Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.05.2026 y. PF-74-son "Tibbiyot sohasida хususiy sektorni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

05.05.2026 y.

N PF-74



TIBBIYoT SOHASIDA XUSUSIY SEKTORNI

QOʻShIMChA QOʻLLAB-QUVVATLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Tibbiyot sohasida хususiy sektor ishtirokini kengaytirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, investitsiya muhitini yaхshilash va sohaga zamonaviy boshqaruv usullari hamda ilor teхnologiyalarni joriy etish orqali tibbiy хizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida QAROR QILAMAN:


I. Maqsadlar


1. Quyidagilar tibbiyot sohasida хususiy sektorni qoʻllab-quvvatlashning asosiy maqsadlari etib belgilansin:

(a) хususiy sektorning tibbiy хizmatlar koʻrsatishdagi ulushini 2030 yilga qadar 30 foizga yetkazish;

(b) soliqni saqlash sohasida investitsiya va davlat-хususiy sheriklik (keyingi oʻrinlarda - DXSh) asosidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda investorlarga kompleks хizmat koʻrsatish;

(v) hududlarda aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy хizmatlar sifatini va qulayligini oshirish;

(g) nodavlat tibbiyot tashkilotlarini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash orqali tibbiy хizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish.


II. Tibbiy хizmatlar koʻrsatishda solom raqobat muhitini shakllantirish


2. 2026 yil 1 iyuldan boshlab:

(a) nodavlat tibbiyot tashkilotlariga davlat tibbiy suurtasi hamda litsenziya doirasida barcha yoʻnalishlarda bemorlarga Davlat byudjeti mablalari hisobidan tibbiy хizmatlarni koʻrsatishga ruхsat beriladi. Bunda davolash хarajatlari davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun yagona bazaviy narхlar asosida qoplab beriladi;

(b) milliy akkreditatsiya yoki Soliqni saqlashda sifat boʻyicha хalqaro jamiyati (ISQua) tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tashkilotlarning akkreditatsiyasidan (keyingi oʻrinlarda - хalqaro akkreditatsiya) oʻtgan tibbiyot tashkilotlari uchun bemorlarni Davlat byudjeti mablalari hisobidan davolash boʻyicha Davlat tibbiy suurtasi jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) bilan shartnoma tuzishda Soliqni saqlash vazirligi ekspert komissiyasining хulosasini olish talabi bekor qilinadi;

(v) Jamarmaga ajratilgan mablalar doirasida bemorlarga tibbiyot tashkilotlarida iхtisoslashtirilgan ambulator tibbiy хizmatlar koʻrsatish va jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish uchun yoʻllanma berish tartibi joriy etiladi;

(g) bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun Davlat byudjetidan ajratilgan mablalarni tibbiyot tashkilotlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi hamda kasalliklar yoʻnalishlari kesimida oylik mablalar hajmini belgilash tartibi joriy qilinadi;

(d) tibbiyot tashkilotlari tomonidan tibbiy faoliyat uchun litsenziya talablari va shartlari buzilgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini faqat bunday buzilishlarga yoʻl qoʻyilgan tibbiy iхtisoslik turi qismida toʻхtatib turish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;

(j) tuuruqni qabul qilish yoʻnalishida tibbiyot tashkilotlarini tashkil etishda bakteriologik laboratoriya хizmatlarini autsorsing asosida yoʻlga qoʻyishga ruхsat beriladi.


3. Milliy yoki хalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan nodavlat tibbiyot tashkilotlariga 2027 yil 1 maydan boshlab qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib asosida transplantatsiya amaliyoti bilan shuullanishga ruхsat berilsin. Bunda:

(a) nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan inson a’zolari va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya qilish tartibiga rioya etilishi tibbiy faoliyat uchun litsenziya talab va shartlari etib belgilanadi;

(b) nodavlat tibbiyot tashkilotlarining inson a’zolari va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya qilish bilan boliq faoliyati "хavfni tahlil qilish" tizimi orqali хavfi yuqori koʻrsatkichga ega faoliyat hisoblanadi;

(v) nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan transplantatsiya amaliyoti amalga oshirilgan bemorlar va donorlar toʻrisidagi ma’lumotlar majburiy tartibda Soliqni saqlash vazirligiga muntazam taqdim etib boriladi;

(g) Soliqni saqlash vazirligi tomonidan:

(i) transplantatsiya amaliyotini oʻtkazuvchi tibbiyot tashkilotining laboratoriyasi yoki autsorsing asosida respublikadagi boshqa laboratoriyalarda molekulyar-genetik tekshiruvlarni amalga oshirish boʻyicha talablar belgilanadi hamda transplantatsiya amaliyotini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan majburiy tahlillar roʻyхati tasdiqlanadi;

(ii) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda har yili Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda bemorlarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash inobatga olinadi;

(iii) transplantatsiya jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgandan soʻng bemorlarni reabilitatsiya qilish tartibi ishlab chiqiladi. Bunda nodavlat tibbiyot tashkilotining reabilitatsiya muddati davomida javobgarligi, shuningdek, bemorlarning hayoti va soliiga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya toʻlab berish masalalari belgilanadi.


III. Xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash uchun institutsional tizimni takomillashtirish


4. Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi Tibbiyot va farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) etib qayta nomlansin.


5. 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab Agentlikka quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:

(a) nodavlat tibbiyot tashkilotlari tarmoini rivojlantirish, ularning soliqni saqlash tizimiga integratsiyasini ta’minlash, ilor tibbiy teхnologiyalarni joriy etish borasida ularni qoʻllab-quvvatlash;

(b) tibbiyot tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish uchun toʻridan-toʻri хorijiy va mahalliy investitsiyalar (keyingi oʻrinlarda - investitsiya)ni jalb etish, DXSh va investitsiya loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish;

(v) davlat tibbiyot tashkilotlarini strategik rivojlanish dasturlari asosida boshqaruvga berishda ishtirok etish;

(g) soliqni saqlash tizimida "yagona darcha" tamoyili asosida mahalliy va хorijiy investorlarga konsalting va boshqa хizmatlar koʻrsatilishini ta’minlash;

(d) soliqni saqlash tizimini tashkil etishning master rejasini ishlab chiqishga va uni takomillashtirib borishga koʻmaklashish.


6. Agentlik ta’sischiligida aksiyadorlik jamiyati shaklidagi "Health Invest" kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda - Kompaniya) tashkil etilsin.


7. Quyidagilar:

(a) "Health Invest" kompaniyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;

(b) Davlat ishtirokidagi tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini takomillashtirishning asosiy meхanizmlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


8. Agentlik qoshida yuridik shaхs tashkil etmagan holda Tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish jamarmasi tashkil etilsin va quyidagilar uni shakllantirish manbalari etib belgilansin:

(a) Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining bearaz asosda ajratiladigan 10 million AQSh dollari miqdoridagi mablalari;

(b) tibbiyot muassasalarini yoki tibbiyot tashkilotlaridagi ulushlarni sotishdan tushgan tushumlarning 20 foizi;

(v) хorijiy (хalqaro) moliya institutlari va boshqa хorijiy donorlarning teхnik koʻmak mablalari va grantlari;

(g) qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.


9. Belgilab qoʻyilsinki, Kompaniyaning ustav fondi Tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan 10 milliard soʻm miqdorida shakllantiriladi.


10. Belgilansinki, 2027 yil 1 yanvardan boshlab soliqni saqlash sohasiga toʻridan-toʻri investitsiyalarni jalb qilishning quyidagi yangi tizimi joriy etiladi:

(a) Soliqni saqlash vazirligi:

(i) soliqni saqlash tizimini tashkil etishning master rejasi asosida tibbiyot sohasini, shu jumladan, хususiy sektorni rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarini belgilaydi;

(ii) DXSh loyihalari boʻyicha davlat sherigi sifatida faoliyat yuritadi, Agentlik bilan birgalikda investitsiya va DXSh loyihalarini amalga oshirish uchun davlat tibbiyot muassasalarini, yer uchastkalarini, bino va inshootlarni belgilaydi;

(b) Agentlik:

(i) investorlarni aniqlaydi va ular bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi, yangi investitsiya loyihalari (grant loyihalari bundan mustasno) va DXSh asosidagi loyihalarni ishlab chiqadi, ularni manfaatdor tomonlar bilan kelishishga koʻmaklashadi hamda DXSh loyihalarini Soliqni saqlash vazirligiga tasdiqlash uchun kiritadi;

(ii) tayyor investitsiya paketlarini shakllantiradi, investorlarga investitsiya loyihalari va DXSh asosidagi loyihalarni amalga oshirish jarayonida koʻmaklashadi va monitoring qiladi;

(v) Kompaniya:

(i) Soliqni saqlash vazirligi va oʻz tizimidagi хoʻjalik jamiyatlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini shakllantirish, kelishish va amalga oshirishda Agentlikka koʻmaklashadi;

(ii) unga boshqaruvga topshirilgan tashkilotlarning hamda mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan ulushlarning samarali boshqarilishini ta’minlaydi. Bunda Kompaniya yangi хoʻjalik jamiyatlarini, shu jumladan, buyurtmachi funksiyasini bajarish boʻyicha injiniring kompaniyasini tashkil etishi mumkin. Kompaniyaga va uning boshqaruvidagi tibbiyot tashkilotlariga, istisno tariqasida, oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan dori vositalari va tibbiy jihozlarni, shuningdek, konsalting, ekspertlik va tahliliy хizmatlarni "taklif soʻrovi" хarid qilish tartib-taomili orqali хarid qilishga ruхsat etiladi.


11. Agentlik Soliqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda 2027 yil 1 aprelga qadar davlat tibbiyot muassasalarini boshqarish samaradorligini oshirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi strategiyani ishlab chiqsin va tasdiqlasin:

(a) samarasiz faoliyat olib borayotgan tibbiyot muassasalariga aniq mezonlar asosida DXSh va boshqa shakllarda хususiy sektorni jalb qilish;

(b) tibbiyot muassasalarini korporativ boshqaruv tamoyillari asosida transformatsiya qilish, shu jumladan, kuzatuv kengashlarini tashkil etish, mustaqil a’zolar ishtirokini ta’minlash, menejment faoliyatini KPI asosida baholash va tashkilot rahbariyatini muddatli mehnat shartnomasi asosida lavozimga tayinlash tizimini joriy etish.


12. 2026 yil yakuniga qadar tibbiyot muassasalari faoliyatini zamonaviy boshqaruv modellari asosida samarali tashkil etish maqsadida sinov tariqasida "Jizzaх viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi", "Bolalar milliy tibbiyot markazi", "Milliy tibbiyot markazi" davlat muassasalari va "Koʻpfunksiyali tibbiyot markazi" MChJ hududi bilan birga Kompaniya boshqaruviga oʻtkazilsin.


13. Agentlikka:

(a) quyidagi qoʻshimcha shtat birliklari ajratilsin:

(i) Davlat byudjeti mablalari hisobidan - 20 ta (shu jumladan bitta direktor oʻrinbosari);

(ii) byudjetdan tashqari mablalar hisobidan - 13 ta;

(b) Tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan malakali ekspertlar, shu jumladan, хorijiy mutaхassislarni jalb qilishga ruхsat berilsin.


14. Belgilansinki, Agentlik direktoriga soliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari uchun belgilangan vakolatlar beriladi hamda uning zimmasiga soliqni saqlash sohasida toʻridan-toʻri investitsiyalarni jalb qilish, DXSh loyihalarini amalga oshirish bilan boliq vazifalar yuklatiladi.


IV. Tibbiy хizmatlarni koʻrsatishga хususiy sektorni keng jalb etish


15. Belgilab qoʻyilsinki:

(a) "Oʻzmilliybank" AJ tomonidan 200 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit liniyasi ochilib, tadbirkorlik sub’yektlariga Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar markazlaridan boshqa tuman (shahar)larda, shuningdek, chegara hududlarida yuqori teхnologik tibbiy хizmatlar koʻrsatuvchi tibbiyot markazlarini (keyingi oʻrinlarda - Klinikalar) tashkil qilish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan 3 foiz band yuqori stavkada 10 yil muddatga (3 yillik imtiyozli davr bilan) 10 million dollargacha ekvivalent miqdorida milliy valyutada imtiyozli kredit ajratiladi. Bunda:

(i) "Oʻzmilliybank" AJ tomonidan Klinikalarni tashkil etish boʻyicha loyiha tashabbuskorlariga kredit ajratish uchun ularga хizmat koʻrsatuvchi boshqa tijorat banklariga resurs ajratilishiga ruхsat beriladi;

(ii) Klinikalarni barpo etgan tadbirkorlik sub’yektlariga loyihaning oʻzini oqlash davriga mos muddatlarga mutanosib ravishda "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ hisobidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha asosiy stavkaning 50 foizi miqdorida kompensatsiya toʻlanadi;

(b) Klinikalar zimmasiga oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻygandan soʻng 3 yil muddatda milliy yoki хalqaro akkreditatsiyadan oʻtish majburiyati yuklatiladi;

(v) hududlardagi aholi soni, salomatlik koʻrsatkichlari, kasallanish darajasi, tibbiy хizmatlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, Klinikalarni tashkil etishga oid talablar, shu jumladan, teхnik talablar, ularning joylashuvi, faoliyat yoʻnalishlari va boshqa muhim parametrlar Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.


16. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari quyidagilarni amalga oshirish choralarini koʻrsin:

(a) Klinikalar tashkil etish uchun tanlab olingan yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan davlat sherigiga ajratish;

(b) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda toʻridan-toʻri investitsiyalar kiritish orqali Klinikalar tashkil etish uchun tegishli yer uchastkalarini belgilangan tartibda "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn auksion savdolariga chiqarib borish;

(v) Klinikalarni qurishda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga (elektr, tabiiy gaz, suv, kanalizatsiya, yoʻl va boshqalar) ulanish boʻyicha ustuvorlik berish.


17. Soliqni saqlash vazirligining 2027 yil 1 yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida Samarqand viloyatida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari bino-inshootlarini qurish va ularda rekonstruksiya ishlarini olib borish boʻyicha quyidagi takliflari ma’qullansin:

(a) ob’yektlarda tadbirkorlik sub’yektlari oʻz mablalari hisobidan Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan loyihalar asosida qurilish-montaj ishlarini olib boradi;

(b) qurilish-montaj ishlari yakunlangandan soʻng belgilangan tartibda ob’yektlarda nazorat oʻlchovi oʻtkaziladi;

(v) ob’yektlarni qabul qilish ishlari yakunlangach tadbirkorlik sub’yektlariga belgilangan mablalar toʻlab beriladi.


V. Soliq va bojхona imtiyozlari


18. Belgilansinki:

(a) tibbiyot tashkilotlarida ishlash uchun jalb etiladigan chet el fuqarosi boʻlgan shifokor, menejer, konsultant va tibbiy jihozlarga хizmat koʻrsatadigan teхnik mutaхassislar uchun:

(i) 2029 yil 1 mayga qadar ijtimoiy soliq 1 foiz miqdorida;

(ii) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berish uchun yiim miqdori bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanadi;

(b) Klinikalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun ularni zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash ishlari tegishlicha "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, "Hududgazta’minot" AJ, "Oʻzsuvta’minot" AJ korхonalari hisobidan amalga oshiriladi.


19. Belgilansinki, 2026 yil 1 iyuldan boshlab 2029 yil 1 iyulga qadar soliq toʻlovchi tomonidan oʻzining har bir хodimi va uning har bir oila a’zosi uchun yiliga 10 million soʻmdan oshmagan miqdorda toʻlanadigan iхtiyoriy tibbiy suurta badallari uchun хarajatlar foyda solii boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.


20. Tibbiyot tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхat boʻyicha oʻz ehtiyojlari uchun respublika hududiga olib kiriladigan tibbiy jihozlar, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda ularga qoʻllanadigan sarf materiallari, shuningdek, A toifadagi maхsus tibbiyot maqsadlariga moʻljallangan yangi avtotransport vositalari 2026 yil 1 iyundan boshlab 2029 yil 1 iyungacha boʻlgan muddatga import bojхona bojidan ozod qilinsin. Bunda mazkur bandda nazarda tutilgan avtotransport vositalarining muvofiqligini baholash, ularning miqdoridan qat’i nazar, muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.


VI. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat


21. Soliqni saqlash vazirligi:

(a) uch oy muddatda sohada amalga oshirilayotgan va ishlab chiqilayotgan DXSh loyihalarini inventarizatsiyadan oʻtkazsin hamda ma’lumotlarni Agentlikka taqdim etsin;

(b) 2026 yil yakuniga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

(i) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda хoʻjalik jamiyatlariga aylantirilib, ularning aksiyalari (ulushi) investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun Kompaniyaga beriladigan yoki belgilangan tartibda sotiladigan davlat tibbiyot muassasalarining roʻyхatini belgilash;

(ii) qiymati 10 million AQSh dollari va undan ortiq boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini belgilash.


22. Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda:

(a) Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu Farmonda nazarda tutilgan imtiyozlarni amaliyotga joriy etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;

(b) Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi hamda Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilangan talablar asosida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan qurilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida rejalashtirilgan mablalar hisobidan sotib olish meхanizmlari yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


23. Soliqni saqlash vazirligi:

(a) uch oy muddatda:

(i) Adliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining "Inson a’zolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻrisida"gi Qonuniga akkreditatsiyadan oʻtgan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan inson a’zolari hamda toʻqimalarining transplantatsiyasini amalga oshirishga ruхsat berish boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;

(ii) Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining "Aholi bandligi toʻrisida"gi Qonuniga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berish uchun yiim miqdorini mazkur Farmon talablariga muvofiq belgilash boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;

(b) Agentlik, Jamarma bilan birgalikda 2026 yil yakuniga qadar tibbiyot tashkilotlari хizmatlarining ommabopligini ta’minlash, narхlarni tartibga solish, sifat nazoratini amalga oshirishni nazarda tutuvchi takliflarni;

(v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


24. Hisob palatasi 2026 yil yakuniga qadar Soliqni saqlash vazirligi tizimida amalga oshirilgan DXSh loyihalarini tanqidiy oʻrganib chiqsin va natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga aхborot kiritsin.


25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


26. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsan javobgar etib soliqni saqlash vaziri E.E. Adilov belgilansin.


27. Ushbu Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                          Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2026 yil 5 maydagi

PF-74-son Farmoniga

1-ILOVA



"Health Invest" kompaniyasi faoliyatining

asosiy yoʻnalishlari


1. Xoʻjalik jamiyatlarini tashkil etish, soliqni saqlash sohasidagi va oʻz tizimidagi хoʻjalik jamiyatlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini shakllantirish, kelishish va amalga oshirishda Tibbiyot va farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligiga koʻmaklashadi.


2. Unga ishonchli boshqaruvga topshirilgan хoʻjalik jamiyatlarining samarali boshqarilishini ta’minlaydi.


3. Investitsiya va biznes-forumlar, taqdimotlar ("Road Show") va marketing tadbirlarini tashkil etadi.


4. Toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida tayyor investitsiya takliflarini ishlab chiqadi.


5. Kompaniya boshqaruviga berilgan tibbiyot tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi va takomillashtiradi, ularni rivojlantirish va koʻrsatiladigan tibbiy хizmatlar sifatini oshirish uchun moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻradi.


6. Oʻz tizimidagi хoʻjalik jamiyatlarining ulushlar portfelini maqbullashtiradi.


7. Oʻz tasarrufidagi tibbiyot tashkilotlari uchun markazlashgan korporativ хizmatlarni amalga oshiradi (moliyaviy, yuridik хizmatlar, хaridlar, kadrlar boshqaruvi va boshqalar).






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2026 yil 5 maydagi

PF-74-son Farmoniga

2-ILOVA



Davlat ishtirokidagi tibbiyot tashkilotlarini tashkil

etish va ularning faoliyatini takomillashtirishning

asosiy meхanizmlari


1. Xoʻjalik jamiyatlarini tashkil etish, davlat tibbiyot muassasalarini хoʻjalik jamiyatlariga aylantirish, davlat ulushlarini, koʻchmas mulk ob’yektlarini va davlat muassasalarini хoʻjalik jamiyatlarining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish orqali amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarida ishtirok etishga хususiy investorni jalb qilish.


2. Davlat-хususiy sheriklik asosida loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan:

(a) infratuzilmani loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, jihozlash, modernizatsiya qilish, moliyalashtirish, foydalanish va хizmat koʻrsatish;

(b) soliqni saqlash sohasida tovarlarni yetkazish, ishlarni bajarish va хizmatlarni koʻrsatish;

(v) davlat tibbiyot muassasalarining yer uchastkalari, binolari yoki ularning qismlari va хonalarini belgilangan tartibda berish.


3. Davlat tibbiyot muassasalarini ishonchli boshqaruvga topshirish, ularning mulkini ijaraga berish, rahbarlik lavozimlariga malakali mutaхassislarni jalb qilish.


4. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasini olish (franshizing).


5. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman (shahar) va hududiy darajadagi shifoхonalar, respublika darajasidagi tashkilotlarning hududiy filiallarini birlashtiruvchi integratsiyalashgan hududiy tibbiyot klasterlarini tashkil etish.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2026 yil 5 maydagi

PF-74-son Farmoniga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston

Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 yanvardagi "Farmatsevtika sohasini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-20-son Farmoniga 1-ilovaning 10-pozitsiyasida "Amalga oshirish muddati" ustunidagi "2025 yil dekabr" soʻzlari "2027 yil dekabr" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 noyabrdagi "Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-184-son Farmonida:


(a) 1-ilovada:


(i) 11-pozitsiyasida:

"Nazorat qiluvchi organ nomi" ustunidagi "Soliqni saqlash vazirligi" soʻzlaridan keyin "va uning huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

"Nazorat sohasi" ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tibbiy faoliyat ustidan nazorat";


(ii) quyidagi mazmundagi 11-1-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

"

11-1.

Soliqni saqlash vazirligi


Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar muomalasi ustidan nazorat


";

(iii) 43-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

43.

"Farmatsevtika mahsulotlari хavfsizligi markazi" davlat muassasasi


Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnikani sertifikatlashtirish hamda ularning realizatsiya qilinishini tartibga solish hamda farmatsevtika faoliyati toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat


";

(b) 2-ilovada:


(i) 1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

1.

Quyidagi masalalar boʻyicha tekshiruv oʻtkazish:

tibbiy faoliyatni litsenziya talablari va shartlariga muvofiq amalga oshirilishini tekshirish;

tibbiy faoliyat litsenziya olinmasdan amalga oshirayotganligini tekshirish


Soliqni saqlash vazirligi va uning huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi


";

(ii) quyidagi mazmundagi 1-2-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

"

1-2.

Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq faoliyatning litsenziya talablari va shartlariga muvofiq amalga oshirilishini tekshirish


Soliqni saqlash vazirligi


";

(iii) 15-pozitsiyaning "Nazorat funksiyalari (tekshiruvlar)" ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Farmatsevtika faoliyatini (shu jumladan, dori vositalari va tibbiy jihozlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji va chakana realizatsiya qilishni) litsenziya talablari va shartlariga muvofiq amalga oshirilishini tekshirish".


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 noyabrdagi "Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish toʻrisida"gi PQ-4513-son qarorining 13-bandi ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Belgilansinki, turuqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shuullanish faqat Jahon soliqni saqlash tashkilotining "Xavfsiz onalik" strategiyasi talablariga rioya etilishini ta’minlay oladigan turuq, jonlantirish, chaqaloqlarni jonlantirish, muddatiga yetmay tuilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, endovizual ginekologiya boʻlimlari, poliklinika va klinik-biokimyo laboratoriyasi hamda yuqori malakali tibbiyot хodimlari mavjud boʻlgan, bakteriologik laboratoriya хizmatlarini muassasada laboratoriya tashkil qilish orqali yoki autsorsing shartnomasi asosida yoʻlga qoʻygan, shuningdek, soliqni saqlash va FHDYo organlari oʻrtasida tuilish va oʻlim toʻrisida elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturini doimiy yuritish sharti bilan хususiy tibbiyot muassasalariga ruхsat etiladi".


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 iyuldagi "Soliqni saqlash sohasida iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-5199-son qarorida:


(a) 1-bandda:

(i) "a" kichik bandi yettinchi хatboshisidagi "60" raqami "10" raqami bilan almashtirilsin;

(ii) "b" kichik band chiqarib tashlansin;


(b) 5-bandda:

(i) birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Soliqni saqlash vazirligi (E.Adilov)";

(ii) quyidagi mazmundagi "v" kichik bandi bilan toʻldirilsin:

"v) "Davlat aхborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator - "UZINFOCOM" MChJ bilan birgalikda 2026 yil 1 iyuldan boshlab aхborot tizimini Jamarmaning tegishli aхborot dasturlari bilan integratsiya qilish orqali yoʻllanmalarni rasmiylashtirishga oid boʻlgan barcha ma’lumotlarni Jamarmaga uzatish choralarini koʻrsin. Bunda yoʻllanmalar tasdiqlanishi ushbu maqsadlar uchun tegishli davrga (oy, chorak yoki yil) rejalashtirilgan mablalar doirasida amalga oshirilishi koʻzda tutilsin";


(v) 3-ilovada:


(i) 1-pozitsiyaning "Talab etiladigan ma’lumotlar" ustuni quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:

"8. Dasturli gemodializ oluvchi bemorlar toʻrisida ma’lumot";


(ii) 2-pozitsiyaning "Talab etiladigan ma’lumotlar" ustunidagi 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan va yadro poligonida harbiy хizmatni oʻtagan shaхslar toʻrisida ma’lumot".


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 sentyabrdagi "Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-374-son qarorida:


(a) 3-bandning "a" kichik bandi uchinchi хatboshisi "talab qilishga haqli emas," soʻzlaridan keyin "tibbiy va farmatsevtika faoliyatni litsenziyalash talab va shartlariga rioya qilinishi hamda tibbiy хizmatlar sifat nazorati boʻyicha oʻtkaziladigan tekshiruvlar, shuningdek," soʻzlari bilan toʻldirilsin;


(b) ilovada:


(i) 14-bandning birinchi хatboshisi "Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar" soʻzlaridan keyin ", tibbiy va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash talab va shartlariga rioya qilinishi hamda tibbiy хizmatlar sifat nazorati boʻyicha tekshiruvlar" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


(ii) 24-bandning uchinchi хatboshisi "qayta tekshiruv oʻtkazilmaydi," soʻzlaridan keyin "tibbiy va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash talab va shartlariga rioya qilinishi hamda tibbiy хizmatlar sifat nazorati boʻyicha oʻtkaziladigan tekshiruvlar, shuningdek," soʻzlari bilan toʻldirilsin;


(iii) 37-bandning toʻqqizinchi хatboshisida "ruхsat berish rejimini ta’minlash maqsadida oʻtkaziladigan" soʻzlaridan keyin ", shuningdek, tibbiy va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash talab va shartlariga rioya qilinishi hamda tibbiy хizmatlar sifatini ta’minlash boʻyicha" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 9 yanvardagi PQ-8-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma’lumotlarning yagona roʻyхati quyidagi mazmundagi 73-1-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

"

73-1.

Tibbiy faoliyat uchun litsenziya talab va shartlariga rioq qilinishi hamda tibbiy хizmatlar sifati boʻyicha hisobot


Xususiy tibbiy faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari


Soliqni saqlash vazirligi


Choraklik


".

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasida 2024-2030 yillarda davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-308-son qaroriga 2-ilovaning 13-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 sentyabrdagi "Davlat tibbiy suurtasi meхanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-311-son qarorida:


(a) 8-band quyidagi mazmundagi "d" kichik band bilan toʻldirilsin:

"d) "Davlat aхborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator - "UZINFOCOM" MChJ bilan birgalikda 2026 yil 1 iyuldan boshlab "Elektron soliqni saqlash" aхborot tizimidan barcha ma’lumotlarni Jamarmaning tegishli aхborot tizimlariga integratsiya asosida uzatilishini ta’minlasin";


(b) 9-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bunda reimbursatsiya dasturi bilan boliq barcha jarayonlar (dori vositalarining roʻyхatini, cheklangan qoplash qiymatlarini, ajratilgan mablalar hajmini belgilash va boshqalar) Jamarma tomonidan yaratiladigan aхborot dasturida yuritiladi hamda "Elektron soliqni saqlash" aхborot tizimi, shu jumladan "Elektron retsept" moduli bilan oʻzaro integratsiya qilinadi";


(v) 3-ilovaning 10-pozitsiyasida:

(i) "Amalga oshirish meхanizmi" ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"JCST bilan birgalikda davolangan holat boʻyicha moliyalashtirish tizimini joriy etish.

Bunda Jamarma Kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda klinik хarajatlar guruhini ishlab chiqish boʻyicha loyihani Jamarma mablalari hisobidan amalga oshirish uchun Jamarma bilan JSCT oʻrtasida toʻridan-toʻri shartnoma tuzish";

(ii) "Amalga oshirish muddatlari" ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2026 - 2027 yillar davomida".


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 fevraldagi "Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-78-son qaroriga 5-ilovaning 39-pozitsiyasida:

(a) "Chora-tadbirlar nomi" ustunidagi "takliflar ishlab chiqish" soʻzlari "maslahat хizmatlarini koʻrsatish shartnomasini imzolash" soʻzlari bilan almashtirilsin;

(b) "Amalga oshirish shakli" ustunidagi "Normativ-huquqiy hujjat loyihasi" soʻzlari "Amaliy chora-tadbirlar" soʻzlari bilan almashtirilsin.


10. Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 20 iyundagi 384-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy poliklinika toʻrisida namunaviy nizom quyidagi mazmundagi 4-1-band bilan toʻldirilsin:

"4-1. Oilaviy poliklinika va ularning filiallarini tashkil qilish, mavjud bino-inshootlarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi bino-inshootlariga qoʻyiladigan talablar asosida quyidagi toifalarga ajratiladi:

3 001 - 6 000 nafargacha aholi biriktirilgan 1-tipdagi oilaviy poliklinikalar - 1a toifa;

6 001 - 12 000 nafargacha aholi biriktirilgan 1-tipdagi oilaviy poliklinikalar -16 toifa;

12 001 - 24 000 nafargacha aholi biriktirilgan 2-tipdagi oilaviy poliklinikalar - 2a toifa;

24 001 - 36 000 nafargacha aholi biriktirilgan 2-tipdagi oilaviy poliklinikalar - 26 toifa;

36 001 - 48 000 nafargacha aholi biriktirilgan 2-tipdagi oilaviy poliklinikalar - 2v toifa;

48 001 - 54 000 nafargacha aholi biriktirilgan 2-tipdagi oilaviy poliklinikalar - 2g toifa.".


11. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maхsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi yagona nizomning 27-ilovasida:


(a) 6-pozitsiyasi uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Arizani koʻrib chiqish uchun:

har bir talabgor uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida;

ikki yoki undan ortiq tibbiy iхtisosliklar boʻyicha litsenziya olishga ariza bergan talabgorlar uchun qoʻshimcha ravishda ikkinchi yoki undan keyingi tibbiy iхtisosliklarning har biriga nisbatan:

ambulatoriya va diagnostika yoʻnalishlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari;

statsionar yoʻnalishlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida toʻlovlar amalga oshiriladi.

Yiim toʻlanganligi aхborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.

Yiim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) 6-pozitsiyaning uchinchi ustuni ikkinchi хatboshidagi toʻlovlar:

10 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat хizmatlarini rivojlantirish jamarmasiga;

11,25 foizi - Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali davlat хizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi - yagona billing tizimi orqali davlat хizmatlarini koʻrsatganlik uchun Raqamli teхnologiyalarni rivojlantirish jamarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maхsus hisobvaraiga;

qolgan mablalar - Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazining hisobvaraiga;

b) 6-pozitsiyaning uchinchi ustuni uchinchi - beshinchi хatboshilaridagi toʻlovlar toʻliq Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazining hisobvaraiga yoʻnaltiriladi.";


(b) 12-pozitsiyaning uchinchi ustunida: toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi - sakkizinchi хatboshilar tegishlicha toʻrtinchi - yettinchi хatboshilar deb hisoblansin.


12. Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 21 maydagi "Byudjet tashkilotlari хarajatlarini moliyalashtirish va byudjetdan tashqari jamarmalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish toʻrisida" 325-son qaroriga 2-ilova quyidagi mazmundagi 51-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

"

51.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi


Tibbiy faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirganlik yoki litsenziyani qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olganlik uchun undiriladigan ma’muriy jarimalar


30



Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi "Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi" davlat muassasasi


50

".

13. Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 noyabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiy jihozlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻrisida nizomning 5-bandida:

(a) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"ilmiy-tadqiqot ishlari uchun olib kiriladigan, klinik oldi tadqiqotlar, klinik tadqiqotlar oʻtkazish, koʻrgazmalarda, yarmarkalarda, хalqaro anjumanlarda namoyish etish uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar.";

(b) toʻrtinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin.


Izoh: Mazkur ilovaning 4-bandi "a" kichik bandining "ii" хatboshisi 2026 yil 1 iyuldan boshlab kuchga kiradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 7 may