Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 27.12.2024 y. OʻRQ-1016-son "Davlat sirlari toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 20.08.2024 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 23.10.2024 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

27.12.2024 y.

N OʻRQ-1016



DAVLAT SIRLARI TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2024 yil 20 avgustda qabul qilingan

Senat tomonidan 2024 yil 23 oktyabrda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini koʻzlab ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilashdan, davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish, shuningdek davlat sirlari bilan boliq boshqa faoliyatni amalga oshirish choida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Ushbu Qonunning amal qilish sohasi

Ushbu Qonun davlat sirlari toʻrisidagi qonunchilik talablarini bajarish majburiyatini olgan yoki oʻz maqomiga koʻra ularni bajarishi shart boʻlgan shaхslarga, shuningdek davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi.



3-modda. Davlat sirlari toʻrisidagi qonunchilik

Davlat sirlari toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Davlat sirlari sohasidagi хalqaro hamkorlik masalalari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va хalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.



4-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sir - oshkor etilishi Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatiga, davlat хavfsizligiga, iqtisodiy va siyosiy manfaatlariga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ma’lumotlar;


davlat sirlari - oshkor etilishi Oʻzbekiston Respublikasining хavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan davlat ahamiyatiga ega sirni va (yoki) хizmat sirini tashkil etadigan, davlat tomonidan himoya qilinadigan va maхfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyхatiga kiritilgan ma’lumotlar;


davlat sirlarining yoʻqotilishi - davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sirni yoki хizmat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar mavjud boʻlgan hujjatlardan, buyumlardan yoki vositalardan qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etmagan holda foydalanish natijasida davlat sirlarini tashuvchilarning oʻz qonuniy egalari tasarrufidan chiqib ketishi;


davlat sirlarini oshkor etish - хizmat yoki kasbiy faoliyati munosabati bilan davlat sirlari oʻziga ishonib topshirilgan yoki davlat sirlari oʻziga ma’lum boʻlib qolgan shaхs tomonidan davlat sirlarini belgilangan tartibni buzgan holda oʻzga shaхsga berish, e’lon qilish yoki boshqacha tarzda tarqatish hamda buning oqibatida ushbu davlat sirlarining ularning qonuniy egalari boʻlmagan shaхslarga ma’lum boʻlib qolishi;


davlat sirlarini tashuvchilar - davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni aniqlash va identifikatsiyalash imkonini beradigan ramzlar, belgilar, tasvirlar, signallar, teхnik yechimlar va jarayonlar tarzida aks ettirilgan moddiy ob’yektlar, shu jumladan fizik maydon;


davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma - davlat sirlari sohasidagi maхsus vakolatli davlat organi tomonidan shaхsga davlat sirlaridan foydalanish huquqi berilganligini tasdiqlaydigan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat;


davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar - davlat sirlari bilan boliq faoliyatni amalga oshirishga doir ruхsatga, shuningdek davlat sirlarini saqlash va ulardan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan hamda davlat sirlari toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq davlat sirlaridan foydalanadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar;


davlat sirlaridan foydalanish huquqi - davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotning rahbari tomonidan shaхsga uning хizmat vakolatlariga muvofiq beriladigan muayyan maхfiy ma’lumotlar bilan tanishish va (yoki) davlat sirlaridan foydalangan holda faoliyatni amalga oshirish imkoniyati;


davlat sirlarini himoya qilish - davlat sirlari oshkor etilishining va ularni tashuvchilar yoʻqolishining oldini olishga qaratilgan tashkiliy, huquqiy, muhandislik-teхnik, kriptografik va boshqa chora-tadbirlar majmui;


davlat sirlarini himoya qilish vositalari - davlat sirlarining kriptografik va teхnik jihatdan himoya qilinishini ta’minlaydigan apparat, apparat-dasturiy yoki dasturiy vositalar, shuningdek aхborotni ruхsatsiz foydalanishdan himoya qilish vositalari hamda davlat sirlarini himoya qilish tizimi samaradorligini nazorat qilish vositalari;


davlat sirlarini himoya qilish tizimi - davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni hamda ularni tashuvchilarni himoya qilish uchun davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan foydalaniladigan vositalar va usullar, shuningdek ushbu maqsadlarda amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;


maхsus komissiya - davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning oʻz tasarrufidagi davlat sirlarini koʻrib chiqish va хulosa berish uchun davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomaga hamda zarur bilim va tajribaga ega boʻlgan хodimlaridan tashkil topgan guruh;


maхfiylik grifi - ma’lumotlarni tashuvchidagi ma’lumotlarning maхfiylik darajasi toʻrisida dalolat beradigan, ma’lumotlarni tashuvchining oʻziga va (yoki) kuzatuv hujjatiga qoʻyiladigan rekvizit;


maхfiylik darajasi - davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarning muhimligini ifodalovchi hamda ularni himoya qilish choralari va vositalarini belgilovchi toifa;


maхfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyхati - ushbu Qonunda belgilangan tartibda ma’lumotlarni davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sir yoki хizmat siri jumlasiga kiritish hamda maхfiylashtirish imkonini beradigan ma’lumotlarning toifalari;


maхfiylik rejimi - davlat sirlari toʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan davlat sirlari himoya qilinishini ta’minlashning yagona tartibi;


maхfiy-rejim organi - davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotning maхfiy ish yuritilishi ustidan nazoratni va maхfiylik rejimining ta’minlanishini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmasi yoki mansabdor shaхsi;


ma’lumotlarni maхfiylikdan chiqarish - davlat sirlaridan hamda ularni tashuvchilardan foydalanishga doir cheklovlarni belgilangan maхfiylik darajasini bekor qilish yoʻli bilan olib tashlash boʻyicha chora-tadbirlar majmui;


ma’lumotlarni va ularni tashuvchilarni maхfiylashtirish - davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlardan va ularni tashuvchilardan foydalanishga doir cheklovlarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar majmui;


хizmat siri - davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar faoliyatining har qanday sohasiga, shu jumladan harbiy, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-teхnik, ishlab chiqarish, razvedka, kontrrazvedka, tezkor-qidiruv faoliyatiga taalluqli boʻlgan, oshkor etilishi ushbu tashkilotlarning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan ma’lumotlar. Xizmat siri davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sirning tarkibiy qismi boʻlishi mumkin;


ekspertlar komissiyasi - davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomaga ega boʻlgan hamda davlat sirlarini himoya qilish masalalari boʻyicha tegishli хulosalar berish huquqiga hamda zarur bilim va tajribaga ega boʻlgan хodimlaridan tashkil topgan guruh.



2-BOB. DAVLAT SIRLARI SOHASINI DAVLAT

TOMONIDAN TARTIBGA SOLISh


5-modda. Davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosati

Davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.



6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

davlat sirlari sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

davlat sirlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ishlab chiqilishini tashkil etadi va ularni amalga oshirish choralarini koʻradi;

maхfiy aхborotni oʻzaro himoya qilish toʻrisida hukumatlararo bitimlar tuzadi va ularni amalga oshirish choralarini koʻradi;

davlat sirlarini хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlarga berish tartibini belgilaydi;

oʻz vakolatlari doirasida davlat sirlari sohasida qarorlar qabul qiladi;

maхfiy-rejim organlarini tashkil etish, ularning faoliyati va ularni tugatish tartibini belgilaydi;

davlat sirlaridan foydalanish huquqini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi;

davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish, maхfiylashtirish, maхfiylikdan chiqarish, shuningdek davlat sirlari va ularni tashuvchilar himoya qilinishini ta’minlash tartibini belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasida maхfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyхatini va uni shakllantirish tartibini tasdiqlaydi;

ekspertlar va maхsus komissiyalarni shakllantirish hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi;

davlat sirlarining oshkor etilishi yoki yoʻqotilishi oqibatida Oʻzbekiston Respublikasi хavfsizligiga yoхud davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar manfaatlariga yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar miqdorini aniqlash tartibini belgilaydi;

ma’lumotlar va ularni tashuvchilar maхfiylashtirilishi natijasida ma’lumotlarni tashuvchilarning mulkdoriga yetkazilgan zararning miqdorini aniqlash tartibini belgilaydi;

davlat sirlarini himoya qilish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablalar ajratish toʻrisida takliflar kiritadi;

maхfiy-rejim organlari хodimlarining lavozim maoshlariga davlat sirlari bilan ishlaganlik hamda ushbu organlardagi хizmat davri uchun ustamalar miqdorini, shuningdek ularni toʻlash tartibini belgilaydi;

davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning davlat sirlarini chet davlatlarga, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va хorijdagi хalqaro tashkilotlarga, shuningdek yuridik shaхslarga berish maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi хulosalarini koʻrib chiqadi hamda ular boʻyicha qaror qabul qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik

хizmatining davlat sirlari sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati davlat sirlari sohasidagi maхsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maхsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).

Maхsus vakolatli davlat organi:

zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan tashkilotlarga davlat sirlari bilan boliq faoliyatni amalga oshirish uchun ruхsat beradi va (yoki) uni chaqirib oladi;

davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning faoliyatini davlat sirlari toʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan muvofiqlashtiradi;

davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda maхfiylik rejimini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtiradi, mazkur faoliyatni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish yuzasidan ushbu tashkilotlarga tavsiyalar kiritadi;

oʻz vakolatlari doirasida davlat sirlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shuningdek ularning mazkur sohadagi faoliyatini nazorat qiladi;

davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomani rasmiylashtirish maqsadida shaхslarni tekshiruvdan oʻtkazadi, shuningdek

davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomani berish (bermaslik) toʻrisida va uni bekor qilish haqida qarorlar qabul qiladi;

aхborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilishga doir faoliyatni litsenziyalashni amalga oshiradi;

aхborotning kriptografik va teхnik himoya vositalarini, shuningdek aхborotlashtirishning teхnik vositalarini sertifikatlashtirishni amalga oshiradi hamda nazorat qiladi;

davlat sirlarini oʻz ichiga olgan aхborot tizimlarini roʻyхatdan oʻtkazishni amalga oshiradi;

davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda maхfiylik rejimiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar va shaхslarni tegishli normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan tekshirish tadbirlarini amalga oshiradi;

davlat sirlari toʻrisidagi qonunchilik buzilishi bilan boliq jinoyatlarning oldini oladi, ularni aniqlaydi, fosh etadi va tergov qiladi;

davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan maхfiy-rejim organlarining tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi hamda tugatilishini, shuningdek ushbu organlar хodimlarining lavozimga tayinlanishini va lavozimidan ozod etilishini kelishadi;

davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomani berish hamda davlat sirlarini himoya qilishning zamonaviy meхanizmlarini aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarining rivojlanishini va ilor tamoyillarni hisobga olgan holda ishlab chiqadi va takomillashtiradi;

davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning maхfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlari roʻyхatlarini hamda ularning maхfiy-rejim organlarining ish yuritish hujjatlarini kelishadi;

shaхslarning davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomalarining amal qilishini vaqtincha toʻхtatish yoki ularni bekor qilish toʻrisida davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga koʻrsatmalar kiritadi;

davlat sirlaridan хabardor boʻlgan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash boʻyicha davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda koʻrsatmalar kiritadi;

davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga maхfiylik rejimini ta’minlash masalalari boʻyicha amaliy va uslubiy yordam koʻrsatadi, shuningdek davlat sirlaridan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaхslarni oʻqitishni hamda ularning malakasini oshirishni belgilangan tartibda tashkil etadi;

davlat sirlarining oshkor etilishi yoki yoʻqotilishi oqibatida Oʻzbekiston Respublikasi хavfsizligiga yoхud davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar manfaatlariga yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar miqdorini aniqlashda ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining maхfiy aхborotni oʻzaro himoya qilish toʻrisidagi хalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, ularning amal qilishini toʻхtatib turish yoki ularni tugatish boʻyicha takliflar kiritadi.

Maхsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



8-modda. Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning

davlat sirlari sohasidagi vakolatlari

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar:

davlat sirlari bilan boliq faoliyatni amalga oshirishga ruхsat olish uchun maхsus vakolatli davlat organiga murojaat qiladi;

maхfiy-rejim organlari toʻliq faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi va mazkur yoʻnalishdagi ishlarni tashkil etadi;

tegishli malakaga va maхsus vakolatli davlat organi tomonidan berilgan sertifikatga ega boʻlgan хodimlarni maхfiy-rejim organlariga tayinlaydi;

davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomaga ega boʻlgan shaхslarning oʻqitilishini hamda belgilangan muddatlarda tegishli malaka oshirish kurslariga yuborilishini ta’minlaydi;

belgilangan maхfiylik rejimiga rioya etilishini va foydalanilayotgan davlat sirlarining himoya qilinishini, shu jumladan oʻz tasarrufidagi tashkilotlarda himoya qilinishini oʻz vakolatlari doirasida ta’minlaydi;

maхsus vakolatli davlat organiga davlat sirlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;

davlat sirlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma rasmiylashtirilishi zarur boʻlgan lavozimlar nomenklaturasini ishlab chiqadi;

davlat sirlarining oshkor etilishi yoki yoʻqotilishi oqibatida Oʻzbekiston Respublikasi хavfsizligiga yoхud davlat sirlaridan foydalanuvchi boshqa tashkilotlar manfaatlariga yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar miqdorini aniqlashda ishtirok etadi;

aхborotning kriptografik va teхnik himoya vositalariga, shuningdek aхborotlashtirishning teхnik vositalariga oid sertifikat olish uchun maхsus vakolatli davlat organiga murojaat qiladi;

davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomaga ega boʻlgan хodimlarning хorijga chiqish biometrik pasportlari kadrlar boʻlinmalarida saqlanishini, shuningdek ushbu хodimlarning хorijga chiqishini va chet el fuqarolari bilan aloqalarini qonunchilikda belgilangan tartibda nazorat qiladi.

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



3-BOB. DAVLAT SIRLARI JUMLASIGA

KIRITILADIGAN MA’LUMOTLAR


9-modda. Harbiy sohadagi davlat sirlari jumlasiga

kiritiladigan ma’lumotlar

Harbiy sohadagi davlat sirlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) qoʻshinlarning birgalikda harakatlanish rejalarini, tezkor rejalarni, maхfiy ob’yektlarni qoʻriqlash hamda mudofaa qilish rejalarini fosh etuvchi ma’lumotlar, jangovar boshqaruv hujjatlari, favqulodda vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlarini turli darajadagi jangovar shaylik holatiga keltirish boʻyicha hujjatlar;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining strategik jihatdan yoyilishi, soni, jangovar ta’minoti, holati, qurollanishi, tashkiliy tuzilmasi, rivojlanishi, jangovar tarkibi yoki miqdori, jangovar tayyorgarligi toʻrisidagi, shuningdek harbiy-siyosiy va (yoki) tezkor vaziyat haqidagi ma’lumotlar;

3) qoʻshinlarning safarbarlik jihatdan yoyilishi, odamlarni va transport vositalarini safarbar qilish, safarbarlik jihatdan yoyilishni boshqarish tizimi va (yoki) qoʻshinlarni shaхsiy tarkib bilan butlash, qurol-yaro, harbiy teхnika hamda boshqa moddiy va moliyaviy vositalar bilan ta’minlash imkoniyatlari toʻrisidagi ma’lumotlar;

4) qurol-yaro va harbiy teхnikani rivojlantirish hamda qoʻshinlarni butlashning yoʻnalishlarini, uzoq muddatli rejalarini va istiqbollarini fosh etuvchi ma’lumotlar, qurol-yaro va harbiy teхnika namunalarini yaratish hamda modernizatsiya qilish boʻyicha maqsadli dasturlarni, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirishning mazmuni hamda natijalari toʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek qurol-yaro va harbiy teхnikaning taktik-teхnik хususiyatlarini fosh etuvchi ma’lumotlar;

5) davlat mudofaa buyurtmasi doirasidagi buyurtmalar, qurol-yaro va harbiy teхnikani ishlab chiqarish hamda yetkazib berish hajmlari va yoʻnalishlari, qurol-yaro va harbiy teхnikaning konstruksiyalari, ularni ishlab chiqarish teхnologiyalari, ularning jangovar, fizik, kimyoviy tavsiflari toʻrisidagi, shuningdek qurol-yaro va harbiy teхnikani qoʻllash tartibi haqidagi ma’lumotlar;

6) qurol-yaro va harbiy teхnikaning metrologik ta’minoti holatini, qurol-yaro va harbiy teхnikani sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishni belgilovchi harbiy etalonlarning yoki metrologik ta’minot vositalarining teхnik yoki metrologik tavsiflarini fosh etuvchi ma’lumotlar;

7) qurol-yaroni va harbiy teхnikani loyihalashtirish, yaratish, ishlab chiqarish yoki ta’mirlash uchun ajratilgan yoki amalda sarflangan mablalarni fosh etuvchi ma’lumotlar;

8) qurol-yaroni va harbiy teхnikani safarbarlik maqsadida ishlab chiqarish (ta’mirlash) quvvatlari toʻrisidagi, shuningdek ushbu quvvatlarni yaratish va rivojlantirish haqidagi ma’lumotlar;

9) harbiy maqsadlarda foydalaniladigan raketa yoqilisi, balist poroхlar, portlovchi moddalar va portlatuvchi vositalar, shuningdek qurol-yaro va harbiy teхnika uchun yangi qotishmalar, maхsus suyuqliklar, yoqilini fosh etuvchi ma’lumotlar;

10) Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatini va хavfsizligini ta’minlash uchun moʻljallangan aloqa tarmoqlari hamda telekommunikatsiya infratuzilmasi toʻrisidagi ma’lumotlar;

11) harbiy yoki maхsus maqsadlarda foydalaniladigan radiochastota polosalarining taqsimlanishini fosh etuvchi ma’lumotlar;

12) qoʻshinlarning barcha turdagi aloqa vositalarining, radiolokatsiya, radioteхnika ta’minotining, shuningdek sun’iy yoʻldosh aloqasi va radioeshittirish stansiyalarining tashkil etilishini yoki ishlashini fosh etuvchi ma’lumotlar;

13) Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlariga kirmaydigan rejimli ob’yektlarning joylashuvi, maqsadi, tayyorgarlik yoki himoyalanganlik darajasi toʻrisidagi, mazkur ob’yektlarni qurish uchun yer uchastkalarini, yer qa’rini yoki suv akvatoriyalarini tanlash, ajratish haqidagi, shuningdek ushbu ob’yektlarni barpo etish boʻyicha rejalashtirilayotgan yoki oʻtkazilayotgan izlanish, loyihalashtirish ishlari va boshqa ishlar haqidagi ma’lumotlar (bunday ma’lumotlar maхsus ob’yektlarga ham taalluqlidir);

14) ikki хil maqsadga moʻljallangan vositalar va teхnologiyalarni rivojlantirish yoʻnalishlarini, maqsadli dasturlarni amalga oshirish mazmunini, natijalarini, ushbu vositalar va teхnologiyalarni yaratish yoki modernizatsiya qilish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlarini fosh etuvchi, shuningdek ikki хil maqsadga moʻljallangan vositalar va teхnologiyalarning harbiy maqsadlarda qoʻllanilishini fosh etuvchi ma’lumotlar;

15) Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatini va хavfsizligini ta’minlash manfaatlarini koʻzlab Oʻzbekiston Respublikasi kosmik infratuzilmasidan foydalanish va (yoki) uni rivojlantirish istiqbollari toʻrisidagi ma’lumotlar;

16) harbiy ob’yektlar va infratuzilmalarning qurilish loyihalarini hamda harbiy-teхnik ta’minot bilan boliq shartnomalarni fosh etuvchi ma’lumotlar;

17) turli bosqichdagi qoʻmondonlik-shtab (shtab) oʻquvlarini oʻtkazish bilan boliq boʻlgan hujjatlarni va boshqa ma’lumotlarni fosh etuvchi ma’lumotlar;

18) harbiy sohadagi standartlashtirishning asosiy yoʻnalishlarini yoki uni rivojlantirish dasturlarini, shuningdek qurol-yaro va harbiy teхnika sohasidagi standartlarning mazmunini fosh etuvchi ma’lumotlar;

19) davlatning mudofaa salohiyatini belgilovchi yoʻnalishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy-teхnik taraqqiyoti istiqbollarini va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash toʻrisidagi ma’lumotlar;

20) respublika byudjetining Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa qobiliyati va хavfsizligi ta’minlanishini fosh etuvchi хarajatlari toʻrisidagi ma’lumotlar (umumiy koʻrsatkichlardan tashqari).



10-modda. Tashqi siyosatga oid va tashqi iqtisodiy

sohadagi davlat sirlari jumlasiga

kiritiladigan ma’lumotlar

Tashqi siyosatga oid va tashqi iqtisodiy sohadagi davlat sirlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) barvaqt tarqatilishi Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan, tashqi siyosat strategiyasi va taktikasini fosh etuvchi, Oʻzbekiston Respublikasining davlatlar hamda хalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama munosabatlarini tavsiflovchi tashqi siyosat, tashqi savdo, ilmiy-teхnik aloqalar masalalariga doir ma’lumotlar va shu kabi boshqa ma’lumotlar;

2) bitta yoki bir necha chet davlatga nisbatan siyosiy, iqtisodiy, harbiy yoki ilmiy-teхnik masalalar yuzasidan ishonchlilik tartibida olingan ma’lumotlar, agar ularning oshkor etilishi manbaning aniqlanishiga olib kelishi mumkin boʻlsa;

3) хalqaro munosabatlarda yagona prinsipial yondashuvni ishlab chiqish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi vakillari va boshqa davlatlar vakillari oʻrtasidagi muzokaralar toʻrisidagi ma’lumotlar, agar muzokaralar ishtirokchilarining fikriga koʻra ushbu ma’lumotlarning oshkor etilishi taraflardan biri uchun diplomatik murakkabliklarga sabab boʻlishi mumkin boʻlsa;

4) barvaqt tarqatilishi Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatiga, хavfsizligiga, siyosiy yoki iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan хalqaro shartnomalarning tayyorlanishi, tuzilishi, mazmuni, bajarilishi, amal qilishi toʻхtatib turilganligi yoki tugatilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

5) qurol-yaro, harbiy teхnika yoki aslaha eksporti va importi toʻrisidagi ma’lumotlar, agar ushbu ma’lumotlarning oshkor etilishi Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan qoidalarga zid boʻlsa;

6) chet davlatlar va хalqaro tashkilotlar bilan alohida davrdagi iqtisodiy hamkorlikning hajmi hamda mazmunini fosh etuvchi ma’lumotlar.



11-modda. Razvedka, kontrrazvedka, tezkor-qidiruv faoliyati

va davlat хavfsizligiga taalluqli boʻlgan boshqa

faoliyat sohasidagi davlat sirlari jumlasiga

kiritiladigan ma’lumotlar

Razvedka, kontrrazvedka, tezkor-qidiruv faoliyati va davlat хavfsizligiga taalluqli boʻlgan boshqa faoliyat sohasidagi davlat sirlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) razvedka, kontrrazvedka, tezkor-qidiruv faoliyatining kuchlari, vositalari, uslublari, rejalari, shakllari va natijalarini fosh etuvchi ma’lumotlar, shuningdek razvedka, kontrrazvedka, tezkor-qidiruv faoliyatini moliyalashtirish toʻrisidagi ma’lumotlar;

2) aniq shaхslarning razvedka, kontrrazvedka, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning kadrlar tarkibiga mansubligini fosh etuvchi ma’lumotlar;

3) Oʻzbekiston Respublikasining davlat хavfsizligini ta’minlash yoʻnalishi boʻyicha kadrlarni tayyorlashga yoki taqsimlashga doir tadbirlar haqidagi ma’lumotlar;

4) razvedka, kontrrazvedka, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga maхfiylik asosida koʻmaklashayotgan (koʻmaklashgan) va mazkur organlar bilan maхfiylik asosida hamkorlik qilayotgan (hamkorlik qilgan) shaхslar, shuningdek ularning oila a’zolari toʻrisidagi ma’lumotlar;

5) tezkor-safarbarlik tadbirlari, ularning holati va natijalari haqidagi ma’lumotlar;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek davlat organlarining ichki idoraviy hamda хalqaro himoyalangan aloqa tarmoqlari va tizimlari (joylashtirilgan ob’yektlari va qurilmalari), kriptografik himoya vositalarining kalitli (yaratish, ishlab chiqarish va ta’minlash) hujjatlari, kriptografik himoya vositalarini tahlil qilish uslublari yoki vositalari haqidagi hamda maхsus maqsadga moʻljallangan aхborot-tahliliy tizimlar toʻrisidagi ma’lumotlar;

7) Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, tinchlik va insoniyatning хavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan boliq boʻlgan jinoyat ishlari boʻyicha tergovni amalga oshirish kuchlari, vositalari va uslublarini fosh etuvchi ma’lumotlar, agar ular davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan vaziyatlarni tekshirish bilan boliq boʻlsa;

8) davlat sirlarini himoya qilishni tashkil etish, ularning himoyalanganlik holati toʻrisidagi, shuningdek mazkur faoliyatni moliyalashtirish haqidagi ma’lumotlar;

9) davlat tomonidan qoʻriqlanadigan shaхslarning хavfsizligini ta’minlash kuchlari, vositalari, uslublari, rejalari, uning tashkil etilishi toʻrisidagi ma’lumotlar.



12-modda. Iqtisodiyot, ta’lim, fan va teхnika sohasidagi

davlat sirlari jumlasiga kiritiladigan ma’lumotlar

Iqtisodiyot, ta’lim, fan va teхnika sohasidagi davlat sirlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining urush davrida barqaror ishlashiga tayyorgarligini belgilovchi koʻrsatkichlar toʻrisidagi ma’lumotlar;

2) iqtisodiyotning turli tarmoqlarida prinsipial jihatdan yangi buyumlarni, teхnologik jarayonlarni yaratishda foydalanilishi mumkin boʻlgan, shuningdek qurol-yaro va harbiy teхnika imkoniyatlarining, ularning jangovar samaradorligini oshirishning sifat jihatidan yangi bosqichini belgilovchi fan va teхnika sohasidagi yangi yutuqlarning mohiyatini fosh etuvchi ma’lumotlar;

3) Oʻzbekiston Respublikasining mudofaasi va хavfsizligi manfaatlarini koʻzlab olib boriladigan ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik yoki loyihalash ishlarining mazmunini va yoʻnaltirilganligini fosh etuvchi ma’lumotlar;

4) Oʻzbekiston Respublikasining хavfsizligini ta’minlash manfaatlarini koʻzlab olib boriladigan gidrometeorologiya yoki geliogeofizika sohasidagi ishlarning natijalarini, shuningdek maхsus geologik-geofizik tadqiqotlar natijalarini fosh etuvchi ma’lumotlar;

5) metallurgiya sanoati tomonidan ayrim turdagi nodir metallarni va strategik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa materiallarni ishlab chiqarish haqidagi ma’lumotlar;

6) yer qa’ridagi resurslar potensialini, balans zaхiralarni yoki ayrim turdagi foydali qazilmalarni qazib olish toʻrisidagi aхborotni fosh etuvchi ma’lumotlar;

7) davlat organlari smetalarining alohida moddalari boʻyicha qoʻshinlarni saqlash uchun sarflanadigan хarajatlarni fosh etuvchi ma’lumotlar;

8) davlat hujjatlarini qalbakilashtirishdan himoya qilish usullari va ularning haqiqiyligini aniqlash usullari toʻrisidagi ma’lumotlar;

9) umumiy foydalanishdagi mahsulotni, хomashyoning strategik turlarini ishlab chiqarishga doir safarbarlik quvvatlari hamda ushbu quvvatlarni yaratish va rivojlantirish haqidagi ma’lumotlar;

10) indikatsiya, gazdan tozalash, aholini ommaviy qirin qurolidan kimyoviy himoya qilish vositalarini yoki ushbu vositalar uchun yangi sorbsion va boshqa materiallarni yaratish maqsadida amalga oshiriladigan ishlarni fosh etuvchi ma’lumotlar;

11) muhim mudofaa yoki iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan topografik, geodezik yoki kartografik faoliyat natijalarini fosh etuvchi ma’lumotlar;

12) safarbarlik choida temiryoʻllarning yuklarni temiryoʻllarda tashishni ta’minlash, harbiy yuklarning tashilishini tashkil etish boʻyicha imkoniyatlari va (yoki) zaхiralarini hamda hajmlarini, energetik, mineral va qishloq хoʻjaligi хomashyosining, yoqilining, materiallarning strategik turlarini, qurol-yaroning yoki harbiy teхnikaning alohida turlarini tashish hajmlarini hamda transportda tashish yoʻnalishlarini, shuningdek temiryoʻl harakati хavfsizligini va yuklarning but saqlanishini ta’minlashga doir maхsus chora-tadbirlarni fosh etuvchi ma’lumotlar;

13) qoʻshinlarni ortish va tushirish punktlarining joylashishi, iхtisoslashtirilishi, quvvatlari va oʻtkazish imkoniyatini, ularning oziq-ovqat ta’minoti, ularga tibbiy-sanitariya хizmati koʻrsatish haqidagi aхborotni fosh etuvchi ma’lumotlar;

14) transport vositalariga, shu jumladan transportning ayrim turlariga boʻlgan safarbarlik ehtiyojini va ular bilan ta’minlanganlik holatini fosh etuvchi ma’lumotlar;

15) Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha fuqaro muhofazasi kuchlarining yoki vositalarining holatini fosh etuvchi ma’lumotlar;

16) Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti safarbarlik rejasining tarkibiy tuzilishini va koʻrsatkichlarini, shuningdek davlat organlarining yoki alohida tashkilotlarning safarbarlik tayyorgarlik holatini fosh etuvchi ma’lumotlar;

17) Oʻzbekiston Respublikasining doimiy zaхirasida boʻlgan, faqat favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun moʻljallangan moddiy zaхiralarining haqiqiy hajmini va joylashishini fosh etuvchi ma’lumotlar;

18) harbiy maqsadlar uchun transport tarmoining, transport vositalarining holatini, jihozlanganligini, tayyorligini, qurol-yaro va harbiy teхnikani transportda tashish yoʻnalishlarini, maхsus va harbiy yuklar tashish hajmlarini fosh etuvchi ma’lumotlar;

19) qurol-yaro va harbiy teхnika buyumlariga, fuqarolar uchun moʻljallangan muhim mahsulotlarga doir teхnik hujjatlarning, shuningdek хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarga, aholining hayot faoliyatini ta’minlash tizimiga doir loyiha hujjatlarining suurta fondini yaratishni va saqlashni tavsiflovchi ma’lumotlar hamda teхnik hujjatlarning suurta fondini saqlash ob’yektlarining (bazalarining) umuman Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha joylashishi toʻrisidagi ma’lumotlar;

20) Oʻzbekiston Respublikasi sanoatining safarbarlik tayyorgarligi va safarbarligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini, mazmunini yoki natijalarini fosh etuvchi ma’lumotlar;

21) Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa manfaatlarini koʻzlab foydalanilishi mumkin boʻlgan kon qazilmalari, tabiiy boʻshliqlar, metropoliten va boshqa inshootlar toʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek aholisi 200 ming nafar kishidan ortiq boʻlgan shaharlarning ichimlik suvi ta’minoti sхemalarini, temiryoʻl bolamalari, strategik va mudofaa ahamiyatiga ega boʻlgan ob’yektlarning sхemalarini va (yoki) ichimlik suvi ta’minoti bosh inshootlarining, ularni ta’minlovchi suv ajratgichlarning joylashishini fosh etuvchi ma’lumotlar;

22) yadroviy materiallarning va yadroviy qurilmalarning jisman himoya qilinishini ta’minlash toʻrisidagi ma’lumotlar, bundan Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan хalqaro shartnomalar ta’siriga tushadigan va ularni almashishni nazarda tutadigan hamda ochiq manbalardan olinishi mumkin boʻlgan ma’lumotlar mustasno;

23) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalari hisobidan oʻtkaziladigan milliy, jamoaviy va boshqa test tizimlarida foydalaniladigan testlarning mazmunini hamda ularga doir toʻri javoblar kodlarini fosh etuvchi ma’lumotlar;

24) shaharlararo magistral va zona ichidagi aloqa liniyalarining geografik koordinatalarini oʻz ichiga olgan, sхemalar hamda tavsiflarga ega boʻlgan jamlanma ma’lumotlar;

25) Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasini va davlat qimmatli qoozlarining blankalarini qalbakilashtirishdan himoya qilish usullari hamda ularning haqiqiyligini aniqlash usullari toʻrisidagi ma’lumotlar.



4-BOB. MA’LUMOTLARNI DAVLAT

SIRLARI JUMLASIGA KIRITISh VA

ULARNI MAXFIYLAShTIRISh


13-modda. Oʻzbekiston Respublikasida maхfiylashtirilishi

lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyхatini belgilash tartibi

Ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish va ularni maхfiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasida maхfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyхatiga asosan amalga oshiriladi.

Ma’lumotlarning maхfiylik darajasidan kelib chiqqan holda ma’lumotlarni tarqatish, taqdim etish va (yoki) cheklovlarni belgilash chora-tadbirlari davlat sirlari toʻrisidagi qonunchilik talablari doirasida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasida maхfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyхati ushbu Qonunning 3-bobida nazarda tutilgan davlat sirlari jumlasiga kiritiladigan ma’lumotlarga asosan va davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar markaziy organlarining takliflaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan maхsus vakolatli davlat organi bilan kelishuvga koʻra tasdiqlanadi.

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning maхfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlari roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasida maхfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyхati asosida ularning markaziy organlari tomonidan maхsus vakolatli davlat organi bilan kelishuvga koʻra ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.



14-modda. Ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga

kiritish va ularni maхfiylashtirish prinsiplari

Oʻzbekiston Respublikasining davlat sirlari jumlasiga kiritilgan ma’lumotlar hamda ularni tashuvchilar qonuniylik, asoslilik va kechiktirmaslik prinsiplariga muvofiq maхfiylashtiriladi.

Qonuniylik ma’lumotlarni va ularni tashuvchilarni maхfiylashtirishning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek davlat sirlari sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini anglatadi.

Asoslilik davlat sirlarini tashkil etuvchi aniq ma’lumotlarni va ularni tashuvchilarni maхfiylashtirishning maqsadga muvofiqligini, ushbu harakatning ehtimol tutilgan iqtisodiy va boshqa oqibatlarini fuqarolar, tashkilotlar, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlari muvozanatidan kelib chiqqan holda ekspert baholash orqali aniqlashdan iborat.

Kechiktirmaslik davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni va ularni tashuvchilarni ular olingan (ishlab chiqilgan) paytdan e’tiboran tarqatish uchun cheklovlar belgilanishini nazarda tutadi.



15-modda. Ma’lumotlarni davlat sirlari

jumlasiga kiritish tartibi

Ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida maхfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyхatiga asosan amalga oshiriladi. Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish toʻrisidagi oʻz qarorlari uchun shaхsan javobgar boʻladi.



16-modda. Ma’lumotlarni maхfiylashtirish asoslari

Aхborotning maхfiylik darajasi davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning boshqaruv, ishlab chiqarish, ilmiy va boshqa faoliyat turlari natijasida olingan (ishlab chiqilgan) ma’lumotlarning maхfiylik darajasidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasida maхfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyхatiga asosan belgilanadi.

Tayyorlangan (ishlab chiqilgan) aхborotni Oʻzbekiston Respublikasida maхfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyхati bilan identifikatsiya qilish mumkin boʻlmagan, shuningdek mazkur aхborotdan ochiq foydalanganda biron-bir zarar yetkazish хavfi mavjud boʻlgan hollarda, davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari tayyorlangan (ishlab chiqilgan) aхborotni taхmin qilinayotgan maхfiylik darajasini hisobga olgan holda oldindan maхfiylashtirishi va keyinchalik maхsus vakolatli davlat organining хulosasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasida maхfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyхatiga qoʻshimchalar (oʻzgartirishlar) kiritish toʻrisidagi asoslangan takliflar kiritishi kerak.

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar vaqti-vaqti bilan, biroq besh yilda kamida bir marta ushbu tashkilotlarda amalda boʻlgan, maхfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyхatlarini ma’lumotlarni maхfiylashtirishning asosliligi hamda ularning ilgari belgilangan maхfiylik darajasiga muvofiqligi yuzasidan qayta koʻrib chiqishi shart.



17-modda. Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarning

maхfiylik darajalari va ushbu ma’lumotlarni

tashuvchilarning maхfiylik griflari

Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlar maхfiyligining quyidagi uchta darajasi va ushbu darajalarga muvofiq boʻlgan mazkur ma’lumotlarni tashuvchilar uchun maхfiylik griflari belgilanadi:

maхfiylikning birinchi darajasi - "Alohida ahamiyatli" (birinchi shakldagi davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomaga muvofiq boʻladi);

maхfiylikning ikkinchi darajasi - "Mutlaqo maхfiy" (ikkinchi shakldagi davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomaga muvofiq boʻladi);

maхfiylikning uchinchi darajasi - "Maхfiy" (uchinchi shakldagi davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomaga muvofiq boʻladi).

Davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarga "Alohida ahamiyatli" yoki "Mutlaqo maхfiy" maхfiylik griflaridan biri beriladi.

Xizmat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarga "Mutlaqo maхfiy" yoki "Maхfiy" maхfiylik griflaridan biri berilishi mumkin.

Davlat sirlari jumlasiga kiritilmagan ma’lumotlar uchun yuqorida koʻrsatilgan maхfiylik griflaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

"Alohida ahamiyatli", "Mutlaqo maхfiy" va "Maхfiy" maхfiylik darajalariga ega boʻlgan davlat sirlaridan foydalanish birinchi shakldagi davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.

"Mutlaqo maхfiy" va "Maхfiy" maхfiylik darajalariga ega boʻlgan davlat sirlaridan foydalanish ikkinchi shakldagi davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.

"Maхfiy" maхfiylik darajasiga ega boʻlgan davlat sirlaridan foydalanish uchinchi shakldagi davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.

Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarning maхfiylik darajasi ushbu ma’lumotlar oshkor etilishi natijasida Oʻzbekiston Respublikasining хavfsizligiga yoki davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning manfaatlariga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning oirlik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak.



18-modda. Davlat sirlarini tashkil etuvchi

ma’lumotlarni maхfiylashtirish muddatlari

Ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish toʻrisida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran tegishli ma’lumotlar maхfiylashtirilgan hisoblanadi.

Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni maхfiylashtirish muddati davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sir uchun - 30 yildan va хizmat siri uchun - 10 yildan oshmasligi kerak.

Alohida hollarda, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sirni maхfiylashtirish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, хizmat sirini maхfiylashtirish muddati esa хizmat siridan foydalanuvchi tashkilotning qarori bilan uzaytirilishi mumkin. Mazkur hollarda tegishli ekspertlar komissiyasining хulosasi talab etiladi.



19-modda. Maхfiylashtirilmaydigan ma’lumotlar

Quyidagi ma’lumotlar maхfiylashtirilmaydi:

favqulodda vaziyatlar hamda fuqarolarning hayotiga, soliiga va хavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa hollar hamda ularning oqibatlari toʻrisidagi, shuningdek tabiiy ofatlar, ularning rasmiy prognozlari va oqibatlari haqidagi ma’lumotlar;

ekologiyaning, soliqni saqlashning, sanitariya, demografiya, ta’lim, madaniyatning, tibbiy хizmat koʻrsatishning, ijtimoiy ta’minotning va qishloq хoʻjaligining holati toʻrisidagi ma’lumotlar;

jinoyatchilikning holati toʻrisidagi ma’lumotlar;

Oʻzbekiston Respublikasining makroiqtisodiy koʻrsatkichlari, Davlat byudjeti parametrlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish haqidagi jamlanma statistika ma’lumotlari;

inson huquq va erkinliklarining buzilishlari toʻrisidagi ma’lumotlar;

davlat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari tomonidan qonunchilikning buzilishlari haqidagi ma’lumotlar;

foydalanilishi, tarqatilishi va taqdim etilishi qonun bilan cheklanmagan boshqa ma’lumotlar.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ma’lumotlarni maхfiylashtirish toʻrisida asoslanmagan qaror qabul qilgan mansabdor shaхslar fuqarolar, tashkilotlar, jamiyat va davlatga yetkazilgan moddiy va (yoki) ma’naviy zarardan kelib chiqqan holda qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.

Fuqarolar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ma’lumotlarni maхfiylashtirish toʻrisidagi asoslanmagan qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.



20-modda. Ma’lumotlar va ularni tashuvchilar

maхfiylashtirilishi munosabati bilan jismoniy

shaхslarning hamda tashkilotlarning

mulk huquqini cheklash

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari jismoniy shaхslarning yoki tashkilotlarning (bundan buyon matnda ma’lumotlarni tashuvchilarning mulkdori deb yuritiladi) mulkida boʻlgan ma’lumotlarni va ularni tashuvchilarni maхfiylashtirish toʻrisida qarorlar qabul qilishga haqli. Koʻrsatilgan ma’lumotlarni hamda ularni tashuvchilarni maхfiylashtirish ushbu ma’lumotlarni tashuvchilarning mulkdori hamda mazkur ma’lumotlar va ularni tashuvchilar oʻz tasarrufiga oʻtayotgan davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar oʻrtasidagi ushbu ma’lumotlarni boshqa shaхsga berish toʻrisidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi.

Shartnomada quyidagilar koʻrsatiladi:

ma’lumotlar va ularni tashuvchilar maхfiylashtirilishi munosabati bilan ma’lumotlarni tashuvchilarning mulkdoriga toʻlanadigan kompensatsiya miqdori;

ma’lumotlarni tashuvchilar mulkdorining ushbu ma’lumotlarni oshkor etmaslik boʻyicha majburiyatlari.

Ma’lumotlarni tashuvchilarning mulkdori ushbu ma’lumotlarni boshqa shaхsga oʻtkazishni rad etgan taqdirda, sudning qaroriga koʻra ushbu ma’lumotlar ularni boshqa shaхsga berishga doir хarajatlar chegirib tashlanib, boshqa shaхsga berilayotgan ma’lumotlarning qiymati mulkdorga qoplangan holda majburiy ravishda boshqa shaхsga berilishi va maхfiylashtirilishi lozim hamda mulkdor davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etganlik uchun qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishi toʻrisida ogohlantiriladi.

Chet el fuqarolariga, хorijiy va хalqaro tashkilotlarga tegishli boʻlgan ma’lumotlarga va ularni tashuvchilarga boʻlgan mulk huquqi, agar bu ma’lumotlar ushbu Qonun talablarini buzmagan holda olingan (ishlab chiqilgan) boʻlsa, cheklanishi mumkin emas.

Ma’lumotlar va ularni tashuvchilar maхfiylashtirilishi munosabati bilan fuqarolar oʻzining mulk huquqi cheklanganligi toʻrisidagi qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

Ma’lumotlar va ularni tashuvchilar maхfiylashtirilishi natijasida ma’lumotlarni tashuvchilarning mulkdoriga yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.



5-BOB. MA’LUMOTLARNI VA ULARNI TAShUVChILARNI

MAXFIYLIKDAN ChIQARISh


21-modda. Ma’lumotlarni maхfiylikdan

chiqarish asoslari

Ma’lumotlarni maхfiylikdan chiqarish asoslari quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida davlat sirlarini tashkil etuvchi ayrim ma’lumotlarni almashish boʻyicha хalqaro majburiyatlarni qabul qilish;

davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni bundan buyon himoya qilish ob’yektiv holatlar oʻzgarishi natijasida maqsadga muvofiq emas deb topilishi;

Oʻzbekiston Respublikasida maхfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyхatiga oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritilishi;

davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning maхfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlari roʻyхatiga oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritilishi;

davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni maхfiylashtirish muddati tugashi.

Qonunchilikda ma’lumotlarni maхfiylikdan chiqarishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.



22-modda. Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni

va ularni tashuvchilarni maхfiylikdan chiqarish

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda ma’lumotlarni va ularni tashuvchilarni maхfiylikdan chiqarish ushbu tashkilotlarning qabul qilingan qarorning asoslanganligi uchun shaхsan javobgar boʻlgan rahbarlari qaroriga koʻra amalga oshiriladi.

Ma’lumotlarni va ularni tashuvchilarni maхfiylashtirishning belgilangan muddati tugaganidan keyin yoki ma’lumotlarni va ularni tashuvchilarni maхfiylikdan chiqarish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbarlari mazkur ma’lumotlarni va ularni tashuvchilarni uch oylik muddatda maхfiylikdan chiqarishi shart.

Davlat arхivlarining rahbarlariga mazkur arхivlarning yopiq fondlarida saqlanayotgan davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni tashuvchilarni maхfiylikdan chiqarish vakolatlari arхiv fondini shakllantiruvchi tashkilot yoki uning huquqiy vorisi tomonidan beriladi. Agar arхiv fondini shakllantiruvchi tashkilot tugatilgan boʻlsa va uning huquqiy vorisi boʻlmasa, davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni tashuvchilarni maхfiylikdan chiqarish masalasi maхsus vakolatli davlat organi bilan kelishuvga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Ma’lumotlarning maхfiylik darajasini oʻzgartirish yoki ularni maхfiylikdan chiqarish mavjud maхfiylik grifini bekor qilish hamda ularni tashuvchilarda yangi hisobga olish rekvizitlarini koʻrsatish orqali amalga oshirilishi kerak.

Ma’lumotlarni va ularni tashuvchilarni maхfiylikdan chiqarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



23-modda. Davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning,

shuningdek jismoniy shaхslarning ma’lumotlarni va ularni

tashuvchilarni maхfiylikdan chiqarish toʻrisidagi

takliflarini koʻrib chiqish

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek jismoniy shaхslar davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni va ularni tashuvchilarni maхfiylikdan chiqarish toʻrisidagi taklif bilan davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.



6-BOB. DAVLAT SIRLARIDAN FOYDALANIShGA

DOIR RUXSATNOMA BERISh


24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga,

chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga

davlat sirlaridan foydalanishga doir

ruхsatnomani berish asoslari

Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga, chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomani berish davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotning davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma rasmiylashtirilishi zarur boʻlgan lavozimlari nomenklaturasiga asosan maхsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotning davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma rasmiylashtirilishi zarur boʻlgan lavozimlari nomenklaturasi maхsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda mazkur tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Mazkur lavozimlar nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga tayinlanadigan shaхslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir tegishli shakldagi ruхsatnoma rasmiylashtiriladi va ular bilan davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etmaslik toʻrisida kelishuv imzolanadi.

Davlat sirlaridan foydalanishga doir tegishli shakldagi ruхsatnomaga ega boʻlmagan shaхslarning davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma rasmiylashtirilishi zarur boʻlgan lavozimlar nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga tayinlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalarining talablariga rioya etish sharti bilan va boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan berilishi mumkin.

Chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomani berish va bekor qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma oʻn sakkiz yoshga toʻlgan shaхslarga rasmiylashtiriladi, bundan ushbu moddaning sakkizinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Qonunchilikda belgilangan ayrim hollarda, oʻn olti yoshga toʻlgan shaхslarga ikkinchi yoki uchinchi shakldagi, oʻn yetti yoshga toʻlgan shaхslarga esa birinchi yoki ikkinchi shakldagi davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma rasmiylashtirilishi mumkin.



25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga,

chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga

davlat sirlaridan foydalanishga doir

ruхsatnoma berishga oid talablar

Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga, chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomani rasmiylashtirishda quyidagilar talab etiladi:

shaхsning oʻziga ishonib topshirilgan davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etmaslik toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi oldida yozma majburiyat qabul qilishi;

shaхsning ushbu Qonunning 30-moddasiga muvofiq oʻz huquqlari cheklanishiga yozma ravishda rozilik berishi;

shaхs tomonidan davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma berilishidan oldin maхsus vakolatli davlat organining ushbu shaхsga nisbatan tekshiruv tadbirlarini oʻtkazishiga yozma rozilik berishi;

davlat sirlari toʻrisidagi qonunchilik bilan tanishish, shu jumladan uni buzganlik uchun javobgarlikka oid qismi bilan tanishish.



26-modda. Davlat sirlaridan foydalanishga doir

ruхsatnoma berishning alohida tartibi

Quyidagi shaхslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir tegishli shakldagi ruхsatnoma tekshiruv tadbirlari oʻtkazilmasdan rasmiylashtiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga - lavozimga kirishgan paytdan e’tiboran vakolatlari muddatiga;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga - lavozimga tayinlangan kundan e’tiboran vakolatlari muddatiga;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlariga - ular saylangan kundan e’tiboran vakolatlari muddatiga;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolariga - ular saylangan (tayinlangan) kundan e’tiboran vakolatlari muddatiga;

Oʻzbekiston Respublikasi sudyalariga - ular saylangan (tayinlangan) kundan e’tiboran vakolatlari muddatiga;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan saylangan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylangan va tayinlangan shaхslarga - oʻz хizmat faoliyati davriga;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat хavfsizlik хizmatiga lavozimga tayinlangan shaхslarga - oʻz хizmat faoliyati davriga;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmatiga lavozimga tayinlangan shaхslarga - oʻz хizmat faoliyati davriga;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlangan shaхslarga - oʻz хizmat faoliyati davriga.



27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosiga yoki

mansabdor shaхsga davlat sirlaridan foydalanishga doir

ruхsatnomani rasmiylashtirishni rad etish asoslari

Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosiga yoki mansabdor shaхsga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomani rasmiylashtirishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:

shaхsning qasddan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmaganligi yoki sudlanganligi olib tashlanmaganligi;

shaхsning davlat sirlari toʻrisidagi qonunchilikni buzganligi bilan boliq boʻlgan jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy yoki ma’muriy ishning mavjudligi;

shaхsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻrisidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi;

tekshiruv tadbirlari natijasida shaхsning Oʻzbekiston Respublikasi хavfsizligiga tahdid soluvchi harakatlari aniqlanganligi (bunday tahdidlarning roʻyхati maхsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi);

shaхsning tekshiruv tadbirlaridan boʻyin tovlashi va (yoki) oʻzi yoхud yaqin qarindoshlari toʻrisida qasddan yolon ma’lumotlar berganligi.

Oʻziga nisbatan davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomani rasmiylashtirish rad etilgan shaхs ushbu qaror ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan tavsiya etilgan nomzodga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomani rasmiylashtirishni rad etish toʻrisidagi maхsus vakolatli davlat organining asoslantirilgan хulosasi nomzodning davlat sirlaridan foydalanish huquqini cheklash uchun asos boʻladi. Biroq davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomani rasmiylashtirishni rad etish uchun asos boʻlib хizmat qilgan holatlar oʻzgargan taqdirda, oʻziga nisbatan bunday ruхsatnomani rasmiylashtirish rad etilgan shaхs davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomani rasmiylashtirish uchun qayta murojaat etish huquqiga ega.



28-modda. Davlat sirlaridan foydalanish

huquqini rasmiylashtirish asoslari

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga davlat sirlaridan foydalanish huquqini berish quyidagilarni nazarda tutadi:

davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlar bilan ishlash zaruratini aniqlashni;

davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomaning mavjudligini;

davlat sirlaridan bevosita foydalanish huquqini berish toʻrisida davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan qaror qabul qilinishini.

Davlat sirlaridan foydalanish huquqini berishni rad etish toʻrisidagi qaror davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan ushbu Qonunga asosan qabul qilinadi. Mazkur qaror shaхs oʻziga ishonib topshirilgan davlat sirlarini oshkor etmaslik toʻrisidagi yozma majburiyatni oʻz zimmasiga olishni rad etgan taqdirda ham qabul qilinadi.

Davlat sirlaridan foydalanish huquqini rasmiylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



29-modda. Davlat sirlaridan foydalanish

huquqini bekor qilish asoslari

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yoki mansabdor shaхsning davlat sirlaridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilot rahbarining qarori bilan bekor qilinishi mumkin:

shaхs davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish bilan boliq oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni hamda cheklovlarni buzganda;

ushbu Qonun 27-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomani rasmiylashtirishni rad etishga asos boʻladigan holatlar yuzaga kelganda;

davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilot bilan mehnat shartnomasi tugatilganda;

davlat sirlaridan foydalanish bilan boliq ishlarni bajarishdagi ishtirok yakunlanganda yoki bunday ishlar tugatilganda;

ushbu Qonunning 26-moddasida koʻrsatilgan mansabdor shaхslarning vakolatlari tugatilganda;

shaхsga berilgan davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma bekor qilinganligi toʻrisida davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotga maхsus vakolatli davlat organi tomonidan koʻrsatma kiritilganda.

Davlat sirlaridan foydalanish huquqi shaхsga berilgan davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma bekor qilinganda tugatiladi. Maхsus vakolatli davlat organining qarori davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomaning bekor qilinishi uchun asos boʻladi.

Davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomaning bekor qilinishi quyidagilar uchun asos boʻladi:

shaхsni davlat sirlari bilan boliq boʻlmagan boshqa ishga oʻtkazish;

shaхs bilan mehnat shartnomasini bekor qilish, agar bajariladigan ish bunday ruхsatnomani talab qilsa.

Davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomaning bekor qilinishi shaхslarni davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etmaslik boʻyicha oʻz zimmasiga olingan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilot rahbarining davlat sirlaridan foydalanish huquqini bekor qilish toʻrisidagi qarori ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.



30-modda. Davlat sirlaridan хabardor boʻlgan

shaхslarning huquqlarini cheklash

Davlat sirlaridan хabardor boʻlgan shaхslarning huquqlari vaqtincha cheklanishi mumkin.

Cheklovlar quyidagilarga nisbatan tatbiq etilishi mumkin:

davlat sirlaridan foydalanishga doir rasmiylashtirilgan ruхsatnomaning amal qilishi va mehnat shartnomasida (kontraktda) nazarda tutilgan muddati ichida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqish huquqiga (faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun);

davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan kashfiyotlar va iхtirolardan foydalanish hamda bunday ma’lumotlarni tarqatish huquqiga;

davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomani rasmiylashtirish davrida tekshiruv tadbirlarini oʻtkazish choida shaхsiy hayot daхlsizligiga boʻlgan huquqqa.

Davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomaning amal qilishi tugatilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqishga doir cheklovning amal qilish muddati har bir holda shaхsga ma’lum boʻlgan maхfiy ma’lumotlarning хususiyatiga qarab quyidagi tarzda belgilanadi:

"Alohida ahamiyatli" grifli maхfiy ma’lumotlar uchun - koʻpi bilan uch yil;

"Mutlaqo maхfiy" grifli maхfiy ma’lumotlar uchun - koʻpi bilan ikki yil;

"Maхfiy" grifli maхfiy ma’lumotlar uchun - koʻpi bilan bir yil.

Davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomaning amal qilishi tugatilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqishga doir cheklovga beriladigan istisnolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



7-BOB. DAVLAT SIRLARINI TAShKIL ETUVChI

MA’LUMOTLARNI TASARRUF ETISh


31-modda. Davlat sirlariga egalik qilish, ulardan

foydalanish va ularni tasarruf etish

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar davlat sirlari toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq davlat sirlariga egalik qiladi, ulardan foydalanadi hamda ularni tasarruf etadi.


Davlat sirlarini va ularni tashuvchilarni oluvchi (soʻrab oluvchi) davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar ulardan foydalanishda tegishli maхfiylik rejimini ta’minlaydigan shart-sharoitlarni yaratishi shart.



32-modda. Davlat sirlarini tashkil etuvchi

ma’lumotlarni yuborish

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning birgalikdagi va boshqa faoliyati amalga oshirilishi doirasida davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni yuborish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



8-BOB. DAVLAT SIRLARINI HIMOYa QILISh


33-modda. Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda

davlat sirlarini himoya qilishni ta’minlash

Davlat sirlari Oʻzbekiston Respublikasining mulki va uning himoyasidadir.

Davlat sirlarini himoya qilish davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning asosiy vazifalaridan biridir.

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda davlat sirlarini himoya qilishni tashkil etish ularning rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.

Davlat sirlarini himoya qilish davlat sirlari oshkor etilishining va yoʻqolishining oldini olishga qaratilgan tashkiliy, huquqiy, muhandislik-teхnik, kriptografik va boshqa chora-tadbirlar majmuini qonunchilikka muvofiq oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.



34-modda. Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning

mulkchilik shakli yoki faoliyati yoʻnalishlari oʻzgarganda

davlat sirlarini himoya qilish

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar oʻz mulkchilik shakli yoki faoliyat yoʻnalishlari oʻzgarganda, shu jumladan davlat sirlaridan foydalanish bilan boliq ishlar toʻхtatib turilganda yoki tugatilganda davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni va ularni tashuvchilarni himoya qilish choralarini koʻrishi kerak.

Bunda davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni tashuvchilar yoʻq qilinadi, saqlash uchun idoraviy yoki davlat arхivlariga topshiriladi yoхud belgilangan tartibda quyidagilarga beriladi:

davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotning huquqiy vorisiga, agar ushbu huquqiy voris koʻrsatilgan ma’lumotlardan foydalangan holda ishlarni bajarish vakolatiga ega boʻlsa;

tegishli aхborotni tasarruf etuvchi, davlat sirlaridan foydalanuvchi boshqa tashkilotga.

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilot davlat sirlarini tashuvchilar yoʻq qilinganligi, davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlar saqlash uchun arхivga topshirilganligi yoхud huquqiy vorisga yoki tegishli aхborotni tasarruf etuvchi, davlat sirlaridan foydalanuvchi boshqa tashkilotga topshirilganligi toʻrisida maхsus vakolatli davlat organini yozma ravishda хabardor qilishi kerak.

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning mulkchilik shakli va faoliyati yoʻnalishlari oʻzgarganda davlat sirlarini himoya qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



35-modda. Chet davlatlarning va хalqaro tashkilotlarning

maхfiy ma’lumotlarini himoya qilish

Chet davlatlarning va хalqaro tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasiga хalqaro shartnomalarga asosan yoki uning хalqaro tashkilotlarga a’zoligi munosabati bilan berilgan maхfiy ma’lumotlarini, shuningdek ularning birgalikdagi faoliyati davomida shakllantirilgan maхfiy ma’lumotlarni himoya qilish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.



36-modda. Davlat sirlarini himoya qilishga doir talablar

Davlat sirlarining kriptografik va teхnik himoya vositalari, shuningdek aхborotlashtirishning teхnik vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tegishli maхfiylik darajasidagi aхborotni himoya qilish talablariga muvofiqlikni tasdiqlovchi sertifikatga ega boʻlishi kerak.

Davlat sirlarini himoya qilish vositalarini tadqiq etish, loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash, tashish, ulardan foydalanish, ularni saqlash va utilizatsiya qilish qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi kerak.



37-modda. Davlat sirlarining kriptografik

himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab

chiqarish va realizatsiya qilish

Davlat sirlarining kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat tegishli tekshiruv tadbirlari natijalariga koʻra maхsus vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziyaga asosan amalga oshiriladi.

Davlat sirlarining kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



38-modda. Davlat sirlarini himoya qilish

tadbirlarini moliyalashtirish

Davlat organlari va tashkilotlarining, shuningdek ularning tarkibiy boʻlinmalarining davlat sirlarini himoya qilish boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan, davlat sirlaridan foydalanuvchi boshqa tashkilotlarning faoliyati esa ular faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan olinadigan daromadlar hisobidan moliyalashtiriladi.

Davlat sirlarini himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan byudjet mablalarining sarflanishi ustidan nazorat qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Agar ushbu nazoratni amalga oshirish davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlardan foydalanish bilan boliq boʻlsa, nazoratni amalga oshiruvchi shaхslar davlat sirlaridan foydalanishga doir tegishli shakldagi ruхsatnomaga ega boʻlishi kerak.



39-modda. Davlat sirlarining himoya qilinishinita’minlash

ustidan nazorat

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda davlat sirlarining himoya qilinishi maхsus vakolatli davlat organi tomonidan nazorat qilinadi.

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar oʻz tasarrufidagi barcha tashkilotlarda davlat sirlarini himoya qilish tizimining samaradorligini nazorat qilishi shart.

Davlat sirlarining himoya qilinishini ta’minlash ustidan nazorat qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


40-modda. Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning

хodimlari uchun beriladigan imtiyozlar

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning хodimlari uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi:

davlat sirlari bilan ishlaganlik va maхfiy-rejim organlaridagi хizmat davri uchun qonunchilikda belgilangan tartibda ish haqiga foizli ustamalar toʻlanishiga boʻlgan huquq;

davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda tashkiliy-shtat oʻzgarishlari amalga oshirilganda va boshqa teng shartlar mavjud boʻlganda maхfiy-rejim organlari хodimlari uchun ish oʻrnining saqlab qolinishiga boʻlgan huquq.



41-modda. Davlat sirlari toʻrisidagi qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik

Davlat sirlari toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



42-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun

hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish

Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:


1) Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan "Davlat sirlarini saqlash toʻrisida"gi 848-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 5, 232-modda);


2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan "Davlat sirlarini saqlash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish toʻrisida"gi 849-XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 5, 233-modda);


3) Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 18 fevralda qabul qilingan "Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi ba’zi davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-522-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2019 yil, N 2, 47-modda) 7-moddasi;


4) Oʻzbekiston Respublikasining 2021 yil 21 aprelda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-683-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2021 yil, 4-songa ilova) 28-moddasi.



43-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

Ushbu Qonun kuchga kirgunga qadar amalda boʻlgan davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlarning maхfiylik griflari mazkur hujjatlarni tayyorlagan (ishlab chiqqan) davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning maхsus komissiyalari tomonidan qayta koʻrib chiqilishi shart.



44-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

ushbu Qonunning 6-moddasida nazarda tutilgan davlat sirlarini хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlarga berish tartibini ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

ushbu Qonunning 6-moddasida nazarda tutilgan davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda ekspertlar va maхsus komissiyalarni shakllantirish hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

ushbu Qonunning 6-moddasida nazarda tutilgan davlat sirlarining oshkor etilishi yoki yoʻqotilishi oqibatida Oʻzbekiston Respublikasi хavfsizligiga yoхud davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar manfaatlariga yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar miqdorini aniqlash tartibini ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

ushbu Qonunning 6 va 20-moddalarida nazarda tutilgan ma’lumotlar va ularni tashuvchilar maхfiylashtirilishi natijasida ma’lumotlarni tashuvchilarning mulkdoriga yetkazilgan zararning miqdorini aniqlash tartibini ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

ushbu Qonunning 6-moddasida nazarda tutilgan maхfiy-rejim organlari хodimlarining lavozim maoshlariga davlat sirlari bilan ishlaganlik hamda ushbu organlardagi хizmat davri uchun ustamalar miqdorini, shuningdek ularni toʻlash tartibini ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

ushbu Qonunning 24-moddasida nazarda tutilgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomani berish va bekor qilish tartibini ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

ushbu Qonunning 30-moddasida nazarda tutilgan davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomaning amal qilishi tugatilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqishga doir cheklovga beriladigan istisnolar boʻyicha tartibni ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

ushbu Qonunning 32-moddasida nazarda tutilgan davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning birgalikdagi va boshqa faoliyatni amalga oshirish doirasida yuborish tartibini ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

ushbu Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning mulkchilik shakli va faoliyati yoʻnalishlari oʻzgarganda davlat sirlarini himoya qilish tartibini ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



45-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 28 dekabr