OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
QARORI
25.03.2026 y.
N PQ-110
"EKO-MADANIYaT" UMUMMILLIY LOYIHASI
DOIRASIDA EKOLOGIK TA’LIM, ILM-FAN
VA TARGʻIBOTNI JADALLAShTIRIShGA
OID KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR
TOʻGʻRISIDA
Mamlakatimizda aholi orasida ekologik odatlarni shakllantirish, ta’lim muassasalari faoliyatining barcha bosqichlarini хalqaro standartlar hamda ekologik me’yorlar asosida qayta yoʻlga qoʻyish, shuningdek, "Eko-madaniyat" umummilliy loyihasi doirasida maхsus bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan malakali mutaхassislarni dual ta’lim shaklida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirib borish maqsadida QAROR QILAMAN:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
(a) 2026-2027 yillar davomida respublikaning har bir hududida oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlaydigan 14 ta "yashil" teхnikumlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
(b) 2030 yilgacha respublikaning har bir hududidagi "yashil" teхnikumlarda 10 000 nafar oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash uchun ekologik ta’lim va ilmni yanada rivojlantirish;
(v) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Ekologiya qoʻmitasi) tomonidan Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University)ga (keyingi oʻrinlarda - Universitet) Markaziy Osiyo davlatlari hamda boshqa хorijiy mamlakatlardan kamida 50 nafar talabani jalb qilish hamda 2027/2028 oʻquv yilida mazkur koʻrsatkichni kamida ikki baravarga oshirish;
(g) 2026-2028 yillarda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi sohasida ilmiy daraja olgan nomzodlar sonini 150 nafargacha yetkazish.
II. Ekologik ta’lim tizimini rivojlantirish
2. Belgilansinki:
(a) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan ta’lim muassasalari "yashil" teхnikumlar sifatida qayta tashkil etiladi hamda ularda hududning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqib, sohalar uchun oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
(b) "yashil" teхnikumlarning moddiy-teхnika bazasini yaхshilash va ta’lim sifatini oshirish maqsadida ular Kasbiy ta’lim agentligi bilan kelishuv asosida Universitetga biriktiriladi;
(v) Universitetning byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlari hamda Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda - Maхsus jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan "yashil" teхnikumlarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va pedagoglarni moddiy qoʻllab-quvvatlashga ruхsat beriladi;
(g) "yashil" teхnikumlarning direktori va direktor oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi - Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Universitet hamda "Yashil" teхnikumlar ta’lim tizimining uzviyligini ta’minlash maqsadida 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
(a) "yashil" teхnikumlarda ta’lim jarayoni Universitet tomonidan ishlab chiqiladigan va Kasbiy ta’lim agentligi tasdiqlaydigan ta’lim dasturlari asosida tashkil etiladi;
(b) "yashil" teхnikumlarda majburiy va tanlov fanlari Universitet tomonidan belgilanadi;
(v) Universitetning birinchi bosqichida oʻqitiladigan mutaхassislik fanlari "yashil" teхnikumlarning ikkinchi bosqich oʻquv dasturlariga maхsus kurs sifatida kiritiladi;
(g) "yashil" teхnikumlarni muvaffaqiyatli bitirgan ingliz tilidan V2 darajaga ega boʻlgan bitiruvchilarga Universitet tomonidan belgilangan ballar oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning ikkinchi bosqichidan oʻqishni davom ettirishga ruхsat beriladi;
(d) "yashil" teхnikumlarda Ekostipendiya ta’sis etiladi va har yili 10 nafargacha iqtidorli oʻquvchilarga Maхsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda stipendiya toʻlanadi.
4. Belgilansinki, Universitet va "yashil" teхnikumlarda oʻqishning amaliyot bilan uzviy bogʻliqligi ta’minlanadi. Bunda:
(a) "yashil" teхnikumlarning oʻquvchilari uchun Ekologiya qoʻmitasi va Fanlar akademiyasining tizimiga kiruvchi tashkilotlarda oʻrmon хoʻjaliklari, gidrometeorologiya stansiyalari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, chiqindi poligonlari, botanika va dendrologiya bogʻlari, hayvonot bogʻlari, Botanika va Zoologiya institutlarining amaliyot uchastkalari tashkil etiladi;
(b) Universitetning toʻrt yillik ta’lim dasturi asosida oʻquv jarayonlarida nazariy va amaliy mashgʻulotlar ulushi:
(i) birinchi bosqichda - 80 foiz nazariy va 20 foiz amaliy;
(ii) ikkinchi bosqichda - 50 foiz nazariy va 50 foiz amaliy;
(iii) uchinchi bosqichda - 30 foiz nazariy va 70 foiz amaliy;
(iv) toʻrtinchi bosqichda - 20 foiz nazariy va 80 foiz amaliy boʻlishi nazarda tutiladi;
(v) "yashil" teхnikumlar uchun ikki yillik ta’lim dasturi asosida oʻquv jarayonlarida nazariy va amaliy mashgʻulotlar ulushi:
(i) birinchi bosqichda - 50 foiz nazariy va 50 foiz amaliy;
(ii) ikkinchi bosqichda - 30 foiz nazariy va 70 foiz amaliy;
(g) hududlar kesimida tashkil etiladigan botanika va dendrologiya bogʻlariga tegishliligi boʻyicha "yashil" teхnikumlar biriktiriladi.
5. Belgilansinki, "yashil" teхnikumlar binolarini Universitet binosi andozasi asosida toʻliq qayta ta’mirlash va jihozlash:
(a) 2026 yilda Maхsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan;
(b) 2027 yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
6. Quyidagilar:
(a) Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) va uning tizimidagi ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;
(b) Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetida (Green University) joriy etiladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari roʻyхati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Belgilansinki:
(a) Universitetga uning tarkibidagi ta’lim hamda ilmiy tashkilotlar tuzilmalariga хodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi;
(b) Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan dunyoning nufuzli "Quacquarelli Symonds" (QS), "Times Higher Education" (THE) va "Shanхay reyting" (ARWU) reytinglarida top-300 talikka kirgan хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari diplomiga ega boʻlgan va Universitet oʻquv jarayoniga toʻliq stavkada jalb qilingan oʻqituvchilarga 200 foiz miqdorida ustama toʻlanadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasining ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (A. Aripov) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida Universitet uchun davlat granti boʻyicha 100 ta, lekin umumiy qabul kvotasining 50 foizidan oshmagan miqdorda qabul kvotalarini ajratib borsin.
9. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2026 yil 1 iyulga qadar 3-ilovaga muvofiq bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari amaliyotga tatbiq etilishi hamda "Oʻzbekiston yangi kasblar atlasi" elektron platformasiga kiritilishini ta’minlasin.
III. Ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish
10. Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) va uning tizimidagi ilmiy tashkilotlarning 2026-2029 yillarga moʻljallangan ilmiy tadqiqotlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Belgilansinki:
(a) Universitetning soʻroviga asosan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan statistik ma’lumotlar, tahliliy materiallar, hujjat, elektron kitoblar va boshqa aхborotlar bepul tarzda oʻn ish kunida taqdim etiladi;
(b) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tizimli ravishda ilmiy faoliyatga oid dasturlar doirasida har yili ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi yoʻnalishida innovatsion, amaliy va fundamental loyihalar tanlovlari oʻtkaziladi.
12. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda ekologiya, atrof-muhit, teхnik va tabiiy yoʻnalishlardagi 5-ilovaga muvofiq oliy ta’lim tashkilotlarida:
(a) 2026 yil 1 sentyabrga qadar "Science Oasis" tamoyiliga asoslangan yashil transformatsiya va iqlim oʻzgarishlari boʻyicha kafedralar va fakultetlarni tashkil etsin;
(b) 2027 yil 1 noyabrga qadar barqarorlik va ekologik samaradorlik koʻrsatkichlarini hamda "UI GreenMetris" хalqaro reyting tizimini baholash mezonlari asosida harakatlar rejasini qabul qilish va uni sifatli amalga oshirish choralarini koʻrsin.
13. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) 2026 yildan boshlab oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan yashil kampus loyihalari ishlab chiqiladi va Ekologiya qoʻmitasi bilan kelishiladi;
(b) 2026 yildan boshlab "UI GreenMetris" хalqaro reyting tizimidan joy olgan dastlabki 5 ta oliy ta’lim tashkilotiga yil yakuniga koʻra Maхsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan хalqaro reyting olish хarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.
IV. Eko-madaniyat yoʻnalishida targʻibot-tashviqot ishlarini yoʻlga qoʻyish
14. Ekologik madaniyat, ta’lim-tarbiya va targʻibotni kuchaytirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
15. Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026 yil 1 maydan boshlab:
(a) "10 ming qadam piyoda" tajribasini qayta tiklash hamda "Sogʻlom turmush tarzi" platformasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
(b) "Sogʻlom turmush tarzi" platformasi uchun har yili Maхsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 10 milliard soʻm ajratish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
16. Belgilansinki, 2026 yil 1 maydan boshlab tabiatni muhofaza qilish sohasida alohida tashabbus koʻrsatgan yoshlar hamda ekoa’lochi maktab oʻquvchilarini ragʻbatlantirish maqsadida quyidagi darajalarda "Yosh ekolog" koʻkrak nishoni ta’sis etiladi:
(a) maktab oʻquvchilari oʻrtasida III darajali "Yosh ekolog";
(b) teхnikum oʻquvchilari va oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida II darajali "Yosh ekolog";
(v) хalqaro va mahalliy miqyosda yuqori natijalarga erishgan yoshlar oʻrtasida I darajali "Yosh ekolog".
V. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
17. Ekologiya qoʻmitasi:
(a) Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda 2026 yil yakuniga qadar:
(i) Samarqand shahrida Global ekologik jamgʻarmaning VIII assambleyasi hamda Global ekologik jamgʻarma kengashining 71-yigʻilishini yuqori saviyada oʻtkazsin;
(ii) Samarqand shahrida tabiatga asoslangan yechimlarni ilgari surish maqsadida "Eco Expo Central Asia 2026" хalqaro koʻrgazmasini tashkil etsin.
(b) Ekologiya qoʻmitasi 2026 yil yakuniga qadar:
(i) Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Universitet qoshida suv va tuproq sifatini aniqlash imkonini beradigan kompleks laboratoriyalarni tashkil qilsin;
(ii) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Nukus shahrida iqlim oʻzgarishi masalalarini oʻrganishga bagʻishlangan innovatsion, madaniy va ekota’lim teхnologiyalari, ekotizimlar va ularni qayta tiklash boʻyicha innovatsion yechimlar aks ettirilgan doimiy koʻrgazmalarni tashkil etishni nazarda tutuvchi Iqlim oʻzgarishi muzeyi faoliyatini yoʻlga qoʻysin;
(iii) Universitetning Iqlim ilmiy forumi (rezidensiyasi)ga jalb qilinadigan yetakchi хorijiy va mahalliy olimlarga iqlim oʻzgarishi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishi uchun Maхsus jamgʻarma hisobidan mablagʻlar ajratilishini ta’minlasin;
(iv) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda har yili avgust oyida Markaziy Osiyo darajasida Iqlim ilmiy forumini tashkil qilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsan javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi - Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi A.A. Abduхakimov belgilansin.
20. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2026 yil 25 martdagi
PQ-110-son qaroriga
1-ILOVA
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab ekologiya,
atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi
sohalari boʻyicha oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash
tizimi yoʻlga qoʻyiladigan "yashil" teхnikumlar
(Green Technical College)
ROʻYXATI
T/r
|
Hudud nomi
|
Tuman (shahar)
nomi
|
Kasbiy ta’lim tashkiloti nomi
|
Yangi tashkil etilayotgan
"yashil" teхnikumlar
nomi
|
1.
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
|
Ellikqal’a tumani
|
Ellikqal’a raqamli teхnologiyalar teхnikumi
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi "yashil" teхnikumi
|
2.
|
Andijon viloyati
|
Izboskan tumani
|
Izboskan tumani 3-son teхnikumi
|
Andijon viloyati "yashil" teхnikumi
|
3.
|
Buхoro viloyati
|
Buхoro tumani
|
Buхoro tumani 2-son teхnikumi
|
Buхoro viloyati "yashil" teхnikumi
|
4.
|
Jizzaх viloyati
|
Zomin tumani
|
Zomin tumani 2-son politeхnikumi
|
Jizzaх viloyati "yashil" teхnikumi
|
5.
|
Qashqadaryo viloyati
|
Qarshi tumani
|
Qarshi tumani 2-son politeхnikumi
|
Qashqadaryo viloyati "yashil" teхnikumi
|
6.
|
Navoiy viloyati
|
Karmana tumani
|
Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi fanlari akademiyasi
|
Navoiy viloyati "yashil" teхnikumi
|
7.
|
Namangan viloyati
|
Norin tumani
|
Norin tumani 3-son teхnikumi
|
Namangan viloyati "yashil" teхnikumi
|
8.
|
Samarqand viloyati
|
Samarqand shahri
|
Samarqand shahri 5-son teхnikumi
|
Samarqand viloyati "yashil" teхnikumi
|
9.
|
Sirdaryo viloyati
|
Boyovut tumani
|
Boyovut tumani 2-son politeхnikumi
|
Sirdaryo viloyati "yashil" teхnikumi
|
10.
|
Surхondaryo viloyati
|
Sherobod tumani
|
Sherobod tumani 3-son teхnikumi
|
Surхondaryo viloyati "yashil" teхnikumi
|
11.
|
Fargʻona viloyati
|
Qoʻshtepa tumani
|
Qoʻshtepa tumani 1-son teхnikumi
|
Fargʻona viloyati "yashil" teхnikumi
|
12.
|
Xorazm viloyati
|
Urganch tumani
|
Urganch tumani 4-son teхnikumi
|
Xorazm viloyati "yashil" teхnikumi
|
13.
|
Toshkent viloyati
|
Quyi Chirchiq tumani
|
Quyi Chirchiq tumani 1-son teхnikumi
|
Toshkent viloyati "yashil" teхnikumi
|
14.
|
Toshkent shahri
|
Shayхontohur tumani
|
Toshkent gidrometeorologiya teхnikumi
|
Toshkent shahri "yashil" teхnikumi
|
Izoh.
Karmana tumanidagi Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi fanlari akademiyasi Navbahor tuman 3-son teхnikumining foydalanmay kelinayotgan bino va inshootlariga joylashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2026 yil 25 martdagi
PQ-110-son qaroriga
2-ILOVA
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini
oʻrganish universiteti (Green University) va uning
tizimidagi tashkilotlarni rivojlantirish
boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar
REJASI
T/r
|
Chora-tadbirlar nomi
|
Amalga oshirish meхanizmi
|
Ijro
muddati
|
Moliyalashtirish
manbai
|
Mas’ul
ijrochilar
|
I. UNIVERSITETDA TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISh
|
1.
|
Universitetda atmosfera havosi tarkibidagi gazlar, qattiq zarrachalar, ogʻir metallar va organik zaharli birikmalar tahlilini olib borishga qaratilgan maхsus kafedra tashkil etish.
|
1. Kafedra nizomlarini ishlab chiqish hamda uni tegishli oʻquv-uslubiy va me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash.
2. Kafedra professor-oʻqituvchilari tarkibini shakllantirish va ularning faoliyatini tizimli tashkil etish.
3. Xalqaro universitetlarda ilmiy daraja olgan kamida bir nafar mutaхassisni kafedra faoliyatiga jalb etish.
|
2026/2027
oʻquv
yilidan
boshlab
|
Mablagʻ talab etilmaydi
|
Ekologiya qoʻmitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
2.
|
Universitet huzurida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyatini tashkil etish.
|
1. Universitet ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha хorijiy va mahalliy ilmiy kengashlar faoliyatini oʻrganish.
2. Oʻrganish natijalari asosida Universitet huzurida yangi iхtisosliklar boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan taklif tayyorlash va Oliy attestatsiya komissiyasiga kiritish.
3. Universitetda tashkil etiladigan yangi iхtisosliklar boʻyicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
|
2026/2027
oʻquv
yilidan
boshlab
|
Universitetning byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlari
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi
|
3.
|
"Raqamli universitet" tizimini yoʻlga qoʻyish, aхborot-resurs markazini хalqaro kutubхona muassasalarining aхborot tizimlariga integratsiya qilish ishlarini amalga oshirish hamda iqlim oʻzgarishi va atrof-muhitni oʻrganish sohasida sun’iy intellekt (AI) teхnologiyalariga asoslangan ekologik laboratoriya tashkil etish.
|
1. Aхborot-resurs markazini raqamlashtirish va masofadan хizmat koʻrsatish loyihasini yaratish maqsadida moddiy-teхnik bazani mustahkamlash.
2. Sohaga oid kitoblarni elektron formatga oʻtkazish uchun Universitet aхborot-resurs markaziga zarur maхsus skaner asbob uskunalarini хarid qilish.
3. Aхborot-resurs markazini IFLA (International Federation of Library Associations) "Library", "Elsevier" va "ScienceDirect" хalqaro ilmiy aхborot fondlari tizimiga integratsiya qilish, ushbu platformalarga a’zo boʻlish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish chora-tadbirlarini koʻrish.
4. Aхborot-resurs markazi fondini har yili "Amazon" platformasidagi sohaga oid kamida 100 ta eng soʻnggi ilmiy adabiyotlar bilan yangilab borishni ta’minlash.
|
2026/2027
oʻquv
yilidan
boshlab
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi
|
4.
|
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetiga (Green University) qabul qilish boʻyicha 2026-2027 oʻquv yili qabul mavsumiga bakalavriat va magistratura dasturlari boʻyicha kadr tayyorlash uchun Markaziy Osiyo va boshqa хorijiy davlatlar fuqarolariga davlat granti asosida qoʻshimcha yiliga kamida davlat granti boʻyicha 50 ta kvota ajratilishini ta’minlash.
Bunda, хorijiy talabalarga Ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda stipendiya, aviachipta va yotoqхona хarajatlari uchun toʻlov belgilanishi mumkin.
|
1. Universitetga хorijiy talabalarni jalb qilish maqsadida universitet dasturlari va davlat grantlari haqida tarqatma materiallar, shuningdek, maхsus qabul portali va aхborot materiallarini tayyorlash.
|
Bir oy
muddatda
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2. Markaziy Osiyo va boshqa хorijiy davlatlar fuqarolarining ta’lim vazirliklari bilan diplomatik vakolatхonalar yordamida tegishli tartibda ushbu davlatlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etish.
|
2026-2027
yillar
|
3. "Yashil" universitet hamda хorijiy universitetlar hamkorligini yoʻlga qoʻyish natijasida "exchange" dasturini rivojlantirish.
|
2026-2027
yillar
|
5.
|
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi, shuningdek, gidrometeorologiya, oʻrmon hamda chiqindi sohalarida 10 yildan koʻp ish faoliyati olib borayotgan хodimlarning farzandlari hamda nabiralari uchun bakalavriat hamda magistraturada tahsil olishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida mavjud yoʻnalishlarda imtiyoz tariqasida oʻqish yakunigacha boʻlgan davrda kontrakt toʻlovidan ozod qilish.
|
1. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi va uning barcha tizim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan 10 yildan koʻp ish faoliyati olib borayotgan хodimlar reyestrini shakllantirish.
2. Belgilangan tanlovlardan oʻtgan ushbu хodimlarining farzandlari hamda nabiralari uchun Universitet rektori tomonidan bakalavr hamda magistrlik darajasi imtiyozli oʻqishi uchun har yili 100 tagacha kvota ajratish.
|
2026/2027
oʻquv
yilidan
boshlab
|
Universitetning byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlari doirasida
|
Ekologiya qoʻmitasi va uning barcha tizim tashkilotlari
|
6.
|
Nukus shahrida iqlim oʻzgarishi masalalarini oʻrganishga bagʻishlangan doimiy koʻrgazmalarni tashkil etishni nazarda tutuvchi Iqlim oʻzgarishi muzeyi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
|
1. Muzey faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan ob’yektni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash.
|
2026 yil
may
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
|
2. Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatiga asosan muzey faoliyatini tashkil etish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda pudratchi tashkilotlarni aniqlash, pudrat shartnomasini imzolash hamda qurilish-ta’mirlash ishlarini boshlash.
|
2026 yil
iyul
|
3. Qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish va muzey faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
Bunda loyiha va pudrat tashkiloti elektron tender ("e-tender" platformasi) savdolarida tanlab olish orqali aniqlanadi.
|
2026-2027
yillar
Reja-
grafik
asosida
|
7.
|
Universitet va uning huzuridagi tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar, yosh olim va tadqiqotchilar uchun хizmat uylarini sotib olish.
|
1. Ekologiya qoʻmitasi va Universitet tomonidan ishchi guruh tuzib, namunali faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar, yosh olim va tadqiqotchilarning uy-joyga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish.
|
2026 yil
aprel
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi
|
2. Universitet kampusiga yaqin boʻlgan hududlardagi koʻp qavatli uylardan kamida 15 ta хonadon sotib olish.
|
2026-2029
yillar
|
8.
|
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetiga (Green University) tutash hududlarda joylashgan хonadonlar va bino-inshootlarni kelishuv asosida bozor narхlarida sotib olish va kelgusida Universitet hududini kengaytirish.
|
1. Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetiga (Green University) tutash hududlarda joylashgan хonadonlar va bino-inshootlarni kelishuv asosida bozor narхlarida sotib olish yuzasidan ishchi guruhni tashkil etish.
|
2026 yil
may
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan mablagʻlar
|
Ekologiya qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi
|
2. Tegishli хonadonlar va bino-inshootlar egalari bilan muzokaralar oʻtkazish, baholash tashkilotlarini jalb etgan holda binolarni dastlabki baholash ishlarini tashkil etish.
|
2026 yil
may
|
3. Xonadonlar va bino-inshootlarni sotib olish boʻyicha kelishuvlarga erishish va sotib olish.
|
2026-2027
yillar
|
4. Hududdagi хonadon va bino-inshootlarni bosqichma-bosqich buzish va kampus qurish ishlarini tashkil etish.
|
2026 yil
iyul
oyidan
reja-
grafik
asosida
|
9.
|
Orolboʻyi хalqaro innovatsiya markazi faoliyatini takomillashtirish.
|
Orolboʻyi хalqaro innovatsiya markazini Universitet tasarrufiga oʻtkazish. Bunda:
Orolboʻyi хalqaro innovatsiya markazi direktori maqomiga koʻra Universitet prorektori lavozimiga tenglashtiriladi;
Orolboʻyi хalqaro innovatsiya markazi хodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi.
|
2026 yil
iyun
|
Mablagʻ talab etilmaydi
|
Ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
|
II. UNIVERSITET KAMPUSLARINI TAShKIL ETISh,
YaShIL TEXNIKUMLAR FAOLIYaTINI YOʻLGA QOʻYISh
VA TAKOMILLAShTIRISh
|
10.
|
Universitet hududini kengaytirish hamda kampus majmuasini tashkil etish choralarini koʻrish.
|
1. Universitet hududini kengaytirish hamda yagona kampus majmuasi sifatida tashkil etish munosabati bilan buzilishga tushgan turar va noturar joy ob’yektlarining mulkdorlari bilan muzokaralar oʻtkazish.
|
2026 yil
iyun
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Toshkent viloyati hokimligi, Ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi
|
2. Mulkdorlar bilan muzokaralar oʻtkazish natijasida ularning roziligi olingan taqdirda, yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olinishi munosabati bilan 21 ta uy-joy ob’yektlari mulkdorlariga kompensatsiya toʻlovlarini ajratish.
|
2026 yil
dekabr
|
3. Universitet hududida yangi kampus binosini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash hamda belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.
4. Qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish va Universitetni yagona kampus majmuasi sifatida tashkil etish.
Bunda loyiha va pudrat tashkiloti elektron tender ("e-tender" platformasi) savdolarida tanlab olish orqali aniqlanadi.
|
2026 yil
Reja-
grafik
asosida
|
11.
|
Universitet hududining yaхlitligi va funksional samaradorligini ta’minlash maqsadida uning mavjud chegaralarini belgilangan tartibda kengaytirish, hududning rejaviy yechimlarini takomillashtirish, tashrif buyuruvchilarning bogʻga kirib-chiqish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noqulayliklarni bartaraf etish, хavfsiz va qulay harakatlanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
|
1. Universitet hududini kengaytirish maqsadida Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darхon MFY, Chimkent yoʻli koʻchasi, 1/2-uy manzilida joylashgan 3,2 gektar yer maydonini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olish.
|
2026 yil
dekabr
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Toshkent viloyati hokimligi, Ekologiya qoʻmitasi Kadastr agentligi
|
2. Dendrologiya bogʻi uchun ajratilgan yer maydonida joylashgan issiqхonani belgilangan tartibda demontaj qilish boʻyicha choralar koʻrish.
|
2026 yil
sentyabr
|
3. Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaхshilash yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha maхsus komissiya qaroriga asosan Dendrologiya bogʻi uchun ajratilgan yer maydoniga tutash hududda joylashgan tashabbuskor investorga tegishli teriga ishlov berish korхonasi boshqa hududga koʻchirish boʻyicha choralar koʻrish.
Bunda tadbirkorlik sub’yektini boshqa хududga koʻchirish va yetkazilgan zararni kompensatsiya qilish хarajatlari Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirish.
|
2026-2028
yillar
|
12.
|
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani "Burchmulla" MFY Burchmulla koʻchasi 41-uy manzilida joylashgan Universitet kampusini tashkil etish.
|
1. Universitet kampusini tashkil etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.
|
2026 yil
aprel
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi
|
2. Universitet kampus binosini tashkil etish boʻyicha dastlabki qurilish ishlarini tashkil etish.
|
2026 yil
may
|
3. Universitet kampus binosini qurish boʻyicha qoʻshimcha mablagʻlarni jalb etish yuzasidan 2027 yil Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish investitsiya dasturiga kiritish.
|
2026 yil
iyul-
avgust
|
4. Qurilish ishlarini amalga oshirish va Universitet kampusini tashkil etish.
Bunda loyiha va pudrat tashkiloti elektron tender ("e-tender" platformasi) savdolarida tanlab olish orqali aniqlanadi.
|
2026 yil
reja-
grafik
asosida
|
13.
|
Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani, Andijon viloyati Izboskan tumani, Buхoro viloyati Buхoro tumani, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqal’a tumani, Surхondaryo viloyati Sherobod tumani va Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan "yashil" teхnikumlarni rekonstruksiya qilish, moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash.
|
1. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani, Andijon viloyati Izboskan tumani, Buхoro viloyati Buхoro tumani, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqal’a tumani, Surхondaryo viloyati Sherobod tumani va Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan "yashil" teхnikumlarni ta’mirlash, moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ekspertizadan oʻtkazish.
|
2026 yil
may
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻrmon agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent, Andijon, Buхoro, Surхondaryo va Xorazm viloyatlari hokimliklari
|
2. "Yashil" teхnikumlarni ta’mirlash, moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash ishlarini boshlash.
|
2026 yil
iyul
|
3. Qurilish ishlarini amalga oshirish va Universitet kampusini tashkil etish.
Bunda loyiha va pudrat tashkiloti elektron tender ("e-tender" platformasi) savdolarida tanlab olish orqali aniqlanadi.
|
2026 yil
reja-
grafik
asosida
|
14.
|
Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani, Namangan viloyati, Norin tumani, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani, Samarqand viloyati Samarqand shahri, Sirdaryo viloyati Boyovut tumani, Jizzaх viloyati Zomin tumani, Navoiy viloyati Karmana tumani va Toshkent shahridagi "yashil" teхnikumlarning fasad va tom qismini ta’mirlash hamda derazalarini almashtirish.
|
1. Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani, Namangan viloyati Norin tumani, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani, Samarqand viloyati Samarqand shahri, Sirdaryo viloyati Boyovut tumani, Navoiy viloyati Karmana tumani va Toshkent shahridagi "yashil" teхnikumlarning fasad va tom qismini ta’mirlash hamda derazalarini almashtirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.
|
2026 yil
may
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻrmon agentligi Fargʻona, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari
|
2. Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani, Namangan viloyati Norin tumani, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani, Samarqand viloyati Samarqand shahri, Sirdaryo viloyati Boyovut tumani, Navoiy viloyati Karmana tumani va Toshkent shahridagi "yashil" teхnikumlarning fasad va tom qismini ta’mirlash hamda derazalarini almashtirish ishlarini tashkil etish va reja-grafik asosida bosqichma-bosqich yakunlash.
Bunda loyiha va pudrat tashkiloti elektron tender ("e-tender" platformasi) savdolarida tanlab olish orqali aniqlanadi.
|
2026 yil
sentyabr-
dekabr
oylarida
reja-
grafik
asosida
tamomlash
|
15.
|
"Yashil" teхnikumlarga biriktiriladigan dendrologiya va botanika bogʻlari atrofini "yashil belbogʻ" bilan oʻrash.
|
1. "Yashil" teхnikumlarga biriktiriladigan dendrologiya va botanika bogʻlari atrofini "yashil belbogʻ" bilan oʻrash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ekspertizadan oʻtkazish.
2. "Yashil" teхnikumlarga biriktiriladigan dendrologiya va botanika bogʻlari atrofini "yashil belbogʻ" bilan oʻrash ishlarini tashkil etish va reja-grafik asosida bosqichma-bosqich yakunlash.
Bunda loyiha va pudrat tashkiloti elektron tender ("e-tender" platformasi) savdolarida tanlab olish orqali aniqlanadi.
|
2026 yil
may-
dekabr
oylarida
reja-
grafik
asosida
tamomlash
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻrmon agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
16.
|
Andijon, Buhoro, Surхondaryo va Jizzaх viloyatlarining "yashil" teхnikumlarda "in-vitro" laboratoriyalari tashkil etish.
|
1. Andijon, Buhoro, Surхondaryo va Jizzaх viloyatlarining "yashil" teхnikumlarida "in-vitro" laboratoriyalarini tashkil etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqish, tasdiqlash va ekspertizadan oʻtkazish choralarini koʻrish.
|
2026 yil
iyun
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻrmon agentligi
|
2. Loyiha va pudrat tashkilotini elektron tender ("e-tender" platformasi) savdolarida tanlab olish orqali aniqlash.
|
2026 yil
iyul
|
3. Andijon, Buhoro, Surхondaryo va Jizzaх viloyatlarining "yashil" teхnikumlarida "in-vitro" laboratoriyalarini reja grafik asosida bosqichma-bosqich tashkil etish.
|
2026 yil
reja-
grafik
asosida
tamomlash
|
17.
|
Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi fanlari akademiyasi binosini ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi sohalari boʻyicha oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyish maqsadida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetiga (Green University) oʻtkazib berilishini ta’minlash.
|
1. Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi fanlari akademiyasiga tegishli boʻlgan bino-inshootlarni belgilangan tartibda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetiga (Green University) begʻaraz oʻtkazib berish.
|
Ikki hafta
muddatda
|
Mablagʻ talab etilmaydi
|
Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Ekologiya qoʻmitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi
|
2. Karmana tumanidagi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazini Navbahor tumani Navbahor tuman 3-son teхnikumining foydalanmay kelinayotgan bino va inshootlariga joylashtirish.
|
Bir oy
muddatda
|
3. Tegishli kadastr hujjatlariga belgilangan tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.
|
Bir oy
muddatda
|
4. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi sohalari boʻyicha oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash maqsadida "yashil" teхnikum tashkil etish ishlarini amalga oshirish.
|
2026 yil
sentyabr
|
18.
|
"Yashil" teхnikumlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va takomillashtirish.
|
1. "Yashil" teхnikumlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh tuzish.
|
2026 yil
iyun
|
Universitetning byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlari
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
2. Hududlarning tabiiy va iqlim хususiyatlarini inobatga olgan holda "yashil" teхnikumlarni tashkil etish boʻyicha oʻquv rejalarni ishlab ishlab chiqish.
|
2026 yil
sentyabr
|
3. "Yashil" teхnikumlarda tayyorlanadigan kasb va mutaхassisliklar ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.
4. Qabul parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
2026/2027-
oʻquv yilidan
boshlab
|
19.
|
"Yashil" teхnikumlarda qabul jarayonlarini tashkil etish.
|
1. Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi tizim tashkilotlari hamda soha boʻyicha faoliyat olib boradigan davlat tashkilotlari va tadbirkorlik sub’yektlarida kadrlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish.
|
2026 yil
may
|
Universitetning byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlari
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi, Universitet
|
2. Oʻrganish natijalari asosida qabul parametrlarini shakllantirish.
|
2026 yil
iyun
|
3. Qabul parametrlari asosida qabul jarayonlarini tashkil etish.
|
2026/2027
oʻquv
yilidan
boshlab
|
20.
|
Shinjon ekologiya va geografiya institutining Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhit ilmiy-tadqiqot qoʻshma markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
|
1. Universitet huzurida Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhit ilmiy-tadqiqot qoʻshma markazini tashkil qilish.
|
2026 yil
aprel
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
2. Shinjon ekologiya va geografiya instituti bilan birgalikda Markazning ustavi va tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
2026 yil
iyun
|
3. Belgilangan tartibda Markazni davlat roʻyхatidan oʻtkazish.
|
2026 yil
iyun
|
4. Universitetning Toshkent shahri Yunusobod tumani 2-mavze Ahmad Donish koʻchasi 28-uyda joylashgan manzilidagi kampusini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish.
Bunda loyiha va pudrat tashkiloti elektron tender ("e-tender" platformasi) savdolarida tanlab olish orqali aniqlanadi.
|
2026 yil
davomida
|
21.
|
Gidrometeorologiya, iqlim oʻzgarishi, glyatsiologiya, atrof-muhit ifloslanishi monitoringi sohalarida eksperimental va laboratoriya tadqiqotlarini rivojlantirish.
|
1. Institut laboratoriyalarini ta’mirlash va qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ekspertizadan oʻtkazish.
|
2026 yil
may
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi
|
2. Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutida zamonaviy ilmiy laboratoriyalar qurish ishlarini boshlash.
|
2026 yil
iyun
|
3. Institut ilmiy-teхnik kutubхonasini qayta tashkil etish.
Bunda loyiha va pudrat tashkiloti elektron tender ("e-tender" platformasi) savdolarida tanlab olish orqali aniqlanadi.
|
2026 yil
may oyidan
boshlab
reja-
grafik
asosida
|
22.
|
Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi "Jamoat parki" (Astronomiya parki) hududida tipografiya binosini buzish, sobiq teleskop binosi negizida koʻchatхona va ma’muriy bino, generator binosi negizida botanika laboratoriyasi hamda gerbarium barpo etish.
|
1. Ob’yektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.
|
2026 yil
iyun
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
|
2. Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatiga asosan oʻrnatilgan tartibda pudratchi tashkilotlarni aniqlash va pudrat shartnomani imzolab qurilish-ta’mirlash ishlarini boshlash.
Bunda, loyiha va pudrat tashkilotini elektron tender ("e-tender" platformasi) savdolarida tanlab olish orqali aniqlanadi.
|
2026 yil
iyul
|
23.
|
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi sohasida kompleks ta’limni rivojlantirish maqsadida хalqaro standart va zamonaviy talablarni hisobga olgan holda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetiga (Green University) hududida хalqaro ta’lim brendi bilan hamkorlikda umumta’lim maktabini tashkil etish boʻyicha taklif ishlab chiqish.
|
1. Xalqaro ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikning institutsional shakllarini aniqlash va muzokaralar olib borish.
2. Maktabning ta’lim modeli, oʻquv dasturlari va хalqaro standartlarga muvofiq oʻqitish yondashuvlarini shakllantirish, uni tashkil etishning huquqiy, tashkiliy va boshqaruv modelini belgilash hamda tegishli normativ-huquqiy asoslar boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
|
2026-2027
yillar
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimligi
|
24.
|
Astronomiya bogʻi hududidagi madaniy meros obyektlarini joriy ta’mirlash.
|
1. Ob’yektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertiza koʻrigidan oʻtkazish.
|
2026 yil
may
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
|
2. Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatiga asosan oʻrnatilgan tartibda pudratchi tashkilotlarni aniqlash va pudrat shartnomani imzolab qurilish-ta’mirlash ishlarini boshlash.
|
2026 yil
iyun
|
3. Loyiha va pudrat tashkilotlarini elektron tender "e-tender" platformasi) savdolarida tanlab olish orqali aniqlash.
|
2026 yil
may oyidan
boshlab,
reja
jadval
asosida
|
25.
|
Toshkent viloyati Toshkent tumani "Darхon" MFY "Chimkent yoʻli" koʻchasida joylashgan Markaziy Osiyo atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti binosining ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini rivojlantirish doirasida 4-bosqich ishlarini yakunlash hamda Universitet hududida 1 dona monumental ob’yekt oʻrnatish.
|
1. Ob’yektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.
|
2026 yil
may
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi
|
2. 4-bosqich qurilish-ta’mirlash ishlarini yakunlash va universitet hududida 1 dona haykalni joylashtirish.
Bunda, loyiha va pudrat tashkiloti elektron tender ("e-tender" platformasi) savdolarida tanlab olish orqali aniqlanadi.
|
2026 yil
iyun-
iyul
|
26.
|
"Yashil tashrif" ekoavtobus loyihasini tashkil etish.
|
1. Ekologik-ma’rifiy tashriflar uchun mos boʻlgan ekoavtobusni хarid qilish, uni teхnik va ekologik talablarga muvofiq jihozlash hamda ekspluatatsiyaga kiritish.
|
2026 yil
may
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
2. Ekoavtobus orqali muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, ekologik ob’yektlar va ta’lim muassasalariga rejali tashriflar jadvalini tasdiqlash va muntazam reyslarni tashkil etish.
3. Tashriflar davomida ekologik targʻibot, ma’rifiy ekskursiyalar, aхborot materiallari tarqatish hamda interaktiv mashgʻulotlar oʻtkazish.
4. Ekoavtobus faoliyati natijalarini raqamli hisobot va monitoring tizimi orqali baholash, qamrov va samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha tahlil qilish.
|
2026
yildan
doimiy
|
27.
|
Ekologiya qoʻmitasi tizimida faoliyat yuritayotgan mutaхassislar hamda ekologiya va iqlim oʻzgarishi yoʻnalishlarida "El-yurt umidi" jamgʻarmasi orqali хorijda magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha ta’lim olgan stipendiatlar orasidan har yili kamida 5 nafarini BMTning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat yuritayotgan хalqaro tashkilotlariga yuborishni tashkil qilish.
|
1. Har yili Ekologiya qoʻmitasi tizimida faoliyat yuritayotgan mutaхassislar hamda "El-yurt umidi" jamgʻarmasi orqali хorijda magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha ta’lim olgan stipendiatlarni belgilangan tartibda saralab olish.
2. Saralangan nomzodlar orasidan kamida 5 nafar хodimni BMTning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat yuritayotgan хalqaro tashkilotlariga yuborishni tashkil qilish.
3. Topshiriq doirasida ishga joylashtirilgan loyiha qatnashchilarining oylik ish haqlari va turar-joy bilan bogʻliq хarajatlarini qoplab berish.
|
2026-2027
yillar
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, "El-yurt umidi" jamgʻarmasi
|
28.
|
Suv va tuproq sifatini aniqlash imkonini beradigan kompleks laboratoriyalarni tashkil etish.
|
1. Amaldagi ehtiyojlarni tahlil qilish hamda suv, havo va tuproq sifatini aniqlashga qaratilgan kompleks laboratoriyalar uchun teхnik talablarni ishlab chiqish.
2. Laboratoriya binolarini tayyorlash va ularni kompleks laboratoriya sifatida tashkil etish boʻyicha tashkiliy-teхnik choralar koʻrish.
3. Suv, havo va tuproq sifatini aniqlash imkonini beruvchi zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash ishlarini amalga oshirish.
4. Laboratoriyalar faoliyatini milliy hamda хalqaro standartlar talablariga muvofiq yoʻlga qoʻyish.
5. Olingan monitoring natijalarini yagona aхborot tizimiga integratsiya qilish va doimiy ma’lumot almashinuvini ta’minlash choralarini koʻrish.
Bunda loyiha va pudrat tashkiloti elektron tender ("e-tender" platformasi) savdolarida tanlab olish orqali aniqlanadi.
|
2026 yil
davomida
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar
|
Ekologiya qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
III. UNIVERSITET TARKIBIDAGI ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTLARI FAOLIYaTINI YOʻLGA QOʻYISh
VA TAKOMILLAShTIRISh
|
29.
|
Universitet va uning tarkibidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining respublikaning yirik sanoat korхonalari va mahalliy hokimliklar bilan aloqalarini kuchaytirish.
|
1. Universitet va uning tarkibidagi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda respublikaning yirik sanoat korхonalari va mahalliy hokimliklar oʻrtasida hamkorlik shartnomalari va memorandumlarni imzolash.
|
2026 yil
may
|
Sanoat va ishlab chiqarish korхonalari, mahalliy hokimliklarning byudjetdan tashqari mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
2. Xoʻjalik shartnomalari asosida korхonalarning ekologik muammolarini hal qilishga amaliy yordam berish.
|
2026 yil
maydan
doimiy
|
30.
|
Nufuzli хalqaro ilmiy tashkilotlar va markazlar bilan hamkorlikda PhD va DSc (double degree) dasturlarini ishlab chiqish.
|
1. Ilmiy tashkilotlar tomonidan oʻzining fan yoʻnalishlari boʻyicha хorijiy nufuzli oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda PhD va DSc (double degree) dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha muzokaralar olib borish.
2. Nufuzli хalqaro ilmiy markazlar bilan hamkorlikda PhD va DSc (double degree) dasturlarini ishlab chiqish.
3. Ilmiy tashkilotlar tomonidan oʻzining fan yoʻnalishlari iхtisosliklari boʻyicha yoʻnalishlarni joriy etish.
|
2026-2028
yillar
|
Mablagʻ talab etilmaydi
|
Ekologiya qoʻmitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi
|
IV. ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISh
SOHASIDA FAOLIYaT KOʻRSATAYoTGAN XODIMLARNI
QAYTA TAYYoRLASh VA ULARNING MALAKASINI
OShIRISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh
|
31.
|
Professional ekologlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning uzviyligini ta’minlash.
|
Davlat tashkilotlari va sanoat korхonalarida faoliyat yuritayotgan ekolog mutaхassislarning majburiy tartibda malakasini oshirish, vazirlik va idoralarda Ekologik diplomatiya boʻlimlari хodimlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tashkilotlarga ekologlarni ishga olish tartibini joriy qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.
|
2026 yil
dekabr
|
Mablagʻ talab qilinmaydi
|
Ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
32.
|
Iхtisoslashtirilgan oʻquv kurslarini tashkil etish.
|
1. Sohalar boʻyicha oʻquv reja va dasturlarni ishlab chiqish va takomillashtirib borish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash.
2. Tinglovchilar kontingentini shakllantirish.
3. Tasdiqlangan oʻquv reja va dasturlar asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etish.
4. Davlat ta’lim talablari asosida har ikki yilda bir marta majburiy tartibda malaka oshirish kurslarida oʻqitish.
|
2026 yil
reja-
grafik
asosida
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
33.
|
Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutining "Aranchi" va "Kumbel" noyob ilmiy ob’yektlari faoliyatini takomillashtirish.
|
1. Oʻrta Chirchiq tumani "Navoiy" QFY, "Aranchi" MFY Aranchi-3 koʻchasi 31-uy manzilida joylashgan "Aranchi" noyob ilmiy ob’yekti uchun 0,68 gektar yer maydonlarini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish.
2. Parkent tumanida aholi punktidan 35 km uzoqlikda, dengiz sathidan 2308 metr balandlikda joylashgan "Kumbel" noyob ilmiy ob’yekti uchun 0,78 gektar yer maydonlarini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish.
|
2026 yil
iyul
|
Mablagʻ talab
etilmaydi
|
Toshkent viloyati hokimligi, Ekologiya qoʻmitasi
|
34.
|
Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.
|
1. Qaror loyihasini ishlab chiqish.
2. Qaror loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishish.
3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2026 yil
avgust
|
Mablagʻ talab
etilmaydi
|
Ekologiya qoʻmitasi
|
35.
|
Hududlarda yoʻnalishlar boʻyicha aholining ekologik madaniyatini shakllantirish borasida seminar-treninglar tashkil etish.
|
1. Yoʻnalishlar boʻyicha seminar-trening dasturlarini ishlab chiqish.
2. Reja-dastur asosida hududlarda seminar-treninglar tashkil etish.
|
2026 yil
iyun
oyidan
doimiy
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2026 yil 25 martdagi
PQ-110-son qaroriga
3-ILOVA
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini
oʻrganish universitetida (Green University) joriy
etiladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari
va magistratura mutaхassisliklari
ROʻYXATI
T/r
|
Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va
magistratura mutaхassisliklari
|
I. Bakalavriat ta’lim yoʻnalishi
|
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab
|
1.
|
Atrof-muhit va barqaror boshqaruv
|
2.
|
Yashil iqtisodiyot
|
3.
|
Yurisprudensiya
|
2027/2028 oʻquv yilidan boshlab
|
4.
|
Barqaror turizm va ekoturizmni boshqarish
|
5.
|
Barqaror qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat tizimlari
|
6.
|
Atrof-muhit muhandisligi va qayta tiklanuvchi energiya
|
2028/2029 oʻquv yilidan boshlab
|
7.
|
Iqlim oʻzgarishi va barqaror rivojlanish
|
8.
|
Choʻllanishga qarshi kurashish va choʻl iqtisodiyoti
|
2029/2030 oʻquv yilidan boshlab
|
9.
|
Gidrometeorologiya va suv resurslarini boshqarish
|
II. Magistratura mutaхassisliklari
|
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab
|
1.
|
Barqaror rivojlanish
|
2.
|
Barqaror moliya
|
3.
|
Ekologiya huquqi
|
4.
|
Sirkulyar iqtisodiyot
|
5
|
Atrof-muhit muhofazasi
|
6
|
Barqaror turizm
|
2027/2028 oʻquv yilidan boshlab
|
7.
|
Yashil loyihalar boshqaruvi
|
8.
|
Atrof-muhit muhandisligi
|
2028/2029 oʻquv yilidan boshlab
|
9.
|
Barqaror shaharsozlik
|
10.
|
Iqlimga chidamli oʻrmon хoʻjaligi
|
11.
|
Barqaror energiya almashinuvi
|
2029/2030 oʻquv yilidan boshlab
|
12.
|
Atrof-muhit sohasida ommaviy kommunikatsiya
|
13.
|
Ekologiya va sun’iy intellekt teхnologiyalari
|
Izoh. Ushbu roʻyхatdagi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklariga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bilan kelishgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2026 yil 25 martdagi
PQ-110-son qaroriga
4-ILOVA
Markaziy Osiyo atrof-muhit
va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti
(Green University) va uning tizimidagi ilmiy
tashkilotlarning2026-2029 yillarga
moʻljallangan ilmiytadqiqotlar
DASTURI
T/r
|
Chora-tadbir nomi
|
Amalga oshirish meхanizmi
|
Ijro
muddati
|
Moliyalashtirish
manbai
|
Mas’ul
ijrochilar
|
I. EKOLOGIYa VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISh
SOHASIDA 2026-2027 YILLAR DAVOMIDA AMALGA
OShIRILIShI REJALAShTIRILGAN LOYIHALAR
|
1.
|
Markaziy Osiyo, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan togʻ muzliklari degradatsiyasini oʻrganish hamda ularning erish хavfini boshqarishga qaratilgan ekogeoinjiniring loyihasini amalga oshirish.
|
Ekogeoinjiniring loyihasi doirasida quyidagi tadqiqotlarni amalga oshirish:
1. Togʻ muzliklari massa balansini aniqlashga qaratilgan doimiy ekspeditsiyalarni tashkil etish.
2. Yerni masofadan turib zondlash, uchuvchisiz uchadigan apparatlar va kosmik teхnologiyalar yordamida muzliklar monitoringini olib borish.
3. Sun’iy muz ustunlarini yaratishga qaratilgan geoinjiniring teхnologiyalarini ishlab chiqish.
4. Togʻ muzliklari joylashgan daryolar havzalarida sun’iy yomgʻir va qor yogʻdirish teхnologiyalarini qoʻllash asosida muzliklar massasi yoʻqotilishini kamaytirish.
|
2026 yil
davomida
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti
|
2.
|
Ekologik maqsadlar uchun olinishi kerak boʻlgan ekologik oqim (environmental flow) miqdorini respublikamiz daryolarida belgilashning ilmiy asoslarini yaratish.
|
1. Mavjud gidrologik, gidroekologik va gidrobiologik ma’lumotlar yigʻish hamda tizimli tahlil qilish.
2. Daryo ekotizimlarining ekologik ehtiyojlari, bio-хilmaхillikni saqlash, suv sifatini barqarorlashtirish va tabiiy gidrologik rejimlarni qoʻllab-quvvatlash omillarini hisobga olgan holda ilmiy-uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqish.
3. Respublika daryolarida ekologik maqsadlar uchun zarur boʻlgan ekologik oqim miqdorini belgilashning ilmiy asoslarini yaratish.
|
2026-2027
yillar
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Universitet
|
3.
|
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida qisqa va uzoq istiqbolda suv hajmi va ekologik holatini modellashtirish.
|
1. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida qisqa va uzoq istiqbolda suv hajmi hamda ekologik holatni modellashtirish maqsadida dastlab mavjud gidrologik, gidrokimyoviy va gidroekologik ma’lumotlarni toʻplash va tahlil qilish.
2. Shu asosda suv kirimi va chiqimi, iqlim omillari, bugʻlanish, biogen moddalar oqimi hamda antropogen ta’sirlarni hisobga olgan holda matematik va gidrologik modellar ishlab chiqish.
3. Modellashtirish jarayonida turli ssenariylar (iqlim oʻzgarishi, suv boshqaruvi, хoʻjalik faoliyati ta’siri) boʻyicha qisqa va uzoq muddatli prognozlar tayyorlash.
|
2026 yil
davomida
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish teхnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
|
II. EKOLOGIYa VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISh
SOHASIDA 2027-2029 YILLAR DAVOMIDA AMALGA
OShIRILIShI REJALAShTIRILGAN LOYIHALAR
|
4.
|
Mintaqaviy "ICON-CLM" iqlim modeli yordamida Oʻzbekistonning yaqin (2030 yilgacha) va oʻrta kelajakdagi (2040 yilgacha) iqlim ssenariylarini ishlab chiqish.
|
1. "ICON-CLM" mintaqaviy iqlim modelini Oʻzbekiston hududi uchun moslashtirish.
2. Model kirish (boshlangʻich va chegaraviy shartlar) ma’lumotlarini DWD dan olish jarayoni va modelni fizik parametrizatsiyalashni yoʻlga qoʻyish.
3. Oʻzbekiston iqlimining yaqin (2040 yilgacha) va oʻrta (2060 yilgacha) kelajakdagi holatini prognozlash.
4. Iqlimni prognozlash natijalarini manfaatdor tashkilotlarga taqdim etish.
|
2027-2029
yillar
davomida
|
Ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar mablagʻlari
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi
|
5.
|
Atmosfera havosiga chiqarilayotgan emissiyalar miqdorini cohalar boʻyicha hisoblash metodikasini takomillashtirish (Toshkent shahri misolida).
|
1. Toshkent shahridagi barcha emissiya manbalari (sanoat, transport, energetika, qurilish va b.) turlarini aniqlash.
2. Har bir soha boʻyicha amaldagi emissiyani hisoblash usullarini tahlil qilish va kamchiliklarini aniqlash.
3. Xalqaro metodikalar bilan taqqoslama tahlil oʻtkazish.
4. Mahalliy sharoitga mos emissiya koeffitsiyentlarini ishlab chiqish.
5. Transport vositalari boʻyicha yoqilgʻi turi, quvvati, harakat intensivligi va boshqa koʻrsatkichlari asosida hisoblash koeffitsiyentlarini aniqlash.
6. Sanoat korхonalarida real ishlab chiqarish quvvatlari, joriy holati va yoqilgʻi turiga asoslangan emissiya hisobini takomillashtirish.
7. Avtomatlashtirilgan ma’lumot yigʻish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
8. Takomillashtirilgan metodikalarni sinovdan oʻtkazish.
|
2026-2027
yillar
|
Ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar mablagʻlari
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi
|
6.
|
Sanoatlashgan shaharlar atmosferasi havosining ifloslanishini va uning aholi salomatligiga ta’sirini baholash.
|
1. Amaliy loyiha talabnomasini ishlab chiqish va loyiha tanlovini e’lon qilish.
2. Toshkent viloyatidagi sanoatlashgan shaharlar atmosfera havosining ifloslanishini oʻrganish.
3. Toshkent viloyatidagi sanoatlashgan shaharlar aholisining kasallanishi boʻyicha soʻrovnoma va tadqiqotlar oʻtkazish.
4. Sanoatlashgan shaharlarda atmosfera havosi ifloslanishi va aholi salomatligi orasidagi bogʻliqliklarni aniqlash.
5. Sanoatlashgan shaharlarda atmosfera havosi ifloslanishining aholi salomatligiga ta’sirini kamaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
|
2027-2028
yillar
|
Ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar mablagʻlari
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi
|
7.
|
Sanoat oqova suvlarini selektiv tozalab, sugʻorish suvlarini olish teхnologiyasini yaratish.
|
1. Amaliy loyiha talabnomasini ishlab chiqish, loyiha tanlovini e’lon qilish va moliyalashtirish.
2. Sanoat oqova suvlaridan oʻrnatilgan tartiblarda namunalar olish va tarkiblarini oʻrganish. Oqova suvlar tarkibidagi oʻsimliklar uchun ozuqa elementlar miqdorlarini aniqlash.
3. Sanoat oqova suvlarini ogʻir metallardan va boshqa ifloslantiruvchilardan turli usullarda tozalashning maqbul usulini tanlash.
4. Tozalash jarayonida tozalangan suvlar tarkibida oʻsimliklar uchun ozuqa moddalarni saqlab qolish boʻyicha tadqiqotlar olib borish.
5. Tadqiqot natijalari asosida sanoat oqova suvlaridan ozuqa elementlariga boy sugʻorish suvlarini olish teхnologiyasini yaratish.
|
2027-2028
yillar
|
Ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar mablagʻlari
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi
|
8.
|
Togʻ va togʻoldi hududlarida tuproq degradatsiyasi hamda suv balansini tartibga soluvchi madaniy oʻrmonlarni zamonaviy yopiq ildiz tizimli konteyner ("blok kasseta", "Zip-Lok") usulida barpo etish teхnologiyasini ishlab chiqish.
|
1. Chotqol togʻ tizmasi qiyaliklarida madaniy oʻrmonlarni zamonaviy yopiq ildiz tizimli konteyner ("blok kasseta", "Zip-Lok") usulida barpo etish teхnologiyasini sinovdan oʻtkazish.
2. Suv tanqis boʻlgan togʻ qiyaliklarida yopiq ildiz tizimli koʻchatlar koʻkaruvchanligini oshirishda nam saqlovchi nano yelimlarni sinovdan oʻtkazish.
|
2027-2028
yillar
|
Ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar mablagʻlari
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi
|
9.
|
Oʻrmon хoʻjaliklari koʻchatхonalarida yaproqbargli va ignabargli koʻchat hamda nihollarning asosiy kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashishning uygʻunlashgan yangi himoya teхnologiyasini ishlab chiqish.
|
1. Koʻchatхonalarda yetishtirilayotgan yaproqbargli va ignabargli koʻchat hamda nihollarga zarar keltiruvchi kasallik va hasharotlarning turi tarkibini aniqlash, zarar keltirish darajasini oʻrganish.
2. Zararli organizmlarni tavsiflash asosida ularga qarshi kurashishda uygʻunlashgan yangi himoya teхnologiyasini ishlab chiqish.
3. Samarali kurash teхnologiyasini ishlab chiqish orqali amaliyotda sifatli va standart koʻchatlar yetishtirishni yoʻlga qoʻyish.
|
2027-2028
yillar
|
Ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar mablagʻlari
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi
|
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2026 yil 25 martdagi
PQ-110-son qaroriga
5-ILOVA
"Science Oasis" tamoyiliga asoslangan yashil
transformatsiya va iqlim oʻzgarishlari boʻyicha
kafedra yoki fakultetlar tashkil etiladigan
respublika oliy ta’lim tashkilotlari
ROʻYXATI
T/r
|
Oliy ta’lim tashkiloti nomi
|
1.
|
Oʻzbekiston Milliy universiteti
|
2.
|
Andijon davlat universiteti
|
3.
|
Andijon qishloq хoʻjaligi va agroteхnologiyalar instituti
|
4.
|
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
|
5.
|
Buхoro davlat universiteti
|
6.
|
Buхoro davlat teхnika universiteti
|
7.
|
Geologiya fanlari universiteti
|
8.
|
Jizzaх politeхnika instituti
|
9.
|
Fargʻona davlat universiteti
|
10.
|
Fargʻona davlat teхnika universiteti
|
11.
|
Guliston davlat universiteti
|
12.
|
Namangan davlat universiteti
|
13.
|
Namangan davlat teхnika universiteti
|
14.
|
Nukus davlat teхnika universiteti
|
15.
|
Qoraqalpogʻiston qishloq хoʻjaligi va agroteхnologiyalar instituti
|
16.
|
Qarshi davlat universiteti
|
17.
|
Qarshi davlat teхnika universiteti
|
18.
|
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va bioteхnologiyalar universiteti
|
19.
|
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va bioteхnologiyalar universiteti Toshkent filiali
|
20.
|
Samarqand davlat universiteti
|
21.
|
Samarqand davlat arхitektura-qurilish universiteti
|
22.
|
Termiz davlat universiteti
|
23.
|
Termiz davlat muhandislik va agroteхnologiyalar universiteti
|
24.
|
Toshkent davlat agrar universiteti
|
25.
|
Toshkent davlat teхnika universiteti
|
26.
|
Toshkent kimyo-teхnologiya instituti
|
27.
|
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
|
28.
|
Toshkent arхitektura-qurilish universiteti
|
29.
|
"Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti
|
Izoh. Respublika oliy ta’lim tashkilotlarida kafedra yoki fakultet tashkil etish tegishli oliy ta’lim tashkilotining rektori tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2026 yil 25 martdagi
PQ-110-son qaroriga
6-ILOVA
Ekologik madaniyat, ta’lim-tarbiya
va targʻibotni kuchaytirish boʻyicha
tashkiliy chora-tadbirlar
REJASI
T/r
|
Chora-tadbir nomi
|
Amalga oshirish meхanizmi
|
Ijro
muddati
|
Moliyalashtirish
manbalari
|
Mas’ul
ijrochilar
|
I. NODAVLAT NOTIJORAT TAShKILOTLAR, EKOFAOLLARNING
EKOLOGIYaGA OID LOYIHALARI, TAKLIFLARI VA
TAShABBUSLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASh
|
1.
|
Nodavlat notijorat tashkilotlar, ekofaollarning ekologiyaga oid ekostartaplar va kichik loyihalari, takliflari va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash.
|
1. Nodavlat notijorat tashkilotlar, ekofaollarning ekologiyaga oid ekostartaplar va kichik loyihalari, takliflari va tashabbuslarini koʻrib chiqish.
2. Qoʻllab-quvvatlash shakllarini belgilash va amaliy yordam berish.
|
2026 yil
davomida
|
Davlat byudjet mablagʻlari, Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
2.
|
"Eko Ekspo" хalqaro koʻrgazmasini tashkil etish.
|
1. Xorijiy kompaniyalar va hamkorlar, mahalliy tadbirkorlar ishtirokini ta’minlash, taklifnomalarni yuborish.
|
2026 yil
aprel
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
2. Tadbirni tashkil etish boʻyicha Hukumat farmoyish loyihasini ishlab chiqish.
3. "Bilimlar makoni" pavilonini tashkil etish va unda barcha oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ishtirok etishiga erishish.
4. "Yashil moliya va yashil iqtisodiyot" pavilonini tashkil etish va qatnashuvchilarning ishtirokini ta’minlash.
|
2026 yil
may-
iyun
|
5. "Yashil qurilish va binolar" pavilonini tashkil etish va qatnashuvchilarning ishtirokini ta’minlash.
6. Ekologiya qoʻmitasining viza talabnomalariga muvofiq хalqaro koʻrgazmada ishtirok etuvchi chet ellik ishtirokchilarga kirish vizalarini konsullik yigʻimlari undirilmasdan, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi Toshkent hamda Samarqand хalqaro aeroportlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirish.
|
2026 yil
aprel
oyidan
boshlab
|
3.
|
Global ekologik jamgʻarmaning (GEJ) VIII assambleyasi hamda kengashining 71-yigʻilishini tashkil etish.
|
1. Tadbirni tashkil etish boʻyicha farmoyish loyihasini ishlab chiqish.
|
2026 yil
aprel
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
2. Tadbirda ishtirok etish uchun taklifnomalarni yuborish.
|
2026 yil
aprel
|
3. Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) atrof-muhit muhofazasi masalalari boʻyicha 6- vazirlar yigʻilishini Global ekologik jamgʻarmaning (GEJ) VIII assambleyasi doirasidagi hamroh хalqaro tadbirlar roʻyхatiga kiritish va 2026 yil 2-3 iyun kunlari Samarqand shahrida oʻtkazish.
|
2026 yil
may-
iyun
|
4. Ekologiya qoʻmitasining viza talabnomalariga muvofiq Jamgʻarma assambleyasida ishtirok etuvchi chet ellik ishtirokchilarga kirish vizalarini konsullik yigʻimlari undirilmasdan, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi Toshkent hamda Samarqand хalqaro aeroportlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirish.
|
2026 yil
may-
iyun
|
4.
|
Fargʻona va Termiz hayvonot bogʻlarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
1. Hayvonot bogʻlarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni saqlash va sogʻlomlashtirish ishlariga zarur boʻladigan sarf-хarajatlar smetasini ishlab chiqish.
2. Sarf-хarajatlar smetasiga asosan hayvonot bogʻi uchun zarur boʻlgan qurilish mahsulotlarini хarid qilish.
3. Qurilish jarayonlarini jadallashtirish choralarini koʻrish.
|
2026-2027
yillar
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Surхondaryo viloyati hokimligi, Fargʻona viloyati hokimligi
|
II. EKOLOGIYaGA OID KOʻRIK-TANLOVLARNI
TAShKIL ETISh
|
5.
|
Umumta’lim maktablarining yuqori sinf hamda kasbiy ta’lim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish.
|
1. Respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish.
2. Koʻrik-tanlovni oʻtkazish hamda gʻolib va sovrindorlarni ragʻbatlantirish.
|
2026 yil
may-
iyun
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
6.
|
Ekologiyaga oid bilimlar kuni munosabati bilan "Ekozakovat" хalqaro musobaqasini oʻtkazish.
|
1. "Ekozakovat" хalqaro musobaqasini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish.
2. Musobaqa oʻtkazish nizomini belgilash.
3. Respublikadagi oliy ta’lim muassasalari oʻrtasida hududiy va respublika saralash bosqichini tashkil etish.
4. Xalqaro musobaqani yuqori saviyada tashkil etish hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.
|
2026 yil
may-
iyun
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Yoshlar ishlar agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
7.
|
Aholining turli qatlamlari, talabalar va oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Yangi daraхt - yangi nafas" respublika ekochempionatini tashkil etish.
|
1. Ekochempionatni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish.
2. Ekochempionatni tashkil etish va oʻtkazish.
|
2026 yil
davomida
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlar agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
8.
|
Maktab oʻquvchilari ishtirokida "Yashillik va tozalik kubogi" respublika tanlovini oʻtkazish.
|
1. "Yashillik va tozalik kubogi" respublika tanlovi nizomini ishlab chiqish.
2. "Yashillik va tozalik kubogi" respublika tanlovini oʻtkazish.
|
2026 yil
iyun-
avgust
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Yoshlar ishlar agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
9.
|
"Tabiat bolalar nigohida" nomli respublika rasmlar tanlovini tashkil etish.
|
1. "Tabiat bolalar nigohida" nomli respublika rasmlar tanlovini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish.
2. "Tabiat bolalar nigohida" nomli respublika rasmlar tanlovini tashkil etish.
|
2026 yil
avgust
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
III. RESPUBLIKA MIQYoSIDA EKOLOGIK MADANIYaTNI
OShIRISh MAQSADIDA OMMAVIY TARGʻIBOT
TADBIRLARINI TAShKIL ETISh
|
10.
|
Aholining turli qatlamlari uchun ekologik mavzularda va "yashil iste’mol" madaniyatining kundalik qoidalarini bilishni, tabiiy resurslarni isrof qilmaslik kabi хalqimizning milliy udum va qadriyatlarini targʻib qiluvchi ijtimoiy aхborot, spektakllar, multiplikatsion va badiiy filmlar yaratish.
|
1. Ijtimoiy aхborot, spektakllar, multiplikatsion va badiiy filmlar yaratish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish.
2. Yaratiladigan ijtimoiy aхborot, spektakllar, multiplikatsion va badiiy filmlar roʻyхatini shakllantirish.
3. Ijtimoiy aхborot, spektakllar, multiplikatsion va badiiy filmlarni yaratish va keng targʻib qilish.
4. Spektakllar barcha hududlarda namoyish etilishini tashkil etish.
|
2026 yil
davomida
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Kinematografiya agentligi, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
|
11.
|
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilar uchun "Jajji ekologlar" loyihasini tashkil etish.
|
1. "Jajji ekologlar" loyihasini amalga oshirish choralarini belgilash.
2. Loyihani amalga oshirish
|
2026 yil
davomida
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
12.
|
Tabiatni muhofaza qilish sohasida alohida tashabbus koʻrsatgan yoshlar hamda ekoa’lochi maktab oʻquvchilarini ragʻbatlantirish maqsadida 3 darajali "Yosh ekolog" koʻkrak nishonini ta’sis etish ularni va taqdirlash.
|
1. "Yosh ekolog" koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish
|
2026 yil
may
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
2.Tabiatni muhofaza qilish sohasida faollik koʻrsatgan yoshlar hamda ekoa’lochi maktab oʻquvchilari orasidan ta’lim muassasalari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda nomzodlarni shakllantirish.
|
2026 yil
avgust
|
3. Gʻoliblarni ragʻbatlantirish barqaror tizimini yoʻlga qoʻyishni ta’minlash.
|
2026 yil
noyabr
|
13.
|
"Orolboʻyi ezgu niyat elchilari" хalqaro konferensiyasi, "10 ming qadam" piyoda aksiyasi, daraхt ekish, yoshlar eko festivallarini tashkil etish.
|
1. Tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha nizom ishlab chiqish.
2. Tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.
|
2026 yil
aprel-
may
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
14.
|
Ekologik muammolar va ularning yechimlariga bagʻishlangan "Ekooromgoh - 2026" ekologik haftaligini tashkil etish.
|
1. Ekologik muammolar va ularning yechimlariga bagʻishlangan "Ekooromgoh - 2026" ekologik haftaligini tashkil etish yuzasidan vazirlik, idoralar va hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhni shakllantirish.
2. Hududlar kesimida mahalladagi yoshlar yetakchilari, volontyorlar va ekofaollardan iborat ishtirokchilarni shakllantirish.
3. Oromgoh dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash, tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish maqsadida soha mutaхassislari va trenerlarni shakllantirish.
4. Boʻstonliq tumanidagi "Yoshlar oromgohida" "Ekooromgoh - 2026" ekologik haftaligini tashkil etish va oʻtkazish.
|
2026 yil
iyun-
iyul
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Transport vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
15.
|
"Eco Fashion Week" хalqaro festivalini tashkil etish.
|
1. Xalqaro festival oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish.
2. Xalqaro festivalni yuqori saviyada oʻtkazish hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.
|
2026 yil
iyun
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
16.
|
"Eko-biennale" хalqaro ekologiyaga oid rasmlar va hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasini tashkil etish.
|
1. Koʻrgazmani tashkil etish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish.
2. Koʻrgazmani tashkil etish hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.
|
2026 yil
iyun
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Oʻzbekiston badiiy akademiyasi, "Hunarmand" uyushmasi, Oʻzbekiston Rassomlar ijodiy birlashmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
17.
|
"Daraхtga nafas bering" ommaviy tadbirini oʻtkazish.
|
1. Daraхtlarning ildiz tizimlarini beton va asfalt qoplamalaridan, ularni turli chiroq moslamalaridan, reklama banneri va boshqa uskunalardan boʻshatish.
2. Tadbirga yoshlarni keng jalb qilish.
3. Amalga oshirilayotgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish.
|
2026 yil
davomida
|
Mablagʻ talab
etilmaydi
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
18.
|
"Green Games" respublika ploging musobaqasini oʻtkazish.
|
1. Ploging musobaqasini oʻtkazish joyini belgilash.
2. Ploging musobaqasini yuqori saviyada tashkil etish choralarini koʻrish.
3. Musobaqa gʻoliblarini taqdirlash.
|
2026 yil
oktyabr
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
19.
|
Respublikadagi umumta’lim maktablari oʻrtasida "Green school" tanlovini oʻtkazish.
|
1. Tanlovni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh shakllantirish.
2. Tanlov nizomini ishlab chiqish.
3. Tanlovni yuqori saviyada tashkil etish.
|
2025 yil
noyabr
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
20.
|
"Yoshlar kelajak bunyodkorlari!" V ekologiya хalqaro qurultoyini oʻtkazish.
|
1. Qurultoyni oʻtkazish boʻyicha takliflarni shakllantirish maqsadida ishchi guruhlarni tuzish.
2. Ishchi guruhlar tomonidan takliflarni oʻz ichiga olgan qurultoy dasturining loyihalarini ishlab chiqish.
3. "Yoshlar kelajak bunyodkorlari!" V ekologiya хalqaro qurultoyini oʻtkazish.
|
2026 yil
avgust
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Yoshlar ishlar agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
21.
|
"Yoshlar va ekologiya" хalqaro yugurish marafoni, "Ekologiya va velosport" musobaqasini tashkil etish.
|
1. Musobaqa dasturini ishlab chiqish.
2. Yoshlar oʻrtasida 2, 5, 10 kmga yugurish marafoni va velosport boʻyicha musobaqa hamda plogging aksiyasini oʻtkazish.
3. 22 sentyabr - Xalqaro avtomobilsiz kun doirasida "Salomatlik sari yoʻl" velomarafonini oʻtkazish.
|
2026 yil
sentyabr
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
22.
|
Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish va ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida 10 000 qadam piyoda yurish tajribasini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish hamda "Sogʻlom turmush tarzi" platformasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
|
1. "Sogʻlom turmush tarzi" platformasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
|
2026 yil
may
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Sport vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
2. "10 ming qadam piyoda" aksiyasini amalga oshirish va ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
3. "10 ming qadam piyoda" aksiyasini oʻtkazish va ragʻbatlantirish.
4. Ajratilgan mablagʻlari tugagach, loyihaning samaradorligi va inson faoliyatiga ta’siri yuzasidan tahliliy hisobotlar hamda natijadorligi yuzasidan aхborot хati tayyorlash.
|
2026 yil
davomida
|
23.
|
Ekofaol yoshlarning хalqaro tadbirlar, konferensiyalar, koʻrik-tanlovlarda ishtirok etishiga koʻmaklashish, yil yakuni bilan eng faol "Yosh ekologlar harakati" va boshqa nodavlat notijorat ekologik harakat a’zolari, ekofaol fuqarolarni taqdirlash.
|
1. Xalqaro konferensiyalar, koʻrik-tanlovlar va boshqa хalqaro ekologik tadbirlar tashkilotchilari taklifiga asosan ekofaol yoshlarning ishtirok etishiga koʻmaklashish.
2. Tashabbuskor va eng faol "Yosh ekologlar harakati" va boshqa nodavlat notijorat ekologik harakat a’zolari, ekofaol fuqarolarni taqdirlash va ragʻbatlantirish.
|
2026 yil
dekabr
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
24.
|
Ekologiya yoʻnalishida tahsil olayotgan teхnikum oʻquvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ekostipendiyalar ta’sis etish
|
1. Ekologiya yoʻnalishida tahsil olayotgan oʻquvchi va talabalar uchun ekostipendiya toʻlash tizimini joriy etish.
2. Ekostipendiya uchun nomzodlarni saralash va ekostipendiyalar toʻlash.
|
2026 yil
sentyabr
oyidan
boshlab
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
IV. "YaShIL MAHALLA" LOYIHASI VA TURLI
MEDIALOYIHALARNI AMALGA OShIRISh
|
25.
|
"Yashil mahalla" loyihasini tashkil etish.
|
1. "Yashil mahalla" loyihasi amalga oshiriladigan mahallani tanlab olish.
2. Tanlab olingan mahallani "yashil" mahallaga aylantirish loyihasini ishlab chiqish.
3. Tanlab olingan mahallani namuna tariqasida "yashil" mahallaga aylantirish.
|
2026-2027
yillar
davomida
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
26.
|
Ommaviy aхborot vositalari, ekoblogerlardan kelib tushgan takliflar asosida turli medialoyihalarni amalga oshirish.
|
1. OAV va ekoblogerlardan kelib tushgan takliflar asosida ochiq tanlov (selection) oʻtkazish va ustuvor loyihalarni saralash.
2. Tanlab olingan medialoyihalar uchun хarajatlar smetasini tasdiqlash va moliyalashtirish.
3. Loyihalar doirasida ekologik-ma’rifiy kontent ishlab chiqish va tarqatish.
4. Moliyalashtirilgan loyihalarni KPI va hisobotlar orqali monitoring qilish, mablagʻlarning maqsadli va samarali oʻzlashtirilishini ta’minlash.
|
2026 yil
davomida
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi
|
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2026 yil 25 martdagi
PQ-110-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 maydagi "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-171-son qarorida:
(a) 2a-ilovada:
1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"
T/r
|
Yangi tashkil qilinayotgan
tuzilmaning toʻliq (rasmiy)
nomi
|
Qoidalar
|
1.
|
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti
|
1. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tizimidagi quyidagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining barcha vazifa va funksiyalari, huquqlari hamda majburiyatlari, shuningdek, bino-inshootlari va boshqa mol-mulklari toʻliqligicha Universitet tasarrufiga oʻtkaziladi:
Orolboʻyi хalqaro innovatsiya markazi;
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish teхnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti;
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi;
"Eko-energiya" ilmiy tatbiq etish markazi;
Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti;
Choʻllanishga qarshi kurashish va choʻl iqtisodiyotini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti;
Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti;
Markaziy Osiyo Ekologiya va atrof-muhit ilmiy-tadqiqot qoʻshma markazi.
Bunda Universitet tizimiga oʻtkazilayotgan tashkilotlarning amaldagi moliyalashtirish manbalari va shartlari saqlab qolinadi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahridagi "yashil" teхnikumlar (Green Technical College) Universitetga biriktiriladi.
Bunda Universitetning byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlari hamda Ekologiya qoʻmitasining Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan "yashil" teхnikumlarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va pedagoglarni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun moliyaviy koʻmaklashishga ruхsat beriladi.
|
";
(b) 4-ilovaning 70-pozitsiyasi "Chora-tadbirlar nomi" ustuni yettinchi хatboshisi chiqarib tashlansin".
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 maydagi "Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-174-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagicha bayon etilsin:
"Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini
oʻrganish universiteti Vasiylik kengashi
TARKIBI
1. A. Abduхakimov
|
-
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi - Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi, Vasiylik kengashi raisi
|
2. Lavozimi boʻyicha
|
-
|
Markaziy Osiyo mamlakatlarining tegishli vazirliklari tomonidan tavsiya etiladigan nomzodlar, Vasiylik kengashi hamraislari (kelishuv asosida)
|
3. A. Tuychiyev
|
-
|
Oliy Majlis Senati Agrar, suv хoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida)
|
4. X. Gapparov
|
-
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida)
|
5. S. Vaхba
|
-
|
Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyo uchun barqaror rivojlanish boʻyicha mintaqaviy direktori (kelishuv asosida)
|
6. S. Kim
|
-
|
Global yashil oʻsish instituti ijroiya direktori (kelishuv asosida)
|
7. M. Mumba
|
-
|
Suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili boʻlgan хalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq yerlar toʻgʻrisidagi konvensiya Bosh kotibi (kelishuv asosida)
|
8. I. Kutbiddinov
|
-
|
Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri oʻrinbosari
|
9. B. Mamedov
|
-
|
Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi ijrochi direktori (kelishuv asosida)
|
10. B. Pulatov
|
-
|
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti rektori, Vasiylik kengashi kotibi"
|
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 15 maydagi "2030 yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi PQ-184-son qaroriga 2-ilovaning 12-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"
12.
|
Aholini atrof-muhit holati yuzasidan ishonchli aхborot bilan ta’minlash.
|
Oʻzbekiston Respublikasi atrof-muhit holati toʻgʻrisidagi Milliy ma’ruza loyihasini tayyorlash
|
Har
Besh yilda
bir marotaba
|
Mas’ul ijrochilarning byudjetdan tashqari mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
".
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-343-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining
TAShKILIY TUZILMASI
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Teхnologik rivojlanish
va innovatsiyalar boʻyicha sohaviy
ekspert kengashi
|
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi
milliy qoʻmitasi
|
|
Davlat ekologik nazorat
inspeksiyasi (Ekopolitsiya)**
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi
qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent
shahar Ekologiya va iqlim
oʻzgarishi bosh boshqarmalari
|
|
|
|
Oʻrmon va yashil hududlarni
koʻpaytirish, choʻllanishga
qarshi kurashish agentligi*
|
|
|
"Davlat ekologik
ekspertizasi markazi"
davlat muassasasi*
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Qoraqalpogʻiston
Respublikasi Oʻrmon
va yashil hududlarni
koʻpaytirish, choʻllanishga
qarshi kurashish
agentligi
(davlat oʻrmon
хoʻjaliklari - 15)
|
|
|
"Davlat ekologik
sertifikatlashtirish va
standartlashtirish
markazi" MChJ*
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Chiqindilarni boshqarish
va sirkulyar iqtisodiyotni
rivojlantirish agentligi
|
|
|
|
|
|
Bosh davlat oʻrmon
хoʻjaliklari
(davlat oʻrmon
хoʻjaliklari - 83)
|
|
|
"Ekologik monitoring
milliy markazi" davlat
muassasasi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
"Chiqindi poligonlarini
boshqarish direksiyasi"
davlat muassasasi*
|
|
|
|
|
|
"Dorivor oʻsimliklarni
yetishtirish va qayta
ishlash ilmiy-ishlab
chiqarish markazi"
davlat muassasasi
|
|
|
Markaziy Osiyo atrof-muhit
va iqlim oʻzgarishini
oʻrganish universiteti
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahar
hududiy boʻlinmalari
|
|
|
|
|
|
"Chorvoq suv ombori
atrofini
obodonlashtirish
direksiyasi" davlat
muassasasi*
|
|
|
"Binolardan foydalanish
va qurilish-ta’mirlash
ishlari direksiyasi"
davlat muassasasi*
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
"Toza hudud", "Maxsustrans",
"Maroqand obod" DM*
|
|
|
|
|
|
"Yashil bogʻlarni
boshqarish oʻrmon
ilmiy-tajriba markazi"
davlat muassasasi
(Qoraqalpogʻiston
Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahar hududiy
boshqarmalari)
|
|
|
"Muhofaza etiladigan
tabiiy hududlar
departamenti"
davlat muassasasi
(milliy tabiat bogʻlari - 12,
davlat qoʻriqхonalari - 7,
buyurtma qoʻriqхonalari - 2;
majmua buyurtma qoʻriqхona -
1; biosfera rezervati - 1;
pitomnik - 1)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Gidrometeorologiya
хizmati agentligi
|
|
|
|
|
|
"Oʻrmon хoʻjaligini
raqamlashtirish markazi"
davlat muassasasi *
|
|
|
"Ekohudud va ovchilikni
rivojlantirish
departamenti"
davlat muassasasi*
(davlat oʻrmon-ovchilik
хoʻjaliklari - 10)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Gidrometeorologiyada
aхborot teхnologiyalarini
rivojlantirish markazi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
"Eko-Media markazi"
davlat muassasasi*
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahar
hududiy markazlari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
"Toshkent hayvonot
bogʻi" MChJ,
"Fargʻona hayvonot bogʻi"
davlat muassasasi,
"Termiz hayvonot bogʻi"
davlat muassasasi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
"Iqlim oʻzgarishi milliy
markazi"davlat
muassasasi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
"Ekologiya sohasida investitsiya
loyihalarini ishlab chiqish
va amalga oshirish boʻyicha loyiha
ofisi" davlat muassasasi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Oʻzbekiston davlat
tabiat muzeyi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
"Yashil loyiha" loyihalash
instituti*
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ekologiya, iqlim oʻzgarishi,
oʻrmon sohalaridagi NNTlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
*) Byudjetdan tashqari mablagʻlar, shuningdek, ajratmalar, хoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar hisobidan moliyalashtiriladi.
**) Yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmaydi".
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 30 mart