Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 13.05.2026 y. 4-n-son "Havo transportida yuk tashish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 19.05.2026 y. 2552-1-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
19.05.2026 y.
N 2552-1
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
TRANSPORT VAZIRLIGI HUZURIDAGI
FUQARO AVIATsIYaSI AGENTLIGI
DIREKTORINING
13.05.2026 y.
N 4-n
BUYRUGʻI
Havo transportida yuk tashish qoidalariga
oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 sentyabrdagi PF-161-son "Islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning mas’uliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013 yil 6 dekabrdagi 36-N-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 2552, 2014 yil 8 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 2-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Havo transportida yuk tashish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor T.A. Nazarov
ILOVA
Havo transportida yuk tashish qoidalariga
kiritilayotgan oʻzgartirishlar
ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"aviatsiya хavfsizligi - fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashish harakatlaridan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi, shuningdek, jalb qilinadigan inson va moddiy resurslar;";
oʻn ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"kuzatib borilmaydigan bagaj - egasi hisoblangan shaхs joylashgan havo kemasida yoki boshqa havo kemasida yuk sifatida tashiladigan bagaj;".
2. 42-banddagi "Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 iyuldagi 256-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga gʻayriqonuniy aralashuvlardan himoya qilishning milliy dasturi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 10 martdagi 152-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining noqonuniy aralashish harakatlaridan aviatsiya хavfsizligini ta’minlash milliy dasturi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 19 may

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter