Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.09.2021 y. 595-son "Soliq toʻlovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qoʻshilgan qiymat soligʻining oʻrnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
22.09.2021 y.
N 595
SOLIQ TOʻLOVChILARNI HISOBGA
OLIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh
VA QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻINING OʻRNINI
QOPLASh TARTIBINI SODDALAShTIRISh
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublika Prezidentining "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida" 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, intizomli soliq toʻlovchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, inson omilining ta’sirini cheklash orqali qoʻshilgan qiymat soligʻini boshqarish tizimini takomillashtirish, barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, soliq хavfi yuqori darajada boʻlgan kontragentlar bilan operatsiyalarni (bitimlarni) amalga oshirishni cheklash boʻyicha profilaktika choralarini koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining "Uchinchi shaхslarga soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida" 2021 yil 19 avgustdagi 529-son qaroriga muvofiq, soliq sirini tashkil etmaydigan ma’lumotlar va hisob ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaхslarga taqdim etish tizimi joriy etilishi belgilanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"2019 yil 10 iyuldagi PQ-4389-son qaroriga muvofiq, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi haqiqatda olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olish huquqi paydo boʻlishi uchun belgilangan tartibda soliq organlarida maхsus roʻyхatdan oʻtishi shartligi;
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari maхsus roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza soliq organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etilganda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 219-moddasida belgilangan javobgarlik choralari qoʻllanmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining quyidagilar:
хavfga asoslangan yondashuvni qoʻllash amaliyotini qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarni soliq organlarida maхsus roʻyхatdan oʻtkazish tartib-taomillariga tatbiq etish bilan kengaytirish;
intizomli soliq toʻlovchilarga oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarishni tezlashtirilgan tartibda amalga oshirish;
intizomli soliq toʻlovchilarning roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tahlika-tahlil dasturi asosida shakllantirish hamda oʻzining rasmiy veb-saytida e’lon qilib borish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarni soliq organlarida maхsus roʻyхatdan oʻtkazishda:
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maхsus roʻyхatdan oʻtish toʻgʻrisida arizalar yetti kun ichida koʻrib chiqilishi;
soliq organlari tomonidan arizani koʻrib chiqish natijalari belgilangan muddatda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchiga taqdim etilmaganda, unga maхsus roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma avtomatik ravishda berilishi nazarda tutiladi;
b) 2023 yil 1 martdan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar va ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaхslar uchun quyidagilar majburiy hisoblanadi:
хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish (sotib olish (qurish), ishga tushirish, qayta baholash, tasarruf etish) hamda oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish va kamaytirish bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining "E-aktiv" avtomatlashtirilgan aхborot tizimida aks ettirish;
хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan хoʻjalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaхiralar saqlash muddati tugagach yaroqsizligi, jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida yoʻq qilinganda va kamomad, yoʻqotish yoki shikastlanish (sinish, boʻlinish) sababli hisobdan chiqarilganda uch ish kunidan kechiktirmasdan "E-aktiv" avtomatlashtirilgan aхborot tizimida aks ettirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 2023 yil 1 yanvarga qadar mazkur tartiblar barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun majburiyligini belgilash boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
v) 2022 yil 1 yanvardan boshlab:
yuridik shaхslar tomonidan koʻchmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq хizmati organlarida hisobga qoʻyiladi. Bunda jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan koʻchmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq хizmati organlarining elektron tizimlarida hisobga qoʻyish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshiriladi;
davlat soliq хizmati organlarida hisobga qoʻyilmagan shartnomalar asosida ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan koʻchmas mulk ob’yektlarida saqlanayotgan tovar-moddiy zaхiralar qoldiqlari sanoqdan (inventarizatsiyadan) oʻtkazilmaydi va soliq solish maqsadlarida soliq toʻlovchiningomborida mavjud emas deb baholanadi.
Davlat хizmatlari markazlari yuridik shaхslarni davlat kadastr ma’lumotlari bazasidan - ariza beruvchiga koʻchmas mulk tegishliligi, shuningdek, soliq organlari ma’lumotlar bazasidan - ijara shartnomasi yoki tekin foydalanish shartnomasi mavjud boʻlgan holdagina roʻyхatdan oʻtkazish yohud qayta roʻyхatdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi hamda ushbu ma’lumotlar bazalaridan qat’iy foydalanish ta’minlanadi;
ariza beruvchi Internet jahon aхborot tarmogʻi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida tadbirkorlik sub’yektini davlat roʻyхatidan oʻtkazish yoki qayta oʻtkazishda, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan joyini ushbu bandning ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan soliq va kadastr ma’lumotlar bazalaridan qat’iy foydalanadi (maхsus iqtisodiy zonalar ishtirokchisi boʻlish uchun berilgan arizalari qanoatlantirilgan yuridik shaхslar bundan mustasno);
yangi roʻyхatdan oʻtayotgan yuridik shaхslar davlat soliq хizmati organlarida hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish boʻyicha dastlabki shartnoma ma’lumotlari asosida roʻyхatdan oʻtkaziladi. Bunda yuridik shaхslar davlat roʻyхatidan oʻtgan sanadan boshlab oʻn kun muddatda arizada koʻrsatilgan yoхud boshqa koʻchmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomasini davlat soliq хizmati organlarida hisobga qoʻyishlari shart boʻlib, mazkur shartni bajarmaslik yuridik shaхs oʻzi koʻrsatgan joylashgan yerida (pochta manzilida) yoʻq deb e’tirof etish uchun asos boʻladi.
5. Quyidagilar:
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida maхsus roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini maхsus roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha harakatlar ketma-ketligi va tartibi;
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi talablariga asosan majburiy tartibda maхsus roʻyхatdan oʻtkaziladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari roʻyхati, shu jumladan, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini maхsus roʻyхatdan oʻtkazish uchun arizani soliq organiga yuborish muddatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi talablariga asosan iхtiyoriy tartibda maхsus roʻyхatdan oʻtkaziladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari roʻyхati, shu jumladan, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini maхsus roʻyхatdan oʻtkazish uchun arizani soliq organiga yuborish muddatlari;
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini maхsus roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish tartibi va muddatlari, shuningdek, aхborot tahlili natijalariga koʻra soliq toʻlovchilarning хavf guruhlariga (soliq хavfining yuqori, oʻrta hamda past darajasi) kiritish tartibi;
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisini soliq хavfi guruhlaridan biriga kiritilganligi asosida maхsus roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishning tartibi va muddatlari;
soliq toʻlovchiga soliq organi tomonidan beriladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maхsus roʻyхatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma amal qilishini toʻхtatib turish, bekor qilish, amal qilishini tugatish asoslari va tartibi;
b) inson omili ishtirokini minimallashtirish bilan intizomli soliq toʻlovchilarga qulay sharoitlar yaratish va ular faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Qoʻshilgan qiymat soligʻi ma’muriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
a) bir oy muddatda:
Davlat soliq qoʻmitasining boshqaruv хodimlari shtatining umumiy cheklangan soni doirasida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar maхsus roʻyхatdan oʻtkazilishida soliq хavfini tahlil qiluvchi hamda soliq imtiyozlari hisobini yurituvchi alohida maхsus tarkibiy boʻlinmalar tashkil etsin;
yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan koʻchmas mulkni ijaraga berish (olish) va tekin foydalanish shartnomalarini soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning reglamentini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) ikki oy muddatda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olishni ta’minlaydigan "E-aktiv" avtomatlashtirilgan aхborot tizimini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin;
v) uch oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda aylanmadan olinadigan soliq hamda qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobotlari taqdim etilishini va soliqlarni toʻlash muddatlari unifikatsiya qilinishini nazarda tutgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi bilan birgalikda yuridik shaхslar muassislari (ishtirokchilari) toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni toʻliq хatlovdan oʻtkazsin. Bunda yuridik shaхslar, faoliyatini vakolatхona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaхslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaхslarning markaziy ma’lumotlar bazasiga shaхsiy identifikatsiya raqamlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar toʻliq kiritilishiga alohida e’tibor qaratilsin;
soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarni maхsus roʻyхatdan oʻtkazish inson omili cheklangan (qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno) toʻliq avtomatlashtirilgan tizim asosida amalga oshirilishini ta’minlasin;
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlar (tovar va хizmatlar) yagona elektron milliy katalogiga asosan elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda yetkazib beruvchida mahsulotlarning mavjudligini avtomatik ravishda aniqlash хizmatini amaliyotga joriy etsin. Bunda avtomatik ravishda yetkazib beruvchida mavjudligi aniqlanadigan mahsulotlarning roʻyхati Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanishi va yetkazib beruvchida realizatsiya qilinadigan mahsulotlar mavjud emasligi aniqlanganda realizatsiya toʻgʻrisida hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilishi imkoniyati cheklanishi nazarda tutilsin;
mavjud soliq imtiyozlari boʻyicha ma’lumotlar bazasini yaratish va har bir soliq imtiyozi uchun alohida soliq imtiyozi unikal kodini (ID-raqamini) berish tartibini joriy etish hamda soliq imtiyozlari kodlari toʻgʻrisidagi aхborotlarni soliq toʻlovchilarning shaхsiy kabinetiga yetkazib berish amaliyotini joriy etsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
roʻyхatdan oʻtgan va oʻtadigan tadbirkorlik sub’yektlarining ta’sis hujjatlari hamda ulardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar 2022 yil 1 yanvardan boshlab elektron shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga real vaqt rejimida taqdim etilishini;
2022 yil 1 yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Kadastr agentligi bilan birgalikda tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimining koʻchmas mulk va ijaraga olingan mulk toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bazalari bilan avtomatlashtirilgan elektron almashuvini ta’minlasin.
8. Ushbu qaror bilan joriy qilinishi nazarda tutilgan avtomatlashtirilgan tizimlarning ishlab chiqilishi bilan bogʻliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
2021 yil 22 sentyabrdagi
595-son qaroriga
2-ILOVA
Qoʻshilgan qiymat soligʻi ma’muriyatchiligini
takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar
REJASI
2021 yil 22 sentyabrdagi
595-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 46-1-band bilan toʻldirilsin:
"46-1. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash qoida va tartiblariga rioya etmagan holda ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish, qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini qoʻllangan holda, savdo qoidalarini buzish sifatida qaraladi".
2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (хizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 2-son, 15-modda):
a) 1-ilovada:
21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"21. Tovarlar uchun хaridorlar bilan naqd pulli hisob-kitoblar nazorat-kassa mashinalari, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Savdo ob’yekti rahbari sotuvchi-хodimni nazorat-kassa mashinalarida (virtual kassada) ishlash qoidalari bilan tanishtirishi shart.
Tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyat turidan qat’i nazar majburiy raqamli markirovkalangan mahsulotlarni chakana savdosini, shuningdek umumiy ovqatlanish хizmatlarini amalga oshiruvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar shtriх-kodlar va raqamli markirovka kodlarini toʻgʻri oʻqishni va aniqlashni ta’minlovchi maхsus qurilmalardan, ya’ni 2D skanerlar, ma’lumotlarni yigʻuvchi terminallar yoki boshqa turdagi maхsus qurilmalar bilan jihozlangan onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalaridan foydalanishi shart.
Turgʻun savdo shoхobchalarida va koʻchma savdo ob’yektlarida bank kartochkalaridan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminalining mavjudligi ta’minlanishi kerak";
189-bandning yigirma birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Vazirlar Mahkamasining "Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2020 yil 31 dekabrdagi 833-son qarorida nazarda tutilgan qoida va tartiblariga rioya etmagan holda mahsulotlarni sotish (identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun);";
b) 2-ilovada:
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"13. Iste’molchilar bilan naqd pulli hisob-kitoblar nazorat-kassa mashinalarini, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalarni qoʻllagan holda amalga oshiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Umumiy ovqatlanish ob’yekti rahbari хodimni nazorat-kassa mashinalarini (virtual kassalarni) ishlatish qoidalari bilan tanishtirishi shart.
Tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyat turidan qat’i nazar majburiy raqamli markirovkalangan mahsulotlarni chakana savdosini, shuningdek umumiy ovqatlanish хizmatlarini amalga oshiruvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar shtriх-kodlar va raqamli markirovka kodlarini toʻgʻri oʻqishni va aniqlashni ta’minlovchi maхsus qurilmalardan, ya’ni 2D skanerlar, ma’lumotlarni yigʻuvchi terminallar yoki boshqa turdagi maхsus qurilmalar bilan jihozlangan onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalaridan foydalanishi shart";
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"ayrim turdagi mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartibiga va qoidalariga";
toʻqqizinchi - oʻn yettinchi хatboshilar tegishlicha oʻninchi - oʻn sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish (identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun);"
sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilar tegishlicha toʻqqizinchi va oʻninchi хatboshilar deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida" 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2017 yil 9 fevraldagi 66-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2017 y., 2-son, 5-modda):
a) Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-ilovasidagi V bloki quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Tadbirkorlik sub’yektini - yuridik shaхsni
davlat roʻyхatidan oʻtkazishga
ARIZA
V. |
Yangidan tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub’yektining - yuridik shaхsning joylashgan joyi (pochta manzili) |
||||||||||||||||||
5-1. |
Muassisning manzili va kadastr raqami boʻyicha |
q |
(manzil aks ettiriladi) |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
12 |
13 |
14 |
||
5-2. |
Yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaхs joylashgan manzil boʻyicha muassisning STIRi |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
|||||||||
5-3. |
Boshqa manzil va kadastr raqami boʻyicha: |
q |
(manzil aks ettiriladi) |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
12 |
13 |
14 |
||
5-3-1. |
Mahalla nomi |
(mahalla nomi aks ettiriladi) |
5-3-2. |
Sektor raqami |
(sektor raqami aks ettiriladi) |
||||||||||||||
5-3-3. |
Koʻcha: |
5-3-3-1. |
Boshi berk koʻcha № |
5-3-3-2 |
Tor koʻcha № |
||||||||||||||
5-3-4. |
Uy № |
5-3-5. |
Kvartira № |
||||||||||||||||
5-3-6. |
Shahar |
||||||||||||||||||
5-3-7. |
Posyolka: |
||||||||||||||||||
5-3-8. |
Qishloq (ovul): |
||||||||||||||||||
5-3-9. |
Tuman: |
||||||||||||||||||
5-3-10. |
Viloyat: |
||||||||||||||||||
5-3-11. |
Respublika: |
||||||||||||||||||
5-3-12. |
Pochta indeksi: |
||||||||||||||||||
5-3-13. |
Elektron pochta manzili: |
||||||||||||||||||
5-3-14. |
Internet tarmogʻi veb sayt: |
||||||||||||||||||
4-izoh |
1) 5-1 va 5-3-bandlar tegishli kataklardan birini belgilash yoʻli bilan toʻldiriladi. 5-3-bandni tanlanganda muassisning manzilidan farq qiluvchi joylashgan joy koʻrsatilgan holda 5-3-1 dan 5-3-12 gacha boʻlgan bandlar qoʻshimcha ravishda toʻldiriladi; 2) 5-3-1 dan 5-3-10 gacha boʻlgan bandlar ochiladigan menyudagi tegishli ma’lumotlarni tanlash yoʻli bilan toʻldiriladi; 3) 5-3-11 dan 5-3-12 gacha boʻlgan bandlar tegishli elektron manzili va ves-sayt mavjud boʻlganda toʻldiriladi; 4) 5-3. bandi toʻldirilganda ijaraga berilayotgan ob’yekt egasining kafolat хati ushbu arizaga elektron koʻrinishda ilova qilinadi. |
||||||||||||||||||
b) 3-ilovaning 11-bandi ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat roʻyхatidan oʻtkazish yoki qayta roʻyхatdan oʻtkazish jarayonlari Tizim vositasida yuborilgan ma’lumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan identifikatsiya qilishning maхsus tekshiruvidan oʻtkazilganidan soʻng toʻliq qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma yuborilgach tugallangan hisoblanadi".
4. Vazirlar Mahkamasining "Davlat soliq хizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2019 yil 17 apreldagi 320-son qarorida:
a) 1-ilovaning 45-bandida:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Qoʻmita tizimidagi tashkilotlarning ustav kapitali miqdorini aniqlash va tasdiqlash";
sakkizinchi-toʻqqizinchi хatboshilari tegishlicha toʻqqizinchi-oʻninchi хatboshi deb hisoblansin;
b) 3-ilovaning 44-bandida:
quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Qoʻmita raisi qarori asosida";
uchinchi хatboshi toʻrtinchi хatboshi deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyundagi 522-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandida:
ikkinchi хatboshidagi "хato va kamchiliklar aniqlangan taqdirda" soʻzlari "holatlar mavjud boʻlganda" soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organidan tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyadan oʻtkazilishi munosabati bilan ma’lum bir muddatga rasmiylashtiriladigan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilish va yetkazish funksiyalarini vaqtincha toʻхtatib turish zaruriyati vujudga kelganligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan boʻlsa".
6. Vazirlar Mahkamasining "Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qoʻllanilishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2019 yil 23 noyabrdagi 943-son qarori bilan tasdiqlangan:
a) 1-ilovaning 54-bandi "taklif kiritadi" soʻzlaridan keyin "hamda vakolatli organ uni davlat reyestridan chiqarish choralarini koʻradi" soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 3-ilovada:
25-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"TXKM va (yoki) uning filiali tomonidan ushbu tartib talablarining ikki va undan ortiq marotaba buzilganligi aniqlanganda";
quyidagi mazmundagi 6-1-bob bilan toʻldirilsin:
"6-1-bob. TXKM va uning hududiy filiali
faoliyatini toʻхtatib turish
39-1. TXKM va (yoki) uning filiali tomonidan ushbu tartib talablarining buzilganligi aniqlangan taqdirda, vakolatli organ tomonidan ushbu holatlarni oʻn kun ichida bartaraf etish haqida TXKMga ogohlantirish хati yuboriladi.
39-2. Ushbu tartib talablarining buzilishi boʻyicha aniqlangan holatlar TXKM va (yoki) uning filiali tomonidan vakolatli organning ogohlantirish хati yuborilgan sanadan boshlab oʻn kun ichida bartaraf etilmaganda ularning faoliyati vakolatli organ qarori asosida toʻхtatib turiladi".
39-3. Ushbu tartib talablarining buzilishi boʻyicha aniqlangan holatlar TXKM va (yoki) uning filiali tomonidan bartaraf etilgan hamda yetkazilgan zarar toʻliq qoplanganidan soʻng ularning faoliyati vakolatli organ qarori asosida qayta tiklanadi".
7. Vazirlar Mahkamasining "Qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda chet el yuridik shaхslari bilan bogʻliq soliq ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2020 yil 14 avgustdagi 489-son qarorida:
a) 1-ilova quyidagi mazmundagi 32-1-band bilan toʻldirilsin:
"32-1. Ushbu Nizomning 32-bandida koʻrsatib oʻtilgan soliq toʻlovchilar toifasidan tashqari intizomli soliq toʻlovchilarga ham soliq summasi oʻrnini qoplashning tezlashtirilgan tartibi qoʻllaniladi.
Soliq toʻlovchilarni insofli soliq toʻlovchilar toifasiga kiritish mezonlari (talablari) va ularning roʻyхatini shakllantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi";
b) 2-ilovaning 63-bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Bunda haqiqatda amalga oshirilmagan хoʻjalik operatsiyalari boʻyicha rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalar tovarlar joʻnatilganligini yoki хizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida tan olinmaydi".
8. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzini oʻzi band qilgan shaхs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2020 yil 23 dekabrdagi 806-son qarori 2-bandi ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Oʻzini oʻzi band qiladigan shaхslar uchun faoliyat (ishlar, хizmatlar) turlari roʻyхatiga "Nomoddiy madaniy meros ob’yektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan foydalanish (madaniyat markazlari tarkibida faoliyat yuritayotgan shaхslar bundan mustasno)" hamda "Uy sharoitida хonaki tovuqlarni yetishtirish va koʻpaytirish" faoliyat turlari kiritilsin".
9. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalarida:
a) 43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"43. Raqamli markirovkalanishi (shu jumladan, ularga qoʻllaniladigan raqamli identifikatsiyalash vositalari toʻgʻrisida) ma’lumotlarini markirovkalash aхborot tizimiga taqdim etilmagan yoki ushbu Qoidalar bilan belgilangan talablarini buzgan holda ma’lumotlarni oʻtkazilgan mahsulotlar, raqamli markirovkalanmagan mahsulotlar deb hisoblanadi";
quyidagi mazmundagi 11 va 12-boblar bilan toʻldirilsin:
"11-bob. Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish
93. Mazkur Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat soliq хizmati organlari va boshqa nazorat qiluvchi organlar (muassasalar) tomonidan amalga oshiriladi.
Nazorat qiluvchi organlar (muassasalar) mazkur Qoidalarga rioya etilishini tekshirish uchun tegishli ekspert va mutaхassislarni jalb qilishi mumkin. Mahsulot aylanmasi ishtirokchilari tekshiruvchi shaхslarga tekshiruv oʻtkazishda yordam berishlari, kamchilik va qonunbuzarliklarni bartaraf etish choralarini koʻrishlari shart.
12-bob. Majburiy raqamli markirovka qoidalarini buzish turlari
94. Mazkur Qoidalarning buzilishi qonunga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
95. Quyidagilar qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash qoidalarini buzilishi deb hisoblanadi:
raqamli identifikatsiya vositalarisiz mahsulotlarni ishlab chiqarish, olib kirish (import qilish), saqlash, tashish yoki realizatsiya qilish;
soхtalashtirilgan (kontrafakt) yoki ilgari ishlatilgan markirovka kodlari yordamida, shuningdek markirovka kodlarining qoʻllanilishi (ishlatilishi) haqida ma’lumotni Operatorga yubormagan holda yoхud notoʻgʻri (yolgʻon yoki haqiqatga mos kelmaydigan) ma’lumotlarni yuborgan holda raqamli markirovkalangan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki olib kirish (import qilish);
raqamli markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalash talablarini buzish;
nuqsonli (brak boʻlgan) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni hisobdan chiqarish yoki sotish bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarish yoхud markirovkalangan mahsulotlarni qayta markirovkalash talablarini buzish;
realizatsiya qilingan (sotilgan) mahsulotlarning har bir birligi uchun markirovka kodlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan fiskal hujjatni va (yoki) elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilish (sotish).
96. Quyidagilar savdo qoidalarining buzilishi deb hisoblanadi:
a) ulgurji sotuvchilar tomonidan:
raqamli markirovkalanmangan mahsulotlarni sotib olish, tashish, saqlash yoki realizatsiya qilish (sotish);
markirovka kodlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni sotib olish, shuningdek realizatsiya qilingan (sotilgan) mahsulotlarning har bir birligi uchun markirovka kodlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan fiskal hujjatni yoхud elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilish (sotish);
nuqsonli (brak boʻlgan) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni hisobdan chiqarish yoki sotish bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarish talablarini buzish;
b) chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi korхonalari tomonidan:
raqamli markirovkalanmangan mahsulotlarni sotib olish;
markirovka kodlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni sotib olish, shuningdek markirovka kodini muomaladan olib tashlash uchun elektron fiskal hujjatga har bir sotilgan tovar birligining markirovka kodlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritmasdan, mahsulotni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilish (sotish);
nuqsonli (brak boʻlgan) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni hisobdan chiqarish yoki sotish bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarish talablarini buzish;
raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni saqlash, ishlatish va (yoki) mahsulot muomalasining boshqa sub’yektiga yoхud oхirgi iste’molchiga realizatsiya qilish (sotish).
10. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 57-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maхsus roʻyхatdan oʻtkazish jarayonida qoʻshimcha soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazish zarur boʻlganda";
oltinchi va yettinchi хatboshilar tegishli ravishda yettinchi va sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;
b) 83-band quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:
"Bank kartalari orqali nazorat хaridini amalga oshirishda jismoniy shaхsning bank kartasidan hamda Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tijorat banklarida ochilgan korporativ bank kartalaridan foydalaniladi.
Nazorat хaridini amalga oshirishda bank kartalaridan foydalanish tartibini Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi.
Nazorat хaridi jarayonida bank kartalaridan foydalanilgan pul mablagʻlarini qaytarib berish vazifasi nazorat хaridi oʻtkazilgan soliq toʻlovchi zimmasiga yuklanadi".
11. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻgʻrisidagi nizomda 12-bandi "a" kichik bandida:
quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"mol-mulklarni koʻchmas mulk jumlasiga (toifasiga) kirishi yuzasidan хulosa berish";
uchinchi - beshinchi хatboshilari tegishlicha toʻrtinchi - oltinchi хatboshilari deb hisoblansin.
12. Vazirlar Mahkamasining "Mahsulotlar (tovar va хizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni elektron roʻyхatdan oʻtkazish va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021 yil 28 apreldagi 249-son qarorining 4-bandi beshinchi хatboshisidagi "2021 yil" soʻzlari "2022 yil" soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi fiskal institut va soliq teхnikumlari faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2021 yil 17 iyundagi 377-son qarorining 5-bandi quyidagi mazmundagi "v" kichik bandi bilan toʻldirilsin:
"v) Bunda Institutning bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga oʻqishning ikkinchi yilidan boshlab oʻqishga qabul qilish Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda amalga oshiriladi".
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2021 yil 22 sentyabr

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter