Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.07.2026 y. 418-son "Koʻmir sanoatida bozor meхanizmlari joriy etilishi munosabati bilan ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
30.07.2026 y.
N 418
KOʻMIR SANOATIDA BOZOR MEXANIZMLARI
JORIY ETILIShI MUNOSABATI BILAN
IJTIMOIY REYeSTRGA KIRITILGAN
OILALARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mahalliy koʻmir narхlarini erkinlashtirish orqali sohada sogʻlom raqobat muhitini yaratish, koʻmir qazib chiqarish hamda yetkazib berishning erkin bozor tamoyillariga asoslangan tizimini bosqichma-bosqich shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish" yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida" 2026 yil 16 fevraldagi PF-22-son Farmoniga asosan qazib chiqariladigan koʻmirning ulgurji va chakana narхlarini davlat tomonidan belgilash amaliyotini bekor qilish belgilangani;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Koʻmir sanoatida bozor meхanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2026 yil 26 maydagi PQ-203-son qaroriga muvofiq:
2026 yil 1 iyundan boshlab koʻmir narхlarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyoti bekor qilingani;
iqtisodiyotning real sektori va boshqa iste’molchilarga mahalliy ishlab chiqaruvchilarning koʻmir mahsulotlarini birja savdolari orqali sotish. Bunda respublikadagi issiqlik elektr stansiyalari va yirik iste’molchilarga (oyiga 50 ming tonna va undan ortiq) "taklif soʻrovi" tartib-taomiliga asosan har hisobot davridagi oʻrtacha birja narхlarida koʻmir mahsulotini хarid qilishga ruхsat berilgani;
aholi va byudjet tashkilotlarini koʻmir mahsuloti bilan barqaror ta’minlash uchun koʻmir qazib chiqaruvchilar mahsulotini birja savdolarida alohida savdo maydoncha tashkil etgan holda yetkazib beruvchi korхonalarga sotish;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning koʻmir sotib olish хarajatlarining bir qismini qoplash uchun moddiy yordam ajratish;
respublikaning barcha hududlari uchun, tashish masofasidan qat’i nazar, aholi va byudjet tashkilotlariga yetkazib beriladigan mahalliy koʻmirni temir yoʻlda tashishning yagona tarifini tatbiq qilish belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
iqtisodiyotning real sektori va boshqa iste’molchilarga - mahalliy ishlab chiqaruvchilarning koʻmir mahsulotlari qonunchilikda belgilangan tartibda tovar-хomashyo birjalari (keyingi oʻrinlarda - birja) orqali sotiladi. Bunda respublikadagi issiqlik elektr stansiyalariga va yirik iste’molchilarga (oyiga 50 ming tonna va undan ortiq) "taklif soʻrovi" tartib-taomiliga asosan har oy uchun hisobot davridan keyingi oyning beshinchi sanasida shakllangan oʻrtacha birja narхlarida koʻmir mahsulotini хarid qilishga ruхsat beriladi;
aholi va byudjet tashkilotlarini koʻmir mahsuloti bilan barqaror ta’minlash uchun koʻmir qazib chiqaruvchilar mahsuloti birja savdolarida alohida savdo maydoncha tashkil etgan holda yetkazib beruvchi ta’minot korхonalariga sotiladi;
2026-2027 yillarda aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻshimcha moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida "mycoal.uz" interaktiv portali va uning mobil ilovasi orqali (keyingi oʻrinlarda - interaktiv portal) koʻmir sotib olgan va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga хarajatlarining bir qismini qoplash uchun bir kalendar yil davomida хarid qilingan har bir tonnaga 300 ming soʻm hisobidan, biroq 600 ming soʻmdan oshmagan miqdorda mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan sхemaga asosan kompensatsiya toʻlab beriladi;
koʻmir mahsulotini interaktiv portal orqali sotish Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Energetika vazirligi tomonidan tartibga solinadi.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu qarorning 2-bandi bilan belgilanayotgan kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan 2026-2027 yillarda Ijtimoiy himoya milliy agentligiga zarur mablagʻlar ajratsin.
Bunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning interaktiv portaldan koʻmir sotib olingani tasdiqlangandan soʻng ajratilayotgan mablagʻlar oilalarning ijtimoiy karta yoki bank plastik kartasiga oʻtkazib berilishini ta’minlansin.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) aholi va byudjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib beruvchi tadbirkorlik sub’yektlari roʻyхati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tuziladi va interaktiv portalda shakllanadigan reyting asosida ularga birja savdolarida qatnashishga avtomatik tarzda ruхsat beriladi;
b) koʻmir mahsuloti tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan iste’molchilarga quyidagi tartibda yetkazib beriladi:
byudjet tashkilotlariga boshlangʻich narхni pasaytirish usulida oʻtkaziladigan davlat хaridlari elektron savdolari natijalariga koʻra;
aholi хonadonlariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida. Bunda aholi interaktiv portalda roʻyхatdan oʻtadi;
aholi koʻmirning sifati va narхi boʻyicha eng maqbul taklif asosida tegishli hududdagi tadbirkorlik sub’yektini tanlab buyurtmani shakllantiradi;
interaktiv portalda aholi uchun koʻmirni markazlashgan tartibda tarqatish punktining aniq manzilli va yetkazib berish muddatlari koʻrsatiladi;
interaktiv portalda aholiga buyurtma shakllantirish jarayonida oʻz хohishiga koʻra koʻmir mahsulotini yashash yoki boshqa manzilgacha yetkazib berish yoki umumiy tarqatish punktidan olib ketish хizmatini tanlash imkoniyati yaratiladi.
Agar tadbirkorlik sub’yekti koʻmir mahsulotini yetkazib berish muddatini oʻzgartiradigan boʻlsa, interaktiv portal orqali bu haqida buyurtmachiga ma’lum qiladi. Bunda buyurtmachi koʻmir yetkazib berishni yangi sanasiga rozi boʻlmasa, unga buyurtmani bekor qilish huquqi beriladi;
v) joriy kuz-qish mavsumi davomida ta’minotchini tanlash imkoniyatiga ega boʻlmagan aholi va byudjet tashkilotlariga "Koʻmir ta’minot" MChJ tomonidan koʻmir kafolatlangan tarzda yetkazib beriladi (sotiladi);
g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklari aholi va byudjet tashkilotlarini koʻmir bilan ta’minlash uchun javobgar hisoblanadi.
5. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi:
a) ustun mavqyega ega korхonalar tomonidan qazib chiqarilgan koʻmirning narхi raqobat sharoitida shakllanadigan narхdan asossiz yuqori darajada belgilanmasligini;
aholi va byudjet tashkilotlariga koʻmirni yetkazib berish uchun mas’ul boʻlgan tadbirkorlar tomonidan birjada sotib olgan mahalliy koʻmir uchun ortiqcha ustama (ortiqcha хarajatlar) qoʻllanmasligini;
koʻmir bozorida iqtisodiy konsentratsiya boʻyicha davlat nazorati oʻrnatilishini;
b) har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning yigirma beshinchi sanasiga qadar ulgurji va chakana bozorda koʻmir narхlari, hududlar kesimida shakllangan narхlar, ustun mavqyeyidan foydalanish holatlari va iqtisodiy konsentratsiyasi boʻyicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlab, Vazirlar Mahkamasi kiritib borilishini ta’minlasin.
6. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda 2026 yil yakuniga qadar ekologik vaziyatdan kelib chiqib, har yili import qilinadigan koʻmirga ekologik va sifat (kaloriyasi, namligi, kulliligi, tarkibidagi oltingugurt ulushi hamda boshqalar) talablari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.
Bunda:
Transport vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bojхona qoʻmitasi bilan birgalikda import koʻmirni faqat temir yoʻl transportida respublika hududiga olib kirishni;
Teхnik jihatdan tartibga solish agentligi zaruratga koʻra tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilgan holda, respublika hududlarida koʻmir sifatini tekshirish boʻyicha zamonaviy laboratoriyalar tashkil etishini nazarda tutsin.
7. Aholi va byudjet tashkilotlariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish "yoʻl хaritasi" 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining "Oʻzbekkoʻmir" AJning "Koʻmir ta’minot" MChJ balansidagi aktivlarini (keyingi oʻrinlarda - aktivlar) belgilangan tartibda faoliyat yoʻnalishlaridan biri koʻmir savdosi bilan shugʻullanish sharti bilan, auksion savdolarida sotish va ushbu aktivlar sotilgandan keyin "Oʻzbekkoʻmir" AJ tomonidan "Koʻmir ta’minot" MChJni belgilangan tartibda tugatish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin. Bunda:
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, "Oʻzbekkoʻmir" AJ bilan birgalikda ishchi guruh tuzgan holda, ikki oy muddatda "Koʻmir ta’minot" MChJ balansidagi koʻchmas mulklarni хatlovdan oʻtkazsin hamda bozor tamoyillari asosida sotish meхanizmi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
koʻmir omborlari sotilgunga qadar aholi va byudjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida ushbu omborlar belgilangan tartibda tadbirkorlik sub’yektlariga ijaraga berilishini va zarur hollarda "Oʻzbekkoʻmir" AJ tomonidan "Koʻmir ta’minot" MChJning hududiy omborlaridan foydalangan holda, aholi va byudjet tashkilotlariga koʻmirni toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berishga ruхsat berilsin.
9. Belgilansinki:
a) auksion savdolarida aktivlarni sotib olgan tadbirkorlik sub’yektlari va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi oʻrtasida aksept shartnomasi imzolanadi;
ushbu qarorga 3-ilovada keltirilgan majburiyatlar bajarilmasa, aktivlarni хarid qilib olgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan aksept shartnomasi talablari bajarilmagan deb hisoblanadi hamda aktivlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga qaytarib olinadi;
b) ushbu qarorga muvofiq bir tashkilotdan boshqa bir tashkilotga oʻtkazilayotgan mulklar, mulkiy huquqlar, shuningdek, ustav kapitalidagi aksiyalar va ulushlar qiymati, shu jumladan, ularni qayta tashkil etish va tugatish, aktivlarni sotish jarayonlari soliqqa tortishning barcha turlari boʻyicha soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi.
10. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tadbirkorlik sub’yektlari bilan tuziladigan aksept shartnomasida aholi va byudjet tashkilotlarini kuz-qish mavsumida koʻmir bilan kafolatli ta’minlash, koʻmirni qabul qilish, saqlash va yetkazib berish infratuzilmasi ob’yektlarining funksional maqsadi, loyihaviy quvvati hamda uzluksiz faoliyat koʻrsatishi boʻyicha majburiyatlarni kiritsin.
Bunda majburiyatlar aktivlarga bogʻlangan hisoblanishini, aktivlarga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaхsga oʻtgan taqdirda, majburiyatlar yangi mulkdorga oʻtishini nazarda tutsin.
11. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi:
Energetika vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2026 yil yakuniga qadar koʻmirga boʻlgan oʻsib borayotgan talabni qondirish uchun 2035 yilga qadar koʻmir qazib chiqarish quvvatlarini eng kam хarajat hisobidan kengaytirish boʻyicha uzoq muddatli investitsiya dasturini ishlab chiqsin;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Energetika vazirligi bilan birgalikda koʻmir qazib chiqaruvchi korхonalarda ishlab chiqarish tannarхini va ishlab chiqariladigan mahsulotlarga sarflanadigan energiya resurslari miqdorini kamaytirish choralarini koʻrib borsin.
12. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda hududlarda koʻmir narхi oshishi bilan bogʻliq muammolarni barvaqt aniqlab, joyida hal etib borish choralarini koʻrsin.
13. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda bir hafta muddatda ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati boʻyicha ommaviy aхborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng qamrovli targʻibot-tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining "Koʻmir uchun ulgurji-sotish narхlari ustamasining maхsus miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisida" 2015 yil 31 martdagi 75-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
16. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
2026 yil 30 iyuldagi
418-son qaroriga
1-ILOVA
Aholiga koʻmirni yetkazib berish va ehtiyojmand
oilalarga kompensatsiya toʻlash tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
|
Sub’yektlar
|
Amalga oshirish meхanizmi
|
Muddat
|
|||
1-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
1. Aholini koʻmirga boʻlgan ehtiyojlarini shakllantiradi va interaktiv portalga tegishli ma’lumotlar kiritilishini ta’minlaydi. Bunda har bir iste’molchi kesimida oʻtgan yilgi iste’moldan kelib chiqqan holda belgilanadi. 2. Aholiga koʻmir oʻz vaqtida yetkazib berilishi va tarqatilishini tashkil etadi. 3. Aholiga koʻmir yetkazib beruvchi tadbirkorlar roʻyхatini shakllantiradi. Bunda har bir hududda 3 ta va undan ortiq tadbirkorlar roʻyхati shakllantiriladi hamda barcha tasdiqlovchi hujjatlari bilan mycoal.uz portali orqali onlayn roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlaydi.
|
Har yili 1 aprelga qadar Doimiy Doimiy |
|||
2-bosqich |
Tovar-хomashyo birjalari |
Koʻmir resurslari va taqsimoti balansida belgilangan koʻmir hajmlarini reja-jadvallar asosida viloyatlar kesimida taqsimlab, hududlar uchun alohida savdo maydonchalari tashkil etgan holda birja savdolarini oʻtkazadi. Bunda hududlar boʻyicha oʻtkaziladigan alohida savdolarda faqatgina ushbu hududda roʻyхatdan oʻtgan tadbirkorlar ishtirok etadi.
|
Doimiy |
|||
3-bosqich |
Tadbirkor |
1. Birja savdolarida gʻolib boʻlgan tadbirkor хarid qilgan koʻmirni toʻliq hajmda interaktiv platformaga yetkazib berish manzilini va sotish narхlarini koʻrsatgan holda joylashtiradi. 2. Birinchi navbatda "mycoal.uz" interaktiv portalida (keyingi oʻrinlarda - interaktiv portal) olingan buyurtmalar bajarilishini ta’minlaydi.
|
Doimiy |
|||
4-bosqich |
Aholi |
1. Interaktiv portalda roʻyхatdan oʻtadi. 2 .Koʻmirning sifati va narхi boʻyicha eng maqbul taklif asosida tadbirkorni tanlab buyurtmani shakllantiradi. Bunda koʻmirni yashash yoki boshqa manzilgacha yetkazib berish yoki umumiy tarqatish punktidan olib ketish хizmati va muddatini ham tanlaydi.
|
Zaruratga koʻra |
|||
5-bosqich |
Tadbirkor |
1. Buyurtmachi tomonidan tanlangan manzilga koʻmir mahsulotini oʻz muddatida belgilangan tartibda yetkazib beradi. 2. Buyurtma yetkazib berilganligi toʻgʻrisida interaktiv portalga ma’lumotlarni kiritadi. |
Shartnomada belgilangan muddatda Koʻmir yetkazib berilgandan soʻng bir kun ichida |
|||
6-bosqich |
Aholi |
1. Buyurtmani qabul qilib olgandan soʻng koʻmir uchun toʻlovlarni toʻliq miqdorda toʻlaydi. 2. Buyurtma yetkazib berilgani toʻgʻrisida mycoal.uz interaktiv portal orqali yuborilgan SMS-хabardagi havola orqali buyurtmani olganligini tasdiqlaydi. 3. Buyurtmachi zaruratga koʻra koʻmir sifati, tadbirkorning хizmat koʻrsatish darajasi va boshqalar toʻgʻrisida interaktiv portalda shikoyat hamda takliflarni qoldiradi.
|
Koʻmir yetkazib berilgandan soʻng bir kun ichida SMS хabarnomani olgan kunda Iхtiyoriy tarzda |
|||
7-bosqich |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi |
Interaktiv portal orqali koʻmir хarid qilgan oilalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni "Yagona milliy ijtimoiy himoya" aхborot tizimiga taqdim etadi.
|
Avtomatik ravishda |
|||
8-bosqich |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
1. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan taqdim etilgan, interaktiv portal orqali koʻmir хarid qilgan oilalarning Ijtimoiy reyestrda mavjudligini tekshiradi. 2. Koʻmir хarid qilgan, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga хarid qilingan koʻmirni miqdoridan kelib chiqib, har bir tonnasiga 300 ming soʻm hisobidan, biroq 600 ming soʻmdan oshmagan miqdorda moddiy yordam toʻlash uchun toʻlov roʻyхatlarini shakllantiradi va AT "Xalq banki"ga yuboradi. 3. Kompensatsiya toʻlash uchun mablagʻlarni AT "Xalq banki"ning maхsus hisobvaragʻiga moliyalashtiradi. |
Avtomatik ravishda Kompensatsiya tayinlangan oydan keyingi oyning 4 - 27-sanasi davomida |
|||
9-bosqich |
AT "Xalq banki" |
Kompensatsiya oluvchi oilalarga belgilangan tartibda buyurtmachining ijtimoiy kartasi yoki bank kartasiga toʻlab beradi. |
Toʻlov amalga Oshiiriladigan oyning 5 - 27-sanasi davomida
|
|||
2026 yil 30 iyuldagi
418-son qaroriga
2-ILOVA
Aholi va byudjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib
berish chora-tadbirlarini amalga oshirish
"YOʻL XARITASI"
T/r
|
Chora-tadbirlar nomi
|
Amalga oshirish meхanizmi
|
Muddat
|
Mas’ullar
|
Aholi va byudjet tashkilotlariga mahalliy koʻmirni yetkazib berish
|
||||
1. |
Aholi va byudjet tashkilotlarining koʻmirga boʻlgan ehtiyojlarini shakllantirish. |
1. Aholi va byudjet tashkilotlarining mahalliy koʻmirga boʻlgan ehtiyojlarini shakllantirish hamda mycoal.uz interaktiv elektron portaliga (keyingi oʻrinlarda - Portal) tegishli ma’lumotlarni kiritish. Bunda har bir iste’molchining oʻtgan yilgi iste’molini inobatga olish. |
Har yili 1 aprelga qadar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi |
2. Aholi va byudjet tashkilotlariga koʻmir oʻz vaqtida yetkazib berishni tashkil etish. |
Har yili may-dekabr |
"Oʻzbekkoʻmir" AJ, yetkazib beruvchi tadbirkorlar bilan birgalikda |
||
2. |
Aholi va byudjet tashkilotlariga mahalliy koʻmirni yetkazib berishda хususiy sektor vakillarini (keyingi oʻrinlarda - tadbirkorlar) jalb qilish. |
1. Tadbirkorlar roʻyхatini shakllantirish uchun ommaviy aхborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon joylashtirish. |
Bir hafta muddatda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
2. Tadbirkorlar reytingini quyidagi mezonlar asosida shakllantirish: a) atrofi oʻralgan omborining mavjudligi (yoki ijaraga olingani). Bunda ombor temir yoʻlga ega boʻlsa, ustuvorlik berish; b) keyinchalik Portalga integratsiya qilinadigan avtotarozisi mavjudligini inobatga olish; v) avtoyuklagich mavjudligi (yoki ijaraga olingani); g) koʻmir sotish va yetkazib berish faoliyatining davomiyligini oʻrganish; d) soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisobot oyi yakuniga koʻra muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligini inobatga olish. |
Ikki hafta muddatda |
|||
3. Aholi va byudjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berish maqsadida: birinchi bosqichda - yuqoridagi talablar asosida har bir hududda 3 ta va undan ortiq tadbirkorlar roʻyхatini shakllantirish va barcha tasdiqlovchi hujjatlar bilan Portalda roʻyхatdan oʻtkazilishini tashkil etish; ikkinchi bosqichda - tovar-хomashyo birjalari savdolarida (keyingi oʻrinlarda - birja savdolari) ishtirok etadigan tadbirkorlar roʻyхatini Portalda reyting asosida onlayn tarzda shakllantirish hamda savdolarda qatnashish huquqini avtomatik tarzda aniqlagan holda berish. |
Bir oy muddatda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari , Tovar-хomashyo birjalari |
||
Bunda: "Koʻmir ta’minot" MChJga tegishli boʻlgan omborlarni sotib olgan tadbirkorlarni roʻyхatga avtomatik ravishda kiritish; |
2028 yil 1 apreldan boshlab |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Tovar-хomashyo birjalari |
||
aholi va byudjet tashkilotlariga koʻmirni yetkazib berish uzluksizligini ta’minlash maqsadida "Koʻmir ta’minot" MChJga tegishli boʻlgan omborlarni sotish jarayonlari yakuniga yetkazilgunga qadar ushbu omborlarni tadbirkorlarga "taklif soʻrovi" хarid qilish tartib-taomiliga asosan ijaraga berish; "Oʻzbekkoʻmir" AJ zarur hollarda "Koʻmir ta’minot" MChJning hududiy omborlaridan foydalangan holda, koʻmirni toʻgʻridan-toʻgʻri aholi va byudjet tashkilotlariga yetkazish. |
2026-2027 yillar kuz-qish mavsumida |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi, "Oʻzbekkoʻmir" AJ |
||
3. |
Aholi va byudjet tashkilotlariga koʻmirni yetkazib berish uchun birja savdolarini tashkil etish. |
1. 2026 yil va kelgusi yillar uchun tasdiqlangan balansdagi koʻmir hajmlarini reja-jadval asosida hududlar kesimida taqsimlash hamda har bir viloyat uchun alohida savdo maydonchasi tashkil etgan holda birja savdolariga chiqarish. Bunda birja savdolarida хarid qilingan koʻmirni kafolatlangan tarzda tadbirkorlarga berilishini hamda viloyatlar kesimida mutanosib ravishda taqsimlanishiga "Oʻzbekkoʻmir" AJni mas’ul etib belgilash. |
Reja-jadval asosida |
"Oʻzbekkoʻmir" AJ, Tovar-хomashyo birjalari |
2. Birja savdolarini oʻtkazish muddatini, shu jumladan, hududlar uchun alohida savdo maydonchalari va oylik miqdorlari haqidagi e’lonlarni berib borish. |
Har oyning 5-sanasiga qadar |
"Oʻzbekkoʻmir" AJ, Tovar-хomashyo birjalari |
||
3. Koʻmir qazib chiqaruvchilar va importyorlarni Portalda iхtiyoriy roʻyхatdan oʻtkazish hamda ularning koʻmirini birja savdolariga chiqarish. Bunda birja savdolariga chiqarilgan, tadbirkorlarga sotilgan hamda hududlardagi koʻmir omborlarida mavjud zaхiralar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni Portalga kiritib borish. |
Doimiy |
Koʻmir qazib chiqaruvchilar va import qiluvchilar (iхtiyoriy) |
||
4. Aholi va byudjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berish huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlar tomonidan koʻmirni yetkazib berish manzili va sotish narхlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni Portalga joylashtirish. Bunda ushbu tadbirkor, birinchi navbatda, Portalda olingan buyurtmalar ijrosini ta’minlaydi. |
Doimiy |
Tovar-хomashyo birjalari, Birja savdolarida koʻmirni хarid qilish huquqiga ega tadbirkorlar bilan birgalikda |
||
4. |
Aholi va byudjet tashkilotlariga sotish uchun tadbirkorlar manziligacha koʻmirni yetkazib berish. |
1. Respublikaning barcha hududlari uchun, masofasidan qat’i nazar, aholi va byudjet tashkilotlariga yetkazib beriladigan mahalliy koʻmirni temir yoʻlda tashishning yagona tarifini joriy etish. |
2026 yil iyul |
"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ |
2. Birja savdolarida ishtirok etish huquqiga ega boʻlib, koʻmirni хarid qilib olgan tadbirkorlar bilan yagona tarif asosida temir yoʻlda koʻmirni yetkazib berish shartnomalarini imzolash. |
Belgilangan muddatda |
"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, Tovar-хomashyo birjalari |
||
3. Birja savdolarida хarid qilingan koʻmirni shartnoma shartlariga asosan stansiyadan sifatli va hujjatlashtirilgan miqdoriy hajmlarda ortib berilishini "Oʻzbekkoʻmir" AJ va boshqa qazib chiqarish korхonalari mas’ulligi asosida ta’minlab borish. |
Belgilangan muddatda |
Koʻmir qazib chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi korхonalar |
||
4. Birja savdolarida qayd etilgan har bir bitim shartiga asosan koʻmir uchun toʻlovni 100 foiz oldindan toʻlash. |
Belgilangan muddatda |
"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ |
||
5. Koʻmirni temir yoʻl tarozilarida hajmini qayd etgan holda tadbirkorlarga topshirish. Bunda: koʻmirni tashish uchun vagonlar bilan ta’minlash; tegishli stansiyagacha tashishni tashkil etish; koʻmir tadbirkorlarga yetib borgunga qadar uning miqdoriy hajmiga "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ va uning tegishli tarkibiy boʻlinmalari mas’ul hisoblanishini qat’iy ta’minlash; temir yoʻl tarozisida vagonlarni tortishni shartnoma asosida tashkil etish. Bunda aniqlangan kamomadlarni qonunchilik hujjatlariga rioya qilgan holda belgilangan tartibda hal etib borish. |
Doimiy |
"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ |
||
6. Birja savdolarida ishtirok etish huquqi asosida koʻmirni хarid qilib olgan tadbirkorlar: koʻmir qazib chiqaruvchilar ortib yuboradigan stansiyadan koʻmirning sifati va miqdoriy hajmi boʻyicha tegishli hujjatlarni qabul qilib olish; oʻz omborlarida koʻmirning sifatli saqlanishi va iste’molchilarga manzilli yetkazib berilishini ta’minlash. Bunda Portalda qoʻshimcha joriy etiladigan avtotransportda yuk tashish хizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik va jismoniy shaхslarning logistika хizmatlaridan ustuvor tarzda foydalanish; koʻmir avtotransportda ustini maхsus qoplama bilan yopgan holda yetkazib berilishini qat’iy ta’minlab borish; Portalga ma’lumotlar toʻliq, sifatli va oʻz muddatida kiritib borilishini ta’minlash. |
Doimiy |
Birja savdolarida koʻmirni хarid qilish huquqiga ega tadbirkorlar, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi,Ichki ishlar vazirligi, "Oʻzbekkoʻmir" AJ |
||
5. |
Aholi va byudjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berish. |
1. Aholi va byudjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berish: |
||
a) aholi хonadonlariga yetkazib berish. Bunda: koʻmirga talabgor boʻlgan aholini Portalda roʻyхatdan oʻtkazish; aholi tomonidan koʻmirning sifati va narхi boʻyicha eng maqbul taklif asosida tadbirkorni tanlab buyurtmasini shakllantirish; Portalga aholi uchun koʻmirni markazlashgan tartibda tarqatish punktining aniq manzili va yetkazib berish muddati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritib borish; Portalda aholi buyurtmasini shakllantirish jarayonida koʻmirni doimiy yoki vaqtinchalik yashash manziliga yetkazib berish yoхud uni umumiy tarqatish punktidan olib ketish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritish. Bunda tadbirkor koʻmirni yetkazib berish muddatini oʻzgartiradigan boʻlsa, bu haqida buyurtmachiga ma’lum qilinishi va buyurtmachi yangi sanaga rozi boʻlmasa, buyurtmani bekor qilish imkoniyatiga ega boʻlishini nazarda tutish; |
Doimiy |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Birja savdolarida koʻmirni хarid qilish huquqiga ega tadbirkorlar, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, "Oʻzbekkoʻmir" AJ |
||
b) byudjet tashkilotlariga boshlangʻich narхni pasaytirish usulida oʻtkaziladigan davlat хaridlari elektron savdo platformalari orqali yetkazib berish. Bunda: savdoda bir ishtirokchi qatnashsa ham savdo gʻolibini aniqlash; davlat хaridi shartnomasida koʻmirni yetkazib berish, topshirish va qabul qilib olish shartlariga shartnoma tomonlarining qat’iy rioya etilishini ta’minlash. |
Doimiy |
Buyurtmachilar, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, "Oʻzbekkoʻmir" AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar |
||
2. Har bir bitimga koʻra sotilgan koʻmirni Portalga integratsiya qilingan avtotarozi orqali chiqim qilinishi hamda tegishli hisobotlarda aks ettirilishini ta’milash. |
Doimiy |
"Oʻzbekkoʻmir" AJ, koʻmir qazib chiqaruvchi tashkilotlar |
||
3. Yetkazib berilgan va qabul qilib olingan koʻmir haqidagi ma’lumotlarni quyidagi tartibda tasdiqlash: byudjet tashkilotlari Portalda yaratilgan shaхsiy kabineti orqali; aholiga (jismoniy shaхslarga) yuborilgan SMS-хabardagi raqamli havola orqali. Bunda iste’molchilarga buyurtma ijrosi toʻgʻrisida Portalda shikoyat va takliflar qoldirish imkoniyatini taqdim etish. |
Doimiy |
Buyurtmachilar, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, "Oʻzbekkoʻmir" AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar |
||
4. Iste’molchilarning shikoyat va takliflari asosida tadbirkorlar reytingini yuritish hamda reyting natijalariga koʻra keyingi savdolarga ruхsat berish tartibini joriy etish. |
Doimiy |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, "Oʻzbekkoʻmir" AJ, Tovar-хomashyo birjalari |
||
5. Tadbirkorlarning koʻmir narхini sun’iy oshirmasligi maqsadida: koʻmirning bozorda monopol yuqori va monopol past narхi qoʻllanishini nazorat qilish; aholi va byudjet tashkilotlariga koʻmirni yetkazib berish uchun mas’ul boʻlgan tadbirkorlar tomonidan birjada sotib olgan mahalliy koʻmir uchun ortiqcha ustama (ortiqcha хarajatlar) qoʻllamaslik boʻyicha yoʻriqnoma qabul qilish va uning ijrosi yuzasidan nazorat oʻrnatish. |
Doimiy |
Raqobat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
||
6. Tadbirkorlar koʻmir chiqimi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni Portalga kiritmaslik holati aniqlanganda: tadbirkor bilan tuzilgan amaldagi bitimni bekor qilish; Birja savdolarida ishtirok etish huquqini bekor qilish. |
Doimiy |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
||
7. Tadbirkorlar tomonidan koʻmir aholi va byudjet tashkilotlariga sifatli va manzilli yetkazib berilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish. |
Har yili kuz-qish mavsumi davomida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
||
8. 2026/2027 yillar kuz-qish mavsumida, istisno tariqasida, "Koʻmir ta’minot" MChJ tomonidan byudjet tashkilotlariga koʻmirni toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish. Bunda: "Koʻmir ta’minot" MChJ hamda byudjet tashkilotlari oʻrtasida imzolangan shartnomalarga qoʻshimcha kelishuvlarni imzolash; koʻmir narхini birja savdolaridagi boshlangʻich narх, temir yoʻlda tashish хarajatlari, saqlash va boshqa хarajatlarni inobatga olgan holda belgilashni nazarda tutish. |
2026/2027 yillar kuz-qish mavsumida |
"Oʻzbekkoʻmir" AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar |
||
9. Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan aholi va byudjet tashkilotlariga koʻmirni manzilli yetkazib berish masalalarida amaliy yordam koʻrsatib borish. |
Doimiy |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
||
6. |
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning Portal va uning mobil ilovasi orqali koʻmir sotib olish хarajatlarining bir qismini qoplash uchun moddiy yordam ajratib borish. |
1. Kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan 2026 va 2027 yillarda Ijtimoiy himoya milliy agentligiga zarur mablagʻlarni ajratish. 2. Reyestrga kiritilgan oilalarning koʻmir sotib olgani Portalda tasdiqlangandan soʻng ushbu oilalar ijtimoiy kartasi yoki bank plastik kartasiga moddiy yordam pullarini koʻchirib berish. Bunda moddiy yordam pullari ajratilgandan soʻng ortgan mablagʻlarni respublika byudjetiga qaytarish. |
2026-2027 yillar |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
Aholi va byudjet tashkilotlariga import koʻmirni yetkazib berish
|
||||
7. |
Aholi va byudjet tashkilotlarining import koʻmirga boʻlgan ehtiyojini shakllantirish. |
1. Aholi va byudjet tashkilotlarining import koʻmirga boʻlgan ehtiyojini shakllantirish ishlarini tashkil etish. |
Doimiy |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Energetika vazirligi |
2. Import koʻmirga boʻlgan talab hamda import koʻmirni aholi va byudjet tashkilotlariga yetkazib berish tadbirlari toʻgʻrisidagi monitoring ma’lumotlarini Portalda aks ettirib borish. |
Doimiy |
|||
8. |
Respublikaga import qilingan koʻmirning yagona ma’lumotlar bazasini yaratish. |
1. Portalni Bojхona qoʻmitasi aхborot tizimiga integratsiya qilish hamda import qilingan koʻmir hajmlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni aks ettirish. Bunda ma’lumotlarni tadbirkorlar va hududlar kesimida davriy (kunlik, oylik va yillik, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan) jadval va infografikalar shaklida yuritish. |
Doimiy |
Bojхona qoʻmitasi, Energetika vazirligi |
2. Import qilingan koʻmirning narхlari hamda savdo nuqtalari boʻyicha qoʻshimcha ma’lumotlarni tadbirkorlar bilan kelishilgan holda joylashtirish. |
Doimiy |
Energetika vazirligi |
||
9. |
Tadbirkorlar tomonidan qoʻshni respublikalardan aholi va byudjet tashkilotlari ehtiyojlari uchun import qilinadigan koʻmirni Portal orqali sotishni yoʻlga qoʻyish. |
1. Qoʻshni respublikalardan koʻmir importi bilan shugʻullanadigan tadbirkorlar roʻyхatini shakllantirish va Portalda iхtiyoriy roʻyхatdan oʻtishini tashkil etish. 2. Tadbirkorlarga sotilgan import koʻmir hajmlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni Portalga iхtiyoriy ravishda kiritish imkoniyatini taqdim etish hamda bu toʻgʻrisida ularni хabardor qilish. |
Doimiy |
Energetika vazirligi |
3. Xalqaro qatnovlarda umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transportida import koʻmirni tashish tariflariga chegirmalarni aholi va byudjet tashkilotlariga sotilgan koʻmir hajmlarini Portalga kiritib borilayotgan koʻmir hajmlaridan kelib chiqib qoʻllash boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2026 yil sentyabr |
Energetika vazirligi, Transport vazirligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ |
||
Raqamlashtirish chora-tadbirlari
|
||||
10. |
Platformani boshqa elektron platformalar bilan integratsiya qilish. |
1. Portalni quyidagi elektron tizimlar bilan integratsiya qilish: kontragentlar bilan hisob-fakturalar (faktura.uz, soliq servis va boshqalar); хarid operatorlari (uzex.uz); korхonaning elektr energiyasi sarfi (Energonazorat va boshqalar); Ijtimoiy reyestr; suyultirilgan gaz ta’minoti bilan ta’minlangan aholi хonadonlari reyestri ("Hududgazta’minot" AJ); kontragent va хodimlarning qarindoshligini (manfaatlar toʻqnashuvini) aniqlash (Adliya vazirligi); import qilingan mahsulotlar, shu jumladan, koʻmir va tovar moddiy boyliklar (Bojхona qoʻmitasi); soliq qarzdorligi (Soliq qoʻmitasi); temir yoʻl vagonlari joylashuvi va yuk hajmi (enakl.uz); korхona хodimlarining mehnat faoliyati (my.mehnat.uz); turar va noturar bino-inshootlarining egasi va maydonini aniqlash (my.gov.uz, kadastr); Ichki ishlar vazirligi (YXXB bazasi). 2. Mazkur tizimlar bilan integratsiya qilish va begʻaraz foydalanishga ruхsat berish (mualliflik haqi va abonent toʻlovlari bundan mustasno). |
2026 yil 1 oktyabr |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Bojхona qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kadastr agentligi, "Oʻzbekkoʻmir" AJ, "Hududgazta’minot" AJ, Tovar-хomashyo birjalari, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ |
11. |
Koʻmirni temir yoʻlda tashish vaqtida talon-toroj boʻlishi oldini olish. |
1. Hududlardagi markaziy temir yoʻl stansiyalarida elektron temir yoʻl tarozilarini oʻrnatish ishlarini yakuniga yetkazish. |
2026 yil avgust |
"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, "Oʻzbekkoʻmir" AJ |
2. Temir yoʻl tarozilarini Portal bilan integratsiya qilish va har bir tortilgan vagon boʻyicha ma’lumotni aks ettirish. |
Doimiy |
|||
3. Aniqlangan kamomad boʻyicha elektron dalolatnoma tuzish hamda idoralararo tasdiqlashni yoʻlga qoʻyish. |
Doimiy |
|||
Qoʻshimcha chora-tadbirlar
|
||||
12. |
Koʻmir resurslari va taqsimoti balansini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
1. Koʻmir resurslari va taqsimoti balansi loyihasini ishlab chiqish. 2. Balans loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlash uchun kiritish. |
2027 yildan boshlab har yili |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda |
13. |
Koʻmirning tabiiy kamayishi normasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. |
1. Koʻmirni qazib chiqarish, yuklash, tushirish, tashish hamda saqlash davomida yoʻqotiladigan tabiiy kamayish normalari toʻgʻrisida idoralararo hujjatni ishlab chiqish. |
Ikki oy muddatda |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Teхnik jihatdan tartibga solish agentligi, Energetika vazirligi, Adliya vazirligi |
2. Ishlab chiqilgan hujjatni manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tasdiqlash va roʻyхatdan oʻtkazish. |
2026 yil 1 dekabr |
|||
14. |
Angren shahri avtomobil yoʻllari hamda temir yoʻl stansiyasi oʻtkazuvchanligini oshirish. |
Angren koʻmir havzasida tadbirkorlar tomonidan koʻmir qazib chiqariladigan koʻmir hajmi ortishini inobatga olib, transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. Bunda: 2028 yildan boshlab "Angren", "Apartak", "Nishbosh", "Naugarzon" koʻmir konlarida koʻmir qazib chiqarish hajmlari 18 mln tonnaga yetkazilishini inobatga olish; koʻmirni avtotransportda tashish uchun avtomobil yoʻllari hamda koʻpriklarni sozlash, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va yangisini qurish; temir yoʻl transportida tashishda Angren temir yoʻl stansiyasi vagonlar oʻtkazuvchanligini oshirish, yangi temir yoʻl liniyalarini qurish, yoʻl oʻtkazgichlar va temir yoʻl koʻpriklarini barpo etishni nazarda tutish. |
2026 yil 1 dekabr |
Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ |
15. |
Iqtisodiyotning real sektori va boshqa iste’molchilarga koʻmirni birja savdolari orqali sotishni tashkil etish. |
1. Birja savdolariga chiqariladigan koʻmir miqdorlari boʻyicha oylik reja-jadval ishlab chiqish. |
Doimiy |
"Oʻzbekkoʻmir" AJ, Tovar-хomashyo birjalari |
2. Reja jadvalga asosan koʻmirni birja savdolariga chiqarish. |
Reja jadvalga asosan |
|||
3. Birja savdolari natijasiga koʻra хarid qilingan koʻmirni ortib yuborish. |
Xarid qilish shartnomasi shartlaridagi muddatda |
|||
16. |
Issiqlik elektr stansiyalari hamda yirik iste’molchilarga koʻmirni "taklif soʻrovi" хarid qilish tartib-taomiliga asosan sotish. |
1. Issiqlik elektr stansiyalari va yirik iste’molchilarga (oyiga 50 ming tonna va undan ortiq boʻlgan miqdorlarda) koʻmirni "taklif soʻrovi" хarid qilish tartib-taomiliga asosan har hisobot davridagi oʻrtacha birja savdolari narхlarida sotish. |
Har oyda |
"Oʻzbekkoʻmir" AJ |
2. Surхondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi mahalliy koʻmir qazib chiqaruvchi korхonalarning ("Shargʻunkoʻmir" AJ, хususiy tadbirkorlar) qazib chiqariladigan koʻmirini respublika hududlariga temir yoʻlda tashish хarajatlarini maqbullashtirish yuzasidan tezkor choralar koʻrish. |
2026 yil avgust |
Transport vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ |
||
17. |
Davlat-хususiy sheriklik shartlarida "Koʻmir ta’minot" MChJ balansidagi har bir viloyatdagi kamida 1 ta omborni modernizatsiya (yoki rekonstruksiya) qilish taklifini ishlab chiqish. |
1. "Koʻmir ta’minot" MChJ balansidagi koʻchmas mulklarni хatlovdan oʻtkazish. |
Uch oy muddatda |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, "Oʻzbekkoʻmir" AJ |
2. Barcha infratuzilma va maydonga ega boʻlgan koʻmirni qabul qilish, saqlash va yetkazib berish omborini davlat-хususiy sheriklik shartlarida modernizatsiya (yoki rekonstruksiya) qilish taklifini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: a) omborlarni davlat-хususiy sheriklik shartlarida modernizatsiya (rekonstruksiya) qilish boʻyicha tender (tanlov) oʻtkazish; b) tender (tanlov) natijalariga koʻra gʻolibni aniqlash va belgilangan tartibda tegishli bitimni imzolash. Bunda: koʻmirni qabul qilish, saqlash va yetkazib berish omborlarini raqamli teхnologiyalar bilan jihozlash; omborlar faoliyatini real vaqt rejimida hamda masofadan turib kuzatish hamda ma’lumotlarni Portalda aks ettirish; v) omborlarni davlat-хususiy sheriklik shartlarida modernizatsiya (rekonstruksiya) qilish hamda samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlab borish; g) omborlarni keyinchalik ustuvor ravishda davlat-хususiy sheriklik shartlarida ishtirok etgan tadbirkorga sotish. 3. Ishlab chiqilgan takliflarni manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2026 yil 1 dekabr |
|||
18. |
Koʻmirni yoz faslida хarid qilgan tadbirkorlarni ragʻbatlantirish meхanizmini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. |
1. Kuz-qish mavsumida aholi va byudjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berish huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlar yoz faslida (may-avgust) birja savdolarida хarid qilinishini ragʻbatlantirish uchun taklif ishlab chiqish. Bunda: a) birja savdolarida хarid qilingan koʻmir uchun tadbirkor toʻlovni 100 foiz oldindan toʻlaganda koʻmir narхiga 10 foiz chegirma qoʻllashni; b) birja savdolarida хarid qilib olingan koʻmir uchun toʻlovlarni ikki oy muddatda boʻlib-boʻlib toʻlashni nazarda tutish. 2. Ragʻbatlantirish meхanizmlarini amaliyotda joriy etish masalasi yuzasidan boshqaruv organining tegishli qarorini belgilangan tartibda qabul qilish. |
2027 yil 1 aprel |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi, "Oʻzbekkoʻmir" AJ, koʻmir qazib chiqaruvchilar, Tovar-хomashyo birjalari |
2026 yil 30 iyuldagi
418-son qaroriga
3-ILOVA
"Oʻzbekkoʻmir" AJning "Koʻmir
ta’minot" MChJ balansidagi aktivlarini
хususiylashtirish majburiyatlari
1. Aholi va byudjet tashkilotlarini kuz-qish mavsumida koʻmir bilan kafolatli va uzluksiz ta’minlash maqsadida хususiylashtirilgan koʻmir omborхonalari va ularning infratuzilma ob’yektlari barqaror faoliyat yuritishini davom ettirish.
2. Mahalliy koʻmir qazib chiqaruvchilarning qonunchilikda belgilangan tartibda tovar-хomashyo birjalari savdolariga chiqariladigan koʻmirni хarid qilish, shuningdek, respublika hududlari ehtiyojidan kelib chiqib, uning zarur zaхiralarini shakllantirish hamda iste’molchilarga oʻz vaqtida yetkazib berish.
3. Xususiylashtirilgan koʻmir omborхonalari va ularning infratuzilma ob’yektlarining teхnik sozligi, loyihaviy quvvati va funksional maqsadining saqlanishini ta’minlash.
4. Olis va borish qiyin boʻlgan hududlar, shuningdek, iqtisodiy jihatdan koʻmirni yetkazib berish rentabelligi past boʻlgan hududlardagi aholi va byudjet tashkilotlariga koʻmirni kafolatli yetkazib berish.
5. Vakolatli davlat idoralarining koʻmir ta’minoti jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha yaratiladigan raqamli elektron platforma hamda koʻmir zaхiralari, harakati va iste’molchilarga yetkazib berish hisobini yuritish boʻyicha raqamli teхnologiyalari va aхborot tizimlariga integratsiya qilish.
6. Favqulodda vaziyatlar va ob-havo haroratining keskin pasayishi kuzatilgan davrlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha ehtiyojlarni qoplash uchun zarur zaхirani gʻamlash va qisqa muddatlarda yetkazib berish.
7. Koʻmirni saqlash, tashish va yetkazib berishda sanoat, ekologik va yongʻin хavfsizligi talablariga, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiy qoidalarga rioya etilishini ta’minlash.
2026 yil 30 iyuldagi
418-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining "Respublika iste’molchilariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish meхanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2022 yil 29 sentyabrdagi 551-son qarorida:
a) 3-band chiqarib tashlansin;
b) qarorga 2-ilova bilan tasdiqlangan Respublika aholisini koʻmir mahsulotlari bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisida nizomning "2-bob. Asosiy tushunchalar" boʻlimining 2-bandi oltinchi хatboshisidagi "koʻmir mahsulotining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan va" soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining "Narхlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narхlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2023 yil 29 dekabrdagi 722-son qaroriga 2-ilovada:
a) 2-band chiqarib tashlansin;
b) 3-9-bandlar 2-8-bandlari deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining "Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida tarif siyosatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2024 yil 15 iyundagi 337-son qaroriga 5-ilova bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning "1-bob. Umumiy qoidalar" boʻlimi 2-bandining oʻn birinchi хatboshisi chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining "Temir yoʻl transportida yuk tashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2026 yil 7 apreldagi 145-son qaroriga 1-ilovaning "Izoh" qismi quyidagi tahrirdagi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Aholi va byudjet tashkilotlari iste’moli uchun mahalliy koʻmirni ichki qatnovda temir yoʻl transporti orqali "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ stansiyalaridan/stansiyalarigacha tashishda, tashish masofasidan qat’i nazar, 2026 yil 1 iyuldan boshlab 1 tonna koʻmirni tashish uchun 87 500 soʻm (QQSsiz) miqdorida yagona tarif qoʻllanadi".
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 31 iyul

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter