Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 04.03.2026 y. 3H-son "Fuqaro aviatsiyasida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va tibbiy хulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarini tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 27.03.2026 y. 3800-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
27.03.2026 y.
N 3800
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
TRANSPORT VAZIRLIGI HUZURIDAGI
FUQARO AVIATsIYaSI AGENTLIGI
DIREKTORINING
04.03.2026 y.
N 3H
BUYRUGʻI
Fuqaro aviatsiyasida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va
tibbiy хulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston
Respublikasining aviatsiya qoidalarini
tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 oktyabrdagi PF-193-son "Fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat siyosati yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Fuqaro aviatsiyasida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va tibbiy хulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor T.A. Nazarov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 30 mart

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter