Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 19.02.2025 y. 15-son "Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 28.02.2025 y. 3610-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

28.02.2025 y.

N 3610




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY

AGENTLIGI DIREKTORINING

19.02.2025 y.

N 15


BUYRUGʻI



Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting

faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida"gi hamda "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonunlariga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Istiqbolli loyihalar

milliy agentligi direktori                                              D.R. Li






Buyruqqa

2-ILOVA



Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy

normativ-huquqiy hujjatlar

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 1999 yil 21 dekabrda tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 860, 1999 yil 28 dekabr).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2004 yil 3 iyundagi 2004-10-son "Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 860-1, 2004 yil 14 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2004 y., 24-son, 281-modda).


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008 yil 24 sentyabrdagi 2008-19-son "Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 860-2, 2008 yil 13 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 42-son, 427-modda).


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2013 yil 11 dekabrdagi 2013-14-son "Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 860-3, 2013 yil 19 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 51-son, 680-modda).


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2019 yil 15 martdagi 2019-19-son "Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizomning 1.3-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 860-4, 2019 yil 9 aprel) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2019 y., 10/19/860-4/2908-son).


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2019 yil 14 oktyabrdagi 2019-59-son "Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizomning 2.1-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 860-5, 2019 yil 31 oktyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2019 y., 10/19/860-5/3982-son).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2025 yil 1 mart