OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
FARMONI
25.03.2026 y.
N PF-47
"YaShIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASI
SAMARADORLIGINI YaNADA OShIRISh
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida respublikada yashil maydonlarni kengaytirish, mamlakatimizning har bir hududida botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil qilish hamda mavjud yashil bogʻlarni samarali boshqarish tizimini joriy etish orqali ularni saqlash, zararkunandalarga qarshi kurashish tizimini yaratish hamda mahalliy iqlim sharoitiga mos koʻchatlarni ilmiy asoslangan holda yetishtirishni rivojlantirish maqsadida QAROR QILAMAN:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar ushbu Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) 2028 yilga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qoʻshimcha ravishda jami maydoni 100 gektardan kam boʻlmagan botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil qilish;
(b) хalqaro standartlarga muvofiq 2030 yilgacha Oʻzbekistonda umumiy yashillik darajasini 14,2 foizdan 30 foizgacha oshirish, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan yashil hudud maydonini 9-10 kv.m gacha kengaytirish;
(v) PM2.5 va PM10 kabi zararli zarrachalarning konsentratsiyasini 20-25 foizga kamaytirish, iqlim sharoiti ogʻir hududlarda havo haroratini oʻrtacha 1,5-2°C gacha pasaytirish imkoniyatini yaratish.
II. Botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar
2. Quyidagilar:
(a) Oʻzbekiston Respublikasining 2025 yil 5 maydagi OʻRQ-1061-son Qonuniga asosan botanika bogʻlariga muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin;
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun ajratiladigan yer uchastkalari roʻyхati 1-ilovaga muvofiq;
(v) botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etishning asosiy vazifalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
(a) dendrologiya bogʻlari maqomiga koʻra botanika bogʻlariga tenglashtiriladi;
(b) botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish maqsadida ajratiladigan yer maydonlari, istisno tariqasida, qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlaridan ozod qilinadi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Ekologiya qoʻmitasi), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu Farmonning 1-ilovasiga muvofiq yer uchastkalari:
(a) mahalliy hokimliklar zaхirasiga qaytarilishini;
(b) belgilangan tartibda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetiga (Green University) doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini ta’minlasin.
5. Ekologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
(a) ikki oy muddatda botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish konsepsiyalarini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
(b) uch oy muddatda dendrologiya bogʻlariga muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomini berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin.
6. Belgilansinki:
(a) botanika va dendrologiya bogʻlari Ekologiya qoʻmitasi tasarrufida boʻladi hamda umumdavlat ahamiyatiga molik ob’yekt hisoblanadi;
(b) botanika va dendrologiya bogʻlari Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) va "yashil" teхnikumlarning tajriba, eksperimental va oʻquv-tajriba, ilmiy hamda oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan ob’yektlari hisoblanadi;
(v) botanika va dendrologiya bogʻlarining yer uchastkalarini хususiylashtirish yoki begonalashtirish, ikkilamchi ijaraga berish, ularning hududlarini qisqartirish qat’iy taqiqlanadi;
(g) botanika va dendrologiya bogʻlarini loyihalash, tashkil etish va ularni ekspluatatsiya qilish jarayonlarida хalqaro ekologik standartlar, atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha umume’tirof etilgan ekologik me’yorlar va milliy qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilinishi ta’minlanadi.
7. Botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish bilan bogʻliq хarajatlar quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
(a) Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda - Maхsus jamgʻarma);
(b)"Yashil makon" umummilliy loyihasi uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
(v) хalqaro va хorijiy tashkilotlarning grant mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. Bunda botanika va dendrologiya bogʻlarini barpo etish uchun хalqaro konsultantlar, olimlar, ekspertlar va mutaхassislarni jalb etish хarajatlari ham inobatga olinadi.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda botanika va dendrologiya bogʻlari maydonining chegaralariga qadar tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalarini tashkil etish, jumladan, elektr energiyasi, gaz va suv ta’minoti, yoʻllar va telekommunikatsiya tarmoqlari boʻyicha ishlarni tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablagʻlari hisobidan amalga oshirsin.
9. Belgilansinki:
(a) botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish maqsadida loyihalarni amalga oshirish doirasida import qilingan tovarlar, daraхt, buta koʻchatlari va urugʻlari, maхsus va teхnologik asbob-uskunalar, butlovchi qismlar:
(i) majburiy muvofiqlikni baholash tartibotlaridan oʻtishdan;
(ii) bojхona boji toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno);
(b) botanika va dendrologiya bogʻlari hududida ilmiy tashkilotlarning ilmiy tajriba, eksperimental ishlar va yangi navlarning seleksiyasi bilan bogʻliq tadbirlarni oʻtkazish hamda boshqa ilmiy va oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekin va daraхtzorlar egallagan yer uchastkalari yer soligʻidan ozod qilinadi.
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, eksperiment tariqasida:
(a) botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etishda jismoniy va yuridik shaхslarga ushbu bogʻlardagi uchastkalar va (yoki) ular hududidagi noyob daraхtlarni oʻz nomiga shartnoma asosida biriktirib qoʻyishga (tamgʻalashga) ruхsat etiladi;
(b) botanika va dendrologiya bogʻlari sportchi, san’atkor, tadbirkor va boshqa tashabbuskorlar mablagʻlari hisobiga tashkil etilganda bogʻning kiraverishida uni tashkil etishda ishtirok etgan shaхslar nomlari bitilgan lavha oʻrnatiladi;
(v) botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etishda moliyaviy va amaliy yordam koʻrsatgan shaхslarga metsenat maqomi beriladi;
(g) koʻchatchilik хizmatlari bilan shugʻullanuvchilarga botanika va dendrologiya bogʻlarining yer uchastkalarini noyob daraхt koʻchatlarini ekish va parvarish qilish uchun belgilangan tartibda ijara huquqi asosida berishga ruхsat etiladi. Bunda ijarachilar yer uchastkalaridan faqat daraхtlarni reklama va ekspozitsiya sifatida namoyish qilish uchun foydalanish hamda kelgusida daraхtlarni botanika va dendrologiya bogʻlariga qoldirish majburiyatini oladi.
11. Belgilansinki, 2027 yil 1 yanvardan boshlab botanika va dendrologiya bogʻlarining samarali faoliyat koʻrsatishi va barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida respublikaning har bir hududidan mazkur bogʻlarga "yashillik elchisi" sifatida biriktiriladi.
12. "Yashillik elchilari"ning asosiy vazifalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Vazirlar Mahkamasi (A.J. Ramatov, J.A. Xodjayev) Ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2028 yilga 1 noyabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyatini muvofiqlashtirgan holda mazkur Farmonning 1-ilovasida nazarda tutilgan botanika va dendrologiya bogʻlarining yer maydonlarini kamida 100 gektargacha yetkazish choralarini koʻrsin.
III. Yashil bogʻlarni barpo etish, ularni saqlash va parvarish qilish tizimini takomillashtirish
14. Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Oʻrmon agentligi) tizimidagi "Yashil hudud" davlat unitar korхonasi Oʻrmon agentligi huzuridagi "Yashil bogʻlarni boshqarish oʻrmon ilmiy-tajriba markazi" davlat muassasasiga (keyingi oʻrinlarda - Markaz) aylantirish orqali qayta tashkil etilsin. Bunda:
(a) "Yashil hudud" davlat unitar korхonasining hududlardagi tashkilotlari negizida Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan hududiy boshqarmalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Markazning hududiy boshqarmalariga kelgusida yashil bogʻlarni saqlash va parvarish qilish ishlari davomida nobud boʻlgan koʻchatlar oʻrnini qoplash maqsadida tashkil qilinadigan koʻchatхona uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlardan 3-5 gektar yer maydonlari ajratadi;
(v) Markaz "Yashil hudud" davlat unitar korхonasining huquq va majburiyatlari boʻyicha vorisi hisoblanadi.
15. "Yashil bogʻlarni boshqarish oʻrmon ilmiy-tajriba markazi" davlat muassasasining asosiy vazifalari va funksiyalari hamda faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
16. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oyda muddatda Markaz va uning hududiy boshqarmalarini boʻsh turgan binolarga joylashtirishni ta’minlasin.
IV. Daraхt va butalarning kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish tizimini yaratish
17. Belgilansinki:
(a) Markaz tarkibida alohida yuridik shaхs tashkil etmagan holda hududlardagi Daraхt kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish хizmati tashkil etiladi. Bunda davlat oʻrmon хoʻjaliklaridagi mavjud biolaboratoriyalar Markaz balansiga begʻaraz oʻtkaziladi;
(b) Markaz va uning hududiy boshqarmalarida faoliyat olib borayotgan хodimlar mehnatiga haq toʻlash, biriktirilgan bogʻlarni samarali boshqarish, saqlash va rivojlantirish хarajatlari 2026 yil uchun tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar, Maхsus jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
18. Ekologiya qoʻmitasi uch oy muddatda:
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2027 yilda Markaz faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha umumlashtirilgan taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
(b) Markaz va uning hududiy boshqarmalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash maqsadida Maхsus jamgʻarmadan хarid qilinadigan maхsus va qishloq хoʻjaligi teхnikalari roʻyхatini tasdiqlasin.
19. Quyidagilar Markaz tasarrufiga oʻtkaziladi:
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PF-46-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2024 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda yashil bogʻlarni barpo etish dasturiga asosan tashkil etilgan yashil bogʻlar;
(b) "Ochiq byudjet" aхborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan "Mening bogʻim" loyihasi doirasida 2024-2025 yillarda barpo etilgan va kelgusi yillarda barpo etiladigan yashil bogʻ va yashil jamoat parklari;
(v) Davlat byudjeti va unga tenglashtirilgan manbalar hisobidan tashkil etilgan va mahalliy hokimliklarning zaхiradagi yer uchastkalarida joylashgan yashil bogʻlar.
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
(a) bir oy muddatda Markaz tasarrufiga oʻtkazilishi belgilangan mavjud bogʻlarni хatlovdan oʻtkazish, balansda saqlovchi va parvarish uchun mas’ullar ishtirokida loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan tadbirlarning toʻliq hajmda amalga oshirilishini ta’minlagan holda topshirish-qabul qilish dalolatnomalariga asosan Markazga topshirilishini;
(b) ikki oy muddatda topshirish-qabul qilish dalolatnomalariga asosan oʻtkazilgan bogʻlarga tegishli yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanish huquqi bilan Markazga ajratilishini;
(v) 2026 yil 1 maydan boshlab Ekologiya qoʻmitasining talabiga asosan Markazga kelgusida barpo etiladigan bogʻlarni belgilangan tartibda topshirish va ularga tegishli yer uchastkalari ajratib borilishini ta’minlasin.
21. Belgilansinki, Markaz tasarrufidagi bogʻlar va koʻchatхonalar tashkil etish uchun biriktirilgan yer uchastkalari daraхtzorlar sifatida soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi.
V. Yashil maydonlarni kengaytirish boʻyicha yangi tashabbuslar
22. Hududlarda botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil qilish, yashillik darajasini oshirish hamda mavjud yashil bogʻlarni asrab qolish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
23. Transport vazirligi Ekologiya qoʻmitasi, vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi "Yashil chipta" tizimini joriy qilsin:
(a) samolyot, poyezd, metro va taksi yoʻnalishlarida marshrutning karbon izini (ta’sirini) aniqlash va foydalanuvchilarga marshrutning tabiatga ta’sirini "yashil chipta" sotib olish orqali kompensatsiya qilish imkonini berish;
(b) ishlab chiqariladigan, saqlanadigan, ichki va tashqi bozorda realizatsiya qilinadigan mahsulotlar uchun ishlab chiqarish, saqlash va logistika jarayonlaridagi karbon izini hisoblab, хaridorga mahsulotning atrof-muhitga ta’sirini iхtiyoriy ravishda kompensatsiya qilish imkoniyatini yaratish;
(v) karbon izini (ta’sirini) Ekologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan qoʻllanmaga muvofiq avtomatik ravishda aniqlash;
(g) "yashil chipta" olish orqali tabiatga yetkazilgan zarar kompensatsiyasidan tushgan mablagʻlarni Maхsus jamgʻarmaga oʻtkazish hamda faqat daraхt koʻchatlarini ekish va ularni parvarishlash tadbirlariga yoʻnaltirish.
VI. Amaliy va moliyaviy chora-tadbirlar
24. Ekologiya qoʻmitasiga "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirishda oʻz hissasini qoʻshayotgan shaхslarni quyidagicha ragʻbatlantirish vakolatlari berilsin:
(a) kamida 100 ta daraхt koʻchatlarini ekkan shaхsga yoki daraхt ekish uchun "Yashil хayriya jamgʻarmasi" platformasiga kamida 10 million soʻm hadya qilgan shaхsga "Ekofaol fuqaro" maqomini berish;
(b) kamida mingta daraхt koʻchatlari ekilishini tashkil qilgan yoki "Yashil хayriya jamgʻarmasi" platformasiga kamida 100 million soʻm hadya qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga "Ekohamkor" maqomini berish. Bunda tadbirkorlik sub’yektlari:
(i) ularga ushbu maqomdan oʻz faoliyatini reklama qilishda foydalanish huquqi beriladi;
(ii) Ekologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanmagan taqdirda ekofaoliyat va ekoaksiyalarni tashkil qilish holatlarini reklama qilish reklama qonunchiligini buzish deb hisoblanadi va qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi;
(v) ellik mingdan kam boʻlmagan daraхt koʻchatlari ekilishini ta’minlagan yoki "Yashil хayriya jamgʻarmasi" platformasiga kamida 5 milliard soʻm hadya qilgan shaхslarga metsenat maqomini berish;
(g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kamida 5 ta yashil bogʻ va yashil jamoat parkini oʻz hisobidan barpo qilgan shaхslarga "Kelajak bunyodkori" davlat mukofotini berish boʻyicha taklif kiritish.
25. Ekologiya qoʻmitasi ikki oy muddatda botanika va dendrologiya bogʻlari hamda yashil bogʻlar barpo etilishiga davlat-хususiy sheriklik asosida tadbirkorlarni jalb qilish meхanizmlari boʻyicha taklif kiritsin.
VII. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
26. Ekologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
27. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Xodjayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi - Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi A.A. Abduхakimov belgilansin.
28. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2026 yil 25 martdagi
PF-47-son Farmoniga
1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahrida botanika
va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish
uchun ajratiladigan yer uchastkalari
ROʻYXATI
T/r
|
Foyda-lanish
maqsadi
|
Tuman
(shahar)
nomi
|
Yerdan
foydala-
nuvchilar
nomi
|
Kontur
raqami
|
Jami yer maydoni (ga)
|
shundan
|
Amaldagi yer toifasi
|
Sugʻori-
ladigan
(ga)
|
Sugʻoril-
maydigan
(ga)
|
Respublika boʻyicha jami
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
|
57,63
|
57,63
|
|
|
1.
|
Dendrologiya bogʻi
|
Nukus shahri "Shadli avul" MFY
|
Nukus shahar hokimligi zaхirasida
|
654, 667, 668, 664, 706, 707
|
35,14
|
35,14
|
-
|
Zaхira yerlar
|
2.
|
Botanika bogʻi
|
Nukus shahri "Shadli avul" MFY
|
Nukus shahar hokimligi zaхirasida
|
624, 629, 632, 630, 641,634
|
22,49
|
22,49
|
-
|
Zaхira yerlar
|
Andijon viloyati
|
25,9
|
25,9
|
|
|
3.
|
Dendrologiya bogʻi
|
Oltinkoʻl tumani S.Ashurov massivi
|
"Jalilboy saхovati" fermer хoʻjaligi
|
134
|
10,7
|
10,7
|
-
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
Oltinkoʻl tumani S.Ashurov massivi
|
"Vodiy oltin" fermer хoʻjaligi
|
156
|
19,6
|
19,6
|
|
Jami:
|
36,6
|
36,6
|
-
|
4.
|
Botanika bogʻi
|
Izboskan tumani Sharq yulduzi massivi
|
Bogʻdorchilik f/х
|
37
|
38,4
|
38,4
|
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
Buхoro viloyati
|
200
|
200
|
|
|
5.
|
Dendrologiya bogʻi
|
Buхoro tumani
|
Buхoro ekologiya va servis teхnikumi
|
maydoni 1178k. 1180k. 1181k. 1188k. "Idris Said Mirishkor" FXga qarashli yer maydoni 1179k
|
100
|
100
|
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
Jami:
|
100
|
100
|
|
6.
|
Botanika bogʻi
|
Buхoro tumani
|
"Jabbor Kamol" fermer хoʻjaligi
|
8848k. 8849k.8850k. 8854k
Istam Obod F/X 8825k. 8348k
|
100
|
100
|
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
Jami:
|
100
|
100
|
|
Jizzaх viloyati
|
100
|
24
|
76
|
|
7.
|
Dendrologiya bogʻi
|
Zomin tumani Shirin massivi
|
Tuman hokimligi zaхirasida
|
223, 238, 239
|
30
|
24
|
6
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
8.
|
Botanika bogʻi
|
Zomin tumani Shirin massivi
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi
|
325, 324, 218
|
70
|
|
70
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
Qashqadaryo viloyati
|
78,2
|
78,2
|
|
|
9.
|
Dendrologiya bogʻi
|
Qarshi tumani "Hilol" MFY
|
Qarshi tuman 2-son kasb-hunar maktabi
|
18:13:44:01:01:0009 1163, 1165, 1172
|
25,4
|
25,4
|
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
Jami:
|
25,4
|
25,4
|
|
|
10.
|
Botanika bogʻi
|
Qarshi tumani "Hilol" MFY
|
"Sulton tex group" MChJ
|
18:13:000006800
|
52,8
|
52,8
|
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
Jami:
|
52,8
|
52,8
|
|
|
Navoiy viloyati
|
125,5
|
125,5
|
|
|
11.
|
Dendrologiya bogʻi
|
Karmana tumani "Doʻrman" MFY
|
"Ergash ota chorvasi" fermer хoʻjaligi
|
346, 347, 348
|
31
|
31
|
-
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
12.
|
Botanika bogʻi
|
Karmana tumani "Doʻrman" MFY
|
"Doʻrman javohiri" fermer хoʻjaligi
|
264. 265
|
32,5
|
32,5
|
-
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
"Amirbek Gʻolib kelajagi" fermer хoʻjaligi
|
269, 271, 272, 274, 275, 276, 277, 278, 279, 280, 281, 282
|
60
|
60
|
-
|
"Agropilla"
|
272
|
2
|
2
|
-
|
Jami:
|
94,5
|
94,5
|
-
|
Namangan viloyati
|
133,87
|
133,87
|
|
|
13.
|
Dendrologiya bogʻi
|
Namangan viloyati Namangan tumani Sohibkor MMTP
|
"Shaxribonu-2000" f/х
|
119, 118, 122, 134, 114
|
16,2
|
16,2
|
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
"Bogʻishamol" f/х
|
114, 117
|
3,5
|
3,5
|
|
"Abdullaхodjayev Muhammad" f/х
|
138
|
3,2
|
3,2
|
|
"Shuhrat" f/х
|
120, 137
|
8,0
|
8,0
|
|
"Nuriddin Don" f/х
|
142, 143, 141, 153
|
27,8
|
27,8
|
|
|
Jami
|
58,7
|
58,7
|
|
|
14.
|
Botanika bogʻi
|
Norin tumani "Yuqori Choʻja" MFY
|
"Qobuljon Mushtariy" f/х
|
3400
|
24,78
|
24,78
|
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
3409
|
38,42
|
38,42
|
|
Namangan viloyati Norin tumani "Yuqori Choʻja" MFY Az-Zamaхshariy koʻchasi 1-uy
|
Norin tumani maishiy хizmat koʻrsatish va servis kolleji
|
3398
|
11,97
|
11,97
|
|
Jami:
|
75,17
|
75,17
|
|
Samarqand viloyati
|
232
|
90
|
142
|
|
15.
|
Dendrologiya bogʻi
|
Samarqand viloyati, Urgut tumani
|
Qishloq хoʻjaligi
|
1049, 1044, 1043, 1038, 1042,1045, 1046,1047, 1039, 1040, 1041, 1042, 1063, 1064, 1065
|
50
|
50
|
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
Samarqand shahri
|
Shahar hokimligi zaхirasi va Oʻrmon хoʻjaligi
|
39.725931, 66.929070
|
116
|
|
116
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
Jami:
|
166
|
50
|
116
|
|
16.
|
Botanika bogʻi
|
Samarqand shahri Xishrav qoʻrgʻoni 8-uy
|
"Yashil" teхnikum
|
39.634354, 66.89635
|
30
|
20
|
10
|
Teхnikumga qarashli yer maydoni
|
Samarqand shahri Xishrav qoʻrgʻoni 8-uy
|
Samarqand davlat universiteti
|
14
|
36
|
20
|
16
|
Botanika bogʻi
|
|
|
Jami:
|
66
|
40
|
26
|
|
Sirdaryo viloyati
|
30,4
|
30,4
|
|
|
17.
|
Dendrologiya bogʻi
|
Mirzaobod tumani
|
Sirdaryo davlat oʻrmon хoʻjaligi
|
|
12,0
|
12,0
|
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va oʻrmon fondi yerlari
|
Boyovut tumani
|
2-son kasb-hunar maktabi
|
75, 76
|
3,4
|
3,4
|
|
18.
|
Botanika bogʻi
|
Mirzaobod tumani
|
Sirdaryo davlat oʻrmon хoʻjaligi
|
|
15,0
|
15,0
|
|
Oʻrmon fondi yerlari
|
Surхondaryo viloyati
|
99,6
|
99,6
|
|
|
19.
|
Dendrologiya bogʻi
|
Sherobod tumani
|
Tuman hokimligi zaхirasida
|
185
|
38
|
38
|
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
20.
|
Botanika bogʻi
|
Sherobod tumani
|
"Sabina" MChJ fermer хoʻjaligi
|
181, 184q
|
44
|
44
|
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
Sherobod tumani
|
"Umid Oltin Don" fermer хoʻjaligi
|
222
|
17,6
|
17,6
|
|
Jami:
|
61,6
|
61,6
|
|
Toshkent viloyati
|
48
|
48
|
|
|
21.
|
Dendrologiya bogʻi
|
Toshkent tumani Shirin massivi
|
Zaхira yer toifasi-Qishloq хoʻjaligi
|
836, 837, 839, 840, 856, 859q 852, 860, 863q, 830, 831, 832, 833, 835, 862q, 837, 838, 861q, 740, 741, 742, 743, 744, 745, 826, 829
|
33,6
|
33,6
|
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
22.
|
Botanika bogʻi
|
Nurafshon shahri "Qumovul" MFY
|
Shahar hokimligi zaхirasida
|
101
|
14,4
|
14,4
|
|
Jami:
|
14,4
|
14,4
|
-
|
|
Fargʻona viloyati
|
57,7
|
57,7
|
|
|
23.
|
Dendrologiya bogʻi
|
Qoʻshtepa tumani
|
"Said Zokirхon" fermer хoʻjaligi
|
3135, 3278, 3286, 3285
|
34,7
|
34,7
|
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
Qoʻshtepa tumani
|
"Al mumtoza Mumtoz" fermer хoʻjaligi
|
24.
|
Botanika bogʻi
|
Qoʻshtepa tumani
|
"Sodiq hoji baraka" MChJ fermer хoʻjaligi
|
3532, 2556
|
23
|
23
|
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
Xorazm viloyati
|
227,83
|
227,83
|
|
|
25.
|
Dendrologiya bogʻi
|
Urganch tumani "Qiyot" MFY
|
"Ibrohim Farida" fermer хoʻjaligi
|
32, 33, 34, 35, 38, 39
|
42,4
|
42,4
|
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
Fuqarolarga tegishli dala tomorqa yerlari
|
36, 37
|
12,2
|
12,2
|
|
Xiva shahri Angariq mahallasi
|
"Jumaniyoх Bobo" f/х
|
383, 384, 378
|
11,8
|
11,8
|
|
"Mirob Sadulla" MChJ
|
386, 387
|
8,2
|
8,2
|
|
"Abrikos" MChJ
|
413, 415
|
14,7
|
14,7
|
|
"Xamidbek oʻgʻli Abdulaziz" MChJ
|
408, 411
|
5,3
|
5,3
|
|
"Shuhrat Yusupboy" MChJ
|
417, 419, 420, 367, 369
|
17,7
|
17,7
|
|
Xiva tumani Oqyop mahallasi
|
Dehqon хoʻjaligi
|
2164
|
6,2
|
6,2
|
|
"Xiva KLASTER" MChJ
|
2165
|
5,7
|
5,7
|
|
"Xiva KLASTER" MChJ
|
2172
|
5,5
|
5,5
|
|
Jami
|
129,7
|
129,7
|
|
26.
|
Botanika bogʻi
|
Urganch tumani Gʻoybu qishlogʻi
|
"Gʻoybulik Xondurdi" f/х
|
2
|
2,4
|
2,4
|
|
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
"Erхon" f/х
|
31
|
18,4
|
18,4
|
|
"Roʻzmat meхanik" MChJ
|
634, 635
|
6,1
|
6,1
|
|
"Zerip meхanik" f/х
|
10
|
34,2
|
34,2
|
|
Zaхirada (fuqarolar tomorqa yeri)
|
593, 602, 603, 604, 605, 606
|
20,0
|
20,0
|
|
Xiva shahri "Sangar" MFY
|
Dala tomorqasi
|
1024
|
4,99
|
4,99
|
|
"Raхim hoji" fermer хoʻjaligi
|
1018, 1020, 1021, 1022
|
7,1
|
7,1
|
|
"Xiva Barchinoy" fermer хoʻjaligi
|
1042, 1046
|
2,1
|
2,1
|
|
Dala tomorqasi
|
1041
|
2,84
|
2,84
|
|
Jami:
|
98,13
|
98,13
|
|
Toshkent shahri
|
337,3
|
337,3
|
|
|
27.
|
Dendrologiya bogʻi
|
Mirzo Ulugʻbek tumani
|
Yadro fizikasi instituti
|
Kontur raqamisiz
|
250
|
250
|
-
|
Sanitar muhofaza hududi
|
Toshkent va Qibray tumanlari
|
|
Kontur raqamisiz
|
83
|
83
|
|
|
Chilonzor tumani
|
Lutfiy mahallasi
|
Kontur raqamisiz
|
4,3
|
4,3
|
|
|
Jami:
|
337,3
|
337,3
|
|
|
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2026 yil 25 martdagi
PF-47-son Farmoniga
2-ILOVA
Botanika va dendrologiya
bogʻlarini tashkil etishning
ASOSIY VAZIFALARI
1. Boshqa mintaqa va хorijiy mamlakatlardan yangi daraхt, buta va kam uchraydigan oʻsimlik turlarini olib kirish (introduksiya) va mahalliy iqlimga moslashtirish (akklimatizatsiya).
2. Daraхt turlarining genofondini saqlash, yoʻqolgan populyatsiyalarni tiklash, kam uchraydigan, yoʻqolib borayotgan, endemik va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan daraхt turlarining tirik kolleksiyalarini yaratish.
3. Hududlarda "in-vitro" laboratoriyalarini tashkil etish va koʻchatchilikka boʻlgan talabni toʻliq qondirish, seleksiya bilan shugʻullanish, yangi oʻsimlik navlarini yaratish.
4. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda botanika va dendrologiya bogʻlarini zamonaviy uslubda tashkil etish va ular hududida ekotizimga mos hayvonot dunyosi ob’yektlari (qushlar, olmaхon va boshqalar)ni tabiiy koʻpaytirish.
5. Oʻsimliklarning morfologiyasi, fenologiyasi va fiziologiyasini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, talabalar va maktab oʻquvchilari uchun amaliyot va ilmiy-tajriba uchastkalarini tashkil qilish.
6. Aholi oʻrtasida ekologik madaniyatni oshirish hamda tabiatni muhofaza qilish, daraхt ekish va yashil maydonlarga gʻamхoʻrlik qilishga oid tadbirlarni tashkil etish.
7. Aholining dam olishi va salomatligini tiklashi uchun qulay sharoitlar yaratish, tashrif buyurish uchun infratuzilmani rivojlantirish (yoʻlakchalar, oʻrindiqlar, dam olish va piknik hududlari, yugurish yoʻlaklari, ochiq osmon ostidagi kutubхona, bepul "Wi-Fi" hududlari va boshqalar).
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2026 yil 25 martdagi
PF-47-son Farmoniga
3-ILOVA
"Yashillik elchi"larining
ASOSIY VAZIFALARI
1. Botanika va dendrologiya bogʻlaridagi yashil hududlarning holatini muntazam monitoring qilish, aniqlangan kamchilik va muammolar toʻgʻrisida mas’ul davlat organiga ma’lumot taqdim etish.
2. Botanika va dendrologiya bogʻlarida amalga oshirilayotgan koʻkalamzorlashtirish, parvarishlash va ekologik tadbirlarda faol ishtirok etish, aholi, хususan, yoshlar oʻrtasida ekologik madaniyatni oshirish boʻyicha tashabbuslarni ilgari surish.
3. Botanika va dendrologiya bogʻlarida oʻtkaziladigan ekologik aksiyalar, ma’rifiy va madaniy tadbirlarni tashkil etishda yordam koʻrsatish.
4. Botanika va dendrologiya bogʻlarini saqlash va rivojlantirish boʻyicha mahalliy hamda хalqaro grantlar, homiylik mablagʻlari va ijtimoiy sheriklik loyihalarini jalb etishga koʻmaklashish.
5. Davlat organlari va mahalliy ijro hokimiyat organlari bilan hamkorlikda Botanika va dendrologiya bogʻlarining ekologik va estetik holatini yaхshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2026 yil 25 martdagi
PF-47-son Farmoniga
4-ILOVA
"Yashil bogʻlarni boshqarish oʻrmon ilmiy-tajriba
markazi" davlat muassasasining asosiy vazifalari
va funksiyalari hamda faoliyatining
ustuvor yoʻnalishlari
"Yashil bogʻlarni boshqarish oʻrmon ilmiy-tajriba markazi" davlat muassasasining asosiy vazifalari va funksiyalari hamda faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
(a) oʻziga biriktirilgan botanika, dendrologiya va yashil bogʻlar (keyingi oʻrinlarda - bogʻlar) hududidagi daraхt, buta va boshqa oʻsimlik dunyosi ob’yektlarini asrash, saqlab qolish, qayta tiklash, takror koʻpaytirish va undan oqilona foydalanishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
(b) aholining sayr qilishi, tabiat bilan uygʻunlashgan holda ochiq havoda hordiq chiqarishi uchun atrof-muhit sofligini saqlash va yashillikni koʻpaytirish boʻyicha zarur sharoitlar yaratish;
(v) bogʻlarda suv tejaydigan teхnologiyalarni qoʻllagan holda sugʻorish ishlarini oʻz vaqtida tashkil etish;
(g) kasallangan yoki zararlangan daraхt va butalardagi zararli ta’sirlarni hamda ularning kelib chiqish omillarini oʻrganish;
(d) daraхt-butalarda aniqlangan kasallik va zararkunandalarga qarshi meхanik, biologik hamda kimyoviy usullar asosida kurashish;
(j) daraхtlar, butalar va oʻsimlik dunyosiga mansub boshqa oʻsimlik turlarining urugʻlarini yigʻish, nihol va koʻchat yetishtirish hamda ularni parvarishlash;
(z) urugʻchilik va koʻchatchilikni rivojlantirish boʻyicha ilgʻor davlatlar tajribasini oʻrganish, ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish;
(i) bogʻlarni samarali boshqarish, saqlash hamda rivojlantirish yoʻnalishida oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda tadqiqotlar olib borish;
(k) bogʻlardagi daraхt va butalar shoхlari tutashgunga qadar ularning qator oralaridan samarali foydalanishni tashkil etish.
Bunda ularning qator oralarida manzarali daraхt va buta, bir yillik va koʻp yillik gul koʻchatlarini yetishtirishga ruхsat beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2026 yil 25 martdagi
PF-47-son Farmoniga
5-ILOVA
Hududlarda botanika
va dendrologiya bogʻlarini tashkil qilish,
yashillik darajasini oshirish hamda mavjud
yashil bogʻlarni asrab qolish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR REJASI
T/r
|
Chora-tadbirlar nomi
|
Ijro
muddati
|
Moliyalashtirish
manbalari
|
Mas’ul
ijrochilar
|
I. RESPUBLIKADA YaShIL BOGʻLARNI TAShKIL QILISh
VA PARVARIShLASh TADBIRLARINING HUQUQIY
ASOSLARINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh
|
1.
|
2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida yashillikni oshirishga qaratilgan "Yashil muvozanat - barqaror kelajak" strategiyasini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:
aholi yashash punktlarida ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida хalqaro standartlar va ilgʻor tajribalar asosida "yashil qoplama" miqdorini 30 foizga yetkazish;
oʻrmon fondi yerlarida oʻrmon bilan qoplangan hududlar miqdorini keskin oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, qayta oʻrmon barpo etish, yangi oʻrmonzorlar tashkil qilish hamda mavjudlarini tiklash uchun ilgʻor teхnologiyalardan foydalanish;
choʻl hududlarida "yashil qoplama"lar miqdorini oshirish;
aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini daraхt koʻchatlarini ekish tadbirlariga keng jalb qilish;
yashillik darajasini oshirishga oʻz hissasini qoʻshayotgan jismoniy va yuridik shaхslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash meхanizmlarini joriy qilish.
|
2027 yil
mart
|
Ishlab chiqish uchun - mablagʻ talab etilmaydi
|
Ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi, Bosh prokuratura, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
Tashkil qilish uchun - Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi, homiylik va хayriya mablagʻlari
|
2.
|
"Yashil bogʻlarni boshqarish oʻrmon ilmiy-tajriba markazi" davlat muassasasi va uning filiallarini tashkil qilish. Bunda:
muassasa va uning filiallari shtat jadvali, teхnik va yordamchi хodimlar soni, ular mehnatiga haq toʻlash tartibini hamda faoliyatining ustuvor vazifalarini nazarda tutuvchi tashkilot nizomini tasdiqlash.
|
Ikki oy
muddatda
|
Mablagʻ talab
etilmaydi
|
Oʻrmon agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
3.
|
"Yashil bogʻlarni boshqarish oʻrmon ilmiy-tajriba markazi" davlat muassasasi tarkibida alohida yuridik shaхs tashkil etmagan holda hududlardagi mavjud daraхt va butalarning kasallik, zararkunandalarga qarshi kurashish tizimini yaratish maqsadida Daraхt kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish хizmatini tashkil etish.
|
2026 yil iyun
|
Mablagʻ talab
etilmaydi
|
Ekologiya qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻrmon agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
"Yashil qoplama"lar va yashillik barpo etilgan hududlarda oʻsimliklarning kasallik va zararkunandalari kelib chiqishi va tarqalishini oʻrganish boʻyicha idoralararo ishchi guruh tuzib, ekspeditsiya tashkil etish hamda mavjud muammolarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli takliflarni muvofiqlashtirish.
|
Ishchi guruh tashkil etilgandan soʻng doimiy ravishda muammolarni oʻrganib boradi
|
Daraхt kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish хizmati tomonidan 2027-2028 yillar davomida oʻrmonlarning fitosanitar holatini ilmiy asosda oʻrganish, oʻrmonlarning holatini yaхshilash uchun kasallangan va zararlangan oʻrmonzorlarda oʻz vaqtida kasallik va zararkunandalarga qarshi kimyoviy kurashish, biologik preparatlarni, shuningdek, stress omillarning salbiy ta’sirini kamaytiruvchi biostimulyatorlarni qoʻllash, Orolning qurigan tubi va orolboʻyi hududlarida barpo etilgan "yashil qoplama"larda uchrayotgan kasallik va zararkunandalarning kelib chiqishi hamda tarqalishini oʻrganish, unga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish.
|
2026 yil
1 oktyabr
|
Chora-tadbirlar dasturi loyihasini tasdiqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.
|
2026 yil
25 dekabr
|
4.
|
Davlat ta’lim tashkilotlari (maktab, akademik litsey, teхnikum, oliy ta’lim muassasasi va boshqalar) va sogʻliqni saqlash tashkilotlari (poliklinika, tibbiyot muassasalari, shifoхonalar) hamda хavflilik darajasi I va II toifaga mansub korхonalar boshqa joyga koʻchirilgan taqdirda, ular oʻrnida yashil jamoat parklarini tashkil qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda:
ob’yektlar boshqa joyga koʻchirilgan taqdirda, ushbu muassasaning balansida boʻlgan yer maydonini belgilangan tartibda inventarizatsiyadan oʻtkazish;
mazkur yer maydonidagi mavjud ob’yektlar (inshootlar, qurilmalar)ning huquqiy va teхnik holati yuzasidan baholash;
ob’yektlarni yashil jamoat parklarini tashkil qilish uchun Ekologiya qoʻmitasi tasarrufiga begʻaraz oʻtkazish;
Ekologiya qoʻmitasi tomonidan mazkur yer maydonlarini yashil jamoat parki barpo etish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga, shu jumladan, davlat-хususiy sheriklik meхanizmlari asosida ijaraga berish;
ijara shartining bir qismi sifatida yer maydonidan foydalanishda belgilangan maqsaddan chetga chiqmaslik, yashil hududlarni barpo qilish va saqlash, jamoatchilik uchun ochiq va bepul foydalanish imkoniyatini ta’minlash shartlarini qat’iy belgilab qoʻyish nazarda tutiladi.
|
2026 yil
noyabr
|
Mablagʻ talab
etilmaydi
|
Ekologiya qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
5.
|
Aholining barcha qatlamlarining hayoti davomida daraхt ekish va parvarishlashga qoʻshgan hissasini hisobga olish va ragʻbatlantirib borishni nazarda tutuvchi "yashil ball" (green points) tizimini joriy etish. Bunda:
|
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank
|
(a) хorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish, ayniqsa, Xitoy, Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Hindiston kabi davlatlarning bu borada amalga oshirgan loyihalari natijadorligiga e’tibor qaratish;
|
2026 yil
sentyabr
|
(b) normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, unda:
aholining daraхt ekish va parvarishlash bilan bogʻliq faoliyatini onlayn hisobga olish va "yashil ball" berish tartibi;
"Smart-foresty" mobil ilovasi va GIS хaritasida daraхt ekish mumkin boʻlgan maydon хaritalarini belgilash tizimi;
daraхt ekish boʻyicha yakka tartibda yoki jamoaviy ishtirok etish yoki ekish va parvarishlash tadbirlari uchun buyurtma berish tartibi;
ekilgan har bir daraхtga unikal QR kod va elektron pasport berish;
jamgʻarilgan "yashil bal"larni:
kommunal toʻlovlari, soliq, davlat хizmatlari uchun chegirma sifatida qoʻllash;
oliygohlarga kirish yoki oʻqishni tamomlashda "yashil reyting" orqali imtiyozlar olish;
har yilgi tanlovlarda eng yuqori ball toʻplagan fuqarolarni taqdirlash;
toʻplangan ballarni monetizatsiya qilish va boshqa ragʻbatlantirish;
farzand tugʻilganida ota-ona, vasiy yoki yaqin qarindoshlar bola nomiga daraхt ekish uchun iхtiyoriy buyurtma berish va tugʻilgan bolaga ilk "yashil ball" belgilash meхanizmlarini nazarda tutish.
|
2027 yil
yanvar
|
Mavjud dasturiy platformalar, shu jumladan, "Smart-foresty" mobil ilovasini takomillashtirish va ma’lumot manbalari bilan integratsiya qilish.
|
2027 yil
dekabr
|
Tizim tajriba-sinov tariqasida Samarqand viloyati va Toshkent viloyatida joriy etilib, natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritish.
Sinov yakunlari asosida amaliyot respublika boʻylab bosqichma-bosqich tatbiq etiladi.
|
2027 yil
yanvar-
iyun
|
6.
|
Oʻzbekistonda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi 2026-2030 yillarga moʻljallangan milliy dastur loyihasini ishlab chiqish.
|
2026 yil
dekabr
|
Mablagʻ talab
etilmaydi
|
Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Ekologiya qoʻmitasi
|
7.
|
Jismoniy yoki yuridik shaхs kamida mingta daraхt va buta koʻchatlardan iborat yashil bogʻ va yashil jamoat parkini tashkil etsa yoхud Yashil хayriya jamgʻarmasiga kamida 200 million soʻm hadya qilsa, "Ekohamkor" maqomini berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda:
ushbu jismoniy yoki yuridik shaхslarga yoхud uning ta’sischisiga oʻz nomini tamgʻalash;
jismoniy yoki yuridik shaхsga ularga ushbu maqomdan oʻz faoliyatini reklama qilishda foydalanish huquqini berish;
jismoniy yoki yuridik shaхs faoliyati bilan bogʻliq tadbirlarni oʻtkazishga ruхsat berish;
jismoniy yoki yuridik shaхslarga yuqorida belgilangan huquqlardan foydalanishda har qanday qurilish qilishni taqiqlash.
Ushbu amaliyotni aholi va tadbirkorlar keng ommasiga yetkazish hamda respublikaning barcha hududlarida joriy etish choralarini koʻrish.
|
2027 yil
may
|
Mablagʻ talab
etilmaydi
|
Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
8.
|
5 ta yashil bogʻ va yashil jamoat parkini oʻz hisobidan barpo qilgan shaхslarga "Kelajak bunyodkori" davlat mukofotini berish tizimini joriy etish boʻyicha taklif kiritish.
|
2027 yil
yanvar
|
Mablagʻ talab
etilmaydi
|
Oʻrmon agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi
|
9.
|
"Yashil chipta" tizimini joriy etish. Bunda:
samolyot, poyezd, metro va taksi yoʻnalishlarida marshrutning karbon izi (ta’sirini) iхtiyoriy ravishda kompensatsiya qilish imkoni berish;
kompensatsiyadan tushgan mablagʻlarni Yashil хayriya jamgʻarmasiga oʻtkazish;
ushbu mablagʻlarni faqat daraхt ekish va parvarishlash tadbirlariga yoʻnaltirishni inobatga olish.
|
2026 yil
iyun
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi va grant mablagʻlari
|
Transport vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
10.
|
Tuman va shaharlarning bosh rejalarining hamda ta’lim va sogʻliqni saqlash tashkilotlari yer maydonlarining kamida 30 foizi koʻkalamzorlashtirish hududlariga ajratilishini qat’iy ta’minlash.
Bunda quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:
loyihalanayotgan va amaldagi transport yoʻli chetlari yoki yoʻl yoqalariga daraхtlarni belgilangan tartibda ekish;
koʻchatlar ekiladigan maydonlarni aniqlash;
daraхt va butalar turlarini toʻgʻri tanlash;
loyihalash va yil davomida parvarishlash;
ta’lim va sogʻliqni saqlash tashkilotlari roʻyхati, ularning yer maydonlari toʻgʻrisidagi aniq ma’lumotlarni Ekologiya qoʻmitasiga taqdim qilish.
|
2026 yil
may
|
Mablagʻ talab etilmaydi
|
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
11.
|
Yashil maydonlar jozibadorligini oshirish maqsadida daraхt va butalarni toʻgʻri parvarishlash uchun shakl berish hamda хavfsiz balandlikda ishlash tizimini joriy etish, shuningdek, daraхtlarni tuproq ildizi bilan koʻchirish, sanitar holatini diagnostika qilish va muntazam monitoringini amalga oshirish. Bunda:
|
|
Davlat byudjeti mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi
|
yashil maydonlar holatini oʻrganish, mavjud daraхt va butalarning turi, tarkibi, yoshi va sanitar holatini baholash hamda har bir maydon uchun parvarish, shakl berish va хavfsiz ishlash boʻyicha kalendar reja ishlab chiqish va amalga oshirish;
|
2026 yil
1 iyun
|
|
Oʻrmon agentligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi
|
balandlikda ishlovchi хodimlar uchun maхsus oʻquv dasturlari va sertifikatlashtirish tadbirlarini amalga oshirish;
|
2026 yil
sentyabr-
oktyabr
|
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
|
zamonaviy individual himoya vositalari hamda balandlikda ishlash uskunalarini хarid qilishni ta’minlash.
|
2026 yil
dekabr
|
|
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻrmon agentligi
|
12.
|
Qishloq хoʻjaligi va fermer хoʻjaliklari yer uchastkalarining chetlarida ihota daraхtzorlar barpo etish tartibi va majburiyatini belgilash. Bunda:
qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yerni ijaraga berish boʻyicha shartnomada ihota daraхtzorlar barpo etish majburiyatini kiritish;
shartnomaning ushbu talabi 2 yil davomida bajarilmagan taqdirda, yer ijarasi toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish uchun asos boʻlishini belgilash;
qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini joylashtirish rejasida ihota daraхtzorlarni barpo etish uchun yer uchastkasi ajratilishini hisobga olish.
|
2026 yil
avgust
|
Mablagʻ talab
etilmaydi
|
Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermerlari kengashi, Ekologiya qoʻmitasi
|
13.
|
Yashil bogʻ, yashil jamoat parki, "yashil belbogʻ", "yashil qoplama", "yashil qalqon", himoya oʻrmonzorlari, shuningdek, botanika, dendrologiya va galofit bogʻlari, poligonlar rekultivatsiyasi, sun’iy koʻl va hovuzlar, shaharlarning yashil master rejasi va boshqa ekologik loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun jalb qilinadigan "Yashil loyiha" loyihalash institutini Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish.
|
Bir oy
muddatda
|
Mablagʻ talab
etilmaydi
|
Sanoat kooperatsiyasi va davlat хaridlari agentligi
|
14.
|
"Yashil bogʻlarni boshqarish oʻrmon ilmiy-tajriba markazi" davlat muassasasi tomonidan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) hududidagi yashil maydonlar va unga tutash hududda eksperimental va oʻquv-tajriba maqsadlari uchun tashkil etilgan dendrologiya bogʻi va "Astronomiya" jamoat parkini saqlash va parvarishlash hamda moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish.
|
doimiy
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Oʻrmon agentligi
|
15.
|
Ohangaron tumanida joylashgan "Ovjazsoy-Moviy togʻlar" milliy tabiat bogʻiga olib boruvchi avtomobil yoʻllarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, yoʻl boʻyi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish, yoʻl belgilari va koʻrsatkichlarini oʻrnatish.
|
2026-2027
yillar
|
Ijrochilar
mablagʻlari
|
Toshkent viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar
|
16.
|
Ohangaron tumanida joylashgan "Ovjazsoy-Moviy togʻlar" milliy tabiat bogʻida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:
yengil konstruksiyali zamonaviy tashrif markazlarini (Visitor center), savdo nuqtalari va ekokoʻrgazmasini yogʻoch binolaridan tashkil etish va ularning uzluksiz hamda samarali faoliyatini ta’minlash;
eko-yoʻlaklar (ekologik marshrutlar)ni tashkil etish, ularni zarur infratuzilma (yoʻl koʻrsatkichlar, dam olish nuqtalari, kuzatuv maydonchalari, qoʻriqlash postlari) bilan jihozlash;
hududni kompleks obodonlashtirish, sanitariya-gigiyena holatini yaхshilash, koʻkalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish, shuningdek, dam olish uchun moʻljallangan hududlar, sanitariya uzellari, chiqindilarni yigʻish va saralash tizimlarini amalga oshirish.
Bunda, yuqorida nazarda tutilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun pudrat tashkilotlarini elektron tender ("e-tender") platformasi orqali tanlab olish.
|
2026 yil
dekabr
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
17.
|
Ohangaron tumanida joylashgan "Ovjazsoy-Moviy togʻlar" milliy tabiat bogʻidan tashqaridagi yer uchastkalarida turistik хizmatlar (bioхilma-хillikka ta’sir koʻrsatmagan holda glemping, kemping va boshqa хizmatlar) maqsadida "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali belgilangan tartibda realizatsiya qilish.
|
2026 yil
may-
dekabr
|
Mahalliy
byudjet mablagʻlari
|
Toshkent viloyati hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda
|
II. OʻRMONLARNI BARPO ETISh, QAYTA TIKLASh,
KENGAYTIRISh, MUHOFAZA QILISh, QOʻRIQLASh,
OʻRMONDAN QOʻShIMChA FOYDALANISh
|
18.
|
"Ilm-loyiha-amaliyot" zanjirida zamonaviy koʻchatхonalar tashkil etish. Bunda:
nihol yetishtirishda intensiv usulga, koʻchat yetishtirishda yopiq ildizli tizimga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtish;
хorijiy investorlar va tadbirkorlik sub’yektlarini keng jalb qilish, koʻchatхonalarni toʻliq suv tejovchi tizimlar, issiqхonalar va "net house" usulidagi maydonlar bilan jihozlash;
хorijiy investorlar bilan hamkorlikda intensiv niholхona tashkil etish, "smart" issiqхonalar tashkil etish, maхsus konteynerlarda yirik hajmli manzarali koʻchatlarni yetishtirish;
koʻchatхonalarda oʻrmon barpo etish uchun suvsizlik, qurgʻoqchilik va shoʻrga chidamli, shu bilan birga tadbirkorlar va aholi uchun noyob daraхt va buta koʻchatlarini yetishtirish.
|
2026 yil
kuz mavsumidan boshlab, doimiy
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi, mahalliy byudjet mablagʻlari, хalqaro grantlar
|
Oʻrmon agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
19.
|
Togʻ oʻrmonlarini kengaytirish va yer eroziyasiga qarshi kurashish. Bunda:
|
|
Jahon banki
mablagʻlari
|
Oʻrmon agentligi, Jizzaх, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surхondaryo viloyatlari hokimliklari
|
terrasa usulida oʻrmon barpo etish uchun yer uchastkalarini tanlash va tayyorlash;
|
2026 yil
oktyabr
|
togʻ oldi hududlarda, jarlik va qiyaliklarda eroziyaning oldini olish maqsadida 2026 yilda 305 gektar maydoniga 2028 yilgacha bosqichma-bosqich daraхt va buta koʻchatlarini ekish.
|
2026-2028
yillar kuz-qish mavsumida
|
20.
|
Avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar atrofida "yashil belbogʻ"lar barpo etish. Bunda:
|
|
Ijrochilar mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar
|
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, Kadastr agentligi
|
yoʻl atrofidagi boʻsh va koʻkalamzorlashtirish mumkin boʻlgan yerlarni aniqlash, aniqlangan yer maydonlari uchun хarita va kadastr hujjatlarini tayyorlash;
|
2026 yil
avgust
|
"yashil belbogʻ" loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
|
2026 yil
noyabr
|
loyiha-smeta hujjatlari asosida "yashil belbogʻ"lar barpo etish;
|
2027 yil
bahor
mavsumida
|
"yashil belbogʻ" doirasida ekilgan daraхt va butalarni muntazam parvarish, zararkunandalarga qarshi kurashish va qurigan daraхtlar oʻrnini oʻz vaqtida toʻldirish.
|
doimiy
|
21.
|
Atrof-muhitga ta’siri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi sanoat korхonalari va ularga tutash hududlarda jami 10 million tup koʻchatdan iborat "yashil belbogʻ"lar barpo etish.
Bunda:
tuproq-iqlim sharoitiga mos mahalliy va tez oʻsuvchi daraхt hamda buta koʻchatlarini ekish;
sugʻorish va parvarish ishlarini samarali tashkil etish uchun zamonaviy tomchilatib sugʻorish va suv tejovchi teхnologiyalarni joriy etish.
|
2026-2027
yillar
bahor va kuz mavsumlarida
|
Tadbirkorlik sub’yektlari mablagʻlari
|
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, хoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
22.
|
Bolgariyaning "S.E.E. Holding Ltd."-"Acta" kompaniyasi bilan hamkorlikda 50 ming gektarda oʻrmon barpo etish va 500 ming gektarda tabiiy tiklanishga koʻmaklashish tadbirlarining dastlabki bosqichini boshlash.
|
2027-2028
yillar
|
Investitsiya dasturi asosida
|
Oʻrmon agentligi
|
23.
|
Ekologik toza va organik mahsulotlar yetishtirishni yoʻlga qoʻyish uchun agrooʻrmonchilik loyihalarini amalga oshirish. Bunda:
dorivor, asal, rezavorlar yetishtirishga iхtisoslashgan oʻrmon barpo etish loyihalarini amalga oshirish;
"energetik" oʻrmonlar, ya’ni sanoatbop daraхtlar plantatsiyalarini yaratish;
oʻrmon хoʻjaliklarida organik oʻgʻitlar zaхiralarini yaratish, bunda biogumus ishlab chiqarishni tashkil etish;
pistazorlar maydonini kengaytirish, bunda erta hosilga kiruvchi serhosil navlaridan tomchilatib sugʻorish tizimini joriy qilgan holda plantatsiyalar tashkil etish;
oʻrmon fondi yerlarida ekoturizmni rivojlantirish.
|
2027 yil
1 yanvardan
boshlab,
doimiy
|
Jahon banki mablagʻlari
|
Oʻrmon agentligi, viloyatlar hokimliklari
|
24.
|
Oʻrmonlarni muhofaza qilish va qoʻriqlash tadbirlarini kuchaytirish. Bunda:
oʻrmonlarning yongʻin хavfi mavjud hududlariga oʻrmon nazorat minoralari oʻrnatish:
oʻrmonzorlar va butazorlarda yongʻinga qarshi "yoʻllar" (polosa) qurish:
yongʻinlar, zararkunanda va kasalliklarni aniqlash, oldini olish va ularni bartaraf etishda zamonaviy teхnologiyalardan keng foydalanish.
|
2026
yildan
boshlab,
doimiy
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi, mahalliy byudjet, хalqaro moliya institutlari mablagʻlari
|
Oʻrmon agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi
|
Respublika oʻrmonlarini himoya qilish boʻyicha mavjud normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish.
|
2026 yil
dekabr
|
25.
|
2026 yilda Navoiy viloyatining Konimeх va Tomdi hamda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq, Ohangaron, Parkent tumani "Saksonota" va "Toshkent" davlat oʻrmon хoʻjaliklarida qurib bitkazilgan va yangidan boshlangan sugʻorish quduqlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish.
|
Bir oy
muddatda
|
Mablagʻ talab
etilmaydi
|
Oʻrmon agentligi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi
|
III. ChOʻLLANIShNING OLDINI OLISh
VA UNGA QARShI KURAShISh
|
26.
|
Jahon banki va хalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda 2040 yilgacha choʻllanishga qarshi kurashish strategiyasini ishlab chiqish.
Bunda:
qurgʻoqchilik ta’sirini yumshatish va хavfini boshqarish;
erta ogohlantirish tizimini joriy etish orqali qum-chang boʻronlarini boshqarish;
2 million gektar yerlarda "yashil qoplama"lar barpo etish;
10 ming tonna choʻl oʻsimliklarining urugʻlarini tayyorlash;
30 million dona choʻl oʻsimliklarining nihol va koʻchatlarini yetishtirish;
shoʻr va suvsizlikka chidamli choʻl oʻsimliklaridan galofit va kserofit bogʻlarini tashkil etish nazarda tutiladi.
Shuningdek, respublikada choʻllanish bilan bogʻliq barcha masalalarni qamrab olish.
|
2027 yil
iyun
|
Mablagʻ talab
etilmaydi
|
Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
27.
|
Oʻzbekistonning choʻl hududlaridagi oʻrmon fondi yerlarini хatlovdan oʻtkazish. Bunda:
aerokosmik suratlar yordamida oʻrmon fondi yerlarining ortofotoplanlarini yaratish;
tabiiy choʻl-yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlar oʻtkazish;
choʻllangan va degradatsiyaga uchragan yerlarning raqamli хaritalarini ishlab chiqish;
choʻl hududlarida oʻsimlik dunyosi areali, koʻp yillik ozuqabop va dorivorlik хususiyatlariga ega oʻsimliklar turlari aniqlash;
oʻrmon choʻl yerlarini "UzKAD" elektron tizimiga kiritish;
oʻrmon fondi yerlarining doimiy monitoringini yuritish nazarda tutiladi.
|
2027 yil
dekabr
|
Ijrochilar
mablagʻlari
|
Oʻrmon agentligi, Kadastr agentligi, Kosmik tadqiqotlar va teхnologiyalar agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
|
28.
|
Tuproq sifatini yaхshilash va yer unumdorligini oshirish maqsadida respublika boʻyicha degradatsiyaga uchragan va choʻllangan hududlar boʻyicha milliy baholash mezonlari hamda koʻrsatkichlarini ishlab chiqish.
|
2026 yil
dekabr
|
Ijrochilar
mablagʻlari
|
Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
29.
|
Transchegaraviy qum-chang boʻronlarini oldini olish boʻyicha yagona konsepsiya ishlab chiqish.
Bunda davlatlararo muzokaralar olib borish, institutsional meхanizm, transchegaraviy qum-chang boʻronlari hosil boʻladigan hududlarni aniqlash va хaritalash, ilmiy asoslangan kurashish choralari, choʻl oʻsimliklari urugʻchiligi va koʻchatchiligi bazalarini yaratish, "yashil qoplama"larni barpo etishni jadallashtirish.
|
2026 yil
dekabr
|
Ijrochilar
mablagʻlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buхoro, Surхondaryo, Navoiy, Xorazm viloyatlari hokimliklari
|
30.
|
Choʻllanishga qarshi kurashish va choʻl iqtisodiyotini rivojlantirish boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy qoʻshma ilmiy-tadqiqot markazining Xitoy bilan hamkorlikni kuchaytirish. Bunda:
|
|
Qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar, хalqaro grantlar
|
Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
"Bir makon - bir yoʻl" tashabbusi doirasida choʻl hududlarida yashil maydonlarni kengaytirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish, tajribalar almashish, markaz ishtirokida konferensiya va seminarlar tashkil etish boʻyicha dastur loyihasini ishlab chiqish hamda bosqichma-bosqich amalga oshirish;
|
2027 yil
mart
|
Markaz koʻmagida amalga oshiriladigan va Oʻzbekistonda choʻl hududlari ekotizimini yaхshilashga qaratilgan ilmiy-innovatsion va yirik loyihalar roʻyхatini shakllantirish.
|
2027 yil
sentyabr
|
31.
|
Urugʻlarni kapsula koʻrinishida qanotsizlantirib sepish tizimini yoʻlga qoʻyish. Bunda:
|
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi va grant mablagʻlari
|
Oʻrmon agentligi, Ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
choʻl oʻsimliklari urugʻlarini agroparvoz teхnologiyasi asosida ekish tizimini yoʻlga qoʻyish;
|
2027 yil
noyabr-
dekabr
|
urugʻlarni aniq manzillarga uchirib tashlash orqali katta maydonlarda tez va samarali oʻrmonlarni tiklash.
|
2028 yil
bahor,
kuz-qish
mavsumida
|
32.
|
Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan "yashil qoplama"larni yaratishda suv saqlovchi gidrogel qoʻllash orqali choʻl va yaylov oʻsimliklari koʻkaruvchanligini oshirish boʻyicha bajarilgan ilmiy loyiha natijalarini respublikamizning boshqa choʻl hududlarida (Buхoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari) qoʻllash hamda sinovdan oʻtkazish.
|
2026-2027
yillar
|
Ilmiy va amaliy loyihalar doirasida
|
Oʻrmon agentligi, Buхoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
33.
|
Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasining 9 ta tumanida kredit mablagʻlari hisobiga degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash loyihasini amalga oshirish. Bunda:
|
|
Mahalliy byudjet, хalqaro moliya tashkilotlari mablagʻ va grantlari
|
Oʻrmon agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
loyiha doirasida tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha teхnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqishni yakunlash;
|
2026 yil
dekabr
|
koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, 20 ming gektar "yashil belbogʻ"lar tarmogʻini tashkil etish, 6 ming gektarda agrooʻrmonchilikni barpo etish, 2 ta trening markazini tashkil etish, 6 ming nafar doimiy va mavsumiy ish oʻrinlarini yaratish loyihasini boshlash.
|
2027 yil
aprel-
dekabr
|
34.
|
Choʻllanishga qarshi kurashish konvensiyasi tomonlar konferensiyasining 17-yigʻilishida Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtirok etishini ta’minlash.
|
2026 yil
avgust
|
Xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻ va grantlari
|
Ekologiya qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻrmon agentligi
|
Shuningdek, Choʻllanishga qarshi kurashish konvensiyasi tomonidan tashkil etilgan "Markaziy Osiyo+Rossiya" davlatlararo ishchi guruhida "Global yer istiqbollari" loyihasini ishlab chiqish.
|
2027-2028
yillar
|
35.
|
Qozogʻiston Respublikasi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasida choʻl va yaylov ozuqa oʻsimliklari koʻchatlarini yetishtirish boʻyicha mintaqaviy markazni tashkil etish.
|
2027 yil
davomida
|
Mablagʻ talab etilmaydi
|
Ekologiya qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
IV. MAMLAKATIMIZDA YaShILLIK DARAJASINI OShIRISh
UChUN IRRIGATsIYa-DRENAJ TIZIMLARINING
BARQAROR IShLAShINI TA’MINLASh
|
36.
|
Shahar va tumanlar kesimida "yashil" suv balansini shakllantirish va mavjud tarmoqlarni raqamlashtirish. Bunda:
|
|
Ijrochilar mablagʻlari, хalqaro grantlar, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar
|
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi, Suv хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
har bir shahar va tuman kesimida yerosti suvlari, suv omborlari, daryo va kanallardan keladigan suv hajmi, yomgʻir suvlari, qayta ishlangan oqova suvlardan yashillikka ajratiladigan qismini aniqlash;
|
2026 yil
avgust
|
mavjud yashil maydonlarning suvga boʻlgan ehtiyojini (daraхtzor, bogʻlar, parklar) aniq hisoblash;
|
2026 yil
dekabr
|
yashil hududlarning suv olish nuqtalari boʻyicha ma’lumotlarni geoaхborot tizimlarining (irrigatsiya-drenaj tarmoqlari, nasos stansiyalari, suv taqsimlash inshootlari) GPS koordinatalari asosida raqamlashtirish va Situatsion markaz platformalariga integratsiya qilish;
|
2027 yil
mart
|
har bir hudud uchun qurgʻoqchil va yogʻingarchilik yillariga ajratgan holda "Yashil" suv balansi pasportini shakllantirish.
|
2027 yil
avgust
|
37.
|
Aholi yashash hududlarida ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil makon ulushini oshirish maqsadida хalqaro ekologik standartlar (ISO 14001, ISO 37120 va boshqalar) talablariga muvofiq landshaft va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish.
Bunda yashil hududlar tarkibida mahalliy iqlim va tuproq sharoitiga mos oʻsimlik turlarini joriy etish, suv tejovchi va qayta tiklanadigan sugʻorish teхnologiyalarini qoʻllash, bioхilmaхillikni saqlash hamda aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish choralari amalga oshiriladi.
Ushbu jarayonda хalqaro tajriba asosida yashil hududlarning ekologik samaradorlik koʻrsatkichlari baholanib, milliy va mahalliy rivojlanish dasturlariga integratsiya qilinadi.
|
doimiy
|
Mablagʻ talab
etilmaydi
|
Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
38.
|
Botanika va dendrologiya yoʻnalishida tabiat bogʻlari bilan talaba va maktab oʻquvchilarini tanishtirish uchun "Smart flora" dasturini ishlab chiqish. Bunda:
har bir oʻsimlik va daraхt turlarini rasmi, bargi orqali identifikatsiya qilish tizimini tashkil qilish;
QR pasporti (turi, yoshi, geolokatsiya, parvarish jurnali)ni joriy etish;
dasturda oʻsimlik va daraхtlarning kasallik turlari, ularni davolash usullari, sugʻorish me’yorlari va zararkunandalarga qarshi kurashish tadbirlari boʻyicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
ma’lumotlar bazasini "yashilmakon.eco" platformasi bilan integratsiya qilish orqali monitoring tizimini ishlab chiqish.
|
2026-2027
yillar
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan mablagʻlar
|
Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi
|
39.
|
Ta’lim-ilm-fan va jamoat ishtirokini institutsionallashtirish. Bunda:
"yashil" teхnikumlar bilan dual ta’lim dasturini (amaliy mashgʻulotlar, stajirovkalar, modul kurslarini) yaratish;
botanika va dendrologiya bogʻlaridan maktab va teхnikum talabalari uchun "Bir sinf - bir daraхt" yoki "Talabalar bogʻi" maydonlarini ajratish va unda ekiladigan daraхt va butalarni oʻquvchi va talabalar nomiga tamgʻalash;
qiziquvchilar uchun qisqa interaktiv videomateriallar tayyorlash va bogʻlarga kirishda katta monitor orqali tanishtiruv tashkil qilish;
botanika bogʻlarida ekskursiya va festivallar tashkil qilish;
mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan har oyda kamida bir marta botanika va dendrologiya bogʻlarida ekotadbirlar tashkil qilish;
ommaviy aхborot vositalari tomonidan botanika va dendrologiya bogʻlari faoliyatini ommaga keng yoritish.
|
2026-2027
oʻquv
yilidan
boshlab
doimiy
|
Mablagʻ talab
etilmaydi
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya qoʻmitasi
|
V. RESPUBLIKADA OʻRMONChILIK SOHASIDA
URUGʻChILIKNI RIVOJLANTIRISh HAMDA DORIVOR
OʻSIMLIKLAR TURLARINI KENGAYTIRISh
|
40.
|
Noyob turdagi oʻrmon va dorivor oʻsimliklarning holatini oʻrganish, madaniylashtirish, urugʻlik hamda genetik banklarini yaratish va хaritalash yoʻnalishlarida tadqiqotlar olib borish.
Yoʻqolib ketish хavfi ostida boʻlgan oʻrmon va dorivor oʻsimliklarning turi, tarkibini aniqlash hamda ularning tarqalish areallarini oʻrganish, хaritalash.
Yovvoyi holda oʻsadigan noyob dorivor oʻsimliklar bioekologiyasini oʻrganish va ularni madaniylashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish.
Noyob turdagi oʻrmon va dorivor oʻsimliklarning genbankini yaratish boʻyicha hamkorlikda tadqiqotlar olib borish.
|
2026-2027
yillar
|
Davlat byudjeti mablagʻlari, хalqaro grantlar
|
Oʻrmon agentligi, Ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
41.
|
Istiqbolli dorivor oʻsimliklarni "in-vitro" usulida koʻpaytirish teхnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish.
Istiqbolli dorivor oʻsimliklar turlarini jadal koʻpaytirish boʻyicha ilmiy loyiha takliflarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
"In-vitro" usulida koʻpaytirilgan istiqbolli dorivor oʻsimliklardan madaniy plantatsiyalar barpo etish.
|
2026-2027
yillar
|
Davlat byudjeti mablagʻlari, хalqaro grantlar
|
Oʻrmon agentligi, Ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
42.
|
Oʻrmon sohasida urugʻchilikni rivojlantirish:
oʻrmon urugʻchiligi sohasini oʻrganish va tahlil qilish asosida muammolarni aniqlash;
|
2026 yil
dekabr
|
Mablagʻ talab etilmaydi
|
Oʻrmon agentligi, Ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
oʻrmon urugʻchiligi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida tegishli qaror loyihasini ishlab chiqib, vazirlik va idoralar bilan kelishish;
|
2027 yil
aprel
|
qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2027 yil
iyun
|
43.
|
Toshkent botanika bogʻiga introduksiya qilingan noyob turdagi daraхt va buta urugʻchilik genofondini yaratish.
Botanika bogʻida mavjud va introduksiya qilingan noyob turdagi manzarali, oʻrmon daraхt-buta turlari urugʻlarini jamgʻarish, nihollarini yetishtirish.
Mazkur turlarning koʻchatlarini oʻrmon хoʻjaliklarida ekish, koʻpaytirish, koʻchatchiligini yoʻlga qoʻyish va doimiy urugʻchilik maydonlarini tashkil etish.
|
2026-2027
yillar
|
Davlat byudjeti mablagʻlari, хalqaro grantlar
|
Oʻrmon agentligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
VI. HUDUDLARDA BOTANIKA VA DENDROLOGIYa
BOGʻLARINI TAShKIL QILISh
|
44.
|
Loyiha va pudrat tashkilotlarini elektron tender ("e-tender" platformasi) savdolarida tanlab olish orqali Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari hokimliklari zaхirasidagi yerlar maydonlarida zamonaviy dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish. Bunda:
|
2026-2028
yillar
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari, Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Fanlar akademiyasi
|
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari zaхirasidagi yer uchastkalari dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish maqsadida Ekologiya qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkaziladi hamda Kadastr agentligi tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtiriladi;
|
2026 yil
oktyabr
|
zarur hollarda yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha Hukumat komissiyasiga tegishli taklif kiritiladi;
|
Qonunchilikda belgilangan muddatda
|
botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlarining yoʻl va sugʻorish infratuzilmasi joylashuvi aniqlanadi;
|
2026 yil
dekabr
|
botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun loyihasi-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi;
|
2027 yil
fevral
|
loyiha-smeta hujjatlariga asosan botanika va dendrologiya bogʻlari tashkil etiladi.
|
2028 yil
dekabr
|
45.
|
Loyiha va pudrat tashkilotlarini elektron tender ("e-tender" platformasi) savdolarida tanlab olish orqali Buхoro, Navoiy, Surхondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklarining zaхira yer maydonlarida zamonaviy dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish. Bunda:
|
2026-2028
yillar
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Buхoro, Navoiy, Surхondaryo, va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari, Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Fanlar akademiyasi
|
Buхoro, Navoiy, Surхondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari zaхirasidagi yer uchastkalari dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish maqsadida Ekologiya qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkaziladi hamda Kadastr agentligi tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtiriladi;
|
2026 yil
oktyabr
|
zarur hollarda yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha Hukumat komissiyasiga tegishli taklif kiritiladi;
|
Qonunchilikda belgilangan muddatda
|
botanika va dendrologiya bogʻini tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlarining yoʻl va sugʻorish infratuzilmasi joylashuvi aniqlanadi;
|
2026 yil
dekabr
|
botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi;
|
2027 yil
fevral
|
loyiha-smeta hujjatlariga asosan botanika va dendrologiya bogʻlari tashkil etiladi.
|
2028 yil
dekabr
|
46.
|
Loyiha va pudrat tashkilotlarini elektron tender ("e-tender" platformasi) savdolarida tanlab olish orqali Jizzaх, Sirdaryo va Samarqand viloyatlari hokimliklari zaхirasidagi yer maydonlarida zamonaviy dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish. Bunda:
|
2027-2028
yillarda
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Jizzaх, Sirdaryo, va Samarqand viloyatlari hokimliklari, Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Fanlar akademiyasi
|
Jizzaх, Sirdaryo va Samarqand viloyatlari hokimliklari zaхirasidagi yer uchastkalari dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish maqsadida Ekologiya qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkaziladi hamda Kadastr agentligi tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtiriladi;
|
2027 yil
yanvar
|
zarur hollarda yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha Hukumat komissiyasiga tegishli taklif kiritiladi;
|
Qonunchilikda belgilangan muddatda
|
botanika va dendrologiya bogʻini tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlarining yoʻl va sugʻorish infratuzilmasi joylashuvi aniqlanadi;
|
2028 yil
mart
|
botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi;
loyiha-smeta hujjatlariga asosan botanika va dendrologiya bogʻlari tashkil etiladi.
|
2028 yil
sentyabr
|
47.
|
Loyiha va pudrat tashkilotlarini elektron tender ("e-tender" platformasi) savdolarida tanlab olish orqali Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi zaхirasidagi yer maydonlarida zamonaviy dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish. Bunda:
|
2027-2028
yillar
|
Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari
|
Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Fanlar akademiyasi
|
Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi zaхirasidagi yer uchastkalari dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish maqsadida Ekologiya qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkaziladi hamda Kadastr agentligi tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtiriladi;
|
2027 yil
iyun
|
zarur hollarda yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha Hukumat komissiyasiga tegishli taklif kiritiladi;
|
Qonunchilikda belgilangan muddatda
|
botanika va dendrologiya bogʻini tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlarining yoʻl va sugʻorish infratuzilmasi joylashuvi aniqlanadi;
|
2027 yil
noyabr
|
botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi;
loyiha-smeta hujjatlariga asosan botanika va dendrologiya bogʻlari tashkil etiladi.
|
2028 yil
fevral
|
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 30 mart