Markaziy bank Boshqaruvining 14.08.2026 y. 22/3-son "Banklarda aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori (AV tomonidan 10.09.2026 y. 3937-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
10.09.2026 y.
N 3937
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
14.08.2026 y.
N 22/3
QARORI
Banklarda aktivlar sifatini tasniflash va
aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash
uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan
foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni
tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi va "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:
1. Banklarda aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror 2027 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov
2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy
normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015 yil 13 iyundagi 14/5-son "Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2696, 2015 yil 14 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 28-son, 374-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017 yil 23 sentyabrdagi 26/6-son "Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2696-1, 2017 yil 10 oktyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2017 y., 10/17/2696-1/0091-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018 yil 31 martdagi 12/20-son "Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2696-2, 2018 yil 27 aprel) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2018 y., 10/18/2696-2/1120-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021 yil 19 noyabrdagi 27/7-son "Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2696-3, 2021 yil 10 dekabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021 y., 10/21/2696-3/1152-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024 yil 22 apreldagi 11/2-son "Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2696-4, 2024 yil 20 may) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2024 y., 10/24/2696-4/0354-son).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025 yil 5 dekabrdagi 31/10-son "Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2696-5, 2025 yil 23 dekabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2025 y., 10/25/2696-5/1198-son).
7. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 28 iyuldagi 15-mh-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 3313, 2021 yil 28 iyul) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021 y., 10/21/3313/0724-son) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 295-bandi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023 yil 27 maydagi 14/10-son qarori (roʻyхat raqami 3442, 2023 yil 9 iyun) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023 y., 10/23/3442/0359-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 3-bandi.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 12 sentyabr

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter