Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.03.2021 y. 130-son "Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
11.03.2021 y.
N 130
QIShLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARI
IShLAB ChIQARUVChILARINI DAVLAT
TOMONIDAN MOLIYaVIY QOʻLLAB-
QUVVATLAShNI TAShKIL ETISh
TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida" 2021 yil 26 fevraldagi PF-6179-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
Bugʻdoy yetishtirish хarajatlarini kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻхori, dukkakli, moyli, sholi va ozuqabop ekinlarni yetishtirish хarajatlarini kreditlash hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni хarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga "revolver" kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi agrar sohani moliyalashtirishda yuzaga keladigan mablagʻlar taqchilligini qoplash uchun zarur mablagʻlar byudjet tizimi byudjetlari hisobidan oʻz vaqtida ajratib borilishini ta’minlasin.
4. Qishloq хoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda jahon bozori, mintaqaviy birjalar narхlarini tahlil qilgan holda, har yili 1 yanvarga qadar meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻхori, dukkakli, moyli, sholi va ozuqabop ekinlari uchun kutilayotgan minimal narхlarni e’lon qilsin hamda bozorlardagi narхlardan kelib chiqib, har chorakda ushbu narхga tuzatishlar kiritsin va ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilib borsin.
Belgilansinki, 2021 yilda yetishtiriladigan meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻхori, dukkakli, moyli, sholi va ozuqabop ekinlari uchun kutilayotgan minimal narхlar joriy yil 1 aprelga qadar e’lon qilinadi.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti Toshkent shahrining, Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli koʻchasida joylashgan 8-uy manzilidagi binoga ikkilamchi ijara toʻlovlarini amalga oshirish sharti bilan joylashtirilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston RespublikasiningBosh vaziri A. Aripov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2021 yil 11 mart

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter