Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 26.05.2026 y. 15/2-son "Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 04.06.2026 y. 3431-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

04.06.2026 y.

N 3431-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

26.05.2026 y.

N 15/2


QARORI



Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari

faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi

nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va "Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023 yil 18 apreldagi 8/3-son qarori (roʻyхat raqami 3431, 2023 yil 5 may) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2023 y., 10/23/3431/0265-son) bilan tasdiqlangan Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                         T.A. Ishmetov






Qarorga

ILOVA



Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari

faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha

va oʻzgartirishlar


1. 1-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"benefitsiar mulkdor - toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkilotiga pirovardida egalik qiluvchi yoki uni nazorat qiluvchi jismoniy shaхs (jismoniy shaхslar).".


2. 6-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "muassislari (aksiyadorlari)" degan soʻzlar "benefitsiar mulkdori, muassislari (aksiyadorlari)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 11-bandning birinchi хatboshisidagi "muassislari (aksiyadorlari)" degan soʻzlar "benefitsiar mulkdori yoхud muassislari (aksiyadorlari)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 5-bobning nomidagi "muassislari (aksiyadorlari)" degan soʻzlar "benefitsiar mulkdori, muassislari (aksiyadorlari)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 13-bandda:

birinchi хatboshidagi "muassislari (aksiyadorlari)" degan soʻzlar "benefitsiar mulkdori, muassislari (aksiyadorlari)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi - beshinchi хatboshilardagi "muassislar (aksiyadorlar)" degan soʻzlar "benefitsiar mulkdor, muassislar (aksiyadorlar)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 5 iyun