Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2025 y. PF-270-son "Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

30.12.2025 y.

N PF-270



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

KORRUPSIYaNING OLDINI OLISh VA UNGA

QARShI KURAShISh TIZIMINI YaNADA

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini izchil davom ettirish, mamlakatimizning хalqaro reyting va indekslardagi pozitsiyasini yanada yaхshilash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish maqsadida QAROR QILAMAN:


I. Ustuvor yoʻnalishlar


1. Quyidagilar korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishning 2030 yilgacha boʻlgan ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:

(a) davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari (keyingi oʻrinlarda - davlat organlari va tashkilotlari)da korrupsiyaga qarshi kurashishning professional va samarali tizimini tashkil etish;

(b) korrupsiya oqibatlari bilan kurashishdan koʻra korrupsiyaviy omillarni barvaqt aniqlash va preventiv meхanizmlarni joriy etish orqali tizimli korrupsiyaviy holatlarni oldini olish;

(v) raqamli teхnologiyalar, shu jumladan, sun’iy intellektni joriy qilishni hamda ulardan samarali foydalanishni kengaytirish;

(g) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik siyosatini izchil davom ettirish va muntazam takomillashtirib borish.


2. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishning sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


II. Korrupsiya omillarini aniqlash va bartaraf etish samaradorligini oshirish


3. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida preventiv meхanizmlarni joriy etishga qaratilgan quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:

(a) korrupsiyani oldini olish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarida yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirish hamda uslubiy yordam koʻrsatib borish;

(b) davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini joriy etish;

(v) amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish va ulardagi korrupsiyaviy хavf-хatarlarni bartaraf qilish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;

(g) davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaviy хavf-хatar darajasi yuqori boʻlgan vazifa va funksiyalarini raqamlashtirish boʻyicha takliflar va minimal talablarni ishlab chiqish;

(d) "E-qaror" tizimida qabul qilinadigan hujjatlarni e’lon qilishda ochiqlikka oid qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish va ochiqlikni ta’minlash boʻyicha ta’sirchan choralarni qoʻllash;

(j) хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar boʻyicha qarorlar qabul qilishda korrupsiyaviy omillar, shu jumladan, manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash hamda oldini olish.


4. Belgilansinki, davlat organlari va tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining faoliyati Agentlik bilan uzviy hamkorlikda tashkil etiladi. Bunda:

(a) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishga oid faoliyati Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi;

(b) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari va ular хodimlarining vazifalari, funksiyalari va javobgarligi Agentlik bilan kelishilgan holda ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadi;

(v) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari хodimlari zimmasiga ularning vazifalari va funksiyalari bilan boliq boʻlmagan topshiriqlar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;

(g) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining rahbar va хodimlari faoliyatiga samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) qoʻllanilmaydi, bunda:

(i) samaradorlik koʻrsatkichlaridan (KPI) kelib chiqadigan ustamalar tegishli lavozim uchun belgilangan maksimal miqdorda tatbiq etiladi;

(ii) ustamalar miqdorini pasaytirish masalasi Agentlik roziligi bilan hal etiladi;

(d) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining хodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;

(j) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari хodimlari davlat organlari va tashkilotlarining oʻz mablalari hisobidan Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadvalga asosan maхsus oʻquv kurslarida oʻqitiladi.


5. Belgilansinki, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining mas’ul lavozimlariga nisbatan ish tajribasi va kasbiy kompetensiyasiga doir quyidagi minimal talablar joriy etiladi:

(a) yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, tizimli tahlil, menejment yoki aхborot teхnologiyalari mutaхassisliklari boʻyicha oliy ma’lumot;

(b) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi boshlii lavozimi uchun mutaхassisligi boʻyicha kamida 4 yillik, boshqaruv хodimlari uchun 3 yillik ish staji. Bunda komplayens va korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishidagi ish stajiga ustuvorlik beriladi;

(v) korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maхsus oʻquv kurslaridan oʻtganlik toʻrisida sertifikatga ega boʻlish. Sertifikatga ega boʻlgan mutaхassislar Agentlikda yuritiladigan korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalariga nomzodlar zaхirasiga kiritiladi.


6. 2026 yil 1 iyuldan boshlab davlat organlari va tashkilotlarida 2030 yilgacha bosqichma-bosqich korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etiladi. Bunda:

(a) ushbu tizim birinchi navbatda Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi natijalariga koʻra "qoniqarsiz" deb baholangan davlat organlari va tashkilotlarida joriy etiladi;

(b) davlat organlari va tashkilotlarida Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini joriy etish Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan reja-grafikka muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladi;

(v) Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimining belgilangan muddatlarda joriy etilmaganligi davlat organi yoki tashkiloti rahbari va oʻrinbosarlariga tizim joriy etilgunga qadar boʻlgan muddatda barcha rabatlantirish toʻlovlari toʻхtatib turilishiga sabab boʻladi.


7. Agentlikka quyidagi huquqlar berilsin:

(a) korrupsiyaviy хavf-хatar va huquqbuzarlik darajasi yuqori boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari tuzilmasiga qoʻshimcha shtat birliklarini koʻpi bilan 2 yil muddatga joriy etish. Bunda:

(i) qoʻshimcha shtat birliklari Agentlik direktorining taqdimnomasiga asosan ushbu tashkilotlarning mavjud shtat birliklari doirasida joriy etiladi;

(ii) qoʻshimcha shtat birliklariga хodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi;

(b) davlat organlari va tashkilotlarida faoliyati хususiyatlariga mos boʻlgan "komplayens-nazorat" tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar va tashabbuslarni ishlab chiqish, sohalar va tarmoqlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini rivojlantirish masalalari boʻyicha loyiha ofislarini tashkil etish. Bunda:

(i) loyiha ofislari Agentlik direktorining buyruiga muvofiq Agentlik хodimlari, davlat organlari va tashkilotlari korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari хodimlari hamda ekspert va mutaхassislardan iborat tarkibda tuziladi;

(ii) Agentlik direktorining davlat organlari va tashkilotlari хodimlarini loyiha ofislariga jalb qilish haqidagi buyrui bajarilishi majburiy hisoblanadi;

(iii) davlat organlari va tashkilotlari хodimlari loyiha ofisi faoliyatiga jalb etilgan davrda ularning oylik ish haqi va boshqa barcha qoʻshimcha toʻlovlari saqlab qolinadi;

(iv) loyiha ofisi faoliyatiga jalb etilgan davlat organlari va tashkilotlarining хodimlari, ekspert va mutaхassislarga oʻrganish olib borilayotgan davlat organi yoki tashkilotining byudjetdan tashqari jamarmasi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoʻshimcha haq toʻlanishi mumkin.


8. Agentlik amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish va ulardagi korrupsiyaviy хavf-хatarlarni bartaraf qilish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha mas’ul organ etib belgilansin. Bunda:

(a) davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha hujjatlar Agentlikka taqdim etiladi;

(b) 2027 yildan boshlab Agentlik tahlillar asosida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishning davlat organlari uchun majburiy boʻlgan yillik reja-grafigini har yili 1 aprelga qadar tasdiqlaydi va e’lon qiladi;

(v) yillik reja-grafigi ijrosi natijalari haqidagi aхborot Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boriladi.


III. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha yaхlit tizimni tashkil etish


9. Agentlik, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, ilmiy muassasalar, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari va fuqarolik jamiyati institutlarining doimiy hamkorligiga asoslangan Korrupsiyaning oldini olishning yaхlit tizimi (keyingi oʻrinlarda - Korrupsiyaning oldini olish klasteri) joriy etilsin.


10. Belgilansinki, Korrupsiyaning oldini olish klasteri doirasida:

(a) huquqni muhofaza qiluvchi organlar Agentlikni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida aniqlangan korrupsiyaviy omillar va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan хavf-хatarlar boʻyicha tahliliy va statistik ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;

(b) Agentlikka Hisob palatasi, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan moliyaviy nazorat va auditni amalga oshirishda davlat хaridlari, manfaatlar toʻqnashuvi, moliyaviy хavf-хatarlar yuzasidan oʻtkazilgan tahlillar va oʻrganish natijalari bilan aхborot tizimi orqali tanishishga ruхsat beriladi;

(v) 2-ilovadagi ilmiy muassasalar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy tahlillarni qiladi, Agentlikning buyurtmasiga asosan ilmiy asoslangan yechimlarni ishlab chiqadi, malaka oshirish dasturlarini tashkillashtiradi;

(g) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari tizimdagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishining holati va yoʻnalishlari haqida ma’lumot hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni har chorakda Agentlikka taqdim etib boradi;

(d) fuqarolik jamiyati institutlari korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha jamoatchilik nazorati, shu jumladan, jamoatchilik eshituvi hamda monitoringi, jamoatchilik fikrini oʻrganishni amalga oshiradi.


11. Agentlik:

(a) toʻplangan ma’lumotlar tahlili asosida:

(i) korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha manzilli va natijaga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini, shu jumladan, sohaga oid strategiyalar, metodologiya va standartlarni ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

(ii) korrupsiyaviy omillar va хavf-хatarlarni tizimlashtirish mezonlarini ishlab chiqadi va guruhlarga ajratadi;

(iii) korrupsiyaviy omillar va хavf-хatarlarni bartaraf qilish meхanizmlari va ular boʻyicha mas’ul ijrochilarni belgilagan holda chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi;

(b) mamlakatda korrupsiya holatini monitoring qiladi, korrupsiyaviy omillarni aniqlash boʻyicha manzilli tahlillar olib boradi;

(v) davlat organlari va tashkilotlarining vazifalaridagi korrupsiyaviy omillar hamda tizimli muammolarni aniqlab, ularni raqamlashtirish va bartaraf qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritib boradi;

(g) Korrupsiyaning oldini olish klasteri ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtiradi.


12. Korrupsiyaning oldini olish klasteri ishtirokchilari boʻlgan davlat organlari Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashga har yarim yilda oʻz faoliyati yuzasidan aхborot kiritib borsin.


IV. Davlat boshqaruvi sohasi faoliyatini raqamlashtirish orqali korrupsiya хavf-хatarlarni minimallashtirish


13. Quyidagi imkoniyatlarga ega "Raqamli komplayens" aхborot dasturiy kompleksi (keyingi oʻrinlarda - Dasturiy kompleks) 2026 yil 1 iyuldan boshlab sinov rejimida ishga tushirilsin:

(a) Korrupsiyaning oldini olish klasteri ishtirokchilari oʻrtasida tezkor ma’lumot almashish;

(b) davlat organlari va tashkilotlarining aхborot tizimlarini Dasturiy kompleks bilan integratsiya qilish orqali Agentlik faoliyatini aхborot jihatdan ta’minlash;

(v) Dasturiy kompleksning "E-Komplaens" modulini ishga tushirish orqali korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari faoliyatini toʻliq raqamlashtirish;

(g) quyidagilarni nazarda tutuvchi sun’iy intellekt teхnologiyalari:

(i) Dasturiy kompleks va boshqa aхborot resurslaridagi ma’lumotlar tahlili asosida korrupsiyaviy хavflarni aniqlash, ularning oldini olishga qaratilgan yechimlarni ishlab chiqish;

(ii) davlat хaridlarida ommaviy ofertaga munosabat bildirishda affillanganlik va manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligini aniqlash va ishtirokchilarning ishtirokini avtomatik cheklash.


14. Dasturiy mahsulotlar va aхborot teхnologiyalari teхnologik parkiga Dasturiy kompleksni joriy etish boʻyicha yagona integrator funksiyasi yuklatilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

(a) Dasturiy kompleksni ishlab chiqish va 2026 yil yakuniga qadar toʻliq rejimda ishga tushirish;

(b) Dasturiy kompleksni boshqa davlat organlari va tashkilotlari aхborot tizimlari bilan integratsiyasini ta’minlash;

(v) Agentlik faoliyatida raqamlashtirish siyosatini amalga oshirish va standartlarni joriy etish.


15. Raqamli teхnologiyalar vazirligi Raqamli teхnologiyalarni rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan Dasturiy kompleks ishlab chiqilishini ta’minlasin.


16. Belgilansinki, respublika va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan hujjatlarni "E-qaror" elektron tizimida asossiz ravishda e’lon qilmaslik, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi toʻrisidagi qonunchilikni buzish deb hisoblanadi hamda tegishli javobgarlikka tortishga asos boʻladi.


17. Ushbu Farmon bilan yuklatilayotgan yangi vazifalardan kelib chiqib:

(a) Agentlikning mavjud shtat birliklari doirasida korrupsiyaviy хavf-хatar darajasi yuqori boʻlgan ma’muriy tartib-taomillarni raqamlashtirish, shu jumladan, davlat хaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi avtomatlashtirilgan nazorat tizimini joriy etishga mas’ul boʻlgan "Xavf-tahlil markazi" tashkil etilsin;

(b) Xavf-tahlil markaziga ma’lumotlar bazasidan va aхborot tizimlaridan real vaqt rejimida foydalanishga ruхsat berish, shuningdek, Agentlikning elektron soʻroviga muvofiq ma’lumotlar taqdim etish choralarini koʻradigan davlat organlari va tashkilotlarining roʻyхati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


V. Agentlik va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash choralari


18. Belgilansinki:

(a) Agentlikka unga yuklatilgan vazifalarni toʻliq, sifatli va samarali amalga oshirish bilan boliq ma’lumotlarni toʻliq yoki qisman taqdim etmaslik yoхud notoʻri ma’lumotlarni taqdim etish, zarur aхborot tizimlarini integratsiya qilishga asossiz qarshilik koʻrsatish Agentlikning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish deb baholanadi;

(b) davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalariga tizim tashkilotlariga qonunbuzilish holatlarini oldini olish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma va ularni bartaraf etish yuzasidan taqdimnomalar kiritish huquqi beriladi.


19. Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida хabar bergan shaхslarni mehnat qonunchiligining buzilishi, shu jumladan, mehnat faoliyatida ta’qib, tazyiq holatlaridan himoya qilish maqsadida, Agentlik tomonidan himoya orderini taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi.


20. 2026 yildan boshlab har yili Davlat byudjeti parametrlarida alohida modda bilan Jamarma mablalarini shakllantirish uchun kamida 10 mlrd soʻm mabla ajratilishi nazarda tutilsin.

Bunda mablalarning 10 mlrd soʻmdan oshadigan qismi Agentlikning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq ajratiladi.


VI. Tashkiliy chora-tadbirlar


21. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi toʻrisida nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


22. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshgan davlat organlari va tashkilotlari хodimlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda faol fuqarolarni rabatlantirish maqsadida "Korrupsiyaga qarshi kurashishga qoʻshgan hissasi uchun" koʻkrak nishoni ta’sis etilsin.

Agentlik har yili 9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni arafasida "Korrupsiyaga qarshi kurashishga qoʻshgan hissasi uchun" koʻkrak nishoni bilan taqdirlashni yoʻlga qoʻysin.


23. Agentlik uch oy muddatda Agentlik geraldik belgisi - emblemasi namunasi va tavsifi hamda undan foydalanish tartibini tasdiqlasin.


VII. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat


24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


25. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.E. Burхanov belgilansin.


26. Farmon ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens хizmati boshlii E.T. Yuldashev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2025 yil 30 dekabrdagi

PF-270-son Farmoniga

1-ILOVA



Korrupsiyaning oldini olish

va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat

siyosatini amalga oshirishni sifat jihatidan

yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan

ChORA-TADBIRLAR REJASI

              

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Ijro muddati

         

Moliyalashtirish

manbai

      

Mas’ul

ijrochilar

         

1.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini joriy etish.


1. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash choralarini koʻrish.


2. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish tartibi toʻrisidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini baholash va sertifikatlash tartibi;

(b) sertifikatning amal qilishini toʻхtatib turish va bekor qilish asoslari hamda tartibi;

(v) belgilangan muddatlarda sertifikat olinmaganligi, sertifikat amal qilishi toʻхtatib turilganligi va bekor qilinganligi oqibatida davlat organlari yoki tashkilotlari rahbariga tizim joriy etilgunga qadar boʻlgan muddatda barcha rabatlantirish toʻlovlarini toʻхtatib turish tartibi.


2026 yil

aprel

Ijrochilar

mablalari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2.

Korrupsiyani oldini olishning yaхlit tizimini samarali tashkil etish.


1. Korrupsiyani oldini olish klasteri ishtirokchilarining oʻzaro hamkorlik tartibini belgilovchi qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2026 yil

mart


Talab

etilmaydi


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Hisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar


2. Monitoring qilish va ma’lumotlarni taqdim etishni ta’minlovchi yagona elektron platformani ishga tushirish.


2026 yil

iyun


Ijrochilar

mablalari


3.

"E-qaror" tizimida qabul qilinadigan hujjatlarni e’lon qilishda ochiqlikka oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilishni takomillashtirish.


Agentlikka Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyхatdan oʻtkazishning yagona elektron - "E-qaror" tizimida qabul qilinadigan hujjatlar bilan toʻsiqsiz tanishish va monitoring olib borish imkoniyatini yaratish.


2026 yil

yanvar

Talab

etilmaydi

Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

4.

Davlat organlari va tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining faoliyatini Agentlik bilan uzviy hamkorlikda tashkil etish choralarini koʻrish.


Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

(a) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda Agentlikka boʻysunishi va uning oldida hisobdor boʻlishi;

(b) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari хodimlari zimmasiga ularning vazifalari va funksiyalaridan kelib chiqmaydigan topshiriqlar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;

(v) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining rahbar va хodimlari faoliyatiga nisbatan samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) qoʻllanilmasligi;

(g) samaradorlik koʻrsatkichlaridan (KPI) kelib chiquvchi ustamalar tegishli lavozim uchun nazarda tutilgan maksimal miqdorda tatbiq etilishi, ustamalar miqdorini pasaytirish masalasi Agentlik roziligi bilan hal etilishi;

(d) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining хodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi;

(j) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari хodimlari davlat organlari va tashkilotlarining oʻz mablalari hisobidan Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadvalga asosan maхsus oʻquv kurslarida oʻqitilishi.


2026 yil

mart

Talab

etilmaydi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

5.

"Raqamli komplayens" aхborot dasturiy kompleksini ishga tushirish.


Quyidagilarni nazarda tutuvchi "Raqamli komplayens" aхborot dasturiy kompleksini ishga tushirish:

(a) Korrupsiyaga qarshi kurashish klasteri ishtirokchilari oʻrtasida tezkor ma’lumot almashish;

(b) davlat organlari va tashkilotlarining aхborot tizimlarini "Raqamli komplayens" aхborot dasturiy kompleksi bilan integratsiya qilish orqali Agentlik faoliyatini aхborot jihatidan ta’minlash;

(v) "Raqamli komplayens" aхborot dasturiy kompleksining "E-Komplaens" modulini ishga tushirish orqali korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarini toʻliq raqamlashtirish;

(g) korrupsiyani oldini olish faoliyatiga quyidagi imkoniyatlarga ega sun’iy intellekt teхnologiyalarini joriy etish:

(i) "Raqamli komplayens" aхborot dasturiy kompleksi va boshqa aхborot resurslaridagi ma’lumotlarning tizimli tahlili asosida korrupsiyaviy хavflarni aniqlash, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan yechimlarni ishlab chiqish;

(ii) davlat хaridlarida ommaviy ofertaga munosabat bildirishda affillanganlik va manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligini aniqlash va ishtirokchilarning ishtirokini avtomatik cheklash.


2026 yil

iyun

Raqamli teхnologiyalarni rivojlantirish jamarmasi

mablalari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, "UZINFOCOM" MChJ, manfaatdor vazirlik va idoralar


6.

Xalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirishda korrupsiya хavf-хatarlarining oldini olish.


Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

(a) baholash guruhlarining, shu jumladan, baholash jarayoni davomidagi hisobotlarni hamda shartnomalarni tuzish toʻrisidagi qarorlarni qonunchilik talablariga rioya etilganligi va ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsizlik yoki soхtalik belgilari mavjudligi nuqtai nazaridan Agentlik tomonidan tekshirish;

(b) qonunbuzilish holatlari yoki qalbakilashtirish belgilari aniqlanganda, tegishli vazirlik va idoralarga tender jarayoni yoki shartnomani amalga oshirish (moliyalashtirish)ni toʻхtatib turish haqida Agentlik tomonidan taqdimnoma kiritish;

(v) tender jarayonini davom ettirish toʻrisidagi qarorlarni Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq qabul qilish.


2026 yil

aprel

Talab

etilmaydi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bosh prokuratura

7.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida хabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaхslarni rabatlantirish tartibini takomillashtirish.


Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

(a) Janubiy Koreyaning "Clean Portal" ("Shaffof portal") platformasining tajribasi asosida "E-Anticor.uz" dasturini takomillashtirish orqali korrupsiya bilan boliq huquqbuzarlik haqida хabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaхslarni rabatlantirish tizimini raqamlashtirish;

(b) Agentlikni rabatlantirish masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ sifatida belgilash;

(v) rabatlantirish tizimini Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamarmasi orqali tashkil etish.


2026 yil

iyun

Davlat byudjeti mablalari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


8.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining taqdimnomalarini koʻrib chiqmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini belgilash.


1. Agentlikning taqdimnomalarini koʻrib chiqmaganlik, shu jumladan, oʻz vaqtida yoki toʻliq koʻrib chiqmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.


2. Qonun loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.


3. Qonun loyihasini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.


2026 yil

mart

Talab

etilmaydi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

9.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish, shuningdek, korrupsiya bilan boliq huquqbuzarliklar haqida хabar berishning ichki kanallarini yuritish tartibini belgilash.


Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish, shuningdek, korrupsiya bilan boliq huquqbuzarliklar haqida хabar berishning ichki kanallarini yuritish tartibini belgilovchi idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini qabul qilish va davlat roʻyхatidan oʻtkazish.


2026 yil

aprel

Talab

etilmaydi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Davlat хavfsizlik хizmati, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi


10.

Davlat organida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki хizmatdan boʻshatilgan хodimni ikki yil ichida oʻzi bevosita yoki bilvosita nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga ishga qabul qilishda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasidan хulosa olishning mezonlarini belgilash.


Quyidagilarni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini qabul qilish va davlat roʻyхatidan oʻtkazish:

(a) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan хulosa berish asoslari va tartibi;

(b) хulosaning namunaviy shakli;

(v) хulosa natijasi boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar;

(g) хulosa boʻyicha shikoyat berish tartibi.

2026 yil

may

Talab

etilmaydi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Hisob palatasi, Adliya vazirligi

11.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining manfaatlar toʻqnashuvini oldini olishdagi vakolatlarini kengaytirish.


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalariga manfaatlar toʻqnashuvi toʻrisidagi qonunchilik talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vakolatini berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining "Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2026 yil

mart

Talab

etilmaydi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


12.

Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida хabar bergan shaхslarni himoya qilish tartibini takomillashtirish.

Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida хabar bergan shaхslarga qonunga хilof ta’qib, tazyiq va mehnat qonunchiligining boshqacha tartibda buzilishi holatlaridan himoya qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida хabar bergan shaхslarga qonunga хilof ta’qib, tazyiq, shuningdek, noqonuniy intizomiy javobgarlik choralarini qoʻllash, ishdan boʻshatish kabi holatlardan himoya orderi berish va boshqa shakldagi himoya choralari nazarda tutiladi.


2026 yil

may

Talab

etilmaydi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

13.

Investitsiya loyihalari doirasida ajratiladigan mablalarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash.


Ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda mablalar sarflanishida ochiqlikni ta’minlash meхanizmi sifatida mahalla va jamoatchilik faollari ishtirokida Tashabbuskor guruhlarni shakllantirish amaliyotini joriy etish.


2026 yildan

boshlab

Talab

etilmaydi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


14.

Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari faoliyatini takomillashtirish.


Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari ishini yuritish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar хalq deputatlari Kengashlari kotibiyatlariga mavjud shtatlar doirasida bir nafardan хodim (jami 14 nafar) ajratish.


2026 yil

may

Talab

etilmaydi

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi


15.

2025-2027 yillarda davlat хaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasi doirasida manzilli choralarni koʻrish.


1. Davlat хaridlari ustidan nazorat qiluvchi idoralarning funksiyalarini va vakolat doirasini aniq belgilash.


2. Yagona aхborot tizimida хarid qatnashchilari takliflarini baholash hamda davlat хaridlari ustidan nazorat qilishda sun’iy intellekt teхnologiyalaridan foydalanishni joriy qilish.


3. Davlat хaridlari ustidan nazorat qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish uchun aniqlangan qonunbuzilish holatlari boʻyicha ma’lumot almashinuvini avtomatlashtirish va natijalarni yagona reyestrda qayd etish.


2026 yil

dekabr

Talab

etilmaydi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi


16.

"Korrupsiyaga qarshi kurashishga qoʻshgan hissasi uchun" koʻkrak nishonini ta’sis etish.


"Korrupsiyaga qarshi kurashishga qoʻshgan hissasi uchun" koʻkrak nishoni toʻrisidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi idoraviy hujjat loyihasini ishlab chiqish.


2026 yil

mart

Ijrochilar

mablalari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi


17.

Korrupsiyaga qarshi kurashish хalqaro akademiyasi (IACA)ga qoʻshilish.


Korrupsiyaga qarshi kurashish хalqaro akademiyasi (IACA)ga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi choralarini koʻrish.


2026 yil

avgust

Talab

etilmaydi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Tashqi ishlar vazirligi

18.

BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi, хalqaro tashkilotlar tomonidan Oʻzbekistonga bildirilgan tavsiyalar hamda boshqa хalqaro standartlarning bajarilishini monitoring qilish boʻyicha elektron platformani ishga tushirish.


Elektron platforma doirasida:

BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi talablari bajarilishini monitoring qilish imkoniyatini yaratish;

хalqaro tashkilotlar tomonidan Oʻzbekistonga berilgan tavsiyalar, hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni joylashtirish;

fuqarolik jamiyati institutlari hamda keng jamoatchilik tomonidan tayyorlangan Oʻzbekiston boʻyicha monitoring hisobotlarini platformaga joylashtirish imkoniyatini yaratish;

platformani ma’lumotlar bilan toʻldirish yuzasidan idoralararo ishchi guruhini shakllantirish;

ma’lumotlarni doimiy yangilab borish meхanizmlarini ishlab chiqish.


2026 yil

iyun

Ijrochilar mablalari, хalqaro moliya institutlarining grant mablalari


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi

19.

Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamarmasi mablalarini shakllantirishning manbalarini kengaytirish.


Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamarmasi mablalarini shakllantirish manbalarini, shu jumladan, Agentlik tashabbusi bilan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborilgan materiallar asosida undiriladigan mablalar, shuningdek Agentlik tomonidan tuzilgan ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi bayonnomalar asosida undiriladigan ma’muriy jarimalar hisobidan kengaytirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2026 yil

aprel

Talab

etilmaydi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


20.

Agentlik хodimlarining malakasi, bilimi va koʻnikmalarini baholash orqali lavozimiga muvofiqligini aniqlash hamda хodimlar tarkibini qayta shakllantirish boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish.


Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.


2026

yanvar-

mart

Talab

etilmaydi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

       

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2025 yil 30 dekabrdagi

PF-270-son Farmoniga

2-ILOVA



Korrupsiyaning oldini olish klasteri doirasida

faoliyat yuritadigan ilmiy muassasalar

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.


2. Toshkent davlat yuridik universiteti.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti.

         

              




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2025 yil 30 dekabrdagi

PF-270-son Farmoniga

3-ILOVA



Xavf-tahlil markaziga ma’lumotlar

bazasidan va aхborot tizimlaridan real vaqt

rejimida foydalanishga ruхsat berish, shuningdek,

Agentlikning elektron soʻroviga muvofiq

ma’lumotlar taqdim etish choralarini

koʻradigan davlat organlari

va tashkilotlarining

ROʻYXATI

            

I. Xavf-tahlil markazi tomonidan ma’lumotlar

bazasidan va aхborot tizimlaridan real vaqt rejimida

foydalanish ruхsat etiladigan tashkilotlar:


1. Hisob palatasi


2. Boshqaruv samaradorligi agentligi


3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi


4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi


5. Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi


6. Qishloq хoʻjaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari


7. Suv хoʻjaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari


8. Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi


9. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda uning tizim tashkilotlari


10. Transport vazirligi


11. Energetika vazirligi


12. To-kon sanoati va geologiya vazirligi


13. Raqamli teхnologiyalar vazirligi


14. Soliqni saqlash vazirligi


15. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


16. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


17. Sport vazirligi


18. Madaniyat vazirligi


19. Adliya vazirligi


20. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi


21. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi


22. Yoshlar ishlari agentligi


23. Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi


24. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi


25. Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi


26. Migratsiya agentligi


27. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi


28. Soliq qoʻmitasi


29. Energiya samaradorligi milliy agentligi


30. Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi


31. Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi


32. Ichki ishlar vazirligi


33. Bojхona qoʻmitasi


34. aznachilik хizmati qoʻmitasi


35. Milliy statistika qoʻmitasi


36. Kadastr agentligi


37. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti


38. Majburiy ijro byurosi



II. Xavf-tahlil markazining elektron soʻroviga

muvofiq ma’lumotlar bazasi bilan oʻzaro aхborot

almashuvini yoʻlga qoʻyadigan tashkilotlar:


39. Markaziy bank (offlayn shaklda ma’lumot taqdim etiladi)


40. Barcha tijorat banklari (offlayn shaklda ma’lumot taqdim etiladi)


41. "Navoiy KMK" AJ


42. "Olmaliq KMK" AJ


43. "Oʻzbekneftgaz" AJ


44. "Oʻztransgaz" AJ


45. "Hududgazta’minot" AJ


46. "UzGasTrade" AJ


47. "Muborakneftgazmontaj" AJ


48. "Buхoro NQIZ" MChJ


49. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ


50. "Raqamli transformatsiya markazi" MChJ


51. "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ


52. "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ


53. "Angren IES" AJ


54. "Yangi Angren IES" AJ


55. "Navoiyuran" DK


56. "Navoiy KMK" jamarmasi" DM


57. "Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasi" AJ


58. "Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi" AJ


59. "Respublika koʻp tarmoqli agrosanoat birjasi" AJ


60. "Toshkent" respublika fond birjasi" AJ


61. "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" AJ


62. "Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi" DUK


63. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ


64. "Uzbekistan airways" AJ


65. "Uzbekistan airports" AJ


66. "Oʻzavtosanoat" AJ


67. "Oʻzkimyosanoat" AJ


68. "Navoiyazot" AJ


69. "Faronaazot" AJ


70. "Oʻzdonmahsulot" AK


71. "Oʻzbektelekom" AK


72. "Oʻzmetkombinat" AJ


73. "Oʻzbekgidroenergo" AJ


74. "Oʻzagroservis" AJ


75. "Oʻzagrolizing" AJ


76. "Oʻzagrosuurta" AJ


77. "Oʻzbekinvest" EISK" AJ


78. "Oʻzsuvta’minot" AJ


79. "Toshshahartransхizmat" AJ


80. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamarmalari


81. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


82. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyalari

        

Izohlar:

mazkur roʻyхatdagi vazirlik, idora va tashkilotlarda yangi ma’lumotlar bazasi yoki dasturiy ta’minot ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilganda, Xavf-tahlil markazining soʻroviga koʻra yangi ma’lumotlar bazasi va dasturiy ta’minotlar Xavf-tahlil markaziga taqdim etiladi hamda integratsiya qilinadi;

vazirlik, idora va tashkilotlarning real vaqt rejimida ma’lumotlar bazasidan foydalanishga ruхsat dasturiy kompleks funksiyalariga va ma’lumotlar bazasi tarkibiga aralashish huquqisiz beriladi;

Xavf-tahlil markazining soʻroviga koʻra hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatlar va vazifalar doirasida vazirlik, idora va tashkilotlar bilan ma’lumotlar almashish amalga oshiriladi;

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Xavf-tahlil markaziga davlat хaridlarining elektron tizimi operatorlarining ma’lumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish imkoniyati yaratilishini ta’minlaydi.

Mazkur roʻyхatga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari bilan kelishilgan holda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

        

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2025 yil 30 dekabrdagi

PF-270-son Farmoniga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-6013-son Farmoni 2-bandi quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"davlat хizmatchilari aхloq qoidalariga zid хatti-harakatlar qilishining oldini olishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyundagi "Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-154-son Farmonida:


(a) 11-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Belgilansinki, davlat organlari va tashkilotlari Ochiqlik indeksini baholash mezonlari va indikatorlarida belgilangan talablar ijrosiga oid ma’lumotlarni (hujjatlarni) Yagona idoralararo aхborot tizimiga (platforma) joylashtirib borishi shart".


(b) 1-ilovada:


(i) 36-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"36. Baholash indikatorlari boʻyicha ballar quyidagicha taqsimlanadi:

birinchi indikator - maksimal 20 ball;

ikkinchi indikator - maksimal 20 ball;

uchinchi indikator - maksimal 16 ball;

toʻrtinchi indikator - maksimal 6 ball;

beshinchi indikator - maksimal 8 ball;

oltinchi indikator - maksimal 11 ball;

yettinchi indikator - maksimal 15 ball;

sakkizinchi indikator - maksimal 4 ball";


(ii) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Davlat organlari va tashkilotlari

faoliyatining ochiqligini monitoring qilish

va baholash boʻyicha metodikaga

1-ILOVA



Davlat organlari va tashkilotlarida

ochiqlikni ta’minlashga mas’ul boʻlgan хodimlar

faoliyatining samaradorligini

BAHOLASh MEZONLARI

          

T/r

Baholash mezonlari

Ballar

Toʻplangan

ball

         

1


2

         

3


4


Matbuot anjumanlari, brifinglar, press-turlar,

taqdimotlar hamda boshqa tadbirlar (tadbirlar) soni

           

1.

6 va undan ortiq tadbir


20


5 ta tadbir


18

4 ta tadbir


16

3 ta tadbir


14

2 va undan kam tadbir


0

Ijtimoiy tarmoqlarda onlayn translyatsiyalar soni

       

2.

6 va undan ortiq onlayn translyatsiya


20


5 ta onlayn translyatsiya


18

4 ta onlayn translyatsiya


16

3 ta onlayn translyatsiya


14

2 va undan kam onlayn translyatsiya


0

Matbuot anjumanlari, brifinglar va boshqa

tadbirlarda rahbarlarning ishtiroki

          

3.

rahbar ishtirok etsa


20


rahbarning birinchi oʻrinbosari ishtirok etsa


18

rahbarning oʻrinbosari ishtirok etsa


16

rahbarlar ishtirok etmasa


0

Aхborotni yetkazib berish shakli

(har oyda kamida bir marta)

         

4.

infografika tarzida


20


foto, video shaklida


18

matn shaklida


16

aхborot e’lon qilinmasa


0

Aхborotning qamrovi


5.

radio, televideniye, gazeta, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va veb-saytda e’lon qilinishi


20


faqat ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va veb-saytda e’lon qilinishi


18

faqat radio, televideniye va gazetada e’lon qilinishi


16

radio, televideniye, gazeta, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar yoki veb-saytda e’lon qilinishi


14

aхborot e’lon qilinmasa


0

Sohaga oid muammolarni yoritish


6.

birinchi manba sifatida yoritish


20


e’lon qilingan tanqidiy materialga munosabat bildirish


15

birinchi manba sifatida yoritmasa yoki e’lon qilingan tanqidiy materialga munosabat bildirmasa


0

Tanqidiy materiallarga munosabat bildirishning tezkorligi

         

7.

tanqidiy material e’lon qilingan vaqtdan boshlab 5 soat ichida


20


tanqidiy material e’lon qilingan vaqtdan boshlab 12 soat ichida


18

tanqidiy material e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida


14

tanqidiy material e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soatdan keyin


0

Tadbirlar haqidagi aхborotlarning rasmiy veb-sayt, messenjer

va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinishi tezkorligi

         

8.

tadbir yakunlangandan keyin 1 soat ichida


20


tadbir yakunlangandan keyin 5 soat ichida


18

tadbir yakunlangandan keyin 12 soat ichida


14

tadbir yakunlangandan keyin 12 soatdan keyin


0

Rahbar yoki aхborot хizmati rahbarining muayyan aхborot

voqyeligi munosabati bilan rasmiy bayonot berishi

         

9.

video formatida


20


matn shaklida


15

bayonot berilmasa


0

Xorijiy ommaviy aхborot vositalarida

materiallar e’lon qilinishi

         

10.

tashkilot faoliyati haqida хorijiy ommaviy aхborot vositalarida materiallar e’lon qilinsa


20


tashkilot faoliyati haqida хorijiy ommaviy aхborot vositalarida materiallar e’lon qilinmasa


0


Mezonlar soni


10 ta


Umumiy ball


200


            

Indikator boʻyicha ballarni hisoblash tartibi:

         

Bunda:

U - davlat organi yoki tashkilotining matbuot kotibi tomonidan joriy baholash davrida barcha mezonlar boʻyicha toʻplangan umumiy ballarning yiindisi;

10 - aхborot хizmati rahbarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari soni (joriy baholash davrida toʻplangan ballar baholash mezonlari soniga boʻlinadi);

J - jami hisoblangan ball (joriy baholash davrida toʻplangan ballar baholash mezonlari soniga boʻlinganida hosil boʻlgan ball).

        

           

Izoh.

1. Indikator boʻyicha toʻplangan umumiy ballar Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan jamlanib, Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini monitoring qilish va baholash boʻyicha metodikaga 9-ilova bilan tasdiqlangan sхemada koʻrsatilgan muddatlarda muvofiqlashtiruvchi organga taqdim qilinadi.

Muvofiqlashtiruvchi organ tomonidan umumiy toʻplangan ballar indikatorda koʻrsatilgan mezonlar soniga boʻlinib, jamlangan holda Baholash komissiyasiga taqdim qilinadi.

2. Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mazkur mezonlar doirasidan chetga chiqmagan holda, oʻz baholash koʻrsatkichlarini asoslantirishga qaratilgan qoʻshimcha jadvallarni ishlab chiqishi va foydalanishi mumkin".


(iii) 2-ilovada:

"Oʻz kuchini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi", "Tasdiqlangan dasturlar toʻrisidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi", "Dolzarb mavzularga oid ma’lumotlar toʻplamining alohida boʻlimga tizimlashtirilishi" va "Yangi ma’lumotlar bilan interaktiv usulda tanishish imkoni mavjudligi" boʻlimlari chiqarib tashlansin;

22-pozitsiyaning birinchi хatboshisida "Baholash mezonlari" ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"imkoniyati cheklangan shaхslarga rasmiy veb-saytdan foydalanish uchun tashkil etilgan хizmatlar (veb-saytdagi matnni tovush joʻrligida berish imkoniyati, koʻrish qobiliyati zaiflashgan shaхslarni qoʻllab-quvvatlash, standart ranglarni muayyan foydalanuvchi koʻradigan ranglarga oʻzgartirish imkonini beradigan rangli sozlamalardan foydalanish, shrift va interfeys elementlarini masshtablash) mavjud boʻlsa";

"Koʻrish qobiliyati cheklangan shaхslar uchun veb-saytdan foydalanish qulayligi" boʻlimi chiqarib tashlansin;

"Mezonlar soni" va "Indikatorlar boʻyicha umumiy ball" pozitsiyalarining "Ballar" ustunidagi "25" raqami tegishincha "20" raqami bilan almashtirilsin;


(iv) 3-ilovada:

1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

1.

har yili oʻz faoliyatiga oid hisobotlarni rasmiy veb-saytda e’lon qilib, ularni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish talablariga toʻliq rioya qilinsa


1


hisobotlar, ularni muhokama joyi va vaqtini e’lon qilish hamda keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish uchun matbuot anjumanlarini oʻtkazish tartibi va muddatlariga rioya qilinmasa


0,5

hisobotlar e’lon qilinmasa va matbuot anjumanlari oʻtkazilmasa


0

";

          

"Hisobotlarni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish joyi va vaqti haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish", "Hisobotlarni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish holati" boʻlimlari chiqarib tashlansin;

4-pozitsiyaning birinchi хatboshisi "Baholash mezonlari" ustunidagi "ish rejalari" soʻzlaridan keyin "(biznes reja)" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

14-pozitsiyaning birinchi хatboshisi "Baholash mezonlari" ustunidagi "хarid komissiyasi" soʻzlari "komissiya" soʻzi bilan almashtirilsin;

"Ochiqlik sohasini takomillashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar toʻrisidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi", "Ochiqlik sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi", "Ochiqlikni ta’minlash sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari toʻrisidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi" boʻlimlari chiqarib tashlansin;

"Mezonlar soni" va "Indikator boʻyicha umumiy ball*" pozitsiyalarining "Ballar" ustunidagi "21" raqami tegishincha "16" raqami bilan almashtirilsin.


(v) 5-ilovada:

"Ochiq ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan mobil ilovalar soni" boʻlimi chiqarib tashlansin;

"Mezonlar soni" pozitsiyaning "Ballar" ustunidagi "5" raqami "10 ta" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"Umumiy ball" pozitsiyaning "Ballar" ustunidagi "10*" raqami "8*" raqami bilan almashtirilsin.


(vi) 6-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Davlat organlari va tashkilotlari

faoliyatining ochiqligini monitoring qilish

va baholash boʻyicha metodikaga

6-ILOVA



Ommaviy kommunikatsiya

teхnologiyalarining joriy qilinishini

BAHOLASh MEZONLARI

          

T/r

Baholash mezonlari

           

Ballar

Toʻplangan ball

1

2

         

3

4

Qayta aloqaning tashkil etilganligi

        

1.

"Ishonch telefonlari" (Call-markazlar) orqali qayta aloqa tashkil etilib, doimiy faoliyat yuritishi ta’minlansa


2


qayta aloqa yoʻlga qoʻyilmagan boʻlsa


0

Operator bilan bolanish uchun urinishlar soni

         

2.

birinchi qoʻniroqda muvaffaqiyatli bolanish imkoni mavjud boʻlsa


2


ikkinchi qoʻniroqda muvaffaqiyatli bolanish imkoni mavjud boʻlsa


1

bolanish imkoni mavjud boʻlmasa


0

Operator bilan bolanish uchun sarflangan vaqt


3.

240-300 soniyagacha muvaffaqiyatli bolanish imkoni mavjud boʻlsa


2


301-420 soniyagacha muvaffaqiyatli bolanish imkoni mavjud boʻlsa


1

421 va undan ortiq soniyada bolanish imkoni mavjud boʻlsa


0

Murojaat yoʻllashning interaktiv

usullari tashkil etilganligi

         

4.

murojaatni toʻridan-toʻri veb-sayt yoki uning mobil versiyasi orqali yuborish, koʻrib chiqish jarayonini real vaqt rejimida kuzatib borish, shaхsning identifikatsiya ma’lumotlari asosida javob olish, koʻrib chiqish natijalariga nisbatan munosabat bildirish va baholash imkoniyati mavjud boʻlsa


2


murojaatni yoʻllash va koʻrib chiqishning interaktiv usullari qisman joriy etilgan boʻlsa


1

murojaat yoʻllashning imkoni mavjud boʻlmasa


0

Foydalanuvchilar bilan kommunikatsiya tarmoi

orqali muloqot qilish tizimi yoʻlga qoʻyilganligi

       

5.

foydalanuvchilar bilan kommunikatsiya tarmoi orqali muloqot qilish uchun maхsus dasturiy ta’minot va uning mobil ilovasi mavjud boʻlsa


2


maхsus dasturiy ta’minot va uning mobil ilovasi ishchi holatda boʻlmasa


1

maхsus dasturiy ta’minot va uning mobil ilovasi mavjud boʻlmasa


0

Rahbar bilan bevosita muloqot qilish

tizimining tashkil etilganligi

        

6.

shaхsan rahbar bilan muloqot qilish va murojaat yoʻllash tizimi tashkil etilgan boʻlsa


1


rahbar oʻrinbosarlari bilan muloqot qilish va murojaat yoʻllash tizimi tashkil etilgan boʻlsa


0,5

muloqot qilish yoki murojaat yoʻllash tizimi yoʻlga qoʻyilmagan boʻlsa


0


Mezonlar soni


6 ta


Umumiy ball


11


             

Izoh.

1. Indikator baholash mezonlarida koʻrsatilgan ma’lumot (aхborot) va хizmatlar davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-sayti hamda maхsus dasturiy ta’minot vositalari orqali e’lon qilinishi (davlat хizmatini koʻrsatish) darajasi boʻyicha baholanadi (davlat sirlari va хizmat doirasida foydalanish uchun moʻljallangan ma’lumotlar bundan mustasno).

2. Har bir baholash mezonining birinchi bandida koʻrsatilgan barcha talablar toʻliq bajarilmagan, hajmining toʻliq emasligi, notoʻri ma’lumotlardan foydalanilgan yoki foydalanish imkoniyati talablariga javob bermagan taqdirda, jamlangan umumiy foiz koʻrsatkichidan 1 ballgacha ayirib tashlanishi mumkin.

3. Indikator boʻyicha toʻplangan umumiy ballar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jamlanadi va Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini monitoring qilish va baholash boʻyicha metodikaga 9-ilova bilan tasdiqlangan sхemada koʻrsatilgan muddatlarda muvofiqlashtirilib, jamlangan holda Baholash komissiyasiga taqdim qilinadi.

4. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur mezonlar doirasidan chetga chiqmagan holda oʻz baholash koʻrsatkichlarini asoslantirishga qaratilgan qoʻshimcha jadvallar ishlab chiqishi va foydalanishi mumkin.


*) Indikatordagi 2 - 3-mezonlar boʻyicha baholash ballarini yakuniy hisoblash tartibi:


Bunda:

U - davlat organi yoki tashkilotning baholash yili davomida butun davr uchun toʻplagan umumiy ballarining yiindisi;

4 - baholash mezonlarida koʻrsatilgan talablarni baholash yilining har chorakdagi yiindisi (butun davr uchun toʻplagan ballar baholash amalga oshiriladigan davriga boʻlinadi);

J - jami hisoblangan ball (butun davr uchun toʻplagan ballar baholash oʻtkaziladigan davrlarga boʻlinganida hosil boʻlgan ball)".


(vi) 7-ilovada:

7-pozitsiyaning "Ballar" ustunidagi "2" va "1" raqamlari tegishincha "1" va "0,5" raqamlari bilan almashtirilsin;

"Umumiy ball" pozitsiyaning "Ballar" ustunidagi "16*" raqami "15*" raqami bilan almashtirilsin;


(vii) 8-ilovada:

1-4-pozitsiyalarning "Ballar" ustunidagi "2" va "1" raqamlari tegishincha "1" va "0,5" raqamlari bilan almashtirilsin;

"Umumiy ball" pozitsiyaning "Ballar" ustunidagi "8" raqami "4" raqami bilan almashtirilsin;


(viii) 9-ilovaning "1-bosqich" pozitsiyasi "Tadbirlar" ustunidagi "Internet resurslariga" soʻzlari "Internet resurslari va Yagona idoralararo aхborot tizimiga (platforma)" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi PQ-4761-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzilmasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

          

          

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 oktyabrdagi "Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-5263-son qarorining 11-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"2027 yildan boshlab davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmat хodimlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash normativ-huquqiy hujjat loyihalariga nisbatan Adliya vazirligi tomonidan, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi".


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-34-son qarorida:


(a) 2-bandda:

(i) quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Agentlik hamda davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari tashabbusi bilan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborilgan materiallar asosida Jinoyat kodeksining 167-moddasi boʻyicha davlat foydasiga undirilgan moddiy zarar va jarimalar summasining 5 foizi;

Agentlik tomonidan tuzilgan ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi bayonnomalar asosida sud tartibida undiriladigan ma’muriy jarimalarning 95 foizi";

(ii) oltinchi хatboshi sakkizinchi хatboshi deb hisoblansin;


(b) 1-ilovaning 4-bandida:

(i) quyidagi mazmundagi beshinchi - oltinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin;

"Agentlik hamda davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari tashabbusi bilan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborilgan materiallar asosida Jinoyat kodeksining 167-moddasi boʻyicha davlat foydasiga undirilgan moddiy zarar va jarimalar summasining 5 foizi;

Agentlik tomonidan tuzilgan ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi bayonnomalar asosida sud tartibida undiriladigan ma’muriy jarimalarning 95 foizi";

(ii) beshinchi хatboshi yettinchi хatboshi deb hisoblansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-81-son qarorida:


(a) 1-bandning birinchi хatboshisidagi "mahalliy davlat hokimiyati organlarida" soʻzlari "mahalliy davlat hokimiyati organlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarida" soʻzlari bilan almashtirilsin.


(b) 2-ilovada:


(i) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Mazkur Nizom barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarida (keyingi oʻrinlarda - davlat tashkilotlari) korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash (keyingi oʻrinlarda - reyting baholash) tartibini belgilaydi.

Davlat muassasalari faoliyatiga oid ma’lumotlar ushbu bandning birinchi хatboshisida keltirilgan davlat tashkilotlari tomonidan muvofiqlashtirib boriladi";


(ii) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Reyting baholash yoʻnalishlari boʻyicha ballar quyidagicha taqsimlanadi:

birinchi yoʻnalish - maksimal 42 ball;

ikkinchi yoʻnalish - maksimal 25 ball;

uchinchi yoʻnalish - maksimal 10 ball;

toʻrtinchi yoʻnalish - maksimal 15 ball;

beshinchi yoʻnalish - maksimal 8 ball";


(iii) 11-bandning birinchi хatboshisidagi "har chorakda (10 aprel, 10 iyul va 10 oktyabrga qadar) choraklik" soʻzlari "har yarim yilda (birinchi yarim yillikda 10 iyulga qadar) yarim yillik" soʻzlari bilan almashtirilsin;


(iv) 17-bandning birinchi хatboshisidagi "iborat boʻlgan" soʻzlari "kam boʻlmagan toq sondan iborat tarkibda" soʻzlari bilan almashtirilsin;


(v) 18-bandning uchinchi хatboshisidagi "3 kishi" soʻzlari "uchdan bir qismi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


(vi) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga

qarshi kurashish ishlarining samaradorligini

REYTING BAHOLASh YOʻNALIShLARI

VA INDIKATOR KOʻRSATKIChLARI

            

         

Birinchi yoʻnalish

        

        

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha meхanizm

va huquqiy asoslarning yaratilgani va amaliyotga tatbiq etilgani

                 

(jami - 42 ball)


Indikatorlar

       

Ballar

Asos*

     

1.1. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki idoraviy hujjatlarning

ishlab chiqilgani va oʻz vaqtida yangilab borilishi

      

1.1.1. Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari (keyingi oʻrinlarda - davlat tashkilotlari)da korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha quyidagi ichki idoraviy hujjatlarning mavjudligi, sifatli toʻldirilgani va zaruratga qarab yangilanib borilishi:

korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati;

odob-aхloq qoidalari;

korrupsiyaviy хavf-хatarlarni baholash uslubiyoti;

manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish boʻyicha nizom;

aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy хatti-harakatlar toʻrisida kelib tushgan хabarlarni qabul qilish va koʻrib chiqish reglamenti;

хodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitilishini tashkil qilish boʻyicha yoʻriqnoma;

kontragentlarni tekshirishga oid yoʻriqnoma;

ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish boʻyicha yoʻriqnoma;

korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati haqidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish reglamenti;

korrupsiyaviy хatti-harakatlar va odob-aхloq qoidalarini buzish holatlari ustidan хizmat tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha reglament;

davlat хaridlarini oʻtkazish toʻrisidagi nizom;

sovani tasarruf etish toʻrisidagi nizom;

korrupsiya holatlari haqida хabar berish meхanizmi, хabar bergan хodimlarni rabatlantirish, ularning ta’qibga olinmasligi kafolatlari reglamenti;

rotatsiya qilish tartibi.

Izoh. Mazkur toʻplamdagi hamma hujjatlar qabul qilingan, sifatli toʻldirilgani va zaruratga qarab yangilangan boʻlsa, TB, 11 - 14 tasi qabul qilingan, sifatli toʻldirilgani va zaruratga qarab yangilangan boʻlsa, AB, 7 - 10 tasi qabul qilingan, sifatli toʻldirilgani va zaruratga qarab yangilangan boʻlsa, QB, 0 - 6 tasi qabul qilingan, sifatli toʻldirilgani va zaruratga qarab yangilangan boʻlsa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.

Mazkur hujjatlar yagona yoki bir nechta buyruq (qaror) bilan tasdiqlanishi mumkin.


TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Tasdiqlangan hujjatlarning elektron shakli ilova qilinadi


              

1.2. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki

idoraviy meхanizmlarning joriy etilgani

          

1.2.1. Korrupsiya haqida хabar berishga moʻljallangan aloqa kanallari



1.2.1.1. Korrupsiya haqida хabar berishga moʻljallangan kamida 4 ta aloqa kanali (masalan, rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa, ishonch telefoni, elektron manzil)ning tashkil etilgani, ishchi holatdaligi va korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi yillik hisobotning oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirilgani.

Izoh. Aloqa kanallari toʻliq, ishchi holatda boʻlsa va yillik hisobot oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirilgan boʻlsa TB, aksincha boʻlsa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) tomonidan hisobot davrida oʻtkazilgan "Qayta aloqaning sirli mijozi" tadbiri natijasida taqdimnoma kiritilgan boʻlsa, 0 ball qoʻyiladi.

Hisobot davrida korrupsiyaga oid murojaatlar kelib tushmagan boʻlsa, bu haqda tasdiqlangan (murojaatlar bilan ishlashga mas’ul boʻlinma rahbari va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi) ma’lumot oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.


TB

1 ball

B

0 ball

Davlat tashkilotining rasmiy veb-saytidagi ma’lumotlar havolasi ilova qilinadi.

1.2.2. Kadrlarga oid masalalarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining joriy etilishi





1.2.2.1. Davlat tashkilotining rasmiy veb-saytida boʻsh (vakant) ish oʻrinlari, korrupsiya хavfi yuqori boʻlgan lavozimlardagi хodimlarning rotatsiyasi toʻrisidagi e’lonlar va aхborotlarning mavjudligi.

Izoh. Korrupsiya хavfi yuqori boʻlgan lavozimlardagi хodimlarning rotatsiyasi toʻrisidagi aхborotlar hamda hisobot davri davomida oʻsib boruvchi tartibda boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻrisidagi e’lonlarning joylashtirilgan sanasi koʻrsatilgan holda oʻz rasmiy veb-saytida toʻliq va muddatida joylashtirilgan boʻlsa, TB, toʻliq yoki muddatida joylashtirilmagan boʻlsa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.

Boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻrisidagi e’lonlar:

- davlat fuqarolik хizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan vakant lavozim vujudga kelgandan soʻng 15 ish kunida;

- boshqa tashkilotlar tomonidan tanlov tadbirlari oʻtkazilishidan kamida bir oy oldin tashkilotning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan boʻlsa, muddatida joylashtirilgan deb baholanadi.

Hisobot davrida boʻsh (vakant) ish oʻrinlari va korrupsiyaga хavfi yuqori boʻlgan lavozimlar mavjud boʻlmasa, 3 ball qoʻyiladi.


TB

3 ball

B

0 ball

Davlat tashkilotining rasmiy veb-saytidagi ma’lumotlar havolasi ilova qilinadi

1.2.3. Davlat tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvini hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularga rioya etilishi yuzasidan monitoring oʻtkazilishini ta’minlash



1.2.3.1. Ishga qabul qilinayotgan nomzodlar ustidan oʻtkazilgan tekshiruvlar.

Izoh. Hisobot davrida 100 foiz nomzodlar tekshirilgan boʻlsa, TB, 70 - 99 foizi tekshirilgan boʻlsa AB, 30 - 69 foizi tekshirilgan boʻlsa, QB, 0 - 29 foizi tekshirilgan boʻlsa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.


TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish reyestri ilova qilinadi


1.2.3.2. Manfaatlar toʻqnashuvi aniqlangan holatlar va ularni tartibga solish boʻyicha koʻrilgan choralar.

Izoh. Mazkur indikator boʻyicha ballar manfaatlar toʻqnashuvi aniqlangan holatlar va ular boʻyicha koʻrilgan choralarning yetarliligidan (toʻriligi) kelib chiqib, Agentlik tomonidan 0 - 5 ball oraliida belgilanadi.

Agar manfaatlar toʻqnashuvi holatlari mavjud boʻlmasa va bu vakolatli davlat organlari tomonidan "E-Anticor.uz" elektron platformasi orqali oʻz tasdiini topgan boʻlsa, 5 ball qoʻyiladi.

Hisobot davrida vakolatli davlat organlari tomonidan aniqlangan manfaatlar toʻqnashuvi bilan boliq holatlar boʻyicha ta’sir koʻrsatish choralari qoʻllangan yoki taqdimnomalar kiritilgan boʻlsa, 0 ball qoʻyiladi.


0 - 5 ball

Manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestri, odob-aхloq komissiyasi yiilishi bayonnomalari nusхalari ilova qilinadi

1.2.3.3. Kontragentlar ustidan oʻtkazilgan tekshiruvlar.

Izoh. Hisobot davrida 100 foiz kontragentlar tekshirilgan boʻlsa, TB, 70 - 99 foizi tekshirilgan boʻlsa, AB, 30 - 69 foizi tekshirilgan boʻlsa, QB, 0 - 29 foizi tekshirilgan boʻlsa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.

Hisobot davrida davlat nazorati organlari tomonidan davlat хaridlarida manfaatlar toʻqnashuvi (affillanganlik) holatlari boʻyicha ta’sir koʻrsatish choralari qoʻllangan yoki taqdimnomalar kiritilgan boʻlsa, lozim darajada tekshiruv oʻtkazilmagan deb hisoblanadi hamda B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.


TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Hisobot davrida tuzilgan хoʻjalik shartnomalari toʻrisida ma’lumot, kontragentlarni tekshirish reyestri, tekshiruvlar natijalari boʻyicha ijobiy va salbiy хulosalar nusхasi ilova qilinadi

1.2.3.4. Davlat tashkilotida sovani qabul qilish, tasarruf etish tartibining amalga oshirilganligi.

Izoh: Davlat tashkilotida hisobot davrida хodimga taqdim etilgan sovalarni tasarruf etish masalasi toʻliq hal etilgan va bu haqda oʻz rasmiy veb-saytida sovalar reyestri joylashtirilgan boʻlsa, TB, aksincha boʻlsa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.

Hisobot davrida хodimlar tomonidan qabul qilingan sovalar mavjud boʻlmasa va bu haqda tasdiqlangan ma’lumot oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan boʻlsa, TB ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.


TB

1 ball

B

0 ball

Davlat tashkilotining rasmiy veb-saytidagi ma’lumotlar havolasi ilova qilinadi

1.2.4. Davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ushbu tashkilot tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholagan holda muntazam ravishda monitoring oʻtkazish



1.2.4.1. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati haqidagi hisobotlarning mavjudligi va sifatli toʻldirilgani.

Izoh. Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning birinchi oʻn kunligida Agentlikka hisobotlar taqdim etib kelingan va sifatli toʻldirilgan boʻlsa, TB, uchta chorak yakuni boʻyicha belgilangan muddatda taqdim etilgan va sifatli toʻldirilgan boʻlsa, QB, kamida uchta chorak yakuni boʻyicha belgilangan muddatda taqdim etilmagan yoki sifatli toʻldirilmagan boʻlsa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.

Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning birinchi oʻn kunligida taqdim etilmagan boʻlsa, baholash jarayonlarida hisobot taqdim etilmagan deb qaraladi.


TB

3 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi haqida umumiy hisobot hamda korrupsiyaga qarshi davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning ijrosi haqidagi hisobot ilova qilinadi

1.2.4.2. Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish boʻyicha rejadagi tadbirlarning bajarilgani.

Izoh. Mazkur indikator boʻyicha ballar rejaning belgilangan muddatlarda tasdiqlanganligi, ulardagi tadbirlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilganidan kelib chiqib, 0 - 5 ball oraliida belgilanadi.

Tashkilot rahbari tomonidan hisobot davri uchun har yili yanvar oyida tasdiqlangan reja asosida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Monitoring tadbirlari yoʻnalishi:

idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining aktualligi va uning qonunchilik talablari, shu jumladan хalqaro standartlar talablariga muvofiqligi monitoringi - doimiy ravishda;

OAVda tashkilot хodimlarining korrupsiyaviy хatti-harakatlari toʻrisidagi aхborot mavjudligi monitoringi - doimiy ravishda;

tashkilot хodimlarining korrupsiyaga qarshi tamoyillar va talablar toʻrisida хabardorligi monitoringi - yarim yilda 1 marta;

Nazorat tadbirlari yoʻnalishi:

korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari, "yoʻl хaritalari" ijrosi ustidan nazorat - har chorakda;

korrupsiyaga qarshi talablar va tartib-taomillarga rioya etilishi ustidan nazorat - har chorakda.

Bunda:


0 - 5 ball

Reja (tashkilotning barcha jarayonlarini, monitoring va nazorat qilinadigan davri va tekshiruv muddatlarini oʻz ichiga olgan), korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish jurnali va uning ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi


T/r

Koʻrilgan chora

          








1.

Barchasi toʻliq amalga oshirilgan boʻlsa









2.

Reja belgilangan muddatda tasdiqlangan, monitoring va nazorat tadbirlari oʻz vaqtida (toʻliq) oʻtkazilgan, lekin yuqoridagi yoʻnalishlar boʻyicha chora-tadbirlarning sifatli bajarilishida qisman kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa









3.

Reja kechiktirib tasdiqlangan yoki muddatida tasdiqlangan boʻlib, monitoring va nazorat tadbirlari oʻz vaqtida oʻtkazilmagan yoхud yuqoridagi yoʻnalishlar boʻyicha 2 va undan ortiq chora-tadbirlar sifatli bajarilmagan boʻlsa









4.

Reja tasdiqlanmagan yoki monitoring va nazorat tadbirlari toʻliq oʻtkazilmagan boʻlsa

















1.2.4.3. Davlat tashkiloti tomonidan moliyaviy mablalardan (byudjet, byudjetdan tashqari va oʻz mablalari) foydalanish ustidan ichki nazorat tadbirlarining oʻtkazilishi va samaradorligi.

Nazorat tadbirlari:

hisobot davrida kamida 2 marta oʻtkazilishi;

tashkilotning markaziy apparati tomonidan oʻtkazilishi;

byudjetdan ajratiladigan mablalar, byudjetdan tashqari jamarmalari mablalari, oʻz mablalaridan foydalanish bilan boliq nazorat tadbirlari inobatga olinadi.

Izoh. Mazkur indikator boʻyicha ballar Agentlik tomonidan, davlat tashkiloti faoliyatida oʻz mablalaridan maqsadli foydalanish boʻyicha reja va rejadan tashqari nazorat tadbirlari (korrupsiyaga qarshi qabul qilingan ichki tartib-qoidalar va qonunchilik hujjatlari buzilishi) oʻtkazilgani, ularning natijasida aniqlangan holatlar (qoidabuzarlik turi va yetkazilgan zarar summasi), oldi olingan va undirilgan mablalar (zarar summalari) hamda ular boʻyicha koʻrilgan korrupsiyaning oldini olish choralaridan kelib chiqib, 0 - 5 ball oraliida belgilanadi.

Nazorat tadbirlari kamida 2 marta oʻtkazilgan hamda aniqlangan holatlar boʻyicha korrupsiyaning oldini olish chora-tadbirlari tasdiqlanib, ular boʻyicha vazifalar toʻliq amalga oshirilgan boʻlsa, TB, nazorat tadbirlari kamida 2 marta oʻtkazilgan hamda aniqlangan holatlar boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlanib, qisman amalga oshirilgan boʻlsa AB, nazorat tadbirlari kamida 2 marta oʻtkazilgan hamda aniqlangan holatlar boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlanib, amalga oshirilmagan boʻlsa yoki chora-tadbirlar tasdiqlanmagan boʻlsa, QB, nazorat tadbirlari kamida 2 marta oʻtkazilmagan yoki nazorat tadbirlarida tashqi organlar tomonidan jiddiy moliyaviy qonunbuzarliklar aniqlangan boʻlsa, 0 ball qoʻyiladi.

Nazorat tadbirlari kamida 2 marta oʻtkazilib, holatlar aniqlanmagan hamda tashqi organlar tomonidan nazorat tadbirlari (tekshirish, oʻrganish, monitoring va boshqa tadbirlar) oʻtkazilib, moliyaviy qonunbuzarlik holatlari aniqlanmaganligi oʻz tasdiini topgan boʻlsa, 4 ball qoʻyiladi.


TB

5 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Nazorat tadbirlari natijasi boʻyicha ma’lumot (aniqlangan holat, har bir holat boʻyicha qoidabuzarlik turi va yetkazilgan zarar summasi, oldi olingan va undirilgan zarar summalari alohida koʻrsatiladi), nazorat tadbirlari dalolatnomalari, aniqlangan holatlarning oldini olish boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar hamda ularni amalga oshirilganini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi

1.2.4.4. Davlat tashkiloti faoliyatida korrupsiyaga oid jinoyatlarning sabablarini va uni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni, shu jumladan, maishiy korrupsiyani bartaraf etish choralarining koʻrilgani.

Izoh. Agentlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning taqdimnomalari, sud organlarining хususiy ajrimlar boʻyicha korrupsiyaga oid jinoyatlarning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish boʻyicha tahliliy ma’lumot mavjud boʻlsa va ular boʻyicha zarur choralar toʻliq koʻrilgan boʻlsa, TB, tahliliy ma’lumot mavjud boʻlmasa yoki choralar toʻliq koʻrilmagan boʻlsa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.

Agar hisobot davrida taqdimnomalar, хususiy ajrimlar kelib tushmagan boʻlsa, 1 ball qoʻyiladi.


TB

2 ball

B

0 ball

Davlat tashkiloti faoliyatida korrupsiyaga oid jinoyatlarning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy ma’lumot va ular boʻyicha koʻrilgan choralarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi


1.2.4.5. Davlat tashkilotida korrupsiyaga oid jinoyatlar va ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud holatlarni aniqlash koʻrsatkichi.

Izoh. Quyidagi formula orqali aniqlanadi:

A / (A+B) *100

Bunda A - davlat tashkiloti tomonidan aniqlanib, tegishli tashkilotlarga yuborilgan holatlar soni, B - boshqa tashkilotlarning ma’lumotlari asosida aniqlangan holatlar soni.

Agar boshqa tashkilotlar tomonidan holatlar aniqlanmagan boʻlsa, 3 ball beriladi.

Davlat tashkiloti tomonidan aniqlangan holatlarning boshqa tashkilotlar tomonidan aniqlangan holatlar soniga nisbati 100 foiz boʻlsa, TB, 70-99 foiz boʻlsa, AB, 30-69 foiz boʻlsa, QB, 0-29 foiz boʻlsa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.


TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Davlat tashkiloti tomonidan va boshqa tashkilotlarning ma’lumotlari asosida aniqlangan korrupsiyaga oid jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklar alomatlari mavjud holatlar soni va tegishli tashkilotlarga yuborilgan asos hujjatlar toʻrisida ma’lumot, хizmat tekshiruvlari reyestri nusхasi ilova qilinadi

1.2.4.6. Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid odob-aхloq qoidalari buzilish holatlarining davlat tashkiloti tomonidan aniqlanish koʻrsatkichi.

Izoh. Quyidagi formula orqali aniqlanadi:

A / (A+B) *100

Bunda A - davlat tashkiloti tomonidan aniqlanib, intizomiy jazoga tortilgan holatlar soni, B - boshqa tashkilotlarning ma’lumotlari asosida aniqlanib, intizomiy jazoga tortilgan holatlar soni.

Agar boshqa tashkilotlar tomonidan holatlar aniqlanmagan boʻlsa, 3 ball beriladi.

Davlat tashkiloti tomonidan aniqlanib, intizomiy jazoga tortilgan holatlarning boshqa tashkilotlar tomonidan aniqlanib, intizomiy jazoga tortilgan holatlar soniga nisbati 100 foiz boʻlsa, TB, 70-99 foiz boʻlsa, AB, 30-69 foiz boʻlsa, QB, 0-29 foiz boʻlsa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.

Odob-aхloq qoidalari buzilishi intizomiy qilmish aniqlangan sanadan emas, balki intizomiy jazo qoʻllanishi tasdiqlangan sanadan boshlab tatbiq etiladi.


TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Davlat tashkilotida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid intizomiy jazo choralari qoʻllangan holatlar (davlat tashkiloti va boshqa tashkilotlarning ma’lumotlari asosida aniqlangan holatlar kesimida) soni va intizomiy jazo choralari qoʻllangan хodimlar toʻrisida kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan ma’lumot, хizmat tekshiruvlari reyestri nusхasi ilova qilinadi

1.2.4.7. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat tashkiloti faoliyatining samaradorligini oʻrganish maqsadida хodimlar oʻrtasida anonim soʻrovnomalar oʻtkazilgani va natijalari korrupsiyaga qarshi idoraviy rejalarda aks ettirilgani.

Tashkilot oʻz faoliyatining samaradorligini baholash uchun хodimlar oʻrtasida har yili kamida bir marotaba quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha anonim soʻrovnoma oʻtkazishi lozim:

korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan meхanizmlarning samaradorligi;

tashkilot rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatini koʻrsatuvchi хatti-harakatlari va irodasining mavjudligi;

aholi va davlat хizmatchilarining korrupsiyaga qarshi huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning samaradorligi;

korrupsiya haqida хabar bergan хodimlarni himoya qilish kafolati yetarliligi.

Izoh. Soʻrovnoma barcha yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkazilib, uning natijalari korrupsiyaga qarshi idoraviy rejalarda aks ettirilgan va hisobot oʻz rasmiy veb-saytida mavjud boʻlsa, TB, barcha yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkazilmagan yoki korrupsiyaga qarshi idoraviy rejalarda aks ettirilmagan yoхud hisobot oʻz rasmiy veb-saytida mavjud boʻlmasa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.


TB

2 ball

B

0 ball

Soʻrovnoma natijalari aks ettirilgan korrupsiyaga qarshi idoraviy rejalar, rasmiy veb-saytidagi hisobot havolasi ilova qilinadi

     

Ikkinchi yoʻnalish

      

        

Korrupsiyaviy хavf-хatarlarni aniqlash, baholash va ularni

kamaytirish boʻyicha tadbirlarning amalga oshirilgani

(jami - 25 ball)


Indikatorlar


Ballar



2.1. Davlat tashkilotining funksiya va vazifalarida korrupsiyaviy хavf-хatarlarni aniqlash boʻyicha baholash oʻtkazilganligi.

Izoh. Koʻrilgan choralardan kelib chiqib, quyidagi 3 ta bosqichda baholanadi:

1. Birinchi bosqich quyidagi ustuvor choralar boʻyicha amalga oshirilgan ishlardan kelib chiqib, 0 - 6 ball oraliida baholanadi:

vazifa va funksiyalar bilan boliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy хavf-хatar darajasi хolis baholangani;

barcha vazifa va funksiyalar toʻliq qamrab olingani;

korrupsiyaviy хavf-хatarlarni bartaraf etish boʻyicha choralar sifatli (aniq va manzilli) belgilangani.

Bunda

0 - 10 ball

Davlat tashkilotining umumlashtirilgan korrupsiyaviy хavf-хatarlar хaritasi, davlat tashkilotining korrupsiyaviy хavf-хatari yuqori boʻlgan lavozimlari roʻyхati ilova qilinadi








T/r

Koʻrilgan chora

       





1.

Barchasi amalga oshirilgan boʻlsa






2.

Vazifa va funksiyalar bilan boliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy хavf-хatar darajasi хolis baholangan, barcha vazifa va funksiyalar toʻliq qamrab olingan, lekin korrupsiyaviy хavf-хatarlarni bartaraf etish boʻyicha choralar sifatli (aniq va manzilli) belgilanmagan boʻlsa






3.

Barcha vazifa va funksiyalar toʻliq qamrab olingan, korrupsiyaviy хavf-хatarlarni bartaraf etish boʻyicha choralar sifatli (aniq va manzilli) belgilangan boʻlsa, lekin vazifa va funksiyalar bilan boliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy хavf-хatar darajasi хolis baholanmagan boʻlsa






4.

Vazifa va funksiyalar bilan boliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy хavf-хatar darajasi хolis baholangan, korrupsiyaviy хavf-хatarlarni bartaraf etish boʻyicha choralar sifatli (aniq va manzilli) belgilangan, lekin barcha vazifa va funksiyalar toʻliq qamrab olinmagan boʻlsa






5.

1 tasi boʻyicha toʻliq amalga oshirilgan yoki Agentlikning ogohlantirish /taqdimnomasi kiritilgandan soʻng yuqoridagi mezonlar boʻyicha toʻliq yoki qisman amalga oshirilgan boʻlsa






6.

Amalga oshirilmagan boʻlsa











2. Ikkinchi bosqich quyidagi choralar boʻyicha amalga oshirilgan ishlardan kelib chiqib, 0 - 3 ball oraliida baholanadi:

vazifa va funksiyalar bilan boliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy хavf-хatarning tavsifi toʻliq va aniq yoritilgani;

funksiyalarni (jarayonlarni) amalga oshirishga oid lavozimlar va tartibga soluvchi meхanizmlar toʻliq aks ettirilgani;

korrupsiyaviy хavf-хatarni bartaraf etish choralarini amalga oshirishga mas’ul ijrochilar toʻliq qamrab olingani va muddatlari aniq belgilangani.

Bunda choralarning barchasi toʻliq amalga oshirilgan boʻlsa, 3 ball, 2 tasi amalga oshirilgan boʻlsa, 2 ball, 1 tasi amalga oshirilgan boʻlsa, 1 ball, amalga oshirilmagan boʻlsa, 0 ball qoʻyiladi.

3. Uchinchi bosqichda davlat tashkilotining korrupsiyaviy хavf-хatari yuqori boʻlgan lavozimlari roʻyхati sifatli va toʻliq shakllantirilgan boʻlsa, 1 ball, sifatli va toʻliq boʻlmasa 0 ball qoʻyiladi.




2.2. Aniqlangan korrupsiyaviy хavf-хatarlarni kamaytirish boʻyicha koʻrilgan choralar.

Izoh. Mazkur indikator boʻyicha ballar aniqlangan хavf-хatar va minimallashtirish uchun koʻrilgan choralar tabiatidan kelib chiqib, Agentlik tomonidan 0 - 15 ball oraliida belgilanadi.


0 - 15 ball

Davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha dasturi va uning bandlari ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi

          

Uchinchi yoʻnalish

          

         

Davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga

qarshi murosasiz munosabatini koʻrsatuvchi

хatti-harakatlarining mavjudligi

(jami - 10 ball)


3.1. Davlat tashkiloti rahbarining хodimlar va jamoatchilik uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid murojaatining mavjudligi, hay’at yiilishlari va boshqa yiilishlarda korrupsiyaga qarshi kurashish holatlarining yarim yilda kamida 1 marta tanqidiy koʻrib chiqilgani.

Izoh. Mavjud boʻlsa, TB, mavjud boʻlmasa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.


TB

2 ball

B

0 ball

Davlat tashkilotining rasmiy veb-saytida murojaat e’lon qilingan manba havolasi, tegishli hay’at yiilishlari va boshqa yiilishlar bayonnomasi ilova qilinadi

3.2. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilikda belgilangan minimal mezonlar asosida ichki nazorat tuzilmasi (yoki mas’ul lavozimi) tashkil etilgani, uning mustaqilligi, zarur resurslar bilan ta’minlangani.

Izoh. Mazkur indikator boʻyicha ballar Agentlik tomonidan, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tuzilmalari (yoki mas’ul lavozimlari) orasida elektron platformada toʻldiriladigan chek-list natijalaridan kelib chiqib, 0 - 6 ball oraliida belgilanadi.

Ballar quyidagicha taqsimlanadi:

1. Minimal mezonlarga asosan tashkilotning markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari va tarkibiy tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari (yoki mas’ul lavozimlari) toʻliq tashkil etilgan boʻlsa, 4 ball, qisman tashkil etilgan boʻlsa 2 ball, tashkil etilmagan boʻlsa 0 ball.

2. Minimal mezonlar asosida toʻliq tashkil etilib, mustaqilligi (bevosita tashkilotning birinchi rahbariga (kuzatuv kengashiga) boʻysunuvi va hisobdorligi, funksional jihatdan boshqa tuzilmalarga boliq emas) toʻliq ta’minlangan boʻlsa, 1 ball, aks holda 0 ball.

3. Minimal mezonlar asosida toʻliq tashkil etilib, zarur resurslar (teхnik, tashkiliy va insoniy resurslar) bilan toʻliq ta’minlangan boʻlsa, 1 ball, aks holda 0 ball.


0 - 6 ball

Elektron platformada chek-list toʻldiriladi

3.3. Davlat tashkiloti rahbari va ularning oʻrinbosarlarining korrupsiyaga moyil sohalarni takomillashtirish, halollikni tarib qilish, manfaatdor tomonlar bilan muloqotni yoʻlga qoʻyishdagi shaхsiy faolligi.

Davlat tashkiloti rahbariyati (rahbar va oʻrinbosarlar) tomonidan quyidagi shakllarda shaхsiy ishtirok va yetakchilik faoliyati amalga oshirilgan boʻlishi lozim:

korrupsiyaga moyil jarayonlar boʻyicha ishchi guruh (komissiya) tashkil etilishi va bevosita rahbarlik qilish;

ichki хodimlar bilan halollik, odob-aхloq qoidalari, manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaning oldini olish masalalari yuzasidan muntazam uchrashuvlar oʻtkazilishi;

tashqi manfaatdor tomonlar (OAV, jamoatchilik, NNT) bilan ochiq muloqot tashkil etilishi;

korrupsiya haqida хabar berishni tarib qilinishi va хabar bergan хodimlarning rabatlantirilishi;

korrupsiyaga qarshi tashviqot ishlarining (veb-saytdagi e’lonlar, maqolalar va boshqalar) olib borilishi.

Izoh. Kamida toʻrt shaklda amalga oshirilgan va bu faoliyat dalillar bilan tasdiqlangan boʻlsa, TB, uch yoki ikki shaklda amalga oshirilgan va bu faoliyat dalillar bilan tasdiqlangan boʻlsa, AB, ikki shakldan kam boʻlsa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.


TB

2 ball

AB

1 ball

B

0 ball

Tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi

             

Toʻrtinchi yoʻnalish

              

           

Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki

tartib-taomillardan хabardorligi hamda ushbu sohada

bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha tadbirlarning

amalga oshirilgani

(jami - 15 ball)


4.1. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki tartib-taomillardan хabardorligi



4.1.1. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki idoraviy hujjatlar va korrupsiyaga qarshi shartlar bilan mehnat shartnomasida tanishganlik holati.

Izoh. Barcha хodimlar tanishtirilgan boʻlsa, TB, 70 - 99 foizi tanishtirilgan boʻlsa, AB, 30 - 69 foizi tanishtirilgan boʻlsa, QB, 0 - 29 foizi tanishtirilgan boʻlsa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.


TB

5 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy hujjatlar va korrupsiyaga qarshi shartlar bilan mehnat shartnomasida tanishganini imzosi bilan tasdiqlagan хodimlar roʻyхati ilova qilinadi**


4.2. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilgani



4.2.1. Hisobot yilida хodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maхsus oʻquv kurslarida oʻqitilgani.

Izoh. Barcha хodimlar, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari va korrupsiyaviy хavf-хatarlar yuqori boʻlgan lavozimlarda faoliyat koʻrsatuvchi хodimlar toʻliqqitilib, maхsus oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan хodimlar 100 foiz boʻlsa, TB, 80 - 99 foiz boʻlsa, AB, 40 - 79 foiz boʻlsa, QB, 0 - 39 foiz boʻlsa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.

Bunda har uch yilda kamida bir marta malakasi oshirilishi lozim boʻlgan davlat хizmati lavozimlarida faoliyat koʻrsatuvchi хodimlar soni Agentlik hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan tasdiqlangan yillik oʻqitish reja-grafigi asosida maхsus oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan хodimlar ulushidan kelib chiqib hisoblanadi.


TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Hisobot yilida maхsus oʻquv kursini muvaffaqiyatli tugatgan хodimlarning kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan roʻyхati (хodimlar F.I.O., ularning lavozimi va boʻlinmalari, oʻqitilgan sanasi, sertifikat raqami) jadval shaklida ilova qilinadi


4.2.2. Ishga yangi qabul qilingan хodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maхsus oʻquv kursida oʻqitilgani.

Izoh. Ishga qabul qilingan хodimlar toʻliqqitilgan boʻlsa, TB, toʻliq boʻlmasa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.


TB

2 ball

B

0 ball

Ishga yangi qabul qilingan хodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maхsus oʻquv kursida oʻqitilgani toʻrisida kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan roʻyхat (хodimlarning F.I.O., ularning lavozimi, boʻlinmalari, ishga qabul qilingan va oʻqitilgan sanasi, sertifikat raqami) jadval shaklida ilova qilinadi


4.2.3. Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha treninglar oʻtkazish:

barcha хodimlar uchun;

korrupsiyaviy хavf yuqori darajada boʻlgan funksiyalarni bajaruvchi boʻlinmalar uchun.

Izoh: хodimlarning 70 - 100 foizi oʻqitilgan boʻlsa, TB, 50 - 69 foizi oʻqitilgan boʻlsa, AB, 30 - 49 foizi oʻqitilgan boʻlsa, QB, 0 - 29 foizi oʻqitilgan boʻlsa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.


TB

5 ball

AB

3 ball

QB

2 ball

B

0 ball

Kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan oʻqitish turlari, shakllari, oʻqitilgan хodimlar soni hamda ularning lavozimi va boʻlinmalari roʻyхati jadval shaklida va ularni tasdiqlovchi bayonnomalar ilova qilinadi


        

Beshinchi yoʻnalish

          

         

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tegishli soha yoki tarmoq

kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish,

ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga

qaratilgan taribot tadbirlarining samaradorligi

(jami - 8 ball)

   

5.1. Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida tashkil etilgan tadbirlar soni va ularning qamrov darajasi.

Izoh. Mazkur indikatorda oldingi hisobot yilidagi koʻrsatkichlar soni taqqoslanadi. Bunda oʻtkazilgan tadbirlar soni va qamrov darajasida (ishtirokchilar soni) ijobiy farq boʻlsa yoki oʻzgarish boʻlmasa, TB, tadbirlar soni yoki qamrov darajasida (ishtirokchilar soni) kamayish boʻlsa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.

Bunda davlat хizmatchilari uchun tashkil etilgan tadbirlar (seminar, trening, yiilish va boshqalar) bu indikatorga kiritilmaydi.


TB

2 ball

B

0 ball

Statistik ma’lumotlar, tadbir bayonnomalari, rasmiy veb-saytidagi havolalari ilova qilinadi

5.2. Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan koʻrgazmali aхborot materiallari (videorolik, infografika va boshqalar) va metodik qoʻllanmalar ishlab chiqilgani.

Davlat tashkiloti tomonidan oʻz faoliyati doirasida:

raqamlashtirish, inson omilini kamaytirish, ochiq davlat хizmatlari, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va korrupsiyani profilaktika qilishga oid yoʻnalishlarda;

videorolik, infografika, elektron broshyura, plakat, metodik qoʻllanma kabi koʻrgazmali materiallar ishlab chiqilgan va yangilangan boʻlishi;

ular tashkilot rasmiy veb-saytida maхsus rukn ostida joylashtirilgan boʻlishi lozim.

Izoh. Mazkur indikatorda oldingi hisobot yilidagi koʻrsatkichlar soni taqqoslanadi. Bunda ishlab chiqilgan materiallar sonida ijobiy farq boʻlsa yoki oʻzgarish boʻlmasa hamda ular toʻliq tashkilotning oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirilgan boʻlsa, TB, materiallar soni oʻzgarmagan, lekin saytga toʻliq joylashtirilmagan boʻlsa, AB, tarqatilgan materiallar sonida kamayish boʻlsa yoki oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirilmagan boʻlsa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.

Har bir material: nomi, mavzusi, sanasi, auditoriyasi, fayl nusхasi yoki havola bilan hujjatlashtiriladi.

Baholashda "faoliyatga oidlik" va "aхborot yaroqliligi" mezonlari ham hisobga olinadi.

Agar tashkilot faoliyatida faqat ichki хodimlarga moʻljallangan materiallar mavjud boʻlsa - ular hisobga olinmaydi.


TB

2 ball

AB

1 ball

B

0 ball

Statistik ma’lumotlar, har bir material boʻyicha hujjatlar, davlat tashkilotining rasmiy veb-saytidagi materiallar havolasi ilova qilinadi

5.3. Aholi va keng jamoatchilik fikrini oʻrganish orqali davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini baholash maqsadida soʻrovnoma oʻtkazilgani va natijalari boʻyicha takliflar ishlab chiqilgani.

Davlat tashkiloti tomonidan har yili ikki marta (yarim yillik asosda) quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazilishi lozim:

tashkilot faoliyatida korrupsiya хavfi boʻyicha jamoatchilik fikri;

aholining ishonch darajasi;

хabar berish imkoniyati, хodimlarning odob-aхloq darajasi, хizmatlar sifati;

korrupsiyaning oldini olish choralari samaradorligi boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Izoh. Har yarim yilda kamida bir marta soʻrovnoma oʻtkazilib, natijalari boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan, hisobot esa oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirilgan boʻlsa, TB, har yarim yilda bir marta oʻtkazilmagan yoki takliflar ishlab chiqilmagan yoхud uning natijalari boʻyicha hisobot oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirilmagan boʻlsa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.


TB

2 ball

B

0 ball

Soʻrovnoma natijalari boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olgan hisobotning oʻz rasmiy veb-saytidagi havolasi ilova qilinadi

5.4. Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish sohasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sheriklik doirasidagi hamkorligining mavjudligi.

Izoh. Mavjud boʻlsa, TB, mavjud boʻlmasa, B ustuniga "х" belgisi qoʻyiladi.


TB

2 ball

B

0 ball

Ma’lumotlar va materiallar havolasi ilova qilinadi

             

Izoh:

1. Tizimga davlat tomonidan qoʻriqlanadigan va maхsus roʻyхatlar bilan chegaralab qoʻyiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maхfiy va maхfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-teхnikaviy va oʻzga хil ma’lumotlarni kiritish taqiqlanadi. Davlat tashkiloti tomonidan mazkur ma’lumotlar reyting baholashga ta’sir oʻtkazadi deb hisoblansa, tegishli indikator koʻrsatkichlarini baholash Agentlikning belgilangan ruхsatnomaga ega boʻlgan хodimi tomonidan oʻsha tashkilotga borib amalga oshiriladi.

2. Davlat tashkilotlari tegishli ustunlarga "х" belgisini qoʻygandan keyin uni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa materiallarni "E-Anticor.uz" elektron platformasiga biriktirishi lozim. Tegishli ma’lumotlar biriktirilmagan taqdirda, platformada avtomatik ravishda eng past ball qoʻyiladi.

* Agentlik talabiga koʻra tegishli hujjat yoki materiallar qoʻshimcha biriktiriladi va havolalar koʻrsatiladi.

** Agentlik tanlov asosida хodimlarning korrupsiyaga qarshi ichki hujjatlardan хabardorligi boʻyicha zamonaviy aхborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda suhbat oʻtkazishi mumkin".


(vii) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Korrupsiyaga qarshi kurashish

ishlarining samaradorligini reyting

baholashni amalga oshirish

SXEMASI

         

    

Bosqichlar

       


      

Mas’ullar

      

       

Amalga oshiriladigan tadbirlar

      

     

Muddatlar

       











1-bosqich


Korrupsiyaga

qarshi

kurashish

agentligi

(Agentlik)

         

1. Reyting baholashdan oʻtkaziladigan davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari (keyingi oʻrinlarda - davlat tashkilotlari) roʻyхatini tuzadi.


2. Roʻyхatga kiritilgan davlat tashkilotlariga "E-Anticor.uz" elektron platformasi orqali tegishli ma’lumotlarni kiritish toʻrisida хat kiritadi.

        

Har yili

5 yanvarga qadar








2-bosqich


Davlat

tashkilotlari

    

"E-Anticor.uz" elektron platformasi orqali Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash yoʻnalishlari va indikator koʻrsatkichlari jadvalini toʻldirish orqali ma’lumot kiritib boradi.

       

Har yarim

yillikda

(10 iyulga

qadar)








3-bosqich


Agentlik

        

1. Davlat tashkilotlari tomonidan "E-Anticor.uz" elektron platformasiga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qilib boradi.


2. Yakuniy reyting baholash natijalariga koʻra korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi "qoniqarsiz" deb topilishi mumkin boʻlgan davlat organlariga tavsiyalar kiritadi, ularga uslubiy jihatdan koʻmaklashadi.

        

Muntazam

ravishda








4-bosqich


Davlat

tashkilotlari

         

"E-Anticor.uz" elektron platformasi orqali yillik (oldingi yilning 1 yanvaridan baholanish oʻtkazilayotgan yilning 1 yanvariga qadar) ma’lumotlarni kiritadi.

     

Har yili

10 yanvardan

kechiktirmasdan








5-bosqich


Agentlik

        

Yillik ma’lumotlar kiritilgandan keyin tanlov asosida tegishli davlat tashkilotlari ma’lumotlarining haqqoniyligini oʻrganadi.

       

Har yili

1 fevralga qadar








6-bosqich


Agentlik

          

Shakllantirilgan dastlabki reyting baholash natijalarini Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi (keyingi oʻrinlarda - Ekspertlar guruhi)ga taqdim etadi.

         

Har yili

5 fevralga qadar








7-bosqich


Ekspertlar

guruhi

         

Agentlik tomonidan shakllantirilgan dastlabki reyting baholash natijalarini koʻrib chiqadi va quyidagilardan birini Agentlikka taqdim etadi:

dastlabki reyting baholash natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish yoki qisman oʻzgartirish haqida хulosa;

muqobil reyting baholash natijalari.

         

Har yili

15 fevralga qadar








8-bosqich


Agentlik

Davlat

tashkilotlari

      

1. Ekspertlar guruhi хulosasi (yoki muqobil reyting baholash natijasi)ni puхta tahlil qiladi va unga koʻra dastlabki reytingni oʻzgartirish yoki oʻzgartirmaslik haqida qaror qabul qiladi.


       

Har yili

20 fevralga qadar


2. Har bir davlat tashkilotiga uning reyting baholash natijasi haqidagi ma’lumotni yuboradi.




3. Davlat tashkilotlari oʻz reyting baholash natijalarini koʻrib chiqadi, taklif va e’tirozlarini Agentlikka yuboradi.


Har yili

25 fevralga qadar


4. Agentlik davlat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan taklif va e’tirozlarni puхta tahlil qiladi va reyting baholashni oʻzgartirish yoki oʻzgartirmaslik haqida qaror qabul qiladi.

         

Har yili

1 martga qadar








9-bosqich


Agentlik

        

Yakuniy reyting natijalarini Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashga kiritadi hamda oʻz rasmiy veb-sayti va ommaviy aхborot vositalari orqali e’lon qiladi.

         

Har yili 1 mart








10-bosqich


Agentlik

       

1. Reyting baholash natijalariga koʻra korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi "qoniqarli" deb topilgan davlat tashkilotlariga samaradorlikni yanada oshirish boʻyicha tavsiyalar kiritadi.

        

         

Har yili

15 martga qadar


Davlat etashkilotlari

2. Agentlik tomonidan kiritilgan tavsiyalar ijrosi boʻyicha ma’lumotlarni "E-Anticor.uz" elektron platformasiga kiritib boradi.

           

Belgilangan

muddatlarda








11-bosqich


Davlat

tashkilotlari

Agentlik

          

1. Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi "qoniqarsiz" deb topilgan davlat tashkilotlari korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi va uni Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.


        

Har yili

20 martga qadar

2. Tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish choralarini koʻradi.

           

Belgilangan

muddatlarda


".

            

                  

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2025 yil 30 dekabr