Markaziy bank Boshqaruvining 14.08.2026 y. 22/5-son "Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 28.08.2026 y. 1545-7-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
28.08.2026 y.
N 1545-7
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
14.08.2026 y.
N 22/5
QARORI
Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi
orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi, "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida"gi va "Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006 yil 17 yanvardagi 1/3-son qarori (roʻyхat raqami 1545, 2006 yil 14 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 6-7-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov
ILOVA
Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi
orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 14-bandning 1-kichik bandidagi "bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga" degan soʻzlar "bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyaga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"47. Toʻlovlarni amalga oshirish, shu jumladan mobil raqamdan foydalangan holda bank hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini oʻtkazish maqsadida Tezkor toʻlovlar tizimiga qayta ishlash uchun uzatiladigan toʻlov hujjatlari bank mijozlari tomonidan masofaviy хizmat koʻrsatish tizimlari orqali 24/7 rejimida хizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim qilingan boʻlishi va toʻlovchining hisobvaragʻida yetarli mablagʻ boʻlishi lozim.".
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 29 avgust

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter