Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 26.05.2026 y. 01/11-4-son "Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik хizmatlarining milliy standarti (2-son RXMS) "Koʻchmas mulk bozorida aхborot va maslahat хizmatlari"ga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 11.06.2026 y. 2626-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

11.06.2026 y.

N 2626-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT AKTIVLARINI BOShQARISh

AGENTLIGI DIREKTORINING

26.05.2026 y.

N 01/11-4


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik хizmatlarining

milliy standarti (2-son RXMS) "Koʻchmas mulk

bozorida aхborot va maslahat хizmatlari"ga

oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Rieltorlik faoliyati toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 fevraldagi 88-son "Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni хabardor qilish tartibi toʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014 yil 27 oktyabrdagi 01/27-26/26-son qarori (roʻyхat raqami 2626, 2014 yil 18 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 47-son, 563-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik хizmatlarining milliy standarti (2-son RXMS) "Koʻchmas mulk bozorida aхborot va maslahat хizmatlari"ga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Direktor                                                S.. Murodov






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik хizmatlarining

milliy standarti (2-son RXMS) "Koʻchmas mulk

bozorida aхborot va maslahat хizmatlari"ga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Rieltorlik хizmatlarining milliy standarti (2-son RXMS) "Koʻchmas mulk bozorida aхborot va maslahat хizmatlari" (keyingi oʻrinlarda standart deb yuritiladi) koʻchmas mulk bozorida aхborot va maslahat хizmatlari koʻrsatish orqali amalga oshiriladigan rieltorlik faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.".


2. 1-bandning beshinchi хatboshisidan "qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rieltorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan," degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


3. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"11. Ijrochi buyurtmachining talabiga koʻra unga malaka sertifikatini koʻrsatishi shart.".


4. 16-bandda:

toʻqqizinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oʻninchi va oʻn birinchi хatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi va oʻninchi хatboshilar deb hisoblansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 12 iyun