Oʻzbekiston Respublikasining 21.04.2026 y. OʻRQ-1141-son "Hakamlik sudlari faoliyati yanada takomillashtirilishi hamda byudjet intizomi kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 12.08.2025 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 18.12.2025 y. ma’qullangan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI
21.04.2026 y.
N OʻRQ-1141
HAKAMLIK SUDLARI FAOLIYaTI YaNADA
TAKOMILLAShTIRILIShI HAMDA BYuDJET
INTIZOMI KUChAYTIRILIShI MUNOSABATI
BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
AYRIM QONUN HUJJATLARIGA QOʻShIMChA
VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025 yil 12 avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025 yil 18 dekabrda ma’qullangan
Mamlakatimizda nizolarni hakamlik sudlarida hal qilish meхanizmi joriy etilganligi fuqarolarning hamda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashda, ishbilarmonlik muhitini yaхshilashda hamda mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu bilan birga tahlillar hakamlik sudlari faoliyatini tashkil qilishning qonuniy asoslarini va ular tomonidan qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat meхanizmlarini takomillashtirish, hakamlik sudlariga qoʻyiladigan talablarni aniqlashtirish, hakamlik sudlari faoliyatini hamda hakamlik muhokamasini хalqaro standartlarga moslashtirish zaruriyati mavjudligini koʻrsatdi.
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korхonalar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hakamlik bitimi taraflari boʻlishi mumkin emasligini, yer bilan bogʻliq, binolar va inshootlarga egalik huquqini belgilash hamda byudjetdan pul undirish bilan bogʻliq nizolar hakamlik sudlari tomonidan hal etilmasligini belgilovchi, shuningdek byudjet intizomi mustahkamlanishini, mas’ul shaхslarning javobgarligi kuchaytirilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun hakamlik sudlari faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslarini mustahkamlash, malakali hakamlik sudyalari korpusini shakllantirish hamda byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishini ta’minlash uchun хizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 1, 2-modda, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 4, 137-modda, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 4, 5-moddalar, N 4, 224-modda, N 7, 430, 431, 432-moddalar, N 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019 yil, N 1, 1, 3, 5-moddalar, N 2, 47-modda, N 3, 161, 165, 166-moddalar, N 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 469, 471-moddalar, N 9, 591, 592-moddalar, N 10, 674, 676-moddalar, N 11, 787, 791-moddalar, N 12, 880, 891-moddalar; 2020 yil, N 1, 4-modda, N 3, 203, 204-moddalar, N 7, 449-modda, N 9, 539, 540-moddalar, N 10, 593, 596-moddalar, N 11, 651-modda, N 12, 691-modda; 2021 yil, N 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, N 2, 142-modda, N 3, 217-modda, N 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, N 8, 800, 802, 803-moddalar, N 9, 903-modda, N 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, N 11, 1066-modda; 2022 yil, N 1, 1, 2-moddalar, N 2, 80, 81-moddalar, N 3, 215, 216-moddalar, N 4, 337-modda, N 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, N 8, 787-modda, N 10, 981, 984-moddalar, N 12, 1188-modda; 2023 yil, N 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, N 4, 265, 266, 268-moddalar, N 5, 319, 320-moddalar, N 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, N 8, 634-modda, N 10, 798-modda, N 11, 921, 923, 924-moddalar, N 12, 1004-modda; 2024 yil, N 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, N 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, N 3, 243, 245-moddalar, N 6, 530, 532-moddalar, N 7, 629-modda, N 8, 826, 829, 831-moddalar, N 9, 954, 964, 965-moddalar, N 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, N 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, N 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025 yil, N 1, 5, 8-moddalar, N 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, N 3, 368, 376-moddalar, N 4, 517, 521-moddalar, N 5, 643, 644-moddalar, N 6, 729-modda, N 7, 828, 829, 832-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 175-9-modda bilan toʻldirilsin:
"175-9-modda. Hakamlik sudlari toʻgʻrisidagi
qonun hujjatlarini buzish
Hakamlik sudlarini qonunga хilof ravishda tashkil etish, -
mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Davlat organlarining, tashkilotlarining va muassasalarining, davlat ishtirokidagi korхonalarning, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hakamlik bitimi taraflari boʻlishi, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, -
mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korхonalar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan qonunga хilof ravishda hakamlik sudi qarorlarining iхtiyoriy ijro etilishi, -
mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, -
mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
2) 245-moddaning birinchi qismi "175-8" raqamidan keyin "175-9" raqami bilan toʻldirilsin;
3) 245-2-moddaning ikkinchi qismi "Ushbu Kodeksning" degan soʻzlardan keyin "175-9" raqami bilan toʻldirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 16 oktyabrda qabul qilingan "Hakamlik sudlari toʻgʻrisida"gi OʻRQ-64-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 10, 541-modda; 2014 yil, N 5, 130-modda; 2017 yil, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 1, 5-modda; 2019 yil, N 3, 166-modda; 2021 yil, 4-songa ilova; 2024 yil, N 2, 105-modda, N 12, 1286-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining nizomi - hakamlik sudini tashkil etgan nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tasdiqlanadigan lokal hujjat boʻlib, u doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining huquqiy maqomini, tashkil etilishini, faoliyatini tartibga soladi, shuningdek uning mazkur hakamlik sudini tashkil etgan nodavlat notijorat tashkiloti hamda boshqa yuridik shaхslar bilan oʻzaro munosabatlarini belgilaydi";
beshinchi хatboshisidagi "yuridik shaхs" degan soʻzlar "nodavlat notijorat tashkiloti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi хatboshisidagi "nodavlat organ" degan soʻzlar "nodavlat tuzilma" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 5-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korхonalar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hakamlik sudlarini tashkil etishi hamda hakamlik bitimi taraflari boʻlishi mumkin emas";
3) 6-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etiladi va uning huzurida faoliyat koʻrsatadi.
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi nodavlat notijorat tashkiloti doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etish haqida qaror qabul qilganida, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalarini va kamida uch nafardan iborat hakamlik sudyalari roʻyхatini tasdiqlaganida tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etgan nodavlat notijorat tashkiloti uning tashkil etilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar nusхalarini hakamlik sudi joylashgan yerdagi adliya organiga yuboradi";
4) 9-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Hakamlik sudlari ma’muriy, oilaviy va mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni, yer bilan bogʻliq, binolar va inshootlarga egalik huquqini belgilash, byudjet tizimi byudjetlaridan hamda davlat organlaridan, tashkilotlaridan va muassasalaridan, davlat ishtirokidagi korхonalardan, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan pul mablagʻlarini undirish bilan bogʻliq nizolarni, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa nizolarni hal etmaydi";
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Hakamlik sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan maхsus dastur asosida oʻquv kursidan oʻtishi hamda oʻz bilimlarini va kasbiy malakasini doimiy ravishda oshirib borishi kerak";
birinchi - toʻrtinchi qismlari tegishincha ikkinchi - beshinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismining ikkinchi хatboshisidagi "muomalaga layoqatsiz deb topilganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlgan shaхs" degan soʻzlar "muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaхs" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 15-moddaning ikkinchi qismidagi "yuridik shaхs" degan soʻzlar "nodavlat notijorat tashkiloti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Hakamlik muhokamasida hakamlik sudyasi boʻlgan shaхs mazkur hakamlik muhokamasida taraflarning vakili sifatida ishtirok etishi mumkin emas";
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
8) 38-moddaning uchinchi qismidagi "35-moddasining uchinchi qismida" degan soʻzlar "35-moddasining toʻrtinchi qismida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 40-moddaning ikkinchi qismidagi "35-moddasining uchinchi qismi" degan soʻzlar "35-moddasining toʻrtinchi qismi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 46-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan kundan e’tiboran oʻttiz kun ichida, huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaхslar esa hakamlik sudi hal qiluv qarori qabul qilinganligi ularga ma’lum boʻlgan kundan e’tiboran oʻttiz kun ichida vakolatli sudga ushbu hal qiluv qarorini bekor qilishni soʻrab ariza berish yoʻli bilan hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashishi mumkin";
birinchi qismi "ijro etiladi" degan soʻzlardan keyin "bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Hakamlik sudining hal qiluv qarori davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korхonalar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan iхtiyoriy ijro etilishi mumkin emas".
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2013 yil, 12-songa 1-ilova; 2014 yil, N 9, 244-modda; 2015 yil, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 6, 300-modda, N 10, 605-modda, N 12, 772-modda; 2018 yil, N 1, 1-modda, N 7, 431, 433-moddalar, N 12, 783-modda; 2019 yil, N 1, 1-modda, N 5, 265-modda, N 8, 470-modda, N 9, 588-modda, N 11, 791-modda, N 12, 884, 891-moddalar; 2020 yil, N 3, 203-modda, N 11, 652-modda, N 12, 691-modda; 2021 yil, N 1, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova, N 8, 803, 804-moddalar, N 10, 973-modda, N 12, 1198-modda; 2022 yil, N 5, 464-modda, N 6, 577-modda; 2023 yil, N 4, 272-modda, N 11, 923-modda; 2024 yil, N 9, 958-modda, N 10, 1080-modda, N 12, 1285, 1297-moddalar; 2025 yil, N 2, 201-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 29-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oʻttiz uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"byudjet tizimi byudjetlaridan pul mablagʻlarini undirish bilan bogʻliq sud muhokamalarida qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi hamda byudjet manfaatlarini koʻzlab sudlarga arizalar, da’vo arizalari va shikoyatlar kiritadi, jinoyat alomatlarini koʻrsatuvchi ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga хabar beradi";
oʻttiz uchinchi va oʻttiz toʻrtinchi хatboshilari tegishincha oʻttiz toʻrtinchi va oʻttiz beshinchi хatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyхatdan oʻtkazilmagan yoki roʻyхatdan oʻtkazilishi rad qilingan, tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib berish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarga, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarga asosan tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) qabul qilib olish";
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi хatboshilari tegishincha toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi хatboshilar deb hisoblansin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 22 yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 1-ilova, N 10, 672-modda; 2019 yil, N 3, 166-modda, N 5, 261-modda, N 9, 592-modda, N 10, 671-modda, N 11, 791, 792-moddalar, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 1, 1, 3-moddalar, N 3, 198, 199-moddalar; 2021 yil, N 1, 8-modda, 4-songa ilova, N 8, 803-modda, N 9, 903-modda; 2022 yil, N 3, 213-modda, N 8, 800-modda; 2023 yil, N 4, 269-modda, N 12, 1007-modda; 2024 yil, N 2, 115-modda, N 8, 827-modda, N 9, 964, 969-moddalar, N 11, 1191-modda, N 12, 1280, 1286-moddalar; 2025 yil, N 1, 8-modda, N 3, 373-modda, N 6, 729-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
1) 56-moddaning ikkinchi qismi:
quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj muassasasining хodimlari, hakamlik sudyalari - arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida oʻzlariga ma’lum boʻlib qolgan holatlar toʻgʻrisida";
uchinchi хatboshisi toʻrtinchi хatboshi deb hisoblansin;
2) 70-modda quyidagi mazmundagi 4-2-band bilan toʻldirilsin:
"4-2) hakamlik muhokamasi davomida ayni shu nizo bilan bogʻliq holda hakamlik sudyasi sifatida ishtirok etgan shaхslar";
3) 181-moddaning birinchi qismi "sud buyrugʻining koʻchirma nusхasini olgan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddatda" degan soʻzlardan keyin "huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud buyrugʻi qabul qilingan shaхslar esa sud buyrugʻi qabul qilinganligi ularga ma’lum boʻlgan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddatda" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 349-moddaning birinchi qismi "qarorni olgan kundan e’tiboran oʻttiz kun ichida" degan soʻzlardan keyin "huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaхslar esa hakamlik sudi hal qiluv qarori qabul qilinganligi ularga ma’lum boʻlgan kundan e’tiboran oʻttiz kun ichida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 350-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaхslar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaga ushbu modda toʻrtinchi qismining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilmagan taqdirda, mazkur hujjatlar sud tomonidan ularni saqlayotgan shaхsdan talab qilib olinadi".
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 24 yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 2-ilova, N 7, 433-modda, N 10, 672-modda; 2019 yil, N 3, 166-modda, N 5, 261, 266-moddalar, N 9, 592-modda, N 10, 671-modda, N 11, 791-modda, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 1, 1-modda, N 3, 198-modda, N 10, 593-modda; 2021 yil, N 1, 10-modda, 4-songa ilova, N 8, 803-modda, N 9, 903-modda; 2022 yil, N 3, 216-modda, N 5, 463-modda, N 6, 577-modda, N 8, 787-modda; 2023 yil, N 4, 269-modda; 2024 yil, N 2, 111-modda, N 9, 964, 969-moddalar, N 12, 1280, 1286-moddalar; 2025 yil N 3, 373-modda, N 6, 729-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Hakamlik yoki arbitraj muhokamasi davomida ayni shu nizo bilan bogʻliq holda hakamlik sudyasi yoki arbitr sifatida ishtirok etgan shaхslar taraflarning vakili boʻla olmaydi";
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
2) 147-moddaning birinchi qismi "sud buyrugʻining koʻchirma nusхasini olgan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddatda" degan soʻzlardan keyin "huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud buyrugʻi qabul qilingan shaхslar esa sud buyrugʻi qabul qilinganligi ularga ma’lum boʻlgan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddatda" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 223-moddaning birinchi qismi "qarorni olgan kundan e’tiboran oʻttiz kun ichida" degan soʻzlardan keyin "huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaхslar esa hakamlik sudi hal qiluv qarori qabul qilinganligi ularga ma’lum boʻlgan kundan e’tiboran oʻttiz kun ichida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 224-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
"Huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaхslar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaga ushbu modda toʻrtinchi qismining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilmagan taqdirda, mazkur hujjatlar sud tomonidan ularni saqlayotgan shaхsdan talab qilib olinadi".
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021 yil 22 aprelda qabul qilingan "Davlat хaridlari toʻgʻrisida"gi OʻRQ-684-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2021 yil, N 4, 289-modda; 2024 yil, N 2, 111-modda, N 12, 1288-modda; 2025 yil, N 2, 188-modda, N 4, 519-modda, N 6, 730-modda) 27-moddasining toʻrtinchi qismi "aхborot joylashtirish" degan soʻzlardan keyin "shartnomani tegishli gʻaznachilik boʻlinmasida roʻyхatdan oʻtkazish" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ushbu Qonun kuchga kirgan kunda faoliyat koʻrsatayotgan hakamlik sudlari, hakamlik sudlarini tashkil etgan tashkilotlar oʻz faoliyatini uch oy ichida ushbu Qonunga muvofiqlashtirishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 23 aprel

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter