Milliy statistika qoʻmitasining 13.03.2026 y. 1-mb-son "Bir yillik statistika dasturini hisoblash metodikasiga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 19.03.2026 y. 3582-1-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
19.03.2026 y.
N 3582-1
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MILLIY STATISTIKA QOʻMITASINING
13.03.2026 y.
N 1-mb
QARORI
Bir yillik statistika dasturini hisoblash
metodikasiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025 yil 30 dekabrdagi OʻRQ-1109-son "Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24 fevraldagi PQ-75-son "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining 2024 yil 5 dekabrdagi 13-mb-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 3582, 2024 yil 10 dekabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2024 y., 10/24/3582/1021-son) bilan tasdiqlangan Bir yillik statistika dasturini hisoblash metodikasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais B.S. Hamrayev
ILOVA
Bir yillik statistika dasturini hisoblash
metodikasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 13-bandning ikkinchi хatboshisidagi "mahalliy davlat hokimiyati organlari" degan soʻzlar "mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 21-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 martdagi PQ-114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Statistika kengashi toʻgʻrisidagi nizomda" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24 fevraldagi PQ-75-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika statistika kengashi toʻgʻrisidagi nizomda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 19 mart

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter