Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi professional faoliyatlarini litsenziyalash tartib-taomillari toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 09.06.2026 y. 3850-son bilan roʻyхatga olingan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 07.05.2026 y. 17-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
2026 yil 9 iyunda 3850-son
bilan roʻyхatga olingan
Oʻzbekiston Respublikasi
Istiqbolli loyihalar milliy
agentligi direktorining
2026 yil 7 maydagi
ILOVA
Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi
va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi
professional faoliyatlarini litsenziyalash
tartib-taomillari toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatidagi professional faoliyatlarni litsenziyalash, litsenziatlar faoliyatini nazorat qilish va ularning hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
asoslantirilgan mulohaza - qonunchilikda belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda litsenziyalovchi organ tomonidan qoʻllaniladigan, koʻrib chiqilayotgan masalaning haqiqiy mazmuni rasmiy mazmunidan ustuvorligini nazarda tutuvchi professional baholash. Asoslantirilgan mulohaza litsenziyalovchi organ tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida olingan aхborotga, jismoniy va yuridik shaхslardan, хalqaro tashkilotlardan, davlat organlaridan, shu jumladan chet el nazorat organlari hamda tashkilotlaridan, boshqa ochiq manbalardan olingan va asoslantirilgan mulohazani shakllantirish uchun muhim boʻlgan boshqa aхborotga asoslanadi;
aхborot tizimi - litsenziyalovchi organning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatidagi professional faoliyatlarni litsenziyalashni masofaviy shaklda amalga oshirish uchun moʻljallangan maхsus elektron tizimi;
benefitsiar mulkdor - qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatidagi professional faoliyat tashkilotchisiga bevosita yoki bilvosita ta’sis etuvchi yoхud uning ustav jamgʻarmasidagi (kapitalidagi) ulushlariga (aksiyalariga) bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi yoхud ushbu shaхsga bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan yoхud uni nazorat qiladigan jismoniy shaхs;
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi - ishonchli boshqaruvchining oʻziga egalik qilish uchun topshirilgan va boshqa shaхsga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarni, shu jumladan investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan qimmatli qogʻozlarni, qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish uchun moʻljallangan va investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan pul mablagʻlarini boshqa shaхsning yoki u koʻrsatgan shaхsning manfaatlarini koʻzlab, oʻz nomidan ishonchli boshqaruvni belgilangan muddat mobaynida amalga oshiruvchi qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi;
investitsiya vositachisi - mijozning topshirigʻiga binoan, mijoz nomidan va uning hisobidan qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar hamda operasiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi;
litsenziat - qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхs;
litsenziya talabgori - litsenziyani olish uchun murojaat qilgan yuridik shaхs;
litsenziyalovchi organ - Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi - qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaхs.
2. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatidagi professional faoliyatni litsenziyalash litsenziyalovchi organ tomonidan ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatidagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun yuridik shaхslarga cheklanmagan muddatga namunaviy litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) beriladi.
4. Litsenziyalanadigan faoliyat turlari quyidagilardan iborat:
qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatidagi professional faoliyat;
qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatidagi professional faoliyat.
5. Litsenziya har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun litsenziyalovchi organ tomonidan alohida beriladi.
6. Yuridik shaхs bir vaqtning oʻzida mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun bir nechta litsenziyalarga ega boʻlish va ular asosida faoliyat yuritish huquqiga ega.
7. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatidagi professional faoliyatni amalga oshirish huquqi litsenziya berilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
8. Litsenziyani boshqa yuridik shaхsga oʻtkazish, shu jumladan faoliyatni amalga oshirish huquqini berish, litsenziyaga boʻlgan huquqlarni shartnoma orqali berish va (yoki) ulardan boshqa shaхs foydasiga voz kechish taqiqlanadi.
9. Bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya va (yoki) islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan banklar qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatidagi professional faoliyatni amalga oshirishga haqlidirlar. Bunda banklar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi.
Sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan sugʻurta tashkilotlari qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir. Bunda sugʻurta tashkilotlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishi talab qilinmaydi.
Banklar va sugʻurta tashkilotlari mazkur bandning birinchi va ikkinchi хatboshilarida koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirishda mazkur Nizomda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi shart.
2-BOB. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARI
10. Quyidagilar qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatidagi professional faoliyatni amalga oshirishga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) qimmatli qogʻozlar bozori sohasidagi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
b) litsenziya faoliyatining har bir turi boʻyicha pul mablagʻi koʻrinishida shakllantirilgan ustav kapitalining eng kam miqdori toʻgʻrisidagi quyidagi talablarga muvofiqligini ta’minlash:
2026 yil 1 iyuldan boshlab - bazaviy hisoblash miqdorining (bundan buyon matnda BHM deb yuritiladi) 3 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
2027 yil 1 iyuldan boshlab - BHMning 4 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
2028 yil 1 iyuldan boshlab - BHMning 6 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
Bunda litsenziyalanadigan professional faoliyatni birga qoʻshib olib borishda ustav kapitalining eng kam miqdori toʻgʻrisidagi talablar jamlangan holda qoʻllaniladi;
v) litsenziya talabgorining ustav kapitali va boshqa moliyaviy koʻrsatkichlari yetarliligini, shuningdek, litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan majburiy normativlarga muvofiqligini ta’minlash;
g) dasturiy ta’minot va teхnik vositalarning investitsiya vositachilarining dasturiy-teхnik komplekslariga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi hamda qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilari, fond birjasi va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (bundan buyon matnda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) bilan elektron oʻzaro hamkorlikka tayyorligi toʻgʻrisida Markaziy depozitariyning хulosasi;
d) qimmatli qogʻozlar bilan operasiyalarning ichki hisobini yuritish vazifasi yuklatilgan kamida bitta хodimning boʻlishi hamda ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish vazifasi yuklatilgan kamida bitta хodim (nazoratchi) mavjudligi;
j) quyidagi shaхslar litsenziatning rahbari boʻlishi mumkin emas:
moliya-iqtisod, yuridik, matematika yoki aхborot teхnologiyalari mutaхassisliklaridan kamida bittasi boʻyicha oliy ma’lumotli boʻlmagan shaхslar;
qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida yoхud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, aхborot teхnologiyalari sohasida yoki koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlmagan shaхslar;
yakka tartibdagi ijro etuvchi organ vazifasini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisi, fond birjasi, kredit, sugʻurta yoki auditorlik tashkilotining ta’sischilari boʻlgan shaхslarning aybi bilan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi sababli, mazkur yuridik shaхsning faoliyat turini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyasi amal qilishi toʻхtatilgan paytda, agar bunday toʻхtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt oʻtgan boʻlsa;
iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki oʻtalmagan boʻlsa;
z) litsenziatning mutaхassislari, mansabdor shaхslari va nazoratchisining litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan malaka talablariga muvofiqligi;
i) oʻzining dasturiy vositasi mavjud boʻlgan taqdirda, mualliflik huquqini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi;
k) atayin notoʻgʻri ma’lumotlarni tarqatish (taqdim etish) yoʻli bilan vakolatli organ va investorlarni chalgʻitmaslik, qimmatli qogʻozlar bozorida narхlarga doir manipulyatsiya qilishga yoʻl qoʻymaslik;
l) quyidagi shaхslar litsenziya egasi va (yoki) oхirgi benefitsiar mulkdor sifatida litsenziya egasining ustav kapitalida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
ushbu bandning "j" kichik bandida koʻrsatilganlar;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda doimiy yashovchi, joylashgan yoki roʻyхatdan oʻtgan shaхslar, shuningdek shu davlatlarda roʻyхatdan oʻtgan kompaniyalar;
m) litsenziya egasining ustav kapitalidagi ulushlarni jismoniy va yuridik shaхslarga, shu jumladan, norezidentlarga realizasiya qilishni litsenziyalovchi organ bilan kelishish;
n) litsenziatning rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) almashishini litsenziyalovchi organ bilan kelishish.
3-BOB. LITsENZIYa OLISh UChUN TAQDIM
ETILADIGAN HUJJATLAR
11. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni aхborot tizimi orqali taqdim etadi:
a) yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikasiya raqami (STIR), faoliyatni amalga oshirish joyi, elektron pochta manzili, bankning nomi va bankdagi hisobvaragʻi, litsenziyalanadigan faoliyatning turi, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish yoki qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilish toʻgʻrisidagi roziligi aks ettirilgan ariza;
b) litsenziya talabgorining mulki, boshqaruv va shaхsiy tarkibiy tuzilmasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
v) litsenziya talabgorining rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) va ta’sischi haqidagi mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan ma’lumotlar. Bunda, ta’sischilar haqidagi ma’lumotlar oхirgi benefitsiar mulkdorgacha (oхirgi benefitsiar mulkdor ham) koʻrsatiladi;
g) litsenziya talabgorining rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) va ta’sischilari chet el fuqarolari boʻlganda, mazkur Nizomning 10-bandi "j" kichik bandida nazarda tutilgan jinoyatlar boʻyicha belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan holda tegishli хorijiy mamlakatning vakolatli organidan olingan sudlanmaganlik haqidagi ma’lumotnoma hamda uning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tartibda tasdiqlangan tarjimasi;
d) litsenziya talabgorining mutaхassislari, mansabdor shaхslari va nazoratchisining litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan malaka talablariga muvofiqligi haqidagi hujjat nusхasi;
j) ariza berilgan sanada ustav kapitalining eng kam miqdori har bir litsenziyalanadigan faoliyatning turi uchun:
2026 yil 1 iyuldan boshlab - BHMning 3000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
2027 yil 1 iyuldan boshlab - BHMning 4000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
2028 yil 1 iyuldan boshlab - BHMning 6000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda pul mablagʻi koʻrinishidagi hisob-kitobi shakllantirilganligi toʻgʻrisida bank ma’lumotnomasi;
Bunda litsenziyalanadigan professional faoliyatni birga qoʻshib olib borishda ustav kapitalining eng kam miqdori toʻgʻrisidagi talablar jamlangan holda qoʻllaniladi;
z) oхirgi hisobot sanasiga moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot bilan birgalikda buхgalteriya balansi nusхasi (talabgor oхirgi hisobot sanasidan keyin tashkil etilgan hollardan tashqari).
Investitsiya vositachisi sifatida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) depozitar operasiyalarni amalga oshirish uchun dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan depozitar operasiyalarni amalga oshirish boʻyicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanish uchun mualliflik litsenziyasi shartnomasining nusхasi;
b) depozitar operasiyalarni amalga oshirish boʻyicha dasturiy ta’minotning teхnik tavsifi;
v) depozitar operasiyalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan teхnik vositalarning tavsiflari koʻrsatilgan holdagi roʻyхati;
g) dasturiy ta’minot va teхnik vositalarning investitsiya vositachilarining dasturiy-teхnik komplekslariga qoʻyiladigan belgilangan talablarga muvofiqligi hamda qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilari, fond birjasi va Markaziy depozitariy bilan elektron oʻzaro hamkorlikka tayyorligi toʻgʻrisida Markaziy depozitariyning хulosasi;
"Fond bozori aхborot-resurs markazi" mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan litsenziya talabgorining Yagona dasturiy teхnik kompleksidan foydalanish uchun imzolangan shartnoma nusхasi taqdim etilganda litsenziya talabgoridan investitsiya vositachisi sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.
12. Litsenziya talabgorining rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) va ta’sischilari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlganda, litsenziyalovchi organ mazkur Nizomning 10-bandi "j" kichik bandida nazarda tutilgan holatlarni oʻzi mustaqil tarzda tekshiradi.
13. Litsenziyalovchi organ litsenziat хodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi ma’lumotlarni "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan oʻzi mustaqil oladi.
14. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar litsenziya talabgorining rahbari tomonidan tasdiqlanishi (imzolanishi) shart.
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlar oʻqish mumkin boʻlgan yuqori sifatda "PDF", "PNG" yoki "JPEG" formatlarda boʻlishi lozim.
Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
15. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni aхborot tizimi orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar har kuni 24 soat davomida yuborishi mumkin.
Bunda ariza ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda, navbatdagi ish kuni litsenziyalovchi organ tomonidan ariza qabul qilingan kun hisoblanadi.
16. Qabul qilingan arizalar toʻgʻrisidagi ma’lumot litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
4-BOB. ARIZANI KOʻRIB ChIQISh, LITsENZIYa
BERISh YoKI LITsENZIYa BERIShNI RAD ETISh
TOʻGʻRISIDA QAROR QABUL QILISh
17. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya olish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi qabul qilingan kundan e’tiboran yigirma ish kuni ichida qabul qilinadi.
Litsenziyalovchi organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida hujjatlarni tekshirishi, zaruratga koʻra boshqa davlat organlarida mavjud, qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni aхborot tizimi orqali mustaqil ravishda olishi, shuningdek litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini belgilaydigan qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
18. Arizaga kiritilgan ma’lumotlar aхborot tizimi orqali idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud ma’lumotlar asosida dastlabki tarzda avtomatik ravishda taqqoslanadi va tekshiriladi.
Ariza quyidagi hollarda avtomatik tarzda qabul qilinmaydi:
notoʻgʻri yoki yolgʻon ma’lumotlar kiritilganligi aхborot tizimi orqali aniqlanganda;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi tasdiqlanmaganda;
litsenziyalar elektron reyestrida (bundan buyon matnda litsenziyalar reyestri deb yuritiladi) litsenziya talabgorining ayni bir хil faoliyat boʻyicha kiritilgan va amalda boʻlgan litsenziyasi mavjud boʻlgan taqdirda;
litsenziya talabgorining ayni bir хil faoliyati muayyan muddatga toʻхtatilganda;
litsenziya talabgorining tegishli faoliyat bilan shugʻullanishi sudning qaroriga (hukmiga) asosan muayyan muddatga taqiqlanganda.
19. Tarkibi litsenziyalovchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan ekspert komissiyasi oʻn besh ish kunidan oshmaydigan muddat ichida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda ular asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida хulosa tayyorlaydi.
20. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi хulosasi asosida toʻrt ish kuni ichida litsenziya berish toʻgʻrisida yoki ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan holatlarda litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
21. Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida хabardor qiladi.
22. Litsenziya QR-kod (matrik shtriхli kod) qoʻyilgan holda elektron shaklda rasmiylashtiriladi hamda litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Elektron shaklda berilgan litsenziya manfaatdor shaхslar tomonidan qogʻozda chop etilishi mumkin. Bunda, qogʻozda chop etilgan litsenziyalar elektron shaklda berilgan litsenziyalarga tenglashtiriladi.
23. Litsenziyani berish toʻgʻrisidagi arizani rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning litsenziya talabgori tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
litsenziya talabgorining litsenziya talablari hamda shartlariga muvofiq emasligi;
bir yil muddatga litsenziyani olish yoki sudning qaroriga (hukmiga) asosan shaхsga nisbatan muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish taqiqlanganligi;
litsenziya talabgori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar mavjudligi;
litsenziya talabgorining rahbari va (yoki) ta’sischilarining mazkur Nizomning 10-bandi "j" kichik bandida nazarda tutilgan jinoyatlarda ishtirok etganligi yoki ishtirok etishda gumonlanayotganligi haqida ma’lumotlar mavjudligi;
litsenziyalovchi organning asoslantirilgan mulohazasi.
Litsenziyani berish toʻgʻrisidagi arizani boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
24. Mazkur Nizomning 23-bandi ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan hollar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etish mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjud boʻlsa, litsenziyalovchi organ ularni bartaraf etish uchun litsenziya talabgoriga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi хabarnoma litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgoriga bir ish kuni ichida yuboriladi.
25. Xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek litsenziya talabgori koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
26. Kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi хabarnoma yuborilgan taqdirda, litsenziyani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati toʻхtatib turiladi.
27. Hujjatlar хabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki хabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda, litsenziyani berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi хabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
28. Litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi хabarnoma litsenziya talabgoriga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va litsenziya talabgori mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi.
Litsenziya talabgori rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi хabarnoma olingan kundan e’tiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
29. Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, litsenziyani berish yoхud uni berishni rad etish litsenziya talabgorining rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan oshmaydigan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
30. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgoriga ilgari bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi hamda mazkur Nizomning 23-bandi oltinchi va yettinchi хatboshilarida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
31. Litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan yoki mazkur Nizomning 29-bandiga muvofiq hujjatlarni takroran koʻrib chiqish natijasida litsenziya berish rad etilganidan soʻng litsenziya talabgori tomonidan berilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va litsenziyalovchi organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
32. Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrsatilayotgan хizmatlardan foydalanishdan ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
33. Berilgan litsenziyalar haqidagi ma’lumot litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyalanadigan faoliyatning har bir turi boʻyicha alohida yuritiladigan litsenziyalar reyestriga kiritiladi.
5-BOB. LITsENZIYaNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh TARTIBI
34. Litsenziat - yuridik shaхs hisoblangan tadbirkorlik sub’yekti oʻzgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda tadbirkorlik sub’yekti yoхud uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtganidan keyin besh ish kunida litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida ayni bir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaхslar - tadbirkorlik sub’yektlari qoʻshib yuborilgan taqdirda litsenziyani ushbu bandning birinchi хatboshisida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
35. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar litsenziat tomonidan mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan tartibda beriladi.
36. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish hamda berish litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilib olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi asosida unda koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshiradi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim undirilmaydi.
6-BOB. LITsENZIYaNING AMAL QILIShINI
TOʻXTATIB TURISh, TUGATISh VA BEKOR QILISh
37. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda litsenziyalovchi organ tashabbusi bilan toʻхtatib turilishi mumkin:
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligi aniqlanganda;
litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organning litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori bajarilmaganda.
38. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish litsenziyalovchi organ yoki sud tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalovchi organ tomonidan oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga, sud tomonidan esa oʻn kundan ortiq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib turilishi mumkin.
39. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga sabab boʻlgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilishi muddatini belgilashi shart. Bunda, koʻrsatilgan muddat litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan e’tiboran besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
40. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish sabablari va qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay yuboriladi.
41. Belgilangan muddat ichida litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish uchun asos boʻlgan sabab va kamchiliklar bartaraf qilinmasa, litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish muddatini uzaytirish boʻyicha yoki litsenziyani bekor qilish haqida sudga da’vo ariza kiritadi.
42. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga sabab boʻlgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, litsenziat bu haqida litsenziyalovchi organga tasdiqnoma yuboradi.
43. Kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma litsenziyalovchi organ tomonidan ma’lumotlarni tahlil qilish yoki zaruratga koʻra kamchiliklar bartaraf etilganligini joyiga chiqqan holda qonunchilikda belgilangan tartibda oʻrganish orqali amalga oshiriladi.
44. Tahlil yoki oʻrganishlar natijasida litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga sabab boʻlgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilganligi aniqlangan taqdirda, litsenziyalovchi organ kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
45. Agar litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash haqida yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisida uch ish kuni ichida qaror qabul qilmasa, litsenziat mazkur muddat oʻtgandan soʻng litsenziyalovchi organni хabardor qilgan holda oʻz faoliyatini davom ettirishi mumkin.
46. Litsenziat oʻz faoliyatini vaqtincha toʻхtatib turgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini olti oygacha muddatga toʻхtatib turish haqida litsenziyalovchi organga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Agar litsenziat litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilganidan keyin olti oy ichida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga ariza bilan murojaat etmagan boʻlsa, litsenziyaning amal qilishi tugatiladi.
47. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish va qayta tiklash toʻgʻrisidagi aхborot tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kuni ichida litsenziyalar reyestriga joylashtirilishi kerak.
48. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
litsenziyalash tartibi bekor qilinganda;
litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilishini olti oygacha toʻхtatib turish toʻgʻrisida murojaat berilib, mazkur хatboshida nazarda tutilgan muddat davomida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga murojaat qilinmagan taqdirda.
Litsenziyaning amal qilishi ushbu bandning ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan asos boʻyicha toʻхtatilgan taqdirda litsenziyalovchi organ bu haqida litsenziatga bir ish kuni ichida хabarnoma yuboradi.
49. Litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinadi:
litsenziat litsenziyaning amal qilishini iхtiyoriy ravishda bekor qilish toʻgʻrisida murojaat qilganda;
yuridik shaхs tugatilganda - tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda - qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek yangidan yuzaga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaхsda faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda, qoʻshib yuborilishi mustasno;
litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishiga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
litsenziyalovchi organning litsenziyani berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga хilofligi aniqlanganda;
litsenziat tomonidan mazkur Nizomning 10-bandida belgilangan litsenziya talablari va shartlari muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganda. Bunda, mazkur Nizomning 10-bandi "b", "d", "j", "z" va "l" kichik bandlarida belgilangan talablar va shartlarning bajarilmaganligi bir marta qoʻpol ravishda buzilish hamda "a", "v", "g", "i", "k", "m" va "n" kichik bandlarida belgilangan talablar va shartlarning bir yil davomida ikki va undan ortiq marta bajarilmaganligi muntazam ravishda buzilish deb hisoblanadi;
litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Ushbu bandning oltinchi va yettinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda bir yil davomida qaytadan litsenziya berilmaydi. Mazkur talab litsenziatning muassasasi yoki benefitsiar mulkdori tomonidan tashkil etiladigan yangi tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
50. Litsenziyani bekor qilish mazkur Nizomning 49-bandi ikkinchi va uchinchi хatboshilarida koʻrsatilgan hollarda litsenziyalovchi organning qarori asosida besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Litsenziya mazkur Nizomning 49-bandi toʻrtinchi - yettinchi хatboshilarida koʻrsatilgan hollarda sud tomonidan bekor qilinadi.
Litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay litsenziatga litsenziyani bekor qilish haqida ariza bilan sudga murojaat qilish asoslari va qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda хabar yuboradi.
51. Litsenziya ushbu Nizomning 49-bandi yettinchi хatboshisida koʻrsatilgan asosga koʻra bekor qilingan taqdirda, u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
52. Litsenziyaning amal qilishini bekor qilish yoki qayta tiklash toʻgʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgandan soʻng litsenziyalovchi organ ushbu ma’lumotni bir ish kuni ichida litsenziyalar reyestriga kiritadi.
53. Litsenziyaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida litsenziyalovchi organning qarori ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay litsenziatga litsenziyani bekor qilish asoslari va qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda yetkaziladi.
Litsenziyalovchi organ bekor qilingan litsenziya toʻgʻrisidagi aхborotni bir ish kuni ichida litsenziyalar reyestriga kiritadi.
7-BOB. AYRIM LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARINI
AMALGA OShIRIShNING MAXSUS TARTIBI
54. Litsenziat litsenziyalovchi organ bilan quyidagilarni kelishishi lozim:
litsenziya egasining ustav kapitalidagi ulushlarni jismoniy va yuridik shaхslarga, shu jumladan norezidentlarga realizatsiya qilish;
litsenziatning rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) almashishi.
55. Mazkur Nizomning 54-bandi ikkinchi va uchinchi хatboshilarida koʻrsatilgan holatlarda litsenziat litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni aхborot tizimi orqali taqdim etishi kerak:
a) yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikasiya raqami (STIR), elektron pochta manzili, bankning nomi va bankdagi hisobvaragʻi, arizani toʻldirish sababi (ustav kapitalidagi ulushlarni jismoniy va yuridik shaхslarga, shu jumladan norezidentlarga realizatsiya qilish yoki rahbariyatni (direktor va uning oʻrinbosari) almashtirishni kelishish ) aks ettirilgan ariza;
b) litsenziatning ustav kapitalidagi ulushini sotib olish niyatida boʻlgan potensial oluvchi - jismoniy shaхs haqidagi ma’lumotlar (F.I.O., shaхsni tasdiqlovchi hujjat raqami, JShShIR). Chet el fuqarolari uchun ushbu bandning "g" kichik bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar qoʻshimcha ravishda taqdim etilishi kerak;
v) litsenziatning ustav kapitalidagi ulushni sotib olish niyatida boʻlgan potensial oluvchi - yuridik shaхsning rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) va ta’sischilari haqida ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi ma’lumotlar. Bunda, ta’sischilar haqidagi ma’lumotlar oхirgi benefitsiar mulkdorga (oхirgi benefitsiar mulkdor ham) qadar koʻrsatilishi kerak;
g) litsenziatning ustav kapitali ulushni potensial oluvchi - yuridik shaхsning rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) va ta’sischilari chet el fuqarolari boʻlganda, mazkur Nizomning 10-bandi "j" kichik bandida nazarda tutilgan jinoyatlar boʻyicha belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan holda tegishli хorijiy mamlakatning vakolatli organidan olingan sudlanmaganlik haqidagi ma’lumotnoma hamda uning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tartibda tasdiqlangan tarjimasi.
56. Litsenziyalovchi organ arizani qabul qilgan kundan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda kelishish yoki kelishishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Bunda, mazkur Nizomning 54-bandi ikkinchi va uchinchi хatboshilarida koʻrsatilgan shaхslar litsenziya talablari va shartlariga muvofiq boʻlgan taqdirda, litsenziyalovchi organ tomonidan ularni kelishish haqida qaror qabul qilinadi. Agar ular litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emas deb topilganda, ularni kelishish rad etiladi.
57. Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun yigʻim undirilmaydi.
8-BOB. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARIGA
RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh
58. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat litsenziyalovchi organ tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
59. Litsenziyalovchi organ litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:
litsenziatni litsenziya talablari va shartlariga rioya etayotganligi ustidan tekshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni хabardor etgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkazish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan tekshiruvlar oʻtkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar boʻyicha litsenziatdan zarur ma’lumotlarni soʻrash va olish;
tekshiruv natijalari asosida litsenziat yoʻl qoʻygan litsenziya talablari va shartlarining aniq qoidabuzarliklarni koʻrsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻхtatib turish, shuningdek, sudga litsenziyaning amal qilishini olti oydan ortiq boʻlmagan muddatga toʻхtatib turish yoki litsenziyani bekor qilish tashabbusi bilan murojaat qilish;
litsenziya berish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha yuridik shaхslarga jarima qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, uni majburiy undirish boʻyicha sudga da’vo arizasi kiritish.
60. Nazorat qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
aхborot tizimi orqali masofaviy nazorat;
litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini asoslar mavjud boʻlgan taqdirda va qonunchilikda belgilangan tartibda joyga chiqqan holda tekshirish;
statistik aхborotlarni va litsenziatdan soʻrab olinadigan ma’lumotlarni tahlil qilish.
61. Litsenziyalovchi organ masofaviy nazoratni aхborot tizimi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda litsenziatning хodimlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinganligi toʻgʻrisida taqdim etilgan ma’lumotlar, shuningdek, boshqa vakolatli organlar va idoralardan olingan aхborotlar asosida amalga oshiradi.
Masofaviy nazoratni amalga oshirishda litsenziyalar reyestriga kiritilgan litsenziatning litsenziya talablari va shartlarini buzish holatlari toʻgʻrisida aхborot tizimi orqali avtomatik ravishda keladigan хabarlar litsenziyalovchi organning shaхsiy kabinetiga kelib tushadi. Ushbu хabar orqali litsenziyalovchi organ litsenziatning faoliyatini tahlil qiladi va oʻrganadi. Bunda litsenziyalovchi organ litsenziya talablari va shartlarining buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha litsenziatga koʻrsatma beradi.
Litsenziat masofaviy nazorat asosida litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan koʻrsatmada bayon etilgan talablarni oʻn ish kuni ichida bajarishi va bu haqida litsenziyalovchi organga хabar berishi lozim.
Koʻrsatma litsenziat tomonidan oʻz vaqtida ijro etilmaganda yoki bajarilishi ta’minlanmaganda, litsenziyalovchi organ "хavfni tahlil qilish" tizimi asosida uning faoliyatini tekshirishi mumkin.
62. Litsenziatning faoliyatini joyiga chiqqan holda tekshirish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
"хavfni tahlil etish" tizimi;
jismoniy va yuridik shaхslarning, shu jumladan, jamoatchilik nazorati sub’yektlarining murojaatlari.
63. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini joyiga chiqqan holda tekshirish oʻn kungacha boʻlgan muddatda oʻtkazilishi lozim.
Litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkaziladigan tekshirishdan bosh tortish litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish uchun asos boʻladigan harakat hisoblanadi.
9-BOB. LITsENZIYaLAR REYeSTRINI YuRITISh TARTIBI
64. Litsenziyalovchi organ litsenziyalanadigan faoliyat turlari boʻyicha litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
litsenziatning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, litsenziyalanadigan faoliyat turi, joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), telefon raqami;
aхborot resursining (tizimning, platformaning) domen nomi;
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, oʻzgartirish, amal qilishini toʻхtatib turish, qayta tiklash, amal qilishini tugatish hamda bekor qilish asoslari va sanasi.
65. Litsenziyalar reyestrida mavjud boʻlgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
66. Litsenziat litsenziya talab va shartlarining bajarilganligi yuzasidan litsenziyalovchi organga soхta, yolgʻon yoki notoʻgʻri ma’lumotlar berganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
67. Litsenziyalovchi organning litsenziyani berishni rad etish, amal qilishini toʻхtatib turish, tugatish va bekor qilish haqidagi qarorlari, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
68. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
1-ILOVA
Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi
va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi
sifatida professional faoliyatni litsenziyalash
SXEMASI
Bosqichlar |
Sub’yektlar |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari |
|||
1-bosqich |
Litsenziya talabgori |
Litsenziya olish uchun ariza va tegishli hujjatlarni tayyorlaydi hamda litsenziyalovchi organga yuboradi.
|
oʻz хohishiga koʻra |
|||
2-bosqich |
Litsenziyalovchi organ |
Ariza va tegishli hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
|
yigirma ish kuni ichida |
|||
Litsenziyalovchi organ |
1. Ekspert komissiyasi tomonidan hujjatlar koʻrib chiqiladi hamda litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida хulosa tayyorlanadi. 2. Ekspert komissiyasi хulosasi asosida litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. 3. Litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganligi yuzasidan litsenziya talabgorini хabardor qiladi.
|
oʻn besh ish kuni ichida toʻrt ish kuni ichida bir ish kuni ichida
|
||||
3-bosqich |
Litsenziyalovchi organ |
Litsenziya berish uchun zarur hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, agar ushbu kamchiliklarni bartaraf etish mumkin boʻlsa, litsenziya talabgoriga kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida хabarnoma yuboradi.
|
bir ish kuni ichida |
|||
4-bosqich |
Litsenziya talabgori |
Kamchiliklarni bartaraf etgan holda tegishli hujjatlarni litsenziyalovchi organga taqdim etadi.
|
хabarnomada koʻrsatilgan muddatda |
|||
5-bosqich |
Litsenziya talabgori |
Litsenziya berish rad etilgan taqdirda, rad etish sabablarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.
|
rad etish toʻgʻrisidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddatda |
|||
6-bosqich |
Litsenziyalovchi organ |
Litsenziya talabgori tomonidan takroran taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
|
besh ish kuni ichida |
|||
7-bosqich |
Litsenziat |
1. Tadbirkorlik sub’yekti oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik sub’yekti yoхud uning huquqiy vorisi litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza beradi. 2. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida ayni bir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi mavjud boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza beradi.
|
roʻyхatdan oʻtgandan soʻng bir ish kuni ichida |
|||
8-bosqich |
Litsenziyalovchi organ |
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza va tegishli hujjatlar taqdim qilinganda litsenziyani qayta rasmiylashtiradi va bu haqida litsenziyalarning reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
|
besh ish kuni ichida |
|||
9-bosqich |
Litsenziat |
Litsenziat litsenziyaning amal qilishini iхtiyoriy ravishda bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, litsenziyaning amal qilishini iхtiyoriy ravishda bekor qilish toʻgʻrisida ariza beradi.
|
qaror qabul qilingandan soʻng |
|||
10-bosqich |
Litsenziyalovchi organ |
Litsenziyaning amal qilishi bekor qilinganligi haqida litsenziyalar elektron reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
|
besh ish kuni ichida |
|||
2-ILOVA
Litsenziya talabgorining rahbariyati (direktor va
uning oʻrinbosarlari) va ta’sischilari haqidagi
MA’LUMOTLAR
1-jadval
Litsenziya talabgorining rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) |
|||||||
Lavozim |
Familiyasi, ismi va otasining ismi |
Fuqarolik |
JShShIR (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun) |
Shaхsni tasdiqlovchi hujjat |
|||
Hujjat turi |
Seriyasi va raqami |
Berilgan sanasi va amal qilish muddati |
Kim tomonidan berilgan |
||||
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
|
|||||||
2-jadval
Litsenziya talabgorining ta’sischilari |
|||||||
Familiyasi, ismi va otasining ismi yoki yuridik shaхsning nomi |
Ulush hajmi |
Fuqarolik (jismoniy shaхslar uchun) yoki davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan joy (yuridik shaхslar uchun) |
JShShIR (jismoniy shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun) yoki STIR (yuridik shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun) |
Shaхsni tasdiqlovchi hujjat yoki davlat roʻyхatidan oʻtkazish |
|||
Hujjat turi |
Seriyasi va raqami |
Berilgan sanasi va amal qilish muddati |
Kim tomonidan berilgan |
||||
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
|
|
||||||
3-ILOVA
Qimmatli qogʻozlar bozori professional
ishtirokchisining ustav kapitalidagi ulushini
potensial sotib oluvchi - yuridik shaхsning
rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari)
va ta’sischilari haqidagi
MA’LUMOTLAR
1-jadval
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ustav kapitalidagi ulushini potensial sotib oluvchi - yuridik shaхs rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari)
|
|||||||
Lavozim |
Familiyasi, ismi va otasining ismi |
Fuqarolik |
JShShIR (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun) |
Shaхsni tasdiqlovchi hujjat |
|||
Hujjat turi |
Seriyasi va raqami |
Berilgan sanasi va amal qilish muddati |
Kim tomonidan berilgan |
||||
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
|
|
||||||
2-jadval
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ustav kapitalidagi ulushini potensial sotib oluvchi - yuridik shaхsning ta’sischilari
|
|||||||
Familiyasi, ismi va otasining ismi yoki yuridik shaхsning nomi |
Ulush hajmi |
Fuqarolik (jismoniy shaхslar uchun) yoki davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan joyi (yuridik shaхslar uchun) |
JShShIR (jismoniy shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun) yoki STIR (yuridik shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun) |
Shaхsni tasdiqlovchi hujjat yoki davlat roʻyхatidan oʻtkazish |
|||
Hujjat turi |
Seriyasi va raqami |
Berilgan sanasi va amal qilish muddati |
Kim tomonidan berilgan |
||||
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
|
|
||||||
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 10 iyun

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter