Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.04.2026 y. PQ-155-son "Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
QARORI
21.04.2026 y.
N PQ-155
XALQARO ShARTNOMANI
TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
"Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq QAROR QILAMAN:
1. 2025 yil 17 noyabrda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida Oʻzbek-Turkman chegaraoldi savdo zonasi faoliyati toʻgʻrisidagi shartnoma tasdiqlansin.
2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu хalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ushbu хalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida Turkmaniston tomoniga tegishli bildirishnomani yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu хalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 23 aprel

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter