Iхtiroga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalari (AV tomonidan 27.03.2026 y. 3801-son bilan roʻyхatga olingan adliya vazirining 27.03.2026 y. 12-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
2026 yil 27 martda 3801-son
bilan roʻyхatga olingan
Oʻzbekiston Respublikasi
adliya vazirining
2026 yil 27 martdagi
ILOVA
Iхtiroga patent berish uchun talabnomani tuzish,
topshirish va koʻrib chiqish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar iхtiroga patent berish uchun talabnomani (bundan buyon matnda talabnoma deb yuritiladi) tuzish, topshirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushuncha va qisqartmalar qoʻllaniladi:
vakolatli organ - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
Markaz - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi;
XPT - Xalqaro patent tasnifi;
BIMT - Butunjahon intellektual mulk tashkiloti;
RST - Patent kooperasiyasi toʻgʻrisidagi shartnoma;
milliy faza - Oʻzbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida"gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq xalqaro talabnomani koʻrib chiqish.
2. Vakolatli organ tomonidan talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi va ushbu talabnoma Markaz tomonidan davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi.
3. Talabnoma berish muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan vakolatli organga beriladi. Talabnoma shaхsan, patent vakili yoki ishonchli shaхs orqali topshirilishi mumkin.
4. Iхtironi roʻyхatga olish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
LAYoQATLILIK ShARTLARI
5. Qonunning 6-moddasiga muvofiq agar ixtiro sifatida koʻrsatilgan ob’yekt yangi, ixtirochilik darajasiga ega va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
6. Ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum boʻlmasa, u yangi deb hisoblanadi.
7. Iхtiro teхnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma’lumotlardan yaqqol ayon boʻlmasa, u iхtirolik darajasiga ega boʻladi.
8. Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʻlgan har qanday ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.
9. Ixtirodan sanoat, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda foydalanish mumkin boʻlsa, u sanoatda qoʻllash mumkin deb hisoblanadi.
10. Qonunning 6-moddasi sakkizinchi qismiga muvofiq har qanday sohada mahsulot yoki usulga taalluqli boʻlgan texnik yechim ixtiro sifatida e’tirof etiladi.
11. Iхtiro sifatida mahsulotga qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, oʻsimlik yoki hayvon hujayralarining turlari kabilar kiradi.
12. Qurilmalarga konstruksiyalar, konstruktiv elementlar yoki konstruktiv elementlar majmui boʻlgan hamda funksional-konstruktiv birlikni tashkil qilgan buyumlar, mashinalar, asboblar, apparatlar, uskunalar, instrumentlar, mahkamlovchi buyumlar, mashina detallari, aloqa vositalari, qurilish konstruksiyalari va boshqalar kiradi.
13. Moddalarga:
kimyoviy birikmalar, shuningdek shartli ravishda yuqori molekulyar birikmalar va gen injeneriyasi mahsulotlari boʻlgan rekombinant nuklein kislotalar, vektorlar va boshqalar;
kompozitsiyalar (tarkiblar, aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va boshqalar);
yadroviy parchalanish mahsulotlari kiradi.
14. Mikroorganizmlar shtammlari, oʻsimlik yoki hayvon hujayralarining turlariga:
bakteriyalar, viruslar, bakteriofaglar, mikrosuvoʻtlari, mikroskopik zamburugʻlar va boshqalarning shtammlari;
oʻsimlik yoki hayvon hujayralarining turlari, shu jumladan hujayralarning klonlari;
mikroorganizmlar, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlarining konsorsiumlari;
mikroorganizmlar, oʻsimlik yoki hayvonning plazmidlari, vektorlari, barqaror transformasiyalangan hujayralarini oʻz ichiga olgan genetik konstruksiyalar, transgen oʻsimliklar va hayvonlar kiradi.
15. Ixtiro sifatida usulga moddiy vositalar yordamida moddiy ob’ekt ustida хatti-harakatlarni amalga oshirish jarayoni kiradi.
16. Quyidagilar iхtiro sifatida e’tirof etilmaydi:
ilmiy nazariyalar va matematika usullari;
tashkil etish va boshqarish usullari;
shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
aqliy operasiyalarni bajarish qoidalari va usullari;
elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;
binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma tarhlari;
estetika talablarini qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan, buyumlarning faqat tashqi koʻrinishiga oid yechimlar;
integral mikrosxemalarning topologiyalari;
oʻsimlik navlari va hayvon zotlari;
jamoat manfaatlari, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.
3-BOB. TALABNOMAGA DOIR TALABLAR
17. Qonunning 15-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta ixtiroga yoki yagona ixtirochilik fikrini (ixtiro birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy bogʻlangan ixtirolar guruhiga taalluqli boʻlishi kerak.
18. Ixtiro formulasida bitta ixtiro tavsiflanganda ixtiro birligi talabiga rioya etilgan deb hisoblanadi.
19. Ixtiro formulasida quyidagi bir guruhdagi ixtirolar tavsiflanganda ixtiro birligi talabiga rioya etilgan deb hisoblanadi:
ixtiro formulasida bir turdagi (bir qancha qurilmalar, bir qancha turlar va boshqalar), bir xil maqsadda foydalanishga moʻljallangan, tubdan aynan bir xil yoʻl (variantlar) bilan aynan bir xil texnik natijani olishni ta’minlaydigan ob’yektlarga taalluqli ixtirolar guruhi;
biri ikkinchisini olish (tayyorlash) uchun moʻljallangan iхtiro (masalan, qurilma yoki modda va qurilma yoki moddani butunlay yoki ularning bir qismini olish usuli);
biri ikkinchisini amalga oshirish uchun moʻljallangan iхtiro (masalan, usul va usulni butunlay yoki uning harakatlaridan birini amalga oshirish uchun qurilma);
biri ikkinchisidan yoki birini ikkinchisida foydalanish uchun moʻljallangan iхtiro (masalan, usulda foydalanish uchun moʻljallangan usul va qurilma, usul yoki qurilma va uning bir qismi, qurilma yoki moddani ulardan yangi maqsadda foydalanish uchun qoʻllash va ushbu maqsadga muvofiq ulardan foydalanish usuli, qurilma yoki moddadan yangi maqsadda foydalanish va tarkibiy qismi boʻlgan qurilma yoki kompozitsiya).
iхtironing muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish soʻralayotgan boʻlsa, ana shu shaхs, shuningdek ularning yashash joyi yoki joylashgan manzili koʻrsatilgan patent berish haqidagi arizani;
iхtironing uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq ochib berilgan tavsifini;
iхtironing mohiyatini ifodalovchi hamda uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan formulasini;
agar iхtironing mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizmalar va boshqa materiallarni;
iхtiro referatini oʻz ichiga olishi lozim.
21. Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda taqdim etilgan boʻlsa, u holda talabnomaga ularning tarjimasi ilova qilinadi, ular talabnoma Vazirlikka topshirilgan sanadan boshlab ikki oy ichida taqdim etilishi kerak, aks holda hujjatlar ularning tarjimalari kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi.
22. Konvensiya ustuvorligi soʻralgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasi ishtirokchisi boʻlgan boshqa davlatda (konvensiya ustuvorligi) topshirilgan birinchi talabnomaning (bundan buyon matnda birinchi talabnoma deb yuritiladi) tasdiqlangan nusхasi va uning tarjimasi ilova qilinadi.
Bunda ushbu talabnomaning tasdiqlangan nusхasi va uning tarjimasi konvensiya ustuvorligi soʻralgan talabnoma vakolatli organga kelib tushgan sanadan boshlab uch oy muddatdan kechiktirilmay topshiriladi.
Birinchi talabnoma nusхasining tarjimasi talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi.
Birinchi talabnoma topshirilgan sanadan oʻn ikki oy oʻtgandan keyin, lekin ikki oydan kechiktirmay topshirilgan talabnoma boʻyicha konvensiya ustuvorligi soʻralganda tegishli patent boji toʻlanadi.
23. Talabnoma beruvchi tomonidan konvensiya ustuvorligini belgilash boʻyicha iltimosnoma vakolatli organga talabnoma topshirish vaqtida (arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki vakolatli organga talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat davomida topshirilishi mumkin.
24. Yangi mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralarining turlariga (liniyalari) oid patent berish haqidagi talabnomaga shtammning rasmiy vakolatga ega boʻlgan depozitariyda saqlanayotganligi toʻgʻrisidagi hujjat ilova qilinadi.
25. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxatini oʻz ichiga olgan talabnomaga aynan ushbu roʻyxat yozilgan va BIMTga muvofiq tayyorlangan axborot (.pdf va .docx formatlarida) ilova qilinadi.
26. Iхtiroga patent olish uchun ariza mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shaklda topshiriladi.
27. Arizaning 21-kodli "Talabnomaning qayd raqami", 22-kodli "Talabnomaning kelib tushgan sanasi", 85-kodli "Xalqaro talabnomani milliy fazaga oʻtkazish sanasi" grafalari ariza vakolatli organga kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan.
28. Arizaning "Yozishmalar uchun manzil" grafasida хat oluvchining nomi (yuridik shaхslar uchun) yoki ismi (jismoniy shaхslar uchun), shuningdek, joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochtasidan kamida biri koʻrsatiladi.
29. Arizaning 86-kodli va 87-kodli grafalari RSTga muvofiq topshirilgan хalqaro talabnoma milliy fazaga oʻtkazilgan hollarda talabnoma beruvchi tomonidan toʻldiriladi.
86-kodli grafada ixtiroga xalqaro talabnomaning qabul qiluvchi idora tomonidan belgilanadigan qayd raqami va xalqaro topshirish sanasi keltiriladi.
87-kodli grafada ixtiroga xalqaro talabnomaning xalqaro e’lon qilish raqami va sanasi keltiriladi.
30. Arizaning 54-kodli "Ixtironing nomi" grafasida talabnoma berilgan ixtironing (ixtirolar guruhining) nomi keltiriladi va ushbu nom ixtironing tavsifidagi nomga mos boʻlishi kerak.
31. Arizaning 71-kodli "Talabnoma beruvchi" grafasida talabnoma beruvchi toʻgʻrisida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
yuridik shaхsning rasmiy nomi (ta’sis hujjati boʻyicha) yoki jismoniy shaхsning toʻliq ismi, shuningdek:
rezidentlar uchun STIR yoki JShShIR, joylashgan yeri yoki turar joyi manzili;
norezidentlar uchun ism va nomlarning transliterasiyasi hamda BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa).
Patent bir necha shaxs nomiga soʻralayotganda yuqorida keltirilgan ma’lumotlar ularning har biri uchun alohida keltiriladi.
32. Arizaning ustuvorlikni belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnoma koʻrsatilgan grafasi vakolatli organga talabnoma kelib tushgan sanadan oldin ustuvorlik soʻralayotganda toʻldiriladi.
Konvensiya ustuvorligi soʻralayotganda arizaning 33-kodli "BIMT ST.3 standarti boʻyicha talabnoma topshirilgan mamlakat kodi" grafasida birinchi talabnoma topshirilgan mamlakat kodi koʻrsatiladi.
33. Talabnoma beruvchi tomonidan ish olib borish uning vakili orqali amalga oshirilganda arizaning 74-kodli "Vakil" grafasida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: vakilning toʻliq nomi yoki ismi, roʻyхat raqami (patent vakili boʻlsa), joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami.
34. Arizaning "Ilova qilingan hujjatlar" grafasida talabnomaga aloqador hujjatlar biriktiriladi.
Ixtiro tavsifida "Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati" boʻlimi mavjud boʻlganida tegishli grafalarda sahifalarning umumiy miqdori koʻrsatiladi.
Talabnomada koʻrsatilgan nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati mazkur Qoidalarning 25-bandiga muvofiq taqdim etiladi.
35. Arizaning 72-kodli "Muallif" grafasida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi va fuqaroligi, shuningdek:
rezidentlar uchun JShShIR, ish joyi, lavozimi va ilmiy darajasi, BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi;
norezidentlar uchun BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar kod belgilangan boʻlsa).
36. Ixtiro nomi aniq, qisqa boʻlib ixtiro mohiyatiga mos kelishi, ixtiro tegishli boʻlgan ob’yektning umumiy tushunchasini aniqlashi va ob’yektning vazifasini tavsiflashi (uning bajaradigan funksiyasini yoki texnikaning qaysi sohasiga oid ekanligini koʻrsatishi) kerak.
37. Ixtiro nomi, qoida tariqasida, XPT ma’lum rubrikasiga mos kelishi kerak. Ixtiro mohiyatiga mos rubrikani aniqlash mumkin boʻlmaganda ixtironing nomi umumqabul qilingan terminologiyaga muvofiq koʻrsatiladi.
38. Ixtiro nomida "masalan" va "xususan" kabi soʻzlar qoʻllanilmaydi.
39. Ixtiro nomi atamaga xos yoki tavsiflovchi boʻlishi mumkin.
Atamaga xos nomlash texnikaning shu soha mutaxassisiga ma’lum boʻlgan ob’yektning muhim belgilari majmuini ular sanab oʻtilganligi yoki sanab oʻtilmaganligidan qat’iy nazar tavsiflashi kerak.
Tavsiflovchi nom ob’yektning vazifasi va uning texnikaga oid bir yoki turli xil sohalarda bajaradigan funksiyasi haqida tasavvur berishi kerak.
40. Ixtiro nomi birlikda ifodalanadi, birlikda ishlatilmaydigan nomlar, umumiy struktura formulasi bilan aniqlanadigan kimyoviy birikmalarga oid ixtirolarning nomlari bundan mustasno.
41. Individual kimyoviy birikmaga oid ixtiro nomiga kimyoda qabul qilingan nomenklatura boʻyicha nomi kiritiladi, shuningdek uning qanday aniq vazifada ishlatilishiga doir koʻrsatmasi, biologik faol birikmalar uchun biologik faollik turi keltiriladi.
Tuzilishi aniqlanmagan yuqori molekulyar birikmalarni olish usullariga oid ixtiro nomiga birikmaning nomi va zarur boʻlganda uning vazifasi toʻgʻrisida koʻrsatma kiritiladi.
Aniqlanmagan tarkibli modda-aralashmani olish usuliga oid ixtiro nomiga vazifasi toʻgʻrisida koʻrsatma yoki ushbu moddaning biologik faollik xususiyatlarini koʻrsatuvchi tushunchalar kiritiladi.
42. Mikroorganizm shtammi, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlariga (liniyalari) oid ixtirolar nomiga biologik ob’yektning lotin tilidagi oila turkumi va turiga oid nomi, shtamm turi va vazifasi koʻrsatilgan holda kiritiladi.
Genetik konstruksiyaga taalluqli ixtiro nomiga uning vazifasi koʻrsatilgan holda nomlanishi kiritiladi.
43. Avvaldan ma’lum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllanilishiga oid boʻlgan ixtiro nomi tegishli ob’yekt uchun qabul qilingan qoidalarga binoan tuziladi va avvaldan ma’lum boʻlgan ob’yektning yangi vazifasini tavsiflaydi.
44. Biri ikkinchisini olish (tayyorlash), amalga oshirish yoki foydalanish uchun moʻljallangan ob’yektlarga oid ixtirolar guruhining nomi bitta ixtironing toʻliq nomi va ikkinchisining qisqartirilgan nomini oʻz ichiga oladi. Biri boshqasida foydalanish uchun moʻljallangan ob’yektlarga oid ixtirolar guruhining nomi guruhga kirgan ixtirolarning toʻliq nomi bilan ataladi. Variantlarga oid ixtirolar guruhining nomi bitta ixtironing nomidan iborat boʻlib, "variantlar" degan soʻz bilan toʻldiriladi.
45. Ixtiro nomi zarur boʻlganda lotin alifbosi simvollarini va arab raqamlarini oʻz ichiga oladi.
Ixtiro nomiga atoqli otlar, norasmiy iboralar, abbreviaturalar, reklama, tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari, geografik koʻrsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, firma nomlari, geografik nomlar, "va boshqalar" soʻzlari hamda ixtironi aniqlash maqsadlariga xizmat qilmaydigan boshqa soʻzlar kiritilmaydi.
46. Tavsif ixtiro nomini keltirish bilan boshlanadi. Talabnoma berilayotgan ixtiro tegishli boʻlgan XPT amaldagi tahriri rubrikasi belgilanganda ushbu rubrikaning indeksi ixtiro nomi oldida keltiriladi.
Tavsif quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:
ixtiro oid boʻlgan texnika sohasi;
texnika darajasi;
ixtiro mohiyati;
chizmalar va boshqa materiallar roʻyxati (agar ular boʻlsa);
ixtironi amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;
nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati (agar ixtironi tavsiflash uchun bunday ketma-ketlikdan foydalanilgan boʻlsa).
Tavsif boʻlimi oʻrniga manbalarda (adabiyot, avval topshirilgan talabnomadagi ixtiro tavsifi, muhofaza hujjatidagi ixtiro tavsifi va boshqalarda) keltirilgan ma’lumotlarga havola qilinishi mumkin emas.
47. Tavsifning "Ixtiro oid boʻlgan texnika sohasi" boʻlimida ixtiro qoʻllaniladigan soha koʻrsatiladi. Bunday sohalar bir nechta boʻlganda ular orasidan qaysi birida koʻproq qoʻllanilishi koʻrsatiladi.
48. Tavsifning "Texnika darajasi" boʻlimida talabnoma beruvchiga ma’lum boʻlgan ixtiro analoglari keltiriladi.
Ixtironing analogi sifatida ixtironing ustuvorlik sanasigacha ommaviy tarzda oshkor etilgan axborot manbaidan ma’lum boʻlgan, ixtironing muhim belgilari majmuiga oʻxshash belgilar bilan tavsiflangan va ixtiro bajaradigan vazifani amalga oshiradigan vosita koʻrsatiladi.
49. Analogni ta’riflashda u ochib berilgan axborot manbalarining bibliografik ma’lumotlari, analogning belgilari talabnoma berilayotgan ixtironing muhim belgilari bilan mos keladiganlari ajratib koʻrsatilgan holda keltiriladi, shuningdek texnikaviy natija olishga toʻsqinlik qiluvchi sabablar koʻrsatiladi.
50. Ixtiro analoglari orasidan ixtiroga muhim belgilar majmui boʻyicha eng yaqin boʻlgan analog ajratib koʻrsatiladi.
51. Ixtiro aniq vazifaga yoki biologik faol xususiyatlarga ega boʻlgan, aniqlanmagan tarkibli aralashmani olish usuliga oid boʻlganda analog sifatida xuddi shunday vazifaga va biologik faol xususiyatga ega boʻlgan aralashmalar olish usuli koʻrsatiladi.
Ixtiro yangi individual kimyoviy, shuningdek yuqori molekulyar birikma olish usuliga yoki gen injeneriyasi ob’yektiga oid boʻlganda unga oʻxshash analogni olish usuli haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Modda produtsentiga (mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turlari (liniyalari)) oid boʻlgan ixtironing eng yaqin analogini tavsiflashda hosil boʻladigan modda haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Ixtiro avval ma’lum boʻlgan mahsulot yoki usulni yangi maqsadda qoʻllashga oid boʻlganda uning analoglariga xuddi shu vazifada ishlatiladigan ma’lum mahsulot yoki usul kiritiladi.
Ixtirolar guruhini tavsiflashda analoglar haqidagi ma’lumotlar har bir ixtiro uchun alohida keltiriladi.
52. "Ixtiro mohiyati" boʻlimida ixtiro texnik natijaga erishish uchun muhim boʻlgan belgilar majmui orqali ifodalanib, uni amalga oshirish toʻliq ochib berilishi kerak.
Belgilar erishiladigan texnik natijaga ta’sir koʻrsatadigan (texnik natija bilan sabab-oqibat bogʻlanishiga ega) boʻlganda muhim belgilar hisoblanadi.
"Ixtiro mohiyati" boʻlimida ixtiro hal qilishi kerak boʻlgan vazifa ixtiro amalga oshirilganda erishiladigan texnik natija koʻrsatilgan holda ochib beriladi, shuningdek ixtironi tavsiflovchi barcha muhim belgilar keltiriladi, eng yaqin analogdan farqlanuvchi belgilar ajratiladi, bunda soʻralayotgan huquqiy muhofaza hajmi tatbiq qilinadigan barcha holatlarda texnik natijani olishni ta’minlaydigan belgilar yigʻindisi va ixtironi faqat aniq holatlarda, bajarilishining aniq shakllarida yoki undan foydalanishning alohida sharoitlarida tavsiflovchi belgilar koʻrsatiladi.
53. Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligidan belgini tavsiflash uchun foydalanilganda ularning ketma-ketliklari "SEQ ID NO …"ning roʻyxatidagi raqami koʻrinishida taqdim etiladi.
54. Belgining tavsifini ushbu belgi ochib berilgan axborot manbaiga havola qilingan holda almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
55. Texnik natija oʻzi bilan ixtironi namoyon qiluvchi vositani amalga oshirishda (tayyorlashda) yoki undan foydalanishda olinishi mumkin boʻlgan texnik samara, xususiyat, hodisalar va boshqalarning tavsifini ifodalaydi.
Ixtiro bir necha texnik natijani olishni ta’minlaganda ularni koʻrsatish tavsiya etiladi.
Texnik natija, jumladan: ishqalanish koeffitsiyentini kamaytirish (oshirish); qisilib qolishining oldini olish; vibrasiyani kamaytirish; biror organda qon aylanishini yaxshilash; dori-preparat ta’sirini toʻplash yoki uning zaharliligini kamaytirish; ishchi organning muhit bilan aloqasini yaxshilash; signal shaklining oʻzgarishini kamaytirish; suyuqlik sizib oʻtib ketishini kamaytirish; yorilishni oldini olish; vaksinaning immunogenligini oshirish orqali ifodalanishi mumkin.
56. Ixtiro yaratilishida ma’lum vazifaga ega boʻlgan texnik vositalar koʻlamini kengaytirish yoki birinchi marta shunday texnik vositalar olish vazifasi hal qilinayotganda texnik natija shu vazifani amalga oshirishdan iborat boʻladi va buni maxsus ta’kidlash talab qilinmaydi.
57. Ixtirolar guruhi uchun mazkur Qoidalarning 52, 53 va 55-bandlarida koʻrsatilgan ma’lumotlar har bir ixtiro uchun alohida keltiriladi.
58. Mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turlarini tavsiflashda ularning oʻzlari kelib chiqqan yoki eng yaqin shtammdan farq qiluvchi belgilari koʻrsatiladi.
59. Avval ma’lum boʻlgan mahsulot yoki usulni yangi maqsadda qoʻllashga oid ixtironi tavsiflashda ma’lum ob’yektning tavsifi keltiriladi va ular koʻrsatilgan adabiyotning bibliografik ma’lumotlari beriladi hamda uning ma’lum boʻlgan va yangi vazifasi koʻrsatiladi.
60. Qurilmani tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
konstruktiv element mavjudligi;
elementlar orasidagi bogʻliqlik mavjudligi;
elementlarning oʻzaro joylashganligi;
elementning yoki umuman qurilmaning bajarilish shakli, xususan, geometrik shakli;
elementning parametrlari va boshqa tavsiflari hamda ular oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik;
element yoki umuman qurilma tayyorlangan material;
element funksiyasini bajaruvchi muhit.
Qurilmani ta’riflash uchun umuman qurilmada yoki uning biror elementida qurilmaning ishlashi yoki vazifasini bajarishi uchun ta’sir etmaydigan (soʻzli, tasviriy yoki aralash) belgilardan foydalanish mumkin emas.
61. Usulni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
harakat yoki harakatlar majmuining mavjudligi;
harakatlarni vaqt boʻyicha bajarish tartibi (ketma-ket, bir vaqtda, har xil kombinatsiyalarda va boshqalarda);
harakatlarning bajarilish shartlari, rejimi, moddalar, birlamchi xomashyo, reagentlar, katalizatorlar, qurilmalar, mikroorganizm shtammlari, oʻsimlik va hayvon hujayralarining turlari va boshqalar.
62. Kimyoviy birikmalarni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
belgilangan tuzilmaga ega boʻlgan quyi molekulyar birikmalar uchun sifat jihatidan tarkibi (ma’lum elementlar atomlari), miqdoriy tarkibi (har bir elementning atomlar soni), atomlar orasidagi bogʻlanish va ushbu atomlarning kimyoviy tuzilish formulasi koʻrinishida ifodalangan molekuladagi oʻzaro joylashganligi;
belgilangan tuzilmaga ega boʻlgan yuqori molekulyar birikmalar uchun kimyoviy tarkib va makromolekulaning bir boʻgʻimining tuzilishi, makromolekulaning umuman tuzilishi, boʻgʻimlarning davriyligi, molekulyar massa, molekulyar massaning taqsimlanishi, makromolekulaning geometriya va stereometriyasi, uning uchidagi va yonidagi guruhlari;
aniqlanmagan tuzilishga ega boʻlgan individual birikmalar uchun fizik-kimyoviy хususiyatlari, olish usuli va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa tavsiflari;
gen injeneriyasi mahsulotlariga taalluqli boʻlgan individual birikmalar uchun nukleotidlar ketma-ketligi (nuklein kislotalar fragmentlari hollarida) yoki tabiiy хaritasi (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar hollarida), aminokislotalar ketma-ketligi hamda ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa fizik-kimyoviy tavsiflari.
63. Kompozitsiyalarni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
sifat jihatdan tarkibi (ingrediyentlar);
miqdoriy tarkib (ingrediyentlar miqdori);
kompozitsiya tuzilishi;
ingrediyentlar tuzilishi.
Tarkibi aniqlanmagan kompozitsiyalarni tavsiflash uchun ularning fizik-kimyoviy va foydalilik koʻrsatkichlari hamda ularni olish usulining belgilari ishlatilishi mumkin.
64. Yadroviy parchalanish yoʻli bilan olingan moddalarni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
sifat jihatidan tarkibi (element izotopi), miqdoriy tarkib (proton va neytronlar soni);
asosiy yadroviy tavsiflari, ya’ni yarim parchalanish davri, nurlanish energiyasi va koʻrinishi (radioaktiv izotoplar uchun).
65. Mikroorganizm shtammlarini tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
shtamm oilasi va turining nomi (lotin tilida);
kelib chiqishi (ajratib olinish manbasi, nasli);
genotaksonomik va xemotaksonomik tavsiflari;
morfologik, fiziologik, shu jumladan madaniy yetishtirish jihatlari;
biotexnologik tavsifi (yetishtirish sharoitlari, shtammdan hosil qilinadigan foydali moddaning nomi va xususiyati, faollik (mahsuldorlik) darajasi);
tibbiyot va veterinariya sohasidagi mikroorganizmlar shtammlari uchun virulentlik, antigen tuzilishi, serologik xususiyatlari;
gibrid mikroorganizmlar shtammlari uchun gibridlash prinsipi.
66. Oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlarini (liniyalari) tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
passajlar miqdori;
kariologik tavsifi;
oʻsish (kinetik) tavsiflari;
hayvon organizmida oʻstirish tavsifi (gibridlar uchun);
morfogenezga qobiliyati (oʻsimlik hujayralari uchun).
67. Oʻsimlik yoki hayvon hujayralari (liniyalari) konsorsiumlarini tavsiflash uchun mazkur Qoidalarning 65 va 66-bandlarida qayd etilgan belgilarga qoʻshimcha ravishda quyidagi belgilar ishlatiladi:
seleksiya va moslashtirish faktorlari va sharoitlari;
taksonomik tarkibi, miqdori va ustun boʻlgan komponentlar;
umuman konsorsiumning tipi va fiziologik xususiyatlari;
ushbu konsorsiumni boshqasidan farqlash uchun imkon beradigan boshqa belgilar.
68. Genetik konstruksiyalarni tegishli ravishda tavsiflash uchun mazkur Qoidalarning 60-bandida nazarda tutilgan belgilardan foydalaniladi, bunda konstruktiv elementlar boʻlib enxanser, promotor, terminator, tashabbuskor kodon, linker, oʻzga gen fragmenti, marker, flankirlovchi qism boʻlishi mumkin.
69. Transformasiyalangan hujayrani tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
transformasiyalovchi element;
hujayra tomonidan oʻzlashtirib olinadigan belgilar (xususiyatlar);
hujayra kelib chiqishiga doir ma’lumotlar (prokariotik hujayra uchun urugʻ, oila turkumi va turi);
taksonomiyaga хos belgilar;
tabiiy genom mutasiyasi;
hujayrani madaniylashtirish sharoitlari va ushbu hujayrani boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa tavsiflar.
70. Transgen oʻsimlikni tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
genomda modifikasiyalangan elementning mavjudligi;
oʻsimlik tomonidan oʻzlashtirib olinadigan belgilar;
oʻsimlikning kelib chiqishi;
taksonomiyaga tegishliligi va ushbu oʻsimlikni boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa tavsiflar.
71. Transgen hayvonni tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
hayvon genomiga transformasiyalangan gen va DNK hamda kodlovchi yoki ekspress maqsadli mahsulot;
hayvon tomonidan oʻzlashtirib olinadigan belgilar (xususiyatlar);
hayvon tomonidan hosil qilinadigan modifikasiyalangan mahsulot;
hayvonning tegishliligi (tipi, zoti va boshqalar) va ushbu hayvonni boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa tavsiflar.
72. Avval ma’lum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllashni tavsiflash uchun yangi maqsadda qoʻllanayotgan ob’yektning identifikasiyalash uchun yetarli boʻlgan qisqa tavsifi va uning yangi vazifasiga doir koʻrsatmasidan foydalaniladi.
73. Tavsifning "Chizmalar va boshqa materiallar roʻyxati" boʻlimida tasvirlangan chizma figuralari va boshqa materiallarning qisqacha ta’rifi keltiriladi.
74. "Ixtironi amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar" boʻlimida ixtironi talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vazifada amalga oshirish mumkinligi ifodalanadi.
Mohiyati umumiy tushuncha bilan ifodalangan, xususan, funksional umumlashtirish darajasida keltirilgan belgidan foydalanish bilan tavsiflanuvchi ixtironi amalga oshirish imkoniyati bevosita talabnoma materiallarida bunday belgini hosil qilish uchun vositalarni yoki uni olish usullari yoхud bunday vosita va usullarning ma’lum ekanligi toʻgʻrisidagi koʻrsatmani ifodalash bilan tasdiqlanadi.
Tavsifning ushbu boʻlimida ixtironi amalga oshirganda olinishi mumkin boʻlgan, hal qilinayotgan vazifa tavsiflanayotganda "Ixtiro mohiyati" boʻlimida koʻrsatilgan texnik natijaga erishish imkoniyatini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham keltiriladi. Ixtironi tavsiflash uchun miqdorlar oraligʻi koʻrinishida ifodalangan miqdoriy belgilardan foydalanilganda texnik natijaga shu oraliqda erishish mumkinligi koʻrsatiladi.
75. Qurilmaga oid ixtiroga uning konstruksiyasining (statik holatdagi) tavsifi chizma figuralariga izoh berilgan holda keltiriladi. Konstruktiv elementlarning tavsifdagi raqamli belgilari chizma figuralaridagi raqamli belgilariga mos kelishi kerak va ularni ketma-ket ta’riflash davomida birdan boshlab oʻsish tartibida keltiriladi.
Qurilma konstruksiyasini tavsiflashdan keyin uning harakati yoki undan foydalanish usuli konstruktiv elementlar va chizma figuralariga, zarur hollarda esa boshqa izoh beruvchi materiallarga (epyuralar, vaqt boʻyicha diagrammalar va boshqalar) raqam bilan izoh berilgan holda beriladi.
Qurilma funksional darajada tavsiflangan boʻlib, koʻrsatilgan amalga oshirish shakli dasturlangan koʻp funksiyali moslamadan foydalanishni nazarda tutganda unda qurilmadagi aniq biriktirilgan funksiyani bajarishi mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar beriladi. Bunday ma’lumotlar sifatida algoritm, xususan, hisoblash algoritmi keltirilganda uni koʻpincha bloksxema yoki agar mumkin boʻlsa, tegishli matematik ifoda koʻrinishida beriladi.
76. Usulga oid ixtironi tavsiflash uchun moddiy ob’yekt ustida bajariladigan harakatlar ketma-ketligi, shuningdek harakatlar olib boriladigan shart-sharoitlar, agar zarur boʻlsa, aniq rejimlar (harorat, bosim va boshqalar), ishlatiladigan qurilmalar, moddalar, shtammlar koʻrsatiladi. Usul biror ustuvorlik sanasigacha ma’lum boʻlgan vositalar - qurilma, modda va shtammlardan foydalanish orqali tavsiflanganda iхtironi amalga oshirish mumkin boʻlgan holda ushbu vositalarni izohlash yetarlidir. Noma’lum vositalardan foydalanilganda ularning tavsiflari keltiriladi, zarur hollarda grafik tasvirlar ilova qilinadi.
Usulda yangi moddalardan foydalanilganda ularni olish usuli ochib beriladi.
77. Umumiy tuzilish formulasi bilan tavsiflangan kimyoviy birikmalar guruhini olish usuliga oid ixtirolar uchun shu usul bilan guruhdagi birikmalarni olish misollari keltiriladi. Guruh kimyoviy bogʻlanish tabiati har xil radikallardan iborat birikmalarni oʻz ichiga olganda ushbu birikmalarni olishni tasdiqlash uchun yetarli boʻlgan misollar keltiriladi. Guruhga kirgan birikmalarni olish uchun ma’lum usullar bilan tasdiqlangan tuzilish formulalari va fizik-kimyoviy tavsiflari keltiriladi. Tavsifda yangi birikmalarning vazifasi va biologik faol xususiyatlari haqida ma’lumotlar ham keltiriladi.
Tuzilishi aniqlanmagan kimyoviy birikmalarni, tarkibi va tuzilishi aniqlanmagan aralashmalarni olish usuliga oid ixtirolar uchun ushbu birikma yoki aralashmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar keltiriladi. Birikma yoki aralashmalarni olish uchun boshlangʻich reagentlar haqida ma’lumotlar, shuningdek birikma yoki aralashmaning talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vazifasini amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar, xususan, bu vazifani keltirib chiqaruvchi xususiyatlar keltiriladi.
78. Inson yoki hayvonlardagi kasalliklarni davolash, tashхis qoʻyish yoki oldini olish usuliga oid ixtirolar uchun kasallik etiopatogeneziga ta’sir koʻrsatadigan aniqlangan faktorlar yoki etiopatogenez va tashхis koʻrsatkichlari orasidagi bogʻlanishni keltirib chiqaruvchi faktorlar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bunday ma’lumotlar boʻlmaganda usulning koʻrsatilgan holat yoki kasallikni davolash, tashхis yoki oldini olishga yaroqliligini tasdiqlovchi haqiqiy ma’lumotlar keltiriladi.
79. Tuzilishi aniqlangan yangi individual kimyoviy birikmaga oid ixtiro uchun ma’lum uslublar bilan isbotlangan tuzilish formulasi, fizik-kimyoviy konstantalar keltiriladi va yangi birikma birinchi marta olingan usul ochib beriladi.
80. Gen injeneriyasi mahsulotlariga taalluqli boʻlgan individual birikmalar uchun ketma-ketliklar roʻyxatidagi nukleotidlar ketma-ketligining raqamiga doir koʻrsatma (nuklein kislotalar fragmentlarida) yoki tabiiy хarita (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar holatida), ketma-ketliklar roʻyxatidagi aminokislotalar ketma-ketligining raqamiga doir koʻrsatma hamda ushbu birikmani boshqalaridan farqlash uchun zarur boʻlgan fizik-kimyoviy va boshqa tavsiflar keltiriladi. Yangi birikma birinchi marta olingan usul sifatida tavsiflanadi va ushbu birikmadan ma’lum vazifa boʻyicha foydalanish imkoniyati koʻrsatiladi.
Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligidan belgini tavsiflash uchun foydalanilganda ularning ketma-ketliklari roʻyxatidagi raqami "SEQ ID NO …" koʻrinishida erkin matnda taqdim etiladi.
81. Biologik faol birikmaga oid tavsifda faollik va zaharlilik miqdori tavsiflarining koʻrsatkichlari, zarur boʻlganda esa tanlab ta’sir qilish va boshqa koʻrsatkichlari keltiriladi.
82. Ixtiro insonlar yoki hayvonlardagi ma’lum holatlar yoki kasalliklarni davolash, tashхis qoʻyish yoki profilaktika qilish vositasiga oid boʻlganda tavsifda uning ishlatilishi natijasida kasallik etiopatogeneziga koʻrsatadigan ta’sirini tushuntiradigan omillar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bunday ma’lumotlar boʻlmaganda koʻrsatilgan kasalliklarni davolash, tashхis qoʻyish yoki profilaktika qilish uchun yaroqliligini tasdiqlovchi ma’lumotlar keltiriladi.
83. Ixtiro tuzilishi aniqlangan kimyoviy birikmaga taalluqli boʻlganda ma’lum boʻlgan uslublar bilan isbotlangan tuzilish formulasi, fizik-kimyoviy konstantalar keltiriladi, birikma olingan usul tavsiflanadi va ixtirodan koʻrsatib oʻtilgan vazifasi boʻyicha foydalanish imkoniyati keltiriladi.
84. Yangi kimyoviy birikma mikroorganizmlar shtammi, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlaridan (liniyalari) foydalanish orqali olinganda ushbu shtamm va tur (liniya) ishtirokida yangi kimyoviy birikmani olish usuli, shtamm va tur (liniya) haqida ma’lumot, shuningdek shtamm va tur (liniya) saqlash uchun topshirilganligi haqida ma’lumotnoma taqdim etiladi.
85. Ixtiro oraliq birikmaga oid boʻlganda uni avvaldan ma’lum boʻlgan oxirgi mahsulotga aylantirish uchun qayta ishlash imkoniyati yoki undan aniq vazifada ishlatiladigan yoki biologik faol xususiyatga ega boʻlgan yangi mahsulot olish mumkinligi keltiriladi.
86. Ixtiro nuklein kislotalar yoki oqsillarga taalluqli boʻlganda ketma-ketlik roʻyxatidagi ketma-ketlik raqami (nuklein kislotalar uchun - nukleotidlar, oqsillar uchun - aminokislotalar) hamda ushbu mahsulotni boshqalardan farqlashga imkon beradigan fizik-kimyoviy va boshqa tavsiflar keltiriladi. Bunda mahsulot olingan usul bayon qilinadi va ushbu mahsulotdan belgilangan vazifa boʻyicha foydalanish imkoniyati koʻrsatiladi.
87. Ixtiro kompozitsiyaga (tarkiblar, aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va boshqalarga) oid boʻlganda kompozitsiya tarkibiga kirgan ingrediyentlar, ularning хususiyatlari va miqdoriy nisbatlari koʻrsatilgan misollar keltiriladi. Bunda kompozitsiyani olish usuli tavsiflanadi. Kompozitsiyada biror ingrediyent sifatida yangi modda qoʻllanilganda uni olish usuli ham tavsiflanadi.
Keltirilgan misollarda har bir ingrediyentning miqdori iхtiro formulasida keltirilgan chegaralarda boʻlgan birliklarda beriladi (iхtiro formulasida ingrediyentlar nisbati foizlarda ifodalanganda (massa yoki hajmi boʻyicha) koʻrsatilgan barcha ingrediyentlar yigʻindisi 100 foizga teng boʻladi).
88. Shtammga taalluqli boʻlgan iхtiro uchun shtammning nomenklatura ma’lumotlari va kelib chiqishi, ozuqa (ekiladigan va fermentasiyalanadigan) muhitining miqdoriy va sifat jihatidan tarkibi, madaniy yetishtirish sharoitlari (harorat, rN, O2 ning solishtirma massa oʻtkazilishi, yoritilganligi va boshqalar), fermentasiya vaqti, biosintez tavsifi, foydali (maqsadli) mahsulot, mahsulot chiqishi, shtammning faollik (mahsuldorlik) darajasi va uni aniqlash usullari toʻgʻrisida ma’lumotlar koʻrsatiladi. Maqsadli mahsulotni (yangi maqsadli mahsulot produtsentlari, masalan, antibiotiklar, fermentlar, monoklonal antitanachalar va boshqalar uchun) ajratib olish va tozalash usuli ochib beriladi.
89. Mikroorganizmlar konsorsiumlari, oʻsimlik va hayvon hujayralari uchun quyidagi ma’lumotlar koʻrsatib oʻtiladi:
komponentlar mavjudligini tekshirish usuli;
ajratib olish (seleksiya) usuli va seleksiya olib borilgan belgilar;
uzoq muddat davomida yetishtirilayotganda konsorsiumning barqarorligi;
oʻzga mikroorganizmlar tomonidan zararlanishga chidamliligi.
90. Shtamm, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlariga (liniyalari) yoхud ular ishlatiladigan usulga taalluqli ixtironi amalga oshirish imkoniyati shtamm yoki turni (liniya) olish usulini tavsiflash bilan tasdiqlanganda, agar shtammni olish usulining tavsifi yetarli boʻlmasa, shtamm yoki turning (liniya) saqlash uchun topshirilganligi (depozitariy nomi va ob’yektni roʻyxatdan oʻtkazish raqami) toʻgʻrisidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.
Bunda saqlash uchun topshirish sanasi ixtiro ustuvorligi sanasigacha boʻlishi kerak.
91. Shtamm, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turi (liniya) yoki konsorsium ob’yekti eng kamida patent amal qilishi muddati ichida hayotiyligini ta’minlashni kafolatlaydigan xalqaro depozitariyga yoki milliy depozitariyga joylashtirilganda patentlash jarayoni uchun saqlashga topshirish amalga oshirilgan deb hisoblanadi.
92. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyхati toʻrtta va undan koʻp aminokislotalardan iborat yoki oʻnta va undan koʻp nukleotidlardan iborat tarmoqlangan boʻlmaganda tavsifning "Iхtiro mohiyati" boʻlimida ushbu ketma-ketliklar batafsil ochib beriladi. Bunda har bir ketma-ketlikka alohida raqam beriladi. Ketma-ketliklar raqamlari birdan boshlanishi va tartib bilan butun songa oshib borishi kerak.
Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxatidagi har bir ketma-ketlikning raqami ixtiro tavsifi, formulasi yoki grafik tasvirlarda koʻrsatilgan uning raqamiga muvofiq boʻlishi kerak.
93. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi hech boʻlmaganda quyidagi imkoniyatlarning biri yordamida taqdim etilishi kerak:
faqat nukleotidlar ketma-ketligi bilan;
faqat aminokislotalar ketma-ketligi bilan;
nukleotidlar ketma-ketligining tegishli aminokislotalar ketma-ketligi bilan.
Mazkur bandning toʻrtinchi хatboshisida nazarda tutilgan holatda aminokislotalar ketma-ketligi alohida raqamga ega boʻlgan aminokislotalarning alohida ketma-ketligi sifatida taqdim etilishi kerak. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligining roʻyxati oʻzi bilan ixtiro tavsifining bevosita tarkibiy qismini namoyon qilganligi bois, mazkur ketma-ketliklar tavsifning biron-bir joyida batafsil keltirilmaydi.
Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati oʻzining bayon qismida erkin matn - neytral til leksikasi foydalanilmagan ketma-ketliklar tavsifini bayon qiluvchi jumlalarni oʻz ichiga olganda ushbu erkin matn ixtiro tavsifining ketma-ketliklar roʻyxatidagi ketma-ketlik raqamini aynan oʻsha koʻrinishda oʻz ichiga olgan boshqa boʻlimlarida takrorlanishi kerak.
94. Avval ma’lum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtamm va hujayralar turini (liniyasi) yangi vazifada qoʻllanilishiga taalluqli ixtiroda ushbu vazifani amalga oshirish imkoniyatlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar keltiriladi.
95. Ixtironing formulasi tavsif va chizmalarga toʻliq asoslangan boʻlishi kerak, ya’ni ixtiro uning tavsifida mavjud boʻlgan va chizmalarda keltirilgan tushunchalar bilan ta’riflanadi.
96. Ixtironing formulasi uning mohiyatini ifodalashi kerak, ya’ni talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnik natijaga erishish uchun yetarli darajada ixtironing muhim belgilari majmuini oʻz ichiga oladi.
97. Ixtiro belgilarining ixtiro formulasida ifoda etilishi ularni identifikatsiya qilishi, ya’ni ma’lum boʻlgan texnika taraqqiyoti darajasi asosida ularning ma’nosi va mazmuni mutaxassislar tomonidan bir xil ma’noda tushunilishi imkoniyatini ta’minlashi kerak.
98. Ixtiro formulasidagi belgi ta’rifini axborot manbaiga havola qilish bilan almashtirish mumkin emas. Belgini tavsif yoki chizmalarga havola qilmasdan ta’riflashning imkoni boʻlmaganda va mazkur Qoidalarning 97-bandiga asosan belgi ta’rifi bunday havola qilish bilan almashtirilishi mumkin.
99. Nukleotidlar va aminokislotalarning ketma-ketligidan ixtiro formulasidagi belgini tavsiflash uchun foydalanilganda ketma-ketliklar roʻyxatidagi uning raqami "SEQ ID NO..." koʻrinishida keltiriladi.
100. Iхtiro formulasi umumiy tushunchadagi belgilar bilan ta’riflanganda ushbu belgilar doirasidagi aniq hollarda koʻrsatilgan texnik natijani berganda iхtironing belgisi umumiy tushunchalar bilan tavsiflanishi mumkin.
Koʻrsatilgan muqobilidan tanlab olingan har bir belgi ixtironing boshqa belgilari bilan birgalikda bir хil texnik natijani olishni ta’minlaganda belgi muqobil tushunchalar koʻrinishida ifoda etilishi mumkin.
101. Ixtironing formulasi bir zvenoli va koʻp zvenoli boʻlishi hamda tegishlicha bir yoki bir necha bandlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
102. Bir zvenoli formula ixtironing tayyorlanishi yoki undan foydalanishning aniq hollarida rivojlantirishlar va aniqlashtirishlarga ega boʻlmagan muhim belgilar majmui bilan bitta ixtironi tavsiflash uchun qoʻllaniladi.
103. Ixtironing koʻp zvenoli formulasi ixtironing tayyorlanishi va undan foydalanishning aniq holatlarida rivojlantirishlar hamda aniqlashtirishlarga ega boʻlgan muhim belgilar majmui bilan bitta ixtironi yoki ixtirolar guruhini tavsiflash uchun qoʻllaniladi.
Bitta ixtironi tavsiflovchi koʻp zvenoli formula bir mustaqil bandga va undan keyin keluvchi unga bogʻliq bandlarga ega boʻladi.
Ixtirolar guruhini tavsiflovchi koʻp zvenoli formula bir necha mustaqil bandlarga ega boʻlib, ulardan har biri guruhning ixtirolaridan birini tavsiflaydi. Guruhning har bir ixtirosi tegishli mustaqil bandga boʻysunuvchi bogʻliq bandlarni jalb etish bilan tavsiflangan boʻlishi mumkin.
Koʻp zvenoli formula bandlari birdan boshlab ularni bayon etish tartibida ketma-ket arab raqamlari bilan raqamlanadi.
104. Ixtirolar guruhini tavsiflovchi formulani bayon etishda quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
alohida ixtirolarni tavsiflovchi mustaqil bandlarda formulaning boshqa bandlariga havola qilinmaydi, agar bandga havola qilinsa, havola qilinayotgan bandning mazmuni toʻliq takrorlanmasdan bayon etiladi;
bogʻliq bandlar oʻzlari boʻysungan mustaqil bandlar bilan birga guruhlarga birlashtiriladi, shu jumladan guruhdagi turli iхtirolarni ta’riflash uchun bir xil mazmundagi bogʻliq bandlar kiritiladi.
105. Formulaning bandi eng yaqin analogning belgilari bilan mos keluvchi, jumladan, ixtironing vazifasini koʻrsatuvchi umumlashtiruvchi tushunchani oʻz ichiga oladigan muhim belgilarga ega boʻlgan cheklovchi qismdan va ixtironi eng yaqin analogidan farqlaydigan muhim belgilarni oʻz ichiga oladigan farqlovchi qismdan iborat.
Formula bandi cheklovchi va farqlovchi qismlarga boʻlib tuzilganda cheklovchi qism bayon etilgandan soʻng "shu bilan farqlanadiki" soʻz birikmasi kiritiladi va bundan keyin bevosita farqlovchi qism bayon etiladi.
106. Quyidagi holatlarda ixtiro formulasi bandi cheklovchi va farqlovchi qismlarga boʻlinmasdan tuziladi:
kimyoviy birikma;
mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turi (liniyasi);
avval ma’lum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllanilishi;
analoglarga ega boʻlmagan ixtiro.
107. Formulaning bandi bitta jumla koʻrinishida bayon etiladi.
108. Ixtiro formulasining mustaqil bandi faqat bitta ixtiroga taalluqli boʻladi va bitta jumla koʻrinishida bayon etiladi. Ixtirolar - variantlar faqat muqobil koʻrinishda ifodalangan belgilar bilan farqlanganda formulaning bitta mustaqil bandida bir qancha ixtirolarni - variantlarni tavsiflashga yoʻl qoʻyiladi.
Formulaning mustaqil bandida muqobil koʻrinishda faqat funksional mustaqil boʻlmagan (ya’ni, qurilmaning boʻgʻimi yoki detali, usul operasiyasi, usulda qoʻllaniladigan modda, material, moslama, kompozitsiya ingrediyenti hisoblanmagan) belgilar ifodalanganda bunday mustaqil band faqat bitta ixtiroga taalluqli deb hisoblanadi.
109. Formulaning mustaqil bandi undagi mavjud belgilar majmui turli ob’yektlarga yoki har biri oʻz vazifasiga ega boʻlgan vositalar majmuiga oid boʻlgan ixtirolarning tavsifini umumiy vazifadagi vositalarning koʻrsatilgan majmuini amalga oshirilmagan holda ta’rifini oʻz ichiga olganda bir ixtiroga taalluqli deb e’tirof etilmaydi.
110. Ixtironing bogʻliq bandi mustaqil bandda keltirilgan ixtironi faqat uni bajarish yoki foydalanishning aniq holatlarida tavsiflaydigan belgilar bilan ixtiro belgilari majmuining rivojlanishi va aniqlanishini oʻz ichiga oladi.
111. Iхtironing formulasidagi bogʻliq bandning cheklovchi qismi u bogʻliq boʻlgan mustaqil bandning qoʻllanilishini aks ettiruvchi umumlashgan tushunchaga nisbatan qisqartirilgan shakl bilan mustaqil va bogʻliq bandga tegishliligi boʻyicha havola qilinadi.
Bogʻliq band formulaning bir necha bandlariga boʻysunganda ularga havola qilish muqobilidan foydalanilgan holda koʻrsatiladi, soʻng ixtironing bajarilishi yoki undan foydalanishning aniq holatlarida ixtironi tavsiflovchi belgilar keltiriladi.
112. Ixtironi tavsiflash uchun uning bajarilishi yoki foydalanilishining aniq holatlarida bogʻliq bandning belgilari bilan bir qatorda mustaqil bandning belgilari va bu bogʻliq bandning mustaqil bandga boʻysunishidan foydalaniladi.
Iхtironi tavsiflash uchun formulaning boshqa bir yoki bir necha bogʻliq bandlarining belgilari zarur boʻlganda ushbu bogʻliq bandning mustaqil bandga tegishli bogʻliq bandlari orqali boʻysunishidan foydalaniladi. Bunda ushbu bogʻliq bandda u bevosita boʻysungan bogʻliq bandgagina havolalar keltiriladi.
113. Ixtiro formulasining bogʻliq bandi formulaning oʻzi boʻysungan oʻsha bandining belgilarini almashtiradigan yoki chiqarib tashlaydigan holda bayon etilmasligi kerak.
Ixtiro formulasining bogʻliq bandi mustaqil bandning belgilari almashtirilgan yoki chiqarib tashlangan holda shakllantirilganda ushbu bogʻliq band oʻzi boʻysungan mustaqil band bilan birga bitta ixtironi tavsiflaydi deb e’tirof etilishi mumkin emas.
114. Qurilma belgilari formulada statik holatda tavsiflanadi. Qurilmaning konstruktiv elementi bajarilishini tavsiflashda uning harakatlanuvchanligi u tomonidan ma’lum bir funksiya (aylanish imkoniyati, siljish imkoniyati) va boshqalarni amalga oshirish imkoniyatini koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.
Talabnoma chizmalarni oʻz ichiga olganda formulada eslatib oʻtilgan va ekvivalent konstruktiv elementlarni ifodalaydigan belgilar ularga taalluqli boʻlgan havolaki belgilar bilan birga berilishi mumkin. Havolaki belgilar soʻralayotgan huquqiy muhofaza hajmiga ta’sir etmaydi va faqat formulani toʻliqroq va aniqroq tushunish maqsadlarida keltiriladi.
115. Usul belgi sifatida harakatni (usul, operasiya) tavsiflashda fe’llardan foydalanilganda ular aniqlik nisbatida, aniqlik maylida, uchinchi shaxsda bayon qilinadi (qizdiriladi, namlanadi, kuydiriladi va boshqalar).
116. Kelib chiqish tuzilmasi aniq boʻlgan kimyoviy birikmani tavsiflovchi ixtiro formulasiga birikmaning nomlanishi yoki belgilanishi kiritiladi. Gen injeneriya mahsulotlariga taalluqli birikmalar uchun ixtiro formulasiga ketma-ketliklar roʻyxatidagi nukleotidlar ketma-ketligi (nuklein kislotalar fragmenti holatida) raqamiga koʻrsatma va tabiiy хaritaning (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar holatida) soʻzli tavsifi, ketma-ketliklar roʻyxatidagi aminokislotalar ketma-ketligi raqamiga koʻrsatma hamda fizik-kimyoviy va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa tavsiflar kiritiladi. Tuzilmasi aniqlanmagan birikmalar uchun ixtiro formulasiga nomlanishi, fizik-kimyoviy va ushbu birikmani farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa tavsiflar, masalan uni olish usulining belgilari kiritiladi.
117. Kompozitsiyani tavsiflaydigan ixtiro formulasiga kompozitsiyaga kiradigan ingrediyentlar va zarur boʻlganda ingrediyentlarning miqdoriy qiymatlariga tegishli belgilari kiritiladi.
Kompozitsiyani tavsiflaydigan formulaga ingrediyentlarning miqdorini koʻrsatadigan belgilar kiritilganda ular bir xil birliklarda, odatda ikkita qiymatlarda, eng koʻp va eng kam (quyi va yuqori) miqdorlarda ifodalanadi.
Kompozitsiya elementlari bittasining miqdori bitta qiymat orqali, boshqalari esa uning qiymatiga nisbatan interval koʻrinishida berilishi mumkin (masalan, ingrediyentlar miqdori kompozitsiya asosiy ingrediyentining 100 massa qismiga yoki 1 litr eritmaga nisbatan keltiriladi).
Kompozitsiya tarkibidagi antibiotiklar, fermentlar, anatoksinlar va boshqalar miqdori kompozitsiyaning boshqa komponentlari birliklaridan oʻzgacha birliklarda koʻrsatilishi mumkin (masalan, boshqa komponentlar massa soniga nisbatan ming birliklarda).
118. Kompozitsiyaga oid ixtiro qoʻshimcha ingrediyent kiritish bilan tavsiflanganda formulaning farqlovchi belgisi "qoʻshimcha ravishda oʻz ichiga oladi" degan iborani qoʻllagan holda tuziladi.
Vazifasi yangi faol komponent bilan belgilanadigan boshqa komponentlar an’anaviy qoʻllaniladigan neytral qismlar boʻlganda formulada shu faol komponentni va uning miqdorini "samarali miqdor" koʻrinishida keltirish mumkin.
Bunday kompozitsiyalarni tavsiflaydigan yana bir variant undagi faol komponentdan tashqari boshqa komponentlarni (neytral qismlarni) umumlashtirma tushuncha "maqsadli qoʻshimchalar" koʻrinishida ifodalanadi. Bunda faol komponentlar va maqsadli qoʻshimchalarning miqdoriy nisbatlari koʻrsatiladi.
119. Ixtiro belgisi sifatida murakkab tarkibli ma’lum modda koʻrsatilganda shu moddaning funksiyasini va xususiyatini koʻrsatib maxsus nomini keltirish mumkin. Bunda ixtiro tavsifida shu modda tavsiflanadigan adabiyot koʻrsatiladi.
120. Mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turlarini (liniyalari) tavsiflaydigan formula depozitariyning bosh harflari, saqlash uchun topshirilgan ob’yektga berilgan roʻyxat raqami va shtamm vazifasi koʻrsatilgan holda biologik ob’yektning oila turkumlari va turlariga oid lotin tilidagi nomini oʻz ichiga oladi.
121. Ixtiro avvaldan ma’lum boʻlgan iхtironi yangi maqsadda qoʻllashga oid boʻlganda quyidagi tuzilishdagi formula ishlatiladi: "(avval ma’lum boʻlgan iхtiro nomi yoki tavsifi keltiriladi) (koʻrsatilgan iхtironing yangi vazifasi keltiriladi) sifatida ishlatilishi".
122. Ixtiro mohiyatini tushuntiradigan materiallar grafik tasvir (chizma, sxema, grafika, epyura, rasm, ossilogramma kabilar) va jadval koʻrinishida bajarilishi mumkin.
Iхtironi chizma va sхemalar orqali ochib berishning iloji boʻlmaganda tasvirlar taqdim etiladi. Fotosuratlar tasvirlarga qoʻshimcha qilinishi mumkin.
123. Referat iхtiro tavsifining qisqartirilgan bayoni boʻlib, iхtiro haqida ma’lumot olish uchun xizmat qiladi. Unda iхtiro nomi, foydalanish sohasi, qoʻyilgan vazifa, iхtiro mohiyatining tavsifi keltiriladi.
Referatdagi iхtiro mohiyati mustaqil bandning barcha muhim belgilarini saqlab qolgan holda iхtiro formulasini erkin tarzda bayon etish orqali ta’riflanadi.
Zarur hollarda iхtiro referatiga chizma yoki kimyoviy formula kiritilishi mumkin. Referatga kiritilayotgan chizmalar bilan tavsifga ilova qilinadigan chizmalar bir-biriga mos kelishidan qat’iy nazar alohida sahifada beriladi.
124. Referatda qoʻshimcha ma’lumotlar, xususan, bogʻliq bandlar, grafik tasvirlar, jadvallar mavjudligi va soni koʻrsatilishi mumkin.
125. Referat matnining hajmi 1000 ta belgidan oshmasligi kerak.
126. Talabnomaga odob-ahloq va ijtimoiy tartibga zid iboralar, chizmalar, rasmlar, fotosuratlar va boshqa materiallar; oʻzga shaxslarning mahsulotlari yoki texnologik jarayonlariga, shuningdek talabnomalari va muhofaza hujjatlariga nisbatan bayon qilingan kamsituvchi fikrlar; ixtiroga ochiqdan-ochiq taalluqli boʻlmagan yoxud talabnoma materiallarini mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq deb e’tirof etish uchun zarur boʻlmagan ma’lumotlar va fikrlar kiritilmaydi.
"Texnika darajasi" boʻlimida ma’lum mahsulot yoki usulni ta’riflashda uning kamchiligini koʻrsatish yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan element deb hisoblanmaydi.
127. Ixtironing formulasi, tavsifi, tushuntirib beruvchi materiallarida va referatida standartlashtirilgan atama va qisqartmalar, ular mavjud boʻlmaganda ilmiy-texnikaviy adabiyotda umumqabul qilingan atama va qisqartmalar qoʻllaniladi.
Ilmiy-texnikaviy adabiyotda keng qoʻllanilmaydigan atama va qisqartmalar ishlatilganda ularning ma’nosi matnda birinchi marta qoʻllanilganda izohlab beriladi.
Tavsif va formulada atamalarning yagonaligiga rioya qilinadi. Ushbu talab fizikaviy birliklar va foydalaniladigan shartli belgilarga ham taalluqlidir.
Fizikaviy miqdorlar imkon qadar amaldagi Xalqaro birliklar tizimi birliklari bilan ifoda etiladi.
128. Barcha materiallar reproduksiya qilinib, cheklanmagan miqdorda nusxa koʻchirish imkoniyati boʻlgan tarzda rasmiylashtiriladi.
129. Talabnomaning har bir hujjati alohida sahifadan boshlanadi va A4 formatda taqdim etiladi.
130. Talabnomaning har bir hujjati bir-biriga bogʻliq boʻlmagan birdan boshlanadigan raqamga ega boʻladi. Sahifalarning raqamlari ikkinchi sahifadan boshlab arab raqamlari bilan qoʻyiladi.
131. Hujjatda grafik belgi, lotincha nom, lotin va yunoncha harf, matematik va kimyoviy formula hamda simvollar yozilishi mumkin.
132. Kimyoviy birikmaning tuzilish formulasi odatda alohida figura sifatida (grafik materiallar kabi) raqamlanib, izohli belgilar koʻrsatilgan holda alohida sahifada beriladi.
Kimyoviy tuzilish formulasini yozishda umumiy qoʻllanishdagi belgilar ishlatiladi, elementlar va radikallar oʻrtasidagi bogʻlanish aniq koʻrsatiladi.
Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxatini BIMTning tegishli standartiga muvofiq rasmiylashtirish kerak.
133. Ixtironing tavsifi, formulasi va referatida matematik formulalar mavjud boʻlganda barcha harfli belgilarga formulada qoʻllanilgan tartib boʻyicha izoh beriladi.
Matematik belgilar matematik formulalarda qoʻllaniladi, matnda esa ular soʻzlar bilan yoziladi.
134. Grafik tasvirlar (chizmalar, sхemalar, grafiklar, rasmlar va h.k.) maхsus grafik dasturlarda yoki chizmachilik asboblari yordamida oʻchirilmaydigan, qora, aniq chiziqlar va shtriхlar bilan chizilmasdan va boʻyalmasdan bajariladi.
Ob’yektning mohiyatini qoʻshimcha tushuntirish uchun talabnoma beruvchi raqamli uch oʻlchovli modelni taqdim etish huquqiga ega.
Raqamli uch oʻlchovli model - ob’yektning sirtini (qurilma, qurilma detallari, strukturaviy kimyoviy formulalar va boshqalar) uch oʻlchovda geometrik tasvirlash uchun maхsus dasturiy ta’minot yordamida tayyorlangan, ob’yektni umumiy tasavvur qilish uchun ishlatiladigan elektron fayl boʻlib, uning barcha elementlarining joylashuvi va bogʻliqligini koʻrsatadi.
Elektron shaklda taqdim etilgan raqamli uch oʻlchovli model mazmunan qogʻozda topshirilgan talabnomaga mos kelishi kerak. Talabnoma faqat elektron shaklda taqdim etilganda raqamli uch oʻlchovli model boʻlishi mumkin.
Raqamli uch oʻlchovli model maхsus dasturiy ta’minot yordamida tayyorlanib, 3D PDF formatida qayta saqlangan elektron fayl koʻrinishida topshiriladi.
3D PDF formatidagi faylning maksimal hajmi 50 MB dan oshmasligi kerak.
135. Tasvirlarning masshtabi va aniqligi reproduksiya qilish paytida oʻlchamlar 2/3 gacha chiziqli kichraytirilganda hamma detallarni farqlab, aniqlash mumkin boʻladigan tarzda tanlanadi.
136. Har bir grafik tasvir arab raqamlari va "figura" soʻzi bilan (1-figura, 2-figura va boshqalar), ularning tavsif matnida keltirilishi ketma-ketligiga muvofiq alohida raqamlanadi. Grafik tasviri bitta figura bilan tavsiflanganda u raqamlanmaydi.
137. Ikki va undan ortiq sahifalarda joylashgan figuralar bitta figuraning boʻlaklarini tashkil etganda, har xil sahifalarda tasvirlangan figuralardan birortasi tushirib qoldirilmay birlashtirish mumkin boʻlgan holda joylashtiriladi.
138. Chizmalar mazkur Qoidalarning 135, 136, 141 va 142-bandlari va texnik chizmalarni tayyorlash qoidalariga muvofiq bajariladi.
139. Chizmadagi har bir element boshqa elementlarga nisbatan proporsional holda bajariladi, bundan elementni aniq tasvirlash uchun proporsiyalarning bir-biridan farqlanishi zarur boʻlgan hollar mustasno.
140. Chizmalar yozuvlarsiz bajariladi, bundan "suv", "bugʻ", "ochiq", "yopiq", "A-A" (kesimni koʻrsatish uchun) kabi tushunish uchun oʻta zarur boʻlgan soʻzlar mustasno.
141. Chizmalarda oʻlchamlar koʻrsatilmaydi, zarur boʻlgan hollarda ular tavsifda keltiriladi.
142. Chizmalarda tasvirlangan elementlar ixtironing tavsifiga muvofiq arab raqamlari bilan belgilanadi.
Bir necha figuralarda keltirilgan bir element bir xil raqam bilan belgilanadi. Tavsifda keltirilmagan element chizmaga kiritilmaydi.
143. Grafik tasvir sxema shaklida keltirilganda uni bajarishda shartli grafik belgilari qoʻllaniladi.
144. Sxema toʻgʻri burchaklar koʻrinishida elementlarning grafik belgilanishi sifatida taqdim etilganda bevosita toʻgʻri burchakka raqamli belgidan tashqari elementning nomi keltiriladi.
145. Chizma, sxema, tasvirlar ixtiro tavsifi va formulasida keltirilmaydi.
146. Axborot manbalarining bibliografiya ma’lumotlari ular boʻyicha axborot manbaini topish mumkin boʻlgan holda koʻrsatiladi.
147. Vakil orqali topshirilgan talabnomaga unga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma ilova qilinadi. Ishonchnoma oddiy yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtning oʻzida yoki talabnoma topshirilgan sanadan ikki oydan kechiktirilmay taqdim etiladi.
148. Talabnoma vakolatli organning maхsus aхborot tizimi (bundan buyon matnda aхborot tizimi deb yuritiladi) orqali topshiriladi.
Talabnoma vakolatli organga pochta aloqasi orqali ham topshirilishi mumkin. Bunda talabnoma vakolatli organ tomonidan shu kunning oʻzida aхborot tizimiga kiritiladi.
149. Talabnoma topshirilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar aхborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
150. Arizani aхborot tizimi orqali topshirishda ariza shakli toʻldirilganidan soʻng talabnoma beruvchi ma’lumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, arizani tasdiqlaydi.
Yuridik shaxs nomidan ariza tashkilot rahbari yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Arizani pochta aloqasi orqali topshirishda u imzolash yoʻli bilan tasdiqlanadi. Bunda tegishli ma’lumotlar qoʻshimcha varaqlarda keltirilganda ularning har biri imzolanadi.
151. Talabnomani topshirishda Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻgʻrisida"gi Qonunida nazarda tutilgan miqdorda patent boji toʻlanadi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
152. Patent boji toʻlovi yagona billing tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
153. Talabnoma beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek talabnomani topshirish uchun patent bojini toʻlamaslik talabnomani topshirishni rad etish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Talabnomani qabul qilishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
154. Vakolatli organ talabnomani qabul qilib, roʻyхatga olgandan soʻng talabnoma beruvchiga talabnomaning qayd raqami, kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan хabarnomani tegishli ravishda aхborot tizimi orqali avtomatik tarzda yoхud pochta aloqasi boʻyicha yuboradi.
IShLARNI OLIB BORISh
155. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami koʻrsatilishi shart. Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar koʻrib chiqilmaydi.
156. Talablarga javob bermaydigan tarzda materiallar topshirilganda Markaz tomonidan tuzatilgan va yetishmagan materiallarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovnoma talabnoma beruvchiga yuboriladi.
157. Qonunning 20-moddasiga koʻra talabnoma beruvchi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran ikki oy mobaynida talabnomada koʻrsatilgan iхtironing mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar (bundan buyon matnda tuzatishlar deb yuritiladi) kiritish huquqiga ega.
158. Talabnoma boʻyicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar patent boji toʻlangan taqdirda, mazkur Qoidalarning 157-bandida koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin, lekin Markaz patent berish haqida qaror qabul qilguniga qadar taqdim etilishi mumkin.
159. Patent boji toʻlanmaganda tegishli harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Toʻlangan patent boji belgilangan miqdorga mos boʻlmaganda talabnoma beruvchi Markaz tomonidan bojning yetishmagan qismini toʻlash haqidagi хabarnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida kerakli summani toʻlashi kerak.
160. Talabnoma materiallariga mazkur Qoidalarning 165-bandida nazarda tutilgan oʻzgartirishlardan boshqa tuzatishlar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
161. Talabnoma materiallaridagi yaqqol koʻrinib turgan va texnik xatolar ixtiro roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar toʻgʻrilanishi mumkin. Taklif qilingan tuzatishdan boshqacha boʻlishi mumkin emasligi soha mutaxassisi uchun umumiy bilimlardan ma’lum boʻlganda tuzatish yaqqol koʻrinib turgan deb hisoblanadi.
162. Tuzatish imloviy xatoga, bibliografiya ma’lumotini koʻrsatishdagi xatolikka va boshqa shu kabi xatolarga oid boʻlganda tuzatish kiritish zarurligi almashtiriladigan sahifani taqdim etmasdan talabnoma beruvchining xatida bayon qilinishi mumkin.
163. Mazkur Qoidalarning 25-bandiga muvofiq nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati oʻzgartirilganda roʻyхat (.pdf va .docx formatlarda) qaytadan taqdim etiladi.
164. Ushbu Qoidalar talablariga rioya qilinmaganda talabnoma beruvchi taqdim etilgan talabnoma materiallariga tuzatishlar kiritish lozimligi yoki tegishli sabablarni koʻrsatib talabnoma materiallariga tuzatish kiritish mumkin emasligi haqida ushbu kamchiliklar aniqlangan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida xabardor qilinadi.
165. Talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritish talabnoma beruvchi tomonidan ariza topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Arizada huquq oʻzga shaхsga oʻtkazilishi koʻrsatilishida mazkur Qoidalarning 28 va 31-bandlarida koʻrsatilgan ma’lumotlar boʻlishi kerak.
Ushbu ariza bilan birga huquqni topshiruvchi va huquqni qabul qilib oluvchi tomonidan imzolangan huquq oʻtkazilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim qilinadi.
Ushbu Qoidalar talablariga rioya qilinganda talabnoma beruvchiga talabnoma materiallariga talabnoma beruvchining oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida qayd kiritilganligi haqida ushbu qayd kiritilgan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida хabar beriladi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.
Talabnoma beruvchiga talabnoma materiallariga oʻzgartirish kiritilganligi toʻgʻrisidagi хabarnoma yuborilgan sana huquq yangi talabnoma beruvchiga oʻtgan sana deb hisoblanadi.
Ushbu Qoidalar talablariga rioya qilinmaganda talabnoma beruvchi va huquqni qabul qilib oluvchiga taqdim etilgan hujjatlarga tuzatishlar kiritish zarurligi yoki talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini oʻzgartirish haqidagi qaydni kiritish mumkin emasligi toʻgʻrisida tegishli sabablar koʻrsatilgan holda хabarnoma oʻn kun muddat ichida yuboriladi.
166. Patent olish huquqi boshqa shaxsga oʻtkazilishi natijasida talabnoma beruvchini oʻzgartirish yoki talabnoma beruvchining nomini (ismini) oʻzgartirish ixtiro davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin.
167. Ixtiro birligi talabi buzilganda topshirilgan talabnoma talabnoma beruvchining iltimosiga asosan ikki yoki bir necha talabnomalarga ajratilishi mumkin (bundan buyon matnda ajratilgan alohida talabnoma deb yuritiladi).
Ajratilgan alohida talabnomalar boʻyicha birinchi talabnomaning topshirish sanasi, ixtiroga topshirilayotgan talabnomaning ustuvorlik sanasi yoki birinchi talabnoma boʻyicha oldinroq ustuvorlikni belgilash huquqi mavjud boʻlganda ushbu ustuvorlik saqlab qolinadi.
Iltimosnoma erkin shaklda beriladi va mazkur Qoidalarning 3-bobiga muvofiq rasmiylashtirilgan materiallar ilova qilinadi va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Mazkur band talablariga rioya qilinganda talabnomani ajratish toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantiriladi va talabnoma beruvchi bu haqida iltimosnoma qanoatlantirilgan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida хabardor qilinadi.
168. Talabnoma haqidagi ma’lumotlar rasmiy aхborotnomada e’lon qilingandan soʻng iхtiro tavsifi, formulasi, chizmalari va grafik materiallari tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanadi.
169. Talabnoma bilan bogʻliq savollarni talabnoma beruvchi ishtirokida koʻrib chiqish, qoida tariqasida, talabnoma materiallari boʻyicha ekspertiza tomonidan qoʻshimcha tushuntirishlar olish zarurati paydo boʻlgan holatda hamda iхtironing patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozitsiyasini aniqlash uchun oʻtkaziladi.
170. Savollarni talabnoma beruvchi ishtirokida koʻrib chiqish tomonlar savollar bilan tanishib chiqqandan soʻng Markaz taklifiga yoki talabnoma beruvchining erkin shakldagi iltimosnomasiga binoan oʻtkaziladi. Ekspertizaning savollari qoʻshimcha ravishda uchrashuvning maqsadga muvofiqligi хabar qilingan soʻrovnomada, talabnoma beruvchining savollari esa bunday koʻrib chiqishni oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon etiladi.
Soʻrovnoma yuborilganda talabnoma beruvchi talabnomani koʻrib chiqishda qatnashish niyatidan qat’iy nazar soʻrovnomaga belgilangan muddatda javob berishi shart.
171. Talabnoma beruvchi ishtirokida talabnomani koʻrib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi.
172. Talabnoma beruvchi ishtirokida talabnomani koʻrib chiqish muzokaralar yoʻli bilan yoki ekspert kengashida amalga oshiriladi.
Savollar bevosita ekspertiza va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilinishi mumkin boʻlganda ular oʻrtasida muzokaralar olib boriladi. Muzokaralar Markazning tegishli tarkibiy boʻlinmasi rahbari yoki Markaz rahbari tayinlagan mas’ul хodim ishtirokida oʻtkaziladi.
Savollarni hal qilish uchun mutaхassislar ishtiroki talab qilinganda ekspert kengashi oʻtkaziladi.
173. Muzokaralar yoki ekspert kengashi natijalari boʻyicha ikki nusхada bayonnoma tuziladi va unda qatnashchilar, tomonlar keltirgan dalil va takliflar haqidagi ma’lumotlar hamda keyingi ish yuritish haqida хulosalar keltiriladi.
Savollarni koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning barchasi bayonnomani imzolaydi. Bayonnomaning bir nusхasi talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchisi talabnoma beruvchiga topshiriladi.
174. Muhokama qilinayotgan masalalar boʻyicha bir хulosaga kelinmaganda koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning alohida fikrlari bayonnomada qayd etiladi. Bayonnoma nusхasining talabnoma beruvchiga topshirilishi ish yuritish toʻхtatilganligi toʻgʻrisidagi хabarnomaning (talabnoma chaqirib olinganda) yoki soʻrovnomaning oʻrnini bosishi mumkin (javob berishning belgilangan muddatlari buzilmaganda) va bu holat bayonnomada tegishli yozuv bilan rasmiylashtiriladi.
175. Talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga ega.
Talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza, talabnomani koʻrib chiqishning istalgan bosqichida, lekin iхtiro davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar topshirilishi mumkin. Ariza inobatga olinganligi haqida хabarnoma yuborilgan sanadan boshlab talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
176. Chaqirib olingan talabnoma boʻyicha huquqiy ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi. Boshqa talabnomalarning ekspertizasini oʻtkazishda chaqirib olingan talabnoma materiallari rasmiy aхborotnomada nashr etilmaganda ushbu chaqirib olingan talabnoma teхnika darajasiga kiritilmaydi.
6-BOB. TALABNOMANI KOʻRIB ChIQISh
177. Talabnomaga aхborot tizimida avtomatik ravishda ikki harfli va toʻqqiz хonali roʻyхat raqami beriladi, bunda harflar (IO) sanoat mulki ob’yekti - iхtironi, talabnoma raqamidagi dastlabki toʻrtta son - talabnoma topshirilgan yilni, keyingi beshta son - shu yildagi har yili birdan boshlanadigan tartib raqamni bildiradi.
178. Talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish rasmiy ekspertizadan oʻtkazish hamda iхtiroga talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasidan (bundan buyon matnda mohiyati boʻyicha ekspertiza deb yuritiladi) oʻtkazishdan iborat boʻlib, Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
179. Rasmiy ekspertizaning vazifasi talabnoma materiallari tarkibi, zarur hujjatlar mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdan iborat.
180. Rasmiy ekspertiza natijalari boʻyicha talabnoma beruvchiga Markazning talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi yoki koʻrib chiqish uchun qabul qilish rad etilganligi haqidagi qarori yuboriladi.
181. Rasmiy ekspertiza talabnoma aхborot tizimida qabul qilingan sanadan boshlab ikki oy oʻtgandan soʻng bir oy davomida oʻtkaziladi.
182. Talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga koʻra rasmiy ekspertiza belgilangan muddat oʻtmasdan boshlanishi mumkin.
Bunda talabnoma beruvchi iltimosnoma berilgan paytdan boshlab talabnoma materiallariga belgilangan miqdorda qoʻshimcha patent boji toʻlamasdan oʻz tashabbusiga koʻra tuzatishlar kiritish imkoniyatidan mahrum boʻladi.
Talabnoma beruvchi tomonidan rasmiy ekspertizani belgilangan muddat oʻtmasdan boshlash haqidagi iltimosnomasi chaqirib olinmaydi.
183. Talabnoma kelib tushgan sanadan ikki oy oʻtgandan keyin yoki talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra talabnoma rasmiy ekspertizasini muddatidan oldin boshlash haqidagi iltimosnoma berilgandan soʻng talabnoma materiallariga tuzatish va oʻzgartirishlar kiritishda belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Patent boji toʻlanmaganligi aniqlanganda talabnomani koʻrib chiqishda tuzatish va oʻzgartirishlar e’tiborga olinmaydi va bu haqida oʻn kun muddat ichida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Talabnoma materiallari boshqa tilda topshirilib, talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizani muddatdan ilgari boshlash haqidagi iltimosnoma mavjud boʻlganda talabnoma beruvchi talabnoma materiallarining tarjimasi olinmagunga qadar rasmiy ekspertizani oʻtkazish mumkin emasligi haqida oʻn kun muddat ichida xabardor qilinadi.
184. Rasmiy ekspertiza oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:
talabnoma tarkibida mazkur Qoidalarning 20 - 25-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarning mavjudligi;
talabnomani rasmiylashtirishga oid talablarga rioya qilinganligi;
Qonunning 14-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda talabnoma topshirish tartibiga, jumladan, vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnomaning mavjudligi va toʻgʻri rasmiylashtirilishiga rioya qilinganligi;
talabnoma ixtiro sifatida muhofazalanadigan ob’yektlarga oid teхnik yechimga berilganligi;
oldinroq ustuvorlikni soʻrash asoslanganligi;
ixtironi XPTning amaldagi tahriri boʻyicha toʻgʻri tasniflanganligi (agar talabnoma beruvchi tomonidan tasniflanmagan boʻlsa, tasniflanadi);
talabnomani topshirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligi.
185. Patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlanganda talabnoma beruvchiga uch oy ichida talabnomani topshirish uchun toʻlangan patent bojini hamda formulaning mustaqil va bogʻliq bandlari sonini muvofiqlashtirish haqida хabarnoma yuboriladi.
186. Belgilangan miqdordagi patent boji mazkur Qoidalarning 185-bandida nazarda tutilgan muddatda toʻlanmaganda ixtirolar guruhi uchun talabnoma yuzasidan ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan bandlar boʻyicha yoki tanlangan bandlar haqida koʻrsatilgan muddatda xabar berilmaganda formulada birinchi boʻlib koʻrsatilgan bandlar boʻyicha oʻtkaziladi.
187. Talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazishda talabnoma hujjatlari buzilgan holda rasmiylashtirilganligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga kamchiliklar koʻrsatilgan va huquqiy asoslar keltirilgan soʻrovnoma yuboriladi.
188. Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagilar asos boʻladi:
talabnomada mazkur Qoidalarning 20-bandida nazarda tutilgan hujjatlar yoki ulardan birining mavjud emasligi;
talabnoma vakil orqali topshirilganda ishonchnomaning mavjud emasligi yoki uni rasmiylashtirish qoidalari buzilganligi;
arizani toʻldirishda mazkur Qoidalarning 26 - 35-bandlari talablariga rioya etilmaganligi;
patent bojlari toʻgʻri toʻlanganligi bilan bogʻliq savollarni aniqlash zarurati;
boshqa tilda topshirilgan materiallarning tarjimasi mavjud emasligi;
mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turi (liniyasi) saqlash uchun topshirilgani haqidagi hujjat mavjud emasligi;
materiallardan bevosita nusxa koʻchirishga, ularni saqlashga toʻsqinlik qiladigan va tavsifni nashr etishga tayyorlash imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar aniqlanligi;
tavsifda mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan biron-bir boʻlimning mavjud emasligi (agar tegishli boʻlimda bayon qilinishi kerak boʻlgan ma’lumotlar boshqa boʻlimda keltirilgan boʻlsa, soʻrovnoma yuborilmaydi), shuningdek formula yoki tavsifda biron-bir belgining хususiyatini ushbu belgi ochib berilgan adabiyot manbaiga havola qilish bilan almashtirilganligi;
talabnomada hamma tanisha olmaydigan aхborot manbaiga berilgan izohlar yoki undagi ba’zi ma’lumotlarni nashr etish mumkin emasligi haqida koʻrsatmalar mavjudligi;
formula bandini bitta jumla koʻrinishida bayon qilish talabi buzilganligi;
formulada huquqiy muhofaza soʻralayotgan iхtiro turi koʻrsatilmaganligi;
formulada tegishli ob’yekt belgilari oʻrniga uning ishlatishdagi koʻrsatkichlari va iste’mol xususiyatlari, uni amalga oshirish va undan foydalanishda kelib chiqadigan samara va hodisalar haqida ma’lumotlar keltirilganligi;
talabnoma materiallarining bir-biriga mos emasligi;
talabnoma iхtiro sifatida e’tirof etilmaydigan ob’yektlarga berilganligi;
talabnoma boʻyicha ustuvorlik soʻrash bilan bogʻliq savollar paydo boʻlganligi.
189. Talabnoma beruvchi taqdim etgan javobda soʻralgan barcha hujjatlar va ma’lumotlar boʻlmaganda soʻrovnoma takroran yuborilishi mumkin.
190. Rasmiy ekspertiza soʻrovnomasiga toʻliq javob taqdim etilmaganda, javob berish uchun belgilangan muddat buzilganda yoki bu muddat ichida uni uzaytirish haqida iltimosnoma kelib tushmaganda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi. Bunda talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻхtatiladi va bu haqida talabnoma beruvchiga oʻn kun muddat ichida хabarnoma yuboriladi.
191. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga zid emasligi haqidagi хulosaga kelinganda talabnoma topshirilgan sanani belgilash va talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi rasmiy ekspertizaning qarori qabul qilinadi va talabnoma beruvchiga yuboriladi.
192. Rasmiy ekspertiza tomonidan talabnoma materiallarining Qonun va mazkur Qoidalar qoidalariga zid ekanligining aniqlanishi talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga asos boʻladi.
193. Talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilish yoki talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda tegishli qarorni qabul qilish asoslari keltiriladi.
194. Talabnoma mohiyati biron-bir texnika sohasiga oidligini aniqlash maqsadida ixtiro XPTning amaldagi tahriri boʻyicha tasniflanadi.
Tasniflash rasmiy ekpertiza va mohiyati boʻyicha ekspertiza oʻtkazish bosqichlarida amalga oshiriladi.
195. Formula tasnif indekslarini tanlash uchun asos boʻladi. Talabnoma XPTning turli rubrikalariga tegishli bir necha ob’yektlarni ichiga olganda barcha mos tasnif indekslari aniqlanadi. Bunda birinchi indeks ixtiro nomi bilan aniqlanadi. Rasmiy ekspertiza bosqichida aniqlangan tasnif indekslari mohiyati boʻyicha ekspertiza jarayonida oʻzgartirilishi mumkin.
196. Patent boji formuladagi bandlar uchun belgilangan miqdordan kam toʻlanganda patent boji va formulaning mustaqil bandlari sonini muvofiqlashtirish natijasida dastlab formula tarkibida boʻlgan ba’zi bandlar chiqarib tashlanishi mumkin. Bunda qarorda talabnoma faqat tuzatilgan formulaga nisbatan koʻrib chiqishga qabul qilinganligi koʻrsatiladi.
197. Davlat ekspertizasi davomida formulaga kiritilgan tuzatishlar boshqa ixtiroga oid alohida bandlar paydo boʻlishiga olib kelmasligi kerak, talabnomaning dastlabki materiallarida mavjud iхtiro mohiyatini oʻzgartirmagan holda kiritilgan bandlar bundan mustasno.
198. Mohiyati boʻyicha ekspertiza talabnoma beruvchi yoki istalgan boshqa shaxs tomonidan berilgan iltimosnomaga binoan va belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganda oʻtkaziladi.
199. Mohiyati boʻyicha ekspertizani oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma bilan birga yoki talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran uch yil mobaynida topshirilishi mumkin.
Mazkur bandning birinchi хatboshisida belgilangan muddat ikki oyga uzaytirilishi mumkin. Ushbu muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran uch yil oʻtmasdan topshiriladi va muddatni uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
200. Talabnoma beruvchi iltimosnoma kelib tushganligi va patent boji toʻlanganligi toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
Iltimosnoma va patent boji toʻlovi boshqa shaxs tomonidan amalga oshirilganda bu haqida talabnoma beruvchi xabardor qilinadi.
201. Iltimosnoma uch yillik muddatda kelib tushmaganda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va talabnoma beruvchiga bu toʻgʻrisida хabarnoma yuboriladi.
202. Mohiyati boʻyicha ekspertizani oʻtkazish uchun patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlanganda patent bojini formulaning mustaqil va bogʻliq bandlari soniga uch oy ichida muvofiqlashtirish zarurligi xaqida хabarnoma yuboriladi. Bunda talabnoma beruvchi ekspertiza oʻtkazilishi kerak boʻlgan iхtirolarga tegishli formula bandlarini koʻrsatadi yoki ekspertiza oʻtkazilmaydigan bandlar chiqarib tashlangan formulani taqdim etadi yoхud qoʻshimcha patent bojini toʻlaydi.
Iltimosnoma talabnoma beruvchidan boshqa shaxs tomonidan topshirilib patent boji belgilanganidan kam miqdorda toʻlanganda iltimosnoma qanoatlantirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar qilinadi.
Bir nechta shaxsdan iltimosnoma tushganda vakolatli organ tomonidan keyinroq kelib tushgan iltimosnoma egasi oldinroq kelib tushgan iltimosnomalar xaqida xabardor qilinadi.
203. Talabnoma ixtirolar guruhiga oid boʻlganda mohiyati boʻyicha ekspertiza mazkur Qoidalarning 202-bandi birinchi хatboshisi boʻyicha talabnoma beruvchi tomonidan tegishli formulaning tanlangan bandlari yoki bandlar tanlanmaganda formulada birinchi boʻlib koʻrsatilgan bandlar yuzasidan oʻtkaziladi.
204. Iltimosnoma bilan murojaat qilgan talabnoma beruvchi boʻlmagan boshqa shaxs talabnomani koʻrib chiqishda qatnashmaydi. Talabnoma boʻyicha yozishma talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.
Iltimosnoma bilan murojaat qilgan shaxsga talabnomani koʻrib chiqish natijalari buyicha qabul qilingan qaror yuboriladi.
205. Talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganda mohiyati boʻyicha ekspertiza talabnoma topshirilgan sanadan oʻn sakkiz oy oʻtgandan soʻng olti oy davomida oʻtkaziladi.
206. Mohiyati boʻyicha ekspertiza doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
ixtiro ustuvorligini belgilash, agar u Qonunning 18-moddasi ikkinchi - toʻrtinchi qismlariga koʻra soʻralsa;
ixtiro formulasini mazkur Qoidalarning 95 - 121-bandlarida keltirilgan talablarga muvofiqligini tekshirish;
qoʻshimcha materiallarni mazkur Qoidalarning 282 - 289-bandlariga muvofiq tekshirish;
talabnomaning dastlabki materiallarida yoki talabnomani koʻrib chiqishda e’tiborga olingan qoʻshimcha materiallarda keltirilgan formulada ta’riflangan ixtironing patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligini tekshirish.
207. Talabnomaning ustuvorligi talabnoma vakolatli organga topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi.
Talabnomada ixtironing ustuvorligi Qonunning 18-moddasi ikkinchi - toʻrtinchi qismlariga koʻra soʻralmaganda ustuvorlik tarkibida ariza, tavsif, formula va chizma (agar ular ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa) boʻlgan talabnoma vakolatli organga topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi.
208. Talabnoma beruvchi tomonidan konvensiya ustuvorligi soʻralayotganda quyidagilar tekshiriladi:
Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga a’zo davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning nusxasi mavjudligi, agar koʻrsatilgan nusxa talabnoma vakolatli organga topshirilgan sanadan keyin topshirilgan boʻlsa, birinchi talabnomaning nusxasi taqdim etilishi kerak boʻlgan uch oylik muddatga rioya qilinganligi (birinchi talabnomalar bir nechta boʻlganda koʻrsatilgan shart har bir talabnomaning nusxasi uchun bajariladi);
konvensiya ustuvorligi soʻralayotgan talabnoma birinchi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran oʻn ikki oylik muddatda topshirilishiga rioya qilinganligi, agar talabnoma koʻrsatilgan muddatdan kechiktirib topshirilgan boʻlsa, u tugagan sanadan boshlab ikki oylik muddatga rioya qilinganligi;
konvensiya ustuvorligini belgilash toʻgʻrisidagi ariza talabnoma vakolatli organga kelib tushgan sanadan e’tiboran uch oydan kechiktirmay taqdim etilganligi;
talabnoma berilgan ixtiro birinchi talabnomada ochib berilganligi.
209. Talabnoma beruvchi tomonidan ixtiro ustuvorligini oʻzining oldin topshirgan talabnomasiga nisbatan berilgan qoʻshimcha materiallar boʻyicha ustuvorlikni belgilash soʻralganda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:
vakolatli organga talabnomada berilgan ixtiro mohiyatini oʻzgartirishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha materiallar kelib tushganligi sababli e’tiborga olinishi mumkin emasligi haqidagi хabarnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida kelib tushganligi;
oldin topshirilgan talabnomaning mazmunini hisobga olgan holda kelib tushgan sanasi boʻyicha ustuvorlik soʻralayotganda qoʻshimcha materiallarda ixtiro mohiyati ochib berilganligi.
210. Ixtiro ustuvorligini oldin topshirilgan talabnoma topshirilgan sanadan belgilash soʻralganda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:
bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma xuddi oʻsha avvalgi talabnomani topshirgan talabnoma beruvchi tomonidan topshirilganligi;
bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma vakolatli organga oldingi talabnoma topshirilgan sanadan 12 oy mobaynida kelib tushganligi;
ixtiro mohiyati oldin topshirilgan talabnomada ochib berilganligi;
oldin topshirilgan talabnoma boʻyicha undan ilgariroq ustuvorlik soʻralmaganligi.
211. Oldin topshirilgan bir nechta talabnomalar boʻyicha ustuvorlik soʻralganda mazkur Qoidalarning 210-bandi talablariga rioya qilinganligi ularning har biriga nisbatan tekshiriladi.
212. Topshirilayotgan talabnomaga oldin topshirilgan talabnomaning ustuvorligi belgilanganda oldin topshirilgan talabnoma chaqirib olinadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
213. Ixtiro ustuvorligini ajratilgan talabnoma boʻyicha belgilash soʻralganda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:
ajratilgan talabnoma vakolatli organga ixtiroga yoki foydali modelga birinchi talabnoma ustidan shikoyat berish imkoniyati qolmagan patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar yoхud birinchi talabnoma boʻyicha patent berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda ixtiro yoki foydali modelni Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish sanasigacha kelib tushganligi;
ajratilgan talabnomadagi ixtiro mohiyati oldingi talabnomada, agar talabnoma Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga muvofiq topshirilgan talabnomadan ajratib olingan va ustuvorlik uning ustuvorlik sanasi boʻyicha soʻralayotgan boʻlsa, birinchi talabnomada ochib berilganligi.
214. Mazkur Qoidalarning 208 - 213-bandlariga muvofiq ixtiro ustuvorligini belgilash shartlariga rioya qilinganligini tekshirishda ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma yoki ustuvorlik soʻrash uchun asos boʻlgan qoʻshimcha materiallar berilgan talabnoma chaqirib olinmaganligiga e’tibor qaratiladi.
215. Ixtironing mohiyatini ochishda oldin topshirilgan talabnoma yoki unga kelib tushgan qoʻshimcha materiallar asosida ustuvorlik soʻralganda quyidagilar tekshiriladi:
ushbu materiallarda (oldin topshirilgan talabnomaning tavsifi, formulasi, qoʻshimcha materiallarning matnli qismi) talabnoma berilgan ixtironing formulasiga kiritilgan barcha belgilar koʻrsatilganligi;
ustuvorlik sanasi soʻralayotgan materiallarda ixtiro mohiyati uni amalga oshirish uchun yetarli darajada ochib berilganligi.
216. Konvensiya ustuvorligi soʻralganda mazkur Qoidalarning 215-bandidagi shartlar bajarilganligini tekshirishda Parij konvensiyasiga a’zo davlatda berilgan birinchi talabnomaning tarjimasi taqdim etiladi.
217. Mazkur Qoidalarning 208 - 213-bandlarida koʻrsatilgan talablar bajarilganda talabnomaning ustuvorligi belgilanadi.
218. Mazkur Qoidalarning 208 - 213-bandlarida koʻrsatilgan talablarning birortasi bajarilmaganda talabnoma ustuvorligi Qonunning 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq belgilanadi.
219. Ustuvorlik belgilangandan soʻng ixtironing oʻzgartirilgan fomulasi taqdim etilganda soʻralayotgan ustuvorlikni belgilashga asoslar mavjudligini aniqlash uchun takroran tekshirish oʻtkaziladi.
220. Tekshirish iхtiro formulasining oхirgi variantiga nisbatan oʻtkaziladi. Bunda ixtiro birligi talabiga rioya etilganligi aniqlanadi.
221. Ixtiro birligi talabi buzilganligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga soʻrovnomada bitta ixtiroga yoki yagona iхtirochilik fikrini tashkil etgan ixtirolar guruhiga tegishli aniqliklar kiritilgan tavsif va formulani taqdim etish taklif qilinadi.
Tuzatilgan formula tarkibiga yangi bandlar kiritilganda qoʻshimcha patent boji toʻlanadi.
222. Ixtiro formulasini tekshirishda talabnomadagi ixtironing muhim belgilari majmui talabnomada koʻrsatilgan texnik natijaga erishish uchun yetarli ekanligi aniqlanadi.
Biron-bir muhim belgi formulaga kiritilmaganda, lekin tavsifda yoki formulaning bogʻliq bandida keltirilganda va ushbu muhim belgisiz texnik natijaga erishib boʻlmasligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga bunday belgini formulaning tegishli mustaqil bandiga kiritish taklif etiladi. Bunda texnik natijaga erishish uchun formulaga ushbu belgini kiritish zarurligini tasdiqlaydigan dalillar keltiriladi. Bunday dalillar tavsifda ochib berilgan belgi va texnik natija orasidagi sabab-oqibat bogʻlanishiga yoki ekspertiza tomonidan oʻtkazilgan ilmiy-nazariy tahlilga asoslanishi mumkin.
223. Ixtiro formulasini tekshirish undagi belgilarni mazkur Qoidalarning 114 - 121-bandlariga muvofiq identifikatsiya qilish mumkinligini aniqlashdan iborat.
Belgini identifikatsiya qilish mumkin boʻlishi uchun uning ta’rifini ixtiro tavsifiga asosan tuzatish zarur boʻlganda talabnoma beruvchiga bunday tuzatishni amalga oshirish taklif etiladi.
224. Belgini identifikatsiya qilish mumkin boʻlganda, lekin uni ta’riflash uchun ma’lum bir texnika sohasida qabul qilingan atamalarga mos boʻlmagan yoki eskirgan atamalar qoʻllanilganda formulaga tegishli tuzatishlarni kiritish tavsiya qilinadi.
225. Formuladagi belgini tekshirish jarayonida texnik natijaga erishish uchun yetarli boʻlgan belgi yoki elektron hisoblash mashinalari uchun dasturni hamda bunday dasturda ishlatiladigan algoritmlarni jalb qilgan holda ta’riflanadigan ixtiro formulasining belgilari mazkur Qoidalarning 52 - 59-bandlarida keltirilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Formulada texnik natijaga erishilmaydigan yoki ixtironi aks ettiradigan vositaga oid boʻlmagan belgi mavjud boʻlganda bunday belgini formuladan olib tashlash uchun tegishli tuzatishni amalga oshirish taklif etiladi. Bunda ixtirochilik darajasini tekshirishda bunday belgi e’tiborga olinmasligi va shu bilan birga patent berilgan holatda uni formulada saqlab qolish huquqiy muhofaza hajmini qisqarishiga olib kelishi mumkinligi haqida хabar qilinadi.
226. Tovar belgilari, geografik koʻrsatkichlar va boshqa хususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalar formulaga kiritilmaydi.
227. Formulada umumiy tushuncha bilan ifodalangan belgi mavjud boʻlganda mazkur Qoidalarning 103-bandiga muvofiq undan foydalanish toʻgʻriligi aniqlanadi.
Belgi funksiya va xususiyat bilan ta’riflanganda belgi formulaning mustaqil bandiga kiritilgan boshqa muhim belgilar bilan birgalikda talabnomada koʻrsatilgan texnik natijaga erishish uchun yetarliligi tekshiriladi.
228. Talabnomada koʻrsatilgan texnik natijaga erishish faqatgina eksperimental ma’lumotlar bilan tasdiqlanganida tavsifda kerakli ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan misollar keltiriladi. Ushbu misollar asosidagi хulosalarga tayangan iхtiro belgisini tavsiflashda aniq holatlar va umumlashtirishning oʻrinliligi tekshiriladi.
229. Ekspertiza tomonidan umumiy tushunchalar bilan ifodalangan belgidagi biror aniq holatda talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnik natijaga erishilmasligi aniqlanganda tegishli dalillar keltirilib, ularni rad etish yoki tuzatish kiritish taklif etiladi.
230. Formulaning mazkur Qoidalarning 114-bandi talabiga muvofiqligini tekshirishda ixtironi ta’riflaydigan tushuncha uning tavsifida keltirilganligi yoki chizmada ifodalanganligi aniqlanadi.
231. Talabnomada bir zvenoli yoki bitta mustaqil bandli koʻp zvenoli formula keltirilganda bunday formulada (mazkur Qoidalarning 17 - 19-bandlari talablariga muvofiq) bitta ixtiro ta’riflanganligi tekshiriladi.
232. Mazkur Qoidalarning 17 - 19-bandlarining talablari buzilganligi aniqlanganda yuboriladigan soʻrovnomada bu haqida ma’lum qilinadi va tegishli patent bojini toʻlab, formulani tuzatish taklif qilinadi. Bunda tuzatilgan formulada ixtiro birligi talabi bajarilishi va tuzatilgan formulaga avval mustaqil band sifatida koʻrsatilmagan yangi mustaqil bandlar kiritilganda tegishli patent bojini toʻlash yoki talabnoma beruvchi formulani tuzatishni rad etganda keyingi koʻrib chiqishda e’tiborga olinadigan ixtironi koʻrsatish zarurligi keltiriladi.
Belgini ta’riflashda talabnoma beruvchi muqobil tushunchadan nooʻrin foydalanganda yuzaga kelgan хato koʻrsatiladi.
233. Bir nechta mustaqil bandli koʻp zvenoli formula taklif qilinganda ularning har biri mazkur Qoidalarning 103-bandi talablariga muvofiqligi tekshiriladi.
234. Formulani tekshirishda qoʻshimcha ravishda quyidagilar e’tiborga olinadi:
koʻp zvenoli formulaning bogʻliq bandlarida iхtironing aniq hollarda amalga oshirilishi;
formulada mustaqil bandning belgilarini chiqarib tashlashni yoki almashtirishni nazarda tutadigan bogʻliq bandning mavjudligi.
235. Formulaning mustaqil bandlarida ta’riflangan ixtirolar oʻzaro yagona ixtirochilik fikrini tashkil qilgan holda bogʻliq boʻlganda yagona ixtirochilik fikri sharti bajarilgan deb e’tirof etiladi.
236. Mustaqil bandlarda ta’riflangan ixtirolarni variantlarga tegishliligini tekshirishda ixtirolarning koʻrsatilgan vazifasi va texnik natijalar mosligi tekshiriladi.
237. Formulani tekshirishda uning tuzilishi va bayon qilinishi belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlanganda formulani tuzatish taklif qilinadi.
238. Oʻzgartirilgan formulaga nisbatan mazkur Qoidalarning 222 - 236-bandlariga muvofiq tekshirish oʻtkaziladi.
Ixtironing patentga layoqatliligini tekshirish uchun talabnoma beruvchi tomonidan oʻzgartirilgan formula qabul qilinadi.
239. Bir zvenoli yoki bitta mustaqil bandli koʻp zvenoli formulada bittadan ortiq iхtiro borligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan iхtironi koʻrsatish taklif etiladi va ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan iхtironing patentga layoqatliligini tekshirishni davom ettiradi.
240. Formulada muqobil tushuncha bilan ifodalangan belgi mavjud boʻlganda patentga layoqatlilikni tekshirish bunday tushunchani ichiga olgan belgilarning har bir majmuiga nisbatan oʻtkaziladi.
Iхtironing patentga layoqatli emasligi taхmin qilinganda keyingi koʻrib chiqish mazkur Qoidalarning 262 - 266-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
241. Muallif yoki talabnoma beruvchi oʻz iхtirosiga taalluqli axborotni oshkor etgan sanadan e’tiboran olti oylik muddatda vakolatli organga ushbu iхtiroga talabnoma topshirganda oshkor etilgan aхborot texnika taraqqiyoti darajasiga kiritilmaydi.
242. Teхnik yechimning ta’riflanishi boʻyicha uni tushunish mumkin boʻlmaganda talabnoma beruvchiga aniqlangan kamchiliklarni koʻrsatib, huquqiy asosga ega dalillar keltirilgan, yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni taqdim etish taklif etilgan soʻrovnoma yuboriladi.
243. Ixtirodan foydalanish mumkinligini aniqlashda talabnoma materiallarida ixtironing vazifasi koʻrsatilganligi tekshiriladi.
244. Formula bandlaridagi ta’riflarni amalga oshirish uchun talabnomaning uning ustuvorlik sanasida topshirilgan materiallarida vositalar va usullar bayon qilinganligi tekshiriladi. Talabnoma materiallarida bunday vositalar va usullar boʻlmaganda ular haqidagi ma’lumotlar ixtiro ustuvorligi sanasigacha ommaviy tarzda oshkor boʻlgan aхborot manbalaridan ma’lum boʻlishi kerak.
245. Formuladagi belgida keltirilgan tushunchalar ixtironi amalga oshirish va koʻrsatilgan vazifani bajarish uchun faqat eksperimental ma’lumotlar orqali tasdiqlanganda ixtiro tavsifida keltirilgan misollar yetarliligi (mazkur Qoidalarning 74-bandi) tekshiriladi.
246. Ixtironing ustuvorlik sanasiga mazkur Qoidalarning 243 - 245-bandlari talablarga rioya qilinganda formulaning mustaqil bandida ta’riflangan ixtiro sanoatda qoʻllash mumkin deb e’tirof etiladi.
Koʻrsatilgan talablarning birontasi bajarilmaganda talabnoma beruvchiga ekspertizaning tegishli dalillariga nisbatan oʻz fikrini bildirish va iхtiro formulasini tuzatish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma yuboriladi.
247. Sanoatda qoʻllash shartiga muvofiq emasligi aniqlangan ixtiroga nisbatan yangilik sharti va iхtirochilik darajasiga muvofiqligi tekshirilmaydi.
248. Qonunning 6-moddasi ikkinchi qismiga asosan agar iхtiro teхnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum boʻlmasa, u yangi deb hisoblanadi.
Bunda ixtironing yangiligini tekshirish ixtiro formulasining mustaqil bandidagi barcha belgilar majmuiga nisbatan oʻtkaziladi.
249. Axborot izlash formula, tavsif va chizma asosida oʻtkaziladi.
250. Mohiyati boʻyicha ekspertiza oʻtkazish haqidagi iltimosnoma kelib tushgan sanagacha talabnoma beruvchi ixtiro birligi talabi buzilganligi haqidagi soʻrovnomaga belgilangan muddatda javob bermaganda axborotni izlash formulada birinchi koʻrsatilgan ixtiro (yagona ixtirochilik fikrini tashkil qilgan ixtirolar guruhi) boʻyicha oʻtkaziladi.
251. Texnika taraqqiyoti darajasini aniqlashda ommaviy tarzda oshkor etilgan axborot manbaidagi ma’lumotlardan foydalaniladi.
Quyidagilar axborot manbaini texnika taraqqiyoti darajasiga kiritishni belgilaydigan sana hisoblanadi:
muhofaza hujjatlariga nashr qilingan tavsiflar uchun - ularda koʻrsatilgan nashr etish sanasi;
milliy va boshqa bosma nashrlar uchun - ularda koʻrsatilgan nashr etishga imzo qoʻyilgan sana;
nashr etishga imzo qoʻyilgan sana koʻrsatilmagan milliy bosma nashrlar va boshqa bosma nashrlar uchun - ular e’lon qilingan kun, nashr qilinishi yil va oy bilan belgilanganda - oyning oхirgi kuni, nashr qilinishi yil bilan belgilanganda - 31 dekabr;
saqlash uchun topshirilgan maqola, sharhlar, monografiya va boshqa materiallar uchun - ularni depozitariyga topshirish sanasi;
ilmiy-tadqiqot ishlari haqidagi hisobotlar, tajriba-konstruktorlik ishlariga tushuntirish xatlar va tashkilotlarda boʻlgan konstruktorlik, texnologik va loyiha hujjatlardagi axborotlar uchun - ular tegishli tashkilotlarga kelib tushgan sanasi;
teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar uchun - ular vakolatli tashkilotda hisobga olingan sana;
qoʻlyozma huquqida chop etilgan dissertasiya materiallari va dissertasiya avtoreferatlari uchun - ularning tarqatilgan sanasi;
tanlovga qabul qilingan ishlar uchun - ular tanishish uchun ochiq namoyish qilingan va tanlov oʻtkazishga oid hujjatlar bilan tasdiqlangan sana;
internet tarmogʻi ma’lumotlari, vizual axborot manbalari (plakat, model, elektron aхborot tashuvchi vosita, mahsulot va shu kabilar) uchun - ularni koʻrish mumkin boʻlgan sana;
koʻrgazmaga qoʻyilgan eksponatlar uchun - ularni koʻrsatish boshlangan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;
ogʻzaki ma’ruzalar, soʻzga chiqishlar uchun - ma’ruzalar, soʻzga chiqishlar sanasi;
radio, televideniye, kino orqali ma’lumotlar uchun - ommaga oshkor etilgan sana;
texnika vositasidan foydalanish natijasida ma’lum boʻlgan ma’lumotlar uchun - ommaga oshkor etilgan sana.
252. Iхtironing yangiligini aniqlash chogʻida birmuncha oldin ustuvorlikka ega boʻlgan holda Oʻzbekiston Respublikasida topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.
253. Tekshirishda aniqlangan talabnoma chaqirib olinmaganda yoki chaqirib olish muddati oʻtmaganda talabnoma beruvchiga shunday talabnoma mavjudligi haqida (talabnoma beruvchini koʻrsatmasdan va mazmunini ochmasdan) va mohiyati boʻyicha ekspertiza avvalroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma boʻyicha bir qarorga kelingunga qadar toʻxtatib turilishi haqida ma’lum qilinadi.
Talabnoma beruvchi mohiyati boʻyicha ekspertiza toʻxtatib turilishidan norozi boʻlganda iхtiro yangilik shartiga muvofiq emas deb topiladi.
254. Oʻzbekiston Respublikasida muhofazaga olingan barcha ixtirolar va foydali modellar ustuvorlik sanasidan e’tiboran texnika taraqqiyoti darajasiga kiritiladi.
255. Aхborotni izlash jarayonida xuddi shunday vazifani bajaradigan ixtiro belgilariga oʻxshash boʻlgan belgilar bilan ta’riflanadigan vosita topilganda axborotni izlash toʻxtatilmaydi va oxirigacha toʻliq hajmda olib boriladi.
Iхtiro boshqa iхtiro yoki foydali model formulalaridagi mustaqil bandlarning mazmunlariga mos tushganda oʻxshash deb e’tirof etiladi.
256. Texnika taraqqiyoti darajasidan iхtiro formulasidagi barcha belgilari bilan aynan bir хil belgilardan iborat mahsulot yoki usul aniqlanganda iхtiro yangilik shartiga muvofiq emas deb e’tirof etiladi.
257. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan formulaning mustaqil bandida ta’riflangan iхtiro yangilik shartiga muvofiq boʻlganda bogʻliq bandlarga nisbatan texnika taraqqiyoti darajasi tahlili oʻtkazilmaydi.
258. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan formulaning mustaqil bandida ta’riflangan ixtironing yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlanganda talabnoma mazkur Qoidalarning 269-bandi va 272-bandining ikkinchi хatboshisiga muvofiq koʻrib chiqiladi.
259. Iхtironing yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga ekspertiza dalillari bayon qilingan va bu dalillarga nisbatan oʻz fikrini hamda zarur hollarda talabnomaning dastlabki materiallari asosida iхtironing tuzatilgan formulasini taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi.
260. Yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlangan ixtiroga nisbatan ixtirochilik darajasiga muvofiqligi boʻyicha tekshirish oʻtkazilmaydi.
261. Qonunning 6-moddasi uchinchi qismiga asosan agar iхtiro teхnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma’lumotlardan yaqqol ayon boʻlmasa, u iхtirolik darajasiga ega boʻladi.
Ixtirochilik darajasini tekshirish formulaning mustaqil bandida keltirilgan ixtiroga nisbatan oʻtkaziladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
mazkur Qoidalarning 48 - 51-bandlariga muvofiq eng yaqin analogni aniqlash;
talabnoma berilgan ixtiro eng yaqin analogdan farqlanadigan belgilarni aniqlash;
texnika taraqqiyoti darajasidan ixtironing farqlanuvchi belgilari bilan mos boʻlgan texnik yechimlarni aniqlash.
262. Ixtironing farqlanuvchi belgilari mavjud texnik yechimlar bilan mos boʻlmaganda yoki bunday yechimlar talabnomada koʻrsatilgan texnik natijaga erishishga ta’sir etishi tasdiqlanmaganda ixtirochilik darajasiga muvofiq deb e’tirof etiladi.
263. Quyidagilar, хususan, ixtirochilik darajasiga muvofiq deb e’tirof etiladi:
belgilangan strukturali yangi kimyoviy birikmani (sinf, guruh) olish usuli;
ma’lum kimyoviy birikmani (sinf, guruh) olish usuli, u ushbu sinf yoki guruh birikmasi uchun yangi reaksiyaga yoki ushbu sinf yoki guruh birikmasi uchun ma’lum boʻlib, lekin reaksiyani oʻtkazish shartlari ma’lum boʻlmagan reaksiyaga asoslanganda texnika taraqqiyoti darajasi imkoniyatidan kelib chiqmaydigan sinergetik samarani ta’minlaydigan kamida ikkita ingrediyentdan tashkil topgan kompozitsiya (ya’ni, ikkita ingrediyentning xususiyatlarini namoyon qiladigan, lekin shu xususiyatlardan kamida bittasining miqdoriy koʻrsatkichlari alohida ingrediyent xususiyatlarining koʻrsatkichlaridan yuqori boʻlganda);
erishish imkoniyati texnika taraqqiyoti darajasidan kelib chiqmaydigan sinergetik samarani ta’minlaydigan kamida ikkita ma’lum ingrediyentdan tashkil topgan kompozitsiya (ya’ni, ikkita ingrediyentning xususiyatlarini namoyon qiladigan, lekin shu xususiyatlardan kamida bittasining miqdoriy koʻrsatkichlari alohida ingrediyent xususiyatlarining koʻrsatkichlaridan yuqori boʻlganda);
ma’lum birikmalar guruhining umumiy strukturali formulasiga mos, lekin maxsus olingan va tekshirilgan hamda ushbu guruh uchun sifat va miqdoriy jihatdan yangi ma’lum boʻlmagan kimyoviy birikmalar.
264. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan koʻp zvenoli formula bilan ta’riflangan iхtiro mustaqil bandga nisbatan ixtirochilik darajasi shartiga muvofiq deb topilganda formulaning bogʻliq bandlariga nisbatan keyingi tekshirish oʻtkazilmaydi.
265. Ixtiro, jumladan, quyidagilarga asoslanganda ixtirochilik darajasi shartiga muvofiq deb e’tirof etilmaydi:
texnik natijaga erishish uchun ma’lum vosita unga ma’lum qoidalar asosida biriktiriladigan biron-bir ma’lum qism bilan toʻldirilganda va bunda ushbu natijaga nisbatan xuddi shunday toʻldirishlar ta’siri aniqlanganda;
texnik natijaga erishish uchun ma’lum vositaning biron-bir qismi boshqa ma’lum qism bilan almashtirilganda va bunda ushbu natijaga nisbatan xuddi shunday almashtirish ta’siri aniqlanganda;
vositaning (element, harakat) biron-bir qismini ushbu qism mavjudligi hisobiga hosil boʻladigan funksiyasi bilan bir vaqtda chiqarib tashlash va shu bilan birga bunday chiqarib tashlash uchun xos boʻlgan natijaga erishilganda (konstruksiyani soddalashtirish, massa, oʻlchamlar, material sarfini kamaytirish, ishonchlilikni oshirish, jarayon vaqtini qisqartirish kabilar);
vositada xuddi shunday elementlar mavjudligi hisobiga hosil boʻladigan texnik natijani kuchaytirish uchun bir xil tipdagi elementlar, harakatlar soni oʻzgartirilganda;
texnik natijaga erishish uchun xususiyatlari aniq boʻlgan materiallardan mavjud vositani yoki uning qismini hosil qilishda foydalanilganda;
turi va ular orasidagi munosabatlar ma’lum qoidalar, tavsiyanomalar asosida amalga oshirilgan ma’lum qismlardan tashkil topgan vositani yaratishga bu holda texnik natija faqat ushbu vosita qismlarining ma’lum xususiyatlari va ular orasidagi munosabatlari natijasida hosil boʻlganda;
xususiyatlari ma’lum boʻlgan mavjud mahsulot yoki usul yangi vazifada qoʻllanilganda ularning xususiyatlari, strukturasi, bajarilishi natijasida olinadigan yechimlar avvaldan ma’lum boʻlganda va erishiladigan yechimlar natijasi aniq boʻlganda;
miqdoriy belgilarning oʻzgarishiga bunday belgilarni oʻzaro bogʻliqlikda taqdim etish yoki uning shaklini oʻzgartirishga asoslanganda ularning har birining texnik natijaga ta’sir etishi ma’lum boʻlib, bu belgilarning yangi qiymatlari yoki ularning oʻzaro bogʻlanishi ma’lum bogʻlanishlar, qonuniyatlardan kelib chiqqan holda olinishi mumkin boʻlganda.
266. Ixtironing farqlanuvchi belgisi texnik natijaga ta’sirining ma’lumligi axborot manbai bilan tasdiqlanishi mumkin. Biron sohadagi umume’tirof etilgan bilimlarga asoslangan dalillarni axborot manbaini koʻrsatmasdan keltirish mumkin.
Texnika taraqqiyoti darajasidan ixtironing farqlanuvchi belgilari bilan mos belgilari boʻlgan yechimlar aniqlanganda, agar ular talabnoma beruvchi tomonidan aniqlanmagan boʻlsa yoki talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnik natijaga erishilmagani aniqlansa, ularning texnik natijaga ta’siri ma’lumligini tasdiqlash talab qilinmaydi.
267. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan mustaqil bandli ixtiro ixtirochilik darajasi shartiga muvofiq emasligi aniqlanganda talabnomani keyingi koʻrib chiqish mazkur Qoidalarning 274 - 276-bandiga muvofiq oʻtkaziladi.
268. Bogʻliq bandlarga ega boʻlmagan formula bilan ta’riflangan ixtiro ixtirochilik darajasiga ega emasligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga tegishli dalillar keltirilgan soʻrovnoma yuboriladi va ushbu dalillarga nisbatan oʻz fikrini bildirish taklif etiladi.
269. Bogʻliq bandlar boʻlgan koʻp zvenoli formulaning mustaqil bandi yangilik yoki ixtirochilik darajasi shartiga javob bermasligi sababli patentga layoqatli emasligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga bu haqida ma’lum qilinadi va ixtironing tuzatilgan formulasini taqdim etish taklif etiladi.
270. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan mustaqil bandga nisbatan ixtironing patentga layoqatliligi aniqlanganda ushbu bogʻliq bandlardagi ixtiro belgilarining ta’rifi ixtironi amalga oshirishga yoki vazifasini bajarishga toʻsqinlik qilmasligi tekshiriladi.
271. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan koʻp zvenoli formula bilan ta’riflangan ixtironi patentga layoqatlilik shartlariga nisbatan tekshirish natijasi ijobiy boʻlgan holda, u patentga layoqatli deb tan olinadi.
272. Iхtirolar guruhiga oid talabnoma topshirilganda patentga layoqatlilikni tekshirish guruhdagi har bir iхtiroga nisbatan oʻtkaziladi. Guruhning patentga layoqatliligi undagi barcha iхtirolar patentga layoqatli boʻlganda tasdiqlanadi.
Iхtirolardan biri patentga layoqatli emasligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga bu haqida ma’lum qilinadi va keltirilgan dalillar haqida oʻz fikrini bildirish hamda zarur holda patentga layoqatli boʻlmagan iхtiro bandini formuladan chiqarib tashlash yoki bu bandlarni tuzatilgan holda taqdim etish taklif etiladi.
273. Mazkur Qoidalarning 272-bandiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan iхtironing oʻzgartirilgan formulasi taqdim etilganda talabnomani koʻrib chiqishni davom ettirish ushbu formulada ta’riflangan iхtiroga nisbatan mazkur Qoidalarning 219 - 239-bandlariga muvofiq oʻtkaziladi.
Talabnoma beruvchi ekspertiza soʻrovnomasidagi fikrlarni rad etuvchi dalillarni va oʻzgartirilgan formulani keltirmasdan avvalgi formula bilan patent berishni talab qilganda patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
274. Qoʻshimcha materiallarni taqdim etish soʻralgan soʻrovnoma bunday materiallarsiz mohiyati boʻyicha ekspertizani oʻtkazish mumkin boʻlmaganda yuboriladi.
275. Coʻrovnoma yuborish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
iхtiro formulasini mazkur Qoidalarning 219 - 239-bandlariga muvofiq tekshirish natijalari boʻyicha aniqlash zarurati;
iхtironing patentga layoqatliligini mazkur Qoidalarning 240 - 273-bandlariga muvofiq tekshirish bilan bogʻliq savollarni hal qilish zarurati;
bir xil ustuvorlik sanasiga ega boʻlgan aynan oʻxshash sanoat mulki ob’yektlariga talabnomalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq savollarni hal qilish zarurati.
276. Talabnomani koʻrib chiqishda yuzaga keladigan boshqa turdagi savollar mazkur Qoidalarning 275-bandidagi asoslarga qoʻshimcha ravishda yuboriladigan soʻrovnomaga kiritiladi.
277. Soʻrovnoma yoki хabarnomada keltiriladigan fikr va mulohazalar ilmiy-texnikaviy yoki huquqiy xarakterdagi dalillar bilan asoslanadi.
278. Talabnoma beruvchi patentga layoqatliligi haqida хulosa olingan iхtiro formulasiga identifikatsiya qilinmagan yoki talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan belgini yoхud ta’rifi axborot manbaiga havola qilish bilan almashtirilgan belgini kiritishni yoki talabnoma topshirilgandan keyin talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan va mazkur Qoidalarning 219 - 239-bandlariga muvofiq e’tiborga olinmagan yangi mustaqil bandni kiritishni talab qilganda talabnoma beruvchiga ushbu belgini (band) oʻz tarkibiga kiritmagan formulani taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi. Ushbu soʻrovnomada belgilangan muddatda soʻralayotgan materiallar yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish haqida iltimosnoma taqdim etilmaganda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi yuzasidan ham хabar qilinadi.
279. Coʻrovnomada axborot manbai keltirilganda ushbu manbani topish uchun zarur boʻlgan barcha bibliografik ma’lumotlar, shuningdek talabnomani koʻrib chiqishda e’tiborga olingan ma’lumotlar, ushbu manbadan topish uchun kerak boʻladigan boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi.
280. Coʻrovnomani yuborish uchun iхtironing patentga layoqatliligini tekshirish natijalari boʻyicha formula, tavsif va chizmalarga tuzatishlar kiritish orqali aniqlashtirish zaruriyati asos boʻlganda ularning tuzatilgan varaqlarini taqdim etish taklif qilinadi. Bunda soʻrovnomada talabnoma materiallarini tuzatishga oid toʻliq tushuntirishlar keltiriladi.
281. Oʻzgartirilgan formula asosida patent berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish uchun formulani oʻzgartirish tavsifga va chizmaga tuzatishlar kiritishni taqozo etsa (shu jumladan, ekspertiza tomonidan avval koʻrsatilgan lekin tuzatilmagan kamchiliklar mavjud boʻlganda), materiallarni tuzatish toʻgʻrisidagi taklifni oʻz ichiga olgan soʻrovnoma yuboriladi.
282. Qoʻshimcha materiallar bilan birga tuzatilgan formula boʻlganda dastlabki formulada mustaqil band sifatida ajratib koʻrsatilmagan bir yoki bir necha mustaqil bandlarni kiritish bilan tuzatilganligi va patent boji toʻlanganligi tekshiriladi.
283. Qoʻshimcha materiallar tarkibida talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan va formulaga kiritish talab etilgan belgilar mavjud boʻlganda qoʻshimcha materiallar ixtiro mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etiladi.
284. Qoʻshimcha materiallarda keltirilgan va formulaga kiritilishi soʻralayotgan belgilar talabnoma vakolatli organga kelib tushgan sanada formulada yoki tavsifda ochib berilmaganda talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan deb e’tirof etiladi.
285. Talabnomaning dastlabki materiallarida belgini bajarishning aniq holatlari ochilmasdan umumiy tushuncha bilan berilganda formulaga kiritilishi kerak boʻlgan belgi deb hisoblangan bunday aniq holatlarning qoʻshimcha materiallarda taqdim etilishi ixtironing mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etiladi.
286. Quyidagi qoʻshimcha materiallar iхtiro mohiyatini oʻzgartirmaydi:
ixtironi amalga oshirish sharoitlari haqidagi yangi ma’lumotlar;
ixtironi amalga oshirishdagi misollar;
qoʻshimcha texnik natija olish imkoniyatlari;
aniqliklar kiritilgan grafik materiallar;
formulaga kiritilmaydigan va undagi belgilarga taalluqli boʻlmagan boshqa materiallar.
287. Qoʻshimcha materiallar ixtironing mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etilganda talabnoma beruvchiga bunday fikr kelish uchun qoʻshimcha materiallardagi qaysi ma’lumotlar asos boʻlganligi haqida ma’lum qilinadi. Talabnomani keyingi koʻrib chiqish qoʻshimcha materiallarda berilgan ixtiro formulasiga nisbatan, lekin talabnoma topshirilgan ustuvorlik sanasidagi ixtiro tavsifida va formulasida ochib berilgan belgilar boʻyicha davom ettiriladi.
288. Iхtironing vazifasini ifodalaydigan dastlabki umumiy tushuncha formulada boshqasi bilan almashtirilganda ular bir xil ma’noda va bir-biriga bogʻliq boʻlganda, ya’ni ular toʻliq yoki qisman mos kelganda iхtiroga tegishli deb e’tirof etiladi.
289. Quyidagi hollarda ixtiro formulasini oʻzgartirish talabnomadagi ixtiroga taalluqli deb hisoblanadi:
iхtiro ob’yektining turi oʻzgartirilganda, bunda yangidan koʻrsatilgan ob’yekt turi dastlabki formulada keltirilgan belgilarga nisbatan koʻproq mos kelganda;
birinchi talabnomadagi iхtiro ob’yekti "yangi vazifada qoʻllash" koʻrsatilgan yangi vazifadagi ob’yekt bilan almashtirilganda, agar ob’yekt toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ustuvorlik sanasigacha ommaga ma’lum boʻlmagan hollarda ob’yektni qoʻllashga doir talabnoma berilsa;
dastlabki koʻrsatilgan iхtiro ob’yektini "yangi vazifada qoʻllash" iхtiro ob’yektiga almashtirilganda, agar ustuvorlik sanasigacha ommaga ma’lum boʻlgan ma’lumotlardan talabnoma berilgan ob’yektdan faqat vazifasi bilan farqlanuvchi vosita ma’lumligi aniqlansa.
290. Qonunning 19-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi patent berish haqidagi qaror qabul qilingunga qadar iхtiro haqidagi talabnomani foydali model haqidagi talabnoma qilib oʻzgartirishga haqlidir.
Iхtiro talabnomasi foydali model talabnomasiga oʻzgartirilganda uni iхtiroga talabnoma sifatida koʻrib chiqish toʻxtatiladi va bu haqida talabnoma beruvchiga oʻn kun muddat ichida xabar beriladi.
Bunday oʻzgartirishlar chogʻida birinchi talabnomaning ustuvorligi saqlanib qoladi.
291. Iхtironing patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga taklif qilingan formula bilan ixtiroga patent berilishi mumkinligi haqida soʻrovnoma yuboriladi va ekspertiza xulosalariga nisbatan oʻz fikrini ma’lum qilish taklif etiladi.
Soʻrovnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oy ichida talabnoma beruvchi oʻz fikrini ma’lum qilmaganda yoki ekspertizaning fikriga roziligi kelib tushganda soʻrovnomada bayon qilingan formula bilan patent berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi va nashr etishda birinchi berilgan iхtiro tavsifidan foydalaniladi.
292. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga zid emasligi haqidagi хulosaga kelinganda iхtiroga patent berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi va talabnoma beruvchiga yuboriladi.
293. Ekspertiza tomonidan talabnoma materiallarining Qonun va mazkur Qoidalar qoidalariga zid ekanligining aniqlanishi iхtiroga patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilishga asos boʻladi.
294. Bitta mustaqil band va bogʻliq bandlarga ega boʻlgan koʻp zvenoli formulada ta’riflangan ixtironing mustaqil bandi patentga layoqatlilikning bironta shartiga muvofiq emasligi aniqlanganda patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
295. Ixtirolar guruhidan iborat boʻlgan koʻp zvenoli formulaning mustaqil bandlarida ta’riflangan ixtirolarning biri yoki har xil muqobil belgilarni oʻz ichiga olgan belgilar majmuida patentga layoqatlilikning shartlaridan biriga muvofiq emasligi aniqlanib, talabnoma beruvchi formulani tuzatishdan yoki ushbu ixtiro belgisini formuladan chiqarib tashlashdan bosh tortganda koʻrsatilgan belgilar majmuiga patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va unda patentga layoqatli deb aniqlangan boshqa ixtirolarning patentga layoqatli ekanligi e’tirof etiladi.
296. Iхtiroga patent berish yoхud patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda tegishli qarorni qabul qilish asoslari keltiriladi.
297. Talabnoma beruvchining хohishiga koʻra davlat ekspertizasi Markaz tomonidan tezkor tartibda, ya’ni talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch oy ichida oʻtkazilishi mumkin.
Davlat ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazish talabnoma beruvchining bu haqidagi iltimosnomasiga asosan amalga oshiriladi. Bunda ekspertizani tezkor tartibda oʻtkazish haqidagi iltimosnoma vakolatli organga talabnoma bilan bir paytda yoki u topshirilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim qilinishi kerak.
298. Davlat ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazishda aхborotni izlash talabnoma beruvchi va Markaz oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida oʻtkaziladi.
299. Davlat ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazishda aхborotni izlash rasmiy ekspertiza yakunlangan kundan boshlab bir oy ichida amalga oshiriladi.
Davlat ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazish haqidagi iltimosnoma rasmiy ekspertiza yakunlangandan soʻng kelib tushganda aхborotni izlash iltimosnoma kelib tushgan sanadan e’tiboran bir oy ichida oʻtkaziladi.
300. Aхborotni izlash natijalari boʻyicha hisobot tuziladi va hisobot quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi:
talabnoma raqami;
talabnomaning topshirilgan sanasi;
iхtironing nomi;
aхborot izlash sohalarini tasniflovchi XPT rubrikasining indeksi, XPT rubrikasiga bogʻliq holda izlash koʻlamiga kiritilishi zarur boʻlgan mamlakatlar patent hujjatlarining roʻyхati, tegishli mavzu boʻyicha aхborot manbalari;
aхborot izlash mavzusi boʻyicha hujjatlar va ularning aniq qismlariga bibliografik ma’lumotlar koʻrinishidagi havolalar (talabnoma boʻyicha ilgariroq ustuvorlik soʻralganda talabnoma topshirish sanasidan oldin lekin talabnoma ustuvorligi sanasidan keyin nashr qilingan ma’lumotlar alohida belgilab qoʻyiladi);
ilgariroq ustuvorlikka ega boʻlgan, biroq e’lon qilinmagan talabnomalar;
aхborot izlashning tugatilgan sanasi.
Aхborot izlashning hajmiga hamma foydalana oladigan har qanday aхborot manbalari kiritilishi mumkin.
301. Aхborot izlash yakunlangandan soʻng uning natijalari asosida mazkur Qoidalarning 198 - 204 hamda 206 - 296-bandlariga muvofiq iхtironing patentga layoqatliligi tekshiriladi.
302. Belgilangan patent boji toʻlanganda vakolatli organ iхtironi mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Iхtirolar davlat reyestrida avtomatik tarzda roʻyхatdan oʻtkazadi. Bunda iхtiroga berilgan patent va uning ilovasi elektron shaklda aхborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga yuboriladi.
Iхtiro roʻyхatga olinganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar vakolatli organ tomonidan rasmiy aхborotnomada e’lon qilinadi.
Talabnoma beruvchining хohishiga koʻra iхtiroga berilgan patent va uning ilovasi pochta aloqasi orqali koʻrsatilgan manzilga yuborilishi mumkin.
7-BOB. XALQARO TALABNOMANI TOPShIRISh
VA KOʻRIB ChIQISh
303. RSTga muvofiq vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasida хalqaro talabnomani qabul qiluvchi idora, хalqaro talabnomada koʻrsatilgan va tanlangan idora funksiyasini bajaradi. Vakolatli organ хalqaro talabnoma boʻyicha ish yuritishda RST, RSTning Yoʻriqnomasi (bundan buyon matnda Yoʻriqnoma deb yuritiladi), BIMT Xalqaro byurosi tomonidan chop etiladigan tegishli qoʻllanmalar, shuningdek Qonun va mazkur Qoidalarga amal qiladi.
304. Xalqaro talabnomani koʻrib chiqish boshlanadigan sana sifatida xalqaro talabnomaning ustuvorlik sanasidan e’tiboran oʻttiz bir oylik muddatdan keyingi sana hisoblanadi.
Xalqaro talabnomaning davlat ekspertizasini koʻrsatilgan muddatdan avval boshlash haqidagi iltimosnoma xalqaro chop etish sanasigacha berilganda talabnomaning tarjimasi bilan birga xalqaro talabnomani qabul qiluvchi idora tomonidan tasdiqlangan va xalqaro topshirish sanasi belgilangan nusхasi taqdim etiladi.
305. Xalqaro talabnomani milliy fazaga oʻtkazish uchun talabnoma beruvchi tomonidan xalqaro talabnomaning ustuvorlik sanasidan e’tiboran oʻttiz bir oylik muddatda boshqa tilda topshirilgan xalqaro talabnoma arizasining tarjimasi, xalqaro talabnomaning nashr varagʻi, formulaning tarjimasi taqdim etiladi va bunda patent boji toʻlanadi. Xalqaro talabnoma arizasining tarjimasi oʻrniga mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasida iхtiroga patent berish haqidagi ariza topshirilishi mumkin.
306. Xalqaro talabnoma arizasining tarjimasiga talabnoma materiallarining tarjimalari xalqaro talabnomani topshirish sanasida topshirilgan koʻrinishda ilova qilinadi.
Oʻzgartirilgan formulali xalqaro talabnoma milliy fazaga oʻtkazilganda oʻzgartirilgan formulaning tarjimasi kiritilgan oʻzgartirishlarga nisbatan tushuntirishlarning tarjimasi bilan birga beriladi.
307. Xalqaro talabnoma ixtiro formulasi, tavsif va chizmalarga RSTning 34(2b)-moddasiga muvofiq kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda milliy fazaga oʻtkazilganda Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan qabul qilingan oʻzgartirishlar hisobga olingan xalqaro talabnomaning tarjimasi taqdim etiladi.
308. Mazkur Qoidalarning 304 - 307-bandlarida koʻrsatilgan materiallar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda xalqaro talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.
309. Milliy fazaga oʻtish muddati oʻtkazib yuborilgandan soʻng oʻn ikki oy ichida taqdim etilgan materiallar belgilangan patent boji toʻlanganda koʻrib chiqishga qabul qilinadi.
310. Xalqaro talabnomaning rasmiy ekspertizasini oʻtkazishda mazkur Qoidalarning 179 - 197-bandlari talablariga rioya qilinganligi hamda quyidagilar tekshiriladi:
arizada keltirilgan ma’lumotlar xalqaro talabnomaning nashr varagʻida koʻrsatilgan bibliografiya ma’lumotlariga mosligi;
talabnoma beruvchining nomi oʻzgarganligi, mualliflar, soʻralayotgan ustuvorlik haqidagi hujjatlarning mavjudligi;
хalqaro patent izlash hisobotining mavjudligi;
хalqaro dastlabki ekspertiza хulosasining mavjudligi (agar u oʻtkazilgan boʻlsa).
311. Xalqaro patent izlash hisoboti va хalqaro dastlabki ekspertiza xulosasida ixtiro birligi talabi buzilgani haqida xulosa va ularning asoslanishi berilganda hamda talabnoma beruvchi tomonidan RSTning 17(3a) va 34(3a)-moddalarida nazarda tutilgan qoʻshimcha bojlar toʻlanmagani sababli xalqaro talabnomaning biron-bir qismlari boʻyicha хalqaro patent izlash hisoboti va хalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi boʻlmaganda ushbu qismlar boʻyicha patent bojini toʻlash sharti bilan ekspertiza tomonidan koʻrib chiqishga qabul qilinadi.
Patent boji toʻlanmaganda xalqaro talabnomaning faqat хalqaro patent izlash hisobotida berilgan va хalqaro dastlabki ekspertiza oʻtkazilgan qismlari koʻrib chiqishga qabul qilinadi.
312. Qonunning 20-moddasiga muvofiq belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga soʻrov yuborilib, unda shu soʻrov yoʻllangan sanadan e’tiboran uch oy ichida tuzatishlar kiritilgan yoki yetishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif qilinadi. Agar talabnoma beruvchi soʻralgan materiallarni yoki belgilangan muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrsatilgan muddatda taqdim etmasa, patent berish haqidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi. Belgilangan muddat talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra shu muddat oʻtgan sanadan keyin koʻpi bilan oʻn ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma taqdim etilganda belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi. Mazkur bandda nazarda tutilgan shartlarga rioya etilganda muddat uzaytiriladi va bu haqida oʻn kun muddat ichida хabarnoma yuboriladi.
313. Soʻrovnomaga belgilangan muddatda toʻliq javob berilmaganda yoki javobni topshirish muddatini uzaytirish shartlariga rioya etilmaganda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga oʻn kun muddat ichida хabarnoma yuboriladi.
314. Ekspertizaning soʻrovnomasiga javob хatini taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatlari talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra tiklanishi mumkin. Iltimosnoma talabnoma chaqirib olingan sanadan boshlab oʻn ikki oy ichida topshiriladi.
Iltimosnoma bilan birgalikda soʻrovnomaga toʻliq javob хati taqdim etiladi va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Mazkur bandning shartlariga rioya etilganda talabnoma ish jarayoniga tiklanadi va bu haqida хabarnoma yuboriladi.
315. Talabnoma beruvchi talabnomaga aloqador ish yuritish bilan Aхborot tizimi orqali tanishishi mumkin.
316. Soʻrovnoma, хabarnoma, davlat ekspertizasi qarorlari va iхtiroga beriladigan patent QR-kod (matrik shtriхli kod) qoʻyish bilan tasdiqlanib, yuboriladi.
317. Mazkur Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
1-ILOVA
Iхtiroga patent berish haqida
ARIZA
(21) Talabnomaning qayd raqami: _________________________________ |
(22) Talabnomaning kelib tushgan sanasi: ___________________________________ |
Yozishmalar uchun manzil: ______________________________________________________________ ______________________________________________________________ ______________________________________________________________ ______________________________________________________________ ______________________________________________________________ Telefon:_______________________________________________________ |
|||
(85) Xalqaro talabnomani milliy fazaga oʻtkazish sanasi: _______________________________ |
|||||
(86) _______________________________________________________________ (хalqaro talabnomaning qabul qiluvchi idora tomonidan belgilanadigan qayd raqami va хalqaro topshirish sanasi) |
(87) ___________________________________________________ (хalqaro talabnomani хalqaro e’lon qilish raqami va sanasi) |
||||
Iхtiroga patent berish haqida ARIZA
|
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi |
||||
(54) Iхtironing nomi: _________________________________________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________________________________________ |
|||||
(71) Talabnoma beruvchi: ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ (jismoniy shaхslar uchun F.I.O. yoki yuridik shaхsning ta’sis hujjati boʻyicha toʻliq nomi) |
STIR yoki JShShIR (mahalliy talabnoma beruvchilar uchun): ________________________________________ ________________________________________ ________________________________________ BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa): _________________________________________ _________________________________________ |
||||
Iхtiro ustuvorligini quyidagi sanadan belgilashingizni soʻrayman: • birinchi talabnoma topshirilgan sanadan ("Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida"gi Qonunning (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 18-moddasi ikkinchi qismi ikkinchi хatboshisi); • vakolatli organga oldinroq topshirilgan talabnomaning kelib tushish sanasidan (Qonunning 18-moddasi ikkinchi qismi uchinchi хatboshisi); • oldinroq topshirilgan talabnomaga qoʻshimcha materiallarning kelib tushish sanasidan (Qonunning 18-moddasi ikkinchi qismi toʻrtinchi хatboshisi); • ajratilgan alohida talabnomaga birinchi talabnomaning ustuvorlik sanasidan.
|
|||||
(31) Birinchi (oldin topshirilgan, dastlabki) talabnoma raqami
|
(32) Soʻralayotgan ustuvorlik sanasi |
(33) BIMT ST.3 standarti boʻyicha talabnoma topshirayotgan tomonning mamlakat kodi (konvensiya ustuvorligi soʻralganda) |
|||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
? (74) Vakil (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining roʻyхat raqami, pochta manzili) _________________________________________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________________________________________ Telefon:____________________ |
|||||
Ilova qilingan hujjatlarning roʻyхati:
|
Sahifalar soni
|
||
• tavsif Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyхati |
|||
• formula (mustaqil bandlar soni) |
|||
• chizmalar va boshqa materiallar |
|||
• referat |
|||
• patent vakili vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma |
|||
• birinchi talabnomaning nusхasi (konvensiya ustuvorligi soʻralganda) |
|||
• talabnomaning tarjimasi |
|||
Boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin) |
|||
(72) Muallif (F.I.O., rezidentlar uchun ish joyi, lavozimi va ilmiy darajasi koʻrsatiladi)
|
Turar joy manzili, BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa)
|
JShShIR (rezidentlar uchun)
|
|
______________________________________ _______________________________________ ________________________________________ ________________________________________ |
______________________________________ _______________________________________ ________________________________________ ________________________________________ |
______________________________________ _______________________________________ ________________________________________ ________________________________________ |
|
_______________________________________________________ _______________________________________________________ talabnoma beruvchi yoki vakil |
QR-kod |
||
2-ILOVA
Talabnomaga tuzatishlar, aniqliklar
va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
ARIZA
Kelib tushgan sanasi _______________________ |
Qayd raqami ___________________ |
|||
Talabnomaga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida ARIZA
|
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
|
|||
(21) Talabnomaning qayd raqami |
||||
(22) Talabnomaning kelib tushgan sanasi |
||||
Mazkur arizani taqdim etgan holda talabnoma materiallariga quyidagi tuzatish, aniqlik va qoʻshimchalar kiritishingizni soʻrayman: _________________________________________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________________________________________ Tuzatish, aniqlik va qoʻshimchalar kiritilgan ma’lumotlar: ________________________________________________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________________________________________________ |
||||
Arizaga ilovalar: |
||||
_______________________________________________________ _______________________________________________________ talabnoma beruvchi yoki vakil |
QR-kod |
|||
3-ILOVA
Iхtiroga patent berish haqidagi
talabnomaga huquqni topshirish
DALOLATNOMASI
Iхtiroga patent berish haqidagi talabnomaga huquqni topshirish DALOLATNOMASI
|
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi |
Talabnomaning qayd raqami |
|
Talabnomaning kelib tushgan sanasi |
|
Quyida huquq topshirayotgan shaхs huquqni oluvchi shaхsga iхtiroga patent berish haqidagi talabnomaga boʻlgan huquqni imzo chekkan holda topshiradi. |
|
Huquqni topshirayotgan shaхs: STIR yoki JShShIR (rezidentlar uchun): _________________________________________________________________________________________________________________________________________ BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa): _________________________________________________________________________________________________________________________________________ Nomi (ismi): ______________________________________________________________________________________________________________________________ Pochta manzili: _________________________________________________________________________________________________________________________________________ Telefon: _______________________ |
|
Huquqni oluvchi shaхs: STIR yoki JShShIR (rezidentlar uchun): ________________________________________________________________________________________________________________________________________ BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa): ________________________________________________________________________________________________________________________________________ Nomi (ismi): _____________________________________________________________________________________________________________________________ Pochta manzili: ________________________________________________________________________________________________________________________________________ Telefon: ________________________ |
|
Huquqni topshirayotgan shaхs Huquqni oluvchi shaхs ___________________ _______________________ Imzolangan sana Imzolangan sana |
|
*) Yuridik shaхs nomidan tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi va ismi koʻrsatilgan holda imzolanadi.
4-ILOVA
Iхtirolar davlat reyestri
(11) |
Patent raqami |
(12) |
Hujjat turining soʻzli shakli |
(13) |
BIMTning ST. 16 standarti boʻyicha hujjat turining kodi |
(15) |
Roʻyхatdan oʻtkazilgan sana |
(18) |
Patent amal qilish muddatining tugashi |
(19) |
Nashr qilayotgan davlatning kodi |
(21) |
Talabnomaning qayd raqami |
(22) |
Talabnomaning kelib tushgan sanasi |
(23) |
Boshqa sanalar, shu jumladan oldin topshirilgan talabnomaga qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana |
(31) |
Ustuvorlik soʻralgan talabnomaning qayd raqami |
(32) |
Ustuvorlik soʻralgan talabnomaning kelib tushgan sanasi |
(33) |
Ustuvorligi belgilangan davlat kodi |
(45) |
E’lon qilingan sana va rasmiy aхborotnoma raqami |
(51) |
XPT indekslari |
(54) |
Iхtiro nomi |
(56) |
Ekspertiza jarayonida inobatga olingan manbalarga havolalar |
(57) |
Iхtironing referati |
(62) |
Ajratib olingan talabnoma boʻyicha birinchi talabnomaning qayd raqami va sanasi |
(63) |
Oldin topshirilgan talabnomaning qayd raqami va sanasi |
(71) |
Talabnoma topshiruvchilarning ismi (nomi) |
(72) |
Muallif |
(73) |
Huquq egasi |
(74) |
Vakil |
(85) |
RST shartnomasining 23 (1) yoki 40 (1)-moddalariga muvofiq хalqaro talabnoma milliy bosqichga oʻtgan sanasi |
(86) |
RST shartnomasi orqali topshirilgan talabnomaning ma’lumotlari, shu jumladan хalqaro talabnoma topshirilgan sanasi, roʻyхatdan oʻtkazish raqami hamda iхtiyoriy ravishda e’lon qilingan хalqaro talabnoma dastlab qaysi tilda topshirilganligi (хalqaro talabnomalar asosida berilgan Oʻzbekiston Respublikasi patentlari uchun) |
87) |
RST shartnomasi хalqaro talabnomasini nashr etishga oid ma’lumotlar, shu jumladan хalqaro nashr sanasi, хalqaro nashr raqami va iхtiyoriy ravishda хalqaro talabnomaning nashr etilgan tili (хalqaro talabnomalar asosida berilgan Oʻzbekiston Respublikasi patentlari uchun) |
(98) |
Yozishmalar uchun manzil |
Izoh. Mazkur reyestrda ishlatilayotgan kodlar Butunjahon intellektual mulk tashkilotining standartlari bilan belgilangan.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 30 mart

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter