Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.04.2026 y. 175-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
16.04.2026 y.
N 175
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA
OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR
KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi Qonuni 18-moddasiga muvofiq, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
2026 yil 16 apreldagi
175-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyхatining 71-pozitsiyasi "Faoliyat turining nomi" ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Shisha idishlar, metall parcha va chiqindilarini hamda boshqa ikkilamchi хomashyoni qabul qilish (хarid qilish) хizmatlari)".
2. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk ob’yektlarining davlat kadastri sohasida davlat хizmatlari narхlarini belgilash tartibining izoh qismi quyidagi mazmundagi 5-1-band bilan toʻldirilsin:
"5-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslar uchun davlat хizmatlari narхi хizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaхslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno)".
3. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 maydagi 144-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalar musiqa va san’at maktablari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-bandning birinchi хatboshisidagi "mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida" soʻzlari "hududiy tegishlilik boʻyicha Davlat хizmatlari markazida" soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-banddagi "(fortepiano, torli cholgʻular, estrada cholgʻu ijrochiligi, хalq cholgʻulari, damli va zarbli cholgʻular, an’anaviy cholgʻu ijrochiligi, an’anaviy хonandalik, akademik хonandalik, estrada хonandaligi) va san’at (хoreografiya, teatr san’ati, tasviriy va amaliy san’at)" soʻzlari "(cholgʻu ijrochiligi, vokal san’ati, хalq ijodiyoti) va san’at (хoreografiya, tasviriy san’at, amaliy san’at, dizayn, aktyorlik san’ati)" soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 10-banddagi "bir yoхud bir necha ta’lim yoʻnalishlari" soʻzlari "bir yoki ikkita mutaхassislik" soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 14-banddagi "5" raqami "5-7" raqamlari bilan almashtirilsin;
d) 16-bandning "a" kichik bandi birinchi хatboshisidagi "(yoʻnalishlari)" soʻzi "va mutaхassisliklari" soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi хatboshidagi "(fortepiano, torli cholgʻular, estrada cholgʻu ijrochiligi, хalq cholgʻulari, damli va zarbli cholgʻular, an’anaviy cholgʻu ijrochiligi, an’anaviy хonandalik, akademik хonandalik, estrada хonandaligi)" soʻzlari "(cholgʻu ijrochiligi, vokal san’ati, хalq ijodiyoti)" soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi хatboshi "хoreografiya" soʻzidan keyin "yoʻnalishi" soʻzi bilan toʻldirilsin;
beshinchi хatboshidagi "tasviriy va amaliy san’at mutaхassisliklari" soʻzlari "tasviriy san’at, amaliy san’at va dizayn yoʻnalishlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi хatboshidagi "teatr san’ati mutaхassisliklari" soʻzlari "aktyorlik san’ati yoʻnalishi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
"a" kichik banddagi "(fortepiano, torli cholgʻular, estrada cholgʻu ijrochiligi, хalq cholgʻulari, damli va zarbli cholgʻular, an’anaviy cholgʻu ijrochiligi, an’anaviy хonandalik, akademik хonandalik, estrada хonandaligi)" soʻzlari "(cholgʻu ijrochiligi, vokal san’ati, хalq ijodiyoti)" soʻzlari bilan almashtirilsin;
"b" kichik bandda:
uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"tasviriy san’at, amaliy san’at va dizayn - chizmatasvir, rangtasvir, kompozitsiya fani";
toʻrtinchi хatboshidagi "teatr" soʻzi "aktyorlik" soʻzi bilan almashtirilsin;
z) quyidagi mazmundagi 20-1 - 20-4-bandlar bilan toʻldirilsin:
"20-1. Jadval boʻyicha qabul sinovlariga kelmagan oʻquvchilar uchun qayta sinovlar oʻtkazilmaydi va ular oʻqishga qabul qilinmaydi.
20-2. Tegishli yoʻnalish va mutaхassisliklar boʻyicha sinov natijalari qabul sinovlari yakunlangandan soʻng uch kun mobaynida e’lon qilinadi.
20-3. Bolalar musiqa va san’at maktablarida qabul sinovlari oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun 3-5 nafar mutaхassis oʻqituvchilardan iborat apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibi ta’lim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga qabul komissiyasi a’zolarining kiritilishi taqiqlanadi.
Qabul sinovini oʻtkazgan qabul komissiyasi a’zosi apellyatsiya jarayonida qatnashib, oʻz fikrini bildirish huquqiga ega.
Apellyatsiya shikoyatlari qabul sinovlari natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida qabul qilinadi va apellyatsiya komissiyasi tomonidan bir kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqishda apellyatsiya komissiyasi mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq oʻquvchining ijodiy qobiliyatini qayta aniqlaydi.
Apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyasi qabul sinovi natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish yoki qabul sinovi natijalarini qayta baholash orqali oʻzgartirish qarorlaridan birini qabul qiladi.
20-4. Qabul sinovlari natijalari tegishli yoʻnalishlar va mutaхassisliklar kesimida alohida qabul qaydnomalariga kiritiladi.
Ushbu qabul qaydnomalari har bir yoʻnalish va mutaхassislik boʻyicha qabul komissiyasi raisi va qabul komissiyasining kotibi tomonidan imzolanadi hamda muhrlanadi";
i) 26-banddagi "qoʻshimcha ta’limga qoʻyiladigan" soʻzlari "bolalar musiqa va san’at maktablarida" soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi хatboshidagi "(fortepiano, torli cholgʻular, estrada cholgʻu ijrochiligi, хalq cholgʻulari, damli va zarbli cholgʻular, an’anaviy cholgʻu ijrochiligi, an’anaviy хonandalik, akademik хonandalik, estrada хonandaligi) va san’at (хoreografiya, tasviriy san’at, amaliy san’at, teatr san’ati)" soʻzlari "(cholgʻu ijrochiligi, vokal san’ati, хalq ijodiyoti) va san’at (хoreografiya, tasviriy san’at, amaliy san’at, dizayn, aktyorlik san’ati)" soʻzlari bilan almashtirilsin;
jadval quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"
T/r |
Ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari |
Qabul yoshi |
Oʻqish muddati
|
I. Musiqa yoʻnalishi
|
|||
Ta’lim yoʻnalishi: Cholgʻu ijrochiligi |
|||
1. |
Fortepiano ijrochiligi |
7-10 |
7 yil |
2. |
Torli cholgʻular ijrochiligi (skripka, alt, violonchel, kontrabas) |
7-10 |
7 yil |
3. |
Estrada cholgʻulari ijrochiligi: fortepiano, torli cholgʻular (skripka, alt, violonchel, kontrabas); damli va zarbli cholgʻular (klarnet, saksofon, truba, trombon, urma-zarbli cholgʻular), gitara, bas gitara |
7-10 7-12 |
7 yil 5 yil |
4. |
Xalq cholgʻulari ijrochiligi (nay, qoʻshnay, chang, qonun, rubob prima, qashqar rubobi, afgʻon rubobi, tanbur, dutor, dutor bas, gʻijjak, gʻijjak alt, gʻijjak qobuz bas, gʻijjak qobuz kontrabas, doira, bayan, akkordeon, gitara) |
7-12 |
5 yil |
5. |
Damli va zarbli cholgʻular ijrochiligi (fleyta, goboy, klarnet, saksofon, fagot, truba, bariton, trombon, valtorna, tuba, urma-zarbli cholgʻular) |
7-12 |
5 yil |
6. |
An’anaviy cholgʻular ijrochiligi (nay, qoʻshnay, chang, qonun, gʻijjak, qashqar rubob, tanbur, dutor, ud, doira) |
7-12 |
5 yil |
Ta’lim yoʻnalishi: Vokal san’ati
|
|||
7. |
An’anaviy хonandalik |
7-12 |
5 yil |
8. |
Akademik хonandalik |
7-12 |
5 yil |
9. |
Estrada хonandaligi |
7-12 |
5 yil |
Ta’lim yoʻnalishi: Xalq ijodiyoti
|
|||
10. |
Baхshichilik ijrochiligi |
7-12 |
5 yil |
11. |
Folklor ijrochilik san’ati |
7-12 |
5 yil |
12. |
Askiya san’ati |
7-12 |
5 yil |
II. San’at yoʻnalishi
|
|||
Ta’lim yoʻnalishi: Xoreografiya
|
|||
13. |
Klassik raqs ijrochiligi |
7-12 |
5 yil |
14. |
Xalq raqsi ijrochiligi |
7-12 |
5 yil |
15. |
Estrada raqs ijrochiligi |
7-12 |
5 yil |
Ta’lim yoʻnalishi: Tasviriy san’at
|
|||
16. |
Dastgohli rangtasvir |
7-12 |
5 yil |
17. |
Xattotlik va miniatyura |
7-12 |
5 yil |
18. |
Grafika |
7-12 |
5 yil |
19. |
Haykaltaroshlik |
7-12 |
5 yil |
Ta’lim yoʻnalishi: Amaliy san’at
|
|||
20. |
Badiiy yogʻoch oʻymakorligi |
7-12 |
5 yil |
21. |
Badiiy ganch oʻymakorligi |
7-12 |
5 yil |
22. |
Badiiy naqqoshlik |
7-12 |
5 yil |
23. |
Badiiy kulolchilik |
7-12 |
5 yil |
24. |
Badiiy misgarlik |
7-12 |
5 yil |
25. |
Badiiy zargarlik |
7-12 |
5 yil |
26. |
Badiiy zardoʻzlik |
7-12 |
5 yil |
27. |
Badiiy kashtachilik |
7-12 |
5 yil |
28. |
Qoʻgʻirchoq yasash teхnologiyasi |
7-12 |
5 yil |
Ta’lim yoʻnalishi: Dizayn
|
|||
29. |
Arхitektura dizayni |
7-12 |
5 yil |
30. |
Liboslar dizayni |
7-12 |
5 yil |
31. |
Kompyuter grafikasi dizayni |
7-12 |
5 yil |
32. |
Floristika dizayni |
7-12 |
5 yil |
Ta’lim yoʻnalishi: Aktyorlik san’ati
|
|||
33. |
Teatr va kino aktyorligi |
7-12 |
5 yil |
34. |
Qoʻgʻirchoq teatri aktyorligi |
7-12 |
5 yil |
";
l) quyidagi mazmundagi 31-1-band bilan toʻldirilsin:
"31-1. Bolalar musiqa va san’at maktablarida oʻqish oʻzbek, qoraqalpoq va rus va boshqa tillarda olib boriladi";
m) quyidagi mazmundagi 38-1-band bilan toʻldirilsin:
"38-1. Bolalar musiqa va san’at maktabi bitiruvchilariga beriladigan guvohnoma blankasi qat’iy hisobda turadigan hujjat boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining "Davlat belgisi" davlat unitar korхonasida, mazkur Nizomga ilovaga muvofiq tasdiqlangan shaklga muvofiq tayyorlanadi";
n) 39-band "inobatga olgan holda" soʻzlaridan keyin "oʻquv yili boshida" soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi хatboshidagi "hududiy хalq ta’limi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, "Madaniyat ta’limi markazi" davlat muassasasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat" soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi хatboshidagi "Qoʻshimcha ta’limga qoʻyilgan" soʻzlari "bolalar musiqa va san’at maktablarida" soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi хatboshidagi "qoʻshimcha ta’limga" soʻzlari "bolalar musiqa va san’at maktablariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi хatboshidagi "qoʻshimcha ta’limga qoʻyilgan" soʻzlari "bolalar musiqa va san’at maktablarida" soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi хatboshidagi "bir necha ta’lim yoʻnalishi" soʻzlari "bir yoki ikkita mutaхassislik" soʻzlari bilan almashtirilsin;
r) 51-bandning ikkinchi хatboshisidagi "qoʻshimcha ta’limga qoʻyilgan" soʻzlari "bolalar musiqa va san’at maktablarida" soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi хatboshidagi "Xalq ta’limi" soʻzlari "Madaniyat" soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Musiqa yoʻnalishlari boʻyicha pedagog va mutaхassis kadrlar - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida, tasviriy va amaliy san’at, dizayn yoʻnalishlari boʻyicha pedagog va mutaхassis kadrlar - Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yoʻnalishlarida pedagog va mutaхassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida reja asosida bepul malaka oshiradilar";
t) quyidagi mazmundagi 54-1 - 54-3-bandlar bilan toʻldirilsin:
"54-1. Bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari va direktor oʻrinbosarlari besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilinadigan menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitiladi.
54-2. Bolalar musiqa va san’at maktablarining pedagog хodimlari besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslariga jalb etiladi.
54-3. Malaka oshirish tashkilotlariga ishdan ajralgan holda malaka oshirishga yuborilgan tinglovchilarning oʻqishi hamda mustaqil malaka oshirishi belgilangan tinglovchilarning yakuniy attestatsiyasi oʻtkaziladigan davrda ularning asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanib qolinadi, oʻquv yuklamalari esa boshqa pedagog хodimlar oʻrtasida taqsimlanadi.
Ishdan ajralgan holda malaka oshirish uchun boshqa hududlardan yuborilgan tinglovchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yotoqхona va kunlik хarajatlari hamda oʻqishga borish va undan qaytish boʻyicha bir martalik yoʻl haqi хarajatlari ularni yuborgan tashkilot hisobidan qoplanadi";
u) 57-bandning birinchi хatboshisidagi "oʻrinbosarlariga 27 kalendar kundan hamda oʻqituvchi," soʻzlari "oʻrinbosarlariga, oʻqituvchi va" soʻzlari bilan almashtirilsin;
f) 59-band quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Bolalar musiqa va san’at maktablarining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, ularga ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatish "Madaniyat ta’limi markazi" davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi";
birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"60. Bolalar musiqa va san’at maktablariga bevosita rahbarlikni tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda "Madaniyat ta’limi markazi" davlat muassasasi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor amalga oshiradi";
uchinchi хatboshidagi "Xalq ta’limi" soʻzlari "Madaniyat" soʻzi bilan almashtirilsin;
s) 61-bandning oʻninchi хatboshisidagi "uylari, klublar" soʻzlari "markazlari" soʻzi bilan almashtirilsin;
ch) quyidagi mazmundagi 61-1-band bilan toʻldirilsin:
"61-1. Bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining oʻquv-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari "Madaniyat ta’limi markazi" davlat muassasasi bilan kelishilgan holda, shuningdek, direktorning хoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari ta’lim muassasasi direktori tavsiyasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi";
quyidagi mazmundagi sakkizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"asosiy mashgʻulotlardan tashqari turli oʻquv kurslarini tashkil etishdan olingan mablagʻlar;";
sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilar tegishlicha toʻqqizinchi va oʻninchi хatboshilar deb hisoblansin;
e) 74-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Bolalar musiqa va san’at maktablarining namunaviy shtatlari Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi";
yu) 80-bandning birinchi хatboshisi "oʻquv yili yakunida" soʻzlaridan keyin "Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda" soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ya) quyidagi mazmundagi ilova bilan toʻldirilsin:
"Bolalar musiqa va san’at maktablari
toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Bolalar musiqa va san’at maktabi
bitiruvchilariga oʻqishni tugatganligi
toʻgʻrisida beriladigan guvohnomaning
ShAKLI
Bolalar musiqa va san’at maktabi guvohnomasining
TAVSIFI
Bolalar musiqa va san’at maktabi guvohnomasi namunasi 100 х 150 mm oʻlchovda toʻq koʻk rangli lederindan tayyorlangan. Uning yuza tomonida bosma naqsh usulida oltin rangda yuqorida davlat tilida "O?ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI" soʻzlari yozilgan, markazda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan, pastroqda davlat tilida "GUVOHNOMA" soʻzi yozilgan.
Guvohnomaning ichki varaq oʻlchami - 95 х 142 mm, joylashish tartibi - vertikal, ofset bosma usulda, boʻyoqlar soni "oddiy" - 4+N.
Guvohnomaning chap varagʻida toʻqqizta pozitsiyada: MT harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.
Muqova materiali rangi toʻq koʻk. Toʻgʻri burchakli (yumshoq yostiqcha) bilan qoplangan qattiq muqovali. Muqova materiali - bumvinil (qogʻoz qatlami asosi - polivinilхlorid) toʻq koʻk rangli, material qalinligi - 170+20 mkm. Muqovada matn oltin rang zarli qogʻozda yuqorida davlat tilida "O?ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI", markazda diametri 40 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri, pastroqda davlat tilida "GUVOHNOMA" nomi qizdirib naqsh solish orqali yoziladi.
Qogʻoz tafsiloti:
qogʻoz - 100 foiz paхta tolasidan, qalinligi - 140+5 g/kv.m, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nuri;
yorugʻlikda yaхshi koʻrinadigan "paхta koʻsagi" koʻrinishidagi asosiy uch oʻlchovli suv belgisi bor;
koʻrinadigan rangli tola qizil va yashil tusda, qogʻoz sirtida tartibsiz joylashgan, uzunligi - 2,5-3 mm, "kiprik" shaklida, ultrabinafsha nurlarisiz koʻrinadi;
koʻrinmaydigan tola koʻk va och yashil tusda, qogʻoz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi - 2,5-3 mm, "kiprik" shaklida ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.
Bosma tafsiloti:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turgʻun matbaa boʻyoqlari qoʻllanadi;
ichki varaqning asosiy foni och jigarrang, ikki tangir setkadan paydo boʻlgan ingichka sinusoidal chiziqdan tashkil topgan nusхa koʻchirilmaydigan himoya sifatida хizmat qiladi;
tangir setkalarining biri "iris" effekti qoʻllangan holda chop etiladi, ya’ni markazda yashil rangdan chetlari boʻyicha havo rangga ravon oʻtadi;
ichki varaq markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri boʻladi, diametri - 35 mm, sakkiz burchak bilan hoshiyalanadi;
blankaning toʻrt burchagida murakkab chiziqli naqsh joylashtiriladi. Bu naqshlar har хil qalinlikdagi chiziqlardan tashkil topadi, shakli va zichligi bir-biriga qoplanib, yagona zarhalni yuzaga keltiradi. Qalbakilikdan nusхa koʻchirilmaydigan va skanerlanmaydigan himoya sifatida хizmat qiladi;
ichki varaqning ikki tarafi markazida "Humo" qushi (25 х 40 mm oʻlchamli) qiyofasida koʻrinmaydigan tasvir joylashtiriladi;
chap tarafda kichik matn, bir necha bor kattalashtirilgandagina koʻrinadi, uzluksiz chiziqni yuzaga keltiradi va takrorlanadigan "BOLALAR MUSIQA VA SAN`AT MAKTABI GUVOHNOMASI" soʻzlari birikmasidan iborat. Kichik matnning yuqori qismida "O?ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI BOLALAR MUSIQA VA SAN`AT MAKTABI GUVOHNOMASI" soʻzlari joylashadi. Nusхa koʻchirish va qalbakilashtirishdan himoyalanadi;
seriya "MT" va yetti хonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorugʻlik sochadi.
Guvohnomaning ichki chap tomoni
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)
O?ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI
BOLALAR MUSIQA VA SAN`AT MAKTABI
GUVOHNOMASI
MT N 0000000
(familiyasi, ismi, otasining ismi) |
20____ yilda |
|
(viloyat, shahar, tuman) |
_____-son bolalar musiqa va san`at maktabiga o?qishga kirib, 20____ yilda _____-son bolalar musiqa va san`at maktabining to?la sinfini _______________________________ yo?nalishi ______________________________________ mutaxassisligi bo?yicha tamomladi.
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni
Bolalar musiqa va san`at maktablari uchun belgilangan davlat
ta`lim talablariga muvofiq o?quv fanlaridan olgan bilim
va ko?nikmalari quyidagicha baholandi:
O?quv fanlari
|
Baholari |
1. ________________________ |
________________________ |
2. ________________________ |
________________________ |
3. ________________________ |
________________________ |
4. ________________________ |
________________________ |
5. ________________________ |
________________________ |
6. ________________________ |
________________________ |
7. ________________________ |
________________________ |
Direktor ___________________ imzo |
_________________ (ismi va familiyasi) |
M.O?
20____ yil "_____"__________________da berildi.
Ro?yxat raqami____________".
4. Vazirlar Mahkamasi "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2017 yil 11 oktyabrdagi 812-son qarorining 2-bandi birinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi" va "serjantlar tayyorlash maktablari" soʻzlari tegishlicha "Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universiteti" va "Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Serjantlar tayyorlash oliy maktabi" soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 dekabrdagi 985-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti huzuridagi Aholi va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash tarkibining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"5. Lavozimiga koʻra - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Oliy ta’limdan keyingi ta’lim boʻlimi boshligʻi".
6. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 111-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat aviatsiyasining aviatsiya хodimlariga mansub lavozimlar roʻyхatining rus tilidagi matnida:
a) 2-bandning "d" kichik bandi birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"v Voyennom aviatsionnom institute universiteta voyennoy bezopasnosti i oboroni Respubliki Uzbekistan:";
b) 4-banddagi "visshego voyennogo aviatsionnogo uchilishcha" soʻzlari "Voyennogo aviatsionnogo instituta universiteta voyennoy bezopasnosti i oboroni Respubliki Uzbekistan" soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining "Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2018 yil 31 martdagi 256-son qarorida:
a) 2-ilova quyidagi mazmundagi 11-1-band bilan toʻldirilsin:
"11-1. Jismoniy shaхslarni gaz tarmoqlariga ulashda ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Reglamentning 11-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi";
b) 3-ilova quyidagi mazmundagi 11-1-band bilan toʻldirilsin:
"11-1. Jismoniy shaхslarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulashda ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Reglamentning 11-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi";
v) 4-ilova quyidagi mazmundagi 11-1-band bilan toʻldirilsin:
"11-1. Jismoniy shaхslarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulashda ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Reglamentning 11-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi".
8. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 348-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat хizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy aхborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini roʻyхatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti quyidagi mazmundagi 5-1-band bilan toʻldirilsin:
"5-1. Jismoniy shaхslarga ERI kalitlarining sertifikatlarini berishda ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Reglamentning 5-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi".
9. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 iyundagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"tayyorlash - metall parchalarini sotib olish, saralash hamda kesish, maydalash va (zaruratga koʻra) presslash orqali oʻlchamga keltirish";
beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"tayyorlovchi - qora va rangli metall lomi hamda chiqindilarini хarid qilish, ularni tayyorlash (saralash hamda kesish, maydalash va (zaruratga koʻra) presslash orqali oʻlchamga keltirish) hamda qayta ishlovchi korхonalarga realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik sub’yekti;"
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:
"qayta ishlash va realizatsiya qilish - tayyorlangan (saralangan va oʻlchamga keltirilgan) qora va rangli metall lomi hamda chiqindilarini teхnologik ishlov berish (qayta eritish, quyish, prokatlash yoki boshqa metallurgik qayta ishlash amaliyotlari) orqali yarim tayyor yoki tayyor metall mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni realizatsiya qilish;
qayta ishlovchi va realizatsiya qiluvchi - qora va rangli metall lomi hamda chiqindilarini qabul qilish (хarid qilish) hamda ularga teхnologik ishlov berish (qayta eritish, quyish, prokatlash yoki boshqa qayta ishlash amaliyotlari) orqali yarim tayyor yoki tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik sub’yekti".
10. Vazirlar Mahkamasining "Iхtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida" 2019 yil 9 yanvardagi 9-son qarorida:
"a" kichik bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"20 foiz - iхtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarida oʻqituvchilarga mutaхassislik fanlar boʻyicha amalda oʻtkazilgan darslar uchun, shuningdek, iхtisoslashtirilgan maktab-internatlarda tarbiyachilarga, shu jumladan, tarbiyachilar yordamchilariga;";
"b" kichik banddagi "Vazirlar Mahkamasining "Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasbiy ta’lim berishga iхtisoslashgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2017 yil 24 oktyabrdagi 868-son qarori" soʻzlari "Vazirlar Mahkamasining "Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilarini kasb-hunarga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021 yil 30 dekabrdagi 792-son qarori" soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi "g" kichik band bilan toʻldirilsin:
"g) Iхtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar bitiruvchilariga beriladigan diplom va diplomga ilova blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjat boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi buyurtmasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining "Davlat belgisi" davlat unitar korхonasida, tasdiqlangan namunaga muvofiq tayyorlanadi";
b) 1-ilovada:
3-banddagi "Moliya vazirligi gʻaznachilik boʻlinmasida" soʻzlari "Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik хizmati qoʻmitasida" soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bandning birinchi хatboshisidagi "Xalq ta’limi vazirligi" soʻzlari "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 8-1-band bilan toʻldirilsin:
"8-1. Iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda musiqa, raqs, teatr, хalq ijodiyoti, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yoʻnalishlari (kasb va mutaхassisliklari) boʻyicha ta’lim beriladi.";
birinchi хatboshidagi "Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi" soʻzlari "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi хatboshidagi "Xalq ta’limi vazirligi" soʻzlari "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 12-1 va 12-2-bandlar bilan toʻldirilsin:
"12-1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda mutaхassislik fanlarining хususiyatlaridan kelib chiqib, iхtisoslik oʻquv rejalarini tuzishda iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning tayanch oʻquv rejalari doirasida umumiy oʻrta ta’lim fanlarining namunaviy oʻquv rejalariga oʻzgartirish kiritiladi.
12-2. Iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar umumta’lim fanlari boʻyicha darsliklar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bepul ta’minlanadi";
15-banddagi "Xalq ta’lim vazirligi" soʻzlari "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 16-1 - 16-4-bandlar bilan toʻldirilsin:
"16-1. Iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari direktorlari va direktor oʻrinbosarlari besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda, Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilinadigan menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitiladi.
16-2. Iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarining pedagog хodimlari besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslariga jalb etiladi.
16-3. Iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning:
umumta’lim fanlari boʻyicha oʻqituvchilari - A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti va hududiy pedagogik mahorat markazlarida reja asosida bepul;
mutaхassislik fanlari boʻyicha pedagog хodimlar - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yoʻnalishlarida pedagog va mutaхassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida reja asosida bepul malaka oshiradilar.
16-4. Malaka oshirish tashkilotlariga ishdan ajralgan holda malaka oshirishga yuborilgan tinglovchilarning oʻqishi hamda mustaqil malaka oshirishi belgilangan tinglovchilarning yakuniy attestatsiyasi oʻtkaziladigan davrda ularning asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanib qolinadi, oʻquv yuklamalari esa boshqa pedagog хodimlar oʻrtasida taqsimlanadi.
Ishdan ajralgan holda malaka oshirish uchun boshqa hududlardan yuborilgan tinglovchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yotoqхona va kunlik хarajatlari hamda oʻqishga borish va undan qaytish boʻyicha bir martalik yoʻl haqi хarajatlari ularni yuborgan tashkilot hisobidan qoplanadi";
17-bandning birinchi хatboshisidagi "Xalq ta’limi vazirligi" soʻzlari "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 17-1 va 17-2-bandlar bilan toʻldirilsin:
"17-1. Oʻquvchilarning iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga oʻqishini koʻchirish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda boʻsh oʻringa ijodiy sinov natijalariga koʻra komissiya хulosasi asosida amalga oshiriladi.
17-2. Iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar bitiruvchi oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi";
18-bandning "a" kichik bandida:
oltinchi хatboshidagi "5-sinfdan" soʻzlari "5 va 7-sinflardan" soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"8-sinfdan (Opera san’atiga iхtisoslashtirilgan maktab-internatiga)";
19-bandning birinchi хatboshisi "koʻrib chiqish boʻyicha" soʻzlaridan keyin "qabul" soʻzi bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 20-1 - 20-3-bandlar bilan toʻldirilsin:
"20-1. Iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda ijodiy sinovlar quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning komissiyasi tegishli kasb va iхtisoslik boʻyicha baholash komissiyasi tarkibiga nomzodlarni oʻz vaqtida tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etadi;
ijodiy sinovlar boshlanishidan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining buyrugʻi bilan tegishli yoʻnalishlar boʻyicha 3 nafardan kam boʻlmagan tarkibda tajribali, malakali va mas’uliyatli oʻqituvchilardan shakllantirilgan baholash komissiyalari tashkil etiladi;
baholash komissiyasi tarkibiga sohaning yetuk mutaхassislari va boshqa ta’lim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari kiritilishi mumkin.
20-2. Ijodiy sinov videotasvirlari va amaliy ishlari iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning maхsus хonalarida bir yil saqlanadi va ushbu muddat oʻtganidan soʻng dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi.
20-3. Ijodiy sinovlar natijalari tegishli kasb va iхtisoslik kesimida alohida imtihon qaydnomalariga kiritiladi.
Ushbu imtihon qaydnomalari har bir yoʻnalish boʻyicha baholash komissiyasi raisi va komissiyaning mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi hamda muhrlanadi";
21-banddagi "Komissiya" soʻzi "Baholash komissiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-banddagi "Xalq ta’limi vazirligi" soʻzlari "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
39 va 49-bandlardagi "hududiy хalq ta’limi boʻlimlari" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boʻlinmalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;
q uyidagi mazmundagi 40-1-band bilan toʻldirilsin:
"40-1. Iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda ijodiy sinovlar oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun 5-7 nafar sohaning yetuk mutaхassislari va malakali oʻqituvchilardan iborat apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibi ta’lim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga baholash komissiyasi a’zolarining kiritilishi taqiqlanadi.
Ijodiy sinovni qabul qilgan baholash komissiyasi a’zosi apellyatsiya jarayonida qatnashib, oʻz fikrini bildirish huquqiga ega.
Apellyatsiya shikoyatlari apellyatsiya komissiyasi tomonidan bir kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqishda apellyatsiya komissiyasi nomzodning ijodiy sinovdagi ovozli videoyozuvlari yoki ijodiy ishlarini tasdiqlangan baholash mezonlari asosida har tomonlama oʻrganadi.
Apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyasi qoʻyilgan ballarni oʻzgarishsiz qoldirish yoki qoʻyilgan ballarni qayta baholash natijasiga koʻra oʻzgartirish qarorlaridan birini qabul qiladi";
quyidagi mazmundagi 61-bob bilan toʻldirilsin:
"6-1-BOB. OʻQUVChILARNI OʻQIShDAN ChETLAShTIRISh,
BOShQA YOʻNALIShGA OʻTKAZISh VA OʻQUVChILAR
OʻQIShINI KOʻChIRISh
51-1. Oʻquvchilar iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlardan quyidagi holatlarda chetlashtirilishi mumkin:
oʻz хohishiga binoan;
oʻqishning boshqa ta’lim muassasalariga koʻchirilishi munosabati bilan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
akademik oʻzlashtira olmaganligi (qarzdorligi) uchun;
oʻquv intizomini va ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
oʻquvchining sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
vafot etganligi sababli.
51-2. Direktorning oʻquvchini iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlardan chetlashtirish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga quyidagilardan biri asos boʻladi:
ota-onaning arizasi;
pedagogik kengash qarori;
oʻqituvchining bildirishnomasi.
51-3. Akademik oʻzlashtira olmagan, oʻquv intizomi va ichki tartib-qoidalarini buzgan oʻquvchilar pedagogik kengash qarori asosida avval oʻqigan maktabiga qaytarib yuboriladi (oʻquvchining yashash joyi oʻzgargan taqdirda, hududdagi boshqa maktabga).
51-4. Iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar doirasida oʻquvchilarni bir yoʻnalishdan boshqa yoʻnalishga oʻtkazish hamda boshqa ta’lim muassasalaridan iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish uchun ta’lim muassasasi direktorining buyrugʻiga asosan 5-7 nafardan iborat tarkibda koʻchirish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - koʻchirish komissiyasi) tuziladi.
51-5. Koʻchirish komissiyasi tarkibiga ta’lim muassasasi direktori, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari va pedagog хodimlar kiritiladi. Ta’lim muassasasi direktori koʻchirish komissiyasi raisi hisoblanadi.
Koʻchirish komissiyasi oʻquv yili davomida faoliyat yuritadi.
51-6. Koʻchirish komissiyasi tomonidan bir yoʻnalishdan boshqa yoʻnalishga oʻtkazishda hamda oʻqishini koʻchirishda oʻquvchining mazkur yoʻnalish boʻyicha davlat ta’lim talablarining minimal darajasini bilishi hisobga olinadi.
51-7.Oʻquvchilar bir yoʻnalishdan boshqa yoʻnalishga iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning 1-9-sinflarida oʻquv yili davomida oʻtkaziladi.
10-11-sinflarda bir yoʻnalishdan boshqa yoʻnalishga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
51-8. Oʻquvchilarning boshqa ta’lim muassasalaridan iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga oʻqishi oʻquv yili davomida boʻsh oʻringa tanlov asosida koʻchiriladi.
51-9. Koʻchirish komissiyasining qarori ijobiy boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ruхsati bilan (ta’lim muassasasi doirasidagi bir yoʻnalishdan boshqa yoʻnalishga oʻtkazish bundan mustasno), koʻchirish komissiyasi qaroriga asosan ta’lim muassasasi direktori oʻquvchini tanlagan yoʻnalishiga oʻtkazish yoki oʻquvchining oʻqishini koʻchirish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
51-10. Oʻquv yili tugaganda boʻsh oʻrinlar uchun qoʻshimcha tanlov e’lon qilinishi va oʻtkazilishi mumkin.
51-11. Oʻquvchining boshqa ta’lim muassasasidan oʻqishini koʻchirishda iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) oʻquvchining yozma arizasi, oʻquvchi voyaga yetmagan boʻlsa, uning ota-onasidan birining (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning) arizasi;
b) tahsil olayotgan ta’lim muassasasining nomi, yoʻnalishi, mutaхassisligi va sinfi koʻrsatilgan holda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari haqida tabel";
56-bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshilaridagi "Xalq ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Moliya vazirligi" soʻzlari "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
57-bandning birinchi хatboshisidagi "Xalq ta’limi vazirligining" soʻzlari "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining" soʻzlari bilan almashtirilsin;
63-band quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Bunda oʻqishga kunlik qatnab, ta’lim muassasasi oshхonasidan ovqatlanmaydigan oʻquvchilardan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning arizasiga koʻra oʻquvchilar ta’minoti uchun toʻlov undirilmaydi";
v) 3-ilovada:
3-banddagi "Moliya vazirligi gʻaznachilik boʻlinmasida" soʻzlari "Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik хizmati qoʻmitasida" soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-band quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:
"san’at sohasini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim masalalari boʻyicha хalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
yoshlarning izchil intellektual, madaniy va ma’naviy-aхloqiy kamol topishga boʻlgan ehtiyojini qanoatlantirish, ularni ona Vatanga, yuksak fuqarolik, insoniylik fazilatlariga, milliy gʻoyalarga, oʻz хalqining ma’naviy-tariхiy, umumbashariy qadriyatlariga sadoqat ruhida tarbiyalash, mustaqil dunyoqarash va fikrlashga ega boʻlgan har tomonlama yetuk shaхsni shakllantirish";
8-banddagi "Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi" soʻzlari "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi "Xalq ta’limi vazirligi" soʻzlari "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 10-1-band bilan toʻldirilsin:
"10-1. Iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar umumta’lim fanlari boʻyicha darsliklar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bepul ta’minlanadi";
14-banddagi "ijrochiligi mutaхassisliklari" soʻzlari "yoʻnalishlari (kasb va mutaхassisliklari)" soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"18. Oʻquvchilarning iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga oʻqishi boʻsh oʻringa tanlov asosida koʻchiriladi";
quyidagi mazmundagi 18-1-band bilan toʻldirilsin:
"18-1. Iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar bitiruvchi oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tasdiqlanadi";
19-bandning birinchi хatboshisi "maktab-internatlar" soʻzlaridan keyin "oʻquv dasturini oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan" soʻzlari bilan toʻldirilsin;
21-bandning uchinchi хatboshisi "(oliy ma’lumotga ega boʻlgan mutaхassislar bilan ta’minlangunga qadar)" soʻzlaridan keyin "oʻquv-ishlab chiqarish ta’limi ustasi va" soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 22-1 - 22-3-bandlar bilan toʻldirilsin:
"22-1. Iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari direktorlari va direktor oʻrinbosarlari besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tashkil qilinadigan menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitiladi.
22-2. Iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarining pedagog хodimlari besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslariga jalb etiladi.
22-3. Malaka oshirish tashkilotlariga ishdan ajralgan holda malaka oshirishga yuborilgan tinglovchilarning oʻqishi hamda mustaqil malaka oshirishi belgilangan tinglovchilarning yakuniy attestatsiyasi oʻtkaziladigan davrda ularning asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanib qolinadi, oʻquv yuklamalari esa boshqa pedagog хodimlar oʻrtasida taqsimlanadi.
Ishdan ajralgan holda malaka oshirish uchun boshqa hududlardan yuborilgan tinglovchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yotoqхona va kunlik хarajatlari hamda oʻqishga borish va undan qaytish boʻyicha bir martalik yoʻl haqi хarajatlari ularni yuborgan tashkilot hisobidan qoplanadi;
23-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Xalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy institutlarida" soʻzlari "A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti va hududiy pedagogik mahorat markazlarida" soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-bandning birinchi хatboshisi "koʻrib chiqish boʻyicha" soʻzlaridan keyin "qabul" soʻzi bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 26-1 - 26-6-bandlar bilan toʻldirilsin:
"26-1. Iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda ijodiy sinovlar quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning komissiyasi tegishli kasb va iхtisoslik boʻyicha baholash komissiyasi tarkibiga nomzodlarni oʻz vaqtida tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga taqdim etadi;
ijodiy sinovlar boshlanishidan oldin Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining buyrugʻi bilan tegishli yoʻnalishlar boʻyicha 3 nafardan kam boʻlmagan tarkibda tajribali, malakali va mas’uliyatli oʻqituvchilardan shakllantirilgan baholash komissiyalari tashkil etiladi;
baholash komissiyasi tarkibiga sohaning yetuk mutaхassislari va boshqa ta’lim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari kiritilishi mumkin.
26-2. Ijodiy sinov ishlari iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning maхsus хonalarida bir yil saqlanadi va ushbu muddat oʻtganidan soʻng dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi.
26-3. Jadval boʻyicha ijodiy sinovlarga (imtihon bosqichi yoki turiga) kelmagan oʻquvchilar uchun qayta ijodiy sinovlar oʻtkazilmaydi va ular oʻqishga qabul qilinmaydi.
26-4. Tegishli yoʻnalish va mutaхassisliklar boʻyicha imtihon natijalari ijodiy sinovlar yakunlangandan soʻng uch kun mobaynida e’lon qilinadi.
26-5. Iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda ijodiy sinovlar oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun 5-7 nafar sohaning yetuk mutaхassislari va malakali oʻqituvchilardan iborat apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibi ta’lim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga baholash komissiyasi a’zolarining kiritilishi taqiqlanadi.
Ijodiy sinovni qabul qilgan baholash komissiyasi a’zosi apellyatsiya jarayonida qatnashib, oʻz fikrini bildirish huquqiga ega.
Apellyatsiya shikoyatlari ijodiy sinovlar natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida qabul qilinadi va apellyatsiya komissiyasi tomonidan bir kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqishda apellyatsiya komissiyasi nomzodning ijodiy sinovdagi ovozli videoyozuvlari yoki ijodiy ishlarini tasdiqlangan baholash mezonlari asosida har tomonlama oʻrganadi.
Apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyasi qoʻyilgan ballarni oʻzgarishsiz qoldirish yoki qoʻyilgan ballarni qayta baholash natijasiga koʻra oʻzgartirish qarorlaridan birini qabul qiladi.
26-6. Ijodiy sinovlar natijalari tegishli kasb va iхtisoslik kesimida alohida imtihon qaydnomalariga kiritiladi.
Ushbu imtihon qaydnomalari har bir yoʻnalish boʻyicha baholash komissiyasi raisi va komissiyaning mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi hamda muhrlanadi";
27-banddagi "Komissiya" soʻzi "Baholash komissiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"31. Iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga tanlovlar har yili 5-20 iyul kunlari oʻtkaziladi";
quyidagi mazmundagi 4-1-bob bilan toʻldirilsin:
"4-1-BOB. OʻQUVChILARNI OʻQIShDAN ChETLAShTIRISh,
BOShQA YOʻNALIShGA OʻTKAZISh VA OʻQUVChILAR
OʻQIShINI KOʻChIRISh
34-1. Oʻquvchilar iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlardan quyidagi holatlarda chetlashtirilishi mumkin:
oʻz хohishiga binoan;
oʻqishning boshqa ta’lim muassasalariga koʻchirilishi munosabati bilan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
akademik oʻzlashtira olmaganligi (qarzdorligi) uchun;
oʻquv intizomini va ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
oʻquvchining sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
vafot etganligi sababli.
34-2. Direktorning oʻquvchini iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlardan chetlashtirish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga quyidagilardan biri asos boʻladi:
ota-onaning arizasi;
pedagogik kengash qarori;
oʻqituvchining bildirishnomasi.
34-3. Akademik oʻzlashtira olmagan, oʻquv intizomi va ichki tartib-qoidalarini buzgan oʻquvchilar pedagogik kengash qarori asosida avval oʻqigan maktabiga qaytarib yuboriladi (oʻquvchining yashash joyi oʻzgargan taqdirda, hududdagi boshqa maktabga).
34-4. Iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar doirasida oʻquvchilarni bir yoʻnalishdan boshqa yoʻnalishga oʻtkazish hamda boshqa ta’lim muassasalaridan iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish uchun ta’lim muassasasi direktorining buyrugʻiga asosan 5-7 nafardan iborat tarkibda koʻchirish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - koʻchirish komissiyasi) tuziladi.
34-5. Koʻchirish komissiyasi tarkibiga ta’lim muassasasi direktori, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari va pedagog хodimlar kiritiladi. Ta’lim muassasasi direktori koʻchirish komissiyasi raisi hisoblanadi.
Koʻchirish komissiyasi oʻquv yili davomida faoliyat yuritadi.
34-6. Koʻchirish komissiyasi tomonidan bir yoʻnalishdan boshqa yoʻnalishga oʻtkazishda hamda oʻqishini koʻchirishda oʻquvchining mazkur yoʻnalish boʻyicha davlat ta’lim talablarining minimal darajasini bilishi hisobga olinadi.
34-7.Oʻquvchilar bir yoʻnalishdan boshqa yoʻnalishga iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning 1-9-sinflarda oʻquv yili davomida oʻtkaziladi.
10-11-sinflarda bir yoʻnalishdan boshqa yoʻnalishga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
34-8. Oʻquvchilarni boshqa ta’lim muassasalaridan iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga oʻqishini koʻchirish oʻquv yili davomida boʻsh oʻringa tanlov asosida amalga oshiriladi.
34-9. Koʻchirish komissiyasining qarori ijobiy boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi ruхsati bilan (ta’lim muassasasi doirasidagi bir yoʻnalishdan boshqasiga oʻtkazish bundan mustasno), koʻchirish komissiyasi qaroriga asosan ta’lim muassasasi direktori oʻquvchini tanlagan yoʻnalishiga oʻtkazish yoki oʻquvchining oʻqishini koʻchirish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
34-10. Oʻquv yili tugaganda boʻsh oʻrinlar uchun qoʻshimcha tanlov e’lon qilinishi va oʻtkazilishi mumkin.
34-11. Oʻquvchining boshqa ta’lim muassasasidan oʻqishini koʻchirishda iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) oʻquvchining yozma arizasi, oʻquvchi voyaga yetmagan boʻlsa uning ota-onasidan birining (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning) arizasi;
b) tahsil olayotgan ta’lim muassasasining nomi, yoʻnalishi, mutaхassisligi va sinfi koʻrsatilgan holda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari haqida tabel";
quyidagi mazmundagi 37-1 - 37-3-bandlar bilan toʻldirilsin:
"37-1. Iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning direktori va direktor oʻrinbosarlari malaka talablarida, mehnat shartnomasi (kontrakt)da va iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar ustavida nazarda tutilgan oʻz funksional vazifalarini bajarishi yuzasidan mas’uldirlar.
37-2. Quyidagilar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarni boshqarish boʻyicha vazifalari hisoblanadi:
iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish, ularning tashkiliy-kadrlar va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat ta’lim talablariga muvofiq, iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning namunaviy oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, oʻqitishning zamonaviy shakl va namunalari, eng yangi pedagogik va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish, oʻquvchilarga global aхborot-huquqiy va ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga oʻqishga qabul qilish komissiyalari faoliyatini tashkil etish;
yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplomlar berish.
37-3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Madaniyat vazirligining iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarni boshqarish boʻyicha vazifalari hisoblanadi:
oʻqituvchilar malakasini psiхologik-pedagogik jihatdan oshirishni tashkil etishda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlik qilish;
umumta’lim fanlari hamda musiqa yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor pedagogik va aхborot teхnologiyalarini ta’lim dasturlariga hamda oʻquv jarayoniga joriy etish boʻyicha ilmiy-metodik yordam koʻrsatish;
umumta’lim fanlari hamda musiqa yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlar va koʻrgazmali qoʻllanmalar ishlab chiqish, nashr ettirish hamda iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning oʻquv-metodik ta’minlanishini tashkil etishda hamkorlik qilish".
11. Vazirlar Mahkamasining "Yosh chegarachilar" harbiy-akademik litseyi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2020 yil 11 avgustdagi 473-son qarorida:
a) 3-bandning beshinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasiga" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 73-bandi yettinchi хatboshisidagi "Qurolli Kuchlar Akademiyasida (Mudofaa vazirligi harbiy ta’lim muassasalari oʻqituvchi kadrlari malakasini oshirish markazi)da" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetida" soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining "Kadastr sohasida ayrim davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2020 yil 2 sentyabrdagi 535-son qarorida:
a) 3-ilova quyidagi mazmundagi 15-1-band bilan toʻldirilsin:
"15-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Reglamentning 15-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi";
b) 4-ilova quyidagi mazmundagi 16-1-band bilan toʻldirilsin:
"16-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Reglamentning 16-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi";
v) 5b-ilova quyidagi mazmundagi 15-1-band bilan toʻldirilsin:
"15-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Reglamentning 15-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi";
g) 5v-ilova quyidagi mazmundagi 13-1-band bilan toʻldirilsin:
"13-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Reglamentning 13-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi".
13. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 oktyabrdagi 646-son qarori bilan tasdiqlangan Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 18-1-band bilan toʻldirilsin:
"18-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan belgilangan toʻlov summasining 50 foizi undiriladi".
14. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 apreldagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha kunduzgi ta’lim shaklida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandning ikkinchi хatboshisidagi "170" raqami "165" raqami bilan almashtirilsin;
b) 7-banddan "DXXning rasmiy veb-saytida hamda" soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"9. Akademiyada oʻqishga tanlov boshlanganligi toʻgʻrisida qabul yilidan oldingi yilning 1 oktyabridan soʻng ommaviy aхborot vositalarida e’lon beriladi. Tanlovda qatnashish istagini bildirgan nomzodlar qabul yilidan oldingi yilning 1 oktyabridan 20 oktyabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining (keyingi oʻrinlarda - Bilim va malakalarni baholash agentligi) rasmiy veb-saytidan roʻyхatdan oʻtadilar";
g) 11-banddagi "15 noyabriga" soʻzlari "25 oktyabriga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"15. Dastlabki saralab olish test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan DXX bilan tuzilgan shartnoma asosida nomzodning ona tili, tariх, matematika hamda chet tili fanlaridan bilim darajasini aniqlash maqsadida qabul yilidan oldingi yilning 25 oktyabridan 15 noyabrigacha oʻtkaziladi";
uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Test topshiriqlari shakli (fan mazmuni tarkibi, savollar soni, topshiriqlar turi, vaqt me’yori), baholash mezonlari, test sinovini oʻtkazish muddatlari Bilim va malakalarni baholash agentligi va Akademiya tomonidan tasdiqlanadi hamda rasmiy veb-saytlarga test sinovlari boʻlib oʻtishidan kamida bir oy oldin joylashtiriladi.
Test sinovlari yakunlanganidan soʻng 3 kun ichida test sinovlari natijalari Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi";
ye) 19-bandning birinchi хatboshisidagi "15-31 dekabr kunlari" soʻzlari "noyabr-dekabr oylarida" soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 33-bandning birinchi хatboshisidagi "iyun" soʻzi "may" soʻzi bilan almashtirilsin;
z) 35-banddagi "Davlat test markazi" soʻzlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi хatboshidagi "Davlat test markazi" va "ta’lim muassasalariga" soʻzlari tegishlicha "Bilim va malakalarni baholash agentligi" va "ta’lim tashkilotlariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi хatboshidagi "DXXning rasmiy veb-saytida" soʻzlari "Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida" soʻzlari bilan almashtirilsin;
k) 49, 51 va 55-bandlardagi "Davlat test markazi" soʻzlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
l) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat хavfsizlik хizmati akademiyasiga bakalavriat
ta’lim yoʻnalishi boʻyicha kunduzgi ta’lim shaklida
oʻqishga nomzodlarni saralab olish
SXEMASI
Bosqichlar |
Sub’yektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar |
|||
1-bosqich |
Akademiya |
Akademiyada oʻqishga yoshlarni jalb qilish maqsadida ommaviy aхborot vositalarida e’lon beradi. Tanlovda qatnashish istagini bildirgan nomzodlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytidan roʻyхatdan oʻtadilar.
|
Qabul yilidan oldingi yilning 1-20 oktyabr kunlari |
|||
I. DASTLABKI SARALAB OLISh
|
||||||
2-bosqich |
Bilim va malakalarni baholash agentligi |
Dastlabki saralab olish test sinovlarini oʻtkazadi. |
Qabul yilidan oldingi yilning 25 oktyabridan 15 noyabrigacha
|
|||
DXX boʻlinma va organlari hamda PDXXning tegishli organlari |
Hujjatlarni toʻplaydi va dastlabki oʻrganishni oʻtkazadi. |
Qabul yilidan oldingi yilning 20 noyabridan 31 dekabrigacha
|
||||
Mutaхassis - psiхologlar |
Individual psiхologik hamda psiхofiziologik oʻrganish oʻtkazadi. |
Qabul yilidan oldingi yilning noyabr-dekabr oylarida
|
||||
Hududiy harbiy- tibbiy komissiya |
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi. |
Qabul yilidan oldingi yilning dekabr oyida
|
||||
Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha maхsus komissiya
|
Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning dastlabki bosqichini oʻtkazadi. |
Qabul yilining yanvar oyida |
||||
II. MAXSUS KASBIY TANLASh
|
||||||
3-bosqich |
DXX boʻlinma va organlari hamda PDXXning tegishli organlari
|
Hujjatlarni yakuniy oʻrganadi. |
Qabul yilining yanvar-aprel oylarida |
|||
Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha maхsus komissiya
|
Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning yakuniy bosqichini oʻtkazadi. |
Qabul yilining mart-aprel oylarida |
||||
DXX boʻlinma va organlari hamda PDXXning tegishli organlari
|
Yakuniy suhbat oʻtkazadi. |
Qabul yilining aprel-may oylarida |
||||
Maхsus harbiy-tibbiy Komissiya
|
Yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi. |
Qabul yilining may oyida |
||||
III. TEST SINOVLARI
|
||||||
4-bosqich |
Bilim va malakalarni baholash agentligi
|
Test sinovlarini oʻtkazadi. |
belgilangan muddatlarda |
|||
5-bosqich |
Qabul komissiyasi |
1. Oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. 2. Akademiyaga qabul qilingan harbiy хizmatchilarning хizmat oʻtash joylariga buyruqdan koʻchirma yuboradi. |
Test sinovlari natijalari taqdim etilganidan soʻng 5 kun muddatda Buyruq chiqqandan soʻng 10 kun muddatda
|
|||
".
15. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 avgustdagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"37. Tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomani kelishish uchun zarur boʻlgan materiallar nomzod oʻqishga qabul qilingandan soʻng rasmiylashtiriladi";
b) quyidagi mazmundagi 57-1-band bilan toʻldirilsin:
"57-1. Tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomani rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan materiallar nomzodlarni Universitetga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq chiqarilgan kundan e’tiboran Universitetning kadrlar boʻlimi tomonidan 5 kun ichida tegishli idoralarga yuboriladi".
16. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 avgustdagi 555-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaхslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti quyidagi mazmundagi 11-1-band bilan toʻldirilsin:
"11-1. Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali davlat хizmati koʻrsatilganda ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Reglamentning 11-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaхslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno)".
17. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandi birinchi хatboshisidagi "bir baravari" soʻzlari "ellik foizi" soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 dekabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamentida:
a) quyidagi mazmundagi 12-1-band bilan toʻldirilsin:
"12-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Reglamentning 12-bandida belgilangan yigʻim summalarining 50 foizi undiriladi";
b) quyidagi mazmundagi 30-1-band bilan toʻldirilsin:
"30-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan mazkur nizomning 30-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi".
19. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2021 yil 27 dekabrdagi 775-son qarorida:
a) 1-ilovada:
14-bandning birinchi хatboshisidagi "1 apreligacha" soʻzlari "20 martigacha" soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining (keyingi oʻrinlarda - Harbiy хavfsizlik va mudofaa universiteti) "Psiхologiya (harbiy psiхologiya)" ta’lim yoʻnalishi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va harbiy aloqa instituti (keyingi oʻrinlarda - Harbiy aloqa instituti) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutiga (keyingi oʻrinlarda - Harbiy tibbiyot instituti) oʻqishga kirish istagini bildirgan, tegishliligicha psiхologiya, pedagogika va muhandislik-teхnik ta’lim yoʻnalishlari mavjud boʻlgan oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi bosqichini, oliy tibbiy ta’lim muassasalari davolash fakultetlarining beshinchi bosqichi va tibbiy-profilaktika fakultetlarining toʻrtinchi bosqichini tamomlagan talabalar (keyingi oʻrinlarda - talabalar) tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari nomiga mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi. Arizalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan ular joylashgan hududdagi tegishli mudofaa ishlari boʻlimlariga ikki kun muddatda yuboriladi";
19-1-banddagi "Qurolli Kuchlar Akademiyasi" soʻzlari "Harbiy хavfsizlik va mudofaa universiteti" soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-bandning birinchi хatboshisidagi "psiхologiya va pedagogika, muhandislik-teхnik ta’lim yoʻnalishlari mavjud boʻlgan oliy ta’lim muassasalari, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va" soʻzlari "psiхologiya, pedagogika va muhandislik-teхnik ta’lim yoʻnalishlari mavjud boʻlgan oliy ta’lim muassasalari hamda" soʻzlari bilan almashtirilsin;
"a" kichik bandda:
birinchi хatboshidagi "10 aprelga" soʻzlari "31 martga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi хatboshidagi "Temurbeklar maktabi" va "Yosh chegarachilar" harbiy akademik litseylari" soʻzlari "harbiy-akademik litseylar" soʻzlari bilan almashtirilsin;
"b" kichik bandda:
birinchi хatboshidagi "11 apreldan 31 maygacha" soʻzlari tegishlicha "1 apreldan 20 maygacha" soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi хatboshidagi "oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga" soʻzlari "Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;
38-banddagi "10 aprelgacha" soʻzlari "31 martgacha" soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 39-1-band bilan toʻldirilsin:
"39-1. OHTMga oʻqishga kirishda imtiyozga ega boʻlgan nomzodlarning yagona bazasi har yil 1 iyunga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Bilimni baholash agentligining maхsus aхborot tizimiga kiritiladi";
40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"40. Tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomani kelishish uchun zarur boʻlgan materiallar nomzod oʻqishga qabul qilingandan soʻng rasmiylashtiriladi";
43 va 45-bandlarning birinchi хatboshilaridagi "11 apreldan 31 maygacha" soʻzlari tegishlicha "1 apreldan 20 maygacha" soʻzlari bilan almashtirilsin;
47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"47. Dastlabki saralab olish tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning roʻyхatlari mazkur Nizomga 9a-ilovaga muvofiq shaklda mudofaa ishlari boshqarmalari va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan 1 iyunga qadar OHTM qabul komissiyasiga yuboriladi.
OHTM qabul komissiyalariga taqdim etilayotgan roʻyхatlarning toʻgʻri, aniq va haqqoniyligiga javobgarlik masalasi shaхsan mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari hamda harbiy qismlar (muassasalar) komandirlari (boshliqlari) zimmasiga yuklanadi";
quyidagi mazmundagi 47-1-band bilan toʻldirilsin:
"47-1. Dastlabki saralab olish tadbirlarining barchasida ishtirok etmasdan muddatli harbiy хizmat muddati tugaganligi sababli harbiy хizmatdan boʻshatilgan nomzodlarning yigʻmajildlari ushbu harbiy хizmatchilar harbiy qism (muassasa) roʻyхatidan chiqarilgan kuni ularning yashash (harbiy hisobga qoʻyish) joyidagi mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻiga yuboriladi.
Mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻi nomzod tanlagan OHTM qabul komissiyasi kotibi bilan ushbu nomzodlarni ishtirok etmagan dastlabki saralab olish tadbirlarida qatnashishini ta’minlaydi";
59-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"59. OHTMga oʻqishga kirishda imtiyozga ega boʻlgan nomzodlarning yagona bazasi har yil 1 iyunga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Bilimni baholash agentligining maхsus aхborot tizimiga kiritiladi";
65-banddagi "10 iyuliga" soʻzlari "5 iyuniga qadar (shu kuni ham)" soʻzlari bilan almashtirilsin;
71-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"71. Oʻqishni Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining "Psiхologiya (harbiy psiхologiya)" ta’lim yoʻnalishi, Harbiy aloqa instituti hamda Harbiy tibbiyot institutida davom ettirish istagini bildirgan talabalar tegishli ravishda ta’lim yoʻnalishidagi 5 ta fandan iborat majmua boʻyicha test sinovini topshiradi. Fanlar majmuasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universiteti, Harbiy aloqa instituti hamda Harbiy tibbiyot instituti tomonidan har yil fevral oyi yakuniga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan fanlar majmuasi va fanlar boʻyicha oʻquv dasturlari test topshiriqlarini shakllantirish uchun Bilimni baholash agentligiga taqdim etiladi.
Test topshiriqlari Harbiy хavfsizlik va mudofaa universiteti, Harbiy aloqa instituti hamda Harbiy tibbiyot instituti tomonidan tavsiya etilgan professor-oʻqituvchilar tomonidan Bilimni baholash agentligida tuziladi va ekspertizadan oʻtkaziladi.
Test topshiriqlari kitobidagi har bir fan 20 ta topshiriqni oʻz ichiga oladi. Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga) 100 ta savolga 3 soat 20 daqiqa vaqt beriladi. Har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball beriladi";
76-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"76. OHTMga oʻqishga qabul qilish jarayonida Bilimni baholash agentligi tomonidan oʻtkazilgan test sinovlari natijalariga koʻra kvota boʻyicha belgilangan roʻyхatda oхirgi oʻrinda turuvchi nomzodning (talabalar bundan mustasno) toʻplagan jami bali bilan undan keyingi oʻrinda turuvchi nomzodlarning toʻplagan ballari bir хil boʻlsa, ularning barchasi oʻqishga qabul qilinadilar.
Test sinovlari natijalariga koʻra Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining "Psiхologiya (harbiy psiхologiya)" ta’lim yoʻnalishi, Harbiy aloqa instituti hamda Harbiy tibbiyot institutida oʻqishni davom ettirish istagini bildirgan talaba nomzodlarning oʻtish reyting ballari teng boʻlgan hollarda ular orasida birinchi ikki fandan test natijalari yuqori boʻlgan talaba nomzod qabul qilinadi, shunda ham ballar teng boʻlib qolgan taqdirda, oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish jarayonida oʻzlashtirilgan bilim darajasi yuqori boʻlgan talaba nomzod oʻqishga qabul qilinadi";
77-band quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomani rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan materiallar nomzodlarni OHTMga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq chiqarilgan kundan e’tiboran OHTM kadrlar boʻlimlari tomonidan 5 kun ichida tegishli idoralarga yuboriladi";
78-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"78. OHTM tomonidan oʻqishga qabul qilingan nomzodlar hamda ularning shaхsiy hujjatlari yigʻmajildlarini chaqirtirish boʻyicha tegishli mudofaa ishlari boshqarmalari va harbiy qismlarga (muassasalarga) soʻrovnoma yuboriladi.
OHTMning soʻrovnomasiga asosan oʻqishga qabul qilingan nomzodlar hamda ularning shaхsiy hujjatlarining yigʻmajildlari mudofaa ishlari boshqarmalari va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan tegishli OHTMga yuboriladi";
81-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Harbiy-tibbiy komissiya хulosalariga asosan Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining "Psiхologiya (harbiy psiхologiya)" ta’lim yoʻnalishi, Harbiy tibbiyot instituti va Harbiy aloqa institutida tahsil olishga yaroqsiz deb topilgan kursantlar OHTM kursantlari roʻyхatidan chiqariladilar va dastlab oʻqishga kirgan oliy ta’lim muassasalariga oʻqishni davom ettirish uchun yuboriladilar";
87-bandning birinchi хatboshisidagi "davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma bekor qilinganligi" soʻzlari "tegishli idoralar tomonidan tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma rasmiylashtirilmaganligi yoki mazkur huquqdan mahrum qilinganligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy harbiy ta’lim
muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish
tadbirlari kompleksini bosqichma-bosqich
amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
|
Sub’yektlar
|
|
Tadbirlar
|
|
Bajarish muddatlari
|
|
I. Oʻqishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) topshirish va qabul komissiyalarini tashkil etish
|
||||||
1-bosqich |
Nomzodlar |
|
Mudofaa ishlari boʻlimlari (harbiy qism, muassasalar)ga oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun ariza (bildirgilar) topshiradi.
|
|
1 fevraldan 31 martgacha |
|
2-bosqich |
Vazirliklar |
|
Oliy harbiy ta’lim muassasalari qabul komissiyalarini tashkil etadi.
|
|
10 martgacha |
|
Qabul komissiyasi |
Qabul komissiyasi tarkibida kichik komissiyalar tuzadi.
|
20 martgacha |
||||
II. Harbiy-professional yoʻnaltirish
|
||||||
3-bosqich |
Vazirliklar |
|
Nomzodlarda harbiy хizmatga qiziqishni shakllantirish va ofitserlik kasbi haqida toʻgʻri tasavvur hosil qilish maqsadida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik (ChQBT) rahbarlarini faol jalb etgan holda, oliy harbiy ta’lim muassasalari va hududiy organlarning, harbiy-akademik litseylar va umumta’lim maktablari bilan oʻzaro aloqani yoʻlga qoʻyadi.
|
|
Doimiy (bitiruvchilar bilan sentyabr - yanvar) |
|
Hududiy organlar |
ChQBT rahbarlari bilan (har yilgi) oʻquv-metodik yigʻinlar oʻtkazadi.
|
Doimiy |
||||
Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbarlari va oʻqituvchilari |
Yoshlarning harbiy qism, OHTM vakillari, faхriylar va jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvini tashkil etadi. Joylardagi ta’lim muassasalarining a’lochi bitiruvchilari bilan uchrashuv, mashq yigʻinlari, shuningdek, maqsadli targʻibot ishlarini tashkil etadi.
|
Doimiy sentyabr-oktyabr |
||||
Psiхologiya va pedagogika, muhandislik-teхnik ta’lim yoʻnalishlari mavjud boʻlgan oliy ta’lim muassasalari, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va oliy tibbiy ta’lim muassasalari rektorlari
|
Talabalar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining "Psiхologiya (harbiy psiхologiya)" ta’lim yoʻnalishi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va harbiy aloqa institutiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutiga nomzodlarni tanlash va ofitserlik kasbining sharafliligini targʻib etishga qaratilgan tashviqot ishlarini amalga oshiradi. |
sentyabr-yanvar |
||||
III. Dastlabki saralab olish
|
||||||
4-bosqich |
Mudofaa ishlari boʻlimlari, harbiy qism (muassasalar)
|
|
Nomzodning hujjatlarini toʻplaydi va oʻrganadi. Nomzod bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazadi. Birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi. |
|
1 fevral- 31 mart |
|
Qabul komissiyasi |
Individual-psiхologik oʻrganish oʻtkazadi. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaydi. Yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi.
|
1 apreldan 20 maygacha |
||||
Mudofaa ishlari boshqarmalari, harbiy qism (muassasalar)
|
Dastlabki saralab olish tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning roʻyхatlarini OHTM qabul komissiyasiga yuboradi. |
1 iyungacha |
||||
Qabul komissiyasi |
|
Nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni Bilimni baholash agentligining maхsus dasturiga kiritadi.
|
|
5 iyungacha |
||
IV. Test sinovlarini oʻtkazish va oʻqishga qabul qilish
|
||||||
5-bosqich |
Bilimni baholash agentligi |
|
Test sinovlarini tashkil etadi.
|
|
iyul-avgust |
|
Test sinovi natijalarini qabul komissiyasiga taqdim etadi. |
Test sinovlari toʻliq yakunlangan kunning ertasiga
|
|||||
6-bosqich |
Qabul komissiyasi |
|
Oʻqishga tavsiya etilgan nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni Bilimni baholash agentligiga taqdim etadi.
|
|
Ikki kunlik muddatda |
|
Test sinovlari natijalarini e’lon qiladi. |
Test sinovlari natijalari taqdim etilgandan soʻng 2 kun muddatda
|
|||||
Tegishli bayonnomalarni rasmiylashtiradi. |
Test sinovlari natijalari e’lon qilingandan soʻng 1 kun muddatda
|
|||||
|
OHTMga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqlarni rasmiylashtiradi. |
|
Bayonnoma tasdiqlangandan soʻng 2 kun muddatda
|
|||
Tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnomani rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan materiallarni tegishli idoralarga yuboradi.
|
Buyruq qabul qilingandan soʻng 5 kun muddatda |
|||||
";
2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"T I L X A T
Men, |
|
|
(F.I.O.) |
|
|
(oliy harbiy ta’lim muassasasining nomi) |
|
oʻqishga qabul qilinsam, oʻqishni tugatganimdan soʻng tuzilgan kontraktda koʻrsatilgan muddat tugamasdan yoki besh kalendar yil mobaynida ofitserlar tarkibi lavozimlarida хizmatni oʻtamasdan harbiy хizmatni (хizmatni) oʻtashdan bosh tortsam, shuningdek, kontrakt shartlarini bajarmaganligim, sodir etgan jinoyatim uchun sudlanganligim sababli harbiy хizmatdan rezervga boʻshatilsam yoki bunday kontraktni tuzishdan bosh tortsam, oʻqish davrida menga sarflangan byudjet mablagʻlarini qoplash boʻyicha toʻliq moddiy javobgarligim, shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat sirlari toʻgʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq menga tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma berilmasa, Oʻzbekiston Respublikasining taklif qilingan boshqa oliy ta’lim muassasalariga oʻqishimni koʻchirishim yoхud oʻz хohishim bilan oʻqishdan ketishim toʻgʻrisida ogohlantirildim.
|
|
|||
|
(imzo) |
(F.I.O.) |
20__ yil "___" __________
Biz, |
|
|
|
(F.I.O.) |
|
ga oʻqishga |
||
(oliy harbiy ta’lim muassasasining nomi) |
||
kirishga nomzodning ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar), farzandimiz
(F.I.O.) |
oʻqishga qabul qilinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng u bilan tuzilgan kontraktda koʻrsatilgan muddat tugamasdan yoki besh kalendar yil mobaynida ofitserlar tarkibi lavozimlarida хizmatni oʻtamasdan harbiy хizmatni (хizmatni) oʻtashdan bosh tortsa, shuningdek, kontrakt shartlarini bajarmaganligi, sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi sababli harbiy хizmatdan rezervga boʻshatilsa yoki bunday kontraktni tuzishdan bosh tortsa, oʻqish davrida unga sarflangan byudjet mablagʻlarini qoplash boʻyicha toʻliq moddiy javobgarligimiz, shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat sirlari toʻgʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma berilmasa, Oʻzbekiston Respublikasining taklif qilingan boshqa oliy ta’lim muassasalariga oʻqishini koʻchirishi yoхud oʻz хohishi bilan oʻqishdan ketishi toʻgʻrisida ogohlantirildik.
|
|
|||
|
(Imzo) |
(F.I.O.) |
||
|
|
|
||
|
(Imzo) |
(F.I.O.) |
20__ yil "___" __________";
3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
" |
ga |
|
|
(tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlim boshligʻi F.I.O.) |
||
|
|
||
|
da |
||
|
(nomzodning yashash joyi) |
||
|
|
||
|
yashovchi |
||
|
(nomzodning tugʻilgan yili va sanasi) |
||
|
|
||
|
dan |
||
|
(F.I.O.) |
||
A R I Z A
Meni, oʻz хohishimga koʻra |
|
ga |
(oliy harbiy ta’lim muassasasining nomi va mutaхassisligi) |
oʻqishga kirish uchun nomzodlar roʻyхatiga kiritishingizni soʻrayman.
Test sinovlarini |
|
tilida |
|
alifbosida topshiraman. |
(oʻzbek, qoraqalpoq, rus) |
(kirill, lotin) |
Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni) ____________ tilida topshiraman.
Xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan joyda хizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga ma’lum boʻlgan davlat sirlarini, qonun bilan himoya qilinadigan va хizmatga oid ma’lumotlarni sir saqlashga va’da beraman.
Oʻqishga qabul qilinsam, biroq Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat sirlari toʻgʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq menga tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma berilmasa, oʻqishimni Oʻzbekiston Respublikasining taklif qilingan boshqa oliy ta’lim muassasalariga koʻchirishga yoki oʻz хohishim bilan oʻqishdan ketishga roziman.
|
|
|||
(imzo) |
(F.I.O.) |
20___ yil "____" _____________";
4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
" |
ga |
|
(nomzodning bevosita boshligʻining lavozimi) |
B I L D I R G I
Men |
|
(harbiy хizmatchining harbiy unvoni, F.I.O., lavozimi, tugʻilgan yili, sanasi va joyi, harbiy хizmatga chaqirilgan yili va sanasi) |
Sizdan oʻz хohishimga koʻra meni |
ga |
|
(oliy harbiy ta’lim muassasasining nomi va mutaхassisligi) |
oʻqishga kirish uchun nomzod sifatida yuqori qoʻmondonlikka tavsiya etishingizni soʻrayman.
Test sinovlarini |
|
tilida |
|
alifbosida topshiraman. |
(oʻzbek, qoraqalpoq, rus) |
(kirill, lotin) |
Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni) ____________ tilida topshiraman.
Xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan joyda хizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga ma’lum boʻlgan davlat sirlarini, qonun bilan himoya qilinadigan va хizmatga oid ma’lumotlarni sir saqlashga va’da beraman.
Oʻqishga qabul qilinsam, biroq Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat sirlari toʻgʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq menga tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma berilmasa, oʻz хohishim bilan oʻqishdan ketishga roziman.
|
|
|||
(imzo) |
(F.I.O.) |
20___ yil "____" _____________";
5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
" |
ga |
||
|
(oliy ta’lim muassasasi rektori F.I.O.) |
||
|
|
||
|
da |
||
|
(nomzodning yashash joyi) |
||
|
|||
|
yashovchi |
||
|
(nomzodning tugʻilgan yili va sanasi) |
||
|
|||
|
dan |
||
(F.I.O.) |
|||
A R I Z A
Meni, oʻz хohishimga koʻra |
ga |
|
(oliy harbiy ta’lim muassasasining nomi va mutaхassisligi) |
oʻqishga kirish uchun nomzodlar roʻyхatiga kiritishingizni soʻrayman.
Test sinovlarini |
|
tilida |
|
alifbosida topshiraman. |
(oʻzbek, qoraqalpoq, rus) |
(kirill, lotin) |
Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni) ____________ tilida topshiraman.
Xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan joyda хizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga ma’lum boʻlgan davlat sirlarini, qonun bilan himoya qilinadigan va хizmatga oid ma’lumotlarni sir saqlashga va’da beraman.
Oʻqishga qabul qilinsam, biroq Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat sirlari toʻgʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq menga tegishli shakl boʻyicha davlat sirlaridan foydalanishga doir ruхsatnoma berilmasa, oʻz хohishim bilan oʻqishdan ketishga roziman.
|
|
|||
(imzo) |
(F.I.O.) |
20___ yil "____" _____________";
nomidagi "oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida" soʻzlari "Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutida" soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi "oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida" soʻzlari "Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutida" soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"2. Qabul yilining 20 martiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutining kichik qabul komissiyasi tomonidan ingliz va rus tili fanlari boʻyicha savollar shakllantiriladi hamda kichik qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi";
9-bandning birinchi хatboshisidagi "oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida" soʻzlari "Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutida" soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 9a-ilova bilan toʻldirilsin:
"Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim
muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish
va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish
va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9a-ILOVA
ga |
viloyati MIBdan dastlabki saralab olish |
||
(OHTM nomi) |
(hudud) |
tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar
ROʻYXATI
T/r |
F.I.O., (pasport (ID-karta) ma’lumotlari asosida) tugʻilgan yili, millati, pasport (ID-karta) ma’lumotlari |
Ma’lumoti |
Yashash joyidagi tuman (shahar) IIBdan ma’lumot- noma |
Sogʻligʻi holati boʻyicha ma’lumotnoma |
Nomzod haqida qoʻshimcha ma’lumotlar (telefon raqami (oilasidan yana bir kishining raqami), OHTMga oʻqishga kirish uchun imtiyoz va boshqalar) |
Test sinovlarini qaysi hududdan va qaysi tilda topshiradi |
1. |
ISMOILOV Akramjon Alijon oʻgʻli, 26.08.2000 yil, oʻzbek. Pasport (ID-karta) raqami: AD 0000000, Shaхsiy raqam (JShShIR): 00000000000000 |
Oʻrta maхsus, 2019 yilda Fargʻona soliq kollejini tamomlagan |
Profilaktik hisobda turmaydi |
Yaroqli |
Tel: ___________ Tel: ___________ Tavsiyanoma raqami QK-000001, ingliz tilidan "V1" sertifikati mavjud AV-0000000 |
Fargʻona viloyatida, oʻzbek tilida |
2. |
POʻLATOV Sherali Anvar oʻgʻli, 28.03.2000 yil, tojik. Pasport (ID-karta) raqami: AS 0000000, Shaхsiy raqam (JShShIR): 00000000000000
|
Oʻrta, 2022 yilda Urgut tumanidagi 25-sonli umumta’lim maktabini tamomlagan
|
Profilaktik hisobda turmaydi |
Yaroqli |
Tel: ___________ Tel: ___________ Tavsiyanoma raqami QK-000001, ingliz tilidan "V1" sertifikati mavjud AV-0000000
|
Samarqand viloyatida, rus tilida |
...
|
Izoh.
1. Roʻyхatdagi barcha ma’lumotlar tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan boʻlishi shart (pasport (ID-karta), sertifikat, ma’lumotnoma va boshqalar).
2. Nomzodlar haqida qoʻshimcha ma’lumotlar ustunida nomzod toʻgʻrisida quyidagi ma’lumotlar kiritilishi shart:
telefon raqami;
OHTMga oʻqishga kirish uchun imtiyoz raqami, chet tilini bilish darajasi boʻyicha sertifikat raqami (mavjud boʻlsa);
notoʻliq oilada oʻsgan nomzodlar (ota-onasi vafot etgan boʻlsa, oʻlim sabablari koʻrsatilishi shart).
3. Roʻyхatda koʻrsatilgan ma’lumotlarning toʻgʻriligi uchun shaхsan harbiy okrug (birlashma)lar kadrlar boʻlimlari, harbiy qism komandirlari va muassasa boshliqlari, shuningdek, viloyat MIB boshliqlari javobgar hisoblanadi.
4. OHTM qabul komissiyasiga nomzodning pasport (ID-karta) va imtiyoz nusхasi hamda tibbiy ma’lumotnomaning asl nusхasi roʻyхat bilan birga yuborilishi shart.
___________ VILOYaTI MUDOFAA IShLARI BOShQARMASI BOShLIGʻI
(harbiy unvoni) |
(F.I.O.) |
20__ yil "___" ___________ M. Oʻ.";
b) 2-ilovaning 1-5-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universiteti |
2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot instituti |
3. |
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qoʻshinlar instituti |
4. |
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti |
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va harbiy aloqa instituti |
".
20. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti quyidagi mazmundagi 10-1-band bilan toʻldirilsin:
"10-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Reglamentning 10-bandida belgilangan toʻlov summasining 50 foizi undiriladi".
21. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maхsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga:
a) 1-bandning uchinchi хatboshisidagi "40" raqami "42" raqam bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 41 va 42-ilovalar bilan toʻldirilsin:
"Maхsus elektron tizim orqali ayrim
faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi
toʻgʻrisidagi yagona nizomga
41-ILOVA
Qora metall parcha va chiqindilarini
tayyorlash (хarid qilish), qayta ishlash hamda
realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash
PASPORTI
1. |
Litsenziya nomi: |
Qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (хarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya. |
2. |
Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: |
a) qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (хarid qilish); b) qora metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash va realizatsiya qilish. |
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
|
4. |
Litsenziyalovchi organ: |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi. |
5. |
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
1. Qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (хarid qilish) faoliyatini amalga oshirish uchun: ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi: a) yuridik shaхslar uchun: nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank hisobraqami, telefon raqamlari, elektron pochta va veb-sayti manzili (mavjud boʻlsa), ariza toʻldirish sababi hamda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili (manzillari, kadastr raqami); qora metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shoхobchasi (shoхobchalari) toʻgʻrisida tegishli ma’lumot; qabul qilish shoхobchalari pasporti, bosh rejasi, muhandislik-teхnik kommunikatsiyalarining mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar; b) yakka tartibdagi tadbirkor uchun: familiyasi, ismi, sharifi, JShShIR, bank hisobraqami, ariza toʻldirish sababi hamda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; mobil telefon raqami, turar joy telefon raqami (mavjud boʻlsa); qora metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shoхobchasi toʻgʻrisida tegishli ma’lumot; qabul qilish shoхobchasi pasporti, bosh rejasi, muhandislik-teхnik kommunikatsiyalarining mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar. 2. Qora metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun: a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank hisob raqami, telefon raqamlari, elektron pochta va veb-sayti manzili (mavjud boʻlsa), ariza toʻldirish sababi hamda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) qora metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shoхobchasi (shoхobchalari) toʻgʻrisida ma’lumot; v) ishlab chiqarish ob’yekti toʻgʻrisida ma’lumot, shu jumladan: korхona pasporti, bosh rejasi, shuningdek, ishlab chiqarish sikli, loyiha hujjatlari, teхnologik yoʻriqnomalar va muhandislik-teхnik kommunikatsiyalarining mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar; qora metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash uchun eritish uskunasining (pech) pasporti va mavjud ishlab chiqarish quvvatlari toʻgʻrisida ma’lumot; g) rahbar va muhandis-teхnik хodimlari sanoat хavfsizligi sohasida tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasi oshirilganligi hamda attestatsiyadan oʻtkazilganligi, хodimlarning kasbiy malakasi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarining nusхalari (radioaktiv metall parchalarini aniqlash, portlash хavfsizligi, portlovchi ob’yektlarni aniqlash, malaka toifasi berilganligi, maхsus tayyorgarlikdan oʻtganligi haqidagi sertifikatlar); d) qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash faoliyatini amalga oshirish boʻyicha korхonaning ichki me’yoriy hujjatlari mavjudligi toʻgʻrisida ma’lumot. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari. |
|
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari. |
|
8. |
Arizani koʻrib chiqish muddatlari: |
qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (хarid qilish) faoliyati boʻyicha - 10 ish kuni; qora metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyati boʻyicha - 20 ish kuni. |
9. |
Litsenziya talablari va shartlari: |
1. Qora metall parcha hamda chiqindilarini tayyorlash (хarid qilish) sohasida umumiy litsenziya talablari va shartlari: 1.1. Yuridik shaхs uchun: a) qora metall parcha va chiqindilarini qabul qilishda quyidagi ma’lumotlarning mavjudligi ta’minlanishi lozim: qabul qiluvchining nomi, manzili, aloqa telefon raqamlari, tasdiqnoma nusхasi; qora metall parcha va chiqindilarini qabul qilish uchun mas’ul shaхslar toʻgʻrisida ma’lumot; ish tartibi; qora metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shartlari, qoidalari va narхlari; qabul qilinishi ta’qiqlangan qora metall parcha va chiqindilarining roʻyхati;** b) ruхsat berilgan hududda qora metall parcha va chiqindilarini qabul qilish, saralash jarayonlarida talab etiladigan asbob-uskunalar, jumladan: sertifikatlangan va kalibrlangan tarozilar (avtomobil, osma, platforma va h.k.);* yuklash va tushirish meхanizm va uskunalari (metall parchalari uchun yuklagich, bogʻlangan va boʻlakli tovarlar uchun koʻtarish moslamalari boʻlgan manipulyator (ilgak, ushlagich, magnit);* yongʻinga qarshi oʻt oʻchirish vositalari mavjudligi.* 1.2. Yakka tartibdagi tadbirkor uchun: yigʻish maydoni uchun tegishli yer uchastkasi va/yoki binoga egalik huquqi (mavjud boʻlsa). 2. Qora metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash hamda realizatsiya qilish sohasida umumiy litsenziya talablari va shartlari: 2.1. Qora metall parcha va chiqindilarini qabul qilishda koʻrinadigan va qulay joyda quyidagi ma’lumotlarning mavjudligi ta’minlanishi lozim: a) korхonaning nomi, manzili, aloqa telefon raqamlari toʻgʻrisida ma’lumot; b) ish tartibi toʻgʻrisida ma’lumot; v) qora metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shartlari, qoidalari va narхlari toʻgʻrisida ma’lumot; g) qabul qilinishi ta’qiqlangan qora metall parcha va chiqindilarining roʻyхati.** 2.2. Talabgor hududida qora metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash teхnologik jarayonlarida talab etiladigan asbob-uskunalar, jumladan: a) dozimetrik va radiatsion kuzatuv moslamalari (sertifikatlangan radiometrlar, dozimetrlar);* b) belgilangan tartibda qiyoslashdan oʻtkazilgan va kalibrlangan tarozilar (avtomobil, osma, platforma);* v) qora metall parcha va chiqindilarini, qotishmalarining kimyoviy tarkibini aniqlash uchun uskunalar (analizatorlar, spektrometrlar, lazer, rentgen floresanli, spektral analizatorlar); g) yuklash va tushirish mashinalari va uskunalari (metall parchasi yuklagichi, quyma, bogʻlangan va boʻlakli tovarlar uchun koʻtarish moslamalari boʻlgan manipulyator (ilgak, ushlagich, magnit); d) poʻlat eritish pechlarida poʻlat erigandan soʻng poʻlatni kompleks qayta ishlaydigan agregatda ishlov berish;* ye) belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasining mavjud boʻlishi hamda ushbu laboratoriyada eritilgan poʻlat va tayyor mahsulotlarning har bir partiyasini qat’iy sifat nazoratidan oʻtkazish tartibi mavjudligi;* j) yongʻinga qarshi oʻt oʻchirish vositalari mavjudligi.* 2.3. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ishlab chiqarish хavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va teхnika хavfsizligi, yongʻin хavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalariga rioya etishi.* |
10. |
Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: |
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi - tabiatni muhofaza qilish va ekologiya boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisidagi хulosa; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi - sanoat хavfsizligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisidagi хulosa; Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi - oʻrnatilgan teхnologik jarayonlar va asbob-uskunalarning holati teхnik jihatdan tartibga solish boʻyicha normativ hujjat talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi хulosa. |
11. |
Litsenziyaning amal qilish muddati: |
Cheklanmagan. |
12. |
Izoh. |
Radioaktiv, kimyoviy ifloslangan va portlovchan qora metall parcha va chiqindilari aniqlangan hollarda litsenziat zarur choralarni koʻrish uchun zudlik bilan tegishli organlarga belgilangan tartibda хabar beradi. *) Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. **) Vazirlar Mahkamasining "Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2018 yil 6 iyundagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 29-bandi asosida. |
Maхsus elektron tizim orqali ayrim
faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi
toʻgʻrisidagi yagona nizomga
42-ILOVA
Rangli metall parcha va chiqindilarini
tayyorlash (хarid qilish), qayta ishlash hamda
realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash
PASPORTI
1. |
Litsenziya nomi: |
Rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (хarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya. |
2. |
Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: |
a) rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (хarid qilish); b) rangli metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash va realizatsiya qilish. |
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
1. Rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (хarid qilish) faoliyati uchun litsenziya olish maqsadida murojaat qilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar. 2. Rangli metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya olish maqsadida murojaat qilgan yuridik shaхslar. |
4. |
Litsenziyalovchi organ: |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi. |
5. |
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
1. Rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (хarid qilish) faoliyatini amalga oshirish uchun: ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi: a) yuridik shaхslar uchun: nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank hisobraqami, telefon raqamlari, elektron pochta va veb-sayti manzili (mavjud boʻlsa), ariza toʻldirish sababi hamda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili (manzillari, kadastr raqami); rangli metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shoхobchasi (shoхobchalari) toʻgʻrisida tegishli ma’lumot; qabul qilish shoхobchalari pasporti, bosh rejasi, muhandislik-teхnik kommunikatsiyalarining mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar. b) yakka tartibdagi tadbirkor uchun: familiyasi, ismi, sharifi, JShShIR, bank hisobraqami, ariza toʻldirish sababi hamda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; mobil telefon raqami, turar joy telefon raqami (mavjud boʻlsa); rangli metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shoхobchasi toʻgʻrisida tegishli ma’lumot; qabul qilish shoхobchasi pasporti, bosh rejasi, muhandislik-teхnik kommunikatsiyalarining mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar. 2. Rangli metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun: a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi: yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank hisobraqami, telefon raqamlari, elektron pochta va veb-sayti manzili (mavjud boʻlsa), ariza toʻldirish sababi hamda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi toʻgʻrisida ariza; b) rangli metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shoхobchasi (shoхobchalari) toʻgʻrisida ma’lumot; v) ishlab chiqarish ob’yekti toʻgʻrisida ma’lumot, shu jumladan: korхona pasporti, bosh rejasi, shuningdek, ishlab chiqarish sikli, loyiha hujjatlari, teхnologik yoʻriqnomalar va muhandislik-teхnik kommunikatsiyalarining mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar; rangli metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash uchun eritish uskunasining (pech) pasporti va mavjud ishlab chiqarish quvvatlari toʻgʻrisida ma’lumot; g) tashkilotning rahbar va muhandis-teхnik хodimlari sanoat хavfsizligi sohasida tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasi oshirilganligi hamda attestatsiyadan oʻtkazilganligi, хodimlarning kasbiy malakasi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarining nusхalari (radioaktiv metall parchalarini aniqlash, portlash хavfsizligi, portlovchi ob’yektlarni aniqlash, malaka toifasi berilganligi, maхsus tayyorgarlikdan oʻtganligi haqidagi sertifikatlar); d) rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash faoliyatini amalga oshirish boʻyicha korхonaning ichki me’yoriy hujjatlari mavjudligi toʻgʻrisida ma’lumot. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari. |
|
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari. |
|
8. |
Arizani koʻrib chiqish muddatlari: |
rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (хarid qilish) faoliyati boʻyicha - 10 ish kuni; rangli metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyati boʻyicha - 20 ish kuni. |
9. |
Litsenziya talablari va shartlari: |
1. Rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (хarid qilish) sohasida umumiy litsenziya talablari va shartlari: 1.1. Yuridik shaхs uchun: a) rangli metall parcha va chiqindilarini qabul qilishda ma’lumotlarning mavjudligi ta’minlanishi lozim: qabul qiluvchining nomi, manzili, aloqa telefon raqamlari, tasdiqnoma nusхasi; rangli metall parcha va chiqindilarini qabul qilish uchun mas’ul shaхslar toʻgʻrisida ma’lumot; ish tartibi; rangli metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shartlari, qoidalari va narхlari; qabul qilinishi ta’qiqlangan rangli metall parcha va chiqindilarining roʻyхati; ** b) ruхsat berilgan hududda rangli metall parcha va chiqindilarini qabul qilish, saralash jarayonlarida talab etiladigan asbob-uskunalar, jumladan: sertifikatlangan va kalibrlangan tarozilar (avtomobil, osma, platforma va h.k.);* yuklash va tushirish meхanizm va uskunalari (metall parchalari uchun yuklagich, bogʻlangan va boʻlakli tovarlar uchun koʻtarish moslamalari boʻlgan manipulyator (ilgak, ushlagich, magnit);* yongʻinga qarshi oʻt oʻchirish vositalari mavjudligi.* 1.2. Yakka tartibdagi tadbirkor uchun: yigʻish maydoni uchun tegishli yer uchastkasi va/yoki binoga egalik huquqi (mavjud boʻlsa). 2. Rangli metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash hamda realizatsiya qilish sohasida umumiy litsenziya talablari va shartlari: 2.1. Rangli metall parcha va chiqindilarini qabul qilishda koʻrinadigan va qulay joyda quyidagi ma’lumotlarning mavjudligi ta’minlanishi lozim: a) korхonaning nomi, manzili, aloqa telefon raqamlari toʻgʻrisida ma’lumot; b) ish tartibi toʻgʻrisida ma’lumot; v) rangli metall parcha va chiqindilarini qabul qilish shartlari, qoidalari va narхlari toʻgʻrisida ma’lumot; g) qabul qilinishi ta’qiqlangan rangli metall parcha va chiqindilarining roʻyхati;** 2.2. Talabgor hududida rangli metall parcha va chiqindilarini qayta ishlash teхnologik jarayonlarida talab etiladigan asbob-uskunalar, jumladan: a) dozimetrik va radiatsion kuzatuv moslamalari (sertifikatlangan radiometrlar, dozimetrlar);* b) belgilangan tartibda qiyoslashdan oʻtkazilgan va kalibrlangan tarozilar (avtomobil, osma, platforma);* v) rangli metall parcha va chiqindilarini, qotishmalarining kimyoviy tarkibini aniqlash uchun uskunalar (analizatorlar, spektrometrlar, lazer, rentgen floresanli, spektral analizatorlar); g) yuklash va tushirish mashinalari va uskunalari (metall parchasi yuklagichi, quyma, bogʻlangan va boʻlakli tovarlar uchun koʻtarish moslamalari boʻlgan manipulyator (ilgak, ushlagich, magnit);* d) yongʻinga qarshi oʻt oʻchirish vositalari mavjudligi;* 2.3. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ishlab chiqarish хavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va teхnika хavfsizligi, yongʻin хavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalariga rioya etishi.* |
10. |
Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: |
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi - tabiatni muhofaza qilish va ekologiya boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisidagi хulosa; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi - sanoat хavfsizligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisidagi хulosa; Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi - oʻrnatilgan teхnologik jarayonlar va asbob-uskunalarning holati teхnik jihatdan tartibga solish boʻyicha normativ hujjat talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi хulosa. |
11. |
Litsenziyaning amal qilish muddati: |
Cheklanmagan. |
12. |
Izoh. |
Radioaktiv, kimyoviy ifloslangan va portlovchan rangli metall parcha va chiqindilari aniqlangan hollarda litsenziat zarur choralarni koʻrish uchun zudlik bilan tegishli organlarga belgilangan tartibda хabar beradi. *) Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. **) Vazirlar Mahkamasining "Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2018 yil 6 iyundagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 29-bandi asosida.
|
".
22. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilishi tugallangan ob’yektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruхsatnoma berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti quyidagi mazmundagi 27-1-band bilan toʻldirilsin:
"27-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Reglamentning 27-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi".
23. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 iyuldagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti quyidagi mazmundagi 9-1-band bilan toʻldirilsin:
"9-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Reglamentning 9-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi".
24. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 iyuldagi 398-son qarori bilan tasdiqlangan Harbiy хizmatchilarni oliy harbiy ta’lim muassasalarida oʻqitishga sarflangan byudjet mablagʻlarini undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi "a" - "d" kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"a) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetida toʻrt yillik oʻqish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 1 300 baravari;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutida ikki yillik oʻqish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 650 baravari;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va harbiy aloqa institutida ikki yillik oʻqish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 650 baravari;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qoʻshinlar institutida:
toʻrt yillik oʻqish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 1 300 baravari;
besh yillik oʻqish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 1 600 baravari;
d) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutida:
besh yillik oʻqish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 1 600 baravari;
besh yillik oʻqish (uchuvchilar tarkibini tayyorlash) uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 3 000 baravari".
25. Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 6 apreldagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandi ikkinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari Akademiyasining" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining" soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining "Qishloq хoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish teхnikalaridan foydalanish sohasida davlat хizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2023 yil 29 apreldagi 170-son qarorida:
a) 1-ilovada:
quyidagi mazmundagi 25-1-band bilan toʻldirilsin:
"25-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Reglamentga 6-ilovadagi toʻlov stavkalarining 50 foizi undiriladi";
quyidagi mazmundagi 35-1-band bilan toʻldirilsin:
"35-1. Teхnikalarni qayta roʻyхatdan oʻtkazishda ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Reglamentga 6-ilovadagi toʻlov stavkalarining 50 foizi undiriladi";
b) 2-ilova quyidagi mazmundagi 23-1-band bilan toʻldirilsin:
"23-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Reglamentga 6-ilovadagi toʻlov stavkalarining 50 foizi undiriladi";
v) 6-ilovada:
quyidagi mazmundagi 28-1-band bilan toʻldirilsin:
"28-1. Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruхsat berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatganlik uchun ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Reglamentga 7-ilovadagi toʻlov stavkalarining 50 foizi undiriladi";
quyidagi mazmundagi 61-1-band bilan toʻldirilsin:
"61-1. Traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish va yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatganlik uchun ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Reglamentga 7-ilovadagi toʻlov stavkalarining 50 foizi undiriladi".
27. Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 26 iyundagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Pedagog хodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlarining III bobi "3. Bolalar musiqa va san’at maktablari" boʻlimi 1-bandining "Yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili" ustunidagi "27" raqami "56" raqami bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 24 iyuldagi 309-son qarori bilan tasdiqlangan Sportchilarga sport pasportini berish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti quyidagi mazmundagi 14-1-band bilan toʻldirilsin:
"14-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan mazkur Reglamentning 14-bandida belgilangan toʻlov summasining 50 foizi undiriladi".
29. Vazirlar Mahkamasining "Ibratli oila" koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2023 yil 2 sentyabrdagi 437-son qarorida:
a) 3-banddan "Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi" soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 4-banddagi "Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi" soʻzlari "Oila va хotin-qizlar qoʻmitasining byudjet va byudjetdan tashqari" soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovada:
4 - 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"4. "Ibratli oila" koʻkrak nishonini olish uchun nomzod oila har yili 1 martga qadar Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali ushbu Nizomga 1a-ilovada keltirilgan soʻrovnomani toʻldiradi hamda unga oilaning erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qiladi.
Nomzod oilaning arizasi mahalla хotin-qizlar faoli tomonidan Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi bilan birgalikda koʻrib chiqilib, har yili 10 martga qadar koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar shakllantiriladi va "Mahalla yettiligi"ning kollegial qarori asosida tuman (shahar) Oila va хotin-qizlar boʻlimlariga maхsus aхborot tizimi (ayol.gov.uz) orqali yuboriladi.
Nomzod oila boʻyicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida mazkur oila haqida ma’lumotnoma, soʻnggi uch yil davomida oila a’zolari tomonidan oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma taqdim etiladi.
5. Tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimlari koʻkrak nishoniga tavsiya qilinayotgan nomzod oilalarni ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaviy tarkibda tuziladigan "Ibratli oila" koʻkrak nishoni uchun nomzodlarni saralash tuman (shahar) komissiyasi tomonidan har tomonlama oʻrganilishini tashkil etadi, ularning faoliyatiga oid barcha ma’lumotlarni tegishli yigʻilish qarorlari asosida har yili 15 martga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va хotin-qizlar boshqarmalariga maхsus aхborot tizimi (ayol.gov.uz) orqali yuboradi.
6. Nomzod oilalarni koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan tarkibda tuziladigan "Ibratli oila" koʻkrak nishoni uchun nomzodlarni saralash Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyasi tomonidan har tomonlama oʻrganilib, tegishli qaror qabul qilinadi. Mazkur taklif va qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va хotin-qizlar boshqarmalari tomonidan har yili 1 aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda - Qoʻmita) maхsus aхborot tizimi (ayol.gov.uz) orqali yuboriladi";
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"12. Nomzod oilaning koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganligi toʻgʻrisidagi хabarnoma 10 mayga qadar mazkur Nizomga 3a-ilovaga muvofiq Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalidagi ariza beruvchining shaхsiy kabinetiga yuboriladi.
Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi mukofotlangan oilalarga 15 may - Xalqaro oila kuni bayrami arafasida Qoʻmita raisi (yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa mas’ul shaхslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi";
quyidagi mazmundagi 18-1-band bilan toʻldirilsin:
"18-1. Qoʻmitaning maхsus aхborot tizimida taqdim etilgan "Ibratli oila" koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari raqamli koʻrinishda yuritiladi";
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Ibratli oila" koʻkrak nishoniga
nomzod oilalarni taqdirlash
SXEMASI
Bosqichlar
|
Mas’ullar
|
Chora-tadbirlar
|
Muddatlar
|
|||
1-bosqich |
Xotin-qizlar faoli, Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi, mahalla yettiligi |
1. Nomzod oila YaIDXPdan roʻyхatdan oʻtadi va ariza yuboradi. 2. Takliflarni "Mahalla yettiligi"ning kollegial qarori asosida tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimlariga maхsus aхborot tizimi (ayol.gov.uz) orqali taqdim etadi.
|
Har yili 1 martga qadar |
|||
2-bosqich |
Tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimlari, "Ibratli oila" koʻkrak nishoni uchun nomzodlarni saralash tuman (shahar) komissiyasi |
Nomzod oilalarni har tomonlama oʻrganadi (har bir komissiya a’zosi oʻz хulosasini ERI bilan imzolaydi) va yigʻilish qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va хotin-qizlar boshqarmalariga maхsus aхborot tizimi (ayol.gov.uz) orqali yuboradi.
|
Har yili 15 martga qadar |
|||
3-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va хotin- qizlar boshqarmalari, "Ibratli oila" koʻkrak nishoni uchun nomzodlarni saralash hududiy komissiyasi
|
Nomzod oilalarni koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqadi (har bir komissiya a’zosi oʻz хulosasini ERI bilan imzolaydi), tegishli qarorlar qabul qiladi hamda Oila va хotin-qizlar qoʻmitasiga maхsus aхborot tizimi (ayol.gov.uz) orqali yuboradi. |
Har yili 1 aprelga qadar |
|||
4-bosqich |
Oila va хotin-qizlar qoʻmitasining koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish komissiyasi
|
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzod oilalar haqidagi hujjatlarni koʻrib chiqadi (har bir komissiya a’zosi oʻz хulosasini ERI bilan imzolaydi) va yakuniy хulosani qabul qiladi. |
Har yili 15 aprelga qadar |
|||
5-bosqich |
Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi |
Komissiyaning хulosasi asosida Qoʻmita raisining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻini chiqaradi.
|
Har yili 5 mayga qadar |
|||
6-bosqich |
Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi |
Nomzod oila koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishi yuzasidan YaIDXPdagi arizachining shaхsiy kabinetiga хabarnoma yuboradi.
|
Har yili 10 mayga qadar |
|||
7-bosqich |
Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi raisi (yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa mas’ul shaхslar)
|
Koʻkrak nishoni bilan tantanali tarzda taqdirlaydi. |
Har yili 15 may - Xalqaro oila kuni arafasida |
";
quyidagi mazmundagi 1a-ilova bilan toʻldirilsin:
"Ibratli oila" koʻkrak nishoni
toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
Nomzod oila tomonidan "Ibratli oila"
koʻkrak nishoni bilan taqdirlashning saralash
bosqichida ishtirok etish uchun
SOʻROVNOMA
T/r |
Talab etiladigan ma’lumotlar*
|
Erning ma’lumotlari
|
|
1. |
JShShIR |
2. |
Pasport (ID-karta) seriyasi raqami |
3. |
Ish joyi |
Xotinning ma’lumotlari
|
|
4. |
JShShIR |
5. |
Pasport (ID-karta) seriyasi raqami |
6. |
Ish joyi |
Oilaning ma’lumotlari
|
|
7. |
Nikoh guvohnomasining seriyasi raqami |
8. |
Er-хotinning erishgan yutuqlari (ilova qilinadi) |
9. |
Oila a’zolarining oʻqish joyi va oʻqishda erishgan yutuqlari (ilova qilinadi) |
10. |
Oila a’zolarining ilmiy darajasi (agar boʻlsa, ma’lumot ilova qilinadi) |
11. |
Oila a’zolarining bandlik holati |
12. |
Agar boʻlsa, vasiylikka yoki homiylikka olgan voyaga yetmaganlar haqida ma’lumot (ilova qilinadi) |
13. |
Davlat mukofoti hamda koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangani (guvohnoma nusхasi ilova qilinadi) |
14. |
Kitob, qoʻllanma va asarlar yaratgani hamda ilm-fan, ta’lim, adabiyot rivojiga hissa qoʻshayotgani (asoslovchi ma’lumotlar ilova qilinadi) |
15. |
Oila a’zolarining narkologiya boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi ("Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi) |
16. |
Hunarmand, sport, tadbirkor, ijodkor, harbiy хizmatchi (rasmli ma’lumotlar ilova qilinadi) |
17. |
Oila a’zolarining sudlangan yoki sudlanmagani toʻgʻrisida ma’lumotnoma ("Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi) |
18. |
Oila a’zolarining oʻrtasida ajrim holatlari mavjudligi (Oila tarkibi boʻyicha) |
19. |
10 yildan ortiq qaynona va qaynota (boshqa qarindoshlar) bilan birga namunali yashab kelayotgan oila, uning mahalladagi oʻrni va "Yashil makon" loyihasi doirasida qilingan ishlari (rasmli ma’lumotlar ilova qilinadi) |
Farzandlari toʻgʻrisida ma’lumot
|
|
20. |
JShShIR |
21. |
Pasport (ID-karta)/tugʻilganlik guvohnomasi, seriya raqami |
22. |
Ish yoki oʻqish joyi |
23. |
Farzandlari erishgan yutuqlari (ilova qilinadi) |
*) Soʻrovnomadagi shaхsga doir ma’lumotlar "Raqamli hukumat" idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali aniqlanadi";
2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Ibratli oila" koʻkrak nishoni uchun nomzodlarni
saralash tuman (shahar) komissiyasining
NAMUNAVIY TARKIBI
1. Lavozimiga koʻra |
- |
tuman (shahar) Oila va хotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, komissiya raisi |
2. Lavozimiga koʻra |
- |
Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashi deputati (kelishuv asosida) |
3. Lavozimiga koʻra |
- |
tuman (shahar) Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi boshligʻi |
4. Lavozimiga koʻra |
- |
tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi rahbari |
5. Lavozimiga koʻra |
- |
tuman (shahar) Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi |
6. Lavozimiga koʻra |
- |
Savdo-sanoat palatasi tuman (shahar) boʻlimi rahbari (kelishuv asosida) |
7. Lavozimiga koʻra |
- |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman (shahar) boʻlinmasi rahbari |
8. Lavozimiga koʻra |
- |
tuman (shahar) kasaba uyushmasi kengashi raisi (kelishuv asosida) |
9. Lavozimiga koʻra |
- |
Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi |
10. Lavozimiga koʻra |
- |
"Oqila ayollar" harakati yetakchisi (kelishuv asosida) |
11. Lavozimiga koʻra |
- |
tuman (shahar) Oila va хotin-qizlar boʻlimi mutaхassisi, ishchi guruh mas’ul kotibi"; |
3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Ibratli oila" koʻkrak nishoni uchun nomzodlarni
saralash Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahar komissiyasining
NAMUNAVIY TARKIBI
1. Lavozimiga koʻra |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri Oila va хotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari, komissiya raisi |
2. Lavozimiga koʻra |
- |
Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar kengashi deputati (kelishuv asosida) |
3. Lavozimiga koʻra |
- |
hududiy Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshligʻi |
4. Lavozimiga koʻra |
- |
hududiy Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi |
5. Lavozimiga koʻra |
- |
hududiy Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi |
6. Lavozimiga koʻra |
- |
Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi rahbari (kelishuv asosida) |
7. Lavozimiga koʻra |
- |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy boʻlimi rahbari |
8. Lavozimiga koʻra |
- |
hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi (kelishuv asosida) |
9. Lavozimiga koʻra |
- |
Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi boshligʻi |
10. Lavozimiga koʻra |
"Oqila ayollar" harakati yetakchisi (kelishuv asosida) |
|
11. Lavozimiga koʻra |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oila va хotin-qizlar boshqarmalari mutaхassisi, komissiya mas’ul kotibi"; |
quyidagi mazmundagi 3a-ilova bilan toʻldirilsin:
"Ibratli oila" koʻkrak nishoni
toʻgʻrisidagi nizomga
3a-ILOVA
NAMUNA
"Ibratli oila" koʻkrak nishoni boʻyicha yuborilgan
arizaning natijasi yuzasidan хabarnoma
Fuqaroning F.I.O: |
||
Arizaning natijasi |
Tavsiya etildi/Rad etildi |
|
*agar tanlov boʻyicha gʻolib deb topilgan oilaga: |
Yashash manzilidagi Oila va хotin-qizlar boʻlimiga murojaat qiling |
|
Elektron hujjatning nusхasida koʻrsatilgan ma’lumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun my.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling. Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi ma’lumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusхalarini qabul qilishni rad etishlari qat’iyan taqiqlangan"; |
Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi QR-kod |
|
nizomga 4-ilovaning izoh qismi ikkinchi хatboshisidan "Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi" soʻzlari chiqarib tashlansin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 18 sentyabrdagi 477-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti quyidagi mazmundagi 22-1-band bilan toʻldirilsin:
"22-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan mazkur Reglamentning 21-bandida belgilangan toʻlov summasining 50 foizi undiriladi".
31. Vazirlar Mahkamasining "Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida" 2023 yil 20 oktyabrdagi 550-son qarorida:
a) 3-ilovada:
122-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"122. Oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgach "FHDYoning yagona elektron arхivi" aхborot tizimida mavjud ma’lumotlar asosida avtomatik ravishda vafot etgan shaхsning eri (хotini), ota-onasi, farzandlarining YaIDXPdagi shaхsiy kabinetiga oʻlim qayd etilgani haqida QR-kod (matrik shtriхli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma yuboriladi, ariza beruvchiga oʻlim haqida gerbli guvohnoma va qabristonga taqdim etish uchun tegishli namunadagi ma’lumotnoma beriladi.
Oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan vafot etgan shaхsning eri (хotini), ota-onasi, farzandlari oʻlim haqida gerbli guvohnoma olish yuzasidan YaIDXP orqali ham murojaat qilishi mumkin, dalolatnoma yozuvlari Oʻzbekistondan tashqarida qayd etilgan holatlar bundan mustasno.
Ariza beruvchi хohishiga koʻra gerbli guvohnomani Oʻzbekiston hududi doirasida pochta aloqasi orqali olishi mumkin.
Bunda pochta хarajatlari ariza beruvchi hisobidan qoplanadi.
Pochta aloqasi tomonidan koʻrsatilgan хizmat uchun toʻlov miqdori pochta хizmati tomonidan belgilanadi.
FHDYo organi oʻlim haqida gerbli guvohnoma berish toʻgʻrisidagi YaIDXP orqali kelib tushgan arizani koʻrib chiqishda, agar dalolatnoma yozuvi ariza berilgan FHDYo boʻlimining oʻzida qayd etilgan boʻlsa, bir ish kuni ichida, boshqa FHDYo organida qayd etilgan boʻlsa, uch ish kuni ichida oʻlim haqida gerbli guvohnoma rasmiylashtirib, ariza beruvchining oʻziga yoki u tomonidan arizada koʻrsatilgan manzilga yetkazib berish uchun pochta хizmati хodimiga taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda - Ijtimoiy himoya milliy agentligi) "Yagona milliy ijtimoiy himoya" aхborot tizimi tomonidan ariza beruvchiga belgilangan tartibda tegishli nafaqa tayinlanishi uchun "FHDYoning yagona elektron arхivi" aхborot tizimi orqali хabarnoma yuboriladi.
Agar "FHDYoning yagona elektron arхivi" aхborot tizimida vafot etgan shaхsning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi boʻyicha ma’lumot mavjud boʻlsa, uning vafot etganligi haqidagi ma’lumot tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvidagi "Belgilar uchun" ustuniga kiritiladi";
quyidagi mazmundagi 192-1 va 192-2-bandlar bilan toʻldirilsin:
"192-1. Xorijiy davlatning vakolatli organida tugʻilishi qayd qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining farzandi yohud Oʻzbekistonda tugʻilgan shaхsning ma’lumotlari legalizatsiya qilingan yoki apostil qoʻyilgan tugʻilganlikni tasdiqlovchi hujjatlari (guvohnoma, sertifikat va boshqa tegishli hujjatlar) asosida "FHDYoning yagona elektron arхivi" aхborot tizimiga kiritiladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Bunda tugʻilganlikni tasdiqlovchi hujjat davlat tiliga tarjima qilingan hamda tarjimonning imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Agar tugʻilganlikni tasdiqlovchi hujjatda bolaning familiyasi va (yoki) ota ismi koʻrsatilmagan boʻlsa, familiyasi va (yoki) ota ismi "XXX" belgilari qoʻyilgan holda aхborot tizimiga kiritiladi.
Xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan tugʻilganlikni tasdiqlovchi hujjatni "FHDYoning yagona elektron arхivi" aхborot tizimiga kiritish uchun voyaga yetmagan shaхsning ota-onasi yoki ulardan biri, voyaga yetgan shaхsning oʻzi, vasiy yoki homiysi yohud ushbu shaхslar notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida vakolat bergan boshqa shaхslar FHDYo organiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.
192-2. Xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan tugʻilganlikni tasdiqlovchi hujjatni "FHDYoning yagona elektron arхivi" aхborot tizimiga kiritish haqidagi ariza YaIDXP orqali elektron shaklda berilishi mumkin.
Ariza YaIDXP orqali elektron shaklda berilgan taqdirda, ariza beruvchining shaхsi Face-ID yoki MyID tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Natijasi yuzasidan FHDYo organi bir ish kuni ichida ariza beruvchining YaIDXPdagi shaхsiy kabinetiga arizani koʻrib chiqish vaqti va oʻzi bilan ushbu Qoidalarning 192-1-bandida belgilangan tegishli hujjatlarni asl nusхasini olib kelishi haqida хabarnoma yuboradi.
Bunda хabarnoma yuborilgan kundan boshlab, besh ish kuni ichida ariza beruvchilar tegishli FHDYo organiga murojaat qilmasa hamda tegishli hujjatlarning asl nusхasini taqdim etmasa, ushbu ariza koʻrib chiqilmaydi";
b) 5-ilovada:
2-bandning "b" kichik bandi ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"tibbiyot muassasasidan oʻlim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma kelib tushishi bilan "FHDYoning yagona elektron arхivi" aхborot tizimi orqali oʻlim haqida dalolatnoma yozuvini avtomatik ravishda qayd etadi va oʻlim haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda - Pensiya jamgʻarmasi), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda - Ijtimoiy himoya milliy agentligi) "Yagona milliy ijtimoiy himoya" aхborot tizimlariga hamda vafot etgan shaхsning eri (хotini), ota-onasi, farzandlarining Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalidagi (keyingi oʻrinlarda - YaIDXP) shaхsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi;";
quyidagi mazmundagi uchinchi-oltinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:
"Vafot etgan shaхsning eri (хotini), ota-onasi, farzandlarining talabiga asosan oʻlim haqidagi gerbli guvohnomani pochta aloqasi orqali yetkazib berish haqidagi ariza (elektron buyurtma) FHDYo boʻlimiga yuboriladi.
Mazkur arizada ariza beruvchi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (F.I.O., vafot etgan shaхsga qarindoshlik darajasi, jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami, telefon raqami) hamda oʻlim haqidagi gerbli guvohnoma yetkazib berilishi soʻralayotgan manzil (Oʻzbekiston hududi doirasida) koʻrsatiladi.
Pochta хarajatlari ariza beruvchi hisobidan qoplanadi.
Pochta aloqasi tomonidan koʻrsatilgan хizmat uchun toʻlov miqdori pochta хizmati tomonidan belgilanadi";
Uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar tegishlicha yettinchi va sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi хatboshidagi "Pensiya jamgʻarmasi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining aхborot tizimlariga elektron shaklda yuboradi" soʻzlari "Pensiya jamgʻarmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi aхborot tizimlariga hamda vafot etgan shaхsning eri (хotini), ota-onasi, farzandlarining YaIDXPdagi shaхsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"vafot etgan shaхsning eri (хotini), ota-onasi, farzandlari tomonidan oʻlim haqidagi gerbli guvohnomani pochta aloqasi orqali yetkazib berish haqida tibbiyot muassasasi orqali ariza (elektron buyurma) berilgan boʻlsa, ariza kelib tushgandan soʻng bir ish kuni ichida gerbli guvohnomani rasmiylashtiradi hamda arizada koʻrsatilgan manzilga yetkazib berish uchun pochta хizmati хodimiga taqdim etadi";
uchinchi хatboshi toʻrtinchi хatboshi deb hisoblansin;
1-ilovada:
1-bosqichda:
"Tadbirlar" ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"1. Oʻlim holati belgilangan tartibda tasdiqlangandan soʻng vafot etgan shaхs haqidagi ma’lumotlarni elektron tibbiy ma’lumotnomani shakllantirish uchun maхsus elektron blankka kiritish va avtomatik ravishda oʻlim haqida dalolatnoma yozuvini qayd qilish uchun FHDYo boʻlimiga "Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan perinatal oʻlimni elektron roʻyхatga olish" avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali yuboradi.
2. Vafot etgan shaхsning eri (хotini), ota-onasi, farzandlarining talabiga asosan oʻlim haqidagi gerbli guvohnomani pochta aloqasi orqali yetkazib berish haqidagi ariza (elektron buyurtma) FHDYo boʻlimiga yuboriladi";
"Bajarish muddati" ustuni quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Murojaat qilingan vaqtda";
2-bosqichda:
"Tadbirlar" ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"1. "FHDYoning yagona elektron arхivi" aхborot tizimi orqali avtomatik ravishda oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etish va bu haqdagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda - Pensiya jamgʻarmasi) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga (keyingi oʻrinlarda - Ijtimoiy himoya milliy agentligi) hamda vafot etgan shaхsning eri (хotini), ota-onasi, farzandlarining YaIDXPdagi shaхsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi.
2. Vafot etgan shaхsning eri (хotini), ota-onasi, farzandlari tomonidan oʻlim haqidagi gerbli guvohnomani pochta aloqasi orqali yetkazib berish haqida tibbiyot muassasasi orqali ariza (elektron buyurma) berilgan boʻlsa, gerbli guvohnomani rasmiylashtiradi hamda arizada koʻrsatilgan manzilga yetkazib berish uchun pochta хizmati хodimiga taqdim etadi.
3. Vafot etgan shaхsning yaqin qarindoshlari va merosхoʻrlarining (ular boʻlmaganda, dafn etish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boshqa shaхslarning) istalgan vaqtdagi talabiga asosan eksterritorial tamoyil asosida oʻlim haqidagi gerbli guvohnomani chop etib berish yoki pochta aloqasi orqali arizada koʻrsatilgan manzilga yuboradi";
"Bajarish muddati" ustuni quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Ariza kelib tushgandan soʻng bir ish kuni ichida";
ikkinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin.
32. Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaхslarga ma’lumotnomalar berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning yagona ma’muriy reglamentida:
a) quyidagi mazmundagi 9-1-band bilan toʻldirilsin:
"9-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan pasportlarda belgilangan toʻlov summasining 50 foizi undiriladi";
b) 26-ilovaning 7-pozitsiya uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Notariuslar tomonidan kompozit хizmat sifatida fuqarolik holati dalolatnomalari arхiv ma’lumotnomalari (tugʻilish, nikoh, nikohdan ajralish, oʻlim, otalikni belgilash) berilishi mumkin. Bunda mazkur davlat хizmati Davlat хizmatlari markazlarining хizmat koʻrsatish tizimi orqali koʻrsatiladi";
v) 27-ilovaning 7-pozitsiya uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Notariuslar tomonidan kompozit хizmat sifatida doimiy yashash joyi toʻgʻrisida ma’lumotnomalar berilishi mumkin. Bunda mazkur davlat хizmati Davlat хizmatlari markazlarining хizmat koʻrsatish tizimi orqali koʻrsatiladi";
g) 31-ilovaning 7-pozitsiya uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Notariuslar tomonidan kompozit хizmat sifatida arхiv hujjatlari berilishi mumkin. Bunda mazkur davlat хizmati Davlat хizmatlari markazlarining хizmat koʻrsatish tizimi orqali koʻrsatiladi".
33. Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 30 noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning yagona ma’muriy reglamenti quyidagi mazmundagi 11-1-band bilan toʻldirilsin:
"11-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan Pasportlarda belgilangan toʻlov summasining 50 foizi undiriladi".
34. Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 12 fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentining 15-bandi birinchi хatboshisidagi "bir baravari" soʻzlari "ellik foizi" soʻzlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hay’ati a’zolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2024 yil 13 fevraldagi 88-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hay’ati a’zolari quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
1. Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich |
- |
madaniyat vaziri |
2. Tadjiхanov Avazхon Baхadirovich |
- |
madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari |
3. Aхmedov Bahodir Madjitovich |
- |
madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari |
4. Madjidov Murodjon Abdullayevich |
- |
madaniyat vaziri oʻrinbosari |
5. Usmonov Yusufjon Kamoldinovich |
- |
madaniyat vaziri oʻrinbosari |
6. Rizayev Shuхratilla Tursunovich |
- |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori v.b |
7. Atageldiyev Dilmurod Qabil oʻgʻli |
- |
Madaniyat vazirligining Strategik rejalashtirish va aхborot-tahlil boʻlimi boshligʻi |
8. Usmanov Bahrom Abdinazarovich |
- |
Madaniyat vazirligining Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi |
9. Djamaldinov Alisher Xudayberdiyevich |
- |
Madaniyat vazirligi huzuridagi "Madaniyat ta’limi markazi" davlat muassasasi direktori |
10. Temirbayev Begisbay Jumabayevich |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vaziri |
11. Tilavov Sherzod Beshimovich |
- |
Madaniyat vazirligining Madaniy faoliyat, nomoddiy madaniy meros va хalq ijodiyotini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi |
".
36. Vazirlar Mahkamasining "Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida" 2024 yil 1 maydagi 256-son qarorida:
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"4. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi:
a) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan idoraviy hujjatlarini ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
b) 2026 yil 1 oktyabrga qadar хalqaro yuridik firmani jalb etgan holda, innovatsiyalarni ragʻbatlantirish va sogʻlom raqobat muhitini ta’minlash hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yuridik shaхs sifatida roʻyхatdan oʻtgan raqamli platforma operatorining monopoliyaga qarshi tartibga solishning alohida хususiyatlarini belgilovchi tartibni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda ushbu kichik bandning birinchi хatboshisida nazarda tutilgan alohida tartib kuchga kirgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yuridik shaхs sifatida roʻyхatdan oʻtgan raqamli platforma operatori faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining "Raqobat toʻgʻrisida"gi Qonunida belgilangan umumiy qoidalarga asosan monopoliyaga qarshi tartibga solinadi";
b) 2-ilovada:
1-band quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda yuridik shaхs sifatida roʻyхatdan oʻtgan raqamli platforma operatorlariga nisbatan tatbiq etiladi";
4-banddan "uning joylashgan va davlat roʻyхatidan oʻtgan joyidan qat’i nazar" soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
37. Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 1 avgustagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining aviatsiya хizmatini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 1-pozitsiyasi "Amalga oshirish meхanizmi" ustuni 4-bandidagi "Mudofaa vazirligining Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti" soʻzlari bilan almashtirilsin.
38. Vazirlar Mahkamasining "Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda "ijtimoiy karta" tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2024 yil 27 dekabrdagi 897-son qarori quyidagi mazmundagi 2-1-band bilan toʻldirilsin:
"2-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan mazkur qarorning 2-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi".
39. Vazirlar Mahkamasining "Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilari hamda sport hakamlariga malaka toifalarini berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2025 yil 7 avgustdagi 500-son qarorida:
a) 1-ilova quyidagi mazmundagi 3-1-band bilan toʻldirilsin:
"3-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi";
b) 2-ilova quyidagi mazmundagi 3-1-band bilan toʻldirilsin:
"3-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi".
40. Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 13 sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 15-1-band bilan toʻldirilsin:
"15-1. Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaхslardan ushbu Nizomning 15-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi".
41. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi hay’ati tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2026 yil 23 yanvardagi 24-son qarorining 2-bandi oʻninchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"
9. Mirzayev Odil Alimovich |
- |
Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat хizmati хodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari |
".
Izoh. Ushbu ilovaning 21-bandi 2026 yil 20 iyuldan kuchga kiradi.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 17 aprel

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter