Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirining 27.06.2026 y. 389-son "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 29.06.2026 y. 3871-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

29.06.2026 y.

N 3871




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRINING

27.06.2026 y.

N 389


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan

tadbirkorlik sub’yektlarining qonunchilikka rioya etilishi

ustidan nazoratni amalga oshirishda "Xavfni tahlil qilish"

elektron tizimini joriy etish tartibi toʻrisidagi nizomni

tasdiqlash haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 noyabrdagi PF-184-son "Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi va 2026 yil 17 apreldagi PF-63-son "Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 oktyabrdagi 611-son "Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimini joriy etish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.


3. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.



Vazir                                                     A.A. Tashpulatov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 1 iyul