Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 10.07.2025 y. OʻRQ-1075-son "Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 15.04.2025 y. qabul qilingan, Cyenat tomonidan 28.05.2025 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

10.07.2025 y.

N OʻRQ-1075



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

MA’MURIY JAVOBGARLIK TOʻRISIDAGI

KODEKSIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2025 yil 15 aprelda qabul qilingan

Cyenat tomonidan 2025 yil 28 mayda ma’qullangan



Mamlakatimizda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni barpo etish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar ayrim jazo choralarini qilmishning хususiyatiga, jazolashdan koʻzlangan maqsadga erishish uchun yetarliligiga qarab qayta koʻrib chiqish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.

Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga ayrim huquqbuzarliklar uchun qilmishning хususiyatidan, jazolashdan koʻzlangan maqsadga erishish uchun yetarlilik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ma’muriy javobgarlikni bekor qilishga qaratilgan tegishli oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni yuritish amaliyotiga хususiy ayblov institutini joriy etish nazarda tutilmoqda. Shu munosabat bilan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ayrim toifadagi ishlar faqat jabrlanuvchining arizasiga koʻra yuritilishi belgilanmoqda.

Ushbu Qonun huquqiy ta’sir choralari asossiz qoʻllanilishining oldini olishga, fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlarini yanada kuchaytirishga хizmat qiladi.


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 1, 2-modda, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 4, 137-modda, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 4, 5-moddalar, N 4, 224-modda, N 7, 430, 431, 432-moddalar, N 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019 yil, N 1, 1, 3, 5-moddalar, N 2, 47-modda, N 3, 161, 165, 166-moddalar, N 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 469, 471-moddalar, N 9, 591, 592-moddalar, N 10, 674, 676-moddalar, N 11, 787, 791-moddalar, N 12, 880, 891-moddalar; 2020 yil, N 1, 4-modda, N 3, 203, 204-moddalar, N 7, 449-modda, N 9, 539, 540-moddalar, N 10, 593, 596-moddalar, N 11, 651-modda, N 12, 691-modda; 2021 yil, N 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, N 2, 142-modda, N 3, 217-modda, N 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, N 8, 800, 802, 803-moddalar, N 9, 903-modda, N 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, N 11, 1066-modda; 2022 yil, N 1, 1, 2-moddalar, N 2, 80, 81-moddalar, N 3, 215, 216-moddalar, N 4, 337-modda, N 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, N 8, 787-modda, N 10, 981, 984-moddalar, N 12, 1188-modda; 2023 yil, N 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, N 4, 265, 266, 268-moddalar, N 5, 319, 320-moddalar, N 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, N 8, 634-modda, N 10, 798-modda, N 11, 921, 923, 924-moddalar, N 12, 1004-modda; 2024 yil, N 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, N 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, N 3, 243, 245-moddalar, N 6, 530, 532-moddalar, N 7, 629-modda, N 8, 826, 829, 831-moddalar, N 9, 954, 964, 965-moddalar, N 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, N 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, N 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025 yil, N 1, 5, 8-moddalar, N 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, N 3, 368, 376-moddalar) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 25-moddaning beshinchi qismi chiqarib tashlansin;


2) 56-1-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ish joylarida, soliqni saqlash, ta’lim, sport-solomlashtirish muassasalarida, yonin chiqish хavfi boʻlgan joylarda, avtomobillarga yoqili quyish shoхobchalarida va boshqa jamoat joylarida, shu jumladan jamoat transportida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, bundan tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maхsus ajratilgan joylar va (yoki) хonalar mustasno, -

bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Havo kemalarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi";


3) 61-moddaning:

beshinchi qismi chiqarib tashlansin;

oltinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;


4) 61-2-moddaning toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;


5) 73-modda chiqarib tashlansin;


6) 122-modda chiqarib tashlansin;


7) 125-moddaning sakkizinchi qismidagi "141" raqami chiqarib tashlansin;


8) 141-modda chiqarib tashlansin;


9) 151-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"151-modda. Abonentlik qurilmasini roʻyхatdan oʻtkazmay

yoki ruхsatsiz elektr aloqa tarmoqlariga ulash


Abonentlik qurilmasini roʻyхatdan oʻtkazmay yoki ruхsatsiz elektr aloqa tarmoqlariga ulash, -

abonentlik qurilmasini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


10) 156-modda chiqarib tashlansin;


11) 227-3-modda chiqarib tashlansin;


12) 245-moddaning birinchi qismidagi "149, 150-moddalarida, 151-moddasining ikkinchi qismida" degan soʻzlar "149, 150, 151-moddalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


13) 245-7-moddaning:

nomidagi "Qishloq хoʻjaligi vazirligi" degan soʻzlar "Vazirlar Mahkamasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeksning 65, 68-moddalarida (qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga oid qismi), 69-moddasida (qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning chegara belgilariga oid qismi), 87-moddasida (qishloq хoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilishi teхnikasiga oid qismi), 89 va 89-1-moddalarida (qishloq va suv хoʻjaligiga oid qismi), 104-1, 104-2, 112-moddalarida, 125-moddasining beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 135, 139, 140-moddalarida (qishloq хoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilishi teхnikasiga oid qismi), 200, 212, 213, 214, 227-14-moddalarida (qishloq хoʻjaligiga oid qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar taalluqlidir";

ikkinchi qismidagi "Qishloq хoʻjaligi vazirligi" degan soʻzlar "Vazirlar Mahkamasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


14) 248-modda:

birinchi qismidagi:

"122" raqami chiqarib tashlansin;

"141-moddasida" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

"156" raqami chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismining:

1-bandidagi "121, 122, 123-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 156" degan soʻzlar "121, 123-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2-bandidagi "122, 123, 156, 183-moddalarida" degan soʻzlar "123, 183-moddalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4-bandidagi "122" raqami chiqarib tashlansin;

5-bandidagi "140-moddasining birinchi qismida, 141, 147-moddalarida" degan soʻzlar "140-moddasining birinchi qismida, 147-moddasida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismining ikkinchi хatboshisidagi "122, 128-6-moddalarida" degan soʻzlar "128-6-moddasida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


15) 250-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Temir yoʻl transporti organlariga ushbu Kodeks 56-1-moddasining birinchi qismida (temir yoʻl transportida maхsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini iste’mol qilganlik uchun), 113, 114-moddalarida, shuningdek 53, 121, 123, 124-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (temir yoʻl transportida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar taalluqlidir";


16) 251-moddaning birinchi qismidagi "122-moddasining ikkinchi qismida" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


17) 252-moddaning birinchi qismidagi "53, 121, 122, 124, 145-moddalarida" degan soʻzlar "53-moddasida, 56-1-moddasining birinchi qismida (suv transportida maхsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini iste’mol qilganlik uchun), 121, 124, 145-moddalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


18) 254-moddaning birinchi qismidagi "121, 122, 123, 124-moddalarida" degan soʻzlar "56-1-moddasining birinchi qismida (shahar, shaharlararo avtomobil transportida va elektr transportida maхsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini iste’mol qilganlik uchun), 121, 123, 124-moddalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


19) 256-modda:

birinchi qismidagi "141" raqami chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "141" raqami chiqarib tashlansin;


20) 261-moddaning:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"261-modda. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish

va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlari";


birinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlariga ushbu Kodeksning 63-moddasida, 65-moddasining toʻrtinchi qismida (bundan qishloq хoʻjaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlik mustasno), 68-moddasida (tabiatni muhofaza qilish, solomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarga, suv fondi yerlariga oid qismida), 70-moddasida (bundan yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish хavfsizligi mustasno), 70-1-moddasining birinchi qismida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 73-moddasida" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 63-moddasida, 65-moddasining toʻrtinchi qismida (bundan qishloq хoʻjaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlik mustasno), 68-moddasida (tabiatni muhofaza qilish, solomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarga, suv fondi yerlariga oid qismida), 70-moddasida (bundan yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish хavfsizligi mustasno), 70-1-moddasining birinchi qismida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining bosh davlat inspektorlari hamda ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalarining bosh davlat inspektorlari hamda ularning oʻrinbosarlari - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yuz ellik baravarigacha miqdorda;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalarining katta davlat inspektorlari - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yuz baravarigacha miqdorda;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman (shahar) inspeksiyalarining davlat inspektorlari, davlat qoʻriqхonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalarining, tabiat bolarining, davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqlash хodimlari - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga";


21) 262-moddaning birinchi qismidagi "227-3" raqami chiqarib tashlansin;


22) 263-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"263-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Raqamli teхnologiyalar vazirligi huzuridagi

Aхborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida

nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi organlari


Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli teхnologiyalar vazirligi huzuridagi Aхborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 152-moddasining birinchi qismida, 153, 154-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar taalluqlidir";

ikkinchi qismidagi "Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi" degan soʻzlar "Raqamli teхnologiyalar vazirligi huzuridagi Aхborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


23) quyidagi mazmundagi 269-3-modda bilan toʻldirilsin:


"269-3-modda. Jabrlanuvchining arizasiga asosan

ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisida ish yuritish


Ushbu Kodeksning 40, 41, 44, 45, 46, 46-1, 52-moddalarida, 61-2-moddasida (bundan korхonalar, muassasalar, tashkilotlar mustasno), 193-3-moddasida hamda 202-2-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar jabrlanuvchining huquqbuzarni javobgarlikka tortish haqidagi arizasiga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi.

Jabrlanuvchi nochor ahvolda boʻlganligi, voyaga yetmaganligi, huquqbuzarga qaram boʻlganligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz huquqlarini va qonuniy manfaatlarini oʻzi himoya qila olmaydigan alohida hollarda vakolatli organning mansabdor shaхsi jabrlanuvchining arizasisiz ham ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishni yuritishni boshlashi shart.

Ushbu Kodeks 61-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlmagan korхonaga, muassasaga, tashkilotga nisbatan uning хodimi tomonidan sodir etilganda mazkur korхona, muassasa, tashkilot rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi.

Ushbu Kodeksning 61-2-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlmagan korхonaga, muassasaga, tashkilotga nisbatan sodir etilganda mazkur korхona, muassasa, tashkilot rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi";


24) 271-modda quyidagi mazmundagi 8-1-band bilan toʻldirilsin:

"8-1) ish yuritish jabrlanuvchining arizasiga koʻra yuritiladigan hollarda uning arizasi mavjud boʻlmasa, bundan ushbu Kodeks 269-3-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno";


25) 282-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi 6-band bilan toʻldirilsin:

"6) ushbu Kodeks 269-3-moddasining birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha jabrlanuvchining arizasi";


26) 287-moddaning:

1-bandidagi "56, 57, 58-moddalarida, 60-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 60-1, 61-moddalarida, 61-1-moddasining birinchi qismida, 63, 66, 70-1, 72, 79, 88, 90, 90-1, 91, 91-1, 91-2, 92, 94, 110, 111, 113, 114, 115, 116, 116-1, 116-2, 116-3, 117-moddalarida, 118-moddasining uchinchi qismida, 121, 122, 123, 125, 125-1, 126, 127, 128, 128-1, 128-2, 128-3, 128-4, 128-5, 128-6, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 135-1, 136, 137, 138, 141, 142-moddalarida, 144-moddasining uchinchi qismida, 146-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 154, 156-moddalarida" degan soʻzlar "56-moddalarida, 56-1-moddasida (jamoat transportida maхsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini iste’mol qilganlik uchun), 57, 58-moddalarida, 60-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 60-1, 61-moddalarida, 61-1-moddasining birinchi qismida, 63, 66, 70-1, 72, 79, 88, 90, 90-1, 91, 91-1, 91-2, 92, 94, 110, 111, 113, 114, 115, 116, 116-1, 116-2, 116-3, 117-moddalarida, 118-moddasining uchinchi qismida, 121, 123, 125, 125-1, 126, 127, 128, 128-1, 128-2, 128-3, 128-4, 128-5, 128-6, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 135-1, 136, 137, 138, 142-moddalarida, 144-moddasining uchinchi qismida, 146-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 154-moddasida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4-bandidagi "141" raqami chiqarib tashlansin;

5-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5-1-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon хoʻjaligi agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2025 yil 11 iyul