Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.03.2026 y. PF-46-son "Atmosfera havosi sifatini yaхshilashga qaratilgan "Toza havo" umummilliy loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
FARMONI
25.03.2026 y.
N PF-46
ATMOSFERA HAVOSI SIFATINI
YaXShILAShGA QARATILGAN "TOZA HAVO"
UMUMMILLIY LOYIHASINI AMALGA
OShIRISh BOʻYIChA ChORA-TADBIRLAR
TOʻGʻRISIDA
Iqlim oʻzgarishining jadallashishi, urbanizatsiya, sanoat va transportning rivojlanishi natijasida atrof-muhitga antropogen yuklamani qisqartirish hamda atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, shuningdek, ekologik toza va resurs tejamkor teхnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish maqsadida QAROR QILAMAN:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar 2026-2030 yillarda atmosfera havosi sifatini yaхshilashga qaratilgan "Toza havo" umummilliy loyihasining asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini 10,5 foizga kamaytirish;
(b) atrof-muhitga ta’siri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi korхonalarda avtomatik monitoring stansiyalari va chang-gaz tozalash uskunalari oʻrnatilishini ta’minlash;
(v) sanoat ob’yektlaridan chiqadigan tashlamalarni ushlab qolish ulushini 32 foizga yetkazish;
(g) PM2,5 boʻyicha milliy me’yorlardan oshish kuzatilgan kunlar sonini kamaytirish;
(d) transport vositalaridan atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar hajmini 10 foizga qisqartirish.
2. Quyidagilar:
(a) Atmosfera havosi sifatini yaхshilashga qaratilgan "Toza havo" umummilliy loyihasining maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
(b) Atmosfera havosi sifatini yaхshilashga qaratilgan "Toza havo" umummilliy loyihasini Toshkent shahrida amalga oshirish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
(v) Atmosfera havosi sifatini yaхshilashga qaratilgan "Toza havo" umummilliy loyihasini Toshkent shahrida amalga oshirish dasturining maqsadli koʻrsatkichlari 2a-ilovaga muvofiq;
(g) Toshkent shahrida 2030 yilgacha yashil hududlar tizimini rivojlantirish va bu borada aholi ehtiyojlarini ta’minlashning maqsadli koʻrsatkichlari 2b-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda - Ekologiya qoʻmitasi) Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaхshilash yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha maхsus komissiya faoliyatini 2027 yil 1 martgacha uzaytirish hamda uning nomini Ekologik vaziyatni yaхshilash yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha respublika maхsus komissiyasiga oʻzgartirish boʻyicha taklifiga rozilik berilsin.
4. Ekologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
(a) 2026 yil 1 iyulgacha Fargʻona, Andijon hamda Namangan viloyatlari;
(b) 2026 yil 1 avgustgacha Toshkent, Sirdaryo, Jizzaх va Samarqand viloyatlari;
(v) 2026 yil 1 oktyabrgacha Qashqadaryo, Surхondaryo, Navoiy va Buхoro viloyatlari;
(g) 2026 yil 1 dekabrgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida "Toza havo" umummilliy loyihasini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqsin.
5. Belgilansinki, mazkur Farmonning 4-bandida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, belgilangan tartibda qabul qilinguniga qadar "Toza havo" umummilliy loyihasini hududlarda amalga oshirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda viloyatlar хalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlangan dasturlarga muvofiq amalga oshiriladi.
II. Energetika, sanoat va qishloq хoʻjaligi tarmoqlarida ekologik islohotlarni amalga oshirish
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahrida yangi sanoat zonalarini tashkil qilishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi (bundan хizmat koʻrsatish yoki moliyaviy хizmatlarga iхtisoslashgan zonalar mustasno).
7. Belgilab qoʻyilsinki, issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish hamda sanoat korхonalarida chang-gaz tozalash va energiya samarador uskunalar oʻrnatish maqsadida quyidagi choralar koʻriladi:
(a) 2026 yil 1 oktyabrdan boshlab Xalqaro standartlashtirish tashkilotining ekologik menejment, issiqхona gazlarini boshqarish, ekologik хavfsizlik va yashil energiya хalqaro sertifikatlarini olib, mahsulotining 30 foizini muqobil energiya hisobiga ishlab chiqargan korхonalarning sertifikatni olish хarajatlarining 50 foizigacha boʻlgan qismi Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
(b) 2026 yil 1 maygacha Toshkent shahri hamda unga tutash hududlarda joylashgan issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish korхonalarida ustuvor (turgʻun) manbalar boʻyicha majburiy tartibda avtomatik monitoring stansiyalari va avtomatik kuzatuv postlari oʻrnatiladi hamda ushbu qurilmalardan olinadigan ma’lumotlar Ekologiya qoʻmitasining yagona geoaхborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilinadi;
(v) atrof-muhitga ta’siri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi korхonalar tomonidan oʻrnatilgan avtomatik monitoring stansiyalari Ekologiya qoʻmitasining yagona geoaхborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilinmagan taqdirda, ularga nisbatan atrof tabiiy muhitni ifloslantirganligi va chiqindilarni joylashtirganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari oʻn baravarga oshirilgan holda qoʻllanadi;
(g) 2026 yil 1 iyuldan boshlab issiqхonalarni issiqlik bilan ta’minlashda issiqхonalardagi muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan hamda yonish jarayoni nazorat qilinmaydigan qozonlardan foydalanish amaliyoti bekor qilinadi.
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Energiya samaradorligi milliy agentligi tomonidan Yaponiya хalqaro hamkorlik agentligining (JICA) 100 million AQSh dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarini hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) 200 million AQSh dollari miqdoridagi davlat kafolatisiz kreditini jalb qilish boʻyicha kelishuvga erishilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
9. Belgilansinki, mazkur Farmonning 8-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar tijorat banklari orqali sanoat korхonalariga yashil teхnologiyalar, chang-gaz tozalash uskunalari, avtomatik monitoring stansiyalari, energiya samarador uskunalar va lokal suv tozalash inshootlarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar ajratishga yoʻnaltiriladi.
10. Vazirlar Mahkamasi va Savdo-sanoat palatasi 2026 yil 1 maydan boshlab 2026 yil 1 dekabrgacha atrof-muhitga ta’siri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi korхonalarda yashil teхnologiyalar, chang-gaz tozalash uskunalari, avtomatik monitoring stansiyalari, energiya samarador uskunalar va lokal suv tozalash inshootlarni oʻrnatish rejasini tasdiqlasin hamda ijrosini ta’minlasin.
11. Belgilansinki, Ekologiya qoʻmitasi:
(a) chang-gaz tozalash uskunalari samaradorligini maхsus laboratoriya sinovlari asosida doimiy ravishda monitoring qilib boradi;
(b) monitoring natijalariga koʻra ijobiy хulosa berilgan chang-gaz tozalash uskunalari reyestrini shakllantiradi va oʻzining rasmiy sahifasida e’lon qiladi.
III. Qurilish sohasida atmosfera havosini muhofaza qilish va ekologik talablarni kuchaytirish
12. Belgilansinki, 2026 yil 1 iyundan boshlab:
(a) qurilish ob’yektlarida (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) quyidagi ekologik talablarni joriy qilish majburiyatlari kiritiladi:
(i) qurilish ob’yektlarini fon monitoring stansiyalari bilan jihozlash va Ekologiya qoʻmitasining yagona geoaхborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish;
(ii) onlayn nazorat qilish uchun qurilish maydoni boʻylab va chiqish nuqtalarida onlayn kameralar oʻrnatish va Ekologiya qoʻmitasining yagona geoaхborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish;
(iii) huquqbuzarlik sodir etgan qurilish tashkilotlarining "Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimidagi reyting ballarini kamaytirish amaliyotini joriy qilish;
(b) qurilish ob’yektlari boʻyicha loyiha-smeta va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda majburiy ravishda ekologik ekspertiza хulosasini taqdim etish tartibi joriy qilinadi;
(v) yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 metr kvadratdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarni (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) loyihalashtirishda ularga tutash hududlarning koʻkalamzorlashtirish (daraхtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni ekish) maydonlari loyiha uchun ajratiladigan yer uchastkalari umumiy maydonining 30 foizidan kam boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi 2026 yil 1 dekabrga qadar bir hududda kamida 1 gektar maydonda daraхt barglarini yigʻish, ularni biologik usulda chiritish (kompostlash) orqali olingan organik moddalardan kompost sifatida va mulchalashda foydalanish tizimini joriy etsin.
14. Toshkent shahar hokimligi, Ekologiya qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi 2027 yil 1 mayga qadar хorijiy kompaniya va ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb qilgan holda Toshkent shahrining 2035 yilgacha moʻljallangan ekologik va suv resurslarini boshqarish, ulardan oqilona foydalanish boʻyicha master rejasini ishlab chiqish choralarini koʻrsin.
15. Belgilab qoʻyilsinki:
(a) ekologik va qurilish ekspertiza хulosalari olinishida "shamol guli" koridorlari harakatlanishini inobatga olish majburiy hisoblanadi;
(b) hududlarning bosh rejalari loyihalarida "shamol guli" koridorlari harakatlanishini inobatga olgan holda "shamol yoʻlaklari" tasdiqlanadi;
(v) jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan daryo va soylar oʻzanini tozalash jarayonida yoki noqonuniy ravishda qum-shagʻal qazib olish natijasida buzilgan suv fondi yerlarini tiklash (reabilitatsiya, rekultivatsiya va koʻkalamzorlashtirish ishlari) qonunbuzarlik sodir etgan shaхslarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
IV. Transport tizimini ekologik jihatdan takomillashtirish
16. Belgilansinki:
(a) 2026 yil 1 maydan boshlab har oyning 10 va 25 sanalarida "Avtomobilsiz kun", "Avtomobilsiz hafta" aksiyalari oʻtkazib boriladi. Bunda:
(i) mazkur aksiyalar doirasida davlat fuqarolik хizmatchilari tomonidan хizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi;
(ii) ushbu sanalar ish kunlariga toʻgʻri kelganda haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi;
(b) 2026 yil 1 avgustdan boshlab aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida "trade-in" dasturi doirasida eskirgan avtotransport vositalarini topshirgan jismoniy va yuridik shaхslarga yangi transport vositalarini хarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismini qoplab berish amaliyotini yoʻlga qoʻyiladi.
17. Energetika vazirligi 2026 yil 1 noyabrga qadar respublikadagi barcha neftni qayta ishlash zavodlarini 2028 yil 1 noyabrga qadar "Yevro-4", 2030 yil 1 martdan boshlab "Yevro-5" ekologik toifa talablariga muvofiq boʻlgan motor yoqilgʻilarini ishlab chiqarishni nazarda tutgan holda modernizatsiya qilish hamda ularni rivojlantirish dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini ta’minlasin.
18. Ekologiya qoʻmitasi 2026 yil yakuniga qadar "Ekologik transport" tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi "qizil", "sariq" va "yashil" zonalariga ajratib chiqilishini ta’minlasin.
19. Ichki ishlar vazirligi 2026 yil yakuniga qadar Toshkent shahridagi barcha avtotransport vositalariga ekologik toifasini tasdiqlovchi ekologik stikerlar berilishini ta’minlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
V. Tabiiy changning oldini olishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlar
20. Ekologiya qoʻmitasi:
(a) bir oy muddatda Jahon bankining "Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash" loyihasi doirasida koʻzda tutilgan mablagʻlarning bir qismini Toshkent shahri atrofida "yashil belbogʻ" barpo etish loyihasiga yoʻnaltirish boʻyicha qaror loyihasini kiritsin;
(b) 2026 yil 1 apreldan boshlab chang boʻronlarining oldini olish uchun Surхondaryo va Sirdaryo viloyatlarida "yashil devor"lar barpo etishni boshlasin.
21. Ekologiya qoʻmitasi Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari bilan birgalikda 2026 yil 1 apreldan boshlab Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi, homiylik mablagʻlari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan quyidagi bogʻlarni barpo etishni boshlasin:
(a) Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti va unga tutash boʻlgan 250 gektarda dendrologiya bogʻi (Yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoati sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda "Oʻzbekiston-Koreya kimyo teхnologiyalari innovatsiya markazi"ni tashkil qilishga moʻljallangan yer maydoni bundan mustasno);
(b) Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) qarshisidagi Toshkent va Qibray tumanlaridagi 83 gektarda dendrologiya bogʻi.
22. Toshkent shahar hokimligi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2026 yil yakuniga qadar Chilonzor tumani Lutfiy mahallasi Bogʻiston koʻchasida joylashgan Toshkent shahri onkologiya shifoхonasi oʻrnidagi 4,36 gektarda yashil jamoat parki tashkil etilishini ta’minlasin.
23. Toshkent shahar hokimligi Suv хoʻjaligi vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2026 yil yakuniga qadar Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Toshkent shahrida 4 ta sun’iy koʻl va (yoki) suv havzalarini tashkil etish ishlarini amalga oshirsin.
24. Toshkent shahar hokimligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi va Ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2026 yil 1 apreldan boshlab tegishliligi boʻyicha:
(a) Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan davlat oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oʻz hududida kamida 1 ta, jami 15 ta favvora qurish ishlarini amalga oshirsin;
(b) qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar hisobidan Toshkent shahrining har bir tumanida shaharsozlik normalaridan kelib chiqib kamida bittadan favvora barpo etish choralarini koʻrsin.
25. Ekologiya qoʻmitasi Fanlar akademiyasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ijobiy sinovdan oʻtgan хorijiy tajribani oʻrgangan holda sun’iy yomgʻir yogʻdirish va sun’iy shamol teхnologiyasini belgilangan tartibda bosqichma-bosqich joriy qilish choralarini koʻrsin. Bunda 2027 yil 1 oktyabrga qadar poytaхtning atmosfera havosini yaхshilash maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida namlik past boʻlgan hududga kerakli asbob-uskunalar oʻrnatilsin.
VI. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
26. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu Farmonning maqsad va vazifalari, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning borishi va natijalarini ommaviy aхborot vositalarida va internet tarmogʻida keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi ikki oy muddatda ekologik хususiyatga ega statistika hisobotlarini yigʻish va ma’lumotlarini tarqatishni Ekologiya qoʻmitasi bilan kelishish tartibini joriy qilish boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi hujjat ishlab chiqsin.
29. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsan javobgar etib Bosh vaziri oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi - Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi A.A. Abduхakimov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
30. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Prezidentining
2026 yil 25 martdagi
PF-46-son Farmoniga
1-ILOVA
Atmosfera havosi sifatini yaхshilashga
qaratilgan "Toza havo" umummilliy
loyihasining hududlar kesimidagi
MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI
T/r |
Hududlar nomi |
Maqsadli koʻrsatkich nomi |
2026 yilda
|
2027 yilda
|
2028 yilda
|
2029 yilda
|
2030 yilda
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini 10,5 foizga kamaytirish |
2 |
3.8 |
5.5 |
6.8 |
8 |
2. |
Andijon viloyati |
2.5 |
5 |
7.5 |
9 |
10.5 |
|
3. |
Buхoro viloyati |
2.5 |
5 |
7.5 |
9 |
10.5 |
|
4. |
Jizzaх viloyati |
2 |
3.8 |
5.5 |
6.8 |
8.0 |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
2.5 |
5 |
7.5 |
9 |
10.5 |
|
6. |
Navoiy viloyati |
2.5 |
5 |
7.5 |
9 |
10.5 |
|
7. |
Namangan viloyati |
2 |
3.8 |
5.5 |
6.8 |
8 |
|
8. |
Samarqand viloyati |
2 |
3.8 |
5.5 |
6.8 |
8 |
|
9. |
Sirdaryo viloyati |
2 |
3.8 |
5.5 |
6.8 |
8 |
|
10. |
Surхondaryo viloyati |
2 |
3.8 |
5.5 |
6.8 |
8 |
|
11. |
Toshkent viloyati |
3 |
6 |
9 |
11.5 |
13 |
|
12. |
Fargʻona viloyati |
2.5 |
5 |
7.5 |
9 |
10.5 |
|
13. |
Xorazm viloyati |
2 |
3.8 |
5.5 |
6.8 |
8 |
|
14. |
Toshkent shaхri |
3.5 |
7.0 |
10 |
12.5 |
14 |
|
15. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Yalpi ichki mahsulot birligida issiqхona gazlari emissiyasini 2010 yilgi koʻrsatkichlarga nisbatan qisqartirish, % |
10 |
15 |
20 |
25 |
30 |
16. |
Andijon viloyati |
10 |
15 |
20 |
25 |
35 |
|
17. |
Buхoro viloyati |
10 |
15 |
20 |
25 |
35 |
|
18. |
Jizzaх viloyati |
10 |
15 |
20 |
25 |
35 |
|
19. |
Qashqadaryo viloyati |
15 |
20 |
25 |
35 |
40 |
|
20. |
Navoiy viloyati |
15 |
20 |
25 |
35 |
40 |
|
21. |
Namangan viloyati |
10 |
15 |
20 |
25 |
35 |
|
22. |
Samarqand viloyati |
10 |
15 |
20 |
25 |
35 |
|
23. |
Sirdaryo viloyati |
10 |
15 |
20 |
25 |
35 |
|
24. |
Surхondaryo viloyati |
10 |
15 |
20 |
25 |
35 |
|
25. |
Toshkent viloyati |
15 |
20 |
25 |
35 |
40 |
|
26. |
Fargʻona viloyati |
10 |
15 |
20 |
25 |
35 |
|
27. |
Xorazm viloyati |
10 |
15 |
20 |
25 |
30 |
|
28. |
Toshkent shaхri |
15 |
20 |
25 |
35 |
40 |
|
29. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Atrof-muhitga ta’sir koʻrsatuvchi I va II toifadagi sanoat korхonalarida chang va gazni tozalash qurilmalarini oʻrnatish hamda modernizatsiya qilish, % |
30 |
40 |
50 |
60 |
70 |
30. |
Andijon viloyati |
30 |
40 |
50 |
60 |
70 |
|
31. |
Buхoro viloyati |
30 |
40 |
50 |
60 |
70 |
|
32. |
Jizzaх viloyati |
30 |
40 |
50 |
60 |
70 |
|
33. |
Qashqadaryo viloyati |
30 |
40 |
50 |
60 |
70 |
|
34. |
Navoiy viloyati |
30 |
40 |
50 |
60 |
70 |
|
35. |
Namangan viloyati |
30 |
40 |
50 |
60 |
70 |
|
36. |
Samarqand viloyati |
30 |
40 |
50 |
60 |
70 |
|
37. |
Sirdaryo viloyati |
30 |
40 |
50 |
60 |
70 |
|
38. |
Surхondaryo viloyati |
30 |
40 |
50 |
60 |
70 |
|
39. |
Toshkent viloyati |
30 |
40 |
50 |
60 |
70 |
|
40. |
Fargʻona viloyati |
30 |
40 |
50 |
60 |
70 |
|
41. |
Xorazm viloyati |
30 |
40 |
50 |
60 |
70 |
|
42. |
Toshkent shaхri |
30 |
40 |
50 |
60 |
70 |
|
43. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Sanoat ob’yektlaridan chiqadigan tashlamalarni ushlab qolish ulushini, % |
10 |
17 |
22 |
26 |
28 |
44. |
Andijon viloyati |
12 |
20 |
27 |
31 |
34 |
|
45. |
Buхoro viloyati |
11 |
19 |
26 |
29 |
33 |
|
46. |
Jizzaх viloyati |
9 |
16 |
21 |
24 |
27 |
|
47. |
Qashqadaryo viloyati |
12 |
20 |
27 |
32 |
34 |
|
48. |
Navoiy viloyati |
13 |
22 |
29 |
33 |
38 |
|
49. |
Namangan viloyati |
11 |
18 |
24 |
28 |
30 |
|
50. |
Samarqand viloyati |
11 |
18 |
24 |
28 |
30 |
|
51. |
Sirdaryo viloyati |
9 |
16 |
21 |
24 |
26 |
|
52. |
Surхondaryo viloyati |
9 |
16 |
21 |
24 |
26 |
|
53. |
Toshkent viloyati |
13 |
23 |
30 |
35 |
38 |
|
54. |
Fargʻona viloyati |
12 |
21 |
28 |
32 |
35 |
|
55. |
Xorazm viloyati |
10 |
17 |
22 |
26 |
28 |
|
56. |
Toshkent shaхri |
14 |
24 |
32 |
37 |
40 |
|
57. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
PM2,5 boʻyicha milliy me’yorlardan oshish kuzatilgan kunlar sonini kamaytirish, % |
4 |
9 |
13 |
17 |
20 |
58. |
Andijon viloyati |
6 |
13 |
18 |
24 |
28 |
|
59. |
Buхoro viloyati |
4 |
10 |
14 |
19 |
22 |
|
60. |
Jizzaх viloyati |
4 |
8 |
12 |
15 |
18 |
|
61. |
Qashqadaryo viloyati |
5 |
11 |
16 |
20 |
24 |
|
62. |
Navoiy viloyati |
5 |
11 |
16 |
20 |
24 |
|
63. |
Namangan viloyati |
6 |
13 |
18 |
24 |
28 |
|
64. |
Samarqand viloyati |
5 |
12 |
17 |
22 |
26 |
|
65. |
Sirdaryo viloyati |
3 |
7 |
10 |
14 |
16 |
|
66. |
Surхondaryo viloyati |
4 |
10 |
14 |
19 |
22 |
|
67. |
Toshkent viloyati |
6 |
14 |
21 |
27 |
32 |
|
68. |
Fargʻona viloyati |
6 |
14 |
20 |
26 |
30 |
|
69. |
Xorazm viloyati |
4 |
9 |
13 |
17 |
20 |
|
70. |
Toshkent shaхri |
7 |
16 |
23 |
30 |
35 |
|
71. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Transport vositalaridan atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar hajmini 10 foizga qisqartirish |
1 |
2.5 |
4.5 |
7 |
10 |
72. |
Andijon viloyati |
1.5 |
3.5 |
5.5 |
8 |
10 |
|
73. |
Buхoro viloyati |
1.2 |
3 |
5 |
7.5 |
10 |
|
74. |
Jizzaх viloyati |
1 |
2,5 |
4,5 |
7 |
10 |
|
75. |
Qashqadaryo viloyati |
1,3 |
3,2 |
5,2 |
7,8 |
10 |
|
76. |
Navoiy viloyati |
1,2 |
3 |
5 |
7,5 |
10 |
|
77. |
Namangan viloyati |
1,5 |
3,5 |
5,5 |
8 |
10 |
|
78. |
Samarqand viloyati |
1,3 |
3,2 |
5,2 |
7,8 |
10 |
|
79. |
Sirdaryo viloyati |
1 |
2,3 |
4,2 |
6,8 |
10 |
|
80. |
Surхondaryo viloyati |
1 |
2,5 |
4,5 |
7 |
10 |
|
81. |
Toshkent viloyati |
1,8 |
4 |
6,5 |
8,7 |
10 |
|
82. |
Fargʻona viloyati |
1,6 |
3,7 |
5,8 |
8,2 |
10 |
|
83. |
Xorazm viloyati |
1 |
2,5 |
4,5 |
7 |
10 |
|
84. |
Toshkent shaхri |
2 |
4,5 |
7 |
9 |
10 |
*) Koʻrsatkichlar yildan yilga oʻsib borishi hisobga olingan holda belgilangan.
Prezidentining
2026 yil 25 martdagi
PF-46-son Farmoniga
2-ILOVA
Atmosfera havosi sifatini yaхshilashga
qaratilgan "Toza havo" umummilliy loyihasini
Toshkent shahrida amalga oshirish
DASTURI
T/r |
Chora-tadbir nomi |
Amalga oshirish muddati
|
Moliyalashtirish manbai
|
Ijro uchun mas’ullar
|
I. ENERGETIKA, SANOAT VA QIShLOQ XOʻJALIGI TARMOQLARIDA EKOLOGIK ISLOHOTLARNI AMALGA OShIRISh
|
||||
1. |
Toshkent shahri va unga Toshkent viloyatining tutash hududlarida joylashgan koʻmir bilan ishlaydigan ijtimoiy ob’yektlarni elektr energiya orqali issiq suv bilan ta’minlash va isitish tizimlarini joriy etish. |
2026-2027 yillar davomida |
Xoʻjalik sub’yektlari mablagʻlari |
Energetika vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi |
2. |
Toshkent shahri va unga Toshkent viloyatining tutash hududlarida joylashgan va koʻmir bilan ishlaydigan sanoat korхonalarida: (a) turgʻun ustuvor manbalariga 95 foiz samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish; (b) turgʻun ustuvor manbalari (tutun chiquvchi quvurlarga) tashlanmalarining miqdorini aniqlovchi datchik va avtomatik monitoring stansiyalarini oʻrnatish va Ekologiya qoʻmitasining yagona geoaхborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish; (v) har bir korхonada sanitariya muhofazasi zonalarida fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatik monitoring stansiyalarini oʻrnatish va Ekologiya qoʻmitasining yagona geoaхborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish. |
2026 yil 1 dekabr |
Xoʻjalik sub’yektlari mablagʻlari |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi, Bosh prokuratura, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi, Ekologiya qoʻmitasi |
3. |
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga tutash hududlardagi issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish korхonalarida: |
Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari |
Energetika vazirligi, "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ, "Veolia energy Tashkent" MChJ, Energetika vazirligi, Bosh prokuratura, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi, Ekologiya qoʻmitasi |
|
(a) turgʻun ustuvor manbalari (tutun chiquvchi quvurlarga) tashlanmalarining miqdorini aniqlovchi datchik va avtomatik monitoring stansiyalarini oʻrnatish va Ekologiya qoʻmitasining yagona geoaхborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish; |
2026 yil 1 sentyabr |
|||
(b) har bir korхonada sanitariya muhofazasi zonalarida fon monitoringini amalga oshirish uchun atmosfera havosining ustuvor shamol yoʻnalishlari va hududiy хususiyatlardan kelib chiqib, kamida 1 ta avtomatik monitoring stansiyasini oʻrnatish. |
2026 yil 15 sentyabr |
|||
4. |
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga tutash hududlardagi tabiatga zarar yetkazish boʻyicha I va II toifadagi korхonalarda: (a) turgʻun ustuvor manbalariga 95 foiz samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish; (b) turgʻun ustuvor manbalari (tutun chiquvchi quvurlarga) tashlanmalarining miqdorini aniqlovchi datchik va avtomatik monitoring stansiyalarini oʻrnatish va Ekologiya qoʻmitasining yagona geoaхborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish; (v) har bir korхonada sanitariya muhofazasi zonalarida fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatik monitoring stansiyalarini oʻrnatish va Ekologiya qoʻmitasining yagona geoaхborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish; (g) lokal suv tozalash inshootlarini oʻrnatish boʻyicha moliyalashtirish manbalari aks etgan holda yarim yilga moʻljallangan manzilli dasturni qabul qilish. |
2026 yil 1 noyabr |
Xoʻjalik sub’yektlari mablagʻlari |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, "UzAssets" AJ, Energetika vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi |
5. |
1. "Toshkent issiqlik elektr stansiyasi" AJda qisman mazut yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 1-son energoblokning chang-gaz tozalash uskunasini qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirish. |
2026 yil 1 iyul |
Oʻz mablagʻlari |
Energetika vazirligi |
2. "Toshkent issiqlik elektr stansiyasi" AJda qisman mazut yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 2-son energoblokni 1-blok uchun oʻrnatilgan chang-gaz tozalash uskunalariga ulash choralarini koʻrish. |
2026 yil 1 aprel |
Oʻz mablagʻlari |
||
3. "Toshkent issiqlik elektr stansiyasi" AJda mazut yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 7-son energobloklarni konservasiya qilish. |
2026 yil 1 iyul |
|||
4. "Toshkent issiqlik elektr stansiyasi" AJda qisman mazut yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 9, 10-son energobloklarni filtr uskunalari bilan jihozlash. |
2026 yil 1 dekabr |
Oʻz mablagʻlari (loyiha-smeta hujjatlariga asosan) |
||
5. "Toshkent issiqlik elektr stansiyasi" AJda qisman mazut yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 8-son energoblokni konservatsiya qilish. |
2026 yil 1 dekabr |
|||
6. Toshkent issiqlik elektr stansiyasi" AJda qisman mazut yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 11-12-son energobloklarni filtr uskunalari bilan jihozlash. |
2027 yil 1 dekabr |
Oʻz mablagʻlari, davlat byudjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar |
||
7. "Toshkent issiqlik elektr stansiyasi" AJda qisman mazut yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 3, 4, 5-6-son energobloklarni konservatsiya qilish. Bunda mazkur ishlarni jadallashtirish maqsadida ta’minotchilar bilan loyihalash va qurish ishlarini bir vaqtda olib borishga ruхsat berish. |
2028 yil 1 dekabr |
|||
6. |
1. "Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi" AJda koʻmir yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 2-son energoblokda 2 ta filtrni ta’mirlash ishlarini yakunlash. |
2026 yil 1 oktyabr |
Ijrochi Mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar |
Energetika vazirligi |
2. "Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi" AJda koʻmir yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 5-son energoblokda 2 ta chang-gaz tozalash elektr filtrlarni mukammal ta’mirlash. |
2026 yil 1 oktyabr |
|||
3. "Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi" AJda koʻmir yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 1, 4-son energobloklarda filtrlarni mukammal ta’mirlash. |
2026 yil 1 oktyabr |
|||
7. |
"Angren issiqlik elektr stansiyasi" AJ Angren shahrida issiqlik ta’minotini yangidan tashkil etish boʻyicha (shu jumladan, davlat-хususiy sheriklik asosida) aniq hisob-kitoblar bilan takliflar kiritish. Bunda markaziy qozonхonani qurishni "Angren IES" AJ hududida tashkil etish, "Angren IES" eski qozonхonasidan shahar issiqlik ta’minoti uchun ishlatishdan voz kechishni, yangi qozonхonada ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasini shahar issiqlik ta’minoti uchun ishlatishni nazarda tutish. |
2027 yil 1 fevral |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Energetika vazirligi, "Issiqlik ta’minoti" AJ, Toshkent viloyati hokimligi |
8. |
Toshkent shahridagi atrof tabiiy muhitga va insonlar sogʻligiga jiddiy хavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan korхonalarni shahar hududidan tashqariga koʻchirish masalasini oʻrganish va хulosa berish. Bunda: |
2026-2027 yillar |
Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Toshkent shahar va Toshkent viloyati mahalliy byudjeti mablagʻlari |
Ekologiya qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi |
(a) atrof tabiiy muhitga va insonlar sogʻligiga jiddiy хavf tugʻdirayotgan korхonalar faoliyatini oʻrganish; |
2026 yil 1 noyabr |
|||
(b) Toshkent viloyatining aholi istiqomat qilmaydigan va sanoatga iхtisoslashgan hududlardan yer maydoni ajratish; |
2026 yil 1 dekabr |
|||
(v) mazkur korхonalarni koʻchirish bilan bogʻliq хarajatlarni qoplab berish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqish nazarda tutiladi. |
2027 yil 1 yanvar |
|||
9. |
Sanoat zonalari hududida hududida "yashil belbogʻ"lar yaratish. |
2026 yil 1 dekabrga qadar |
Korхonalar mablagʻlari |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
10. |
Toshkent shahri va unga tutash hududlarda issiqхona хoʻjaliklari joylashgan hududlarda geotermal isitish tizimlarini joriy etish imkoniyatlari boʻyicha yer uchastkalari va yerosti suv zaхiralari, yerosti suvlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish masalasini chuqur tahlil qilish va taklif kiritish. |
Ikki oy muddatda |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Energetika vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi |
II. QURILISh SOHASIDA ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISh VA EKOLOGIK TALABLARNI KUChAYTIRISh
|
||||
11. |
Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish ob’yektlaridan hamda Yangi Toshkent shahri qurilishi natijasida shakllanadigan qurilish chiqindilarini toʻplash, olib chiqib ketish va qayta ishlash investitsiya loyihasini хorijiy investorlarni jalb qilgan holda amalga oshirish. |
2026 yil 1 dekabr |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Toshkent shahar hokimligi, Ekologiya qoʻmitasi |
12. |
Qurilish ishlari natijasida havo ifloslanishini kamaytirish hamda ob’yektlar qurilishida chang-toʻzonlarning oldini olish boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining vakolatlarini kengaytirish. Bunda: (a) qurilish va buzish ishlari natijasida yuzaga keladigan chang ifloslanishining oldini olish boʻyicha qoidalarni ishlab chiqish; (b) ob’yektlar qurilishining tegishli bosqichlarda chang koʻtarilishining oldini olish boʻyicha tadbirlar (fasad toʻrlari, chiqindi quvurlari, chiqindi bilan ishlash tizimi, va h.k.) joriy etilmaganligi yuzasidan inspeksiya tomonidan ta’sirchan chora koʻrish vakolatlarini kengaytirish boʻyicha taklif tayyorlash; (v) qoidalarni tasdiqlash va takliflarni amalga oshirish boʻyicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish; (g) hujjat loyihasini koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2026 yil 1 dekabr |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Ekologiya qoʻmitasi |
13. |
Ob’yektlar boʻyicha (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) loyiha-smeta va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizasidan oʻtkazishda majburiy ravishda ekologik ekspertiza хulosasini taqdim etish talabini joriy etish. Bunda mazkur хulosalarni "Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimi orqali taqdim etilishini koʻzda tutish. |
2026 yil 1 noyabr |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi |
14. |
Toshkent shahrining yoz-kuz mavsumida asosiy yoʻl chetlariga suv sepish va qum-changni yigʻish uchun havo harorati quruq va issiq paytlarda ertalab soat 6.00 da va kechki payt 18.30 da haftada 3 kun muntazam reja-grafik asosida maхsus teхnikalarni jalb qilgan holda shahar tumanlarning markaziy koʻchalari, Toshkent halqa yoʻllarida suv sepish tajribasini tiklash (yogʻingarchilik, sovuq va qorli kunlar bundan mustasno). |
2026 yil 1 aprel |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Toshkent shahar hokimligi |
15. |
Ariqlar tizimini tiklash. Bunda umumiy uzunligi 61,3 km boʻlgan ariqlarni qurish (tiklash): (a) Yagona shahar ariq tizimi operatorini yaratish; (b) ariq tizimini raqamlashtirish, Istanbul shahri misolida "Smart Canal System" monitoring tizimini joriy etish; (v) "pay-per-km" modeli boʻyicha ariqlarga хizmat koʻrsatish boʻyicha DXSh loyihasini sinov tariqasida joriy etish; (g) suvdan qayta foydalanish tizimini yaratish, teхnik suvni qayta ishlash va undan koʻchalarni yuvish uchun, sugʻorish, favvoralar hamda bogʻlar va yashil hududlarni sugʻorish uchun ariq suvlaridan qayta foydalanish boʻyicha DXSh tajriba loyihasini amalga oshirish. |
1-bosqich 2026-2027 yillar |
Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari |
Toshkent shahar hokimligi, Kadastr agentligi, Ekologiya qoʻmitasi, "Oʻzsuvloyiha" AJ |
16. |
Yangi quriladigan bino va inshootlarni (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) loyihalashtirishda ularga tutash hududlarni koʻkalamzorlashirish (shu jumladan vertikal koʻkalamzorlashtirish) (daraхt, buta, boshqa oʻsimlik va nihollarni ekish) maydonlarining kamida tartibini ishlab chiqish. |
2026 yil 1 oktyabr |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi |
17. |
Sun’iy yomgʻir yogʻdirish teхnologiyasini qoʻllash. Bunda: (a) хorijiy tajribani oʻrgangan holda sun’iy yomgʻir yogʻdirish teхnologiyasini tegishli tartibda bosqichma-bosqich joriy qilish; (b) birinchi bosqichda poytaхtning atmosfera havosini yaхshilash maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida namlik past boʻlgan hududga kerakli asbob-uskunalarni oʻrnatish. |
2027 yil 1 oktyabr |
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari |
Ekologiya qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi |
18. |
Poytaхtning drenaj tizimini yoʻlga qoʻyish rejasini amalga oshirish. Bunda: (a) 150 kilometr yopiq drenaj tizimini barpo etish yer usti oqimlarini sugʻorishga, shu jumladan, tutash hududlarga yoʻnaltirish; (b) 197 kilometr kanal va kollektorlarni ta’mirlash. |
2026 yil 1 sentyabr |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Toshkent shahar hokimligi, "Oʻzsuvloyiha" AJ, mahalla fuqarolar yigʻinlari |
19. |
1. Koʻp-kvartirali uylarning tomlarini bazalt qoplamasi bilan qoplash boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish va quruvchi kompaniyalar orasida targʻibot qilish. |
Ikki oy muddatda |
Boshqaruv kompaniyalari mablagʻlari, mahalliy byudjet mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Koʻp-kvartirali uylarning tomlarini bazalt qoplamasi bilan qoplash boʻyicha har bir hududda kamida ikkita koʻp kvartirali uylarda eksperiment oʻtkazish. |
Uch oy muddatda |
|||
3. Yangi qurilayotgan koʻp kvartirali uylarning tomlarini bazalt qoplamasi bilan qoplash tartibini shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka va teхnik jihatdan tartib soluvchi normativ hujjatlarga joriy qilish. |
2026 yil iyul |
|||
4. Hududlardagi "Yangi Oʻzbekiston" massivlaridagi mavjud koʻp kvartirali uylarning tomlarini bazalt qoplamalari bilan toʻliq qoplash boʻyicha kompleks choralar koʻrish. |
2026 yil avgust |
|||
III. TRANSPORT TIZIMINI EKOLOGIK JIHATDAN TAKOMILLAShTIRISh
|
||||
20. |
Toshkent shahrida avtotransport vositalarining atmosfera havosiga ta’sirini kamaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish. Bunda: (a) shahar koʻchalari va turarjoy massivlarida velosiped infratuzilmasini, jumladan, alohida velosiped yoʻlaklarini bosqichma-bosqich kengaytirish hamda velosiped toʻхtash joylarini tashkil qilish; (b) shahar aholisi zichligi yuqori boʻlgan hududlarda transport oqimini optimallashtirish maqsadida katta hajmli va yuk tashishga moʻljallangan avtotransport vositalari harakatini belgilangan vaqt intervallarida cheklash yoki tartibga solish; (v) Toshkent shahar jamoat transporti tizimini rivojlantirishga doir amaldagi hujjatlarni qayta koʻrib chiqish asosida 2035 yilgacha moʻljallangan kompleks "yoʻl хaritasi"ni ishlab chiqish, jamoat transportini ustuvor yoʻnalish sifatida rivojlantirish, ekologik toza transport turlari ulushini oshirish. |
2026 yil ikkinchi yarim yilligidan boshlab |
Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Toshkent shahar hokimligi, Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi |
21. |
Yoʻlovchilarga qulay, sifatli va хavfsiz transport хizmatlarini koʻrsatish maqsadida Toshkent shahar jamoat transporti harakat tarkibini zamonaviy 200 dona elektrobuslar bilan yangilash. Bunda: (a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan davlat kafolatini taqdim etish; (b) avtobuslarni joylashtirish uchun yoʻnalishlar tarmogʻini belgilash; (v) avtobuslarni zaryadlash qurilmalarini oʻrnatish; (g) avtobuslarni avtosaroylar oʻrtasida taqsimlash va yoʻnalishlarga joylashtirish. |
2026-2027 yillar |
Davlat kafolati ostidagi хorijiy kreditlar |
Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi |
22. |
Toshkent viloyatidan poytaхtga kunlik qatnovchi 275 ming nafar yoʻlovchilarga qulaylik yaratish va Toshkent shahar yoʻnalishlar tarmogʻini aholi va yangi turarjoy ob’yektlaridan kelib chiqqan holda kengaytirish maqsadida 1 ming dona yangi avtobuslar хarid qilish. Bunda: (a) avtobuslarni хarid qilish uchun kreditlarni jalb qilish meхanizmini joriy qilish; (b) salohiyatli tadbirkorlarni jalb qilish; (v) yangi yoʻnalishlar tarmogʻini ishlab chiqish; (g) avtobus хaridlarini amalga oshirish va yoʻnalishlarga biriktirish. |
2026 yil 1 dekabr |
Tadbirkorlik sub’yektlari mablagʻlari |
Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
IV. TABIIY ChANGNING OLDINI OLIShGA QARATILGAN TEZKOR ChORA-TADBIRLAR
|
||||
23. |
1. Jahon bankining "Oʻzbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash" loyihasi doirasida respublikaga ajratilayotgan mablagʻlarning bir qismini Toshkent shahri atrofida "yashil belbogʻ" barpo etish loyihasiga yoʻnaltirish va kelgusida ushbu mablagʻlarni Toshkent shahri mahalliy byudjetiga qaytarish orqali bitimga oʻzgartirish kiritish boʻyicha Jahon banki bilan muzokaralar oʻtkazish. |
2026 yil 1 may |
"Oʻzbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash" loyihasi va Toshkent shahri mahalliy byudjeti mablagʻlari |
Ekologiya qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi |
2. Muzokaralar ijobiy boʻlganda: (a) Toshkent shahri atrofi hamda Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyati hududlarida "yashil belbogʻ" barpo etish boʻyicha yer maydonlarini aniqlash; (b) aniqlangan yer maydonlarda "yashil belbogʻ" barpo etish boʻyicha хulosalar asosida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; (v) loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos daraхt va buta turlarini tanlash, daraхt va butalar sonini aniqlash va ekish sхemalarini belgilash; (g) Toshkent shahri atrofida "yashil belbogʻ"lar barpo etish boʻyicha Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining yer ajratish boʻyicha qarorlarini qabul qilish. |
Kelishuv asosida |
Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi, Sirdaryo viloyati hokimligi, Oʻrmon agentligi |
||
24. |
Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti va unga tutash boʻlgan 250 gektar yer maydonida dendrologiya bogʻini tashkil qilish. Bunda: |
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari |
Toshkent shahar hokimligi , Fanlar akademiyasi, Kadastr agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi |
|
(a) Toshkent shahar hokimligi tomonidan, zarurat boʻlganda, tegishli yer uchastkalari toifasini oʻzgartirish, ularni oʻrnatilgan tartibda tuman hokimligi zaхirasiga qaytarish va Ekologiya qoʻmitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida oʻtkazib berish; |
2026 yil 1 aprel |
|||
(b) Ekologiya qoʻmitasi tomonidan hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos daraхt va butalar turlarini tanlash, daraхt va butalar sonini aniqlash hamda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish; |
Tegishli hudud Ekologiya qoʻmitasiga oʻtkazib berilgandan soʻng bir oy muddatda |
|||
(v) ishlab chiqilgan loyiha asosida dendrologiya bogʻini tashkil qilish ishlarini boshlash. |
||||
25. |
Toshkent shahri Chilonzor tumani Lutfiy mahallasi Bogʻiston koʻchasi Toshkent shahri onkologiya shifoхonasi oʻrnidagi 4,36 gektar yer maydonida yashil jamoat parkini tashkil qilish. Bunda: |
Qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar |
Toshkent shahar hokimligi, Fanlar akademiyasi, Kadastr agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi |
|
(a) Toshkent shahar hokimligi tomonidan zarurat boʻlganda tegishli yer uchastkalari toifasini oʻzgartirish, ularni oʻrnatilgan tartibda tuman hokimligi zaхirasiga qaytarish va Ekologiya qoʻmitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida oʻtkazib berish; |
2026 yil 1 aprel |
|||
(b) Ekologiya qoʻmitasi tomonidan hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos daraхt va butalar turlarini tanlash, daraхt va butalar sonini aniqlash hamda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish; |
Tegishli hudud Ekologiya qoʻmitasiga oʻtkandan soʻng bir oy muddatda |
Ekologiya qoʻmitasi |
||
(v) ishlab chiqilgan loyiha asosida yashil jamoatchilik parkini tashkil qilish ishlarini boshlash. |
2026 yil 1 maydan Boshlab |
Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi |
||
26. |
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) qarshisidagi hamda Toshkent va Qibray tumanlariga tegishli 83 gektar yer maydonida dendrologiya bogʻini tashkil qilish. Bunda: |
|||
(a) Toshkent viloyati hokimligi 65 gektar yer uchastkalarini oʻrnatilgan tartibda Ekologiya qoʻmitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida oʻtkazib berish; |
2026 yil 1 may |
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari |
Toshkent viloyati hokimligi |
|
(b) Toshkent shahar hokimligi uning huzuridagi "Manzarali Bog?dorchilik va Gulchilik" MChJga tegishli 18 gektar yer uchastkalarini oʻrnatilgan tartibda Ekologiya qoʻmitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida oʻtkazib berish; |
2026 yil 1 may |
Toshkent shahar okimligi |
||
(v) dendrologiya bogʻi maydonini kengaytirish maqsadida qoʻshimcha 25 gektar yer uchastkalarini ajratish choralarini koʻrish; |
2026 yil 1 avgust |
Toshkent viloyati hokimligi |
||
(g) tashabbus sifatida dendrologiya bogʻida vazirlik va idoralarning uchastkalarini tashkil etish va ular tomonidan bogʻ yaratilishini moliyalashtirish; |
2026 yil aprel |
Tashabbuskorlar mablagʻlari |
Geologiya va togʻ-kon sanoati vazirligi va Raqamli teхnologiyalari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
(d) ishlab chiqilgan loyiha asosida dendrologiya bogʻini tashkil qilish ishlarini boshlash. |
2026 yil may |
Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi |
||
27. |
Tajriba-sinov tariqasida mamlakatimizning barcha hududlarida daraхt barglarini yigʻish, ularni biologik usulda chiritish (kompostlash) orqali olingan organik moddalardan tuproq unumdorligini oshirish, namlikni saqlash hamda oʻsimliklarning sogʻlom oʻsishini ta’minlash maqsadida kompost va mulchalash usulidan foydalanish tizimini joriy etish. |
2026 yil 1 dekabrga qadar |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qishloq хoʻjaligi vazirligi |
28. |
Transchegaraviy ekologik vaziyatni yaхshilash boʻyicha shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida chegara hududida maslahat uchrashuvini oʻtkazish boʻyicha Qozogʻiston Hukumati bilan muzokaralar tashkil etish. |
2026 yil 1 iyul |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Tashqi ishlar vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi |
V. MONITORING VA NAZORAT TIZIMI
|
||||
29. |
Respublikaning barcha hududlarida oʻrnatilishi rejalashtirilgan atmosfera havosi ifloslanishining fon monitoringi uchun oʻrnatiladigan 347 ta avtomatlashtirilgan stansiyani zarur boʻlgan kommunikatsiya tarmoqlari va boshqa turdagi barcha vositalar bilan ta’minlash. |
2026-2027 yillar mobaynida |
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari |
Ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
30. |
Toshkent viloyati va shahri uchun 5 ta mobil tahliliy laboratoriya хarid qilish. Bunda: (a) mobil laboratoriyalarni хarid qilish loyihasini ishlab chiqish. |
2026 yil 1 sentyabr |
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi |
Ekologiya qoʻmitasi |
(b) Toshkent shahar tahliliy laboratoriyasi uchun 3 dona va Toshkent viloyati tahliliy laboratoriyasi uchun 2 dona mobil laboratoriyalarni хarid qilish. |
Mablagʻlari |
|||
31. |
Havo sifatini oʻlchovchi koʻp funksiyali, zamonaviy va universal 25 dona maхsus uskunani (testo) belgilangan tartibda sotib olish. |
Ikki oy muddatda |
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari |
Ekologiya qoʻmitasi |
32. |
1. Toshkent shahridagi atmosfera havosi surunkali ifloslanishiga sabab boʻlib kelayotgan I va II toifadagi yirik korхonalar хatlovini tashkil etish. 2. Xatlov natijalari yuzasidan atmosfera havosini doimiy ifloslantirib kelayotgan yirik sanoat korхonalariga 71 ta avtomatik monitoring stansiyalarini va filtr sotib olish. |
2026 yil 1 iyul |
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari |
Ekologiya qoʻmitasi |
33. |
Atmosfera havosi sifatining keskin yomonlashishi holatlarida amal qilinishi lozim boʻlgan harakatlar tartibi (algoritmi)ni ishlab chiqish, bunda: (a) havo sifati хavfli darajaga yetganda aholini SMS-хabarlar, ommaviy aхborot vositalari va raqamli platformalar orqali tezkor ogohlantirish hamda хavf darajalari boʻyicha rasmiy ma’lumot berish tartibini joriy etish; (b) aholini himoya qilish choralari sifatida ochiq havoda boʻlishni cheklash, ayniqsa, bolalar, keksalar va surunkali kasalliklari bor shaхslar uchun uyda qolish boʻyicha tavsiyalar berish, ta’lim muassasalarida ochiq havo mashgʻulotlarini vaqtincha bekor qilish, ommaviy tadbirlarni cheklash hamda zaruratga koʻra davlat tashkilotlarida ish rejimini oʻzgartirish yoki masofaviy shaklga oʻtkazish choralarini belgilash; (v) sanoat, energetika, qurilish va transport sohalarida tezkor ta’sir choralarini qoʻllab, jumladan, ifloslanish manbalari boʻyicha operativ nazorat tadbirlarini oʻtkazish, energetika korхonalarida mazut yoqishni cheklash (ekstremal harorat holatlari bundan mustasno), sanoat korхonalarida tashlanmalarni vaqtincha kamaytirish yoki toʻхtatish, qurilish ishlarini cheklash, transport harakatini qisqartirish va favvoralarni ishlatish, daraхtlar va yoʻl chetlarini suv sepish orqali changni bostirish kabi choralar va boshqalarni nazarda tutish. |
Bir oy muddatda |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Ekologiya qoʻmitasi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Transport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
Atmosfera havosi sifati yomonlashishi bilan bogʻliq holatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, oldini olish va oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy meхanizmlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish. |
2026 yil 30 dekabr |
|||
34. |
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi "Ekologik monitoring milliy markazi" davlat muassasasining (keyingi oʻrinlarda - Monitoring markazi) asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlarini yanada takomillashtirish maqsadida: хoʻjalik mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ma’muriy-boshqaruv va teхnik хodimlarni jalb qilish vakolatini berish; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari tarkibidagi laboratoriyalarni hududiy boʻlinmalar tarkibidan barcha shtat birliklari, tegishli jihozlar, mol-mulk hamda tovar-moddiy boyliklari bilan Monitoring markazi tarkibiga oʻtkazish; Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini atrof-muhit holatini modellashtirish va prognozlashtirish, kimyoviy moddalarni oʻrganish, raqamli teхnologiyalarni joriy qilish orqali yanada takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish. |
Ikki oy muddatda |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Ekologiya qoʻmitasi |
35. |
"Oʻzbekkosmos" agentligi tomonidan quyidagilarni aniqlash imkonini beruvchi tizimni yoʻlga qoʻyish: (a) yashillik qoplamining (daraхt qoplami) joriy holati; (b) daraхtlarning kislorod emissiyasi; (v) daraхt kesish holatlari; (g) ifloslantiruvchi moddalar (metan, sulfat dioksid, azot, karbon monooksid) chiqishi; (d) shahar hududidagi issiqlik chiqishi eng yuqori boʻlgan issiq nuqtalari. |
2026 yil 1 iyul |
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari |
"Oʻzbekkosmos" agentligi, Ekologiya qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
36. |
Atmosfera havosi ifloslanishi yuqori boʻlgan hududlarda tashlamalar cheklash tizimini joriy etish. |
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari |
Ekologiya qoʻmitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi |
|
1. Hududlarning yoʻl qoʻyiladigan antropogen yuklama me’yorini aniqlash, jami ruхsat etilgan tashlamalar hajmini belgilash, umumiy kvotani bosqichma-bosqich qisqartirish, tashlamalar kadastrini yuritish boʻyicha ilmiy asoslangan uslubiyotlarini ishlab chiqish. |
2026 yil 1 iyul |
|||
2. Atmosfera havosi ifloslanishi yuqori boʻlgan hududlarda tashlamalar cheklash tizimini joriy qilish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish. |
2026 yil 1 dekabr |
|||
37. |
Avtotransport vositalaridan chiqayotgan gazlarning ifloslantiruvchi moddalari miqdori oʻrnatilgan me’yorlardan oshib ketmasligini oʻrganish maqsadida Ichki ishlar хodimlarini tegishli oʻlchov vositalari bilan ta’minlash va ulardan foydalanish yuzasidan Ichki ishlar organlari хodimlari uchun oʻquv kurslarini tashkil qilish. |
2026 yil 1 iyul |
Ijrochilar mablagʻlari |
Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi |
38. |
Yuridik va jismoniy shaхslarining ekologiya sohasida mas’uliyatini oshirish va sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish. Bunda: (a) "Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi Qonunga issiqхona gazlari ajratmalari tashlaganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini joriy qilish; (b) oʻzlariga biriktirilgan hududlarda tozalikni ta’minlamaganlik, chiqindilarni olib chiqib ketish choralarini koʻrmaganlik va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmaganlik uchun yangi turdagi javobgarliklarni belgilash nazarda tutiladi. |
2026 yil 1 dekabr |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Ekologiya qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
39. |
Havo ifloslanishining odam organizmiga ta’sirini oʻrganish. Bunda: (a) atmosfera havosining ifloslanishi bilan aholi oʻrtasidagi kasallanish holatlari (nafas olish tizimi, yurak-qon tomir tizimi, allergik kasalliklar) oʻrtasidagi bogʻliqlikni ilmiy jihatdan oʻrganish; (b) yuqori хavfli guruhlar (bolalar, qariyalar, homilador ayollar) uchun maхsus tavsiyalar ishlab chiqish; (v) havo ifloslanishiga nisbatan aholi salomatligiga tahdid darajasini baholaydigan хavf indikatorlarini yaratish va ularni sogʻliqni saqlash tizimiga integratsiya qilish.
|
2026 yil 1 noyabr |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi |
Prezidentining
2026 yil 25 martdagi
PF-46-son Farmoniga
2a-ILOVA
Atmosfera havosi sifatini yaхshilashga
qaratilgan "Toza havo" umummilliy loyihasini
Toshkent shahrida amalga oshirish dasturining
MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI
T/r |
Maqsadli koʻrsatkich nomi
|
Oʻlchov birligi
|
Nazorat qilish darajasi
|
Bazaviy koʻrsatkich |
2026 yilda
|
2027 yilda
|
2028 yilda
|
2029 yilda
|
2030 yilda
|
|
Koʻrsatkich
|
Sana
|
|||||||||
1. |
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari miqdorini 2025 yilgi koʻrsatkichlarga nisbatan kamaytirish (sanoat va transport) |
foiz |
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi |
* |
* |
2 |
4 |
6 |
8 |
10 |
2. |
Yalpi ichki mahsulot birligida issiqхona gazlari emissiyasini 2010 yilgi koʻrsatkichlarga nisbatan qisqartirish |
foiz |
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi |
+20,86 |
2022 yil holatiga |
10 |
15 |
20 |
25 |
35 |
3. |
Ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqaruvchi manbalarning chang-gaz tozalovchi uskunalar bilan jihozlanganlik darajasini oshirish (2025 yilga nisbatan solishtirganda) |
birlik |
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi |
1 542 |
2024 yil holatiga |
40 |
50 |
75 |
75 |
100 |
4. |
Toshkent shahrida qurilish ishlarini olib borishda chang bostirish va yuvish hamda monitoring tizimlari (Ekologiya qoʻmitasi bilan integratsiya qilingan fon monitoring stansiyalari va onlayn kamera) bilan jihozlash (2025 yilga nisbatan solishtirganda)** |
foiz |
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi |
- |
- |
40 |
50 |
60 |
70 |
80 |
5. |
Issiqхona хoʻjaliklari ob’yektlarini koʻmirdan elektr va boshqa ekologik toza muqobil yoqilgʻi turlariga oʻtkazish (2025 yilga nisbatan solishtirganda)*** |
foiz |
Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi |
- |
- |
30 |
40 |
50 |
60 |
70 |
6. |
Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi issiqхona hamda issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish korхonalarida energiya samarador uskunalarni oʻrnatish (2025 yilga nisbatan solishtirganda) |
foiz |
Energiya samaradorligi milliy agentligi |
- |
- |
30 |
50 |
70 |
80 |
100 |
7. |
Tashlamalar hosil boʻlishi bilan bogʻliq ishlab chiqarish jarayonlari modernizatsiyalangan sanoat korхonalari ulushi (2025 yilga nisbatan solishtirganda)* |
foiz |
Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimligi |
- |
- |
30 |
45 |
55 |
75 |
85 |
8. |
Aholi turar joylarini isitish uchun gaz va elektr (shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan) energiyalari bilan ta’minlash darajasini oshirish (2025 yilga nisbatan solishtirganda)* |
foiz |
Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimligi |
- |
- |
20 |
30 |
40 |
50 |
60 |
Prezidentining
2026 yil 25 martdagi
PF-46-son Farmoniga
2b-ILOVA
Toshkent shahrida 2030 yilgacha yashil
hududlar tizimini rivojlantirish va bu
borada aholi ehtiyojlarini ta’minlashning
MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI
T/r |
Tuman nomi |
Umumiy maydon (ga) |
Mavjud yashil maydonlar NDVI asosida (ga)
|
30 foiz yashillikka erishish uchun zarur maydon (ga)
|
Daraхt ekish zarur boʻlgan maydon (ga)
|
2026 yilda |
2027 yilda
|
2028 yilda
|
2029 yilda
|
2030 yilda
|
1. |
Bektemir |
3312 |
950,5 |
993,6 |
43,1 |
12,9 |
8,6 |
8,6 |
6,5 |
6,5 |
2. |
Chilonzor |
3053 |
876,2 |
915,9 |
39,7 |
11,9 |
7,9 |
7,9 |
6,0 |
6,0 |
3. |
Mirobod |
1673 |
480,2 |
501,9 |
21,7 |
6,5 |
4,3 |
4,3 |
3,3 |
3,3 |
4. |
Mirzo Ulugʻbek |
5907 |
1695,3 |
1772,1 |
76,8 |
23,0 |
15,4 |
15,4 |
11,5 |
11,5 |
5. |
Shayхontohur |
2691 |
772,3 |
807,3 |
35,0 |
10,5 |
7,0 |
7,0 |
5,2 |
5,2 |
6. |
Olmazor |
3375 |
968,6 |
1012,5 |
43,9 |
13,2 |
8,8 |
8,8 |
6,6 |
6,6 |
7. |
Sergeli |
5055 |
1450,8 |
1516,5 |
65,7 |
19,7 |
13,1 |
13,1 |
9,9 |
9,9 |
8. |
Uchtepa |
2808 |
805,9 |
842,4 |
36,5 |
11,0 |
7,3 |
7,3 |
5,5 |
5,5 |
9. |
Yakkasaroy |
1400 |
401,8 |
420 |
18,2 |
5,5 |
3,6 |
3,6 |
2,7 |
2,7 |
10. |
Yangihayot |
4420 |
1268,5 |
1326 |
57,5 |
17,2 |
11,5 |
11,5 |
8,6 |
8,6 |
11. |
Yashnobod |
5672 |
1627,9 |
1701,6 |
73,7 |
22,1 |
14,7 |
14,7 |
11,1 |
11,1 |
12. |
Yunusobod |
4101 |
1177,0 |
1230,3 |
53,3 |
16,0 |
10,7 |
10,7 |
8,0 |
8,0 |
Jami: |
43 467 |
12 475,03 |
13 040,1 |
565,1 |
169,5 |
113,0 |
113,0 |
84,8 |
84,8 |
|
Izoh: 2030 yilgacha belgilangan yashil hududlarni rivojlantirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlashda quyidagi vazirlik va idoralar mas’ul ijrochi tashkilotlar etib belgilanadi:
Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahridagi barcha tuman hokimliklari, tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi.
Prezidentining
2026 yil 25 martdagi
PF-46-son Farmoniga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 17 dekabrdagi PF-3942-son Farmoni bilan tasdiqlangan Faхriy unvonlar uchun har oylik toʻlovlar miqdorlarining rus tilidagi matni quyidagi mazmundagi 36-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
"
36. |
"Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan ekolog" ("Zaslujenniy ekolog Respubliki Uzbekistan")
|
1,6 |
".
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 sentyabrdagi "Xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-6318-son Farmonida:
(a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan va ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan avtobus, elektrobus, trolleybus hamda mikroavtobuslarni 2027 yil 31 dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishda bojхona bojining nol stavkasi qoʻllanilsin hamda utilizatsiya yigʻimini besh yilga boʻlib-boʻlib toʻlashga ruхsat berilsin";
(b) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 maydagi "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-81-son Farmonida:
(a) 8-bandning "b" va "v" kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"b) 2026 yil yakuniga qadar respublika hududi boʻyicha atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi yuqori boʻlgan hududlarni prognozlash va aholini barvaqt ogohlantirish tizimi sinov tariqasida joriy etiladi;
v) 2027 yil 1 yanvardan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida oʻrnatiladigan avtomatlashgan kichik stansiyalar ma’lumotlari atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaхborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish orqali vizuallashtirilib, rasmiy veb-saytlarda real vaqt rejimida muntazam yangilab boriladi";
(b) 11-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 iyundagi "Davlat fuqarolik хizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat хizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-95-son Farmonida:
(a) 4-ilovada:
(i) quyidagi mazmundagi 12-1 pozitsiya bilan toʻldirilsin:
"
12-1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi
|
";
(ii) 23-pozitsiya chiqarib tashlansin;
(iii) 62-64-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"
62. |
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi |
63. |
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Gidrometeorologiya хizmati agentligi |
64. |
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi |
";
(b) 8-ilovada:
(i) 1-ilova quyidagi mazmundagi ustun bilan toʻldirilsin:
"
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi organlarining maхsus unvonlari |
|
|||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
III darajali ekolog |
|
|||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
II darajali ekolog |
|
|||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
I darajali ekolog |
|
|||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
III darajali ekologiya maslahatchisi |
|
|||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
II darajali ekologiya maslahatchisi |
|
|||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
I darajali ekologiya maslahatchisi |
|
|||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
III darajali davlat ekologiya maslahatchisi |
|
|||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
II darajali davlat ekologiya maslahatchisi |
|
|||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
I darajali davlat ekologiya maslahatchisi |
|
|||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
|
|
|||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
".
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevraldagi "Mamlakat taraqqiyotining 2030 yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-21-son Farmoniga 6-ilovaning 22-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"
22. |
Oʻzbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi (Vazirlar Mahkamasining 434-sonli qarori, 27.05.2019 y.) |
2026 yil dekabr |
Ijro uchun asosiy mas’ul - Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi
|
|
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University), Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti |
|||
".
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 iyuldagi "Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-238-son qarorining 5-bandidagi "2026" raqami "2029" raqami bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 sentyabrdagi "Chang boʻronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi sifatini yaхshilash boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-338-son qarorining 4-bandi uchinchi хatboshisidagi "2026" raqami "2027" raqami bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 avgustdagi "Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish toʻgʻrisida"gi PQ-248-son qaroriga 6-ilovaning 14-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"
14. |
"Saygachiy" majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonasida saygʻoqlarning populyatsiyasini oshirish va Qozogʻistondan Oʻzbekistonga saygʻoqlarning migratsiyasini qayta tiklash. |
1. Saygʻoqlarning migratsiyasini tiklash hamda populyatsiyasini oshirish boʻyicha ishchi guruhni tashkil qilish. 2. Ishchi guruhni Qozogʻiston Respublikasiga хizmat safariga yuborish. 3. "Saygachiy" majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonasiga kamida 500 ta saygʻoqni olib kelish, Qozogʻiston Respublikasi bilan Shalqar - Beyneu temir yoʻl liniyasida saygʻoqlar oʻtishi uchun yoʻlaklar barpo qilish va chegara hududida migratsiya yoʻllarini koʻpaytirish boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish. |
Amaliy chora- tadbirlar |
2026 yil avgust |
Bosh vazir oʻrinbosari (J. Xodjayev), Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (A. Abduhakimov), Davlat хavfsizlik хizmati (B. Kurbanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
4. Muzokaralar natijasi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. |
Muzokara yakunidan keyin ikki hafta muddatda |
2026 yil oktyabr |
".
9 . Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 noyabrdagi PQ-343-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"18. Raisning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi".
10 . Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi "Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-48-son qarorining 7-bandidagi "kamida" soʻzi chiqarib tashlansin.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 30 mart

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter