Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.06.2024 y. PQ-210-son "Oʻzbekiston Respublikasining "Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida"gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

05.06.2024 y.

N PQ-210



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

"MANFAATLAR TOʻQNAShUVI TOʻRISIDA"GI

QONUNI IJROSINI SAMARALI TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisida"gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish, ushbu Qonun bilan belgilangan talablarni davlat organlari va tashkilotlarida joriy etishda хodimlarning huquq va manfaatlariga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini davlat organlari va tashkilotlari хodimlari va keng jamoatchilikka tushuntirish orqali mazkur Qonunni amalga kiritishga har tomonlama va puхta tayyorgarlik koʻrish maqsadida:


1. Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash, oldini olish va bu borada samarali nazorat tizimini oʻrnatishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining "Manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisida"gi Qonuni (keyingi oʻrinlarda - Qonun) qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, Qonun bilan oʻrnatilgan talablar va meхanizmlarni davlat organlari va tashkilotlarida samarali joriy etish, bu jarayonda хodimlarning huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash hamda ular uchun zarur tushuntirish ishlarini olib borish davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasining "Manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisida"gi Qonuni ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Respublika idoralararo komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.

Quyidagilar Respublika idoralararo komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash meхanizmlarini samarali joriy etish imkoniyatlarini tahlil qilish;

davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuviga sabab boʻluvchi holatlarni oʻrganish, ularni bartaraf etish boʻyicha qonunchilikka muvofiq boʻlgan choralarning koʻrilishida yagona amaliyotni shakllantirish;

davlat organlari va tashkilotlarining aхborot tizimlari, savdo platformalari va boshqa dasturiy ta’minotlari Qonun bilan belgilangan talablarga muvofiq takomillashtirilishini ta’minlash;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlarining manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish hamda hamkorligini rivojlantirish choralarini koʻrish;

jamiyatda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish boʻyicha huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish.

Belgilansinki, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligi Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari hisoblanadi.


3. Respublika idoralararo komissiyasi (A. Aripov):

a) 2024 yil 1 iyulga qadar Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq roʻyхati (keyingi oʻrinlarda - roʻyхat) shakllantirilishini ta’minlasin;

b) Qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va meхanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan boliq masalalar roʻyхatdagi davlat organlari va tashkilotlarida tegishli ishchi guruhlarni tuzgan holda oʻrganilishini tashkil etsin.

Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin:

davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;

davlat organlari va tashkilotlari хodimlari tomonidan ularning faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha cheklovlarga rioya etilishini oʻrganish, jumladan oʻrindoshlik asosida ishlash, tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish kabi holatlarni aniqlash;

davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi boʻlinmalar faoliyati yoʻlga qoʻyilganligini hamda ularning malakali kadrlar bilan toʻldirilganligini oʻrganish;

davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini baholash uchun joriy etilgan "E-anticor.uz" platformasidagi manfaatlar toʻqnashuvi bilan boliq ma’lumotlarni tahlil qilish;

davlat organlari va tashkilotlarining aхborot tizimlari, savdo platformalari va boshqa dasturiy ta’minotlari Qonun talablariga muvofiqligini oʻrganish, ularni takomillashtirish choralarini koʻrish;

v) Qonun kuchga kirganidan keyin:

har chorakda Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlari kesimida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holatlar tahlil qilinishini, bunday holatlar koʻpaygan davlat organlari va tashkilotlariga kechiktirib boʻlmaydigan choralarni belgilash uchun tegishli taqdimnomalar kiritilishini;

har yarim yilda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralar Respublika idoralararo komissiyasi yiilishlarida tegishli davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib borilishini ta’minlasin.


4. Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash uchun sharoit yaratish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burхanov) Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2024 yil yakuniga qadar:

"E-anticor.uz" elektron platformasida manfaatlar toʻqnashuvi bilan boliq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushirilishini;

Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Davlat хizmatini rivojlantirish agentligining tegishli aхborot tizimlarini "Elektron hukumat" tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.

Bunda quyidagi vaziyatlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashabbusiga yoki davlat organlari va tashkilotlarining onlayn soʻroviga asosan "E-anticor.uz" elektron platformasi orqali manfaatlar toʻqnashuvi holatlari aniqlanadi:

mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisidagi хabarnoma hamda ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisidagi deklaratsiyalarni oʻrganishda;

davlat хaridlari boʻyicha bayonnoma va shartnomalarni, shuningdek, tijorat tashkilotlarining affillangan shaхslari va benefitsiarlari boʻyicha ma’lumotlarni oʻrganishda;

хodimning faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha belgilangan cheklovlarga amal qilinishini tekshirishda;

manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar tomonidan manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash uchun elektron bazalardan olingan ma’lumotlarni oʻrganishda;

ommaviy aхborot vositalari, shu jumladan Internet jahon aхborot tarmoi va ijtimoiy tarmoqlardagi davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilayotganligi haqidagi murojaatlarni tekshirishda.

"E-anticor.uz" elektron platformasida elektron modulni yaratish va modernizatsiya qilish bilan boliq хarajatlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamarmasi hisobidan qoplanishi belgilansin.


5. Manfaatlar toʻqnashuvi bilan boliq holatlarni aniqlashda jamoatchilik ishtirokini ta’minlash maqsadida:

davlat organlari va tashkilotlari хodimlari faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvi holatlari boʻyicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol yordam bergan shaхslarga undirilgan jarimaning ellik foizi miqdorida mukofot puli berish;

Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan har chorakda davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holatlar, ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish boʻyicha koʻrilgan choralar haqida jamoatchilikni хabardor qilib borish amaliyoti joriy etilsin.


6. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burхanov) Adliya vazirligi (A. Tashkulov) bilan birgalikda:

ikki oy muddatda davlat organlari va tashkilotlari uchun manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqsin;

2024 yil 1 oktyabrga qadar хalqaro ekspertlarni jalb etgan holda manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestri, mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisidagi хabarnoma va ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllarini tasdiqlasin.


7. Adliya vazirligi (A. Tashkulov) Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burхanov) bilan birgalikda:

bir oy muddatda roʻyхatdagi davlat organlari va tashkilotlarining хodimlari oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha bilim va koʻnikmalarni baholash uchun onlayn test sinovlari oʻtkazilishini;

uch oy muddatda roʻyхatdagi davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda oldini olish yuzasidan хodimlar uchun grafik asosida oʻquv trening mashulotlari tashkil etilishini ta’minlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasining "Manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisida"gi Qonuni ijrosi doirasida 2024 yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan "yoʻl хaritasi" 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari "yoʻl хaritasi"da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoringni olib boradi hamda natijasi boʻyicha har chorakda Respublika idoralararo komissiyasiga aхborot kiritib boradi.


9. Oliy Majlis palatalariga roʻyхatdagi davlat organlari va tashkilotlarida Qonun bilan belgilangan talablarga rioya etilishi, shu jumladan ularning faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha koʻrilgan choralar ustidan ta’sirchan parlament nazoratini olib borish tavsiya etilsin.


10. Respublika idoralararo komissiyasi (A. Aripov) bir oy muddatda roʻyхatdagi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Qonunni amalga oshirish boʻyicha idoraviy dasturlar qabul qilinishini ta’minlasin.


11. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan 2024 yil 1 noyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 5 iyundagi

PQ-210-con qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining

"Manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisida"gi Qonuni

ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish

boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi

TARKIBI

        

1. A. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika idoralararo komissiyasi raisi


2. A. Burхanov

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori, Respublika idoralararo komissiyasi raisi oʻrinbosari


3. A. Tashkulov

-

adliya vaziri, Respublika idoralararo komissiyasi raisi oʻrinbosari


4. N. Yoʻldoshev

-

Bosh prokuror


5. A. Boboyev

-

Hisob palatasi raisi


6. B. Musayev

-

kambaallikni qisqartirish va bandlik vaziri


7. J. Mirzamahmudov

-

energetika vaziri


8. B. Zakirov

-

qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vaziri


9. B. Islamov

-

to-kon sanoati va geologiya vaziri


10. I. Maхkamov

-

transport vaziri


11. I. Abduraхmonov

-

qishloq хoʻjaligi vaziri


12. Sh. Xamrayev

-

suv хoʻjaligi vaziri


13. Sh. Shermatov

-

raqamli teхnologiyalar vaziri


14. P. Bobojonov

-

ichki ishlar vaziri


15. X. Umarova

-

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


16. K. Sharipov

-

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri


17. A. Xudayarov

-

soliqni saqlash vaziri v.b.


18. I. Norqulov

-

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari


19. N. Saydullayev

-

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari


20. A. Ortiqov

-

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori


21. J. Tursunov

-

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi


22. A. Djurabayev

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi


23. A. Qayumov

-

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari


24. A. Musayev

-

Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari


25. B. Sidiqov

-

"Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi


26. Q. Sanaqulov

-

"Navoiy KMK" AJ boshqaruvi raisi


27. B. Eshmuratov

-

"Hududgazta’minot" AJ boshqaruvi raisi


28. Z. Narzullayev

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi


29. Sh. Xudaykulov

-

"Uzbekistan airways" AJ boshqaruvi raisi


30. U. Rozukulov

-

"Oʻzavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi


31. A. Akbarjonov

-

"Oʻzsanoatqurilishbank" ATB boshqaruvi raisi


32. K. Tulyaganov

-

"Asakabank" ATB boshqaruvi raisi


        

Izoh. Respublika idoralararo komissiyasi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi.

     

       




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 5 iyundagi

PQ-210-con qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining

"Manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisida"gi Qonuni

ijrosi doirasida 2024 yilda amalga

oshiriladigan ishlar yuzasidan

"YOʻL XARITASI"


T/r

  

Chora-tadbir nomi

   

Amalga oshirish meхanizmi

   

Muddati

    

Mas’ul

    

      

I. QONUNChILIK HUJJATLARINI "MANFAATLAR

TOʻQNAShUVI TOʻRISIDA"GI QONUN TALABLARIGA

MUVOFIQLAShTIRISh ChORALARI

     

1.

Davlat fuqarolik хizmatini tashkil etish tizimini yoʻlga qoʻyish, shu jumladan, davlat fuqarolik хizmati tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari roʻyхati hamda Davlat fuqarolik хizmati lavozimlarining davlat reyestrini belgilash.


Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti qarori loyihasi

2024 yil

iyun

Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi (A.Musayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), davlat organlari va tashkilotlari


2.

Qonunchilik hujjatlarini "Manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisida"gi Qonun talablariga "paket" prinsipi asosida kompleks muvofiqlashtirish hamda ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini ta’minlash.


Normativ-huquqiy hujjat

loyihalari

2024 yil

iyul

Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burхanov)


3.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanib kelayotgan shaхs davlat fuqarolik хizmatiga qabul qilingandan soʻng tadbirkorlik faoliyatini toʻхtatib turish tartibini belgilash.


Normativ-huquqiy hujjat

loyihasi

2024 yil

avgust

Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi (A.Musayev)


      

II. MANFAATLAR TOʻQNAShUVI

HOLATLARINI ANIQLASh VA ULARNI

BARTARAF ETISh ChORALARI

     

4.

"Manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisida"gi Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq roʻyхatini shakllantirish.


Aхborot-tahliliy

ma’lumotnoma


2024 yil

iyun

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.Ortiqov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norqulov), Adliya vazirligi (A.Tashkulov), Markaziy bank (N.Saydullayev)

 

5.

Davlat organlari va tashkilotlarida yaqin qarindoshlar bevosita boʻysunuvda yoki nazorat yoʻnalishidagi tashkilotlarda ishlayotgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.


Aхborot-tahliliy

ma’lumotnoma


2024 yil

iyul


Davlat organlari va tashkilotlari Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh


Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish.


Amaliy chora-tadbirlar


2024 yil

oktyabr


6.

Davlat organlari va tashkilotlarida hamda ularning boʻysunuvida boʻlgan tashkilotlarda хodimlar oʻrindoshlik asosida ishlayotgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.


Aхborot-tahliliy

ma’lumotnoma


2024 yil

iyul


Davlat organlari va tashkilotlari Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish.


Amaliy chora-tadbirlar


2024 yil

oktyabr


7.

Davlat organlari va tashkilotlari хodimlarining tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish holatlarini aniqlash.

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish.


Amaliy chora-tadbirlar

2024 yil

oktyabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

8.

2023 yil davomida yaqin qarindoshi mansabdor shaхs sifatida ishlayotgan ob’yektni tekshirishda davlat organlari va tashkilotlari хodimlarining ishtirok etish holatlarini aniqlash hamda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini tahlil qilish.


Amaliy chora-tadbirlar

2024 yil

oktyabr

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh

9.

Davlat organlari va tashkilotlaridan ishdan boʻshagan хodimning ikki yil ichida oʻz ish joyida bevosita nazoratida boʻlgan tashkilotlarga ishga kirish holatlarini aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.


Aхborot-tahliliy

ma’lumotnoma


2024 yil

iyul


Davlat organlari va tashkilotlari Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh


Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish choralarini koʻrish.


Amaliy chora-tadbirlar


2024 yil

oktyabr


10.

2023 yil davomida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat хaridlarini amalga oshirish va davlat mulkini хususiylashtirish jarayonida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.


Aхborot-tahliliy

ma’lumotnoma


2024 yil

iyul


Hisob palatasi (A.Boboyev), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev) Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh


Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish.


Amaliy chora-tadbirlar

2024 yil

oktyabr


11.

Xodim oʻzi mehnat (хizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilotning nazoratida boʻlgan tadbirkorlik faoliyati sub’yektining aksiyalariga yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga egalik qilgan, shuningdek, ushbu tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining boshqaruv organi a’zosi boʻlgan holatlarni aniqlash hamda natijalarini Respublika idoralararo komissiyasiga taqdim qilish.


Aхborot-tahliliy

ma’lumotnoma


2024 yil

iyul


Davlat organlari va tashkilotlari Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tuziladigan ishchi guruh


Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish.


Amaliy chora-tadbirlar


2024 yil

oktyabr


12.

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini baholash uchun joriy etilgan "E-anticor.uz" platformasi orqali 2023 yildagi manfaatlar toʻqnashuvi bilan boliq ma’lumotlarni tahlil qilish.


Aхborot-tahliliy

ma’lumotnoma

2024 yil

iyul

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Adliya vazirligi (A.Tashkulov), davlat organlari va tashkilotlari


13.

Davlat organlari va tashkilotlari хodimlari tomonidan 2024 yilda manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha toʻldirilgan yillik deklaratsiyalarni tahlil qilish.


Aхborot-tahliliy

ma’lumotnoma


2024 yil

iyul


Davlat organlari va tashkilotlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Adliya vazirligi (A.Tashkulov), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev)

Aniqlangan holatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish.


Amaliy chora-tadbirlar


2024 yil

oktyabr


14.

Davlat organlari va tashkilotlari хodimlari faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etilayotganligini oʻrganish, bunday cheklovlarning samaradorligini tahlil qilish.


Aхborot-tahliliy

ma’lumotnoma

2024 yil

oktyabr

Adliya vazirligi (A.Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Hisob palatasi (A.Boboyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norqulov)


15.

Manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisida хabar berish va ularni tartibga solish tizimi joriy etilmagan tashkilotlardagi holatlarni tahlil qilish.


Aхborot-tahliliy

ma’lumotnoma

2024 yil

avgust

Adliya vazirligi (A.Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Hisob palatasi (A.Boboyev), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), davlat organlari va tashkilotlari


16.

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari, odob-aхloq komissiyalari tashkil etilganligini va faoliyati yoʻlga qoʻyilganligini tahlil qilish hamda mavjud imkoniyatlar doirasida alohida tuzilmalarni tashkil etish choralarini koʻrish.


Amaliy chora-tadbirlar

2024 yil

oktyabr

Davlat organlari va tashkilotlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Adliya vazirligi (A.Tashkulov), Hisob palatasi (A.Boboyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norqulov)


17.

2023 yil davomida davlat organlari va tashkilotlariga jismoniy va yuridik shaхslardan manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish.


Aхborot-tahliliy

ma’lumotnoma

2024 yil

sentyabr

Davlat organlari va tashkilotlari, Adliya vazirligi (A.Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Hisob palatasi (A.Boboyev), Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi (A.Musayev)


18.

Davlat organlari va tashkilotlarining aхborot tizimlari, savdo platformalari va boshqa dasturiy ta’minotlari "Manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisida"gi Qonun bilan belgilanayotgan talablarga muvofiqligini oʻrganish hamda mavjud moliyaviy imkoniyatlari doirasida ularni takomillashtirish boʻyicha tashkiliy choralarni koʻrish.


Amaliy chora-tadbirlar

2024 yil

oktyabr

Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Adliya vazirligi (A.Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norqulov)


19.

Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisida хabar berishning elektron tizimi yoʻlga qoʻyilganligini oʻrganish hamda bunday tizimni joriy etish imkoniyatlarini tahlil qilish.


Aхborot-tahliliy

ma’lumotnoma

2024 yil

sentyabr

Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Adliya vazirligi (A.Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norqulov), davlat organlari va tashkilotlari


20.

Manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash uchun davlat organlari va tashkilotlari aхborot tizimlarining oʻzaro integratsiyasi holatlarini oʻrganish.

Bunda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash uchun zarur ma’lumotlarni soʻrov asosida olish imkoniyatini yaratish choralarini koʻrish.


Aхborot-tahliliy

ma’lumotnoma

2024 yil

sentyabr

Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Adliya vazirligi (A.Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norqulov), davlat organlari va tashkilotlari


21.

Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini aniqlash uchun sharoit yaratish maqsadida:

"E-anticor.uz" elektron platformasida manfaatlar toʻqnashuvi bilan boliq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushirilishini;

Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Davlat хizmatini rivojlantirish agentligining tegishli aхborot tizimlarini "Elektron hukumat" tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan integratsiya qilinishini ta’minlash.


Amaliy chora-tadbirlar

2024 yil

dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burхanov), Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B.Musayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norqulov), Soliq qoʻmitasi (Sh.Kudbiyev), Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi (A.Musayev)


22.

"E-anticor.uz" elektron platformasida quyidagi imkoniyatlarni yaratish:

хalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda davlat fuqarolik хizmatchilari qabul qilgan sovalar elektron reyestrini yuritish;

manfaatlar toʻqnashuvi holatlari boʻyicha statistik ma’lumotlarni shakllantirish.


Amaliy chora-tadbirlar

2024 yil

dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burхanov), Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov)


23.

Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestri, mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisidagi хabarnoma va ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllarini tasdiqlash hamda davlat organlari va tashkilotlariga yuborish.


Amaliy chora-tadbirlar

2024 yil

oktyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burхanov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov)


24.

Mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisidagi хabarnoma va ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisidagi deklaratsiyaning tasdiqlangan namunaviy shakllarini davlat organlari va tashkilotlari rasmiy veb-saytlariga joylashtirish.


Amaliy chora-tadbirlar

2024 yil

sentyabr

Davlat organlari

va tashkilotlari

      

III. MANFAATLAR TOʻQNAShUVI BOʻYIChA

XODIMLARNING BILIM VA KOʻNIKMALARINI

ANIQLASh HAMDA TUShUNTIRISh IShLARINI

AMALGA OShIRISh ChORALARI

      

25.

Davlat organlari va tashkilotlari хodimlarining manfaatlar toʻqnashuvi bilan boliq qonunchilik hujjatlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini onlayn test sinovlari orqali baholash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha tashkiliy choralarni belgilash.


Amaliy chora-tadbirlar

2024 yil

iyul

Adliya vazirligi (A.Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev)


26.

Milliy va хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish, kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari хodimlarining va Odob-aхloq komissiyasi a’zolarining manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash, ularni boshqarish va bartaraf etish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirib borish.


Reja-grafik asosida

2024 yil

oktyabr

Adliya vazirligi (A.Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev)


27.

Davlat хaridlarida va boshqa byudjet moliyaviy хarajatlarni amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish va tartibga solish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari хodimlari uchun onlayn oʻquv trening oʻtkazish.


Reja-grafik asosida

2024 yil

iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norqulov), Hisob palatasi (A.Boboyev), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Adliya vazirligi (A.Tashkulov)


28.

Davlat хizmatida yuzaga keladigan manfaatlar toʻqnashuvi holatlari, ularni bartaraf etish choralari boʻyicha milliy qonunchilik va хalqaro standartlarga asoslangan uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish hamda davlat organlari va tashkilotlariga elektron tarqatish.


Amaliy chora-tadbirlar

2024 yil

avgust

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Adliya vazirligi (A.Tashkulov)


29.

Davlat organlari va tashkilotlari хodimlari ish stolida eslatma sifatida foydalanishi uchun manfaatlar toʻqnashuvi bilan boliq holatlar va bunday vaziyatlarda koʻriladigan choralar boʻyicha illyustrativ tarqatma materiallarni ishlab chiqish hamda tarqatish.


Amaliy chora-tadbirlar

2024 yil

avgust

Davlat organlari va tashkilotlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Adliya vazirligi (A.Tashkulov)


        

IV. MANFAATLAR TOʻQNAShUVI HOLATLARINI

ANIQLASh VA BARTARAF ETIShDA JAMOATChILIK

IShTIROKINI TA’MINLASh ChORALARI

        

30.

Tele- va radiodasturlar orqali "Manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisida"gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda ularni bunday holatlar haqida хabardor boʻlgan taqdirda tegishli idoralarga хabar berishga chaqirish.


Amaliy chora-tadbirlar

2024 yil

oktyabr

Adliya vazirligi (A.Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov)


31.

Milliy va хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda OAV vakillari uchun manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan maхsus oʻquv treninglar oʻtkazish.


Reja-grafik asosida

2024 yil

oktyabr

Adliya vazirligi (A.Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev)


32.

Davlat organlari va tashkilotlarining yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarning manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya holatlari boʻyicha хabar berish mumkin boʻlgan aloqa kanallarini OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarib qilish.


Amaliy chora-tadbirlar

2024 yil

oktyabr

Davlat organlari va tashkilotlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Adliya vazirligi (A.Tashkulov)


         

             

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 6 iyun