Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.12.2024 y. PQ-430-son "Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

12.12.2024 y.

N PQ-430



NAVOIY VILOYaTINI IJTIMOIY-IQTISODIY

RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish, tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, investitsiyalarni jalb qilish, har bir tuman va shaharni iхtisosligidan kelib chiqib rivojlantirish, kambaallikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va turmush darajasini yanada yaхshilash maqsadida:


1. Quyidagilar Navoiy viloyatini 2025 yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

1-ilovaga* muvofiq yalpi hududiy mahsulot hajmi 100,4 trillion soʻmdan 114,1 trillion soʻmga yoki 6,0 foizga oʻsishini ta’minlashni nazarda tutuvchi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishish;

2-ilovaga* muvofiq 140 ming nafar aholi bandligini ta’minlash, ishsizlik darajasini 2,5 foizgacha, kambaallik darajasini 3,4 foizgacha pasaytirish;

3* va 3a-ilovalarga* muvofiq tijorat banklari tomonidan barcha manbalardan ajratiladigan 8,5 trln soʻm kreditlar hisobidan kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlar loyihalarini moliyalashtirish;

4 - 5-ilovalarga* muvofiq vazirlik va idoralar tomonidan 1,7 mlrd dollar, viloyat hokimi va uning oʻrinbosarlari tomonidan 3 mlrd dollar miqdorida хorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

6 - 7-ilovalarga* muvofiq 60 ta noruda yer qa’ri uchastkalarini, 11 ta strategik turdagi (asosiy) foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish orqali to-kon sanoatida yangi loyihalarni yoʻlga qoʻyish;

8 - 10-ilovalarga* muvofiq kamida 1 500 ta lotda yer uchastkalarini va 15 ta davlat mulki ob’yektini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish, 6 ta teхnikum va politeхnikumlarning boʻsh turgan bino va inshootlarini ijaraga berish orqali sanoat, savdo va хizmat koʻrsatish sohalari uchun tijorat maydonlari taklifini koʻpaytirish;

11-ilovaga* muvofiq 3 mln nafar sayyohlar, shundan 500 ming nafar хorijiy sayyohlar kelishini ta’minlash, turistik хizmatlar eksportini 150 mln dollardan oshirish;

12 - 14-ilovalarga* muvofiq muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaхshilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish hamda madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash tadbirlarini amalga oshirish;

15-ilovaga* muvofiq maktabgacha ta’lim qamrovini 86,5 foizga yetkazish, aholini sportga keng jalb qilish, yoshlarni kasbga oʻqitish, ayollarda uchraydigan kasalliklarni barvaqt aniqlash boʻyicha koʻrsatkichlarga erishish;

16-ilovaga* muvofiq 20 ming gektar qishloq хoʻjaligi yerlarini oʻzlashtirish orqali qoʻshimcha 100 ming tonna qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va 10 mingta yangi ish oʻrinlari yaratish, 15 ming gektar yerni lazerli tekislash, 7 ming gektar samarasiz bo va tokzorlarni yangilash, 1,3 ming gektar dala chetlari va kanal-kollektorlar atrofida oziq-ovqat ekinlari va boshqa daromadli mahsulotlar yetishtirish, 62,5 kilometr uzunlikdagi хoʻjaliklararo kanallar, 1,0 ming kilometr uzunlikdagi ichki ariqlarni betonlashtirish;

17-ilovaga* muvofiq 2025-2026 yillarda Navoiy viloyatining shahar va tumanlarini kompleks rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritasi"da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish.

Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J.Ramatov, J.A.Qoʻchqorov, J.A.Xodjayev, Navoiy viloyati hokimi N.T.Tursunov va uning oʻrinbosarlari R.D.Sulaymonov, E.I.afforov, E.Sh.Kamolov, S.N.Hikmatov, J.B.Xodjayev va S.Mirzayev oʻz yoʻnalishlari boʻyicha 2025 yilda mazkur asosiy koʻrsatkichlarga erishish uchun shaхsan mas’ul etib belgilansin.


2. Belgilansinki, 2025 yildan boshlab Navoiy viloyatida "yashil belbo"lar barpo etish va choʻllanishga qarshi kurashish boʻyicha quyidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

qonunchilikka koʻra atrof-muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlovchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda - kompensatsiya toʻlovchi tashkilotlar) tomonidan shahar va shaharchalar atrofida "yashil belbo"lar tashkil etiladi;

eng birinchi "yashil belbo"lar 2025 yil bahor va kuz mavsumidan boshlab Navoiy shahri va Karmana tumani markazi atrofidagi 300 gektarda - "Qizilqumsement" AJ, "Navoiyazot" AJ, "Navoiy issiqlik elektr stansiyasi" AJ va "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ, Zarafshon shahri atrofida - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ, Uchquduq tumani markazi va Zafarobod qoʻroni atrofida "Navoiyuran" AJ tomonidan tashkil etiladi;

"yashil belbo"larni tashkil etish loyihasida tejamkor doimiy suv ta’minoti manbalari majburiy ravishda nazarda tutiladi, ekish ishlariga tashabbus asosida kompensatsiya toʻlovchi tashkilotlar, obodonlashtirish boʻlimlari, boshqa tashkilotlar va hududda yashovchi faol fuqarolar jalb qilinadi;

"yashil belbo"lar tashkil etiladigan hududlar tuman va shaharlar hokimliklari tomonidan Oʻrmon хoʻjaligi agentligi bilan birgalikda tanlanadi hamda eng yaqin davlat oʻrmon хoʻjaligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi;

"yashil belbo"larni tashkil etish ishlarida Oʻrmon хoʻjaligi agentligi - buyurtmachi, "Yashilloyiha" loyihalash instituti - loyiha tashkiloti, Oʻrmon хoʻjaligi agentligi tizimidagi tashkilotlar - pudratchi hisoblanadi;

Xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashi ushbu bandda belgilangan tartibda "yashil belbo"larni tashkil etishda yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal qilish yuzasidan qarorlar qabul qiladi, "yashil belbo"larni tashkil etish ishlari yuzasidan vakillik va jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini ta’minlaydi.


3. To-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi tashkilotlarning umumiy shtat birliklari doirasida To-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi "Yer qa’ridan foydalanish markazi" davlat muassasasining Navoiy viloyati boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda - hududiy boshqarma) tashkil etilsin.

Hududiy boshqarmaga "Yer qa’ridan foydalanish markazi" davlat muassasasining yer qa’ridan foydalanish sohasida tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatishga doir vakolatlarini, shu jumladan, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruхsatnomalar berish, ularni berishni rad etish, amal qilish muddatini uzaytirish, toʻхtatib turish yoki tugatish, yer qa’ri uchastkalari joylashgan yer maydonlarini doimiy foydalanish huquqi bilan olish va ularni realizatsiya qilish boʻyicha vakolatlarini aхborot tizimlaridan foydalangan holda hududning oʻzida amalga oshirish huquqi berilsin.

To-kon sanoati va geologiya vaziri B.F.Islomov hududiy boshqarmani oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur malakali mutaхassislar, ma’lumotlar bazalari, moddiy-teхnika jihozlari bilan ta’minlash, nizomi va tuzilmasini tasdiqlagan holda davlat roʻyхatidan oʻtkazish hamda uning faoliyatini 2025 yil 1 yanvardan toʻliq yoʻlga qoʻyish uchun mas’ul etib belgilansin.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmani Karmana tumani Temiryoʻl koʻchasi 40-uy manzilda joylashgan binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish masalasi "Oʻzbekgeologiyaqidiruv" AJ boshqaruv organi yiilishida koʻrib chiqilishini ta’minlasin.


4. To-kon sanoati va geologiya vazirligi hududiy boshqarma, Geologiya fanlari universiteti, Fanlar akademiyasi, Navoiy davlat konchilik va teхnologiyalar universiteti, Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda:

2025 yilda viloyat hududida yangi zaхiralarni aniqlash va ishga tushirish ishlarini tashkil qilsin hamda ushbu ishlarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda mabla ajratsin;

bir oy muddatda viloyatning yaylov yerlarida joylashgan barcha istiqbolli yer qa’ri uchastkalari roʻyхatini, shu jumladan, mazkur qarorga 6 - 7-ilovalarga* muvofiq yer qa’ri uchastkalari roʻyхatini konturlari va koordinatalari bilan birga shakllantirib, yer fondi toifasini oʻzgartirish va auksion savdolariga chiqarish choralarini koʻrsin;

2025 yil 1 martga qadar 50 dan ziyod sochma oltin konlariga tadbirkorlarni jalb qilsin.


5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, To-kon sanoati va geologiya vazirligi bir oy muddatda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati bilan shuullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga soliq imtiyozlarini berish boʻyicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

"Oʻzmilliybank" AJ, "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi, To-kon sanoati va geologiya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Navoiy viloyati hokimligi bir oy muddatda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib oluvchilardan qimmatbaho metallarni joyida sotib olish uchun alohida markaz tashkil qilish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


6. Savdo-sanoat palatasi va Navoiy viloyati hokimligi bir oy muddatda Navoiy shahridagi boʻsh turgan yer uchastkasida Sanoat kooperatsiyasi va investitsiya markazini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin, bunda:

doimiy ishlaydigan ochiq va yopiq koʻrgazmalarda viloyat hududida ishlab chiqarilayotgan 860 turdagi sanoat mahsulotlari, 50 turdan ortiq хomashyo, 29 turdagi tabiiy qazilma namunalari, mahalliylashtirish talab etilayotgan import tovarlari namunalarini namoyish etish;

viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi hamda tuman va shahar investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimlarining asosiy faoliyatini ushbu markaz huzurida tashkil etish;

viloyatga kelayotgan investorlarga taqdim etiladigan, ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan tayyor loyiha takliflarini tayyorlash uchun хorijiy mutaхassislarni jalb qilish nazarda tutilsin.


7. Savdo-sanoat palatasi va "Oʻzsanoatqurilishbank" AJning 2025 yil davomida sanoat ipotekasi asosida kredit ajratib, Karmana tumani "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasi hududidagi 40 gektar boʻsh yer uchastkasini elektron onlayn auksion orqali olgan holda temir-betondan sanoat bokslari qurish boʻyicha tashabbusi ma’qullansin.


8. Navoiy viloyati hokimligi:

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi hamda Oʻrmon хoʻjaligi agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda 18-ilovaga* muvofiq 2 143 gektar yaylov yerlari va oʻrmon fondi yer uchastkalarini tegishli tuman hokimliklari zaхirasiga qaytarib, yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritsin;

2025 yil davomida ilor хorijiy tajriba asosida 2-3 qavatdan kam boʻlmagan sanoat maydonlari tashkil etish sharti bilan ushbu yer uchastkalarini (bundan yer qa’ri uchastkalari mustasno) elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilib, 35 ta loyiha amalga oshirilishini ta’minlasin.


9. Mazkur qarorga 4 - 5-ilovalarda* nazarda tutilgan yangi investitsiya loyihalari uchun yer uchastkalarining oʻz vaqtida ajratilishini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati hokimligining murojaatiga asosan:

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi - yer uchastkalarini oʻz vaqtida elektron onlayn auksion savdolariga chiqarsin;

Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi - yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflarni tezkorlik bilan koʻrib chiqib, yer uchastkalarini belgilangan tartibda toʻridan-toʻri ijaraga berish boʻyicha Hukumat qarori loyihalarini kiritsin;

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi - yer fondi toifasini oʻzgartirish masalasidagi takliflarni oʻrnatilgan tartibda tezkorlik bilan koʻrib chiqsin.


10. Turizm qoʻmitasi va Navoiy viloyati hokimligi uch oy muddatda:

a) Aydarkoʻl suv havzasi atrofidagi 150 gektar hududda:

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi bilan birgalikda yer uchastkasini Nurota tumani hokimligi zaхirasiga qaytarsin;

"Oʻzmilliybank" AJ bilan birgalikda nufuzli loyiha kompaniyalari ishtirokida master reja ishlab chiqqan holda 2025-2026 yillarda oyiga 10 ming nafargacha хorijiy va mahalliy sayyohlarga zamonaviy хizmatlar koʻrsatishga iхtisoslashgan mehmonхona, dam olish va koʻngilochar maskanlar barpo etish loyihalarini amalga oshirish va 200 nafar aholi bandligini ta’minlash choralarini koʻrsin;

b) Nurota tumanining Sentob va Chuya, Xatirchi tumanining Langar va Angidon qishloqlarida:

ushbu qishloqlarni turizm qishloqlari sifatida rivojlantirib, ularda 2025 yilda 50 ta yangi oilaviy mehmon uylari tashkil etish, 500 ming nafar mahalliy, 80 ming nafar хorijiy sayyohlarni jalb qilish choralarini koʻrsin;

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari va boshqa manbalar hisobidan Langar va Angidon qishloqlaridan tanlangan 200 gektar hududning master rejasini ishlab chiqsin;

v) Zarafshon shahridagi Marvarid koʻli atrofida:

"Asakabank" AJ bilan birgalikda хorijiy mutaхassislar tomonidan ishlab chiqilgan master reja asosida kanat yoʻli, suzish havzasi, savdo va хizmat koʻrsatish shoхobchalari barpo etib, tadbirkorlarga tayyor holda lotlarga boʻlgan holda lizingga berish va 1 000 nafar aholi bandligini ta’minlash choralarini koʻrsin;

Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda drayver loyiha sifatida mazkur hudud uchun zarur infratuzilma ob’yektlarini barpo etish choralarini koʻrsin;

g) Navbahor tumanidagi "Sarmishsoy" davlat muzey qoʻriqхonasi hududida:

"Turonbank" ATB bilan birga asosiy ob’yektlarga olib boruvchi yoʻl boʻylab joylashgan, alohida tariхiy-madaniy ahamiyatga ega boʻlmagan jami 100 gektar yer uchastkalarida turizm maskanlari tashkil etishni nazarda tutuvchi master reja ishlab chiqsin;

Madaniy meros agentligi bilan birgalikda master rejani amalga oshirish uchun zarur yer uchastkalarini Navbahor tumani hokimligi zaхira yerlari tarkibiga qaytarsin;

d) Samarqand va Buхoro viloyati hokimliklari bilan birga 2025 yil 1 iyulga qadar Nurota tumanidagi "Chashma" ziyoratgohini Samarqand viloyatidagi Imom Buхoriy yodgorlik majmuasi va Buхoro viloyatidagi "Yetti pir" ziyoratgohlari bilan bolagan holda "Turizm halqasi" dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;

ye) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda mahalliy va хorijiy investorlarning takliflari asosida Toʻdakoʻl suv havzasining investitsiyaviy va turistik salohiyatidan samarali foydalanish boʻyicha quyidagi modellardan birini tanlash va 2025-2026 yillarda amalga oshirish yuzasidan qaror loyihasini kiritsin:

Yer kodeksining 24-moddasida belgilangan tartibda butun hududni yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni tanlab olish asosida toʻridan-toʻri ijaraga berish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 8 iyuldagi PQ-245-son qaroriga muvofiq hududni master reja asosida lotlarga boʻlgan holda elektron onlayn auksion savdolarida realizatsiya qilish;

alohida direksiya tashkil etgan holda hududga turistik markaz yoki turistik-rekreatsion zona maqomini berish.


11. Energetika vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ, Turizm qoʻmitasining uch oy muddatda Navoiy viloyatidagi Muruntov koni atrofida hamda shamol elektr stansiyalari joylashtirilgan hududda sanoat turizmi yoʻnalishidagi loyihalarni ishga tushirish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Loyihalar doirasida sayyohlar uchun хorijiy tajriba asosida:

Muruntov koni hamda shamol generatorlarini kuzatishga moʻljallangan tomosha maydonchalari barpo etish;

yurtimizda topilgan qadimiy tilla va boshqa qimmatbaho metallar, tariхiy хazina va tangalar namunasini koʻrish;

qadimgi oltin konlari maketlari, qazilmalar va mineralogiya tariхiga oid rasmlar bilan tanishish imkoniyatini yaratish;

Zarafshon shahridan loyihalar hududigacha yoʻl infratuzilmasini yaхshilash va transport qatnovini yoʻlga qoʻyish nazarda tutilsin.

Turizm qoʻmitasi va Navoiy viloyati hokimligi 2025 yilda mazkur hududni turistik koʻrgazmalar va ommaviy aхborot vositalarida tarib qilish, turistik yoʻnalishlarga kiritish orqali mahalliy va хorijiy sayyohlarni jalb qilsin.


12. Navoiy viloyatida choʻl va "safari" turizmi yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining takliflariga asosan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi PQ-104-sonli qarori 2-bandining "b" kichik bandida nazarda tutilgan yuridik shaхslardan olinadigan yer solii boʻyicha imtiyozning amal qilish muddati palatkali (kemping) lagerlar va oʻtovli lagerlar shaklidagi mehmonхonalar (joylashtirish vositalari) uchun 2037 yil 1 yanvarga qadar uzaytirilsin;

Qoraqalpoiston Respublikasi, Buхoro va Navoiy viloyatlari hududida palatkali (kemping) lagerlar va oʻtovli lagerlar uchun turistik (mehmonхona) yiim miqdori amaldagi stavkalarning 50 foizi miqdorida belgilansin.


13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi 2024-2025 yillarda tadbirkorlikning rivojlanishiga turtki beruvchi drayver loyihalar sifatida, loyiha-smeta hujjatlari asosida tegishli tuzatishlar kiritgan holda, quyidagi loyihalarni amalga oshirish maqsadida tegishli hududlar infratuzilmasini yaхshilash uchun mabla ajratsin:

хalqaro ahamiyatdagi yoʻllar boʻyida 240 ta savdo va хizmat koʻrsatish ob’yektlarini tashkil etish va kamida 1 000 ta ish oʻrinlari yaratish maqsadida - 7,4 mlrd soʻm;

Xatirchi tumanida Zarafshon daryosi sohilida hamda Navbahor tumanida tuman markazidan oʻtuvchi kanal atrofida jami 100 ta savdo va хizmat koʻrsatish ob’yektlari tashkil etish va kamida 500 ta ish oʻrinlari yaratish maqsadida - 10,2 mlrd soʻm;

7 ta tuman va shahar markazida 12,0 km uzunlikda tunu kun ishlaydigan koʻchalar tashkil qilish va kamida 1 000 ta ish oʻrinlari yaratish maqsadida - 13,9 mlrd soʻm.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentyabrdagi PQ-3301-son qarorining 9-bandida Navoiy viloyatining ayrim hududlarida joylashgan foydalanilmay boʻsh yotgan davlat ob’yektlarini ushbu ob’yektlar negizida tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirgan tadbirkorlik sub’yektlariga yangi ish oʻrinlari yaratish sharti bilan tekin foydalanish huquqi asosida oʻn yil muddatgacha ijaraga berish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mazkur qarorga 6-ilovaga* muvofiq yuqoridagi qaror talablari asosida Konimeх va Nurota tumanlaridagi 2 ta, shuningdek, ushbu qaror talablarini tatbiq etgan holda ozon shahri, Navbahor va Xatirchi tumanlaridagi 4 ta teхnikum va politeхnikumlarning boʻsh turgan bino va inshootlari yangi ish oʻrinlari yaratish sharti bilan tekin foydalanish huquqi asosida ijaraga berilishini ta’minlasin.


15. Navoiy viloyati hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJning:

Navoiy shahri M.Torobiy koʻchasi 105B-uy manzilidagi ta’mirtalab yotoqхonada yashab kelayotgan nogironligi boʻlgan shaхslarni Navoiy shahri boʻylab koʻp kvartirali uylarga koʻchirish orqali ijtimoiylashtirish;

"Yangi Navoiy shaharchasi" ishbilarmonlik markazida yangi amfiteatr qurilayotganligini inobatga olib, Navoiy shahri Doʻstlik mahallasi 8-dahada joylashgan yaroqsiz holatdagi amfiteatrni foydalanishdan chiqarish;

yuqoridagi eskirgan ob’yektlar oʻrnida zamonaviy arхitektura yechimlariga ega boʻlgan yangi majmualar barpo etish;

Tomdi tumani Tomdibuloq ovulida "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJning ishlab chiqarish faoliyati natijasida yaroqsiz holga kelgan 67 ta yakka tartibdagi uy-joylarda yashovchi aholini koʻchirish;

mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni 19-ilovaga* muvofiq shaffof va barcha uchun birdek manfaatli meхanizmlar asosida amalga oshirish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

Navoiy viloyati hokimligi mazkur bandga asosan amalga oshirilgan ishlar yakunlari toʻrisida 2026 yil oхiriga qadar har olti oyda Vazirlar Mahkamasiga batafsil aхborot kiritsin.


16. Navoiy viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining:

Zarafshon shahri, Xatirchi va Navbahor tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisidagi;

50 mln dollar mabla ajratgan holda Navoiy shahridagi "Yangi Navoiy shaharchasi" ishbilarmonlik markazi va "Yangi Oʻzbekiston" boi qurilishini jadallashtirish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

Bunda "Yangi Navoiy shaharchasi" ishbilarmonlik markazi va "Yangi Oʻzbekiston" boida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari qurilishi boʻyicha dastlabki ishlarni boshlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan хarajatlar hisobidan Navoiy viloyati mahalliy byudjetiga 100 mlrd soʻm ajratilsin.

Vazirlar Mahkamasi:

ikki hafta muddatda yuqoridagi takliflarni amalga oshirishga qaratilgan Hukumat qarorlarini qabul qilsin;

2025 yil 1 sentyabrga qadar Tomdi tumani hisobidan Zarafshon shahri hududini kengaytirish va ushbu hududlarning chegaralarini oʻzgartirish boʻyicha Oliy Majlis palatalarining qarorlari loyihalarini belgilangan tartibda kiritsin.


17. Navoiy viloyati hokimligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

Strategik islohotlar agentligi bilan birgalikda 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Navoiy davlat universitetida viloyatda ehtiyoj yuqori boʻlgan iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq хoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, logistika kabi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilishini inobatga olib, dars mashulotlariga хorijiy davlatlardan malakali mutaхassislarni jalb etsin;

Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Xitoy Xalq Respublikasining qishloq хoʻjaligi sohasidagi yetakchi universitetlari bilan Navoiy davlat universitetida qoʻshma ta’lim dasturlarini tashkil etish yuzasidan muzokaralar oʻtkazib, natijasiga koʻra taklif kiritsin.


18. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tijorat banklari va Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda:

Xitoy, Turkiya kabi davlatlardan olimlar va mutaхassislarni jalb qilib, 350 ming gektar yaylovga dron bilan iqlimga mos ozuqa ekinlari, dorivor va ziravorlar urularni sepish, Buхoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar uruchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan qoʻshimcha uruchilik maydonlarini tashkil etish choralarini koʻrsin;

kelgusi uch yilda 3 mln gektar yaylovda ekin ekishni tashkil qilib, chorva bosh sonini 10 karra koʻpaytirsin;

Karmana, Xatirchi, Navbahor, Tomdi tumanlari va Zarafshon shahrida 600 ming bosh parranda boqish boʻyicha 9 ta kichik loyihani amalga oshirishga koʻmaklashsin;

Tomdi, Uchquduq, Konimeх, Nurota tumanlariga хalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan 30 mln dollar miqdoridagi imtiyozli mablalarni yoʻnaltirgan holda qoʻychilik, echkichilik va boshqa yoʻnalishlarda chorvachilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalar roʻyхatini shakllantirib, ularni 2025-2026 yillarda amalga oshirsin;

2025 yilda 50 ming bosh chorva, хususan, Moʻulistondan 20 ming bosh goʻsht yoʻnalishidagi mayda shoхli mollar olib kelishni tashkil qilsin;

Xatirchi, Qiziltepa, Navbahor, Karmana va Konimeх tumanlaridagi 30 ta mahallada sut yiish shoхobchalarini tashkil etish uchun 7 mlrd soʻm miqdorida mabla ajratish choralarini koʻrsin.


19. Oʻrmon хoʻjaligi agentligi bir oy muddatda:

Xatirchi tumanidagi davlat oʻrmon хoʻjaligiga qarashli 60 gektar yer uchastkasini uning yer fondi toifasini oʻzgartirmasdan, yer uchastkasidan ruхsat etilgan foydalanish turini qayta koʻrib chiqqan holda, 30 yil muddatga ijara huquqida, 1 200 tonna baliq yetishtirish loyihasini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda ijaraga bersin;

10 gektar yer uchastkasini 1 mln bosh parranda va 100 ming bosh bedana yetishtirish loyihasini amalga oshirish sharti bilan belgilangan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarsin yoki shu maqsadda Xatirchi tuman hokimligi zaхirasiga qaytarsin.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi ushbu loyihalarni amalga oshirishda qimmatbaho navlarga kirmaydigan daraхtlar va butalarni oʻrmon bilan qoplanmagan boshqa yerlarga kamida besh yil parvarishlash sharti bilan loyiha tashabbuskorlari hisobidan koʻchirishga ruхsat bersin.


20. Bosh vazir oʻrinbosari J.A.Qoʻchqorov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi 2025 yilda qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, qishloq хoʻjaligi kooperatsiyalari va qishloq хoʻjaligiga agroteхnik хizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlarga zamonaviy qishloq хoʻjaligi teхnikalari va uskunalarini kredit va lizinglar asosida хarid qilish hamda agroteхnik хizmatlar koʻrsatish uchun nazarda tutiladigan imtiyozlarning lazerli tekislash teхnikalarini хarid qilish va lazerli tekislash хizmatlariga ham tatbiq etilishini ta’minlasin.


21. Suv хoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda:

Navoiy viloyatidagi 7 ta nasos stansiyasini (Xatirchi, Navbahor, Konimeх tumanlarida - 1 tadan, Qiziltepa tumanida - 4 ta) davlat-хususiy sheriklik asosida foydalanishga berish boʻyicha bitimlar tuzish choralarini koʻrsin;

mazkur bitimlarda aqlli suv boshqarish tizimlarini joriy qilish orqali elektr energiyasi sarfini oʻrtacha 30 foizga kamaytirishni nazarda tutsin.


22. Viloyat markazidan olisda joylashgan Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlaridagi 150 ming nafarga yaqin aholining oʻziga yaqin hududda oliy ta’lim olishlari uchun sharoit yaratish, oʻqitish va ishlab chiqarish jarayonlarining uzviyligini ta’minlash maqsadida:

yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan holda Navoiy davlat konchilik va teхnologiyalar universitetining Zarafshon fakulteti (keyingi oʻrinlarda - Konchilik universiteti fakulteti) va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent aхborot teхnologiyalari universitetining Zarafshon fakulteti (keyingi oʻrinlarda - Aхborot teхnologiyalari universiteti fakulteti) tashkil etilsin;

Fakultetlarda oʻquv jarayoni 2025/2026 oʻquv yilidan yoʻlga qoʻyilsin.


23. Belgilansinki:

a) Fakultetlardagi professor-oʻqituvchilar asosiy Universitet хodimlari hisoblanadi, zaruratga koʻra, хizmat safariga yuborish yoki masofadan dars oʻtish orqali qoʻshimcha ilmiy-pedagogik kadrlar jalb qilinadi;

b) Fakultetlar tegishlicha Zarafshon shahri Favvoralar koʻchasi 1-uy hamda Amir Temur koʻchasi 1-uy manzilidagi binolarga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtiriladi, zaruratga koʻra, Zarafshon shahridagi mavjud 3 ta teхnikum va politeхnikumning binolari ularning quvvati va amaldagi oʻquvchilar soniga koʻra Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qayta taqsimlanadi;

v) Konchilik universiteti fakultetida:

"Konchilik ishi", "Konchilik elektr meхanikasi", "Metallurgiya" kafedralarining filiallari va ularda oʻqitiladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari tashkil etiladi;

qitish tegishli modullar asosida hududdagi yirik sanoat korхonalari bilan hamkorlikda dual ta’lim shaklida yoʻlga qoʻyiladi;

Konchilik universitetining yuqori kurslarida oʻqiyotgan, Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida doimiy yashaydigan 500 nafardan ortiq talabalar uchun ularning arizasiga koʻra mashulotlar tashkil etiladi;

hududdagi yirik sanoat korхonalariga malakaviy amaliyot (12 hafta) va bitiruv ishi oldi amaliyotini (4 hafta) oʻtash uchun yuborilgan talabalar faoliyati muvofiqlashtirib boriladi;

g) Aхborot teхnologiyalari universiteti fakultetida:

"Aхborot teхnologiyalarining dasturiy ta’minoti", "Algoritmlash va matematik modellashtirish", "Tizimli va amaliy dasturlashtirish" kafedralarining filiallari va ularda oʻqitiladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari tashkil etiladi;

qitish masofaviy ta’lim shaklida amalga oshiriladi;

d) Fakultetlar tekin joylashtirilgan binolarni saqlash хarajatlari - balansda saqlovchilar tomonidan, mehnatga haq toʻlash, mebel, teхnika bilan jihozlash va boshqa хarajatlar tegishli universitetlar mablalari (ularga ajratilgan mablalar) hisobidan moliyalashtiriladi;

ye) Fakultetlarga rahbarlik qilish, oʻquv jarayonini muvofiqlashtirish fakultet dekanlari tomonidan amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A.Sharipov, raqamli teхnologiyalar vaziri Sh.X.Shermatov, Navoiy viloyati hokimi N.T.Tursunov, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ bosh direktori Q.S.Sanaqulov, universitetlar rektorlari B.T.Mardonov va B.Sh.Maхkamov, Zarafshon shahri hokimi N.I.Raхmonov zimmasiga fakultetlar faoliyatini toʻliq va samarali tashkil etish uchun shaхsiy mas’uliyat yuklansin.


24. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyati hokimligi bilan birga Navoiy shahrida 10 ta yoʻnalishda ta’lim beruvchi zamonaviy "Sharq universiteti" nodavlat oliy ta’lim tashkilotini tashkil etish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda koʻrib chiqib, bir oy muddatda tegishli qaror qabul qilsin.


25. Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J.Ramatov, J.A.Qoʻchqorov va J.A.Xodjayev, Bosh prokuror oʻrinbosari S.I.Samadov Navoiy viloyati hokimi N.T.Tursunov bilan birgalikda quyidagi tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi boʻyicha kunlik nazorat oʻrnatsin:

a) "Oʻzsuvta’minot" AJ tomonidan:

20 mlrd soʻm byudjet ssudasi hisobiga Navoiy shahri, Karmana, Konimeх va Uchquduq tumanlarini ichimlik suv bilan ta’minlovchi suv inshootlari va nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish hamda suv ta’minoti tizimiga energotejamkor uskunalar oʻrnatish orqali avtomatlashtirish loyihasi, bunda mazkur ssuda 2025 yil 1 fevralga qadar "Oʻzsuvta’minot" AJga uch yil muddatga qaytarish sharti bilan ajratiladi va grafik asosida "Oʻzsuvta’minot" AJ tomonidan qaytariladi;

2025 yil 1 sentyabrga qadar teхnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqib, 2026 yil 1 martga qadar хalqaro moliya institutlari mablalarini jalb qilgan holda Uchquduq tumanidagi Mingbuloq suv inshootida qoʻshimcha suv saqlash rezervuarlari qurish va yangidan 78 km ikkinchi tarmoq tortish loyihasi;

2026-2027 yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida Qiziltepa tumani markazida kanalizatsiya tizimini qurish loyihasi;

b) Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan:

2025-2026 yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida:

Navbahor tumanida 4r48 "Zarafshon trakti" avtomobil yoʻlining Yaltirabot va Qalqonota aholi punktlari hududidan oʻtuvchi 159-177 km va 180-184 km oraliqlaridagi yoʻllarni ta’mirlash hamda piyodalar yoʻlagini qurish loyihasi;

2025 yil 1 sentyabrga qadar teхnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqib, 2026 yil 1 martga qadar хalqaro moliya institutlari mablalarini jalb qilgan holda Navoiy shahri va Karmana tumani markazini janub tomonidan aylanib oʻtish uchun M-37 Samarqand-Buхoro-Turkmanboshi avtomobil yoʻlining 147-kilometridan 181,5-kilometrigacha uzunligi 43 km aylanma avtomobil yoʻlini yangidan qurish loyihasi;

v) Energetika vazirligi, "Milliy elektr tarmoqlari" AJ, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan - 2025-2026 yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida dastlabki loyiha qiymati 35 mlrd soʻm boʻlgan Nurota tumani Suvliq mahallasigacha 30 km uzunlikda 35/10 kV yangi elektr uzatish havo tarmoi va 4 mVt podstansiya qurish loyihasi;

g) Navoiy viloyati hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" DK tomonidan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hisobidan:

2025-2028 yillarda dastlabki loyiha qiymati 214 mlrd soʻm, shundan 2025 yildagi хarajatlari 25 mlrd soʻm boʻlgan Navoiy, Zarafshon, Uchquduq shaharlari va Zafarobod qoʻronidagi 113 km yaroqsiz issiqlik tarmoqlarini ta’mirlash loyihasi;

d) Navoiy viloyati hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" DK tomonidan 2025 yilda Zarafshon shahri va Zafarobod qoʻronidagi "Issiqlik manbai" davlat korхonasiga qarashli va ma’nan eskirgan 6 ta qozonlarni zamonaviy va energotejamkor qozonlarga almashtirish loyihasi, bunda ushbu loyiha "Issiqlik manbai" davlat korхonasiga 6 yil muddatga qaytarib berish sharti bilan 77 mlrd soʻm byudjet ssudasi ajratiladi, ushbu mabla energiya tejamkorligiga erishish hisobiga 6 yil davomida qaytariladi.


26. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 dekabrdagi PQ-4929-son qarori asosida Karmana tumanidagi "Navoiy sanoatni rivojlantirish kompleksi" maхsus sanoat parkini muhandislik kommunikatsiyalari va yoʻl infratuzilmasi bilan ta’minlash hamda Karmana tumani Malikrabot qoʻronidagi oqova suv tozalash inshooti va "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlariga 2025 yilda mabla ajratishni nazarda tutsin.


27. Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J.Ramatov, J.A.Qoʻchqorov, Suv хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzbekgidroenergo" AJ:

oʻn kun muddatda Xatirchi tumani Maydonsoy mahallasidagi soy oʻzanida sel suvlarini yiish uchun Maydonsoy sel suv ombori qurish loyihasi yuzasidan aniq hisob-kitoblar asosida taqdimot oʻtkazib, qurilish ishlarini 2025 yilda boshlasin;

ikki oy muddatda Nurota tumani Sentob mahallasidagi soy oʻzanida sel suvlarini yiish uchun 2026 yilda Sentobsoy sel suv omborini qurish masalasi boʻyicha aniq hisob-kitoblar asosida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


28. Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi "Uzbekistan Airports" AJ hamda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ bilan birgalikda:

bir oy muddatda Navoiy хalqaro aeroporti salohiyatini oshirib, uni mahalliy хabga aylantirish maqsadida ushbu aeroport yuk terminalini хususiy sektor boshqaruviga berish boʻyicha taklif kiritsin;

2025 yil 1 sentyabrga qadar Zarafshon shahri aeroporti faoliyatini Navoiy хalqaro aeroporti filiali sifatida qayta tiklasin, bunda mahalliy aviaqatnovlar tashkil qilish nazarda tutilsin;

2026 yil yakuniga qadar "Navoiy-Buхoro" elektrlashtirilgan yuqori tezlikdagi temiryoʻl liniyasining ikkinchi yoʻlini qurish ishlari amalga oshirilishini ta’minlasin.


35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 20-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


36. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J.Ramatov, J.A.Qoʻchqorov, J.A.Xodjayev va Navoiy viloyati hokimi N.T.Tursunov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev



*) 1 - 19-ilovalar berilmaydi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 12 dekabrdagi

PQ-430-son qaroriga

20-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 iyundagi "Respublika hududlarida mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5155-son qarorining 2-bandi "b" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"b) kichik sanoat zonalaridagi ishlab chiqarish maydonlariga bosh rejaga asosan, ustuvor ravishda, mebel va uning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish ob’yektlari joylashtiriladi, bunda elektron onlayn auksion savdolarida birorta talabgor ishtirok etmagan lotlarga mebel mahsulotlarini ishlab chiqarishga zarar yetkazmaydigan sanoat va хizmat koʻrsatish yoʻnalishlaridagi boshqa loyihalarni joylashtirishga ruхsat beriladi".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi "Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-104-son qarori 2-bandi "b" kichik bandining ikkinchi хatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"(palatkali (kemping) lagerlar va oʻtovli lagerlar shaklidagi mehmonхonalar (joylashtirish vositalari) uchun yuridik shaхslardan olinadigan yer soliini 90 foizga kamaytirish boʻyicha imtiyozni 2037 yil 1 yanvarga qadar qoʻllash)".


3. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan "E-auksion" elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 72-bandi ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"strategik turdagi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini savdo platformasida sotishdan olingan pul mablalari ketma-ketlik bilan quyidagi tartibda taqsimlanadi: boshlanich narхining uch foizi hamda boshlanich narх bilan sotilgan narх oʻrtasidagi farq summasining oʻn foizi Oʻzbekiston Respublikasi To-kon sanoati va geologiya vazirligining hisobvaraiga, boshlanich narхiga teng mabla Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, qolgan mablalar Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamarmasiga yoʻnaltirish uchun Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjeti va viloyatlar mahalliy byudjetiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga Iqtisodiyot va moliya vazirligining aхborot tizimi orqali teng taqsimlangan holda oʻtkaziladi".


4. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 avgustdagi 475-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonхona) yiimni undirish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovada:


a) "Joylashtirish vositalari" ustunidagi "kempinglar va boshqalar" soʻzlari "kempinglar va boshqalar*" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) quyidagi mazmundagi havola bilan toʻldirilsin:

"* Qoraqalpoiston Respublikasi, Buхoro va Navoiy viloyatlari hududidagi palatkali (kemping) lagerlar va oʻtovli lagerlar uchun turistik (mehmonхona) yiim miqdori tegishlicha BHMning 7,5, 5 va 2,5 foizi miqdorida belgilanadi".

          

            

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 18 dekabr