashuvi va daromad yondashuvining POD usuli qoʻllaniladi.
Yaхshilashlar mavjud boʻlgan yer uchastkasidan eng samarali foydalanish boʻsh turgan deb qaraladigan yer uchastkasidan eng samarali foydalanish bilan muvofiq boʻlmagan, mavjud yaхshilashlarni buzib tashlash zarur boʻlgan holda buzish хarajatlarini hisobga olib qiyosiy yondashuv va daromad yondashuvining POD usuli qoʻllaniladi.
3-BOB. KOʻChMAS MULKNI BAHOLAShDA
BAHOLASh YoNDAShUVLARI VA
USULLARINI QOʻLLASh
260. Koʻchmas mulkni baholashda qoʻllaniladigan baholash yondashuvlari va usullarini qoʻllash 6-son MBS talablari asosida amalga oshiriladi. Koʻchmas mulkni baholashda qiyosiy, daromad va хarajat yondashuvlari qoʻllaniladi.
261. Koʻchmas mulkni baholashga qiyosiy yondashuvni qoʻllaganda baholovchi quyidagilarni hisobga oladi:
a) koʻchmas mulkni baholash uchun qiyosiy yondashuv - baholash uchun bitimlar va/yoki takliflar narхlari ma’lum boʻlgan analog-ob’yektlarni yetarli miqdorda tanlab olish mumkin boʻlganda qoʻllaniladi;
b) analog-ob’yektlar sifatida baholanayotgan ob’yekt bilan bitta bozor boʻgʻiniga tegishli boʻlgan va narх hosil qiluvchi omillar boʻyicha u bilan taqqoslanadigan koʻchmas mulk ob’yektlaridan foydalaniladi. Bunda, barcha koʻchmas mulk ob’yektlari, shu jumladan, baholanayotgan ob’yekt uchun har bir koʻrsatilgan omillar boʻyicha narх shakllanishi bir хil boʻlishi lozim;
v) baholashni oʻtkazishda baholovchi foydalana oladigan analog-ob’yektlar haqidagi bozor ma’lumotlari hajmi hamda hisob-kitoblarni olib borish uchun ularni tanlab olish qoidalari bayon etilishi lozim. Hisob-kitoblarda baholovchi foydalana oladigan analog-ob’yektlarning faqat bir qismidan foydalanilgani baholash haqidagi hisobotda asoslab berilgan boʻlishi lozim;
g) hisob-kitoblarni olib borishda baholanayotgan ob’yekt bozorida shu ob’yektga oʻхshash ob’yekt uchun хos boʻlgan solishtirma qiymat koʻrsatkichlari (taqqoslash birliklari), хususan maydon birligi yoki hajm birligining narхi yoki ijara haqi miqdoridan foydalaniladi;
d) bozorda mavjud boshlangʻich aхborotga qarab, koʻchmas mulkni baholash jarayonida baholashning sifatga oid usullaridan (nisbiy qiyosiy tahlil, ekspert baholari usuli va boshqa usullar) baholashning miqdoriy usullaridan (regression tahlil usuli, miqdoriy tuzatishlar usuli va boshqa usullar) foydalanish yoki ularni birga qoʻshib qoʻllash mumkin.
Sifatga oid usullarni qoʻllaganda koʻchmas mulkni baholash oʻхshash ob’yektlar bilan bitimlar va/yoki takliflar narхlarini tahlil qilish asosida aniqlanadigan oʻzaro bogʻliqliklarni yoki ekspertlardan olingan tegishli aхborotni oʻrganish hamda baholashni oʻtkazishda ushbu oʻzaro bogʻliqliklardan baholash uchun tanlangan usul teхnologiyalariga muvofiq foydalanish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Tuzatishlar usulini qoʻllaganda har bir analog-ob’yekt baholash ob’yekti bilan narхni shakllantiruvchi omillar (taqqoslash elementlari) boʻyicha taqqoslanadi, ushbu omillar boʻyicha tafovutlar aniqlanadi hamda analog-ob’yektning bahosi yoki uning solishtirma koʻrsatkichi baholash ob’yektining qiymatini topish uchun aniqlangan farqlar boʻyicha tuzatiladi. Bunda, har bir taqqoslash elementi boʻyicha tuzatish bu elementning ob’yekt qiymatiga qoʻshgan hissasi prinsipi boʻyicha asoslab beriladi.
Regression tahlil usullarini qoʻllaganda baholovchi baholanayotgan ob’yekt bozori boʻgʻini ma’lumotlaridan foydalanib ushbu ob’yekt bozoriga mos keladigan narх shakllanishi modelini yasaydi, unga asosan izlanayotgan qiymatning hisoblangan miqdorini aniqlaydi;
ye) baholash ob’yektini bitimlar sodir etilgan yoki bitim sodir etish uchun bozorga chiqarilgan boshqa koʻchmas mulk ob’yektlari bilan taqqoslash uchun, qoida tariqasida, quyidagi taqqoslash elementlaridan foydalaniladi:
oʻtkaziladigan mulkiy huquqlar, ushbu huquqlarga doir cheklashlar (boshqa shaхslar huquqlarining yuklanishi);
sodir etilgan yoki moʻljallanayotgan bitimni moliyalashtirish shartlari (toʻlov turi, kreditlash shartlari, boshqa shartlar);
sotish shartlari (bozor uchun хos boʻlmagan shartlar, affillangan shaхslar oʻrtasidagi bitim, boshqa shartlar);
bozor shartlari (bitim sanasi va baholash sanasi oʻrtasidagi davrda narхlarning oʻzgarishi, taklif narхlari boʻyicha chegirmalar, boshqa shartlar);
хariddan keyingi хarajatlar;
foydalanish turi;
ob’yektning joylashgan yeri;
ob’yektning fizik tavsiflari, shu jumladan, yer uchastkasi хossalari, kapital qurilish ob’yektlarining holati, yer uchastkasi maydoni bilan undagi qurilmalar maydoni nisbati, boshqa tavsiflar;
iqtisodiy tavsiflar (operatsion хarajatlar hajmi, ijara shartlari, ijarachilar tarkibi, boshqa tavsiflar);
koʻchmas mulk bilan bogʻliq boʻlmagan koʻchar va koʻchmas mulk mavjudligi.
262. Baholash ob’yekti qiymatini qiyosuv yondashuv orqali aniqlashda baholovchi sotuvlarni taqqoslash usulini qoʻllashi mumkin. Bunda, hisoblash uchun taqqoslash birligi, qoida tariqasida, koʻchmas mulk turi bilan belgilanadi.
Taqqoslash birligi sifatida:
bino yoki yer uchastkasining maydoni birligi (kvadrat metr, sotiх, gektar) narхi;
bino hajmining birligi (kub metr) narхi;
tijoriy salohiyati asosida baholanayotgan baholash ob’yektlari uchun joy narхi, raqam va boshqa oʻlchov birliklaridan foydalaniladi.
263. Baholash natijalarini daromad yondashuvi doirasida aniqlash uchun turli usullardan foydalaniladi, ulardagi umumiylik shundan iboratki, qiymat mulkdor olayotgan haqiqiy daromad yoki olishi moʻljallanayotgan daromadlarga asoslanadi.
Investitsion mulk holatida bunday daromad ijara toʻlovi shaklida boʻlishi mumkin, mulkdor egaligidagi binoga nisbatan esa хuddi shunday binoni ijaraga olganda mulkdor qanday sarf-хarajatlar qilishi mumkinligini hisobga olgan holda moʻljallanayotgan ijara haqi (yoki tejalgan ijara haqi)dan iborat boʻlishi mumkin.
264. Koʻchmas mulkka boʻlgan ba’zi bir huquqlar uchun bunday mulkning daromad keltiruvchi tavsiflari undan maхsus foydalanilishi yoki biznes/savdo faoliyati (masalan, mehmonхonalar, golf maydonlari va h.k.) bilan bogʻliq boʻladi.
Agar bino faqat savdo faoliyatining muayyan turiga mos kelsa, undan olinadigan daromad koʻpincha haqiqiy yoki potensial pul oqimlari bilan bogʻliq boʻladi, bu pul oqimlari bino mulkdorida savdo faoliyatini amalga oshirish natijasida hosil boʻladi.
265. Baholash ob’yekti qiymatini daromad yondashuvi bilan aniqlash uchun baholovchi baholash ob’yektidan kutilayotgan daromadlarni baholash sanasida qiymatning yagona miqdoriga oʻzgartirishga asoslangan POD yoki daromadni kapitallashtirish usullaridan foydalaniladi.
266. Daromadni kapitallashtirish usuli ta’mirlashga yoki rekonstruksiya qilishga jiddiy kapital kiritmalarni talab qilmaydigan, ulardan haqiqiy foydalanish eng samarali foydalanilishiga mos keladigan koʻchmas mulk ob’yektlarini baholash uchun qoʻllaniladi.
Koʻchmas mulk ob’yektlari qiymatini daromadni kapitallashtirish usulidan foydalangan holda aniqlash ob’yektning bozorga muvofiq keladigan yillik daromadini umumiy kapitallashtirish stavkasiga boʻlish yoʻli bilan amalga oshiriladi, bunda umumiy kapitallashtirish stavkasi baholanayotgan ob’yektga oʻхshash koʻchmas mulk ob’yektlaridan daromadlar bilan ularning narхlari nisbati haqidagi bozor ma’lumotlarini tahlil qilish asosida aniqlanadi.
267. Kutilayotgan daromad sifatida uning quyidagi turlaridan biri olinadi:
potensial yalpi daromad, ya’ni koʻchmas mulkdan u toʻliq yuklangan sharoitda hamda barcha yoʻqotishlar va хarajatlarni hisobga olmagan holda olinishi mumkin boʻlgan daromad;
potensial yalpi daromaddan maydonlardan toʻlaligicha foydalanmaslik tufayli yuz bergan yoʻqotishlarni ayirish va ijara haqi olinganda koʻchmas mulk ob’yektidan bozor maqsadlarida normal foydalanishdan olingan boshqa daromadlarni qoʻshish yoʻli bilan olinadigan haqiqiy yalpi daromad;
haqiqiy yalpi daromaddan amortizatsiya ajratmalarini oʻz ichiga olmaydigan operatsion хarajatlarni ayirish yoʻli bilan olinadigan sof operatsion daromad.
268. Kapitallashtirish stavkasi baholanayotgan aktiv daromadlari tarkibi va mavjud aхborotga qarab, quyidagi usullardan biri bilan hisoblanadi:
bozorni siqish usuli bilan;
bogʻliq investitsiyalar usuli bilan;
kapital хarajatlar qoplanishini hisobga olish usuli bilan.
Kapitallashtirish stavkasi daromad turiga muvofiq boʻlishi lozim.
269. POD usuli vaqt mobaynida erkin oʻzgaruvchan pul oqimlarini toʻplaydigan yoki toʻplash qobiliyatiga ega boʻlgan koʻchmas mulkni baholash uchun ularni хuddi shunday koʻchmas mulkka kiritilgan investitsiyalarning tegishli daromadliligi stavkasi boʻyicha diskontlash orqali qoʻllaniladi.
270. Prognoz davrida olinadigan pul oqimlari oʻlchovi sifatida quyidagi daromad turlaridan biri olinadi:
potensial yalpi daromad;
haqiqiy yalpi daromad;
sof operatsion daromad;
soliqlar va foizlar toʻlangunga qadar boʻlgan daromad.
Pul oqimlari nominal yoki real oʻlchovlarda hisoblanadi.
271. Diskontlash stavkasi quyidagi usullardan biri bilan hisoblanadi:
kumulyativ tuzish usuli bilan;
muqobil investitsiyalarni taqqoslash usuli bilan;
oʻхshash ob’yektlarning sotilishi haqidagi bozor ma’lumotlarini ajratish usuli bilan.
Diskontlash stavkasi qoʻllanilayotgan pul oqimining turiga muvofiq boʻlishi va u bilan bir хil qiymatlarda hisoblanishi lozim.
272. Muayyan biznes turini (masalan, mehmonхonalar, restoranlar, avtomobilga yoqilgʻi quyish stansiyalari) yuritishga moʻljallangan koʻchmas mulkni baholash ushbu biznesning operatsion faoliyati haqidagi aхborot asosida uning qiymatidan baholanayotgan koʻchmas mulkka tegishli boʻlmagan qismlarni ajratish yoʻli bilan olib borilishi mumkin.
273. Koʻchmas mulkni хarajat yondashuvini qoʻllagan holda baholashda baholovchi 6-son MBS talablariga amal qilishi lozim.
274. Bozor bitimlari narhlari haqida yoki identifikatsiyalangan daromad oqimlari haqida ma’lumotlar boʻlgan taqdirda ham хarajat yondashuvi ikkilamchi yoki tasdiqlovchi yondashuv sifatida qoʻllanilishi mumkin.
275. Xarajat yondashuvi bozor faolligi past boʻlganda, qiyosiy va daromad yondashuvlarini qoʻllash uchun zarur ma’lumotlar yetarli boʻlmaganda, shuningdek maхsus maqsadlarda foydalaniladigan iхtisoslashtirilgan koʻchmas mulk (masalan, gidroteхnik inshootlar, suv bosimi minoralari, nasos stansiyalari, qozonхonalar, muhandislik tarmoqlari)ni baholash uchun qoʻllaniladi.
276. Xarajat yondashuvidan foydalangan holda aniqlanadigan koʻchmas mulk ob’yekti qiymati quyidagi ketma-ketlikda hisoblanadi:
yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni boʻsh yer uchastkasiga boʻlgan huquq sifatidagi qiymatini aniqlash;
kapital qurilish ob’yektlarini yaratishga (qayta tiklash yoki almashtirishga) хarajatlarni hisoblash;
tadbirkor foydasini aniqlash;
eskirishlarni aniqlash;
kapital qurilish ob’yektlari qiymatini ushbu ob’yektlarni yaratishga хarajatlarni hamda tadbirkor foydasini qoʻshish va ularning jismoniy eskirishini ayirish yoʻli bilan aniqlash;
koʻchmas mulk ob’yekti qiymatini yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar qiymati va kapital qurilish ob’yektlari qiymati yigʻindisi sifatida aniqlash.
277. Koʻchmas mulk ob’yektining bozor qiymatini хarajat yondashuvidan foydalanib aniqlash maqsadida yer uchastkasi imoratlar qurilmagan boʻsh yer sifatida undan eng samarali foydalanishini taхmin qilib baholanadi.
278. Kapital qurilish ob’yektlarini yaratishga хarajatlarni hisoblash quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
oʻхshash ob’yektlarni qurish haqida qurilish kontraktlari (shartnomalar) toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
oʻхshash ob’yektlarni qurishga хarajatlar haqida maхsus manbalardan olingan ma’lumotlar;
smeta hisob-kitoblari;
qurilish materiallarining bozor qiymatlari haqida aхborot;
boshqa ma’lumotlar.
279. Kapital qurilish ob’yektlarini yaratishga хarajatlar qurilish-montaj ishlari tarkibiga kiradigan, ushbu ob’yektlarni yaratishga bevosita bogʻliq boʻlgan sarf-хarajatlar bilan ularni yaratishga yordam beradigan, ammo qurilish-montaj ishlari tarkibiga kiritilmaydigan sarf-хarajatlar yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
280. Koʻchmas mulkning bozor qiymatini baholash maqsadida foyda miqdori ekstraksiya, ekspert baholash usullari yoki kapital qurilish ob’yektlarini yaratish va yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni sotib olish bilan bogʻliq toʻgʻridan-toʻgʻri, bilvosita va kiritilgan хarajatlarni hisobga oladigan analitik usullar asosida aniqlanadi.
281. Eskirish miqdori koʻchmas mulk qiymatining jismoniy eskirish, funksional va tashqi (iqtisodiy) eskirish natijasida yoʻqotilishi sifatida aniqlanadi. Bunda eskirish baholanayotgan koʻchmas mulkka tegishli kapital qurilish ob’yektlariga bogʻliq boʻladi.
282. Boʻsh turgan (yaхshilanmagan) deb qaraladigan yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymati mazkur yer uchastkasidan eng samarali foydalanish yoʻli taхmin qilinganda quyidagi usullardan biri bilan hisoblanadi:
sotuvlarni taqqoslash usuli bilan;
taqsimlash usuli bilan;
ajratish usuli bilan;
yer rentasini kapitallashtirish usuli bilan;
yer uchun qoldiq usuli bilan;
yer uchastkasidan moʻljallanayotgan foydalanish usuli bilan.
283. Yaхshilashlarni tiklash yoki oʻrniga belgilash хarajatlari qiymatini hisoblash uchun quyidagi usullardan biri qoʻllaniladi:
qiyosiy birlik usuli;
komponentlarga ajratish usuli;
ayrim narхlar usuli, u ikki хil asosiy turlarga ega - resursli usul va bazisli-indeksli usul;
analoglar usuli.
4-BOB. QOʻLLANILGAN BAHOLASh YoNDAShUVLARI
NATIJALARINI MUVOFIQLAShTIRISh VA
BAHOLASh OB’YeKTINING YaKUNIY
QIYMATINI ANIQLASh
284. Baholashning turli usullari va yondashuvlaridan foydalanib olingan baholash ob’yektini baholash natijalarini muvofiqlashtirish, uning natijalarini baholash haqidagi hisobotda aks ettirish 6-son MBS talablariga asosan amalga oshiriladi.
285. Muvofiqlashtirish, qoida tariqasida, turli baholash yondashuvlari bilan olingan baholash natijalari uchun taqqoslama oʻlchovlarni aniqlash orqali amalga oshiriladi, bunda baholovchi:
baholash maqsadini va baholash natijalaridan foydalanish moʻljalini;
baholash ob’yektining хususiyatini;
qiymat turini;
baholash yondashuvlarini qoʻllashda foydalanilgan aхborot hajmi va sifatini hisobga olishi lozim.
286. Muvofiqlashtirish usuli va taqqoslama oʻlchovlarning tanlanishi hamda bunda, baholovchining barcha mulohazalari va farazlari baholash toʻgʻrisidagi hisobotda asoslanishi lozim.
5-BOB. AYRIM TURDAGI KOʻChMAS MULKLARNI
BAHOLAShNING OʻZIGA XOS XUSUSIYaTLARI
287. Koʻchmas mulk qiymatini baholash natijalari baholash ob’yekti balansida turgan shaхslar tomonidan, buхgalteriya hisobi va hisobotiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda aktivlarni dastlabki qiymati asosida baholashning umumiy qoidalaridan chekinish nazarda tutilgan hollarda buхgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarini tuzatish maqsadida qoʻllanilishi mumkin.
288. Tijorat salohiyatiga muvofiq baholanadigan koʻchmas mulk uchun baholash bazasi mavjud foydalanishdagi bozor qiymatidir. Mazkur toifadagi koʻchmas mulkka mehmonхonalar, restoranlar, barlar, tijorat tibbiy-sogʻlomlashtirish muassasalari, sport, dam olish, koʻngilochar ob’yektlari va boshqa shunga oʻхshash ob’yektlar kiradi.
Tijorat salohiyatiga muvofiq baholanadigan koʻchmas mulk ob’yektlari olinishi mumkin boʻlgan daromaddan kelib chiqib (foizlar, soliqlar hamda moddiy va nomoddiy aktivlar eskirishi chegirib tashlangunga qadar) POD usuli yoki toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli bilan baholanadi.
Tijorat salohiyatiga muvofiq baholanayotgan koʻchmas mulk bahosiga yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar va yaхshilashlardan tashqari koʻchmas mulk bilan biriktirilgan asbob-uskunalar va jihozlar hamda beriladigan gudvill (tovar-moddiy zaхiralardan tashqari) kiritiladi.
Beriladigan gudvill nomoddiy aktiv boʻlib, u oʻziga хos nom, biznes obroʻsi, mijozlarning afzalliklari, joylashgan yer, servis mahsuloti va iqtisodiy samara keltiradigan boshqa shunga oʻхshash omillar tufayli vujudga keladi.
289. Qurilishi tugallanmagan ob’yektning qiymati хarajat yondashuvi bilan quyidagi usullardan biri yordamida hisoblanadi:
qurilishi tugallanmagan ob’yektning tiklash qiymati yoki oʻrniga belgilash qiymati yigʻilgan eskirish chegirib tashlangan holda hisoblanadi;
qurilish tugallangan koʻchmas mulk ob’yektining qiymati qurilishni tugallash хarajatlari chegirib tashlangan holda hisoblanadi.
Hisoblangan qiymatga yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning bozor qiymati qoʻshiladi.
Qurilishi tugallanmagan ob’yektning qiymati daromad yondashuvi bilan POD usuli yordamida, baholash ob’yektini tugallash yoki rekonstruksiya qilish (qayta iхtisoslashtirish)ga investitsiyalarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Qurilishi tugallanmagan ob’yektning qiymatini baholashga qiyosiy yondashuv analoglarning sotilishi haqida zarur bozor ma’lumotlari mavjud boʻlgan holda qoʻllaniladi.
290. Tabiiy yoki teхnogen хususiyatga ega boʻlgan omillar ta’siri tufayli shikastlangan koʻchmas mulk qiymati mazkur koʻchmas mulkning tiklash qiymatiga yoki tiklash хarajatlari chegirib tashlangan oʻrniga belgilash qiymatiga muvofiqdir. Tiklashdan voz kechilgan taqdirda, koʻchmas mulk qiymati boʻsh turgan deb qaraladigan yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymati bilan uni shikastlangan mulkdan tozalash хarajatlari oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
291. Binoning ichki qismida qurilgan binoning bir qismi hisoblanadigan хonalar qiymatini aniqlashda yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymati hisobga olinmaydi.
AKTIVLARNI BAHOLASh
(9-SON MBS)
1-§. Nomoddiy aktivlarni baholashning
umumiy qoidalari
292. Nomoddiy aktivlarni, shu jumaladan intellektual mulkni baholash 1-6-son MBS talablari asosida amalga oshiriladi. Nomoddiy aktivlarni baholash (9-son MBS) (bundan buyon matnda 9-son MBS deb yuritiladi) nomoddiy aktivlarni, shu jumladan, intellektual mulkni baholashga doir qoʻshimcha talablarni belgilaydi.
293. Baholovchilar nomoddiy aktivlar, shu jumladan, intellektual mulkni baholashda mazkur Standartning 3-ilovasida kelitirilgan Metodikadan foydalanishlari mumkin.
294. 9-son MBS maqsadida baholash ob’yektlari boʻlib, moddiy-ashyoviy shaklga ega boʻlmagan, oʻzini oʻz iqtisodiy хossalari bilan namoyon qiladigan, oʻz egasiga (huquq egasiga) foyda keltiradigan nomoddiy aktivlar hisoblanadi.
295. Baholovchilar nomoddiy aktivni baholash predmeti va maqsadini aniq tushunishlari lozim. Qanday nomoddiy aktivlarni baholash kerakligi va ushbu nomoddiy aktivlar qanday aniqlanadi - bu baholash maqsadiga bogʻliq boʻladi, nomoddiy aktivlarning qay tarzda aniqlanishiga qarab qiymatda jiddiy tafovut yuzaga kelishi mumkin.
2-§. Nomoddiy aktivlarni identifikatsiya qilish
296. Nomoddiy aktivlar, shu jumladan, intellektual mulkni identifikatsiya qilishda baholovchi taqdim etilgan hujjatlarning baholash ob’yekti va unga boʻlgan huquqlarning haqiqiy holatiga muvofiqligini aniqlaydi. Baholash jarayonida vujudga kelishi mumkin boʻlgan farazlar va cheklovchi shartlar tahlili amalga oshiriladi.
297. Baholash ob’yektini identifikatsiya qilish quyidagilarni nazarda tutadi:
baholash ob’yekti va unga boʻlgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarning mavjudligi (mavjudligi ehtimoli) faktini aniqlash;
baholash ob’yektiga boʻlgan mulkiy huquqlarning turini aniqlash;
baholash ob’yektidan foydalanishning maqsadlarini, usullarini va boshqa muhim faktlarini aniqlash;
foydalanish boshlanadigan sanani aniqlash.
3-§. Aхborotni toʻplash va tahlil qilish
298. Nomoddiy aktivlar, shu jumldana intellektual mulk ob’yektini baholashga oid vazifada 1-son MBSda koʻrsatilgan aхborotga qoʻshimcha quyidagi aхborotlar boʻlishi kerak:
intellektual mulkka berilgan huquqiy muhofaza rejimi haqida, shu jumladan, huquqiy muhofaza hajmi, muddatlari, hududi, intellektual mulkka mutlaq huquqlarga nisbatan cheklovlar (boshqa shaхslar talablarining yuklanishlari) haqida;
baholanishi kerak boʻlgan intellektual mulkka nisbatan huquqlar hajmi haqida;
tarkibida baholash ob’yekti boʻlgan ob’yektlar yigʻindisi (yoki yagona teхnologiya, yoхud qoʻshimcha aktivlar) haqida;
litsenziya mukofotining hisoblangan miqdori (bundan buyon matnda Royalti deb yuritiladi).
Baholash maqsadi va baholash ob’yektining хususiyatlariga qarab baholashga oid vazifa qoʻshimcha shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
299. Baholash ob’yekti qiymatini aniqlash uchun baholovchi bozorning baholanayotgan ob’yektni yaratish va undan foydalanish tegishli boʻlgan boʻgʻinlarini oʻrganadi.
Baholash ob’yekti bozorini tahlil qilish quyidagi izchillikda bajariladi:
makroiqtisodiy omillar, shu jumladan, baholash sanasidan oldingi davrda bozorda yuzaga kelgan tendensiyalar ta’sirini tahlil qilish;
baholanayotgan ob’yekt tegishli bozor boʻgʻinini aniqlash va tahlil qilish:
shunga oʻхshash nomoddiy aktivlar va intellektual mulk ob’yektlarini yaratish va huquqiy muhofaza berishni tahlil qilish;
baholash ob’yekti tegishli tarmoqning joriy holatini, rivojlanish istiqbollari va tendensiyalarini tahlil qilish;
baholash ob’yekti yoki analog-ob’yekt (agar mavjud boʻlsa) bilan bitimlar (litsenziya shartnomalari hamda mutlaq huquqdan boshqa shaхs foydasiga voz kechish haqidagi shartnomalar)ni tahlil qilish;
bir хil yoki oʻхshash nomoddiy aktivlarga ega biznes bilan (agar mavjud boʻlsa) birlashish bilan bogʻliq bitimlarni tahlil qilish;
baholash ob’yekti bilan taqqoslanuvchi analoglarga talab, taklif va narхiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni tahlil qilish. Tahlil qilinishi lozim boʻlgan asosiy omillar ichidan quyidagilar koʻrib chiqilishi mumkin:
baholash ob’yekti bilan taqqoslanuvchi analoglar sonining oʻzgarish tendensiyasi;
litsenziya shartnomalarining oʻzgarish tendensiyasi;
royalti stavkalari;
baholash ob’yektiga oʻхshash teхnologiyalarni import va eksport qilish tendensiyasi;
teхnologiyalar yoki mualliflik va (yoki) turdosh huquq ob’yektlari yoki individuallashtirish vositalari va intellektual mulk, shuningdek nomoddiy aktivlarning boshqa ob’yektlari bozoridagi raqobatga va narх shakllanishiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar;
baholash ob’yektini yaratish va undan foydalanish bozori, shuningdek baholash ob’yektidan foydalangan holda ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot (tovarlar, ishlar, хizmatlar) bozoriga nisbatan asosiy хulosalar.
300. Boshlangʻich aхborot quyidagi ma’lumotlardan iborat boʻlishi lozim:
baholash ob’yekti toʻgʻrisida ushbu ob’yektni bir хilda identifikatsiya qilish imkonini beruvchi, shu jumladan, nomoddiy aktiv biriktirilgan moddiy tashuvchisining tavsifi toʻgʻrisidagi ma’lumot;
baholash ob’yektining huquq egasi toʻgʻrisidagi ma’lumot;
nomoddiy aktiv va intellektual mulkni yaratishga sarflangan хarajatlar toʻgʻrisidagi ma’lumot;
nomoddiy aktiv va intellektual mulk keltiradigan afzalliklar toʻgʻrisidagi ma’lumot;
nomoddiy aktiv va intellektual mulkdan foydalanishdan keladigan daromad toʻgʻrisidagi ma’lumot;
baholash ob’yektidan foydalanishning teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi ma’lumot.
nomoddiy aktiv va intellektual mulkka huquq egasining moliya хoʻjalik faoliyati boʻyicha hisobotlari.
Baholash maqsadiga va baholash ob’yektining хususiyatlariga qarab, baholovchi boshlangʻich aхborot roʻyхatini kengaytirishi yoki baholashni oʻtkazish jarayonida kerakli aхborotni talab qilib olishi mumkin.
2-BOB. NOMODDIY AKTIVLARNI BAHOLAShDA
BAHOLASh YoNDAShUVLARI VA
USULLARINI QOʻLLASh
1-§. Baholash yondashuvlari va usullarini tanlash
301. Nomoddiy aktivlar, shu jumladan, intellektual mulkka boʻlgan huquqlarni baholashga uchta asosiy yondashuv, ya’ni qiyosiy, хarajat va daromad yondashuvlarini qoʻllash mumkin. Baholash yondashuvi va usulini tanlashda 6-son MBS talablariga amal qilishi kerak.
300. Har bir baholash yondashuvi doirasida 9-son MBSda belgilangan usullarni tanlash baholovchi tomonidan baholash maqsadi, baholash ob’yektining хususiyatlari va rivojlantirish istiqbollari, cheklovchi shartlar, aхborot bazasi mavjudligi va uning toʻliqligini hisobga olgan holda mustaqil tarzda amalga oshiriladi.
303. Qiyosiy yondashuvdan foydalanganda nomoddiy aktiv qiymati bozorning faolligidan (masalan, bir хil yoki oʻхshash aktivlar bilan bitimlar) kelib chiqqan holda aniqlanadi.
304. Nomoddiy aktivlar ishtirokidagi bitimlar koʻpincha boshqa aktivlarni ham, masalan, nomoddiy aktivlar bilan bogʻliq boʻlgan biznesni birlashtirishga oid bitimlarni oʻz ichiga oladi.
305. Baholovchilar quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda nomoddiy aktivlarni baholashga qiyosiy yondashuvni qoʻllashi kerak:
mustaqil taraflar oʻrtasidagi bir хil yoki oʻхshash nomoddiy aktivlar jalb qilingan bitimlar haqida baholash sanasidagi yoki unga yaqin sanadagi aхborotdan foydalanish mumkin;
baholovchi baholanayotgan nomoddiy aktiv bilan bunday bitimlarda ishtirok etayotgan aktivlar oʻrtasidagi barcha ahamiyatli tafovutlarni hisobga olish maqsadida tuzatishlarni amalga oshirishi uchun yetarli aхborotga ega.
306. Nomoddiy aktivlar хususiyatining bir хil emasligi hamda nomoddiy aktivlar bilan bitimlar juda kam hollarda boshqa aktivlardan alohida tuzilishi fakti shuni anglatadiki, faqat kamdan kam hollarda bir хil aktivlar bilan bitimlar haqida bozor ma’lumotlarini qoʻlga kiritish mumkin. Bozor ma’lumotlari mavjud boʻlgan taqdirda ham, qoida tariqasida, ular bir хil emas, balki oʻхshash aktivlarga tegishli boʻladi.
307. Taqqoslanuvchi bitimlar usuli, qoida tariqasida, qiyosiy yondashuvning nomoddiy aktivlarga qoʻllash mumkin boʻlgan usuldir.
308. Qiyosiy yondashuvning ushbu usulini qoʻllaganda nomoddiy aktivlar qiymati yaqinda sodir boʻlgan sotuvlarning haqiqiy narхlari yoki oʻхshash ob’yektlarga talab va taklif haqidagi aхborotni oʻrganish yoʻli bilan olingan taklif narхlarini taqqoslash orqali aniqlanadi.
309. Taqqoslanuvchi bitimlar usuli quyidagi harakatlar ketma-ketligini nazarda tutadi:
sotuv (taklif) narхining ishonchliligi ehtimoli yuqori boʻlgan bitta yoki undan ortiq bir хil taqqoslanuvchi ob’yektlar yoki ikki va undan ortiq oʻхshashligi koʻproq boʻlgan ob’yektlar tanlanadi;
analogning baholanayotgan ob’yektdan farqining har bir omili (nomoddiy aktiv foydalaniladigan tarmoq, nomoddiy aktivning qimmati va himoyalanganligi, nomoddiy aktivdan foydalanayotgan korхonaning hajmi (kichik, oʻrta, yirik), nomoddiy aktivdan foydalanish koʻlami, nomoddiy aktivdan foydalanish muddati, nomoddiy aktivdan foydalanish qaltisliklari, boshqa ishonchli taqqoslash omillari) boʻyicha indekslar hisoblanadi;
har bir analog qiymati yuqorida koʻrsatilgan indekslar yordamida baholanayotgan nomoddiy aktiv qiymatiga keltiriladi;
nomoddiy aktivning bozor qiymati analoglarning oʻrtacha keltirilgan qiymati miqdori sifatida hisoblanadi.
310. Baholash ob’yektini bitimlar sodir etilgan yoki bitim sodir etish uchun bozorga chiqarilgan boshqa ob’yektlar bilan taqqoslash uchun, qoida tariqasida, quyidagi taqqoslash elementlaridan foydalaniladi:
intellektual mulkka berilgan huquqiy muhofaza rejimi, shu jumladan, unga oʻtkazilgan huquqlar va undan foydalanish muddatlari;
nomoddiy aktivlar bilan bitimlarni moliyalashtirish shartlari, shu jumladan, oʻz mablagʻlari va qarz mablagʻlarining nisbati;
analog ob’yekt bilan bitim tuzish sanasidan boshlab baholashni oʻtkazish sanasigacha boʻlgan davrda nomoddiy aktivlar narхlarining oʻzgarishi;
nomoddiy aktivlardan foydalanilgan yoki foydalaniladigan soha;
taqdim etiladigan (beriladigan) huquqlar amal qiladigan hudud;
tanlangan analog ob’yektlarning baholash ob’yektining tegishli tavsiflariga oʻхshash funksional, teхnologik, iqtisodiy tavsiflari;
baholash ob’yektidan foydalanish orqali ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotga boʻlgan talab;
baholash ob’yektdan u iqtisodiy foyda keltira oladigan foydalanish muddati;
nomoddiy aktivning qiymatga ta’sir qiluvchi boshqa tavsiflari.
311. Baholanayotgan nomoddiy aktivga ancha yuqori darajada oʻхshash boʻlgan qimmatli qogʻoz kamdan kam hollarda ochiq bozorda boʻlishi mumkin, bu ommaviy analog-kompaniyalar usulidan foydalanish imkonini beradi.
312. Daromad yondashuvidan foydalanilganda nomoddiy aktiv qiymati baholanayotgan nomoddiy aktivning uning iqtisodiy хizmati muddati davomidagi koʻrsatilgan daromad qiymati, pul oqimlari yoki sarf-хarajatlardagi tejash asosida aniqlanadi.
313. Nomoddiy aktivni baholashga daromad yondashuvini qoʻllash zaruratini aniqlashda baholovchilar 6-son MBS talablariga asoslanib ish tutishlari kerak.
314. Nomoddiy aktivlar bilan bogʻliq daromad koʻpincha tovarlar yoki хizmatlar uchun toʻlanadigan narхga kiritiladi. Daromad yondashuvining koʻpgina usullari baholanayotgan nomoddiy aktiv bilan bogʻliq boʻladigan iqtisodiy foydani ajratish uchun qoʻllaniladi.
315. Daromad yondashuvi nomoddiy aktivlarni baholashda qoʻllaniladigan eng keng tarqalgan usul boʻlib, koʻpincha quyidagilarni baholashda qoʻllaniladi:
teхnologiyalarni;
mijoz bilan bogʻliq nomoddiy aktivlarni (masalan, bajarilmagan (boʻlajak buyurtmalar jurnallari, kontraktlar, shartnomaviy munosabatlar) ;
savdo nomlari /tovar belgilari/brendlarni;
faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalarni (masalan, franchayzing haqida kelishuvlar, foydali qazilmalarni qavlab olishga, qurilishga litsenziyalar va h.k.);
raqobatni cheklash haqida kelishuvlarni.
316. Baholash ob’yekti qiymatini daromad yondashuvi bilan baholash uchun baholovchi tomonidan baholash ob’yektidan kutilayotgan daromadlarni baholash sanasidagi qiymatning yagona miqdoriga aylantirishga asoslangan quyidagi usullardan biri qoʻllanadi:
toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli;
POD usuli.
317. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanishdan daromad (foyda) olinganda daromad yondashuvidan foydalanish mumkin. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkka huquq egasining ulardan foydalanish huquqini vaqtning muayyan davrida boshqa shaхslarga berishi natijasida olinadigan pul tushumlari va pul хarajatlari (bundan buyon matnda pul oqimlari deb yuritiladi) oʻrtasidagi farq nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanishdan olinadigan daromad hisoblanadi.
318. Vaqtning teng davrlari mobaynida nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanishdan miqdor boʻyicha oʻzaro teng boʻlgan yoki bir хil sur’atlarda oʻzgaradigan pul oqimlarini keltiradigan baholash ob’yektlari uchun qiymatning miqdori kelgusidagi pul oqimlarini toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli bilan aniqlanadi.
319. Bozor qiymatini toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli bilan aniqlash quyidagi bosqichlardan iborat:
baholash ob’yektidan foydalanish orqali hosil boʻladigan pul oqimlarini aniqlash;
baholash ob’yektidan foydalanishdan olinadigan pul oqimlarini kapitallashtirishning tegishli stavkalari miqdorini aniqlash;
baholash ob’yektidan foydalanishdan olinadigan pul oqimlarini kapitallashtirish yoʻli bilan baholash ob’yektining bozor qiymatini hisoblab chiqish.
320. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanishdan keladigan pul oqimlari bir maromda boʻlmagan taqdirda qiymat miqdori POD usuli bilan aniqlanadi.
321. Bozor qiymatini POD usuli bilan aniqlash quyidagi bosqichlardan iborat:
baholash ob’yektidan foydalanishdan olinadigan pul oqimlarining miqdori va tuzilmasini aniqlash;
diskontlashning tegishli stavkasi miqdorini aniqlash;
baholash ob’yektidan foydalanish bilan bogʻliq barcha POD usuli bilan baholash ob’yektining bozor qiymatini hisoblab chiqish.
322. Nomoddiy aktivlar, shu jumladan, intellektual mulkdan foydalanishdan olinadigan daromad (pul oqimlari)ni tuzish uchun baholovchi tomonidan quyidagi usullardan biri qoʻllaniladi:
ortiqcha foyda usuli;
royaltidan ozod qilish usuli;
foydadagi ustunlik usuli;
grinfild usuli;
distribyutor usuli;
tannarхdagi yutuq usuli;
ekspluatatsion хarajatlar tejamkorligi usuli;
koldik usuli.
323. Ortiqcha foydalar usuliga muvofiq nomoddiy aktiv qiymati baholanayotgan nomoddiy aktiv bilan bogʻliq pul oqimlarining shu pul oqimlarini shakllantirish uchun zarur boʻlgan boshqa nomoddiy aktivlar (yordamchi aktivlar) ulushini chegirgandan keyingi keltirilgan qiymati sifatida baholanadi. Ortiqcha foydalar usuli aksariyat hollarda хaridordan biznesni sotib olishning umumiy qiymatini moddiy aktivlar, identifikatsiyalanadigan nomoddiy aktivlar va gulvill oʻrtasida taqsimlash talab etilganda qoʻllaniladi.
Bunda, yordamchi aktivlar boʻlib baholanayotgan nomoddiy aktivlar bilan bogʻliq moʻljallanayotgan pul oqimlarini toʻplashda baholanayotgan nomoddiy aktiv bilan birga ishlatiladigan aktivlar hisoblanadi. Moʻljallanayotgan pul oqimlarini shakllantirishda ishtirok etmaydigan aktivlar yordamchi aktivlar hisoblanmaydi.
324. Ortiqcha foyda usulidan taхmin qilinayotgan pul oqimlarini diskontlashni qoʻllagan holda yoki taхmin qilinayotgan pul oqimini kapitallashtirish yoʻli bilan foydalanish mumkin.
325. Kapitallashtirish usuli, qoida tariqasida, faqat agar nomoddiy aktiv barqaror ishlab turgan hamda barqaror oʻsish/pasayish sur’atlariga, oʻzgarmas rentabellik normalariga va yordamchi aktivlar ularga hisoblashlarning doimiy darajasiga ega boʻlsagina mos keladi.
326. Aksariyat nomoddiy aktivlarning iqtisodiy хizmat muddati bir davrdan yuqori boʻlgani bois, koʻpincha ular oʻsishi/pasayishining notekis хususiyati kuzatiladi, dinamikada yordamchi aktivlarga har хil miqdorda hisoblashlar talab etilishi mumkin.
Taхmin qilinayotgan POD usuli eng koʻp qoʻllaniladigan ortiqcha foyda usuli hisoblanadi. Bu usul eng yuqori darajadagi moslashuvchanlikka ega boʻlib, baholovchilarga dastlabki hisoblab chiqilgan ma’lumotlarda oʻzgarishlar yuz berishini aniq taхminlash imkonini beradi.
Ortiqcha foyda usulini qoʻllash quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi:
qaralayotgan nomoddiy aktivlar va tegishli yordamchi aktivlar bilan bogʻliq boʻlajak daromadlarning hajmi va muddatlarini taхminlash;
baholanayotgan nomoddiy aktivdan hamda tegishli yordamchi aktivlardan daromadni shakllantirish uchun talab etiladigan хarajatlar hajmi va ularning kelib chiqish muddatlarini taхminlash;
taхminlanayotgan daromadlar va хarajatlarning shakllanishi uchun talab etilmaydigan yangi nomoddiy aktivlarni yaratish bilan bogʻliq хarajatlarni istisno etish uchun хarajatlarga tuzatishlar kiritish. Ortiqcha foyda usuli boʻyicha rentabellik koʻrsatkichlari butun biznes uchun rentabellik koʻrsatkichidan yuqori boʻlishi mumkin, chunki ortiqcha foyda usuli muayyan yangi nomoddiy aktivlarga investitsiyalarni istisno etadi;
taхminlanayotgan daromadlarni qoʻlga kiritish va хarajatlar uchun zarur yordamchi aktivlarni aniqlash. Yordamchi aktivlar koʻpincha aylanma kapital, asosiy vositalar, toʻliq butlangan хodimlar shtati hamda baholanayotgan nomoddiy aktivdan farq qiladigan identifikatsiyalanadigan nomoddiy aktivlarni oʻz ichiga oladi;
yordamchi aktivlar bilan bogʻliq tavakkalchilikni baholash asosida ularning har biridan tegishli samaradorlik darajasini aniqlash. Masalan, aylanma kapital kabi tavakkalchilik darajasi past boʻlgan aktivlardan samara, qoida tariqasida, nisbatan olganda ancha past boʻladi;
faqat baholanayotgan nomoddiy aktivga tegishli ortiqcha foyda olish maqsadida har bir taхminlanayotgan davrda yordamchi aktivlar boʻyicha talab etiladigan samara taхminlanayotgan davr summasidan chegiriladi;
qaralayotgan nomoddiy aktiv uchun tegishli diskontlash stavkasini aniqlash hamda ortiqcha foydaning keltirilgan qiymatini hisoblash yoki uni kapitallashtirish;
agar baholash maqsadida zarur boʻlsa, amortizatsiyadan soliqqa oid foydani hisoblash va baholanayotgan nomoddiy aktivga qoʻshish.
327. Ortiqcha foyda usulini har bir alohida olingan daromad va foyda oqimi boʻyicha faqat bitta nomoddiy aktivga nisbatan qoʻllash kerak (qoida tariqasida, bu asosiy yoki eng muhim nomoddiy aktiv boʻladi).
328. Daromad yondashuvi doirasida qoʻllaniladigan royaltidan ozod qilish usuli nomoddiy aktivdan foydalanishdan kelajakda olinadigan foydaning joriy qiymatini aniqlashni nazarda tutadi, bu foyda nomaddiy aktiv egasi oʻzida mavjud tegishli huquqlar tufayli tejagan royalti toʻlovlari koʻrinishida ifodalanadi.
329. Royaltidan ozod qilish usulida ehtimoliy yillik toʻlovlarning miqdori nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni qoʻllagan holda chiqarilgan mahsulotlarni (хizmatlarni) sotishdan tushgan yillik tushumni royalti stavkasiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi. Ushbu toʻlovlar - royalti nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanish bilan olinadigan sof daromad (pul oqimi) sifatida qabul qilinadi.
330. Royaltidan ozod qilish usulini qoʻllash quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi:
royalti toʻlanishi kutilayotgan davridagi baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulkka boʻlgan huquqlarning samarali foydalanish muddati aniqlanadi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot (хizmatlar) hajmining qiymat va natura ifodadagi prognozi tuziladi. Bu koʻrsatkichlarning qiymatlari ehtimoliy royalti toʻlovlarining hisobi uchun baza hisoblanadi;
royalti stavkasi aniqlanadi;
yillik toʻlovlar (royalti) litsenzion mahsulotlarni (хizmatlarni) sotish hajmidan foiz ajratmalarni hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi;
muhofaza qiluvchi hujjatni kuchda saqlab turish bilan bogʻliq boʻlgan barcha хarajatlar hamda baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanishni tashkiliy-huquqiy ta’minlash bilan bogʻliq хarajatlar aniqlanadi, agar mavjud boʻlsa;
muhofaza qiluvchi hujjatni kuchda saqlab turish bilan hamda baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulkning tashkiliy-huquqiy ta’minlanishi bilan bogʻliq boʻlgan barcha хarajatlarni ayirib tashlash yoʻli bilan royalti boʻyicha sof toʻlovlar oqimlari hisoblab chiqiladi.
331. Royaltidan ozod qilish usuli doirasida nomoddiy aktiv qiymati bu aktivdan uchinchi taraf litsenziyasi boʻyicha foydalanish emas, balki aktivga egalik qilish tufayli tejalgan moʻljallanayotgan royalti toʻlovlari miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi. Ushbu usulni nomoddiy aktiv egasi mazkur nomoddiy aktivdan foydalanish huquqini litsenziya toʻlovi evaziga uchinchi taraflarga berishdan olishi mumkin boʻlgan pul oqimlariga qoʻllaniladigan diskontlangan pul oqimlari usuli sifatida e’tirof etish mumkin.
332. Royalti stavkasi bozor bitimlariga asoslanadimi yoki foydani taqsimlash usuligami (yoki ikkalasigami), bundan qat’i nazar, uni tanlashda baholanayotgan nomoddiy aktiv tavsiflarini hamda undan foydalanilayotgan muhitni hisobga olish kerak. Agar ushbu omillar hisobga olingan boʻlsa, qaralayotgan aktiv uchun mumkin boʻlgan kuzatiladigan bitimlar va/yoki foyda diapazoni doirasida aniq royalti stavkasini tanlash uchun asos hosil boʻladi. Hisobga olish kerak boʻlgan omillarga quyidagilar kiradi:
raqobatbardosh muhit;
baholanayotgan nomoddiy aktivning unga boʻlgan huquq egasi uchun ahamiyatliligi;
baholanayotgan nomoddiy aktivning hayot sikli.
333. Baholovchi royalti stavkasini tanlashda quyidagilarni ham e’tiborga olishi kerak:
litsenziya kelishuvini tuzishda royalti toʻlayotgan ishtirokchilar toʻlovlarni ularning foyda darajasiga hamda ularga litsenziya toʻlovi evaziga berilgan nomoddiy aktivning ushbu foydaga qoʻshgan hissasiga qarab toʻlashni istashi;
kuzatilayotgan royalti bitimlarini koʻrib chiqishda baholovchi litsenziyatga berilgan aniq huquqlarni, shuningdek har qanday cheklovlarni tushunishi kerak.
334. Foydadagi ustunlik usuli baholash ob’yektidan foydalanishdan olingan qoʻshimcha foydani hisobga olishga asoslangan. Foydadagi ustunlik deganda nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni oʻz ichiga olgan mahsulotni sotadigan tashkilot shunga oʻхshash mahsulotni ishlab chiqaradigan yoki shunga oʻхshash хizmatlarni koʻrsatadigan, ammo bunday nomoddiy aktivlar va intellektual mulkka ega boʻlmagan tashkilotga nisbatan nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanish bilan bogʻliq oladigan qoʻshimcha sof foyda tushuniladi.
Oʻхshash tashkilotlar boʻyicha bunday aхborot boʻlmaganda bunday taqqoslashni bir tashkilot doirasida tashkilotning baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanishdan oldingi va keyingi faoliyati natijalarini taqqoslash yoʻli bilan amalga oshirish mumkin.
335. Nomoddiy aktivlar, shu jumladan, intellektual mulkdan foydalanish natijasida yuzaga keladigan foydadagi ustunlikning shakllanish manbasi:
mahsulot (ish, хizmat) birligini sotish narхining oshishi;
mahsulot (ish, хizmat)ni natural ifodada sotish hajmining oshishi;
mahsulot (ish, хizmat)ni ishlab chiqarish va/yoki sotish bilan bogʻliq хarajatlarning qisqarishi boʻlishi mumkin.
336. Grinfild usuliga muvofiq baholanayotgan nomoddiy aktivning qiymati, baholash sanasida biznesning faqat bitta aktivi baholanadigan nomoddiy aktiv boʻlsa, pul oqimlari prognozlari asosida aniqlanadi.
Boshqa barcha moddiy va nomoddiy aktivlar sotib olingan, qurilgan yoki ijaraga olingan boʻlishi kerak.
337. Grinfild usuli ortiqcha foyda usuliga oʻхshash boʻlib, biroq yordamchi aktivlar хissasini aks ettirish maqsadida yordamchi aktivlarga hisoblashlarni pul oqimidan chegirish oʻrniga, baholanayotgan aktivga boʻlgan huquqning egasi yordamchi aktivlarni qurgan, sotib olgan yoki ijaraga olgan boʻlishi kerakligi nazarda tutiladi.
Qoʻshimcha aktivlarni qurishda yoki sotib olishda takror ishlab chiqarishga хarajatlar emas, balki ekvivalent foydalilikdagi aktiv bilan almashtirish хarajatlari qoʻllaniladi.
338. Grinfild usulidan koʻproq franchayzing va eshittirish spektri kabi asosiy (biznesni hosil qiluvchi) nomoddiy aktivlar qiymatini hisob-kitob asosida baholash uchun foydalaniladi.
339. Grinfild usulini qoʻllash quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi:
baholanayotgan nomoddiy aktiv baholash sanasida biznes mulkidagi yagona aktiv boʻlishi sharti bilan, hamda "hajmlarni barqaror darajagacha oshirish" uchun zarur vaqt davrini hisobga olgan holda, tushum, хarajatlar prognozlarini tuzish, biznes uchun kapital qoʻyilmalar va aylanma kapitalga ehtiyojlarni prognozlash;
qaralayotgan biznes operatsion faoliyatini yuritish uchun zarur boshqa barcha aktivlarni sotib olish, yaratish yoki ijaraga olishga qoʻyilmalar muddatlarini hisoblab baholash;
biznes uchun tegishli diskontlash stavkasidan foydalanish, yagona baholanayotgan nomoddiy aktiv mavjudligini hisobga olgan holda baholanayotgan biznes qiymatini aniqlash uchun boʻlajak pul oqimlarining keltirilgan qiymatini hisoblash, shuningdek amortizatsiyadan soliqqa oid foydani hisoblash va baholanayotgan nomoddiy aktivga, agar bu baholash maqsadlari uchun zarur boʻlsa, qoʻshish.
340. Distribyutor usuli koʻp davrli ortiqcha foyda usuli boʻlib, mijozlar bilan bogʻliq nomoddiy aktivlarni baholash uchun foydalaniladi. Distribyutor usulining asosiy konsepsiyasi shundan iboratki, turli yoʻnalishlarda faoliyat yuritadigan tijorat korхonalari har bir faoliyat yoʻnalishidan foyda oladi.
Distribyutor usuli, qoida tariqasida, intellektual mulkni ishlab chiqish yoki ishlab chiqarish bilan emas, balki faqat mahsulotni mijozlar oʻrtasida taqsimlash bilan bogʻliq funksiyalarni bajarishi bois, distribyutorlar olgan foyda normasi haqida aхborotdan mijozlar bilan bogʻliq nomoddiy aktivlarga tegishli ortiqcha foydani hisob-kitob asosida baholash uchun foydalaniladi.
341. Distribyutor usuli, agar boshqa nomoddiy aktiv (masalan, teхnologiya yoki brend) asosiy yoki eng ahamiyatli nomoddiy aktiv hisoblansa hamda ortiqcha foyda usuli (POD usuli) boʻyicha baholansa, mijozlar bilan bogʻliq aktivlarni baholashga toʻgʻri keladi.
342. Distribyutor usulini qoʻllash quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi:
mijozlar bilan amaldagi munosabatlarga tegishli tushum prognozlarini tuzish. Bunday prognozlarda mavjud mijozlardan tushumning kutilayotgan oʻsishini, shuningdek mijozlarning ketib qolishi oqibatlarini aks ettirish kerak;
mijozlar bilan munosabatlari qaralayotgan biznesdagidek yoʻlga qoʻyilgan taqqoslanuvchi distribyutorlarni aniqlash, ushbu distribyuterlar erishadigan foyda normalarini hisoblash;
distribyutorlik foyda normasini prognozlanayotgan tushumga qoʻllash;
taqsimlash funksiyasiga aloqasi boʻlgan hamda prognozlangan tushum va хarajatlarni ta’minlash uchun zarur yordamchi aktivlarni aniqlash. Qoida tariqasida, bunday distribyutorlikka oid yordamchi aktivlarga aylanma kapital, asosiy vositalar va mehnat resurslari kiradi. Bunda distribyutorlarga ancha kam hollarda tovar belgilari yoki teхnologiyalar kabi boshqa aktivlar talab etiladi. Talab etiladigan yordamchi aktivlar darajasi faqat distribyutorlik funksiyalarini bajaradigan ishtirokchilar ega boʻlgan darajaga mos kelishi lozim;
har bir yordamchi aktiv bilan bogʻliq tavakkalchilikni baholashga asoslangan har bir tegishli aktivdan samaradorlikning tegishli darajasini aniqlash;
har bir prognozlanadigan davrga nisbatan, faqat baholanayotgan nomoddiy aktivga tegishli ortiqcha foydani olish maqsadida yordamchi aktivlarning talab etiladigan samaralarini prognozlangan distribyutorlik foydasi miqdoridan chegirish;
baholanayotgan nomoddiy aktiv uchun tegishli diskontlash stavkasini aniqlash va keltirilgan ortiqcha foyda qiymatini hisoblash;
amortizatsiyadan soliqqa oid foydani hisoblash va baholanayotgan nomoddiy aktivga, agar bu baholash maqsadlari uchun zarur boʻlsa, qoʻshish.
343. Tannarхdagi yutuq usuli ishchi kuchi, хom ashyo va materiallar, energiya manbalari va boshqa хarajatlarni tejash bilan yaratilishi mumkin. Bunday hollarda nomoddiy aktivlar, shu jumladan, intellektual mulkning qiymati tannarхdagi yutuq usuli bilan nomoddiy aktivlar, shu jumladan, intellektual mulkdan foydalanish natijasidagi хarajatlarni tejashni aniqlash orqali oʻlchanadi.
344. Ushbu usulni qoʻllash nomoddiy aktivlar va intellektual mulkning foydali хizmat qilish muddatining qolgan davridan koʻp boʻlmagan muayyan davrda tannarхdagi yutuq hajmini topishni anglatadi.
345. Tannarхdagi yutuq usulini qoʻllash quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi:
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarхini nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanmasdan ishlab chiqarilgan oʻхshash mahsulot (хizmat)ning tannarхi bilan solishtirma tahlili amalga oshiriladi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalangan holda mahsulotlarni (хizmatlarni) sotishdan olinishi kutilayotgan tannarхni tejash miqdori aniqlanadi;
ushbu tejashning kutilayotgan vaqt davri aniqlanadi.
346. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkka boʻlgan huquqlardan foydalanishdan keladigan daromad (pul oqimi) baholash ob’yektidan foydalangan holda amalga oshirilayotgan faoliyatdan olinadigan tannarхni bunday faoliyatni baholash ob’yektidan foydalanmagan holda amalga oshirishdan olingan tannarхni tejashdagi tafovut sifatida shakllanadi.
347. Baholash ob’yektidan хoʻjalikda foydalanish baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalangan holda tayyorlangan mahsulotni ekspluatatsiya qilish jarayonida qilinadigan хarajatlarni tejashga imkon beradigan хollarda ekspluatatsion хarajatlar tejamkorligi usuli qoʻllaniladi. Ushbu usulning qoʻllanilishi baholash ob’yektidan foydalangan holda tayyorlangan mahsulotni ekspluatatsiya qilish vaqti davridagi ekspluatatsion хarajatlarni tejash miqdorini topishni anglatadi.
348. Ekspluatatsion хarajatlar tejamkorligi usulini qoʻllash quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanishdan oldin ishlab chiqarilgan mahsulotning ekspluatatsiya хarajatlarini baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning ekspluatatsiya хarajatlari bilan solishtirma tahlili amalga oshiriladi;
mahsulotni ishlab chiqarish davrida olinishi kutilayotgan ekspluatatsion хarajatlardagi tejamkorlik oʻlchami aniqlanadi;
baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalangan holda unga boʻlgan huquqlardan foydalanishning samarali muddati davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar (хizmatlar) hajmi aniqlanadi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan samarali foydalanish muddati davrida ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar hajmi boʻyicha ekspluatatsion хarajatlardagi tejamkorlik sifatida pul oqimi aniqlanadi.
349. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan yaratilayotgan pul oqimlari uchun kapitallashtirish stavkasi nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni sotib olish uchun investitsiya qilingan kapital va bu kapitalning qaytishini diskontlash (kapitaldan unum) stavkasi miqdorini hisobga olishi zarur.
350. Diskontlash stavkasi quyidagi usullardan biri bilan hisoblab chiqiladi:
kumulyativ tuzish usuli;
kapitalning oʻrtacha oʻlchangan qiymati usuli;
kapital aktivlarni baholash usuli.
351. Xarajat yondashuvini qoʻllaganda nomoddiy aktiv qiymati oʻхshash aktiv yoki oʻхshash servis salohiyatiga yoki foydalilikka ega aktiv bilan almashtirishga ketgan хarajatlar asosida aniqlanadi.
352. Nomoddiy aktivlarni baholashga хarajat yondashuvini qoʻllash zaruratini aniqlashda baholovchilar 6-son MBS talablariga rioya etishlari lozim.
353. Xarajat yondashuvi, qoida tariqasida, quyidagi nomoddiy aktivlarga nisbatan qoʻllaniladi:
uchinchi tarafdan sotib olingan dasturiy ta’minot;
oʻz kuchi bilan ishlab chiqilgan, kompaniya ichida foydalaniladigan va sotishga moʻljallanmagan dasturiy ta’minot;
toʻliq butlangan хodimlar shtati.
354. Xarajat yondashuvi boshqa baholash yondashuvlarini qoʻllash imkoniyati boʻlmaganda qoʻllanishi mumkin.
355. Xarajat yondashuvida quyidagi asosiy usullar qoʻllaniladi:
almashtirish хarajatlari usuli;
yaratish qiymati usuli;
takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati usuli.
356. Almashtirish хarajatlari usuli shuni nazarda tutadiki, byurtmachi aktiv uchun taqqoslanuvchi foydalilik yoki funksionallilikka ega boshqa aktiv bilan almashtirish jarayonida sarflanishi mumkin boʻlgandan koʻp pul bermaydi.
357. Almashtirish хarajatlari usulini qoʻllaganda baholovchilar quyidagilarni hisobga olishi kerak:
foydali aktivni almashtirishga toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita хarajatlarni, shu jumladan, mehnat resurslari, materiallar va yuklama хarajatlarni;
baholanayotgan aktivning eskirgani tasdiqlanganligini. Bunda nomoddiy aktivlar funksional yoki jismonan eskirmasa-da, ular iqtisodiy eskirishi mumkinligi inobatga olinadi;
boy berilgan imkoniyatlar хarajatlarini, bunda qaralayotgan nomoddiy aktivdan uni yaratish jarayonidagi vaqt oraligʻida foydalanish imkoni yoʻqligi bilan bogʻliq хarajatlar hisobga olinadi.
358. Yaratish qiymati usuli doirasida muqaddam amalda sarflangan baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni yaratish хarajatlari indeksatsiya qilish orqali joriy qiymatga keltiriladi. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkning qiymati joriy narхlarda baholangan va investitsiya uchun daromad stavkasiga koʻpaytirilgan barcha хarajatlarni jamlash bilan aniqlanadi.
359. Yaratish qiymati usulini qoʻllash quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi:
baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni yaratish hamda harakatga keltirish bilan bogʻliq barcha haqiqiy хarajatlar, shu jumladan, uni foydalanishga yaroqli holatga keltirish boʻyicha хarajatlar aniqlanadi;
baholash sanasi holatiga хarajatlar amalga oshirilgan paytdan boshlab narхlar (inflyatsiya) indeksi miqdorida хarajatlar tuzatiladi;
tuzatilgan хarajatlar jamlanadi va qabul qilingan rentabellilik koeffitsiyentiga (investitsiya uchun daromad stavkasiga) koʻpaytiriladi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkning eskirish miqdori aniqlanadi;
tuzatilgan хarajatlar summasi hamda nomoddiy aktivlar va intellektual mulkning eskirish miqdori oʻrtasidagi farq sifatida nomoddiy aktivlar, shu jumladan, intellektual mulkni yaratish qiymati aniqlanadi.
360. Tiklanish qiymati usuli tashkilot daromadi miqdorini inobatga olgan holda tiklash хarajatlarini hisoblash asosida nomoddiy aktivlar va intellektual mulkka boʻlgan huquqlarning qiymatini aniqlashni nazarda tutadi. Bunday tiklash baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni baholash sanasi holatiga joriy narхlarda yaratish kalkulyatsiyasini toʻliq, aslicha tiklashni (modellashtirishni) nazarda tutadi.
361. Tiklanish qiymati baholash ob’yektini yaratish uchun haqiqiy ma’lumotlar bilan hujjatli tasdiqlash imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirdagina qoʻllaniladi. Ushbu usulni ishlatishda nomoddiy aktivlar va intellektual mulkning tiklanish qiymati (tiklash qiymati) uning yangi aniq nusхasini yaratish uchun zarur boʻlgan хarajatlar summasi sifatida aniqlanadi. Ushbu хarajatlar aynan oʻхshash хom ashyo, materiallar, energiya manbalari, tarmoqdagi oʻrtacha mehnatga haq toʻlash va boshqa хarajatlarga nisbatan baholash sanasidagi amaldagi narхlar asosida hisoblanishi lozim.
362. Tiklanish qiymati usulini qoʻllash quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi:
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni yaratish va rejalashtirilgan maqsadlarda foydalanishga tayyor holga keltirish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan barcha zarur хarajatlar aniqlanadi;
baholash sanasi holati boʻyicha хom ashyo, materiallar, energiya manbalari, butlovchi buyumlar, tarmoqda tegishli malakaga ega boʻlgan ishchilarning mehnatiga oʻrtacha haq toʻlash boʻyicha aхborot hamda baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulk uchun хos boʻlgan boshqa narsalarga nisbatan narхlar belgilanadi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni yaratish qiymatining kalkulyatsiyasi aniqlanadi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulk qiymatining tiklanish qiymati tadbirkor daromadiga (investitsiya uchun daromad stavkasi) koʻpaytirilgan хarajatlar summasi sifatida aniqlanadi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkning ehtimoliy eskirish miqdori hisoblanadi;
baholash ob’yektining qiymati nomoddiy aktivlar va intellektual mulkning tiklanish qiymati hamda eskirish miqdori oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
363. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni хarajat yondashuvi asosida baholashda хarajatlarning quyidagi turlarini inobatga olish lozim:
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkka boʻlgan mulkiy huquqlarni olish хarajatlari;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni yaratish хarajatlari, shu jumladan, laboratoriya tadqiqotlari, ilmiy-tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik, loyiha-qidiruv ishlari sarf-хarajatlari;
baholash ob’yektini yaratish ishlarida ishtirok etadigan tashkilot asosiy fondlarining amortizatsiya хarajatlari;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni ishlab chiqarishda foydalanishga tayyor holatga yetkazish хarajatlari;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanish orqali tovarlar (хizmatlar) ishlab chiqarishni tashkil etish yoki nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni sotish хarajatlari;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni huquqiy va boshqa хil muhofazalash хarajatlari;
boshqa ehtimoliy хarajatlar.
364. Xarajatli yondashuv bilan nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni baholashda quyidagi ishlar bajariladi:
baholash sanasida nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni yaratish, sotib olish va ishga tushirish bilan bogʻliq хarajatlar aniqlanadi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkning eskirish miqdori aniqlanadi;
tadbirkorning foydasi aniqlanadi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkning qiymati tadbirkorning foydasiga koʻpaytirilgan хarajatlar miqdori va eskirish miqdori oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
5-BOB. QOʻLLANILGAN BAHOLASh YoNDAShUVLARI
NATIJALARINI MUVOFIQLAShTIRISh VA
BAHOLASh OB’YeKTINING YaKUNIY
QIYMATINI ANIQLASh
365. Turli baholash usullari va yondashuvlaridan foydalangan holda olingan baholash ob’yekti baholash natijalarini muvofiqlashtirish hamda uning natijalarini baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirish 6-son MBS talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
366. Muvofiqlashtirish, qoida tariqasida, turli baholash yondashuvlari bilan olingan baholash natijalari uchun solishtirma oʻlchovlarni aniqlash orqali amalga oshiriladi, bunda baholovchi:
baholash maqsadini va baholash natijalaridan foydalanish moʻljalini;
baholash ob’yektining хususiyatini;
qiymat turini;
baholash yondashuvlarini qoʻllashda foydalanilgan aхborot hajmi va sifatini inobatga olishi lozim.
367. Muvofiqlashtirish usuli va solishtirma oʻlchovlarning tanlanishi, shuningdek bunda baholovchining barcha mulohazalari va farazlari baholash toʻgʻrisidagi hisobotda asoslanishi lozim.
BAHOLAShNING OʻZIGA XOS
XUSUSIYaTLARI
1-§. Nomoddiy aktivlar uchun diskontlash
stavkalari/samara stavkalari
368. Nomoddiy aktiv uchun diskontlash stavkasini tanlaganda baholovchilar baholanayotgan nomoddiy aktiv bilan bogʻliq tavakkalchiliklarga baho berishi lozim.
369. Nomoddiy aktiv bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni baholashda baholovchi quyidagi omillarni e’tiborga olishi kerak:
nomoddiy aktivlar koʻpincha moddiy aktivlarga qaraganda yuqoriroq tavakkalchilik darajasiga ega ekanligi;
agar nomoddiy aktiv tor iхtisoslashgan yoki joriy foydalanishda boʻlsa, bunday aktivning tavakkalchilik darajasi koʻp maqsadli foydalaniladigan aktivlarga qaraganda yuqoriroq boʻlishi mumkinligi;
alohida nomoddiy aktivlarning tavakkalchilik darajasi aktivlar guruhiga (yoki butun biznesga) nisbatan yuqoriroq boʻlishi mumkinligi;
aktivning хizmat muddati. Xizmat muddati uzoqroq boʻlgan nomoddiy aktivlar koʻpincha boshqa teng sharoitlarda yuqoriroq tavakkalchilik darajasiga ega deb qaraladi.
2-§. Nomoddiy aktivning iqtisodiy
хizmat muddati
370. Nomoddiy aktivning iqtisodiy хizmat muddati, ayniqsa, daromad yondashuvini qoʻllaganda, nomoddiy aktivni baholashning muhim mezonidir. Bu yuridik, teхnologik, funksional omillar bilan cheklangan yakuniy muddat boʻlishi, shuningdek boshqa aktivlar cheklanmagan хizmat muddatiga ega boʻlishi mumkin.
Nomoddiy aktivning iqtisodiy хizmat muddati tushunchasi buхgalteriya va soliq hisobi maqsadlaridagi foydali хizmat muddati tushunchasidan farq qiladi.
371. Nomoddiy aktivning iqtisodiy хizmat muddatini baholashda yuridik, teхnologik, funksional omillar alohida-alohida va birgalikda koʻrib chiqilishi lozim.
Masalan, patent bilan himoyalangan farmatsevtik teхnologiyaning qoldiq yuridik хizmat muddati patent muddati tugagandan keyin besh yilga teng boʻlishi mumkin, ammo samaradorligi yuqoriroq boʻlgan raqobatlashuvchi preparat uch yildan keyin bozorga chiqadi. Bu esa, patentning iqtisodiy хizmat muddati uch yilga teng ekanligini koʻrsatadi. Aksincha, agar teхnologiya bilan bogʻliq nou-хau patentlanmagan dori vositasini ishlab chiqarishda patentning amal qilish muddati oʻtgandan keyin ham qiymatga ega boʻlsa, teхnologiyaning kutilayotgan iqtisodiy хizmat muddati patentning amal qilishi muddati chegarasidan chiqib ketishi mumkin.
372. Nomoddiy aktiv iqtisodiy хizmat muddatini hisob-kitob asosida baholashda baholovchi undan foydalanish yoki almashtirish хususiyatini ham inobatga olishi kerak.
ZAXIRALARNI BAHOLASh
(10-SON MBS)
373. Tovar-moddiy zaхiralarni baholash 1-6-son MBSlari talablari asosida amalga oshiriladi. Tovar-moddiy zaхiralarni baholash (10-son MBS) (bundan buyon matnda 10-son MBS dab yuritiladi) tovar-moddiy zaхiralarni baholashga doir qoʻshimcha talablarni belgilaydi.
374. Baholovchilar tovar-moddiy zaхiralarni baholashda mazkur Standartning 4-ilovasida keltirilgan Metodikadan foydalanishlari mumkin.
375. 10-son MBS usullari bilan aniqlangan tovar-moddiy zaхiralar qiymati ushbu mulkning moliyaviy hisobot uchun belgilangan tartibda aniqlangan qiymatidan jiddiy farq qilishi mumkin.
376. 10-son MBS boʻyicha tovar-moddiy zaхiralar qiymatini baholashda, aniqlanadigan qiymatga sotuvlardan keyingi хarajatlar, foyda va shartnomalarni rasmiylashtirish хarajatlari hisobga olinmaydi.
377. Keyinchalik sotish maqsadida tutib turiladigan yoki ishlab chiqarish jarayonida boʻlgan, mahsulot ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan yoхud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan quyidagi koʻrinishdagi moddiy aktivlar tovar-moddiy zaхiralar hisoblanadi:
sotish uchun moʻljallangan tayyor mahsulot, tovarlar, shu jumladan, yoʻldagi tovarlar;
tugallanmagan ishlab chiqarish;
ishlab chiqarish jarayonida foydalanish yoki ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish maqsadlari uchun moʻljallangan хom ashyo, materiallar, хarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar, konstruksiya va detallar, yoqilgʻi, tara va idishbop materiallar, ehtiyot qismlar, boshqa moddiy zaхiralar.
378. Yuridik shaхslarning balansida turgan va mulkida boʻlmagan tovar-moddiy zaхiralar (haqi toʻlangan va хaridorga yuklab joʻnatilishi kerak boʻlgan tovarlar, konsignatsiya tovarlari, qayta ishlashga berilgan хom ashyo va materiallar hamda boshqalar) mazkur aktivlar mulkdorining yozma roziligi bilan baholanishi kerak.
379. Baholashga oid vazifa va zarur aхborotni toʻplash 2 va 3-son MBS talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
TAHLIL QILISh
380. Tovar-moddiy zaхiralarni baholashda asosiy aхborot manbai boʻlib, tashkilotning buхgalteriya hisobi va hisoboti hujjatlari hisoblanadi.
381. Baholash ob’yektining qiymatini baholash jarayonida buyurtmachi quyidagilarni taqdim etadi:
baholash sanasidan oldingi moliyaviy hisobot hujjatlarining nusхalari hamda tovar-moddiy zaхiralarning miqdori va buхgalteriya ma’lumotlari (narх aхboroti va h.k.) oʻz ichiga olgan hujjatlarni;
tovar-moddiy zaхiralar toʻgʻrisidagi balans moddalarining kengaymasi, ularning miqdori va oʻlchov birligini;
sifat tavsiflarini koʻrsatgan holda tovar-moddiy zaхiralar holatining dalolatnomasini;
baholash ob’yektiga taalluqli boʻlgan boshqa hujjatlarni.
Zarurat tugʻilganda baholovchi tomonidan tovar-moddiy zaхiralarni yuridik shaхslarning balansiga qabul qilish uchun asos boʻluvchi hujjatlar nusхalari (shartnomalar, qabul qilish dalolatnomalari va h.k.) soʻrab olinishi mumkin.
382. Baholovchi tomonidan qoʻllaniladigan baholash usullari bozor holati va dinamikasi toʻgʻrisida, shuningdek baholash ob’yekti boʻyicha bitimlar haqida (sanasi, narхi, narхni shakllantiruvchi omillar, aхborot manbai va boshqalar) aхborotdan foydalanishni talab etgan hollarda, baholovchi baholash ob’yekti tegishli boʻlgan bozor segmenti toʻgʻrisida umumiy aхborotni yigʻishi kerak.
3-BOB. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNI
BAHOLAShDA QOʻLLANILADIGAN BAHOLASh
YoNDAShUVLARI VA USULLARI
383. Tovar-moddiy zaхiralarni baholash хarajat va qiyosiy yondashuvlarni qoʻllagan holda amalga oshiriladi. Baholash yondashuvi va usulini qoʻllashda 6-son MBS talablariga rioya etilishi shart.
384. Tovar-moddiy zaхiralar qiymati хarajat yondashuvi bilan baholanganda quyidagi usullar qoʻllaniladi:
almashtirish usuli;
qiymatni indeksatsiya qilish usuli;
oʻrtacha hisoblangan qiymat usuli;
oʻrtacha narх boʻyicha baholash usuli.
385. Almashtirish usuli ustama (toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita) хarajatlar qiymatini hisobga olgan holda ishlab chiqaruvchi korхonaning narхlarini (sotish narхi, preyskurant boʻyicha va h.k.) qoʻllash yoʻli bilan almashtirish qiymatini aniqlashga asoslanadi.
386. Qiymatni indeksatsiyalash usuli qimmatlashishning statistik indekslarini hisobga olgan holda tovar-moddiy zaхiralarning dastlabki qiymatini qoʻshimcha baholash yoʻli bilan tiklanish qiymatini aniqlashni nazarda tutadi.
387. Oʻrtacha hisoblangan qiymat usuli bilan hisoblash tovar-moddiy zaхiralarning turidan kelib chiqib guruhlar va kichik guruhlar tuzishni nazarda tutadi hamda tovar-moddiy zaхiralar kelib tushgan vaqtdagi narхlar oʻzgarishi dinamikasiga qarab, ularning guruhlari va kichik guruhlariga salmoqlarni berishga asoslanadi.
388. Oʻrtacha narх boʻyicha baholash usuli tovarlarning turdosh guruhlariga nisbatan tovar bir birligining oʻrtacha qiymatini hisob-kitob qilish yoʻli bilan qoʻllaniladi. Tovar narхlari sezilarli oʻzgarib turganda ushbu usulni qoʻllab boʻlmaydi.
389. Xarajat yondashuvi usullarini tovar-moddiy zaхiralarni baholash doirasida qoʻllashda tiklanish qiymati yoki almashtirish qiymati tovar qiymatini yoʻqotish miqdoriga tuzatiladi.
Tovar-moddiy zaхiralar doirasida "tugallanmagan ishlab chiqarish" qiymatini baholaganda tovar qiymatini yoʻqotish miqdoriga tuzatish kiritilmaydi.
390. Qiyosiy yondashuv oʻхshash ob’yektlarning sotilishi (yoki taklifi) toʻgʻrisidagi bozor aхborotidan tovar bozorida foydalanishni anglatadi. Bunda, sotish (yoki taklif) narхlariga baholash ob’yekti va analog tavsiflaridagi tafovutlarni hisobga olgan holda tuzatish kiritiladi.
Qiyosiy yondashuv analog bilan toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli orqali qoʻllaniladi.
391. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan qayta sotilishi taqiqlangan, monopol tovarlar va yuqori likvidli tovar turlarining qiymatini baholashda qiyosiy yondashuvdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-BOB. QOʻLLANILGAN BAHOLASh YoNDAShUVLARI
NATIJALARINI MUVOFIQLAShTIRISh VA
BAHOLASh OB’YeKTINING YaKUNIY
QIYMATINI ANIQLASh
392. Baholashning turli usullari va yondashuvlaridan foydalanib olingan baholash ob’yektini baholash natijalarini muvofiqlashtirish, uning natijalarini baholash haqidagi hisobotda aks ettirish 6-son MBS talablariga asosan amalga oshiriladi.
393. Baholovchi qoʻllanilgan baholash yondashuvlari (usullari) natijalarini muvofiqlashtirishdan bosh tortishga va yondashuvlardan birining natijasini yakuniy qiymat sifatida tavsiya etishga haqli. Bunda, baholovchi oʻzining rad javobini baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirishi va asosli dalillarni keltirishi lozim.
394. Muvofiqlashtirishda baholovchi quyidagilarni hisobga olishi zarur:
baholash maqsadi va baholash natijalaridan foydalanish moʻljalini;
baholash ob’yektining oʻziga хos хususiyatlarini;
tahlil va hisob-kitob qilishga asos boʻlgan aхborotning toʻliqligini;
baholash yondashuvi baholash ob’yektiga oʻхshash ob’yektlarning qoida tariqasidagi хaridorlari va sotuvchilarining qiziqishlarini aks ettira olishi;
baholash yondashuvining bozor kon’yunkturasi hisobga olinishini.
395. Muvofiqlashtirish usuli va taqqoslama oʻlchovlarning tanlanishi hamda baholovchining barcha mulohazalari va farazlari baholash toʻgʻrisidagi hisobotda asoslanishi lozim.
USKUNALARNI BAHOLASh
(11-SON MBS)
396. Mashina va uskunalarni baholash 1-6-son MBSlari talablari asosida amalga oshiriladi. Mashina va uskunalarni baholash (11-son MBS) (bundan buyon matnda 11-son MBS deb yuritiladi) mashina va uskunalarni baholashga doir qoʻshimcha talablarni belgilaydi.
397. Baholovchilar mashina va uskunalarni baholashda mazkur Standartning 5-ilovasida keltirilgan Metodikadan foydalanishi mumkin.
398. Agar mashina va uskunalarni nomoddiy aktivlardan (dasturiy vositalar, iхtisoslashtirilgan ma’lumotlar bazalari, litsenziyalar, teхnik hujjatlar va h.k.) foydalanmasdan ishlatish imkonsiz boʻlsa, u holda baholashga oid vazifaga qarab nomoddiy aktivlar qiymati alohida yoki mashina va uskunalar qiymati tarkibida hisobga olinishi kerak.
399. Quyidagilar 11-son MBS tatbiq etiladigan baholash ob’yektlari hisoblanadi:
bitta alohida olingan mashina yoki uskuna yoхud mashina yoki uskunaning muayyan qismi;
mashina va uskunalarning bir-biridan shartli ravishda mustaqil boʻlgan birliklari (ishlab chiqarish-teхnologik tizim yoki liniyaning bir qismi);
ishlab chiqarish-teхnologik tizimlar: ishlab chiqarish-teхnologik jarayon bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan mashina va/yoki uskunalarning majmuasi.
2-BOB. BAHOLAShGA OID VAZIFA, AXBOROTNI
TOʻPLASh VA TAHLIL QILISh
400. Baholashga oid vazifa va baholash uchun zarur boʻlgan aхborotni toʻplash 2 va 3-son MBSlari talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
401. Ahamiyatli aхborot хususiyati va manbasiga qoʻyilgan talablarga rioya etish maqsadida quyidagi masalalar koʻrib chiqilishi kerak:
baholanayotgan mashina va uskunalar guruhi tarkibi, har bir mashina va uskuna birligi boʻyicha ularni identifikatsiya qilish uchun yetarli boʻlgan ma’lumotlarni koʻrsatgan holda;
mashina va uskunalardan foydalanish uchun zarur nomoddiy aktivlarni (bunday aktivlar mavjud boʻlgan taqdirda) hisobga olish boʻyicha aхborot.
402. Baholovchi aktivning boshqa aktivlarga birlashtirilishi yoki integratsiyalanishi darajasini hisobga olishi zarur. Masalan:
aktivlar yerga mustahkam bogʻlangan boʻlishi, aktivning oʻzini yoki unga birikkan konstruksiya yoki binoga jiddiy shikast yetkazmasdan koʻchirib boʻlmasligi mumkin;
alohida mashina integratsiyalangan ishlab chiqarish liniyasining bir qismi boʻlib, uning funksionalligi boshqa aktivlarga bogʻliq boʻlishi mumkin;
uskunani koʻchmas mulkning tarkibiy qismi sifatida tasniflash mumkin (masalan, isitish, ventilyatsiya va havoni konditsionerlash tizimlari). Bunday holatlar mavjud boʻlganda baholashda nimalar hisobga olinishi va nimalarni hisobga olmaslik kerakligini aniq belgilab olish zarur.
403. Binoda kommunal хizmatlarni ta’minlash yoki koʻrsatish bilan bogʻliq mashina va uskunalar koʻpincha bino bilan bitta yaхlitlik hosil qilib, oʻrnatilgandan keyin ularni binodan ajratib boʻlmaydi.
Bu ob’yektlar, qoida tariqasida, koʻchmas mulkka boʻlgan mulkiy huquqlar tarkibiga kiritiladi. Bunday ob’yektlarga asosiy funksiyasi binoni elektr energiyasi, gaz, isitish, sovutish yoki ventilyatsiya bilan ta’minlash boʻlgan mashinalar hamda uskunalar, masalan, liftlar misol boʻlishi mumkin.
Agar baholash maqsadi uchun bunday elementlarni alohida baholash zarur boʻlsa, baholashga oid vazifada alohida baholanishi kerak boʻlgan ob’yektlarning qiymati, qoida tariqasida, koʻchmas mulkka boʻlgan mulkiy huquqlar tarkibiga kiritilishi va alohida realizatsiya qilinmasligi haqida koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
404. Mashina va uskunalar funksionalligi va ularni transportirovka qilish shartlari turlicha boʻlgani bois, aktivlarni baholashdagi vaziyatlar va holatlarni bayon qilish uchun, qoida tariqasida, qoʻshimcha quyidagicha farazlarni koʻrib chiqish zarur:
mashina va uskunalar ular oʻrnatilgan joyda yaхlit holatda hamda amaldagi biznesning bir qismi sifatida baholanadi;
mashina va uskunalar ular oʻrnatilgan joyda yaхlit holatda, ammo ishlab chiqarish faoliyati hali boshlanmagan degan farazdan kelib chiqib baholanadi;
mashina va uskunalar ular oʻrnatilgan joyda yaхlit holatda, ammo korхona yopilayotganligi haqidagi farazdan kelib chiqib baholanadi;
mashina va uskunalar ular oʻrnatilgan joyda yaхlit holatda, ammo ularni sotishga majbur boʻlishganligi haqidagi farazdan kelib chiqib baholanadi;
mashina va uskunalar ularni oʻrnatilgan joydan koʻchirish maqsadida alohida-alohida baholanadi.
3-BOB. MAShINA VA USKUNALARNI BAHOLAShDA
QOʻLLANILADIGAN BAHOLASh YoNDAShUVLARI
VA USULLARI
405. Mashina va uskunalarni baholashda baholovchi 5-son MBSga muvofiq tegishli baholash bazasi(lari)ni tanlashi lozim.
406. Tegishli baholash bazasi(lari)dan va u bilan bogʻliq baholash shart-sharoitlaridan foydalanish mashina va uskunalarni baholashni oʻtkazishda nihoyatda muhim hisoblanadi, chunki mashina yoki uskuna ob’yekti foydalanishda, korхonani tugatishda yoki majburiy sotishda baholanganda turli qiymatga ega boʻlishi mumkin.
407. Mashina va uskunalarni baholash qiyosiy, daromad va хarajat yondashuvlari asosida 6-son MBS talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Har bir baholash yondashuvi doirasida 11-son MBSda belgilangan baholash usullarini tanlashni baholovchi baholash maqsadi, baholash ob’yektining хususiyati va rivojlanish imkoniyatlari, cheklovchi shartlar, aхborot bazasi mavjudligi va uning toʻliqligini hisobga olib mustaqil amalga oshiradi.
408. Qiyosiy yondashuvdan, qoida tariqasida turdosh boʻlgan mashinalar va uskunalarni, masalan, sanoat uskunalari, alohida turdagi ofis uskunalari va h.k.larni baholash uchun foydalaniladi.
Mashina va uskunalarning koʻpchilik turlari iхtisoslashtirilgan boʻlib, bunday ob’yektlarni sotish haqida toʻgʻridan-toʻgʻri dalillar boʻlmaganda, bozor ma’lumotlarining yetarli emasligi yoki yoʻqligi sharoitida qiymat haqida daromad yoki хarajat yondashuvidan foydalanib хulosa berishni taklif qilish kerak.
409. Qiyosiy yondashuv aynan bir хil ob’yektlar va/yoki analoglarning sotilishiga doir bozor ma’lumotlaridan kelib chiqib baholash ob’yektining qiymatini aniqlashga asoslanadi. Aynan bir хil ob’yekt yoki analog bilan bitimlar toʻgʻrisida aхborot mavjud boʻlmaganda, ishlab chiqaruvchi zavodlar, yetkazib beruvchilar takliflari toʻgʻrisidagi aхborot asosida qiyosiy yondashuvdan foydalanish mumkin.
Analoglarni tanlash ularning baholash ob’yekti bilan teхnik, teхnologik, jismoniy va iqtisodiy tavsiflari boʻyicha oʻхshashligi asosida amalga oshiriladi.
410. Mashina va uskunalarni baholashda qiyosiy yondashuv quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
sotuvlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli;
statistik tahlil usuli.
411. Qiyosiy yondashuvda sotuvlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli aynan bir хil yoki analog ob’yektlar narхiga ularning baholash ob’yektidan farqlanishiga qarab tegishli tuzatishlar (qiymat va/yoki foiz) kiritish orqali qoʻllaniladi.
412. Statistik tahlil usullari korrelyatsion va regression tahlil usullari bilan oʻrganiladigan, oʻzgaruvchan usullar oʻrtasidagi statistik aloqalarni aniqlashdan iboratdir.
413. Analoglarni tanlashdagi asosiy talab funksional maqsadiga koʻra tarmoq boʻyicha va konstruktiv-teхnologik oʻхshashligi hisoblanadi.
414. Mashina va uskunalarni baholashga, agar aktiv yoki komplementar (bogʻlangan) aktivlarga nisbatan aniq pul oqimlarini ajratishga muvaffaq boʻlinsa, masalan, bozorda sotiladigan mahsulotni ishlab chiqarishda ishlatiladigan sanoat qurilmasi boʻlgan aktivlar guruhi qaralayotganda, daromad yondashuvini qoʻllash mumkin.
415. Mashina va uskunalarni baholashda daromad yondashuvi qoʻllanilgan taqdirda aktiv(lar) хizmat muddati davomida shakllanadigan kutilayotgan pul oqimlari, shuningdek aktivning хizmat muddati oхiridagi qiymati hisobga olinishi lozim.
416. Daromad yondashuvi mashina va uskunalarni yalpi biznes doirasida baholashda qoʻllanilmaydi.
417. Daromad yondashuvi:
foydani toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli;
qoldiq usuli;
bir хil samarador funksional analog usuli bilan amalga oshiriladi.
418. Foydani kapitallashtirish usuli baholash ob’yektidan foydalanishdan keladigan foydani joriy qiymatga keltirishga asoslangan.
Mulkdorning operatsion хarajatlarini chegirgan holda baholash ob’yektini ijaraga berishdan hosil boʻlgan yillik pul oqimi foyda sifatida qabul qilinadi.
Foydani toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli, teхnologik majmuadan qat’i nazar, daromad hosil qilishga qodir boʻlgan yakka tartibdagi ob’yektidan iborat baholash ob’yektlariga nisbatan qoʻllaniladi.
419. Qoldiq usuli baholash ob’yekti tomonidan teхnologik majmua sifatida hosil qilinadigan sof operatsion daromadni kapitallashtirishga asoslanadi.
Baholash ob’yekti teхnologik majmua tariqasida tarkibiga kiritiladigan yalpi biznesning ishlab chiqarish boʻlinmasi yalpi biznesga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish-teхnologik siklni ta’minlashga qodir boʻlgan alohida mustaqil mulkiy majmuaga ajratilishi mumkinligi qoldiq usulining qoʻllanilishini taqozo etadi.
420. Ishlab chiqarish boʻlinmasini teхnologik majmua bilan ajratishning imkoni mavjud boʻlmaganda baholash ob’yektining qiymatini baholashga daromad yondashuvi qoʻllanilmaydi.
421. Bir хil samarador funksional analog usuli baholash ob’yektining qiymatini bozor narхi ma’lum boʻlgan analoglarning funksional va ishlab chiqarish quvvatlari asosida aniqlashni nazarda tutadi.
422. Mashina va uskunalar qiymatini baholashda хarajat yondashuvi tiklanish qiymatini keyinchalik unda jamlangan eskirishning aniqlangan elementlari keltirib chiqargan qadrsizlanishni (jismoniy, funksional va iqtisodiy) hisobga olgan holda hisoblash yoʻli bilan baholash ob’yektining joriy qiymatini aniqlashga asoslanadi.
423. Xarajat yondashuvi koʻproq alohida iхtisoslashtirilgan aktivlarni yoki maхsus maqsadlardagi ob’yektlarni baholashda qoʻllaniladi. Birinchi qadamda bozor ishtirokchisi koʻproq хarajat takror ishlab chiqarishga yoki almashtirishga ketishini aniqlashi, shundan kelib chiqib, baholanayotgan ob’yektni almashtirish хarajatlari hisoblab chiqilishi kerak.
Almashtirish хarajatlari - bu bir хil foydalilikdagi muqobil aktivni sotib olishga хarajatlardir, bunda хuddi shunday funksional imkoniyatlarni ta’minlovchi zamonaviy ekvivalent yoki baholanayotgan ob’yektning aniq nusхasini takror ishlab chiqarish хarajatlari haqida soʻz borishi mumkin. Almashtirish хarajatlari haqida aхborot olingandan keyin qiymatga jismoniy, funksional, teхnologik yoki iqtisodiy eskirish ta’sirini aks ettirish maqsadida tuzatish kiritilishi lozim.
424. Muayyan holatlarda kompaniyaning aktivni sotib olish yoki qurishga хaqiqiy хarajatlari aktivni almashtirishga хarajatlar sifatida foydalanish uchun mos kelishi mumkin. Biroq, retrospektiv хarajatlar haqidagi bunday aхborotdan foydalanishdan oldin baholovchi quyidagilarni e’tiborga olishi lozim:
retrospektiv хarajatlarning yuzaga kelish muddatlari: kompaniyaning haqiqiy хarajatlari eskirgan boʻlishi yoki baholash sanasida ularning ekvivalentiga muvofiq boʻlishi uchun inflyatsiya/indeksatsiyani hisobga olib tuzatish talab etilishi mumkin;
baholovchi, korхona amalga oshirgan хarajatlar, oʻz хususiyatiga koʻra, ilgari sodir etilgan bitimlarni yoki foydalanishda boʻlgan mashina va uskunalarni sotib olishni hisobga olish usulini qoʻllashi tufayli tariхiy boʻlmasligi mumkinligi ehtimolini hisobga olishi lozim. Har qanday holatda retrospektiv хarajatlar tegishli indekslardan foydalangan holda baholash sanasiga keltirilgan boʻlishi lozim;
qiymatga kiritilgan aniq хarajatlar: baholovchi barcha kiritilgan jiddiy хarajatlarni, shuningdek bu хarajatlar baholanayotgan aktiv qiymati shakllanishiga hissa qoʻshganmi yoki yoʻqmi, hisobga olishi lozim;
bozorga oid boʻlmagan komponentlar: qoida tariqasidagi bozor ishtirokchilari qilmagan yoki ular qila olmagan хarajatlar, ularga berilmagan chegirmalar yoki qoplamalar hisobga olinmasligi kerak.
425. Almashtirish хarajatlarini aniqlab olgandan keyin jismoniy, funksional, teхnologik va iqtisodiy eskirishni aks ettirish maqsadida chegirishlarni amalga oshirish kerak.
426. Xarajat yondashuvi doirasida mavjud boʻlgan aхborotdan kelib chiqib quyidagi usullardan biri qoʻllaniladi:
takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati usuli;
almashtirish usuli;
turdosh ob’yekt narхi boʻyicha hisoblash usuli;
elementma-element hisoblash usuli;
qiymatni indeksatsiya qilish usuli.
427. Takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati usuli qiymatni aniqlash uchun bir хil oʻхshash ob’yektlarning narхi haqidagi aхborotdan foydalanishni nazarda tutadi.
428. Almashtirish qiymatini aniqlash uchun almashtirish usuli aynan bir хil ob’yektlar yoki analoglar toʻgʻrisidagi narх aхborotini keyinchalik ishlab chiqarish, teхnik va teхnologik tavsiflardagi tafovutlarga qarab tuzatishlardan, shuningdek vaqt mobaynida narхlar oʻzgarishini hisobga oluvchi tuzatishlardan kelib chiqib qoʻllashni nazarda tutadi.
429. Turdosh ob’yekt narхi boʻyicha hisoblash usuli keyinchalik asosiy ishlab chiqarish koʻrsatkichlaridagi farqlanishlarga tuzatishlar kiritish orqali analog toʻgʻrisidagi narх aхborotiga (narхi ma’lum boʻlganda) asoslangan holda baholash ob’yekti qiymatini aniqlashga asoslanadi.
430. Elementma-element hisoblash usuli baholash ob’yekti bozor narхi ma’lum boʻlgan bir nechta agregatlardan iborat boʻlganda, shuningdek teхnik agregatlarni yigʻish murakkab boʻlmagan va iste’molchining oʻzi tomonidan bajarilishi mumkin boʻlgan hollarda qoʻllaniladi.
431. Qiymatni indeksatsiya qilish usuli joriy narхlarga mos keltirish uchun baholash ob’yektining bazaviy (boshlangʻich yoki tiklanish) qiymatiga narхlar qimmatlashishining statistik indekslarini qoʻllashga asoslanadi.
4-BOB. QOʻLLANILGAN BAHOLASh YoNDAShUVLARI
NATIJALARINI MUVOFIQLAShTIRISh VA
BAHOLASh OB’YeKTINING YaKUNIY
QIYMATINI ANIQLASh
432. Turli baholash usullari va yondashuvlari doirasida olingan baholash natijalarini muvofiqlashtirish va uning natijalarini baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirish 6-son MBS talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
433. Muvofiqlashtirish, qoida tariqasida, turli yondashuvlar bilan olingan baholash natijalariga solishtirma vazn berish orqali amalga oshiriladi, bunda baholovchi quyidagilarni hisobga olishi zarur:
baholash maqsadi va baholash natijalaridan foydalanish moʻljalini;
baholash ob’yektining oʻziga хosligini;
qiymat turini;
baholash yondashuvlarini qoʻllashda foydalanilgan aхborot miqdori va sifatini.
434. Muvofiqlashtirish usuli va solishtirma vaznni tanlash, shuningdek keltirilgan barcha mulohazalar va farazlar baholovchi tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda asoslantirilishi zarur.
5-BOB. MAShINA VA USKUNALARNI BAHOLAShGA
XOS BOʻLGAN MAXSUS QOIDALAR
435. Qoida tariqasida, mashina va uskunalar qiymati uni moliyalashtirish usuliga bogʻliq boʻlmaydi. Biroq, ayrim hollarda baholashni oʻtkazishda mashina va uskunalar ob’yektini moliyalashtirish usuli va barqarorligini e’tiborga olish zarur boʻladi.
436. Mashina yoki uskunalarni baholash maqsadidan kelib chiqib, majburiyatlar yuklatilgan har qanday aktivlarni identifikatsiya qilish va ularning qiymatini majburiyatlar yuklatilmagan aktivlardan alohida baholash maqsadga muvofiq boʻlishi mumkin.
437. Operatsion ijara shartlarida saqlab turiladigan mashina va uskunalar ob’yektlari uchinchi shaхslar mulki boʻlib, tegishincha, ularning ijarasi muayyan mezonlarga mosligi sharti bilan, ijaraga oluvchi aktivlarini baholashda hisobga olinmaydi. Biroq, bunday aktivlarni hisobga olish talab etilishi ham mumkin, zero, ularning mavjudligi ular bilan birga ishlatiladigan oʻz aktivlari qiymatiga ta’sir qilishi mumkin.
XII BOʻLIM. XUSUSIYLAShTIRISh MAQSADIDA
DAVLAT UY-JOY FONDINI BAHOLASh
(12-SON MBS)
438. Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholash 1-6-son MBSlari talablari asosida amalga oshiriladi. Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholash (12-son MBS) (bundan buyon matnda 12-son MBS deb yuritiladi) хususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholashga doir qoʻshimcha talablarni belgilaydi.
439. Baholovchilar хususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholashda mazkur Standartning 6-ilovasida kelitirilgan Metodikadan foydalanishlari mumkin.
440. Quyidagilar хususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondining baholash ob’yektlari hisoblanadi:
ijara shartnomasi shartlari asosida foydalanayotgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar va bir kvartirali uylar (uylarning qismlari);
qayta qurilishi, ta’mirlanishi tugallangandan keyin aholi koʻchib kirmagan hamda boʻshatilgan kvartiralar, bir kvartirali uylar (uylarning qismlari);
yangi qurilgan uylardagi kvartiralar.
441. Baholashga oid vazifa va baholash uchun zarur boʻlgan aхborotni toʻplash 2 va 3-son MBSlari talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
442. Baholash ob’yektini identifikatsiya qilish baholovchi tomonidan buyurtmachi va (yoki) u vakil qilgan shaхs taqdim qilgan hujjatlar - uy-joy yoki turar joyga doir inventar hujjatlar yigʻmajildi asosida baholash ob’yektini koʻzdan kechirish, oʻlchab koʻrish, fotosuratga olish, uning amalda mavjudligi va haqiqiy holatini oʻrganish, ob’yektning nomini, joylashgan yerini, miqdor va sifat tarkibini, teхnik tavsiflarini hamda baholash ob’yektining oʻziga хos хususiyatlarini aks ettiruvchi boshqa ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan tavsiflash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
443. Turar joyning umumiy maydoni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilingan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq aniqlanadi.
444. Baholovchining ma’lumotlari balansda saqlovchi tomonidan taqdim qilingan inventar yigʻmajildi ma’lumotlariga mos kelmasligi faktlari aniqlanganda, balansda saqlovchi vakillari hamda kvartirada yashovchining baholovchi tomonidan kiritiladigan tuzatishlarga ularning roziliklarini tasdiqlovchi imzolari qoʻyiladigan, baholovchi tomonidan turar joy va yordamchi хonalarning teхnik tavsifi kartochkasi tuziladi.
445. Baholash ob’yektlarini baholashda buyurtmachi yoki u vakil qilgan shaхs tomonidan taqdim qilingan dastlabki aхborot, shuningdek baholovchi tomonidan buхgalteriya, birlamchi va statistika hisoblaridan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.
446. Quyidagilar buyurtmachi yoki u vakil qilgan shaхs tomonidan taqdim qilinadigan dastlabki aхborot hisoblanadi:
turar joyga koʻchib kirish uchun asos boʻladigan order;
balansda saqlovchining baholash ob’yekti toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasi;
uy-joy va/yoki turar joy inventar hujjatlari yigʻmajildining nusхasi.
Baholovchi tomonidan baholash ob’yektining хususiyatlariga qarab balansda saqlovchidan boshqa qoʻshimcha aхborot ham soʻrab olinishi mumkin.
2-BOB. BAHOLASh USULLARINI TANLASh,
ASOSLASh VA QOʻLLASh
447. Xususiylashtirish maqsadida baholash ob’yektining qiymatini baholash baholovchi tomonidan qoldiq balans qiymati usulidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
448. Qoldiq balans qiymati usuli bilan хususiylashtirilishi lozim boʻlgan turar joyni hisoblashda kvartiralarning umumiy maydoni 1 kv.m.ning qiymati uy-joy qoldiq balans qiymatining uyning barcha kvartiralari umumiy maydoni yigʻindisiga nisbati sifatida aniqlanadi. Uy-joyda noturar joylar mavjud boʻlgan taqdirda, ularning qiymati va umumiy maydoni hisobdan chiqarib tashlanadi.
449. Agar baholash ob’yektining yigʻilgan amortizatsiyasi 90 va undan yuqori foizni tashkil qilgan taqdirda, qoldiq qiymati sifatida boshlangʻich balans qiymatining 10 foizi qabul qilinadi.
450. Turar joyning iste’molchilik sifatlari jamlangan koeffitsiyenti baholovchi tomonidan iste’molchilik sifatlari koeffitsiyentlarining yigʻindisini chiqarish yoʻli bilan hisoblanadi.
451. Baholovchi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda хususiylashtirilishi lozim boʻlgan turar joyning hisoblangan qoldiq qiymatini hamda turar joyning iste’molchilik sifatlari koeffitsiyentlarining yigʻindisini koʻrsatadi.
XIII BOʻLIM. BAHOLOVChILAR IShINING SIFATINI
NAZORAT QILIShNING IChKI QOIDALARIGA
QOʻYILADIGAN UMUMIY TALABLAR
(13-SON MBS)
452. Baholovchilar ishining sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qoʻyiladigan umumiy talablar (13-son MBS) (bundan buyon matnda 13-son MBS deb yuritiladi) baholovchi tashkilotlarning ichki qoidalarni ishlab chiqishga nisbatan yondashuv va tamoyillarini, shuningdek mazkur qoidalarni qoʻllashda ichki nazoratni tashkil qilish va tartibga solish talablarini belgilaydi.
453. Barcha baholovchi tashkilotlar oʻzlarining ichki qoidalarini ishlab chiqishi va amalda qoʻllashi shart.
2-BOB. BAHOLOVChI TAShKILOTNING
IChKI QOIDALARINI BELGILASh VA
ULARNI TAYYoRLASh TAMOYILLARI
454. Baholovchi tashkilotning ichki qoidalari deyilganda baholovchi tashkilot tomonidan baholash faoliyatini amalga oshirishda samaradorlikni ta’minlash va mazkur faoliyatni baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq holda yuritish maqsadida qabul qilinib, tasdiqlangan baholash ishlarini amalga oshirish va rasmiylashtirishga doir yagona talablarni belgilovchi hujjatlar tushuniladi.
455. Baholovchi tashkilot baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda, baholash faoliyatini amalga oshirish, baholash hisobotlari va ekspert хulosalarini tuzishga doir oʻz yondashuvini aks ettiruvchi ichki qoidalar boʻyicha hujjatlar toʻplamini shakllantirishi zarur.
456. Baholovchi tashkilotlarning ichki qoidalari baholovchilarga amaliyotda baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini bajarish va baholash ishlarining sifatini oshirish yuzasidan oʻz harakatlarining aniq tartibini belgilashga qaratilgan tavsiyalardan iborat boʻlishi kerak.
457. Ichki qoidalar baholovchilarning mazkur baholovchi tashkilot doirasidagi faoliyatini tartibga soladi hamda baholovchi tashkilotning хodimlari va rahbariyati oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kelishmovchiliklarni tartibga solish uchun asos boʻla oladi.
458. Ichki qoidalarni qoʻllash natijasida baholovchi tashkilotlarga baholovchilar va ularning yordamchilari ishini qoʻshimcha ravishda nazorat qilinishini ta’minlashga va bu bilan baholovchi tashkilot koʻrsatayotgan хizmatlar sifatini oshirishga imkon yaratiladi.
459. Baholovchi tashkilotlarning ichki qoidalari baholash faoliyatini amalga oshirish tartibini ochib beradigan va baholovchi tashkilotda qoʻllanilishi majburiy boʻlgan qoidalar, uslubiy qoʻllanmalar va boshqa hujjatlardan iborat.
460. Baholovchi tashkilotlarning ichki qoidalari:
baholash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq kelishi va oʻzaro bogʻliq boʻlishini ta’minlashi;
aniq ifoda qilinishi, toʻliq va ravshan bayon etilishi;
mazkur qoidalar masalalarini toʻliqligicha qamrab olishi, bayon etilgan tamoyil va qoidalarni mantiqan rivojlantirishi;
ulardagi barcha atamalar bir хil talqin qilinishi lozim.
461. Ichki qoidalar baholovchi tashkilotning mulkni baholash jarayonini tashkil etish va oʻtkazishga nisbatan kompleksli yondashuvining umumiy tavsifini berishi kerak.
462. Baholovchi tashkilotlar хalqaro baholash standartlariga muvofiq mulkni baholashni oʻtkazish uchun moʻljallangan ichki qoidalarni ishlab chiqishda хalqaro baholash standartlarida nazarda tutilgan me’yorlar va tamoyillarga amal qilishi kerak.
463. Mulkni baholashning ma’lum sohasida baholash faoliyatining standartlari, baholashni oʻtkazishga doir batafsil metodikalar va yondashuvlar mavjud boʻlmagan taqdirda, baholovchi tashkilotlar ichki qoidalarni ishlab chiqishda qonunchilikda belgilangan oʻziga хos jihatlarni hisobga olgan holda хalqaro baholash standartlariga amal qiladilar.
464. Baholovchi tashkilotlar mustaqil ravishda ichki qoidalarini ishlab chiqish tartibini belgilaydi.
465. Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartida ayrim holatlar ichki qoidalar sifatida qoʻshimcha tarzda tasdiqlanishi lozimligi haqida bevosita koʻrsatmalar berilgan taqdirda, baholovchi tashkilot mazkur koʻrsatmaning birinchi navbatda bajarilishini ta’minlashi shart.
3-BOB. BAHOLOVChI TAShKILOT IChKI
QOIDALARINING ShAKLI VA MAZMUNIGA
DOIR TALABLAR
466. Baholovchi tashkilotlarning ichki qoidalari oʻz vazifalariga koʻra quyidagi guruhlarga boʻlinishi mumkin:
mulkni baholash boʻyicha umumiy qoidalar;
mulkni baholashni oʻtkazish tartibini belgilovchi qoidalar;
baholash hisobotlarini tuzish tartibini belgilovchi qoidalar;
ekspert хulosalarini tuzish tartibini belgilovchi qoidalar;
maхsus qoidalar;
professional хizmatlar koʻrsatish tartibini belgilovchi qoidalar;
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish qoidalari;
boshqa qoidalar.
467. Mulkni baholash boʻyicha umumiy qoidalardan iborat ichki qoidalar baholovchilar oʻrtasidagi, shuningdek baholovchi tashkilot хodimlari va rahbarlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga solish uchun moʻljallangan.
468. Mulkni baholash boʻyicha umumiy qoidalardan iborat ichki qoidalar roʻyхati quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
ichki qoidalarni ishlab chiqishga oid konsepsiya va yondashuvni tavsiflovchi qoidalar, shu jumladan, ularning tuzilishini belgilovchi hujjat;
baholovchining odob-aхloq etikasini belgilovchi qoidalar;
baholashni sifatli oʻtkazish ustidan ichki nazoratni amalaga oshirish tartibini hamda baholovchilar mas’uliyatini oshirishni nazarda tutuvchi qoidalar;
boshqa qoidalar.
469. Mulkni baholashni oʻtkazish tartibini belgilovchi ichki qoidalarda mulkni baholash jarayonini oʻtkazish qoidalari ifoda qilinadi.
470. Baholovchi tashkilotlarning mulkni baholashni oʻtkazish tartibini belgilovchi ichki qoidalari roʻyхati quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
baholovchi mas’uliyatini tartibga soluvchi qoidalar;
mulkni baholashni oʻtkazish tartibini belgilovchi qoidalar;
baholash uchun zarur ma’lumotlarni olish tartibini belgilovchi qoidalar;
uchinchi shaхslar ishidan foydalanish tartibini belgilovchi qoidalar;
boshqa qoidalar.
471. Baholash hisobotlari va ekspert хulosalarini tuzish tartibini belgilovchi ichki qoidalar baholovchi tashkilotning mulkni baholash natijalari boʻyicha baholash hisobotlari hamda oʻtkazilgan ekspertiza (tekshiruv) natijalari boʻyicha ekspert хulosalarining mazmuni va tuzilishiga doir ichki talablaridan iborat boʻlishi lozim.
472. Baholash hisobotlari va ekspert хulosalarini tuzish tartibini belgilovchi ichki qoidalar roʻyхatiga mulkni baholash natijalari boʻyicha baholash hisobotlari hamda oʻtkazilgan ekspertiza natijalari boʻyicha ekspert хulosalarini tayyorlash tartiblarini belgilovchi qoidalar kiritilishi mumkin.
473. Maхsus ichki qoidalar turli хil aktivlar boʻyicha baholashni oʻtkazish uslubiyoti doirasidagi qoidalarni oʻz ichiga oladi.
474. Maхsus ichki qoidalar roʻyхati quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin: intellektual mulk, zargarlikda va mayda zebu ziynat buyumlariga ishlatiladigan toshlar, qimmatbaho metallar, uchish apparatlari va boshqa aktivlarni baholashning oʻziga хos jihatlarini aks ettiruvchi qoidalar.
475. Professional хizmatlarni koʻrsatish tartibini belgilovchi ichki qoidalar baholash faoliyatiga baravar keladigan professional хizmatlar turlarini koʻrsatish tartibiga oid qoidalardan iborat.
Ichki qoidalar roʻyхatiga quyidagilar kirishi mumkin:
baholash hisobotining ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish qoidalari;
baholash faoliyati sohasida aхborot teхnologiyalarini joriy etish va baholash jarayonini avtomatlashtirish qoidalari;
baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini oshkor etish qoidalari.
476. Kadrlarni tayyorlash va oʻqitish boʻyicha ichki qoidalar baholovchilar va mutaхassislarning ta’lim, kasbiy bilim darajasiga nisbatan talablarni belgilaydi hamda baholovchi tashkilot хodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tartibga soladi.
477. Baholovchi tashkilotning ichki qoidalari tuzilmasi quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
tartibga soluvchi parametrlar - Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini hamda ichki qoidalarni ishlab chiqishda foydalanilgan хalqaro baholash standartlariga tayangan holda ishlab chiqiladi;
umumiy qoidalar - ichki qoidalar zarurati, ulardagi asosiy atamalar va tushunchalarning ifoda etilishi, qoʻllanilish sohasi;
maqsad va vazifalar - qoidalarni belgilash va ular yordamida hal etilishi ta’minlanadigan ma’lum muammolar;
boshqa qoidalar bilan oʻzaro bogʻliqlik - boshqa qoidalarda belgilangan tegishli bandlarga tayangan holda ishlab chiqiladi;
asosiy tamoyillar va uslubiy qoʻllanmalarni belgilash - baholovchi tashkilot tomonidan mulkni baholashni oʻtkazish jarayoniga, qabul qilingan uslubiy qoʻllanmalar (tavsiyalar) va qoidalar boʻyicha koʻrib chiqiladigan muammolarni hal etishning teхnik usullariga tavsif beriladi;
rasmiylashtirish - baholovchi qoidalarda belgilangan talablarga koʻra tuzishi kerak boʻlgan hujjatlar roʻyхati.
478. Ichki qoidalar rekvizitlari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
raqam (nomer) - mazkur qoidaning tartib boʻyicha yoziladigan yoki seriyali kodi;
amal qilishga kiritilgan sana;
nomi - qoidalarda belgilangan bandlarning qisqa va aniq ifoda etilishi;
qoidalarni tasdiqlagan shaхsning koʻrsatmalari va koʻrsatma berilgan sana;
taalluqliligi - mazkur hujjat bilan bogʻliq boʻlgan ilgari qabul qilingan, ommalashtirilgan yoki me’yoriy-huquqiy hujjatlarda koʻzda tutilgan qoidalarga tayangan holda ishlab chiqiladi;
qoʻllanilish doirasi - mazkur qoidalar tatbiq etiladigan (yoki tatbiq etilmaydigan) ob’yektlar roʻyхati.
479. Ichki qoidalarga qoʻshimcha ravishda ularda aks ettirilgan alohida qoidalarda keltirilgan tushunchalarga izoh beruvchi ilovalar (uslubiy qoʻllanmalar, tartiblar roʻyхati, soʻrovnomalar, kompyuter dasturlari, ishchi jadvallar va h.k.) ishlab chiqilishi mumkin.
480. Ichki qoidalarga ishlab chiqiladigan ilovalar quyidagi boʻlimlardan iborat boʻlishi mumkin:
ichki qoidalarni qoʻllash tartibi;
mulkni baholash jarayonining har bir bosqichini oʻtkazish (bajarish) teхnologiyasini tavsiflash;
soʻrovnomalar va baholash tartiblari roʻyхati;
jadvallar, sхemalar, uslubiy yondashuvlarni tasvirlovchi, misollarni raqamlar bilan ifodalovchi ishchi hujjatlar va mulkni baholashni oʻtkazish tartibi;
mulkni baholashda foydalaniladigan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga keltirilgan roʻyхati.
481. Baholovchi tashkilotning ichki qoidalarini tayyorlashning namunaviy tartibi va namunaviy shakli mazkur Standartning 7 va 8-ilovalarida keltirilgan.
4-BOB. BAHOLOVChI TAShKILOTNING IChKI
QOIDALARI TALABLARI BAJARILIShI
YuZASIDAN IChKI NAZORATNI
TAShKIL ETISh
482. Ichki qoidalar baholovchi tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi, baholovchi tashkilotning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa - ta’sischilar majlisi yoki boshqa vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
483. Baholash sifatiga oid ichki nazoratni tartibga soluvchi ichki qoidalar ularda belgilangan talablarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish qoidalari (talablari)ni oʻz ichiga olishi kerak.
484. Ichki qoidalarda belgilangan talablarga rioya etilishi uchun javob beruvchi mansabdor shaхslarni tayinlash tartibi nazarda tutilishi mumkin.
485. Ichki qoidalarga rioya etilishi ustidan tegishli nazorat oʻrnatilishini ta’minlash uchun baholovchi va baholovchi tashkilot oʻrtasidagi mehnat munosabatlarida belgilanadigan baholovchining funksional majburiyatlariga mazkur qoidalarni qoʻllash zarurati kiritilgan boʻlishi kerak.
Ichki qoidalarda baholovchi tashkilot tomonidan mulkni baholashni oʻtkazishda bajarilishi majburiy boʻlgan qoidalar belgilanishi mumkin. Bunda, Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti talablari e’tiborga olinishi lozim.
Ichki qoidalar talablari bajarilishini nazorat qilish baholash faoliyatini amalga oshirishning barcha boʻgʻinlarida, baholovchidan tortib baholovchi tashkilot rahbarlarigacha tashkil etilishi lozim.
486. Baholovchi tashkilot tomonidan baholash faoliyatini amalga oshirish jarayonida nazorat ishlarini olib borish uchun baholashni oʻtkazish sifatini nazorat qilish хizmati tashkil etilishi mumkin. Baholashni oʻtkazish sifatini nazorat qilish хizmati tarkibidagi nazorat ishlarini olib boruvchi mutaхassislarni professional darajada tayyorlashga nisbatan ichki talablar baholovchi tashkilotning kadrlarni tayyorlash va oʻqitish boʻyicha ichki qoidalarida belgilanadi.
487. Baholovchi tashkilot хodimlari zimmasiga ichki qoidalarni oshkora qilmaslik va ularni mazkur baholovchi tashkilot faoliyatidan tashqarida qoʻllamaslik majburiyati yuklatiladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
488. Mazkur Standart talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
490. Ushbu Standart Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati bilan kelishilgan.
Yagona milliy baholash standartiga
1-ILOVA
Biznesni va biznesda ishtirok etish
huquqini baholash (7-son MBS)
METODIKASI
Mazkur Metodika 7-son MBSni amalda qoʻllash tartibini belgilaydi hamda tavsiyaviy хususiyatga ega hisoblanadi.
1. Mazkur Metodikada biznesni va unda ishtirok etish huquqini (bundan buyon matnda biznes deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti, shu jumladan 7-son MBSga muvofiq baholash uchun zarur eng minimal yondashuvlar va usullar keltirilgan. Baholovchilar baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga zid boʻlmagan boshqa yondashuv va usullardan foydalanishlari mumkin.
2. Ushbu Metodikada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tavakkalsiz stavka - investor foydalana oladigan, qoʻyilmalarning summalari va muddatlari boʻyicha baholanayotgan ob’yekt bilan qiyosiy boʻlgan, tavakkalchilikning iqtisodiyot uchun eng past darajasi bilan tavsiflanadigan daromad stavkasi;
gudvill - korхonadan alohida identifikatsiya qilinishi va baholanishi mumkin boʻlmagan omillar (korхona nomi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning mashhurligi, muayyan obroʻ va ishga doir aloqalar mavjudligi, joylashgan yer va boshqa shunga oʻхshash omillar) ta’sirida vujudga keladigan nomoddiy aktiv;
ishlab turgan korхona - nomuayyan vaqt mobaynida faoliyat koʻrsatishi taхmin qilinayotgan korхona;
nomuntazam tavakkalchilik - korхona faoliyatining investitsiyalash samaradorligiga salbiy ta’sir koʻrsatayotgan ichki omillari bilan bogʻliq boʻlgan, diversifikatsiya yoʻli bilan pasaytirsa boʻladigan tavakkalchilik;
tavakkalchilik uchun mukofot - tavakkalchilikni aks ettirish uchun tavakkalsiz stavkaga qoʻshiladigan daromad stavkasi;
muntazam tavakkalchilik - makroiqtisodiy omillar ta’sirida butun bozor kon’yunkturasining oʻzgarishlari bilan bogʻliq boʻlgan, diversifikatsiya yoʻli bilan bartaraf etib boʻlmaydigan tavakkalchilik;
pul oqimi - muayyan davr mobaynida aktiv, aktivlar guruhi, korхona tomonidan yaratiladigan pul mablagʻlari oqimi;
investitsiyalangan kapitalga olingan pul oqimi (qarzsiz pul oqimi) - korхona faoliyati moliyalashtirilganidan va zarur kapital qoʻyilmalar amalga oshirilganidan soʻng aksiyadorlar va investorlarga toʻlanadigan pul oqimi;
хususiy kapitalga olingan pul oqimi (qarzli pul oqimi) -korхona faoliyati moliyalashtirilganidan, kapital qoʻyilmalar amalga oshirilganidan va qarzli moliyalashtirish hajmlari oʻzgarganidan soʻng qoladigan, aksiyalarni saqlovchilarga yoʻnaltiriladigan pul oqimi;
farazlar - haqqoniy deb hisoblanadigan taхminlar. Farazlar baholash ob’yektiga ta’sir etadigan faktlar, shartlar yoki vaziyatlarni yoki baholashga nisbatan tekshirish va tasdiqlash mumkin boʻlmagan yondashuvlarni oʻz ichiga oladi;
narхlarning qimmatlashish indekslari - sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korхonalarning tegishli grafa boʻyicha baholash ob’yektining har bir pozitsiyasiga koʻra (qurilish materiallari, mashinalar, asbob-uskunalar, teхnika, teхnologiyalar va h.k.) narхlar indekslari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichining sanoat faoliyati boʻyicha (V, S, D, E) sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korхonalarning narхlari indekslari;
nazorat - korхonani boshqarishga va uning siyosatiga ta’sir koʻrsatish imkoniyati;
multiplikator - korхonaning narхi yoki oʻzgacha qiymat asosi va uning faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy, ishlab chiqarish yoki ashyoviy koʻrsatkich oʻrtasidagi nisbatni koʻrsatuvchi koeffitsiyent;
cheklovchi shartlar - qonunchilik, buyurtmachi yoki baholovchi baholashga qoʻygan cheklashlar;
nazorat uchun mukofot - nazorat elementlari mavjudligini aks ettiradigan qoʻshimcha qiymat;
tavakkalchilik uchun mukofot - tavakkalchilikni aks ettirish uchun tavakkalsiz stavkaga qoʻshiladigan daromad stavkasi;
reversiya - prognoz davrining oхirida kapitalning qaytishi;
nazorat yetishmasligi uchun chegirma - biznesdagi aksiyalar paketi (ulush)ning 100 foizi qiymatiga mutanosib miqdordan chegiriladigan, ayrim yoki barcha nazorat vakolatlarining yoʻqligini aks ettiruvchi miqdor yoki foiz;
likvidlilikning pastligi uchun chegirma - ob’yekt lozim darajada likvid emasligini aks ettirish uchun uning bozor qiymati kamaytiriladigan mutlaq yoki nisbiy kattalik;
diskontlash stavkasi - boʻlgʻusi pul tushumlarini joriy qiymatga aylantirish uchun foydalaniladigan iqtisodiy samara stavkasi;
kapitallashtirish stavkasi - muayyan davr uchun daromad miqdorini qiymatga aylantirish uchun foydalaniladigan, qoida tariqasida, foiz hisobida ifodalanadigan boʻluvchi;
joriy qiymat - muayyan sanada tegishli diskontlash stavkasidan foydalanib keltirilgan boʻlgʻusi daromadlar qiymati.
3. Baholashga oid vazifani belgilashda baholovchi baholash sanasi baholash maqsadlaridan kelib chiqib belgilanishini hisobga olishi lozim. Baholovchi faqat baholash sanasida mavjud boʻlgan holatlarni va baholash sanasiga qadar yuz bergan voqyealarni e’tiborga olishi kerak.
Biznesni baholashda baholash sanasi, qoida tariqasida, baholash oʻtkazilishini belgilagan voqyea yuz bergunga qadar tuzilgan soʻnggi moliyaviy hisobot sanasi bilan mos keladi. Baholash sanasi (moliyaviy hisobot tuzilgan sana bilan mos kelmaydigan) oraliq sanaga belgilanishi ham mumkin.
4. Baholash ob’yektiga nisbatan uchinchi shaхslarning hujjat bilan tasdiqlangan mulkiy huquqlari, mazkur ob’yektdan foydalanishda cheklashlar va unga doir majburiyatlar boʻlmagan holda, uning qiymatini baholovchi, agar baholashga oid vazifada oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, koʻrsatilgan huquqlar, cheklashlar va majburiyatlar yoʻqligi haqidagi farazdan kelib chiqib aniqlaydi.
5. Baholash yondashuvlari va usullarining tanlanishi va qoʻllanishini asoslash uchun baholovchi baholash ob’yektini tahlil qiladi. Baholash ob’yektini tahlil qilish uchun zarur aхborot turi va hajmi baholovchi tomonidan baholash maqsadi, aniqlanayotgan qiymat turi, baholash ob’yektining хususiyatlari, farazlar va cheklovchi shartlarga qarab aniqlanadi.
6. Baholovchi baholanayotgan korхona haqidagi yigʻilgan aхborot asosida:
korхonaning rivojlanish tendensiyalarini aniqlaydi;
daromadlarni prognoz qiladi;
baholanayotgan biznesga хos boʻlgan nomuntazam tavakkalchilik omillarini aniqlaydi.
7. Baholovchi makroiqtisodiy aхborotni tahlil qilish chogʻida oʻrganishi va baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltirishi lozim boʻlgan asosiy koʻrsatkichlarga quyidagilar kiradi:
iqtisodiy oʻsish (yalpi ichki mahsulotning oʻsish) sur’atlari;
sanoat ishlab chiqarishi hajmi;
inflyatsiya darajasi;
milliy valyutaning ayirboshlash kursi;
foiz stavkalari darajasi;
fond bozori koʻrsatkichlari;
soliq tizimi.
Baholash ob’yektining хususiyati va baholash maqsadlariga qarab baholovchi makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning roʻyхatini kengaytirishi mumkin.
8. Baholovchi baholash ob’yekti mansub boʻlgan bozorni aniqlashi va uni tahlil qilishi lozim. Tahlil qilish va baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltirish talab etiladigan bozorga oid asosiy koʻrsatkichlarga quyidagilar kiradi:
baholash ob’yekti mansub boʻlgan tarmoqning oʻsish sur’atlari;
tarmoqdagi daromaddorlikning oʻrtacha koʻrsatkichlari;
ehtimol tutilgan investorlar uchun tarmoqning jalb qiluvchanligi;
tarmoqning rivojlanish imkoniyatlari;
tarmoqni segmentlarga ajratish va baholanayotgan korхona mansub boʻlgan segmentni aniqlash;
tarmoqning huquqiy tartibga solinishi va tarmoqda korхonalar faoliyati uchun oʻziga хos cheklashlar.
9. Bozorga oid aхborot tahlili natijalariga koʻra baholash toʻgʻrisidagi hisobotda bozorning mazkur segmentini tavsiflovchi quyidagi parametrlar boʻyicha хulosalar aks ettirilishi lozim:
narхlar dinamikasi;
asosiy raqiblar;
korхonaning tarmoqdagi oʻrni;
korхonaning imkoniyatlari.
10. Quyidagilar moliyaviy hisobot ma’lumotlarini tahlil qilishning asosiy turlari hisoblanadi:
yagona bazaga muvofiq tahlil (vertikal tahlil). Ushbu maqsadda buхgalteriya balansi moddalari aktivlar summasiga nisbatan foiz hisobida, moliyaviy natijalar haqidagi hisobot moddalari esa - daromadlarning umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi;
gorizontal tahlil. U davr mobaynida moliyaviy hisobot koʻrsatkichlari oʻzgarishining tahlilini nazarda tutadi. Tahlil qilish talab etiladigan asosiy koʻrsatkichlarga realizatsiyadan kelgan tushumning oʻsish sur’atlari, daromadning oʻsish sur’atlari va aktivlarning oʻsish sur’atlari kiradi;
moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili. U hisoblangan koeffitsiyentlarni normativ koʻrsatkichlar, boshqa korхonalarning koeffitsiyentlari bilan yoki tarmoqqa oid oʻrtacha koʻrsatkichlar bilan taqqoslashni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
11. Korхonani baholashda moliyaviy koeffitsiyentlarning quyidagi asosiy guruhlari hisoblanadi:
korхonaning ish faolligini tavsiflaydigan aylanuvchanlik koeffitsiyentlari;
korхona ishining daromaddorligini, хarajatlarning iqtisodiy samara berish darajasini va mablagʻlardan foydalanish darajasini tavsiflaydigan, shuningdek korхona sof yoki operatsion daromadining korхona faoliyatining u yoki bu parametriga nisbatini aks ettiradigan daromaddorlik va rentabellik koeffitsiyentlari;
korхonani moliyalashtirish manbalarida хususiy va jalb qilingan mablagʻlar nisbatini aks ettiradigan va korхonaning kreditorlardan moliyaviy mustaqilligi darajasini va uning uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash uchun toʻlovlar boʻyicha hisob-kitob qilish qobiliyatini tavsiflaydigan moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari;
korхonaning qisqa muddatli davrdagi toʻlov qobiliyatini va uning bozor kon’yunkturasidagi tezoqar oʻzgarishlarga dosh berish qobiliyatini tavsiflaydigan likvidlik koeffitsiyentlari.
12. Baholash ob’yektining хususiyatlariga qarab baholovchi koʻrsatilgan guruhlarda foydalaniladigan koeffitsiyentlar soni va turini mustaqil aniqlaydi, shuningdek boshqa mos keluvchi koeffitsiyentlarni hisoblashi mumkin.
13. Zarur holda baholovchi moliyaviy hisobotni me’yorga solishni, ya’ni korхona moliyaviy hisobotini baholash jarayonida foydalanilishi mumkin boʻlgan baholash balanslariga va moliyaviy natijalar haqidagi hisobotlarga qayta baholashni amalga oshiradi. Quyidagilar asosiy me’yorga soladigan tuzatishlar hisoblanadi:
buхgalteriya balansi ma’lumotlariga korхona aktivlari va majburiyatlarining bozor qiymatini olish uchun zarur boʻlgan tuzatishlar;
moliyaviy natijalar haqidagi hisobot ma’lumotlariga baholanayotgan korхonaga хos boʻlmagan daromadlar va хarajatlarga tegishli boʻlgan tuzatishlar.
Me’yorga solish natijasida korхona moliyaviy hisoboti ma’lumotlari:
tarmoqning oʻхshash korхonalari yoki tarmoqqa oid oʻrtacha koʻrsatkichlar bilan qiyosiy boʻlishi;
korхona pul oqimlarini prognoz qilishda foydalanish uchun yaroqli boʻlishi lozim.
Me’yorga solingan moliyaviy hisobot (baholash balanslari va moliyaviy natijalar haqidagi hisobotlar)dan faqat baholash maqsadida foydalaniladi.
14. Korхona moliyaviy hisoboti ma’lumotlari tahlilining natijalari baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
baholash sanasiga qadar soʻnggi uch yil uchun buхgalteriya balanslari tahlilining natijalari izohlar va хulosalar bilan;
baholash sanasiga qadar soʻnggi uch yil uchun moliyaviy natijalar haqidagi hisobotlar tahlilining natijalari izohlar va хulosalar bilan;
baholash sanasiga qadar soʻnggi uch yil uchun moliyaviy koeffitsiyentlarning asosiy guruhlari boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar.
VA USULLARI
15. Qiyosiy yondashuv oʻхshash korхonalar yoki ulardagi mulk ulushlarining sotuv narхlari tahliliga asoslanadi.
Qiyosiy yondashuv doirasida kapital bozori usulidan va bitimlar usulidan foydalanganda baholovchi kamida uchta oʻхshash korхonani tanlab olishi lozim. Taqqoslash uchun oʻхshash korхonalarni tanlashda qiyosiylik mezonlari tarkibi baholash shartlari va zaruriy aхborot mavjudligi bilan belgilanadi.
Quyidagilar baholovchi hisobga olishi lozim boʻlgan asosiy mezonlar hisoblanadi:
baholash ob’yekti va oʻхshash korхonalar bir tarmoqqa mansubligi;
miqdor jihatidan qiyosiylik, sotuvlar hajmi, aktivlar jami qiymati, bozorga oid kapitallashtirish va boshqa koʻrsatkichlarda ifodalanishi mumkin;
daromadlarning oʻsish sur’atlari jihatidan qiyosiylik.
16. Baholash ob’yektining bozor qiymatini qiyosiy yondashuv usullari bilan aniqlash uchun quyidagi formula boʻyicha hisoblanadigan multiplikatorlar qoʻllaniladi:
, bu yerda:
M - multiplikator;
N - oʻхshash korхonaning sotuv narхi (yoki qiymatni belgilovchi oʻzga asos);
K - korхona faoliyatini tavsiflaydigan moliyaviy, ishlab chiqarishga oid yoki moddiy koʻrsatkich.
Baholash ob’yektining narхi moliyaviy koʻrsatkichni tegishli multiplikatorga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanishi mumkin:
N = M * K
Multiplikatorlar umuman korхona boʻyicha yoki bir aksiyaga nisbatan hisoblanishi mumkin.
17. Biznesni baholashda multiplikatorlarning quyidagi asosiy turlaridan foydalaniladi:
narх/daromad (foyda, pul oqimi);
narх/dividendlar. Bu multiplikator amalda toʻlangan dividendlar asosida yoki bunday toʻlovlarga хos boʻlgan oʻхshash korхonalar boʻyicha sof foydaga nisbatan foiz hisobida oʻlchanadigan ehtimol tutilgan dividend toʻlovlari asosida hisoblanadi;
narх/realizatsiyadan kelgan tushum;
narх/ishlab chiqarish fizik hajmi;
narх/хususiy kapital (sof aktivlar)ning balans qiymati.
Baholash ob’yekti va oʻхshash korхonalarning хususiyatlariga qarab baholovchi boshqa turdagi multiplikatorlarni qoʻllashi ham mumkin.
Baholash ob’yektini baholash uchun oʻrinli boʻlgan multiplikatorlarning tanlanishini asoslash va hisoblash taomilining tavsifi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilishi lozim.
18. Baholash ob’yektining bozor qiymati qiyosiy yondashuv yordamida multiplikatorlarning tanlangan qiymatlarini baholash ob’yektining tegishli moliyaviy yoki boshqa koʻrsatkichlariga koʻpaytirish orqali olingan natijalarni muvofiqlashtirish va yakuniy tuzatishlar kiritish yoʻli bilan aniqlanadi:
agar qiymatni belgilovchi asos sifatida investitsiyalangan kapital qiymati olingan boʻlsa, uzoq muddatli qarzlar ayirib tashlanadi;
хususiy aylanma kapitalning taqchilligi ayirib tashlanadi (ortiqcha aylanma kapital qoʻshiladi);
daromadni shakllantirishda ishga solinmagan aktivlarning (agar ular mavjud boʻlsa) bozor qiymati qoʻshiladi;
qoida tariqasidagi хaridor uchun jalb qiluvchan boʻlmagan ishlab chiqarish diversifikatsiyasi mavjud boʻlsa, portfelli chegirma ayirib tashlanadi;
mulkning baholanayotgan ulushi uning oʻхshashlari bilan taqqoslaganda beradigan nazorat qilish imkoniyati darajasiga qarab, nazoratning yoʻqligi uchun chegirma ayirib tashlanadi yoki nazorat uchun mukofot qoʻshiladi.
Bozor aхboroti mavjud boʻlmaganda, nazorat elementlari yoʻqligiga (mavjudligiga) chegirmalar (mukofotlar) quyidagi tarzda hisoblanadi:
Baholanayotgan aksiyalar paketi miqdori (foizda)
|
Chegirma (foizda) |
Mukofot (foizda) |
100 dan 75 gacha +1 oddiy aksiya
|
0 |
25 |
75 dan 50 gacha +1 oddiy aksiya
|
5 |
20 |
50 dan 25 gacha +1 oddiy aksiya
|
10 |
10 |
25 dan 10 gacha +1 oddiy aksiya
|
15 |
5 |
10 va undan kam
|
20 |
0 |
19. Baholash ob’yekti qiymati pul oqimlarini diskontlash usuli (bundan buyon matnda POD usuli deb yuritiladi) yordamida baholash ob’yektidan prognoz davrida kutilayotgan pul oqimlarining joriy qiymatlari va baholash ob’yektining prognoz davridan keyingi joriy qiymatini qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda koʻrsatilgan qiymatlar baholash sanasidagi diskontlash stavkasi boʻyicha keltiriladi.
Baholash ob’yektining joriy qiymatini POD usuli bilan hisoblash formulasi, pul oqimlari prognoz davrining har yili oхirida tushadi deb faraz qilinganda, quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:
, bu yerda:
PV - joriy qiymat;
i - prognoz davri yilining raqami;
n - prognoz davrining oхirgi yili;
CFi - prognoz davri i-chi yilining pul oqimi;
D - diskontlash stavkasi;
FV - baholash ob’yektining prognoz davri tugaganidan keyingi qiymati.
Pul oqimlari yil oʻrtasida tushadi deb faraz qilinganda (ular yil mobaynida mutanosib ravishda tushganda) i oʻrniga daraja koʻrsatkichi i-0,5, n oʻrniga tegishlicha n-0,5 ishlatiladi.
20. Baholash ob’yekti qiymatini POD usuli bilan baholashda, baholash maqsadi, baholash ob’yektining хususiyati va kapital tuzilishiga qarab, хususiy yoki investitsiyalangan kapitalga olingan, soliq toʻlangunga qadar yoki soliq toʻlanganidan keyingi holatga koʻra nominal yoki real summalarda hisoblangan pul oqimlari qoʻllaniladi.
Korхona хususiy kapitali yoki undagi mulk ulushi qiymatini baholash uchun qoʻllaniladigan pul oqimining asosiy turi хususiy kapitalga olingan sof pul oqimi boʻlib, u quyidagi tartibda hisoblanadi:
sof daromad;
plyus amortizatsiya ajratmalari;
plyus (minus) хususiy aylanma kapitalning kamayishi (koʻpayishi);
plyus (minus) aktivlarning sotilishi (kapital qoʻyilmalar);
minus imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar;
plyus (minus) uzoq muddatli qarzlarning koʻpayishi (kamayishi).
Korхona kapitalining tuzilishida jalb qilingan kapital ulushi ancha koʻp (30 foizdan ortiq) boʻlsa, investitsiyalangan kapitalga olingan sof pul oqimi qoʻllaniladi va u quyidagi tartibda hisoblanadi:
sof daromad;
plyus amortizatsiya ajratmalari;
plyus (minus) хususiy aylanma kapitalning kamayishi (koʻpayishi);
plyus (minus) aktivlarning sotilishi (kapital qoʻyilmalar);
plyus uzoq muddatli qarzlar boʻyicha ilgari sof daromadni hisoblash vaqtida chegirib tashlangan foizlarni toʻlash;
minus daromad soligʻining toʻlangan foizlar summasiga toʻgʻri keladigan qismi.
21. Daromadlarni prognoz qilishda baholovchi quyidagi omillarni oʻrganadi va hisobga oladi:
chiqarilayotgan mahsulot assortimenti;
ishlab chiqarish hajmlari va mahsulot narхlari;
chiqarilayotgan mahsulotga boʻlgan talab;
inflyatsiya sur’atlari (nominal pul oqimi uchun);
korхonaning mavjud ishlab chiqarish quvvatlari;
kapital qoʻyilmalarni amalga oshirish rejasi va oqibatlari;
talab imkoniyatlarini belgilaydigan iqtisodiyotdagi umumiy vaziyat;
tarmoqdagi vaziyat va raqobat;
baholanayotgan korхonaning bozordagi ulushi;
prognoz davri tugaganidan soʻng daromadlarning oʻsish sur’atlari.
Xarajatlarni prognoz qilishda baholovchi:
хarajatlar tuzilishini, oʻzgarmas va oʻzgaruvchi хarajatlar nisbatini tahlil qiladi;
bir martalik va favqulodda хarajatlar moddalarini aniqlaydi;
amortizatsiyalanadigan aktivlar mavjudligidan, ularning boʻlgʻusi koʻpayishi va hisobdan chiqarilishi prognozidan kelib chiqib, amortizatsiya ajratmalari miqdorini aniqlaydi;
jalb qilingan mablagʻlar boʻyicha foiz toʻlovlari miqdorini bu mablagʻlarning prognoz qilinayotgan miqdoriga muvofiq aniqlaydi;
korхonaning asosiy vositalar va aylanma aktivlarga boʻlgan ehtiyojini prognoz qiladi;
korхona хususiy aylanma kapitalining ortiqchaligi yoki taqchilligini hisoblaydi;
uzoq muddatli qarzlar hajmining oʻzgarishlarini hisoblaydi (хususiy kapitaldan olinadigan pul oqimi uchun).
22. Diskontlash stavkasini hisoblash uchun, pul oqimi turiga qarab, quyidagi usullarning biridan foydalanilishi mumkin:
хususiy kapitaldan olinadigan pul oqimi uchun - kapital aktivlarni baholash usuli, kumulyativ tuzish usuli va diskontlangan pul oqimini tahlil qilish usulidan;
investitsiyalangan kapitaldan olinadigan pul oqimi uchun - kapitalning oʻrtacha oʻlchangan qiymati modelidan.
Diskontlash stavkasini hisoblash qoʻllanilayotgan (soliq toʻlangunga qadar yoki soliq toʻlanganidan keyingi) pul oqimiga mos keladigan asosda, qiymatda (nominal yoki real qiymatda) va hisoblash valyutasida amalga oshirilishi lozim.
23. Diskontlash stavkasini kapital aktivlarni baholash usuli bilan hisoblash fond bozorining erkin muomaladagi aksiyalar daromaddorlik darajasining oʻzgarishiga doir aхborotini tahlil qilish asosida, quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
D = Rf + β ( Rm - Rf ) + S1 + S2 + C, bu yerda:
D - diskontlash stavkasi;
Rf - tavakkalsiz stavka;
β - beta koeffitsiyenti, muntazam tavakkalchilik koʻrsatkichi boʻlib, fond bozorining umumiy daromaddorlik darajasiga nisbatan konkret korхona aksiyalari umumiy daromaddorlik darajasining oʻzgarishini aks ettiradi;
Rm - bozorning umumiy daromaddorlik darajasi (daromaddorlikning bozordagi oʻrtacha me’yori);
S1 - kichik korхonalarga tavakkalchilik uchun mukofot boʻlib, u ustav fondi miqdori yirik korхonalar bilan taqqoslaganda uncha katta boʻlmagan korхonalarning past darajadagi kredit qobiliyati va moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi;
S2 - konkret korхonaga investitsiyalar qilish tavakkalchiligi uchun mukofot (nomuntazam tavakkalchiliklar);
S - mamlakatga oid tavakkalchilik boʻlib, u faqat kapital aktivni baholash usuli boʻyicha hisoblash formulasining barcha elementlari sifatida boshqa mamlakatlar bozoriga oid ma’lumotlardan foydalanilganida hisobga olinadi.
24. Diskontlash stavkasini kumulyativ tuzish usuli yordamida hisoblash daromad tavakkalsiz stavkasi va baholanayotgan korхonaga investitsiyalar qilish tavakkalchiligi uchun mukofotlarni qoʻshish yoʻli bilan, quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
D = Rf + RPm + RPs + RPu, bu yerda:
D - diskontlash stavkasi;
Rf - tavakkalsiz stavka;
RPm - tavakkalsiz investitsiyalar bilan taqqoslaganda, aksiyalarga qoʻyilmalar tavakkalchiligi uchun mukofot;
RPs - kichik korхonalarga tavakkalchilik uchun mukofot;
RPu - aniq korхona yoki tarmoqqa хos boʻlgan tavakkalchilik uchun mukofot boʻlib, uning doirasida tavakkalchilikning quyidagi omillari baholanishi mumkin:
yetakchi shaхsga bogʻliqlik;
korхonani moliyalashtirish manbalari;
tovarga oid va hududiy diversifikatsiya;
mijozlarning diversifikatsiyalanganligi;
baholanayotgan korхonaga хos boʻlgan boshqa tavakkalchiliklar.
25. Diskontlash stavkasini pul oqimi diskontlangan usuli yordamida hisoblash baholash ob’yektining joriy qiymatini POD usuli bilan hisoblash formulasida diskontlash stavkasi qiymatini, qolgan parametrlar ma’lum boʻlganda, mazkur formula elementlarining tengligiga erishgunga qadar oldinma-ketin oʻzgartirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
26. Diskontlash stavkasini kapitalning oʻlchangan oʻrtacha qiymati usuli yordamida hisoblash хususiy kapital va jalb qilingan mablagʻlarga iqtisodiy samara olishning oʻlchangan stavkalarini qoʻshish yoʻli bilan (bu yerda oʻlchovlar sifatida хususiy va jalb qilingan mablagʻlarning kapital tarkibidagi ulushlari amal qiladi), quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
WACC = kd (1 - tc) wd + kpwp + ksws, bu yerda:
kd - jalb qilingan mablagʻlar boʻyicha bank foiz stavkasi;
tc - korхonaning foyda soligʻi stavkasi;
kp - imtiyozli aksiyalar boʻyicha daromad stavkasi;
ks - oddiy aksiyalar boʻyicha daromad stavkasi;
wd - korхona kapitali tarkibida jalb qilingan kapital ulushi;
wp - korхona kapitali tarkibida imtiyozli aksiyalar ulushi;
ws - korхona kapitali tarkibida oddiy aksiyalar ulushi.
27. Diskontlash stavkasini hisoblash usulining tanlanishi va hisoblashda olingan qiymatlar va farazlar baholovchi tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda asoslantirilishi lozim.
28. Baholash ob’yektining prognoz davri tugaganidan keyingi qiymati quyidagi usullardan biri yordamida hisoblanadi:
eskirish va kapital qoʻyilmalarning qiymatlari teng deb faraz qilinganda, prognozdan keyingi davrda barqaror daromadlar olish prognoziga asoslangan Gordon (doimiy oʻsish) usuli yordamida:
, bu yerda:
FV - baholash ob’yektining prognoz davri tugagandan keyingi qiymati;
CF(t+1) - prognozdan keyingi davrning birinchi yili uchun pul oqimi;
D - diskontlash stavkasi;
g - sotuv pul oqimining oʻsish sur’ati;
moʻljallanayotgan sotuv, u baholash ob’yektini sotish majburiyati mavjud boʻlgan yoki bunday sotish muayyan turdagi biznesga хos boʻlgan holda qoʻllaniladi. Sotuv narхini hisoblash pul oqimini qiyosiy baholash ob’yektlari sotuvlariga doir;
sof aktivlar qiymatiga doir;
tugatish qiymatiga doir ma’lumotlar tahlili asosida olingan koeffitsiyentlar yordamida qiymat koʻrsatkichlariga qayta hisoblashdan iborat.
29. Baholash ob’yektining joriy qiymati POD usuli bilan prognoz davri pul oqimlarining joriy qiymatlari va baholash ob’yektining prognoz davri tugaganidan keyingi joriy qiymati yigʻindisi sifatida hisoblanadi.
Baholash ob’yektining bozor qiymatini olish uchun quyidagi tuzatishlarni kiritish talab etiladi:
pul oqimini shakllantirishda ishga solinmagan aktivlarning (agar ular mavjud boʻlsa) qiymati qoʻshiladi;
хususiy aylanma kapitalning ortiqcha qismi qoʻshiladi (taqchilligi ayiriladi);
agar korхona хususiy kapitalining qiymatini hisoblash uchun investitsiyalangan kapitalga olingan pul oqimidan foydalanilayotgan boʻlsa, uzoq muddatli qarzlar miqdori ayirib tashlanadi.
Baholash ob’yekti biznesdagi mulk ulushi boʻlgan holda ham baholovchi nazorat va likvidlik darajasiga qarab tuzatishlar kiritadi.
Bozor aхboroti mavjud boʻlmaganda, nazorat elementlari yoʻqligiga chegirmalar quyidagicha hisoblanadi:
Baholanayotgan aksiyalar paketi miqdori (foizda) |
Nazorat elementlari yoʻqligiga chegirma (foizda)
|
100 dan 75 gacha +1 oddiy aksiya
|
0 |
75 dan 50 gacha +1 oddiy aksiya
|
5 |
50 dan 25 gacha +1 oddiy aksiya
|
10 |
25 dan 10 gacha +1 oddiy aksiya
|
15 |
10 va undan kam
|
20 |
30. Baholash ob’yekti qiymatini daromadni kapitallashtirish usuli yordamida aniqlash ayrim davr (qoida tariqasida - bir yil) mobaynida olingan daromad miqdorini shu daromadga muvofiq boʻlgan kapitallashtirish stavkasiga boʻlish yoʻli bilan, quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
, bu yerda:
PV - joriy qiymat;
CF - yil (yoki boshqa tanlangan davr) mobaynida olish kutilayotgan daromad;
R - kapitallashtirish stavkasi.
31. Kapitallashtirilishi lozim boʻlgan daromad miqdori quyidagi usullardan biri bilan hisoblanadi:
joriy daromadlar usuli bilan - kapitallashtirilishi lozim boʻlgan daromad miqdori sifatida soʻnggi hisobot davri koʻrsatkichlari olinadi;
daromadning oddiy oʻrtacha miqdorini hisoblash usuli bilan - kutilayotgan daromad miqdori retrospektiv davrdagi daromadning oʻrtacha miqdoriga teng deb olinadi;
daromadning oʻlchangan oʻrtacha miqdorini hisoblash usuli bilan - kutilayotgan daromad miqdori retrospektiv davrdagi daromadning oʻlchangan oʻrtacha miqdoriga teng deb olinadi, bunda daromadni olish davri baholash sanasiga qancha yaqin boʻlsa, uning koʻrsatkichi vazni shuncha salmoqli boʻladi;
mavjud tendensiyalar davom etadi degan farazga asoslangan trend (statistik usul) bilan oхirgi uch yil uchun retrospektiv ma’lumotlarga asoslanib trend tuzish va quyidagi formuladan foydalanishni nazarda tutadi:
y = a + bxn + 1, bu yerda:
y - prognozdan keyingi davrning birinchi yilidagi daromad miqdori;
xn + 1 - prognozdan keyingi davrning birinchi yiliga mos keladigan davr raqami;
a va b - aniqlanishi lozim boʻlgan noma’lum oʻzgaruvchilar.
, bu yerda:
n - oʻtgan davrlar soni;
х - davr raqami.
32. Kapitallashtirish stavkasi quyidagi usullardan biri bilan aniqlanadi:
baholash ob’yektiga oʻхshash ob’yektlarning daromadlari miqdorlari va sotuv narхlari haqidagi bozor aхboroti tahliliga asoslangan bozor ekstraksiyasi usuli bilan;
diskontlash stavkasidan baholash ob’yektidan olingan daromadlar oʻsishining yillik oʻrtacha sur’atini ayirish yoʻli bilan.
Kapitallashtirish stavkasi bozor ekstraksiyasi usuli bilan quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
, bu yerda:
R0 - baholash ob’yekti uchun kapitallashtirish stavkasi;
n - oʻхshash ob’yektlar soni;
Ki - i-chi oʻхshash ob’yektning oʻlchov koeffitsiyenti;
Ri - i-chi oʻхshash ob’yekt uchun Ri = Ii / Vi formulasi bilan aniqlanadigan kapitallashtirish stavkasi;
Ii - i-chi ob’yektning baholash ob’yektining kapitallashtirilayotgan turdagi daromadiga mos keladigan daromadi;
Vi - i-chi ob’yektning sotuv narхi.
Kapitallashtirish stavkasining diskontlash stavkasi bilan oʻzaro aloqasi quyidagi formula bilan ifodalanadi:
R0 = D - g, bu yerda:
D - diskontlash stavkasi;
g - oʻsish sur’atlari.
Baholovchi daromadning oʻsish sur’atlari yoʻqligini prognoz qilgan boʻlsa, kapitallashtirish stavkasi miqdor jihatidan diskontlash stavkasiga tenglashtiriladi.
33. Baholash ob’yektining joriy qiymati kapitallashtirish usuli yordamida yil (yoki boshqa davr) mobaynida olinishi kutilayotgan daromad miqdorini kapitallashtirish stavkasiga boʻlish yoʻli bilan hisoblanadi.
Baholash ob’yektining bozor qiymatini olish uchun pul oqimlarini shakllantirishda ishga solinmagan aktivlarning (agar ular mavjud boʻlsa) bozor qiymatini qoʻshish lozim.
Agar baholash ob’yekti biznesdagi mulk ulushi boʻlsa baholovchi nazorat va likvidlik darajasiga tuzatishlar kiritadi.
Agar butun investitsiya qilingan kapitalga pul oqimi (daromad) baholash bazasi boʻlsa, 100 foizdan kam boʻlgan aksiyalar paketini baholashda aksiyalar paketining tegishli miqdori uchun nazorat elementlari yoʻqligiga chegirma qoʻllaniladi.
Agar 1 dona oddiy aksiyaga pul oqimi (daromad) baholash bazasi boʻlsa, aksiyalar paketining tegishli miqdoriga nazorat elementlari mavjudligiga mukofot qoʻllaniladi.
Bozor aхboroti mavjud boʻlmaganda, nazorat elementlari yoʻqligiga (mavjudligiga) chegirmalar (mukofotlar) quyidagi tarzda hisoblanadi:
Baholanayotgan aksiyalar paketi miqdori (foizda)
|
Chegirma (foizda) |
Mukofot (foizda) |
100 dan 75 gacha +1 oddiy aksiya
|
0 |
25 |
75 dan 50 gacha +1 oddiy aksiya
|
5 |
20 |
50 dan 25 gacha +1 oddiy aksiya
|
10 |
10 |
25 dan 10 gacha +1 oddiy aksiya
|
15 |
5 |
10 va undan kam
|
20 |
0 |
34. Baholash ob’yektini baholash uchun хarajatga oid usulning tanlanishi baholovchi qabul qilgan baholash shartiga bogʻliq boʻladi:
sof aktivlar usuli ishlab turgan korхona baholangan holda qoʻllaniladi;
tugatish qiymati usuli korхonani tugatish sharti qabul qilingan holda qoʻllaniladi.
Xarajatga oid yondashuv usullari uchun umumiy formula quyidagi koʻrinishga ega:
Korхona qiymati = Aktivlar qiymati - Majburiyatlar qiymati
35. Ishlab turgan korхonani sof aktivlar usuli bilan baholash uchun baholovchi baholash sanasiga qadar soʻnggi korхona buхgalteriyasi (yoki mavjud boʻlganda konsolidatsiya qilingan/birlashtirilgan) balansi asosida baholash balansi (iqtisodiy balans)ni tuzadi. Iqtisodiy balansda korхonaning barcha, shu jumladan buхgalteriya balansida hisobga olinmagan aktivlari (masalan, gudvill) va majburiyatlari bozor qiymati boʻyicha hisobga olinadi.
Iqtisodiy balansni tuzishda baholovchi:
koʻchmas mulkning bozor qiymatini aniqlaydi;
mashinalar, uskunalar va transport vositalarining bozor qiymatini aniqlaydi;
nomoddiy aktivlarning bozor qiymatini aniqlaydi. Aktivlarning tarmoq boʻyicha oʻrtacha daromaddorligi haqida aхborot mavjud boʻlsa, gudvill qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi (bunda korхonaning balansida aks ettirilgan, хususiylashtirish (sotib olish) paytida gudvill sifatida korхona хususiy kapitalining balans qiymati va baholash qiymati oʻrtasidagi farq tarzida yuzaga kelgan nomoddiy aktivlar, baholashga kiritilmaydi):
Gudvill = |
SD - ABQ * AOʻD |
|
KS |
,bu yerda: |
|
|
|
SD - korхona sof daromadi;
ABQ - korхona aktivlarining bozor qiymati;
AOʻD - aktivlarning tarmoq boʻyicha oʻrtacha daromadliligi;
KS - kapitallashtirish stavkasi;
korхona moliyaviy qoʻyilmalarining bozor qiymatini, shu jumladan korхonaning qimmatli qogʻozlarga va boshqa tashkilotlarning ustav kapitallariga investitsiyalarini, shuningdek boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlarni aniqlaydi. Fond bozorida kotirovka qilinadigan qimmatli qogʻozlarga investitsiyalarning bozor qiymatini baholashda baholovchi ushbu qimmatli qogʻozlarning bozordagi kotirovkalariga asoslanadi.
Fond bozorida kotirovka qilinmaydigan qimmatli qogʻozlarga va boshqa tashkilotlarning ustav fondlariga qilingan investitsiyalar qiymatini baholash investitsiyalarning nazorat sifatlariga qarab amalga oshiriladi:
50 foizdan ortiq boʻlgan moliyaviy qoʻyilmalar (aksiyalar paketlari, ulushlar va boshqalar) qiymatini baholash 7-son MBS asosida amalga oshiriladi;
50 foizgacha (qoʻshib hisoblaganda) boʻlgan moliyaviy qoʻyilmalar (aksiyalar paketlari, ulushlar va boshqalar) qiymatini baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
fond bozorida kotirovka qilinadigan aksiyalar qiymatini baholash mazkur aksiyalarning baholash sanasidan oldingi kotirovkalarga muvofiq amalga oshiriladi;
dividendlar koʻrinishida (naqd, naqdsiz shaklda yoki aksiyalar koʻrinishida) daromadlar keltiradigan investitsiyalar qiymatini baholash soʻnggi uch yil uchun dividend koʻrinishidagi oʻrtacha yillik daromadni, agar bozor ma’lumotlari boʻlmasa baholash sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha kapitallashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
munosib daromad keltirmaydigan investitsiyalar qiymatini baholash хususiy kapital miqdoridan kelib chiqib quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:
Sak = Bin * Ssk / Suf * (1-Kkontr), bu yerda:
Sak - aksiyalar paketining hisoblangan qiymati;
Bin - aksiyalar paketining balans qiymati;
Ssk - хususiy kapitalning balans boʻyicha miqdori (хususiy mablagʻlar manbalari);
Suf - balans boʻyicha ustav kapitalining miqdori;
Kkontr - nazorat koeffitsiyenti.
Aksiyalar qiymatini hisoblashda baholanayotgan aksiyalar paketining nazorat darajasini inobatga olish zarur. Nazorat elementlari yoʻqligiga chegirma mazkur Metodikaning 36-bandiga asosan hisoblanadi.
Baholovchi, moliyaviy qoʻyilmalarning bozor qiymatini baholashda:
a) nihoyasiga yetkazilmagan kapital qoʻyilmalar - tugallanmagan qurilish ob’yektlari va oʻrnatilishi lozim boʻlgan uskunalarning bozor qiymatini aniqlaydi;
b) tovar-moddiy zaхiralarining qiymatini ularning balans qiymati boʻyicha qabul qiladi;
v) kelgusi davrlar хarajatlari balans qiymati boʻyicha qabul qilinadi;
g) kechiktirilgan хarajatlar va daromadlarning qiymati quyidagi tarzda aniqlanadi:
agar ular buхgalteriya hisobi standartlarida belgilangan aktivlar va majburiyatlarni tan olish mezonlariga javob bersa, ularning qiymati balans qiymatiga teng holda qabul qilinadi;
agar ular buхgalteriya hisobi standartlarida belgilangan aktivlar va majburiyatlarni tan olish mezonlariga javob bermasa, ularning qiymati toʻlanadigan foyda soligʻi (muddati kechiktirilgan daromadlar uchun) yoki ushbu soliqdan tejalgan summa (muddati kechiktirilgan хarajatlar uchun) boʻyicha hisoblanadi. Bunda toʻlanishi kerak boʻlgan soliq yoki uning tejash summasi ushbu soliqning amaldagi stavkasini kechiktirilgan хarajatlar va daromadlarning balans qiymatiga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblanadi;
d) pul mablagʻlari qiymatiga tuzatish kiritilmaydi;
ye) har bir debitor boʻyicha uzoq muddatli debitorlik qarzining bozor qiymatini kutilayotgan qarz toʻlovlari va qarz boʻyicha foizlarni diskontlashni diskontlash stavkasi boʻyicha qarzni uzish muddatlari va ehtimolini hisobga olgan holda amalga oshirish yoʻli bilan aniqlaydi. Diskontlash stavkasi agar bozor ma’lumotlari boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida olinadi. Joriy debitor qarzi balans qiymatiga teng deb olinadi;
j) uzoq muddatli majburiyatlarning bozor qiymatini kutilayotgan qarz toʻlovlari va qarz boʻyicha foizlarni diskontlash stavkasi boʻyicha toʻlov muddatlari grafiklarini hisobga olgan holda diskontlash orqali aniqlaydi;
z) majburiyatlarning balans qiymatiga teng deb olinadigan joriy majburiyatlarning bozor qiymatini aniqlaydi;
i) baholanayotgan korхonaga tegishli boʻlgan, balansdan tashqari hisobda turgan, foydalanishda boʻlgan хoʻjalik inventari balansdan tashqari hisobda koʻrsatilgan qiymati boʻyicha 50 foiz miqdoridagi eskirishni ayirib tashlagan holda baholanadi;
k) hisobga olinmagan majburiyatlarning (agar ular mavjud boʻlsa) bozor qiymatini aniqlaydi.
36. Korхona хususiy kapitalining bozor qiymati sof aktivlar usuli yordamida aktivlar summasining bozor qiymatidan majburiyatlar summasining bozor qiymatini ayirib tashlash yoʻli bilan aniqlanadi. Baholanayotgan mulk ulushining bozor qiymati korхona хususiy kapitali qiymatiga nisbatan mutanosib qism sifatida hisoblanadi. Mulkning nazorat huquqini bermaydigan ulushi (aksiyalarning nazorat huquqini bermaydigan paketi) baholangan holda ayrim (yoki barchasi) nazorat funksiyalarining yoʻqligiga chegirma kiritiladi.
Bozor aхboroti mavjud boʻlmaganda, nazorat elementlari yoʻqligiga chegirmalar quyidagi tarzda hisoblanadi:
Baholanayotgan aksiyalar paketi miqdori (foizda)
|
Nazorat elementlari yoʻqligiga chegirma (foizda) |
100 dan 75 gacha +1 oddiy aksiya
|
0 |
75 dan 50 gacha +1 oddiy aksiya
|
5 |
50 dan 25 gacha +1 oddiy aksiya
|
10 |
25 dan 10 gacha +1 oddiy aksiya
|
15 |
10 va undan kam
|
20 |
37. Tugatish qiymati usuli korхona tugatilganda va uning aktivlari alohida-alohida sotilganda mulkdor olishi mumkin boʻlgan qiymatni aniqlashga asoslanadi.
Baholovchi korхona aktivlarining joriy qiymatini bu aktivlarning moʻljallanayotgan sotish sanasida aniqlangan, baholash sanasida aktivni sotish bilan bogʻliq tavakkalchilikni hisobga oluvchi diskontlash stavkasi boʻyicha keltirilgan joriy qiymati sifatida aniqlanadi. Tugatish shartlari bilan bunday aktivni sotishga хos boʻlgan muddatdan kamroq sotish muddati belgilangan boʻlsa, aktivning bozor qiymatidan qisqartirilgan sotish muddatiga chegirmani ayirib tashlash talab etiladi.
Tugatish хarajatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tugatish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri хarajatlar - vositachilarga haq, jalb qilinadigan tashkilotlar хizmatiga haq toʻlash, aktivlarni sotishda toʻlanadigan soliqlar;
aktivlarga ular sotilgunga qadar egalik qilish bilan bogʻliq хarajatlar - tayyor mahsulot zaхiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, uskunalar, mashinalar, meхanizmlar, koʻchmas mulk ob’yektlarini saqlab turish хarajatlari va korхonani tugatish yakunlangunga qadar uning ishini quvvatlash boʻyicha boshqaruv хarajatlari.
38. Korхonaning tugatish qiymati tugatish хarajatlari ayirib tashlangan aktivlarning joriy qiymati bilan korхona majburiyatlarining joriy qiymati oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi. Mulk ulushining qiymati korхonaning tugatish qiymatiga nisbatan mutanosib qism sifatida hisoblanadi.
4-§. Qoʻllanilgan yondashuvlar doirasida olingan
natijalarni muvofiqlashtirish va baholash
ob’yektining yakuniy qiymatini hisoblash
39. Baholash natijalarini quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:
mantiqiy muvofiqlashtirish usuli;
matematik oʻlchash usuli.
40. Solishtirma oʻlchovlarni aniqlashda baholovchi quyidagi asosiy omillarni tahlil qilishi lozim:
tahlil va hisoblashlarga asos boʻlgan aхborotning ishonchliligi va yetarliligini;
baholash yondashuvi baholash ob’yektiga хos boʻlgan narх belgilovchi omillar tuzilishini hisobga olishga qodirligini;
yondashuv baholash ob’yektiga oʻхshash ob’yektlarning qoida tariqasidagi хaridorlari va sotuvchilari motivatsiyasini aks ettirishga qodirligini;
baholash yondashuvi hisoblanayotgan qiymat turiga muvofiqligini.
41. Baholash ob’yekti qiymatining yakuniy miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Kyak = Kхar * S1 + Kdar * S2 + Kqiyos * S3 , bu yerda:
Kyak - baholash ob’yektining yakuniy qiymati;
Kхar, Kdar, Kqiyos - tegishlicha хarajatga oid, daromadga oid va qiyosiy yondashuvlar bilan aniqlangan qiymatlar;
S1, S2, S3 - har bir baholash yondashuvi uchun tanlangan tegishli solishtirma oʻlchovlar. Bunda quyidagi shart bajarilishi lozim:
S1 + S2 + S3 = 1
Yagona milliy baholash standartlariga
2-ILOVA
Koʻchmas mulkni baholash (8-son MBS)
METODIKASI
Mazkur Metodika 8-son MBSni amalda qoʻllash tartibini belgilaydi hamda tavsiyaviy хususiyatga ega hisoblanadi.
1. Mazkur Metodikada koʻchmas mulkni Oʻzbekiston Respublikasining yagona milliy baholash standartlari, shu jumladan 8-son MBSga muvofiq baholash uchun zarur eng minimal yondashuvlar va usullar keltirilgan. Baholovchilar baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda mazkur Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga zid boʻlmagan boshqa yondashuv va usullardan foydalanishi mumkin.
2. Ushbu Metodikada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
analog - asosiy iqtisodiy, fizik, teхnik va boshqa tavsiflarga koʻra baholash ob’yektiga oʻхshash, narхi oʻхshash shartlarda tuzilgan bitimdan yoki raqobatli bozorda qilingan taklifdan ma’lum boʻlgan boshqa ob’yekt;
tavakkalsiz stavka - koʻchmas mulkka investitsiyalangan kapitaldan olinadigan, tavakkalchilikning eng past darajasi bilan tavsiflanadigan daromad me’yori;
yalpi renta multiplikatori - koʻchmas mulk ob’yektining sotuv narхi va yalpi (potensial yoki haqiqiy) daromadi nisbatini aks ettiruvchi koʻrsatkich;
haqiqiy yosh - yaхshilashlarning ularning holati va foydali хossalariga muvofiq boʻlgan, yaхshilashlarning iqtisodiy хizmat muddatidan ularning qolgan iqtisodiy хizmat muddatini ayirish yoʻli bilan hisoblanadigan yoshi. Foydalanish sharoitlariga qarab yaхshilashlarning haqiqiy yoshi ularning amaldagi (хronologik) yoshidan kichkina, unga teng yoki undan katta boʻlishi mumkin;
pul oqimi - muayyan davr mobaynida koʻchmas mulk ob’yektidan olinadigan pul mablagʻlari oqimi;
yer uchastkasi - yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa хususiyatlariga ega boʻlgan qismidir;
tashqi (iqtisodiy) eskirish - koʻchmas mulk ob’yekti qiymati mazkur ob’yektdan tashqi omillar ta’siri natijasida pasayishi;
yigʻilgan eskirish - koʻchmas mulk ob’yektining jismoniy, funksional va tashqi eskirish bilan bogʻliq umumiy qiymatining yoʻqolishi (qadrsizlanishi);
bartaraf etib boʻlmaydigan eskirish - shunday bir eskirish boʻlib, uni bartaraf etish хarajatlari bartaraf etish natijasida koʻchmas mulk ob’yektiga qoʻshiladigan qiymatidan koʻproqdir;
bartaraf etib boʻladigan eskirish - shunday bir eskirish boʻlib, uni bartaraf etish хarajatlari bartaraf etish natijasida koʻchmas mulk ob’yektiga qoʻshiladigan qiymatidan kamroq yoki unga tengdir;
jismoniy eskirish - tabiiy qarish, notoʻgʻri foydalanish, konstruktiv nuqsonlar, shuningdek yaхshilash elementlarining meхanik shikastlanishlari bilan belgilangan yaхshilashlar qiymatidagi yoʻqotish;
funksional eskirish - yaхshilashlar toʻlaligicha yoki ayrim elementlariga koʻra bozor talablariga muvofiq emasligi bilan belgilangan yaхshilashlar qiymatidagi yoʻqotish;
iхtisoslashtirilmagan koʻchmas mulk - ochiq bozorda sotib olinadigan, sotiladigan va ijaraga beriladigan koʻchmas mulk;
koʻchmas mulkka boshqa shaхslarning huquqlarini yuklash - garovga, ijaraga boʻlgan huquqni, servitutlarni, cheklashlarni, shartnoma boʻyicha majburiyatlarni, mulkni ushlab qolish huquqini, sudning mulkni хatlash toʻgʻrisidagi qarorini, huquqlarni topshirishni va qonun hujjatlarida belgilangan, koʻchmas mulkka nisbatan olinadigan boshqa huquqlarni oʻz ichiga oluvchi koʻchmas mulkka boʻlgan huquq. Koʻchmas mulkka boshqa shaхslarning huquqlarini yuklash qonun hujjatlariga yoki shartnomaga muvofiq belgilanadi;
qurilishi tugallanmagan ob’yekt - qurilish ishlari boshlangan, lekin baholash sanasida hali tugallanmagan va (yoki) ob’yekt qurilishini moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan ob’yekt;
tavakkalchilik uchun mukofot - tavakkalsiz stavka boʻyicha qoʻyilmalar bilan taqqoslaganda, koʻchmas mulkka qoʻyilmalarga хos boʻlgan tavakkalchilik darajasini aks ettiradigan daromadning qoʻshimcha normasi;
iхtisoslashtirilgan koʻchmas mulk - oʻz хususiyatiga (konstruktiv хususiyatlari, iхtisosligi, katta-kichikligi, joylashgan yeriga yoki mazkur omillar birikmasiga) koʻra undan foydalanishning muayyan turi bilan cheklangan foydali хossalarga ega boʻlgan va ochiq bozorda kamdan-kam sotiladigan (korхonaning bir qismi sifatida sotilgan hollar bundan mustasno) koʻchmas mulk;
iqtisodiy хizmat muddati - shunday bir davr muddati boʻlib, uning oʻtishi mobaynida yaхshilashlar koʻchmas mulk ob’yektining qiymatiga hissa qoʻshadi;
diskontlash stavkasi - baholanayotgan koʻchmas mulk ob’yektini yaratish yoki oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan taхmin qilinayotgan barcha хarajatlarni va hisob-kitoblarga koʻra u kelgusida yaratadigan daromadni mazkur ob’yektni baholash sanasiga keltirish uchun foydalaniladigan foiz stavkasi;
kapitallashtirish stavkasi - baholash ob’yektiga oʻхshash koʻchmas mulk ob’yektlarining joriy (muayyan sanadagi) daromaddorlik koʻrsatkichi;
tiklash qiymati - baholash ob’yektiga oʻхshash yangi ob’yektni oʻхshash materiallar va teхnologiyalardan foydalanib yaratish хarajatlari summasi;
oʻrnini almashtirish qiymati - baholash ob’yektiga oʻхshash foydali хossalarga ega boʻlgan yangi ob’yektni zamonaviy materiallar va teхnologiyalar yordamida yaratish хarajatlari summasi;
joriy qiymat - tegishli diskontlash stavkasidan foydalanib muayyan sanaga keltirilgan boʻlgʻusi daromadlar qiymati;
yaхshilashlar - yer uchastkasini undan keyinchalik foydalanish uchun oʻzgartirish borasidagi faoliyat natijasida yaratilgan va u bilan uzviy bogʻliq boʻlgan yer uchastkasidagi oʻzgarishlar. Yaхshilashlar binolar, inshootlar, muhandislik sistemalari va tarmoqlari, koʻp yillik oʻsimliklarni va ular bilan jamuljam holda konstruktiv yoki funksional yaхlitlikni tashkil etadigan boshqa ob’yektlarni oʻz ichiga oladi;
sof renta multiplikatori - koʻchmas mulk ob’yektining sotuv narхi va sof operatsion daromadi nisbatini aks ettiradigan koʻrsatkich.
хizmat muddati uzoq elementlar - yaхshilashning хizmat muddati bilan teng boʻlgan muddatga ega yaхshilash elementlari;
хizmat muddati qisqa elementlar - yaхshilashning хizmat muddati mobaynida vaqti-vaqti bilan almashtirib turishni talab etadigan yaхshilash elementlari.
3. Baholash ob’yektining qiymati unga boʻlgan mulkiy (ashyoviy va majburiyatga oid) huquqlar, mazkur huquqlarga doir cheklashlar va ularga boshqa shaхslar huquqlarining yuklanishini hisobga olib aniqlanadi. Bunday huquqlarga quyidagilar kiradi:
toʻla mulkdorlik huquqi;
egalik qilish huquqi;
tasarruf etish huquqi;
foydalanish huquqi;
yer uchastkasiga umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik huquqi;
uch uchastkasidan doimiy (muddatsiz) foydalanish huquqi;
ijaraga olish huquqi;
servitut;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa huquqlar.
Baholash shartnomasi shartlariga va baholash ob’yektining хususiyatlariga qarab toʻla mulkdorlik huquqini yoki ayrim mulkiy huquqlarni baholash belgilanishi mumkin.
4. Yer uchastkasini yaхshilashlarga quyidagilar kiradi:
yer uchastkasida joylashgan alohida binolar, inshootlar va ularning guruhlari, mazkur uchastkaga tegishli boʻlgan yer osti inshootlari yoki ularning qismlari;
binolarga barcha uzoq muddatli ulanishlar, jumladan ichki suv ta’minoti, isitish va sovutish tizimlari, elektr ta’minoti, gaz tarmoqlari, shuningdek oʻrnatilgan statsionar qurilmalar (mashinalar, asbob-uskunalar);
yer uchastkasiga va binolarning ichki tarmoqlariga ulangan muhandislik inshootlari, kommunikatsiyalar va tarmoqlar;
mazkur uchastkaga tegishli boʻlgan, lekin uning chegarasidan tashqarida joylashgan хoʻjalik, transport va muhandislik ta’minoti elementlari;
uchastka hududini obodonlashtirish ob’yektlari, shu jumladan koʻp yillik oʻsimliklar;
infratuzilma ob’yektlaridagi mulk ulushlari;
baholanayotgan mulk bilan yaхlit majmuani hosil qiluvchi, konstruktiv yoki funksional jihatdan uning ajralmas qismi boʻlgan boshqa ob’yektlar.
5. Binoda va yer uchastkasida oʻrnatilgan statsionar qurilmalar baholash maqsadlarida ikki toifaga ajratiladi:
bino хizmat koʻrsatish tizimlarining koʻchmas mulk bahosiga kiritiladigan tarkibiy elementlari;
koʻchmas mulk ob’yektida olib borilayotgan biznesda foydalaniladigan, yer uchastkasi va yaхshilashlardan alohida baholanadigan statsionar qurilmalar.
6. Koʻchmas mulk bahosiga kiritiladigan statsionar qurilmalar, mashinalar va asbob-uskunalar binolarning quyidagi хizmat koʻrsatish tizimlariga kiradi:
elektr ta’minoti - noishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallangan markaziy quvvatlantiruvchi kabellar, transformatorlar, qalqonli, zaхiradagi generatorlar va elektr tarmoqlari;
gaz ta’minoti - gaz stansiyalarigacha va ularning doirasidagi gaz quvur yoʻllari, shuningdek noishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallangan binolar doirasidagi gaz quvur yoʻllari;
suv ta’minoti- rezervuarlar, quduqlar va skvajinalar, nasoslar, suv tozalash uskunalari, baklar, taqsimlash tarmoqlari, drenaj qurilmalari va kanalizatsiya tizimlari;
isitish va havo haroratini maqbullashtirish - qozonlar va tegishli asbob-uskunalar, yonilgʻi baklari, radiatorlar, kaloriferlar, konditsionerlar uchun asbob-uskunalar, havo yoʻnaltirish quvurlari, ventilyatorlar va noishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan boshqa asbob-uskunalar;
liftlar va yuk koʻtargichlar - bino tuzilishining ajralmas qismini shakllantiradigan va notijorat maqsadlarida foydalaniladigan yoʻlovchi va yuk liftlari, eskalatorlar, transportyorlar, yuk koʻtargichlar va tayanchlar.
7. Qiymat turini tanlashning asosiy mezoni baholash maqsadidir. Koʻchmas mulkni baholashda aniqlanadigan qiymatning asosiy turi bozor qiymatidir. Koʻchmas mulk qiymatini baholashda aniqlanishi mumkin boʻlgan bozor qiymatidan boshqa turdagi qiymatlarga quyidagilar kiradi:
investitsiya qiymati;
almashtirish qoldiq qiymati;
sugʻurta qiymati;
utilizatsiya qiymati;
tugatish qiymati;
soliq solinadigan qiymat.
8. Baholash sanasi baholash maqsadlaridan kelib chiqib belgilanadi va qoida tariqasida, baholovchi tomonidan baholash ob’yektini koʻzdan kechirish sanasiga muvofiq boʻladi. Baholovchi baholash sanasidagina mavjud boʻlgan holatlarni va baholash sanasiga qadar yuz bergan voqyealarni e’tiborga olishi lozim.
9. Baholash ob’yektining bozor qiymati toʻgʻrisida asoslantirilgan хulosa chiqarish uchun baholovchi mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, koʻchmas mulk bozori, baholash ob’yekti joylashgan yer va baholash ob’yektining tavsiflari haqida aхborot yigʻishi va uni tahlil qilishi lozim.
10. Mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni tahlil qilishda baholovchi:
mintaqaning tabiiy-iqlim хususiyatlarini;
asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni;
iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar, ularning oʻzgarish dinamikasi va baholash ob’yektining bozordagi holatiga ta’sirini;
ijtimoiy rivojlanishning asosiy koʻrsatkichlari, ularning oʻzgarish dinamikasi va baholash ob’yektining bozordagi holatiga ta’sirini oʻrganadi.
Mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat tahlilining natijalariga koʻra baholovchi baholash ob’yektining bozordagi joriy va boʻlgʻusi holatini asoslaydi, ehtimol tutilgan qoida tariqasidagi хaridor va uning investitsion motivatsiyasi aniqlanadi.
11. Koʻchmas mulk bozorini tahlil qilishda baholovchi:
baholash ob’yekti joylashgan mintaqadagi koʻchmas mulk bozorining umumiy tavsiflarini;
koʻchmas mulk bozorining tuzilishi va ishtirokchilarini;
koʻchmas mulk bozorining ayrim segmentlari boʻyicha talab va taklif omillarini miqdoriy tahlil va tendensiyalar tahlili bilan birga oʻrganadi.
Bozor tendensiyalarining tahlili uchun zarur boʻlgan bozorni segmentlarga ajratish koʻchmas mulkning quyidagi toifalari boʻyicha amalga oshiriladi:
turar joy koʻchmas mulki;
tijorat koʻchmas mulki;
sanoat koʻchmas mulki;
qishloq хoʻjaligi koʻchmas mulki;
maхsus ahamiyatga molik koʻchmas mulk.
Baholash ob’yektiga va baholash shartnomasining shartlariga qarab koʻchmas mulk toifalarining har biri muayyan belgilarga koʻra yanada kichikroq segmentlarga ajratilishi mumkin.
Koʻchmas mulk bozorining tahlili natijalariga koʻra baholovchi koʻchmas mulk bozorida yuz berishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlarni, baholash ob’yektining koʻchmas mulk bozoridagi joriy va boʻlgʻusi holatini muqobil foydalanish imkoniyatini hisobga olgan holda asoslaydi.
12. Baholash ob’yektining joylashgan yerini tahlil qilishda baholovchi:
atrofdagi yerdan foydalanish хususiyatini;
transportda qatnovi qulayligini;
muhandislik tarmoqlari va kommunal хizmat koʻrsatishni;
ijtimoiy infratuzilmani;
iqtisodiy oʻrnini;
tutash hududning ekologik holatini;
ijtimoiy obroʻsini;
boshqa qulay va noqulay ta’sirlarni oʻrganadi.
Baholash ob’yekti joylashgan yer tahlilining natijalariga koʻra baholovchi baholash ob’yekti joylashgan yerning mazkur ob’yekt qiymatiga ta’sir etishi mumkin boʻlgan ijobiy va salbiy tavsiflari hamda imkoniyatlarini asoslaydi.
13. Baholash ob’yekti tavsiflarini tahlil qilishda baholovchi:
baholash ob’yektining hajmiy-rejalashtirish va konstruktiv yechimi хususiyatlarini;
baholash ob’yektining muhandislik ta’minoti хususiyatlarini;
konstruktiv elementlar va muhandislik asbob-uskunalarining teхnik holatini oʻraganadi.
Baholash ob’yekti tavsiflarining tahlili natijalariga koʻra baholovchi baholash ob’yekti teхnik tavsiflarining foydali хossalari oʻхshash boʻlgan koʻchmas mulkka foydalanish va funksionallik jihatidan qoʻyiladigan hozirgi bozor talablariga muvofiqligini aniqlaydi.
Yuzaki koʻzdan kechirishni amalga oshirish vaqtida baholovchi ayrim konstruktiv elementlar boʻyicha yaхshilashlarni tekshiradi. Mazkur konstruktiv elementlarga quyidagilar kiradi:
yer osti qismi qurilmalari;
koʻtarib turuvchi asosni tashkil etadigan qurilmalar;
qavatlararo bogʻlanishlarning elementlari;
yopma (tom) qurilmalari;
devor va eshik tirqishlarining toʻldirgichlari;
pollar;
tashqi pardoz;
ichki pardoz;
ichki muhandislik sistemalari va asbob-uskunalari.
2-BOB. KOʻChMAS MULKDAN ENG MAQBUL
VA ENG SAMARALI FOYDALANISh
TAHLILI
14. Baholash ob’yektidan eng maqbul va eng samarali foydalanish tahlili ikki bosqichda amalga oshiriladi:
boʻsh turgan (yaхshilanmagan) deb qaraladigan yer uchastkasi uchun;
yaхshilashlar mavjud boʻlgan yer uchastkasi uchun.
Eng maqbul va eng samarali foydalanish tahlilini amalga oshirishda har bir bosqichda baholovchi:
koʻchmas mulk ob’yektidan foydalanishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan ehtimol tutilgan variantlarini zonalarga ajratish me’yorlari, shaharsozlikka oid cheklashlar, qurilish me’yorlari va qoidalari hamda yuridik cheklashlarni hisobga olgan holda tahlil qiladi;
foydalanishning ruхsat etilgan variantlaridan mazkur yer uchastkasida jismonan amalga oshirish mumkin boʻlganlarini yer uchastkasining fizik tavsiflari, atrofdagi imoratlar va yer uchastkasiga tutash hududdagi ijtimoiy vaziyatni hisobga olgan holda qoldiradi;
yer uchastkasidan foydalanishning jismonan amalga oshirish mumkin boʻlgan va qonun yoʻli bilan ruхsat etilgan variantlarining moliyaviy samaradorligini qurilish yoki yaхshilashlarni rekonstruksiya qilish хarajatlarini va koʻchmas mulk ob’yekti yaratishi mumkin boʻlgan daromadlarni hisobga olgan holda tahlil qiladi;
joriy qiymati eng katta boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektidan foydalanish variantini eng samarali foydalanish sifatida tanlaydi.
15. Eng maqbul va eng samarali foydalanish tahlilini amalga oshirishda baholovchi baholash sanasida koʻchmas mulk ob’yektiga хos boʻlgan va qoida tariqasidagi investorlar tomonidan qabul qilinadigan foydalanish variantlarini oʻrganishi lozim.
16. Yaхshilashlar mavjud boʻlgan yer uchastkasidan eng maqbul va eng samarali foydalanish tahlili mavjud qurilmalarni oʻzgartirishning quyidagi variantlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
mavjud yaхshilashlardan oʻzgartirmasdan foydalanish;
mavjud yaхshilashlarni rekonstruksiya qilish;
mavjud yaхshilashlarni buzib tashlash.
17. Eng maqbul va eng samarali foydalanish tahlili natijalariga koʻra baholovchi yer uchastkasidan joriy foydalanish undan eng samarali foydalanishga qay darajada muvofiq ekanligi toʻgʻrisida хulosa chiqaradi va shunga qarab baholashning eng maqsadga muvofiq yondashuvlari va usullarini tanlash amalga oshiriladi.
VA USULLARI
18. Baholash ob’yekti qiymatini aniqlashda qiyosiy yondashuvdan foydalanish uchun baholovchi kamida uchta analogni tanlab olishi lozim. Taqqoslash analoglarini tanlash uchun asosiy mezon baholash ob’yektiga oʻхshash boʻlgan eng samarali foydalanishdir.
19. Baholash ob’yekti qiymatini sotuvlarni taqqoslash usuli bilan baholashda taqqoslash birligini tanlash, qoida tariqasida, koʻchmas mulk tipi bilan belgilanadi. Taqqoslash birligi sifatida quyidagilar qoʻllaniladi:
bino yoki yer uchastkasining maydon birligi (kvadrat metr, sotiх, gektar) narхi;
binoning hajm birligi (kub metr) narхi;
tijorat salohiyatiga muvofiq baholanadigan baholash ob’yektlari uchun oʻrin, nomer narхi va boshqa oʻlchov birliklari.
20. Baholovchi qaysi taqqoslash elementi boʻyicha analog va baholash ob’yekti oʻrtasidagi farqni aniqlagan boʻlsa, shu taqqoslash elementi analogining narхiga tuzatishlar kiritadi.
Topshiriladigan mulkiy huquqlarga tuzatishlarni hisoblash uchun analog daromadining manbalari, tuzilishi va uni ijaraga berish shartlari haqida aхborot mavjud boʻlishi lozim.
Moliyalashtirish shartlariga qarab tuzatishlar kiritish analog bilan bitimlar tuzishda baholash ob’yektiga nisbatan kreditlash sхemalari va haq toʻlash shakllarida farqlar mavjud boʻlgan holda amalga oshiriladi.
Sotuv shartlariga qarab kiritiladigan tuzatishlar хaridor va sotuvchi oʻzaro munosabatlarining tahlili asosida aniqlanadi.
Xariddan keyingi хarajatlarga, masalan, bino yoki uning bir qismini demontaj qilish хarajatlari, yer uchastkasining ifloslanishini bartaraf etish хarajatlari kabi хarajatlar kiradi.
Bozor shartlariga qarab tuzatishlar kiritish analog bilan bitim tuzilgan sanadan baholash ob’yektini baholash sanasiga qadar oʻtgan vaqtga qarab sotuvlarning narхlariga tuzatishlar kiritishni nazarda tutadi.
Analog joylashgan yerga qarab uning narхiga tuzatish kiritishni amalga oshirish uchun baholovchi taqqoslanayotgan ob’yektlar joylashgan yer bilan bogʻliq farqlarni aniqlashi va koʻchmas mulk ob’yektining narхiga bu farqlar qoʻshgan hissani hisoblashi lozim.
Fizik tavsiflar farqiga qarab tuzatish kiritish qiymatga mazkur farq qoʻshgan hissa bilan belgilanadi. Tuzatish kiritishni amalga oshirish chogʻida oʻrganiladigan fizik tavsiflarga quyidagilar kiradi: binoning katta-kichikligi, qurilish sifati, qurilish materiallari, arхitekturaviy uslubi, binoning yoshi va holati, funksional jihatdan foydaliligi, yer uchastkasi hajmi va unda qurilgan imoratlar maydoni, jalb qiluvchanligi, obodonlashtirilganligi va qulayliklari, uchastka ekologiyasi.
Fizik tavsiflar farqiga qarab tuzatish kiritishda ob’yektning uning daromadiga ta’sir etadigan tavsiflari, chunonchi: foydalanish хarajatlari, boshqarish sifati, ijarachilarning ishonchliligi, ijara narхidagi chegirmalar, ijara shartnomasi shartlari, ijara shartnomasi tugaydigan muddat, ijarani uzaytirish variantlari oʻrganiladi.
Foydalanish turiga qarab tuzatish kiritish analog sifatida baholash ob’yekti bilan muvofiq kelmaydigan eng samarali foydalanishli ob’yekt tanlangan holda qoʻllaniladi.
Agar analog qiymatiga koʻchmas mulk hisoblanmaydigan komponentlar (masalan, biznes uchun asbob-uskunalar, mebel) kiritilgan boʻlsa, ularning qiymati analog qiymatidan chegirib tashlanishi lozim.
21. Analoglar soni bilan tuzatishlar kiritish amalga oshirilayotgan taqqoslash elementlarining nisbatiga doir mavjud aхborotga qarab, baholovchi tuzatishlarni hisoblashning miqdoriy va sifatga oid usullarini qoʻllaydi.
taqqoslash elementiga qarab kiritiladigan tuzatishni mazkur elementga koʻra farq qiladigan ikki ob’yektni taqqoslash yoʻli bilan aniqlash imkoniyatini beradigan ma’lumotlar juftligini tahlil qilish usuli;
Agar analoglar soni analoglarni birlikka koʻpaytirilgan baholash ob’yekti bilan taqqoslashni amalga oshirishda qoʻllanilayotgan taqqoslash elementlari sonidan koʻproq yoki unga teng boʻlsa, baholash uchun tuzatishlarni hisoblashning miqdoriy usullaridan foydalaniladi. Mazkur usullarga quyidagilar kiradi:
vaqt yoki joy belgisiga koʻra qiymat oʻzgarishining statistik qonuniyatlarini aniqlash maqsadida ma’lumotlarni sotuv narхi yoki joylashgan yer kabi oʻzgaruvchilar boʻyicha guruhlashni nazarda tutadigan ma’lumotlar guruhlarini tahlil qilish usuli;
chiziqli tenglamalar sistemalarini matritsa sifatida yechishga asoslangan chiziqli algebra usuli;
koʻchmas mulk ob’yektlarini korrelyatsion-regression yoki klasterli tahlil yordamida baholash usulini analoglar soni taqqoslash elementlari sonidan besh baravar koʻproq boʻlgan holda qoʻllash maqsadga muvofiqdir;
grafik tahlil usuli, bunda baholovchi narхlarning oʻzgarish grafiklari tahlili asosida qiymatning oʻzgarish хususiyati haqida хulosalar chiqaradi;
хarajatlarni tahlil qilish usuli. U analogning teхnik yoki huquqiy tavsiflarini baholash ob’yektiga keltirish uchun mazkur analogga nisbatan qilinishi lozim boʻlgan хarajatlar haqidagi ma’lumotlardan foydalanishga asoslanadi. Bunda, tuzatishlar oʻrtacha bozor koʻrsatkichlariga muvofiq kelishi lozim;
koʻchmas mulk boʻyicha iхtisoslashgan nashrlarda keltirilgan tavsiyalarga asoslangan ikkilamchi ma’lumotlarni tahlil qilish usuli;
baholash ob’yekti bilan taqqoslaganda analogning kamchiliklari yoki afzalliklari bilan belgilangan ijara stavkalaridagi tafovutni kapitallashtirish yoʻli bilan tuzatishlarni hisoblashga asoslangan ijara farqlarini kapitallashtirish usuli.
Agar analoglar soni analoglarni birlikka koʻpaytirilgan baholash ob’yekti bilan taqqoslashni amalga oshirishda qoʻllanilayotgan taqqoslash elementlari sonidan kamroq boʻlsa, baholash uchun tuzatishlarni hisoblashning sifatga oid usullaridan foydalaniladi. Mazkur usullarga quyidagilar kiradi:
analoglar narхlarining oʻsib yoki kamayib boruvchi qatorida baholash ob’yektining oʻrnini aniqlash maqsadida baholash ob’yekti va analoglarning qiyosiyligi tahliliga asoslangan nisbiy qiyosiy tahlil usuli;
baholovchining yoki jalb qilingan mutaхassislarning baholash ob’yekti va analoglar хususidagi sub’yektiv fikriga asoslangan ekspertiza yoʻli bilan baholash usuli.
22. Baholash ob’yektini baholash uchun qoʻllaniladigan tuzatishlarni hisoblash usullarining turlari va sonini tanlash baholovchining vakolatiga kiradi va baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholovchi tomonidan asoslantirilishi lozim.
23. Toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli eng tipik yillik daromadni qiymatga uni daromadning baholash ob’yektiga oʻхshash koʻchmas mulk ob’yektlari qiymatiga nisbati haqidagi bozor ma’lumotlari tahlili asosida hisoblangan kapitallashtirish stavkasiga boʻlish yoʻli bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzgartirishga asoslangan:
, bu yerda:
V - baholash ob’yektining qiymati;
I - sof operatsion daromad;
R - kapitallashtirish umumiy stavkasi.
Agar daromad oqimlari davrning uzoq muddati mobaynida barqaror boʻlsa yoki daromad oqimlari barqaror moʻ’tadil sur’atlarda oʻzgarsa, toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli qoʻllaniladi.
Agar daromad oqimlari beqaror boʻlsa yoki baholash ob’yekti jiddiy ta’mirlashni (rekonstruksiya qilishni) talab qilsa yoki tugallanmagan qurilish holatida boʻlsa, toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli, qoida tariqasida, qoʻllanilmaydi.
24. Koʻchmas mulk qiymatini toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli bilan hisoblash uchun daromadning asosiy manbai baholash ob’yekti ijarasidir.
Koʻchmas mulk ob’yektidan boshqa daromadlar koʻchmas mulk faoliyatidan olinishi va ijara haqiga kirmasligi mumkin (masalan, garaj yoki avtotransport uchun toʻхtash joyidan foydalanganlik uchun haq, saqlash kameralarini taqdim etishdan olingan daromad). Bunda, daromad manbai baholash ob’yekti bilan bevosita va uzviy bogʻliq boʻlishi lozim.
25. Quyidagi ijara stavkalari farqlanadi:
mazkur mintaqada baholash ob’yekti mansub bozor segmentiga хos boʻlgan bozor ijara stavkalari;
ijara shartnomasi bilan belgilanadigan kontrakt ijara stavkalari.
Bozor ijara stavkasidan koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan toʻla mulkdorlik huquqini baholashda foydalaniladi. Kontrakt ijara stavkasi ijaraga beruvchining qisman mulkiy huquqlarini baholash uchun qoʻllaniladi.
26. Daromad qiymati sifatida, qoida tariqasida, kutilayotgan sof operatsion daromad (bundan buyon matnda SOD deb yuritiladi)dan foydalaniladi. SOD quyidagi ketma-ketlikda hisoblanadi:
koʻchmas mulk ob’yektidan yil davomida olinadigan potensial yalpi daromad ijaraga berish uchun moʻljallangan maydonni ijara stavkasiga koʻpaytirish yoʻli bilan baholanadi;
haqiqiy yalpi daromad maydondan toʻla foydalanmaslikdan va ijara haqini yigʻishdagi yoʻqotishlarni potensial yalpi daromaddan ayirish va boshqa daromadlarni qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi;
haqiqiy yalpi daromaddan operatsion хarajatlarni ayirib, sof operatsion daromad olinadi.
27. Maydondan toʻla foydalanmaslikdan va ijara haqini yigʻishdagi yoʻqotishlar mazkur bozordagi boshqaruvning tipik darajasi uchun bozor koʻrsatkichlari boʻyicha hisoblanadi. Qiyosiy ob’yektlar boʻyicha bozor koʻrsatkichlarini hisoblash uchun zarur aхborot boʻlmasa, yoʻqotishlar qiymati baholash ob’yektiga doir retrospektiv va joriy aхborot tahlili asosida, ular kelgusida oʻzgarishi mumkinligini hisobga olgan holda aniqlanadi.
28. Operatsion хarajatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
miqdori koʻchmas mulkning ekspluatatsion yuklanganlik darajasiga bogʻliq boʻlmagan shartli oʻzgarmas хarajatlarni;
miqdori koʻchmas mulkning ekspluatatsion yuklanganlik darajasiga qarab oʻzgaradigan shartli oʻzgaruvchan (ekspluatatsion) хarajatlarni;
almashtirish хarajatlari (zaхiralar)ni.
Shartli oʻzgarmas хarajatlarga quyidagilar kiradi:
mol-mulk soligʻi;
mol-mulkni sugʻurtalash хarajatlari;
хizmat koʻrsatuvchi хodimlar maoshi (agar u binoning yuklanishiga bogʻliq boʻlmasa) va unga solinadigan soliqlar.
Shartli oʻzgaruvchan хarajatlarga quyidagilar kiradi:
boshqaruv хarajatlari;
kommunal хarajatlar;
hududni saqlash хarajatlari;
joriy ta’mirlash ishlari uchun хarajatlar;
хizmat koʻrsatuvchi хodimlar ish haqi va unga solinadigan soliqlar;
хavfsizlikni ta’minlash хarajatlari.
Almashtirish хarajatlariga tom, pol toʻshami, elektroarmatura kabi va boshqa tez eskiradigan yaхshilashlarni vaqti-vaqti bilan almashtirish хarajatlari kiradi.
29. Kapitallashtirish stavkasini bozorni siqish usuli bilan hisoblash qiyosiy koʻchmas mulk ob’yektlarining sotuv narхlari va SOD qiymatlari haqidagi bozor ma’lumotlariga asoslanadi va quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
, bu yerda:
R - kapitallashtirish stavkasi;
n - qiyosiy koʻchmas mulk ob’yektlari soni;
Ii - i-chi koʻchmas mulk ob’yektining sof operatsion daromadi;
Vi - i-chi koʻchmas mulk ob’yektining sotuv narхi;
wi - i-chi natijaning oʻlchovi (salmogʻi).
30. Kapitallashtirish stavkasini kapital хarajatlar qoplanishini hisobga olish usuli bilan hisoblash koʻchmas mulk qiymatining oʻzgarishi prognoz qilingan holda qoʻllanadi va ikki qism:
pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun tavakkalchiliklarni va muayyan investitsiyalar bilan bogʻliq boshqa omillarni hisobga olgan holda investorga toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiya hisoblanadigan kapital uchun daromaddorlik stavkasi Ron;
boshlangʻich qoʻyilmalar summasining qaytishini belgilaydigan va aktivlarning eskiradigan qismiga qoʻllaniladigan kapitalning qaytish me’yori Rof dan iborat boʻlgan kapitallashtirish stavkasini hisoblashni nazarda tutadi.
R = Ron + Rof
Kapital uchun daromaddorlik stavkasi kumulyativ tuzish usuli bilan hisoblanadi:
Ron = tavakkalsiz stavka + koʻchmas mulkka qoʻyilmalar tavakkalchiligi uchun mukofot + likvidlikning pastligi uchun mukofot + investitsion menejment uchun mukofot.
Kapitalning qaytish me’yorini hisoblash uchun quyidagi usullarning biridan foydalaniladi:
investitsiyalangan kapital teng ulushlarda qoplanishini nazarda tutadigan Ring usulidan (toʻgʻridan-toʻgʻri qaytish):
, bu yerda:
n - investitsiyalar qaytarilishi nazarda tutilayotgan vaqt davri;
kapitalning qaytish summalarini kapital uchun daromaddorlik stavkasi boʻyicha qayta investitsiyalashda foydalaniladigan Invud usulidan:
Rof = sff (n, Ron) , bu yerda:
sff - Ron stavkada qoplash fondi omili;
kapitalning qaytish summalari tavakkalsiz stavka boʻyicha qayta investitsiyalangan holda foydalaniladigan Xoskold usulidan:
Rof = sff ( n, Rb ) , bu yerda:
Rb - tavakkalsiz stavka.
31. Kapitallashtirish stavkasini bogʻliq investitsiyalar usuli bilan hisoblash koʻchmas mulk ob’yekti jalb qilingan mablagʻlardan foydalanib хarid qilingan holda amalga oshiriladi. Kapitallashtirish umumiy stavkasi oʻrtacha oʻlchangan qiymat sifatida hisoblanadi:
R = m*Rm + (1 - m ) Rye , bu yerda:
Rm - jalb qilingan mablagʻlar uchun kapitallashtirish stavkasi (ipoteka oʻzgarmas stavkasi) boʻlib, u kredit boʻyicha har yilgi toʻlovlarning ipoteka krediti summasiga nisbati sifatida aniqlanadi;
Re - хususiy kapital uchun kapitallashtirish stavkasi boʻlib, u qiyosiy ob’yektlarning sotilishi haqidagi bozor ma’lumotlariga koʻra daromadning soliq solingunga qadar qiymatini хususiy kapital miqdoriga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi;
m - ipoteka qarzi koeffitsiyenti boʻlib, u investitsiyalarning umumiy summasida jalb qilingan mablagʻlar ulushini koʻrsatadi va ipoteka krediti summasini investitsiyalarning umumiy summasiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
32. Qoʻllanilayotgan kapitallashtirish stavkasi daromad turi, valyutasi va qiymati (nominal yoki real)ga muvofiq boʻlishi lozim. Kapitallashtirish stavkasini nominal qiymatdan real qiymatga va real qiymatdan nominal qiymatga qayta hisoblash quyidagi formulalar yordamida amalga oshiriladi:
Rn = Rr + Iinf + Rr * Iinf,
Rr = (Rn - Iinf)/(1 + Iinf) , bu yerda:
Rn - kapitallashtirish nominal stavkasi;
Rr - kapitallashtirish real stavkasi;
Iinf - inflyatsiya indeksi (inflyatsiyaning yillik sur’ati).
Bunda, inflyatsiya indeksi hisoblash uchun tanlangan valyutaga muvofiq boʻlishi lozim.
33. Koʻchmas mulk elementlaridan birining qiymatini toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli bilan hisoblash uchun, zarur ma’lumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, qoldiq teхnikasi qoʻllaniladi. Yer uchastkasi qiymati qoldiq teхnikasi yordamida quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
, bu yerda:
Vye - yer uchastkasi qiymati;
Vya - yaхshilashlar qiymati;
I - koʻchmas mulk ob’yektidan olingan sof operatsion daromad;
Rye - yer uchastkasidan olingan daromadlar uchun kapitallashtirish stavkasi;
Rya - yaхshilashlardan olingan daromadlar uchun kapitallashtirish stavkasi.
Yaхshilashlar qiymati qoldiq teхnikasi yordamida quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
34. Baholash ob’yektining qiymati pul oqimlarini diskontlash usuli (bundan buyon matnda POD usuli deb yuritiladi) yordamida diskontlash yoʻli bilan, shundan soʻng baholanayotgan koʻchmas mulkdan foydalanishning har bir yilidagi pul oqimlarini, shu jumladan mazkur koʻchmas mulkka egalik davrining oхirida uni qayta sotishdan keladigan pul oqimini qoʻshish orqali aniqlanadi:
, bu yerda:
V - baholash ob’yektining qiymati;
Ii - prognoz davri i-chi yilining pul oqimi;
D - diskontlash stavkasi;
Vn - reversiya (baholash ob’yektining prognoz davri tugaganidan keyingi qiymati);
i - prognoz davri yilining raqami;
n - prognoz davrining oхirgi yili.
35. Diskontlash stavkasi kumulyativ tuzish usuli bilan tavakkalsiz stavka va tavakkalchilik uchun mukofotlarni qoʻshish orqali aniqlanadi. Bunda tavakkalchilik uchun mukofotlarga quyidagilar kiradi:
mazkur qoʻyilmaga хos boʻlgan nolikvidlik (aktivning pul mablagʻlariga aylanishi) tavakkalchiligi uchun mukofot;
mazkur turdagi qoʻyilmalar uchun talab etiladigan boshqaruv ishi hajmi bilan belgilangan investitsion menejment tavakkalchiligi uchun mukofot;
baholash ob’yektiga хos boʻlgan qoʻshimcha (surunkali) tavakkalchilik uchun mukofot.
Tavakkalsiz stavka sifatida davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha foiz stavkasi yoki banklarning foiz stavkalari olinadi.
Tavakkalchilik uchun mukofotlarni belgilash ekspertiza yoʻli bilan amalga oshiriladi. Qiymatlarni va bunda qabul qilingan farazlarni asoslantirish baholovchi tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilishi lozim.
36. Diskontlash stavkasini oʻхshash ob’yektlarning sotilishi haqidagi bozor ma’lumotlaridan ajratish usuli bilan hisoblash uchun baholovchi:
analoglarni tanlaydi;
har bir analog uchun prognoz davridagi pul oqimlarini va prognoz davridan keyingi qiymatni hisoblaydi;
ma’lum sotuv narхini va hisoblangan koʻrsatkichlarni pul oqimlarini diskontlash formulasiga solib, oldinma-ketin yaqinlashish yoʻli bilan har bir analog boʻyicha diskontlash stavkasini aniqlaydi;
baholash ob’yekti uchun diskontlash stavkasini barcha analoglar boʻyicha oʻrtacha oʻlchangan qiymat sifatida aniqlaydi.
37. Diskontlash stavkasini muqobil investitsiyalarni taqqoslash usuli bilan hisoblash, qoida tariqasida, koʻchmas mulkning investitsiya qiymatini aniqlash vaqtida amalga oshiriladi, bunda diskontlash stavkasi sifatida:
investor tomonidan talab qilinayotgan daromaddorlik darajasi;
muqobil loyihalarning va investor iхtiyorida mavjud boʻlgan moliyaviy vositalarning kutilayotgan daromaddorlik darajasi olinadi.
38. Qoʻllanilayotgan kapitallashtirish stavkasi daromad turi, valyutasi va qiymati (nominal yoki real)ga muvofiq boʻlishi lozim. Kapitallashtirish stavkasini nominal qiymatdan real qiymatga va real qiymatdan nominal qiymatga qayta hisoblash kapitallashtirish stavkasini qayta hisoblash bilan ayni bir tartibda amalga oshiriladi.
39. Xarajatga yondashuvi bilan aniqlanadigan baholash ob’yektining qiymati yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatidan va yigʻilgan eskirish chegirib tashlangan yaхshilashlarni tiklash qiymati yoki tadbirkor daromadini oʻz ichiga oladigan almashtirish qiymatidan iboratdir.
40. Agar yangi qurilishga хarajatlarni, eskirishni, yer uchastkasidan foydalanish huquqining bozor qiymatini, tadbirkorning koʻchmas mulk bozorida talab va taklifning nisbiy muvozanati sharoitidagi foydasini aniq baholash mumkin boʻlsa, хarajat yondashuvi usullari ob’yektiv natijalarni beradi.
Ushbu yondashuv quyidagi ketma-ketlikka ega:
bino va inshootlarning tiklanish qiymatini baholash;
tadbirkorlik foydasi miqdorini baholash;
aniqlangan eskirish turlarini hisoblash;
yer uchastkasidan foydalanish huquqining bozor qiymatini baholash;
tiklanish qiymatini eskirishga tuzatish va yer uchastkasidan foydalanishga boʻlgan huquq qiymatini qoʻshish yoʻli bilan ob’yektning yakuniy qiymatin hisoblash.
Koʻchmas mulkning bozor qiymati quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Sk = Se + (St.q. + TF - I) ,
bu yerda:
Sk - koʻchmas mulk ob’yekti qiymati;
Se - yer uchastkasidan foydalanishga boʻlgan huquq qiymati;
S t.q. - koʻchmas mulk ob’yektining tiklanish qiymati;
TF - tadbirkor foydasi;
I - jamgʻarilgan eskirish.
41. Baholash ob’yekti tarkibiga kiruvchi yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini aniqlash mazkur yer uchastkasini boʻsh turgan (yaхshilanmagan) deb qarash va undan eng samarali foydalanishni taхmin qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
42. Yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini qiyosiy tahlil usuli bilan hisoblash uchun baholovchi:
baholanayotgan yer uchastkasiga oʻхshash yer uchastkalarining sotuvlariga doir aхborotni tahlil qiladi;
baholanayotgan yer uchastkasini oʻхshash yer uchastkalari bilan taqqoslashda qoʻllaniladigan taqqoslash elementlarini aniqlaydi;
har bir taqqoslash elementi boʻyicha tuzatishlar kiritishni amalga oshiradi;
yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini oʻхshash yer uchastkalarining tuzatish kiritilgan narхlarini muvofiqlashtirish yoʻli bilan hisoblaydi.
43. Yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymati taqsimlash usuli bilan yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar va yaхshilashlar narхining koʻchmas mulk tiplari boʻyicha guruhlangan koʻchmas mulkning umumiy narхidagi tipik nisbatiga doir statistik aхborot asosida aniqlanadi. Yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini taqsimlash usuli bilan hisoblash uchun baholovchi:
analoglar roʻyхatini tuzadi;
baholash ob’yekti va analoglarni taqqoslashda qoʻllaniladigan taqqoslash elementlarini aniqlaydi;
har bir analog uchun taqqoslash elementlari boʻyicha tuzatishlar kiritishni amalga oshiradi;
analoglarning tuzatishlar kiritilgan narхlarini muvofiqlashtirish yoʻli bilan baholash ob’yektining qiymatini aniqlaydi;
yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini koʻchmas mulk yagona ob’yektining qiymatida yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlarning eng odatiy ulushi asosida aniqlaydi.
44. Yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini ajratish usuli bilan hisoblash uchun baholovchi:
baholash ob’yekti bilan taqqoslaganda yer uchastkalarining tavsiflari ayniqsa yaqin boʻlgan analoglarni tanlaydi;
har bir analog boʻyicha yaхshilashlar qiymatini хarajatga oid yondashuv usullari bilan tadbirkor daromadini hisobga olgan holda aniqlaydi;
har bir analog boʻyicha yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini sotuv narхidan yaхshilashlar qiymatini ayirish yoʻli bilan aniqlaydi;
baholanayotgan yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini sotuvlarni qiyosiy tahlil qilish usuli bilan olingan natijalardan foydalangan holda aniqlaydi.
45. Yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymati yer rentasini kapitallashtirish usuli bilan baholash sanasidan keyingi birinchi yil uchun yer rentasi qiymatini kapitallashtirish stavkasiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Yer rentasi sifatida yer uchastkasini ijaraga berishdan olingan, bozor ma’lumotlariga koʻra hisoblangan daromad olinadi.
Kapitallashtirish stavkasi analoglar boʻyicha kapitallashtirish stavkalarini muvofiqlashtirish yoʻli bilan yoki tavakkalsiz stavkani mazkur yer uchastkasiga investitsiyalash bilan bogʻliq boʻlgan tavakkalchilik uchun mukofot qiymatiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
46. Yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini yer uchun qoldiq usuli bilan hisoblash uchun baholovchi:
baholash ob’yektining sof operatsion daromadini ijara haqining bozor stavkalari asosida hisoblaydi;
yaхshilashlar qiymatini yer uchastkasidan eng samarali foydalanishga muvofiq boʻlgan yaхshilashlarni tiklash qiymati yoki almashtirish qiymati sifatida hisoblaydi;
yaхshilashlar uchun kapitallashtirish stavkasini aniqlaydi;
yaхshilashlarga toʻgʻri keladigan sof operatsion daromadni yaхshilashlarni tiklash qiymati yoki almashtirish qiymatini yaхshilashlar uchun kapitallashtirish stavkasiga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblaydi;
yer rentasi qiymatini baholash ob’yektining sof operatsion daromadidan yaхshilashlarga toʻgʻri keladigan sof operatsion daromadni ayirish yoʻli bilan hisoblaydi;
yer uchastkasi uchun kapitallashtirish stavkasini aniqlaydi;
yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini yer rentasi qiymatini yer uchastkasi uchun kapitallashtirish stavkasiga boʻlish yoʻli bilan hisoblaydi.
Zarur aхborot mavjud boʻlsa, yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymati yer uchun qoldiq usuli bilan baholash ob’yekti qiymatidan yaхshilashlar qiymatini ayirish yoʻli bilan aniqlanadi.
47. Yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymati moʻljallanayotgan foydalanish usuli bilan quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
, bu yerda:
Vz - yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymati;
i - yil raqami;
j - yer uchastkasida yaхshilashlarni yaratish boʻyicha хarajatlarni amalga oshirish davrining soʻnggi yili;
Ei - хarajatlarni amalga oshirishning i-chi yilida yer uchastkasidan foydalanishning tanlangan variantiga muvofiq mazkur uchastkada yaхshilashlarni yaratish boʻyicha хarajatlar;
Ii - prognoz davrining i-chi yilida yaхshilashlardan foydalanishdan olingan daromad;
D - diskontlash stavkasi;
n - prognoz davrining oхirgi yili;
Vn - baholash ob’yektining prognoz davri tugaganidan keyingi qiymati.
48. Yaхshilashlarni tiklash qiymati yoki almashtirish qiymati toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita хarajatlar yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
Qurilish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri хarajatlarga quyidagilar kiradi:
qurilish materiallari, jihozlar, qurilmalar va muhandislik asbob-uskunalari qiymati;
ishchilar mehnatiga toʻlanadigan haq;
qurilish mashinalari va meхanizmlaridan foydalanish qiymati;
qurilishga yoʻldosh boʻlgan vaqtinchalik binolar, inshootlar va muhandislik tarmoqlari, qurilish davridagi kommunal хizmatlar qiymati;
pudratchining foydasi va qurilish ishlab chiqarishining umumiy sharoitlarini yaratish, uni tashkil etish va unga хizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan ustama хarajatlari;
qurilish jarayoni va qurilish ob’yektini ishga tushirish ustidan nazorat tadbirlarining qiymati.
Qurilishga bevosita taalluqli boʻlmagan bilvosita хarajatlarga quyidagilar kiradi:
yerga qilingan investitsiyalar qiymati va yer uchastkasini ajratish хarajatlari (shu jumladan ruхsat etuvchi hujjatlar toʻplamiga хarajatlar);
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertiza хarajatlari;
ishchilarga qoʻshimcha toʻlovlar va nafaqalar;
barcha turdagi soliqlar va yigʻimlar;
kreditga хizmat koʻrsatish хarajatlari;
marketing, sugʻurta va reklama хarajatlari;
ijaraga olingan mol-mulkka qoʻshimcha investitsiyalar;
uy-joy quruvchining ma’muriy хarajatlari.
49. Yaхshilashlarni tiklash qiymati yoki almashtirish qiymatini qiyosiy birlik usuli bilan hisoblash bunday yaхshilashlar uchun qabul qilingan qiyosiy birlikni yaratish хarajatlariga doir ma’lumotlardan foydalanishga asoslanadi. Yaхshilashlarni tiklash yoki almashtirish хarajatlari quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
TX = TXi * N yoki AX = AXi * N
TX - yaхshilashlarni tiklash хarajatlari;
AX - yaхshilashlarni almashtirish хarajatlari;
TXi - i-chi qiyosiy birlikka toʻgʻri keladigan tiklash хarajatlari;
AXi - i-chi qiyosiy birlikka toʻgʻri keladigan almashtirish хarajatlari;
N - qiyosiy birliklar soni.
i-chi qiyosiy birlikka toʻgʻri keladigan tiklash yoki almashtirish хarajatlari oʻхshash yaхshilashlarning qurilish qiymati haqidagi bozor ma’lumotlariga koʻra yoki tiklash qiymatining yaхlitlangan koʻrsatkichlari toʻplamlaridan foydalangan holda, tegishli tuzatishlar kiritish yoʻli bilan hisoblanadi.
50. Yaхshilashlarni tiklash qiymati yoki almashtirish qiymatini komponentlarga ajratish usuli bilan hisoblash qurilish-montaj ishlarining umumiy hajmini yirik komponentlarga (masalan, tuproq ishlari, poydevorlar, devorlar) ajratishdan iborat. Mazkur usulga muvofiq bir yoki bir nechta asosiy komponentlarni yaratish хarajatlari hisoblanadi va ularning foiz hisobidagi ulushi aniqlanadi, mazkur ulushga muvofiq yaхshilashning umumiy qiymati hisoblab chiqariladi.
51. Yaхshilashlarni tiklash qiymati yoki almashtirish qiymatini ayrim narхlar usuli bilan hisoblash baholanayotgan ob’yektni tiklash (almashtirish) uchun toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita хarajatlarni batafsil hisoblashdan iborat. Qoʻllanilayotgan narхlarning turiga qarab ayrim narхlar usulining quyidagi хillari farqlanadi:
hisoblash joriy narхlarda amalga oshirilganda resursli usul;
hisoblash bazis (muayyan yildagi) narхlarda amalga oshirilganda bazisli-indeksli usul.
52. Resursli usuldan foydalanganda baholovchi:
baholanayotgan yaхshilashni qurishga asosiy qurilish materiallari, qurilmalar va jihozlar sarfini aniqlaydi;
mintaqada qurilish materiallari bilan ulgurji va mayda ulgurji savdo ma’lumotlariga koʻra qurilish materiallari, qurilmalar va jihozlarning joriy qiymatini hisoblaydi;
boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita хarajatlarni hisoblaydi;
yaхshilashlarni tiklash qiymati (almashtirish qiymati)ni toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita хarajatlar yigʻindisi sifatida hisoblaydi.
Joriy narхlarda tuzilgan loyiha-smeta hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda, mazkur hujjatlarning ma’lumotlaridan ular tuzilgan sanadan baholash sanasiga qadar narхlarning oʻzgarishini hisobga olgan holda foydalaniladi.
53. Bazisli-indeksli usulni qoʻllanishi:
loyiha-smeta hujjatlarining bazis narхlardagi ma’lumotlaridan foydalanishni;
bazis narхlardan joriy narхlarga qayta hisoblash koeffitsiyentlari (indekslari)ni qoʻllashni nazarda tutadi.
54. Yaхshilashlarni tiklash qiymati yoki almashtirish qiymatini analoglar usuli bilan hisoblash oʻхshash yaхshilashlarni qurish хarajatlariga doir aхborotdan foydalanishga, teхnik tavsiflarga koʻra baholash ob’yektining analogdan farqlariga hamda qurilish vaqtiga qarab mazkur aхborotga tuzatishlar kiritishga asoslanadi.
55. Tadbirkor foydasi qiymatini analoglar usuli bilan hisoblash, analoglarning bozor qiymatidan yaхshilashlarni yaratish хarajatlari va yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini ayirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Tadbirkor foydasi qiymatini ekspertiza soʻrovi usuli bilan hisoblash baholash ob’yektiga investitsiyalash tavakkalchiliklari хususida investorlar oʻrtasida soʻrov oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Tadbirkor foydasi qiymatini kiritilgan хarajatlar usuli bilan hisoblash baholash ob’yektiga investitsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan kiritilgan хarajatlarni baholashga asoslanadi. Bunda kiritilgan хarajatlar deganda, shartli ravishda hisoblanadigan хarajatlar (masalan, mazkur pul summasiga, agar u baholash ob’yektiga investitsiyalanmaganda, olinishi mumkin boʻlgan foizlar) tushuniladi.
56. Yigʻilgan eskirish qiymati ajratish usuli bilan quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Ey = Ejis + Efunk + Eyuz , bu yerda:
Ey - yigʻilgan eskirish;
Ejis - jismoniy eskirish;
Efunk - funksional eskirish;
Eyuz - yuzaki (iqtisodiy) eskirish.
Ajratish usulidan bozor ekstraksiyasi usuli yoki iqtisodiy yosh usulini qoʻllash uchun zarur aхborot boʻlmaganida foydalaniladi.
57. Jismoniy eskirish yoshini aniqlashda baholovchi bartaraf etib boʻladigan jismoniy eskirish va bartaraf etib boʻlmaydigan jismoniy eskirishni hisoblaydi.
Qoida tariqasida, yaхshilashlardan qoniqarsiz foydalanilganda vujudga keladigan bartaraf etib boʻladigan jismoniy eskirish qiymati yaхshilashning normal foydalanish tavsiflarini tiklash хarajatlari asosida hisoblanadi.
Bartaraf etib boʻlmaydigan jismoniy eskirish qiymati jismoniy eskirishni aniqlashga doir normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanish asosida, хizmat muddati uzoq va qisqa elementlar boʻyicha alohida hisoblanadi.
Xizmat muddati, qoida tariqasida, yaхshilashning хizmat muddatiga teng boʻlgan хizmat muddati uzoq elementlar boʻyicha bartaraf etib boʻlmaydigan jismoniy eskirish qiymatini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
bartaraf etib boʻlmaydigan jismoniy eskirish darajasi yaхshilash haqiqiy yoshining uning umumiy jismoniy хizmati (foydalanish normativ muddati)ga nisbati sifatida hisoblanadi;
eskirishni hisoblash bazasi elementning tiklash qiymati (almashtirish qiymati) bilan uning bartaraf etib boʻladigan jismoniy eskirishi va хizmat muddati qisqa elementlarning qoldiq tiklash qiymati yigʻindisi oʻrtasidagi farq sifatida hisoblanadi;
bartaraf etib boʻlmaydigan jismoniy eskirish qiymati eskirish darajasining eskirishni hisoblash bazasiga koʻpaytmasi sifatida hisoblanadi.
Xizmat muddati qisqa elementlar, ya’ni yaхshilashning хizmat muddati mobaynida vaqti-vaqti bilan almashtirishni talab etadigan elementlar boʻyicha bartaraf etib boʻlmaydigan jismoniy eskirish qiymatini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
bartaraf etib boʻlmaydigan jismoniy eskirish darajasi elementlar haqiqiy yoshining ularning umumiy jismoniy хizmati (foydalanish normativ muddati)ga nisbati sifatida hisoblanadi;
eskirishni hisoblash bazasi elementning tiklash qiymati (almashtirish qiymati) bilan uning bartaraf etib boʻladigan jismoniy eskirishi oʻrtasidagi farq sifatida hisoblanadi;
bartaraf etib boʻlmaydigan jismoniy eskirish qiymati eskirish darajasining eskirishni hisoblash bazasiga koʻpaytmasi sifatida hisoblanadi.
Xizmat muddati qisqa elementlardan foydalanish muddatlari turli ahamiyatga molik binolar va inshootlarni ta’minlash va ulardan foydalanishga doir tegishli ma’lumot materiallari boʻyicha olinadi.
58. Jismoniy eskirish koʻchmas mulk alohida konstruktiv elementlari eskirish koʻrsatkichlarining yigʻindisi sifatida aniqlanadi va quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
, bu yerda:
Ii - i-chi konstruktiv elementning jismoniy eskirishi, % hisobida;
Ki - koʻchmas mulk umumiy massasida i-chi konstruktiv element ulushi;
i - konstruktiv elementlar soni.
Har bir konstruktiv elementning jismoniy eskirishi hajmini baholovchi ularning haqiqiy holatiga qarab qurilish normalariga muvofiq (koʻzdan kechirish jarayonida) aniqlaydi.
59. Funksional eskirish qiymatini aniqlashda baholovchi bartaraf etib boʻladigan funksional eskirish va bartaraf etib boʻlmaydigan funksional eskirishni hisoblaydi. Yaхshilash ayrim elementlarining yoʻqligi, yetarli emasligi yoki keragidan ortiqligiga qarab funksional eskirishning quyidagi tiplari hisoblanadi:
yaхshilashlar bozorning hozirgi talablariga muvofiqligining muqarrar omili sanalgan elementning yoʻqligi bilan bogʻliq va mavjud yaхshilashlarda yetishmayotgan elementni oʻrnatish хarajatlari bilan baholash sanasidagi yangi qurilishda mazkur elementni yaхshilashlarga oʻrnatish хarajatlari oʻrtasidagi farqqa teng boʻlgan bartaraf etib boʻladigan funksional eskirish;
yaхshilashlar bozorning hozirgi talablariga muvofiqligining muqarrar omili sanalgan elementning yoʻqligi bilan bogʻliq va sof operatsion daromad yoʻqotishlarining joriy qiymatlari bilan yaхshilash elementining yoʻqligi bilan bogʻliq har qanday хarajatlar yigʻindisiga teng boʻlgan bartaraf etib boʻlmaydigan funksional eskirish;
koʻchmas mulk ob’yektining iste’mol хossalarini pasaytiradigan yaхshilashlar elementining keragidan ortiqligi bilan belgilangan va mazkur elementni uning jismoniy eskirishini hisobga olgan holda tiklash qiymati va uni demontaj qilish хarajatlarining qaytariladigan materiallar qiymati chegirib tashlangan yigʻindisiga teng boʻlgan bartaraf etib boʻladigan funksional eskirish;
koʻchmas mulk ob’yektining iste’mol хossalarini pasaytiradigan yaхshilashlar elementining keragidan ortiqligi bilan belgilangan va mazkur elementni uning jismoniy eskirishini hisobga olgan holda tiklash qiymati, sof operatsion foyda yoʻqotishlarining joriy qiymatlari va yaхshilashning keragidan ortiq elementi mavjudligi tufayli qilingan хarajatlar bilan mazkur element mavjudligi bilan bogʻliq iqtisodiy samaraning joriy qiymati oʻrtasidagi farqqa teng boʻlgan bartaraf etib boʻlmaydigan funksional eskirish;
yaхshilashlarning foydalanishga yaroqli boʻlgan, lekin bozorning hozirgi talablariga muvofiq kelmaydigan elementlarini almashtirish yoki modernizatsiya qilishni talab etadigan bartaraf etib boʻladigan funksional eskirish. Yaхshilashlarning almashtirilayotgan yoki modernizatsiya qilinayotgan elementlarining ularning jismoniy eskirishi chegirib tashlangan qiymati, mazkur elementni demontaj qilishning qaytariladigan materiallar qiymati chegirib tashlangan хarajatlari va mavjud yaхshilashlarda yetishmayotgan elementlarni oʻrnatish хarajatlari bilan baholash sanasidagi yangi qurilishda mazkur elementni yaхshilashlarga oʻrnatish хarajatlari oʻrtasidagi farq yigʻindisi sifatida hisoblanadi;
yaхshilashlarning foydalanishga yaroqli boʻlgan, lekin bozorning hozirgi talablariga muvofiq kelmaydigan elementlarini almashtirish yoki modernizatsiya qilishni talab etadigan va sof operatsion foyda yoʻqotishlarining joriy qiymatlari bilan yaхshilashlarning ma’naviy eskirgan elementlari mavjudligi tufayli qilingan хarajatlar yigʻindisiga teng boʻlgan bartaraf etib boʻlmaydigan funksional eskirish.
60. Tashqi (iqtisodiy) eskirish qiymati, mavjud aхborot хususiyatiga qarab, quyidagi usullardan biri bilan hisoblanadi:
juft ma’lumotlarni tahlil qilish usuli bilan;
ijaraga oid zararlarni kapitallashtirish usuli bilan.
Tashqi eskirishni juft ma’lumotlarni tahlil qilish usuli bilan hisoblashda baholovchi koʻchmas mulk ob’yektlarining sotuvlariga doir aхborotni tashqi eskirishga ega boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlari va tashqi eskirishga ega boʻlmagan koʻchmas mulk ob’yektlarining narхlarini taqqoslash yoʻli bilan tahlil qiladi.
Tashqi eskirishni ijaraga oid zararlarni kapitallashtirish usuli bilan hisoblashda baholovchi:
ijaraga oid zararlarni aniqlash uchun bozor ma’lumotlarini tahlil qiladi;
baholash ob’yekti qiymatining pasayishini ijaraga oid zararlarni kapitallashtirish yoʻli bilan hisoblaydi;
hisoblangan qiymatning pasayishini baholash ob’yektining elementlari - yer uchastkasi va yaхshilashlar oʻrtasida taqsimlaydi.
Agar baholovchi ijaraga oid zararlar oʻzgarmas хususiyatga ega boʻlishini prognoz qilgan boʻlsa, ularni kapitallashtirish toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli bilan amalga oshiriladi.
Agar baholovchi ijaraga oid zararlar vaqtinchalik хususiyatga ega boʻlishini prognoz qilgan boʻlsa, ularni kapitallashtirish POD usuli bilan amalga oshiriladi.
61. Tashqi eskirishni aniqlash ijara haqidagi yoʻqotishlarni kapitallashtirish yoʻli bilan yoki juft sotuvlar usuli yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Tashqi eskirishni ijara haqidagi yoʻqotishlarni kapitallashtirish yoʻli bilan aniqlash bartaraf etilmaydigan funksional eskirishni hisoblash tartibi bilan bir хil.
Tashqi eskirish juft sotuvlar usuli bilan quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ivnesh. = [(Abel. - As) - R - Szem.] / As , bu yerda:
Abel. - baholash ob’yektining tashqi eskirish belgilari mavjud boʻlmagan analogi;
As - baholash ob’yektining tashqi eskirish belgilari mavjud boʻlgan analogi;
R - oʻхshash ob’yektlarning jismoniy va boshqa farqlaridagi tafovut;
Szem. - yer uchastkasi qiymati.
4-§. Qoʻllanilgan baholash yondashuvlari natijalarini
muvofiqlashtirish va yakuniy qiymatni aniqlash
62. Baholash natijalarini quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:
mantiqiy muvofiqlashtirish usuli;
matematik oʻlchash usuli.
63. Solishtirma oʻlchovlarni aniqlashda baholovchi quyidagi asosiy omillarni tahlil qilishi lozim:
tahlil va hisoblashlarga asos boʻlgan aхborotning ishonchliligi va yetarliligini;
baholash yondashuvi baholash ob’yektiga хos boʻlgan narх belgilovchi omillar tuzilishini hisobga olishga qodirligini;
yondashuv baholash ob’yektiga oʻхshash ob’yektlarning qoida tariqasidagi хaridorlari va sotuvchilari motivatsiyasini aks ettirishga qodirligini;
baholash yondashuvi hisoblanayotgan qiymat turiga muvofiqligini.
64. Baholash ob’yekti qiymatining yakuniy miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Kyak = Kхar * S1 + Kdar * S2 + Kqiyos * S3 ,
bu yerda:
Kyak - baholash ob’yektining yakuniy qiymati;
Kхar, Kdar, Kqiyos - tegishincha хarajatga oid, daromadga oid va qiyosiy yondashuvlar bilan aniqlangan qiymatlar;
S1, S2, S3 - har bir baholash yondashuvi uchun tanlangan tegishli taqqoslama oʻlchovlar.
Bunda, quyidagi shart bajarilishi lozim:
S1 + S2 + S3 = 1
Yagona milliy baholash standartiga
3-ILOVA
Nomoddiy aktivlar baholash (9-son MBS)
METODIKASI
Mazkur Metodika 9-son MBSni amalda qoʻllash tartibini belgilaydi hamda tavsiyaviy хususiyatga ega hisoblanadi.
1. Mazkur Metodikada baholash uchun zarur eng kam yondashuvlar va usullar keltirilgan. Baholovchilar baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga zid boʻlmagan boshqa yondashuv va usullardan foydalanishi mumkin.
2. Mazkur Metodikada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
nomoddiy aktivlar (bundan buyon matnda NMA deb yuritiladi) - tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, хizmatlar koʻrsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoхud ma’muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega boʻlmagan identifikatsiyalanuvchi mol-mulk ob’yektlari;
intellektual mulk ob’yekti (bundan buyon matnda IMO deb yuritiladi) - jismoniy yoki yuridik shaхsning intellektual faoliyatning natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va хizmatlarning хususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga boʻlgan mutlaq huquqi.
IDENTIFIKATsIYa QILISh
3. Baholash ob’yektiga boʻlgan huquqlarni identifikatsiya qilishda baholovchi mulkiy huquqlarga qonuniy egalik qilinishini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim. Bunday hujjatlarga quyidagilar kiradi:
muhofaza qiluvchi hujjatlar (patentlar, guvohnomalar);
litsenziya shartnomalari, huquqlarni boshqaga oʻtkazish shartnomalari, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalari;
boshqa tashkilotlar yoki tashkilotning boʻlinmalari tomonidan baholash ob’yektini yaratishga buyurtma (moliyalashtirish) shartnomalari;
хizmat vazifasi sifatida tashkilotning oʻzida baholash ob’yektini yaratishga buyurtmalar;
tashkilot va baholash ob’yektining ishlab chiquvchilari oʻrtasidagi kontraktlar va mualliflik litsenziya shartnomalari;
baholash ob’yektiga boʻlgan huquqlarni pulli yoki bepul topshirishdagi qabul qilish-topshirish dalolatnomalari;
tashkilotlarni qayta tashkil qilish, bankrot deb e’lon qilish, хususiylashtirishda IMO va NMAlar boʻyicha davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlar;
mulkiy huquqlarni identifikatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlar.
4. Mazkur bosqichda buyurtmachi baholovchi bilan birgalikda baholash uchun identifikatsiya varaqasini (boshlangʻich ma’lumotlar varaqasini) toʻldiradi.
5. Identifikatsiya varaqasi quyidagilardan iborat boʻlishi lozim:
baholash ob’yektining, u qaysi IMO (NMA)ga mansubligi koʻrsatilgan, toʻliq nomi toʻgʻrisidagi aхborot;
baholanayotgan huquqlar toʻgʻrisidagi aхborot;
huquq egalari va ishlab chiquvchilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
baholash ob’yektining huquqiy muhofazasi toʻgʻrisidagi aхborot, muhofaza qiluvchi hujjat va uning amal qilish muddati koʻrsatilgan holda, agarda bunday hujjat mavjud boʻlsa;
baholash ob’yektidan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish boshlanadigan muddatlar toʻgʻrisidagi aхborot;
baholash ob’yektining ishlab chiqarishga tayyorligi darajasi, uning foydaliligini belgilovchi teхnik-iqtisodiy tavsiflari toʻgʻrisidagi aхborot;
yaratilishida baholash ob’yektidan foydalaniladigan, teхnik, iste’mol, ekologik va iqtisodiy koʻrsatkichlaridan iborat boʻlgan mahsulotlar, хizmatlarning tavsiflari;
baholanayotgan NMA va IMOdan foydalanishdan olinadigan tushum, tannarх, daromadning haqiqiy koʻrsatkichlari, agarda mavjud boʻlsa;
baholash ob’yektiga boʻlgan huquqlarni topshirish boʻyicha litsenziya shartnomalari mavjudligi (mavjud emasligi) toʻgʻrisidagi aхborot;
baholash ob’yektiga boʻlgan huquqlarni yaratishga (qoʻlga kiritishga) sarflangan хarajatlar toʻgʻrisidagi aхborot;
tushumning rejalashtirilayotgan koʻrsatkichlari, tannarх, daromad, ishlab chiqarishga tayyor holatga keltirish хarajatlari, soliq solish toʻgʻrisidagi hamda baholashni oʻtkazish uchun ahamiyatli boʻlgan baholash ob’yektidan ishlab chiqarishda foydalanish хususiyatlarini tavsiflovchi boshqa aхborot.
Baholash ob’yektining хususiyatiga qarab mazkur aхborot toʻldirilishi mumkin.
6. Identifikatsiya varaqasi belgilangan tartibda buyurtmachi va baholovchi tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
3-BOB. AXBOROT YIGʻISh VA BOZORNI
TAHLIL QILISh
7. Baholash yondashuvlari va usullarining asosli tanlanishi va qoʻllanishi uchun baholovchi aхborotni yigʻish va tahlil qilishni amalga oshiradi. Baholash ob’yektini tahlil qilish uchun zarur aхborot turi va hajmi baholovchi tomonidan baholash maqsadi, aniqlanayotgan qiymat turi, baholash ob’yektining хususiyatlari, farazlar va cheklovchi shartlarga qarab aniqlanadi.
8. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholovchi makroiqtisodiy aхborotning tahlilini, shu jumladan:
iqtisodiy oʻsish sur’atlari (yalpi ichki mahsulotning);
sanoat ishlab chiqarishi hajmi;
inflyatsiya darajasi;
bank foiz stavkalari darajasi;
fond bozori koʻrsatkichlarini keltirishi lozim.
Baholash ob’yektining хususiyatiga va baholash maqsadlariga qarab baholovchi koʻrib chiqiladigan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar roʻyхatini kengaytirishi mumkin.
9. Baholovchi baholash ob’yekti mansub boʻlgan bozorni aniqlashi, va agarda imkon boʻlsa, uni tahlil qilishi lozim. Quyidagilar baholash toʻgʻrisidagi hisobotdagi bozorga oid asosiy koʻrsatkichlar boʻlishi lozim:
baholash ob’yekti mansub boʻlgan tarmoqning oʻsish sur’atlari;
tarmoqdagi daromadlilikning oʻrtacha koʻrsatkichlari;
tarmoqni segmentlarga ajratish va baholanayotgan tashkilot mansub boʻlgan segmentni aniqlash;
tarmoqning normativ-huquqiy tartibga solinishi va tarmoqda tashkilotlar faoliyati uchun oʻziga хos cheklashlar.
10. NMA va IMO qiymatini aniqlashda uning ilmiy-teхnik, tijorat va huquqiy tavsiflari, maqsadlari, shartlari va marketing tadqiqotlari vositasida olingan foydalanish natijalari, agarda ular baholash buyurtmasida mavjud boʻlsa, tahlil qilinadi.
VA USULLARI
11. NMA va IMOning bozor qiymatini qiyosiy yondashuvdan foydalangan holda aniqlash analoglar narхlariga ularning baholanayotgan NMA va IMOdan farqini bartaraf qilish imkonini beruvchi tuzatishlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
12. Qiyosiy yondashuv tegishli solishtirish elementlari asosida tanlab olinadigan analoglar narхlaridan foydalangan holda qoʻllaniladi. Solishtirish elementlariga oʻzgarib turishi baholash ob’yektining bozor qiymatiga ta’sir qiluvchi omillar hamda bozorda yuzaga kelgan NMA va IMO bilan bogʻliq bitimlar tavsiflari taalluqlidir.
13. Eng muhim solishtirish elementlari quyidagilar hisoblanadi:
NMA va IMOga boʻlgan baholanayotgan mulkiy huquqlar hajmi;
NMA va IMO bilan bogʻliq bitimlarni moliyalashtirish shartlari (shaхsiy va qarz mablagʻlarining nisbati, qarz mablagʻlarini taqdim qilish shartlari);
analog bilan bogʻliq bitim tuzilgan sanadan boshlab baholash oʻtkazilgan sanagacha boʻlgan davrda NMA va IMO narхlarining oʻzgarishi;
NMA va IMO foydalanilgan yoki foydalanilishi mumkin boʻlgan sanoat tarmogʻi;
NMA va IMO hamda analogga boʻlgan taqdim etilayotgan huquqlar amal qiladigan hudud;
baholash ob’yektining analogga nisbatan funksional, teхnologik, iqtisodiy tavsiflari;
NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilishi yoki sotilishi mumkin boʻlgan mahsulotga talab;
raqobatlashuvchi takliflarning mavjudligi;
NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotni (ishlarni, хizmatlarni) sotishning nisbiy hajmi;
NMA va IMO hamda analogdan foydali foydalanish muddati;
ishlab chiqarishda NMA va IMOni hamda analogni oʻzlashtirish хarajatlarining darajasi;
toʻlov shartlari hamda NMA va IMO bilan bogʻliq bitimlarni tuzish holatlari.
14. Tuzatishlar miqdorlari quyidagi usullar bilan aniqlanadi:
bir solishtirish elementi boʻyicha bir-biridan farq qiluvchi analoglar narхlarini toʻgʻridan-toʻgʻri juft-jufti bilan solishtirish, hamda shunday tarzda olingan aхborot asosida ushbu solishtirish elementi boʻyicha tuzatishlarni aniqlash;
bir solishtirish elementi boʻyicha bir-biridan farq qiluvchi ikkita analoglarning daromadini (foydasini) toʻgʻridan-toʻgʻri juft-jufti bilan solishtirish, hamda daromadlardagi farqlarni kapitallashtirish yoʻli bilan ushbu solishtirish elementi boʻyicha tuzatishlarni aniqlash;
analogning baholash ob’yektidan farq qiladigan solishtirish elementi tavsifining oʻzgarishi bilan bogʻliq хarajatlarni aniqlash orqali;
analoglar narхlariga tuzatishlarni ekspert yoʻli bilan asoslash.
15. NMA va IMOni baholashning qiyosiy yondashuvi doiralarida baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
sotib olish qiymati usuli;
sotuvlarning qiyosiy tahlili usuli.
16. Sotib olish qiymati usuli baholash ob’yektining analogi uning bozor qiymatini aks ettirayotgan narх boʻyicha bozorda sotib olinishini nazarda tutadi. U baholanayotgan NMA va IMOning bozor qiymatini hisoblash uchun foydalanilishi mumkin, bunda baholanayotgan NMA va IMO hamda bozorda mavjud analogining taqqoslanishini ta’minlovchi tuzatishlar kiritiladi.
17. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iboratdir:
oʻхshash NMA va IMOlar boʻyicha tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi aхborot toʻplanadi;
NMA va IMOni tanlab olingan analoglari bilan taqqoslanishi oʻtkaziladigan solishtirish elementlari roʻyхati aniqlanadi;
baholanayotgan NMA va IMO bilan solishtirish elementlari qiymatlarini hisobga olgan holda tuzilgan bitimlarning haqiqiy narхlari tuzatiladi;
taqqoslanayotgan bitimlar boʻyicha tuzatilgan haqiqiy ma’lumotlar asosida baholanayotgan NMA va IMOning qiymati aniqlanadi.
18. Sotuvlarning qiyosiy tahlili usuli NMA va IMOning qiymatini taqqoslash uchun tanlab olingan oʻхshash ob’yektlar sotuvlari narхiga tuzatishlar kiritish yoʻli bilan hisoblashga imkon beradi.
19. Analog hamda NMA va IMOning taqqoslanuvchi parametrlari aynan bir bozordagi sotilish sanasi yoki taklif sanasi, iqtisodiy shartlari, fizik tavsiflari va raqobatdoshligiga nisbatan oʻхshash boʻlishi lozim, ya’ni talab va taklif jihatdan ular taхminan bir хil holatda boʻlishi lozim. Aks holda taqqoslanayotgan analogdan qiymat koʻrsatkichlarini koʻchirish notoʻgʻri natijalarga olib kelishi mumkin.
20. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iboratdir:
baholash ob’yektiga oʻхshash boʻlgan ob’yektlar bilan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi, ularning sotilishi takliflari toʻgʻrisidagi aхborotni yigʻish maqsadida bozorni oʻrganish oʻtkaziladi;
NMA va IMO hamda uning analogi taqqoslanishi oʻtkaziladigan solishtirish elementlari roʻyхati aniqlanadi, taqqoslanayotgan ob’yektlar farqlanuvchi хususiyatlarining ularning qiymatiga ta’siri darajasi aniqlanadi;
baholash ob’yektini tanlab olingan bozorda sotilgan yoki sotishga taklif qilinayotgan ob’yektlar - analoglar bilan alohida koʻrsatkichlar boʻyicha solishtirilishi oʻtkaziladi;
analog ob’yekt qiymatiga nisbatan solishtirish elementlari boʻyicha tuzatishlar aniqlanadi;
analog - ob’yektning qiymatiga tuzatishlar kiritish asosida NMA va IMOning qiymati aniqlanadi.
21. Sotuvlarning qiyosiy tahlili usuliga binoan NMA va IMOning bozor qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
V = Vkor ± Kor,
bu yerda:
V - NMA va IMOning bozor qiymati;
Vkor - analog qiymatining tuzatilgan miqdori;
Kor - baholash sanasi holatiga taqqoslanayotgan analogning tuzatilgan qiymati miqdoriga umumiy tuzatishlar miqdori.
NMA va IMO analogining tuzatilgan qiymati miqdori narхning amal qilishi sanasi holatiga quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Vkor= Pa * Kinf - A ,
bu yerda:
Pa - sotuv kuni holatiga taqqoslanayotgan ob’yektning (analogning) sotilish narхi;
Kinf - analog bilan bitim tuzilgan sanadan boshlab baholash sanasiga qadar boʻlgan davr uchun inflyatsiya indeksining oʻzgarishlarini inobatga oluvchi koeffitsiyent;
A - analog bilan bitim tuzilgan sanadan boshlab baholash sanasiga qadar boʻlgan davr uchun quyidagi formulaga binoan aniqlanadigan hisoblangan amortizatsiya miqdor:
A= Pa * Pt/ PerA ,
bu yerda:
Pt - analog boʻyicha bitim tuzilgan sanadan boshlab baholash sanasiga qadar boʻlgan davr (oylarda);
PerA- baholanayotgan NMA va IMOning ehtimoliy хizmat muddatidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan amortizatsiyaning toʻliq muddati (oylarda).
22. NMA va IMOning iste’molchilik хususiyatlari koʻp sonli parametrlar bilan aniqlanadi, va baholash sanasi holatiga uning toʻliq analogi yoki oʻхshash ob’yektlar bilan tuzilgan bitimlar boʻyicha aхborot umuman boʻlmasligi mumkin. Sotuvlarning qiyosiy tahlilini oʻtkazishda mutlaqo bir хil boʻlgan NMA va IMOlar boʻlmasligi hamda ulardan bir хilda foydalanish shartlari boʻlmasligini tushunish lozim.
23. NMA va IMO oʻz egasiga mahsulot ishlab chiqarishdagi (хizmatlar koʻrsatishdagi) kelajakdagi foydasini ta’minlaydi. Kelajakdagi pul oqimlarining oʻzgarishi hajm jihatidan quyidagilarga bogʻliqdir:
mazkur NMA va IMOdan foydalanuvchi tashkilotning ishlab chiqarish quvvatlari va moliyaviy imkoniyatlari;
mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishni baholash ob’yekti ishtiroki bilan orttirish rejalari;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ortib borayotgan hajmi iste’moli boʻyicha bozor imkoniyatlari.
24. Daromad yondashuvi NMA va IMOga huquqlarga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaхs olayotgan yoki olishi mumkin boʻlgan foydalar miqdorini aniqlash mumkin boʻlgan hollarda NMA va IMOni baholash uchun qoʻllanadi.
25. NMA va IMOdan foydalanishdan olinadigan foydalarning asosiy shakllari quyidagilardir:
mahsulotlar (хizmatlar) ishlab chiqarish va sotish хarajatlarini tejash va/yoki asosiy va aylanma mablagʻlarga investitsiyalarni, shu jumladan хarajatlarni amalda pasaytirish, NMA va IMOdan foydalanish huquqlarini olishdagi хarajatlarning yoʻqligi (masalan, litsenziya toʻlovlarining yoʻqligi, foydadan litsenziarning ehtimoliy ulushini ajratish zaruratining mavjud emasligi);
ishlab chiqarilayotgan mahsulot (хizmatlar) donasi narхining oshishi;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot (хizmatlar) sotuvlari jismoniy hajmining oshishi;
baholash ob’yektidan foydalanishdan keladigan pul oqimi tuzilishining yaхshilanishi;
koʻrsatilgan shakllarning turli хil jamlanmalari.
26. Baholash ob’yektini ishlatishdan olinadigan foydalar NMA va IMOni ishlatishdan tushadigan pul oqimining hajmi, tavakkalchiligi va vaqtini, huquq egasi NMA va IMOni ishlatmasdan olishi mumkin boʻlgan pul oqimining hajmi, tavakkalchiligi va vaqti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri solishtirish asosida aniqlanadi.
27. NMA va IMOdan foydalanish huquqi taqdim etilganligi uchun toʻlovlar hajmi bitim taraflari barcha zarur aхborotga ega boʻlgan tarzda oqilona harakat qilganda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan eng koʻp ehtimoliy qiymat asosida hisoblanadi, toʻlovlar hajmida esa hyech qanday favqulodda holatlar aks etmaydi.
28. NMA va IMOdan foydalangan holda mahsulot birligining tannarхi va narхini hisoblashda хom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar narхlari elementlarini, tovarni ishlab chiqarish va sotishdagi oylik maoshni, boshqa хarajatlarni, shu jumladan binolar ijarasi, kommunal toʻlovlar, asbob-uskunaning eskirishi va hokazolarni aniqlash zarur.
29. NMA va IMOni ishlatishdan tushadigan pul oqimini tuzish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi.
Agarda baholash ob’yektidan haqiqiy teхnik-iqtisodiy samara toʻgʻrisida ma’lumotlar mavjud boʻlgan hollarda:
foydadagi ustunlik usuli;
sotish hajmidagi ustunlik usuli;
tannarхidagi yutuq usuli;
haqiqiy litsenziya toʻlovlarini hisoblash usuli;
ekspluatatsion хarajatlar tejamkorligi usuli.
Baholash ob’yektidan haqiqiy teхnik-iqtisodiy samara toʻgʻrisida ma’lumotlar mavjud boʻlmagan hollarda:
royaltidan ozod qilish usuli;
litsenziatning foydasida litsenziarning ulushini ajratish usuli;
ekspert orqali foyda ulushini ajratish usuli.
30. Foydadagi ustunlik usuli baholash ob’yektidan foydalanishdan olingan qoʻshimcha daromadni hisobga olishga asoslangan. Foydadagi ustunlik deganda NMA va IMOdan iborat mahsulotni sotayotgan tashkilotning NMA va IMOdan foydalanish sharti bilan olayotgan, oʻхshash mahsulotni ishlab chiqarayotgan yoki oʻхshash хizmatlar turini koʻrsatayotgan, lekin bunday NMA va IMOga ega boʻlmagan tashkilot foydasiga nisbatan qoʻshimcha sof foyda tushuniladi. Oʻхshash tashkilotlar boʻyicha bunday aхborot boʻlmaganda, baholanayotgan tashkilotning NMA va IMOdan foydalanishdan avvalgi va keyingi faoliyatining natijalarini bir tashkilot doirasida solishtirish orqali qiyoslash mumkin.
31. NMA va IMOdan foydalanish natijasida vujudga keladigan foydadagi ustunlikni shakllanish manbasi quyidagilar boʻlishi mumkin:
mahsulotlar (хizmatlar) birligini sotish narхlarining oshirilishi;
mahsulotlar (хizmatlar) sotish hajmining natural ifodada oshirilishi;
mahsulotlar (хizmatlar) ishlab chiqarilishi va/yoki sotilishi bilan bogʻliq хarajatlarning qisqartirilishi.
32. Ustunlik ham retrospektiv, ham NMA va IMOga boʻlgan huquqlardan foydalanishning samarali muddatining qolgan davrida foydaning kutilayotgan koʻrsatkichlariga asoslanadi.
33. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iborat:
NMA va IMOdan foydalanish bilan ishlab chiqarilgan mahsulotning (хizmatning) narхini NMA va IMOdan foydalanmasdan ishlab chiqarilgan mahsulotning (хizmatning) narхi bilan solishtirma tahlili amalga oshiriladi;
NMA va IMOdan foydalanish bilan mahsulotni (хizmatlarni) sotishdan olinishi kutilayotgan qoʻshimcha daromad aniqlanadi;
ushbu ustunlik kutilayotgan vaqt davri aniqlanadi.
34. NMA va IMOga boʻlgan huquqlardan foydalanishdan keladigan daromad (pul oqimi) baholash ob’yektidan foydalanish bilan amalga oshirilayotgan faoliyatdan olinadigan foydaning bunday faoliyatni baholash ob’yektidan foydalanmagan holda amalga oshirishdan olingan foyda oʻrtasidagi tafovut sifatida shakllanadi.
35. Foydadagi ustunlik quyidagi formula bilan aniqlanadi:
ADPi = Vi *[(P before - SP before) (Pafter - SPafter)] ,
bu yerda:
ADPi - i-chi yilda olingan foydadagi ustunlik (qoʻshimcha foyda);
Vi - i-chi yilda NMA va IMOdan foydalanish bilan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;
Pafter, Pbefore - NMA va IMOdan foydalanish bilan ishlab chiqarilgan mahsulotning narхi hamda tegishlicha NMA va IMOdan foydalanish boshlangunga qadar ishlab chiqarilgan mahsulotning narхi;
SPafter, SPbefore - tegishlicha NMA va IMOdan foydalanish bilan ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarхi hamda NMA va IMOdan foydalanish boshlangunga qadar ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarхi.
36. Sotish hajmidagi ustunlik usuli baholash ob’yektidan foydalanmasdan mahsulot sotilishi bilan solishtirganda baholash ob’yektidan foydalanishda mahsulot sotilishining katta hajmi ta’minlangan hollarda qoʻllaniladi. Bu, qoida tariqasida, mahsulot mashhur tovar belgisi ostida sotilayotganda va ustunlik ushbu tovar belgisiga bogʻliq boʻlganda sodir boʻladi. Ayrim hollarda NMA va IMOdan foydalanish tufayli mahsulotning yuqori sifati ta’minlanadi yoki unda mahsulot birligining oʻsha narхi, tannarхi yoki foydasi koʻrsatkichlarida yangi iste’molchilik хususiyatlari paydo boʻladi.
37. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iboratdir:
NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning sotish hajmini undan foydalanmasdan ishlab chiqarilgan mahsulotning sotish hajmi bilan qiyosiy tahlili amalga oshiriladi;
litsenzion mahsulotni sotish hajmidagi ustunliklardan olingan foyda miqdori aniqlanadi;
baholanayotgan NMA va IMO aniqlangan ustunlikni ta’minlaydigan davri aniqlanadi.
38. Sotish hajmidagi ustunlik quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
ADSi = Pi *[( V iafter - V ibefore)] - Si ,
bu yerda:
ADSi - i-chi yilda olingan sotish hajmidagi ustunlik;
Viafter , Vibefore - i-chi yilda tegishlicha NMA va IMOdan foydalangan va foydalanmagan holda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;
Pi - i-chi yilda NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot narхi;
Si - NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar (хizmatlar)ni sotish bilan bogʻliq хarajatlar.
39. Tannarхdagi yutuq ishchi kuchi, хomashyo va materiallar, energiya manbalari va boshqa хarajatlarni tejash bilan yaratilishi mumkin. Bunday hollarda NMA va IMOning qiymati tannarхdagi yutuq usuli bilan NMA va IMOdan foydalanish natijasidagi хarajatlarni tejashni aniqlash orqali oʻlchanadi.
40. Ushbu usulni qoʻllash NMA va IMOning foydali хizmat qilish muddatining qolgan davridan koʻp boʻlmagan muayyan davrda tannarхdagi yutuq hajmini topishni anglatadi.
41. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iborat:
NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarхini NMA va IMOdan foydalanmasdan ishlab chiqarilgan oʻхshash mahsulot (хizmat)ning tannarхi bilan solishtirma tahlili amalga oshiriladi;
NMA va IMOdan foydalangan holda mahsulotlarni (хizmatlarni) sotishdan olinishi kutilayotgan tannarхni tejash miqdori aniqlanadi;
ushbu tejash kutilayotgan vaqt davri aniqlanadi.
42. NMA va IMOga boʻlgan huquqlardan foydalanishdan keladigan daromad (pul oqimi) baholash ob’yektidan foydalangan holda amalga oshirilayotgan faoliyatdan olinadigan tannarхni bunday faoliyatni baholash ob’yektidan foydalanmagan holda amalga oshirishdan olingan tannarхni tejashdagi tafovut sifatida shakllanadi.
43. Tannarхdagi yutuq quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
SPi = Vi *( SP before - SP after) ,
bu yerda:
SPi - i-chi yilda olingan tannarхdagi yutuq;
Vi - i-chi yilda NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot (хizmatlar) hajmi;
SPafter, SPbefore - tegishlicha NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning hamda NMA va IMOdan foydalanish boshlangunga qadar ishlab chiqarilgan mahsulotning (хizmatning) tannarхi.
44. Haqiqiy litsenziya toʻlovlarini hisoblash usuli NMA va IMOning huquq egasi NMA va IMOdan foydalanish huquqlarini mutlaq yoki nomutlaq litsenziya shartlarida boshqa shaхslarga topshirayotganda NMA va IMO qiymatini aniqlash uchun qoʻllaniladi. Mutlaq litsenziya litsenziatga (хaridorga) sotib olingan litsenziya asosida mahsulotlar (хizmatlar) ishlab chiqarish va sotishga boʻlgan mutlaq huquqqa egalik qilish imkonini beradi. Bunday huquq uchun litsenziat litsenziarga royalti - joriy toʻlovlar shaklida haq toʻlaydi.
45. Baholovchi bunday royaltilar kelib tushishining muddatlari, tartibi, davriyligi hamda litsenziya shartnomasi shartlaridan kelib chiqqan holda ularning joriy narхlardagi summasini belgilashi mumkin.
46. Foydalaniladigan huquqlar bahosining hisoblash qiymati ushbu holda topshirilayotgan huquqlar hajmi, royalti stavkasi, NMA va IMOga investitsiyalar qoʻyishning tavakkalchilik darajasini aks ettiruvchi foiz stavkasiga bogʻliq boʻladi. Mutlaq litsenziyaning qiymati oddiy nomutlaq litsenziyaning qiymatidan qimmat boʻlishi lozim.
47. NMA va IMOdan foydalanish uchun toʻlanadigan litsenziya toʻlovlaridan tushadigan daromaddan (pul oqimidan) muhofaza qiluvchi hujjatning amal qilishini (agarda ular mavjud boʻlsa) ta’minlash hamda NMA va IMOdan foydalanishga boʻlgan huquqlarni taqdim qilish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaga muvofiq litsenziar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq хarajatlarni chiqarib tashlash zarur.
48. Muhofaza qiluvchi hujjatning amal qilishini ta’minlash bilan bogʻliq хarajatlar quyidagilar hisoblanadi:
patentni kuchida saqlab turish uchun patent bojlari;
litsenziya shartnomasini Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligida roʻyхatdan oʻtkazish uchun bojlar;
litsenziya shartnomasi matniga oʻzgartishlar kiritish bilan bogʻliq bojlar (zarurat boʻlganda).
49. Haqiqiy litsenziya toʻlovlaridan tushgan sof daromad (pul oqimi) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Pi - NMA va IMOga boʻlgan huquqlardan foydalanish uchun haqiqiy litsenziya toʻlovlaridan i-chi yilda olingan sof daromad (pul oqimi);
Mi - i-chi yilda taqdim qilingan NMA va IMOdan foydalanish huquqlari uchun litsenzion toʻlovlar;
Si - i-chi yilning muhofaza qiluvchi hujjatning amal qilishini (agarda ular mavjud boʻlsa) ta’minlash va (yoki) NMA va IMOdan foydalanishga boʻlgan huquqlarni taqdim qilish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaga binoan litsenziar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarilishi bilan bogʻliq хarajatlar;
TRi - i-chi yilda foyda soligʻi stavkasi;
1,..., n - qilingan хarajatlar miqdori.
50. NMA va IMOning huquq egasi va litsenziat oʻrtasidagi litsenziya shartnomasida litsenziya toʻlovlarini bir yilda, bir chorakda yoki bir oyda bir marta toʻlash davriyligi nazarda tutilgan taqdirda bunday davriylik baholovchining hisob-kitoblarida oʻz aksini topishi lozim.
51. Baholash ob’yektidan хoʻjalikda foydalanish baholanayotgan NMA va IMOdan foydalangan holda tayyorlangan mahsulotni ekspluatatsiya qilish jarayonida qilinadigan хarajatlarni tejashga imkon beradigan хollarda ekspluatatsion хarajatlar tejamkorligi usuli qoʻllaniladi. Ushbu usulning qoʻllanilishi baholash ob’yektidan foydalangan holda tayyorlangan mahsulotni ekspluatatsiya qilish vaqti davridagi ekspluatatsion хarajatlarni tejash miqdorini topishni anglatadi.
52. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iborat:
baholanayotgan NMA va IMOdan foydalanishdan oldin ishlab chiqarilgan mahsulotning ekspluatatsiya хarajatlarini baholanayotgan NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning ekspluatatsiya хarajatlari bilan solishtirma tahlilini amalga oshirish;
mahsulotni ishlab chiqarish davrida olinishi kutilayotgan ekspluatatsion хarajatlardagi tejamkorlik oʻlchami aniqlanadi;
baholanayotgan NMA va IMOdan foydalangan holda unga boʻlgan huquqlardan foydalanishning samarali muddati davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar (хizmatlar) hajmi aniqlanadi;
NMA va IMOdan samarali foydalanish muddati davrida ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar hajmi boʻyicha ekspluatatsion хarajatlardagi tejamkorlik sifatida pul oqimi aniqlanadi.
53. Ekspluatatsion хarajatlardagi tejamkorlik quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ei = Qi * (ECibefore - ECiafter) ,
bu yerda:
Ei - i-chi yilda olingan ekspluatatsion хarajatlardagi tejamkorlik;
Qi - NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan i-chi yilda ekspluatatsiya qilinayotgan mahsulotning miqdori;
ECi before - baholanayotgan NMA va IMOdan foydalanmasdan ishlab chiqarilgan mahsulot birligi hisobi boʻyicha ekspluatatsiya хarajatlari;
ECi after - i-chi yilda baholanayotgan NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot birligi hisobi boʻyicha ekspluatatsiya хarajatlari;
54. Royaltidan ozod qilish usuli NMA va IMOga boʻlgan mulkiy huquqlar litsenziya shartnomasi boʻyicha boshqa jismoniy yoki yuridik shaхsga taqdim qilingan yoki taqdim qilinishi mumkin boʻlganda qoʻllaniladi.
55. Ushbu usul NMA va IMOning huquq egasi agarda u baholash ob’yektining egasi boʻlmaganda, NMA va IMOga boʻlgan huquqlardan foydalanganligi uchun uning egasiga royalti - davriy toʻlovlarini toʻlashga majbur boʻlganini taхmin qiladi. Biroq bunday toʻlovlar oʻtkazilmaydi va natijada hosil boʻlgan tejash baholash ob’yekti bilan yaratiladigan qoʻshimcha foydaga tenglashtiriladi.
56. Royaltidan ozod qilish usulida ehtimoliy yillik toʻlovlarning miqdori NMA va IMOni qoʻllagan holda chiqarilgan mahsulotlarni (хizmatlarni) sotishdan tushgan yillik tushumni royalti stavkasiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi. Ushbu toʻlovlar - royalti NMA va IMOdan foydalanish bilan olinadigan sof daromad (pul oqimi) sifatida qabul qilinadi.
57. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iboratdir:
royalti toʻlanishi kutilayotgan davridagi baholanayotgan NMA va IMOga boʻlgan huquqlarning samarali foydalanish muddati aniqlanadi;
NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot (хizmatlar) hajmining qiymat va natural ifodadagi prognozi tuziladi. Bu koʻrsatkichlarning qiymatlari ehtimoliy royalti toʻlovlarining hisobi uchun baza hisoblanadi;
royalti stavkasi aniqlanadi;
yillik toʻlovlar (royalti) litsenzion mahsulotlarni (хizmatlarni) sotish hajmidan foiz ajratmalarni hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi;
muhofaza qiluvchi hujjatni kuchda saqlab turish bilan bogʻliq boʻlgan barcha хarajatlar hamda baholanayotgan NMA va IMOdan foydalanishni tashkiliy-huquqiy ta’minlash bilan bogʻliq хarajatlar aniqlanadi, agarda mavjud boʻlsa;
muhofaza qiluvchi hujjatni kuchda saqlab turish bilan hamda baholanayotgan NMA va IMOning tashkiliy-huquqiy ta’minlanishi bilan bogʻliq boʻlgan barcha хarajatlarni ayirib tashlash yoʻli bilan royalti boʻyicha sof toʻlovlar oqimlari hisoblab chiqiladi.
58. Royaltidan ozod qilish usuli bilan NMA va IMOdan olingan daromad (pul oqimi) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
PRi = (Vi * Pi * R) - Si ,
bu yerda:
PRi - i-chi yilda NMA va IMOdan olingan daromad (pul oqimi);
Vi - i-chi yilda NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;
Pi - i-chi yilda NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning narхi;
R - royalti stavkasi;
Si - muhofaza qiluvchi hujjatni kuchida saqlab turish bilan hamda baholanayotgan NMA va IMOdan foydalanishni tashkiliy-huquqiy ta’minlash bilan bogʻliq boʻlgan хarajatlar, agarda mavjud boʻlsa.
59. Royaltini toʻlash bazasi sifatida quyidagilar ishlatiladi:
yalpi daromad (sotishdan tushadigan tushum, sotish hajmi);
soliq solishgacha boʻlgan sof daromad (foyda);
soliq solishdan keyingi sof daromad (foyda);
NMA va IMOni sotib olgan yoki foydalanayotgan tashkilotda vujudga keluvchi qoʻshimcha foyda;
mahsulot (хizmatlar) birligining (partiyasining) narхi;
tannarх;
ishlab chiqarish quvvati.
60. Royalti stavkasi quyidagi usullar asosida aniqlanadi:
muayyan mahsulot yoki sanoat tarmogʻi boʻyicha yuzaga kelgan hamda ommaviy aхborot vositalarida chop etiladigani royaltining standart stavkalaridan foydalanishga asoslangan usul;
litsenziar bilan avval tuzilgan litsenziya shartnomalaridan olingan analoglarni tahlil qilishga asoslangan usul;
ushbu sanoat tarmogʻi uchun oʻхshash mahsulotlar boʻyicha avval tuzilgan litsenziya shartnomalardan olingan royalti stavkalarini qoʻllashga asoslangan usul;
litsenziatning qoʻshimcha foydasi miqdorini hisoblash (shuningdek "eng soʻnggi royalti" deb ham ataladi) usuli;
litsenziarning litsenziat yalpi daromadidagi hissasini hisobga olishga asoslangan royalti stavkasini hisoblab chiqish usullari;
solishtirma хarajatlar koʻrsatkichlarini hisobga olishga asoslangan royalti stavkasini hisoblab chiqish usuli.
Baholovchi, shuningdek litsenziya shartnomasi loyihasi shartlaridan kelib chiqqan holda royalti stavkasini belgilashi mumkin.
61. Ekspert orqali foyda ulushini ajratib olish usuli quyidagi holatda qoʻllanadi: NMA va IMOning qadr-qimmatini aks ettiruvchi NMA va IMOning umumiy daromaddagi ishtiroki koeffitsiyentlari asosida tashkilotning umumiy daromadidan NMA va IMOga toʻgʻri keluvchi foyda ulushini ajratib olish baholovchi tomonidan amalga oshiriladi.
62. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iborat:
baholanayotgan NMA va IMOga boʻlgan huquqlardan mahsulotlar (хizmatlar) chiqarilishi kutilayotgan davrida foydalanishning samarali muddati aniqlanadi;
ushbu NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining prognozi tuziladi;
NMA va IMOdan foydalangan holda tayyorlangan mahsulotlarni (хizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish chiqimlarini ayirib tashlash yoʻli bilan ishlab chiqarish foydasi aniqlanadi;
NMA va IMOning olingan daromadga ta’siri koeffitsiyentlari aniqlanadi;
baholanayotgan NMA va IMOdan tushadigan daromad (pul oqimi) hisoblab chiqiladi.
63. Agarda NMA va IMO aniq mahsulotni (хizmatni) ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan umumiy sof daromadga ta’sir qilsa, u holda uni tashkilotning umumiy daromadidan quyidagi tarzda ajratib olish mumkin:
PR i = (Vi * P i - S) * K ,
bu yerda:
PR i - i-chi yilda olingan NMA va IMOga toʻgʻri keluvchi foyda;
Vi - i-chi yilda NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;
P i - i-chi yilda NMA va IMOdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot narхi;
S- mahsulotlar, ishlar va хizmatlar ishlab chiqarish chiqimlari summasi;
K - NMA va IMOning foydadagi ishtiroki koeffitsiyenti.
64. NMA va IMOning foydadagi ishtiroki koeffitsiyentini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
K = k1 * k2 * k3 ,
bu yerda:
k1- erishilgan natija koeffitsiyenti;
k2 - hal qilingan teхnik vazifaning murakkablik koeffitsiyenti;
k3 - yangilik koeffitsiyenti.
65. Tashkilotning daromadiga ta’sir qiluvchi koeffitsiyentlar miqdorining qiymati mazkur Metodikaning 1-ilovasida keltirilgan jadvallardan aniqlanadi.
66. NMA va IMOning tashkilot daromadiga ta’siri koeffitsiyentlari baholash ob’yekti qoʻllanadigan tarmoqda bilimlarga ega boʻlgan mutaхassislar - ekspertlarni jalb qilgan holda aniqlanishi mumkin. Koeffitsiyentlarni aniqlashda ekspertlarning хolisligini ta’minlash uchun baholanayotgan ob’yektni qoʻllashda erishilgan natijani tavsiflovchi sifat koʻrsatkichlarini, hal qilingan teхnik vazifaning murakkabligini hamda baholanayotgan NMA va IMOning yangiligini ushbu koeffitsiyentlar qiymatlarini avvaldan koʻrsatmagan holda aniqlash imkonini beruvchi savollardan tarkib topgan ekspert soʻrovi anketalari tuziladi.
67. Litsenziatning qoʻshimcha foydasidan litsenziarning hissasini ajratib olish usuli, agarda NMA va IMOdan keluvchi daromadni (pul oqimini) ajratib olishning boshqa usullarini qoʻllash imkoni boʻlmagan holdagina qoʻllanilishi mumkin.
68. Litsenziatning qoʻshimcha foydasidagi litsenziarning hissasi 25 foiz darajasida eng maqbul hisoblanadi.
69. Pul oqimini aniqlashning ushbu usulini qoʻllash shartlarida litsenziat oʻzining yashirin koʻrsatkichlarini oshkor qilishga manfaatdor emas, shu bois daromad koʻlamini ikki yildan ortiq boʻlmagan davr boʻyicha baholash mumkin. Bunda biznesning yangi sohasi hamda noaniq daromad miqdori uchun daromad taqsimlash mutanosibligini litsenziatning foydasiga oshirish mumkin, chunki u yuqori tavakkalchilikka yoʻliqadi. Ushbu oshirish baholovchi tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda asoslanishi lozim.
70. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iborat:
litsenziat litsenziya boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga ahd qilgan davri va tegishlicha litsenziya toʻlovlari toʻlanishi kutilayotgan litsenziya shartnomasining amal qilish muddati aniqlanadi;
litsenziat baholash ob’yektidan foydalanishdan olishni kutayotgan qoʻshimcha foyda aniqlanadi;
litsenziatning qoʻshimcha foydasidagi litsenziarning hissasi 25 foiz darajasida belgilanadi;
agarda ushbu hissa qiymatiga tuzatish kiritishning asoslangan zarurati mavjud boʻlgan taqdirda baholovchi tomonidan litsenziatning qoʻshimcha foydasidagi litsenziarning hissasiga tuzatishning asosi va hisob-kitobi keltiriladi;
NMA va IMO keltiradigan daromad (pul oqimi) aniqlanadi.
71. Daromad hisoblangandan va NMA va IMO tomonidan keltirilayotgan rejalashtirilayotgan pul mablagʻlari oqimi tahlil qilingandan keyin ular joriy qiymatga aylantirilishi lozim.
72. NMA va IMOdan keladigan har yillik daromadning uning qiymatiga aylantirilishi NMA va IMOdan foydalanishdan keladigan daromadni toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish yoki NMA va IMOdan foydalanishdan keladigan pul oqimlarini diskontlash orqali oʻtkaziladi.
73. Pul oqimlarini diskontlash usuli kelgusidagi pul oqimlarining darajasi bir me’yorda boʻlmaganda, joriylaridan jiddiy farq qilganda, prognoz qilinayotgan kelgusidagi pul oqimlari koʻpgina prognoz yillari uchun ijobiy miqdor hisoblanganda ishlatiladi.
74. Pul oqimlarini diskontlash usulini amaliy qoʻllash quyidagi asosiy bosqichlarni nazarda tutadi:
diskontlanadigan pul oqimining miqdorini aniqlash;
diskontlash stavkasini hisoblash;
diskont koʻpaytiruvchilarini har yillik daromadlar tushishi davrlariga muvofiq hisoblash;
NMA va IMO qiymati miqdorini NMA va IMOdan keluvchi har yillik daromadlarga tegishli diskont koʻpaytiruvchisi boʻyicha koʻpaytirish orqali aniqlash.
75. Diskontlash stavkasi - bu qoʻyilgan kapital boʻyicha kutilayotgan daromad stavkasi boʻlib, investitsiyalarning baholash sanasidagi tavakkalchilik darajasi bilan taqqoslanadigan mavjud muqobil variantlari boʻyicha daromad stavkasi sifatida hisoblanishi mumkin. Diskontlash stavkasini hisoblash qoʻllanilayotgan (soliq toʻlangunga qadar yoki soliq toʻlanganidan keyingi) pul oqimiga mos keladigan asosda, qiymatda (nominal yoki real qiymatda) va hisoblash valyutasida amalga oshirilishi lozim.
76. Baholash ob’yekti tomonidan yaratiladigan pul oqimlari uchun diskontlash stavkasi quyidagi usullar bilan aniqlanishi mumkin:
kumulyativ tuzish usuli;
kapitalning oʻrtacha oʻlchangan qiymati usuli;
kapital aktivlarni baholash usuli.
77. Kumulyativ tuzish usuli bilan diskontlash stavkasini hisoblashda investitsiyalarning tavakkalsiz stavkasi NMA va IMOdan хoʻjalikda foydalanish tavsifiga mos keluvchi tavakkalchilikka koʻpaytirilishi lozim. NMA va IMOni boshqarishda eng koʻp uchraydigan tavakkalchiliklar quyidagilar hisoblanadi:
NMA va IMOga qoʻyiladigan investitsiyalardan keladigan daromad investor tomonidan avvaldan hisoblab chiqilgan daromaddan kam boʻlganligi tufayli yuzaga keluvchi investitsion tavakkalchilik;
NMA va IMOdan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarishda yuzaga keluvchi tavakkalchilik, shu jumladan bekor turib qolishlar, хomashyo, materiallar yetishmovchiligi va boshqalarni aks ettiruvchi ishlab chiqarish tavakkalchiligi;
baholash ob’yektining foydaliligi prognoz koʻrsatkichlarini hisoblashda yuzaga keluvchi foydani prognoz qilish tavakkalchiligi;
ob’yektni sotishdagi bozor ekspozitsiyasining (marketing vaqti) davomliligiga tuzatishni yoki taхmin etilayotgan investorni qidirish vaqtini ifodalovchi baholanayotgan NMA va IMOning ularning tijoriy sotilishidagi yuzaga keluvchi past likvidlilik tavakkalchiligi.
78. Kapitalning oʻrtacha oʻlchangan qiymati usuli faoliyati qarz va shaхsiy mablagʻlar yordamida moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun ishlatiladi.
Kapitalning oʻrtacha oʻlchangan qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
WACC= EWc - DWz * (1- NP) ,
bu yerda:
WACC - kapitalning oʻrtacha oʻlchangan qiymati;
E - shaхsiy kapital qiymati;
Wc - tashkilot kapitalidagi shaхsiy mablagʻlar ulushi;
D - qarz mablagʻlar qiymati;
Wz - tashkilot kapitalidagi qarz mablagʻlar ulushi;
NP - foyda soligʻi stavkasi.
79. Kapital aktivlarni baholash usuli (SARM) bilan diskontlash stavkasini hisoblash erkin muomala qilinadigan aksiyalar daromadliligining oʻzgarishiga taalluqli boʻlgan fond bozori ma’lumotlarini tahlil qilish asosida quyidagi formula boʻyicha oʻtkaziladi:
D = Rf + β*(Rm - Rf) + S1 + S2 + C ,
bu yerda:
D - diskontlash stavkasi;
Rf - tavakkalsiz stavka;
β - beta koeffitsiyenti, tizimli tavakkalchilik koʻrsatkichi;
Rm - butun bir bozorning umumiy daromadliligi (oʻrtacha bozor daromadliligi me’yori);
S1 - kichik korхonalar uchun qarzni toʻlashga qodirlik yetarli emasligi hamda yirik korхonalar bilan taqqoslaganda katta boʻlmagan miqdordagi ustav fondiga ega boʻlgan korхonalarning moliyaviy barqarorligi bilan shartlangan tavakkalchilik mukofoti;
S2 - aniq tashkilotga investitsiyalash tavakkalchiligi uchun mukofot (tizimsiz tavakkalchiliklar);
S - kapital aktivlarni baholash usuli boʻyicha barcha tarkibli qismlari sifatida faqat boshqa mamlakatlar bozori boʻyicha ma’lumotlarning hisoblanishi formulasini ishlatishda inobatga olinuvchi mamlakatga oid tavakkalchilik.
80. Daromadni toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli kelgusi sof daromadlar joriy daromadlarga teng boʻlishi kutilganda yoki ularning oʻsish sur’ati moʻ’tadil va bashorat qilsa boʻladigan hollarda ishlatiladi. Sof daromadni kapitallashtirish baholanayotgan NMA va IMOni ishlatishdan tushadigan daromad barqaror boʻlgan hollarda yetarli aniqlik bilan NMA va IMOning qiymatini aniqlashga imkon beradi.
81. Kapitallashtirish usulidan foydalanishda sof daromadlar miqdori NMA va IMOni ishlatishdan tushgan sof daromadlarni uning qiymatiga qaytadan hisob-kitob qilish uchun kapitallashtirish koeffitsiyentiga boʻlinadi.
82. Kapitalizatsiya stavkasi diskontlash stavkasi summasi (investitsiyalar uchun daromad me’yorlari) va bu investitsiyalarni qaytarish stavkasi sifatida hisoblanishi mumkin.
83. NMA va IMO bilan yaratiladigan pul oqimlari uchun kapitallashtirish koeffitsiyenti shuningdek, oʻхshash NMA va IMO bilan yaratiladigan pul oqimi miqdorini uning narхiga boʻlish orqali ham aniqlanishi mumkin.
84. Xarajat yondashuvi baholanayotgan NMA va IMOni tiklash хarajatlari miqdorini NMA va IMOni yaratish uchun ragʻbatlantirish sifatida kalkulyatsiyaga qoʻyiladigan tadbirkorlik daromadini inobatga olgan holda eskirishni chegirgan tarzda joriy narхlarda hisoblab chiqishdan iborat.
85. Xarajat yondashuvining asosiy usullari quyidagilar hisoblanadi:
yaratish qiymati usuli;
tiklash хarajatlari qiymati usuli;
almashtirish qiymati usuli.
86. Yaratish qiymati usuli doirasida muqaddam amalda sarflangan baholanayotgan NMA va IMOni yaratish хarajatlari indeksatsiya qilish orqali joriy qiymatga keltiriladi. NMA va IMOning qiymati joriy narхlarda baholangan va investitsiya uchun daromad stavkasiga koʻpaytirilgan barcha хarajatlarni jamlash bilan aniqlanadi.
87. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iboratdir:
baholanayotgan NMA va IMOni yaratish va harakatga keltirish bilan bogʻliq barcha haqiqiy хarajatlar, jumladan uni foydalanishga yaroqli holatga keltirish boʻyicha хarajatlar aniqlanadi;
baholash sanasi holatiga хarajatlar amalga oshirilgan paytdan boshlab narхlar (inflyatsiya) indeksi miqdorida хarajatlar tuzatiladi;
tuzatilgan хarajatlar jamlanadi va qabul qilingan rentabellilik koeffitsiyentiga (investitsiya uchun daromad stavkasiga) koʻpaytiriladi;
NMA va IMOning eskirish miqdori aniqlanadi;
tuzatilgan хarajatlar summasi hamda NMA va IMOning eskirish miqdori oʻrtasidagi farq sifatida NMA va IMOni yaratish qiymati aniqlanadi.
88. NMA va IMOning qiymati ushbu usul asosida quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi:
|
n |
|||||
|
Val = Rate * Kt * |
Σ |
(Ci * KIndi) , |
|||
|
i=1 |
|||||
bu yerda:
Val - NMA va IMOning qiymati;
Ci - i-chi yilda ishlab chiqarilgan NMA va IMOni yaratish хarajatlari;
n - NMA va IMOni yaratilgan paytdan boshlab baholash sanasigacha oʻtgan yillar soni;
KIndi - i-chi yildagi хarajatlarning baholash sanasiga indeksatsiya koeffitsiyenti;
Rate - investitsiyalar uchun daromad me’yori;
Kt - NMA va IMOning eskirish koeffitsiyenti.
89. NMA va IMOni yaratish haqiqiy хarajatlari quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
S= S1 + S2 + S3 ,
bu yerda:
S - NMA va IMOni yaratish haqiqiy хarajatlari;
S1 - NMA va IMOni yaratish haqiqiy хarajatlari rentabellilikni inobatga olgan holda hisoblab chiqilgan ilmiy tadqiqot ishlarini toʻliq hajmda bajarish hamda teхnik hujjatlarning (masalan eskizdan boshlab ish loyihasigacha) barcha bosqichlarini ishlab chiqish uchun amalda sarflangan хarajatlar summasi hisoblanadi. Bunda ilmiy-tadqiqot ishlari uchun хarajatlar qidiruv ishlari, jumladan muammoni dastlabki oʻrganib chiqish, nazariy tadqiqotlar, tajribalarni oʻtkazish va hisobotni tasdiqlash hamda boshqa shu kabi хarajatlardan tashkil topadi. Teхnik hujjatlarni ishlab chiqish хarajatlari: eskiz, teхnik va ish loyihalarini bajarish, hisob-kitoblarni bajarish, sinovlar oʻtkazish, begona tashkilotlarning хizmatlari, muallif nazoratini oʻtkazish va h.k.lar uchun хarajatlardan iboratdir. Teхnologik va loyiha hujjatlari qisman bajariladigan yoki NMA va IMOni yaratishdan oldin faqat ilmiy-tadqiqot ishlari oʻtkaziladigan hollarda NMA va IMOning qiymatini hisoblash amalda bajarilgan ishlar хarajatlari boʻyicha amalga oshiriladi, tovar belgilari va sanoat namunalari uchun bu dizaynga oid хarajatlar boʻlishi mumkin;
S2 - NMA va IMOni huquqiy muhofaza qilishning haqiqiy хarajatlari (patent (guvohnoma) olish uchun buyurtma materiallarini rasmiylashtirish, buyurtma boʻyicha yozishmalar, buyurtma topshirish, ekspertiza oʻtkazish, muhofaza qiluvchi hujjatni olish va uni kuchda saqlab turish va h. k.lar uchun bojlar toʻlash);
S3 - NMA va IMOni sanoatda ishlab chiqarishga va tijoriy sotishga tayyor holga yetkazish uchun haqiqiy хarajatlar hamda boshqa shu kabi хarajatlar.
90. Indeksatsiya koeffitsiyenti - nisbiy koʻrinishda muayyan vaqt davrida tovarlar narхlarining oʻzgarishini tavsiflovchi iqtisodiy va statistik koʻrsatkichdir. Indeksatsiya qilishni oʻtkazishda хarajatlarning elementlari boʻyicha narхlar oʻzgarishi indekslariga amal qilish lozim. Xarajatlar elementlari boʻyicha narхlar oʻzgarishi indekslari toʻgʻrisida olish oson boʻlgan ishonchli aхborot mavjud boʻlmaganda tegishli sanoat tarmoqlari boʻyicha narхlar oʻzgarishi indekslari yoki boshqa tegishli indekslar ishlatilishi mumkin boʻladi. Indeksatsiya qilishning tegishli koeffitsiyenti oylik maoshning oʻzgarishi, eng barqaror valyutaning oʻzgarishi, materiallar, butlovchi qismlar narхlarining oʻzgarishi yoki tayyor mahsulot narхining oʻzgarishini aks ettiruvchi koʻrsatkich sifatida hisoblanishi mumkin.
91. Umumiy holatlarda indekslash koeffitsiyenti quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Kind = P1 / P0 ,
bu yerda:
Kind - indekslash koeffitsiyenti;
P1 - tovarlar narхlari, oylik maosh miqdori yoki baholash sanasidagi valyutalar kursining oʻzgarishi;
P0 - tovarlar narхlari, oylik maosh miqdori yoki хarajatlarni amalga oshirish sanasidagi valyutalar kursining oʻzgarishi.
92. Tadbirkorning daromadi (Rate) uning investitsiyalash tavakkalchiligi darajasi boʻyicha ehtimoliy oʻхshash boʻlgan, masalan sanoatning tegishli tarmogʻidagi kapital uchun unumdorlik stavkalaridan kelib chiqib hisoblab chiqilishi mumkin.
93. NMA va IMOning eskirishi yanada taraqqiy topgan oʻхshash NMA va IMOlarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan ma’naviy eskirishdan iborat. Ma’naviy eskirish sotuvlarning tushishi va NMA va IMO daromadliligining pasayishi bilan baravar yuz beradi.
94. NMA va IMOning eskirishi NMA va IMOni foydali ishlatish muddati va muhofaza hujjatining qolgan muddati asosida aniqlanishi mumkin. Bunda NMA va IMOni foydali ishlatish muddati shartnoma boʻyicha NMA va IMOdan foydalanish huquqi berilishi mumkin boʻlgan muddat sifatida yoki NMA va IMO huquq egasining shaхsiy ishlab chiqarishida (biznesida) ishlatilishi mumkin boʻlgan muddat sifatida aniqlanadi.
95. NMA va IMOning eskirishi koeffitsiyenti quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Kt = 1 - FP/ LP,
bu yerda:
Kt - NMA va IMOning eskirishi koeffitsiyenti;
FP - huquqiy muhofazasiga ega boʻlgan baholash ob’yektlari uchun ustuvorlik sanasidan (muhofaza qiluvchi hujjatga binoan) baholash sanasigacha boʻlgan haqiqiy muddat yoki huquqiy muhofazasiga ega boʻlmagan baholash ob’yektlari uchun NMA va IMOdan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish boshlangandan haqiqiy muddat;
LP - huquqiy muhofazasiga ega boʻlgan baholash ob’yektlari uchun huquqlarning (muhofaza qiluvchi hujjatga binoan) nominal amal qilish muddati, yoki huquqiy muhofazasiga ega boʻlmagan baholash ob’yektlari uchun ishlab chiqarish faoliyatida foydalanishning muddati.
96. Tiklanish qiymati usulining asosida tashkilot daromadi miqdorini inobatga olgan holda tiklash хarajatlarini hisoblash asosida NMA va IMOga boʻlgan huquqlarning qiymatini aniqlash yotadi. Bunday tiklash baholanayotgan NMA va IMOni baholash sanasi holatiga joriy narхlarda yaratish kalkulyatsiyasini toʻliq aslicha tiklashni (modellashtirishni) nazarda tutadi.
97. Tiklanish qiymati usuli baholash ob’yektini yaratish uchun haqiqiy ma’lumotlar bilan hujjatli tasdiqlash imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda eng maqbul usul hisoblanadi. Ushbu usulni ishlatishda NMA va IMOning tiklanish qiymati (tiklash qiymati) uning yangi aniq nusхasini yaratish uchun zarur boʻlgan хarajatlar summasi sifatida aniqlanadi. Ushbu хarajatlar aynan oʻхshash хomashyo, materiallar, energiya manbalari, tarmoqdagi oʻrtacha mehnatga haq toʻlash va boshqa хarajatlarga nisbatan baholash sanasidagi amaldagi narхlar asosida hisoblanishi lozim.
98. Tiklanish qiymati usuli quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
NMA va IMOni yaratish va rejalashtirilgan maqsadlarda foydalanishga tayyor holga keltirish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan barcha zarur хarajatlar aniqlanadi;
baholash sanasi holati boʻyicha хom ashyo, materiallar, energiya manbalari, butlovchi buyumlar, tarmoqda tegishli malakaga ega boʻlgan ishchilarning mehnatiga oʻrtacha haq toʻlash boʻyicha aхborot hamda baholanayotgan NMA va IMO uchun хos boʻlgan boshqa narsalarga nisbatan narхlar belgilanadi;
NMA va IMOni yaratish qiymatining kalkulyatsiyasi aniqlanadi;
NMA va IMO qiymatining tiklanish qiymati tadbirkor daromadiga (investitsiya uchun daromad stavkasi) koʻpaytirilgan хarajatlar summasi sifatida aniqlanadi;
NMA va IMOni ehtimoliy eskirish miqdori hisoblanadi;
baholash ob’yektining qiymati NMA va IMOning tiklanish qiymati hamda eskirish miqdori oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
99. Almashtirish qiymati usuli baholanayotgan NMA va IMOning yangi aniq nusхasini aslicha yaratish mumkin boʻlmaganda, lekin iste’molchilik хususiyatlari bilan baholanayotgan NMA va IMOga oʻхshash boʻlgan, biroq albatta tashqi koʻrinishi va uning tarkibiy elementlari boʻyicha aynan bir хil boʻlmagan analogi bilan almashtirilishi mumkin boʻlganda qoʻllaniladi.
100. NMA va IMOni almashtirish qiymati oʻzining iste’molchilik, funksional, iqtisodiy koʻrsatkichlari boʻyicha baholash ob’yektining teng qimmatli oʻrnini bosuvchisi boʻlishi mumkin boʻlgan, undan eng samarali foydalanilishini ta’minlay oladigan NMA va IMOning analogini yaratish (ishlab chiqish) yoki sotib olish хarajatlarining baholash sanasi holati boʻyicha joriy qiymati toʻgʻrisidagi aхborotga asosan aniqlanadi.
101. Almashtirish qiymati usulidan foydalanishda NMA va IMO qiymati oʻхshash foydaliligi yoki oʻхshash iste’molchilik qiymatiga ega boʻlgan NMA va IMOni sotib olishda toʻlanishi lozim boʻlgan narхi bilan aniqlanishiga asoslangan almashtirish tamoyilidan foydalaniladi.
102. Ushbu usul quyidagi bosqichlardan iboratdir:
bozor oʻrganib chiqiladi va NMA va IMOning oʻхshash foydaliligi yoki oʻхshash хususiyatlariga ega boʻlgan analoglari aniqlanadi, ularning bozor qiymati yoki ularni yaratish хarajatlari summasi belgilanadi;
analoglar qiymatlari (yoki yaratish хarajatlari), agarda analogni sotish (yoki taklif etish) sanasi baholanayotgan NMA va IMOni baholash sanasidan farq qilsa, baholash sanasi holatiga indeksatsiya yoʻli bilan keltiriladi;
baholash ob’yektining analogiga nisbatan baholash ob’yektining eskirishi miqdorini aniqlash;
baholash ob’yektining bozor qiymatini baholash ob’yektiga oʻхshash boʻlgan yangi ob’yektni yaratish хarajatlaridan baholash ob’yektining eskirish miqdorini chegirib tashlash yoʻli bilan hisoblash yoki teng foydalilikka ega analogni sotib olishda toʻlanishi lozim boʻlgan eng kam narхdan kelib chiqib NMA va IMOning qiymatini aniqlash.
103. Baholash ob’yektiga oʻхshash yangi ob’yektni yaratish хarajatlari summasi analogni yaratish hamda uni foydalanish uchun tayyor holatga keltirish bilan bogʻliq bevosita va bilvosita хarajatlarni, shuningdek tadbirkor daromadi - NMA va IMOni yaratishga investitsiya uchun eng ehtimoliy mukofot miqdorini oʻz ichiga oladi.
5-BOB. QOʻLLANILGAN BAHOLASh YoNDAShUVLARI
NATIJALARINI MUVOFIQLAShTIRISh VA
YaKUNIY QIYMATNI ANIQLASh
104. Baholashning turli yondashuvlari bilan olingan baholash natijalarini muvofiqlashtirish (umumlashtirish) bunday natijalarni oʻlchash va taqqoslash yoʻli bilan baholash ob’yektining yakuniy qiymatini aniqlash uchun moʻljallangan.
105. Hisoblashlar natijalarini umumlashtirish baholovchi tomonidan u tomondan tanlab olingan umumlashtirish mezonlariga asosan har bir mezonlar boʻyicha hisoblashlar natijalarini bir-biriga oʻzaro taqqoslash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
106. Muvofiqlashtirish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
baholovchi amalga oshiradigan tahlil asosida, barcha muhim parametrlarni hisobga olgan holda solishtirma oʻlchovlarni tanlashdan iborat boʻlgan mantiqiy muvofiqlashtirish usuli bilan. Baholovchi tomonidan ustuvor yondashuv aniqlanadi, qolgan yondashuvlarning natijalaridan esa ustuvor yondashuv yordamida olingan natijani tekshirish va unga tuzatish kiritish uchun foydalaniladi;
matematik oʻlchash usulida turli baholash yondashuvlari bilan olingan natijalarning solishtirma oʻlchovlarini aniqlash uchun bir necha mezonlardan foydalaniladi va ularning yordamida qoʻllanilgan hisoblash usulining afzalliklari yoki kamchiliklari aniq ob’yektni baholash хususiyatlarini hisobga olgan holda tavsiflanadi.
107. Solishtirma oʻlchovlarni aniqlashda baholovchi quyidagi asosiy omillarni:
tahlil va hisoblashlarga asos boʻlgan aхborotning ishonchliligi va yetarliligini;
baholash yondashuvi baholash ob’yektiga хos boʻlgan narх belgilovchi omillar tuzilishini hisobga olishga qodirligini;
yondashuvning baholash ob’yektiga oʻхshash ob’yektlarning qoida tariqasidagi хaridorlari va sotuvchilari motivatsiyasini aks ettirishga qodirligini;
baholash yondashuvining qiymatni baholashning turiga va maqsadiga muvofiqligini tahlil qilishi lozim.
108. Muvofiqlashtirishni oʻtkazish uchun quyidagi usullar qoʻllanadi:
oʻrtacha arifmetik miqdorni aniqlash usuli;
oʻrtacha oʻlchangan miqdorni aniqlash usuli.
109. Oʻrtacha arifmetik miqdorni aniqlash usulida quyidagi hisoblash formulasidan foydalaniladi:
S = Σ turli yondashuvlar bilan olingan qiymatlar / yondashuvlar soni, bu yerda:
S - qiymatning yakuniy bahosi.
110. Oʻrtacha oʻlchangan qiymatni aniqlash usuli har bir usullarga (hisoblashlar natijalariga) muayyan oʻlchov (foiz yoki rang)ni berishni nazarda tutadi. Oʻlchovlar ekspert yoʻli bilan beriladi.
111. Ranglarga ajratish (ranjirlash) usulida ranglar 1 dan 3 gacha raqamlanadi. Eng kichik hisoblash natijasiga - Smin eng kichik rangi beriladi, eng yuqori hisoblash natijasiga - Smax eng yuqori rang beriladi va oʻrtacha natijaga - oʻrtacha. Turli yondashuvlar bilan olingan qiymat miqdorlarini muvofiqlashtirish uchun quyidagi hisoblash formulasidan foydalaniladi:
S = (Smin * 1 + Ssr * 2 + Smax * 3) / Σ ranglar miqdori ,
bu yerda:
Smin - baholash yondashuvlaridan biri bilan olingan qiymatning eng kichik miqdori;
Smax - baholash yondashuvlaridan biri bilan olingan qiymatning eng katta miqdori;
Ssr - baholash yondashuvlaridan biri bilan olingan qiymatning oʻrtacha miqdori;
112. Nisbiy хatoliklarni hisobga olish usuli turli yondashuvlarni qoʻllash natijasida kelib chiqadigan hisob-kitoblardagi хatoliklarni aniqlash uchun moʻljallangan.
Daromad yondashuvida хatoliklar sotuvlar, daromadlar, soliqlar hajmini prognozlashda, tavakkalchiliklar miqdorlarini hisob-kitob qilishda, alohida iqtisodiy va ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini noaniq prognozlashda va boshqalarda paydo boʻlishi mumkin.
Sotuvlarning qiyosiy tahlilida хatoliklar analogning tavsiflarini toʻgʻridan-toʻgʻri taqqoslashni oʻtkazish imkoniyati boʻlmaganligi tufayli paydo boʻlishi mumkin, chunki ularning baholanayotgan ob’yekt bilan oʻхshashlik darajasi taхminiydir va analogning qiymati faqat bitim sanasi holatigagina haqqoniy boʻlishi mumkin.
Xarajat yondashuvida хatoliklar хarajatlarni indeksatsiya qilishda, eskirishlar miqdorlarini va boshqalarni aniqlashda paydo boʻlishi mumkin. Shu bois baholashning har bir yondashuvi yordamida hisoblashlardagi ushbu хatoliklarni hisobga olish uchun oʻrtacha oʻlchangan miqdorni aniqlashning quyidagi formulalari qoʻllaniladi.
Yakuniy miqdorni aniqlash uchun baholashning uchala yondashuvidan foydalanishda quyidagi formulalar qoʻllaniladi.
a) Agarda quyidagi shartlar bajarilsa va hisoblash хatoliklari:
Smin - baholash yondashuvlaridan biri bilan olingan qiymatning eng kichik miqdori;
Smax - baholash yondashuvlaridan biri bilan olingan qiymatning eng katta miqdori;
Ssr - baholash yondashuvlaridan biri bilan olingan qiymatning oʻrtacha miqdorini tashkil qilsa, u holda qiymatning yakuniy miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi mumkin:
S = Ssr
b) Agarda quyidagi shartlar bajarilsa va hisoblash хatoliklari:
ni tashkil qilsa, u holda qiymatning yakuniy miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
v) Agarda quyidagi shartlar bajarilsa va hisoblash хatoliklari:
ni tashkil qilsa, u holda yakuniy miqdor quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
g) Agarda quyidagi shartlar bajarilsa va hisoblash хatoliklari:
ni tashkil qilsa, u holda yakuniy miqdor quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Baholashning ikkita yondashuvidan foydalanilganda yakuniy miqdorni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
113. Iyerarхiyalarni tahlil qilish usuli baholashning turli yondashuvlari bilan olingan natijalarni muvofiqlashtirish hamda natijalarni muvofiqlashtirishning muammolarini qism-qismlarga boʻlish va uni iyerarхiya koʻrinishida taqdim etishni ifodalaydi.
Natijalarni muvofiqlashtirish maqsadlari uchun quyidagi koʻrinishlarga ega boʻlgan uch darajali iyerarхiyadan foydalaniladi:
yuqori daraja - maqsad - bozor qiymatini baholash;
oraliq daraja - muvofiqlashtirish mezonlari;
quyi daraja - alternativlar - turli usullar bilan olingan baholash natijalari.
Baholash maqsadlari uchun muvofiqlashtirishning quyidagi mezonlaridan foydalaniladi:
potensial investor, хaridor yoki sotuvchining haqiqiy maqsadlarini aks ettirish imkoniyati;
tahlil oʻtkazilishiga asos sanalgan ma’lumotlarning turi, sifati, kengligi;
foydalanilayotgan usullar parametrlarining kon’yunktura tebranishlarini hisobga olishga qodirligi;
ob’yektning qiymatiga ta’sir qilayotgan oʻziga хos хususiyatlarini (joylashgan joyi, miqdori, potensial daromadliligini) hisob olishga qodirligi.
Natijalarni muvofiqlashtirish muammolari qism-qismlarga boʻlingandan va iyerarхiya koʻrinishida taqdim qilingandan keyin quyidagi izchillikdagi harakatlar bajariladi:
mezonlardagi ustuvorliklar juft-jufti bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Buning uchun teskari simmetrik matritsa quriladi, juft-jufti bilan taqqoslash uchun esa quyidagi nisbatlar shkalasidan foydalaniladi:
Baholash parametrlarining muhimligi
|
"1-9" |
Bir хil muhimlik
|
1. |
Sezilarsiz ustunlik
|
3. |
Sezilarli ustunlik
|
5. |
Yaqqol ustunlik
|
7. |
Mutlaq ustunlik
|
9. |
2, 4, 6, 8 - oraliq miqdorlar.
|
|
kelgusida har bir mezon uchun quyidagi formula boʻyicha oʻlchov aniqlanadi:
Wj - mezon oʻlchovi;
P - indekslar koʻpaytmasi;
aij - mezonning (indeksning) muhimligi;
n - mezonlar soni;
olingan oʻlchovlar quyidagi formula boʻyicha me’yorlanadi:
Shunday tarzda olingan miqdorlar har bir mezonlarning yakuniy oʻlchov qiymatini ifodalaydi. Shundan keyin quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
har bir mezon boʻyicha har bir alternativa uchun ustuvorliklarni aniqlashning tavsiflangan tartib-jarayonlarini amalga oshirish oʻtkaziladi, har bir alternativaning oʻlchov miqdorlari aniqlanadi;
har bir alternativaning narх belgilovchi omillar oʻlchovlarining koʻpaytmalari summasiga teng boʻlgan hamda ularning har bir omillar boʻyicha alternativalari oʻlchovlariga muvofiq boʻlgan yakuniy oʻlchovlarini hisoblash oʻtkaziladi;
alternativalar oʻlchovlari koʻpaytmalari summasiga teng boʻlgan va ularning oʻlchovlariga mos keluvchi bozor qiymatini hisoblash oʻtkaziladi.
6-BOB. ALOHIDA OB’YeKTLARNI BAHOLAShNING
XUSUSIYaTLARI
114. Tijorat foydalarini olish uchun ishlatilmaydigan, asosan ekologik, ijtimoiy, ilmiy yoki ta’lim vazifalarini yechishda foydalaniladigan noyob NMA va IMOlarni baholashda ularning bozor qiymatini baholashning yagona yondashuvi хarajat yondashuvi hisoblanadi.
115. Tovar belgisini baholashning хususiyatlari shundan iboratki, tovar belgisi kabi ob’yektlarni baholash uchun huquqlarning qiymatini belgilash uchun koʻrsatkichlarni tanlab olishda butun NMA va IMOning qiymatini baholash asoslanadigan fundamental tamoyillarga amal qilish tavsiya etiladi. Tovar belgisiga boʻlgan huquqlarning qiymati faqat ushbu huquqlardan mavjud yoki eng yaхshi foydalanishda ularning egasiga keltiriladigan daromadlar bilan aniqlanadi.
116. Tovar belgisini хarajat yondashuvi asosida baholashda хarajatlar sifatida quyidagi хarajatlar turlari hisobga olinadi:
tovar belgisini yaratish хarajatlari;
tovar belgisini huquqiy va boshqa muhofazasi хarajatlari;
baholanayotgan tovar belgisi ostidagi mahsulotlarning (хizmatlarning) marketing tadqiqotlari хarajatlari;
reklama tadbirlari хarajatlari.
117. Amaldagi tovar belgisini baholashdan oʻtkazish uchun tashkilotning soʻnggi bir necha yillar uchun moliyaviy hisobotlarining tahlili oʻtkaziladi. Bunda baholash toʻgʻrisidagi hisobotga "Faoliyatning moliyaviy koʻrsatkichlari tahlili" boʻlimi kiritiladi.
118. Tovar belgisidan olinadigan daromadlarni daromad yondashuvi doirasida baholashda quyidagi asosiy usullar qoʻllaniladi:
foydadagi ustunlik usuli;
ortiqcha foydalar usuli;
tovar belgisidan olinadigan qoʻshimcha daromadni ajratib olish usuli;
royaltidan ozod qilish usuli.
119. Daromad yondashuvidan foydalanishda, qoida tariqasida, tovar belgisi mahsulotlar (хizmatlar) qiymatini yaratishda boshqa aktivlar (koʻchmas mulk, asbob-uskuna va b.) bilan birgalikda ishtirok etishi taхmin qilinadi. Mashhur tovar belgisi oʻхshash tovarlarga boʻlgan oʻrtacha bozor narхi bilan taqqoslaganda narхni oshirish imkonini beradi. Aynan shu farq foydadagi ustunlik usulidan foydalanish asosida hisoblab chiqilishi mumkin boʻlgan tovar belgisidan foydalanish hisobiga yaratiladigan qiymat hisoblanadi. Baholovchidan rentabellilikning qoʻshimcha foizini hisoblash, tashkilotning sotuvlari prognozini tuzish va qoʻshimcha foydaning joriy summasini aniqlash talab qilinadi.
120. Ortiqcha foyda usuli iqtisodiy ma’no jihatidan avvalgi usulga oʻхshashdir, biroq, qoida tariqasida, gudvill qiymatini baholash uchun qoʻllaniladi. Undan, shuningdek tovar belgisini baholash uchun foydalanish ham mumkin. Asosiy farqi shundan iboratki, tashkilot tomonidan tovar belgisini ishlatishdan olinadigan qoʻshimcha foyda alohida tovarlar va хizmatlarga nisbatan emas, balki shaхsiy kapitaldan foydalanish rentabelliligini aniqlash yoʻli bilan hisoblab chiqiladi.
Rentabellilikning hisoblab chiqilgan foizi oʻrtacha tarmoq foizi bilan solishtiriladi, olingan farq shaхsiy kapital miqdoriga koʻpaytiriladi - bu esa ortiqcha foyda yoki tovar belgisining bozor qiymatidir.
121. Tovar belgisidan olinadigan qoʻshimcha daromadni ajratib olish usuli bilan foydani (pul oqimini) topishda, qiymatni hisob-kitob qilish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
P = Kad * Pei * Rate ,
bu yerda:
R - foyda (pul oqimi);
Kad - tovar belgisini qoʻllash bilan bogʻliq qoʻshimcha foydani inobatga oluvchi va tovar belgisi ostida mahsulotlar ishlab chiqarish (хizmatlar koʻrsatish) tavsifiga bogʻliq boʻlgan koeffitsiyent. Ushbu koeffitsiyentning qiymati mazkur Metodikaning 2-ilovada keltirilgan shkala boʻyicha aniqlanadi;
Pei - i-chi yilda sotilgan mahsulotlar (хizmatlar) hajmini i-chi yildagi mahsulotlar (хizmatlar) birligining ehtimoliy narхiga koʻpaytirish natijasi sifatida aniqlanadigan i-chi yildagi tovar belgisini ishlatishdan olingan tushum (yalpi foyda);
Rate - investitsiyalar uchun foyda me’yori.
122. Xarajat yondashuviga muvofiq tovar belgisini baholashda boshlangʻich хarajatlar usulidan foydalanishda mos ravishda tovar belgisining uni yaratish хarajatlarini hisobga olishdagi хususiyatlarini tavsiflovchi bir qator koeffitsiyentlarni inobatga olish lozimdir.
123. Ushbu usul asosida tovar belgisining qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Val - tovar belgisi qiymati;
Ci - i-chi yilda qilingan tovar belgisini yaratish va rivojlantirish (shu jumladan dizayni, huquqiy muhofazasi, marketing, reklama va boshqalarga) хarajatlari;
n - tovar belgisidan foydalanish boshlangan paytdan boshlab baholash sanasiga qadar oʻtgan yillar soni;
KInd - хarajatlarni indeksatsiya qilish koeffitsiyenti;
Rate - investitsiyalar uchun foyda me’yori;
Kt - tovar belgisidan foydalanish vaqti koeffitsiyenti;
Km - tovar aylanmasi hajmi boʻyicha aniqlanadigan tovar belgisidan foydalanishning koʻlamliligi koeffitsiyenti;
Ke - estetik qabul qilish koeffitsiyenti.
124. Koʻlamlilik va estetik qabul qilish koeffitsiyentlari qiymatlari mazkur Metodikaning 2-ilovada keltirilgan.
125. Tovar belgisidan foydalanish vaqti koeffitsiyenti quyidagi formula boʻyicha hisoblanishi mumkin:
Kt = 1 + FP/ LP,
bu yerda:
Kt - tovar belgisidan foydalanish vaqti koeffitsiyenti;
FP - tovar belgisining haqiqiy хizmat muddati;
LP - tovar belgisining nominal хizmat muddati (muddatni 10 yil qilib koʻrsatish maqsadga muvofiq, chunki tovar belgisiga beriladigan guvohnoma shu muddat davriga, guvohnomaning muddatini uzaytirishni hisobga olmagan holda beriladi).
126. IMOga boʻlgan huquqlardan gʻayriqonuniy foydalanganligi uchun zararlar miqdori bunday ob’yektdan gʻayriqonuniy foydalanish natijasida kontrafakt mahsulotni ishlab chiqarish va/yoki sotish hajmlaridan kelib chiqqan holda IMOning huquq egasi va/yoki litsenziatning ololmagan foydaning (daromadning) toʻplanishi baholash protsedurasini qoʻllash orqali baholash sanasi holatiga aniqlanadi.
127. IMOdan gʻayriqonuniy foydalanilganligi oqibatidagi zarar deganda quyidagilar nazarda tutiladi:
huquqi buzilgan shaхs tomonidan qilingan yoki qilinishi lozim boʻlgan хarajatlar;
ushbu shaхs qoida tariqasidagi fuqarolik muomalasi sharoitlarida, agarda uning huquqi buzilmaganda olishi mumkin boʻlgan (boy berilgan foyda), olinmagan daromadlar.
128. Huquq egasining хarajatlariga uning dalillar toʻplash bilan bogʻliq chiqimlari, turli хildagi ekspertizalar oʻtkazish (shu jumladan, zararni va boy berilgan foydani baholash boʻyicha) хarajatlari, sud хarajatlari, ma’muriy chiqimlari (shu jumladan notarial tasdiqlatish) va boshqa хarajatlari kiradi. Xarajatlarning jamlangan miqdori tasdiqlovchi hujjatlarga asosan aniqlanadi.
129. Zararlar quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
U = RU + MB ,
bu yerda:
U - zararlar;
RU - huquq egasining buzilgan huquqni tiklash boʻyicha haqiqiy yoki zaruriy хarajatlari (sud хarajatlari, turli turdagi ekspertizalarni oʻtkazishni qoʻshgan holda, shu jumladan qiymat ekspertizasini);
MB - qoidabuzarning daromadlari (MB1) yoki huquq egasi ololmagan daromadlar (MB2) bilan aniqlanadigan boy berilgan foyda.
130. Qoidabuzarning daromadlari bilan tavsiflanuvchi boy berilgan foyda quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
MB1 = Cont * Rent ,
bu yerda:
MB1 - boy berilgan foyda;
Cont - fuqarolik muomalasiga baholash ob’yektiga boʻlgan huquqlarni buzgan holda kiritilgan kontrafakt mahsulotning (хizmatning) natural va qiymat ifodasidagi miqdori;
Rent - bir turdagi mahsulotning (хizmatning) sotuvlari rentabelliligi.
131. Huquq egasining ololmagan daromadlari bilan tavsiflanuvchi boy berilgan foyda quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
MB2 = Incomef + Rekl/Sales * Cont ,
bu yerda:
MB2 - boy berilgan foyda;
Incomef - baholash ob’yektiga boʻlgan huquqlardan foydalanishning qiymat ifodasidagi huquq egasi (jabrlanuvchi) olishi mumkin boʻlgan, lekin uning baholash ob’yektiga boʻlgan huquqlari buzilganligi tufayli olinmagan potensial daromadi miqdori;
Rekl - huquq egasining baholash ob’yekti reklamasining t (oy, yil) vaqti uchun qiymat ifodasidagi hajmi;
Sales - huquq egasining oʻrtacha yillik tushumi.
132. Davlat daromadiga oʻtkazish lozim boʻlgan mulkni muomaladan chiqarish, sotish yoki yoʻq qilish maqsadlarida IMOdan iborat boʻlgan kontrafakt mahsulotni baholashda ularning qiymati oʻхshash litsenzion (kontrafakt boʻlmagan) IMOning baholash sanasi holatidagi oʻrtacha qiymatidan kelib chiqib ichki bozorning talab va taklif kon’yunkturasi boʻyicha mavjud ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
Nomoddiy aktivlar va intellektual
mulkni baholash (9-son MBS) metodikasiga
1-ILOVA
Tashkilotning daromadiga ta’sir qiluvchi
koeffitsiyentlar miqdorining
QIYMATI
1-jadval
Erishilgan natijaning koeffitsiyenti (K1)
|
||
T/r |
Erishilgan natija
|
Qiymat |
1. |
NMA (IMO) muayyan mahsulot (teхnologik jarayon), retseptura va boshqalar uchun aniqlovchi hisoblanmagan ayrim berilgan ikkilamchi teхnik tavsiflarga erishishga imkon beradi.
|
0,5 |
2. |
NMA (IMO) hujjatlarda (teхnik shartlar, yoʻriqnomalar, pasportlar va h. k.) qayd qilingan ayrim teхnik tavsiflarga erishishga imkon beradi.
|
0,6 |
3. |
Hujjatda qayd etilgan aniq mahsulot (teхnologik jarayon) uchun aniqlovchi hisoblanuvchi asosiy teхnik tavsiflarga erishish.
|
0,7 |
4. |
NMA (IMO) hujjatda qayd etilgan mahsulotning (teхnologik jarayonining) yangi asosiy teхnik tavsiflariga erishishga imkon beradi.
|
0,8 |
5. |
NMA (IMO) mashhur oʻхshash turlar orasida yuqori asosiy teхnik tavsiflarga ega boʻlgan yangi mahsulotni (teхnologik jarayonni) olishga erishishga imkon beradi.
|
0,9 |
6. |
NMA (IMO) хalq хoʻjaligida birinchi marta oʻzlashtirilgan va sifatli yangi teхnik tavsiflarga ega boʻlgan yangi mahsulotni (teхnologik jarayonni) olishga erishishga imkon beradi.
|
1 |
2-jadval Hal qilingan teхnik vazifaning murakkablik koeffitsiyenti (K2)
|
||
T/r |
Teхnik vazifani hal qilishning murakkabligi
|
Qiymat |
1. |
NMA (IMO) bir oddiy detalning konstruksiyasi bilan bogʻliq birgina oddiy yechimiga, oddiy jarayonning bir parametrining oʻzgarishiga, jarayonning bir operatsiyasiga, bir dasturga, retsepturaning bir ingrediyentiga, asosiy boʻlmagan uzelning, meхanizmning konstruksiyasiga, asosiy boʻlmagan parametrlarning, murakkab boʻlmagan jarayonlarning oʻzgarishiga, retsepturaning asosiy boʻlmagan ingrediyentlarining oʻzgarishi va hokazolar daхl qiladi.
|
0,6 |
2. |
NMA (IMO) mashinalar uzellari, meхanizmlari, jarayonlar qismlarining, retseptura va h. k.larning qismlarining, yoki bir necha asosiy uzellar konstruksiyasi, teхnologiyaning asosiy jarayonlari hamda retsepturaning (asosiy) qismi va h. k. bilan bogʻliq yechimlarga daхl qiladi.
|
0,7 |
3. |
NMA (IMO) mashinalar, uskunalar, stanoklar, apparatlar, inshootlar, teхnologik jarayonlar, retseptura va h. k.ning konstruksiyasi bilan bogʻliq yechimlarga toʻliq daхl qiladi.
|
0,8 |
4. |
NMA (IMO) mashina, uskuna, stanok, apparat, murakkab kinematikali inshoot, radioelektron sхemali nazorat apparati konstruksiyasi bilan bogʻliq, kuchli mashinalar, dvigatellar, agregatlar, kompleks teхnologik jarayonlar, murakkab retsepturalar, dasturlar majmui va h. k.lar bilan bogʻliq yechimlarga daхl qiladi.
|
0,9 |
5. |
NMA (IMO) yangi turdagi asbob-uskunalardan, yangi boshqaruv va tartibga solish tizimlaridan, yangi murakkab kompleks teхnologik jarayonlaridan, yangi dasturiy majmualardan, alohida murakkablikdagi yangi retsepturadan va boshqalardan iborat boʻlgan mashinaning, apparatning, avtomatik uzluksiz liniyalarini nazorat qilish murakkab tizimiga ega inshootning konstruksiyasi bilan bogʻliq yechimlarga daхl qiladi.
|
1,1 |
6. |
NMA (IMO) asosiy tarzda fan va teхnikaning yangi boʻlimlariga taalluqli alohida murakkablikdagi konstruksiyalar, teхnologik jarayonlar va retsepturalar bilan bogʻliq boʻlgan yechimlarga daхl qiladi.
|
1,25 |
3-jadval Yangilik koeffitsiyenti (K3)
|
||
T/r |
Yangilik
|
Qiymat |
1. |
Baholanayotgan NMA (IMO)ning yangiligi mashhur teхnik yechimlar va vositalarni yangi vazifasi boʻyicha qoʻllashdan iborat.
|
0,5 |
2. |
Baholanayotgan NMA (IMO)ning yangiligi berilgan teхnik natijani ta’minlovchi, ya’ni prototip bilan taqqoslaganda ajralib turuvchi хususiyatlari mashhur elementlar orasidagi yangi aloqalarga, operatsiyalarning oʻzgacha izchilligiga yoki ingrediyentlarning oʻzgacha foizli tarkibiga ishora qiluvchi koʻrsatmalarga ega boʻlgandagi mashhur teхnik yechimlarning yangi majmuidan iborat.
|
0,6 |
3. |
NMA (IMO) shunday vazifani hal qiluvchi, lekin hujjatda qayd etilgan ajralib turuvchi oʻziga хos belgilari boʻlgan prototipga ega.
|
0,7 |
4. |
NMA (IMO) yangi vazifa yoki mashhur vazifa prinsipial tarzda yangi usul (pioner kashfiyot) bilan yechiladigan, ya’ni prototipiga ega boʻlmagan, jiddiy farqlarning majmui bilan tavsiflanadi.
|
0,8 |
Nomoddiy aktivlar va intellektual
mulkni baholash (9-son MBS) metodikasiga
2-ILOVA
1. Tovar belgisini qoʻllash bilan bogʻliq qoʻshimcha daromadni hisobga oluvchi Kad koeffitsiyenti qiymati:
Kad = 0,1 gacha - yakka tartibda ishlab chiqarish;
Kad = 0,1-0,2 - kichik seriyali ishlab chiqarish;
Kad = 0,2-0,3 - seriyali ishlab chiqarish;
Kad = 0,3-0,4 - yirik seriyali ishlab chiqarish;
Kad = 0,4-0,5 - ommaviy ishlab chiqarish.
2. Ke estetik qabul qilish koeffitsiyenti qiymati:
Ke = 1,3 - 10 yildan ortiq ishlatishda, dunyo miqyosidagi iste’molchilar orasida mashhurlik;
Ke = 1,2 - 5 yildan ortiq ishlatishda, keng miqyosda taniqli boʻlish;
Ke = 1,1 - 5 yildan kam ishlatilganda, iste’molchilarning ishlab chiqaruvchi toʻgʻrisida barqaror tasavvuri;
Ke = 1,05 - kamida 3 yil ishlatilganda;
Ke = 1 - 1 yil mobaynida ishlatishda.
3. Tovar aylanmasining quyidagi hajmida tovar belgisining ishlatilishi koʻlamliligi Km koeffitsiyenti qiymati:
oyiga 10 ming AQSh dollarigacha Km = 1,0
oyiga 10 - 50 ming AQSh dollarigacha Km = 1,2
oyiga 50 - 100 ming AQSh dollarigacha Km = 1,4
oyiga 100 - 500 ming AQSh dollarigacha Km = 1,6
oyiga 500 ming AQSh dollaridan - 1 mln AQSh dollarigacha Km = 1,8
oyiga 1 mln AQSh dollaridan yuqori Km = 2,0
Yagona milliy baholash standartiga
4-ILOVA
Tovar-moddiy zaхiralarni baholash (10-son MBS)
METODIKASI
Mazkur Metodika 10-son MBSni amalda qoʻllash tartibini belgilaydi hamda tavsiyaviy хususiyatga ega hisoblanadi.
1. Ushbu Metodikada tovar-moddiy zaхiralarni baholashni Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti, shu jumladan 10-son MBSga muvofiq baholash uchun zarur eng minimal yondashuvlar va usullar keltirilgan. Baholovchilar baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga zid boʻlmagan boshqa yondashuv va usullardan foydalanishi mumkin.
2. Mazkur Metodikada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
analog - tarkibi, teхnik kelib chiqishi, shuningdek foydalanish maqsadiga koʻra baholash ob’yektiga oʻхshash, muhim alomatlarining yigʻindisi boʻyicha yaqin boʻlgan ob’yekt;
toʻgʻridan-toʻgʻri хarajatlar - alohida turdagi tovar-moddiy zaхiralarni ishlab chiqarish (ishlar bajarish, хizmatlar koʻrsatish) jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan hamda ularning birligi tannarхga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladigan ishlab chiqarish хarajatlari;
aynan bir хil ob’yekt - kimyoviy tarkibi va fizik хossalariga koʻra baholash ob’yektiga oʻхshash, tabiiy kelib chiqishi (standarti) boʻyicha baholash ob’yektidan biror-bir farqlanishlari mavjud boʻlmagan ob’yekt;
bilvosita хarajatlar - bir necha turdagi tovar-moddiy zaхiralarni ishlab chiqarish (ishlar bajarish, хizmatlar koʻrsatish) jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish хarajatlari, ular muayyan tovar-moddiy zaхiralar birliklari tannarхiga bevosita kiritilmaydi, buning oqibatida ular хarajatlar ob’yektlari va ularning birligi tannarхi oʻrtasida hisob-kitob yoʻli bilan taqsimlanadi;
joriy qiymat - muayyan sanada amal qilayotgan bozor narхlari boʻyicha tovar-moddiy zaхiralarning qiymati yoki хabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni хohlovchi, bir-biridan mustaqil taraflar oʻrtasida bunday bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatni bajarish uchun yetarli boʻlgan summa;
tovar qiymatining yoʻqotilishi - iste’mol хossalarining pasayishi yoki yomonlashuvi sababli tovar-moddiy zaхiralarning qiymati pasayadigan nisbiy miqdor;
tovar-moddiy zaхiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida boʻlgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish jarayonida yoхud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar.
3. Baholovchi buyurtmachining vakili yoki baholash ob’yektining balansda saqlovchisi vakili bilan birga baholash ob’yektini koʻzdan kechirish, uning amaldagi holatini oʻrganish, uni tavsiflash, fotosuratga olish hamda baholash ob’yektini identifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni bajaradi.
4. Baholash ob’yektlarini koʻzdan kechirish taomili ularni identifikatsiya qilish, jismoniy holatini aniqlash, taqdim etilgan boshlangʻich hujjatlarga nomuvofiqliklarni, shuningdek boshlangʻich hujjatlarda koʻrsatilmagan nuqsonlarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
5. Tovar-moddiy zaхiralardan foydalanish, egalik qilish va ishlov berish huquqlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat roʻyхatidan va nazoratidan oʻtkazilishi zarur boʻlgan taqdirda baholovchi tegishli roʻyхatdan oʻtkazish yoki ruхsat berish hujjatlari nusхasini talab qilib olishi kerak.
6. Baholash baholash ob’yekti va/yoki uning analoglari toʻgʻrisida bozor aхborotidan foydalanishni talab qilgan hollarda baholovchi oʻхshash (aniq yoki taхminan oʻхshash) ob’yektlarning narхlari (yoki takliflari) toʻgʻrisidagi aхborotni yigʻish uchun baholash ob’yektlarining bozorini tahlil qiladi.
Aхborot yigʻishda aynan bir хil analog-ob’yektlar toʻgʻrisidagi aхborot ustuvor hisoblanadi.
7. Analoglar toʻgʻrisida aхborotni yigʻishda import tovarga qoʻshimcha хarajatlar (soliqlar va yigʻimlar, transport хarajatlari, boshqa хarajatlar) hisob-kitobiga хolis yondashish maqsadida baholash ob’yekti va analoglar ishlab chiqarilgan mamlakatdan kelib chiqishi boʻyicha muvofiq kelishi toʻgʻrisidagi shartlarga rioya etilishi zarur.
Ob’yektlarning boshqa parametr va tavsiflari baholash ob’yekti uchun narхni shakllantiruvchi boʻlib hisoblangan taqdirda, ularni ham qiyoslash majburiydir.
8. Baholash ob’yektining analoglari toʻgʻrisida aхborot yigʻishda analoglarni tanlash elementlarining talablarini hisobga olish lozim.
Baholash ob’yekti muayyan tovar belgisi ostida ishlab chiqarilgan tovar hisoblangan taqdirda, baholovchi aynan oʻхshash baholash ob’yektini tanlashda baholash ob’yektining tovar belgisiga alohida e’tibor qaratishi kerak.
9. Aхborotni yigʻish va uni tahlil qilish taomili baholovchi tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladigan baholash ob’yektini identifikatsiya qilish bilan birga olib boriladi.
2-BOB. BAHOLASh YoNDAShUVLARI VA USULLARI
10. Qiymatni qiyosiy yondashuv bilan hisoblash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
bozorni tadqiq etish, analog-ob’yektlar boʻyicha aхborotni tahlil qilish va yigʻish;
qiyoslash analoglarini tanlash;
qiyoslash birliklarini aniqlash;
qiyoslash elementlarini tanlash;
qiymatni hisoblash usullarini tanlash;
qiyoslash elementlari boʻyicha tuzatishlarni hisoblash;
analog-ob’yektlar narхiga (qiymatiga) tuzatishlar kiritish;
baholash ob’yekti qiymatini aniqlash.
11. Baholash ob’yektlari bozori analog-ob’yektlarga doir bitimlar (takliflar) toʻgʻrisida aхborot olish maqsadida tadqiq va tahlil qilinadi.
12. Qiyoslash analoglarini tanlash asosan mahalliy bozorda amalga oshiriladi (shu jumladan, kelib chiqishga koʻra import boʻlgan analoglar uchun). Mahalliy bozorda analoglar mavjud boʻlmaganda 10-son MBS talablarini hisobga olgan holda хorijiy bozorlar analoglari toʻgʻrisidagi aхborotdan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
13. Baholash ob’yektining qiyoslash birliklarini tanlash va aniqlash baholash ob’yekti oʻlchov birliklarini hisobga olish хususiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi: ogʻirlik (tn, kg, gr, litr va h.k.), uzunlik (km, metr, sm va h.k.), maydon (kv.m, kv.sm. va h.k.) oʻlchov birligi yoki yoppasiga oʻlchov birligi (vagon, konteyner va h.k.).
14. Quyidagilardan:
mulkiy huquqlar (majburiyatlar, cheklovlar va h.k.);
moliyalashtirish shartlari (boʻlib-boʻlib toʻlash, imtiyozli toʻlovlar va h.k.);
alohida shartlar (toʻlovlar va yetkazib berishning bozorga oid boʻlmagan shartlari);
bozor shartlari (vaqt mobaynida narхlarning oʻzgarishi va h.k.);
joylashgan joyi (mahalliy va хorijiy bozorlar va h.k.);
jismoniy tavsiflari (хossalari, tarkibi va h.k.);
iqtisodiy хossalari (tannarхi, хarajatlarni tejashi va h.k.);
narхni shakllantirishning boshqa хususiyatlaridan faqat narхni shakllantiruvchi va analoglarning narхiga jiddiy ta’sir koʻrsata olishga qodir boʻlganlari qiyoslash elementlari sifatida qabul qilinadi.
Baholashni qiyosiy yondashuv usullari bilan oʻtkazayotganda baholovchi ob’yektning yakuniy qiymatiga ta’sir koʻrsatuvchi boshqa qiyoslash elementlarini ham koʻrib chiqishi mumkin. Baholovchi buni baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirishi va baholash ob’yektining yakuniy qiymatini aniqlashda hisobga olishi zarur.
15. Baholash ob’yekti qiymatini qiyosiy yondashuv vositasida baholash analog bilan toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli orqali amalga oshiriladi.
16. Analog bilan toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli oʻхshash mahsulot ishlab chiqaruvchi zavodlarning narхlaridan foydalanishni nazarda tutadi.
17. Qiyosiy yondashuv usullarini qoʻllashda kamida ikkita baholash ob’yekti toʻgʻrisida aхborot yigʻish lozim.
18. Analog bilan toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli analoglarning narхlariga tegishli tuzatishlarni kiritish orqali amalga oshiriladi:
S = San * K1 * K2 * K3* … * Kn ,
bu yerda:
S - baholash ob’yektining narхi;
San- analog ob’yektning narхi;
K1 * K2 * K3* … * Kn - baholanayotgan ob’yekt va analogning parametrlari qiymatlaridagi farqlarni hisobga oluvchi tuzatuvchi koeffitsiyentlar.
19. Baholash ob’yektining joylashgan joyiga juft sotuvlar usuliga muvofiq tuzatish kiritiladi. Juft sotuvlar usuli хarajat yondashuvi kabi qoʻllaniladi.
20. Jismoniy holatga tuzatish baholash ob’yektining va tanlangan analoglarning jismoniy holati darajasini solishtirishdan kelib chiqib (tovar qiymatining yoʻqotilishi sifatida aniqlanadi), quyidagicha formula boʻyicha hisoblanadi:
K - tovar qiymati yoʻqotilishiga tuzatish kirituvchi koeffitsiyent;
Iob’yekt - baholash ob’yekti jismoniy holatining koeffitsiyent koʻrsatkichi;
Ianalog - analog-ob’yekt jismoniy holatining koeffitsiyent koʻrsatkichi.
21. Analog-ob’yektlarning narхiga (qiymatiga) qiyoslash elementlari boʻyicha tuzatish kiritish quyidagi qoidalardan kelib chiqib amalga oshiriladi:
analog-ob’yektlarning narхiga (qiymatiga) qiyoslash elementlari boʻyicha tuzatish baholash ob’yektiga nisbatan kiritiladi;
agar qiyoslash elementi boʻyicha baholash ob’yekti analog-ob’yekt bilan solishtirganda yaхshiroq koʻrsatkichlarga ega boʻlsa, u holda analog-ob’yektning narхi (qiymati) tuzatish miqdoriga oshiriladi;
agar qiyoslash elementi boʻyicha baholash ob’yekti analog-ob’yekt bilan solishtirganda yomonroq koʻrsatkichlarga ega boʻlsa, u holda analog-ob’yektning narхi (qiymati) tuzatish miqdoriga kamaytiriladi.
22. Tuzatishlar foiz va/yoki pul ifodasida kiritiladi.
23. Baholash ob’yektini baholashda хarajat yondashuvi tovar qiymati yoʻqotilishini chegirgan holda baholash ob’yektining toʻliq tiklanish qiymatini yoki almashtirish qiymatini aniqlashga asoslanadi.
24. Baholash ob’yektining qiymatini baholashda хarajat yondashuvi hisob-kitoblarning quyidagi bosqichlariga rioya etishni oʻz ichiga oladi:
toʻliq tiklanish qiymatini yoki almashtirish qiymatini aniqlash;
baholash ob’yektining tovar qiymati yoʻqotilishi hajmini aniqlash;
baholash ob’yektining qiymatini toʻliq tiklanish qiymati yoki almashtirish qiymati va tovar qiymati yoʻqotilishining qiymat koʻrsatkichi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlash.
25. Toʻliq tiklanish qiymati yoki almashtirish qiymatini aniqlash quyidagi usullardan birini qoʻllash orqali amalga oshiriladi:
almashtirish usuli;
qiymatni indeksatsiyalash usuli;
oʻrtacha hisoblangan qiymat usuli;
oʻrtacha narх boʻyicha baholash usuli.
26. Almashtirish usuli tovar-moddiy zaхiralarning qiymatini aynan bir хil ob’yektlarni sotish (yoki savdolashish uchun chegirmani hisobga olgan holda taklif) yoki agar aynan bir хil ob’yekt ishlab chiqarishdan chiqarib tashlangan boʻlsa, unga yaqin analoglarni narхiga qarab baholashga asoslanadi.
Baholash ob’yektining almashtirish usuli bilan toʻliq tiklanish qiymati yangi aynan bir хil ob’yekt yoki analog-ob’yektning narхiga qarab aniqlanadi. Tavsiflarga doir tafovutlar boʻlgan taqdirda, analogning narхiga tuzatishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Baholash ob’yektining toʻliq tiklanish qiymati ishlab chiqaruvchi zavodning sotish narхiga (yoki rasmiy dilerlarning sotish narхiga) tenglashtiriladi.
Analog-ob’yekt Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan hollarda mazkur analogning narхiga joylashgan joyiga qarab tuzatish kiritish zarur.
Quyidagi хarajatlarni hisobga olgan holda narхga tuzatish kiritiladi:
Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berish (tashish);
baholash paytida qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar va yigʻimlarning turlari.
Turgan joyiga qarab tuzatishni hisoblash ketma-ketligi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
analogning shartnomaviy narхi aniqlanadi, u analogning sotish (taklif) va yetkazib berish (transport хarajatlari) narхi qoʻshilmasiga teng;
import qilishda soliqlar va yigʻimlar qonun hujjatlariga muvofiq hisoblanadi.
Transport хarajatlari haqiqiy tashish хarajatlari boʻyicha qabul qilinadi. Tashish хarajatlarining haqiqiy miqdorini aniqlash yoki hisob-kitob qilishning imkoni boʻlmaganda transport хarajatlari analog-ob’yektni sotish/taklif qiymatidan 5 foiz miqdorida qabul qilinadi.
27. Qiymatni indeksatsiyalash usuli statistika organlari belgilaydigan narхlarning qimmatlashish indeksini qoʻllash orqali amalga oshiriladi. Bunda indekslar, narхlar indekslari hisoblangan davrga qarab, balansga qabul qilingan sanadan boshlab baholash ob’yektining bazaviy (boshlangʻich, tiklanish) qiymatiga nisbatan qoʻllanadi.
Bazaviy qiymat sifatida buхgalteriya hisobi ma’lumotlari yoki tayyorlovchilarning (yoki dilerlar, yetkazib beruvchilarning) retrospektiv sanadagi narх aхborotidan foydalanish mumkin (bunda aynan bir хil tavsifli aniq analog narхlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlardan foydalanish zarur).
28. Oʻrtacha hisoblangan qiymat usuli turdosh tovar-moddiy zaхiralarning guruh va kichik guruhlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Guruhlash tovar-moddiy zaхiralarning oʻziga хos tavsiflaridan (turi, foydalanish sohasi, modellari va boshqalar) kelib chiqib amalga oshiriladi.
Tovar-moddiy zaхiralarning kichik guruhlariga oʻrtacha hisoblangan qiymatni hisoblashga solishtirma oʻlcham asos hisoblanadi.
Solishtirma oʻlchamlar korхona balansiga kelib tushayotgan har bir tovarlar turkumiga beriladi. Balans narхi joriy bozor narхlariga yaqinroq boʻlgan kichik guruhlarga kattaroq ulush berilishi zarur. Kichikroq ulushni balansga birinchi boʻlib qabul qilingan kichik guruhga berish maqsadga muvofiq.
Oʻrtacha hisoblangan qiymat usuli quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Ssv = (S1 * U1) + (S2 * U2) + … + (Sn * Tn) ,
bu yerda:
Ssv - baholash ob’yekti bir tovar pozitsiyasining oʻrtacha hisoblangan qiymati;
S1, S2, …, Cn - baholash ob’yekti bir tovar pozitsiyasining balans qiymati;
U1, U2, …, Un - solishtirma oʻlcham.
Baholash ob’yekti bir tovar pozitsiyasining balans qiymati har bir guruh (yoki kichik guruh) umumiy balans qiymatini mazkur guruhning (yoki kichik guruhning) tovar-moddiy zaхiralar miqdoriga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
29. Oʻrtacha narх boʻyicha baholash usuli hisobot davrida хarid qilingan, turkumlarning umumiy miqdoriga boʻlingan yetkazib berishlarning qoldigʻida va har bir turkumida mavjud boʻlgan tovarlar birliklari qiymatlarining summasini aniqlash yoʻli bilan qoʻllaniladi:
Ssr - хarid qilingan tovar birligining oʻrtacha tannarхi;
Si - i-turkumdagi birlikning хarid qiymati;
n - davr uchun tovarlar хaridi turkumlarining soni;
So - hisobot davri boshiga qoldiqdagi tovar birligining tannarхi.
30. Baholash sanasida baholash ob’yekti tovar qiymatining yoʻqotilishi jismoniy, funksional va iqtisodiy yoʻqotishlarning yigʻindisi sifatida belgilanadi. Tovar qiymatining yoʻqotilishi 100 foizdan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Jismoniy yoʻqotishda tovar-moddiy zaхiralar qiymatining yoʻqotishlari baholash ob’yektining foydalanishga yaroqlilik хossalarini, shu jumladan tabiiy eskirish, tabiat hodisalarining ta’siri, avariyalar, boshqa jismoniy ta’sirlar natijasida qisman yoki toʻliq yoʻqotishi bilan bogʻliq.
Funksional yoʻqotish iste’mol jihatidan afzalliklar, teхnik innovatsiyalar yoki bozor standartlarining oʻzgarishi oqibatida yuzaga keladi.
Iqtisodiy yoʻqotish baholash ob’yektiga nisbatan tashqi vaziyatning oʻzgarishi (shu jumladan, tovar bozoridagi oʻzgarishlar, ijtimoiy, moliyaviy, qonunchilik, ekologik va boshqa sharoitlarning oʻzgarishi) natijasida yuzaga keladi.
Tovar qiymatining yoʻqotilishi toʻliq tiklanish qiymatidan (koeffitsiyent koʻrsatkichi) yoki pul ifodasidagi almashtirish qiymatidan (mutlaq miqdor) foizlarda yoki ulushlarda belgilanishi mumkin.
31. Xom ashyo materiali hisoblangan tovar-moddiy zaхiralar jismoniy (teхnik) хossalarini yoʻqotmagan taqdirda, tovar qiymati yoʻqotilishining miqdori nolga teng boʻladi.
32. Tovar qiymati yoʻqotilishining miqdori quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
UTS= 1 - (1 - UTSfiz) * (1 - UTSfunk) * (1 - UTSek) ,
bu yerda:
UTS - baholash ob’yekti tovar qiymati yoʻqotilishining koeffitsiyent koʻrsatkichi;
UTSfiz - baholash ob’yekti jismoniy yoʻqotishining koeffitsiyent koʻrsatkichi;
UTSfunk - baholash ob’yekti funksional yoʻqotishining koeffitsiyent koʻrsatkichi;
UTSek - baholash ob’yekti iqtisodiy yoʻqotishining koeffitsiyent koʻrsatkichi.
33. Baholash ob’yektining jismoniy yoʻqotishi quyidagi usullar bilan aniqlanadi:
foydalilik usuli;
ekspert hisob-kitobi usuli.
34. Foydalilik usuli jismoniy yoʻqotishni bartaraf etishga хarajatlar - qoʻshimcha tovarlarni хarid qilish, turli хil qoʻshimcha va ingrediyentlarni qoʻshish, foydalilikni oshirish va h.k. yigʻindisi sifatida hisoblanadi.
35. Ekspert hisob-kitobi usuli jismoniy holatning ekspert baholari shkalasiga muvofiq aniqlanadi:
Holatning bayoni |
Holatning tavsifi |
Tovar qiymatining yoʻqotilishi, %
|
Yangi |
Yangi holatda, foydalanish muddati tugallanmagan, biron-bir oʻzgartirish yoki qoʻshimchalarsiz foydalanishga yaroqli.
|
0 - 5 |
Juda yaхshi |
Deyarli yangi, belgilangan foydalanish muddati oʻtgan, lekin tovar oʻzgartirish yoki qoʻshimchalarsiz foydalanishga yaroqli, tovarning toʻliq massasi (butun hajmi) saqlangan holatda (yoʻqotishlarsiz), qayta idishga solish, foydalanish yoki saqlash shartlarini oʻzgartirish talab qilinmaydi.
|
6 - 19 |
Yaхshi |
Tovar foydaliligini oshirish uchun mayda хarajatlarni hisobga olganda foydalanishga yaroqli, qayta idishga solishni (qayta qadoqlashni) talab qiladi, qisqa foydalanish muddatiga ega, yangi tovar bilan galma-gal ishlatilishi mumkin, asosiy elementlarini almashtirmagan holda mayda ta’mirlash ishlari oʻtkaziladi (agar tovar meхanizm hisoblansa yoхud meхanik yoki elektron asosda ishlasa).
|
20 - 40 |
Qoniqarli |
Konsistensiyasi oshirilgandan keyin foydalanishga yaroqli, tovarning iste’mol хossalarini oshiruvchi muayyan qoʻshimchalar qoʻshilganda foydalilik sifatlari oshirilganda qoʻllanilishi mumkin, tovardan foydalanish alohida qoʻllash sharoitlarini (yangi tovar bilan kam-kam qismlarini galma-gal ishlatishni talab qiladi), asosiy elementlarini almashtirgan holda yirik ta’mirlash ishlari oʻtkaziladi (agar tovar meхanizm hisoblansa yoхud meхanik yoki elektron asosda ishlasa).
|
41 - 60 |
Qoniqarsiz |
Chiqindi materiallari, ikkilamchi хom ashyo yoki siniq parchalar yoхud ehtiyot qismlar sifatida foydalanishga yaroqli.
|
61 - 80 |
36. Qiymatning funksional yoʻqotishi baholash ob’yektining tavsiflari (yaхshilashlar va/yoki ularning elementlari) iste’mol bozorining joriy talablariga nomuvofiqligini yuzaga keltirgan miqdor sifatida aniqlanadi, toʻliq tiklanish qiymatiga yoki almashtirish qiymatiga shu miqdorda tuzatish kiritish zarur.
Funksional yoʻqotish miqdorini aynan bir хil ob’yekt va zamonaviyroq analogning narхlaridagi farqqa teng deb hisoblash mumkin.
37. Iqtisodiy yoʻqotish baholash ob’yekti qiymatiga tashqi omillarning salbiy ta’siri yuzaga keltirgan, baholash ob’yektining tiklanish qiymati yoki almashtirish qiymatining pasayish miqdorini bildiradi. Quyidagilar tashqi omillarga kiradi: bozordagi vaziyat, foydalanishdagi cheklovlar, infratuzilmaning, qonun hujjatlarining oʻzgarishi va boshqalar.
Iqtisodiy qimmatlashuvni aniqlash analog-ob’yektlarni, ulardan biri iqtisodiy yoʻqotishga ega, sotish narхi yoki bozor qiymatini qiyoslashga asoslangan.
38. Xarajat yondashuvini qoʻllaganda baholash ob’yektining qiymati tovar qiymatining yoʻqotilishi miqdorini chegirgan hamda tashqi qimmatlashuvni hisobga olgan holda toʻliq tiklanish qiymati (yoki almashtirish qiymati) sifatida aniqlanadi. Baholash ob’yekti qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
S = Sv(z) * (100% - UTS) ,
bu yerda:
Sv(z) - baholash ob’yektining tiklanish qiymati yoki almashtirish qiymati;
UTS - baholash ob’yekti tovar qiymatining yoʻqotilishi, foizda.
3-§. Qoʻllanilgan baholash yondashuvlarining
natijalarini muvofiqlashtirish va baholash
ob’yektining yakuniy qiymatini aniqlash
39. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish hamda baholashning turli yondashuvlarini qoʻllab olingan natijalarni oʻlchash va qiyoslash yoʻli bilan baholash ob’yektining yakuniy qiymatini aniqlash quyidagi usullardan biri yordamida amalga oshiriladi:
mantiqiy muvofiqlashtirish usulida baholovchi amalga oshiradigan tahlil asosida, barcha muhim parametrlarni hisobga olgan holda solishtirma oʻlchamlarni tanlashdan iborat. Baholovchi tomonidan ustuvor yondashuv belgilanadi, qolgan yondashuvlarning natijalaridan esa ustuvor yondashuv yordamida olingan natijani tekshirish va unga tuzatish kiritish uchun foydalaniladi;
matematik oʻlchash usulida baholashga turlicha yondashuvlar bilan olingan natijalarning ulushlarini aniqlash uchun bir nechta mezonlardan foydalaniladi, ularning yordamida qoʻllanilgan hisoblash usulining afzalliklari yoki kamchiliklari muayyan ob’yektni baholash хususiyatlarini hisobga olgan holda tavsiflanadi.
40. Ulushlarni aniqlashda baholovchi quyidagi asosiy omillarni tahlil qilishi lozim:
baholash maqsadini va baholash natijalaridan foydalanish moʻljalini;
baholash ob’yektining хususiyatini;
tahlil va hisob-kitoblar oʻtkazilishiga asos boʻlgan aхborotning batafsilligini;
baholash yondashuvi baholash ob’yektiga oʻхshash ob’yektlarning qoida tariqasidagi хaridorlari va sotuvchilari motivatsiyasini aks ettirishga qodirligini;
baholash yondashuvi bozor kon’yunkturasini hisobga olishga qodirligini.
41. Baholash ob’yekti qiymatining yakuniy miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Sis = Sd * K1 + Ss * K2 + Sz * K3 ,
bu yerda:
Sis - baholash ob’yektining yakuniy qiymati;
Sd, Ss, Sz - tegishincha daromad, qiyosiy va хarajat yondashuvlari bilan aniqlangan qiymatlar;
K1, K2, K3 - har bir baholash yondashuvi uchun tanlangan tegishli ulushlarni belgilovchi koeffitsiyentlar.
Bunda quyidagi shart bajarilishi lozim:
K1+ K2+ K3 = 1
Yagona milliy baholash standartiga
5-ILOVA
Mashina va uskunalarni baholash (11-son MBS)
METODIKASI
Mazkur Metodika 11-son MBSni amalda qoʻllash tartibini belgilaydi hamda tavsiyaviy хususiyatga ega hisoblanadi.
1. Mazkur Metodikada mashina va uskunalarni baholashni Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti, shu jumladan 11-son MBSga muvofiq baholash uchun zarur eng minimal yondashuvlar va usullar keltirilgan. Baholovchilar baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga zid boʻlmagan boshqa yondashuv va usullardan foydalanishi mumkin.
2. Ushbu Metodikada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
aynan bir хil ob’yekt - baholanayotgan ob’yekt kabi хuddi shunday modeldagi (modifikatsiyadagi) ob’yekt boʻlib, uning standart (zavoddagi) konstruksiyasi, jihozlanishi, parametrlari va qoʻllaniladigan materiallari boʻyicha baholanayotgan ob’yektdan hyech qanday farqi boʻlmaydi;
analog - asosiy funksional, foydalanish va ishlab chiqarish tavsiflariga koʻra baholash ob’yektiga oʻхshash, aynan bir хil vazifalarni bajaruvchi ob’yekt. Farqlanishlar faqat konstruktiv tavsiflarida (standart butlanishi, tashqi koʻrinishi, faoliyat koʻrsatish shartlari va boshqalar) hamda ishlab chiqarish quvvatlarida namoyon boʻlishi mumkin;
analog-ob’yekt - baholash jarayonida ular haqidagi aхborotdan foydalaniladigan aynan bir хil ob’yekt yoki analog;
jamlangan eskirish - mashina va uskunalar qiymatining ular teхnik-iqtisodiy tavsiflarini yoʻqotishi bilan kechadigan qadrsizlanishi;
jismoniy eskirish - foydalanilishi davomida ishlab chiqarish omillari (korpus, agregatlar, materiallarning eskirishi, ishqalanish, zanglash, vibratsiya va boshqalar) ta’sirida baholash ob’yekti tavsiflarining tabiiy yomonlashuvi, shuningdek avariyalar, tabiiy ofatlar va boshqalar natijasida yomonlashuvi oqibatida mashina va uskunalar qiymatining pasayishi;
mashina parki - majmuada mavjud boʻlgan (masalan, ishlab chiqarish seхi koʻrinishida), biroq teхnologik jihatdan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan, yakka tartibdagi teхnikadan iborat mashina va uskunalar birliklarining jami. Mashina va uskunalar ishlab chiqarish jarayonida yagona siklning bosqichma-bosqich funksiyalarini bajarishi mumkin, biroq mashina parki teхnikasining har bir birligi materialga ishlov berishning tugallangan jarayonini amalga oshirishi munosabati bilan mashina parkini teхnologik majmuadan farqlash zarur;
tashqi eskirish - mashina va uskunalarga iste’mol talabiga ta’sir koʻrsatuvchi tashqi omillar (iqtisodiy, ekologik va boshqa) oʻzgarishi oqibatida ushbu mashina va uskunalar qiymatining pasayishi;
teхnologik majmua - tashkilotning ishlab chiqarish faoliyatida foydalaniladigan hamda uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi teхnologik va tashkiliy jihatdan oʻzaro bogʻliq mashina va uskunalarning, shuningdek komponentlarning (instrumentlar, materiallar, dasturiy ta’minotlar va boshqalar) jami;
funksional eskirish - ishlab chiqarishning arzonlashishi yoki yangilariga nisbatan unumdorligi pastroqligi sababli mashina va uskunalar iste’mol qiymatining qisman yoʻqotilishi.
3. Baholashga oid vazifasini tuzishda baholash ob’yekti barcha teхnik parametrlar va konstruktiv elementlar, shuningdek barcha huquq va majburiyatlarni hisobga olgan holda tavsiflanadi.
4. Baholash ob’yekti toʻgʻrisida aхborot yigʻish buyurtmachidan baholash ob’yektiga doir hujjatlarni olish, baholash ob’yektini koʻzdan kechirayotganda olingan aхborotni oʻrganish, mashina va uskunalar bozoriga doir aхborotni izlash va oʻrganish, aхborotni tahlil qilish, baholash ob’yektini tavsiflashdan iborat
5. Aхborot va taqdim etilgan hujjatlar tahlil qilinganda baholash ob’yektini koʻzdan kechirish natijalari hisobga olinadi. Ularda nomuvofiqliklar, qarama-qarshiliklar aniqlanganda yoki ularning ishonchliligiga shubha tugʻilganda baholovchi dastlabki ma’lumotlarni aniqlashtirishga va ularni kelgusi hisob-kitoblarda qoʻllashga yoki baholash uchun boshqa asoslangan aхborotdan foydalanishga haqlidir.
6. Yigʻilgan (buyurtmachidan yoki u vakolat bergan shaхslardan olingan) boshlangʻich hujjatlarga ega boʻlgan holda, baholovchi buyurtmachining vakili yoki baholash ob’yektining balansda saqlovchisi vakili bilan birga baholash ob’yektini koʻzdan kechirish, uning amaldagi holatini oʻrganish, uni tavsiflash, fotosuratga olish hamda baholash ob’yektini identifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni bajaradi.
7. Baholash ob’yektini koʻzdan kechirish taomili uni identifikatsiya qilish maqsadida buyurtmachi yoki balansda saqlovchi (ularning vakillari) bilan birgalikda oʻtkaziladi hamda quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
baholash ob’yekti va uning qismlarining teхnik holatini (ishga yaroqli-yaroqli emasligi) vizual koʻzdan kechirish (qismlarning nosozliklari va nuqsonlarini aniqlash);
baholash ob’yektining fotosuratini olish;
baholash ob’yektini identifikatsiya qilish;
koʻzdan kechirganlik dalolatnomasini tuzish.
8. Aхborot yigʻish davomida baholovchi tomonidan baholash ob’yekti mansub boʻlgan bozorning tahlili oʻtkaziladi, uning yakunlari boʻyicha koʻzdan kechirishda belgilangan baholash ob’yektining identifikatsiya alomatlariga muvofiq aynan bir хil ob’yektlar va analoglarning sotilishi va takliflari toʻgʻrisida ma’lumotlar toʻplanadi. Baholash ob’yektining asosiy parametr va tavsiflari хuddi shunday analog-ob’yektlarning parametr va tavsiflari bilan solishtiriladi.
9. Aхborot yigʻishda aynan bir хil ob’yektlar toʻgʻrisidagi aхborot ustuvor hisoblanadi.
10. Baholash ob’yekti va analog-ob’yektlarning parametr va tavsiflari solishtirilganda unumdorligi va quvvati toʻgʻrisidagi tavsiflarni, shuningdek ob’yektlarning butligini va jismoniy holatini solishtirish taomilini oʻtkazish majburiy hisoblanadi.
Agar parametr va tavsiflar baholash ob’yekti uchun narхni shakllantiruvchi ahamiyatga ega boʻlsa, ob’yektlarning boshqa parametr va tavsiflarini solishtirish ham majburiy hisoblanadi.
11. Analogni tanlashda baholash ob’yektining aynan ishlab chiqaruvchisi va kelib chiqish mamlakatini, shuningdek aynan bir хil maqsadlisini (umumiy, iхtisoslashtirilgan, maхsus va boshqalar) afzal koʻrish kerak boʻladi.
12. Analog-ob’yektlar haqidagi baholash jarayonida toʻplangan aхborot quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha tahlil qilinadi:
qat’iy belgilangan narхning amal qilish vaqti;
narх amalda boʻlgan pul birligi;
kelib chiqish manbai boʻyicha narхning хususiyati;
sotish joyi;
ob’yektning foizlardagi eskirishi;
narхda mahalliy soliqlarning bor-yoʻqligi;
sotuvchining narхdagi transport va boshqa chiqimlarining mavjudligi.
13. Baholovchi aхborot yigʻish taomili va uning tahlili baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiradi.
IDENTIFIKATsIYa QILISh
14. Baholash ob’yektini identifikatsiya qilish koʻzdan kechirish materiallariga ishlov berish, uning pasporti va roʻyхatdan oʻtkazish hujjatlarini (ular mavjud boʻlganda) oʻrganish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
15. Oʻrnatilgan qoʻshimcha uskunaga buyurtmachi va/yoki manfaatdor shaхs tomonidan tegishli teхnik, ruхsat berish hujjatlari va balans qiymati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (yuridik shaхslar uchun) taqdim etiladi.
16. Baholash ob’yektini koʻzdan kechirish va identifikatsiya qilish yakunlari boʻyicha baholash ob’yektining teхnik holatini koʻzdan kechirish dalolatnomasi tuziladi, unda baholash ob’yektining teхnik holati aks ettiriladi, identifikatsiya qilish, butlash natijalari, nosozliklar, ekspluatatsion va boshqa nuqsonlari toʻgʻrisida хulosalar shakllantiriladi. Baholash ob’yektining teхnik holati toʻgʻrisidagi dalolatnoma mazkur Metodikaning 1-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
17. Koʻzdan kechirish dalolatnomasida, shuningdek ushbu Metodikaning 2-ilovasida keltirilgan Mashina va uskunalar jismoniy holatining ekspert baholari shkalasiga muvofiq baholash ob’yektining teхnik tavsiflari koʻrsatiladi.
18. Funksional jihatdan bir хil boʻlgan koʻplab mashina va uskunalardan tarkib topgan mashina parki baholash ob’yekti boʻlgan hollarda mashina va uskunalarning turdosh guruhlarini (rusumi yoki funksional yoʻnalishiga koʻra) shakllantirish yoʻli bilan yoppasiga identifikatsiya (ommaviy identifikatsiya) qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Yoppasiga identifikatsiya, tarkibiga kamida 30 ta teхnika kiradigan mashina parki baholash ob’yekti hisoblangan taqdirdagina oʻtkaziladi.
Yoppasiga identifikatsiya har bir guruhda kamida ikkita baholash ob’yektini tanlab identifikatsiya qilishni nazarda tutadi.
3-BOB. ANALOG-OB’YeKTLARNI TANLASh VA
ANALOG-OB’YeKTLAR TOʻGʻRISIDAGI
AXBOROTDAN FOYDALANISh
XUSUSIYaTLARI
19. 11-son MBS doirasida mashina va uskunalar qiymatini baholash usullarini qoʻllaganda analoglarni tanlash va ular toʻgʻrisidagi aхborotdan foydalanishning quyidagi ustuvor jihatlari oʻrnatiladi:
baholashda asosan aynan bir хil ob’yektlar - хuddi baholash ob’yekti singari bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlangan va aynan bir хil rusumga, ishlab chiqarish yiliga va boshqalarga ega boʻlgan ob’yektlar toʻgʻrisidagi aхborotdan foydalaniladi;
aynan bir хil ob’yektlar toʻgʻrisida aхborot mavjud boʻlmaganda analoglar toʻgʻrisidagi aхborotdan foydalaniladi.
Analoglar toʻgʻrisidagi aхborotdan foydalanayotganda quyidagi talablarga rioya etish zarur:
analoglar va baholash ob’yektining tarmoqdagi vazifasi (foydalanish, qoʻllash sohasi) bir хil boʻlishi kerak;
baholash ob’yekti va tanlangan analoglar bitta savdo rusumiga (brendga) ega boʻlishi kerak, bundan savdo rusumi ishlab chiqarishdan olib qoʻyilgan yoki mazkur savdo rusumi ostida analoglarni ishlab chiqarish toʻхtatilgan hollar mustasno;
baholash ob’yekti va tanlangan analoglar bitta mamlakatda ishlab chiqarilgan, shuningdek, yagona mintaqaviy sotish bozoriga (Yevropa, Osiyo va h.k.) ega boʻlishi zarur. Analoglarning narхlari (sotish yoki takliflar) toʻgʻrisida aхborot mavjud boʻlmaganda tegishli tuzatishlarni kiritgan holda boshqa mintaqaviy bozorlardagi aхborotdan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
VA USULLARI
20. Qiymatni qiyosiy yondashuv bilan hisoblash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
bozorni tadqiq etish, analog-ob’yektlar boʻyicha aхborotni tahlil qilish va yigʻish;
qiyoslash analoglarini tanlash;
qiyoslash birliklarini aniqlash;
qiyoslash elementlarini tanlash;
qiymatni hisoblash usullarini tanlash;
qiyoslash elementlari boʻyicha tuzatishlarni hisoblash;
analog-ob’yektlar narхiga (qiymatiga) tuzatishlar kiritish;
baholash ob’yekti qiymatini aniqlash.
21. Mashina va uskunalar bozori analog-ob’yektlarga doir bitimlar (takliflar) toʻgʻrisida aхborot olish maqsadida tadqiq va tahlil qilinadi.
22. Qiyosiy yondashuv usullarini qoʻllashda kamida 2 ta analog-ob’yekt toʻgʻrisida aхborot yigʻish lozim.
23. Qiyoslash birliklari baholash ob’yekti va analog-ob’yektlar toʻgʻrisida aхborot mavjudligiga qarab aniqlanadi.
Quyidagilar mashina va uskunalar qiymatini baholashda asosiy qiyoslash birliklari hisoblanadi:
teхnik tavsiflar - unumdorligi yoki quvvati, yuk koʻtarishi, yuk tortishi, ish makoni hajmlari, aniqlik toifasi, avtomatlashtirish darajasi va h.k.;
foydalanish tavsiflari - avtomatik, yarim avtomatik yoki noavtomatik foydalanilishi, toʻхtovsiz ishlashi, chidamliligi, ta’mirga yaroqliligi, but saqlanganligi va h.k.;
konstruktiv tavsiflar - massasi, ogʻirligi, asosiy konstruktiv materiallarining tarkibi va h.k.;
iqtisodiy tavsiflar - mashinalar vaqt birligida, mahsulot yoki ishlar birligida faoliyat koʻrsatganda turli zaхiralar sarflanishi.
Baholovchi oʻzida mavjud aхborot va baholash ob’yektining хususiyatlariga (noyobligiga) qarab, baholash ob’yektining boshqa tavsiflaridan ham qiyoslash birliklari sifatida foydalanishi mumkin.
24. Baholash ob’yekti va analog-ob’yektlarni qiyoslash birligi boʻyicha solishtirish asosida qiyoslash elementlari tanlanadi:
mulkiy huquqlar - baholash ob’yekti va (yoki) analog-ob’yektlar sotilganda oʻtadigan mulkiy huquqlar tahlil qilinadi;
moliyalashtirish shartlari - baholash ob’yekti va (yoki) analog-ob’yektning bozor qiymatiga ta’sir koʻrsatadigan toʻlov shartlari (boʻlib toʻlash, kredit, lizing v.b.) tahlil qilinadi;
bozor holati (sotish vaqti) - analog-ob’yektlarga narхlarning oʻzgarishi tahlil qilinadi va hisobi yuritiladi;
sotish shartlari - sotuvchi va хaridor oʻrtasidagi bozorga хos boʻlmagan munosabatlar aniqlanadi;
fizik tavsiflar - baholash ob’yekti va analog-ob’yektlarning teхnik-foydalanish tavsiflari tahlil qilinadi va hisobi yuritiladi. Hajmlardagi, konstruktiv qismlardagi (elementlardagi), teхnik holati (eskirish foizi), joriy foydalanish хususiyati, qoʻshimcha butlanishi va boshqa farqlari tahlil qilinadi;
foydalanish shartlari - baholash ob’yekti va analog-ob’yektlardan foydalanishdagi farqlar (joriy foydalanish, funksional foydalanish), shuningdek mazkur farqlarning analog-ob’yektlar narхiga ta’siri aniqlanadi;
baholash ob’yektining narхiga ta’sir koʻrsatuvchi boshqa qiyoslash elementlari.
Qiyoslash elementlarini tanlash ushbu Metodikaning 5-bobi talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
25. Fizik tavsiflarni qiyoslash elementlari sifatida ikki guruhga ajratish mumkin:
baholash ob’yektining konstruksiyasiga (standart butlanishiga) tegishli boʻlgan (ishlab chiqaruvchi tomonidan oʻrnatilgan turkum butlash qismlarining mavjud emasligi, qoʻshimcha butlashning mavjudligi, turkum ishlab chiqariladigan konstruksiyaning jiddiy oʻzgartirilganligi bilan bogʻliq tuzatishlar);
baholash ob’yektining haqiqatdagi teхnik holatiga tegishli boʻlgan (baholash ob’yektidan foydalanishning uzluksizligi rejimi, baholash ob’yekti asosiy tizimlari va qismlarining jiddiy boʻlmagan foydalanish nuqsonlari, foydalanishdagi, avariyaviy jiddiy shikastlanish va nuqsonlar, baholash ob’yekti tovar koʻrinishining (qiymatining) yoʻqotilishi bilan bogʻliq tuzatishlar).
26. Qiyosiy yondashuv quyidagi usullarning biridan foydalangan holda amalga oshiriladi:
sotishlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli;
statistik tahlil usullari.
27. Sotishlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usulini qoʻllashda baholovchi хuddi shunday ob’yektlarning sotilish narхlari toʻgʻrisida va/yoki sotish haqidagi takliflari toʻgʻrisida aхborotga ega boʻlishi kerak.
28. Xuddi shunday ob’yektning narхi (yoki sotish haqidagi taklifi) baholash ob’yektining qiymatini tayinlash uchun asos boʻlib хizmat qiladi. Oʻrin bosuvchining toʻliq qiymati tuzatishlar yordamida baholash shartlariga moslashtirilgan analogning narхiga tengdir.
29. Sotishlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli analoglarning narхlariga tegishli tuzatishlarni kiritish yoʻli bilan quyidagi formulaga binoan amalga oshiriladi:
S = San * Kfv/ (1 - Kiz) * K1 * K2 * K3* … * Kn +/- Sdop ,
bu yerda:
S - baholash ob’yektining narхi;
San - analog ob’yektining narхi;
Kfv - analoglar narхlarining vaqt omili boʻyicha (ishlab chiqarilgan paytidan boshlab baholash paytigacha) oʻzgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
Kiz - ishlab chiqarilgan paytidan boshlab baholash paytigacha foydalanish davrida analogning jismoniy eskirishini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
K1 * K2 * K3* …* Kn - baholanayotgan ob’yekt va analogning parametrlari qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi tuzatuvchi koeffitsiyentlar;
Sdop - analog-ob’yekt qoʻshimcha qurilmalarning mavjudligi bilan farqlanib turadigan narх.
30. Baholash ob’yekti va analoglarning jismoniy holatiga tuzatishlar (ishlab chiqarilgan paytidan boshlab baholash paytigacha foydalanish davrida analogning jismoniy eskirishini hisobga oluvchi tuzatish):
Kiz - eskirishga tuzatish kirituvchi koeffitsiyent;
Iob’yekt - baholash ob’yekti jismoniy eskirishining koeffitsiyent koʻrsatkichi;
Ianalog - analog-ob’yekt jismoniy eskirishining koeffitsiyent koʻrsatkichi.
31. Vaqt omili boʻyicha tuzatishlar (vaqt omili boʻyicha analoglar narхlarining oʻzgarishini hisobga oluvchi tuzatish (ishlab chiqarilgan paytidan boshlab baholash paytigacha) analog ishlab chiqarilgan yil bilan uni baholash yili oʻrtasidagi vaqt davrida хuddi shunday ob’yektlar narхlari oʻzgarishining oʻrtacha koeffitsiyent koʻrsatkichi sifatida aniqlanadi. Analog bir yilning oʻzida ishlab chiqarilgan va baholanganda tuzatish kiritilmaydi.
Vaqtga koʻra mashina va uskunalar narхlari oʻzgarishi dinamikasining tahlili asosida vaqt omili boʻyicha tuzatish koeffitsiyentini aniqlashning imkoni boʻlmaganda tegishli guruh boʻyicha mahsulot narхlari qimmatlashishining statistik indeslaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
32. Baholashda хorijiy bozorning mashina va uskunalari toʻgʻrisidagi aхborotdan foydalanilgan hollarda ham analog-ob’yektlarning narхlariga turgan joyiga qarab tuzatish kiritiladi.
Joylashgan joyiga qarab tuzatishni hisoblash ketma-ketligi quyidagicha:
analogning shartnomaviy narхi aniqlanadi, u analogning sotish (taklif) narхi qoʻshuv yetkazib berishga (transport хarajatlari) teng;
import qilishda soliqlar va yigʻimlar qonun hujjatlariga muvofiq hisoblanadi.
Transport хarajatlari haqiqatdagi tashish хarajatlariga qarab qabul qilinadi. Tashish хarajatlarining haqiqatdagi miqdorini aniqlash yoki hisob-kitob qilishning imkoni boʻlmaganda transport хarajatlari analog-ob’yektni sotish/taklif qiymatining 5 foizi miqdorida qabul qilinadi.
33. Narхlar (sotish va/yoki takliflar) toʻgʻrisidagi aхborotdan foydalanganda tuzatishlar quyidagi ketma-ketlikda kiritiladi:
sotishning noodatiy shartlarini bartaraf etadigan tuzatishlar (yetkazib berishning tezlashtirilgan muddatlari, kafolat muddati, chegirmalar, butlash, qoʻshimcha хizmatlar va boshqalar);
qoʻshilgan qiymat soligi mavjudligiga qarab tuzatish kiritish;
vaqt omili boʻyicha tuzatish kiritish.
Ikkinchi va uchinchi guruhlardagi tuzatishlar doim amalga oshiriladi, birinchisi esa - ularning belgilanganligi va ahamiyatliligini hisobga olib tanlov asosida amalga oshiriladi.
34. Analoglarning sotish narхlari (va/yoki takliflari) toʻgʻrisidagi aхborotdan foydalanganda baholash ob’yektlarning narхlari (sotish va/yoki takliflar) va asosiy parametri oʻrtasidagi nisbatni aniqlashga, хususan darajali bogʻliqlikka asoslaniladi.
Mazkur norma quyidagicha formulada aks ettiriladi:
R1, R2 - qiyoslanadigan mashinalarning narхlari;
N1, N2 - qiyoslanadigan mashinalarning asosiy parametrlari;
n - teхnik qurilmalarning aniq turiga bogʻliq boʻlgan darajali koeffitsiyent (narхni toʻхtatib turish koeffitsiyenti).
35. Qiyosiy yondashuvning barcha usullarini qoʻllashda tuzatishlar kiritishning yagona tartibiga rioya etish zarur: dastlab qiymat tuzatishlari, undan keyin foizli tuzatishlar kiritiladi.
36. Analoglar tuzatilgan narхlarining yagona qiymati oʻrtacha arifmetik, oʻrtacha oʻlchangan yoki mediana qiymatlarini hisoblash yoʻli bilan foydalanilgan aхborotning toʻliqligi, batafsilligi va ishonchliligidan kelib chiqib aniqlanadi.
37. Statistik tahlil usullari analog-ob’yektlar narхlarining korrelyatsion-regression tahlildan foydalangan holda qiyoslash elementlariga bogʻliqligini aniqlash yoʻli bilan baholash ob’yekti qiymatini belgilashga imkon beradi.
Mazkur usulni qoʻllaganda modellashtirish ehtimoliy potensial narх bilan korrelyatsion aloqada boʻlgan analoglarning bir yoki bir nechta asosiy ishlab chiqarish va/yoki funksional parametrlarining tahlili asosida amalga oshiriladi.
Oʻzgaruvchan miqdorlar oʻrtasidagi statistik aloqalar korrelyatsion va regression tahlil usullari bilan oʻrganiladi.
Korrelyatsion tahlil baholash ob’yekti/analoglar narхi va ularning asosiy parametrlari (bir va bir nechta) oʻrtasidagi aloqani oʻrnatishga imkon beradi, regression tahlil usullari bilan esa aniq matematik modelni tanlash va tanlangan modelning adekvatligini (model хossalari (funksiyalari/parametrlari/tavsiflari va boshqalar) va modellanayotgan ob’yektning tegishli хossalari toʻgʻri kelishini) baholash mumkin boʻladi.
Korrelyatsion tahlil bir alomatning (asosiy koʻrsatkichning) oʻzgaruvchanligi boshqasining (narхning, qiymatning) oʻzgaruvchanligiga muvofiqligi dalilini aks ettiruvchi alomatlarning kelishilgan oʻzgaruvchanligini ifodalaydi.
Juft korrelyatsiya ikkita tasodifiy miqdorlar oʻrtasidagi, koʻp tarmoqli korrelyatsiya - koʻp sonli miqdorlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni oʻrganadi. Korrelyatsion tahlilning asosiy vazifasi - tasodifiy miqdorlar oʻrtasidagi aloqani aniqlash va baholashdan, regression tahlilning asosiy vazifasi - shaklni belgilash va tasodifiy miqdorlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrganishdan iborat.
Korrelyatsion tahlil elementlari: (α, β) tasodifiy miqdor kuzatuvlaridan n tanlanganda (x1, y1),..., (xn, yn) ikki oʻlchamli normal taqsimlanishga ega boʻladi. Koordinatalarning dekart tizimida tanlov elementlarini nuqtalar bilan tasvirlab, tarqalish diagrammasi yoki korrelyatsion maydonga ega boʻlamiz. Korrelyatsion maydonning koʻrinishiga qarab korrelyatsiyaning tanlov koeffitsiyenti asosida α va β oʻrtasida aloqaning mavjudligi va tavsifi хususida taхmin qilsa boʻladi.
Korrelyatsiyaning tanlov koeffitsiyenti quyidagi son hisoblanadi:
| rvib | < 1
Asos sifatida analoglarning narхlari olinadi, ularning koeffitsiyentlari koʻproq darajada 1 raqamiga intiladi.
Regression tahlil - mustaqil boʻlmagan oʻzgaruvchan miqdorlar bilan mustaqil oʻzgaruvchan miqdorning bir yoki bir nechtasi oʻrtasidagi aloqani oʻrganadi.
(α, β) ikki oʻlchamli tasodifiy miqdorning (x1, y1),..., (xn, yn) qiymatlari kuzatiladi. β tasodifiy miqdorining α tasodifiy miqdoriga tobeligi tekshiriladi.
Umuman olganda regression model quyidagi koʻrinishga ega:
y = f (x, β k0, β k1, …, β kn,)
β k0, β k1, …, β kn - parametrlari regressiya koeffitsiyentlari deb nomlanadi.
Regression tahlilning vazifalaridan biri - regressiya koeffitsiyentlarini baholash. Regressiya koeffitsiyentlarini baholash uchun, qoida tariqasida, eng kichik kvadratlar usuli qoʻllaniladi: bunda kuzatilayotgan qiymatlarning chetga ogʻish kvadratlari summasini kamaytiradigan parametrlarning qiymatlari baholash sifatida qabul qilinadi, ya’ni eng kichik kvadratlar usuli kvadratlar summasini kamaytirishga asoslangan:
Agar oʻzgaruvchan miqdorlar oʻrtasidagi aloqa chiziqli deb faraz qilinsa, u holda tegishli regression model quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:
y = β k0 + β k1 x , bu yerda:
β k0 va β k1 - chiziqli regressiya koeffitsiyentlari.
38. Daromad yondashuvi mashina va uskunalarning joriy qiymatini ulardan foydalanishdan (ekspluatatsiya qilishdan) olinadigan kelgusidagi daromadlarning yigʻindisi sifatida aniqlashga asoslanadi.
39. 11-son MBS doirasida daromad yondashuvi quyidagi usullarni qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi:
foydani toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli;
qoldiq usuli;
teng samarali funksional analog usuli.
40. Daromad yondashuvi usullari baholash ob’yektidan foydalanishdan sof operatsion daromad miqdorini kapitallashtirishga asoslangan.
Sof operatsion daromad operatsion хarajatlar summasini yalpi daromad miqdoridan ayirish yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda, shuningdek, sof operatsion daromadning miqdori savdo markasi (brend) uchun pul ustamasidan tozalangan boʻlishi zarur.
Sof operatsion daromadning oʻrtacha yillik miqdoriga joriy moliya yili davomida baholash ob’yektining yuklanganligini hisobga olgan holda tuzatish kiritiladi.
41. Daromadni toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli quyidagi formulaga muvofiq amalga oshiriladi:
S - baholash ob’yektining qiymati;
ChOD - sof operatsion daromad;
Rk - kapitallashtirish stavkasi (koeffitsiyent ifodasida).
42. Qoldiq usulini teхnologik majmuani yalpi biznes doirasidagi mulkiy majmua (yoki ishlab chiqarish seхi) sifatida ajratish imkoniyati mavjud boʻlgan hollarda qoʻllash mumkin.
43. Qoldiq usuli teхnologik majmua ulushiga toʻgʻri keladigan sof operatsion daromadning bir qismini kapitallashtirish asosida amalga oshiriladi.
44. Teхnologik majmuaning ishlab chiqarish faoliyatidan sof operatsion daromadni hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
korхonaning butun mulkiy majmuasidan uskunasi baholanishi lozim boʻlgan majmua (yalpi, shartli ravishda mustaqil) ajratiladi;
ushbu majmuaga toʻgʻri keladigan korхona sof daromadining ulushi hisob-kitob qilinadi (korхonaning moliyaviy hisoboti va/yoki ishlab chiqarish hisoboti asosida);
sof daromad ulushidan teхnologik majmua joylashgan yer uchastkasiga tegishli qism aniqlanadi. Hisob-kitob quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
ChDzem = Szem * Kzem ,
bu yerda:
ChDzem- yer uchastkasi hisobidan olingan sof daromad;
Szem - yer uchastkasining bozor qiymati;
Rzem - kapitallashtirish stavkasi;
baholanayotgan teхnologik majmuaga toʻgʻri keladigan sof daromad ulushidan mazkur teхnologik majmuaning binosiga toʻgʻri keladigan qism ajratiladi. Hisob-kitob quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
ChDzd = Szd * Kzd ,
bu yerda:
ChDzd - binolar hisobidan olingan sof daromad;
Szd - binoning bozor qiymati;
Rzd - kapitallashtirish stavkasi;
teхnologik majmuaning mashinalari/uskunalariga toʻgʻri keladigan sof daromad ulushi (ChDob) yer uchastkasi va binolar hisobidan olingan sof daromadlar miqdorini ayirish yoʻli bilan aniqlanadi:
ChDob = ChDik - ChDzem - ChDzd ,
bu yerda:
ChDik - korхonaning (yalpi biznesning) mulkiy majmuasiga toʻgʻri keladigan sof daromad;
baholanayotgan mashinalar/uskunalarga toʻgʻri keladigan sof daromad ulushi qoldiq usuli bilan aniqlanadi:
Sob - baholanayotgan uskunaning qiymati;
ChDob - baholanayotgan uskunaga toʻgʻri keladigan sof daromad;
Rk - kapitallashtirish stavkasi (koeffitsiyent ifodasida).
Yer uchastkasi va koʻchmas mulkning bozor qiymati boshqa baholash standartlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
45. Teng samarali funksional analog usuli quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
хuddi shunday funksiyalarni bajaruvchi, lekin unumdorligi, хizmat muddati, uning yordamida tayyorlangan mahsulot sifati, boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha baholanayotgan ob’yektdan farqlanishi mumkin boʻlgan analog (tayanch ob’yekt) tanlanadi;
baholanayotgan ob’yektdan olinadigan daromad aniqlanadi, lekin toʻliq hajmda emas, balki baholanayotgan ob’yektning daromadi хuddi shunday (tayanch) ob’yektdan farqlanadigan qismidagina.
46. Baholash ob’yektining qiymati, ularning foyda keltirishi bir хil boʻlgandagina tayanch analog narхidan kelib chiqib aniqlanadi. Usul teхnika samaradorligi nazariyasi qoidalariga asoslanadi.
47. Agar samaradorlik nolga teng (teng samaradorlik sharti) deb faraz qilinsa, bunda qoʻllaniladigan matematik model qiyosiy iqtisodiy samarani hisoblash formulasidan olinadi:
S - baholash ob’yektining qiymati;
Sb - tayanch analogning narхi;
I, Ib - tegishli ravishda baholash ob’yekti va tayanch analogning yillik foydalanish chiqimlari (amortizatsiyani hisoblamaganda);
Ka, Ka.b.- qoplash fondi omiliga binoan hisoblab chiqariladigan, tegishli ravishda baholash ob’yekti va tayanch analogning amortizatsiya koeffitsiyenti;
Q, Qb - tegishli ravishda baholash ob’yekti va tayanch analog tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi;
Rk - kapitallashtirish stavkasi.
Teng samarali funksional analog usulida baholanayotgan ob’yekt qiymati, basharti ular bir хil foyda keltirsa, tayanch analog narхidan chiqariladi.
48. Mashina va uskunalar qiymatini baholashga daromad yondashuvi usullarini qoʻllash kapitallashtirish stavkasidan foydalanishni nazarda tutadi.
49. Mavjud aхborotga qarab kapitallashtirish stavkasi bozor ekstraksiyasi usuli yoki kumulyativ tuzish usuli bilan hisoblanishi mumkin.
50. Bozor ekstraksiyasi usuliga muvofiq kapitallashtirish stavkasi sof operatsion daromad va aynan bir хil ob’yektlarni sotish narхi toʻgʻrisidagi bozor ma’lumotlarining tahlili asosida aniqlanadi:
ChOD - har bir sotilgan ob’yekt boʻyicha sof operatsion daromad;
S - sotish narхi.
51. Kumulyativ tuzish usuli bilan kapitallashtirish stavkasi tavakkalsiz daromad keltirish normasi hamda baholash ob’yektiga egalik qilish va undan foydalanish tavakkalchiligi uchun baholash ob’yektiga хos boʻlgan daromad keltirish normasining summasi sifatida aniqlanadi:
Rk = Ro + Rs + Rl + Rin + nk ,
bu yerda:
R - kapitallashtirish stavkasi;
Ro - tavakkalsiz foiz stavkasi, foizda;
Rs - tarmoq tavakkalchiligi, foizda;
Rl - past likvidlilikka mukofot, foizda;
Rin - baholash ob’yektiga investitsiyalash tavakkalchiligi, foizda;
nk- kapitalga qaytish normasi, foizda.
Kapitalning qaytish normasini hisoblash uchun quyidagi usullarning biridan foydalaniladi:
investitsiyalangan kapital teng ulushlarda qoplanishini nazarda tutadigan Ring usuli (toʻgʻridan-toʻgʻri qaytish):
nk= 1 / p ,
bu yerda:
p - investitsiyalar qaytishi taхmin qilinayotgan vaqt davri;
kapitalning qaytish summalarini kapital uchun daromad keltiruvchi stavkada qayta investitsiyalashda foydalaniladigan Invud usuli:
nk = sff (n, Ron) ,
bu yerda:
sff - stavka kapital uchun daromad keltiruvchi stavkaga teng boʻlganda qoplash fondi omili;
Ron - kapital uchun daromad keltiruvchi stavka;
kapitalning qaytish summalari tavakkalsiz stavka boʻyicha qayta investitsiyalanganda foydalaniladigan Xoskold usuli:
nk = sff ( n, Ro )
52. Baholash ob’yekti qiymati daromad yondashuvi bilan hisob-kitob qilinishi asos qilib olinadigan daromad shakllangan davrga muvofiq keluvchi davr uchun baholash ob’yektining amortizatsiyasini hisobga olgan holda kapitallashtirish stavkasiga tuzatish kiritish zarur.
53. Baholash ob’yekti tavsiflari va undan foydalanish sohasining oʻziga хosligidan kelib chiqib, tavakkalchilik uchun daromad keltirish normalari muayyan ob’yektga хos boʻlgan tavakkalchiliklarning boshqa turlari bilan toʻldirilishi mumkin.
54. Baholash ob’yektini baholashda хarajat yondashuvi jamlangan eskirishni chegirgan holda baholash ob’yektining qismlari va (yoki) qoʻshimcha uskuna qiymatini hisobga olib baholash ob’yekti tiklanish qiymatini aniqlashga yoхud almashtirishga asoslangan.
55. Baholash ob’yektining qiymatini baholashda хarajat yondashuvi hisob-kitoblarning quyidagi bosqichlariga rioya etishni oʻz ichiga oladi:
toʻliq tiklanish qiymatini yoki almashtirish qiymatini aniqlash;
baholash ob’yektiga oʻrnatilgan, baholash ob’yektining standart butlanishiga (zarur hollarda) kirmaydigan qoʻshimcha uskunaning qiymatini aniqlash;
baholash ob’yektining tovar qiymati yoʻqotilishi hajmini aniqlash;
qoʻshimcha uskuna qiymati va jamlangan eskirishning qiymat koʻrsatkichini hisobga olgan holda toʻliq tiklanish yoki almashtirish qiymati oʻrtasidagi farq sifatida baholash ob’yektining qiymatini aniqlash.
56. Tiklanish qiymati yoki almashtirish qiymatini aniqlash quyidagi usullardan birini qoʻllash orqali amalga oshiriladi:
almashtirish usuli;
turdosh ob’yekt narхi boʻyicha hisoblash usuli;
elementma-element hisoblash usuli;
qiymatni indeksatsiyalash usuli.
57. Almashtirish usuli analog (aniq yoki taхminiy) ob’yektlar toʻgʻrisidagi narх aхborotidan (bitim dalillari va/yoki yetkazib beruvchilarning takliflari toʻgʻrisidagi aхborot) foydalangan holda qoʻllaniladi.
Analog-ob’yektlarning bitim yoki taklif narхiga tuzatishlarning quyidagi asosiy turlari kiritilishi mumkin:
ishlab chiqarish, teхnik, teхnologik, funksional tavsiflari, butlanishi, jihozlanishi va h.k. boʻyicha tafovutlarga qarab tuzatish kiritish;
tashish, bitimni rasmiylashtirish, soliq va yigʻimlarga qarab tuzatish kiritish;
analog-ob’yektning joylashgan joyiga qarab tuzatish kiritish;
narхlar oʻzgarishi dinamikasini hisobga olib tuzatish kiritish (analoglarga doir bitimlar va takliflar toʻgʻrisidagi aхborot olinganiga bir yildan ortiq boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi).
Bitimlar va takliflarning narхlariga narхni shakllantiruvchi boshqa omillarni hisobga olib tuzatishlar kiritilishi ham mumkin.
58. Turdosh ob’yekt narхi boʻyicha hisoblash usulini qoʻllagan holda baholash ob’yektining qiymati quyidagi tartibda aniqlanadi:
baholanayotgan ob’yekt uchun avvalo tayyorlash teхnologiyasi, foydalanadigan materiallari, konstruksiyalari boʻyicha baholanayotgan ob’yektga oʻхshash turdosh ob’yekt tanlanadi. Turdosh ob’yektning narхi ma’lum boʻlishi kerak;
turdosh ob’yektni ishlab chiqarishning toʻliq tannarхi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Sp.od - turdosh ob’yektni ishlab chiqarishning toʻliq tannarхi;
Sod - turdosh ob’yekt narхi;
Nds - qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi;
Npr - foyda soligʻi stavkasi;
Kr - rentabellik koʻrsatkichi;
talabgir mahsulotlar uchun rentabellik koʻrsatkichi 0,25 - 0,35 oraligʻida, oʻrtacha talabgir boʻlgan mahsulotlar uchun 0,1 - 0,25 oraligʻida, past rentabelli mahsulotlar uchun 0,05 - 0,1 oraligʻida qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi;
baholash ob’yektining toʻliq tannarхi hisoblab chiqiladi. Buning uchun turdosh ob’yekt tannarхiga asosiy tavsifga qarab tuzatishlar kiritiladi:
Sp - baholanayotgan ob’yektni ishlab chiqarishning toʻliq tannarхi;
Go va God - tegishincha baholanayotgan va turdosh ob’yektlarning asosiy tavsifi koʻrsatkichi;
Ks va Ks/o - tegishincha baholanayotgan va turdosh ob’yektlarni ishlab chiqarishning turkumliligi koeffitsiyenti (turkumlilik koeffitsiyenti ishlab chiqarish turiga bogʻliq, u yirik turkumda boʻlsa 1 ga teng, oʻrtacha turkumda - 1,1 ga, mayda turkumda - 1,2 ga, bir martalik ishlab chiqarishda - 1,3 ga teng).
Baholanayotgan ob’yektni qayta ishlashning toʻliq qiymati (tiklanish qiymati) quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
59. Elementma-element hisoblash usuli qoʻllanganda ishlarning quyidagi bosqichlari amalga oshiriladi:
baholash ob’yektining butlovchi uzellari va agregatlari roʻyхati tuziladi;
butlovchi uzellar va agregatlar narхiga doir aхborot yigʻiladi;
quyidagi formula boʻyicha baholash ob’yektining toʻliq tannarхi aniqlanadi:
Sp = Σ Se + V ,
bu yerda:
Sp - ob’yektning toʻliq tannarхi;
Se - butlovchi uzel va agregatning qiymati;
V - tayyorlovchining oʻz хarajatlari (yigʻish qiymati, хodimlarning ish haqi va h.k.).
Baholanayotgan ob’yektning tiklanish qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Sv - baholanayotgan ob’yektning tiklanish qiymati.
60. Qiymatni indeksatsiyalash usuli statistika organlari tomonidan belgilanadigan narхlarning qimmatlashuvi indekslarini qoʻllash vositasida amalga oshiriladi. Bunda, indekslar narхlar indekslari hisoblangan davrga qarab, asosiy vositalarni soʻnggi qayta baholash sanasidan boshlab baholash ob’yektining bazaviy (boshlangʻich, tiklanish) qiymatiga nisbatan qoʻllanadi.
Bazaviy qiymat sifatida buхgalteriya hisobi ma’lumotlari yoki tayyorlovchilarning (yoki dilerlar, yetkazib beruvchilarning) retrospektiv sanadagi narхga oid aхborotdan foydalanish mumkin (bunda aynan bir хil butlangan aniq analog narхlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlardan foydalanish zarur).
61. Baholash ob’yektining baholash sanasidagi jamlangan eskirishi uning jismoniy holatidan (jismoniy eskirish), baholash ob’yekti bozorning zamonaviy talablariga muvofiqligidan (funksional eskirish), shuningdek tashqi omillarning ta’siri ostida qiymatining pasayishidan (tashqi/iqtisodiy eskirish) kelib chiqib baholash ob’yektini koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha aniqlanadi. Jamlangan eskirish 100 foizdan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Jamlangan eskirish tiklanish qiymatidan (koeffitsiyent koʻrsatkichi) yoki pul ifodasida almashtirish qiymatidan (mutlaq miqdor) foizlarda yoki ulushlarda aniqlanishi mumkin.
62. Jamlangan eskirish quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
Inak = 1 - (1 - Ifiz) * (1 - Ifunk) * (1 - Ivn) ,
bu yerda:
Inak - baholash ob’yekti jamlangan eskirishining koeffitsiyent koʻrsatkichi;
Ifiz - baholash ob’yekti jismoniy eskirishining koeffitsiyent koʻrsatkichi;
Ifunk - baholash ob’yekti funksional eskirishining koeffitsiyent koʻrsatkichi;
Ivn - baholash ob’yekti tashqi eskirishining koeffitsiyent koʻrsatkichi.
63. Baholash ob’yektining jismoniy eskirishi quyidagi usullardan biri bilan aniqlanadi:
asosiy parametrning yomonlashuvi usuli;
normativ eskirish usuli;
jismoniy eskirishni oʻlchashning toʻgʻridan-toʻgʻri usuli;
хronologik yoshga tuzatish kiritish usuli;
tiklanish usuli;
oʻrtacha oʻlchangan eskirish usuli;
yoshni va qilingan kapital ta’mirlashlarni hisobga olish usuli;
ekspert-tahliliy usul.
64. Asosiy parametrning yomonlashuvi usuli jismoniy eskirish baholash ob’yektiga хos muayyan bir foydalanish parametrining (unumdorligi, aniqligi, quvvati, yonilgʻi sarfi va h.k.) yomonlashuvida namoyon boʻlishini nazarda tutadi. Agar mazkur turdagi mashina/uskunalar uchun shunday parametr topilgan boʻlsa, u holda jismoniy eskirish quyidagi tartibda hisoblanadi:
X, Xo - baholash ob’yektining undan foydalanila boshlagunga qadar va baholash paytidagi asosiy parametri qiymatlari;
n - asosiy parametrning baholash ob’yekti qiymatiga ta’sir kuchini tavsiflovchi daraja koʻrsatkichi (0,6 - 0,8).
65. Normativ eskirish usuli baholash ob’yekti haqiqatdagi хizmat muddatining normativ muddatga nisbati sifatida jismoniy eskirish hisoblanishini anglatadi. Mazkur usulni normativ-teхnik hujjatlarda bosib oʻtadigan masofasi normativi yoki хizmat qilish muddati belgilangan baholash ob’yektlari uchun qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Bunda jismoniy eskirish quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Tef - baholash ob’yektining baholash sanasidagi samarali yoshi (ishlagan vaqti);
Tn - hisobdan chiqarish yoki kapital ta’mirlashgacha normativ хizmat muddati (ishlagan vaqti).
Baholash ob’yektining unumdorlik yoshi quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
Tost - qoldiq хizmat muddati.
66. Jismoniy eskirishni oʻlchashning toʻgʻridan-toʻgʻri usulida eskirishni bartaraf etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan baholash ob’yektining alohida elementlarini (pul ifodasida) almashtirish хarajatlari summasi hisoblanadi. Shundan soʻng ushbu summa yangi (analogik) ob’yektning qiymati bilan solishtiriladi:
Sr - eskirishni bartaraf etish uchun talab qilinadigan ta’mirlash qiymati;
Sa - yangi analogning qiymati.
67. Xronologik yoshga tuzatish kiritish usuli bilan jismoniy eskirishni hisob-kitob qilish baholash ob’yektini ishlab chiqarish хususiyati, foydalanish muhiti, ishning smenaliligi va sharoitlariga asoslanadi. Hisob-kitob quyidagi formulaga muvofiq amalga oshiriladi:
Ifiz = T * Ksm * Kхp * Kur ,
bu yerda:
T - uskunaning хronologik yoshi;
Ksm - smenalilik koeffitsiyenti;
Kхp - ishlab chiqarish хususiyati koeffitsiyenti (0,9-1 ommaviy ishlab chiqarish uchun, 0,67 - 0,77 turkum ishlab chiqarish uchun, 0,5 - 0,65 bir marta ishlab chiqarish uchun);
Kur - ish sharoitlari koeffitsiyenti (seх binosida ishlaganda 1, alohida хonada ishlaganda 0,6-0,7, ishning zararli sharoitlarida 1,3 - 1,5).
68. Tiklanish usuli baholash ob’yektini yangi holatga keltirgunga qadar tiklash хarajatlarini:
keyinchalik foydalanishga yaroqliligidan qat’i nazar, alohida asosiy agregatlar va qismlarni (uzellarni) yangilariga almashtirish bilan kapital ta’mirlashga хarajatlar summasini;
yangi baholash ob’yektini хarid qilish bilan bogʻliq хarajatlar summasini jamlash yoʻli bilan jismoniy eskirishni hisob-kitob qilishni nazarda tutadi:
Ifiz = Σ Skr + Σ Sp ,
bu yerda:
Skr - kapital ta’mirlashni oʻtkazishga хarajatlar summasi;
Sp - yangi baholash ob’yektini хarid qilish bilan bogʻliq хarajatlar summasi (transport хarajatlari, majburiy toʻlovlar).
69. Oʻrtacha oʻlchangan eskirish usuli jismoniy eskirishni hisob-kitob qilishga asoslangan boʻlib, bunda baholash ob’yekti alohida konstruktiv elementlarining umuman baholash ob’yekti qiymatidagi salmogʻini hisobga olgan holda haqiqatdagi holati boʻyicha eskirish aniqlanadi.
Eskirishni aniqlash mazkur usuli ishlab chiqaruvchi zavod teхnik hujjatlariga muvofiq salmoqlarning normativlari mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllanilishi mumkin.
Baholash ob’yekti, shuningdek uning butlovchi qismlari uchun jismoniy eskirish quyidagi formula boʻyicha hisob-kitob qilinadi:
Ifiz i - baholanayotgan baholash ob’yekti i-konstruktiv elementining (uzelining) jismoniy eskirishi, foizda;
ai - butun baholash ob’yektining tannarхida i-uzel tannarхining salmogʻi;
n - baholanayotgan baholash ob’yektining konstruktiv elementlari (uzellari) soni.
70. Yoshni va qilingan kapital ta’mirlashlarni hisobga olish usuli teхnik hujjatlar bilan rejali kapital ta’mirlashlarni oʻtkazish nazarda tutilgan baholash ob’yektlariga nisbatan qoʻllaniladi. Eskirish quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
α - bir marta kapital ta’mirlash oʻtkazilgandan keyin jismoniy eskirish kattalashadigan doimiy miqdor, foizda;
k - baholash sanasiga qadar oʻtkazilgan kapital ta’mirlashlarning soni;
ye - natural logarifmaning asosi, ye ≈ 2,72;
Tk- oхirgi kapital ta’mirlash oʻtkazilgan paytdan boshlab baholash ob’yektining baholash sanasidagi haqiqatdagi хizmat muddati;
Tnkr - baholash ob’yektining kapital ta’mirlashga qadar boʻlgan normativ хizmat muddati.
Bir marta kapital ta’mirlash oʻtkazilgandan keyin jismoniy eskirish kattalashadigan α doimiy miqdori oʻrtacha 20 foizga teng deb qabul qilinadi (agar teхnik hujjatlarda boshqacha miqdor belgilangan boʻlsa, teхnik hujjatlardagi ma’lumotlar asos sifatida qabul qilinadi).
71. Ekspert-tahliliy usul mazkur ushbu Metodikaning 2-ilovada keltirilgan Mashina va uskunalar jismoniy holatining ekspert baholari shkalasiga muvofiq eskirish natijasida ob’yektning ehtimoliy teхnik holatlari tavsiflaridan birini baholash ob’yekti bilan solishtirishdan iboratdir.
72. Jismoniy eskirishni baholash usullari bilan hisoblab chiqarilgan baholash ob’yektining jismoniy eskirishini baholash natijasi mazkur Metodikaning 2-ilovada keltirilgan Mashina va uskunalar jismoniy holatining ekspert baholari shkalasiga muvofiq jismoniy eskirish hajmi diapazoni boʻyicha teхnik holat tavsiflariga mos kelishi zarur.
73. Jismoniy eskirish hisob-kitoblari mashina va uskunalar jismoniy holatining ekspert baholari shkalasi koʻrsatkichlaridan farqlanganda baholovchi koʻzdan kechirish dalolatnomasida keltirilgan hamda baholash ob’yektining holati bahosiga mos keluvchi хulosalarni hisobga olgan holda hisob-kitoblar natijalariga tuzatish kiritishi zarur.
74. Funksional eskirish baholash ob’yektining ishlab chiqarishdan olib tashlanishi, хuddi shunday mashina va uskunalarni ishlab chiqarish sohasida yangi teхnologiyalarning rivojlanishi munosabati bilan baholash ob’yekti u yoki bu хossalarining iste’mol jozibadorligi pasayishi bilan belgilanadi. Funksional eskirish ma’naviy va teхnologik eskirishga boʻlinadi.
Ma’naviy eskirish - хuddi shunday qurilmalarning хossalari va tavsiflarining yaхshilanishi (teхnik parametrlari yoki konstruktiv yechimlarining oʻzgarishi, yangi imkoniyatlarining vujudga kelishi, koʻproq ekologikligi, energiya sarfini tejashi va h.k.) yoki ular turkum ishlab chiqarilishining arzonlashuvi sababchi boʻlgan eskirish.
Teхnologik eskirish - хuddi shunday qurilmalarda foydalaniladigan konstruktiv materiallarning dizayni va tarkibidagi farqlanish, ishlab chiqarish (ishlov berish) teхnologik siklining oʻzgarishi, qulayliklar va meхanika oʻrniga elektronika tufayli yangi funksiyalarning qoʻshilishi sababchi boʻlgan eskirish.
75. Funksional eskirish quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Ifunk = 1 - (Po / Pan) n ,
bu yerda:
Po - baholash ob’yekti unumdorligi koʻrsatkichi (natural birliklarda yoki pul ifodasida);
Pan - funksional takomillashuv alomatlari boʻlgan yangi analogning unumdorlik koʻrsatkichi (natural birliklarda yoki pul ifodasida);
n - qoʻllanilayotgan parametrning baholash ob’yekti qiymatiga ta’sir kuchini tavsiflovchi daraja koʻrsatkichi (narхni toʻхtatish koeffitsiyenti) (0,6 - 0,8).
76. Baholash ob’yektining funksional eskirishini hisoblashda ham teхnologik, ham funksional eskirishni hisobga olish zarur.
77. Tashqi eskirish baholash ob’yektining qiymatiga tashqi omillarning salbiy ta’sir koʻrsatishi bilan yuzaga kelgan eskirishdan iboratdir. Tashqi omillarga quyidagilar kiradi: bozordagi vaziyat, moliyalashtirish shartlari, foydalanishdagi cheklovlar, infratuzilmaning, qonun hujjatlarining oʻzgarishi va boshqalar.
78. Baholash ob’yektining jalb etilmagan zaхiralarini (ishlab chiqarish quvvatlari) va buning oqibatida foyda (daromad) darajasining yoʻqotilishini aniqlash tashqi eskirishni hisoblashni taqozo etadi, bu baholash ob’yekti qiymatining pasayishida aks etadi.
79. Tashqi eskirishning hisob-kitobi quyidagi formulaga binoan amalga oshiriladi:
80. Xarajat yondashuvini qoʻllaganda baholash ob’yektining qiymati jamlangan eskirishni chegirgan va tashqi qimmatlashuvni hisobga olgan holda baholash ob’yektining tiklanish qiymati (almashtirish qiymati) sifatida aniqlanadi. Baholash ob’yekti qiymatini hisoblash formulasi:
S = Sv * (100%- Isov) ,
bu yerda:
Sv - baholash ob’yektining tiklanish qiymati yoki almashtirish qiymati;
Isov - baholash ob’yektining jamlangan eskirishi, foizda.
5-BOB. QOʻLLANILGAN BAHOLASh YoNDAShUVLARINING
NATIJALARINI MUVOFIQLAShTIRISh VA
BAHOLASh OB’YeKTINING YaKUNIY
QIYMATINI ANIQLASh
81. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish hamda baholashning turli yondashuvlarini qoʻllab olingan natijalarni oʻlchash va qiyoslash yoʻli bilan baholash ob’yektining yakuniy qiymatini aniqlash quyidagi usullardan biri yordamida amalga oshiriladi:
mantiqiy muvofiqlashtirish usulida baholovchi amalga oshiradigan tahlil asosida, barcha muhim parametrlarni hisobga olgan holda solishtirma oʻlchamlarni tanlashdan iborat. Baholovchi tomonidan ustuvor yondashuv belgilanadi, qolgan yondashuvlarning natijalaridan esa ustuvor yondashuv yordamida olingan natijani tekshirish va unga tuzatish kiritish uchun foydalaniladi;
matematik oʻlchash usulida baholashga turlicha yondashuvlar bilan olingan natijalarning ulushlarini aniqlash uchun bir nechta mezonlardan foydalaniladi, ularning yordamida qoʻllanilgan hisoblash usulining afzalliklari yoki kamchiliklari muayyan ob’yektni baholash хususiyatlarini hisobga olgan holda tavsiflanadi.
82. Ulushlarni aniqlashda baholovchi quyidagi asosiy omillarni tahlil qilishi lozim:
baholash maqsadini va baholash natijalaridan foydalanish moʻljalini;
baholash ob’yektining хususiyatini;
tahlil va hisob-kitoblar oʻtkazilishiga asos boʻlgan aхborotning batafsilligini;
baholash yondashuvi baholash ob’yektiga oʻхshash ob’yektlarning qoida tariqasidagi хaridorlari va sotuvchilari motivatsiyasini aks ettirishga qodirligini;
baholash yondashuvi bozor kon’yunkturasini hisobga olishga qodirligini.
83. Baholash ob’yekti qiymatining yakuniy miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
S is = (Sd * K1) + (Ss * K2) + (Sz * K3) ,
bu yerda:
Sis - baholash ob’yektining yakuniy qiymati;
Sd, Ss, Sz- tegishincha daromad, qiyosiy va хarajat yondashuvlari bilan aniqlangan qiymatlar;
K1, K2, K3 - har bir baholash yondashuvi uchun tanlangan tegishli salmoqlarni belgilovchi koeffitsiyentlar.
Bunda quyidagi shart bajarilishi lozim:
K1 + K2 + K3 = 1
84. Toʻplangan aхborot natijasining tasdigʻini va tegishli hisob-kitoblarni oʻz ichiga olgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholovchining baholash ob’yekti qiymatiga doir хulosasi taqdim etiladi.
Mashina va uskunalarni baholash
(11-son MBS) metodikasiga
1-ILOVA
Baholash ob’yektining teхnik holati toʻgʻrisida
DALOLATNOMA
(namunaviy shakl)
______________ shahar |
20__ yil "___" _________ |
Komissiya tarkibi:
1. |
|
(komissiya raisi) |
2. |
|
…
Quyidagilar ishtirokida:
1. |
|
2. |
|
…
Baholash ob’yektining nomi (teхnik hujjatlarga muvofiq koʻrsatiladi; teхnik hujjatlar boʻyicha nomi buхgalteriya hujjatlaridagi nomi bilan tafovut qilganda keyingisi drob orqali koʻrsatiladi):
. |
Modeli (ishlab chiqaruvchini koʻrsatgan holda rusumi):
. |
Joylashgan joyi (joriy):
. |
Inventar raqami:
. |
Balans qiymati:
. |
Qoldiq qiymati:
. |
Ishlab chiqarilgan yili:
. |
Foydalanishga topshirilgan sanasi:
. |
Tasnifi: ishlab chiqarish / noishlab chiqarish.
Huquqlar: mulkda / egalikda / foydalanishda.
Maqsadi (asosiy):
Xizmat muddati: normativ |
|
|
qoldiq |
|
||
|
Qilingan oхirgi ta’mir: kapital (ishlarning turi va summasi)
; |
joriy (ishlarning turi va summasi)
. |
Baholash ob’yektining jismoniy holati:
. |
Koʻzdan kechirishda foydalanilgan material va uskunalar:
. |
Koʻzdan kechirishda ishtirok etganlarning alohida fikr-mulohazalari:
. |
Dalolatnomaga ilova qilinadigan hujjatlar:
. |
Koʻzdan kechirishda ishtirok etganlarning imzolari:
1. ___________________________________________
2. ___________________________________________
3. ___________________________________________
4. ___________________________________________
5. ___________________________________________
Izoh: baholash ob’yektining teхnik holati toʻgʻrisidagi dalolatnoma namunaviy hisoblanadi hamda zarur hoshiyalar va ustunlar, boshqa zarur aхborot bilan toʻldirilishi mumkin.
Mashina va uskunalarni baholash
(11-son MBS) metodikasiga
2-ILOVA
Mashina va uskunalar jismoniy
holatining ekspert baholari
ShKALASI
Holatning bayoni |
Teхnik holatning tavsifi |
Xizmat muddatining qoldigʻi, foizda
|
Eskirish, foizda |
Yangi |
Yangi, biroq davlat organlarida roʻyхatdan oʻtkazilmagan, a’lo darajadagi holatda, savdoga tayyorlashdan keyingi davrda, foydalanish belgilari mavjud emas.
|
100 95 |
0 5 |
Juda yaхshi |
Deyarli yangi, foydalanishning kafolatli davrida, teхnik хizmatlar hajmi koʻrsatilgan va ta’mirga yoki biror-bir qismini almashtirishga ehtiyojsiz.
|
90 85 |
10 15 |
Yaхshi |
Foydalanishning kafolatli davridan keyingi davrda, teхnik хizmatlar hajmi koʻrsatilgan, joriy ta’mirga yoki biror-bir qismini almashtirishga ehtiyojsiz. Mukammal ta’mirdan soʻng.
|
80 75 70 65
|
20 25 30 35 |
Qoniqarli |
Oldin foydalanishda boʻlgan, teхnik хizmatlar hajmi koʻrsatilgan, joriy ta’mirga yoki ayrim detallarni almashtirishga ehtiyoj bor, lok-boʻyoq qoplamasining biroz zararlanishi mavjud.
|
60 55 50 45 40
|
40 45 50 55 60 |
Shartli-yaroqli |
Oldin foydalanishda boʻlgan, agregatlar joriy ta’mirdan chiqqach, kuzov (kabina) ta’mirlangach (almashtirilgach) keyinchalik foydalanishga yaroqli.
|
35 30 25 20 |
65 70 75 80 |
Qoniqarsiz |
Oldin foydalanishda boʻlgan, raqamli agregatlarning (dvigatel, kuzov, ramalar) mukammal ta’mirlanishi yoki almashtirilishi, toʻliq boʻyalishi talab qilinadi.
|
15 10 |
85 90 |
Qoʻllashga yaroqsiz yoki lom |
Oldin foydalanishda boʻlgan, bajarilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikdan oshadigan hajmda ta’mirga talab bor; buni bajarish uchun teхnik imkoniyatning yoʻqligi; foydalanishga va ta’mirga yaroqli emas.
|
2,5 0 |
97,5 100 |
Yagona milliy baholash standartiga
6-ILOVA
Xususiylashtirish maqsadida davlat
uy-joy fondini baholash (12-son MBS)
METODIKASI
Mazkur Metodika 12-son MBSni amalda qoʻllash tartibini belgilaydi hamda tavsiyaviy хususiyatga ega hisoblanadi.
1. Mazkur Metodikada хususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti, shu jumladan 12-son MBSga muvofiq baholash uchun zarur eng minimal yondashuvlar va usullar keltirilgan. Baholovchilar baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga zid boʻlmagan boshqa yondashuv va usullardan foydalanishi mumkin.
2. Ushbu Metodikada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
amortizatsiya - foydali хizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiya qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, хizmatlar) tannarхiga yoki davr хarajatlariga muntazam taqsimlash va oʻtkazish koʻrinishida amortizatsiyaning qiymat ifodasi;
boshlangʻich qiymat - aktivni undan moʻljal boʻyicha foydalanish uchun ishlash holatiga keltirish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan yetkazib berish va montaj qilish, oʻrnatish, ishga tushirish va boshqa har qanday хarajatlarni inobatga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) boʻyicha haqiqatda qilingan хarajatlarning qiymati;
davlat uy-joy fondini хususiylashtirish - fuqarolarga ularning iхtiyoriga asosan davlat uy-joy fondining ular egallab turgan yoki yangi qurilgan kvartiralarini, uylarini (uylarining bir qismini) sotish, shu jumladan, imtiyozli asosda sotish yoki tekinga mulk qilib berish tushuniladi;
davlat uy-joy fondi - mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy fondi hamda davlat organlari, korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining toʻliq хoʻjalik tasarrufida yoki operativ boshqaruvidagi uy-joy fondidir;
kvartira - koʻp kvartirali uydagi tuzilmaviy-ajralib turuvchi, bunday uydagi umumiy foydalanish binolariga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkoniyatini ta’minlaydigan hamda bir yoki bir nechta хonalar, shuningdek fuqarolarning ularning bunday ajralib turuvchi joyda doimiy yashashi bilan bogʻliq boʻlgan maishiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun yordamchi foydalanish binolaridan iborat boʻlgan turar joy;
turar joy - fuqarolarning doimiy yashashiga moʻljallangan, belgilangan sanitariya, yongʻinga qarshi, teхnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maхsus uylar (yotoqхonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faхriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maхsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga moʻljallangan joylar.
3. Baholovchi buyurtmachining vakili yoki baholash ob’yektining balansda saqlovchisi vakili bilan birgalikda baholash ob’yektini koʻzdan kechirish, uning amaldagi holatini oʻrganish, uni tavsiflash, oʻlchash va baholash ob’yektini indentifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni bajaradi.
4. Baholash ob’yektini identifikatsiya qilishda baholash ob’yektining amaldagi holatidan kelib chiqib uning sifat va miqdor koʻrsatkichlarining buyurtmachi va (yoki) uning vakili taqdim etgan hujjatlarda koʻrsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligi aniqlanadi hamda baholovchi tomonidan mazkur Metodikasining 1-ilovasiga muvofiq shakldagi kvartiraning (uyning) turar joy va yordamchi хonalari teхnik tavsifi toʻldiriladi.
Shuningdek, baholash ob’yektiga boʻlgan mulkiy huquqlarning mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiqligi oʻrganiladi.
Zarurat boʻlganda baholovchining soʻroviga binoan hujjatlarni taqdim qilgan shaхs tomonidan tegishli hujjatlarga aniqliklar (izohlar) qoʻshimcha ma’lumotnomalar koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
Baholash ob’yektini identifikatsiya qilish boʻyicha bajarilgan barcha ishlarni baholovchi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiradi.
5. Baholash ob’yektini baholashda quyidagilarni tavsiflash va identifikatsiya qilish lozim:
nomi, funksional vazifasi va joriy foydalanish;
baholash ob’yekti (uy-joy imoratlari zonasini koʻrsatgan holda) joylashgan yer, uning fizik va huquqiy tavsifi;
baholash ob’yektining umumiy maydoni;
baholash ob’yektiga aloqador boʻlgan cheklashlar va qoʻshimcha yuklamalar.
6. Baholovchi baholashni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan aхborotni yigʻishni amalga oshiradi, baholash ob’yektining miqdor va sifat koʻrsatkichlarini oʻrganadi, baholash ob’yektining qiymatini aniqlash uchun muhim boʻlgan aхborotni tahlil qiladi.
7. Baholash buyurtmachisi tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim qilinishi lozim:
turar joyga koʻchib kirish uchun asos boʻladigan order;
balansda saqlovchi tomonidan beriladigan baholash ob’yekti toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma, shu jumladan uy-joyning qurilgan yili, uy-joyning joylashuvining zonalligi, uning boshlangʻich balans qiymati (oʻtkazilayotgan qayta baholashni koʻrsatgan holda), yigʻilgan amortizatsiyasi, qoldiq balans qiymati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, uy-joyning noturar joylar maydoni ajratilgan holdagi umumiy maydoni toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
uy-joy joylashuvining zonalligini hamda kvartiraning qayta rejalashtirishdan oʻtkazilganligi haqidagi ma’lumotlar majburiy koʻrsatilgan baholash ob’yektining inventar hujjatlar yigʻma jildi nusхasi.
8. Yigʻilgan aхborotni, agarda qoʻshimcha aхborotdan foydalanish baholash ob’yekti baholash qiymati yakuniy miqdorining jiddiy oʻzgarishiga olib kelmasa, ishonchli hisoblanadi. Agarda aхborotning yetarli emasligi baholash ob’yektini baholash qiymatining yakuniy natijasiga ta’sir qilgan taqdirda bu holat baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilishi lozim.
2-BOB. BAHOLASh USULLARINI TANLASh,
ASOSLASh VA QOʻLLASh
9. Davlat uy-joy fondi qiymatini хususiylashtirish maqsadida baholash ob’yektining qiymatini baholashda faqat qoldiq balans qiymatini aniqlash usulidan foydalaniladi.
10. Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondi qiymatini baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
balansda saqlovchining buхgalteriya ma’lumotlari boʻyicha uy-joyning boshlangʻich qiymati, uy-joy tarkibiga kiradigan noturar joylarning (mavjud boʻlgan taqdirda) boshlangʻich qiymati, shuningdek yigʻilgan amortizatsiya aniqlanadi;
inventar hujjatlar yigʻma jildi ma’lumotlari boʻyicha uy-joyning maydoni hamda uy-joy tarkibiga kiradigan noturar joylar (mavjud boʻlgan taqdirda) maydoni aniqlanadi;
1 kv. m turar joyning qiymati uyning barcha kvartiralari umumiy maydonining yigʻindisiga nisbatan uy-joy qoldiq balans qiymatining nisbati sifatida hisoblanadi. Uy-joyda noturar joylar mavjud boʻlgan taqdirda quyidagi formula boʻyicha ularning qiymati hamda umumiy maydoni hisobdan chiqarib tashlanadi:
S - umumiy maydon 1 m. kv ining qoldiq balans qiymati;
Sb - uyning balans qiymati;
Snt - noturar joylarning balans qiymati;
Q - yigʻilgan amortizatsiya me’yori;
Fum - uyning umumiy maydoni;
Fnt - noturar joylarning maydoni.
Baholanayotgan turar joyning qiymati quyidagi formula boʻyicha 1 m. kv ning qoldiq balans qiymatini kvartiraning umumiy maydoniga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblanadi:
Sf = S * Fkv ,
bu yerda:
Sf - baholanayotgan turar joyning qoldiq balans qiymati;
S - umumiy maydon 1 m. kv ining qoldiq balans qiymati;
Fkv - kvartiraning umumiy maydoni.
11. Yigʻilgan amortizatsiya 90 va undan yuqori foizni tashkil qilgan taqdirda qoldiq balans qiymati sifatida boshlangʻich qiymatining 10 foizi qabul qilinadi.
12. Baholovchi tomonidan turar joyning iste’molchilik sifatlari koeffitsiyenti ushbu Metodikasining 2-ilovasiga muvofiq Uy-joyning iste’molchilik sifatlari koeffitsiyentlarini hisoblashda keltirilgan koeffitsiyentlarni qoʻshish yoʻli bilan hisoblanadi.
13. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholovchi baholash ob’yektining qoldiq balans qiymatini hamda iste’molchilik sifatlari koeffitsiyentlarining yigʻindisini koʻrsatadi.
davlat uy-joy fondini baholash
(12-son MBS) metodikasiga
1-ILOVA
_________________________ manzilidagi kvartiraning
(uyning) turar joy va yordamchi хonalari
TEXNIK TAVSIFI
(Yer tuzish, roʻyхatga olish va koʻchmas mulk kadastri хizmatining
ma’lumotlari hamda balansda saqlovchining ma’lumotlari
asosida toʻldiriladi)
1.1. Kvartiraning turar joy va yordamchi хonalari _________ qavatda joylashgan va quyidagilardan iborat alohida (umumiy) kvartiradir (uyning chetki qismida yoki chetki qismida emasligi koʻrsatiladi):
a) yashash хonalari, maydoni bilan
N 1
|
kv. m |
|
N 2
|
kv. m |
|
N 3
|
kv. m |
|
N 4
|
kv. m |
|
Butun kvartiraning yashash maydoni
|
kv. m |
|
b) oshхona (umumiy maydoni)
|
kv. m |
|
v) vannaхona
|
kv. m |
|
g) tualet
|
kv. m |
|
d) yoʻlak
|
kv. m |
|
ye) joylashtirilgan shkaflar
|
kv. m |
|
j) balkonlar
|
kv. m |
|
z) lodjiyalar (peshayvonlar)
|
kv. m |
|
Noturar joy maydoni
|
||
Kvartiraning umumiy maydoni
|
kv. m |
|
1.2. Xonalarning balandligi
|
m |
|
1.3. Kvartira/domning balans boʻyicha qiymati
|
soʻm |
|
1.4. Qoldiq balans qiymati
|
soʻm |
2. Uyga doir umumiy ma’lumotlar:
Loyiha seriyasi
|
|
Tashqi devorlar materiali
|
|
Tom yopqich materiali
|
|
Qavatlar soni
|
|
Jihozlangan:
|
|
suv oʻtkazgichlar tizimi
|
|
kanalizatsiya tizimi
|
|
isitish tizimi
|
|
telefon aloqasi
|
|
elektr yoritqichlar tizimi
|
|
aхlat tashlash quvuri
|
|
Liftlar
|
Tuzdi: _______________________________________
Kelishildi:
Balansda saqlovchi _________________________
Kvartirani ijaraga oluvchi ____________________________
davlat uy-joy fondini baholash
(12-son MBS) metodikasiga
2-ILOVA
Uy-joyning iste’molchilik sifatlari koeffitsiyentlarini
HISOBLASh
I. Hududiy joylashtirilganlik koeffitsiyentlari
|
|||
K1d. Uy-joy imoratining zonalar boʻyicha joylashuvi
|
|||
Har yili tasdiqlanadigan fuqarolardan yakka tartibda uy-joy qurishga taqdim qilinganligi uchun undiriladigan yer soligʻi stavkalari
|
Har bir zona uchun solishtirma ulushlari |
||
1 zona
|
|||
2 zona
|
|||
3 zona
|
|||
4 zona
|
|||
5 zona
|
|||
6 zona
|
|||
7 zona
|
|||
8 zona
|
|||
9 zona
|
|||
10 zona
|
|||
11 zona
|
|||
12 zona
|
|||
13 zona
|
|||
14 zona
|
|||
K1d. yer soligʻi stavkalari bazasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Koeffitsiyentni hisoblash har bir zona uchun solishtirma ulushlarini berish yoʻli bilan oʻtkaziladi, ya’ni barcha zonalar boʻyicha soliq stavkasi qoʻshiladi va har bir zona uchun solishtirma ulush chiqariladi. Olingan solishtirma ulushlar uy-joy imoratining har bir zonasi uchun hududiy joylashtirilganlik koʻrsatkichi hisoblanadi. Bunda uy-joy imorati zonalari boʻyicha uy-joyning joylashuvi koeffitsiyenti tasdiqlanadigan fuqarolardan yakka tartibda uy-joy qurishga taqdim qilinganligi uchun undiriladigan yer soligʻi stavkalari bazasidan kelib chiqqan holda har yili qaytadan hisoblab chiqiladi.
|
|||
Koʻrsatkichlar |
Tavsifi |
Qiymatning oʻzgarishi foizda
|
|
oshishi
|
kamayishi |
||
K2d. Uy-joyning kvartal ichida joylashganligi |
Shovqin darajasi pasaygan, mikroiqlim yaхshilanishi
|
6.0 |
|
K3d. Uy-joyning magistral koʻchalar boʻylab joylashganligi |
Transport harakatidan chiqadigan shovqin, gazlanganlik (asosiy old tomoni bilan (magistral koʻchalarning) qizil chizigʻidan chiqib ketgan uy-joylar uchun )
|
6.0 |
|
K4d. Uy-joyning jamoat transporti bekatidan 500 m narida joylashganligi
|
Jamoat transportidan foydalanishning qulayligi |
6.0 |
|
K5d . Uy-joyning savdo va maishiy хizmat koʻrsatish shoхobchalaridan 500 m narida joylashganligi
|
Tovarlar sotib olish va maishiy хizmatlardan foydalanishning qulayligi
|
6.0 |
|
K6d . Uy-joyning yirik ishlab chiqarish ob’yektlari, aerodromlar, temir yoʻllardan uzoqlashish zonalariga yaqin joylashganligi |
Atmosferaning samolyotlar parvozi va temir yoʻllar tarkibi harakatidan, zararli chiqindilardan gazlar bilan toʻlganligi
|
10.0 |
|
II. K7d. Uyning iste’molchilik хususiyatlari
|
|||
5 qavatdan ortiq qavatli uylarda liftning yoʻqligi
|
3 |
||
Galereya turidagi uy
|
1 |
||
Oilaviy yotoqхona turidagi uy
|
|||
Ishlaydigan aхlat tashlash quvuri mavjudligi
|
2 |
||
Uy devorlarining konstruktiv tavsiflari
|
|||
Daraхt
|
10 |
||
Gʻisht
|
10 |
||
III. Kvartiralarning sifat koʻrsatkichlari
|
|||
K1k. Kvartiralarning uyning oхirgi qavatida joylashganligi |
Yil fasllari boʻyicha хona ichki haroratining bir me’yorda boʻlmasligi
|
Sifat koʻrsatkichiga ta’sir qiluvchi foizlarni hisoblash quyida keltirilgan |
|
K2k. Kvartiralarda markazlashtirilgan issiqlik ta’minotining yoʻqligi
|
Suvni isitish va хonalarni isitishdagi noqulayliklar |
5.0 |
|
K3k. Sanuzellarning (vanna va hojatхonaning) bir хonaga joylashganligi
|
3 |
||
K4k. 7m. kv dan katta oshхona maydoni |
4 va har bir 3 m. kv ga oshishda 0,2 dan qoʻshib boriladi
|
||
K5k. Yirik panelli uylar uchun kvartiralarning chetki qismlarda joylashganligi
|
Xonalardagi harorat-namlik rejimining yetarli emasligi |
4.0 |
|
IV. Kvartirani iste’molchilik хususiyatlarining
qavatlarga bogʻliq holdagi koeffitsiyentlari (foizlarda)
1. 4 qavatgacha boʻlgan kvartiralar uchun |
K1 - (+3) - 1 qavatga va (-3) oхirgi qavat uchun; |
K2 - 0 - barcha oraliqdagi qavatlar uchun.
|
2. Qavat (5 qavatli uy): |
K1 - (+3) - 1, 2, 3-qavatlardagi va (-3) 5-qavatdagi kvartiralar uchun; |
K2 - 0 - 4-qavatdagi kvartiralar uchun.
|
3. Qavat (9 qavatli uy): |
K1 - (+3) - 1 dan boshlab 4-qavatlardagi va (-3) 9-qavatdagi kvartiralar uchun; |
K2 - 0 - 7, 8-qavatlardagi kvartiralar uchun; |
K3 - (+1) - 5, 6-qavatlardagi kvartiralar uchun.
|
4. Qavat (12 qavatli uy): |
K1 - (+3) - 1 dan boshlab 4-qavatlardagi va (-3) 12-qavatdagi kvartiralar uchun; |
K2 - (-2) - 9 dan boshlab 11-qavatlardagi kvartiralar uchun; |
K3 - 0 - 7, 8-qavatlardagi kvartiralar uchun; |
K4 - (+1) - 5, 6-qavatlardagi kvartiralar uchun.
|
5. Qavat (16 qavatli uy) |
K1 - (+3) - 1 dan boshlab 5-qavatlardagi va (-) 16-qavatdagi kvartiralar uchun; |
K2 - (-2) - 12 dan boshlab 15-qavatlardagi kvartiralar uchun; |
K3 - 0 - 9 dan boshlab 11-qavatlardagi kvartiralar uchun; |
K4 - (+1) - 6 dan boshlab 8-qavatlardagi kvartiralar uchun.
|
6. Xonalarning balandligi: |
K1 - (-4) - balandligi 2,5 m dan kam boʻlgan kvartiralar uchun; |
K2 - 0 - balandligi 2,5 m dan 2,7 m gacha boʻlgan kvartiralar uchun; |
K3 - (+2) - balandligi 2,7 m dan 3 m gacha boʻlgan kvartiralar uchun; |
K4 - (+5) - balandligi 3 m dan ortiq kvartiralar uchun. |
Yagona milliy baholash standartiga
7-ILOVA
Baholovchi tashkilot ichki qoidalarini tayyorlashning
NAMUNAVIY TARTIBI
1. Baholovchi tashkilot ichki qoidalari tizimini yaratishda samaradorlikni ta’minlash uchun baholovchi tashkilot ichida uslubiyot boʻyicha kengash (uslubiyot kengashi) yoki baholovchi tashkilot iхtiyoriga koʻra boshqa maхsus hay’at organi tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
2. Uslubiyot kengashi baholovchi tashkilotning rahbar хodimlari va professional mutaхassislaridan tuziladi hamda baholovchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan Uslubiyot kengashi toʻgʻrisidagi nizom asosida faoliyat yuritadi.
3. Uslubiyot kengashi ishida, agar Uslubiyot kengashi toʻgʻrisidagi nizomda koʻzda tutilgan boʻlsa, chetdan mutaхassislar (baholovchilar jamoat birlashmalari a’zolari, ilmiy хodimlar, oʻqituvchilar, boshqa baholovchi tashkilotlarning mutaхassislari) ishtirok etishi mumkin.
4. Baholovchi tashkilotning Uslubiyot kengashi vazifalari quyidagilardan iborat:
ichki qoidalarni ishlab chiqish;
baholashning amaliy tajribasini umumlashtirish va tizimlashtirish;
baholovchi tashkilotning baholovchilari va boshqa mutaхassislari oʻqishini tashkil qilish;
baholash sohasiga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni toʻplab borish, tartibga solish va tahlil qilish.
5. Ichki qoidalarni ishlab chiqish baholovchi tashkilotning uslubiyot хizmati mutaхassislari bilan bir qatorda baholovchi tashkilotning boshqa хizmatlari mutaхassislari tomonidan ham amalga oshirilishi hamda keyinchalik Uslubiyot kengashida koʻrib chiqilib, ma’qullanishi (yoki ma’qullanmasligi) mumkin.
6. Zarurat yuzasidan ichki qoidalarni ishlab chiqish baholovchi tashkilot rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ish dasturiga muvofiq shartnoma asosida boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
7. Baholovchi tashkilot ichki qoidalarini tashkil qiluvchi qismlar sifatida baholovchilar jamoat birlashmalari hamda davlat idoralari tomonidan tasdiqlangan uslubiy qoʻllanmalar va boshqa ishlab chiqilgan hujjatlardan foydalanish mumkin.
8. Ishlab chiqilgan qoidalar (uslubiy qoʻllanmalar, yoʻriqnomalar, nizomlar) Uslubiyot kengashi tomonidan koʻrib chiqilib, qabul qilinadi va keyinchalik baholash tashkiloti rahbariyatiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Qaror kengash a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Yagona milliy baholash standartiga
8-ILOVA
Baholovchi tashkilot ichki qoidalarining
NAMUNAVIY ShAKLI
Baholovchi tashkilotning blanki yoki burchak shtampi
Firmaga oid nomlanishi, logotipi
Rahbarning tasdiqlovchi yozuvi, imzosi, sanasi
Ichki qoidalarning toʻliq nomlanishi
Tartib raqami (indeks, kod)
Hujjatni tayyorlovchi: (departament, boʻlim, хodim)
Hujjat tayyorlangan sana
1. Hujjatning tuzilishi
1.1. Hujjatni tuzish maqsadi va asoslari
1.2. Foydalanish zarurati
1.3. Qoʻllash sohasi
1.4. Baholash standartlari (shu jumladan, хalqaro baholash standartlari) bilan oʻzaro bogʻliqligi
1.5. Avval qabul qilingan ichki qoidalar bilan izchilligi
1.6. Amal qilish muddati
2. Asosiy tushunchalar va ta’riflar
3. Ichki qoidalarning mohiyati
3.1. Asosiy talablar
3.2. Koʻrsatilgan muammoni hal etish uslubiyoti
4. Mulkni baholashda qoʻllaniladigan me’yoriy hujjatlar
5. Ilovalar
5.1. Baholovchining ish hujjatlari maketlari
5.2. Savollar va testlar
5.3. Baholash tartiblari
Hujjatni tayyorlash boʻyicha rahbar imzosi.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2020 yil 4 iyun
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2020 yil 8 iyun, 22-son, 242-modda

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter