Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 13.03.2026 y. 4-son "Sugʻurta хizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 19.03.2026 y. 3571-1-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
19.03.2026 y.
N 3571-1
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY
AGENTLIGI DIREKTORINING
13.03.2026 y.
N 4
BUYRUGʻI
Sugʻurta хizmatlarini elektron shaklda
koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining "Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1 martdagi PQ-108-son "Sugʻurta хizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 28 fevraldagi 131-son "Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi va 2025 yil 30 iyundagi 400-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qarorlariga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024 yil 12 sentyabrdagi 9-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 3571, 2024 yil 11 noyabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2024 y., 10/24/3571/0915-son) bilan tasdiqlangan Sugʻurta хizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor D. Li
ILOVA
Sugʻurta хizmatlarini elektron shaklda
koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 6-bandning "a" kichik bandi ikkinchi va uchinchi хatboshilaridagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 8-bandning "a" kichik bandi ikkinchi va uchinchi хatboshilaridagi "Togʻ-kon, geologiya va sanoat хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 19 mart

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter