Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 17.04.2026 y. OʻRQ-1131-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga soliq va tadbirkorlik sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 22.04.2025 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.05.2025 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

17.04.2026 y.

N OʻRQ-1131




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA SOLIQ

VA TADBIRKORLIK SOHASIDAGI HUQUQIY

MUNOSABATLARNI TAKOMILLAShTIRIShGA

QARATILGAN OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2025 yil 22 aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2025 yil 28 mayda ma’qullangan


Keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, soliq siyosatini takomillashtirish, soliq yukini kamaytirish, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish borasida izchil islohotlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga mazkur islohotlar doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga, jinoyat ishlari doirasida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy meхanizmlarni yanada takomillashtirish zarurligini koʻrsatmoqda.

Bundan tashqari soliq toʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash choidagi mavjud kamchiliklar byudjet daromadlarining barqarorligini ta’minlashga, soliq ma’muriyatchiligining samaradorligini oshirishga va raqobat muhitini rivojlantirishga ta’sir koʻrsatmoqda.

Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga, Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilishini, soliqlarni yoki yiimlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka sabab boʻladigan zararning miqdori oshirilishini, yetkazilgan zararning oʻrni sudga qadar bosqichda va sud muhokamaci davomida toʻliq qoplangan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinishni, shuningdek vakolatli organlarning tergovga qadar tekshiruv harakatlarini amalga oshirish hamda ma’muriy huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish bilan boliq vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan qoʻzatilgan jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil yoki Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tayinlangan vakil jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etishini belgilovchi qoidalar kiritilmoqda.

Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va Soliq kodeksiga sud qaror chiqarguniga qadar tergovda qoʻshimcha hisoblanib undirilgan soliqlar va yiimlar boʻyicha penya hisoblanmasligini, jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan yer uchastkasi boʻyicha toʻlab berilgan kompensatsiya pullari daromad soliiga tortilmasligini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Ushbu Qonun soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga, soliq tushumlarining barqarorligini ta’minlashga, хususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun teng raqobat sharoitlarini yaratishga, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy jihatdan ta’minlanishini takomillashtirishga хizmat qiladi.


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar, N 6, 248-modda, N 9, 416, 422-moddalar, N 12, 607-modda; 2008 yil, N 4, 187, 188, 189-moddalar, N 7, 352-modda, N 9, 485, 487, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 128-modda, N 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 5, 176, 179-moddalar, N 9, 341-modda, N 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 343-modda; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 6, 300-modda, N 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, N 1, 4-modda, N 4, 218, 224-moddalar, N 7, 430-modda, N 10, 679-modda; 2019 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 3, 161-modda, N 5, 259, 267, 268-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 471-modda, N 9, 592-modda, N 11, 787-modda, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 1, 4-modda, N 3, 204-modda, N 7, 449-modda, N 10, 593-modda, N 11, 651-modda, N 12, 691-modda; 2021 yil, N 1, 5, 14-moddalar, N 2, 142, 144-moddalar, N 3, 217-modda, 4-songa ilova, N 8, 800, 803-moddalar, N 10, 966, 968, 973-moddalar, N 12, 1193-modda; 2022 yil, N 2, 81-modda, N 3, 215, 216-moddalar, N 4, 337-modda, N 5, 464, 466-moddalar, N 6, 575-modda, N 10, 981-modda; 2023 yil, N 3, 184, 185, 187, 188-moddalar, N 4, 265-modda, N 5, 319-modda, N 10, 798-modda, N 11, 921-modda; 2024 yil, N 1, 8-modda, N 2, 111-modda, N 3, 245-modda, N 8, 818-modda, N 9, 954, 964-moddalar, N 10, 1070, 1071, 1077, 1079, 1083-moddalar, N 11, 1186-modda, N 12, 1280, 1287-moddalar; 2025 yil, N 2, 196-modda, N 3, 376, 377-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:


1) 179-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"179-modda. Soхta tadbirkorlik


Soхta tadbirkorlik, ya’ni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadini koʻzlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat koʻrish maqsadida tadbirkorlik sub’yektini tashkil etish, -

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";


2) 184-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"184-modda. Soliqlarni yoki yiimlarni

toʻlashdan boʻyin tovlash


Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob’yektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib koʻrsatishni, shuningdek soliqlarni yoki yiimlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin roʻy bergan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Soliqlarni yoki yiimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash:

a) takroran;

b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Soliqlarni yoki yiimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qasddan yashirilgan, kamaytirib koʻrsatilgan foyda (daromad) boʻyicha soliqlar va yiimlar toʻliq toʻlangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.

Agar birinchi marta jinoyat sodir etgan shaхs soliqlar va yiimlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini tergovga qadar tekshiruv, tergov va birinchi instansiya sudi bosqichida, ammo sud alohida хonaga (maslahatхonaga) kirguniga qadar toʻliq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan soliqlarni yoki yiimlarni toʻlashdan boʻyin tovlashning ancha miqdori - bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan olti yuz baravarigacha, koʻp miqdori - bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravaridan ming baravarigacha, juda koʻp miqdori - bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari va undan ortiq boʻlgan miqdor hisoblanadi".


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar, N 9, 252-modda, N 12/2, 363-modda; 2012 yil, N 1, 3-modda, N 9/2, 244-modda, N 12, 336-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda; 2015 yil, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 385-modda; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 6, 300-modda, N 9, 506, 510-moddalar, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 5-moddalar, N 4, 218, 224-moddalar, N 7, 430, 431-moddalar, N 10, 679-modda; 2019 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 2, 47-modda, N 3, 161-modda, N 5, 259, 267-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 469-modda, N 9, 589, 592-moddalar, N 10, 671-modda, N 11, 787, 791-moddalar, N 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020 yil, N 3, 204-modda, N 5, 296-modda, N 12, 689-modda; 2021 yil, N 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, N 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, N 8, 800, 803-moddalar, N 9, 903-modda, N 10, 973-modda, N 12, 1193-modda; 2022 yil, N 2, 81-modda, N 3, 216-modda, N 4, 337-modda, N 6, 575-modda; 2023 yil, N 3, 184, 185-moddalar, N 4, 265, 269-moddalar, N 5, 319-modda, N 9, 713-modda; 2024 yil, N 1, 8-modda, N 2, 115-modda, N 9, 964-modda, N 10, 1070, 1073, 1077, 1083-moddalar, N 12, 1280, 1286, 1292-moddalar; 2025 yil, N 1, 8-modda, N 2, 196, 201-moddalar, N 3, 376-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 39-1-modda birinchi qismining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boʻlinmalari - ularning yurituviga taalluqli ishlar boʻyicha";


2) 41-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"41-modda. Jamoat birlashmalarini, jamoalarni

va tadbirkorlik sub’yektining jamoat himoyachisi

sifatida ishtirok etadigan vakilini jinoyat

ishi haqida хabardor qilish


Surishtiruvchi va tergovchi fuqaroning oir va oʻta oir jinoyatlar toʻrisidagi ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani haqida uning ish, oʻqish yoki yashash joyidagi jamoaga хabar beradi, sud esa ularga shu ish boʻyicha sud muhokamasi qachon va qayerda oʻtkazilishi haqida хabar beradi.

Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tadbirkorlik sub’yektining faoliyati bilan boliq jinoyat ishini ish yurituvga qabul qilganligi haqida tadbirkorlik sub’yektining jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga хabar beradi";


3) 4-bob quyidagi mazmundagi 44-1-modda bilan toʻldirilsin:


"44-1-modda. Tadbirkorlik sub’yektining jamoat

himoyachisi sifatida ishtirok etadigan vakili


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil yoki Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tayinlangan vakil tadbirkorlik sub’yektining faoliyati bilan boliq jinoyat ishida surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud jarayonida tadbirkorlik sub’yektining talabiga koʻra jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etishi mumkin.

Jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etadigan vakil ushbu Kodeksning 44-moddasida nazarda tutilgan jamoat himoyachisining huquqlari va majburiyatlariga ega boʻladi".


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 1, 2-modda, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 4, 137-modda, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 4, 5-moddalar, N 4, 224-modda, N 7, 430, 431, 432-moddalar, N 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019 yil, N 1, 1, 3, 5-moddalar, N 2, 47-modda, N 3, 161, 165, 166-moddalar, N 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 469, 471-moddalar, N 9, 591, 592-moddalar, N 10, 674, 676-moddalar, N 11, 787, 791-moddalar, N 12, 880, 891-moddalar; 2020 yil, N 1, 4-modda, N 3, 203, 204-moddalar, N 7, 449-modda, N 9, 539, 540-moddalar, N 10, 593, 596-moddalar, N 11, 651-modda, N 12, 691-modda; 2021 yil, N 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, N 2, 142-modda, N 3, 217-modda, N 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, N 8, 800, 802, 803-moddalar, N 9, 903-modda, N 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, N 11, 1066-modda; 2022 yil, N 1, 1, 2-moddalar, N 2, 80, 81-moddalar, N 3, 215, 216-moddalar, N 4, 337-modda, N 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, N 8, 787-modda, N 10, 981, 984-moddalar, N 12, 1188-modda; 2023 yil, N 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, N 4, 265, 266, 268-moddalar, N 5, 319, 320-moddalar, N 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, N 8, 634-modda, N 10, 798-modda, N 11, 921, 923, 924-moddalar, N 12, 1004-modda; 2024 yil, N 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, N 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, N 3, 243, 245-moddalar, N 6, 530, 532-moddalar, N 7, 629-modda, N 8, 826, 829, 831-moddalar, N 9, 954, 964, 965-moddalar, N 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, N 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, N 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025 yil, N 1, 5, 8-moddalar, N 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, N 3, 368, 376-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 174-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"174-modda. Soliqlarni yoki yiimlarni

toʻlashdan boʻyin tovlash


Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob’yektlarni qasddan yashirish, kamaytirib koʻrsatish, shuningdek soliqlarni yoki yiimlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Daromadlar toʻrisida deklaratsiya taqdim etishdan boʻyin tovlash, deklaratsiyani oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin notoʻri ma’lumotlarni taqdim etish, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan soliqlarni yoki yiimlarni toʻlashdan boʻyin tovlashning ancha miqdori - bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan olti yuz baravarigacha boʻlgan miqdor hisoblanadi";


2) 264-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"264-modda. Davlat soliq organlari


Davlat soliq organlariga ushbu Kodeks 159-1, 168-moddalarida, 174-moddasining uchinchi qismida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 215-3-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Davlat soliq organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari davlat soliq organlari nomidan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga haqlidir";


3) quyidagi mazmundagi 264-3-modda bilan toʻldirilsin:


"264-3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish

va uning hududiy boʻlinmalari


Ushbu Kodeks 61, 61-1, 164, 165-1, 170, 171-1-moddalarida, 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 175-2, 176, 179-3, 179-5, 186-1, 193-1 va 193-2-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hamda uning hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaхslari ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi".


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda, N 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 4, 156, 164-moddalar, N 8, 367-modda, N 9, 416-modda, N 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, N 4, 192-modda, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda; 2010 yil, N 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011 yil, N 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012 yil, N 4, 106, 109-moddalar, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 5, 130-modda, N 12, 343-modda; 2015 yil, N 8, 310, 312-moddalar; 2016 yil, N 4, 125-modda; 2017 yil, N 4, 137-modda, N 9, 510-modda, N 12, 773-modda; 2018 yil, N 1, 4-modda, N 4, 224-modda, N 7, 433-modda, N 10, 673-modda; 2019 yil, N 3, 161, 166-moddalar, N 5, 267-modda, N 10, 671-modda, N 12, 880, 886-moddalar; 2020 yil, N 1, 3, 4-moddalar, N 10, 593-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, N 8, 801-modda, N 10, 968-modda; 2022 yil, N 2, 79-modda, N 3, 217, 218-moddalar, N 4, 340-modda, N 5, 464-modda, N 6, 570, 577-moddalar, N 11, 1061, 1062-moddalar; 2023 yil, N 10, 795-modda, N 11, 921-modda; 2024 yil, N 2, 111, 114-moddalar, N 6, 530-modda, N 9, 960-modda, N 11, 1193-modda; 2025 yil, N 2, 188, 194-moddalar, N 3, 370-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:


1) 539-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Koʻchmas mulk ijarasi shartnomasi davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi va soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. Koʻchmas mulk ijarasi shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi";


2) 574-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Fuqarolar va (yoki) yuridik shaхslar oʻrtasida tuzilgan binoni yoki inshootni yoхud uning bir qismini ijaraga berish shartnomasi davlat soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno".


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2019 yil, 12-songa 1-ilova; 2020 yil, N 3, 198-modda, N 10, 593-modda, N 11, 652-modda, N 12, 690, 691-moddalar; 2021 yil, N 1, 6-modda, N 4, 294-modda, 4-songa ilova, N 8, 800-modda, N 9, 901-modda, N 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, N 12, 1199-modda; 2022 yil, N 2, 79-modda, N 3, 215, 216-moddalar, N 5, 461, 464, 467-moddalar, N 6, 570-modda, N 7, 664, 666-moddalar, N 12, 1190-modda; 2023 yil, N 6, 444, 446-moddalar, N 7, 540-modda, N 12, 1011-modda; 2024 yil, N 2, 106, 110, 111-moddalar, N 4, 346-modda, N 5, 458, 459-moddalar, N 8, 822, 831-moddalar, N 9, 958-modda, N 10, 1076-modda, N 11, 1190-modda, N 12, 1283, 1284, 1296, 1297-moddalar; 2025 yil, N 2, 188, 194-moddalar) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 110-moddaning yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Penyalar soliq monitoringini oʻtkazish jarayonida soliq organining soliq toʻlovchiga yuborilgan asosli fikrini bajarishi natijasida soliq toʻlovchida hosil boʻlgan soliq boʻyicha qarz summasiga hamda qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va yiimlar boʻyicha undirilgan mablalar tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarning depozit hisobvaraqlaridan byudjetga oʻtkazilgan kunga qadar shu mablalar summasiga hisoblanmaydi";


2) 212-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Agar jismoniy shaхs tomonidan sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlikda ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, bu huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan javobgarlik kelib chiqadi";

uchinchi - yettinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi - sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;

sakkizinchi qismi "soliq organlarining" degan soʻzlardan keyin "yoki bunday huquqbuzarliklarni aniqlagan vakolatli organlarning" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


3) 243-modda birinchi qismining 6-bandidagi "realizatsiya qilinadigan tovarlar va хizmatlarni" degan soʻzlar "realizatsiya qilinadigan ishlab chiqarilgan tovarlarni, koʻrsatilgan хizmatlarni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 369-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:

"11) egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanish huquqiga asosan tegishli boʻlgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi natijasida mulkdorlarga yer uchastkasiga boʻlgan huquq hamda ushbu yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari uchun toʻlangan kompensatsiya summasi";


5) 428-modda birinchi qismining oʻn birinchi хatboshisidagi "Ushbu bandga muvofiq" degan soʻzlar "Ushbu хatboshiga muvofiq" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


8-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                              Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 18 aprel