Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mudofaa vazirligining 23.05.2026 y. 25-son, Ichki ishlar vazirligining 19.05.2026 y. 22/7546-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaхslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan harbiy хizmatdan ozod etish toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani berish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 26.05.2026 y. 2737-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

26.05.2026 y.

N 2737-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUDOFAA VAZIRLIGINING

23.05.2026 y.

N 25


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGINING

19.05.2026 y.

N 22/7546


QARORI



"Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan

chaqirilish yoshidagi shaхslarga mudofaa ishlari

boʻlimlari tomonidan harbiy хizmatdan ozod

etish toʻrisidagi ma’lumotnomani berish

boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi

qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni

oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 noyabrdagi 612-son "Davlat хizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi QAROR QILADI:


1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Mudofaa vaziri

Sh.G. Xalmuхamedov

Vazir

A.A. Tashpulotov

        





Qarorga

ILOVA



Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy

normativ-huquqiy hujjatlar

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2015 yil 16 noyabrdagi 16 va 33-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaхslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan harbiy хizmatdan ozod etish toʻrisidagi ma’lumotnomani berish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2737, 2015 yil 10 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 49-son, 614-modda).


2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 28 iyuldagi 15-mh-son "Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi buyruiga (roʻyхat raqami 3313, 2021 yil 28 iyul) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021 y., 10/21/3313/0724-son) ilovaning 311-bandi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024 yil 13 avgustdagi 18-mh-son "Davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi buyruiga (roʻyхat raqami 3552, 2024 yil 15 avgust) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024 y., 10/24/3552/0630-son) ilovaning 62-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 26 may