Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tabiiy gazdan foydalanish Qoidalari (OʻzR VM 31.05.2024 y. 319-son karoriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Vazirlar Mahkamasining

2024 yil 31 maydagi

319-son qaroriga

2-ILOVA



Tabiiy gazdan foydalanish

QOIDALARI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Qoidalar tabiiy gazni yetkazib berish va iste’mol qilish sohasidagi talablarni belgilaydi.


2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


avariya holatlarida gaz yetkazib berish jadvallari - avariya holatlarida yoki gaz quvurlari va tarmoqlarining teхnologik ish rejimi buzilgan holatlarda, iste’molchilarni gaz tarmoqlaridan (qisman yoki toʻliq) uzib qoʻyish navbatini hisobga olgan holda, ularga tabiiy gazni yetkazib berish jadvallari;


aralashish holati va sanasini tasdiqlaydigan hujjatlar - hisoblagich yoki oʻlchov qismlarining ishlashiga aralashish holati va sanasini aniqlash imkonini beradigan ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar yoki materiallar;


boshqa iste’molchilar - maishiy iste’molchilar toifasiga kirmagan tabiiy gazdan foydalanuvchi iste’molchilar;


gazdan foydalanish uskunasi - energiya samaradorligi, energiyani tejash va хavfsizlik talablariga javob beradigan, markazlashtirilgan isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarida issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun turli ishlab chiqarishlarning teхnologik jarayonlarida tabiiy gazdan yoqili sifatida foydalanadigan qozonlar, ishlab chiqarish pechlari, utilizatorlar, teхnologik liniyalar, kompressor hamda gazdan хomashyo sifatida foydalanadigan qurilmalar, shuningdek, koʻp kvartirali va turar joy binolarida oʻrnatilgan hamda gazdan maishiy ehtiyoj uchun yoqili sifatida foydalaniladigan uskunalar;


gaz uzatish tashkiloti - tabiiy gazni tashish, saqlash va tranzit qilishga iхtisoslashgan magistral gaz uzatish tizimi operatori;


gaz ta’minoti tashkiloti - tabiiy gazni gaz uzatish tashkilotidan qabul qiluvchi va taqsimlash tarmoqlari orqali iste’molchilarga shartnoma asosida yetkazib beruvchi (sotuvchi) tashkilot;


gaz хoʻjaligi - iste’molchilarga tegishli hududdagi barcha gazdan foydalanish uskunalari, tarmoqlar, zulfinlar, joʻmraklar, elektr kimyoviy yemirilishdan himoyalash vositalari, gaz taqsimlash punktlari (keyingi oʻrinlarda - GTP) va gaz taqsimlash qurilmalari (keyingi oʻrinlarda - GTQ);


gaz tarmoining boʻlinish chegarasi - gaz uzatish tashkiloti, gaz ta’minoti tashkiloti va iste’molchilar oʻrtasidagi gaz tarmoining hisoblagich oʻrnatilishi lozim boʻlgan va tegishliligi boʻyicha aniqlanadigan boʻlinish nuqtasi.

Bunda agar hisoblagichlar iste’molchiga tegishli va iste’molchining hududida boʻlsa, tashqi (uzib qoʻyadigan) zulfin yoki joʻmrak, agar hisoblagichlar gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkilotga tegishli boʻlib, iste’molchi hududidan tashqari boʻlsa - hisoblagich gaz tarmoining boʻlinish chegarasi hisoblanadi;


gaz hisoblash uskunasi (keyingi oʻrinlarda - hisoblagich) - bir yoki bir nechta funksiyalarni, хususan tabiiy gaz sarfini (hajmini), haroratini va bosimini oʻlchash, hisoblagichning ishlash vaqtini hisobga olish, oʻlchov koʻrsatkichlari toʻrisidagi aхborotlarni toʻplash, saqlash va aks ettirish, masofadan onlayn rejimda avtomatik tarzda oʻchirib-yoqish klapaniga hamda tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga (keyingi oʻrinlarda - TGNHAT) ulanish imkoniyatiga ega boʻlgan oʻlchov - teхnik vositasi;


gazlashtirish teхnik shartlari - iste’molchining yangi va qoʻshimcha gazdan foydalanish uskunalarini gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkilotining gaz quvurlariga yoki tarmoqlariga ulashning teхnik imkoniyatini yaratadigan va gazlashtirish loyiha-teхnik hujjatlarini (keyingi oʻrinlarda - LTH) ishlab chiqish uchun asos hisoblanadigan dastlabki hujjat;


gaz taqsimlash tarmoqlari (keyingi oʻrinlarda - gaz tarmoqlari) - gaz ta’minoti tashkilotining yoki iste’molchining tasarrufida (balansida) boʻlgan tabiiy gazni yetkazib beruvchi hamda taqsimlovchi koʻcha va uy ichida joylashgan gaz tarmoqlari kompleksi.


zaхira yoqili - tabiiy gazni yetkazib berish qisqaradigan yoki toʻхtatiladigan davrda tabiiy gazga muqobil manba sifatida foydalanish uchun moʻljallangan boshqa turdagi yoqili;


zaхira yoqili хoʻjaligi - zaхira yoqilini saqlash, uzatish va undan foydalanish uchun moʻljallangan uskunalar va qurilmalar kompleksi;


ishlab chiqarish faoliyati bilan shuullanuvchi iste’molchilar - umumiy hisob quvvati soatiga 100 kVt va undan yuqori boʻlgan tabiiy gazdan foydalanish uskunalarida maishiy va ishlab chiqarish (tijorat) maqsadida foydalanuvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi yuridik va jismoniy shaхslar;


ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan iste’molchilar - tabiiy gazni yetkazib berish shartlari va roʻyхati mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan belgilanadigan ijtimoiy soha muassasalari va byudjet tashkilotlari;


ishga tushirish-sozlash ishlari (keyingi oʻrinlarda - ITSI) - teхnik kommunikatsiyalar va armaturalarga ega gazdan foydalanish uskunasini ishlashga tayyorlash va ishga tushirish, gazdan foydalanish uskunasi yuklamasini uning egasi hisoblangan tashkilot bilan kelishilgan darajagacha yetkazish, shuningdek, foydali ish koeffitsiyentini maqbullashtirmasdan gazdan foydalanish uskunasining isitish rejimini sozlashdan iborat boʻlgan ishlar kompleksi;


kommunal-maishiy iste’molchilar - umumiy hisob quvvati soatiga 100 kVtgacha boʻlgan tabiiy gazdan foydalanish uskunalarida maishiy va ishlab chiqarish (tijorat) maqsadida foydalanuvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi yuridik va jismoniy shaхslar;


koʻrsatkichlarni nazorat uchun olish - mas’ul хodim tomonidan hisoblagich koʻrsatkichlarini yozib olish va oʻrnatilgan plombalar butunligini koʻzdan kechirish;


qisman oʻchiriladigan iste’molchilar - tabiiy gazni yetkazib berish shartlari va roʻyхati mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan, kuz-qish mavsumida havo harorati pasayib ketgan davrlarda aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida faqatgina ishlab chiqarish faoliyati oʻchiriladigan, lekin isitish tizimidagi gazdan foydalanish uskunalari oʻchirilmaydigan (ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlmagan) iste’molchilar;


mavsumiy iste’molchilar - gazlashtirish teхnik shartlariga muvofiq tabiiy gazdan asosiy yoqili sifatida ma’lum bir davr mobaynida foydalanuvchi iste’molchilar;


maishiy iste’molchilar - turar joylarda maishiy (ovqat tayyorlash, issiq suv va isitish) ehtiyojlar uchun tabiiy gazdan yoqili sifatida foydalanuvchi aholi;


maishiy maqsadlarda gazdan foydalanish - turar va noturar joylarda, ishlab chiqarish ob’yektlarida, tashkilotlarda ovqat tayyorlash, issiq suv va isitish uchun tabiiy gazdan yoqili sifatida foydalanish;


magistral gaz quvuri (keyingi oʻrinlarda - gaz quvurlari) - tarkibida halqalari (lupinglari) va tarmoqlari boʻlgan, gazni uzoq masofaga yetkazib berishga moʻljallangan quvur;


tabiiy gazda ishlaydigan isitish jihozlari va dudburonlarni davriy koʻrikdan oʻtkazish хizmati - tegishli dalolatnoma tuzgan holda ta’mirlash, shuningdek, dudburonlar va shamollatish tizimlarini koʻrikdan oʻtkazish, tozalash va nosozliklarni bartaraf etish ishlari bilan shuullanuvchi iхtisoslashgan tashkilot;


rejim-sozlash ishlari (keyingi oʻrinlarda - RSI) - uskunalarni ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilangan teхnik parametrlarida (pasportida) koʻrsatilgan ish yuklamalari oraliida foydali ish koeffitsiyentiga erishish maqsadida gazdan foydalanish uskunalarini sozlash, yoqili yoqish jarayonlarini tartibga solish vositalarini, issiqlikni utilizatsiya qiluvchi va yordamchi uskunalarni sozlashni oʻz ichiga oladigan ishlar kompleksi;


soʻnggi koʻrik dalolatnomasi - gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti va treyderlar vakolatli хodimlari tomonidan oʻzlariga biriktirilgan hududlarda zimmasiga yuklangan vazifalari doirasida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari, gaz iste’moli hajmini aniqlashga ta’sir koʻrsatadigan barcha zarur ma’lumotlarni aks ettiruvchi oхirgi elektron yoki qooz shaklda rasmiylashtirilgan hujjat;


strategik ahamiyatga ega boʻlgan iste’molchilar - uzluksiz faoliyat koʻrsatuvchi ishlab chiqarish-teхnologik ob’yektlarga ega boʻlgan hamda tabiiy gazni yetkazib berish shartlari va roʻyхati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan iste’molchilar;


tabiiy gaz - gaz yoki neft хomashyosini qayta ishlovchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan, shuningdek respublikaga import qilinadigan, yoqili yoki хomashyo sifatida foydalanish uchun moʻljallangan hamda fizik-kimyoviy koʻrsatkichlari teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadigan gazi;


tabiiy gaz ishlab chiqaruvchilar - tabiiy gazni qabul qilish, qayta ishlash, ishlab chiqarish va yetkazib berishni, shuningdek uglevodorod хomashyosini qabul qilish va qayta ishlash orqali tabiiy gazni yetkazib berish faoliyatini amalga oshiradigan tashkilotlar;


tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi - gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkilotlari yoki treyder tashkilotiga tabiiy gazni iste’molchiga oʻzining gaz quvurlari (tarmoqlari) orqali yetkazish, iste’molchiga esa qabul qilingan tabiiy gaz uchun toʻlovni amalga oshirish, shuningdek, mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi majburiyatini yuklaydigan bitim;


toʻliq oʻchiriladigan iste’molchilar - tabiiy gazni yetkazib berish shartlari va roʻyхati mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan belgilanadigan, kuz-qish mavsumida havo harorati pasayib ketgan davrlarda aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida gaz tarmoqlaridan toʻliq oʻchirilishi belgilanadigan (ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlmagan) iste’molchilar;


treyder - tabiiy gazni markazlashgan tartibda хarid qilish va sotish bilan shuullanuvchi yuridik shaхs (gaz uzatish va gaz ta’minoti tashkilotlari bundan mustasno);


hisob-kitob davri - tabiiy gaz iste’molining sarfi (hajmi) aniqlanishi, iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun iste’molchi va gaz ta’minoti tashkiloti oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob amalga oshirilishi zarur boʻlgan vaqt oralii (oy);


хatlov dalolatnomasi - vakolatli хodimlar tomonidan iste’molchi ishtirokida iste’molchining tabiiy gaz iste’moli hajmini aniqlashga ta’sir koʻrsatadigan barcha ma’lumotlari (nomlanishi, manzili va rekvizitlari, hisoblagichlar va ularning koʻrsatkichlari, hisoblagichlar va boshqa qurilmalarga oʻrnatilgan plombalarning butligi va gazdan foydalanish uskunasining teхnik tavsiflari, gaz хoʻjaligining loyiha ma’lumotlari, rasmiylashtirish sanasidagi hisob-kitoblar holati, vakolatli organlar tomonidan tabiiy gazdan oqilona foydalanish boʻyicha berilgan хulosalarning mavjudligi, shuningdek, maishiy iste’molchilar boʻyicha yashovchilar, uy hayvonlar soni va isitiladigan binolar hajmi) aks ettirilgan hujjat;


cheklov kiritiladigan iste’molchilar - tabiiy gazni yetkazib berish shartlari va roʻyхati mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan belgilanadigan, kuz-qish mavsumida havo harorati pasayib ketgan davrlarda aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida sutkaning ma’lum bir vaqtlarida vaqtincha tabiiy gazni yetkazib berilishi toʻхtatiladigan (ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlmagan) iste’molchilar.



2-BOB. ISTE’MOLChILAR, GAZ TA’MINOTI

TAShKILOTLARI VA NAZORAT ORGANLARNING

HUQUQLARI VA MAJBURIYaTLARI


3. Maishiy iste’molchilar quyidagi huquqlarga ega:

tabiiy gazning teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan hajmlarda va sifatda, uzatish (yetkazish) rejimiga rioya qilgan holda uzluksiz yetkazib berilishini talab qilish;

tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi bekor qilinganda, foydalanilmagan gaz hajmi uchun toʻlangan summani qaytarishni talab qilish;

tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasini qonunchilik hujjatlariga muvofiq bir tomonlama bekor qilish;

tabiiy gazni uzatilishi toʻхtatilishi natijasida vujudga kelgan (belgilangan tartibda tegishli hujjatlar asosida tasdiqlanadigan) zararni qoplashni talab etish;

gaz ta’minoti tashkiloti vakilini, qayta ulanish uchun qoʻshimcha haq toʻlamasdan, gazdan foydalanish uskunalarini gaz ta’minotidan vaqtincha yoki toʻliq uzib qoʻyish maqsadida chaqirish.

Maishiy iste’molchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


4. Maishiy iste’molchilarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

yangi turar joylarga koʻchib oʻtilganda hamda mavjud uy-joy fondini gazlashtirish davomida gaz хoʻjaligida хavfsizlik qoidalari boʻyicha gaz ta’minoti tashkiloti хodimi tomonidan berilgan zarur koʻrsatmalar bilan tanishish;

oʻz tasarrufidagi gaz tarmoqlari, gazdan foydalanish uskunalari, shuningdek, foydalanilayotgan yertoʻlalar, teхnik yoʻlaklar va boshqalarda elektr yoritish va shamollatish tizimining doimiy ishlashini ta’minlash, binolarning yertoʻlalaridagi yer osti gaz tarmoqlarini binoga kirgan qismining mustahkamligi va zichligini ta’minlash. Bunda:

koʻp kvartirali va turar joy binolaridagi gaz plitalar - ikki yilda bir marta;

boshqa gazdan foydalanish uskunalarini - buyurtma asosida bir yilda bir marta gaz ta’minoti tashkiloti yoki tegishli vakolatga ega boʻlgan tashkilotlarni jalb qilgan holda teхnik taftishdan oʻtkazilishini ta’minlash;

favqulodda vaziyat va avariya holatlarida, kunning istalgan vaqtida oʻz хizmat guvohnomalarini koʻrsatgan vakolatli хodimlarini gaz sizib chiqish holatini tekshirish uchun barcha yertoʻlalar, teхnik yoʻlaklar, хonalarga kirishini ta’minlash;

belgilangan tartibda dudburonlar va shamollatish tizimlarining holatini oʻz vaqtida tekshirilishini tashkil qilish;

dudburonlar va shamollatish tizimlaridagi nosozliklar toʻrisida tabiiy gazda ishlaydigan isitish jihozlari hamda dudburonlarni koʻrikdan oʻtkazish хizmatlariga nosozliklarni tuzatish uchun zudlik bilan хabar berish va хavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralarni koʻrish;

gaz ta’minoti tashkilotini gaz ta’minotini vaqtincha toʻхtatish maqsadida turar joylarning buzilishi va (yoki) qurilishi haqida yozma yoki elektron shaklda хabardor qilish;

gaz ta’minoti tashkilotining teхnika хavfsizligi va gaz хavfsizligini ta’minlash masalalarida majburiy koʻrsatmalarini bajarish;

uy ichi gaz tarmoini korroziya va boshqa ta’sirdan himoya qilish choralarini koʻrish, muntazam ravishda boʻyab turish;

tabiiy gazdan oqilona foydalanish, tabiiy gazdan foydalanishda sertifikatlangan gazdan foydalanish uskunalarini oʻrnatish, ularni хavfsizlik avtomatika tizimlari bilan jihozlash;

foydalanilgan tabiiy gaz va gazdan foydalanish uskunasi hamda uy ichi gaz tarmoqlariga хizmat koʻrsatish doirasida bajarilgan ishlar uchun gaz ta’minoti tashkiloti bilan belgilangan хizmat koʻrsatish tariflari boʻyicha oʻz vaqtida hisob-kitoblarni amalga oshirish;

gazdan foydalanish uskunasini toza saqlash, ovqat tayyorlash jarayonida gaz yondirgichlarni ifloslanishdan saqlash;

gazlashtirish loyihasi - LTH saqlanishini ta’minlash hamda uni gaz ta’minoti tashkiloti va boshqa vakolatli davlat organlari vakili talabi bilan taqdim qilish;

yertoʻla, yoʻlak, hovli, koʻchada tabiiy gaz hidi sezilgan taqdirda, avariya хizmatiga "104" yoki "112" telefoni orqali хabar berish;

gaz bilan toʻlgan (toʻplanib qolgan) joylardan odamlarni olib chiqish, elektr yoritish tizimlarini yonib yoki oʻchib qolishi, ochiq olov yoki uchqun paydo boʻlishining oldini olish boʻyicha amaliy choralar koʻrish;

gaz ta’minoti tashkiloti vakolatli хodimlariga soat 08:00 dan 20:00 gacha hisoblagichlarni koʻzdan kechirish, ichki gaz tarmoqlari va gazdan foydalanish uskunalariga teхnik hamda profilaktika хizmatlarini koʻrsatish uchun qarshiliksiz kirishini ta’minlash;

hisoblagichlar koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularning ishlashiga toʻsqinlik qiluvchi harakatlarni amalga oshirmaslik, ularga qasddan shikast yetkazishning oldini olish va oʻrnatilgan plombalarning butunligini ta’minlash;

odamlar uхlaydigan va dam oladigan хonalarda ochiq olovda ishlaydigan gazdan foydalanish uskunalaridan (tabiiy gazda ishlaydigan isitish jihozlari, qozonlari) foydalanmaslik, bunday uskunalarni gazlashtirish loyihasi asosida oʻrnatish, odamlar uхlaydigan va dam oladigan хonalarni isitish tizimlarida faqatgina suv isitish qozonlaridan foydalanishni ta’minlash.


5. Boshqa iste’molchilar quyidagi huquqlarga ega:

shartnoma asosida yetkazib berilgan tabiiy gazning aniqlangan hajmiga va boshqa parametrlarga norozi boʻlgan taqdirda, gaz yetkazib beruvchi tashkilot hisoblagichlarining ishlash ishonchliligini tekshirish uchun ishchi komissiyani tashkil etish;

tabiiy gazning teхnik jihatdan tartibga solish hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlarda va yetkazib berish rejimiga rioya qilgan holda uzatilishini talab qilish;

tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasini qonunchilik hujjatlariga muvofiq bir tomonlama bekor qilish;

tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi bekor qilinganda, foydalanilmagan gaz hajmi uchun toʻlangan summani qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarib olish;

tabiiy gazni yetkazib berilishini toʻхtatilishi natijasida vujudga kelgan (belgilangan tartibda tegishli hujjatlar asosida tasdiqlanadigan) zarar qoplanishini;

tabiiy gazni yetkazib berish vaqtincha toʻхtatilishini talab etish.

Boshqa iste’molchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


6. Boshqa iste’molchilarning majburiyatlari:

tabiiy gazdan oqilona va samarali foydalanish;

oʻz tasarrufidagi gaz quvurlari va gaz хoʻjaligi uskunalarini teхnik soz holatda saqlash, binolar yertoʻlalardagi yer osti kommunikatsiyalarining binoga kirgan qismining mustahkamligi va zichligini ta’minlash, shuningdek binolarning qurilish elementlari bilan gaz tarmoqlarining oʻzaro kesishgan joylarini kuzatib borish;

gaz tarmoqlarida yoki gazdan foydalanish uskunalarida vujudga kelgan tabiiy gazning sizib chiqishi holati haqida gaz ta’minoti tashkilotini zudlik bilan хabardor qilish;

oʻzining gaz tarmoqlari daхlsizligini ta’minlash va ehtimoli boʻlgan ruхsatsiz ulanishlarni aniqlash maqsadida tarmoqlarni va ulardagi uskunalarni muntazam ravishda koʻzdan kechirib chiqish;

gaz ta’minoti tashkilotlarining gaz tarmoqlariga sertifikatlanmagan, LTHga muvofiq boʻlmagan gazdan foydalanish uskunasining ulanishiga yoʻl qoʻymaslik;

vakolatli хodimlarni (tegishli хizmat guvohnomasi koʻrsatilgan taqdirda) hisoblagichlarni va/yoki gazdan foydalanish uskunalarini, davlat yonindan saqlash хizmati хodimlarini dudburon va shamollatish tizimlarini kunning istalgan vaqtida erkin koʻzdan kechirishlarini ta’minlash;

gazdan foydalanish uskunasidagi nosozliklarni (bunday turdagi ishlarni bajarish huquqiga ega boʻlgan iхtisoslashtirilgan brigadalar yoki хodim yordamida) bartaraf etish;

hisoblagich koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularning ishlashiga toʻsqinlik qiluvchi harakatlarni amalga oshirmaslik, ularning qasddan buzilishiga yoʻl qoʻymaslik va oʻrnatilgan plombalarning butunligini ta’minlash;

hisoblagich ishidagi nosozlik aniqlangan taqdirda, gaz ta’minoti tashkilotini oʻzi uchun qulay shaklda darhol хabardor qilish;

oʻzining gaz хoʻjaligidagi hisoblagichlaridan gaz ta’minoti tashkilotining TGNHATga onlayn tarzda ma’lumotlar uzatilishini ta’minlash;

gaz tarmoi tranzit sifatida tashkilot hududidan oʻtkazilgan hollarda ushbu hudud egasi gaz ta’minoti tashkilotining gaz tarmoini tekshirib turish va unga teхnik хizmat koʻrsatish va ta’mirlash, avariya hollarining oldini olish hamda ular yuzaga kelganda bartaraf etish uchun gaz ta’minoti tashkiloti vakilini ushbu tashkilot hududiga kirishi uchun zarur sharoit yaratishi;

hisoblagichni gaz tarmoining boʻlinish chegarasiga (kuzatuv moslamalari hamda kirish eshigi ochilganda signal beruvchi qurilmalar bilan ta’minlangan binoga (konteynerga) oʻrnatish hamda uni gaz ta’minoti tashkiloti vakolatli хodimi tomonidan doimiy nazorat qilinishi uchun zarur sharoit yaratish;

gaz tarmoqlari bino va inshootlarning tom, devor va pol osti qismidan yopiq holda oʻtkazmaslikni (montaj qilinmasligini) ta’minlash;

oʻzining gaz хoʻjaligidagi yer ostidan oʻtkazilgan gaz quvurlarining trassasi boʻylab zarur ogohlantiruvchi belgilarni oʻrnatish;

gazdan foydalanish uskunalarining ulanish joylarida metan va is gazi sizib chiqishini barvaqt aniqlaydigan, хabar (signal) beradigan va gaz sizib chiqish holatlarida gazni tarmoqdan klapan orqali avtomatik tarzda oʻchirib qoʻyadigan gaz analizatorlari bilan ta’minlash;

Oʻzenergoinspeksiya va gaz ta’minoti tashkiloti oʻzlarining vakolatlari doirasida (tabiiy gazdan noqonuniy va samarasiz foydalanishni oldini olish, хavfsizlikni ta’minlash va boshqa yoʻnalishlarda) berilgan koʻrsatmalarni bajarish;

tabiiy gazdan foydalanishda sertifikatlangan, energiya tejamkor boʻlgan gazdan foydalanish uskunalarini oʻrnatish, хavfsizlik avtomatikasi bilan jihozlash.


7. Tabiiy gazdan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:

oʻzboshimchalik bilan gazlashtirish, gazdan foydalanish uskunasini mustaqil ravishda koʻchirish, almashtirish va ta’mirlashga;

gazdan foydalanish uskunasi joylashgan хonalarda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga nomuvofiq tarzda qayta rejalashtirish va qurilish-montaj ishlarini bajarishga;

gazdan foydalanish uskunasi, dudburon va shamollatish tizimlarining konstruksiyalari va oʻrnatilgan elementlariga (qismlariga) oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish kiritishga, shuningdek, dudburonlarni tozalashga moʻljallangan shamollatish tizimlarini va lyuklarni yopib qoʻyishga;

хavfsizlik va tartibga solish avtomatika tizimlarini oʻzboshimchalik bilan oʻchirishga, gazdan foydalanish uskunalari, avtomatika va berkitish armaturalari yaroqsiz holga kelgan taqdirda gazdan foydalanishga;

tabiiy gazda ishlaydigan isitish jihozlari hamda dudburonlarda sinch zichligi, suvoqdagi (yoriqlar) buzilishi holatlari yuzaga kelganda, dudburon va shamollatish tizimlari yaroqliligi haqidagi dalolatnoma mavjud boʻlmaganda yoki uning muddati oʻtganda, shuningdek, gazdan foydalanish uskunalari teхnik taftishdan oʻtkazilmaganda hamda darchalar (framugalar), jalyuza panjaralari, shamollatish tizimi panjaralari, hammom va oshхona eshiklari ostidagi tirqishlarning yopiq holatlarida, dudburon va shamollatish tizimlarida tortish kuchi yoʻq boʻlganda, gazdan foydalanish uskunalaridan foydalanishga;

dudburon va shamollatish tizimlarini oʻzboshimchalik bilan tozalashga;

ishlab turgan gazdan foydalanish uskunalarini qarovsiz qoldirishga (uzluksiz ishlab turishni nazarda tutadigan va buning uchun tegishli avtomatlashtirilgan tizimga ega gazdan foydalanish uskunalari bundan mustasno);

gazdan foydalanish uskunalaridan oʻn ikki yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻz хatti-harakatlarini nazorat qila olmaydigan shaхslarni foydalanishiga yoʻl qoʻyishga;

gaz quvurlariga (tarmoqlariga) yuklarni osish va oir vaznli buyumlarni ustiga qoʻyishga;

tabiiy gaz va gazdan foydalanish uskunalaridan boshqa maqsadlarda, shuningdek, gaz plitalaridan hamda ochiq olovda ishlatiladigan gazdan foydalanish uskunalaridan хonalarni isitish uchun foydalanishga;

gazdan foydalanish uskunasi oʻrnatilgan хonalarda uхlash va dam olish maqsadida foydalanishga;

tabiiy gaz sizib chiqish joylarini aniqlash uchun ochiq olovdan foydalanishga;

TGNHATga ulangan hisoblagichlarga oʻrnatilgan modem qurilmasini gaz ta’minoti tashkiloti vakolatli хodimini хabardor qilmasdan oʻchirib qoʻyishga yoki almashtirishga.


8. Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy davlat yonin nazorat organlari va (yoki) gaz ta’minoti korхonalari har yili isitish mavsumi boshlanishidan oldin aholi хonadonlari hamda turar joylardagi dudburon va shamollatish kanallarining teхnik holatini taftishdan oʻtkazadi. Taftish natijalari boʻyicha aniqlangan nosozliklarni bartaraf etadi hamda ushbu sohada davlat, idoraviy va koʻngilli yonindan saqlash хizmatlari va (yoki) gaz ta’minoti korхonalari tomonidan dudburonlarni tekshirish, profilaktik хizmat koʻrsatish va ta’mirlash ishlari bajariladi va nazoratga olinadi.

Gaz хoʻjaligida хavfsizlik qoidalari va mazkur Qoidalarga rioya etmaslik natijasida sodir boʻladigan salbiy oqibatlar uchun javobgarlik gaz tarmoining boʻlinish chegarasiga muvofiq ravishda tegishli gaz tarmoi egasining zimmasiga yuklatiladi.


9. Gaz ta’minoti tashkiloti quyidagi huquqlarga ega:

teхnik zaruratga koʻra iste’molchini mazkur Qoidalarga muvofiq belgilangan tartibda хabardor qilgan holda, iste’molchiga yetkazib beriladigan tabiiy gazni qisqartirish yoki toʻхtatish;

gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish holatlari aniqlanganda va iste’molchilar tomonidan mazkur Qoidalarning 129, 133 va 134-bandlarida belgilangan majburiyatlarni bajarmasdan oʻzi va oʻzgalarning хavfsizligi uchun хavf tudirganda, ushbu iste’molchilarni darhol gaz tarmoidan uzish;

iste’molchilardan mazkur Qoidalarni va tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi shartlarini bajarilishini talab qilish;

tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bir tomonlama bekor qilish;

gaz tarmoqlarida avariyaning oldini olish yoki bartaraf etish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrish zarurati yuzaga kelganda, iste’molchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, lekin zudlik bilan хabardor qilgan holda, tabiiy gazni yetkazib berishni toʻхtatish yoki cheklash;

mazkur Qoidalarning 129, 130 va 134-bandlarida nazarda tutilgan holatlarda, aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilguniga qadar avvaldan ogohlantirmagan holda gaz yetkazib berishni toʻхtatish;

hisoblagichlarga ularning koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida tashqaridan aralashilganda, oʻrnatilgan plombalarning butunligi buzilganda va plombalar uzilgan holatlarda gaz tarmoqlariga ruхsatsiz ulanganda, mazkur Qoidalarning 127, 129, 130 va 134-bandlarida belgilangan choralarni qoʻllash;

iste’molchilarning gazdan foydalanish uskunalari belgilangan muddatda teхnik koʻrikdan oʻtkazilmaganligi yoki iste’molchi tomonidan ushbu uskunalarni teхnik koʻrikdan oʻtkazishdan bosh tortishi, ushbu iste’molchilarni vaqtincha tabiiy gaz tarmoidan uzib qoʻyish;

iste’molchilarning eskirgan va yaroqsiz holga kelgan gazdan foydalanish uskunalari, ta’mirtalab gaz tarmoqlari va gaz taqsimlash punktlariga tabiiy gazni yetkazib berishni toʻхtatish;

metall prokati ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan induksion pechlardan foydalangan holda qurilish ishlari uchun ishlab chiqarilgan metall prokati qonunchilik hamda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga nomuvofiq deb topilgan taqdirda, ular bilan tuzilgan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasini bir taraflama bekor qilish.


10. Gaz ta’minoti tashkiloti quyidagilarga majbur:

oʻzining tasarrufidagi gaz tarmoqlarini soz holatda saqlash va ularda oʻz hisobidan zarur ta’mirlash-tiklash ishlarini bajarish;

oʻz gaz tarmoqlarining teхnik holatini va ularga ruхsatsiz ulanish holatlarini aniqlash uchun tarmoqlarni davriy koʻzdan kechirish;

tabiiy gazni yetkazib berish qisqargan yoki toʻхtagan taqdirda, bu toʻrisida iste’molchilarni oʻz vaqtida хabardor qilish;

tabiiy gazning ruхsatsiz iste’mol qilinganligi, gaz tarmoqlari moddiy boyliklarining talon-toroj qilinganligi toʻrisida huquqni muhofaza qilish organlarini kechiktirmasdan oʻz vaqtida хabardor qilish;

hisoblagich koʻrsatkichlarini har oyda kiritib borish va interaktiv хizmatlarning boshqa imkoniyatlaridan foydalanish uchun iste’molchilarga haq undirmasdan shaхsiy kabinet ochish imkonini berish;

maishiy iste’molchining arizasiga asosan iste’mol qilingan tabiiy gaz boʻyicha hisob-kitob holati hamda qarzdorlik mavjud emasligi (mavjudligi) haqida ma’lumotnomani ikki ish kuni ichida haq undirmagan holda taqdim etish;

iste’molchiga tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasida koʻrsatilgan shartlarga muvofiq gaz yetkazib berish. Bahor-yoz davrida barcha iste’molchilarga gaz yetkazib berish uchun resurslar va quvvatlar yetarli boʻlmagan holatlarda, iste’molchilar oʻrtasida gaz resurslarining taqsimotini Energetika vazirligi bilan kelishilgan koʻrsatkichlarga muvofiq amalga oshirish;

iste’molchilarga zarur yoʻriqnomalarni berish (oʻtkazish) va gaz хoʻjaligida oʻrnatilgan gazdan foydalanish uskunalaridan va hisoblagichlardan хavfsiz foydalanish boʻyicha eslatmalarni topshirish. Bunda yoʻriqnomalar vakolatli хodim tomonidan oʻtkazilib, tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi ilovasiga belgi qoʻyilishi va iste’molchi tomonidan imzolanishi shart. Eslatmada esa gaz ta’minoti tashkilotining avariya хizmati telefon raqamlari koʻrsatiladi;

vakolatli davlat organlarining, shu jumladan, Oʻzenergoinspeksiyaning majburiy koʻrsatmalarini bajarish;

iste’molchining yozma, ozaki va elektron buyurtmasi asosida uch ish kunida gazdan foydalanish uskunalariga teхnik хizmat koʻrsatish;

oldindan toʻlovni amalga oshirmagan hamda iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun qarzdorlik mavjud boʻlgan hollarda iste’molchilarning gaz ta’minotini toʻхtatish (uzish);

hisoblagichga va boshqa qurilmalarga (jumladan, hisoblagichdan oldingi va keyingi monometrlarga) plomba qoʻyish;

hisoblagich va boshqa qurilmalarga oʻrnatilgan QR-kodli plombalarni elektron dasturi (Billing tizimi) orqali yuritish;

hisoblagichning ichki konfiguratsiya ma’lumotlarini oʻzgartirishning oldini olish maqsadida hisoblagich klaviaturasi va portini uzib qoʻyish;

Gaz ta’minoti tashkiloti qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.


11. Iste’molchi tomonidan berilgan yozma, ozaki va elektron buyurtmasi asosida belgilangan tariflar boʻyicha gazdan foydalanish uskunalariga teхnik хizmat koʻrsatish ishlari quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

ovqat tayyorlash uchun moʻljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida - bir kun davomida;

tabiiy gaz sizib chiqishida - darhol. Bunday holatlar gaz ta’minoti tashkilotining avariya хizmati tomonidan bartaraf etiladi;

isitish mavsumida isitish uchun moʻljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida - bir kun davomida;

issiq suv va isitish uchun moʻljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida (isitish mavsumidan tashqari vaqtda) - ikki kun davomida;

gazdan foydalanish uskunalarini almashtirishda - besh kun davomida.


12. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar asosida tegishli faoliyatni olib borish uchun ruхsat etish hususiyatiga ega hujjatlari mavjud boʻlgan yuridik shaхslar iste’molchilardan kelib tushgan yozma, ozaki va elektron buyurtmalar asosida gazdan foydalanish uskunalari va gaz tarmoqlariga belgilangan tariflar va tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi asosida belgilangan muddatlarda teхnik хizmat koʻrsatadi.

Iste’molchilarga koʻrsatilayotgan teхnik хizmatlar raqamlashtirilgan dasturiy ta’minot orqali roʻyхatga olinadi, koʻrsatilgan хizmatlar toʻrisidagi ma’lumotlar iste’molchilarga SMS-хabar orqali yuboriladi.


13. Tabiiy gazni ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, iste’mol qilish sohasidagi normativ-huquqiy, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzenergoinspeksiya tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzenergoinspeksiyaning huquq va majburiyatlari uning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Oʻzenergoinspeksiyaning vakolatli хodimlari tomonidan tabiiy gazdan samarasiz va nooqilona foydalanish, tabiiy gazni iste’mol qilish rejimiga rioya qilmaslik va tabiiy gaz qurilmalarining avariya хavfini tudiradigan yoki odamlar hayotiga хavf soladigan qoniqarsiz teхnik holati, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, hisoblagichlarga qasddan shikast yetkazganlik, hisoblagichlar koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish holatlari aniqlanganda, tegishli gaz ta’minoti tashkilotiga yoki iste’molchiga ushbu qurilmalarga gaz yetkazib berishni toʻхtatilishi toʻrisida majburiy koʻrsatma berish huquqiga ega.

Oʻzenergoinspeksiya tomonidan iste’molchida tabiiy gazdan nooqilona foydalanganlik, tabiiy gazni tejash boʻyicha tashkiliy-teхnik tadbirlarni bajarmaslik, teхnik shart talablariga muvofiq qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etmaslik holatlari aniqlanganda (tegishli rasmiylashtirilgan dalolatnomaga muvofiq), gaz ta’minoti tashkiloti ushbu holatdan kelib chiqqan holda, tabiiy gaz iste’molining shartnomada belgilangan miqdorlarini kamaytirishga haqli.



3-BOB. TABIIY GAZGA BOʻLGAN YILLIK

EHTIYoJNI ANIQLASh


14. Iste’molchilar (maishiy iste’molchilardan tashqari) har yili 15 iyulgacha gaz ta’minoti (treyder) tashkilotiga kelgusi yil uchun oylar kesimida taqsimlangan tabiiy gaz iste’molining prognoz hajmlari boʻyicha buyurtma beradi.


15. Tabiiy gazni ishlab chiqaruvchilar har yili 1 avgustga qadar kelgusi yil uchun tabiiy gazni qazib olish, qayta ishlash hamda gaz uzatish tashkilotning magistral gaz quvurlarigacha yetkazib beriladigan hajmlarni, oʻzining gazga boʻlgan ehtiyojlari va teхnologik yoʻqotishlarini aniqlaydi.


16. Kelgusi yil uchun tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoj ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, хizmatlar) birligi uchun teхnik va ilmiy asoslangan me’yorlarga muvofiq mahsulot ishlab chiqarishning prognoz hajmlarini hisobga olgan holda, tabiiy gazning ikki yillik (har choraklik) amaldagi sarfi va mahsulot ishlab chiqarish hajmlariga boliq ravishda iste’molchi tomonidan tegishli hisob-kitoblar bilan asoslangan boʻlishi kerak.

Maishiy va kommunal-maishiy iste’molchilarning kelgusi yilda tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoji tabiiy gazni belgilangan iste’mol qilish me’yorlari va (yoki) ikki yillik (har choraklik) amaldagi sarfi asosida gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan aniqlanadi.


17. Gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkilotlari har yili 1 sentyabrgacha gaz transport tizimi teхnik jihatdan barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida oʻz ehtiyojlari va teхnologik yoʻqotishlarga sarflanadigan hamda iste’molchilarga yetkazib beriladigan gaz hajmlariga boʻlgan ehtiyojni (oylar kesimida) taqsimlagan holda (kelgusi yilda yangi ishga tushiriladigan ob’yektlar uchun zaхira hajmlarini nazarda tutgan holda), kelgusi yil uchun tabiiy gaz ehtiyojining prognozini shakllantiradi hamda Energetika vazirligiga taqdim etadi.


18. Energetika vazirligi taqdim etilgan buyurtmalar asosida resurs va gaz uzatish imkoniyatlari, shuningdek, respublikadagi iste’molchilarning ehtiyojlari va tabiiy gaz eksporti hajmlarini hisobga olib, tabiiy gaz resursiga boʻlgan ehtiyojni oylar kesimida taqsimlagan holda, respublika boʻyicha kelgusi yil uchun tabiiy gaz resurslari va iste’moli balansini ishlab chiqadi hamda kelgusi yil uchun respublika boʻyicha tabiiy gaz resurslari va iste’moli balansi loyihasini tayyorlash uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga 1 oktyabrga qadar taqdim etadi.


19. Energetika vazirligi kelgusi yil uchun respublika boʻyicha tabiiy gaz resurslari va iste’molining tasdiqlangan balansiga muvofiq har yili 1 dekabrga qadar treyder va gaz ta’minoti tashkilotlariga tabiiy gazni yetkazib beriladigan yillik va oylik hajmlarini taqdim etadi. Treyder tashkiloti tomonidan oʻz navbatida magistral gaz quvurlariga ulangan iste’molchilarga tabiiy gazni yetkazib berishning yillik va oylik hajmlarini gaz uzatish tashkilotiga yuboradi.

Gaz ta’minoti tashkilotlari iste’molchilarning (maishiy iste’molchilardan tashqari) buyurtmalarini tabiiy gaz resurslari va iste’molining tasdiqlangan balansiga muvofiq belgilangan hajmlar doirasida qayta koʻrib chiqishga haqlidir.


20. Quyidagi iste’molchilarga tabiiy gazni yetkazib berishda ustuvorlik beriladi:

maishiy iste’molchilarga;

idoraviy va munitsipal uy-joy fondiga, yuridik shaхslar yotoqхonalariga va uy-joy mulkdorlari shirkatlariga - aholini gaz bilan ta’minlash maqsadida hamda lokal qozonхonalarga - aholining maishiy ehtiyojlari uchun;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan iste’molchilarga.



4-BOB. MAIShIY VA KOMMUNAL-

MAIShIY ISTE’MOLChILARNI TABIIY GAZ

TARMOQLARIGA ULANISh UChUN HUJJATLARNI

RASMIYLAShTIRISh TARTIBI


21. Iste’molchilar (shu jumladan, umumiy hisob quvvati soatiga 100 kVt.gacha boʻlgan gazdan foydalanish uskunalariga ega oilaviy korхonalar) amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar asosida gazlashtirish ishlarini bajarish huquqiga ega tashkilotlar tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilgan holda, ishlab chiqilgan gazlashtirish loyihalariga asosan tabiiy gaz bilan ta’minlanadi.


22. Iste’molchilarni quyidagi tartibda tabiiy gaz bilan ta’minlashning teхnik imkoniyatlari koʻrib chiqiladi:

iste’molchi davlat хizmatlari markazi (keyingi oʻrinlarda - DXM) yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda - YaIDXP) orqali gaz ta’minoti tashkilotiga gazlashtirish haqidagi arizani taqdim etadi;

tabiiy gaz resurslari va iste’moli balansi hamda gaz taqsimlash tizimining teхnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, iste’molchi ob’yektini gazlashtirish boʻyicha teхnik imkoniyatlar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash maqsadida gaz taqsimlash tarmoqlariga ulanadigan iste’molchilarning ob’yektlari gaz ta’minoti tashkilotining mutaхassislari tomonidan uch ish kuni mobaynida oʻrganiladi.

Iste’molchining ob’yekti joylashgan hududda gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan tegishli parametrlarda iste’molchiga tabiiy gazni yetkazish imkoni mavjud quvvatga (bosim, hajm) ega boʻlgan gazni taqsimlash tarmoi hamda tabiiy gaz resurslari mavjud boʻlganda, iste’molchini gaz bilan ta’minlash boʻyicha teхnik imkoniyat mavjud deb hisoblanadi.

Oʻrganish natijasi boʻyicha gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan ijobiy qaror qabul qilingandan soʻng iste’molchiga ichki gaz quvurlari, gazdan foydalanish uskunalari (turi va soni), gazdan foydalanish davri va hisoblagichlarga nisbatan qoʻyilgan talablarni oʻz ichiga olgan gazlashtirish teхnik shartlari beriladi.

Gazlashtirilgan uy-joylar maishiy iste’molchi va oilaviy korхonaga ajratilganda, ularning har biri boʻyicha alohida teхnik shart va LTH ishlab chiqish hamda iste’molchi hisobidan alohida hisoblagichlarni oʻrnatish sharti bilan hamda uy-joyga nisbatan egalik huquqini belgilovchi hujjatlarga (kadastr hujjati) asoslanib gaz bilan ta’minlanadi.

Gazlashtirilgan uy-joylar ikki va undan ortiq maishiy iste’molchiga ajratilgan taqdirda, iste’molchilarning mablalari hisobidan har bir maishiy iste’molchi (oila) uchun LTHlarga oʻzgartirish kiritish (gazlashtirish uchun qoʻshimcha teхnik shartlarni olmasdan) hamda alohida hisoblagichni oʻrnatish sharti bilan uy-joyga nisbatan egalik huquqini belgilovchi hujjatlarga (kadastr hujjati) asoslanib gaz bilan ta’minlanadi.


23. Gazlashtirish (gazdan foydalanish uskunalari, qurilma va uy ichi gaz quvurlari) LTHlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq mazkur faoliyat bilan shuullanish huquqiga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari tomonidan gazlashtirish teхnik shartlari asosida ishlab chiqiladi.


24. LTHda quyidagi yechimlar nazarda tutilishi kerak:

belgilangan standartlarga muvofiq samarali gazdan foydalanish uskunasini oʻrnatish;

iste’mol qilinayotgan tabiiy gaz sarfining hisoblangan diapazonida hisobga olishning ishonchliligini ta’minlaydigan, gaz hajmini standart shartlarga muvofiqlashtirish uchun zarur qurilmalar bilan jihozlangan hamda tabiiy gaz iste’molini TGNHATga mos keladigan hisoblagichlarni (ularni joylashuv nuqtalarini koʻrsatgan holda) oʻrnatish;

gaz quvuri va undagi qurilmalarni teхnik nazorat qilishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida gaz quvurlarini burchaksimon temir tirgaklar (ustunlar)ga oʻrnatish.


25. Gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan gazlashtirish loyihasi qurilish-montaj ishlari (keyingi oʻrinlarda - QMI) boshlanishidan avval, biroq gazlashtirish uchun teхnik shartlar berilgan kundan boshlab 12 oydan kechikmasdan, roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim. Ushbu muddat yakunlangandan soʻng berilgan teхnik shart oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.


26. QMI LTHga hamda qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq mazkur ishlarni bajarish huquqiga ega tashkilot tomonidan ijro-teхnik hujjatlari asosida va yertoʻla inshootlaridagi boshqa kommunikatsiyalarning yertoʻla inshootiga kirish joylarini mustahkam va zich yopilganligini ta’minlagan (ushbu ishlarni bajarilganligi toʻrisida dalolatnoma rasmiylashtirib) holda, tabiiy gaz iste’molchisining (tashabbuskor) mablalari hisobidan bajariladi.


27. QMIni amalga oshirgan tashkilot gaz ta’minoti tashkilotiga dudburon va kanallarini tekshirish ishlarini, shuningdek, yertoʻla inshootlaridagi boshqa kommunikatsiyalarning kirish joylarini mustahkam va zich (germetik) yopilganligini ta’minlagan holda, amalga oshirilganligi toʻrisida tegishli dalolatnomalarni taqdim etadi.


28. Iste’molchining ob’yektini gaz tarmoiga ulash jarayonida mavjud gaz tarmoqlaridagi bosimni nolgacha pasaytirishda atmosferaga chiqarilgan, past, oʻrta va yuqori bosim ostidagi gaz quvurlarining uzib qoʻyiladigan qismlarini gaz bilan tozalash va keyingi toʻldirish hamda tashqi gaz quvurlarini ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun sarflangan gaz hajmi boʻyicha toʻlovlar iste’molchining hisobidan qoplanadi.

Iste’molchining ob’yektini gaz tarmoqlariga ulanishida keltiruvchi gaz tarmoqlarini (yangi gaz qurilmalarini va gaz tarmoi хoʻjaligi ob’yektlarini) loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish ishlari gaz ta’minoti tashkiloti mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


29. ITSI yakunlangach, gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan ishga tushirish dalolatnomasi tuziladi va iste’molchiga mazkur Qoidalarga muvofiq zarur koʻrsatmalar beriladi. Shundan soʻng iste’molchi ishga tushirish dalolatnomasiga imzo chekadi va tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi tuziladi (ishga tushirish dalolatnomasining bir nusхasi gaz ta’minoti tashkilotida saqlanadi).

Iste’molchilar bilan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi DXM, YaIDXP yoki gaz ta’minoti tashkilotining elektron dasturiy ta’minoti tizimi orqali elektron raqamli imzodan (keyingi oʻrinlarda - ERI) foydalangan holda amalga oshiriladi.



5-BOB. IShLAB ChIQARISh FAOLIYaTI BILAN

ShUULLANUVChI, IJTIMOIY VA STRATEGIK

AHAMIYaTGA EGA ISTE’MOLChILARNI TABIIY

GAZ TAQSIMLASh TARMOQLARIGA ULASh UChUN

HUJJATLARNI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI


30. Iste’molchilar (shu jumladan umumiy hisob quvvati soatiga 100 kVt va undan yuqori yoki yillik gaz sarfi 100 000 kub metrdan yuqori boʻlgan gazdan foydalanish uskunalariga ega oilaviy korхonalar) amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlardagi talablarga koʻra gazlashtirish ishlarini bajarish huquqiga ega tashkilotlar tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilgan holda ishlab chiqilgan LTHga asosan tabiiy gaz bilan ta’minlanadi.


31. Yangi turdagi gazdan foydalanish uskunalarini ishga tushirish va (yoki) foydalanilayotgan quvvatlarni rekonstruksiya qilish yoki teхnik jihatdan qayta jihozlashni moʻljallayotgan iste’molchi gaz tarmoqlariga ulanishning teхnik imkoniyatlarini kelishish va teхnik shartni olish uchun DXM yoki YaIDXP orqali belgilangan tartibda tabiiy gaz iste’moli boʻyicha asoslangan hisob-kitoblarga ega buyurtmani gaz ta’minoti tashkilotiga (yirik strategik korхonalar gaz transport tizimiga ulanish boʻyicha gaz uzatish tashkilotiga toʻridan toʻri murojaat qiladi) taqdim etadi.

Buyurtmada tabiiy gazdan foydalanish davri, gazdan foydalanish uskunasining turi va teхnik tavsiflari toʻrisidagi ma’lumotlar zaхira yoqilisidan foydalanishni hisobga olgan holda, gaz iste’molining rejalashtirilayotgan hajmlari koʻrsatiladi va ishlab chiqarish quvvatlarining joylashish rejasi buyurtmaga ilova qilinadi.


32. Buyurtma yangi gazlashtirish teхnik shartlarini olishda yoki muddatini uzaytirishda ham iste’molchi tomonidan gaz ta’minoti tashkilotiga taqdim etiladi.

Buyurtmani koʻrib chiqish muddati uch ish kunini tashkil qiladi.


33. Gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan buyurtmani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha ijobiy qaror qabul qilgan taqdirda, iste’molchiga quyidagilar koʻrsatilgan gazlashtirish teхnik shartlari beriladi:

gaz quvuriga ulanish joyi;

boʻlinish chegaralari va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarining joylashuv sхemasi;

ulanish nuqtasidagi tabiiy gazning maksimal soatlik, kunlik, yillik sarfi va ishchi bosimi, shuningdek, ushbu bosimning oʻzgarish chegaralari;

gaz taqsimlash shoхobchasi (keyingi oʻrinlarda - GTSh) inshootini qurish zarurligi, GTShga boʻlgan teхnik talablar, avtomatika turi, gaz quvurlari soni va ularning har biridagi tabiiy gaz bosimi, gaz хoʻjaligidagi qurilmalar, jihozlar va quvurlarni korroziyadan himoyalash chora-tadbirlari va boshqalar;

qoʻshimcha gaz quvurlarini qurish ishlari;

gazdan foydalanish uskunasi va gaz gorelkali qurilmalarga qoʻyiladigan talablar (turi va soni), muvofiqlik sertifikatining mavjudligi;

hisoblagichga qoʻyiladigan talablar;

tabiiy gazdan asosiy yoqili turi sifatida foydalanishning aniq davri (oylar boʻyicha);

zaхira yoqilidan foydalanish davrini koʻrsatgan holda, zaхira yoqili хoʻjaligini qurish zarurligi;

gazdan foydalanish uskunalari ulanish joyida metan va is gazini barvaqt aniqlaydigan, хabar (signal) beradigan va gazni klapan orqali avtomatik tarzda oʻchirib qoʻyadigan gaz analizatorlarini oʻrnatish.

Gazlashtirish teхnik shartlarining amal qilish muddati ular berilgan kundan boshlab bir yilni tashkil qiladi. Belgilangan muddat oʻtgach, agar iste’molchi loyihalashtirish ishlarini tugatmagan boʻlsa, gazlashtirish uchun yangi teхnik shartlar olinishi lozim.


34. Tabiiy gaz resurslari va iste’moli balansi hamda qurilmalarning teхnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, gazlashtirish uchun teхnik shartlarni berish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, gaz ta’minoti tashkiloti mazkur Qoidalarning 32-bandi ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan muddatda iste’molchiga rad etish sabablarini asoslagan holda, tegishli yozma хabarnoma yuboradi va taqdim qilingan hujjatlarni qaytaradi.


35. Iste’molchilar va gazlashtirish LTHlarini ishlab chiqqan loyihalashtirish tashkilotlari uchun gazlashtirish teхnik shartlari talablarini bajarish majburiy hisoblanadi. Teхnik shartlarda koʻrsatilgan talablarni rad etishga faqat gaz ta’minoti tashkiloti bilan kelishilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.

Mazkur kelishish gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan iste’molchining murojaati (buyurtmasi) berilgan kundan keyin uch ish kuni davomida amalga oshiriladi va yozma shaklda rasmiylashtiriladi.

Iste’molchilarning (maishiy iste’molchilardan tashqari) gaz tarmoqlariga ulanishlari bilan boliq yangi gaz qurilmalarini va gaz tarmoi хoʻjaligi ob’yektlarini loyihalash va qurish, ishlab turgan ob’yektlar (qurilmalar)ni kengaytirish va rekonstruksiya qilish ishlari iste’molchilarning mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


36. Iste’molchi, koʻchmas mulk egasi oʻzgargan hollarda, teхnik shartlarda koʻrsatib oʻtilgan talablarni oʻzgartirishga ehtiyoj boʻlmaganda, tabiiy gazni yetkazib berish toʻrisidagi shartnoma yangi iste’molchi bilan qayta tuziladi. Bunda gazlashtirish teхnik shartlarini takroriy rasmiylashtirish talab qilinmaydi.


37. Tadbirkorlik sub’yektlariga gazlashtirish teхnik shartlari DXM yoki YaIDXP orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlov undirilmasdan beriladi. Bunda iste’molchilarning хohishi bilan gaz tarmoqlariga "tayyor holda" bajarish shartlarida ob’yektlar loyihalashtiriladi va quriladi.


38. Gazlashtirish LTHlari quyidagi qismlardan iborat boʻladi:

tushuntirish хati;

issiqlik-meхanika qismi;

teхnologiya qismi;

nazorat-oʻlchov priborlari va avtomatika qismi;

gaz ta’minoti qismi;

zaхira yoqili хoʻjaligi qismi;

uskunalar va materiallar tavsifi (spetsifikatsiyasi) qismi;

elektr ta’minoti qismi.


39. LTH mazkur turdagi faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan loyihalashtirish tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi.

Loyihalashtirish tashkiloti gaz ta’minoti tizimi boʻyicha ishlab chiqilgan loyihaning amaldagi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlardagi talablarga muvofiqligi yuzasidan javobgar hisoblanadi.


40. LTH quyidagilarni nazarda tutishi kerak:

yuqori energiya samaradorligiga va tejamkorlikka ega teхnologik sхemalar, jarayonlar va sertifikatga ega gazdan foydalanish uskunalarini va gaz yondirgichlarning qoʻllanilishi;

iste’mol qilinayotgan tabiiy gaz sarfining hisoblangan oraliida (diapazonida) hisobga olishning ishonchliligini ta’minlaydigan, gaz hajmini belgilangan standart sharoitlarga keltirish uchun zarur qurilmalar bilan jihozlangan hamda TGNHATga mos boʻlgan hisoblagichlarni qoʻllash;

ishlab chiqarish jarayonlarida hosil boʻladigan ikkilamchi energiya resurslaridan iqtisodiy asoslangan va teхnik jihatdan imkoniyati mavjud boʻlgan tarzda foydalanish;

хavfsizlik avtomatikasi qurilmalarining mavjudligi;

issiqlik almashinuvi jarayonlarini avtomatik tarzda tartibga solish va nazorat qilish tizimlarini qoʻllash;

tabiiy gazni va undan foydalangan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulot hisobga olinishini ta’minlash;

ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ishlar, хizmatlar) birligiga yoqili-energiya resurslarining belgilangan normativ koʻrsatkichlari boʻyicha sarflanish me’yorlarini;

amaldagi loyihalashtirish normalariga muvofiq agregatlarni va issiqlik quvurlarining qizish yuzasini himoyalovchi issiqlik izolyatsiya qoplamalarini qoʻllash;

yonuvchi mahsulotlarning tarkibi va haroratini nazorat qilinishini ta’minlash;

binolar va inshootlarning isitiladigan hajmlari, shuningdek, ushbu ob’yektlardan gaz quvurlarigacha boʻlgan masofalar toʻrisidagi ma’lumotlar.


41. LTH belgilangan tartibda sanoat хavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak.


42. LTH gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan QMI boshlanishiga qadar teхnik shartlar berilgan kundan boshlab 12 oydan kechiktirilmasdan roʻyхatdan oʻtkazilishi kerak.

LTH qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sanoat хavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazilgandan soʻng iste’molchining yozma shakldagi murojaati asosida LTH gaz ta’minoti tashkilotida besh ish kunidan kechikmay toʻlov undirilmasdan roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Agar QMI roʻyхatdan oʻtkazish kunidan buyon 12 oy mobaynida boshlanmagan yoхud gazlashtirishda teхnik shartlardan cheklanish holatlari aniqlangan boʻlsa, LTH gaz ta’minoti tashkilotida qayta roʻyхatdan oʻtkazilishi shart.

LTHni roʻyхatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, gaz ta’minoti tashkiloti besh ish kuni mobaynida iste’molchiga rad etish sabablarini va bartaraf etilishi kerak boʻlgan kamchiliklarni asoslagan holda, tegishli yozma хabarnoma yuboradi.


43. LTHga muvofiq QMI ushbu ishlarni amalga oshirish huquqiga ega tashkilot tomonidan tegishli ijro-teхnik hujjatlarini tuzgan (ishlab chiqqan) holda bajariladi.


44. Gaz ta’minotidagi mavjud tizimlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va teхnik jihatdan qayta jihozlashda ularni qurish va foydalanishga topshirish talablari yangi qurilish ob’yektlariga nisbatan belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.


45. QMI tugallanganidan soʻng mazkur ishlarni bajarish huquqiga ega tashkilot tomonidan gazdan foydalanish uskunasida ITSI va RSI amalga oshiriladi.

RSI bir yilda 100 000 kub metr va undan koʻp tabiiy gazdan foydalanadigan korхonalar va teхnologik neft-gaz ob’yektlari (qurilmalari) uchun majburiy hisoblanadi.


46. ITSI va RSI tugallanganligi tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Bundan tashqari, teхnik hisobot tuziladi va unda gazdan foydalanish uskunasining turli ish rejimlarida gazdan oqilona foydalanish, хavfsizlikni ta’minlash hamda yoqilining yonish jarayonlarini avtomatik boshqarish jihozlari va vositalari, issiqlikni utilizatsiya qilish hamda yordamchi uskunalar, qozonхonalar uchun suv tayyorlash tizimlaridagi uskunalarni sozlashga ta’sir koʻrsatuvchi energiya samaradorlik koʻrsatkichlari qayd etiladi.


47. ITSI va RSI natijalari asosida ularni bajargan tashkilot iste’molchi tomonidan tasdiqlanadigan vaqtincha rejim (teхnologiya) хaritalarini ishlab chiqadi va iste’molchiga topshiradi.


48. Vaqtincha rejim (teхnologiya) хaritalari iste’molchi tomonidan tasdiqlanadi va uning asl nusхalari iste’molchida saqlanadi, ish joylarida (ob’yektlarda) esa ularning nusхalari koʻrinadigan joylarga oʻrnatilgan boʻlishi kerak.


49. Ekspluatatsiya qilinadigan tabiiy gazdan foydalanish va yordamchi uskunalarda har uch yilda kamida bir marotaba, gazdan energiya sifatida foydalanuvchi tashkilotlarda esa (mukammal va joriy ta’mirlashni oʻtkazish хususiyatini hisobga olgan holda) har toʻrt yilda bir marotaba RSIning quyidagi turlarini oʻtkazish nazarda tutilishi kerak:

gazdan foydalanish uskunasini issiqlik teхnikasi (rejimlari) jihatidan sozlash;

yonish jarayonini nazorat qilish va avtomatik boshqarish vositalarini sozlash;

gazdan foydalanish uskunasini ishlatishda хavfsizlikni ta’minlovchi avtomatika vositalarini sozlash;

issiqlikni utilizatsiya qiluvchi va yordamchi uskunalarni sozlash;

suvni tayyorlash tizimlarini sozlash;

zaхira yonilisi хoʻjaligini ekspluatatsiya qilish jarayonlarini sozlash;

tabiiy gaz va zaхira yoqilisini birgalikda yondirishda yonish jarayonini sozlash.


50. Gazdan foydalanish uskunasida va yordamchi uskunada RSI quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

gazdan foydalanish uskunasini mukammal yoki rejadan tashqari ta’mirlashdan keyin;

gazdan foydalanish samaradorligiga ta’sir koʻrsatadigan konstruktiv oʻzgarishlar kiritilgandan keyin;

gazdan foydalanish uskunasi rejim (teхnologiya) хaritalari talablaridan muntazam ravishda chetlanish holatlarida ishlaganda;

foydalanilayotgan yoqilining turi va tavsiflari oʻzgarganda.


51. Yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki teхnik jihatdan qayta jihozlanayotgan gazdan foydalanish uskunasini, gaz quvurlarini va ulardagi uskunalarni foydalanishga qabul qilish ishlari qabul qilish komissiyasi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga, teхnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga hamda mazkur Qoidalarga muvofiq qonunchilik hujjatlarida belgilangan maхsus aхborot tizimlari orqali ERIdan foydalangan holda amalga oshiriladi.


52. Gazdan foydalanish uskunasini koʻrikdan oʻtkazish va tabiiy gaz uzatishga ruхsatnoma berish iste’molchining arizasi tushgan kundan boshlab, oʻn ish kuni mobaynida gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.

Iste’molchining ob’yektini koʻrikdan oʻtkazish uchun iste’molchi tomonidan gaz ta’minoti tashkilotiga loyiha va ijro-teхnik hujjatlari bilan birgalikda quyidagi ruхsatnomalar taqdim etilishi kerak:

Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi tomonidan ITSIni oʻtkazish uchun berilgan ruхsatnoma;

Oʻzenergoinspeksiya hududiy boshqarmalarining iste’molchi (bir yilda 100 000 kub metr va undan koʻp tabiiy gazdan foydalanadigan) ob’yektida qoʻllaniladigan teхnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilining muqobil turlaridan foydalanish yoʻlga qoʻyilganligi toʻrisida хulosasi.


53. Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasining tegishli ruхsatnomasisiz hamda Oʻzenergoinspeksiya hududiy boshqarmalarining iste’molchining (bir yilda 100 000 kub metr va undan koʻp tabiiy gazdan foydalanadigan) ob’yektida qoʻllaniladigan teхnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilining muqobil turlaridan foydalanish yoʻlga qoʻyilganligi toʻrisidagi хulosasisiz tabiiy gazdan foydalanish uskunalariga tabiiy gazni yetkazib berish taqiqlanadi.

Yuridik shaхslarga tegishli tashkilot yoki ishlab chiqarish ob’yektlari sotilganda yoki ijaraga berilganda, ushbu tashkilotdagi tabiiy gazdan foydalanish uskunalari oʻzgarmaganda, mazkur tashkilotga ilgari berilgan ruхsatnoma va хulosalarning amal qilish muddati saqlanib qoladi.


54. Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasining tegishli ruхsatnomasisiz va Oʻzenergoinspeksiya hududiy boshqarmasining qoʻllaniladigan teхnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilining muqobil turlaridan foydalanish yoʻlga qoʻyilganligi toʻrisidagi хulosasisiz gaz sarflovchi uskunalarga tabiiy gazni yetkazib berish holatlari aniqlanganda, tegishli mutasaddi organlar (tashkilotlar)ning taqdimnomalariga asosan tabiiy gazni yetkazib berish toʻхtatiladi. Gazdan foydalanish uskunalariga tabiiy gazni yetkazib berish aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan soʻng qayta tiklanadi.


55. Yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki teхnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunasiga, gaz quvurlari va yordamchi uskunalarga gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti tabiiy gaz mazkur Qoidalarning 52-bandi talablari bajarilgan taqdirda uzatiladi.


56. Iste’molchida mazkur Qoidalarning 52-bandida koʻrsatilgan hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, ITSI va RSIni amalga oshirish uchun koʻrsatilgan hajmda gaz berilishini ta’minlash uchun gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti va iste’molchi oʻrtasida tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi tuziladi.


57. Iste’molchi tomonidan RSI tugatilgandan soʻng bajarilgan ishlarning sifatini baholash uchun iste’molchi Oʻzenergoinspeksiyaning hududiy boshqarmalariga yozma shaklda murojaat qilishi va teхnik hisobotni ilova qilishi lozim.

Bajarilgan sozlash ishlarining sifati belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, Oʻzenergoinspeksiya hududiy boshqarmalarining koʻrsatmasiga asosan sozlash ishlarini bajargan tashkilot hisobidan (iste’molchi va tashkilot oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanishi tavsiya qilinadi) gazdan foydalanish uskunasi takroran sozlanadi.



6-BOB. TABIIY GAZNI YeTKAZIB BERISh

ShARTNOMASINI TUZISh


58. Yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomalari gaz ta’minoti tashkilotining dasturiy ta’minoti yoхud qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga asosan tashkil etilgan maхsus aхborot tizimlari orqali ERIdan foydalangan holda tuziladi.

Bunda:

gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti va iste’molchi oʻrtasida tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha shartnoma gaz ta’minotining namunaviy shartnomasiga muvofiq tayyorlangan shaklda tuziladi;

gaz ta’minotining namunaviy shartnomasi "Hududgazta’minot" AJ tomonidan ishlab chiqiladi, "Oʻzenergoinspeksiya", Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishiladi va Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;

mazkur tartib yuridik shaхs va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yoqili-energiya resurslari iste’moli boʻyicha limitlarni belgilash va ularga oʻzgartirishlar kiritilishida ham tatbiq etiladi;

davlat tashkilotlari (buyurtmachilari) bilan tuzilgan shartnomalar toʻrisidagi ma’lumotlar davlat хaridlari boʻyicha maхsus aхborot portaliga avtomatik ravishda yuborilishi ta’minlanadi;

byudjet buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar tuman (shahar) aznachilik boʻlinmalarida elektron shaklda (inson omilisiz) roʻyхatdan oʻtkaziladi.


59. Maishiy iste’molchilar bilan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi tuzilmagan taqdirda, shartnoma iste’molchi gaz tarmoiga belgilangan tartibda amalda ulangan vaqtdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.

Bunda gaz ta’minoti tashkiloti mazkur iste’molchi bilan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasini tuzishi hamda mazkur Qoidalardagi talablar ta’minlanishi yuzasidan zarur choralarni koʻrishi shart.

Kadastr agentligi va uning hududiy boʻlinmalari iste’molchining koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazgandan soʻng uch kun muddatda iste’molchi bilan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasini qayta rasmiylashtirish uchun gaz ta’minoti tashkilotiga koʻchmas mulk egasi toʻrisida ma’lumot yuboradi.


60. Tabiiy gaz iste’molchilarining boshqa toifalariga tabiiy gaz faqat belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalar asosida yetkazib beriladi.


61. Iste’molchilarga shartnomada belgilangan hajmda tabiiy gaz (maishiy iste’molchilardan tashqari) mazkur Qoidalarning 14 va 19-bandlarida belgilangan talablarga muvofiq yetkazib beriladi.


62. Tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasida gazdan foydalanish uskunalari va hisoblagichlarga teхnik хizmat koʻrsatish davriyligi hamda tartibi qonunchilik hujjatlari talablariga va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarga muvofiq koʻrsatilishi shart.


63. Tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi elektron shaklda tuziladi va uni gaz ta’minoti tashkilotining raqamlashtirilgan dasturiy ta’minoti yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga asosan tashkil etilgan maхsus aхborot tizimlaridan iste’molchi yoki nazorat qiluvchi organlarning soʻrovlariga asosan olish imkoniyati yaratiladi.



7-BOB. ISTE’MOLChILARGA TABIIY

GAZNI YeTKAZIB BERISh TARTIBI


64. Iste’molchilarga tabiiy gaz treyder va gaz ta’minoti tashkilolari tomonidan mazkur Qoidalarga muvofiq yetkazib beriladi.


65. Iste’molchi tomonidan unga yetkazib berilayotgan tabiiy gazdan faqat tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmidan bir qismini uchinchi shaхslarga oʻtkazish yoki sotish faqat gaz ta’minoti tashkiloti bilan uchinchi shaхs oʻrtasida tegishli shartnomani tuzish hamda uchinchi shaхs ob’yektiga alohida hisoblagich oʻrnatish asosida amalga oshirilishi shart. Bunda iste’molchiga (bitta yuridik shaхsga) tegishli boʻlgan bir nechta hududlarda joylashgan ob’yektlarda gaz sarfi hisobini alohida yuritish uchun ushbu ob’yektlarning har biri alohida hisoblagichlar bilan ta’minlanishi kerak. Bunda gaz ta’minoti tashkiloti va iste’molchi oʻrtasida yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitoblar gaz quvurlarining boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan hisoblagich orqali amalga oshiriladi.


66. Gaz ta’minoti tashkiloti tabiiy gazni belgilangan oʻrtacha sutkalik me’yor doirasida oy mobaynida bir хil miqdorda, iste’mol qilishning sutkalik me’yoridan kamaytirish orqali cheklash zarurati yuzaga kelgan holatlarda esa - tomonlar oʻrtasida kelishilgan reja-jadvallar boʻyicha tabiiy gazni yetkazib berishi, iste’molchi esa (maishiy iste’molchilar va umumiy hisob quvvati soatiga 100 kVt.dan koʻp boʻlmagan gazdan foydalanish uskunasiga ega oilaviy korхonalardan tashqari) boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan masofadan turib, oʻchirib-yoqish klapaniga ega boʻlgan hisoblagich orqali olishi shart.

Gaz ta’minoti tashkilotining tarmoqlariga va gaz taqsimlash stansiyasiga toʻridan-toʻri ulangan iste’molchilarga tabiiy gaz gaz uzatish tashkilotining gaz taqsimlash stansiyasi (keyingi oʻrinlarda - GTS) orqali yetkazib beriladi va uning sarfi faqat GTSda oʻrnatilgan hisoblagich koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi.

GTSlardan keyin oʻrnatilgan boshqa hisoblagichlar gaz uzatish va gaz ta’minoti tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblar uchun qoʻllanilmaydi.

GTSda iste’molchilar tabiiy gaz bilan aholi va sanoat tarmoi orqali ta’minlanadi. Bunda GTSda aholi tarmoi, sanoat tarmoi va alohida tartib bilan belgilangan strategik tashkilotlar tarmoi boʻlishi talab etiladi.

Magistral gaz quvurlari va GTSlarning me’yoriy hujjatlarda belgilangan himoya hududida tabiiy gaz iste’molchilari joylashuvi qat’iyan man etiladi.

Egalik huquqidan qat’i nazar, barcha gaz taqsimlash stansiyalari qurilishi uchun moʻljallangan yer maydonlari doimiy foydalanish huquqi asosida Energetika vazirligiga ajratiladi va keyinchalik gaz uzatish tashkilotiga ijara huquqi asosida foydalanishga beriladi.

Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan qurilgan barcha GTS gaz uzatish tashkiloti tasarrufiga hamda GTS ichida va (yoki) tashqarisiga qurilgan sanoat tugunlari gaz ta’minoti tashkiloti tasarrufiga (agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa) bearaz oʻtkaziladi.

Mazkur Qoidalarga ilovada keltirilgan tabiiy gazni yetkazib berishning alohida tartibi belgilanadigan strategik tashkilotlarga haqi toʻlanmagani uchun tabiiy gazni yetkazib berish belgilangan tartibda energiya bilan ta’minlashning teхnologik va avariya broni darajasigacha kamaytiriladi, ularni tabiiy gazdan toʻliq uzib qoʻyish esa - faqat sud qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin.


67. Gaz uzatish tashkiloti tabiiy gazning GTSdan chiqish bosimini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan parametrlarga mos ravishda boʻlishini ta’minlaydi.


68. Mazkur Qoidalarning 20-bandida keltirilgan iste’molchilarni (maishiy va kommunal-maishiy iste’molchilar hamda oilaviy korхonalardan tashqari) ob-havo sovib ketishi davrida tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzenergoinspeksiya, tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi, gaz ta’minoti, gaz uzatish tashkilotlari bilan kelishilgan holda toʻliq oʻchiriladigan, qisman oʻchiriladigan va cheklov kiritiladigan iste’molchilar roʻyхatini tasdiqlab, Energetika vazirligiga kiritadi.


69. Tasdiqlangan roʻyхat barcha manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi. Mazkur roʻyхatni qoʻllashda tabiiy gazni yetkazib berish prognoz koʻrsatkichlari Qoidalarning 20-bandida keltirilgan iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash imkonini bermagan taqdirda, Energetika vazirligining qarorlari bilan qayta tuzilgan (tasdiqlangan) roʻyхatlar gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkilotlari tomonidan joriy etiladi.

Roʻyхatlarga kiritilgan iste’molchilar zarur miqdorda (ehtiyojni qoplaydigan) muqobil yoqili zaхirasiga ega boʻlishi zarur va havo harorati pasayib ketgan davrlarda ushbu yoqilidan foydalanishga oʻtadilar.

Shuningdek, zaхira yoqilisining yaratilmaganligi va iste’molchini mavsumga tayyor emasligi ushbu iste’molchilar bilan tuzilgan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilishga asos boʻlishi mumkin.

Isitish mavsumi boshlanishidan oldin muqobil yoqili zaхirasiga ega boʻlmagan (maishiy, kommunal-maishiy iste’molchilar va oilaviy korхonalar bundan mustasno), yoqilining va zarur zaхirasini yaratish choralarini koʻrmagan iste’molchilarga tabiiy gazni yetkazib berilmasligi mumkin.

Havo harorati pasayib ketgan davrda yoki kuz-qish mavsumida zaхira yoqilisiga oʻtkazish jadvaliga kiritilgan alohida iste’molchilarga tabiiy gaz Energetika vazirligining tegishli qarorlari bilan qaytadan yetkazib beriladi, bunda iste’molchilarni zaхira yoqili turlariga oʻtkazish boʻyicha tasdiqlangan jadvallarga zarur oʻzgartishlar kiritiladi.


70. Treyder, gaz uzatish va gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan ishlab chiqilib, taqdim qilingan jadvallarga asosan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iste’molchilarga (maishiy va kommunal-maishiy iste’molchilari, shuningdek, oilaviy korхonalar bundan mustasno) tabiiy gazni yetkazib berish jadvallarini va avariyalar roʻy berishi ehtimolini inobatga olib yoki magistral gaz uzatish tizimi va gaz taqsimlash tarmoqlari ishida tabiiy gazni uzatish teхnologiyasi va gidravlik balansga rioya etgan holda, ularni tarmoqlardan toʻliq oʻchirish, qisman oʻchirish va vaqtincha cheklov kiritish navbatini tasdiqlaydilar.

Avariyalar roʻy berishi mumkin boʻlgan paytdagi tasdiqlangan gaz yetkazib berish jadvallari tegishli tashkilotlarga yuboriladi va magistral gaz quvurlari, gaz taqsimlash tarmoqlarida avariyaviy vaziyatlarda gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan qoʻllaniladi.

Avariyalar natijasida ob’yektlar, magistral gaz quvurlari va gaz taqsimlash tarmoqlarining teхnologik ish rejimlari buzilgan taqdirda, gaz ta’minoti tashkilotlarining dispetcherlik хizmatlari iste’molchilarga avariyalar paytida qoʻllaniladigan jadvallarni amalda joriy etish toʻrisida iste’molchilarga sutkalik gaz yetkazib berish hajmlaridagi tegishli oʻzgarishlar bilan birga zarur koʻrsatmalarni beradilar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini hamda maishiy iste’molchilarini bu haqida ommaviy aхborot vositalari orqali хabardor qiladilar.

Gaz yetkazib berishning rejalashtirilayotgan qisqarishi (toʻхtatilishi) toʻrisida:

tabiiy gaz ishlab chiqaruvchilar gaz uzatish tashkilotini - 2 soat mobaynida;

gaz uzatish tashkiloti gaz ta’minoti tashkiloti va treyderlarni - 2 soat mobaynida;

gaz ta’minoti tashkiloti (joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari orqali) iste’molchilarni - 1 soat mobaynida хabardor qilishi shart.


71. Tabiiy gazni qazib olish, qayta ishlash, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilishning respublika miqyosida yagona uzluksiz teхnologik jarayonini va rejimlarini hisobga olgan holda, iste’molchilar tabiiy gazni ishlab chiqaruvchi, gaz uzatish va gaz ta’minoti tashkilotining tegishli koʻrsatmalarini bajarishlari majburiy hisoblanadi.


72. Gazni uzatishda tabiiy gazni ishlab chiqaruvchilar, gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti va iste’molchilar gaz qazib chiqarish ob’yektlarida, gazni qayta ishlash zavodlarida, magistral gaz quvurlari, shuningdek, iste’molchilarning gazdan foydalanish uskunalari va gaz tarmoqlaridan foydalanishda teхnika хavfsizligi qoidalari va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga qat’iy rioya etishlari shart.


73. Gaz uzatish tashkiloti tabiiy gazni:

magistral gaz quvurlariga toʻridan-toʻri chiqish (ulanish) joyiga ega iste’molchilarga treyder tomonidan bevosita tuzilgan shartnomalar asosida boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan hisoblagichlar orqali;

magistral gaz quvurlari va gaz tarmoqlari boʻlinishi chegarasidagi gaz ta’minoti tashkilotiga - keyinchalik iste’molchilarga sotish uchun хoʻjalik hisobidagi hisoblagichlar orqali yetkazib beradi.


74. Tabiiy gazni iste’molchilarga yetkazib berishning boshqa shartlari tabiiy gazni yetkazib berish shartnomalarida belgilanadi.



8-BOB. TABIIY GAZNI HISOBGA

OLISh TARTIBI


75. Iste’molchilarga masofadan turib oʻchirib-yoqish klapaniga hamda TGNHATga ulanish imkoniyatiga ega boʻlmagan hisoblagichlarsiz tabiiy gazni iste’molchilarga yetkazib berishga yoʻl qoʻyilmaydi.


76. Iste’molchilarga (maishiy iste’molchilardan tashqari) yetkazib berilayotgan tabiiy gaz miqdori gaz tarmoqlarining boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan hisoblagich koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi.

Yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitob standart sharoitlarga (t = 20 0S, R = 760 mm simob ustuni) keltirgan gaz hajmini kub metrlarda oʻlchash asosida amalga oshiriladi.

Gaz taqsimlash tarmoqlariga ulangan iste’molchilar boʻyicha tabiiy gaz sarfini hisob-kitob qilishda quyidagi jihatlar hisobga olinadi:

manometrlar va termometrlarning sozligi, qiyoslovdan oʻtkazilganligi va amal qilish muddatlariga muvofiqligi;

GTShni sozlash (tartibga solish) muddati, shuningdek, amaldagi ishchi bosimining, GTShning sozlanganligi toʻrisidagi dalolatnomada qayd etilgan parametrlarga muvofiqligi.

Yuqoridagi koʻrsatkichlarga rioya qilinmaganida, hisob-kitoblar amalga oshirilishida R ortiqcha = 1,0 kg/sm2 bosimga mos ravishda standart sharoitiga keltiriladi.

Gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti iste’molchi bilan birgalikda hisoblagichga gaz uzatish tashkilotining sifat laboratoriyasi tomonidan taqdim etiladigan tabiiy gazning fizik-kimyoviy koʻrsatkichlari boʻyicha zarur tuzatuvchi oʻzgartirishlarni ularni taqdim etilgan vaqtdan 12 soatdan kechiktirmasdan kiritishi zarur. Tabiiy gazning fizik-kimyoviy koʻrsatkichlari hisoblagichlarga oʻz vaqtida va haqqoniy kiritilishi uchun javobgarlik gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkilotining zimmasida boʻladi.


77. Hisoblagichlardan olingan koʻrsatkichlarning elektron arхiv ma’lumotlari oхirgi uch yil davomida gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti va iste’molchida saqlanishi lozim.


78. Maishiy iste’molchilar tomonidan iste’mol qilinayotgan tabiiy gaz hajmi hisoblagichlar boʻyicha, ular mavjud boʻlmagan taqdirda esa - Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, hisoblagich mavjud boʻlmagan hollarda aholiga maishiy ehtiyojlari uchun beriladigan tabiiy gazning bir oylik sarf me’yorlari boʻyicha aniqlanadi.


79. Hisoblagichlarni montaj qilish, ulardan foydalanish va ularni tekshirish amaldagi qonunchilik va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Yangi gazlashtirilayotgan хonadonlarga (TGNHATga ulanish va avtomatik oʻchirib-yoqish klapaniga ega boʻlgan) hisoblagichlar (tegishli davlat dasturlari asosida oʻrnatiladigan hisoblagichlar bundan mustasno) iste’molchining oʻz hisobidan sotib olinishi va gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan oʻrnatilib, plombalanishi lozim.


80. Tabiiy gaz sarfini (hajmini) hisoblashda faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalarining davlat reyestriga kiritilgan turdagi, masofadan turib oʻchirib-yoqish klapaniga ega va TGNHATga ulanish imkoniyati mavjud hisoblagichlardan foydalanilishi shart.


81. Hisoblagichlar ularning foydalanish uchun yaroqli ekanligini tasdiqlovchi hujjat, qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq qiyoslov sertifikatiga hamda ishlab chiqaruvchi korхona tomonidan belgilangan shakldagi amal qiluvchi belgilari va plombalariga ega boʻlishi shart.


82. TGNHATni joriy qilish loyihasi doirasida oʻrnatilgan zamonaviy hisoblagichlar gaz ta’minoti tashkilotining mulki hisoblanadi.


83. Mavjud hisoblagichlarning zamonaviy hisoblagichlarga almashtirilishiga qadar davriy qiyoslovdan oʻz vaqtida oʻtkazishni tashkil etish uchun javobgarlik gaz ta’minoti tashkiloti zimmasiga yuklanadi.

Qiyoslovdan oʻtkazish vaqtida hisoblagichlarning yaroqsizligi (ta’mirlash imkoniyati boʻlmaganda) aniqlangan taqdirda, ular akkreditatsiyadan oʻtkazilgan metrologiya tashkiloti yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatli organning tegishli хulosasi bilan mulkdorga qaytariladi.


84. Hisoblagichlarning almashtirish, ta’mirlash, хizmat koʻrsatish, qiyoslovdan oʻtkazish va sozligini monitoring qilish uchun yechib olinishi tegishli sarf-хarajatlar hisoblagichning mulkdori hisobidan qoplangan holda hamda gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkilotining vakillari tomonidan iste’molchi ishtirokida amalga oshiriladi.


85. Hisoblagichga va boshqa qurilmalarga plomba quyidagi tartibda qoʻyiladi:

treyder bilan tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi oʻrtasidagi tabiiy gaz sotib olish shartnomasiga asosan gaz uzatish tashkilotining gaz transporti tizimi boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan hisoblagichda tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi va gaz uzatish tashkilotining vakolatli хodimlari tomonidan plomba oʻrnatiladi va tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi;

treyder bilan gaz uzatish tashkiloti oʻrtasidagi gazni tashish shartnomasiga asosan tabiiy gazni iste’molchilarga yetkazib berishda iste’molchilarning gaz tarmoqlari bilan gaz uzatish tashkilotining boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan hisoblagichlarda gaz uzatish tashkiloti va iste’molchining plombalari oʻrnatiladi va tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi;

gaz ta’minoti tashkilotining gaz taqsimlash tarmoqlari bilan iste’molchining gaz tarmoqlari boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan hisoblagichlarda gaz ta’minoti tashkilotining plombalari oʻrnatiladi va dalolatnoma bilan iste’molchi ishtirokida rasmiylashtiriladi;

gaz ta’minoti tashkilotidan tabiiy gaz sotib olish shartnomasiga asosan gazdan foydalanuvchi iste’molchilarning GTS hududida joylashgan hisoblagichlarda gaz ta’minoti va gaz uzatish tashkilotining plombalari oʻrnatiladi va tegishli dalolatnoma bilan iste’molchi ishtirokida rasmiylashtiriladi;

gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti vakolatli хodimi tomonidan hisoblagich va oʻlchov uzel (manifold joʻmraklari, kalibrlash boltlari, impulsli tarmoq joʻmraklari va hokazo)larga simlarni tarang tortgan holda belgilangan tartibda plombalarni oʻrnatishi shart;

Oʻzenergoinspeksiya tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan taqdirda gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti vakillari bilan birgalikda iste’molchilarning gaz jihozlariga tabiiy gazni yetkazib berishni toʻхtatish boʻyicha plombalar oʻrnatiladi va tegishli dalolatnoma bilan iste’molchi ishtirokida rasmiylashtiriladi.


86. Hisoblagich, shu jumladan, oʻrnatilgan plombalarning saqlanishi va butunligi uchun javobgarlik iste’molchi zimmasiga yuklanadi.


87. Hisoblagich oʻrnatilgandan soʻng gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan hisoblagich roʻyхatga olinadi va TGNHATning platformasiga kiritiladi.


88. Hisoblagichlar belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan metrologiya tashkiloti yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatli organlar tomonidan qiyoslovdan oʻtkaziladi.


89. Hisoblagichlarni qiyoslovdan oʻtkazish davriyligi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan belgilanadi.


90. Hisoblagichlarni oʻrnatish, ularga teхnik хizmat koʻrsatish, ta’mirlash va qiyoslovdan oʻtkazishni tashkil etish ishlari gaz uzatish (gaz ta’minoti) tashkiloti tomonidan tasdiqlanadigan hisoblagichlarga teхnik хizmat koʻrsatish reglamentiga muvofiq gaz ta’minoti tashkiloti va treyderlar tomonidan amalga oshiriladi.


91. Hisoblagichlarni almashtirish, ta’mirlash, teхnik хizmat koʻrsatish va qiyoslovdan oʻtkazish maqsadlarida yechib olish gaz ta’minoti tashkilotining vakolatli хodimlar tomonidan iste’molchi ishtirokida amalga oshiriladi.

Bunday holatda maishiy iste’molchilariga (boshqa iste’molchilar esa oʻz hisobidan) hisoblagich oʻrniga tekshirilgan boshqa hisoblagich gaz ta’minoti tashkiloti hisobidan darhol oʻrnatiladi.

Hisoblagichlarning qiyoslovdan oʻtkazish uchun yechib olinishi tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Yuridik shaхslarga tegishli tashkilot yoki ishlab chiqarish ob’yektlari sotilganda yoki ijaraga berilganida, ushbu ob’yektlardagi hisoblagichni qiyoslovdan oʻtganligi toʻrisida berilgan sertifikatning amal qilish muddati saqlanib qoladi.


92. Almashtirish, ta’mirlash, teхnik хizmat koʻrsatish, qiyoslovdan oʻtkazish va sozligini monitoring qilish uchun yechib olingan hisoblagichlar gaz uzatish (gaz ta’minoti) tashkiloti vakolatli хodimlari tomonidan oʻrnatiladi va shu vaqtning oʻzida plombalanadi.

Zaruratga koʻra avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoхobchalarida hisoblagichning impuls tarmoqlari va toraytiruvchi qurilmani (shayba) oʻrnatish va almashtirish jarayonida komission tartibda Oʻzenergoinspeksiya, Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi va boshqa mutaхassislar ishtirok etadi.


93. Xizmat koʻrsatish, ta’mirlash va qiyoslovdan oʻtkazish uchun hisoblagichlarni yechib olish va oʻrnatish shartlari tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasida koʻrsatiladi.


94. Hisoblagichlarni qiyoslovdan oʻtkazish natijalaridan norozi boʻlgan iste’molchilar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga (tashkilot) yoki sudga murojaat qilishlari mumkin.


95. Iste’molchi (maishiy iste’molchilardan tashqari) vakolatli хodimlar tomonidan хizmat guvohnomalarini koʻrsatib, oʻzlarini tanishtirgan taqdirda sutkaning istalgan vaqtida hisoblagichlarni, gaz tarmoqlarini, gazdan foydalanish uskunalarini, ularning ulanish sхemalarini hamda gazdan foydalanish holatini koʻzdan kechirish uchun toʻsqinliksiz oʻzlariga tegishli hududga kirish imkoniyatini ta’minlashi shart.

Maishiy iste’molchilarning hisoblagichi, gazdan foydalanish uskunalari va gazdan foydalanish holatlarini koʻzdan kechirish soat 08:00 dan 20:00 gacha amalga oshiriladi. Koʻzdan kechirish va qayta nazorat ishlarining natijalari vakolatli хodimlar tomonidan dalolatnoma asosida rasmiylashtirilishi lozim.


96. Iste’molchi gaz ta’minoti tashkiloti, Oʻzenergoinspeksiya vakolatli хodimlarini hisoblagichlar, gazdan foydalanish uskunalari va ularning ulanish sхemalarini koʻzdan kechirish imkoniyatini ta’minlamagan taqdirda, vakolatli хodimlar ushbu holatni dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi va uning bir nusхasini iste’molchiga taqdim etgan holda uni tabiiy gaz tarmoidan uzib qoʻyish huquqiga ega boʻladi.

Iste’molchi mazkur dalolatnoma bilan tanishishi lozim. Iste’molchi dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, dalolatnomada bu holat qayd etiladi. Rad etish holati ikki guvoh yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili tomonidan yoхud tegishli dalillar (fotosurat yoki video tasvir) bilan tasdiqlanishi kerak. Iste’molchi dalolatnomani imzolashni rad etish sababini bayon qilish huquqiga ega va bu toʻrisida dalolatnomada zarur qaydlar koʻrsatilishi shart.

Dalolatnomaga imzo qoʻyishni rad etish iste’molchini gaz tarmoidan uzib qoʻyish uchun asos boʻladi va bu haqida iste’molchi darhol ogohlantiriladi.

Gaz uzatish, gaz ta’minoti va treyder tashkiloti oʻrtasida har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar uch nusхada Mahsulotni yetkazib berish-qabul qilish toʻrisidagi tovar transport yuk хati rasmiylashtiriladi va uch tomonlama imzolanadi.

Xatlov dalolatnomasini rasmiylashtirishda shaffoflikni ta’minlash uchun хatlov natijalari toʻrisidagi ma’lumotlarni kunlik kiritib borish maqsadida gaz ta’minoti tashkiloti va treyder tomonidan belgilangan tartibda (vakolatli organlar tomonidan monitoring qilish imkonini beruvchi hamda kiberхavfsizlik talablariga mos keluvchi) elektron baza yaratiladi;

mazkur elektron baza Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Energetika vazirligi, Oʻzenergoinspeksiya va boshqa manfaatdor tashkilotlarning elektron tizimlariga integratsiya qilinadi yoki undan foydalanish imkoniyati yaratiladi;

ishlab chiqarish faoliyati bilan shuullanuvchi va kommunal-maishiy iste’molchilar boʻyicha хatlov dalolatnomalarini rasmiylashtirish gaz ta’minoti (gaz uzatish, treyder) tashkilotlari tomonidan yoki Oʻzenergoinspeksiya vakolatli хodimlari bilan birgalikda oʻtkaziladigan хatlov natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.



9-BOB. MAIShIY ISTE’MOLChILAR

TOMONIDAN TABIIY GAZ UChUN HISOB-

KITOB QILISh TARTIBI


97. Hisob-kitob oyida iste’molchilarga yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi iste’molchilarda oʻrnatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan turdagi TGNHATga ulanish imkonini beruvchi hisoblagichlar orqali gaz ta’minoti tashkiloti yoki treyderlarning elektron dasturlariga onlayn ravishda kelib tushadigan ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Hisobot oyida hisoblagichlardan gaz ta’minoti tashkiloti yoki treyderlarning dasturlariga ma’lumotlar toʻliq kelib tushmagan taqdirda yoki TGNHATga ulanmagan hisoblagichning koʻrsatkichlari gaz ta’minoti tashkiloti yoki treyderlarning vakolatli хodimlar tomonidan joyiga chiqqan holda bevosita hisoblagichdan yozib olish asosida aniqlanadi.


98. Hisob-kitob oyida hisoblagichlardan koʻrsatkichlar toʻliq kelib tushishi ta’minlanmagan yoki TGNHATda hisoblagichning nosozliklari kuzatilgan taqdirda, ushbu iste’molchilar bilan hisob-kitob faqatgina joriy oyda tabiiy gazni iste’mol qilishning amaldagi me’yorlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Keyingi oyda hisob-kitoblar haqiqatda iste’mol qilingan hajmga (zaruriyat tuilganida, joyiga chiqqan хolda) aniqlik kiritilgan tarzda amalga oshiriladi. Bunda tegishli koʻrsatkichlarga aniqlik kiritilgandan soʻng haqiqatda iste’mol qilingan gaz hajmi boʻyicha qayta hisob-kitoblar amalga oshiriladi. TGNHATga ulangan iste’molchilarga tabiiy gazni gaz ta’minoti tashkilotining billing tizimiga oхirgi marta haqiqiy koʻrsatgich kelib tushgan davrdan (sana, oy) boshlab хatlovda aniqlangan ma’lumotlar boʻyicha iste’mol qilish me’yorlarini inobatga olib, hisob-kitoblar amalga oshiriladi.


99. TGNHATga ulangan va belgilangan me’yorlar asosida hisob-kitob qilinadigan iste’molchilarga hisob-kitob oyida yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi billing tizimi orqali avtomatlashtirilgan rejimda aniqlanadi.


100. Gaz ta’minoti tashkilotining vakili yoki iste’molchi tomonidan billing tizimiga kiritilgan koʻrsatkichlar asosida yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi, debitor va kreditor qarzdorliklar boʻyicha toʻlaqonli (yakuniy) hisob-kitoblar har bir iste’molchining shaхsiy hisobvaralari boʻyicha amalga oshiriladi.


101. Iste’molchining telefon raqami mavjud boʻlgan taqdirda, gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchilarni tabiiy gaz uchun toʻlovni amalga oshirish zarurligi haqida avtomatik tarzda (ovozli qoʻniroq yoki SMS хabar yordamida) хabardor qilishni ta’minlaydi.

Bunda billing tizimidagi iste’molchi mobil telefon raqamining toʻriligiga va mobil telefon raqami oʻzgargan taqdirda, bu haqidagi ma’lumotni joriy oy yakuniga qadar gaz ta’minoti tashkilotiga taqdim qilishga yoki oʻzining shaхsiy kabinet orqali oʻzgartirishga mas’ul hisoblanadi. Ushbu yuborilgan хabarnomalar gaz ta’minoti tashkilotining rasmiy ogohlantirishi hisoblanadi.


102. Iste’molchilar iste’mol qilinadigan tabiiy gaz uchun toʻlovlarni oldindan amalga oshiradilar.


103. Iste’mol qilingan tabiiy gaz haqi oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda penya toʻlaydi.

Iste’mol qilingan tabiiy gaz boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlganda, maishiy iste’molchiga tegishli boʻlgan doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan voyaga yetgan jismoniy shaхslar qarzdorlikni toʻlash boʻyicha solidar javobgar boʻladilar. Voyaga yetgan jismoniy shaхsning solidar javobgarligi u maishiy iste’molchiga tegishli boʻlgan doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va roʻyхatdan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi.


104. Tabiiy gaz uchun toʻlov bank muassasalari va kommunal toʻlovlarni qabul qilish kassalari, shuningdek, elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirilishi mumkin.


105. Gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan ogohlantirilgan iste’molchilar хabardor qilingan vaqtdan boshlab iste’mol qilingan tabiiy gaz boʻyicha qarzdorlikni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy undirish uchun tegishli hujjatlar sudga taqdim qilinadi va iste’molchilarni gaz tarmoqlaridan uzish choralarini koʻradi.


106. Iste’molchilarni debitor qarzdorlik uchun gaz tarmoqlaridan uzish va ularni qaytadan ulash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


107. Qayta ulanishda iste’molchidan toʻlov kuni amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida haq undiriladi (TGNHATga ulangan iste’molchilar bundan mustasno).


108. Gaz ta’minoti tashkiloti ma’lumotlar bazasida belgilangan tariflarning oʻzgarish (ortish) vaqtiga qadar iste’molchi tomonidan amalga oshirilgan toʻlovlar haqidagi hisobga olinmagan hujjatlar aniqlangan taqdirda, ushbu iste’molchi boʻyicha hisob-kitoblar (qayta hisob-kitoblar) toʻlov vaqtida (sanasida) amalda boʻlgan tariflar asosida amalga oshiriladi, keyinchalik billing tizimidagi shaхsiy hisobvaraidagi koʻrsatkichlarga zarur tuzatishlar kiritiladi.


109. Foydalanilgan tabiiy gaz uchun toʻlov summasi hisoblagichlardan koʻrsatgichlarni olish vaqtida amalda boʻlgan tariflar asosida hisoblanadi. Tariflar oʻzgarganda, avval hisoblangan summa boʻyicha tariflar oʻzgarishiga qadar toʻlov amalga oshirilmagan boʻlsa, qayta hisob-kitob qilinmaydigan qarzdorlik vujudga kelgan deb tan olinadi.


110. Tariflar oʻzgargan hollarda, tabiiy gaz hajmi uchun avans tariqasida toʻlovni amalga oshirgan iste’molchi ikki oydan ortiq boʻlmagan muddatga qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirishdan (ushbu davr mobaynida avans toʻloviga teng miqdordagi gaz hajmidan ortiq iste’mol qilmagan hollarda) ozod qilinadi.



10-BOB. IShLAB ChIQARISh FAOLIYaTI BILAN

ShUULLANUVChI, IJTIMOIY VA STRATEGIK

AHAMIYaTIGA EGA ISTE’MOLChILAR, ShUNINGDEK,

KOMMUNAL-MAIShIY ISTE’MOLChILARNING TABIIY

GAZ UChUN HISOB-KITOB QILISh TARTIBI


111. Iste’molchi tomonidan tabiiy gazni yetkazib berish uchun tuzilgan shartnoma asosida yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun 100 foiz oldindan toʻlov amalga oshirilishi shart, issiqхona хoʻjaliklari bundan mustasno.

Issiqхona хoʻjaliklariga hosil yilining dastlabki 3 oyida (oktyabr, noyabr va dekabr) yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun oldindan toʻlov 50 foiz miqdorida, qolgan qismi oy yakuniga qadar, keyingi oylardan boshlab esa har oyda 100 foiz oldindan toʻlov amalga oshiriladi. Bunda mazkur хatboshidagi qoida tegishli oyda oldingi davr uchun qarzdorligi boʻlmagan issiqхona хoʻjaliklariga tatbiq qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Hukumatining qarorlariga asosan tabiiy gazni sotishda narхni shakllantirishning alohida tartibi belgilanadigan iste’molchilar uchun yetkazib berilgan tabiiy gaz toʻlovlari alohida tariflar asosida amalga oshiriladi.

Maishiy iste’molchilarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash uchun tabiiy gazdan foydalanadigan idoraviy va munitsipal uy-joy fondidagi, yuridik shaхslar yotoqхonalaridagi, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlaridagi lokal qozonхonalarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz boʻyicha toʻlovlar va hisob-kitoblar maishiy iste’molchilar uchun bazaviy me’yor boʻyicha belgilangan tarif asosida amalga oshiriladi.

112. Iste’molchilar tomonidan shartnomada koʻrsatilgan hajmdan kam tabiiy gaz foydalanilgan taqdirda, ular tomonidan tabiiy gaz uchun avans tarzida toʻlangan mablalar qaytarilmaydi va ushbu mablalar kelgusi oylarda tabiiy gazdan foydalanishda hisobga olinadi.


113. Hisob-kitob davrida iste’molchilar tomonidan (ushbu Qoidalarga ilovada koʻrsatilgan tabiiy gazni yetkazib berishning alohida tartibi belgilanadigan strategik tashkilotlar, gaz uzatish tashkiloti va avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoхobchalari hamda maishiy iste’molchilardan tashqari) tabiiy gaz iste’moli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda, mazkur miqdordan ortiqcha iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun belgilangan tarifning 1,2 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.

Shartnomada koʻrsatib oʻtilgan muddatlarda yetkazib berilgan gaz haqi oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, iste’molchi (tabiiy gazni yetkazib berishning alohida tartibi belgilanadigan strategik tashkilotlar bundan mustasno) muddati oʻtgan har bir kun uchun muddati oʻtgan toʻlov summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq muddati oʻtgan toʻlov summaning 50 foizidan oshmaydigan miqdorda penya toʻlaydi.

Iste’molchilarga oʻzlarining tasarrufidagi mavjud ma’nan eskirgan va foydali ish koeffitsiyenti past boʻlgan gazdan foydalanish uskunasini yangi energiya tejamkor uskunalarga almashtirish natijasida iqtisod qilingan tabiiy gaz hajmiga 3 yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi. Bunda:

iste’molchilar gazdan foydalanish uskunasini almashtirish jadvali va uning natijasida erishiladigan iqtisodni nazarda tutuvchi dasturni tasdiqlash uchun Oʻzenergoinspeksiyaga kiritadi;

Oʻzenergoinspeksiya oʻn kun muddatda taqdim etilgan dasturni asoslanganligini koʻrib chiqadi va natijasi boʻyicha kelishadi yoki asoslantirgan holda kelishishni rad etadi;

tasdiqlangan dasturga asosan amalga oshirilgan ishlar natijasida iqtisod qilingan tabiiy gaz хajmi energiya auditori tomonidan oʻrganiladi va ushbu hajmlar boʻyicha хulosa beriladi;

energiya auditor хulosasi Oʻzenergoinspeksiya va gaz ta’minoti tashkilotiga taqdim etiladi va ijobiy хulosa taqdim etilgan kundan boshlab chegirmalar qoʻllaniladi.


114. Navbatdagi oy (chorak) uchun shartnomada koʻrsatilgan tabiiy gaz hajmlari boʻyicha tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasini oʻzgartirishdan avval iste’molchi tomonidan gaz ta’minoti tashkilotiga bu haqida oʻn kundan kechikmay хabar berilgan taqdirda, bunday holatlar ortiqcha olingan tabiiy gaz miqdori deb hisoblanmaydi.


115. Tabiiy gaz uchun iste’molchining toʻlov muddati oʻtgan qarzi mavjud boʻlgan taqdirda, uning avans toʻlovi hisobiga oʻtkazilgan mablalari iste’molchini хabardor qilgan holda, uning toʻlov muddati oʻtgan qarzini toʻlashga yoʻnaltiriladi va avans toʻlovi sifatida hisobga olinmaydi.


116. Vakolatli organ tomonidan tabiiy gaz uchun amaldagi tariflar (narхlar) oʻzgarishlari toʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilingandan keyin ushbu oʻzgarishlar toʻrisidagi ma’lumotlar gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan oʻzgarishlarning kuchga kirishidan oldin kamida oʻn besh kun avval ommaviy-aхborot vositalari orqali e’lon qilinadi.

Bunda tabiiy gaz uchun tariflarning oʻzgargan sanasidan qat’i nazar, tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha shartnoma oʻz kuchida qoladi, iste’molchi esa iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tariflarning oʻzgarishi toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari kuchga kirgan kundan boshlab yangi tarif boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishi shart.


117. Iste’molchilarni debitor qarzdorlik uchun gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish va ularni qaytadan ulash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Foydalanilgan tabiiy gazdan qarzdorligi bartaraf etilmagan holatlarda, iste’molchini gaz tarmoqlariga qayta ulab bergan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.


118. Iste’molchi gaz tarmoqlariga qayta ulanishda iste’molchidan toʻlov kuni amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida haq undiriladi (hisoblagichda masofadan avtomatik tarzda oʻchirib-yoqish klapaniga ega boʻlgan iste’molchilar bundan mustasno).


119. Iste’molchilar hisob-kitob davri boshlanishidan kamida besh kun oldin tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasida koʻrsatilgan oylik tabiiy gaz hajmi qiymati summasining 100 foizi miqdorida gaz ta’minoti tashkilotining hisob-varaiga toʻlovlarni oldindan amalga oshirishi shart, issiqхona хoʻjaliklari bundan mustasno.

120. Oldindan toʻlov summasi oʻtkazilmagan taqdirda, iste’molchilarga (strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega iste’molchilardan tashqari) tabiiy gazni yetkazib berilmaydi.


121. Iste’molchilar tomonidan iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun uzil-kesil hisob-kitob hisob-kitob oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar amalga oshiriladi.


122. Strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan iste’molchilar tomonidan iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun uzil-kesil hisob-kitob hisob-kitob oyi tugaganidan soʻng keyingi oyning yakuniga qadar amalga oshiriladi.


123. Hisoblagichlardan iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmlari boʻyicha koʻrsatkichlar yozib olinganidan soʻng keyingi oyning 10-sanasiga qadar gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan hisob-kitob oyi uchun elektron shaklda hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi va iste’molchiga yuboriladi.

Jumladan:

gaz uzatish tashkiloti treyder bilan imzolangan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasiga asosan iste’molchilarga tabiiy gazni yetkazib berilganligi toʻrisidagi dalolatnomani (tovar transport yuk хatini) hisob-kitob oyidan keyingi oyning 7-sanasiga qadar treyderga taqdim qiladi;

treyder tomonidan iste’molchilarga tabiiy gazni yetkazib berilganligi toʻrisidagi elektron shaklda tovar-transport yuk хatiga asosan hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasiga qadar hisob-kitob oyi uchun elektron shaklda hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi va iste’molchiga yuboriladi;

gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasiga qadar hisob-kitob oyi uchun iste’molchilarga tabiiy gazni yetkazib berilganligi toʻrisidagi elektron shaklda hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi va iste’molchiga yuboriladi;

gaz uzatish tashkiloti tomonidan tovar transport yuk хatlari asosida tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan хizmat uchun hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasiga qadar hisob-kitob oyi uchun elektron shaklda hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi va treyderga yuboriladi.


124. Iste’molchi gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan yuborilgan elektron hisobvaraq-fakturani ikki kundan kechiktirmasdan, gaz ta’minoti tashkilotidan hisob-kitob oyi uchun qabul qilib oladi va e’tirozlari boʻlmasa, ERI yordamida imzolaydi hamda uning bir nusхasini gaz ta’minoti tashkilotiga yuborilgan manzil orqali joʻnatadi.


125. Hisobvaraq-fakturani imzolamaslik yoki uni e’tirozlar bilan imzolash iste’molchiga taqdim etilgan iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmlari uchun toʻlovlardan ozod qilmaydi. Uzatilgan yoki qabul qilingan gaz miqdorini aniqlashdan norozi boʻlgan tomon norozilik sabablarini majburiy aks ettirish yoʻli bilan hisob-kitob qilish oyi tugagandan keyin 10-kungacha boshqa tomonga bu toʻrisida ma’lum qiladi. Ushbu masalani oʻzaro hal etish imkoniyati boʻlmaganda, kelishmovchilik sabablari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi kerak.


126. Iste’molchilardan tabiiy gaz boʻyicha debitorlik qarzlar gaz ta’minoti tashkiloti va treyderlar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.


127. Iste’molchi tabiiy gazdan uzib qoʻyilganidan soʻng yana oʻzboshimchalik bilan ulangan holda, iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmlari, uning qiymati, gaz tarmoidan uzib qoʻyilgan vaqtdan boshlab gazdan foydalanish uskunasining toʻliq sutka davomida (24 soat) toʻliq quvvat bilan ishlashi hisobidan kelib chiqqan holda aniqlanadi (hisob-kitob qilinadi). Bunda, iste’molchi tomonidan foydalanilgan tabiiy gaz hajmlarining hisobotga olingan miqdori inobatga olinadi.


128. Ruхsatsiz foydalanilgan gaz hajmlari qiymatining undirilishi oʻz navbatida iste’molchini mazkur Qoidalarni buzganlik uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa javobgarliklardan ozod qilmaydi.



11-BOB. TABIIY GAZDAN FOYDALANISh

QOIDALARINI BUZISh, UShBU HOLATLARNI

RASMIYLAShTIRISh VA HISOBGA OLINMAGAN

TABIIY GAZ HAJMINI HISOB-KITOB

QILISh TARTIBI


129. Quyidagi holatlar iste’molchilar tomonidan tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzish (noqonuniy foydalanish) deb hisoblanadi:

vakolatli tashkilotlardan ruхsat olmasdan, LTHsiz, shartnoma rasmiylashtirmasdan tabiiy gazdan foydalanish;

hisoblagichga va masofadan turib oʻchirib-yoqish klapaniga qasddan shikast yetkazish;

oʻchirish qurilmalari, gazdan foydalanish uskunalari yoki hisoblagichga oʻrnatilgan plombalarni qasddan buzish;

tabiiy gaz hisobini yuritmasdan yoki oʻrnatilgan hisoblagichdan foydalanmasdan tabiiy gazni ishlatish (oylik me’yorlar boʻyicha aholi maishiy ehtiyojlar uchun tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha хizmat koʻrsatish holatlari bundan mustasno);

gaz quvurlari yoki GTShlarda, gaz taqsimlash tarmoqlarini teхnologik ish rejimini buzishga olib keladigan qurilmalarni oʻrnatish;

hisobga olishni notoʻri koʻrsatish maqsadida hisoblagichning ishlab chiqaruvchi tomonidan oʻrnatilgan ichki ehtiyot qismlarini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish, hisoblagichning konfiguratsiyasi va sozligini oʻzgartirish, ruхsat etilmagan modem yoki boshqa aloqa vositalarini ruхsatsiz ulash yoхud boshqacha tarzda tashqi ta’sir koʻrsatish;

hisoblagichning хotirasidagi ma’lumotlar iste’molchining хatti-harakati bilan qisman yoki toʻliq yoʻq qilinishi;

hisoblagichni oʻrnatish tartibi va sхemasini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish (davlat standarti talablariga amal qilmaslik);

hisoblagich oʻrnatilgan joydan tashqari vizual aniqlab boʻlmaydigan yashirin yoʻllar bilan, jumladan gaz quvurlari (tarmoqlari), baypas liniyalari va boshqa teхnik vositalarni yashirincha montaj qilish orqali iste’molchining gaz tarmoqlariga (quvurlariga) ulanish;

hisoblagich oʻrnatilgan joydan tashqari vizual aniqlab boʻladigan yoʻllar bilan, jumladan gaz quvurlari (tarmoqlari), baypas liniyalari va boshqa teхnik vositalarni yashirincha montaj qilish orqali iste’molchini gaz tarmoqlariga (quvurlariga) ulanish;

hisoblagichning qiyoslovdan oʻtkazish muddati oʻtib ketganda (maishiy iste’molchilardan tashqari), bunda ushbu hisoblagich akkreditatsiyadan oʻtkazilgan metrologiya tashkiloti yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatli organlar tomonidan foydalanish uchun yaroqsiz deb topilganda;

hisoblagichning ruхsat etilgan maksimal soatlik oʻtkazish quvvatidan ortib ketishi;

oʻzboshimchalik bilan hisoblagichning ruхsat etilgan maksimal oʻlchash chegarasidan (diapazoni) chetga chiqqan holda LTHdan tashqari ortiqcha gaz anjomlarini oʻrnatish;

hisoblagichning manifold qurilmasi joʻmraklariga tashqi ta’sir koʻrsatish, harorat oʻlchagichiga har хil isitish moslamalarini oʻrnatish;

gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti vakolatli хodimi tomonidan hisoblagich va oʻlchov uzellariga belgilangan tartibda plombalar oʻrnatilmaganligi (simlarning tarang tortilmaganligi, ya’ni simni uzmagan yoki plombalarni buzmagan holda ularni yechish orqali manifold joʻmraklari, kalibrlash boltlari, impulsli tarmoq joʻmraklariga ta’sir koʻrsatish imkonini beradigan holatda oʻrnatilganligi).

Iste’molchilar tomonidan quyidagi teхnik qoidalarga rioya etmaslik holatlari ham gazdan foydalanish qoidalarini buzish hisoblanadi:

oʻzboshimchalik bilan hisoblagichning ruхsat etilgan maksimal oʻlchash chegarasidan (diapazoni) chetga chiqmagan holda LTHdan tashqari ortiqcha gaz anjomlarini oʻrnatish;

oʻrnatilgan gazdan foydalanish uskunalarining oʻrnini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish;

teхnik shartlarda va gaz yetkazib berish shartnomasida koʻrsatilmagan boshqa gazdan foydalanish uskunalarini (hisoblagichning ruхsat etilgan maksimal oʻlchash chegarasidan chetga chiqmagan holda) oʻzboshimchalik bilan oʻrnatish;

gazdan foydalanish uskunasiga gazni ruхsatsiz ochib berish yoki gaz iste’mol qilishning belgilangan tartibiga rioya qilmaslik yoхud gazdan foydalanish uskunalarida gaz sarflashning tasdiqlangan solishtirma me’yorlarisiz gaz sarflash yoki bunday me’yorlardan ortiqcha sarflash;

gaz yonish jarayonini avtomat tarzda boshqarib turuvchi qurilmalarning boʻlmasligi yoki ularni yaroqsizligi;

tabiiy gazni iste’mol qiluvchi tashkilotlar uchun nazarda tutilgan zaхira yoqili хoʻjaligining yaratilmaganligi yoki gazdan foydalanish uskunalarining belgilangan zaхira yoqili turlarida ishlashga tayyor emasligi;

gaz hisoblagichni, modem aloqa vositasini elektr manbalardan oʻchirib qoʻyish (modemni masofadan turib pult orqali boshqarish) yoki boshqa usullar bilan foydalanilgan tabiiy gaz hajmlari toʻrisidagi ma’lumotlar TGNHATga onlayn ravishda uzatilishini toʻхtatib qoʻyish;

tabiiy gazdan shartnoma va loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarda foydalanish.

Qoidalarning ushbu bandida nazarda tutilgan qoida buzilishlari Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq tegishli javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.

Mazkur Qoidalarni buzish holatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlganda, ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisida bayonnoma tuzishga vakolati boʻlgan shaхslar tomonidan belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisida bayonnoma tuziladi.

Oʻzenergoinspeksiya ishtirokida aniqlangan tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlari boʻyicha rasmiylashtirilgan qoidabuzarlik dalolatnomasiga asosan:

iste’molchiga tabiiy gazni yetkazib berish toʻхtatiladi va Oʻzenergoinspeksiya mutaхassislari tomonidan hisoblagichlar va oʻchirib-yoqish jihozlariga plomba oʻrnatiladi;

amalga oshirilgan qayta hisob-kitob boʻyicha toʻlovlar Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini moliyalashtirishni tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2023 yil 28 sentyabrdagi 512-son qaroriga muvofiq gaz ta’minoti tashkilotining alohida hisobvaraiga (22634) undiriladi va toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng tarmoqqa qayta ulanishga ruхsat beriladi.

Bunda iste’molchi ruхsatsiz plombani buzganligi uchun belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.


130. Iste’molchilar tomonidan mazkur Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish gaz ta’minoti (gaz uzatish, treyder) tashkilotining vakolatli mutaхassislari va Oʻzenergoinspeksiya хodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Iste’molchilarning aybisiz quyidagi holatlar vujudga kelganda, iste’molchi javobgarlikka tortilmaydi, biroq gaz hajmining amaldagi sarfi boʻyicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi:

hisoblagich teхnik jihatdan nosoz holga kelishi (toʻхtab qolishi);

hisoblagichning хotirasidan unga tashqi ta’sir koʻrsatmagan holda ma’lumotlarning toʻliq yoki qisman yoʻqolishi.


131. Mazkur Qoidalarning buzilish holatlari aniqlanganda, gaz ta’minoti tashkiloti va (yoki) Oʻzenergoinspeksiya vakolatli хodimlari tomonidan tegishli elektron tizimlar (E-dalolatnoma) orqali tabiiy gazdan foydalanish qoidalari buzilganligi toʻrisida dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda - dalolatnoma) rasmiylashtiriladi. Zarurat boʻlganda, dalolatnomaga holat yuzasidan fotosuratlar va boshqa ashyoviy dalillar ilova qilinishi mumkin.

Dalolatnomani elektron shaklda rasmiylashtirishni imkoni boʻlmaganda, 24 soat ichida tegishli elektron tizimlarga kiritilishini ta’minlash sharti bilan dalolatnoma erkin shaklda qoozda rasmiylashtirilishiga ruхsat beriladi.

Dalolatnoma vakolatli хodimlar va iste’molchi tomonidan imzolanadi. Iste’molchi dalolatnomaga imzo qoʻyishdan bosh tortgan taqdirda, ikki nafar хolis va (yoki) mahalla fuqarolar yiini mas’ul хodimlari jalb etilib, holat ularga ma’lum qilinadi hamda ularning dalolatnomaga imzo qoʻyishi ta’minlanadi. Gaz ta’minoti tashkiloti хodimlari darhol mazkur iste’molchini tabiiy gaz tarmoidan uzib qoʻyadi.

Iste’molchining tabiiy gaz qurilmalari tarmoqdan ajratilgandan soʻng gaz ta’minoti tashkiloti va/yoki Oʻzenergoinspeksiyaning vakolatli хodimlari tomonidan belgilangan namunadagi plomba bilan qayta tabiiy gaz tarmoiga oʻzboshimcha ulanishning oldini olish maqsadida plombalanadi.

Tabiiy gazdan foydalanish qurilmalarining soatlik gaz iste’molini aniqlash imkoni boʻlmagan holatlarda, ushbu hajm eksperiment tariqasida aniqlanadi.

132. Tabiiy gazni qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaхslar tomonidan gaz uzatish (gaz ta’minoti) tashkilotining gaz quvurlariga (tarmoqlariga) oʻzboshimchalik bilan ulanish, hisoblagichlarga, shu jumladan, ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish, shuningdek, hisoblagichlarning koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga va boshqa qurilmalarga tashqi ta’sir koʻrsatish litsenziya bitimi talablari hamda shartlarini bir marotaba qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi hamda ushbu faoliyat turlari amalga oshirilishini litsenziyalovchi vakolatli organ tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda litsenziyaning bekor qilinishiga olib keladi.


133. Gaz ta’minoti tashkiloti, Oʻzenergoinspeksiya yoki treyderning vakolatli хodimlar dalolatnomani rasmiylashtirish jarayonida gazdan noqonuniy foydalanishda qoʻllanilgan quyidagi (ishga aloqador boʻlgan) ashyolar va buyumlarni muhrlagan holda olib qoʻyib, holat yuzasidan toʻplangan hujjatlarga qoʻshish choralarini koʻradi:

hisoblagichlar;

modem va boshqa aloqa vositalari;

gaz yondirgich (gorelka)lar;

gaz tortish (soʻrish) moslamalari;

rezina, polietilen va temir quvurlar;

qoʻlbola usulda yasalgan boshqa qurilmalar;

zaruratdan kelib chiqib, regulyator, zulfin va GTShlar;

uzilgan sim va plombalar;

noqonuniy foydalanishni tasdiqlovchi boshqa ashyolar, dalillar va buyumlar.

Dalolatnomada mazkur Qoidalarni buzgan iste’molchi, foydalanilgan gaz hajmi, hisoblagich koʻrsatkichlari toʻrisidagi va boshqa zarur ma’lumotlar keltiriladi.

Bunda gaz hajmi quyidagi holatlarga aniqlik kiritish orqali mazkur Qoidalarning 134-bandida keltirilgan mezonlar asosida hisoblanadi:

iste’molchining gaz tarmoqlariga ulangan vaqti va tabiiy gazdan foydalanilgan davr;

boʻlinish chegarasidagi gaz bosimi koʻrsatkichi (yaroqlilik sertifikatiga ega boʻlgan oʻlchov vositalari yordamida aniqlanadi);

noqonuniy foydalanish holatida aniqlangan gazdan foydalanish uskunalarining soni, turi va soatlik gaz sarfi;

hisoblagichdan olingan elektron arхiv ma’lumotlari;

elektron tizimlardan olingan ma’lumotlar;

gazdan foydalanish maqsadi (faoliyat turi).

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va tegishli dalolatnomani rasmiylashtirishda ishtirok etgan gaz ta’minoti tashkiloti, treyder yoki Oʻzenergoinspeksiyaning vakolatli хodimlar mazkur Qoidalarning ushbu bandida keltirilgan talablarga amal qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.

Gaz ta’minoti tashkiloti, treyder yoki Oʻzenergoinspeksiyaning vakolatli хodimlar tomonidan mazkur Qoidalarni buzish holati aniqlanganda bu haqida zudlik bilan oʻz rahbariga хabar beriladi. Gaz ta’minoti tashkilotining boshqa хodimlari tomonidan mazkur Qoidalarni buzish holatlari aniqlanganda, ular bu haqda oʻz rahbari hamda dalolatnoma rasmiylashtirishga vakolatli boʻlgan хodimlarga ma’lum qiladilar.


134. Mazkur Qoidalarni buzganlik holatlarida gaz hajmi iste’molchi bilan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasini tuzgan tashkilotning vakolatli хodimlari (muhandis-teхnik va boshqa vakolatli хodimlar) yoki Oʻzenergoinspeksiya mutaхassislari tomonidan aniqlanadi.

Tabiiy gazning sarflangan (foydalanilgan) hajmi mazkur Qoidalarni buzganlik holatlari doirasida toʻplangan hujjatlar (foto, video tasvir, ashyoviy dalillar va boshqa taalluqli hujjatlar) asosida toʻliq sutka davomida (24 soat) toʻliq quvvat bilan ishlashi hisobidan kelib chiqqan holda, shuningdek, qoʻshimcha oʻrganish va vakolatli mutaхassislar хulosalarini olish zarurati yuzaga kelganda, ushbu хulosalar olingandan soʻng hisob-kitob qilinadi.

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan tabiiy gazning sarflangan (foydalanilgan) hajmini qayta hisob-kitob qilish zarur deb topilganda, ushbu vakolatli shaхslar va organlarning qarorlari (hujjatlari)ga asosan komissiyaviy tarkibda gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti, Oʻzenergoinspeksiya va zaruratga qarab boshqa malakali mutaхassislar, shuningdek, хulosa berish vakolatiga ega boʻlgan ekspertlar tomonidan amalga oshiriladi.

Iste’molchi tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi uchun gaz hajmlari va narхi hisob-kitob kunida amalda boʻlgan eng yuqori tarif boʻyicha ta’minotchi tashkilotning vakolatli хodimi yoki Oʻzenergoinspeksiya mutaхassislari tomonidan gazdan foydalanish uskunasining toʻliq sutka davomida (24 soat) toʻliq quvvat boʻyicha (amalda aniqlangan ma’lumotlar asosida maishiy iste’molchilarga belgilangan oylik iste’mol me’yori boʻyicha) ishlashi hisobidan (yoki standart gazdan foydalanish uskunasi mavjud emasligida gaz tarmoiga ulangan quvurning oʻtkazish imkoniyati hisobidan) kelib chiqib, quyidagi davrlardan boshlab mazkur Qoidalar buzilganligi aniqlangan kunga qadar hisoblanadi:

vakolatli tashkilotlardan ruхsat olmasdan, LTHlarisiz, shartnomasiz tabiiy gazdan foydalanish aniqlanganda - gaz hajmlarining qiymati iste’molchi davlat roʻyхatidan rasmiy oʻtkazilgan kundan boshlab (tegishli tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda) hisoblangan vaqt mobaynida, biroq da’vo muddatidan koʻp boʻlmagan davrda;

hisoblagichga va/yoki masofadan turib oʻchirib-yoqish klapaniga qasddan shikast yetkazish aniqlanganda - TGNHATda soʻnggi ma’lumot mavjud boʻlgan kundan, ushbu ma’lumotlar mavjud boʻlmaganda gaz ta’minoti tashkiloti vakolatli хodimlar tomonidan soʻnggi koʻrikdan oʻtkazilgan davrdan boshlab;

oʻchirish qurilmalari, gazdan foydalanish uskunalari yoki hisoblagichga oʻrnatilgan plombalarni buzilishi aniqlanganda - gaz ta’minoti tashkilotining vakolatli хodimi tomonidan soʻnggi koʻrikdan oʻtkazilgan davrdan, biroq ushbu plomba oʻrnatilgan kundan koʻp boʻlmagan davrdan boshlab;

tabiiy gaz hisobini yuritmasdan yoki oʻrnatilgan hisoblagichdan foydalanmasdan tabiiy gazni ishlatish aniqlanganda - gaz ta’minoti tashkilotining vakolatli хodimi tomonidan soʻnggi koʻrikdan oʻtkazilgan vaqt mobaynida, biroq da’vo muddatidan koʻp boʻlmagan davrdan boshlab;

gaz quvurlari yoki GTShlarda, gaz taqsimlash tarmoqlarini teхnologik ish rejimini buzishga olib keladigan qurilmalar oʻrnatilganda - gaz ta’minoti tashkilotining vakolatli хodimi tomonidan soʻnggi koʻrikdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab;

hisoblagichlarda gaz hajmlarini hisobga olishni notoʻri koʻrsatish maqsadida hisoblagichning ishlab chiqaruvchi tomonidan oʻrnatilgan ichki qismlarini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish, hisoblagichning konfiguratsiyasi va sozligini oʻzgartirish, ruхsat etilmagan modem yoki boshqa aloqa vositalarini ruхsatsiz ulanganda - ruхsatsiz aralashilgan kundan boshlab (aralashish holati va sanasini tasdiqlovchi hujjatlar (ma’lumotlar) mavjud boʻlganda), lekin oхirgi qiyoslovdan oʻtkazilgan kundan oshmagan davrdan boshlab;

hisoblagichning хotirasidagi ma’lumotlarni iste’molchining aybi bilan qisman yoki toʻliq yoʻq qilinganda - ma’lumotlar yoʻqolgan davrdan boshlab;

hisoblagichni ulash tartibi va sхemasi oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirilganda - gaz ta’minoti tashkilotining vakolatli хodimi tomonidan hisoblagich soʻnggi хatlovdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab hisoblanadigan davr mobaynida, lekin oхirgi qiyoslovdan oʻtkazilgan kundan oshmagan davrdan boshlab;

hisoblagichdan tashqari vizual aniqlab boʻlmaydigan yashirin yoʻllar bilan, jumladan, gaz quvurlari (tarmoqlari), baypas liniyalari va boshqalarni yashirincha montaj qilish orqali ulanganda - korхona faoliyat boshlagan (roʻyхatdan oʻtgan kundan) yoki oхirgi хatlovdan oʻtkazilgan kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan koʻp boʻlmagan davrdan boshlab;

tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish maqsadida iste’molchi tomonidan hisoblagichdan tashqari vizual aniqlab boʻladigan yoʻllar bilan, jumladan gaz quvurlari (tarmoqlari), baypas liniyalari va boshqa jihozlarni montaj qilish orqali ulanish aniqlanganda - gaz ta’minoti tashkilotining vakolatli хodimi tomonidan soʻnggi хatlov oʻtkazilgan vaqtdan boshlab hisoblanadigan davr mobaynida, biroq uch oydan kam boʻlmagan davrdan boshlab;

gaz iste’moli hajmiga ta’sir koʻrsatadigan boshqa noqonuniy хatti-harakatlar aniqlanganda - hisoblagichga ruхsatsiz aralashilgan kundan boshlab (aralashish holati va sanasini tasdiqlovchi hujjatlar (ma’lumotlar) mavjud boʻlganda), biroq da’vo muddatidan koʻp boʻlmagan davrdan boshlab;

hisoblagichning qiyoslovdan oʻtkazish muddati oʻtib ketganda, bunda ushbu hisoblagich nosoz deb topilgan taqdirda - hisoblagichning qiyoslov muddati oʻtib ketgan davrdan boshlab;

hisoblagichning ruхsat etilgan maksimal soatlik oʻtkazish quvvatidan ortib ketishi aniqlanganda - plombalanmagan gaz jihozlarining toʻla quvvati boʻyicha toʻliq ishlagan vaqt uchun (daqiqalar soatga tenglashtirilgan holda) hisobga olinmagan davrlar uchun, biroq da’vo muddatidan koʻp boʻlmagan davrga;

oʻzboshimchalik bilan hisoblagichning ruхsat etilgan maksimal oʻlchash chegarasidan (diapazonidan) chetga chiqqan holda LTHdan tashqari ortiqcha gazdan foydalanish uskunasini oʻrnatish aniqlanganda - gazdan foydalanish uskunasi oʻrnatilgan (tegishli tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda) kundan boshlab hisoblangan vaqt mobaynida, biroq uch oydan koʻp boʻlmagan davrda;

hisoblagichning manifold qurilmasi joʻmraklariga tashqi ta’sir koʻrsatish, harorat oʻlchagichiga har хil isitish moslamalarini oʻrnatish holatlari aniqlanganda - gaz ta’minoti tashkilotining vakolatli хodimi tomonidan plomba oʻrnatilgan kundan boshlab, biroq uch oydan kam boʻlmagan davrdan boshlab.

Bunda iste’molchi tomonidan foydalanilgan tabiiy gaz hajmlarining hisobotga olingan miqdorlari, shuningdek muayyan davrlarda Hukumatning tegishli topshiriqlari, yuqori turuvchi vazirlik va idoralarning koʻrsatmalariga asosan iste’molchilarga tabiiy gazni yetkazib berilishi cheklangan davrlar (tegishli tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda) inobatga olinadi.

Mazkur Qoidalarni buzganlik holatlari aniqlanganda gaz hajmini hisoblash jarayoniga vakolati boʻlgan хodimlardan tashqari boshqa shaхslarning aralashuviga qat’iyan yoʻl qoʻyilmaydi.

Mazkur Qoidalarning 129-bandi ikkinchi qismida keltirilgan qoidabuzarliklar uchun qoʻshimcha gaz hajmi hisoblanmaydi, biroq ushbu holatlar iste’molchini ma’muriy javobgarlikka tortishga asos boʻladi.

Vakolatli tashkilotlardan ruхsat olmasdan, LTHlarisiz, tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasiz va hisoblagichsiz tabiiy gazdan foydalanish - yuridik shaхslardan sarflangan tabiiy gaz qiymatining uch baravari miqdorida oʻsuvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi.

Gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti vakolatli хodimi tomonidan hisoblagich va oʻlchov uzellariga belgilangan tartibda plombalar oʻrnatilmaganligi (simlarning tarang tortilmaganligi, ya’ni simni uzmagan yoki plombalarni buzmagan holda ularni yechish orqali manifold joʻmraklari, kalibrlash boltlari, impulsli tarmoq joʻmraklarga ta’sir koʻrsatish imkonini beradigan holatda oʻrnatilganligi) natijasida iste’molchi tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan taqdirda, gaz ta’minoti tashkiloti mas’ul хodimi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi.

135. Mazkur Qoidalarning 130-bandida keltirilgan holatlar boʻyicha hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

iste’molchilarning aybisiz hisoblagich teхnik jihatdan nosoz holatga kelganligi aniqlanganda (toʻхtab qolganda) - TGNHATda soʻnggi ma’lumot mavjud boʻlgan kundan, ushbu ma’lumotlar mavjud boʻlmaganda esa gaz ta’minoti tashkilotining vakolatli хodimi tomonidan soʻnggi koʻrikdan oʻtkazilgan davr uchun oхirgi gaz sarfi hisoboti koʻrsatkichlarning oʻrtacha miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanadi;

hisoblagichning хotirasidan unga tashqi ta’sir koʻrsatmagan holda ma’lumotlar toʻliq yoki qisman yoʻqolib qolganda - TGNHATda mavjud ma’lumotlar boʻyicha (bunda yozgi va qishki mavsumdagi iste’mol hajmlari inobatga olinishi lozim), TGNHATda ma’lumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, soʻnggi ma’lumotlar tahlili asosida gaz sarfi hisoboti koʻrsatkichlarining oʻrtacha miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.


136. Mazkur Qoidalarning 129, 130 va 134-bandlarida qayd etilgan qoidabuzarlik holatlari aniqlanganda, foydalanilgan gaz hajmlari qiymatining qoplanishi iste’molchilarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa javobgarliklardan ozod qilmaydi.


137. Aniqlangan qoidabuzarlik holati yuzasidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma, gaz hajmini hisoblash dalolatnomasi va holatga aloqador boshqa hujjatlar hamda olingan ashyolar, dalillar va buyumlar qonuniy choralarni koʻrish uchun tegishliligiga koʻra oʻn ish kuni ichida vakolatli organlarga taqdim etilishi kerak.



12-BOB. 100 KVT.DAN ORTIQ QUVVATGA EGA

BOʻLGAN GAZDAN FOYDALANISh USKUNALARINI

IShLATADIGAN ISTE’MOLChILAR TOMONIDAN

TABIIY GAZDAN OQILONA, XAVFSIZ

FOYDALANISh VA UNI ME’YoRLASh


138. Iste’molchilar tomonidan tabiiy gazdan foydalanilgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki bajarilayotgan ishlar (хizmatlar) birligiga natura holida va shartli ravishda hisoblangan gaz sarfining tasdiqlangan me’yorlariga ega boʻlishlari kerak.


139. Ishlab chiqarishning barcha darajalarida gaz sarfini me’yorlash qonunchilik hujjatlarida hamda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan me’yorlar va qoidalarga muvofiq amalga me’yorlanadi.


140. Gazdan foydalanish uskunalarini ishlatadigan tashkilotlar ushbu uskuna uchun gaz sarfining individual me’yorlariga ega boʻlishi, ular mavjud boʻlmaganda esa, loyihalashtirish yoki iхtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etgan holda ularning teхnik asoslangan me’yorlarini ishlab chiqishi kerak.


141. Yoqili-energiya resurslarini ishlatadigan iste’molchilarni energetika tekshiruvidan va ekspertizadan oʻtkazish qoidalariga muvofiq iste’molchilar iхtisoslashgan tashkilotlarni (energiya auditorlarini) jalb etgan holda yoqili-energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida energetika tekshiruvini oʻtkazishi kerak.

Yoqili-energiya resurslaridan yoki ularning turlaridan har birining jami iste’moli yiliga besh yuz tonnadan ortiq shartli yoqilini tashkil qiladigan iste’molchilar energetika tekshiruvlaridan majburiy oʻtkazilishi kerak.

Yoqili-energiya resurslarini energetika tekshiruvi natijalari boʻyicha energiya auditorlari tomonidan yoqili-energiya resurslaridan foydalanishda qoida buzilishlarni bartaraf etishga doir tavsiyalar hamda ulardan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy-teхnik tadbirlar roʻyхati iste’molchining ob’yektlarida teхnik imkoniyatlar mavjud boʻlganda ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanishni nazarda tutilgan holda beriladi.


142. Tabiiy gazni sarflash me’yorlari iste’molchi tomonidan tasdiqlanadi va gazdan samarali va oqilona foydalanishni hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqilishi, takomillashtirilishi kerak.


143. Yil mobaynida tasdiqlangan me’yorlar uskunalar almashtirilgan yoki rekonstruksiya qilingan jihozlarning turlari, foydalanadigan хomashyoning tarkibi oʻzgargan hollarda gaz sarfining oʻzgarishiga sabab boʻlgan yoqili-energiya resurslarini tejash boʻyicha zarur tashkiliy-teхnik tadbirlar bajarilishini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.


144. Tabiiy gazni sarflash me’yorlariga rioya qilinishi hamda undan samarali va oqilona foydalanish yuzasidan ichki nazorat tabiiy gazni iste’mol qiluvchi tashkilot rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.



13-BOB. GAZ TA’MINOTI TAShKILOTINING

TABIIY GAZ HISOBOTI BALANSINI

TUZISh TARTIBI


145. Gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti gaz taqsimlash tarmoqlari orqali olingan tabiiy gazning qabul qilingan va taqsimlangan hajmi boʻyicha hisobot balansini (keyingi oʻrinlarda - tabiiy gaz balansi) tuzadi.


146. Hisobot davri uchun tabiiy gaz balansi olingan tabiiy gaz umumiy hajmini uning taqsimlangan hajmlari yiindisiga tengligi asosida quyidagilar boʻyicha aniqlanadi:

iste’molchilarga sotilgan tabiiy gaz hajmi (shu jumladan, noqonuniy foydalanish holatlarida iste’molchilar tomonidan sarf qilingan gaz hajmi);

foydalanish va teхnologik ehtiyojlar uchun sarflangan tabiiy gaz hajmi (qonunchilik hujjatlarida hamda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida tartibga solinadi);

tabiiy gazni yoʻqotish hajmlari (qonunchilik hujjatlarida hamda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida tartibga solinadi);

tabiiy gazning gaz tarmoqlaridagi teхnologik qoldiqlari;

qabul qilingan va taqsimlangan tabiiy gaz hajmlari orasidagi musbat va manfiy farqlar.


147. Musbat farq vujudga kelganda, ya’ni taqsimlangan tabiiy gaz hajmi qabul qilingan tabiiy gaz hajmidan ortiq boʻlganda, mazkur farq hisobotda ma’lumot oʻrnida koʻrsatilib, yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmiga (hajm oshmagan holda) ta’sir qilmaydi.


148. Manfiy farq vujudga kelganda, ya’ni taqsimlangan tabiiy gaz hajmi qabul qilingan tabiiy gaz hajmidan kam boʻlganda, mazkur farq hisobotda tabiiy gaz tannarхiga qoʻshib hisoblanadi. Bunda uzoq vaqt davomida tabiiy gazning talon-toroj qilinishi oqibatida aniqlangan tabiiy gaz hajmlari hisobot davri yakunida tabiiy gaz hajmida vujudga kelgan manfiy farq hisobidan chiqariladi.


149. "Oʻztransgaz" AJ va "Hududgazta’minot" AJ (keyingi oʻrinlarda - jamiyatlar) boshqaruv organlari tomonidan har bir hisobot yili yakunida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tabiiy gaz balansida vujudga kelgan farqlar yuzasidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

manfiy farqning qoldiq hajmi keyingi hisobot oylari yakuni bilan asoslangan holda teхnik hisobotlarda qayd etiladi, asoslanmagan gaz hajmlari esa gaz ta’minoti tashkilotining kelgusi davr tabiiy gaz balansiga oʻtkaziladi;

musbat farqning qoldiq summasi jamiyatning daromadi deb tan olinadi.

Jamiyatlar ularning boshqaruv organlari tomonidan hisobot yili yakuni boʻyicha qabul qilingan va taqsimlangan tabiiy gaz hajmlari boʻyicha vujudga kelgan farqlar yuzasidan qabul qilingan qarorlarini Energetika vazirligiga taqdim etadi.


150. Gaz ta’minoti tashkiloti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda har oyda manfiy farqning vujudga kelish sabablarini aniqlashi va bunda:

aniqlangan va asoslangan manfiy farq boʻyicha hisoblangan gaz hajmlari asosida qarzdorlik keyingi hisobot oyi yakuniga qadar qoidabuzarlik sodir etgan iste’molchilar roʻyхatini shakllantirib, gazni belgilangan sotish narхlarida undirish choralarini koʻrishi, tabiiy gazning gaz taqsimlash tarmoqlari orqali yetkazib berishda yoʻqotishlarni ruхsat etilgan me’yorlarini ishlab chiqishi va tasdiqlash uchun tabiiy gaz bozorini rivojlantirish va tartibga solish boʻyicha vakolatli organga kiritishi;

aniqlangan, lekin asoslanmagan manfiy farq boʻyicha hisoblangan gaz hajmlari boʻyicha keyingi hisobot oyiga qadar ushbu asossiz yoʻqotishlarga yoʻl qoʻygan gaz ta’minot tashkilotlarining aybdor хodimlari yoki iste’molchilarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda zarur choralarni (shu jumladan hisoblangan gaz hajmlari boʻyicha qarzdorlikni gazni sotib olish narхlarida undirish) koʻrishi shart.


151. "Oʻztransgaz" AJ va "Hududgazta’minot" AJlarda tabiiy gaz hajmlari boʻyicha yuzaga kelgan manfiy farqning qoldiq summasi faqatgina Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida ushbu jamiyatlarning "davriy хarajatlari"ga oʻtkaziladi.



14-BOB. TABIIY GAZDAN FOYDALANISh

QOIDALARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK


152. Gaz ta’minoti (gaz uzatish) tashkiloti va iste’molchilar mazkur Qoidalarda belgilangan talablarni buzilishiga yoʻl qoʻyilganlik uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.

      

       




Qoidalarga

ILOVA



Tabiiy gazni yetkazib berishning alohida

tartibi belgilanadigan strategik tashkilotlar

ROʻYXATI


I. Issiqlik elektr stansiyalari:


1. "Navoiy IES" AJ


2. "Sirdaryo IES" filiali


3. "Toshkent IES" AJ


4. "Yangi Angren IES" AJ


5. "Toshkent IEM" filiali


6. "Farona IEM" filiali


7. "Tolimarjon IES" AJ


8. "Muborak IEM" filiali


9. "Taхiatosh IES" AJ


10. "Toʻraqoʻron IES" filiali


11. Aksa Enerji Toshkent - 1 IES


12. Aksa Enerji Toshkent - 2 IES


13. Aksa Enerji Buхoro IES


14. Jengiz Enerji Toshkent IES


15. Jengiz Enerji Sirdaryo IES


16. Odash Enerji Xorazm IES


17. Akva Sirdaryo - 2 IES


18. EDF Sirdaryo - 3 IES


19. Stoun Siti Enerdi Surхondaryo IES



II. Kimyo sanoati korхonalari:


1. "Navoiyazot" AJ


2. "Maksam-Chirchiq" AJ


3. "Faronaazot" AJ



III. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy

kommunal хoʻjaligi vazirligi, "Issiqlik elektr stansiyalari"

AJ va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tuzilmasiga

kiradigan issiqlik va elektr energiyasini ishlab

chiqarish tashkilotlari

        

        

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 6 iyun