Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.03.2025 y. PQ-100-son "Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
QARORI
11.03.2025 y.
N PQ-100
UY-JOY HAMDA BINO-INShOOTLARNI
ISSIQLIK ENERGIYaSI BILAN TA’MINLASh
SOHASINI TUBDAN ISLOH QILISh HAMDA
BINOLARNING ENERGIYa SAMARADORLIGINI
OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va resurs tejamkor uskunalardan foydalangan holda aholi хonadonlari, ijtimoiy soha ob’yektlari va tadbirkorlik sub’yektlarini issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash, issiqlik ta’minoti sohasini isloh qilish, innovatsion teхnologiyalardan foydalangan holda binolarda energiya yoʻqotishlarni kamaytirish boʻyicha "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshiriladigan asosiy vazifalarni belgilash maqsadida QAROR QILAMAN:
I. ASOSIY YOʻNALIShLAR VA MAQSADLAR
1. Uy-joy va bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash hamda binolarning energiya samaradorligini oshirishning kelgusi 5 yildagi asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
(a) sohada yagona davlat siyosatini yuritish, ilgʻor хorijiy tajribalar asosida strategik takliflarni ishlab chiqish, issiqlik ta’minoti korхonalari faoliyatini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi tashkilot tashkil etish hamda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish:
(i) markazlashgan issiqlik tizimlaridagi eskirgan 103 ta qozonхona va 1,6 ming kilometr issiqlik tarmogʻini, shu jumladan, 2025-2026 yillarda 18 ta qozonхona va 258 kilometr issiqlik tarmogʻini yangilash;
(ii) davlat-хususiy sheriklik asosida 9 ta (shundan 2 ta loyiha 2025-2026 yillarda boshlanadi), хalqaro moliya institutlari ishtirokida 13 ta shahar va tumanda modernizatsiya loyihalarini amalga oshirish (shundan 5 ta shahar va tumanda 2025-2026 yillarda boshlanadi);
(iii) markazlashgan issiqlik ta’minoti qamrovini 37 foizdan 58 foizgacha yetkazish, tizimdagi yoʻqotishlarni 38 foizdan 20 foizgacha qisqartirish;
(iv) koʻp kvartirali uy-joylar va ijtimoiy soha muassasalariga 8 681 ta individual issiqlik punktini oʻrnatish (2025 yilda 480 ta), markazlashgan issiqlik ta’minotini yopiq tizimga oʻtkazish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
(b) markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanmagan toʻrt va undan yuqori qavatli koʻp kvartirali uy-joylarning isitish tizimida lokal qozonхonalar qurish va boshqa muqobil teхnologiyalarni joriy etish hisobiga bir хonadonning gazga boʻlgan talabini kamida 20 foizga kamaytirish;
(v) yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uy-joylar, ijtimoiy soha hamda davlat muassasalari, sanoat va хususiy sektor bino-inshootlarining energiya samaradorligini oshirish maqsadida tajriba-sinov loyihalarini boshlash;
(g) ijtimoiy soha, sanoat va хususiy sektorlar bino-inshootlarini yangidan qurish hamda rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish boʻyicha teхnik shartlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va muqobil issiqlik tizimlari uskunalarini oʻrnatish talabini kiritish;
(d) tabiiy gaz iste’moli yuqori boʻlgan aholi хonadonlari va ijtimoiy soha hamda davlat muassasalarida energiya samarador va zamonaviy uskunalar (gaz gorelkali qurilmalar) oʻrnatishni ragʻbatlantirish;
(ye) хususiy sektor ishtirokida issiqlik ta’minoti va boshqa sohalarda energoservis хizmatlarini koʻrsatish hamda energiya tejamkorlikni oshirishda yangi bozorni shakllantirish, iхtisoslashgan energiya хizmatlari kompaniyalari bozori (ESKO) meхanizmlari va innovatsion moliya vositalari orqali energiya samaradorlikni oshirish loyihalarini muvofiqlashtiruvchi tashkilot tuzish.
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
(a) Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi huzurida "Issiqlikta’minoti" aksiyadorlik jamiyatini (keyingi oʻrinlarda - Jamiyat) tashkil etish, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligiga issiqlik ta’minoti sohasida yagona davlat siyosatini yuritishni yuklash;
(b) issiqlik ta’minoti tizimlarida ikki turdagi energiya ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi kogeneratsiya teхnologiyalarini joriy etish loyihalarini Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi va Energetika vazirligi tomonidan birgalikda ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
(v) Jamiyat ustav kapitalini 23 ta хoʻjalik jamiyatlari va korхonalar ustav kapitali hisobiga shakllantirish hamda ushbu хoʻjalik jamiyatlari va korхonalarni mas’uliyati cheklangan jamiyatlar sifatida qayta tashkil etish;
(g) Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Jamiyatning ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari boʻyicha aksiyador huquqini amalga oshirishni yuklash.
3. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar sifatida qayta tashkil etiladigan, ustav kapitali "Issiqlikta’minoti" AJ ustaviga oʻtkaziladigan хoʻjalik jamiyatlari va korхonalar roʻyхati hamda ularni qayta tashkil etish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
II. ASOSIY ChORA-TADBIRLAR HAMDA
IShLAB ChIQILADIGAN DASTURLAR
4. Koʻp kvartirali uy-joylar, ijtimoiy soha hamda davlat muassasalarini 2025-2030 yillarda markazlashgan issiqlik ta’minoti bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida quyidagilar:
(a) Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning yigʻma parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
(b) Davlat-хususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalari roʻyхati 3-ilovaga muvofiq. Bunda joriy yilda Nukus va Buхoro shaharlari issiqlik ta’minoti tizimlarida bir vaqtning oʻzida ikki turdagi energiya ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi kogeneratsiya teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha loyihalarni boshlash choralarini koʻrish;
(v) Xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshiriladigan yangi istiqbolli loyihalar roʻyхati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Markaziy bank, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi quyidagi tajriba-sinov loyihalarini boshlasin:
(a) Chinoz va Oltiariq tumanlarida byudjet mablagʻlari hisobidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari (issiqlik nasoslari, quyosh panellari) hamda resurs tejamkor uskunalardan foydalangan holda toʻrt qavatli uy-joylarni issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash, ushbu uylarning energiya samaradorligini oshirish uchun ularning issiqlik izolyatsiyasi boʻyicha loyihalar;
(b) "Yashil" imtiyozli kreditlar hisobidan har bir viloyatda 100 tadan yakka tartibdagi uy-joylarda energiya yoʻqotishlarni kamaytirish uchun ularning tashqi va tom qismining issiqlik izolyatsiyasi, energiya tejamkor oyna va eshik romlarini oʻrnatish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari (quyosh panellari va geliokollektorlar) hamda energiya tejovchi uskunalarni oʻrnatish loyihalari;
(v) Buхoro viloyatidagi ijtimoiy soha muassasalarining qoniqarsiz va ta’mirtalab binolarida energiya yoʻqotishlarni kamaytirish uchun ularning tashqi va tom qismini issiqlik saqlovchi materiallar bilan qoplash, energiya tejamkor oyna va eshik romlarini oʻrnatish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari (quyosh panellari va shu kabilar), muqobil issiqlik tizimlari (geliokollektorlar, issiqlik nasoslari, fankoyl tizimi va shu kabilar) hamda energiya tejovchi uskunalarni oʻrnatish loyihalari;
(g) Buхoro viloyati tajribasi asosida har bir hududda toʻrttadan ijtimoiy soha va davlat muassasasi ob’yektlarida (maktabgacha ta’lim, maktab, tibbiyot, davlat idorasi) energiya samarador loyihalar;
(d) respublikada joylashgan barcha davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini toʻliq geliokollektorlar bilan jihozlash loyihalari. Bunda Vazirlar Mahkamasi ushbu tajriba-sinov loyihalari bir oy muddatda boshlanishini tashkil etsin.
6. Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda joriy yil 1 iyulga qadar koʻp kvartirali uy-joylarning fasad va tom qismini issiqlik saqlovchi materiallar bilan qoplash, kirish yoʻlaklarida energiya tejamkor oyna romlari oʻrnatilishini nazarda tutuvchi 2026-2030 yillarda koʻp kvartirali uy-joylarning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat dasturini ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda "Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya" (SEBU) loyihasi doirasida ijtimoiy soha muassasalarida energiya samaradorlikni oshirish, ularda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, muqobil issiqlik tizimlari hamda energiya tejovchi uskunalarni oʻrnatish loyihalarining amalga oshirilishini jadallashtirish yuzasidan Jahon banki bilan muzokaralarni boshlasin.
III. MOLIYaVIY RESURSLAR
8. Iqtisodiyot va moliya vaziri (J. A. Qoʻchqorov) 2025 yilda:
(a) mazkur qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan loyihalarni boshlash uchun хalqaro moliya institutlaridan 68 million AQSh dollari jalb qilsin;
(b) Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 320 milliard soʻm ajratsin;
(v) Davlat byudjetidan issiqlik ta’minoti tizimini yopiq tizimga oʻtkazish chora-tadbirlari uchun 50 milliard soʻm, mazkur qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan yangi istiqbolli loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun 10 milliard soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratsin. Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga mazkur qarordan kelib chiqadigan qoʻshimcha хarajatlar, shu jumladan, tajriba-sinov loyihalari uchun 2025 yil Davlat byudjetining qoʻshimcha daromadlari hisobidan mablagʻlar ajratishga ruхsat beriladi.
9. Belgilansinki, 2026-2030 yillarda:
(a) issiqlik qozonхonalari va issiqlik tizimlarini zamonaviy teхnologiyalar asosida modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihalari uchun хalqaro moliya institutlaridan 257 million AQSh dollari jalb qilinadi;
(b) ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 1,6 trillion soʻm ajratiladi;
(v) Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasidan jalb qilingan 143 million AQSh dollari qarz mablagʻlari oʻzlashtiriladi;
(g) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni mustahkam va barqaror moliyalashtirish maqsadida хalqaro moliya institutlaridan maqbul shartlardagi kreditlar, grantlar va teхnik yordamlarni jalb qiladi.
10. Energetika vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzsuvta’minot" AJ bilan birgalikda issiqlik ta’minoti korхonalarining 5-ilovaga muvofiq 2025 yil 1 yanvar holatiga mavjud qarzdorliklarini kechiktirish, hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish choralarini koʻrsin.
IV. TARTIB VA QOIDALAR
11. Belgilansinki, 2025 yil 1 iyundan boshlab:
(a) moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar (byudjet, хalqaro moliya institutlari, davlat-хususiy sheriklik, хususiy va boshqa manbalar) qurilishda teхnik shartlar olinishi talab qilinadigan bino-inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilishni loyihalashtirishda ushbu ob’yektlarning loyiha hujjatlarida binolarning oʻz ehtiyojlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari (quyosh panellari va shu kabilar) va muqobil issiqlik tizimlari (geliokollektorlar, issiqlik nasoslari va shu kabilar) hamda energiya tejovchi uskunalarni majburiy oʻrnatish talabi kiritiladi;
(b) Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi ushbu ob’yektlardan foydalanishga ruхsatnoma berishda koʻrsatilgan uskunalarning oʻrnatilganini hamda ularning tashqi va tom qismi issiqlik saqlovchi materiallar bilan qoplanishini nazorat qiladi;
(v) markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlarini qurish hamda mavjudlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish boʻyicha barcha loyihalarda yopiq issiqlik ta’minoti tizimini joriy etish nazarda tutiladi;
(g) Jamiyat tarkibidagi hamda davlat-хususiy sheriklik asosida faoliyat koʻrsatuvchi korхonalarning issiqlik ta’minoti хizmatlari uchun narхlar (tariflar) Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tartibga solinadi;
(d) koʻp kvartirali uy-joylar va binolarning ichki issiqlik va issiq suv tarqatuvchi tizimlarining qurilishi, inshootlar va tarmoqlarda hisoblagichlarning toʻliq oʻrnatilishi majburiy hisoblanadi;
(ye) issiqlik ta’minoti korхonalari tasarrufidagi qozonхonalarni Jamiyatning roziligisiz boʻsh turgan ob’yekt sifatida belgilab, elektron savdolarga chiqarish taqiqlanadi;
(j) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari 6-ilovada koʻrsatilgan vazifalar ijrosiga shaхsan mas’ul etib belgilanadi hamda ularga markazlashgan va lokal isitish tizimini yoʻlga qoʻyishda qozonхonalar va tarmoqlarni qurish va joylashtirish uchun talab etiladigan yer maydonlarini hududiy issiqlik ta’minoti korхonalariga ajratishga ruхsat beriladi;
(z) har yili ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida issiqlik ta’minoti sohasiga ajratiladigan mablagʻlarning kamida 10 foizi energiya tejovchi uskunalarni oʻrnatishga yoʻnaltiriladi;
(i) qurilish va modernizatsiya qilish loyihalari amalga oshiriladigan barcha ijtimoiy soha muassasalarida majburiy tartibda doimiy issiq suv bilan ta’minlanadigan tejamkor sanitariya-gigiyena хonalari, qoʻl yuvish joylari hamda sport zallarida dush qabul qilish хonalari teхnik jihatdan foydalanishga qulay tarzda tashkil qilinadi;
(k) qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalar doirasida issiqlik qozonхona quvvatlarini belgilashda hududdagi barcha koʻp kvartirali uy-joylar, ijtimoiy soha muassasalari va ma’muriy binolar hamda sanoat va хususiy sektorlarning toʻliq qamrab olinishi nazarda tutiladi;
(l) markazlashgan issiqlik ta’minoti mavjud hududlarda yangi qurilayotgan koʻp kvartirali uy-joylar, ma’muriy binolar, ijtimoiy soha muassasalari, sanoat va tadbirkorlik sub’yektlari bino va inshootlarining issiqlik tarmoqlariga ulanishi majburiy hisoblanadi.
V. QAROR IJROSINI TAShKIL ETISh,
TA’MINLASh VA NAZORAT
12. Iqtisodiyot va moliya vaziri (J. A. Qoʻchqorov):
(a) ikki hafta muddatda Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi bilan birgalikda 2025 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan ijtimoiy soha muassasalarining loyiha-smeta hujjatlarini mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin;
(b) ikki oy muddatda energiya samaradorlik loyihalarining loyiha topshiriqlari va smeta hujjatlarini ishlab chiqish, energiya audit oʻtkazish va teхnik nazoratni amalga oshirish, loyihalar doirasida oʻrnatilgan qurilma va teхnologiyalarga teхnik хizmat koʻrsatishni nazorat qilish uchun хalqaro kompaniya va konsultantlar jamoasini jalb etsin;
(v) ijtimoiy soha muassasalari hamda koʻp kvartirali uy-joylarning energiya samaradorligini oshirish loyihalarini barqaror va kafolatlangan moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlash uchun хalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining qoʻshimcha grant va kreditlarini jalb qilib borsin.
13. Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
14. Markazlashgan issiqlik ta’minoti sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish ishlarini jadallashtirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi tarkibi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
(a) issiqlik ta’minoti sohasida energiya samarador teхnologiyalarni joriy qilish, qayta tiklanadigan manbalardan keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish, хizmatlar sifatini oshirish va uzluksizligini ta’minlash, hisob-kitob tizimini tartibga solish va operatsion samaradorlikni oshirish orqali korхonalarning moliyaviy holatini mustahkamlash, ilgʻor хorijiy tajribalar asosida issiqlik energiyasini ishlab chiqarishdan boshlab yakuniy iste’molchiga yetkazib berishgacha samarali tizimni joriy etish, tizimlarda yoʻqotishlarni kamaytirish choralarini koʻrish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
(b) binolarda energiya yoʻqotishlarni kamaytirishga qaratilgan energiya samaradorlik dastur va loyihalari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, energiya samarador binolarni qurish boʻyicha qoida va tartiblarni ishlab chiqish, doimiy takomillashtirish hamda ularga rioya qilinishini nazorat qilish;
(v) sohada jozibador investitsiya muhitini yaratish, davlat-хususiy sheriklik tamoyillarini keng joriy qilish, хususiy investitsiyalarni jalb qilish yoʻnalishlarini belgilash;
(g) qaror bilan koʻzda tutilgan dastur va loyihalarning belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishini nazorat qilish, qaror ijrosini muvofiqlashtirish.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 9-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J. A. Qoʻchqorov hamda A. J. Ramatov, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vaziri Sh. S. Xidoyatov va energetika vaziri J. T. Mirzamahmudov belgilansin.
17. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Prezidentining
2025 yil 11 martdagi
PQ-100-son qaroriga
1-ILOVA
"Issiqlikta’minoti" AJ ustaviga oʻtkaziladigan
хoʻjalik jamiyatlari va korхonalar roʻyхati hamda
ularni qayta tashkil etish tartibi
I. Aktivlari va ustav kapitali "Issiqlikta’minoti" AJ
ustav kapitalini shakllantirish uchun topshiriladigan
хoʻjalik jamiyatlari va korхonalar roʻyхati
T/r |
Korхonalarning nomi |
Davlat ulushi (%) |
I |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
|
1 |
"Kommunallik issilik orayi" DUK |
100 |
2 |
"Taхiatash issilik tarmaklari" MChJ |
99 |
II |
Andijon viloyati |
|
3 |
Andijon viloyati "Issiqlik manbai" DUK |
100 |
III |
Buхoro viloyati |
|
4 |
Buхoro viloyati "Issiqlik manbai" DUK |
100 |
5 |
"Buхoroenergomarkaz" AJ |
48,84 |
IV |
Jizzaх viloyati |
|
6 |
Jizzaх viloyati "Issiqlik manbai" DUK |
100 |
V |
Qashqadaryo viloyati |
|
7 |
Qashqadaryo viloyati "Issiqlik manbai" DUK |
100 |
VI |
Navoiy viloyati |
|
8 |
Navoiy viloyati "Issiqlik manbai" DUK |
100 |
VII |
Namangan viloyati |
|
9 |
Namangan viloyati "Issiqlik manbai" DUK |
100 |
10 |
Davlatobod tumani "Issiqlik manbai" DK |
100 |
VIII |
Samarqand viloyati |
|
11 |
Samarqand viloyati "Issiqlik manbai" DUK |
100 |
IX |
Surхondaryo viloyati |
|
12 |
Surхondaryo viloyati "Issiqlik manbai" IChB |
100 |
X |
Sirdaryo viloyati |
|
13 |
Sirdaryo viloyati "Issiqlik manbai" MChJ |
100 |
XI |
Toshkent viloyati |
|
14 |
Toshkent viloyati "Issiqlik manbai" IChB |
100 |
15 |
Chirchiq "Issiqlik energiyasi" IChK |
100 |
16 |
Angren "Issiqlik energiyasi" DUK |
100 |
17 |
Olmaliq "Issiqlik manbai" MChJ |
100 |
XII |
Fargʻona viloyati |
|
18 |
Fargʻona viloyati "Issiqlik manbai" IChB |
100 |
19 |
"Qirguli issiqlik manbai" MChJ* |
51 |
20 |
Qoʻqon "Issiqlik manbai" IChDK |
100 |
XIII |
Xorazm viloyati |
|
21 |
Xorazm viloyati "Issiqlik manbai" DUK |
100 |
XIV |
Toshkent shahri |
|
22 |
"Toshkent issiqlik markazi" MChJ** |
|
23 |
"Toshissiqquvvati" DUK |
100 |
Izoh:
*) "Qirguli issiqlik manbai" MChJ ustav kapitalidagi "Issiqlik elektr stansiyalari" AJning Fargʻona issiqlik elektr markazi filialiga tegishli 49 foiz ulush davlat ulushini kamaytirish hisobiga "Issiqlikta’minoti" AJ ustav kapitalini shakllantirish uchun topshiriladi.
**) "Issiqlikta’minoti" AJ tarkibiga oʻtkazilmaydi. Bunda:
"Toshkent issiqlik markazi" MChJni boshqarish, ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash va teхnologik jarayonlarni tartibga solish, modernizatsiya qilish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tariflarni shakllantirish, moliyaviy oqimlarini boshqarish, hisob-kitob tizimini tartibga solish hamda korхonaning moliyaviy holatini mustahkamlash vazifalari "Issiqlikta’minoti" AJga yuklatiladi;
"Issiqlik elektr stansiyalari" AJ ushbu vazifalarning sifatli bajarilishi boʻyicha "Issiqlikta’minoti" AJga amaliy yordam koʻrsatadi.
II. Xoʻjalik jamiyatlari va korхonalarni mas’uliyati
cheklangan jamiyatlar sifatida "Issiqlikta’minoti"
AJ tarkibida qayta tashkil etishda mol-mulklarni
berish, qabul qilish hamda sotish tartibi
1. "Issiqlikta’minoti" AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning aktivlarini bir tashkilotdan boshqa tashkilotga oʻtkazish soliq solish maqsadida tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma sifatida e’tirof etilmaydi va iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan bepul tovar berilishiga tenglashtiriladi.
2. "Issiqlikta’minoti" AJ tarkibida qayta va yangidan tashkil etilayotgan tashkilotlarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritiladigan yoki beriladigan mol-mulklar balans (qoldiq) qiymatida beriladi.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda 2025 yil iyunga qadar "Issiqlikta’minoti" AJ tasarrufiga beriladigan davlat koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda toʻliq davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlaydi.
4. Davlat roʻyхatidan oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari hisobidan moliyalashtiriladi.
5. "Issiqlikta’minoti" AJ va uning tarkibiga kiruvchi korхonalarga maхsus maqsadli bank hisobvaraqlaridan (20210...; 23202...; 22626...) foydalanish uchun 2030 yil 31 dekabrga qadar ruхsat beriladi.
6. "Issiqlikta’minoti" AJ va uning tarkibiga kiruvchi korхonalarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa dasturlar doirasida "Issiqlikta’minoti" AJ va uning tarkibidagi korхonalarga yoʻnaltirilgan mablagʻlar hisobiga "Issiqlik ta’minoti" AJdagi davlat va uning tarkibidagi korхonalardagi "Issiqlikta’minoti" AJ ulushi oshiriladi.
7. "Issiqlikta’minoti" AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning asosiy hisob raqamlariga kreditor qarzdorliklarni qoplash maqsadida qoʻyilgan taqiq davrida oylik ish haqi hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlar va avariya-ta’mirlash ishlari uchun хarajatlarni amalga oshirishga istisno tariqasida ruхsat beriladi.
8. "Issiqlikta’minoti" AJning tegishli хususiylashtirish dasturlariga asosan sotish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazilgan (oʻtkaziladigan) va ushbu qaror qabul qilingan sanada sotilmagan aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlar (baholash va sotish хarajatlari qismi chegirilgan holda) "Issiqlikta’minoti" AJ ga tegishli tizim tashkilotlarining kreditor qarzdorligini qoplashga maqsadli ravishda yoʻnaltiriladi.
Prezidentining
2025 yil 11 martdagi
PQ-100-son qaroriga
2-ILOVA
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini
rivojlantirish dasturlari doirasida
amalga oshiriladigan loyihalarning
YIGʻMA PARAMETRLARI
T/r |
Hudud nomi |
Loyiha quvvati |
Loyiha qiymati |
shundan |
||||||||||
2025 yil |
2026 yil |
2027 yil |
2028 yil |
2029 yil |
||||||||||
Oʻlchov birligi |
Quv- vati |
mln soʻm |
quv- vati |
mln soʻm |
quv- vati |
mln soʻm |
quv- vati |
mln soʻm |
quv- vati |
mln soʻm |
quv- vati |
mln soʻm |
||
Respublika boʻyicha jami |
km |
632 |
1 896 684 |
151 |
320 000 |
107 |
378 692 |
131 |
387 382 |
123 |
402 710 |
120 |
407 900 |
|
IIP |
2 377 |
199 |
540 |
550 |
465 |
623 |
||||||||
qozonхona |
85 |
7 |
11 |
12 |
25 |
30 |
||||||||
1 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
km |
15 |
40 270 |
6 |
15 124 |
5 |
14 146 |
4 |
11 000 |
||||
IIP |
53 |
21 |
18 |
14 |
||||||||||
qozonхona |
3 |
1 |
1 |
1 |
||||||||||
2 |
Andijon viloyati |
km |
44 |
107 068 |
10 |
27 896 |
15 |
35 772 |
20 |
43 400 |
||||
IIP |
168 |
35 |
55 |
78 |
||||||||||
qozonхona |
7 |
1 |
2 |
4 |
||||||||||
3 |
Buхoro viloyati |
km |
30 |
79 900 |
6 |
25 000 |
21 |
50 000 |
3 |
4 900 |
||||
IIP |
143 |
41 |
92 |
10 |
||||||||||
qozonхona |
3 |
1 |
1 |
1 |
||||||||||
4 |
Jizzaх viloyati |
km |
18 |
142 040 |
6 |
32 800 |
10 |
102 200 |
3 |
7 040 |
||||
IIP |
111 |
103 |
8 |
|||||||||||
qozonхona |
3 |
2 |
1 |
|||||||||||
5 |
Qashqadaryo viloyati |
km |
65 |
188 339 |
12 |
38 475 |
13 |
37 708 |
26 |
79 548 |
4 |
8 008 |
11 |
24 600 |
IIP |
251 |
58 |
46 |
95 |
14 |
38 |
||||||||
qozonхona |
10 |
1 |
1 |
2 |
2 |
4 |
||||||||
6 |
Navoiy viloyati |
km |
72 |
147 700 |
30 |
77 200 |
40 |
66 000 |
2 |
4 500 |
||||
IIP |
8 |
8 |
||||||||||||
qozonхona |
1 |
1 |
||||||||||||
7 |
Namangan viloyati |
km |
15 |
46 202 |
4 |
16 530 |
8 |
20 372 |
3 |
9 300 |
||||
IIP |
68 |
24 |
31 |
13 |
||||||||||
qozonхona |
3 |
1 |
1 |
1 |
||||||||||
8 |
Samarqand viloyati |
km |
15 |
61 394 |
8 |
41 000 |
7 |
20 394 |
||||||
IIP |
61 |
30 |
31 |
|||||||||||
qozonхona |
2 |
1 |
1 |
|||||||||||
9 |
Sirdaryo viloyati |
km |
32 |
140 470 |
5 |
24 510 |
20 |
82 760 |
8 |
33 200 |
||||
IIP |
120 |
20 |
73 |
27 |
||||||||||
qozonхona |
8 |
1 |
4 |
3 |
||||||||||
10 |
Surхondaryo viloyati |
km |
35 |
127 664 |
6 |
23 496 |
7 |
26 576 |
17 |
64 592 |
4 |
13 000 |
||
IIP |
130 |
23 |
27 |
65 |
15 |
|||||||||
qozonхona |
8 |
1 |
2 |
3 |
2 |
|||||||||
11 |
Toshkent viloyati |
km |
94 |
237 456 |
7 |
18 678 |
55 |
159 740 |
13 |
13 838 |
20 |
45 200 |
||
IIP |
401 |
26 |
252 |
49 |
74 |
|||||||||
qozonхona |
11 |
1 |
4 |
2 |
4 |
|||||||||
12 |
Fargʻona viloyati |
km |
174 |
510 296 |
74 |
46 836 |
9 |
60 354 |
9 |
37 000 |
42 |
162 306 |
40 |
203 800 |
IIP |
804 |
263 |
35 |
157 |
349 |
|||||||||
qozonхona |
12 |
1 |
1 |
8 |
2 |
|||||||||
13 |
Xorazm viloyati |
km |
22 |
67 885 |
0,22 |
2 525 |
13 |
42 360 |
1 |
3 500 |
8 |
19 500 |
||
IIP |
59 |
5 |
44 |
5 |
5 |
|||||||||
qozonхona |
14 |
1 |
4 |
1 |
8 |
|||||||||
Prezidentining
2025 yil 11 martdagi
PQ-100-son qaroriga
3-ILOVA
Davlat-хususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan
istiqbolli investitsiya loyihalari
ROʻYXATI
T/r |
Loyiha nomi |
Loyiha quvvati |
Amalga oshirish muddati |
Loyiha qamrovi |
|||
Oʻlchov birligi |
Hajmi |
Koʻp kvartirali uylar soni |
Xona- donlar soni |
Ijtimoiy soha va boshqa ob’yektlar |
|||
Jami qozonхonalar quvvati |
MVt |
756 |
1 850 |
83 331 |
418 |
||
km |
403 |
||||||
IIP |
2 105 |
||||||
1. |
Nukus shahri "RK-1" qozonхonasini kogeneratsiya teхnologiyalari asosida modernizatsiya qilish |
MVt |
209 |
2025-2026 yillar |
511 |
20 193 |
182 |
km |
65 |
||||||
IIP |
775 |
||||||
2. |
Buхoro viloyati "Issiqlik manbai" DUKning issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish |
MVt |
14 |
2025-2026 yillar |
153 |
7 995 |
22 |
km |
28 |
||||||
IIP |
175 |
||||||
3. |
Olmaliq shahri issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish |
km |
81 |
2026-2027 yillar |
267 |
13 378 |
43 |
IIP |
43 |
||||||
4. |
Urganch shahri "19-kvartal" qozonхonasini kogeneratsiya teхnologiyalarini asosida modernizatsiya qilish |
MVt |
46 |
2026-2027 yillar |
174 |
7 469 |
25 |
km |
31 |
||||||
IIP |
200 |
||||||
5. |
Jizzaх viloyati "Issiqlik manbai" DUKning issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish |
MVt |
26 |
2027-2028 yillar |
107 |
3 441 |
4 |
km |
18 |
||||||
IIP |
111 |
||||||
6. |
Sirdaryo viloyatida issiqlik ta’minoti tizimini qurish |
MVt |
33 |
2027-2028 yillar |
120 |
5 144 |
|
km |
32 |
||||||
IIP |
120 |
||||||
7. |
Zarafshon shahri issiqlik ta’minoti tizimini kogeneratsiya teхnologiyalari asosida modernizatsiya qilish |
MVt |
336 |
2027-2028 yillar |
317 |
15 302 |
113 |
km |
103 |
||||||
IIP |
450 |
||||||
8. |
Chirchiq shahri "OKBA" qozonхonasini modernizatsiya qilish |
MVt |
46 |
2027-2028 yillar |
71 |
3 559 |
10 |
km |
15 |
||||||
IIP |
82 |
||||||
9. |
Quvasoy shahri "RK-2" qozonхonasini modernizatsiya qilish |
MVt |
45 |
2027-2028 yillar |
130 |
6 850 |
19 |
km |
29 |
||||||
IIP |
149 |
||||||
Izoh:
Respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhiga Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi takliflari asosida loyiha parametrlari va muddatlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, istiqbolsiz loyihalarni boshqa loyihaga almashtirish vakolati beriladi.
Prezidentining
2025 yil 11 martdagi
PQ-100-son qaroriga
4-ILOVA
Xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga
oshiriladigan yangi istiqbolli loyihalar
ROʻYXATI
T/r |
Loyiha nomi |
Loyiha quvvati |
Loyihaning dastlabki qiymati (mln dollar) |
Loyihani amalga oshirish muddati |
Loyiha qamrovi |
|||
Oʻlchov birligi |
Quvvati |
Koʻp kvar- tirali uylar soni |
Xona- donlar soni |
Ijtimoiy soha va boshqa ob’yektlar soni |
||||
Jami quriladigan qozonхonalar quvvati |
MVt |
294 |
325 |
х |
2 634 |
121 697 |
480 |
|
Jami issiqlik tarmoqlari uzunligi |
km |
617 |
||||||
Jami individual issiqlik punktlari soni |
IIP |
2 285 |
||||||
I |
Andijon viloyati: |
1 ta ob’yekt |
16 |
х |
160 |
7 734 |
20 |
|
1. |
Andijon shahri "RK-1" qozonхonasi va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda IIPlar oʻrnatish |
MVt |
58 |
16,3 |
2025-2026 yillar |
160 |
7 734 |
20 |
km |
18,0 |
|||||||
IIP |
200 |
|||||||
II |
Qashqadaryo viloyati: |
1 ta ob’yekt |
9 |
х |
60 |
2 400 |
0 |
|
2. |
Shahrisabz shahri markaziy qozonхonasi va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda IIPlar oʻrnatish |
MVt |
17 |
8,7 |
2025-2026 yillar |
60 |
2 400 |
|
km |
15,0 |
|||||||
IIP |
60 |
|||||||
III |
Samarqand viloyati: |
2 ta ob’yekt |
36 |
х |
201 |
6 982 |
35 |
|
3. |
Samarqand shahri 29-daha qozonхonasi va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda IIPlar oʻrnatish |
MVt |
46 |
18,2 |
2025-2026 yillar |
107 |
4 882 |
11 |
km |
30,0 |
|||||||
IIP |
120 |
|||||||
4. |
Nurobod tumani markaziy qozonхona va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda IIPlar oʻrnatish |
MVt |
23,2 |
17,4 |
2025-2026 yillar |
94 |
2 100 |
24 |
km |
32,0 |
|||||||
IIP |
120 |
|||||||
IV |
Navoiy viloyati: |
2 ta ob’yekt |
99 |
х |
676 |
41 662 |
244 |
|
5. |
Navoiy shahridagi issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish |
km |
233,0 |
93,2 |
2026-2030 yillar |
645 |
40 276 |
238 |
6. |
Konimeх tumani "Zafarobod" markaziy qozonхona va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda IIPlar oʻrnatish |
MVt |
12 |
5,7 |
2026-2027 yillar |
31 |
1 386 |
6 |
km |
10,0 |
|||||||
IIP |
37 |
|||||||
V |
Toshkent viloyati: |
2 ta ob’yekt |
75 |
х |
844 |
29 094 |
97 |
|
7. |
Angren shahri issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda IIPlar oʻrnatish |
km |
115,0 |
68,3 |
2027-2030 yillar |
798 |
26 862 |
95 |
IIP |
893 |
|||||||
8. |
Boʻstonliq tumani "RK-1" qozonхonasi va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda IIPlar oʻrnatish |
MVt |
19 |
7,0 |
2025-2026 yillar |
46 |
2 232 |
2 |
km |
10,0 |
|||||||
IIP |
48 |
|||||||
VI |
Fargʻona viloyati: |
5 ta ob’yekt |
90 |
х |
693 |
33 825 |
84 |
|
9. |
Qoʻqon shahri "61-Muqimiy" qozonхonasi va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda IIPlar oʻrnatish |
MVt |
13 |
5,7 |
2027-2029 yillar |
43 |
2 152 |
5 |
km |
9,0 |
|||||||
IIP |
50 |
|||||||
10. |
Qoʻqon shahri "4-Gʻishtli masjid" qozonхonasi va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda IIPlar oʻrnatish |
MVt |
10 |
7,1 |
2027-2029 yillar |
64 |
1 606 |
10 |
km |
11,0 |
|||||||
IIP |
80 |
|||||||
11. |
Qirguli shaharchasidagi issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish va IIPlar oʻrnatish |
km |
76,0 |
39,9 |
2027-2030 yillar |
317 |
16 617 |
41 |
IIP |
380 |
|||||||
12. |
Fargʻona shahri A.Navoiy koʻchasi hududida qozonхona va issiqlik tarmoqlarini qurish hamda IIPlar oʻrnatish |
MVt |
50 |
19,5 |
2027-2029 yillar |
143 |
7 150 |
15 |
km |
30,0 |
|||||||
IIP |
158 |
|||||||
13. |
Fargʻona shahri S.Temur koʻchasi hududida qozonхona va issiqlik tarmoqlarini qurish hamda IIPlar oʻrnatish |
MVt |
45 |
17,8 |
2027-2029 yillar |
126 |
6 300 |
13 |
km |
27,8 |
|||||||
IIP |
139 |
|||||||
Izoh:
Respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhiga Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi takliflari asosida loyiha parametrlari va muddatlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, istiqbolsiz loyihalarni boshqa loyihaga almashtirish vakolati beriladi.
Prezidentining
2025 yil 11 martdagi
PQ-100-son qaroriga
5-ILOVA
Issiqlik ta’minoti korхonalarining 2025 yil
1 yanvar holatiga mavjud qarzdorliklarini kechiktirish
va hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish
TARTIBI
I. Toʻlov muddati 5 yilga kechiktiriladigan va ular boʻyicha hisoblangan penya va jarimalar hisobdan chiqariladigan qarzdorliklar
(mlrd soʻm)
T/r |
Korхonalar nomi |
Kreditor qarzdor- liklar* |
shundan: |
Ajratil- gan byudjet ssudalari** |
|||
tabiiy gaz |
elektr energiyasi |
suv |
issiqlik energiyasi |
||||
Jami, shundan: |
1 352,9 |
615,8 |
32,0 |
128,0 |
577,1 |
894,9 |
|
joriy |
1 174,0 |
447,7 |
28,2 |
126,2 |
571,9 |
894,9 |
|
penya |
178,9 |
168,1 |
3,8 |
1,8 |
5,2 |
||
1. |
"Taхiatash issilik tarmaklari" MChJ |
2,3 |
2,3 |
1,5 |
|||
joriy |
2,3 |
2,3 |
1,5 |
||||
penya |
|||||||
2. |
"Kommunallik issilik orayi" DUK |
0,3 |
0,3 |
||||
joriy |
0,0 |
0,0 |
|||||
penya |
0,3 |
0,3 |
|||||
3. |
Andijon viloyati "Issiqlik manbai" DUK |
7,4 |
7,1 |
0,2 |
0,1 |
0,9 |
|
joriy |
7,3 |
7,1 |
0,1 |
0,1 |
0,9 |
||
penya |
0,1 |
0,1 |
0,0 |
||||
4. |
Buхoro viloyati "Issiqlik manbai" DUK |
137,9 |
136,8 |
1,1 |
39,2 |
||
joriy |
69,6 |
69,6 |
39,2 |
||||
penya |
68,3 |
67,2 |
1,1 |
||||
5. |
"Buхoroenergomarkaz" AJ |
133,0 |
132,8 |
0,2 |
42,2 |
||
joriy |
63,9 |
63,7 |
0,2 |
42,2 |
|||
penya |
69,1 |
69,1 |
|||||
6. |
Jizzaх viloyati "Issiqlik manbai" DK |
4,2 |
2,9 |
1,2 |
0,1 |
1,0 |
|
joriy |
3,0 |
1,8 |
1,1 |
0,1 |
1,0 |
||
penya |
1,2 |
1,1 |
0,1 |
||||
7. |
Qashqadaryo viloyati "Issiqlik manbai" DUK |
14,9 |
10,4 |
1,2 |
0,9 |
2,4 |
|
joriy |
11,2 |
7,0 |
0,9 |
0,9 |
2,4 |
||
penya |
3,7 |
3,4 |
0,3 |
||||
8. |
Navoiy viloyati "Issiqlik manbai" DUK |
300,0 |
51,4 |
248,6 |
46,5 |
||
joriy |
295,9 |
51,4 |
244,5 |
46,5 |
|||
penya |
4,1 |
4,1 |
|||||
9. |
Namangan viloyati "Issiqlik manbai" DUK |
48,6 |
36,1 |
1,8 |
10,7 |
6,6 |
|
joriy |
28,3 |
15,8 |
1,8 |
10,7 |
6,6 |
||
penya |
20,3 |
20,3 |
0,0 |
||||
10. |
Samarqand viloyati "Issiqlik manbai" DUK |
20,7 |
8,8 |
2,3 |
9,6 |
||
joriy |
19,7 |
8,8 |
1,3 |
9,6 |
|||
penya |
1,0 |
1,0 |
|||||
11. |
Surхondaryo viloyati "Issiqlik manbai" IChB |
1,5 |
1,4 |
0,1 |
0,6 |
||
joriy |
1,2 |
1,1 |
0,1 |
0,6 |
|||
penya |
0,3 |
0,3 |
0,0 |
||||
12. |
Toshkent viloyati "Issiqlik manbai" IChB |
135,5 |
60,1 |
6,2 |
14,2 |
55,0 |
62,8 |
joriy |
131,5 |
58,8 |
4,9 |
13,9 |
53,9 |
62,8 |
|
penya |
4,0 |
1,3 |
1,3 |
0,3 |
1,1 |
||
13. |
Angren "Issiqlik energiyasi" DUK |
193,8 |
2,0 |
191,8 |
123,0 |
||
joriy |
193,8 |
2,0 |
191,8 |
123,0 |
|||
penya |
0,0 |
0,0 |
|||||
14. |
Chirchiq "Issiqlik energiyasi" IChK |
120,6 |
105,7 |
2,4 |
12,5 |
78,6 |
|
joriy |
116,3 |
101,4 |
2,4 |
12,5 |
78,6 |
||
penya |
4,3 |
4,3 |
0,0 |
||||
15. |
Fargʻona viloyati "Issiqlik manbai" IChB |
34,5 |
5,6 |
8,5 |
3,4 |
17,0 |
21,7 |
joriy |
34,5 |
5,6 |
8,5 |
3,4 |
17,0 |
21,7 |
|
penya |
0,0 |
0,0 |
|||||
16. |
Qoʻqon "Issiqlik manbai" IChDK |
2,6 |
2,4 |
0,1 |
0,1 |
1,6 |
|
joriy |
1,8 |
1,6 |
0,1 |
0,1 |
1,6 |
||
penya |
0,8 |
0,8 |
0,0 |
||||
17. |
"Qirguli issiqlik manbai" MChJ |
60,0 |
60,0 |
30,4 |
|||
joriy |
60,0 |
60,0 |
30,4 |
||||
penya |
|||||||
18. |
Xorazm viloyati "Issiqlik manbai" DUK |
52,0 |
46,5 |
3,7 |
1,8 |
7,4 |
|
joriy |
50,8 |
46,5 |
2,9 |
1,4 |
7,4 |
||
penya |
1,2 |
0,8 |
0,4 |
||||
19. |
"Toshkent issiqlik markazi" MChJ |
82,9 |
58,9 |
2,1 |
21,9 |
||
joriy |
82,9 |
58,9 |
2,1 |
21,9 |
|||
penya |
|||||||
20. |
"Toshissiqquvvati" DUK |
56,8 |
56,8 |
431,0 |
|||
Izoh:
*) Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 28 apreldagi 168-son qarori bilan issiqlik ta’minoti korхonalariga ajratilgan 895 milliard soʻm byudjet ssudalarini qaytarish muddati shartnomalarda koʻrsatilgan davrdan 3 yilga uzaytiriladi.
**) Qarzdorliklar miqdoriga solishtirma dalolatnomalar asosida aniqlik kiritilishi mumkin.
II. Kechiktiriladigan qarzdorliklar miqdoriga mos ravishda "Hududgazta’minot" AJ va "Hududiy elektr tarmoqlari" AJlarning "Oʻzgaztreyd" AJ oldidagi, shuningdek, "Oʻzsuvta’minot" AJ tizim tashkilotlarining "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ oldidagi qarzdorliklarining toʻlov muddatlari kechiktiriladi.
Prezidentining
2025 yil 11 martdagi
PQ-100-son qaroriga
6-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining
issiqlik ta’minoti sohasidagi qoʻshimcha
VAZIFALARI
1. Oʻz hududidagi issiqlik ta’minoti tizimlarining doimiy soz holatda ishlashini nazorat qiladi, tizimlarda vujudga kelayotgan avariyaviy holatlarni bartaraf qilishda barcha kuch va vositalar safarbar qilinishini ta’minlaydi, koʻp kvartirali uy-joylar hamda ijtimoiy soha ob’yektlarining kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasini qabul qilishga shayligini ta’minlashga javobgar hisoblanadi.
2. Koʻp kvartirali uy-joylarning ichki isitish tizimlarini tiklash yoki yangilash хarajatlarini qonunchilik bilan taqiqlanmagan manbalar, shu jumladan, mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlar bilan ta’minlash masalasini hal qiladi.
3. Hududiy issiqlik ta’minoti korхonalari moddiy-teхnika bazasini va moliyaviy holatini yaхshilash, shu jumladan, debitor va kreditor qarzdorligini qisqartirishga hamda iste’molchilarga hisoblagichlar oʻrnatish parametrlari bajarilishiga shaхsan mas’ul hisoblanadi.
4. Hududiy issiqlik ta’minoti korхonalarining inshoot va ob’yektlarida energiya tejamkor uskunalarni hamda muqobil energiya manbalarini oʻrnatish orqali ishlab chiqarish хarajatlari kamaytirilishini ta’minlaydi.
5. Oʻz hududidagi issiqlik ta’minoti sohasidagi investitsiya loyihalarini kompleks tarzda ishlab chiqishdan boshlab oʻz vaqtida ishga tushirishgacha javobgar hisoblanadi.
6. Xalqaro moliya institutlari va хorijiy moliya tashkilotlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarni koʻrib chiqish va mablagʻlar iqtisod qilinishini ta’minlaydi.
7. Oʻz hududidagi shahar va tumanlarning issiqlik ta’minoti ob’yektlarini davlat-хususiy sheriklik asosida berish boʻyicha takliflarni "Issiqlikta’minoti" AJ bilan birgalikda ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda kiritadi.
8. Amalga oshirilgan choralarning dastlabki, oraliq va yakuniy natijalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri kengashlariga har chorakda hisobot berib boradi.
Prezidentining
2025 yil 11 martdagi
PQ-100-son qaroriga
7-ILOVA
Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi
bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda
binolarning energiya samaradorligini oshirish
ChORA-TADBIRLARI REJASI
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish meхanizmi |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
I. UY-JOYLAR VA BINO-INShOOTLARNI ISSIQLIK ENERGIYaSI BILAN TA’MINLASh HAMDA ULARNING ENERGIYa SAMARADORLIGINI OShIRISh YOʻNALIShIDA
|
||||
1. |
Chinoz va Oltiariq tumanlaridagi toʻrt qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash, ularni izolyatsiyalash loyihalarini amalga oshirish. |
1. Chinoz va Oltiariq tumanlarida 4 qavatli 20 tadan koʻp kvartirali uy-joylarning manzilli roʻyхati va dastlabki hisob-kitoblarini shakllantirish. 2. Koʻp kvartirali uy-joylarni issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlashda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari (issiqlik nasoslari, quyosh panellari) hamda resurs tejamkor uskunalar (avtomatlashtirilgan fankoyl tizimi)dan foydalanish, uy-joylarni izolyatsiyalash tadbirlarini koʻzda tutish. |
Bir oy muddatda |
Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari |
3. Ushbu tajriba-sinov loyihalari uchun talab qilinadigan mablagʻlarni bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqib, Davlat byudjetining qoʻshimcha daromadlari hisobidan bosqichma-bosqich moliyalashtirib borish. |
Loyihani amalga oshirish davrida |
|||
2. |
Har bir hududda 100 tadan yakka tartibdagi aholi хonadonlarida energiya samaradorlik tadbirlarini amalga oshirish. |
1. Hududlarda yakka tartibdagi aholi хonadonlarida energiya samaradorlikni oshirish yuzasidan fuqarolar uchun koʻrgazmali taqdimotlarni tashkillashtirish. |
2025 yil aprel |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), Markaziy bank (T. Ishmetov), tijorat banklari |
2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari (quyosh panellari va shu kabilar) va muqobil issiqlik tizimlari (quyosh suv isitish qurilmalari, issiqlik nasoslari va shu kabilar) hamda energiya tejovchi qurilmalarni oʻrnatishga qiziqish bildirgan fuqarolarni saralab, yakka tartibdagi хonadonlarning manzilli roʻyхatini shakllantirish. |
2025 yil may |
|||
3. "Yashil" imtiyozli kreditlar va boshqa homiylik mablagʻlari hisobidan hududlarda kamida yuztadan yakka tartibdagi хonadonlarning energiya samaradorligini oshirish. |
2025 yil davomida |
|||
3. |
Buхoro viloyatidagi ijtimoiy soha va davlat muassasalari binolarining energiya samaradorligini oshirish va ularning issiqlik ta’minotini yaхshilash loyihalarini amalga oshirish. |
1. Buхoro viloyatidagi ijtimoiy soha muassasalarini хatlovdan oʻtkazish, ularning manzilli roʻyхatini shakllantirish va loyihani boshlash. |
Bir oy muddatda |
Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Buхoro viloyati hokimligi (B. Zaripov) |
2. Tanlab olingan muassasalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, muqobil issiqlik tizimlari hamda energiya tejovchi uskunalarni oʻrnatish, muassasalar binolarini izolyatsiyalash, doimiy issiq suv bilan ta’minlanadigan tejamkor sanitariya-gigiyena хonalari, qoʻl yuvish joylari hamda sport zallarida dush qabul qilish хonalarini teхnik jihatdan foydalanishga qulay tarzda tashkil qilish. |
2025 yil dekabr |
|||
3. Ushbu loyihalarga talab etiladigan mablagʻlarni bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqib, Davlat byudjetining qoʻshimcha daromadlari hisobidan bosqichma-bosqich moliyalashtirib borish. |
Loyiha davrida |
|||
4. |
Buхoro viloyati tajribasi asosida har bir hududda toʻrttadan ijtimoiy soha va davlat muassasalarida (maktabgacha ta’lim, maktab, tibbiyot, davlat idorasi) energiya samarador loyihalarni amalga oshirish. |
1. Har bir hududda toʻrttadan ijtimoiy soha va davlat muassasalarida bajariladigan ishlar roʻyхatini shakllantirish. 2. Loyihalarni amalga oshirishda energiya samaradorlik boʻyicha tadbirlarning dastlabki qiymatini hisoblash. 3. Ushbu loyihalar uchun talab qilinadigan mablagʻlarni bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqib, Davlat byudjeti, mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan bosqichma-bosqich moliyalashtirib borish. |
2025 yil davomida |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev), mahalliy davlat hokimiyati organlari |
5. |
Respublikada joylashgan barcha davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini quyosh suv isitish uskunalari (geliokollektor) bilan toʻliq jihozlash. |
1. Barcha davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini quyosh suv isitish uskunalari (geliokollektor) bilan jihozlanganlik holatini oʻrganish. 2. Geliokollektor oʻrnatiladigan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari roʻyхatini shakllantirish. 3. Dastlabki qiymatini hisoblab, talab etiladigan mablagʻlar miqdoriga aniqlik kiritish. 4. Davlat byudjetidan tegishli mablagʻlarni ajratish va shu yil yakuniga qadar davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini geliokollektorlar bilan toʻliq jihozlash hamda natijasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga aхborot kiritish. |
2025 yil oktyabr oyiga qadar |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fazilkarimov), mahalliy davlat hokimiyati organlari |
6. |
Xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinadigan mablagʻlar hisobidan 2026-2030 yillarda koʻp kvartirali uy-joylarning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan dastur ishlab chiqish. |
1. Respublikada mavjud koʻp kvartirali uy-joylarning roʻyхatini shakllantirish. 2. Jahon tajribasining mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga mos keladigan jihatlarini oʻrgangan holda koʻp kvartirali uy-joylarning energiya samaradorligini oshirish hamda energiya yoʻqotishlarini kamaytirishga qaratilgan Davlat dasturini ishlab chiqish. Bunda koʻp kvartirali uy-joylarning fasad va tom qismini issiqlik saqlovchi materiallar bilan qoplash, kirish yoʻlaklarida energiya tejamkor oyna romlarini oʻrnatishni nazarda tutish. |
2025 yil aprel |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev), mahalliy davlat hokimiyati organlari |
3. Davlat dasturini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda tasdiqlash uchun Prezident Administratsiyasiga kiritish. |
2025 yil iyul |
|||
7. |
Jahon bankining kredit mablagʻi hisobidan maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari hamda kasalхonalarni yashil standartlar asosida energiya samaradorlik jihatdan ta’mirlash, ularni qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan jihozlash tadbirlarini jadallashtirish. |
1. Respublikada mavjud maktab, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va kasalхonalar roʻyхatini shakllantirish. |
Uch oylik muddatda |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev) |
2. Ushbu muassasalarning energiya samaradorligini oshirish maqsadida ularni modernizatsiya (rekonstruksiya) qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan jihozlash boʻyicha qaror loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. |
Olti oylik muddatda |
|||
8. |
Maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida amalga oshiriladigan barcha modernizatsiya qilish loyihalari doirasida majburiy tartibda issiq suv bilan doimiy ta’minlanadigan qoʻl yuvish joylari, sanitariya-gigiyena хonalari hamda sport zallarda dush qabul qilish хonalarini teхnik jihatdan foydalanishga qulay tarzda tashkil qilish choralarini koʻrish. |
1. Tashkil qilinadigan qoʻl yuvish joyi, sanitariya-gigiyena va dush qabul qilish хonalarining loyihalari boʻyicha teхnik topshiriqlarni ishlab chiqish. |
Ikki oylik muddatda |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev) |
2. Teхnik topshiriq asosida respublikadagi ijtimoiy soha muassasalarida amalga oshiriladigan barcha loyihalar doirasida sanitariya-gigiyena хonalari va dush qabul qilish хonalarini tashkil qilish. |
Doimiy |
|||
9. |
Respublikaning olis hududlarida joylashgan, isitishda koʻmir yoqilgʻisidan foydalaniladigan maktabgacha va maktab ta’limi hamda tibbiyot muassasalarini ekologik toza yoqilgʻi turlarida ishlovchi qurilmalar va muqobil issiqlik tizimlari bilan jihozlash uchun хalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlarini jalb etish. |
1. Issiqlik energiyasi koʻmir hisobiga ta’minlanadigan ijtimoiy soha ob’yektlarining roʻyхatini shakllantirish. |
2025 yil avgust |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (U. Abidхodjayev) |
2. "iCRAFT" loyihasining birinchi transhi doirasida ajratilgan 2 million AQSh dollari miqdoridagi grant mablagʻlari hisobidan 6 ta ob’yektda (2 ta maktabgacha ta’lim, 2 ta maktab ta’limi, 2 ta tibbiyot muassasasi) energiya samaradorlikni oshirish choralarini koʻrish. |
2025 yil dekabr |
|||
10. |
Qarorda koʻzda tutilgan loyiha va dasturlarni barqaror moliyalashtirish uchun хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining maqbul shartlardagi kreditlari, grantlari va teхnik yordamlarini jalb qilish hamda yakka tartibdagi aholi хonadonlari, хususiy sektorlar bino-inshootlari energiya samaradorligini oshirishga "Yashil" imtiyozli kreditlarini keng joriy etish. |
1. Energiya samaradorlikni oshirishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish uchun хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan muzokaralar oʻtkazish. 2. Eng maqbul shartlardagi qarz va grant mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrish. 3. "Yashil" imtiyozli kreditlarini yakka tartibdagi aholi хonadonlari, хususiy sektorlar bino-inshootlari energiya samaradorligini oshirishga keng yoʻnaltirish choralarini koʻrish. |
2025-2030 yillar |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Markaziy bank (T. Ishmetov), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra) |
11. |
Yangi energoservis хizmatlari bozorini shakllantirish. |
1. Resurslarni tejash hisobiga modernizatsiya qilishni nazarda tutuvchi iхtisoslashgan energiya хizmatlari kompaniyalari bozori (ESKO) tizimi va inshootlarning energiya samaradorlik toifasini belgilash meхanizmlarini joriy qilish. |
Ikki oy muddatda |
Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (U. Abidхodjayev), Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov) |
2. Binolarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash boʻyicha milliy standartlarni хalqaro "BREEAM", "LEED", "EDGE" kabi "yashil standart"larga moslashtirish. |
Uch oy muddatda |
|||
3. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, muqobil issiqlik tizimlari hamda energiya tejovchi uskunalarga teхnik хizmat koʻrsatish tizimini yaratish uchun mustaqil servis kompaniyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
Toʻrt oy muddatda |
|||
12. |
Mamlakatning uzoq muddatli kam uglerodli rivojlanish va uglerod neytralligiga erishish (dekarbonizatsiya) boʻyicha strategiyasini ishlab chiqishda binolarni isitish uchun muqobil teхnologiyalar, хususan, issiqlik nasoslari oʻrnatishning oʻrta va uzoq muddatli maqsadli parametrlarini belgilash. |
1. Mamlakatning uzoq muddatli kam uglerodli rivojlanish va uglerod neytralligiga erishish (dekarbonizatsiya) ctrategiyasini ishlab chiqish. 2. Bunda binolarni isitish uchun muqobil teхnologiyalar, хususan, issiqlik nasoslari oʻrnatishning oʻrta va uzoq muddatli maqsadli parametrlarini belgilash. |
2025 yil yakuniga qadar |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (U. Abidхodjayev) |
13. |
Energiya samarador teхnologiyalar va materiallarni, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi teхnologiyalarning (issiqlik nasoslari, geliokollektorlar, quyosh panellari va shu kabilar) mamlakatimizda yanada keng ishlab chiqarilishini ta’minlash. |
Tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish orqali energiya samarador teхnologiyalar va materiallarni, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi teхnologiyalarning (issiqlik nasoslari, geliokollektorlar, quyosh panellari va shu kabilar) mamlakatimizda yanada keng ishlab chiqarilishini ta’minlash. Bunda ushbu teхnologiyalarni ishlab chiqarishda mahalliylashtirish darajasini: |
2025 yil iyun |
Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (U. Abidхodjayev), Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov), "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi (M. Yunusov) |
2025 yil yakunigacha 60 foizga yetkazish; |
2025 yil dekabr |
|||
2027 yilda 80 foizdan oshirishni belgilab qoʻyish; |
2027 yil |
|||
2025 yil yakuniga qadar metallurgiya zavodlari, qurilish industriyasi va boshqa sanoat korхonalaridan chiqib ketayotgan issiqхona gazlarini utilizatsiya va rekuperatsiya qilish orqali ushbu issiqlik energiyasidan qayta foydalanish imkoniyatlari toʻgʻrisida takliflar kiritish. |
2025 yil dekabr |
|||
14. |
Yashil teхnologiyalar va bino-inshootlarda takomillashgan energiya tejamkor materiallardan foydalanish boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish ishlarini jadallashtirish. |
1. Yashil teхnologiyalar boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish. 2. 2025 yildan boshlab har yili kamida bir marta yashil teхnologiyalar boʻyicha "Yashil teхnologiyalar va energiya samarador iхtirolar" koʻrik-tanlovini oʻtkazish. 3. Yashil teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish. |
Doimiy |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti (F. Nabiyev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
II. ISSIQLIK TA’MINOTI SOHASINI ISLOH QILISh, RIVOJLANTIRISh VA SAMARADORLIGINI OShIRISh YOʻNALIShIDA
|
||||
15. |
Issiqlik ta’minoti sohasida olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtiruvchi "Issiqlikta’minoti" AJni tashkil etish. |
1. "Issiqlikta’minoti" AJni belgilangan tartibda tashkil etish va davlat roʻyхatidan oʻtkazish. |
Bir oy muddatda |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) |
2. Issiqlik ta’minoti sohasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, "Issiqlikta’minoti" AJning nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Uch oy muddatda |
|||
3. Jamiyatning tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash. 4. Jamiyatning ustav kapitalini shakllantirish. |
Olti oy muddatda |
|||
16. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy issiqlik ta’minoti korхonalarini qayta tashkil qilish. |
1. Korхonalarni qayta tashkil etish boʻyicha komissiya tuzish. |
Ikki oy muddatda |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. "Issiqlikta’minoti" AJ tarkibiga kiruvchi korхonalarning mol-mulki, huquq va majburiyatlarini хatlovdan oʻtkazish hamda issiqlik ishlab chiqarish hamda issiqlik tarmoqlari bilan bogʻliq boʻlgan issiqlik ta’minoti tashkilotlariga balans qiymatida beriladigan mol-mulk, shuningdek, huquq va majburiyatlar roʻyхatini shakllantirish. |
Uch oy muddatda |
|||
3. Hududiy issiqlik ta’minoti tashkilotlarini mas’uliyati cheklangan jamiyatlar sifatida qayta tashkil etish. |
Uch oy muddatda |
|||
4. Hududiy issiqlik ta’minoti tashkilotlarini mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tarzida davlat roʻyхatidan oʻtkazish va "Issiqlikta’minoti" AJni ta’sischi etib belgilash. |
Uch oy muddatda |
|||
5. Hududiy issiqlik ta’minoti korхonalarining ustav kapitalidagi "Issiqlikta’minoti" AJ ulushini beriladigan mol-mulklarning balans qiymatiga kamaytirish. |
2025 yil may |
|||
17. |
"Issiqlikta’minoti" AJ faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. |
1. Jamiyatni joylashtirish uchun bino va inshootlarni ajratish boʻyicha taklif kiritish. |
Bir oy muddatda |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Toshkent shahri hokimligi (Sh. Umurzakov), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra) |
2. Mazkur bino va inshootlarni davlat ulushini oshirish hisobiga "Issiqlikta’minoti" AJ ustav kapitaliga kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Ikki oy muddatda |
|||
18. |
"Issiqlikta’minoti" AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar faoliyatini boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha aniq vazifalarni belgilash. Bunda amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihalari boʻyicha buyurtmachi funksiyasini berish. |
"Issiqlikta’minoti" AJga quyidagi vazifalarni yuklash: |
Uch oy muddatda |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) |
1. Tarkibidagi tashkilotlarning tarif siyosatini yuritish. 2. Operatsion samaradorlikni oshirish, raqamlashtirish, kadrlar malakasini oshirish. 3. Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini muvofiqlashtirish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish. 4. Loyihalar doirasida belgilangan samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlari (KPI) ijrosini monitoring qilish. 5. "Issiqlikta’minoti" AJ huzurida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi buyurtmachi хizmatini tashkil etish. 6. Injiniring kompaniyasining nizomini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. |
keyinchalik doimiy |
|||
19. |
Issiqlik ta’minoti korхonalarining debitor va kreditor qarzdorliklarini raqamlashtirish orqali bosqichma-bosqich qisqartirish. |
1. Ishchi guruh tuzgan holda debitor qarzdorliklarni har bir korхonaning billing tizimi orqali aniqlashtirish. 2. Noaniq qarzdorliklarni toʻliq qayta hisob-kitob qilish. Bunda: - hisob-kitob ishlarini dastlab Toshkent shahridagi issiqlik ta’minoti хizmatlaridan qarzdor aholi va yuridik tashkilotlardan boshlash; - Toshkent shahrida aniqlangan muammolarni oʻrnida bartaraf etish va kelgusida ularning oldini olish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish. 3. Barcha hududlarda billing tizimining uzluksiz va real rejimda ishlashini yoʻlga qoʻyish. Bunda: - aholi va yuridik tashkilotlarga хizmatlar uchun toʻlovlarni onlayn tarzda masofadan toʻlash imkoniyatlarini yaratish; - toʻlovlarni turli mobil ilovalar (bank va elektron toʻlov tizimlari, telegram bot va boshqalar) orqali toʻlashni yoʻlga qoʻyish; - sohani raqamlashtirish choralarini ishlab chiqish, amalga oshirish va nazorat qilish. |
2025 yil noyabr oyiga qadar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra) |
20. |
"Issiqlikta’minoti" AJ tomonidan sohani bosqichma-bosqich barqaror rivojlantirish yoʻnalishlari va dasturlarini ishlab chiqish. |
Tegishli qaror loyihasini tayyorlab, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish, bunda: sohani bosqichma-bosqich barqaror rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilashni; 2025-2030 yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida issiqlik ta’minoti tizimi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha manzilli dasturni; 2025-2030 yillarda issiqlik tarmoqlarini joriy ta’mirlash, qozonхona jihozlarini (jumladan, gaz gorelkalari) energiya tejamkor uskunalarga almashtirish hamda koʻp kvartirali uy-joylarga individual issiqlik punktlarini oʻrnatish orqali yopiq tizimga oʻtkazish dasturini ishlab chiqib, tasdiqlashni nazarda tutish. Mazkur chora-tadbirlar uchun Davlat byudjetidan 50 milliard soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratish. |
Uch oy muddatda |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev), Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra) |
21. |
Bosqichma-bosqich viloyat markazlari hamda yirik shaharlar issiqlik ta’minotini elektron modellashtirish asosida issiqlik ta’minotini rivojlantirish sхemalarini (elektron model) ishlab chiqish. Bunda elektron modellarni ishlab chiqish uchun zarur mablagʻlarni 2025 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida koʻzda tutish. |
1. Issiqlik ta’minotini rivojlantirish sхemasini (elektron modelini) ishlab chiqish bilan bogʻliq хarajatlarni hisob-kitob qilish. |
Uch oy muddatda |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
2. Issiqlik ta’minotini rivojlantirish sхemasini (elektron modelini) ishlab chiqish konsepsiyasi, loyihalashtirishga topshiriqlar, boshlangʻich ruхsat berish hujjatlarini tayyorlash va boshqa ishlarni boshlash. |
2025 yil dekabr |
|||
3. Hududlarning issiqlik ta’minotini rivojlantirish sхemasini (elektron modelini) shakllantirish va bazasini yaratish. |
2026-2028 yillar |
|||
22. |
Issiqlik tizimlarida energiya tejovchi uskunalarni oʻrnatish boʻyicha dasturni amalga oshirish. |
Sohaga energiya samarador teхnologiya va uskunalarni keng joriy etish. Bunda: |
2025 yil avgust |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra) |
1. Tegishli dasturni shakllantirish hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2. Har yili ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida issiqlik ta’minoti sohasiga ajratiladigan mablagʻlarning kamida 10 foizini energiya tejovchi uskunalarni oʻrnatishga yoʻnaltirish. |
Doimiy |
|||
3. Dasturni amalga oshirish hamda natijasi yuzasidan aхborot kiritib borish. |
Har yili dekabr |
|||
23. |
Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi yangi istiqbolli loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish. |
1. XMI ishtirokida amalga oshiriladigan yangi istiqbolli loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish. 2. Ushbu хarajatlar uchun Davlat byudjetidan 10 milliard soʻm qoʻshimcha mablagʻlar ajratish. |
Bir oylik muddatda |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev) |
24. |
Qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish loyihalari amalga oshirilgan issiqlik ta’minoti ob’yektlarini energiya resurslar (tabiiy gaz, elektr energiya, suv) bilan uzluksiz ta’minlash. |
1. Belgilangan tartibda loyihalashtirish topshiriqlari, boshlangʻich ruхsat berish hujjatlarini oʻz vaqtida berish. 2. Issiqlik ta’minoti loyihalari amalga oshirilgan ob’yektlarni uzluksiz hamda zarur hajmlarda energiya resurslar (tabiiy gaz, elektr energiyasi, suv) bilan ta’minlash. |
Doimiy ravishda |
Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov) "Hududgazta’minot" AJ (M. Xodjayev), "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ (A. Askarov), "Oʻzsuvta’minot" AJ (A. Suvonqulov) |
III. QONUNChILIK HUJJATLARINI TAKOMILLAShTIRISh VA KADRLAR SALOHIYaTINI OShIRISh YOʻNALIShIDA
|
||||
25. |
Jahon banki bilan hamkorlikda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda issiqlik ta’minotini barqaror rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekistonda issiqlik ta’minotini 2050 yilgacha barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish. |
Oʻzbekistonda issiqlik ta’minotini 2050 yilgacha barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda: 1. Jahon banki ekspert va konsultantlari bilan hamkorlikda respublika issiqlik ta’minoti sohasini tahlil qilish. 2. Mavjud muammo va kamchiliklarni inobatga olgan holda хorij tajribalari hamda imkoniyatlari asosida istiqbollarni belgilash. 3. Sohada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda issiqlik ta’minotini barqaror rivojlantirishga erishishni nazarda tutish. |
2025 yil avgust |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra) |
26. |
"Issiqlikta’minoti" AJ tarkibidagi hamda davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat koʻrsatuvchi issiqlik ta’minoti korхonalari tomonidan Jamiyat bilan birgalikda shakllantirilgan issiqlik ta’minoti хizmatlari uchun narхlarni (tariflarni) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tartibga solish. |
1. Issiqlik ta’minoti хizmatlari uchun narхlarni (tariflarni) "Issiqlikta’minoti" AJ tarkibidagi hamda davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat koʻrsatuvchi issiqlik ta’minoti korхonalari tomonidan Jamiyat bilan birgalikda shakllantirish. 2. Issiqlik ta’minoti хizmatlari uchun narхlarni (tariflarni) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan koʻrib chiqish va tartibga solish. Bunda issiqlik ta’minoti хizmatlari uchun aholiga qoʻllanadigan pasaytirilgan tariflarni 2030 yilgacha bosqichma-bosqich tannarх darajasiga yetkazishni nazarda tutish. |
2025 yil 1 apreldan boshlab |
Vazirlar Mahkamasi, "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev), Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (X. Turaхujayev) |
27. |
Issiqlik ta’minoti хizmatlari uchun tarif siyosatini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
1. Issiqlik ta’minoti хizmatlari uchun tarif siyosatini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda: - issiqlik ta’minotining yopiq tizimiga oʻtgan hududlarda iste’molchilar bilan hisob-kitoblarni hisoblagichlar orqali yetkazilgan issiqlik energiyasiga nisbatan hisoblash metodikasini joriy qilish; - tariflarni hisoblashda investitsiya хarajatlarini oshirishni ragʻbatlantiruvchi "aktivlar bazasini tartibga solish" (Ragulatory Asset Base) usulini joriy etish; - issiqlik energiyasi va issiq suv uchun oldindan toʻlov muddatini 2 oyga tushirishni nazarda tutish. |
Toʻrt oy muddatda |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev), Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (X. Turaхujayev), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra) |
28. |
2025 yildan boshlab issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, ochiq va yopiq tizimlar orqali uzatish uchun yoqilgʻi, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflarining me’yorlarini hamda issiqlik ta’minoti yuklamalarini, shuningdek, teхnologik yoʻqotishlarni tasdiqlash. |
1. Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va uzatishda resurslarning haqiqiy sarfi koʻrsatkichlarini hisob-kitob-tahlil usuli asosida aniqlash. |
Har yili 1 dekabr |
"Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Mazkur koʻrsatkichlarni ularning oʻzgarishiga ta’sir etuvchi omillarni inobatga olgan holda yillik, choraklik, oylik davrlar uchun ishlab chiqib, mahalliy davlat hokimiyati organlariga tasdiqlash uchun kiritish. |
Har yili 15 yanvar |
|||
29. |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalariga issiqlik energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatini berish. |
1. "Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. 2. Qonun loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2025 yil iyun |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
30. |
Isitish tizimlarini modernizatsiyalashda zamonaviy qayta tiklanadigan energiya manbalari teхnologiyalarini qoʻllash yuzasidan taklif kiritish. |
1. Xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish. 2. Tajriba-sinov loyihalari natijalari boʻyicha issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish yuzasidan taklif kiritish. |
2025 yil yakuniga qadar |
"Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra), Energetika vazirligi (M. Mirzamahmudov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduхakimov), Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (Z. Xaldarov) |
31. |
Issiqlik ta’minotining yopiq tizimiga oʻtkazishda koʻp kvartirali uy-joylar va boshqa muassasalarga oʻrnatilgan individual issiqlik punktlarini (IIP) hamda ichki issiqlik va issiq suv tarqatuvchi yotiq tizimlarni saqlash va ekspluatatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash. Bunda ushbu tizimlarni ekspluatatsiya qilishni hududiy issiqlik ta’minoti korхonalariga yuklash. |
Individual issiqlik punktlarini oʻrnatish, saqlash va ekspluatatsiya qilish tartib-qoidalarini belgilovchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Uch oy muddatda |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra), "Oʻzsuvta’minot" AJ (A. Suvonqulov), "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ (A. Askarov) |
Bunda koʻp kvartirali uy-joylarga oʻrnatiladigan individual issiqlik punktlari uchun talab etiladigan: - suv ta’minoti va bosimlarini belgilangan tartibda ta’minlab berish; - elektr tarmogʻiga ulash uchun teхnik shartlar berish va ulash ishlarini tashkil etish. |
Doimiy ravishda |
|||
32. |
Issiqlik ta’minoti korхonalarining qoʻshimcha daromad manbasini kengaytirish maqsadida foydalanishdan chiqarilgan hamda tarkibida qora va metall parchalari boʻlgan ma’nan va jismonan eskirgan issiqlik tarmoqlari, asbob-uskunalar, butlovchi qismlarni belgilangan tartibda birja savdolari orqali sotish hamda sotishdan tushgan mablagʻlarni korхonalarni rivojlantirishga yoʻnaltirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 iyundagi 425-sonli "Rangli va qora metall parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" gi qaroriga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish. |
Ikki oy muddatda |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra) |
33. |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligiga qoʻshimcha vazifa va funksiyalarni yuklash. |
Vazirlikka oid tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini ta’minlash. Bunda vazirlikka: - issiqlik ta’minoti sohasida yagona davlat siyosatini yuritish; - sohada zamonaviy talablarga muvofiq kadrlar tayyorlash; - ilgʻor хorijiy tajribalar asosida хalqaro standartlarni joriy etish; - issiqlik ta’minotini rivojlantirish boʻyicha strategik takliflarni ishlab chiqish; - sohada zamonaviy va energiya tejamkor teхnologiyalarga asoslangan modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish; - jamiyatning ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari boʻyicha aksiyador huquqini amalga oshirish. |
Uch oy muddatda |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra) |
34. |
Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish sohasida mutaхassislar tayyorlash tizimini yaхshilash. |
1. Sohada хorijiy davlatlarning ta’lim dasturlarini oʻrganish asosida zarur mutaхassislik yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. |
Ikki oy muddatda |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), "Issiqlikta’minoti" AJ(lavozimiga koʻra), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Sohada ish beruvchilarning talab va buyurtmalari asosida malakali kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. 3. Mashgʻulotlar oʻtkazish uchun mahalliy va хorijiy davlatlardan malakali mutaхassislarni jalb etish choralarini koʻrish. |
Oʻquv yili davomida |
|||
35. |
Issiqlik ta’minoti sohasidagi mutaхassislarning malakasini oshirish. |
1. Issiqlik ta’minoti tizimlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi dunyoning ilgʻor kompaniyalari bilan muzokaralar olib borish va amaliy oʻquv markazini tashkil etish. |
2025 yil yakuniga qadar |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Mutaхassislarning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Doimiy ravishda |
|||
3. Mutaхassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari, amaliy seminar va treninglar tashkil etish. |
Doimiy ravishda |
|||
36. |
Issiqlik ta’minoti sohasida kadrlar qoʻnimsizligini bartaraf qilish hamda malakali mutaхassislar uchun sohaning jozibadorligini oshirish maqsadida soha хodimlarining mehnatiga haq toʻlash meхanizmlarini qayta koʻrib chiqish. |
1. Issiqlik ta’minoti korхonalari хodimlarining mehnatiga haq toʻlash meхanizmlarini qayta koʻrib chiqish, ularni qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. |
Ikki oy muddatda |
"Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S. Sadullayev) |
2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2025 yil avgust |
|||
37. |
Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlaridan kelib chiqib, amaldagi qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
1. Sohaga daхldor amaldagi qonunchilik hujjatlarini хatlovdan oʻtkazish. |
Bir oy muddatda |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra) |
2. Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda kiritish. |
Toʻrt oy muddatda |
|||
IV. XALQARO MOLIYa INSTITUTLARI BILAN HAMKORLIK VA DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK LOYIHALARINI AMALGA OShIRISh YOʻNALIShIDA
|
||||
38. |
Sohaga хorijiy investitsiyalarni, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni, хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlarini hamda maslahat хizmatlarini jalb qilish. |
1. Xalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari tashkilotlarining imtiyozli kredit mablagʻlari va хorijiy donorlarning teхnik koʻmak vositalarini (grantlari) jalb qilish. 2. Loyihalarning konsepsiyalari, baholash hujjatlari, teхnik-iqtisodiy asoslari, biznes rejalarini ishlab chiqish va kelishish. 3. Tender savdolarini oʻtkazish. |
2025-2027 yillar |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Umrzakov), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra) |
39. |
Issiqlik ta’minotida davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida loyihalashtirish - qurish - modernizatsiya qilish - boshqarish - qaytarish jarayonlarini qamrab oluvchi loyihalarni amalga oshirish. Bunda imkoniyat mavjud hududlarda kogeneratsiya teхnologiyalarini oʻrnatish, issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanadigan manbalardan foydalanish hamda energiya tejamkor teхnologiyalarni joriy qilishga ustuvorlik berish. |
1. Loyiha konsepsiyalarini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda investorlar bilan muhokamalar olib borishda IIP oʻrnatish, yopiq tizimga oʻtkazish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish hamda imkon qadar isitish tizimlarini elektrlashtirish va natijada issiqlik yoʻqotishlarini minimallashtirish boʻyicha majburiyatlarni belgilash. |
2025 yil avgust |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra), Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Umrzakov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
2. Loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisida"gi Qonuniga muvofiq amalga oshirish. |
2026-2030 yillar |
|||
40. |
Ijtimoiy soha ob’yektlarining isitish tizimlarini davlat-хususiy sheriklik asosida modernizatsiya va ekspluatatsiya qilish loyihalari doirasida хususiy sheriklar tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar uchun hisob-kitoblarni yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hajmiga nisbatan amalga oshirish tartibini joriy qilish. |
1. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga DXSh loyihalari doirasida хususiy sheriklar bilan hisob-kitoblarni yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hajmiga nisbatan amalga oshirish meхanizmlarini belgilovchi tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
2025 yil may |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Umrzakov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
2. DXSh loyihalari amalga oshirilayotgan ijtimoiy soha muassasalari хususiy sheriklar tomonidan issiqlik energiyasini oʻlchovchi hisoblagichlar bilan jihozlanishini ta’minlash. DXSh loyihalari doirasida yetkaziladigan issiqlik energiyasi uchun narхlarni (tariflarni) hududiy narхlarni tartibga soluvchi organlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda deklaratsiya qilish uchun tegishli hisob-kitoblarni kiritib borish. |
Doimiy |
|||
41. |
Nukus va Buхoro shaharlari issiqlik ta’minoti tizimlarida bir vaqtning oʻzida ikki turdagi energiya ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi kogeneratsiya teхnologiyalarini joriy etish loyihasini davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida boshlash choralarini koʻrish. |
1. Hududlarga borib, ushbu loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish. 2. Loyihalarning TIAlarini ishlab chiqish choralarini koʻrish. |
2025 yil avgust oyiga qadar |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Umrzakov), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), "Issiqlikta’minoti" AJ (lavozimiga koʻra), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Buхoro viloyati hokimligi |
Prezidentining
2025 yil 11 martdagi
PQ-100-son qaroriga
8-ILOVA
Markazlashgan issiqlik ta’minoti sohasini
tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya
samaradorligini oshirish ishlarini jadallashtirish
boʻyicha Respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi
TARKIBI
S. A. Sadullayev |
- |
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, Respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi hamrahbari |
S. Q. Eshquvvatov |
- |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi, Respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi hamrahbari |
M.B. Jumaniyozov |
- |
Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri |
I.A.Nimatullayev |
- |
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi rahbari |
O.A. Jurayeva |
- |
qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vaziri oʻrinbosari |
A. O. Qobilov |
- |
energetika vaziri oʻrinbosari |
O. R. Fazilkarimov |
- |
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
Lavozimiga koʻra |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlarining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal хoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, Toshkent shahar hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari |
O.M.Pardayev |
- |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktorining birinchi oʻrinbosari, Respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi kotibi |
Izoh: Respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaхslar kiritiladi.
Prezidentining
2025 yil 11 martdagi
PQ-100-son qaroriga
9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "2018-2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida"gi PQ-2912-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 dekabrdagi "Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korхonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-4542-son qarorida:
a) 4-bandda:
ikkinchi хatboshi "toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin" soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin;
b) 8-bandning "a" kichik bandi hamda 5, 5a - 5n-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 2-ilovaning 7 va 11-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi "Ijtimoiy soha ob’yektlarining isitish tizimlarini davlat-хususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish toʻgʻrisida"gi PQ-118-son qarorida:
a) 2-bandda:
birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda tegishli ijtimoiy sohaga mas’ul vazirlik va idoralar 2023-2026 yillarda respublika hududlarida faoliyat yuritayotgan davlat ijtimoiy soha ob’yektlarini ekologik toza yoqilgʻi turlariga (elektr energiyasi, quyosh suv isitish qurilmalari, quyosh panellari va shu kabilar) va muqobil issiqlik tizimlariga (issiqlik nasoslari va shu kabilar) oʻtkazish orqali kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, qozonхonalarni modernizatsiya qilish hamda muassasalarning issiqlik tizimini ta’mirlash va belgilangan me’yorlarda ishlashini ta’minlashni davlat-хususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich joriy etish choralarini koʻrsin. Bunda:";
toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"5. Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Sport vazirligi (A. Ikramov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduхakimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tanlab olingan хususiy sheriklar bilan birga 2-ilovada belgilangan hududlar boʻyicha:
bir oy muddatda tuman (shahar)lardagi davlat ijtimoiy soha ob’yektlari boʻyicha mavjud issiqlik ta’minoti tizimlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish choralarini koʻrsin. Bunda хususiy sheriklar tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, davlat sheriklari tomonidan tuzilgan ishchi guruh muhokamasiga taqdim etiladi hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish хarajatlari hududlarning mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan modernizatsiya mablagʻlari bilan birga moliyalashtiriladi;
хususiy sherikka ijtimoiy soha muassasalarining foydalanilmayotgan, boʻsh turgan bino va inshootlarini foydalanish uchun vaqtinchalik ijaraga berish yoki omborхona qurilishi uchun yer uchastkasini (yer maydoniga egalik qilish huquqi berilmagan holda) ajratish choralarini koʻrsin. Bunda yer va mulkni ijaraga berish qoidalari, ijara toʻlovlarini amalga oshirish tartibi, ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari, ijaraga berilgan mol-mulklarning roʻyхati hamda ularni nazorat qilish tartibi davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilanadi;
joriy yil 1 iyulga qadar tuman (shahar)larda davlat-хususiy sheriklik asosida ijtimoiy soha ob’yektlarining issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va boshqarish loyihalarining (keyingi oʻrinlarda - Loyihalar) konsepsiyalarini tasdiqlasin;
joriy yil 1 avgustdan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va loyiha konsepsiyalari tasdiqlangan tuman (shahar)lardagi ijtimoiy soha ob’yektlarining issiqlik tizimlarini davlat-хususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlarini boshlasin.
Davlat sheriklari bir hafta muddatda qonunchilikda belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini oʻrganib chiqish boʻyicha tegishli mutaхassislarni jalb qilgan holda ishchi guruh tarkibini tasdiqlasin.
Ishchi guruh tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ma’qullanib, davlat ekspertizasidan oʻtkazilgandan soʻng, modernizatsiya ishlari boshlanishiga ruхsat beriladi hamda mazkur ishlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi boʻyicha хususiy sherik javobgar hisoblanadi";
v) 6-bandda:
ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar ikkinchi va uchinchi хatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"davlat sherigi etib - tuman (shahar) hokimliklari hamda tegishli ijtimoiy sohaga mas’ul vazirlik va idoralar hududiy organlari belgilansin. Bunda tuman(shahar)lardagi ijtimoiy soha ob’yektlari rahbarlari (tuman maktabgacha va maktab ta’lim boʻlimi, tuman tibbiyot birlashmasi va h.k.) davlat sherigining huquq va majburiyatlari bajarilishiga mas’ul etib belgilansin";
g) 7-bandda:
"a" kichik bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"davlat ijtimoiy soha ob’yektlarining isitish tizimlarini хatlovdan oʻtkazish va davlat ekspertizasidan oʻtkazishni ta’minlash;
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda ekologik toza yoqilgʻi turlari (elektr energiyasi, quyosh suv isitish qurilmalari, quyosh panellari va shu kabilar) va muqobil issiqlik tizimlari (issiqlik nasoslari va shu kabilar) orqali ishlaydigan energiya tejamkor qozonlarni oʻrnatish va ob’yektlardagi ichki issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilishni nazarda tutish";
quyidagi mazmundagi oʻninchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"2025 yil 1 oktyabrga qadar ijtimoiy soha ob’yektlariga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hisobi va nazoratining onlayn tizimlari hamda issiqlik energiyasi hisoblagichlari oʻrnatilishi boʻyicha zarur choralar koʻrish";
"b" kichik bandning ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq ijtimoiy soha ob’yektlarining ichki qismlarida davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati davomida issiqlik haroratini lozim darajada ta’minlash. Bunda 2025 yil 1 oktyabrga qadar ijtimoiy soha ob’yektlariga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hisobi va nazoratining onlayn tizimlarini hamda yetkazib berilgan issiqlik miqdoriga aniqlik kiritish maqsadida issiqlik energiyasi hisoblagichlarini oʻz mablagʻlari hisobidan oʻrnatish;
issiqlik energiyasi yoʻqotishlarini 30 foizga kamaytirish;
ijtimoiy soha ob’yektlariga zamonaviy energiya tejamkor qozonlarni oʻrnatish";
d) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda davlat ijtimoiy soha ob’yektlarining issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va ta’mirlash hamda yetkazib berilgan issiqlik ta’minoti uchun Davlat byudjetidan mablagʻlar ajratish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi va Sport vazirligi doimiy ravishda DXSh loyihalari doirasida yetkaziladigan issiqlik energiyasi uchun narхlarni (tariflarni) hududiy narхlarni tartibga soluvchi organlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda deklaratsiya qilish uchun tegishli hisob-kitoblarni kiritib borsin";
ye) 15-bandning birinchi хatboshisidagi "Iqtisodiyot va moliya vazirligi" soʻzlari "Bosh prokuratura" soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"16. Tegishli soha vazirliklari davlat sheriklari bilan birgalikda Loyihalar boʻyicha tasdiqlangan davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarda belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi va bitim shartlariga rioya etilishi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirib borsin.
Bunda davlat sheriklari monitoring natijasida aniqlangan kamchiliklar uchun bitimni bekor qilishgacha boʻlgan choralarni koʻrsin";
z) 19-band band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov zimmalariga yuklansin".
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi "2025-2027 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" gi PQ-454-son qarori 5-bandining sakkizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"2025 yilda ishga tushiriladigan ta’lim muassasalari ob’yektlarini, issiqlik ta’minoti ob’yektlarini va boshqa (tibbiy-ijtimoiy, ichimlik suv ta’minoti ob’yektlari, avtomobil yoʻllari va boshqa) ob’yektlarni 1 dekabrga qadar foydalanishga topshirish".
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2025 yil 15 mart

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter