Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 14.11.2025 y. 18-son "Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 18.12.2025 y. 3728-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

18.12.2025 y.

N 3728




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY

AGENTLIGI DIREKTORINING

14.11.2025 y.

N 18


BUYRUGʻI



Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining

faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida"gi va "Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida"gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3150-son "Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.


4. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Direktor                                                                        D.R. Li






Buyruqqa

2-ILOVA



Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy

normativ-huquqiy hujjatlar

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2002 yil 7 fevraldagi 2002-01-son "Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrugʻi (roʻyхati raqami 1108, 2002 yil 13 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2002 y., 5-son).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008 yil 2 iyundagi 2008-10-son "Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida"gi buyrugʻi (roʻyхati raqami 1108-1, 2008 yil 10 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 24-25-son, 235-modda).


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008 yil 26 sentyabrdagi 2008-21-son "Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi buyrugʻi (roʻyхati raqami 1108-2, 2008 yil 22 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 43-son, 437-modda).


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2013 yil 3 dekabrdagi 2013-09-son "Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi buyrugʻi (roʻyхati raqami 1108-3, 2013 yil 10 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 50-son, 656-modda).


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017 yil 27 iyuldagi 2017-05-son "Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi buyrugʻi (roʻyхati raqami 1108-4, 2017 yil 22 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 34-son, 905-modda).


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018 yil 30 oktyabrdagi 2018-12-son "Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi buyrugʻi (roʻyхati raqami 1108-5, 2018 yil 30 noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2018 y., 10/18/1108-5/2254-son).


7. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019 yil 26 fevraldagi 2019-04-son "Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi buyrugʻi (roʻyхati raqami 1108-6, 2019 yil 6 mart) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019 y., 10/19/1108-6/2718-son).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2025 yil 22 dekabr