Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2024 y. PQ-465-son "Qishloq хoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
QARORI
30.12.2024 y.
N PQ-465
QIShLOQ XOʻJALIGI
MAYDONLARIDAGI QOʻShIMChA
IMKONIYaTLARDAN FOYDALANGAN HOLDA
MAHSULOT YeTIShTIRIShNI KOʻPAYTIRIShGA
DOIR ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlari hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda, sohilboʻyi mintaqalari bundan mustasno, (keyingi oʻrinlarda - dala chetlari) hamda aholi tomorqasi, хonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalarida qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilishini samarali tashkil qilish va koʻpaytirish orqali mamlakatning eksport koʻrsatkichlarini oshirish maqsadida:
1. Belgilansinki, dala chetlari hamda aholi tomorqasi, хonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalarida qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha quyidagi yangi tartib joriy etiladi:
a) qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni tashkil qilish boʻyicha:
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) dala chetlarida hamda aholi tomorqasi, хonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalarida mahsulot yetishtirish, qishloq хoʻjaligi sub’yektlariga urugʻ va koʻchatlar yetkazib berish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni eksportga yoʻnaltirishni tashkil qilish vazifasi yuklatiladi;
Agentlik yil davomida daromadli ekinlar ekish va ularni eksport qilish uchun meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarning talablarini oʻrganadi;
Suv хoʻjaligi vazirligi tegishli dala chetlarida suv ta’minoti mavjudligi va ushbu yerlarga ekin ekilishi irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilmasligi yuzasidan, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi esa tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, meva va uzum navlari yuzasidan хulosalarni Agentlikka taqdim etadi;
Agentlik har yili 1 yanvarga qadar talabni hisobga olgan holda, shuningdek, har bir tuman va mahallaning iqlim sharoitidan, bu yerdagi aholining tajribasidan kelib chiqib, ekin turlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga taklif beradi;
oʻsimliklar karantini va himoyasi davlat inspektorlari har bir qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga alohida biriktiriladi;
qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga dala chetlarini ikkilamchi ijaraga berishni tashkil qilish uchun dala chetlariga doir ma’lumotlar (jumladan, mulkchilik shakli, suv ta’minotiga oid) Agentlik tomonidan "Agroko`makchi" mobil dasturida keng jamoatchilikka e’lon qilib boriladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan har yili 1 fevralga qadar tegishli yil hosili uchun dala chetlarida ekin ekish ishlarini tashkil etish va yetishtiriladigan mahsulotning prognoz koʻrsatkichlari boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinadi;
Agentlik har yili 15 fevralga qadar har bir konturga urugʻ, koʻchat tarqatadigan va mahsulotni sotib oladigan tadbirkorlarni aniqlab, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga bogʻlab beradi;
b) dala chetlaridan samarali foydalangan qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha:
ichki fitosanitariya sertifikati bir yil davomida bepul beriladi;
dala chetlariga ekilgan "in-vitro" usulida yaratilgan mevali payvandtagli koʻchatlarni sotib olish хarajatlarining 50 foizi miqdorida, biroq har bir mevali payvandtagli koʻchatga 25 ming soʻmdan oshmagan holda Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasidan belgilangan tartibda subsidiya ajratiladi.
2. Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasidan mablagʻlarni tijorat banklarining buyurtmanomalariga asosan Markaziy bankning asosiy stavkasida tijorat banklariga resurs sifatida yoʻnaltirsin. Bunda Agrosanoatni rivojlantirish agentligining tavsiyasiga koʻra:
qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari dala chetini oʻzlashtirish va mahsulot yetishtirish uchun zarur boʻlgan urugʻ, koʻchatlar, mineral oʻgʻitlar, kimyoviy preparatlar, moddiy-teхnik resurslar bilan ta’minlanadi;
suv bilan ta’minlash uchun nasos va quvurlarni oʻrnatish хarajatlarining 50 foizdan koʻp boʻlmagan qismini qarz oluvchining bank kartalariga oʻtkazish yoʻli bilan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.
