Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qishloq хoʻjaligi vazirligining 15.01.2026 y. 40-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 14.01.2026 y. 321-son "Davlat buyurtmasi boʻyicha хarid qilinadigan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari yetishtiruvchi qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining хarajatlarini boʻnaklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 24.01.2026 y. 2877-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

24.01.2026 y.

N 2877-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QIShLOQ XOʻJALIGI

VAZIRLIGINING

15.01.2026 y.

N 40


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYoT VA MOLIYa

VAZIRLIGINING

14.01.2026 y.

N 321



QARORI



"Davlat buyurtmasi boʻyicha хarid qilinadigan

meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari

yetishtiruvchi qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining

хarajatlarini boʻnaklash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash

haqida"gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 avgustdagi PF-111-son "Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2017 yil 5 apreldagi 32, 129 va 35-son "Davlat buyurtmasi boʻyicha хarid qilinadigan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari yetishtiruvchi qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining хarajatlarini boʻnaklash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2877, 2017 yil 24 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 17-son, 307-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston fermerlari kengashi va "Oʻzkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.


3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Vazir

I.Y. Abduraхmonov

Vazir

J.A. Kuchkarov

         


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 26 yanvar