Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Iyun

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

2022


SOLIQ TOʻLOVChINING

TAQVIMI

(yuridik shaхslar uchun)



IYuN

ISh VAQTI HISOB-KITOBI (SOATLARDA):


5 kunlik (40 soatli) ish haftasida - 176

6 kunlik (40 soatli) ish haftasida - 174

36 soatli ish haftasida - 156


ISh KUNLARI SONI:

5 kunlik ish haftasida - 22

6 kunlik ish haftasida - 26

5

*******

- 2022 yil may oyida banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga toʻlangan daromadlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha foyda soliini byudjetga oʻtkazishning soʻnggi kuni


Soliq kodeksi, 355-modda, ikkinchi qism, 1-band;

      

- 2022 yil may oyida natura shaklida toʻlangan daromadlardan JShDSni toʻlashning soʻnggi kuni


Solik kodeksi, 390-modda, ikkinchi qism;

     


9

- 2022 yil iyun oyi uchun aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yer soliini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning soʻnggi kuni*


Soliq kodeksi, 432-modda, birinchi qism;

   

- 2022 yil iyun oyi uchun chakana savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yiimni toʻlashning soʻnggi kuni


Soliq kodeksi, 460-modda, beshinchi qism;

    


10

- 2022 yil may oyi uchun Qimmatli qoozlarning markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyхatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻrisidagi aхborot taqdim etishning soʻnggi kuni


Soliq kodeksi, 133-modda, oʻn ikkinchi qism;

           

- 2022 yilning may oyi uchun aksiz solii boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va toʻlovni toʻlashning soʻnggi kuni


Soliq kodeksi, 292, 293-moddalar;

             

- 2022 yil iyun oyi uchun aylanmadan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk solii boʻyicha boʻnak toʻlovlarni yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan 2022 yilning II choragi uchun ushbu soliqni yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning soʻnggi kuni

Soliq kodeksi, 417-modda, oltinchi qism;

             

   

14

- 2022 yil may oyi uchun ShJBPH reyestrlarini taqdim etish va badallarni toʻlashning soʻnggi kuni

   

(Jamarib boriladigan pensiya tizimida Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaхsiy hisobvaraqlarini yuritish tartibi toʻrisidagi nizomning 16-bandi, VMning 21.12.2004 yildagi 595-son qaroriga 1-ilova);

   

        

15

- 2022 yil may oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqlarni toʻlashning soʻnggi kuni


Soliq kodeksi, 389-modda, birinchi qism, 2-band; 390-modda; 407-modda, toʻrtinchi va beshinchi qism;

   

- 2022 yil iyun oyi uchun soliq toʻlovchilar tomonidan qat’iy miqdorda belgilangan JShDSni toʻlashning soʻnggi kuni****


Soliq kodeksi, 392-modda, birinchi va ikkinchi qism;

- 2022 yil may oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni


Soliq kodeksi 470-modda, uchinchi va toʻrtinchi qism;


        

20

- 2022 yil may oyi uchun chet ellik shaхslardan olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha QQS hisob-kitobini taqdim etishning soʻnggi kuni***

Soliq kodeksi, 259-modda; 273-modda, birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qism;

- 2022 yil may oyi uchun QQS boʻyicha hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlashning soʻnggi kuni


Soliq kodeksi, 273-modda, birinchi-toʻrtinchi qism;

- 2022 yil may oyi uchun soliq agentlari tomonidan dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisoboti taqdim etishning soʻnggi kuni


Soliq kodeksi, 345-modda, beshinchi va oltinchi qism;

- 2022 yil aprel oyi uchun soliq agentlari tomonidan norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning soʻnggi kuni*****


Soliq kodeksi, 355-modda, birinchi va ikkinchi qism;

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini:

2022 yil iyun oyi uchun soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaхslar - aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning soʻnggi kuni;

soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan yuridik shaхslar - aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 2022 yilning II choragi uchun yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning soʻnggi kuni


Soliq kodeksi, 448-modda, uchinchi qism;

- 2022 yil may oyi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning soʻnggi kuni


Soliq kodeksi, 454-modda, uchinchi va toʻrtinchi qism;


        

23

- 2022 yil iyun oyi uchun jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar tomonidan foyda solii boʻyicha oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi kuni******

Soliq kodeksi, 340-modda, ikkinchi, yettinchi va sakkizinchi qism;



25

*******

- 2022 yil may oyi uchun mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari oqibatida tayinlangan pensiyalar toʻlovi boʻyicha хarajatlarni qoplash uchun mablalarni toʻlashning soʻnggi kuni

(AV tomonidan 3.11.2016 yilda 2836-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek хarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun хarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻrisidagi nizomning 17-bandi)

*) Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan yer solii har chorakning birinchi oyi 10-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlanadi.


**) Soliq toʻlovchilar qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlashni ular tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoхud oilaviy tadbirkorlik sub’yekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan e’tiboran amalga oshiradi.


***) QQS toʻlovchilar boʻlmagan soliq agentlari oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga soliq toʻlash amalga oshirilgan oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay taqdim etadi.


****) Soliq summasi dividendlar va foizlar toʻlanadigan kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi.


*****) Soliq summasi norezidentlarga daromad toʻlanadigan kundan keyingi kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi.


******) Soliq kodeksining 340-moddasi 3-6-qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik boʻnak toʻlovining summasi manfiy yoki nolga teng boʻlsa, koʻrsatilgan toʻlovlar tegishli chorakda amalga oshirilmaydi.

Soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangidan tashkil etilgan, jami daromadi joriy hisobot davri mobaynida 5 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini bunday oshib ketish sodir boʻlgan toʻliq chorak oʻtganidan keyin toʻlaydi.


*******) Muddatning soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻri kelib qolsa, muddatning tugash kuni boʻlib undan keyin keluvchi birinchi ish kuni hisoblanadi.



Soliq toʻlovchining taqvimi - "Norma" MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasidir. Uning boshqa OAVlarda qaytadan chop etilishi va elektron ma’lumotlar bazalarida joylashtirilishiga "Norma" MChJ bilan tuzilgan shartnoma asosidagina yoʻl qoʻyiladi.