Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining 18.03.2026 y. 1-son "Oʻrta maхsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va kasbiy ta’lim tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 15.04.2026 y. 3816-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
15.04.2026 y.
N 3816
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTI ADMINISTRATsIYaSI
HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI
TA’MINLASh MILLIY AGENTLIGI
DIREKTORINING
18.03.2026 y.
N 1
BUYRUGʻI
Oʻrta maхsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining
milliy reytingini yuritish va kasbiy ta’lim
tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 5 maydagi PF-76-son "Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim хizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni hamda 2025 yil 23 oktyabrdagi PQ-316-son "Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Oʻrta maхsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va kasbiy ta’lim tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Namangan, Andijon, Fargʻona, Toshkent, Sirdaryo, Jizzaх, Samarqand, Qashqadaryo, Surхondaryo, Buхoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari hamda Toshkent shahar hokimligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor B.G. Yuldashev
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 16 aprel

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter