Sogʻliqni saqlash vazirining 11.06.2026 y. 21-son "Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 17.06.2026 y. 3500-1-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
17.06.2026 y.
N 3500-1
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRINING
11.06.2026 y.
N 21
BUYRUGʻI
Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli
jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha
va oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 maydagi PF-77-son "Sogʻliqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024 yil 7 fevraldagi 6-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 3500, 2024 yil 7 mart) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2024 y., 10/24/3500/0197-son) bilan tasdiqlangan Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir E.E. Adilov
ILOVA
Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli
jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan
qoʻshimcha va oʻzgartirish
1. 4-band quyidagi mazmundagi yigirmanchi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlarida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish.".
2. 2-ilova mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
ILOVA
"Tibbiyotni rivojlantirish
davlat maqsadli jamgʻarmasi
toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Tibbiyotni rivojlantirish davlat
maqsadli jamgʻarmasi kuzatuv kengashi
TARKIBI
E.E. Adilov |
- |
sogʻliqni saqlash vaziri, Kuzatuv kengashi raisi |
Sh.D. Muхamedov |
- |
sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi raisi oʻrinbosari |
O.S. Imamov |
- |
sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari |
A.Y. Xudoyqulov |
- |
sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari |
O.M. Omonov |
- |
sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari |
I.Oʻ. Umrzakov |
- |
sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari |
Lavozimiga koʻra |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligining Moliya-iqtisod departamenti boshligʻi |
Lavozimiga koʻra |
- |
Sogʻliqni saqlash vaziri Kotibiyati boshligʻi |
Lavozimiga koʻra |
- |
Tibbiyot ta’limi va ilm-fan departamenti boshligʻi |
Lavozimiga koʻra |
- |
Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish departamenti boshligʻi |
Lavozimiga koʻra |
- |
Respublika iхtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori |
Lavozimiga koʻra |
- |
Respublika iхtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori |
Lavozimiga koʻra |
- |
Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori |
Lavozimiga koʻra |
- |
Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi direksiyasi boshligʻi, Kuzatuv kengashi kotibi |
Izoh: Kuzatuv kengashining a’zolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki ularning vazifalarini bajarish yuklatilgan shaхslar kiritiladi.".
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 18 iyun

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter