Markaziy bank Boshqaruvining 05.05.2026 y. 13/5-son "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 26.05.2026 y. 3841-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
26.05.2026 y.
N 3841
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
05.05.2026 y.
N 13/5
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga
oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi hamda 2025 yil 11 fevraldagi OʻRQ-1026-son "Mikromoliyalashtirish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga
kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011 yil 22 yanvardagi 1/1-son qarori (roʻyхat raqami 2201, 2011 yil 23 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 7-8-son, 80-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan tijorat banklari, shu jumladan mikromoliya banklariga (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) qayta moliyalash kreditlarini berish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.";
2) 2, 4 - 7 va 9-ilovalarning matnidagi "tijorat banklariga" degan soʻzlar "banklarga" degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 10-ilovaning matnidagi "tijorat banklarini" degan soʻzlar "banklarni" degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2016 yil 23 apreldagi 12/1-son qarori (roʻyхat raqami 2788, 2016 yil 18 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 20-son, 227-modda) bilan tasdiqlangan Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 1-bandning ikkinchi хatboshisi "tijorat banklari" degan soʻzlardan keyin ", shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 5-bandning "v" kichik bandidagi "tijorat banki" degan soʻzlar "bank" degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 6-bandning "d" kichik bandidagi "tijorat banklari" degan soʻzlar "banklar" degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018 yil 31 martdagi 12/12-son qarori (roʻyхat raqami 3010, 2018 yil 12 may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018 y., 10/18/3010/1215-son) bilan tasdiqlangan Banklararo pul bozorida elektron savdo platformasi orqali operatsiyalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 1-bandda:
uchinchi хatboshi "tijorat banklari" degan soʻzlardan keyin ", shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oltinchi хatboshidagi "tijorat banklari" degan soʻzlar "banklar" degan soʻz bilan almashtirilsin.
2) 2 va 3-bandlar hamda 9-bandning ikkinchi хatboshisidagi "tijorat banklari" degan soʻzlar "banklar" degan soʻz bilan almashtirilsin.
3) 6-banddagi "Tijorat banklari" va "tijorat banklari" degan soʻzlar tegishli ravishda "Banklar" va "banklar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018 yil 22 sentyabrdagi 30/13-son qarori (roʻyхat raqami 3079, 2018 yil 25 oktyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2018 y., 10/18/3079/2122-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1) muqaddima "tijorat banklarining" degan soʻzlardan keyin ", shu jumladan mikromoliya banklarining (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 1-bandda:
ikkinchi хatboshidagi "tijorat banklari" va "tijorat banklarining" degan soʻzlar tegishli ravishda "banklar" va "banklarning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi, toʻrtinchi, yettinchi va sakkizinchi хatboshilardagi "tijorat banklari" degan soʻzlar "banklar" degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi хatboshidagi "tijorat banklarining" va "tijorat banklari" degan soʻzlar tegishli ravishda "banklarning" va "banklar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi va oʻninchi хatboshilardagi "tijorat banklarining" degan soʻzlar "banklarning" degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 3, 5, 12, 15, 23 va 30-bandlardagi "tijorat banklari" degan soʻzlar "banklar" degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 6-banddagi "tijorat banklari" va "tijorat bankidan" degan soʻzlar "banklar" va "bankdan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 10-bandning oʻn ikkinchi хatboshisidagi "tijorat bankidan" degan soʻzlar "bankdan" degan soʻz bilan almashtirilsin;
6) 11 va 42-bandlardagi "tijorat banklariga" degan soʻzlar "banklarga" degan soʻz bilan almashtirilsin;
7) 13-bandda:
birinchi хatboshidagi "Tijorat banklari" degan soʻzlar "Banklar" degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi хatboshidagi "tijorat banki" degan soʻzlar "bankning" degan soʻz bilan almashtirilsin;
8) 14 va 25-bandlar, 26-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilari, 27, 32, 33 va 41-bandlardagi "tijorat banklarining" degan soʻzlar "banklarning" degan soʻz bilan almashtirilsin;
9) 18, 29, 43 va 47-bandlar, 48-bandning birinchi хatboshisidagi "Tijorat banklari" degan soʻzlar "Banklar" degan soʻz bilan almashtirilsin;
10) 19, 21, 39 va 40-bandlardagi "Tijorat banklarining" degan soʻzlar "Banklarning" degan soʻz bilan almashtirilsin;
11) 34-banddagi "tijorat banklaridan" degan soʻzlar "banklardan" degan soʻz bilan almashtirilsin;
12) 44-bandda:
birinchi хatboshidagi "tijorat banklari" va "tijorat banki" degan soʻzlar tegishli ravishda "banklar" va "bank" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi хatboshidagi "Tijorat banki" degan soʻzlar "Bank" degan soʻz bilan almashtirilsin.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 26 may

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter