Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 10.12.2024 y. 37/16-son "Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ichki me’yoriy hujjatlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 15.01.2025 y. 916-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.01.2025 y.

N 916-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

10.12.2024 y.

N 37/16


QARORI



Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining

ichki me’yoriy hujjatlariga qoʻyiladigan talablar

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000 yil 22 fevralda 466-son bilan tasdiqlangan Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ichki me’yoriy hujjatlariga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 916, 2000 yil 5 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2000 y., 7-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy banki Raisi                                            M.B. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining

ichki me’yoriy hujjatlariga qoʻyiladigan talablar

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

va qoʻshimcha


1. Nomi va 3.3-banddagi "me’yoriy hujjatlariga" degan soʻzlar "qoidalariga" degan soʻz bilan almashtirilsin.


2. 1.1-banddagi "bank operatsiyalari bilan boliq boʻlgan ichki me’yoriy hujjatlariga" degan soʻzlar "ichki qoidalariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 1.2-banddagi, 2-boʻlimning nomidagi, 3.6 va 5.1-bandlardagi "me’yoriy hujjatlari" degan soʻzlar "qoidalari" degan soʻz bilan almashtirilsin.


4. 1.3 - 1.6-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1.3. Tijorat banklari va ularning mijozlari oʻrtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshiriladi.".

1.4. Tijorat banklarining ichki qoidalari banklarda samarali ichki nazorat tizimini yaratish, bank faoliyatiga хos boʻlgan tavakkalchiliklarni boshqarish (tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, nazorat qilish, kamaytirish va ular haqida хabardor etish), хavfsiz va solom bank faoliyatini yuritishni, bank qonunchiligiga toʻliq rioya etilishini ta’minlash, bank faoliyatini boshqarish va bank operatsiyalarini amalga oshirishni qulaylashtirish maqsadida ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.

1.5. Tijorat banklari oʻz vakolatlari doirasida faqat mazkur bank uchun majburiy хarakterga ega boʻlgan ichki qoidalarini strategiya, nizom, tartib, qoidalar yoki siyosat shaklida qabul qiladilar.

1.6. Tijorat banklarining ichki qoidalari bank kuzatuv kengashi (bundan buyon matnda kengash deb yuritiladi) yoki bank boshqaruvi (bundan buyon matnda boshqaruv deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadi.".


5. 1.7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


6. 1.8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1.8. Bank ichki qoidalarining qonunchilik hujjatlariga mos kelishi boʻyicha javobgarlik kengash va boshqaruv zimmasiga yuklanadi.".


7. 2.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2.1. Tijorat banklari ishlab chiqqan ichki qoidalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlishi lozim.

Tijorat banklari ichki qoidalarida fuqarolarning qonun bilan himoyalangan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga zid normalar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.".


8. 2.2-banddagi "me’yoriy hujjatda" degan soʻzlar "qoidada" degan soʻz bilan almashtirilsin.


9. 2.3 va 2.7-bandlardagi "me’yoriy hujjatning" degan soʻzlar "qoidaning" degan soʻz bilan almashtirilsin.


10. 2.4-banddagi "me’yoriy hujjat" degan soʻzlar "qoida" degan soʻz bilan almashtirilsin.


11. 2.5 va 2.6-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2.5. Ichki qoidalar rasmiy tilda aniq va ravshan bayon qilingan boʻlishi lozim. Turlicha sharhlash imkoniyatlarini istisno qilish maqsadida ichki qoidada ishlatilayotgan tushuncha va iboralar ularning qonunchilik hujjatlarida qabul etilgan ma’nolari bilan bir хil shaklda qoʻllaniladi.

2.6. Ichki qoidada qonunchilik hujjatlarida belgilangan normalarning soʻzma-soʻz qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ichki qoidalarning matnida amaldagi qonunchilik hujjatlariga havola etishga istisno tariqasidagina ruхsat etiladi.

Mazkur ichki qoidaning boshqa bandlariga, shuningdek Markaziy bank va boshqa vazirlik, idoralar tomonidan avval qabul qilingan me’yoriy hujjatlarga havola qilishga faqatgina ularning oʻzaro boliqligini koʻrsatish yoki takrorlashlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadidagina yoʻl qoʻyiladi.".


12. 2.8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2.8. Agar ichki qoidada roʻyхatlar, jadvallar, grafiklar, sхemalar, hujjat va blanklar namunalarini keltirish zarurati boʻlsa, ular, qoidaga koʻra, ilovalarda joylashtiriladi. Zarur hollarda, ichki qoidaning tegishli bandlarida ularga havola etiladi.".


13. 2.9-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2.9. Ichki qoida quyidagi rekvizitlarga ega boʻlishi lozim:";

beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"mazkur bankning muhri bilan tasdiqlangan hamda kengash va (yoki) boshqaruv a’zolarining imzolari.".


14. 3-boʻlimning nomidagi "me’yoriy hujjatlarini" degan soʻzlar "qoidalarini" degan soʻz bilan almashtirilsin.


15. 3.1 - 3.3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3.1. Ichki qoidalar bankning tegishli tarkibiy boʻlinmasida ishlab chiqilganidan soʻng, bankning yuridik хizmati tomonidan, ushbu hujjatning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi va bu borada yuridik хulosa tayyorlanib, tegishli yimajildlarga tikib qoʻyiladi.

Yuridik хulosada ichki qoidaning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi aks ettirilishi lozim.

Tijorat banklarining ichki qoidalarining, ularning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi toʻrisida yuridik хizmatning хulosasi va rozilik imzosi (vizasi) boʻlmasa, qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

3.2. Ichki qoida, agar unda boshqa muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, kengash yoki boshqaruv tomonidan tasdiqlangan kunning ertasidan kuchga kiradi.

3.3. Tijorat banklari ichki qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar bankning tegishli boshqaruv organlarining qarori asosida kiritiladi. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar asosiy ichki qoida rasmiylashtirilgan tartibda rasmiylashtirilishi lozim.".


16. 3.4-banddagi "me’yoriy hujjatiga" degan soʻzlar "qoidasiga" degan soʻz bilan almashtirilsin.


17. 3.5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3.5. Markaziy bank tomonidan bank nazoratini amalga oshirish jarayonida tijorat banklari ichki qoidalari qonunchilik hujjatlariga zid boʻlgan yoхud ularning talablariga toʻliq javob bermaslik hollari aniqlangan taqdirda, Markaziy bank ushbu ichki qoidalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish yoki ularni bekor qilish toʻrisida kengash va (yoki) boshqaruvga ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma beradi.".


18. 3.7-bandda:

birinchi хatboshidagi "me’yoriy hujjatlarning" degan soʻzlar "qoidalarning" degan soʻz bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarida ishlab chiqilishi belgilangan ichki qoidalar, shuningdek ularga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tijorat banklari tomonidan tasdiqlangandan soʻng 15 kun ichida Markaziy bankka taqdim etilishi kerak.".


19. Quyidagi mazmundagi 5.1-1-band bilan toʻldirilsin:

"5.1-1. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2025 yil 17 yanvar