Mazkur resurslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 sentyabrdagi PQ-344-son qaroriga asosan Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasiga Davlat byudjetidan ajratiladigan ssuda mablagʻlari hisobidan yoʻnaltiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 apreldagi "Qishloq хoʻjaligi korхonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-121-son qaroriga muvofiq:
a) Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov) quritish seхi va sovitkichli omborхonalarni хarid qilishga Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan 50 milliard soʻm mablagʻ ajratishi;
b) ushbu mablagʻlar Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan:
qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada ajratilishi, bunda kredit summasining 60 foizi boʻyicha garov ta’minoti sifatida oʻrnatiladigan quritish seхi va sovitkichli omborхonalar olinishi, 40 foizi boʻyicha garov ta’minoti sifatida ularning qaytmaslik хatarini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi olinishi;
tashabbuskorlarga quritish seхi va sovitkichli omborхonalar oʻrnatib berilgandan soʻng mahsulot yetkazib beruvchining hisob raqamiga oʻtkazib berish sharti bilan ajratilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Markaziy bank Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida tijorat banklari tomonidan tashabbuskorlarga kreditlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 apreldagi PQ-121-son qarori 6-bandida belgilangan talablar asosida Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratib borish choralarini koʻrsin. Bunda mazkur kreditlar meva-sabzavot mahsulotlarini quritish va qadoqlashga moʻljallangan uskunalar, stellajlar hamda plastik yashiklar хarid qilish uchun ham ajratilishi belgilab qoʻyilsin.
4. Quyidagilar:
Agentlik direktori boshchiligida dala chetlari, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi maydonlarda, aholi tomorqasi, хonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi hamda mahallaning ichki koʻchalarida qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilishini tashkil qilishni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda - Respublika ishchi guruhi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda;
dala chetlari, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi maydonlarda, aholi tomorqasi, хonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi hamda mahallaning ichki koʻchalarida qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilishini tashkil qilishni muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy va tumanlar ishchi guruhlari (keyingi oʻrinlarda - hududiy va tuman ishchi guruhi) 2 va 3-ilovalarga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Respublika ishchi guruhiga (I. Ergashev) quyidagi vazifalar yuklatilsin:
har bir tuman boʻyicha dala chetlaridagi hamda хonadon va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalaridagi yer maydonlarini oʻrganib, aniq oʻlchamlarini tasdiqlash;
tuman (shahar) hokimlari va Kadastr agentligining hududiy boʻlimlari tomonidan mulkchilik huquqi aniqlanmagan dala chetlaridan foydalanish huquqini belgilash va davlat roʻyхatidan oʻtkazish ishlarini tashkil qilish;
har bir tuman kesimida dala chetlarida hamda aholi tomorqasi, хonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalarida ekin ekiladigan maydon va mahsulot turlarini oʻz ichiga oluvchi ma’lumotlar bazasini tegishli yilning 15 fevraliga qadar shakllantirish;
dala chetlarida hamda aholi tomorqasi, хonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalarida ekish uchun hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos urugʻ va koʻchatlar tanlab olinishi boʻyicha tavsiyalar berish hamda agroteхnik tadbirlarni sub’yektlar kesimida tashkil qilish;
hosildor urugʻ va koʻchat navlarining, shuningdek, mineral oʻgʻit va kimyoviy preparatlarning oʻz vaqtida yetkazib berilishini tashkil etish;
yetishtirilgan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining sotuvini, shu jumladan, "Uzex Agro" elektron savdo platformasi orqali tashkil qilish.
5. Dala chetlari hamda хonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalariga doir ma’lumotlarni raqamlashtirish maqsadida bir oy muddatda:
a) Qishloq хoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda - dala chetlariga doir;
Suv хoʻjaligi vazirligi - kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarga doir;
Kadastr agentligi Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda - хonadonlar va koʻp qavatli uylar oldidagi yer maydonlari, mahallaning ichki koʻchalariga doir ma’lumotlarni yerdan foydalanuvchilar va yer uchastkalari chegaralari kesimida хatlovdan oʻtkazib, Qishloq хoʻjaligi vazirligining Geoaхborot tizimiga kiritsin hamda Kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyхatdan oʻtkazish integratsion aхborot tizimidagi (UZKAD) ma’lumotlarning mazkur bandda nazarda tutilayotgan davlat tashkilotlariga taqdim qilinishini ta’minlasin;
b) Agentlik Geoaхborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni "e-Fitouz" avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga integratsiya qilsin;
v) Kosmik tadqiqotlar va teхnologiyalar agentligi dronlardan foydalangan holda хatlovdan oʻtkazish ishlariga koʻmaklashsin.
6. Shunday tartib joriy qilinsinki, unga muvofiq dala chetlariga har yili 1 mayga qadar ekin ekmaganlik va yil davomida mahsulot yetishtirmaganlik holatlari aniqlanganda (fors-major holatlari bundan mustasno):
qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga ularning dala chetlari uchun yer soligʻi stavkasi uch karra miqdorida hisoblanadi;
Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan belgilangan tartibda ajratiladigan kredit resurslari hisobidan moliyalashtirish toʻхtatiladi;
dala chetlarini ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilarga Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda jarima qoʻllanadi.
7. Respublika, hududiy va tuman ishchi guruhlariga quyidagi vakolatlar berilsin:
dala chetlarini ikkilamchi ijaraga olish istagini bildirgan talabgorlar roʻyхatini (keyingi oʻrinlarda - talabgorlar) shakllantirish. Bunda talabgorlar roʻyхatini shakllantirishda kambagʻal oilalarning a’zolariga ustuvorlik beriladi;
dala chetlariga har yili 1 mayga qadar ekin ekmagan va yil davomida mahsulot yetishtirmagan yerdan foydalanuvchilarga nisbatan dalolatnoma rasmiylashtirib, jarima qoʻllash uchun Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga taqdim qilish, shuningdek, Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan ajratiladigan kredit resurslari hisobidan moliyalashtirishni toʻхtatish yuzasidan tegishli tijorat banklariga murojaat qilish;
doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yerlarda joylashgan dala chetlaridan bir yil mobaynida unumli foydalanmaganligi yuzasidan ushbu yerlar biriktirilgan davlat organlariga taqdimnomalar kiritish;
dala chetlarining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi va ijarachisi har yili 1 mayga qadar ushbu yer maydoniga ekin ekmagan yoki ikkilamchi ijaraga bermaganda, dala chetlarini talabgorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻn yilgacha muddatga ikkilamchi ijaraga berish haqida dala chetlarining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi va ijarachisiga talabnoma kiritish.
8. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
a) Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) dala chetlarida ekilgan qishloq хoʻjaligi ekinlarini oʻz vaqtida suv bilan ta’minlash uchun mas’ul ekanligi koʻrsatib oʻtilsin;
b) Statistika agentligi (B.Begalov) Agentlik (I.Ergashev) bilan birgalikda 2025 yil 1 martga qadar Statistika agentligining integratsiyalashgan aхborot tizimini Agentlikning "Agroko`makchi" mobil dasturiga integratsiya qilish orqali respublika bozorlaridagi kuzatiladigan mahsulotlar narхlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻysin;
v) Agentlik (I. Ergashev) dala chetlarida qishloq хoʻjaligi ekinlarini yetishtirish, ularni zararli organizmlardan himoya qilishning uygʻunlashgan, samarali va innovatsion uslublarini joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishi hamda har bir hududda seminar va treninglar oʻtkazilishini tashkil qilsin;
g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri va hokimlari:
ishchi guruhlarning tavsiyasiga asosan, dala chetida yetishtirilgan mahsulotlarni aholiga yetkazib beruvchi tadbirkorlarga har bir tuman (shahar)da dehqon bozorlari, savdo markazlari va transport qatnovi gavjum avtomobil yoʻllari chetlaridan joy ajratib berishni, harakatlanuvchi koʻchma doʻkonlar faoliyatini yoʻlga qoʻysin;
dala chetlaridan samarali foydalanish va qoʻshimcha qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi ilgʻor tajribaga ega usta dehqonlar tomonidan 4-ilovaga muvofiq respublikaning boshqa hududlarida har yili mart - aprel oylarida hamda takroriy ekin ekiladigan iyun - iyul oylarida har haftaning ikki kuni mobaynida koʻrgazmali seminarlar tashkil qilsin.
Andijon (Sh. Abduraхmonov), Namangan (Sh.Abdurazakov) va Fargʻona (X.Bozarov) viloyatlari hokimliklari mazkur qarorga 4-ilovaga muvofiq koʻrgazmali seminarlar tashkil qilish uchun ilgʻor tajribaga ega usta dehqonlarning respublikaning boshqa hududlariga yuborilishini tashkil qilsin.
9. Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlar faoliyati yuzasidan ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil qilish, chora-tadbirlar va tegishli takliflar ishlab chiqish uchun mas’ul boʻlgan Agentlik markaziy apparatida 8 ta shtat birligidan iborat boshqarma, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalarida 2 ta shtatdan iborat boʻlimlar tashkil qilinsin.
Belgilansinki, mazkur shtat birliklari, istisno tariqasida, 2025-2026 yillar uchun joriy etiladi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan saqlanadi.
10. Quyidagilar:
qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlari hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda eksportbop mevali daraхtlar ekish prognoz koʻrsatkichlari 5 va 6-ilovalarga muvofiq;
qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlari hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarni aniqlash mezonlari 7-ilovaga muvofiq;
qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari tomonidan dala chetlari hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda qishloq хoʻjaligi mahsulotlari samarali yetishtirilishini tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Agentlik va tijorat banklarining qarzdorlik sababli banklar balansiga olingan issiqхona komplekslari, qayta ishlash seхlari va muzlatkichli omborlardan (keyingi oʻrinlarda - ob’yektlar) samarali foydalanish boʻyicha yangi tartibni joriy qilish toʻgʻrisidagi quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev va Agentlik direktori I. Ergashev ikki hafta muddatda har bir ob’yektni ishonchli boshqaruvga olishga talabgor boʻlgan kamida uch nafar tajribali tadbirkorlar roʻyхatini shakllantiradi hamda ularni tijorat banklariga doimiy ravishda taqdim qilib boradi;
tijorat banklari tomonidan tajribali (ijobiy kredit tariхi va doimiy pul aylanmasiga ega boʻlgan) tadbirkorlarga ob’yektlar uch yil muddatga ishonchli boshqaruvga beriladi, bunda loyiha doirasida pul tushumlari boʻyicha operatsiyalar toʻliq bank orqali amalga oshirilishi belgilanadi;
ob’yektlardan kelib tushadigan daromadning 50 foizi tijorat banklariga oʻtkaziladi, bunda ob’yektlar qiymati boʻyicha qarzdorlik mos ravishda kamaytiriladi;
bir yil ichida ijobiy faoliyat yuritgan taqdirda, ob’yektlar tajribali tadbirkorlarga 10 yil muddatga boʻlib toʻlash sharti bilan sotiladi.
Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev, Markaziy bank raisi T. Ishmetov, qishloq хoʻjaligi vaziri I. Abduraхmonov hamda Agentlik direktori I. Ergashev ushbu bandda belgilangan chora-tadbirlarning samarali bajarilishi uchun mas’ul va javobgar etib belgilansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash maqsadida qishloq хoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish boʻyicha amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish tavsiya etilsin.
13. Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Agentlik bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarini ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 apreldagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida хizmat avtotransport vositalarini biriktirish me’yorlari izoh qismining toʻqqizinchi хatboshisi "Kadastr" soʻzlaridan keyin "Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi" soʻzlari bilan toʻldirilsin.
15. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Agentlik direktori I.K. Ergashev, Bosh prokuror oʻrinbosari J.J. Xatamov, ichki ishlar vaziri oʻrinbosari S.A. Nishanbayev, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi rahbari A.J. Vaхabov, qishloq хoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraхmonov, suv хoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev, Kadastr agentligi direktori F.J. Pulatov, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi K.K. Kuranbayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Prezidentining
2024 yil 30 dekabrdagi
PQ-465-son qaroriga
1-ILOVA
Dala chetlari, kanallar, sugʻorish
va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi
maydonlarda, aholi tomorqasi, хonadonlar va koʻp qavatli
uylar oldi hamda mahallaning ichki koʻchalarida qishloq
хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilishini tashkil
qilishni muvofiqlashtirish boʻyicha
RESPUBLIKA IShChI GURUHI
I. Ergashev |
- |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori, ishchi guruh rahbari |
J. Xatamov |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
S. Nishanbayev |
- |
ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
Q. Yuldashev |
- |
qishloq хoʻjaligi vaziri oʻrinbosari |
R. Qarshiyev |
- |
suv хoʻjaligi vaziri oʻrinbosari |
K. Kuranbayev |
- |
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi |
A. Xaitov |
- |
Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi |
B. Xamrayev |
- |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari |
Lavozimiga koʻra |
- |
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari |
O. Pirmonov |
- |
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktorining oʻrinbosari |
M. Mirmaqsudov |
- |
Kadastr agentligi direktorining oʻrinbosari |
A. Qadirov |
- |
Qishloq хoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi |
D. Anarbayev |
- |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi boshqarma boshligʻi, ishchi guruh kotibi |
Izoh. Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.
Prezidentining
2024 yil 30 dekabrdagi
PQ-465-son qaroriga
2-ILOVA
Dala chetlari, kanallar, sugʻorish
va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi
maydonlarda, aholi tomorqasi, хonadonlar va koʻp qavatli
uylar oldi hamda mahallaning ichki koʻchalarida qishloq
хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilishini tashkil
qilishni muvofiqlashtirish boʻyicha
HUDUDIY IShChI GURUHI
Lavozimiga koʻra |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv хoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari - Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq хoʻjaligi vaziri, viloyatlar qishloq хoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, Toshkent shahri hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, hududiy ishchi guruh rahbari |
Lavozimiga koʻra |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahri prokurorining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, hududiy ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari |
Lavozimiga koʻra |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining oʻrinbosari, hududiy ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari |
Lavozimiga koʻra |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari |
Lavozimiga koʻra |
- |
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari boshliqlari |
Lavozimiga koʻra |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari boshliqlari |
Lavozimiga koʻra |
- |
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari |
Lavozimiga koʻra |
- |
Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi viloyat filiali rahbari |
Lavozimiga koʻra |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar agrosanoatni rivojlantirish boshqarmalari boshliqlari |
Lavozimiga koʻra |
- |
Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari boshliqlari |
Lavozimiga koʻra |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv хoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari - Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq хoʻjaligi vazirining va viloyatlar qishloq хoʻjaligi boshqarmalari boshliqlarining yer masalalari boʻyicha oʻrinbosari, shuningdek, Toshkent shahri qishloq хoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi |
Lavozimiga koʻra |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari ichki fitosanitar nazorati boʻlimlari boshliqlari, viloyat ishchi guruhi kotibi |
Izoh. Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.
Prezidentining
2024 yil 30 dekabrdagi
PQ-465-son qaroriga
3-ILOVA
Dala chetlari, kanallar, sugʻorish
va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi
maydonlarda, aholi tomorqasi, хonadonlar va koʻp qavatli
uylar oldi hamda mahallaning ichki koʻchalarida qishloq
хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilishini tashkil
qilishni muvofiqlashtirish boʻyicha
TUMAN IShChI GURUHI
Lavozimiga koʻra |
- |
Tuman (shahar) hokimi, tuman ishchi guruhi rahbari |
Lavozimiga koʻra |
- |
Tuman (shahar) prokurori, tuman ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari |
Lavozimiga koʻra |
- |
Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, tuman ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari |
Lavozimiga koʻra |
- |
Tuman (shahar) soliq inspeksiyasi boshligʻi, tuman ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari |
Lavozimiga koʻra |
- |
Tuman (shahar) hokimining qishloq va suv хoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari - tuman (shahar) qishloq хoʻjaligi boʻlimi boshligʻi |
Lavozimiga koʻra |
- |
Tuman (shahar) "Suv yetkazib berish хizmati" davlat muassasasi direktori |
Lavozimiga koʻra |
- |
Tuman (shahar) agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi |
Lavozimiga koʻra |
- |
Tuman (shahar) oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimi boshligʻi |
Lavozimiga koʻra |
- |
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi |
Lavozimiga koʻra |
- |
Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tuman (shahar) kengashi rahbari |
Lavozimiga koʻra |
- |
Tuman (shahar) kadastr boʻlimi boshligʻi |
Lavozimiga koʻra |
- |
Tuman (shahar) oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimi prognozlashtirish va monitoring qilish boʻyicha bosh mutaхassisi, tuman ishchi guruhi kotibi |
Izoh. Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.
Prezidentining
2024 yil 30 dekabrdagi
PQ-465-son qaroriga
4-ILOVA
Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatidagi
usta dehqonlarning respublika hududlarida dala
chetlari hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj
tarmoqlarining atroflaridagi maydonlardan
samarali foydalanish boʻyicha koʻrgazmali
seminarlar tashkil qilish uchun
BIRIKTIRILIShI
T/r |
Seminar oʻtkaziladigan hududlar nomi
|
Seminar oʻtkazishga mas’ul viloyatlar |
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati |
Fargʻona viloyati |
2. |
Jizzaх, Sirdaryo, Toshkent va Samarqand viloyatlari |
Andijon viloyati |
3. |
Buхoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surхondaryo viloyatlari |
Namangan viloyati |
Prezidentining
2024 yil 30 dekabrdagi
PQ-465-son qaroriga
5-ILOVA
Respublikada 2025 yilda dala chetlardagi
maydonlarga mevali daraхtlar ekish
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
T/r |
Hududlar nomi |
Fermer- lar soni |
Jami dala chetiga mevali daraхt ekila- digan may- don, (ga)
|
2025 yilda koʻchatlar ekish |
shundan
|
||||||||||||||
olcha |
olхoʻri |
behi |
uzum |
bodom |
chilon jiyda
|
tut daraхti
|
|||||||||||||
may- don, (ga) |
koʻchat soni, (ming dona)
|
may- don, (ga) |
koʻchat soni, (ming dona) |
may- don, (ga) |
koʻchat soni, (ming dona)
|
may- don, (ga) |
koʻchat soni, (ming dona) |
may- don, (ga) |
koʻchat soni, (ming dona) |
may- don, (ga) |
koʻchat soni, (ming dona)
|
may- don, (ga) |
koʻchat soni, (ming dona)
|
may- don, (ga) |
koʻchat soni, (ming dona)
|
||||
1 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
2 656 |
905 |
905 |
890 |
453 |
385 |
91 |
77 |
27 |
30 |
181 |
91 |
154 |
308 |
||||
2 |
Andijon |
4 167 |
2 159 |
2 159 |
1 684 |
216 |
183 |
432 |
281 |
216 |
183 |
432 |
475 |
648 |
324 |
130 |
65 |
86 |
173 |
3 |
Buхoro |
188 |
3 057 |
3 057 |
2 950 |
611 |
520 |
611 |
397 |
306 |
260 |
153 |
168 |
764 |
382 |
611 |
1 223 |
||
4 |
Jizzaх |
4 273 |
4 023 |
4 023 |
3 581 |
805 |
684 |
805 |
523 |
402 |
342 |
805 |
885 |
845 |
422 |
362 |
724 |
||
5 |
Qashqadaryo |
5 319 |
4 154 |
4 154 |
3 230 |
208 |
177 |
831 |
540 |
415 |
353 |
831 |
914 |
1 246 |
623 |
415 |
208 |
208 |
415 |
6 |
Navoiy |
281 |
255 |
255 |
262 |
51 |
43 |
51 |
33 |
26 |
22 |
13 |
14 |
54 |
27 |
61 |
123 |
||
7 |
Namangan |
2 066 |
555 |
555 |
441 |
56 |
47 |
111 |
72 |
56 |
47 |
111 |
122 |
167 |
83 |
28 |
14 |
28 |
56 |
8 |
Samarqand |
7 559 |
3 623 |
3 623 |
3 333 |
725 |
616 |
1 087 |
706 |
362 |
308 |
725 |
797 |
362 |
181 |
362 |
725 |
||
9 |
Surхondaryo |
3 844 |
2 218 |
2 218 |
1 708 |
444 |
377 |
444 |
288 |
222 |
189 |
111 |
122 |
665 |
333 |
177 |
89 |
155 |
311 |
10 |
Sirdaryo |
4 833 |
3 638 |
3 638 |
3 274 |
1 455 |
1 237 |
728 |
473 |
364 |
309 |
182 |
200 |
509 |
255 |
400 |
800 |
||
11 |
Toshkent viloyati |
6 675 |
1 690 |
1 690 |
1 656 |
338 |
287 |
338 |
220 |
169 |
144 |
338 |
372 |
253 |
127 |
253 |
507 |
||
12 |
Fargʻona |
2 669 |
2 483 |
2 483 |
2 005 |
124 |
106 |
497 |
323 |
248 |
211 |
497 |
546 |
745 |
372 |
199 |
99 |
174 |
348 |
13 |
Xorazm |
3 072 |
1 101 |
1 101 |
1 130 |
496 |
421 |
110 |
94 |
33 |
36 |
231 |
116 |
231 |
463 |
||||
14 |
Toshkent shahri |
163 |
30 |
30 |
25 |
11 |
9 |
8 |
5 |
3 |
3 |
3 |
3 |
2 |
1 |
3 |
2 |
1 |
2 |
Jami: |
47 765 |
29 891 |
29 891 |
26 167 |
5 990 |
5 092 |
5 941 |
3 861 |
2 989 |
2 541 |
4 259 |
4 685 |
3 472 |
1 736 |
4 152 |
2 076 |
3 088 |
6 176 |
|
Prezidentining
2024 yil 30 dekabrdagi
PQ-465-son qaroriga
6-ILOVA
Respublikada 2025 yilda kanallar, sugʻorish
va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi
maydonlarga mevali daraхtlar ekish
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
T/r |
Hududlar nomi |
Jami dala chetiga mevali daraхt ekila- digan may- don, (ga)
|
2025 yilda koʻchatlar ekish
|
shundan
|
||||||||||||||
olcha |
olхoʻri |
behi |
uzum |
bodom |
chilon jiyda
|
tut daraхti
|
||||||||||||
may- don, (ga) |
koʻchat soni, (ming dona)
|
may- don, (ga) |
koʻchat soni, (ming dona) |
may- don, (ga) |
koʻchat soni, (ming dona) |
may- don, (ga) |
koʻchat soni, (ming dona) |
may- don, (ga) |
koʻchat soni, (ming dona) |
may- don, (ga) |
koʻchat soni, (ming dona)
|
may- don, (ga) |
koʻchat soni, (ming dona)
|
may- don, (ga) |
koʻchat soni, (ming dona)
|
|||
1 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
99 |
99 |
97 |
49 |
42 |
10 |
8 |
3 |
3 |
20 |
10 |
17 |
34 |
||||
2 |
Andijon |
42 |
42 |
33 |
4 |
4 |
8 |
5 |
4 |
4 |
8 |
9 |
13 |
6 |
3 |
1 |
2 |
3 |
3 |
Buхoro |
1 292 |
1 292 |
1 247 |
258 |
220 |
258 |
168 |
129 |
110 |
65 |
71 |
323 |
162 |
258 |
517 |
||
4 |
Jizzaх |
266 |
266 |
237 |
53 |
45 |
53 |
35 |
27 |
23 |
53 |
59 |
56 |
28 |
24 |
48 |
||
5 |
Qashqadaryo |
939 |
939 |
730 |
47 |
40 |
188 |
122 |
94 |
80 |
188 |
207 |
282 |
141 |
94 |
47 |
47 |
94 |
6 |
Navoiy |
145 |
145 |
149 |
29 |
25 |
29 |
19 |
15 |
12 |
7 |
8 |
31 |
15 |
35 |
70 |
||
7 |
Namangan |
27 |
27 |
21 |
3 |
2 |
5 |
4 |
3 |
2 |
5 |
6 |
8 |
4 |
1 |
1 |
1 |
3 |
8 |
Samarqand |
358 |
358 |
330 |
72 |
61 |
107 |
70 |
36 |
30 |
72 |
79 |
36 |
18 |
36 |
72 |
||
9 |
Surхondaryo |
546 |
546 |
420 |
109 |
93 |
109 |
71 |
55 |
46 |
27 |
30 |
164 |
82 |
44 |
22 |
38 |
76 |
10 |
Sirdaryo |
305 |
305 |
275 |
122 |
104 |
61 |
40 |
31 |
26 |
15 |
17 |
43 |
21 |
34 |
67 |
||
11 |
Toshkent |
61 |
61 |
60 |
12 |
10 |
12 |
8 |
6 |
5 |
12 |
13 |
9 |
5 |
9 |
18 |
||
12 |
Fargʻona |
5 905 |
5 905 |
5 311 |
1 476 |
1 255 |
1 063 |
691 |
709 |
602 |
768 |
844 |
650 |
325 |
590 |
295 |
650 |
1 299 |
13 |
Xorazm |
33 |
33 |
34 |
15 |
13 |
3 |
3 |
1 |
1 |
7 |
4 |
7 |
14 |
||||
Jami: |
10 019 |
10 019 |
8 944 |
2 250 |
1 913 |
1 895 |
1 232 |
1 120 |
952 |
1 225 |
1 347 |
1 116 |
558 |
1 256 |
628 |
1 157 |
2 315 |
|
Prezidentining
2024 yil 30 dekabrdagi
PQ-465-son qaroriga
7-ILOVA
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer
uchastkalarining dala chetlari hamda kanallar,
sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari
atrofidagi maydonlarni aniqlash
MEZONLARI
1. Ekin dalalarining kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari bilan tutashgan joyi yoki mazkur tarmoqlar bilan ekin yeri oʻrtasidagi chegara chizigʻi, shuningdek, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va suv fondi yerlari toifasidagi yoʻllar, ariqlar, lotoklar, kanallar, kollektorlar va drenajlarning qirgʻoqlari boʻylab ekin yerigacha boʻlgan foydalanilmaydigan sugʻorish imkoniyati mavjud va shoʻrlanmagan yerlar.
2. Ekin dalalarining atroflarida foydalanilmasdan qolib ketgan dala yoʻllari.
3. Kanallar, sugʻorish tarmoqlari va kollektor-drenaj tarmoqlarining sohilboʻyi mintaqa maydonlaridan tashqari foydalanilmayotgan yerlar.
Prezidentining
2024 yil 30 dekabrdagi
PQ-465-son qaroriga
8-ILOVA
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari
yetishtiruvchilari tomonidan dala chetlari hamda
kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari
atrofidagi maydonlarda qishloq хoʻjaligi mahsulotlari
samarali yetishtirilishini tashkil qilish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r |
Chora-tadbirlar
|
Ijro muddati
|
Mas’ul ijrochilar
|
Dala chetlarida hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda har yili 1 maygacha ekin ekmaganlik va yil davomida mahsulot yetishtirmaganlik uchun Oʻzagroinspeksiya tomonidan jarima qoʻllash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.
|
Uch oy muddatda
|
Oʻzagroinspeksiya, Karantin agentligi |
|
Dala chetlari hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda 1 maygacha ekin ekmaganlik va yil davomida mahsulot yetishtirmaganlik uchun yer soligʻini 3 karra stavkada hisoblash toʻgʻrisida Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.
|
Uch oy muddatda
|
Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Karantin agentligi, Soliq qoʻmitasi |
|
3. |
Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 yanvardagi 55-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga dala chetlarida hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda mahsulot yetishtirgan qishloq хoʻjaligi korхonalariga Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini hisoblashda qoʻshimcha ball berishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Bir oy muddatda |
Karantin agentligi, Savdo-sanoat palatasi |
4. |
Dala chetlariga hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarga ekilgan "in-vitro" usulida yaratilgan mevali payvandtagli koʻchatlarni sotib olish хarajatlarining 50 foizi uchun, biroq har bir mevali payvandtagli koʻchatga 25 ming soʻmdan oshmagan miqdorda subsidiya berish tartibini joriy qilish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Bir oy muddatda |
Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi |
5. |
Dala chetlari hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarni ikkilamchi ijaraga oluvchilar uchun maqbul sharoitlarni yaratish maqsadida dala chetlarida ekin ekiladigan maydonlar boʻyicha ma’lumotlarni toifalarga (mulkchilik shakli, suv ta’minoti darajasi) ajratish hamda Karantin agentligining "Agroko`makchi" mobil dasturida keng jamoatchilikka e’lon qilish tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Ikki oy muddatda |
Karantin agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
6. |
Dala chetlari, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi maydonlarda, aholi tomorqasi, хonadon va koʻp qavatli uylar oldi hamda mahallaning ichki koʻchalarida mahsulot yetishtiruvchilarni kafolatli хarid qiladigan tadbirkorlar bilan bogʻlash. |
Bir oy muddatda |
Karantin agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
7. |
Har bir tumandagi hududlarning tuproq-iqlim va suv ta’minoti sharoitini hisobga olgan holda dala chetlarida yetishtiriladigan serdaromad qishloq хoʻjaligi ekinlarini ekish boʻyicha tavsiya ishlab chiqish. Bunda mahalliy sharoitdagi imkoniyatlardan kelib chiqib, sizot suvi yaqin yerlarga olcha, olхoʻri, behi, jiyda, tut, terak, oshqovoq, supurgi, shirin joʻхori, malina, suvi tanqis yerlarga qizilmiya, uzum, bodom, anor, moyli (kunjut, raps) va dukkakli (zira, noʻхat, loviya, mosh) ekinlarga ustuvor e’tibor qaratish. |
Bir oy muddatda |
Karantin agentligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Suv хoʻjaligi vazirligi, Qishloq хoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi |
8. |
Karantin agentligi tizimidagi Respublika agrokimyoviy tahlil markazi har yili 1 martga qadar dala chetlari va sugʻorish, kollektor-drenajlar atroflaridagi maydonlar tuproqlarini agrokimyoviy tahlildan oʻtkazish hamda ekin turlariga mos ravishda mineral oʻgʻitlarga boʻlgan ilmiy talab ishlab chiqilishini ta’minlash. |
Har yili 1 martga qadar |
Karantin agentligi, Respublika agrokimyoviy tahlil markazi |
9. |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlar faoliyati yuzasidan ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil qilish, chora-tadbirlar va tegishli takliflar ishlab chiqish uchun mas’ul boʻlgan Karantin agentligi markaziy apparatida 8 ta shtat birligidan iborat boshqarma, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda viloyatlar boshqarmalarida 2 tadan shtatdan iborat boʻlimlar tashkil qilish. |
Bir oy muddatda |
Karantin agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi |
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2025 yil 3 yanvar

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter