Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sogʻliqni saqlash vazirining 25.12.2024 y. 36-son "Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 27.01.2025 y. 3604-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

27.01.2025 y.

N 3604




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRINING

25.12.2024 y.

N 36


BUYRUGʻI



Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar

va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish,

berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi

toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar toʻgʻrisida"gi Qonuniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.


4. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                   A.A. Xudayarov






Buyruqqa

2-ILOVA



Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy

normativ-huquqiy hujjatlar

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2001 yil 28 noyabrdagi 527-son "Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, berish, sotish, taqsimlash, hisobga olish shartlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 1090, 2001 yil 29 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2001 y. 23-24-son).


2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014 yil 23 martdagi 4-son "Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, berish, sotish, taqsimlash va hisobga olish shartlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 1090-1, 2014 yil 23 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 17-son, 197-modda).


3. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017 yil 3 avgustdagi 103-son "Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, berish, sotish, taqsimlash va hisobga olish shartlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 1090-2, 2017 yil 9 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 32-son, 825-modda).

           

            

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2025 yil 30 yanvar