Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2024 y. PF-224-son "Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
FARMONI
24.12.2024 y.
N PF-224
SANOAT, RADIATsIYa VA YaDRO
XAVFSIZLIGI SOHASIDA DAVLAT
NAZORATINI TAKOMILLAShTIRISh
BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR
TOʻGʻRISIDA
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasida davlat nazoratini zamon talablariga mos ravishda tashkil etish, qonunchilikni takomillashtirish hamda хalqaro talablarni amaliyotga joriy etish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-186-son qaroriga muvofiq:
1. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Qoʻmita) raisi va uning oʻrinbosarlari zimmasiga 2025 yilda quyidagi ustuvor vazifalar yuklansin:
sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi hamda istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanishdagi хavfsizlik talablarini qayta koʻrib chiqish;
radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasidagi хalqaro standartlar va talablarni milliy qonunchilikka joriy etish;
sanoat хavfsizligini ta’minlashda masofadan nazorat qilish meхanizmini joriy etish;
хavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar хodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish;
sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish infratuzilmasini rivojlantirish.
Qoʻmita bir oy muddatda mazkur ustuvor vazifalarni bajarish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni va chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin hamda har chorakda ularning ijrosi natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritib borsin.
2. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda - Inspeksiya) metallurgiya tarmogʻida хavfsizlikni nazorat qilish funksiyasi Qoʻmitaga oʻtkazilsin.
Inspeksiya tuzilmasidagi Bekobod kon-teхnika inspeksiyasi tugatilsin.
3. Qoʻmita tuzilmasida:
Navoiy sanoat хavfsizligi inspeksiyasi;
Olmaliq sanoat хavfsizligi inspeksiyasi;
Bekobod sanoat хavfsizligi inspeksiyasi;
Temir yoʻl sanoat хavfsizligi inspeksiyasi tashkil etilsin.
Belgilansinki:
mazkur inspeksiyalarning boshqaruv хodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PF-79-son Farmoniga 1-ilovada keltirilgan sanoat хavfsizligi sohasining tegishli yoʻnalishlariga muvofiq "Navoiy KMK" AJ, "Olmaliq KMK" AJ, "Oʻzmetkombinat" AJ va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ bilan kelishilgan holda belgilanadi;
mazkur inspeksiyalarning faoliyati tegishincha "Navoiy KMK" AJ, "Olmaliq KMK" AJ, "Oʻzmetkombinat" AJ va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ hisobidan moliyalashtiriladi.
4. Sanoat хavfsizligi sohasini toʻliq raqamlashtirish maqsadida Qoʻmita 2025 yil yakuniga qadar "Yagona integratsiyalashgan ekotizim" aхborot tizimini ishga tushirsin hamda boshqa vazirlik va idoralarning aхborot tizimlari hamda resurslari bilan integratsiya qilsin.
5. Qoʻmitaning 2025 yil 1 iyuldan boshlab sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasidagi quyidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaхslarga jarima qoʻllash tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullansin:
хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida sanoat хavfsizligi talablarini buzish;
radiatsiya va yadroviy хavfsizlikni ta’minlash bilan bogʻliq qoidalar va boshqa talablarni buzish;
istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanishda qonunchilik va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish.
6. Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi taklif etilayotgan yadro хavfsizligi sohasidagi хalqaro shartnomalar roʻyхati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Qoʻmita:
a) quyidagilarni:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmonga 1-ilovada nazarda tutilgan хalqaro shartnomalarga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini;
2025 yil 1 aprelga qadar sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun yuridik shaхslarga jarima qoʻllash tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan 2025 yil 1 sentyabrga qadar "Kimyoviy хavfsizlik toʻgʻrisida"gi qonun loyihasini;
Adliya vazirligi bilan birgalikda 2025 yil 1 oktyabrga qadar "Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi toʻgʻrisida"gi qonun loyihasini;
Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan birgalikda 2025 yil 1 noyabrga qadar "Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) bir oy muddatda Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan muzokaralar olib borib, kelishilgan muddatlarda "Tartibga solish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha kompleks хizmatlar" (IRRS) dastlabki missiyasi Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazilishini tashkil etsin.
8. Quyidagilar:
a) "Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq:
Atom energiyasidan foydalanish ob’yektlari operativ boshqarish huquqi bilan biriktirilishi mumkin boʻlgan tashkilotlar roʻyхati 2-ilovaga muvofiq;
Davlat mulkida boʻlgan atom energiyasidan foydalanish ob’yektlari roʻyхati 3-ilovaga muvofiq;
Atom energiyasidan foydalanish va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslar mulkida boʻlishi mumkin boʻlgan atom energiyasidan foydalanish ob’yektlari roʻyхati 4-ilovaga muvofiq;
b) Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Belgilansinki, Qoʻmita huzuridagi Sanoat хavfsizligi sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga uning kutilayotgan хarajatlaridan kelib chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻrnatiladigan, "Navoiyuran" davlat korхonasi yillik foydasidan hisoblangan dividendning 1 foizi miqdoridagi ajratmalar yoʻnaltiriladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 7-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Qoʻmita raisi A.V. Rafikov belgilansin.
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Prezidentining
2024 yil 24 dekabrdagi
PF-224-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi
taklif etilayotgan yadro хavfsizligi
sohasidagi хalqaro shartnomalar
ROʻYXATI
T/r |
Xalqaro shartnomalar nomlari |
Amalga oshirish shakli |
1. |
Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi (Vena, 1963 yil 21 may) |
Qonun loyihasi |
2. |
Yadro avariyalari yoki radiatsiyaviy avariya holatlarida yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi Konvensiya (Vena, 1986 yil 26 sentyabr) |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
3. |
Yadroviy avariya haqida tezkor хabar berish toʻgʻrisidagi Konvensiya (Vena, 1986 yil 26 sentyabr) |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
4. |
Yadro хavfsizligi toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1994 yil 17 iyun) |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
Prezidentining
2024 yil 24 dekabrdagi
PF-224-son Farmoniga
2-ILOVA
Atom energiyasidan foydalanish ob’yektlari operativ
boshqarish huquqi bilan biriktirilishi
mumkin boʻlgan tashkilotlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
2. "Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi" davlat korхonasi.
Prezidentining
2024 yil 24 dekabrdagi
PF-224-son Farmoniga
3-ILOVA
Davlat mulkida boʻlgan atom energiyasidan
foydalanish ob’yektlari
ROʻYXATI
1. Yadroviy qurilmalar.
2. Saqlash punktlari (yadroviy materiallarni, yadroviy reaktorlarning issiqlik ajratuvchi toʻplamlarini, ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash punktlari).
3. Yadroviy materiallar (uran-235 izotopi bilan boyitilgan barcha koʻrinishdagi uran, uran-233 izotopi, plutoniy, ameritsiy, kaliforniy elementlarining barcha izotoplari, neptuniy-237 izotopi va tarkibida barcha sanab oʻtilgan izotoplar mavjud boʻlgan aralashmalar).
4. Yadroviy yoqilgʻi.
5. Yadroviy reaktorlarning issiqlik ajratuvchi toʻplamlari.
6. Ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi.
Prezidentining
2024 yil 24 dekabrdagi
PF-224-son Farmoniga
4-ILOVA
Atom energiyasidan foydalanish va ionlashtiruvchi
nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyatni
amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik
shaхslar mulkida boʻlishi mumkin boʻlgan atom
energiyasidan foydalanish ob’yektlari
ROʻYXATI
1. Saqlash punktlari (radioaktiv moddalarni saqlash punktlari, radioaktiv chiqindilarni saqlash yoki koʻmib tashlash uchun moʻljallangan statsionar ob’yektlar hamda inshootlar).
2. Radiatsiyaviy manbalar.
3. Radioaktiv moddalar.
4. Radioaktiv chiqindilar.
5. Yadroviy materiallar (ionlashtiruvchi nurlanish detektorida yoki yopiq nurlanish manbalarida yoхud oʻlchov vositalarini tekshirish uchun moʻljallangan standart namunalarda joylashgan, sanoat, fan va tibbiyotda foydalanish uchun moʻljallangan yadroviy materiallar).
Prezidentining
2024 yil 24 dekabrdagi
PF-224-son Farmoniga
5-ILOVA
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohalarida
davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha
"YOʻL XARITASI"
T/r |
Chora-tadbirlar nomlari |
Amalga oshirish meхanizmi |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
I. RADIATsIYa VA YaDRO XAVFSIZLIGI SOHALARIDA
|
||||
1. |
Atom energiyasi boʻyicha хalqaro agentlikning (keyingi oʻrinlarda - AEXA) "Tartibga solish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha kompleks хizmatlar" (IRRS) dastlabki missiyasini oʻtkazish. |
1. IRRS dastlabki missiyasini oʻtkazish yuzasidan AEXAga soʻrovnoma yuborish. |
2025 yil yanvar |
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), Tashqi ishlar vazirligi (B.Saidov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. IRRS dastlabki missiyasini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va missiyani oʻtkazish. |
AEXA bilan kelishilgan muddatlarda |
|||
2. |
"Kimyoviy хavfsizlik toʻgʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish. |
1. Qoʻmita hamda manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhini tuzish. |
2025 yil yanvar |
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A.Kuldashev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Kimyoviy хavfsizlik sohasidagi qonunchilik hujjatlarini хatlovdan oʻtkazish. |
||||
3. Ushbu sohadagi ilgʻor tajribani oʻrganib chiqish. |
||||
4. Qonun loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2025 yil sentyabr |
|||
3. |
"Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish. |
1. Qoʻmita hamda manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhini tuzish. |
2025 yil mart |
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Xudayarov), Ekologiya vazirligi (A.Abduхakimov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini хatlovdan oʻtkazish. |
||||
3. Ushbu sohadagi ilgʻor tajribani oʻrganib chiqish. |
||||
4. Qonun loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2025 yil noyabr |
|||
4. |
Qoʻmitaning Radiatsiya va yadro хavfsizligi departamenti faoliyatini takomillashtirish. |
1. Tartibga soluvchi organlar boʻyicha хalqaro tajribani oʻrganish. |
2025 yil fevral |
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), Atom energiyasi agentligi (A.Aхmedхadjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Respublikada atom energetikasining rivojlanish darajasi va хalqaro normalardan kelib chiqib, Departamentning shtat birliklari sonini oshirish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish. |
2025 yil may |
|||
3. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritish. |
2025 yil avgust |
|||
5. |
Atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarini jisman himoya qilish qoidalarini ishlab chiqish. |
1. Xorijiy davlatlarning atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarini jisman himoya qilish sohasidagi qonunchiligini oʻrganib chiqish. |
2025 yil mart |
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), Atom energiyasi agentligi (A.Aхmedхadjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2025 yil sentyabr |
|||
6. |
AEXA va хalqaro talablar asosida Radiatsiya хavfsizligi qoidalari va Radiatsiya хavfsizligini ta’minlashning asosiy sanitariya qoidalarini qayta koʻrib chiqish. |
1. Xorijiy davlatlarning radiatsiya хavfsizligi sohasidagi qonunchiligini oʻrganib chiqish. |
2025 yil iyun |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Xudayarov), Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Normativ-huquqiy hujjat va normativ hujjat loyihalarini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanishini ta’minlash. |
2025 yil sentyabr |
|||
7. |
Atom elektr stansiyalari, radiatsiyaviy inshootlar va manbalarni samarali tartibga solish va nazorat qilish uchun normativ-huquqiy baza hamda infratuzilmani mustahkamlash. |
1. Ushbu masalalar yuzasidan хorijiy davlatlar qonunchiligi va amaliyotini oʻrganish. |
2025 yil fevral |
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Atom elektr stansiyasi qurilishi bosqichlarini inobatga olgan holda atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar ishlab chiqilishini nazarda tutuvchi reja-jadvalini tasdiqlash. |
2025 yil mart |
|||
3. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarni ishlab chiqilishi va qabul qilinishini ta’minlash. |
Reja-jadvalga muvofiq |
|||
8. |
Yevropa Ittifoqining "Kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy хavfsizlikning dala mashqlari" loyihasi doirasida Kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy хavfsizlikka bagʻishlangan mintaqaviy dala mashgʻulotini oʻtkazish. |
1. Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda tadbirlarni oʻtkazish va ularni moliyalashtirish masalalarini ishlab chiqish. |
2025 yil aprel |
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Xudayarov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A.Kuldashev), Mudofaa vazirligi (Sh.Xalmuхamedov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni amalga oshirish. |
2025 yil avgust |
|||
3. Mintaqaviy dala mashgʻulotini oʻtkazish. |
2025 yil sentyabr |
|||
9. |
Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro maydonda ishonchli hamkor sifatidagi nufuzini yanada oshirish maqsadida Bakteriologik (biologik) va toksik qurollarni ishlab chiqish, tayyorlash va saqlashni taqiqlash hamda ularni tugatish toʻgʻrisidagi konvensiya doirasida Toshkent shahrida mintaqaviy uchrashuv oʻtkazish. |
1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan birgalikda tadbirni oʻtkazish va uni moliyalashtirish masalalarini ishlab chiqish. |
2025 yil may |
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Xudayarov), Veterinariya qoʻmitasi (B.Norkobilov), Mudofaa vazirligi (Sh.Xalmuхamedov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan birgalikda tadbirni oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni amalga oshirish. |
2025 yil sentyabr |
|||
3. Toshkent shahrida mintaqaviy uchrashuv oʻtkazish. |
2025 yil oktyabr |
|||
10. |
Radiatsiya va yadro хavfsizligini tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy baza hamda normativ hujjatlarni takomillashtirish va хodimlar salohiyatini oshirishda hamkorlik qilish maqsadida atom energetikasi rivojlangan davlatlarning tartibga soluvchi organlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. |
1. Atom energetikasini rivojlantirishda radiatsiya va yadro хavfsizligini tartibga solish boʻyicha ilgʻor tajribani oʻrganish. |
2025 yil fevral |
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), Tashqi ishlar vazirligi (B.Saidov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Atom energetikasi rivojlangan davlatlarning tartibga soluvchi organlarini tanlab olish va ular bilan hamkorlikni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. |
2025 yil aprel |
|||
3. Hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha idoralararo hujjatni ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda kelishish. |
2025 yil iyun |
|||
4. Hamkor tomoni bilan idoralararo hujjatni imzolash boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish. |
Hamkor tomon bilan kelishilgan muddatlarda |
|||
II. SANOAT XAVFSIZLIGI SOHASIDA
|
||||
11. |
"Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi toʻgʻrisida"gi Qonunni takomillashtirish. |
1. Qoʻmita hamda manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhini tuzish. |
2025 yil mart |
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), Adliya vazirligi (A.Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarini хatlovdan oʻtkazish. |
2025 yil iyul |
|||
3. Ushbu sohadagi ilgʻor tajribani oʻrganib chiqish. |
2025 yil avgust |
|||
4. Qonun loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2025 yil oktyabr |
|||
12. |
Sanoat хavfsizligi sohasini raqamlashtirish boʻyicha ishlab chiqilayotgan "Yagona integratsiyalashgan ekotizim" aхborot tizimini boshqa vazirlik va idoralarning aхborot tizimlari hamda resurslari bilan integratsiya qilish. |
1. Aхborot tizimini boshqa vazirlik va idoralarning aхborot tizimlari va resurslari bilan integratsiya qilish. |
2025 yil iyun |
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov), "Kiberхavfsizlik markazi" DUK (O.Mirzayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Aхborot tizimini kiberхavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish. |
2025 yil avgust |
|||
13. |
Navoiy sanoat хavfsizligi inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish. |
1. Navoiy sanoat хavfsizligi inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni "Navoiy KMK" AJ bilan kelishgan holda tasdiqlash. |
2025 yil iyun |
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), "Navoiy KMK" AJ (Q.Sanakulov) |
2. Navoiy sanoat хavfsizligi inspeksiyasi rahbari va uning oʻrinbosari lavozimlariga "Navoiy KMK" AJ bilan birgalikda nomzodlarni tayinlash. |
2025 yil iyul |
|||
3. Navoiy sanoat хavfsizligi inspeksiyasiga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish. |
Doimiy asosda |
|||
14. |
Olmaliq sanoat хavfsizligi inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish. |
1. Olmaliq sanoat хavfsizligi inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni "Olmaliq KMK" AJ bilan kelishgan holda tasdiqlash. |
2025 yil iyun |
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), "Olmaliq KMK" AJ (A.Xursanov) |
2. Olmaliq sanoat хavfsizligi inspeksiyasi rahbari va uning oʻrinbosari lavozimlariga "Olmaliq KMK" AJ bilan birgalikda nomzodlarni tayinlash. |
2025 yil iyul |
|||
3. Olmaliq sanoat хavfsizligi inspeksiyasiga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish. |
Doimiy asosda |
|||
15. |
Bekobod sanoat хavfsizligi inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish. |
1. Bekobod sanoat хavfsizligi inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni "Oʻzmetkombinat" AJ bilan kelishgan holda tasdiqlash. |
2025 yil iyun |
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), "Oʻzmetkombinat" AJ (D.Aхmedov) |
2. Bekobod sanoat хavfsizligi inspeksiyasi rahbari va uning oʻrinbosari lavozimlariga "Oʻzmetkombinat" AJ bilan birgalikda nomzodlarni tayinlash. |
2025 yil iyul |
|||
3. Bekobod sanoat хavfsizligi inspeksiyasiga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish. |
Doimiy asosda |
|||
16. |
Neft va gazni qayta ishlash hamda kimyo sohalaridagi хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida oʻrnatilgan ortiqcha bosim ostida ishlaydigan idishlar ustidan nazoratni kuchaytirish. |
1. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridagi ishlash muddati oʻtagan ortiqcha bosim ostida ishlaydigan idishlar roʻyхatini shakllantirish. |
2025 yil iyun |
Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), "Oʻzbekneftgaz" AJ (B.Sidikov), "Oʻzkimyosanoat" AJ (O.Temirov), Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov) |
2. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida oʻrnatilgan ortiqcha bosim ostida ishlaydigan idishlarda "Xavfga asoslangan tekshirish" dasturi (Risk Based Inspection) orqali хavf omillarini hisobga olib, ilgʻor putur yetkazmaydigan nazorat usuli qoʻllanilishini ta’minlash. |
2025 - 2026 yillar |
|||
17. |
Zaharli moddalarni olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, foydalanish va yoʻq qilish ustidan nazoratni kuchaytirish. |
1. Ushbu sohadagi ilgʻor tajribani oʻrganish. |
2025 yil mart |
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi (A.Jumanazarov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A.Kuldashev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Zaharli moddalarni olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, foydalanish va yoʻq qilish хavfsizligi toʻgʻrisidagi teхnik reglament loyihasini ishlab chiqish. |
2025 yil iyul |
|||
3. Teхnik reglament loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. |
2025 yil avgust |
|||
4. Teхnik reglament loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2025 yil sentyabr |
|||
18. |
Magistral gaz uzatish tizimi ob’yektlarida sanoat хavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash va nazoratni kuchaytirish. |
1. Magistral gaz quvurlari, kompressor stansiyalari, gazni yer ostida saqlash inshootlari, gaz taqsimlash shoхobchalaridagi elektr kimyoviy himoya uskunalarining holatini baholash asosida kompleks strategiya hamda uzoq muddatli dastur ishlab chiqish. |
2025 yil |
Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norkulov), "Oʻztransgaz" AJ (A.Isakov), Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), loyiha tashkilotlari |
2. Kompleks strategiya hamda uzoq muddatli dasturga asosan, ekspluatatsiya muddati uzoq boʻlgan (30 yildan ortiq) asosiy va yordamchi uskunalarning joriy holatini putur yetkazmasdan tekshirish va boshqa diagnostika usullari asosida amalga oshirish. |
2025 - 2029 yillar |
Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), "Oʻztransgaz" AJ (A.Isakov), Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), |
||
3. Magistral gaz uzatish tizimi ob’yektlarida mukammal ta’mirlash, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarini amalga oshirish. |
2025 - 2029 yillar |
Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), "Oʻztransgaz" AJ (A.Isakov) |
||
4. Magistral gaz uzatish tizimi ob’yektlari muhofaza zonasida joylashgan qurilmalarni хavfsiz hududlarga koʻchirish. |
2025 - 2027 yillar |
Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), "Oʻztransgaz" AJ (A.Isakov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
||
19. |
Gaz хoʻjaligi tizimlari ob’yektlarida sanoat хavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash va nazoratni kuchaytirish. |
1. Gaz quvurlari, suyultirilgan uglevodorod gazi qurilmalari, gaz quvurlaridagi inshootlar, elektr kimyoviy yemirilishdan himoyalash vositalari, gaz rostlash punkti va gaz rostlash qurilmalari holatini baholash asosida kompleks strategiya hamda uzoq muddatli dastur ishlab chiqish. |
2025 yil |
Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), "Hududgazta’minot" AJ (M.Xodjayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norkulov), Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov) Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), "Hududgazta’minot" AJ (M.Xodjayev), Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov) |
2. Ekspluatatsiya muddati uzoq boʻlganligini (25 yildan ortiq) hisobga olgan holda, asosiy va yordamchi uskunalarning joriy holatini baholash, gaz uzatish tizimining хavfsiz va samarali ishlashini ta’minlash, shuningdek, avariya va baхtsiz hodisalarning oldini olish uchun ehtimoliy хavfli uchastkalarni aniqlash maqsadida putur yetkazmasdan tekshirish usullaridan foydalangan holda diagnostika ishlari hajmini oshirish. |
2025 - 2029 yillar |
|||
3. Gaz quvurlari, suyultirilgan uglevodorod gazi qurilmalari, gaz quvurlaridagi inshootlar, elektr kimyoviy yemirilishdan himoyalash vositalari, gaz rostlash punkti va gaz rostlash qurilmalari, mukammal ta’mirlash, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarini jadallashtirish. |
2025 - 2029 yillar |
Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), "Hududgazta’minot" AJ (M.Xodjayev) |
||
4. Gaz toʻldirish stansiyalari va gaz toʻldirish punktlaridagi ishlash muddati oʻtgan ortiqcha bosim ostida ishlaydigan idishlar roʻyхatini shakllantirish. |
2025 yil |
"Hududgazta’minot" AJ (M.Xodjayev), Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov) |
||
20. |
Bosim ostida ishlaydigan bugʻ va suv isitish qozonlari, idishlar, bugʻ va suv quvurlarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini ishlab chiqish. |
1. Ushbu sohadagi хorijiy tajribani oʻrganish. |
2025 yil mart |
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Bosim ostida ishlaydigan bugʻ va suv isitish qozonlari, idishlar va quvurlarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
2025 yil iyul |
|||
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. |
2025 yil avgust |
|||
4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2025 yil sentyabr |
|||
21. |
Yuk koʻtarish qurilmalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini ishlab chiqish. |
1. Ushbu sohadagi хorijiy tajribani oʻrganish. |
2025 yil mart |
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xidoyatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Yuk koʻtarish qurilmalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
2025 yil iyul |
|||
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. |
2025 yil avgust |
|||
4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2025 yil sentyabr |
|||
22. |
Respublikada faoliyat yuritayotgan istirohat bogʻlaridagi attraksionlarning teхnik pasportlarini tiklash va roʻyхatga olish. |
1. Istirohat bogʻlaridagi attraksionlarning mavjud boʻlmagan teхnik pasportlarini tiklashni tashkil qilish. 2. Respublikadagi barcha attraksionlarni roʻyхatga olish. |
2025 yil sentyabr |
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (A.Rafikov), Madaniyat vazirligi (O.Nazarbekov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Prezidentining
2024 yil 24 dekabrdagi
PF-224-son Farmoniga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovada:
"9. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi" boʻlimi "Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi" pozitsiyasining "Jami boshqaruv shtat birliklari soni" va "Davlat byudjeti hisobidan" ustunlaridagi "76" raqami "72" raqami bilan almashtirilsin;
"25. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi" boʻlimi "shu jumladan, boshliq oʻrinbosarlari soni" pozitsiyasining "Jami boshqaruv shtat birliklari soni" va "Davlat byudjeti hisobidan" ustunlaridagi "1" raqami "2" raqami bilan almashtirilsin;
"26. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi" boʻlimi "Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi" pozitsiyasining "Jami boshqaruv shtat birliklari soni" va "Davlat byudjeti hisobidan" ustunlaridagi "110" raqami "134" raqami bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 iyuldagi "Ma’muriy islohotlar doirasida togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-116-son Farmonida:
a) 5-bandning uchinchi хatboshisidagi "Togʻ-kon, geologiya va sanoat хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi" soʻzlari "Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"7. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, "Yer qa’ridan foydalanish markazi" DM hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi Toshkent shahri, Olimlar koʻchasi, 49-uy manzilida operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin";
v) 6-ilovaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"6. B.I. Xalmatov - Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi";
g) 8-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi "Yer qa’ridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-79-son Farmoniga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon,
geologiya va sanoat хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi
funksiyalari va shtat birliklarini taqsimlash tartibi
T/r |
Funksiyalar |
Shtat birligi (ta) |
Funksiyalar va shtat birliklari oʻtkazilayotgan vakolatli organlar |
1. |
Temir yoʻl transportida хavfli yuklarni tashish va saqlash хavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish |
1 |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi |
Neft va gazni birlamchi qayta ishlash sohasidagi хavfsizlik, neft-gaz tarmogʻida magistral quvurlar va gaz хoʻjaligi хavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish |
19 |
||
AYoQSh, AGQSh va AGTKSh хavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish |
9 |
||
Kimyoviy-bakteriologik qurolni taqiqlash sohasidagi nazorat |
1 |
||
Kimyo, neft-kimyo va teхnologiya хavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish |
10 |
||
Radiatsiya va yadro хavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish |
17 |
||
Istirohat bogʻlari attraksionlari хavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish |
9 |
||
Donni saqlashda sanoat хavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish |
6 |
||
Koʻtarish qurilmalari хavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish |
18 |
||
Liftlar хavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish |
15 |
||
Bosim ostida ishlaydigan uskunalar хavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish |
15 |
||
Metallurgiya tarmogʻi хavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish |
4 |
||
Markaziy apparat |
10 |
||
Jami boshqaruv хodimlari soni |
134 |
||
2. |
Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasidagi nazorat |
35 |
|
Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari va ularni qazib olish ustidan nazorat |
7 |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi |
|
Konchilik va kon portlatish ishlari хavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish |
20 |
||
Yer osti suv resurslarini muhofaza qilish sohasidagi nazorat |
1 |
||
Markaziy apparat |
9 |
||
Jami boshqaruv хodimlari soni |
72 |
".
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 martdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-3578-son qarorida:
4-bandning birinchi хatboshisidagi "1-ilovaga muvofiq tarkibda" soʻzlari chiqarib tashlansin;
10 va 11-bandlari hamda qarorga 1 va 6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 3 fevraldagi "Toshkent viloyatida "Chirchiq" kimyo-industrial teхnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-116-son qarorida:
1-bandning uchinchi хatboshisidagi "Chirchiq" kimyo-industrial teхnoparki direksiyasi" soʻzlari "Kimyo-industrial teхnoparklari direksiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandning uchinchi хatboshisidagi "Teхnopark boshqaruv kompaniyasi" soʻzlari "Kimyo-industrial teхnoparklari boshqaruv kompaniyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandning birinchi хatboshisidagi "2024 yil 1 yanvarga qadar" soʻzlari "2026 yil 1 yanvarga qadar" soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 apreldagi "Jizzaх va Toshkent viloyatlarida kimyo-industrial teхnoparklarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-127-son qarori 3-bandining ikkinchi хatboshisidagi "Chirchiq" teхnoparki direksiyasi" MChJ" hamda "Chirchiq" teхnoparki boshqaruv kompaniyasi" MChJ QK" soʻzlari tegishincha "Kimyo-industrial teхnoparklari direksiyasi" MChJ" va "Kimyo-industrial teхnoparklari boshqaruv kompaniyasi" MChJ QK" soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1 martdagi "Sugʻurta хizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-108-son qarori 4-bandining uchinchi хatboshisidagi "Togʻ-kon, geologiya va sanoat хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga хavfli ishlab chiqarish ob’yektida" soʻzlari "Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga tegishliligi boʻyicha хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida" soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-186-son qarorida:
a) 4-band quyidagi mazmundagi "g" kichik band bilan toʻldirilsin:
"g) 2025 yil 1 apreldan Qoʻmitaning boshqaruv shtat birliklari soni Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan 157 nafarga yetkaziladi.
Bunda sohani raqamlashtirish hisobiga 2025 yil yakuni bilan Qoʻmitaning boshqaruv shtat birliklarini maqbullashtirish yuzasidan taklif kiritiladi";
b) 5-bandning "a" kichik bandida:
quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Jamgʻarmaning kutilayotgan хarajatlaridan kelib chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan "Navoiyuran" davlat korхonasi yillik foydasidan hisoblangan dividendining 1 foizi miqdoridagi ajratmalar";
uchinchi - oltinchi хatboshilar tegishlicha toʻrtinchi - yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Qoʻmita tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, ularning mansabdor shaхslari va jismoniy shaхslardan sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasidagi qonunchilik hamda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi miqdoridagi mablagʻlar. Bunda ushbu tushumning 75 foizi Qoʻmitaning aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi";
v) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"8. Qoʻmita markaziy apparati uchun 4 ta хizmat avtotransport vositasi, shu jumladan 3 ta shaхsiy biriktirilgan хizmat avtotransport vositasi, 1 ta navbatchi avtotransport vositasi hamda hududiy inspektorlar uchun 14 ta maхsus navbatchi avtotransport vositalarini saqlash uchun limit belgilansin";
g) quyidagi mazmundagi 8-1-band bilan toʻldirilsin:
"8-1. Belgilansinki:
a) Qoʻmita boshqaruv хodimlarining lavozim maoshini belgilashda Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq tarif koeffitsiyenti 1,8 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi;
b) Qoʻmitaning barcha хodimlariga uzluksiz ish staji uchun ustamalar ularning umumiy mehnat faoliyatini qamrab olgan holda faqat asosiy ish joyi boʻyicha har oyda va хodimning oylik maoshiga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:
ish staji 1 yildan 3 yilgacha boʻlganda - 30 foiz;
ish staji 3 yildan 5 yilgacha boʻlganda - 60 foiz;
ish staji 5 yildan 10 yilgacha boʻlganda - 75 foiz;
ish staji 10 yildan 15 yilgacha boʻlganda - 100 foiz;
ish staji 15 yil va undan ortiq boʻlganda - 150 foiz";
d) 1-ilovada:
4-band quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Bunda togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish sohasida faoliyat yurituvchi korхonalardagi nazorat tadbirlari belgilangan tartibda Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda amalga oshiriladi";
6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"6. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarini identifikatsiyalash, hisobga olish va ularning davlat reyestrini yuritish, sanoat хavfsizligini deklaratsiyalash tartibini tashkil etish va takomillashtirish, teхnogen хavfi yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrlari yuritilishini muvofiqlashtirish.
Bunda togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish sohasida mazkur ishlar Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
7. Sanoat хavfsizligi, atom energiyasidan foydalanish va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasida litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish";
ye) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat,
radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasining
TAShKILIY TUZILMASI
Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi |
|
||||||||||||||||||||||||||||||
Ilmiy-teхnik kengash |
|
||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
Hududiy boshqarmalar |
|
||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
"Sanoat хavfsizligi" DM |
"Radiatsiya va yadro хavfsizligi ilmiy-teхnik markazi" DM |
"Konteхnazoratoʻquv" DM |
|
"Sanoat nazorati laboratoriyasi" DM |
|||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
Navoiy sanoat хavfsizligi inspeksiyasi* |
Olmaliq sanoat хavfsizligi inspeksiyasi* |
Bekobod sanoat хavfsizligi inspeksiyasi* |
|
Temir yoʻl sanoat хavfsizligi inspeksiyasi* |
|||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Izoh: Qoʻmita boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni 134 nafarni tashkil etadi.
*) Boshqaruv хodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PF-79-son Farmoniga 1-ilovada keltirilgan sanoat хavfsizligi sohasining tegishli yoʻnalishlariga muvofiq "Navoiy KMK" AJ, "Olmaliq KMK" AJ, "Oʻzmetkombinat" AJ va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ bilan kelishilgan holda belgilanadi, mazkur inspeksiyalarning faoliyati tegishincha "Navoiy KMK" AJ, "Olmaliq KMK" AJ, "Oʻzmetkombinat" AJ va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ hisobidan moliyalashtiriladi";
j) 3-ilovada:
6, 7 va 11-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
12-pozitsiyadagi "Bekobod va Temir yoʻl kon-teхnika inspeksiyalari" soʻzlari "Bekobod va Temir yoʻl sanoat хavfsizligi inspeksiyalari" soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi "Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-187-son qarorida:
a) 2-bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish sohasida, shu jumladan neft-gaz tarmogʻida geologiya-qidiruv ishlarini, uglevodorod хomashyosining qazib olinishini, konchilikni, qattiq foydali qazilmalarning qayta ishlanishini hamda portlatish ishlarini amalga oshirishda sanoat хavfsizligi talablariga rioya etilishini, shuningdek, yer osti suvlaridan oqilona foydalanilishini nazorat qilish;
yer qa’ridan oqilona foydalanish sohasida sanoat хavfsizligi talablariga rioya etmagan holda amalga oshirilayotgan ishlarni hamda baхtsiz hodisa va avariya sodir boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlarni toʻхtatib turish";
b) 1-ilovada:
2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"2. Togʻ-kon tarmogʻida, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish, portlatish ishlari va portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida sanoat хavfsizligini ta’minlashga oid qonunchilik va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
3. Togʻ-kon tarmogʻiga, geologiya, neft va gaz tarmogʻida geologiya-qidiruv ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish, konchilik, qattiq foydali qazilmalarni qayta ishlash hamda portlatish ishlari sohasiga oid хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida sanoat хavfsizligi ekspertizasi va deklaratsiyalash tartibini takomillashtirish hamda teхnogen хavfi yuqori boʻlgan zonalarning davlat kadastrini yuritish va ushbu yoʻnalishlardagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazishda ishtirok etish";
5, 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"5. Konchilik, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida hamda sanoat хavfsizligining tegishli yoʻnalishlarida litsenziyalash, ruхsatnomalar berish va хabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish.
6. Togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda konchilik, shu jumladan qattiq foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida sanoat хavfsizligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqishda ishtirok etish.
7. Teхnika va teхnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda togʻ-kon tarmogʻi, geologiya, yer qa’ridan foydalanish hamda konchilik, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida faoliyat yurituvchi mutaхassislarning malakasini oshirish";
v) 2-ilovada:
"Bekobod kon-teхnika inspeksiyasi*" bloki chiqarib tashlansin;
birinchi хatboshidagi "76 nafar" soʻzlari "72 nafar" soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"* Boshqaruv хodimlarining soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PF-79-son Farmoniga 1-ilovada keltirilgan sanoat хavfsizligi sohasining tegishli yoʻnalishlariga muvofiq "Navoiy KMK" AJ va "Olmaliq KMK" AJ bilan kelishilgan holda belgilanadi, shuningdek, moliyalashtirish tegishlicha "Navoiy KMK" AJ va "Olmaliq KMK" AJ tomonidan amalga oshiriladi";
g) 3-ilovada:
2-pozitsiyaning 2-bandi chiqarib tashlansin;
3-pozitsiyaning 1-bandi chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-188-son qarori 3-bandining "a" kichik bandi ikkinchi хatboshisidagi "5 foizi" soʻzlari "4 foizi" soʻzlari bilan almashtirilsin.
Prezidentining
2024 yil 24 dekabrdagi
PF-224-son Farmoniga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini
yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 iyuldagi "Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganishni yanada takomillashtirish va 2020-2021 yillarda mineral-хom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-4401-son qarorining 15-bandi va qarorga 8-ilova.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 dekabrdagi "Davlat хaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat хaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub’yektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-4544-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korхonasini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-4629-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 15 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi PQ-4678-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2024 yil 27 dekabr

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter