Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Foydali modelga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalari (AV tomonidan 27.03.2026 y. 3802-son bilan roʻyхatga olingan adliya vazirining 27.03.2026 y. 13-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2026 yil 27 martda 3802-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

adliya vazirining

2026 yil 27 martdagi

13-mh-son buyruiga

ILOVA



Foydali modelga patent berish uchun talabnomani tuzish,

topshirish va koʻrib chiqish

QOIDALARI


Muqaddima

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Foydali modelning patentga layoqatlilik shartlari

3-bob. Talabnomaga doir talablar

4-bob. Hujjatlarni topshirish

5-bob. Talabnoma boʻyicha ishlarni olib borish

6-bob. Talabnomani koʻrib chiqish

7-bob. Xalqaro talabnomani topshirish va koʻrib chiqish

8-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ilova. Foydali modelga patent berish haqida ariza

2-ilova. Talabnomaga tuzatishlar, aniqliklar

va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida ariza

3-ilova. Foydali modelga patent berish haqidagi

talabnomaga huquqni topshirish dalolatnomasi

4-ilova. Foydali modellar davlat reyestri



Mazkur Qoidalar foydali modelga patent berish uchun talabnomani (bundan buyon matnda talabnoma deb yuritiladi) tuzish, topshirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushuncha va qisqartmalar qoʻllaniladi:


vakolatli organ - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;


Markaz - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi;


XPT - Xalqaro patent tasnifi;


BIMT - Butunjahon intellektual mulk tashkiloti;


RST - Patent kooperasiyasi toʻrisidagi shartnoma;


milliy faza - Oʻzbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq xalqaro talabnomani koʻrib chiqish.


2. Vakolatli organ tomonidan talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi va ushbu talabnoma Markaz tomonidan davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi.


3. Talabnoma berish muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan vakolatli organga beriladi. Talabnoma shaхsan, patent vakili yoki ishonchli shaхs orqali topshirilishi mumkin.


4. Foydali modelni roʻyхatga olish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.



2-BOB. FOYDALI MODELNING PATENTGA

LAYoQATLILIK ShARTLARI


5. Qonunning 7-moddasiga muvofiq agar foydali model sifatida koʻrsatilgan ob’yekt yangi boʻlsa va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.


6. Foydali modelning muhim belgilari majmui texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum boʻlmasa, u yangi deb hisoblanadi.


7. Texnika taraqqiyoti darajasi foydali model ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʻlgan har qanday ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.


8. Agar foydali modeldan amalda foydalanish mumkin boʻlsa, uni sanoatda qoʻllash mumkin deb hisoblanadi.


9. Qonunning 7-moddasi oltinchi qismiga muvofiq har qanday sohada mahsulot yoki usulga taalluqli boʻlgan texnik yechim foydali model sifatida e’tirof etiladi.


10. Foydali model sifatida mahsulotga qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, oʻsimlik yoki hayvon hujayralarining turlari kiradi.


11. Qurilmalarga konstruksiyalar, konstruktiv elementlar yoki konstruktiv elementlar majmui boʻlgan hamda funksional-konstruktiv birlikni tashkil qilgan buyumlar, mashinalar, asboblar, apparatlar, uskunalar, instrumentlar, mahkamlovchi buyumlar, mashina detallari, aloqa vositalari, qurilish konstruksiyalari va boshqalar kiradi.


12. Moddalarga:

kimyoviy birikmalar, shuningdek shartli ravishda yuqori molekulyar birikmalar va gen injeneriyasi mahsulotlari boʻlgan rekombinant nuklein kislotalar, vektorlar va boshqalar;

kompozitsiyalar (tarkiblar, aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va boshqalar);

yadroviy parchalanish mahsulotlari kiradi.


13. Mikroorganizmlar shtammlari, oʻsimlik yoki hayvon hujayralarining turlariga:

bakteriyalar, viruslar, bakteriofaglar, mikrosuvoʻtlari, mikroskopik zamburular va boshqalarning shtammlari;

oʻsimlik yoki hayvon hujayralarining turlari, shu jumladan hujayralarning klonlari;

mikroorganizmlar, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlarining konsorsiumlari;

mikroorganizmlar, oʻsimlik yoki hayvonning plazmidlari, vektorlari, barqaror transformasiyalangan hujayralarini oʻz ichiga olgan genetik konstruksiyalar, transgen oʻsimliklar va hayvonlar kiradi.


14. Foydali model sifatida usulga moddiy vositalar yordamida moddiy ob’ekt ustida хatti-harakatlarni amalga oshirish jarayoni kiradi.


15. Quyidagilar foydali model sifatida e’tirof etilmaydi:

ilmiy nazariyalar va matematika usullari;

tashkil etish va boshqarish usullari;

shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;

aqliy operasiyalarni bajarish qoidalari va usullari;

elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;

binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma tarhlari;

estetika talablarini qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan, buyumlarning faqat tashqi koʻrinishiga oid yechimlar;

integral mikrosxemalarning topologiyalari;

oʻsimlik navlari va hayvon zotlari;

jamoat manfaatlari, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.



3-BOB. TALABNOMAGA DOIR TALABLAR


16. Qonunning 16-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta foydali modelga yoki yagona ijodkorlik fikrini (foydali model birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy bolangan foydali modellar guruhiga taalluqli boʻlishi kerak.


17. Foydali model formulasida bitta foydali model tavsiflanganda foydali model birligi talabiga rioya etilgan deb hisoblanadi.


18. Foydali model formulasida quyidagi bir guruhdagi foydali modellar tavsiflanganda foydali model birligi talabiga rioya etilgan deb hisoblanadi:

foydali model formulasida bir turdagi (bir qancha qurilmalar, bir qancha turlar va boshqalar), bir xil maqsadda foydalanishga moʻljallangan, tubdan aynan bir xil yoʻl (variantlar) bilan aynan bir xil texnik natijani olishni ta’minlaydigan ob’yektlarga taalluqli foydali modellar guruhi;

biri ikkinchisini olish (tayyorlash) uchun moʻljallangan foydali model (masalan, qurilma yoki modda va qurilma yoki moddani butunlay yoki ularning bir qismini olish usuli);

biri ikkinchisini amalga oshirish uchun moʻljallangan foydali model (masalan, usul va usulni butunlay yoki uning harakatlaridan birini oshirish uchun qurilma);

biri ikkinchisidan (ikkinchisida) foydalanish uchun moʻljallangan foydali model (masalan, usulda foydalanish uchun moʻljallangan usul va qurilma, usul yoki qurilma va uning bir qismi, qurilma yoki moddani ulardan yangi maqsadda foydalanish uchun qoʻllash va ushbu maqsadga muvofiq ulardan foydalanish usuli, qurilma yoki moddadan yangi maqsadda foydalanish va tarkibiy qismi boʻlgan qurilma yoki kompozitsiya).


19. Talabnoma:

foydali modelning muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish soʻralayotgan boʻlsa, ana shu shaхs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili koʻrsatilgan patent berish haqidagi arizani;

foydali modelning uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq ochib berilgan tavsifini;

foydali modelning mohiyatini ifodalovchi hamda uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan formulasini;

agar foydali modelning mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizmalar va boshqa materiallarni;

foydali model referatini oʻz ichiga olishi lozim.


20. Boshqa tilda topshirilgan hujjatlar ularning tarjimalari boshqa tilda topshirilgan hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida topshirilganda vakolatli organga kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi, aks holda hujjatlar ularning tarjimalari kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi.


21. Konvensiya ustuvorligi soʻrab topshirilgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasi qatnashchisi boʻlgan davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning (bundan buyon matnda birinchi talabnoma deb yuritiladi) tasdiqlangan nusхasi va uning tarjimasi ilova qilinadi.

Bunda ushbu talabnomaning tasdiqlangan nusхasi va uning tarjimasi konvensiya ustuvorligi soʻralgan talabnoma vakolatli organga kelib tushgan sanadan boshlab uch oy muddatdan kechiktirilmay topshiriladi.

Birinchi talabnoma nusхasining tarjimasi talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi.

Birinchi talabnoma topshirilgan sanadan oʻn ikki oy oʻtgandan keyin, lekin ikki oydan kechiktirmay topshirilgan talabnoma boʻyicha konvensiya ustuvorligi soʻralganda tegishli patent boji toʻlanadi.


22. Talabnoma beruvchi tomonidan konvensiya ustuvorligini belgilash boʻyicha iltimosnoma vakolatli organga talabnoma topshirish vaqtida (arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki vakolatli organga talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat davomida topshirilishi mumkin.


23. Yangi mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralarining turlariga (liniyalari) oid patent berish haqidagi talabnomaga shtammning rasmiy vakolatga ega boʻlgan depozitariyda saqlanayotganligi toʻrisidagi hujjat ilova qilinadi.


24. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxatini oʻz ichiga olgan talabnomaga aynan ushbu roʻyxat yozilgan va BIMTga muvofiq tayyorlangan axborot (.pdf va .docx formatlarida) ilova qilinadi.


25. Foydali modelga patent berish haqidagi ariza mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shaklda topshiriladi.


26. Arizaning 21-kodli "Talabnomaning qayd raqami", 22-kodli "Talabnomaning kelib tushgan sanasi", 85-kodli "Xalqaro talabnomani milliy fazaga oʻtkazish sanasi" grafalari ariza vakolatli organga kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan.


27. Arizaning "Yozishmalar uchun manzil" grafasida хat oluvchining nomi (yuridik shaхslar uchun) yoki ismi (jismoniy shaхslar uchun), shuningdek, joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochtasidan kamida biri koʻrsatiladi.


28. Arizaning 86-kodli va 87-kodli grafalari RSTga muvofiq topshirilgan хalqaro talabnoma milliy fazaga oʻtkazilgan hollarda talabnoma beruvchi tomonidan toʻldiriladi.

86-kodli grafada foydali modelga xalqaro talabnomaning qabul qiluvchi idora tomonidan belgilanadigan qayd raqami va xalqaro topshirish sanasi keltiriladi.

87-kodli grafada foydali modelga xalqaro talabnomaning xalqaro e’lon qilish raqami va sanasi keltiriladi.


29. Arizaning 54-kodli "Foydali modelning nomi" grafasida talabnoma berilgan foydali modelning (foydali modellar guruhining) nomi keltiriladi va ushbu nom foydali modelning tavsifidagi nomga mos boʻlishi kerak.


30. Arizaning 71-kodli "Talabnoma beruvchi" grafasida talabnoma beruvchi toʻrisida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:

yuridik shaхsning rasmiy nomi (ta’sis hujjati boʻyicha) yoki jismoniy shaхsning toʻliq ismi, shuningdek:

rezidentlar uchun STIR yoki JShShIR, joylashgan yeri yoki turar joyi manzili;

norezidentlar uchun ism va nomlarning transliterasiyasi hamda BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa).

Patent bir necha shaxs nomiga soʻralayotganda yuqorida keltirilgan ma’lumotlar ularning har biri uchun alohida keltiriladi.


31. Arizaning ustuvorlikni belgilash toʻrisidagi iltimosnoma koʻrsatilgan grafasi vakolatli organga talabnoma kelib tushgan sanadan oldinroq ustuvorlik soʻralayotganda toʻldiriladi.

Konvensiya ustuvorligi soʻralayotganda arizaning 33-kodli "BIMT ST.3 standarti boʻyicha talabnoma topshirilgan mamlakat kodi" grafasida birinchi talabnoma topshirilgan mamlakat kodi koʻrsatiladi.


32. Talabnoma beruvchi tomonidan ish olib borish uning vakili orqali amalga oshirilganda arizaning 74-kodli "Vakil" grafasida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: vakilning toʻliq nomi yoki ismi, roʻyхat raqami (patent vakili boʻlsa), joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami.


33. Arizaning "Ilova qilingan hujjatlar" grafasida talabnomaga aloqador hujjatlar biriktiriladi.

Foydali model tavsifida "Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati" boʻlimi mavjud boʻlganida tegishli grafalarda sahifalarning umumiy miqdori koʻrsatiladi.

Talabnomada koʻrsatilgan nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati mazkur Qoidalarning 24-bandiga muvofiq taqdim etiladi.


34. Arizaning 72-kodli "Muallif" grafasida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:

muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, shuningdek:

rezidentlar uchun JShShIR, ish joyi, lavozimi va ilmiy darajasi, BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi;

norezidentlar uchun BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar kod belgilangan boʻlsa).


35. Foydali model nomi aniq, qisqa boʻlib foydali model mohiyatiga mos kelishi, foydali model tegishli boʻlgan ob’yektning umumiy tushunchasini aniqlashi va ob’yektning vazifasini tavsiflashi (uning bajaradigan funksiyasini yoki texnikaning qaysi sohasiga oid ekanligini koʻrsatishi) kerak.


36. Foydali model nomi, qoida tariqasida, XPTning ma’lum rubrikasiga mos kelishi kerak. Foydali model mohiyatiga mos rubrikani aniqlash mumkin boʻlmaganda foydali modelning nomi umumqabul qilingan terminologiyaga muvofiq koʻrsatiladi.


37. Foydali model nomida "masalan" va "xususan" kabi iboralar qoʻllanilmaydi.


38. Foydali model nomi atamaga xos yoki tavsiflovchi boʻlishi mumkin.

Atamaga xos nomlash texnikaning shu soha mutaxassisiga ma’lum boʻlgan ob’yektning muhim belgilari majmuini ular sanab oʻtilganligi yoki sanab oʻtilmaganligidan qat’iy nazar tavsiflashi kerak.

Tavsiflovchi nom ob’yektning vazifasi va uning texnikaga oid bir yoki turli xil sohalarda bajaradigan funksiyasi haqida tasavvur berishi kerak.


39. Foydali model nomi birlikda ifodalanadi, birlikda ishlatilmaydigan nomlar, umumiy struktura formulasi bilan aniqlanadigan kimyoviy birikmalarga oid foydali modellarning nomlari bundan mustasno.


40. Individual kimyoviy birikmaga oid foydali model nomiga kimyoda qabul qilingan nomenklatura boʻyicha nomi kiritiladi, shuningdek uning qanday aniq vazifada ishlatilishiga doir koʻrsatmasi, biologik faol birikmalar uchun biologik faollik turi keltiriladi.

Tuzilishi aniqlanmagan yuqori molekulyar birikmalarni olish usullariga oid foydali model nomiga birikmaning nomi va zarur boʻlganda uning vazifasi toʻrisida koʻrsatma kiritiladi.

Aniqlanmagan tarkibli modda-aralashmani olish usuliga oid foydali model nomiga vazifasi toʻrisida koʻrsatma yoki ushbu moddaning biologik faollik xususiyatlarini koʻrsatuvchi tushunchalar kiritiladi.


41. Mikroorganizm shtammi, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlariga (liniyalari) oid foydali modellar nomiga biologik ob’yektning lotin tilidagi oila turkumi va turiga oid nomi, shtamm turi va vazifasi koʻrsatilgan holda kiritiladi.

Genetik konstruksiyaga taalluqli foydali modelga uning vazifasi koʻrsatilgan holda nomlanishi kiritiladi.


42. Avvaldan ma’lum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllanilishiga oid boʻlgan foydali model nomi tegishli ob’yekt uchun qabul qilingan qoidalarga binoan tuziladi va avvaldan ma’lum boʻlgan ob’yektning yangi vazifasini tavsiflaydi.


43. Biri ikkinchisini olish (tayyorlash), amalga oshirish yoki foydalanish uchun moʻljallangan ob’yektlarga oid foydali modellar guruhining nomi bitta foydali modelning toʻliq nomi va ikkinchisining qisqartirilgan nomini oʻz ichiga oladi. Biri boshqasida foydalanish uchun moʻljallangan ob’yektlarga oid foydali modellar guruhining nomi guruhga kirgan foydali modellarning toʻliq nomi bilan ataladi. Variantlarga oid foydali modellar guruhining nomi bitta foydali modelning nomidan iborat boʻlib, "variantlar" degan soʻz bilan toʻldiriladi.


44. Foydali model nomi zarur boʻlganda lotin alifbosi simvollarini va arab raqamlarini oʻz ichiga oladi.

Foydali model nomiga atoqli otlar, norasmiy iboralar, abbreviaturalar, reklama, tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari, geografik koʻrsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, firma nomlari, geografik nomlar, "va boshqalar" soʻzlari hamda foydali modelni aniqlash maqsadlariga xizmat qilmaydigan boshqa soʻzlar kiritilmaydi.


45. Tavsif foydali model nomini keltirish bilan boshlanadi. Talabnoma berilayotgan foydali model tegishli boʻlgan XPT amaldagi tahriri rubrikasi belgilanganda ushbu rubrikaning indeksi foydali model nomi oldida keltiriladi.

Tavsif quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:

foydali model oid boʻlgan texnika sohasi;

texnika darajasi;

foydali model mohiyati;

chizmalar va boshqa materiallar roʻyxati (agar ular boʻlsa);

foydali modelni amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;

nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati (agar foydali modelni tavsiflash uchun bunday ketma-ketlikdan foydalanilgan boʻlsa).

Tavsif boʻlimi oʻrniga manbalarda (adabiyot, avval topshirilgan talabnomadagi foydali model tavsifi, muhofaza hujjatidagi foydali model tavsifi va boshqalarda) keltirilgan ma’lumotlarga havola qilinishi mumkin emas.


46. Tavsifning "Foydali model oid boʻlgan texnika sohasi" boʻlimida foydali model qoʻllaniladigan soha koʻrsatiladi. Bunday sohalar bir nechta boʻlganda ular orasidan qaysi birida koʻproq qoʻllanilishi koʻrsatiladi.


47. Tavsifning "Texnika darajasi" boʻlimida talabnoma beruvchiga ma’lum boʻlgan foydali model analoglari keltiriladi.

Foydali modelning analogi sifatida foydali modelning ustuvorlik sanasigacha ommaviy tarzda oshkor etilgan axborot manbaidan ma’lum boʻlgan, foydali modelning muhim belgilari majmuiga oʻxshash belgilar bilan tavsiflangan va foydali model bajaradigan vazifani amalga oshiradigan vosita koʻrsatiladi.


48. Analogni ta’riflashda u ochib berilgan axborot manbalarining bibliografik ma’lumotlari, analogning belgilari talabnoma berilayotgan foydali modelning muhim belgilari bilan mos keladiganlari ajratib koʻrsatilgan holda keltiriladi, shuningdek texnik natija olishga toʻsqinlik qiluvchi sabablar koʻrsatiladi.


49. Foydali model analoglari orasidan foydali modelga muhim belgilar majmui boʻyicha eng yaqin boʻlgan analog ajratib koʻrsatiladi.


50. Foydali model aniq vazifaga yoki biologik faol xususiyatlarga ega boʻlgan, aniqlanmagan tarkibli aralashmani olish usuliga oid boʻlganda analog sifatida xuddi shunday vazifaga va biologik faol xususiyatga ega boʻlgan aralashmalar olish usuli koʻrsatiladi.

Foydali model yangi individual kimyoviy, shuningdek yuqori molekulyar birikma olish usuliga yoki gen injeneriyasi ob’yektiga oid boʻlganda unga oʻxshash analogni olish usuli haqida ma’lumotlar keltiriladi.

Modda produtsentiga (mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turlari (liniyalari)) oid boʻlgan foydali modelning eng yaqin analogini tavsiflashda hosil boʻladigan modda haqida ma’lumotlar keltiriladi.

Foydali model avval ma’lum boʻlgan mahsulot yoki usulni yangi maqsadda qoʻllashga oid boʻlganda uning analoglariga xuddi shu vazifada ishlatiladigan ma’lum mahsulot yoki usul kiritiladi.

Foydali modellar guruhini tavsiflashda analoglar haqidagi ma’lumotlar har bir foydali model uchun alohida keltiriladi.


51. "Foydali model mohiyati" boʻlimida foydali model texnik natijaga erishish uchun muhim boʻlgan belgilar majmui orqali ifodalanib, uni amalga oshirish yetarli ravishda toʻliq ochib berilishi kerak.

Belgilar erishiladigan texnik natijaga ta’sir koʻrsatadigan (texnik natija bilan sabab-oqibat bolanishiga ega) boʻlganda muhim belgilar hisoblanadi.

"Foydali model mohiyati" boʻlimida foydali model hal qilishi kerak boʻlgan vazifa foydali model amalga oshirilganda erishiladigan texnik natija koʻrsatilgan holda ochib beriladi, shuningdek foydali modelni tavsiflovchi barcha muhim belgilar keltiriladi, eng yaqin analogdan farqlanuvchi belgilar ajratiladi, bunda soʻralayotgan huquqiy muhofaza hajmi tatbiq qilinadigan barcha holatlarda texnik natijani olishni ta’minlaydigan belgilar yiindisi va foydali modelni faqat aniq holatlarda, bajarilishining aniq shakllarida yoki undan foydalanishning alohida sharoitlarida tavsiflovchi belgilar koʻrsatiladi.


52. Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligidan belgini tavsiflash uchun foydalanilganda ularning ketma-ketliklari "SEQ ID NO …"ning roʻyxatidagi raqami koʻrinishida taqdim etiladi.


53. Belgining tavsifini ushbu belgi ochib berilgan axborot manbaiga havola qilingan holda almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Biron sohadagi umume’tirof etilgan bilimlarga asoslangan dalillarni axborot manbaini koʻrsatmasdan keltirish mumkin.


54. Texnik natija oʻzi bilan foydali modelni namoyon qiluvchi vositani amalga oshirishda (tayyorlashda) yoki undan foydalanishda olinishi mumkin boʻlgan texnik samara, xususiyat, hodisa va boshqalarning tavsifini ifodalaydi.

Foydali model bir nechta texnik natijani olishni ta’minlaganda ularni koʻrsatish tavsiya etiladi.

Texnik natija, jumladan: ishqalanish koeffitsiyentini kamaytirish (oshirish); qisilib qolishining oldini olish; vibrasiyani kamaytirish; biror organda qon aylanishini yaxshilash; dori-preparat ta’sirini toʻplash yoki uning zaharliligini kamaytirish; ishchi organning muhit bilan aloqasini yaxshilash; signal shaklining oʻzgarishini kamaytirish; suyuqlik sizib oʻtib ketishini kamaytirish; yorilishining oldini olish; vaksinaning immunogenligini oshirish orqali ifodalanishi mumkin.


55. Foydali model yaratilishida ma’lum vazifaga ega boʻlgan texnik vositalar koʻlamini kengaytirish yoki birinchi marta shunday texnik vositalar olish vazifasi hal qilinayotganda texnik natija shu vazifani amalga oshirishdan iborat boʻladi va buni maxsus ta’kidlash talab qilinmaydi.


56. Foydali modellar guruhi uchun mazkur Qoidalarning 51, 52 va 54-bandlarida koʻrsatilgan ma’lumotlar har bir foydali model uchun alohida keltiriladi.


57. Mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turlarini tavsiflashda ularning oʻzlari kelib chiqqan yoki eng yaqin shtammdan farq qiluvchi belgilari koʻrsatiladi.


58. Avval ma’lum boʻlgan mahsulot yoki usulni yangi maqsadda qoʻllashga oid foydali modelni tavsiflashda ma’lum ob’yektning tavsifi keltiriladi va ular koʻrsatilgan adabiyotning bibliografik ma’lumotlari beriladi hamda uning ma’lum boʻlgan va yangi vazifasi koʻrsatiladi.


59. Qurilmani tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:

konstruktiv element mavjudligi;

elementlar orasidagi boliqlik mavjudligi;

elementlarning oʻzaro joylashganligi;

elementning yoki umuman qurilmaning bajarilish shakli, xususan, geometrik shakli;

elementning parametrlari va boshqa tavsiflari hamda ular oʻrtasidagi oʻzaro boliqlik;

element yoki umuman qurilma tayyorlangan material;

element funksiyasini bajaruvchi muhit.

Qurilmani ta’riflash uchun umuman qurilmada yoki uning biror elementida qurilmaning ishlashi yoki vazifasini bajarishi uchun ta’sir etmaydigan (soʻzli, tasviriy yoki aralash) belgilardan foydalanish mumkin emas.


60. Usulni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:

harakat yoki harakatlar majmuining mavjudligi;

harakatlarni vaqt boʻyicha bajarish tartibi (ketma-ket, bir vaqtda, har xil kombinatsiyalar va boshqalarda);

harakatlarning bajarish shartlari, rejim, moddalar, birlamchi xomashyo, reagentlar, katalizatorlar, qurilmalar, mikroorganizm shtammlari, oʻsimlik va hayvonlar hujayralarining turlari va boshqalar.


61. Kimyoviy birikmalarni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:

belgilangan tuzilmaga ega boʻlgan quyi molekulyar birikmalar uchun sifat jihatidan tarkibi (ma’lum elementlar atomlari), miqdoriy tarkibi (har bir elementning atomlar soni), atomlar orasidagi bolanish va ushbu atomlarning kimyoviy tuzilish formulasi koʻrinishida ifodalangan molekuladagi oʻzaro joylashganligi;

belgilangan tuzilmaga ega boʻlgan yuqori molekulyar birikmalar uchun kimyoviy tarkibi va makromolekulaning bir boʻimining tuzilishi, makromolekulaning umuman tuzilishi, boʻimlarning davriyligi, molekulyar massa, molekulyar massaning taqsimlanishi, makromolekulaning geometriya va stereometriyasi, uning uchidagi va yonidagi guruhlari;

aniqlanmagan tuzilishga ega boʻlgan individual birikmalar uchun fizik-kimyoviy хususiyatlari, olish usuli va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa tavsiflari;

gen injeneriyasi mahsulotlariga taalluqli boʻlgan individual birikmalar uchun nukleotidlar ketma-ketligi (nuklein kislotalar fragmentlari hollarida) yoki tabiiy хaritasi (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar hollarida), aminokislotalar ketma-ketligi hamda ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa fizik-kimyoviy tavsiflari.


62. Kompozitsiyalarni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:

sifat jihatidan tarkibi (ingrediyentlar);

miqdoriy tarkib (ingrediyentlar miqdori);

kompozitsiya tuzilishi;

ingrediyentlar tuzilishi.

Tarkibi aniqlanmagan kompozitsiyalarni tavsiflash uchun ularning fizik-kimyoviy va foydalilik koʻrsatkichlari hamda ularni olish usulining belgilari ishlatilishi mumkin.


63. Yadroviy parchalanish yoʻli bilan olingan moddalarni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:

sifat jihatidan tarkibi (element izotopi), miqdoriy tarkib (proton va neytronlar soni);

asosiy yadroviy tavsiflari, ya’ni yarim parchalanish davri, nurlanish energiyasi va koʻrinishi (radioaktiv izotoplar uchun).


64. Mikroorganizm shtammlarini tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:

shtammning oilasi va turining nomi (lotin tilida);

kelib chiqishi (ajratib olinish manbasi, nasli);

genotaksonomik va xemotaksonomik tavsiflari;

morfologik, fiziologik, shu jumladan madaniy yetishtirish jihatlari;

biotexnologik tavsifi (yetishtirish sharoitlari, shtammdan hosil qilinadigan foydali moddaning nomi va xususiyati, faollik (mahsuldorlik) darajasi;

tibbiyot va veterinariya sohasidagi mikroorganizmlar shtammlari uchun virulentlik, antigen tuzilishi, serologik xususiyatlari;

gibrid mikroorganizmlar shtammlari uchun gibridlash prinsipi.


65. Oʻsimlik yoki hayvonlar hujayralari turlarini (liniyalari) tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:

passajlar miqdori;

kariologik tavsifi;

oʻsish (kinetik) tavsiflari;

hayvon organizmida oʻstirish tavsifi (gibridlar uchun);

morfogenezga qobiliyati (oʻsimlik hujayralari uchun).


66. Mikroorganizmlar, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari (liniyalari) konsorsiumlarini tavsiflash uchun mazkur Qoidalarning 64 va 65-bandlarida qayd etilgan belgilarga qoʻshimcha ravishda quyidagi belgilar ishlatiladi:

seleksiya va moslashtirish faktorlari va sharoitlari;

taksonomik tarkibi, miqdori va ustun boʻlgan komponentlar;

umuman konsorsiumning tipi va fiziologik xususiyatlari;

ushbu konsorsiumni boshqasidan farqlash uchun imkon beradigan boshqa belgilar.


67. Genetik konstruksiyalarni tegishli ravishda tavsiflash uchun mazkur Qoidalarning 59-bandida nazarda tutilgan belgilardan foydalaniladi, bunda konstruktiv elementlar boʻlib enxanser, promotor, terminator, tashabbuskor kodon, linker, oʻzga gen fragmenti, marker, flankirlovchi qism boʻlishi mumkin.


68. Transformasiyalangan hujayrani tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:

transformasiyalovchi element;

hujayra tomonidan oʻzlashtirib olinadigan belgilar (xususiyatlar);

hujayra kelib chiqishiga doir ma’lumotlar (prokariotik hujayra uchun uru, oila turkumi va turi);

taksonomiyaga хos belgilar;

tabiiy genom mutasiyasi;

hujayrani madaniylashtirish sharoitlari va ushbu hujayrani boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa tavsiflari.


69. Transgen oʻsimlikni tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:

genomda modifikasiyalangan elementning mavjudligi;

oʻsimlik tomonidan oʻzlashtirib olinadigan belgilar;

oʻsimlikning kelib chiqishi;

taksonomiyaga tegishliligi va ushbu oʻsimlikni boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa tavsiflari.


70. Transgen hayvonni tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:

hayvon genomiga transformasiyalangan gen va DNK hamda kodlovchi yoki ekspress maqsadli mahsulot;

hayvon tomonidan oʻzlashtirib olinadigan belgilar (xususiyatlar);

hayvon tomonidan hosil qilinadigan modifikasiyalangan mahsulot;

hayvonning tegishliligi (tipi, zoti va boshqalar) va ushbu hayvonni boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa tavsiflari.


71. Avval ma’lum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllashni tavsiflash uchun yangi maqsadda qoʻllanayotgan ob’yektning identifikasiyalash uchun yetarli boʻlgan qisqa tavsifi va uning yangi vazifasiga doir koʻrsatmasidan foydalaniladi.


72. Tavsifning "Chizmalar va boshqa materiallar roʻyxati" boʻlimida tasvirlangan chizma figuralari va boshqa materiallarning qisqacha ta’rifi keltiriladi.


73. "Foydali modelni amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar" boʻlimida foydali modelni talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vazifada amalga oshirish mumkinligi ifodalanadi.

Mohiyati umumiy tushuncha bilan ifodalangan, xususan, funksional umumlashtirish darajasida keltirilgan belgidan foydalanish bilan tavsiflanuvchi foydali modelni amalga oshirish imkoniyati bevosita talabnoma materiallarida bunday belgini hosil qilish uchun vositalarni yoхud uni olish usullari yoki bunday vosita va usullarning ma’lum ekanligi toʻrisidagi koʻrsatmani ifodalash bilan tasdiqlanadi.

Tavsifning ushbu boʻlimida foydali modelni amalga oshirganda olinishi mumkin boʻlgan va hal qilinayotgan vazifa tavsiflanayotganda "Foydali model mohiyati" boʻlimida koʻrsatilgan texnik natijaga erishish imkoniyatini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham keltiriladi.

Foydali modelni tavsiflash uchun miqdorlar oralii koʻrinishida ifodalangan miqdoriy belgilardan foydalanilganda texnik natijaga shu oraliqda erishish mumkinligi koʻrsatiladi.


74. Qurilmaga oid foydali modelga uning konstruksiyasining (statik holatdagi) tavsifi chizma figuralariga izoh berilgan holda keltiriladi. Konstruktiv elementlarning tavsifdagi raqamli belgilari chizma figuralaridagi raqamli belgilariga mos kelishi kerak va ularni ketma-ket ta’riflash davomida birdan boshlab oʻsish tartibida keltiriladi.

Qurilma konstruksiyasini tavsiflashdan keyin uning harakati yoki undan foydalanish usuli konstruktiv elementlar va chizma figuralariga, zarur hollarda esa boshqa izoh beruvchi materiallarga (epyuralar, vaqt boʻyicha diagrammalar va boshqalar) raqam bilan izoh berilgan holda beriladi.

Qurilma funksional darajada tavsiflangan boʻlib, koʻrsatilgan amalga oshirish shakli dasturlangan koʻp funksiyali moslamadan foydalanishni nazarda tutganda unda qurilmadagi aniq biriktirilgan funksiyani bajarishi mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar beriladi. Bunday ma’lumotlar sifatida algoritm, xususan, hisoblash algoritmi keltirilganda uni koʻpincha bloksxema yoki agar mumkin boʻlsa, tegishli matematik ifoda koʻrinishida beriladi.


75. Usulga oid foydali modelni tavsiflash uchun moddiy ob’yekt ustida bajariladigan harakatlar ketma-ketligi, shuningdek harakatlar olib boriladigan shart-sharoitlar, agar zarur boʻlsa, aniq rejimlar (harorat, bosim va boshqalar) ishlatiladigan qurilmalar, moddalar, shtammlar koʻrsatiladi. Usul biror ustuvorlik sanasigacha ma’lum boʻlgan vositalar - qurilma, modda va shtammlardan foydalanish orqali tavsiflanganda foydali modelni amalga oshirish mumkin boʻlgan holda ushbu vositalarni izohlash yetarlidir. Noma’lum vositalardan foydalanilganda ularning tavsiflari keltiriladi, zarur hollarda grafik tasvirlar ilova qilinadi.

Usulda yangi moddalardan foydalanilganda ularni olish usuli ochib beriladi.


76. Umumiy tuzilish formulasi bilan tavsiflangan kimyoviy birikmalar guruhini olish usuliga oid foydali modellar uchun shu usul bilan guruhdagi birikmalarni olish misollari keltiriladi. Guruhning kimyoviy bolanish tabiati har xil radikallardan iborat birikmalarni oʻz ichiga olganda ushbu birikmalarni olishni tasdiqlash uchun yetarli boʻlgan misollar keltiriladi. Guruhga kirgan birikmalarni olish uchun ma’lum usullar bilan tasdiqlangan tuzilish formulalari va fizik-kimyoviy tavsiflari keltiriladi. Tavsifda yangi birikmalarning vazifasi va biologik faol xususiyatlari haqida ma’lumotlar ham keltiriladi.

Tuzilishi aniqlanmagan kimyoviy birikmalarni, tarkibi va tuzilishi aniqlanmagan aralashmalarni olish usuliga oid foydali modellar uchun ushbu birikma yoki aralashmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar keltiriladi. Birikma yoki aralashmalarni olish uchun boshlanich reagentlar haqida ma’lumotlar, shuningdek birikma yoki aralashmaning talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vazifasini amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar, xususan, bu vazifani keltirib chiqaruvchi xususiyatlar keltiriladi.


77. Inson yoki hayvonlardagi kasalliklarni davolash, tashхis qoʻyish yoki oldini olish usuliga oid foydali modellar uchun kasallik etiopatogeneziga ta’sir koʻrsatadigan aniqlangan faktorlar yoki etiopatogenez va tashхis koʻrsatkichlari orasidagi bolanishni keltirib chiqaruvchi faktorlar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bunday ma’lumotlar boʻlmaganda usulning koʻrsatilgan holat yoki kasallikni davolash, tashхis yoki oldini olishga yaroqliligini tasdiqlovchi haqiqiy ma’lumotlar keltiriladi.


78. Tuzilishi aniqlangan yangi individual kimyoviy birikmaga oid foydali model uchun ma’lum uslublar bilan isbotlangan tuzilish formulasi, fizik-kimyoviy konstantalar keltiriladi va yangi birikma birinchi marta olingan usul ochib beriladi.


79. Gen injeneriyasi mahsulotlariga taalluqli boʻlgan individual birikmalar uchun ketma-ketliklar roʻyxatidagi nukleotidlar ketma-ketligining raqamiga doir koʻrsatma (nuklein kislotalar fragmentlarida) yoki tabiiy хarita (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar holatida), ketma-ketliklar roʻyxatidagi aminokislotalar ketma-ketligining raqamiga doir koʻrsatma hamda ushbu birikmani boshqalaridan farqlash uchun zarur boʻlgan fizik-kimyoviy va boshqa tavsiflar keltiriladi. Yangi birikma birinchi marta olingan usul tavsiflanadi va ushbu birikmadan ma’lum vazifa boʻyicha foydalanish imkoniyati koʻrsatiladi.

Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligidan belgini tavsiflash uchun foydalanilganda ularning ketma-ketliklari roʻyxatidagi raqami "SEQ ID NO …" koʻrinishida erkin matnda taqdim etiladi.


80. Biologik faol birikma uchun faollik va zaharlilik miqdori tavsiflarining koʻrsatkichlari, zarur boʻlganda esa tanlab ta’sir qilish va boshqa koʻrsatkichlari keltiriladi.


81. Foydali model insonlar yoki hayvonlardagi ma’lum holatlar yoki kasalliklarni davolash, tashхis qoʻyish yoki profilaktika qilish vositasiga oid boʻlganda tavsifda uning ishlatilishi natijasida kasallik etiopatogeneziga koʻrsatadigan ta’sirini tushuntiradigan omillar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bunday ma’lumotlar boʻlmaganda koʻrsatilgan kasalliklarni davolash, tashхis qoʻyish yoki profilaktika qilish uchun yaroqliligini tasdiqlovchi ma’lumotlar keltiriladi.


82. Foydali model tuzilishi aniqlangan kimyoviy birikmaga taalluqli boʻlganda ma’lum boʻlgan uslublar bilan isbotlangan tuzilish formulasi, fizik-kimyoviy konstantalar keltiriladi, birikma olingan usul tavsiflanadi va foydali modeldan koʻrsatib oʻtilgan vazifasi boʻyicha foydalanish imkoniyati keltiriladi.


83. Yangi kimyoviy birikma mikroorganizmlar shtammi, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlaridan (liniyalari) foydalanish orqali olinganda ushbu shtamm va tur (liniya) ishtirokida yangi kimyoviy birikmani olish usuli, shtamm va tur (liniya) haqida ma’lumot, shuningdek shtamm va tur (liniya) saqlash uchun topshirilganligi haqida ma’lumotnoma taqdim etiladi.


84. Foydali model oraliq birikmaga oid boʻlganda uni avvaldan ma’lum boʻlgan oxirgi mahsulotga aylantirish uchun qayta ishlash imkoniyati yoki undan aniq vazifada ishlatiladigan yoki biologik faol xususiyatga ega boʻlgan yangi mahsulot olish mumkinligi keltiriladi.


85. Foydali model nuklein kislotalar yoki oqsillarga taalluqli boʻlganda ketma-ketlik roʻyxatidagi ketma-ketlik raqami (nuklein kislotalar uchun - nukleotidlar, oqsillar uchun - aminokislotalar) hamda ushbu mahsulotni boshqalardan farqlashga imkon beradigan fizik-kimyoviy va boshqa tavsiflar keltiriladi. Bunda mahsulot olingan usul bayon qilinadi va ushbu mahsulotdan belgilangan vazifa boʻyicha foydalanish imkoniyati koʻrsatiladi.


86. Foydali model kompozitsiyaga (tarkiblar, aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va boshqalarga) oid boʻlganda kompozitsiya tarkibiga kirgan ingrediyentlar, ularning хususiyatlari va miqdoriy nisbatlari koʻrsatilgan misollar keltiriladi. Bunda kompozitsiyani olish usuli tavsiflanadi. Kompozitsiyada biror ingrediyent sifatida yangi modda qoʻllanilganda uni olish usuli ham tavsiflanadi.

Keltirilgan misollarda har bir ingrediyentning miqdori foydali model formulasida keltirilgan chegaralarda boʻlgan birliklarda beriladi (foydali model formulasida ingrediyentlar nisbati foizlarda ifodalanganda (massa yoki hajmi boʻyicha) koʻrsatilgan barcha ingrediyentlar yiindisi 100 foizga teng boʻladi).


87. Shtammga taalluqli boʻlgan foydali model uchun shtammning nomenklatura ma’lumotlari va kelib chiqishi, ozuqa (ekiladigan va fermentasiyalanadigan) muhitining miqdoriy va sifat jihatidan tarkibi, madaniy yetishtirish sharoitlari (harorat, rN, O2 ning solishtirma massa oʻtkazilishi, yoritilganligi va boshqalar), fermentasiya vaqti, biosintez tavsifi, foydali (maqsadli) mahsulot, mahsulot chiqishi, shtammning faollik (mahsuldorlik) darajasi va uni aniqlash (testlash) usullari toʻrisida ma’lumotlar koʻrsatiladi. Maqsadli mahsulotning (yangi maqsadli mahsulot produtsentlari, masalan, antibiotiklar, fermentlar, monoklonal antitanachalar va boshqalar uchun) ajratib olish va tozalash usuli ochib beriladi.


88. Mikroorganizmlar konsorsiumlari, oʻsimlik va hayvon hujayralari uchun quyidagi ma’lumotlar koʻrsatib oʻtiladi:

komponentlar mavjudligini tekshirish usuli;

ajratib olish (seleksiya) usuli va seleksiya olib borilgan belgilar;

uzoq muddat davomida yetishtirilayotganda konsorsiumning barqarorligi;

oʻzga mikroorganizmlar tomonidan zararlanishga chidamliligi.


89. Shtamm, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlariga (liniyalari) yoхud ular ishlatiladigan usulga taalluqli foydali modelni amalga oshirish imkoniyati shtamm yoki turni (liniya) olish usulini tavsiflash bilan tasdiqlanganda, agar shtammni olish usulining tavsifi yetarli boʻlmasa, shtamm yoki turning (liniya) saqlash uchun topshirilganligi (depozitariy nomi va ob’yektni roʻyxatdan oʻtkazish raqami) toʻrisidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.

Bunda saqlash uchun topshirish sanasi foydali model ustuvorligi sanasigacha boʻlishi kerak.


90. Shtamm, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turi (liniya) yoki konsorsium ob’yekti eng kamida patent amal qilishi muddati ichida hayotiyligini ta’minlashni kafolatlaydigan xalqaro depozitariyga yoki milliy depozitariyga joylashtirilganda patentlash jarayoni uchun saqlash uchun topshirish amalga oshirilgan deb hisoblanadi.


91. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyхati toʻrtta va undan koʻp aminokislotalardan iborat yoki oʻnta va undan koʻp nukleotidlardan iborat tarmoqlanmagan boʻlsa, tavsifning "Foydali model mohiyati" boʻlimida ushbu ketma-ketliklar batafsil ochib beriladi. Bunda har bir ketma-ketlikka alohida raqam beriladi. Ketma-ketliklar raqamlari birdan boshlanishi va tartib bilan butun songa oshib borishi kerak.

Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxatidagi har bir ketma-ketlikning raqami foydali model tavsifi, formulasi yoki grafik tasvirlarda koʻrsatilgan uning raqamiga muvofiq boʻlishi kerak.


92. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi hech boʻlmaganda quyidagilarning biri yordamida taqdim etilishi kerak:

faqat nukleotidlar ketma-ketligi bilan;

faqat aminokislotalar ketma-ketligi bilan;

nukleotidlar ketma-ketligining tegishli aminokislotalar ketma-ketligi bilan.

Mazkur bandning toʻrtinchi хatboshisida nazarda tutilgan holatda aminokislotalar ketma-ketligi alohida raqamga ega boʻlgan aminokislotalarning alohida ketma-ketligi sifatida taqdim etilishi kerak. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligining roʻyxati oʻzi bilan foydali model tavsifining bevosita tarkibiy qismini namoyon qilganligi bois mazkur ketma-ketliklar tavsifning biron-bir joyida batafsil keltirilmaydi.

Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati oʻzining bayon qismida erkin matn - neytral til leksikasi foydalanilmagan ketma-ketliklar tavsifini bayon qiluvchi jumlalarni oʻz ichiga olganda ushbu erkin matn foydali model tavsifining ketma-ketliklar roʻyxatidagi ketma-ketlik raqamini aynan oʻsha koʻrinishda oʻz ichiga olgan boshqa boʻlimlarida takrorlanishi kerak.


93. Avvaldan ma’lum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtamm va hujayralar turini (liniyasi) yangi vazifada qoʻllanilishiga taalluqli foydali model uchun ushbu vazifani amalga oshirish imkoniyatlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar keltiriladi.


94. Foydali modelning formulasi tavsif va chizmalarga toʻliq asoslangan boʻlishi kerak, ya’ni foydali modelni uning tavsifida mavjud boʻlgan va chizmalarda koʻrsatilgan tushunchalar bilan ta’riflanadi.


95. Foydali modelning formulasi uning mohiyatini ifodalashi kerak, ya’ni talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnik natijaga erishish uchun yetarli darajada foydali modelning muhim belgilari majmuini oʻz ichiga oladi.


96. Foydali model belgilarining foydali model formulasida ifoda etilishi ularni identifikatsiya qilishi, ya’ni ma’lum boʻlgan texnika taraqqiyoti darajasi asosida ularning ma’nosi va mazmuni mutaxassislar tomonidan bir xil ma’noda tushunilishi imkoniyatini ta’minlashi kerak.


97. Foydali model formulasidagi belgi ta’rifini axborot manbaiga havola qilish bilan almashtirish mumkin emas. Agar belgini tavsif yoki chizmalarga havola qilmasdan ta’riflashning iloji boʻlmasa, mazkur Qoidalarning 96-bandiga asosan belgi ta’rifi bunday havola qilish bilan almashtirilishi mumkin.


98. Nukleotidlar va aminokislotalarning ketma-ketligidan foydali model formulasidagi belgini tavsiflash uchun foydalanilganda ketma-ketliklar roʻyxatidagi uning raqami "SEQ ID NO..." koʻrinishida keltiriladi.


99. Foydali model formulasi umumiy tushunchadagi belgilar bilan ta’riflanganda ushbu belgilar doirasidagi aniq hollarda koʻrsatilgan texnik natijani berganda foydali modelning belgisi umumiy tushunchalar bilan tavsiflanishi mumkin.

Koʻrsatilgan muqobilidan tanlab olingan har bir belgi foydali modelning boshqa belgilari bilan birgalikda bir хil texnik natijani olishni ta’minlaganda belgi muqobil tushunchalar koʻrinishida ifoda etilishi mumkin.


100. Foydali modelning formulasi bir zvenoli va koʻp zvenoli boʻlishi hamda tegishlicha bir yoki bir necha bandlarni oʻz ichiga olishi mumkin.


101. Bir zvenoli formula foydali modelning tayyorlanishi yoki undan foydalanishning aniq hollarida rivojlantirishlar va aniqlashtirishlarga ega boʻlmagan muhim belgilar majmui bilan bitta foydali modelni tavsiflash uchun qoʻllaniladi.


102. Foydali modelning koʻp zvenoli formulasi foydali modelning tayyorlanishi va undan foydalanishning aniq holatlarida rivojlantirishlar hamda aniqlashtirishlarga ega boʻlgan muhim belgilar majmui bilan bitta foydali modelni yoki foydali modellar guruhini tavsiflash uchun qoʻllaniladi.

Bitta foydali modelni tavsiflovchi koʻp zvenoli formula bitta mustaqil bandga va undan keyin keluvchi unga boliq bandlarga ega boʻladi.

Foydali modellar guruhini tavsiflovchi koʻp zvenoli formula bir necha mustaqil bandlarga ega boʻlib, ulardan har biri guruhning foydali modellaridan birini tavsiflaydi. Guruhning har bir foydali modeli tegishli mustaqil bandga boʻysunuvchi boliq bandlarni jalb etish bilan tavsiflangan boʻlishi mumkin.

Koʻp zvenoli formula bandlari birdan boshlab ularni bayon etish tartibida ketma-ket arab raqamlari bilan raqamlanadi.


103. Foydali modellar guruhini tavsiflovchi formulani bayon etishda quyidagi qoidalarga amal qilinadi:

alohida foydali modellarni tavsiflovchi mustaqil bandlarda formulaning boshqa bandlariga havola qilinmaydi, agar bandga havola qilinsa, havola qilinayotgan bandning mazmuni toʻliq takrorlanmasdan bayon etiladi;

boliq bandlar oʻzlari boʻysungan mustaqil bandlar bilan birga guruhlarga birlashtiriladi, shu jumladan guruhdagi turli foydali modellarni ta’riflash uchun bir xil mazmundagi boliq bandlar kiritiladi.


104. Formulaning bandi, qoida tariqasida, eng yaqin analogning belgilari bilan mos keluvchi, shu jumladan, foydali modelning vazifasini koʻrsatuvchi umumlashtiruvchi tushunchani oʻz ichiga oladigan muhim belgilarga ega boʻlgan cheklovchi qismdan va foydali modelni eng yaqin analogidan farqlaydigan muhim belgilarni oʻz ichiga oladigan farqlovchi qismdan iborat.

Formula bandi cheklovchi va farqlovchi qismlarga boʻlib tuzilganida cheklovchi qism bayon etilganidan soʻng "shu bilan farqlanadiki" soʻz birikmasi kiritiladi va bundan keyin bevosita farqlovchi qism bayon etiladi.


105. Quyidagi holatlarda foydali model formulasi bandi cheklovchi va farqlovchi qismlarga boʻlinmasdan tuziladi:

kimyoviy birikma;

mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turi (liniyasi);

avval ma’lum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammning yangi maqsadda qoʻllanilishi;

analoglarga ega boʻlmagan foydali model.


106. Formulaning bandi bitta jumla koʻrinishida bayon etiladi.


107. Foydali model formulasining mustaqil bandi faqat bitta foydali modelga taalluqli boʻladi va bitta jumla koʻrinishida bayon etiladi. Foydali modellar - variantlar faqat muqobil koʻrinishda ifodalangan belgilar bilan farqlanganda formulaning bitta mustaqil bandida bir qancha foydali modellarni - variantlarni tavsiflashga yoʻl qoʻyiladi.

Formulaning mustaqil bandida muqobil koʻrinishda faqat funksional mustaqil boʻlmagan (ya’ni qurilmaning boʻimi yoki detali, usul operasiyasi, usulda qoʻllaniladigan modda, material, moslama, kompozitsiya ingrediyenti hisoblanmagan) belgilar ifodalanganda bunday mustaqil band faqat bitta foydali modelga taalluqli deb hisoblanadi.


108. Formulaning mustaqil bandi undagi mavjud belgilar majmui turli ob’yektlarga yoki har biri oʻz vazifasiga ega boʻlgan vositalar majmuiga oid boʻlgan foydali modellarning tavsifini umumiy vazifadagi vositalarning koʻrsatilgan majmuini amalga oshirilmagan holda ta’rifini oʻz ichiga olganda, bir foydali modelga taalluqli deb e’tirof etilmaydi.


109. Foydali modelning boliq bandi mustaqil bandda keltirilgan foydali modelni faqat uni bajarish yoki foydalanishning aniq holatlarida tavsiflaydigan belgilar bilan foydali model belgilari majmuining rivojlanishi va aniqlanishini oʻz ichiga oladi.


110. Foydali modelning formulasidagi boliq bandning cheklovchi qismi u boliq boʻlgan mustaqil bandning qoʻllanilishini aks ettiruvchi umumlashgan tushunchaga nisbatan qisqartirilgan shakl bilan mustaqil va boliq bandga tegishliligi boʻyicha havola qilinadi.

Boliq band formulaning bir necha bandlariga boʻysunganda ularga havola qilish muqobilidan foydalanilgan holda koʻrsatiladi, soʻng foydali modelning bajarilishi yoki undan foydalanishning aniq holatlarida foydali modelni tavsiflovchi belgilar keltiriladi.


111. Foydali modelni tavsiflash uchun uning bajarilishi yoki foydalanilishining aniq holatlarida boliq bandning belgilari bilan bir qatorda mustaqil bandning belgilari va bu boliq bandning mustaqil bandga boʻysunishidan foydalaniladi.

Foydali modelni tavsiflash uchun formulaning boshqa bir yoki bir necha boliq bandlarining belgilari zarur boʻlganda shu boliq bandning mustaqil bandga tegishli boliq bandlari orqali boʻysunishidan foydalaniladi. Bunda ushbu boliq bandda u bevosita boʻysungan boliq bandgagina havolalar keltiriladi.


112. Foydali model formulasining boliq bandi formulaning oʻzi boʻysungan oʻsha bandining belgilarini almashtiradigan yoki chiqarib tashlaydigan holda bayon etilmasligi kerak.

Foydali model formulasining boliq bandi mustaqil bandning belgilari almashtirilgan yoki chiqarib tashlangan holda shakllantirilganda, ushbu boliq band oʻzi buysungan mustaqil band bilan birga bitta foydali modelni tavsiflaydi deb e’tirof etilishi mumkin emas.


113. Qurilma belgilari statik holatda tavsiflanadi. Qurilmaning konstruktiv elementi bajarilishini tavsiflashda uning harakatlanuvchanligi u tomonidan ma’lum bir funksiya (aylanish imkoniyati, siljish imkoniyati) va boshqalarni amalga oshirish imkoniyatini koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.

Talabnoma chizmalarni oʻz ichiga olganda formulada eslatib oʻtilgan va ekvivalent konstruktiv elementlarni ifodalaydigan belgilar ularga taalluqli boʻlgan havolaki belgilar bilan birga berilishi mumkin. Havolaki belgilar soʻralayotgan huquqiy muhofaza hajmiga ta’sir etmaydi va faqat formulani toʻliqroq va aniqroq tushunish maqsadlarida keltiriladi.


114. Usul belgisi sifatida harakatni (usul, operasiya) tavsiflashda fe’llardan foydalanilganda ular aniqlik nisbatida, aniqlik maylida, uchinchi shaxsda bayon qilinadi (qizdiriladi, namlanadi, kuydiriladi va boshqalar).


115. Kelib chiqish tuzilmasi aniq boʻlgan kimyoviy birikmani tavsiflovchi foydali model formulasiga birikmaning nomlanishi yoki belgilanishi kiritiladi. Gen injeneriya mahsulotlariga taalluqli birikmalar uchun foydali model formulasiga ketma-ketliklar roʻyxatidagi nukleotidlar ketma-ketligi (nuklein kislotalar fragmenti holatida) raqamiga koʻrsatma va tabiiy хaritaning (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar holatida) soʻzli tavsifi, ketma-ketliklar roʻyxatidagi aminokislotalar ketma-ketligi raqamiga koʻrsatma hamda fizik-kimyoviy va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa tavsiflar kiritiladi. Tuzilmasi aniqlanmagan birikmalar uchun foydali model formulasiga nomlanishi, fizik-kimyoviy va ushbu birikmani farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa tavsiflar, masalan uni olish usulining belgilari kiritiladi.


116. Kompozitsiyani tavsiflaydigan foydali model formulasiga kompozitsiyaga kiradigan ingrediyentlar va zarur boʻlganda ingrediyentlarning miqdoriy qiymatlariga tegishli belgilari kiritiladi.

Kompozitsiyani tavsiflaydigan formulaga ingrediyentlarning miqdorini koʻrsatadigan belgilar kiritilganda ular bir xil birliklarda, odatda ikkita qiymatlarda, eng koʻp va eng kam (quyi va yuqori) miqdorlarda ifodalanadi.

Kompozitsiya elementlari bittasining miqdori bitta qiymat orqali, boshqalari esa uning qiymatiga nisbatan interval koʻrinishida berilishi mumkin (masalan, ingrediyentlar miqdori kompozitsiya asosiy ingrediyentining 100 massa qismiga yoki 1 litr eritmaga nisbatan keltiriladi).

Kompozitsiya tarkibidagi antibiotiklar, fermentlar, anatoksinlar va boshqalar miqdori kompozitsiyaning boshqa komponentlari birliklaridan oʻzgacha birliklarda koʻrsatilishi mumkin (masalan, boshqa komponentlar massa soniga nisbatan ming birliklarda).


117. Kompozitsiyaga oid foydali model qoʻshimcha ingrediyent kiritish bilan tavsiflanganda formulaning farqlovchi belgisi "qoʻshimcha ravishda oʻz ichiga oladi" degan iborani qoʻllagan holda tuziladi.

Vazifasi yangi faol komponent bilan belgilanadigan boshqa komponentlar an’anaviy qoʻllaniladigan neytral qismlar boʻlganda formulada shu faol komponentni va uning miqdorini "samarali miqdor" koʻrinishida keltirish mumkin.

Bunday kompozitsiyalarni tavsiflaydigan yana bir variant undagi faol komponentdan tashqari boshqa komponentlarni (neytral qismlarni) umumlashtirma tushuncha "maqsadli qoʻshimchalar" koʻrinishida ifodalanadi. Bunda faol komponentlar va maqsadli qoʻshimchalarning miqdoriy nisbatlari koʻrsatiladi.


118. Foydali model belgisi sifatida murakkab tarkibli ma’lum modda koʻrsatilganda shu moddaning funksiyasini va xususiyatini koʻrsatib maxsus nomini keltirish mumkin. Bunda foydali model tavsifida shu modda tavsiflanadigan adabiyot koʻrsatiladi.


119. Mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turlarini (liniyalari) tavsiflaydigan formula depozitariyning bosh harflari, saqlash uchun topshirilgan ob’yektga berilgan roʻyxat raqami va shtamm vazifasi koʻrsatilgan holda biologik ob’yektning oila turkumlari va turlariga oid lotin tilidagi nomini oʻz ichiga oladi.


120. Foydali model avvaldan ma’lum boʻlgan foydali modelni yangi maqsadda qoʻllashga oid boʻlganda quyidagi tuzilishdagi formula ishlatiladi: "(avval ma’lum boʻlgan foydali model nomi yoki tavsifi keltiriladi) (koʻrsatilgan foydali modelning yangi vazifasi keltiriladi) sifatida ishlatilishi".


121. Foydali model mohiyatini tushuntiradigan materiallar grafik tasvir (chizma, sxema, grafika, epyura, rasm, ossilogramma kabilar) va jadval koʻrinishida bajarilishi mumkin.

Foydali modelni chizmalar yoki sxemalar bilan ochib berishning iloji boʻlmaganda tasvirlar topshiriladi. Fotosuratlar tasvirlarga qoʻshimcha sifatida topshirilishi mumkin.


122. Referat foydali model tavsifining qisqartirilgan bayoni boʻlib, foydali model haqida ma’lumot olish uchun xizmat qiladi. Unda foydali model nomi, foydalanish sohasi, qoʻyilgan vazifa, foydali model mohiyatining tavsifi keltiriladi.

Referatdagi foydali model mohiyati mustaqil bandning barcha muhim belgilarini saqlab qolgan holda foydali model formulasini erkin tarzda bayon etish orqali ta’riflanadi.

Zarur hollarda foydali model referatiga chizma yoki kimyoviy formula kiritilishi mumkin. Referatga kiritilayotgan chizmalar bilan tavsifga ilova qilinadigan chizmalar bir-biriga mos kelishidan qat’iy nazar alohida sahifada beriladi.


123. Referatda qoʻshimcha ma’lumotlar, xususan, boliq bandlar, grafik tasvirlar, jadvallar mavjudligi va soni koʻrsatilishi mumkin.


124. Referat matnining hajmi 1000 ta belgidan oshmasligi kerak.


125. Talabnomaga odob-aхloq va ijtimoiy tartibga zid iboralar, chizmalar, rasmlar, fotosuratlar va boshqa materiallar; oʻzga shaxslarning mahsulotlari yoki texnologik jarayonlariga, shuningdek talabnomalari va muhofaza hujjatlariga nisbatan bayon qilingan kamsituvchi fikrlar; foydali modelga ochiqdan-ochiq taalluqli boʻlmagan yoxud talabnoma materiallarini mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq deb e’tirof etish uchun zarur boʻlmagan ma’lumotlar va fikrlar kiritilmaydi.

"Texnika darajasi" boʻlimida ma’lum mahsulot yoki usulni ta’riflashda uning kamchiligini koʻrsatish yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan element deb hisoblanmaydi.


126. Foydali modelning formulasi, tavsifi, tushuntirib beruvchi materiallari va referatida standartlashtirilgan atamalar va qisqartmalar, ular mavjud boʻlmaganda esa ilmiy-texnikaviy adabiyotda umumqabul qilingan atama va qisqartmalar qoʻllaniladi.

Ilmiy-texnikaviy adabiyotda keng qoʻllanilmaydigan atama va qisqartmalar ishlatilganda ularning ma’nosi matnda birinchi marta qoʻllanilganda izohlab beriladi.

Tavsif va formulada atamalarning yagonaligiga rioya qilinadi. Ushbu talab fizikaviy birliklar va foydalaniladigan shartli belgilarga ham taalluqlidir.

Fizikaviy miqdorlar imkon qadar amaldagi Xalqaro birliklar tizimi birliklari bilan ifoda etiladi.


127. Barcha hujjatlar bevosita reproduksiya qilinib, cheklanmagan miqdorda nusxa koʻchirish imkoniyati boʻlgan tarzda rasmiylashtiriladi.


128. Talabnomaning har bir hujjati alohida sahifadan boshlanadi. Hujjatlar qora rangli matnda A4 formatda taqdim etiladi.


129. Talabnomaning har bir hujjati bir-biriga boliq boʻlmagan birdan boshlanadigan raqamga ega boʻladi. Sahifalarning raqamlari ikkinchi sahifadan boshlab arab raqamlari bilan qoʻyiladi.


130. Hujjatda grafik belgi, lotincha nom, lotin va yunoncha harf, matematik va kimyoviy formula hamda simvollar yozilishi mumkin.


131. Kimyoviy birikmaning tuzilish formulasi odatda alohida figura sifatida (grafik materiallar kabi) raqamlanib, izohli belgilar koʻrsatilgan holda alohida sahifada beriladi.

Kimyoviy tuzilish formulasini yozishda umumiy qoʻllanishdagi belgilar ishlatiladi, elementlar va radikallar oʻrtasidagi bolanish aniq koʻrsatiladi.

Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxatini BIMTning tegishli standartiga muvofiq rasmiylashtirish kerak.


132. Foydali modelning tavsifi, formulasi va referatida matematik formulalar mavjud boʻlganda barcha harfli belgilarga formulada qoʻllanilgan tartib boʻyicha izoh beriladi.

Matematik belgilar matematik formulalarda qoʻllaniladi, matnda esa ular soʻzlar bilan yoziladi.


133. Grafik tasvirlar (chizmalar, sxemalar, grafiklar, rasmlar kabilar) chizmachilik asboblari yordamida yoki maхsus grafik chizmalar chizish dasturlarida aniq chiziqlar va shtrixlar bilan bajariladi, bunda boʻyashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ob’yektning mohiyatini qoʻshimcha tushuntirish uchun talabnoma beruvchi raqamli uch oʻlchovli modelni taqdim etish huquqiga ega.

Raqamli uch oʻlchovli model - ob’yektning sirtini (qurilma, qurilma detallari, strukturaviy kimyoviy formulalar va boshqalar) uch oʻlchovda geometrik tasvirlash uchun maхsus dasturiy ta’minot yordamida tayyorlangan, ob’yektni umumiy tasavvur qilish uchun ishlatiladigan elektron fayl boʻlib, uning barcha elementlarining joylashuvi va boliqligini koʻrsatadi.

Elektron shaklda taqdim etilgan raqamli uch oʻlchovli model mazmunan qoozda topshirilgan talabnomaga mos kelishi kerak. Istisno tariqasida talabnoma faqat elektron shaklda taqdim etiladiganda raqamli uch oʻlchovli model boʻlishi mumkin.

Raqamli uch oʻlchovli model maхsus dasturiy ta’minot yordamida tayyorlanib, 3D PDF formatida qayta saqlangan elektron fayl koʻrinishida topshiriladi.

3D PDF formatidagi faylning maksimal hajmi 50 MB dan oshmasligi kerak.


134. Tasvirlarning masshtabi va aniqligi reproduksiya qilish paytida oʻlchamlar 2/3 gacha chiziqli kichraytirilganda hamma detallarni farqlab, aniqlash mumkin boʻladigan tarzda tanlanadi.


135. Har bir grafik tasvir arab raqamlari va "figura" soʻzi bilan (1-figura, 2-figura va boshqalar), ularning tavsif matnida keltirilishi ketma-ketligiga muvofiq alohida raqamlanadi. Grafik tasvir bitta figura bilan tavsiflanganda u raqamlanmaydi.


136. Ikki va undan ortiq sahifalarda joylashgan figuralar bitta figuraning boʻlaklarini tashkil etganda, har xil sahifalarda tasvirlangan figuralardan birortasi tushirib qoldirilmay birlashtirish mumkin boʻlgan holda joylashtiriladi.


137. Chizmalar mazkur Qoidalarning 134, 135, 140 va 141-bandlari va texnik chizmalarni tayyorlash qoidalariga muvofiq bajariladi.


138. Chizmadagi har bir element boshqa elementlarga nisbatan proporsional holda bajariladi, bundan elementni aniq tasvirlash uchun proporsiyalarning bir-biridan farqlanishi zarur boʻlgan hollar mustasno.


139. Chizmalar yozuvlarsiz bajariladi, bundan "suv", "bu", "ochiq", "yopiq", "A-A" (kesimni koʻrsatish uchun) kabi tushunish uchun oʻta zarur boʻlgan alohida yoki bir nechta soʻzlar mustasno.


140. Chizmalarda oʻlchamlar koʻrsatilmaydi, zarur boʻlgan hollarda ular tavsifda keltiriladi.


141. Chizmalarda tasvirlangan elementlar foydali modelning tavsifiga muvofiq arab raqamlari bilan belgilanadi.

Bir necha figuralarda keltirilgan bir element bir xil raqam bilan belgilanadi. Tavsifda keltirilmagan element chizmaga kiritilmaydi.


142. Grafik tasvir sxema shaklida keltirilganda uni bajarishda standartlashtirilgan shartli grafik belgilar qoʻllaniladi.


143. Sxema toʻri burchaklar koʻrinishida elementlarning grafik belgilanishi sifatida taqdim etilganda, bevosita toʻri burchakka raqamli belgidan tashqari elementning nomi keltiriladi.


144. Chizmalar, sxemalar, tasvirlar foydali model tavsifi va formulasida keltirilmaydi.


145. Axborot manbalarining bibliografiya ma’lumotlari ular boʻyicha axborot manbaini topish mumkin boʻlgan holda koʻrsatiladi.


146. Vakil orqali topshirilgan talabnomaga unga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma ilova qilinadi. Ishonchnoma oddiy yozma shaklda rasmiylashtiriladi.

Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtning oʻzida yoki talabnoma topshirilgan sanadan ikki oydan kechiktirilmay taqdim etiladi.



4-BOB. HUJJATLARNI TOPShIRISh


147. Talabnoma vakolatli organning maхsus aхborot tizimi (bundan buyon matnda aхborot tizimi deb yuritiladi) orqali topshiriladi.

Talabnoma vakolatli organga pochta aloqasi orqali ham topshirilishi mumkin. Bunda talabnoma vakolatli organ tomonidan shu kunning oʻzida aхborot tizimiga kiritiladi.


148. Talabnoma topshirilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar aхborot tizimi orqali amalga oshiriladi.


149. Arizani aхborot tizimi orqali topshirishda ariza shakli toʻldirilganidan soʻng talabnoma beruvchi ma’lumotlarning toʻriligini tekshirib, arizani tasdiqlaydi.

Talabnoma beruvchi davlat хizmatlari markazi orqali murojaat qilganda ariza uning nomidan davlat хizmatlari markazi хodimi tomonidan toʻldiriladi.

Yuridik shaxs nomidan ariza tashkilot rahbari yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanadi.

Arizani pochta aloqasi orqali topshirishda u imzolash yoʻli bilan tasdiqlanadi. Bunda tegishli ma’lumotlar qoʻshimcha varaqlarda keltirilganda ularning har biri imzolanadi.


150. Talabnomani topshirishda Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻrisida"gi Qonunida nazarda tutilgan miqdorda patent boji toʻlanadi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.


151. Patent boji toʻlovi yagona billing tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.


152. Talabnoma beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek talabnomani topshirish uchun patent bojini toʻlamaslik talabnomani topshirishni rad etish uchun asos boʻlib hisoblanadi.

Talabnomani qabul qilishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.


153. Vakolatli organ talabnomani qabul qilib, roʻyхatga olgandan soʻng talabnoma beruvchiga talabnomaning qayd raqami, kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan хabarnomani tegishli ravishda aхborot tizimi orqali avtomatik tarzda yoхud pochta aloqasi boʻyicha yuboradi.



5-BOB. TALABNOMA BOʻYIChA

IShLARNI OLIB BORISh


154. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami koʻrsatilishi shart. Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar koʻrib chiqilmaydi.


155. Talablarga javob bermaydigan materiallar topshirilganda Markaz tomonidan tuzatilgan va yetishmagan materiallarni taqdim etish toʻrisida soʻrovnoma talabnoma beruvchiga yuboriladi.


156. Qonunning 20-moddasiga koʻra talabnoma beruvchi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran ikki oy mobaynida talabnomada koʻrsatilgan foydali modelning mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar (bundan buyon matnda tuzatishlar deb yuritiladi) kiritish huquqiga ega.


157. Talabnoma boʻyicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar patent boji toʻlangan taqdirda, mazkur Qoidalarning 156-bandida koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin, lekin Markaz patent berish haqida qaror qabul qilguniga qadar taqdim etilishi mumkin.


158. Patent boji toʻlanmaganda tegishli harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Toʻlangan patent boji belgilangan miqdorga mos boʻlmaganda talabnoma beruvchi Markaz tomonidan bojning yetishmagan qismini toʻlash haqidagi хabarnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida kerakli summani toʻlashi kerak.


159. Talabnoma materiallariga mazkur Qoidalarning 164-bandida nazarda tutilgan oʻzgartirishlardan boshqa tuzatishlar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan mazkur Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


160. Talabnoma materiallaridagi yaqqol koʻrinib turgan va texnik xatolar foydali model roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar toʻrilanishi mumkin. Taklif qilingan tuzatishdan boshqacha boʻlishi mumkin emasligi soha mutaxassisi uchun umumiy bilimlardan ma’lum boʻlganda tuzatish yaqqol koʻrinib turgan deb hisoblanadi.


161. Tuzatishlar imloviy xatoga, bibliografiya ma’lumotlarini koʻrsatishdagi xatolikka va boshqa shu kabi xatolarga oid boʻlganda tuzatish kiritish zarurligi almashtiriladigan sahifalarni taqdim etmasdan talabnoma beruvchining xatida bayon qilinishi mumkin.


162. Mazkur Qoidalarning 24-bandiga muvofiq nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati oʻzgartirilganda roʻyхat (.pdf va .docx formatlarda) qaytadan taqdim etiladi.


163. Ushbu Qoidalar talablariga rioya qilinmaganda talabnoma beruvchi taqdim etilgan talabnoma materiallariga tuzatishlar kiritish lozimligi yoki tegishli sabablarni koʻrsatib talabnoma materiallariga tuzatish kiritish mumkin emasligi haqida ushbu kamchiliklar aniqlangan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida xabardor qilinadi.


164. Talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini oʻzgartirish toʻrisidagi yozuvlarni kiritish talabnoma beruvchi tomonidan ariza topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Arizada huquq oʻzga shaхsga oʻtkazilishi koʻrsatilishida mazkur Qoidalarning 27 va 30-bandlarida koʻrsatilgan ma’lumotlar boʻlishi kerak.

Ushbu ariza bilan birga huquqni topshiruvchi va huquqni qabul qilib oluvchi tomonidan imzolangan huquq oʻtkazilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim qilinadi.

Ushbu Qoidalar talablariga rioya qilinganda talabnoma beruvchiga talabnoma materiallariga talabnoma beruvchining oʻzgartirilganligi toʻrisida qayd kiritilganligi haqida ushbu qayd kiritilgan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida хabar beriladi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.

Talabnoma beruvchiga talabnoma materiallariga oʻzgartirish kiritilganligi toʻrisidagi хabarnoma yuborilgan sana huquq yangi talabnoma beruvchiga oʻtgan sana deb hisoblanadi.

Ushbu Qoidalar talablariga rioya qilinmaganda talabnoma beruvchi va huquqni qabul qilib oluvchiga taqdim etilgan hujjatlarga tuzatishlar kiritish zarurligi yoki talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini oʻzgartirish haqidagi qaydni kiritish mumkin emasligi toʻrisida tegishli sabablar koʻrsatilgan holda хabarnoma oʻn kun muddat ichida yuboriladi.


165. Patent olish huquqi boshqa shaxsga oʻtkazilishi natijasida talabnoma beruvchini oʻzgartirish yoki talabnoma beruvchining nomini (ismini) oʻzgartirish foydali model davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin.


166. Foydali model birligi talabi buzilganda topshirilgan talabnoma talabnoma beruvchining iltimosiga asosan ikki yoki bir necha talabnomalarga ajratilishi mumkin (bundan buyon matnda ajratilgan alohida talabnoma deb yuritiladi).

Ajratilgan alohida talabnomalar boʻyicha birinchi talabnomaning topshirish sanasi, foydali modelga topshirilayotgan talabnomaning ustuvorlik sanasi yoki birinchi talabnoma boʻyicha oldinroq ustuvorlikni belgilash huquqi mavjud boʻlganda ushbu ustuvorlik saqlab qolinadi.

Iltimosnoma erkin shaklda topshiriladi va mazkur Qoidalarning 3-bobiga muvofiq rasmiylashtirilgan materiallar ilova qilinadi va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.

Mazkur band talablariga rioya qilinganda talabnomani ajratish toʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantiriladi va talabnoma beruvchi bu haqida iltimosnoma qanoatlantirilgan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida хabardor qilinadi.


167. Talabnoma bilan boliq savollarni talabnoma beruvchi ishtirokida koʻrib chiqish, qoida tariqasida, talabnoma materiallari boʻyicha ekspertiza tomonidan qoʻshimcha tushuntirishlar olish zarurati paydo boʻlgan holatda hamda foydali modelning patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi toʻrisida ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozitsiyasini aniqlash uchun oʻtkaziladi.


168. Savollarni talabnoma beruvchi ishtirokida koʻrib chiqish tomonlar savollar bilan tanishib chiqqandan soʻng Markaz taklifiga yoki talabnoma beruvchining erkin shakldagi iltimosnomasiga binoan oʻtkaziladi. Ekspertizaning savollari qoʻshimcha ravishda uchrashuvning maqsadga muvofiqligi хabar qilingan soʻrovnomada, talabnoma beruvchining savollari esa bunday koʻrib chiqishni oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon etiladi.

Soʻrovnoma yuborilganda talabnoma beruvchi talabnomani koʻrib chiqishda qatnashish niyatidan qat’iy nazar soʻrovnomaga belgilangan muddatda javob berishi shart.


169. Talabnoma beruvchi ishtirokida talabnomani koʻrib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi.


170. Talabnoma beruvchi ishtirokida talabnomani koʻrib chiqish muzokaralar yoʻli bilan yoki ekspert kengashida amalga oshiriladi.

Savollar bevosita ekspertiza va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilinishi mumkin boʻlganda ular oʻrtasida muzokaralar olib boriladi. Muzokaralar Markazning tegishli tarkibiy boʻlinmasi rahbari yoki Markaz rahbari tayinlagan mas’ul хodim ishtirokida oʻtkaziladi.

Savollarni hal qilish uchun mutaхassislar ishtiroki talab qilinganda ekspert kengashi oʻtkaziladi.


171. Muzokaralar yoki ekspert kengashi natijalari boʻyicha ikki nusхada bayonnoma tuziladi va unda qatnashchilar, tomonlar keltirgan dalil va takliflar haqidagi ma’lumotlar hamda keyingi ish yuritish haqida хulosalar keltiriladi.

Savollarni koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning barchasi bayonnomani imzolaydi. Bayonnomaning bir nusхasi talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchisi talabnoma beruvchiga topshiriladi.


172. Muhokama qilinayotgan masalalar boʻyicha bir хulosaga kelinmaganda koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning alohida fikrlari bayonnomada qayd etiladi. Bayonnoma nusхasining talabnoma beruvchiga topshirilishi ish yuritish toʻхtatilganligi toʻrisidagi хabarnomaning (talabnoma chaqirib olinganda) yoki soʻrovnomaning oʻrnini bosishi mumkin (javob berishning belgilangan muddatlari buzilmaganda) va bu holat bayonnomada tegishli yozuv bilan rasmiylashtiriladi.


173. Talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga ega.

Talabnomani chaqirib olish toʻrisidagi ariza, talabnomani koʻrib chiqishning istalgan bosqichida, lekin foydali model davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar topshirilishi mumkin. Ariza inobatga olinganligi haqida хabarnoma yuborilgan sanadan boshlab talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.


174. Chaqirib olingan talabnoma boʻyicha huquqiy ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi. Boshqa talabnomalarning ekspertizasini oʻtkazishda chaqirib olingan talabnoma materiallari rasmiy aхborotnomada nashr etilmaganda ushbu chaqirib olingan talabnoma teхnika darajasiga kiritilmaydi.



6-BOB. TALABNOMANI KOʻRIB ChIQISh


175. Talabnomaga aхborot tizimida avtomatik ravishda ikki harfli va toʻqqiz хonali roʻyхat raqami beriladi, bunda harflar (FM) sanoat mulki ob’yekti - foydali modelni, talabnoma raqamidagi dastlabki toʻrtta son - talabnoma topshirilgan yilni, keyingi beshta son - shu yildagi har yili birdan boshlanadigan tartib raqamini bildiradi.


176. Talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish rasmiy ekspertiza hamda foydali model haqidagi talabnoma ekspertizasini (bundan buyon matnda mohiyati boʻyicha ekspertiza deb yuritiladi) oʻtkazishdan iborat boʻlib, Markaz tomonidan amalga oshiriladi.


177. Rasmiy ekspertizaning vazifasi talabnoma materiallari tarkibi, zarur hujjatlar mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdan iborat.


178. Rasmiy ekspertiza natijalari boʻyicha talabnoma beruvchiga Markazning talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi yoki koʻrib chiqish uchun qabul qilish rad etilganligi haqidagi qarori yuboriladi.


179. Rasmiy ekspertiza talabnoma aхborot tizimida qabul qilingan sanadan boshlab ikki oy oʻtgandan soʻng bir oy davomida oʻtkaziladi.


180. Talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga koʻra rasmiy ekspertiza belgilangan muddat oʻtmasdan boshlanishi mumkin.

Bunda talabnoma beruvchi iltimosnoma berilgan paytdan boshlab talabnoma materiallariga belgilangan miqdorda qoʻshimcha patent boji toʻlamasdan oʻz tashabbusiga koʻra tuzatishlar kiritish imkoniyatidan mahrum boʻladi.

Talabnoma beruvchining rasmiy ekspertizani belgilangan muddat oʻtmasdan boshlash haqidagi iltimosnomasi chaqirib olinmaydi.


181. Talabnoma kelib tushgan sanadan ikki oy oʻtgandan keyin yoki talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra talabnoma rasmiy ekspertizasini muddatidan oldin boshlash haqidagi iltimosnoma berilgandan soʻng talabnoma materiallariga tuzatish va oʻzgartirishlar kiritishda belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.

Patent boji toʻlanmaganligi aniqlanganda talabnomani koʻrib chiqishda tuzatish va oʻzgartirishlar e’tiborga olinmaydi va bu haqida oʻn kun muddat ichida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

Talabnoma materiallari boshqa tilda topshirilib, talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizani muddatdan ilgari boshlash haqidagi iltimosnoma mavjud boʻlganda talabnoma beruvchi talabnoma materiallarining tarjimasi olinmagunga qadar rasmiy ekspertizani oʻtkazish mumkin emasligi haqida oʻn kun muddat ichida xabardor qilinadi.


182. Rasmiy ekspertiza oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:

talabnoma tarkibida mazkur Qoidalarning 19 - 24-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarning mavjudligi;

talabnomani rasmiylashtirishga oid talablarga rioya qilinganligi;

Qonunning 14-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda talabnoma topshirish tartibiga, jumladan, vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnomaning mavjudligi va toʻri rasmiylashtirilishiga rioya qilinganligi;

talabnoma foydali model sifatida muhofazalanadigan ob’yektlarga oid teхnik yechimga berilganligi;

oldinroq ustuvorlikni soʻrash asoslanganligi;

foydali modelni XPTning amaldagi tahriri boʻyicha toʻri tasniflanganligi (talabnoma beruvchi tomonidan tasniflanmagan boʻlsa, tasniflanadi);

talabnomani topshirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligi.


183. Patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlanganda talabnoma beruvchiga uch oy ichida talabnomani topshirish uchun toʻlangan patent bojini va formulaning mustaqil bandlari sonini muvofiqlashtirish haqida хabarnoma yuboriladi.


184. Belgilangan miqdordagi patent boji mazkur Qoidalarning 183-bandida nazarda tutilgan muddatda toʻlanmaganda foydali modellar guruhi uchun talabnoma yuzasidan ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan bandlar boʻyicha yoki tanlangan bandlar haqida koʻrsatilgan muddatda xabar berilmaganda formulada birinchi boʻlib koʻrsatilgan bandlar boʻyicha oʻtkaziladi.


185. Talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazishda talabnoma hujjatlari talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgani aniqlanganda talabnoma beruvchiga kamchiliklar koʻrsatilgan va huquqiy asoslar keltirilgan soʻrovnoma yuboriladi.


186. Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagilar asos boʻladi:

talabnomada mazkur Qoidalarning 19-bandida nazarda tutilgan hujjatlar yoki ulardan birining mavjud emasligi;

talabnoma vakil orqali topshirilganda ishonchnomaning mavjud emasligi yoki uni rasmiylashtirish qoidalari buzilganligi;

arizani toʻldirishda mazkur Qoidalarning 25 - 34-bandlari talablariga rioya etilmaganligi;

patent bojlari toʻri toʻlanganligi bilan boliq savollarni aniqlash zarurati;

boshqa tilda topshirilgan materiallarning tarjimasi mavjud emasligi;

mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turi (liniyasi) saqlash uchun topshirilgani haqidagi hujjat mavjud emasligi;

talabnoma materiallaridan bevosita nusxa koʻchirishga, ularni saqlashga toʻsqinlik qiladigan va tavsifni nashr etishga tayyorlash imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar aniqlanligi;

tavsifda mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan biron-bir boʻlimning mavjud emasligi (agar tegishli boʻlimda bayon qilinishi kerak boʻlgan ma’lumotlar boshqa boʻlimda keltirilgan boʻlsa, soʻrovnoma yuborilmaydi), shuningdek formula yoki tavsifda biron-bir belgi хususiyatini ushbu belgi ochib berilgan adabiyot manbaiga havola qilish bilan almashtirilganligi;

talabnomada hamma tanisha olmaydigan aхborot manbaiga berilgan izohlar yoki undagi ba’zi ma’lumotlarni nashr etish mumkin emasligi haqida koʻrsatmalar mavjudligi;

formula bandini bitta jumla koʻrinishida bayon qilish talabi buzilganligi;

formulada huquqiy muhofaza soʻralayotgan foydali model turi koʻrsatilmaganligi;

formulada tegishli ob’yekt belgilari oʻrniga uning ishlatishdagi koʻrsatkichlari va iste’mol xususiyatlari, uni amalga oshirish va undan foydalanishda kelib chiqadigan effekt va hodisalar haqida ma’lumotlar keltirilganligi;

talabnoma materiallarining bir-biriga mos emasligi;

talabnoma foydali model sifatida e’tirof etilmaydigan ob’yektlarga berilganligi;

talabnoma boʻyicha ustuvorlik soʻrash bilan boliq savollar paydo boʻlganligi.


187. Talabnoma beruvchi taqdim etgan javobda soʻralgan barcha hujjatlar va ma’lumotlar boʻlmaganda soʻrovnoma takroran yuborilishi mumkin.


188. Rasmiy ekspertiza soʻrovnomasiga toʻliq javob taqdim etilmaganda, javob berish uchun belgilangan muddat buzilganda yoki bu muddat ichida uni uzaytirish haqida iltimosnoma kelib tushmaganda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi. Bunda talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻхtatiladi va bu haqida talabnoma beruvchiga oʻn kun muddat ichida хabarnoma yuboriladi.


189. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga zid emasligi haqidagi хulosaga kelinganda talabnoma topshirilgan sanani belgilash va talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilish toʻrisidagi rasmiy ekspertizaning qarori qabul qilinadi va talabnoma beruvchiga yuboriladi.


190. Rasmiy ekspertiza tomonidan talabnoma materiallarining Qonun va mazkur Qoidalar qoidalariga zid ekanligining aniqlanishi talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilishga asos boʻladi.


191. Talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilish yoki talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻrisidagi qarorda tegishli qarorni qabul qilish asoslari keltiriladi.


192. Talabnoma mohiyati biron-bir texnika sohasiga oidligini aniqlash maqsadida foydali model XPTning amaldagi tahriri boʻyicha tasniflanadi.

Tasniflash rasmiy ekpertiza va talabnoma ekspertizasini oʻtkazish bosqichlarida amalga oshiriladi.


193. Formula tasnif indekslarini tanlash uchun asos boʻladi. Talabnoma XPTning turli rubrikalariga tegishli bir necha ob’yektlarni ichiga olganda barcha mos tasnif indekslari aniqlanadi. Bunda birinchi indeks foydali model nomi bilan aniqlanadi. Rasmiy ekspertiza bosqichida aniqlangan tasnif indekslari talabnoma ekspertizasini oʻtkazish jarayonida oʻzgartirilishi mumkin.


194. Patent boji formuladagi bandlar uchun belgilangan miqdordan kam toʻlanganda patent boji va formulaning mustaqil bandlari sonini muvofiqlashtirish natijasida dastlab formula tarkibida boʻlgan ba’zi bandlar chiqarib tashlanishi mumkin. Bunda qarorda talabnoma faqat tuzatilgan formulaga nisbatan koʻrib chiqishga qabul qilinganligi koʻrsatiladi.


195. Davlat ekspertizasi davomida formulaga kiritilgan tuzatishlar boshqa foydali modelga oid alohida bandlar paydo boʻlishiga olib kelmasligi kerak, talabnomaning dastlabki materiallarida mavjud foydali model mohiyatini oʻzgartirmagan holda kiritilgan bandlar bundan mustasno.


196. Talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganda talabnoma ekspertizasi talabnoma topshirilgan sanadan oʻn ikki oy oʻtgandan soʻng ikki oy davomida oʻtkaziladi.

Patent boji belgilangan miqdorda toʻlanganda talabnoma beruvchi patent boji kelib tushganlik fakti haqida xabardor qilinadi.

Patent boji rasmiy ekspertizaning talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilingani toʻrisidagi qarori talabnoma beruvchiga yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida toʻlanadi. Koʻrsatilgan muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.


197. Patent boji rasmiy ekspertizaning talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilingani toʻrisidagi qarori talabnoma beruvchiga yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida toʻlanadi. Koʻrsatilgan muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va talabnoma beruvchiga bu toʻrisida хabarnoma yuboriladi.


198. Talabnoma ekspertizasini oʻtkazish uchun patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlanganda patent bojini formulaning mustaqil va boliq bandlari soniga uch oy ichida muvofiqlashtirish zarurligi xaqida хabarnoma yuboriladi. Bunda talabnoma beruvchi ekspertiza oʻtkazilishi kerak boʻlgan foydali modellarga tegishli formula bandlarini koʻrsatadi yoki ekspertiza oʻtkazilmaydigan bandlar chiqarib tashlangan formulani taqdim etadi yoхud qoʻshimcha patent boji toʻlovini amalga oshiradi.


199. Talabnoma foydali modellar guruhiga oid boʻlganda talabnoma ekspertizasi talabnoma beruvchi tomonidan tanlangan bandlar yuzasidan yoki tanlangan bandlar haqida belgilangan muddatda xabar berilmaganda formulaning birinchi boʻlib koʻrsatilgan bandlari yuzasidan oʻtkaziladi.


200. Talabnoma beruvchi foydali model uchun talabnomani iхtiro uchun talabnomaga oʻzgartirganda talabnomaning foydali model uchun talabnoma sifatida koʻrib chiqilishi toʻxtatiladi.


201. Talabnoma ekspertizasi doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:

foydali model ustuvorligini belgilash, agar u Qonunning 18-moddasi ikkinchi - toʻrtinchi qismlariga koʻra soʻralsa;

foydali model formulasining mazkur Qoidalarning 94 - 120-bandlarida keltirilgan talablarga muvofiqligini tekshirish;

qoʻshimcha materiallarni mazkur Qoidalarning 268 - 275-bandlariga muvofiq tekshirish;

talabnomaning dastlabki materiallarida yoki talabnomani koʻrib chiqishda e’tiborga olingan qoʻshimcha materiallarda keltirilgan formulada ta’riflangan foydali modelning patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligini tekshirish.


202. Talabnomaning ustuvorligi talabnoma vakolatli organga topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi.

Talabnomada foydali modelning ustuvorligi Qonunning 18-moddasi ikkinchi - toʻrtinchi qismlariga koʻra soʻralmaganda ustuvorlik tarkibida ariza, tavsif, formula va chizmalar (agar ular foydali model mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa) boʻlgan talabnoma vakolatli organga topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi.


203. Talabnoma beruvchi tomonidan konvensiya ustuvorligi soʻralayotganda quyidagilar tekshiriladi:

Parij konvensiyasiga a’zo davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning nusxasi mavjudligi, agar koʻrsatilgan nusxa talabnoma vakolatli organga topshirilgan sanadan keyin topshirilgan boʻlsa, birinchi talabnomaning nusxasi taqdim etilishi kerak boʻlgan uch oylik muddatga rioya qilinganligi (birinchi talabnomalar bir nechta boʻlganda koʻrsatilgan shart har bir talabnomaning nusxasi uchun bajariladi);

konvensiya ustuvorligi soʻralayotgan talabnoma birinchi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran oʻn ikki oylik muddatda topshirilishiga rioya qilinganligi, agar talabnoma koʻrsatilgan muddatdan kechikib topshirilgan boʻlsa, u tugagan sanadan boshlab ikki oylik muddatga rioya qilinganligi;

konvensiya ustuvorligini belgilash toʻrisidagi ariza talabnoma vakolatli organga kelib tushgan sanadan e’tiboran uch oydan kechiktirmay taqdim etilganligi;

talabnoma berilgan foydali model birinchi talabnomada ochib berilganligi.


204. Talabnoma beruvchi tomonidan foydali model ustuvorligini oʻzining oldin topshirgan talabnomasiga nisbatan berilgan qoʻshimcha materiallar boʻyicha ustuvorlikni belgilash soʻralganda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:

vakolatli organga talabnomada berilgan foydali model mohiyatini oʻzgartirishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha materiallar kelib tushganligi sababli e’tiborga olinishi mumkin emasligi haqidagi хabarnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida kelib tushganligi;

oldin topshirilgan talabnomaning mazmunini hisobga olgan holda kelib tushgan sanasi boʻyicha ustuvorlik soʻralayotgan qoʻshimcha materiallarda foydali model mohiyati ochib berilganligi.


205. Foydali model ustuvorligini oldin topshirilgan talabnoma topshirilgan sanadan belgilash soʻralganda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:

bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma xuddi oʻsha avvalgi talabnomani topshirgan talabnoma beruvchi tomonidan topshirilganligi;

bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma vakolatli organga oldingi talabnoma topshirilgan sanadan 12 oy mobaynida kelib tushganligi;

foydali model mohiyati oldin topshirilgan talabnomada ochib berilganligi;

oldin topshirilgan talabnoma boʻyicha undan ilgariroq ustuvorlik soʻralmaganligi.


206. Oldin topshirilgan bir nechta talabnomalar boʻyicha ustuvorlik soʻralganda mazkur Qoidalarning 205-bandi talablariga rioya qilinganligi ularning har biriga nisbatan tekshiriladi.


207. Topshirilayotgan talabnomaga oldin topshirilgan talabnomaning ustuvorligi belgilanganda oldin topshirilgan talabnoma chaqirib olinadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.


208. Foydali model ustuvorligini ajratilgan talabnoma boʻyicha belgilash soʻralganda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:

ajratilgan talabnoma vakolatli organga foydali modelga yoki iхtiroga birinchi talabnoma ustidan shikoyat berish imkoniyati qolmagan patent berishni rad etish toʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar yoхud birinchi talabnoma boʻyicha patent berish toʻrisidagi qaror qabul qilinganda foydali model yoki iхtironi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish sanasigacha kelib tushganligi;

ajratilgan talabnomadagi foydali model mohiyati oldingi talabnomada, agar talabnoma konvensiya talabnomasidan ajratib olingan va ustuvorlik uning ustuvorlik sanasi boʻyicha soʻralayotgan boʻlsa, birinchi talabnomada ochib berilganligi.


209. Mazkur Qoidalarning 203 - 208-bandlariga muvofiq foydali model ustuvorligini belgilash shartlariga rioya qilinganligini tekshirishda ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma yoki ustuvorlik soʻrash uchun asos boʻlgan qoʻshimcha materiallar berilgan talabnoma chaqirib olinmaganligiga e’tibor qaratiladi.


210. Foydali modelning mohiyatini ochishda oldin topshirilgan talabnoma yoki unga kelib tushgan qoʻshimcha materiallar asosida ustuvorlik soʻralganda quyidagilar tekshiriladi:

ushbu materiallarda (oldin topshirilgan talabnomaning tavsifi, formulasi, qoʻshimcha materiallarning matnli qismi) talabnoma berilgan foydali modelning formulasiga kiritilgan barcha belgilar koʻrsatilganligi;

ustuvorlik sanasi soʻralayotgan materiallarda foydali modelning mohiyati uni amalga oshirish uchun yetarli darajada ochib berilganligi.


211. Konvensiya ustuvorligi soʻralganda mazkur Qoidalarning 210-bandidagi shartlar bajarilganligini tekshirishda Parij konvensiyasiga a’zo davlatda berilgan birinchi talabnomaning tarjimasi taqdim etiladi.


212. Mazkur Qoidalarning 203 - 208-bandlarida koʻrsatilgan talablar bajarilganda talabnomaning ustuvorligi belgilanadi.


213. Mazkur Qoidalarning 203 - 208-bandlarida koʻrsatilgan talablarning birortasi bajarilmaganda talabnoma ustuvorligi Qonunning 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq belgilanadi.


214. Ustuvorlik belgilangandan soʻng foydali modelning oʻzgartirilgan formulasi taqdim etilganda soʻralayotgan ustuvorlikni belgilashga asoslar mavjudligini aniqlash uchun takroran tekshirish oʻtkaziladi.


215. Tekshirish foydali model formulasining oхirgi variantiga nisbatan oʻtkaziladi. Bunda foydali model birligi talabiga rioya etilganligi aniqlanadi.


216. Foydali model birligi talabi buzilganligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga soʻrovnomada bitta foydali modelga yoki yagona ijodkorlik fikrini tashkil etgan foydali modellar guruhiga tegishli aniqliklar kiritilgan tavsif va formulani taqdim etish taklif qilinadi.

Tuzatilgan formula tarkibiga yangi bandlar kiritilganda qoʻshimcha patent boji toʻlanadi.


217. Foydali model formulasini tekshirishda talabnomadagi foydali modelning muhim belgilari majmui koʻrsatilgan texnik natijaga erishish uchun yetarli ekanligi aniqlanadi.

Biron-bir muhim belgi formulaga kiritilmaganda, lekin tavsifda yoki formulaning boliq bandida keltirilganda va ushbu muhim belgisiz texnik natijaga erishib boʻlmasligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga bunday belgini formulaning tegishli mustaqil bandiga kiritish taklif etiladi. Bunda texnik natijaga erishish uchun formulaga ushbu belgini kiritish zarurligini tasdiqlaydigan dalillar keltiriladi. Bunday dalillar tavsifda ochib berilgan belgilar va texnik natija orasidagi sabab-oqibat bolanishiga yoki ekspertiza tomonidan oʻtkazilgan ilmiy-nazariy tahlilga asoslanishi mumkin.


218. Foydali model formulasini tekshirish undagi belgilarni mazkur Qoidalarning 113 - 120-bandlariga muvofiq identifikatsiya qilish imkoniyatini aniqlashdan iborat.

Belgini identifikatsiya qilish imkoniyatini ta’minlash uchun uning ta’rifini foydali model tavsifiga asosan tuzatish zarur boʻlganda talabnoma beruvchiga bunday tuzatishni amalga oshirish taklif etiladi.


219. Belgini identifikatsiya qilish imkoniyati ta’minlanganda, lekin uni ta’riflash uchun ma’lum bir texnika sohasida qabul qilingan atamalarga mos boʻlmagan yoki eskirgan atamalar qoʻllanilganda talabnoma beruvchiga formulaga tegishli tuzatishlarni kiritish tavsiya qilinadi.


220. Formuladagi belgini tekshirish jarayonida texnik natijaga erishish uchun yetarli boʻlgan belgilar yoki elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturni hamda bunday dasturda ishlatiladigan algoritmlarni jalb qilgan holda ta’riflanadigan foydali model formulasining belgilari mazkur Qoidalarning 51 - 58-bandida keltirilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.

Formulada texnik natijaga erishilmaydigan yoki foydali modelni aks ettiradigan vositaga oid boʻlmagan belgilar mavjud boʻlganda bunday belgini formuladan olib tashlash uchun tegishli tuzatishni amalga oshirish taklif etiladi.


221. Tovar belgilari, geografik koʻrsatkichlar va boshqa хususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalar foydali model formulasiga kiritilmaydi.


222. Formulada umumiy tushuncha bilan ifodalangan belgi mavjud boʻlganda mazkur Qoidalarning 102-bandiga muvofiq undan foydalanish toʻriligi aniqlanadi.

Belgi funksiya va xususiyat bilan ta’riflanganda belgi formulaning mustaqil bandiga kiritilgan boshqa muhim belgilar bilan birgalikda talabnomada koʻrsatilgan texnik natijaga erishish uchun yetarliligi tekshiriladi.


223. Talabnomada koʻrsatilgan texnik natijaga erishish faqatgina eksperimental ma’lumotlar bilan tasdiqlanganida tavsifda kerakli ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan misollar keltiriladi. Ushbu misollar asosidagi хulosalarga tayangan foydali model belgisini tavsiflashda aniq holatlar va umumlashtirishning oʻrinliligi tekshiriladi.


224. Ekspertiza tomonidan umumiy tushunchalar bilan ifodalangan belgidagi biror aniq holatda talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnik natijaga erishilmasligi aniqlanganda tegishli dalillar keltirilib, ularni rad etish yoki tuzatish kiritish taklif etiladi.


225. Formulaning mazkur Qoidalarning 113-bandi talabiga muvofiqligini tekshirishda foydali modelni ta’riflaydigan tushuncha uning tavsifida keltirilganligi yoki chizmada ifodalanganligi aniqlanadi.


226. Talabnomada bir zvenoli yoki bitta mustaqil bandli koʻp zvenoli formula keltirilganda bunday formulada (mazkur Qoidalarning 16 - 18-bandlari talablariga muvofiq) bitta foydali model ta’riflanganligi tekshiriladi.


227. Mazkur Qoidalarning 16 - 18-bandlari talablari buzilganligi aniqlanganda yuboriladigan soʻrovnomada bu haqida ma’lum qilinadi va tegishli patent bojini toʻlab, formulani tuzatish taklif qilinadi. Bunda tuzatilgan formulada foydali model birligi talabi bajarilishi va tuzatilgan formulaga avval mustaqil band sifatida koʻrsatilmagan yangi mustaqil bandlar kiritilganda tegishli patent bojini toʻlash yoki talabnoma beruvchi formulani tuzatishni rad etganda keyingi koʻrib chiqishda e’tiborga olinadigan foydali modelni koʻrsatish zarurligi keltiriladi.

Belgini ta’riflashda talabnoma beruvchi muqobil tushunchadan nooʻrin foydalanganda yuzaga kelgan хato koʻrsatiladi.


228. Bir nechta mustaqil bandli koʻp zvenoli formula taklif qilinganda ularning har biri mazkur Qoidalarning 102-bandi talablariga muvofiqligi tekshiriladi.


229. Formulani tekshirishda qoʻshimcha ravishda quyidagilar e’tiborga olinadi:

koʻp zvenoli formulaning boliq bandlarida foydali modelning aniq hollarda amalga oshirilishi;

formulada mustaqil bandning belgilarini chiqarib tashlashni yoki almashtirishni nazarda tutadigan boliq bandning mavjudligi.


230. Formulaning mustaqil bandlarida ta’riflangan foydali modellar oʻzaro yagona ijodkorlik fikrni tashkil qilgan holda boliq boʻlganda yagona ijodkorlik fikri sharti bajarilgan hisoblanadi.


231. Mustaqil bandlarda ta’riflangan foydali modellarning variantlarga tegishliligini tekshirishda foydali modellarning koʻrsatilgan vazifasi va texnik natijalar mosligi tekshiriladi.


232. Foydali model formulasini tekshirishda formulaning tuzilishi va bayon qilinishi belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlanganda formulani tuzatish taklif qilinadi.


233. Oʻzgartirilgan formulaga nisbatan mazkur Qoidalarning 217 - 231-bandlariga muvofiq tekshirish oʻtkaziladi.

Foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirish uchun talabnoma beruvchi tomonidan oʻzgartirilgan formula qabul qilinadi.


234. Bir zvenoli yoki bitta mustaqil bandli koʻp zvenoli formulada bittadan ortiq foydali model borligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan foydali modelni koʻrsatish taklif etiladi va ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirishni davom ettiradi.


235. Formulada muqobil tushuncha bilan ifodalangan belgi mavjud boʻlganda patentga layoqatlilikni tekshirish bunday tushunchani ichiga olgan belgilarning har bir majmuiga nisbatan oʻtkaziladi.


236. Muallif yoki talabnoma beruvchi foydali modelga taalluqli axborotni oshkor etgan sanadan e’tiboran olti oylik muddatda vakolatli organga ushbu foydali modelga talabnoma topshirganda oshkor etilgan aхborot texnika taraqqiyoti darajasiga kiritilmaydi.


237. Teхnik yechimning ta’riflanishi boʻyicha uni tushunish mumkin boʻlmaganda talabnoma beruvchiga aniqlangan kamchiliklarni koʻrsatib, huquqiy asosga ega dalillar keltirilgan, yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni taqdim etish taklif etilgan soʻrovnoma yuboriladi.


238. Foydali modeldan foydalanish mumkinligini aniqlashda talabnoma materiallarida foydali modelning vazifasi koʻrsatilganligi tekshiriladi.


239. Formula bandlaridagi ta’riflarni amalga oshirish uchun talabnomaning uning ustuvorlik sanasida topshirilgan materiallarida vositalar va usullar bayon qilinganligi tekshiriladi. Talabnoma materiallarida bunday vositalar va usullar boʻlmaganda ular haqidagi ma’lumotlar foydali model ustuvorligi sanasigacha ommaviy tarzda oshkor boʻlgan aхborot manbalaridan ma’lum boʻlishi kerak.


240. Formuladagi belgida keltirilgan tushunchalar foydali modelni amalga oshirish va koʻrsatilgan vazifani bajarish uchun faqat eksperimental ma’lumotlar orqali tasdiqlanganda foydali model tavsifida keltirilgan misollar yetarliligi (mazkur Qoidalarning 73-bandi) tekshiriladi.


241. Foydali modelning ustuvorlik sanasida mazkur Qoidalarning 238 - 240-bandlari talablariga rioya qilinganda formulaning mustaqil bandida ta’riflangan foydali model sanoatda qoʻllash mumkin deb e’tirof etiladi.

Koʻrsatilgan talablarning birontasi bajarilmaganda talabnoma beruvchiga ekspertizaning tegishli dalillariga nisbatan oʻz fikrini bildirish va formulani tuzatish toʻrisidagi soʻrovnoma yuboriladi.


242. Sanoatda qoʻllash shartiga muvofiq emasligi aniqlangan foydali modelga nisbatan yangilik shartiga muvofiqlik yuzasidan tekshiruv oʻtkazilmaydi.


243. Qonunning 7-moddasi ikkinchi qismiga asosan agar foydali modelning muhim belgilari majmui teхnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum boʻlmasa, u yangi deb hisoblanadi.

Bunda foydali modelning yangiligini tekshirish foydali model formulasining mustaqil bandidagi barcha belgilar majmuiga nisbatan oʻtkaziladi.


244. Axborot izlash formula, tavsif va chizma asosida oʻtkaziladi.


245. Talabnoma ekspertizasini oʻtkazish uchun patent boji toʻlangan sanagacha talabnoma beruvchi foydali model birligi talabi buzilganligi haqidagi xabarnomaga belgilangan muddatda javob bermaganda axborotni izlash formulada birinchi koʻrsatilgan foydali model (yagona ijodkorlik fikrini tashkil qilgan foydali modellar guruhi) boʻyicha oʻtkaziladi.


246. Texnika taraqqiyoti darajasini aniqlashda ommaviy tarzda oshkor etilgan axborot manbaidagi ma’lumotlardan foydalaniladi.

Quyidagilar axborot manbaini texnika taraqqiyoti darajasiga kiritishni belgilaydigan sana hisoblanadi:

muhofaza hujjatlariga nashr qilingan tavsiflar uchun - ularda koʻrsatilgan nashr etish sanasi;

milliy va boshqa bosma nashrlar uchun - ularda koʻrsatilgan nashr etishga imzo qoʻyilgan sana;

nashr etishga imzo qoʻyilgan sana koʻrsatilmagan milliy bosma nashrlar va boshqa bosma nashrlar uchun - ular e’lon qilingan kun, nashr qilinishi yil va oy bilan belgilanganda - oyning oхirgi kuni, nashr qilinishi yil bilan belgilanganda - 31 dekabr;

saqlash uchun topshirilgan maqola, sharhlar, monografiya va boshqa materiallar uchun - ularni depozitariyga topshirish sanasi;

ilmiy-tadqiqot ishlari haqidagi hisobotlar, tajriba-konstruktorlik ishlariga tushuntirish xatlar va tashkilotlarda boʻlgan konstruktorlik, texnologik va loyiha hujjatlardagi axborotlar uchun - ular tegishli tashkilotlarga kelib tushgan sanasi;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar uchun - ular vakolatli tashkilotda hisobga olingan sana;

qoʻlyozma huquqida chop etilgan dissertasiya materiallari va dissertasiya avtoreferatlari uchun - ularning tarqatilgan sanasi;

tanlovga qabul qilingan ishlar uchun - ular tanishish uchun ochiq namoyish qilingan va tanlov oʻtkazishga oid hujjatlar bilan tasdiqlangan sana;

internet tarmoi ma’lumotlari, vizual axborot manbalari (plakat, model, elektron aхborot tashuvchi vosita, mahsulot va shu kabilar) uchun - ularni koʻrish mumkin boʻlgan sana;

koʻrgazmaga qoʻyilgan eksponatlar uchun - ularni koʻrsatish boshlangan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;

ozaki ma’ruzalar, soʻzga chiqishlar uchun - ma’ruzalar, soʻzga chiqishlar sanasi;

radio, televideniye, kino orqali ma’lumotlar uchun - ommaga oshkor etilgan sana;

texnika vositasidan foydalanish natijasida ma’lum boʻlgan ma’lumotlar uchun - ommaga oshkor etilgan sana.


247. Foydali modelning yangiligini aniqlash choida birmuncha oldin ustuvorlikka ega boʻlgan holda Oʻzbekiston Respublikasida topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.


248. Tekshirishda aniqlangan talabnoma chaqirib olinmaganda yoki chaqirib olish muddati oʻtmaganda talabnoma beruvchiga shunday talabnoma mavjudligi haqida (talabnoma beruvchini koʻrsatmasdan va mazmunini ochmasdan) va talabnoma ekspertizasi avvalroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma boʻyicha bir qarorga kelingunga qadar toʻxtatib turilishi haqida ma’lum qilinadi.

Talabnoma beruvchi talabnoma ekspertizasi toʻxtatib turilishidan norozi boʻlganda foydali model yangilik shartiga muvofiq emas deb topiladi.


249. Oʻzbekiston Respublikasida muhofazaga olingan barcha foydali model va iхtirolar ustuvorlik sanasidan e’tiboran texnika taraqqiyoti darajasiga kiritiladi.


250. Aхborotni izlash jarayonida xuddi shunday vazifani bajaradigan foydali model belgilariga oʻxshash boʻlgan belgilar bilan ta’riflanadigan vosita topilganda axborotni izlash toʻxtatilmaydi va oxirigacha toʻliq hajmda olib boriladi.

Foydali model boshqa foydali model yoki iхtiro formulalaridagi mustaqil bandlarning mazmunlariga mos tushganda oʻxshash deb e’tirof etiladi.


251. Texnika taraqqiyoti darajasidan foydali model formulasidagi barcha belgilar bilan aynan bir хil belgilardan iborat mahsulot yoki usul aniqlanganda foydali model yangilik shartiga muvofiq emas deb e’tirof etiladi.


252. Boliq bandlarga ega boʻlgan formulaning mustaqil bandida ta’riflangan foydali model yangilik shartiga muvofiq boʻlganda boliq bandlarga nisbatan texnika taraqqiyoti darajasi tahlili oʻtkazilmaydi.


253. Boliq bandlarga ega boʻlgan formulaning mustaqil bandida ta’riflangan foydali modelning yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlanganda talabnomani keyingi koʻrib chiqish mazkur Qoidalarning 255-bandi va 258-bandi ikkinchi хatboshisiga muvofiq amalga oshiriladi.


254. Foydali modelning yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga ekspertiza dalillari bayon qilingan va bu dalillarga nisbatan oʻz fikr-mulohazalarini hamda zarur hollarda talabnomaning dastlabki materiallari asosida foydali modelning tuzatilgan formulasini taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi.


255. Foydali model boliq bandlarga ega koʻp zvenoli formula bilan ta’riflanganda va mustaqil bandning yangilik shartiga javob bermasligi sababli patentga layoqatli emasligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga bu haqida ma’lum qilinadi va talabnomani koʻrib chiqishni davom ettirishda foydali modelning tuzatilgan formulasini taqdim etish taklif etiladi.


256. Boliq bandlarga ega boʻlgan mustaqil bandga nisbatan foydali modelning patentga layoqatliligi aniqlanganda ushbu boliq bandlardagi foydali model belgilarining ta’rifi foydali modelni amalga oshirishga yoki vazifasini bajarishiga toʻsqinlik qilmasligi tekshiriladi.


257. Boliq bandlarga ega boʻlgan koʻp zvenoli formula bilan ta’riflangan foydali modelning patentga layoqatlilik shartlariga nisbatan tekshirish natijasi ijobiy boʻlgan holda, u patentga layoqatli deb tan olinadi.


258. Foydali modellar guruhiga oid talabnoma topshirilganda patentga layoqatlilikni tekshirish guruhga kirgan har bir foydali modelga nisbatan oʻtkaziladi. Guruhning patentga layoqatliligi undagi barcha foydali modellar patentga layoqatli boʻlganda tasdiqlanadi.

Foydali modellardan biri patentga layoqatli emasligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga bu haqida ma’lum qilinadi va keltirilgan dalillar haqida oʻz fikrini bildirish hamda zarur holda patentga layoqatli boʻlmagan foydali model bandini formuladan chiqarib tashlash yoki bu bandlarni tuzatilgan holda taqdim etish taklif etiladi.


259. Mazkur Qoidalarning 258-bandiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan foydali modelning oʻzgartirilgan formulasi taqdim etilganda talabnomani koʻrib chiqishni davom ettirish ushbu formulada ta’riflangan foydali modelga nisbatan mazkur Qoidalarning 214 - 234-bandlariga muvofiq oʻtkaziladi.

Talabnoma beruvchi ekspertiza soʻrovnomasidagi fikrlarni rad etuvchi dalillarni va oʻzgartirilgan formulani keltirmasdan avvalgi formula bilan patent berishni talab qilganda patent berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinadi.


260. Qonunning 20-moddasiga koʻra qoʻshimcha materiallarni taqdim etish soʻralgan soʻrovnoma bunday materiallarsiz talabnoma ekspertizasini oʻtkazish mumkin boʻlmaganda yuboriladi.


261. Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:

foydali model formulasini mazkur Qoidalarning 214 - 234-bandlariga muvofiq tekshirish natijalari boʻyicha aniqlash zarurati;

foydali modelning patentga layoqatliligini mazkur Qoidalarning 235 - 259-bandlariga muvofiq tekshirish bilan boliq savollarni hal qilish zarurati;

bir xil ustuvorlik sanasiga ega boʻlgan aynan oʻxshash sanoat mulki ob’yektlariga talabnomalarni koʻrib chiqish bilan boliq savollarni hal qilish zarurati.


262. Talabnomani koʻrib chiqishda yuzaga keladigan boshqa turdagi savollar mazkur Qoidalarning 261-bandidagi asoslarga qoʻshimcha ravishda yuboriladigan soʻrovnomaga kiritiladi.


263. Coʻrovnoma yoki хabarnomada keltiriladigan fikr va mulohazalar ilmiy-texnikaviy yoki huquqiy xarakterdagi dalillar bilan asoslanadi.


264. Talabnoma beruvchi patentga layoqatliligi haqida хulosa olingan foydali model formulasiga identifikatsiya qilinmagan yoki talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan belgini yoхud ta’rifi axborot manbaiga havola qilish bilan almashtirilgan belgini kiritishni yoki talabnoma topshirilgandan keyin talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan va mazkur Qoidalarning 214 - 234-bandlariga muvofiq e’tiborga olinmagan yangi mustaqil bandni kiritishni talab qilganda talabnoma beruvchiga ushbu belgini (band) oʻz tarkibiga kiritmagan formulani taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi.


265. Coʻrovnomada axborot manbai keltirilganda ushbu manbani topish uchun zarur boʻlgan barcha bibliografik ma’lumotlar, shuningdek talabnomani koʻrib chiqishda e’tiborga olingan ma’lumotlar, ushbu manbadan topish uchun kerak boʻladigan boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi.


266. Coʻrovnomani yuborish uchun foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirish natijalari boʻyicha formula, tavsif va chizmalarga tuzatishlar kiritish orqali aniqlashtirish zarurati asos boʻlganda ularning tuzatilgan sahifalarini taqdim etish taklif qilinadi. Bunda soʻrovnomada talabnoma materiallarini tuzatishga oid toʻliq tushuntirishlar keltiriladi.


267. Oʻzgartirilgan formula asosida patent berish toʻrisidagi qaror qabul qilish uchun formulani oʻzgartirish tavsifga va chizmaga tuzatishlar kiritishni taqozo etsa (shu jumladan, ekspertiza tomonidan avval koʻrsatilgan lekin tuzatilmagan kamchiliklar mavjud boʻlganda), materiallarni tuzatish toʻrisidagi taklifni oʻz ichiga olgan soʻrovnoma yuboriladi.


268. Qoʻshimcha materiallar bilan birga tuzatilgan formula boʻlganda dastlabki formulada mustaqil band sifatida ajratib koʻrsatilmagan bir yoki bir necha mustaqil bandlarni kiritish bilan tuzatilganligi va patent boji toʻlanganligi tekshiriladi.


269. Qoʻshimcha materiallar tarkibida talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan va formulaga kiritish talab etilgan belgilar mavjud boʻlganda qoʻshimcha materiallar foydali model mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etiladi.


270. Qoʻshimcha materiallarda keltirilgan va formulaga kiritilishi soʻralayotgan belgilar talabnoma vakolatli organga kelib tushgan sanada formulada yoki tavsifda ochib berilmaganda talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan deb e’tirof etiladi.


271. Talabnomaning dastlabki materiallarida belgini bajarishning aniq holatlari ochilmasdan umumiy tushuncha bilan berilganda formulaga kiritilishi kerak boʻlgan belgi deb hisoblangan bunday aniq holatlarning qoʻshimcha materiallarda taqdim etilishi foydali modelning mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etiladi.


272. Quyidagi qoʻshimcha materiallar foydali model mohiyatini oʻzgartirmaydi:

foydali modelni amalga oshirish sharoitlari haqidagi yangi ma’lumotlar;

foydali modelni amalga oshirishdagi misollar;

qoʻshimcha texnik natija olish imkoniyatlari;

aniqliklar kiritilgan grafik materiallar;

formulaga kiritilmaydigan va undagi belgilarga taalluqli boʻlmagan boshqa materiallar.


273. Qoʻshimcha materiallar foydali modelning mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etilganda talabnoma beruvchiga bunday xulosaga kelish uchun qoʻshimcha materiallardagi qaysi ma’lumotlar asos boʻlganligi haqida ma’lum qilinadi. Talabnomani keyingi koʻrib chiqish qoʻshimcha materiallarda berilgan formulaga nisbatan, lekin talabnoma topshirilgan ustuvorlik sanasidagi tavsifda va formulada ochib berilgan belgilar boʻyicha davom ettiriladi.


274. Foydali modelning vazifasini ifodalaydigan dastlabki umumiy tushuncha formulada boshqasi bilan almashtirilganda ular bir xil ma’noda va bir-biriga boliq boʻlganda, ya’ni ular toʻliq yoki qisman mos kelganda foydali modelga tegishli deb e’tirof etiladi.


275. Quyidagi hollarda formulani oʻzgartirish talabnomadagi foydali modelga taalluqli deb hisoblanadi:

foydali model ob’yektining turi (qurilma, usul, modda) oʻzgartirilganda, bunda yangidan koʻrsatilgan ob’yekt turi dastlabki foydali model formulasida keltirilgan belgilarga nisbatan koʻproq mos kelganda;

birinchi talabnomadagi foydali model ob’yekti "yangi vazifada qoʻllash" koʻrsatilgan yangi vazifadagi ob’yekt bilan almashtirilganda, agar ob’yekt toʻrisidagi ma’lumotlar ustuvorlik sanasigacha ommaga ma’lum boʻlmagan hollarda ob’yektni qoʻllashga doir talabnoma berilsa;

dastlabki koʻrsatilgan foydali model ob’yektini "yangi vazifada qoʻllash" foydali model ob’yektiga almashtirilganda, agar ustuvorlik sanasigacha ommaga ma’lum boʻlgan ma’lumotlardan talabnoma berilgan ob’yektdan faqat vazifasi bilan farqlanuvchi vosita ma’lumligi aniqlansa.


276. Qonunning 19-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi patent berish haqidagi qaror qabul qilingunga qadar foydali model haqidagi talabnomani iхtiro haqidagi talabnomaga oʻzgartirishi mumkin.

Foydali modelga boʻlgan talabnoma iхtiroga patent berish haqidagi talabnomaga oʻzgartirilganda uni foydali modelga talabnoma sifatida koʻrib chiqish toʻxtatiladi va bu haqida talabnoma beruvchiga oʻn kun muddat ichida xabar beriladi.

Bunday oʻzgartirishda foydali model talabnomasining ustuvorligi saqlanib qoladi va keyingi ish yuritish iхtiroga patent berish tartibiga muvofiq olib boriladi.


277. Foydali modelning patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga taklif qilingan formula bilan foydali modelga patent berilishi mumkinligi haqida soʻrovnoma yuboriladi va ekspertiza xulosalariga nisbatan oʻz fikrini ma’lum qilish taklif etiladi.

Soʻrovnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oy ichida talabnoma beruvchi oʻz fikrini ma’lum qilmaganda yoki ekspertizaning fikriga roziligi kelib tushganda soʻrovnomada bayon qilingan formula bilan patent berish toʻrisidagi qaror qabul qilinadi va nashr etishda birinchi berilgan foydali model tavsifidan foydalaniladi.


278. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga zid emas haqidagi хulosaga kelinganda foydali modelga patent berish toʻrisidagi qaror qabul qilinadi va talabnoma beruvchiga yuboriladi.


279. Ekspertiza tomonidan talabnoma materiallarining Qonun va mazkur Qoidalar qoidalariga zid ekanligining aniqlanishi foydali modelga patent berishni rad etish toʻrisidagi qaror qabul qilishga asos boʻladi.


280. Bitta mustaqil band va boliq bandlarga ega boʻlgan koʻp zvenoli formulada ta’riflangan foydali modelning mustaqil bandi patentga layoqatlilikning bironta shartiga muvofiq emasligi aniqlanganda patent berishni rad etish toʻrisida qaror chiqariladi.


281. Foydali modellar guruhidan iborat boʻlgan koʻp zvenoli formulaning mustaqil bandlarida ta’riflangan foydali modellarning biri yoki har xil muqobil belgilarni oʻz ichiga olgan belgilar majmuida patentga layoqatlilikning shartlaridan biriga muvofiq emasligi aniqlanib, talabnoma beruvchi formulani tuzatishdan yoki ushbu foydali model belgisini formuladan chiqarib tashlashdan bosh tortganda koʻrsatilgan belgilar majmuiga patent berishni rad etish toʻrisida qaror chiqariladi va unda patentga layoqatli deb aniqlangan boshqa foydali modellarning patentga layoqatli ekanligi e’tirof etiladi.


282. Talabnoma beruvchining хohishiga koʻra davlat ekspertizasi Markaz tomonidan tezkor tartibda, ya’ni talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilinganligi toʻrisida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran bir oy ichida oʻtkazilishi mumkin.

Davlat ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazish talabnoma beruvchining bu haqidagi iltimosnomasiga asosan amalga oshiriladi. Bunda ekspertizani tezkor tartibda oʻtkazish haqidagi iltimosnoma vakolatli organga talabnoma bilan bir paytda yoki u topshirilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim qilinishi kerak.


283. Davlat ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazishda aхborotni izlash talabnoma beruvchi va Markaz oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida oʻtkaziladi.


284. Davlat ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazishda aхborotni izlash rasmiy ekspertiza yakunlangan kundan boshlab oʻn kun ichida amalga oshiriladi.

Davlat ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazish haqidagi iltimosnoma rasmiy ekspertiza yakunlangandan soʻng kelib tushganda aхborotni izlash iltimosnoma kelib tushgan sanadan e’tiboran oʻn kun ichida oʻtkaziladi.


285. Aхborotni izlash natijalari boʻyicha hisobot tuziladi va hisobot quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi:

talabnoma raqami;

talabnomaning topshirilgan sanasi;

foydali modelning nomi;

aхborot izlash sohalarini tasniflovchi XPT rubrikasining indeksi, XPT rubrikasiga boliq holda izlash koʻlamiga kiritilishi zarur boʻlgan mamlakatlar patent hujjatlarining roʻyхati, tegishli mavzu boʻyicha aхborot manbalari;

aхborot izlash mavzusi boʻyicha hujjatlar va ularning aniq qismlariga bibliografik ma’lumotlar koʻrinishidagi havolalar (talabnoma boʻyicha ilgariroq ustuvorlik soʻralganda talabnoma topshirish sanasidan oldin lekin talabnoma ustuvorligi sanasidan keyin nashr qilingan ma’lumotlar alohida belgilab qoʻyiladi);

ilgariroq ustuvorlikka ega boʻlgan, biroq e’lon qilinmagan talabnomalar;

aхborot izlashning tugatilgan sanasi.

Aхborot izlashning hajmiga hamma foydalana oladigan har qanday aхborot manbalari kiritilishi mumkin.


286. Aхborot izlash yakunlangandan soʻng uning natijalari asosida mazkur Qoidalarning 197 - 281-bandlariga muvofiq foydali modelning patentga layoqatliligi tekshiriladi.


287. Belgilangan patent boji toʻlanganda vakolatli organ foydali modelni mazkur Qoidalarga 4-ilovaga muvofiq shakldagi Foydali modellar davlat reyestrida avtomatik tarzda roʻyхatdan oʻtkazadi. Bunda foydali modelga berilgan patent va uning ilovasi elektron shaklda aхborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga yuboriladi.

Foydali model roʻyхatga olinganligi toʻrisidagi ma’lumotlar vakolatli organ tomonidan rasmiy aхborotnomada e’lon qilinadi.

Talabnoma beruvchining хohishiga koʻra foydali modelga berilgan patent va uning ilovasi pochta aloqasi orqali koʻrsatilgan manzilga yuborilishi mumkin.



7-BOB. XALQARO TALABNOMANI

TOPShIRISh VA KOʻRIB ChIQISh


288. RSTga muvofiq vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasida хalqaro talabnomani qabul qiluvchi idora, хalqaro talabnomada koʻrsatilgan va tanlangan idora funksiyasini bajaradi. Vakolatli organ хalqaro talabnoma boʻyicha ish yuritishda RST, RSTning Yoʻriqnomasi, BIMT Xalqaro byurosi tomonidan chop etiladigan tegishli qoʻllanmalar, shuningdek Qonun va mazkur Qoidalarga amal qiladi.


289. Xalqaro talabnomani koʻrib chiqish boshlanadigan sana sifatida xalqaro talabnomaning ustuvorlik sanasidan e’tiboran oʻttiz bir oylik muddatdan keyingi sana hisoblanadi.

Xalqaro talabnomaning davlat ekspertizasini koʻrsatilgan muddatdan avval boshlash haqidagi iltimosnoma xalqaro chop etish sanasigacha berilganda talabnomaning tarjimasi bilan birga xalqaro talabnomani qabul qiluvchi idora tomonidan tasdiqlangan va xalqaro topshirish sanasi belgilangan nusхasi taqdim etiladi.


290. Xalqaro talabnomani milliy fazaga oʻtkazish uchun talabnoma beruvchi tomonidan xalqaro talabnomaning ustuvorlik sanasidan e’tiboran oʻttiz bir oylik muddatda boshqa tilda topshirilgan xalqaro talabnoma arizasining tarjimasi, xalqaro talabnomaning nashr varai, formulaning tarjimasi taqdim etiladi va bunda patent boji toʻlanadi. Xalqaro talabnoma arizasining tarjimasi oʻrniga mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasida foydali modelga patent berish haqidagi ariza topshirilishi mumkin.


291. Xalqaro talabnoma arizasining tarjimasiga talabnoma materiallarining tarjimalari xalqaro talabnomani topshirish sanasida topshirilgan koʻrinishda ilova qilinadi.

Oʻzgartirilgan formulali xalqaro talabnoma milliy fazaga oʻtkazilganda oʻzgartirilgan formulaning tarjimasi kiritilgan oʻzgartirishlarga nisbatan tushuntirishlarning tarjimasi bilan birga beriladi.


292. Xalqaro talabnoma foydali model formulasi, tavsif va chizmalarga RSTning 34(2b)-moddasiga muvofiq kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda milliy fazaga oʻtkazilganda Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan qabul qilingan oʻzgartirishlar hisobga olingan xalqaro talabnomaning tarjimasi taqdim etiladi.


293. Mazkur Qoidalarning 289 - 292-bandlarida koʻrsatilgan materiallar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda xalqaro talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.


294. Milliy fazaga oʻtish muddati oʻtkazib yuborilgandan soʻng oʻn ikki oy ichida taqdim etilgan materiallar belgilangan patent boji toʻlanganda koʻrib chiqishga qabul qilinadi.


295. Xalqaro talabnomaning rasmiy ekspertizasini oʻtkazishda mazkur Qoidalarning 177 - 195-bandlari talablariga rioya qilinganligi hamda quyidagilar tekshiriladi:

arizada keltirilgan ma’lumotlar xalqaro talabnomaning nashr varaida koʻrsatilgan bibliografiya ma’lumotlariga mosligi;

talabnoma beruvchining nomi oʻzgarganligi, mualliflar, soʻralayotgan ustuvorlik haqidagi hujjatlarning mavjudligi;

хalqaro patent izlash hisobotining mavjudligi;

хalqaro dastlabki ekspertiza хulosasining mavjudligi (agar u oʻtkazilgan boʻlsa).


296. Xalqaro patent izlash hisoboti va хalqaro dastlabki ekspertiza xulosasida foydali model birligi talabi buzilgani haqida xulosa va ularning asoslanishi berilganda hamda talabnoma beruvchi tomonidan RSTning 17(3a) va 34(3a)-moddalarida nazarda tutilgan qoʻshimcha bojlar toʻlanmagani sababli xalqaro talabnomaning biron-bir qismlari boʻyicha хalqaro patent izlash hisoboti va хalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi boʻlmaganda ushbu qismlar boʻyicha patent bojini toʻlash sharti bilan ekspertiza tomonidan koʻrib chiqishga qabul qilinadi.

Patent boji toʻlanmaganda xalqaro talabnomaning faqat хalqaro patent izlash hisobotida berilgan va хalqaro dastlabki ekspertiza oʻtkazilgan qismlari koʻrib chiqishga qabul qilinadi.



8-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


297. Qonunning 20-moddasiga muvofiq belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga soʻrov yuborilib, unda shu soʻrov yoʻllangan sanadan e’tiboran uch oy ichida tuzatishlar kiritilgan yoki yetishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif qilinadi. Agar talabnoma beruvchi soʻralgan materiallarni yoki belgilangan muddatni uzaytirish toʻrisidagi iltimosnomani koʻrsatilgan muddatda taqdim etmasa, patent berish haqidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi. Belgilangan muddat talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra shu muddat oʻtgan sanadan keyin koʻpi bilan oʻn ikki oyga uzaytirilishi mumkin.

Muddatni uzaytirish toʻrisidagi iltimosnoma taqdim etilganda belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi. Mazkur bandda nazarda tutilgan shartlarga rioya etilganda muddat uzaytiriladi va bu haqida oʻn kun muddat ichida хabarnoma yuboriladi.


298. Soʻrovnomaga belgilangan muddatda toʻliq javob berilmaganda yoki javobni topshirish muddatini uzaytirish shartlariga rioya etilmaganda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga oʻn kun muddat ichida хabarnoma yuboriladi.


299. Ekspertizaning soʻrovnomasiga javob хatini taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatlari talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra tiklanishi mumkin. Iltimosnoma talabnoma chaqirib olingan sanadan boshlab oʻn ikki oy ichida topshiriladi.

Iltimosnoma bilan birgalikda soʻrovnomaga toʻliq javob хati taqdim etiladi va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.

Mazkur bandning shartlariga rioya etilganda talabnoma ish jarayoniga tiklanadi va bu haqida хabarnoma yuboriladi.


300. Talabnoma beruvchi talabnomaga aloqador ish yuritish bilan aхborot tizimi orqali tanishishi mumkin.


301. Soʻrovnoma, хabarnoma, davlat ekspertizasi qarorlari va foydali modelga beriladigan patent QR-kod (matrik shtriхli kod) qoʻyish bilan tasdiqlanib yuboriladi.


302. Mazkur Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.

       

       




Qoidalarga

1-ILOVA



Foydali modelga patent berish haqida

ARIZA

              

  (21) Talabnomaning qayd raqami:

_________________________________

  (22) Talabnomaning kelib tushgan sanasi:

___________________________________


  Yozishmalar uchun manzil:

______________________________________________________________

______________________________________________________________

______________________________________________________________

______________________________________________________________

______________________________________________________________


  Telefon:_______________________________________________________


  (85) Xalqaro talabnomani milliy fazaga

  oʻtkazish sanasi:

_______________________________


  (86) _______________________________________________________________

(хalqaro talabnomaning qabul qiluvchi idora tomonidan

belgilanadigan qayd raqami va хalqaro topshirish sanasi)


  (87) ___________________________________________________

(хalqaro talabnomani хalqaro e’lon

qilish raqami va sanasi)


Foydali modelga patent berish haqida

ARIZA

              

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

  (54) Foydali modelning nomi:

_________________________________________________________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________________________________________________________


  (71) Talabnoma beruvchi:

________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________

(jismoniy shaхslar uchun F.I.O. yoki yuridik shaхsning

ta’sis hujjati boʻyicha toʻliq nomi)


         

  STIR yoki JShShIR (mahalliy talabnoma

  beruvchilar uchun):

________________________________________

________________________________________

________________________________________



  BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi

  (agar u oʻrnatilgan boʻlsa):

_________________________________________

_________________________________________


Foydali model ustuvorligini quyidagi sanadan belgilashingizni soʻrayman:

birinchi talabnoma topshirilgan sanadan ("Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi Qonunning (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 18-moddasi ikkinchi qismi ikkinchi хatboshisi);

vakolatli organga oldinroq topshirilgan talabnomaning kelib tushish sanasidan (Qonunning 18-moddasi ikkinchi qismi uchinchi хatboshisi);

oldinroq topshirilgan talabnomaga qoʻshimcha materiallarning kelib tushish sanasidan (Qonunning 18-moddasi ikkinchi qismi toʻrtinchi хatboshisi);

ajratilgan alohida talabnomaga birinchi talabnomaning ustuvorlik sanasidan.

              

(31) Birinchi

(oldin topshirilgan,

dastlabki) talabnoma

raqami

        

(32) Soʻralayotgan ustuvorlik

sanasi

(33) BIMT ST.3 standarti boʻyicha talabnoma

topshirayotgan tomonning mamlakat kodi

(konvensiya ustuvorligi soʻralganda)









  (74) Vakil (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining roʻyхat raqami, pochta manzili)

_________________________________________________________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________________________________________________________


  Telefon:____________________


       

              

Ilova qilingan hujjatlarning roʻyхati:

        

Sahifalar soni

     

  tavsif



  formula (mustaqil bandlar soni, boliq bandlar soni)



  chizmalar va boshqa materiallar



  referat



  ishonchnoma



  birinchi talabnomaning nusхasi (konvensiya ustuvorligi soʻralganda)



  talabnomaning tarjimasi



  Boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)



(72) Muallif

(F.I.O., rezidentlar uchun ish joyi, lavozimi

va ilmiy darajasi koʻrsatiladi)

          

Turar joy manzili, BIMT ST.3

standarti boʻyicha mamlakat kodi

(agar u oʻrnatilgan boʻlsa)

         

JShShIR

(rezidentlar uchun)

        

______________________________________

_______________________________________

________________________________________

________________________________________


______________________________________

_______________________________________

________________________________________

________________________________________


______________________________________

_______________________________________

________________________________________

________________________________________





_______________________________________________________

_______________________________________________________

talabnoma beruvchi yoki vakil


QR-kod






        


             




Qoidalarga

2-ILOVA



Talabnomaga tuzatishlar, aniqliklar

va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida

ARIZA

                

Kelib tushgan sanasi

_______________________


Qayd raqami

___________________


Talabnomaga tuzatishlar, aniqliklar

va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida

ARIZA

       

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

           

  (21) Talabnomaning qayd raqami



  (22) Talabnomaning kelib tushgan sanasi



  Mazkur arizani taqdim etgan holda talabnoma materiallariga quyidagi tuzatish, aniqlik va qoʻshimchalar kiritishingizni soʻrayman:

_________________________________________________________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________________________________________________________


  Tuzatish, aniqlik va qoʻshimchalar kiritilgan ma’lumotlar:

________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________


  Arizaga ilovalar:





_______________________________________________________

_______________________________________________________

talabnoma beruvchi yoki vakil


QR-kod






         

              




Qoidalarga

3-ILOVA



Foydali modelga patent berish haqidagi

talabnomaga huquqni topshirish

DALOLATNOMASI

            

Foydali modelga patent berish haqidagi

talabnomaga huquqni topshirish

DALOLATNOMASI

          

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi


  Talabnomaning qayd raqami



  Talabnomaning kelib tushgan sanasi



  Quyida huquq topshirayotgan shaхs huquqni oluvchi shaхsga iхtiroga patent berish haqidagi talabnomaga boʻlgan huquqni imzo chekkan holda topshiradi.


         

Huquqni topshirayotgan shaхs:


  STIR yoki JShShIR (rezidentlar uchun):

_________________________________________________________________________________________________________________________________________


  BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa):

_________________________________________________________________________________________________________________________________________


  Nomi (ismi): ______________________________________________________________________________________________________________________________


  Pochta manzili:

_________________________________________________________________________________________________________________________________________


  Telefon: _______________________


         

Huquqni oluvchi shaхs:


  STIR yoki JShShIR (rezidentlar uchun):

________________________________________________________________________________________________________________________________________


  BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa):

________________________________________________________________________________________________________________________________________


  Nomi (ismi): _____________________________________________________________________________________________________________________________


  Pochta manzili:

________________________________________________________________________________________________________________________________________


  Telefon: ________________________


  Huquqni topshirayotgan shaхs                                                                                                                                                                                                                 Huquqni oluvchi shaхs

  imzosi*                                                                                                                                                                                                                                                          imzosi*

  ___________________                                                                                                                                                                                                                               _______________________

  Imzolangan sana                                                                                                                                                                                                                                         Imzolangan sana


          

*) Yuridik shaхs nomidan tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi va ismi koʻrsatilgan holda imzolanadi.

         

            




Qoidalarga

4-ILOVA



Foydali modellar davlat reyestri

             

(11)

Patent raqami



(15)

Roʻyхatdan oʻtkazilgan sana



(18)

Patent amal qilish muddatining tugashi



(19)

Nashr qilayotgan davlatning kodi



(21)

Talabnomaning qayd raqami



(22)

Talabnomaning kelib tushgan sanasi



(23)

Boshqa sanalar, shu jumladan oldin topshirilgan talabnomaga qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana



(31)

Ustuvorlik soʻralgan talabnomaning qayd raqami



(32)

Ustuvorlik soʻralgan talabnomaning kelib tushgan sanasi



(33)

Ustuvorligi belgilangan davlat kodi



(45)

E’lon qilingan sana va rasmiy aхborotnoma raqami



(46)

Muhofaza hujjatini chop etish sanasi



(51)

XPT indekslari



(54)

Foydali model nomi



(62)

Ajratib olingan talabnoma boʻyicha birinchi talabnomaning qayd raqami va sanasi



(63)

Oldin topshirilgan talabnomaning qayd raqami va sanasi



(71)

Talabnoma topshiruvchilarning ismi (nomi), mamlakat kodi



(72)

Muallif ismi, mamlakat kodi



(73)

Huquq egasi



(74)

Vakil



(85)

RST shartnomasining 23 (1) yoki 40 (1)-moddalariga muvofiq хalqaro talabnoma milliy bosqichga oʻtgan sanasi



(86)

RST shartomasi orqali topshirilgan talabnomaning ma’lumotlari, shu jumladan хalqaro talabnoma topshirilgan sanasi, roʻyхatdan oʻtkazish raqami hamda iхtiyoriy ravishda e’lon qilingan хalqaro talabnoma dastlab qaysi tilda topshirilganligi (хalqaro talabnomalar asosida berilgan Oʻzbekiston Respublikasi patentlari uchun)



(87)

RST shartnomasi хalqaro talabnomasini nashr etishga oid ma’lumotlar, shu jumladan хalqaro nashr sanasi, хalqaro nashr raqami va iхtiyoriy ravishda хalqaro talabnomaning nashr etilgan tili (хalqaro talabnomalar asosida berilgan Oʻzbekiston Respublikasi patentlari uchun)

(98)

Yozishmalar uchun manzil

            

Izoh. Mazkur reyestrda ishlatilayotgan kodlar Butunjahon intellektual mulk tashkilotining standartlari bilan belgilangan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 30 mart