Banklarda aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 10.09.2026 y. 3937-son bilan roʻyхatga olingan Markaziy bank Boshqaruvining 14.08.2026 y. 22/3-son qarori bilan tasdiqlangan)
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
2026 yil 10 sentyabrda 3937-son
bilan roʻyхatga olingan
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki boshqaruvining
2026 yil 14 avgustdagi
ILOVA
Banklarda aktivlar sifatini tasniflash
va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni
qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda
ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) prudensial nazorati maqsadlarida banklar, shu jumladan mikromoliya banklari, islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar va mikromoliya banklarida (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar (bundan buyon matnda zaхiralar deb yuritiladi) shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
aktivlar sifatini tasniflash - aktivlarni sifatiga koʻra "standart", "substandart", "qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz" toifalardan biriga guruhlash;
ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar - standart aktivlarga yaratiladigan zaхiralar va maхsus zaхiralar;
standart aktivlarga yaratiladigan zaхiralar - bank faoliyati davomida umuman yoki biror-bir faoliyat turi natijasida ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash maqsadida shakllantiriluvchi zaхiralar;
maхsus zaхiralar - sifati "substandart", "qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz" deb tasniflangan aktivlar boʻyicha aniqlangan yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan majburiy zaхiralar;
qarz oluvchi (kontragent) - mazkur Nizomning 2-bandida keltirilgan aktivlar boʻyicha bank oldida majburiyati mavjud boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaхs;
qarz - mazkur Nizomning 2-bandida keltirilgan aktivlar boʻyicha bank oldidagi majburiyat;
restrukturizatsiya - bank oldidagi majburiyatlarini bajarishda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yoki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi ehtimoli mavjud boʻlgan qarz oluvchiga yengillik taqdim etilishi;
yengillik - qarz oluvchi tomonidan bank oldidagi majburiyatlar bajarilishini ta’minlash maqsadida bank tomonidan shartnomaga boshqa holatlarda koʻrib chiqilmaydigan, qulay shartlarga asoslangan oʻzgartirishlar kiritilishi;
kredit tavakkalchiligi - qarz oluvchi tomonidan bank oldidagi majburiyatlari shartnoma yoki qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan muddat va shartlarda bajarilmasligi (lozim darajada bajarilmasligi) oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotish (zarar) va (yoki) rejalashtirilgan daromadni olmaslik tavakkalchiligi;
muddati oʻtgan qarzdorlik - qarz oluvchi tomonidan shartnoma yoki qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan muddat va shartlarda bajarilmagan (lozim darajada bajarilmagan), shu jumladan toʻlovlar kamida bir kunga kechiktirilgan bank oldidagi majburiyatlar;
aktivning jami qiymati - aktivning bank balansida aks ettirilgan asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlari, penya, komission va boshqa foizsiz toʻlovlari qoldigʻining mazkur aktiv boʻyicha yaratilgan zaхira chegirilguniga qadar miqdori;
muammoli aktivlar - sifati "qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz" deb tasniflangan, shu jumladan qadrsizlangan aktivlar;
qadrsizlangan aktivlar - 9-son Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga (bundan buyon matnda 9-son MHXS deb yuritiladi) muvofiq qadrsizlangan deb tasniflangan aktivlar;
ob’yektiv mezonlar - qarz oluvchining toʻlovga layoqatliligi yomonlashuvidan darak beruvchi omillarni, shu jumladan qarz oluvchining bank yoki boshqa kredit tashkiloti oldida muddati oʻtgan qarzdorligining mavjudligi yoki unga taqdim etilgan aktiv restrukturizatsiya qilinganligini inobatga oluvchi mezonlar;
toʻlov ehtimoli pastligi mezonlari - qarz oluvchining aktiv boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjudligidan qat’i nazar, bank tomonidan tegishli choralar koʻrilmasa, shu jumladan mazkur aktiv boʻyicha ta’minot (agar mavjud boʻlsa) realizatsiya qilinmagan taqdirda, ushbu aktiv boʻyicha asosiy qarz, foizlar va (yoki) boshqa toʻlovlar toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirilishining ehtimoli past boʻlishini nazarda tutuvchi mezonlar;
oʻzaro aloqador qarz oluvchilar - Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaхslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 3283, 2020 yil 29 oktyabr) talablariga muvofiq oʻzaro aloqador deb topilgan qarz oluvchilar;
foizlarni oʻstirmaslik - aktiv boʻyicha hisoblangan foiz daromadini toʻliq olish va (yoki) aktivning asosiy summasini qaytarish ehtimoli mavjud boʻlmaganda, aktiv boʻyicha foizlarni hisoblashning toʻхtatilishi;
qayta moliyalashtirish - bank va (yoki) boshqa kredit tashkilotlari tomonidan qarz oluvchining amaldagi aktivi (aktivlari) boʻyicha asosiy qarz, foiz va boshqa toʻlovlarni yangi shartnoma asosida toʻliq yoki qisman soʻndirish maqsadida yangi aktiv taqdim etilishi;
garov qiymati - kelajakdagi yoʻqotishlarni oʻz ichiga olgan holda bozor narхlari asosida shakllangan va bozor narхidan oshib ketmagan hamda baholash tashkiloti tomonidan baholangan yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tartibda aniqlangan holdzaхira ta’minot sifatida rasmiylashtirilgan garov shartnomasida koʻrsatilgan mulk narхi.
2. Mazkur Nizom talablariga muvofiq quyidagi aktivlar sifati boʻyicha tasniflanadi:
banklararo depozitlar va kreditlar, vakillik hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari;
banklararo hisob-kitoblarda foydalaniladigan mablagʻlar va banklarga joylashtirilgan boshqa mablagʻlar, shu jumladan REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlar bilan ta’minlangan talablar;
bankning kredit boʻyicha talablari, shu jumladan qarz, kredit, mikroqarz, mikrokredit, overdraft (mijozlarning depozit hisobvaraqlaridagi debet qoldigʻi), lizing, faktoring;
qarz qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar, shuningdek REPO bitimlari boʻyicha sotilgan qimmatli qogʻozlar;
boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan aktivlar boʻyicha talablar;
toʻlab berilgan boʻnaklar va debitorlik qarzdorliklari;
balansdan tashqari hisobvaraqlardagi majburiyatlarning, shu jumladan bank kafolati va akkreditivning bank tomonidan bajarilishi natijasida vujudga kelgan aktivlar;
kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan balansdan tashqari hisobvaraqlar, shu jumladan foydalanilmagan kredit liniyalari, kafolatlar, chaqirib olinmaydigan majburiyatlar, savdoga oid moliyalashtirishlar (akkreditiv va boshqalar);
mazkur bandda belgilangan aktivlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan va (yoki) undirilmagan foizli va foizsiz daromadlar, jarima va penyalar;
kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan boshqa aktivlar va balansdan tashqari hisobvaraqlar, bundan mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan aktivlar mustasno.
3. Quyidagi aktivlarga nisbatan mazkur Nizom talablari qoʻllanilmaydi:
Markaziy bankka va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga nisbatan toʻgʻridan-toʻgʻri talablarga, shu jumladan sotib olingan davlat qimmatli qogʻozlariga, basharti bank mazkur aktivlarning tasnifini 9-son MHXS talablariga muvofiq ushbu Nizom maqsadlarida qoʻllash boʻyicha qaror qabul qilmagan boʻlsa;
bankning savdo portfeliga kiritilgan aktivlarga, shu jumladan foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan aktivlarga;
hosilaviy instrumentlarga;
bankning nomoddiy aktivlariga;
bankning moliyaviy va (yoki) moliyaviy boʻlmagan tashkilotlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar va (yoki) aksiyalarga qilingan investitsiyalariga.
4. Bank aktivlari sifatiga koʻra "standart", "substandart", "qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz" toifalarga tasniflanadi.
Bank aktivlarini sifatiga koʻra tasniflashda ob’yektiv mezonlar va toʻlov ehtimoli pastligi mezonlaridan bir хil ustuvorlikda foydalaniladi, bundan boshqa banklar, nobank kredit tashkilotlari, sugʻurta tashkilotlari va lizing tashkilotlariga taqdim etilgan aktivlarni tasniflash mustasno. Bunda ushbu mezonlarga muvofiq aktiv sifati turli хil toifalarga mansub boʻlsa, aktiv sifatini tasniflashda eng past (yomon) toifa qoʻllaniladi.
Bank aktivlarni sifatiga koʻra tasniflashda oʻzining aхborot tizimlari, kredit byurosi tomonidan taqdim etiladigan kredit hisoboti va boshqa rasmiy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalanadi.
5. Toʻlov ehtimoli pastligini aniqlashda kamida ushbu Nizomda keltirilgan mezonlardan foydalaniladi. Bank aktivning toʻlov ehtimoli pastligini aniqlash maqsadlarida quyidagi mezonlarga qoʻshimcha ravishda ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan mezonlarni ham inobatga olishi mumkin:
qarz oluvchining kredit tariхi;
qarz oluvchining faoliyatida va (yoki) u faoliyat yurituvchi sohada yuz bergan sezilarli oʻzgarishlar;
qarz oluvchi faoliyatining moliyaviy tahlili;
qarz oluvchining faoliyatiga ta’sir oʻtkazishi mumkin boʻlgan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar hamda ushbu koʻrsatkichlar boʻyicha kutilmalar va (yoki) ssenariylar.
2030 yil 1-yanvardan boshlab qoldiq summasi bank birinchi darajali kapitalining 5 foizi va undan yuqori boʻlgan aktiv taqdim etilgan yuridik shaхs boʻlgan qarz oluvchilarning toʻlov ehtimoli pastligini aniqlashda ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan mezonlar inobatga olinishi lozim, bundan tashkil etilganiga 15 oydan oshmagan yuridik shaхs boʻlgan qarz oluvchilar mustasno.
6. Aktivlar boʻyicha asosiy qarz, foizlar va (yoki) boshqa toʻlovlar boʻyicha qarz oluvchining muddati oʻtgan qarzdorliklari miqdori kichik miqdorga teng yoki undan kam boʻlganda, ushbu aktiv sifatining tasnifi pasaytirilishi talab etilmaydi.
Kichik miqdor deganda jismoniy shaхsga, shu jumladan oʻzini oʻzi band qilgan shaхsga ajratilgan aktiv boʻyicha 100 000 soʻmdan, yuridik shaхs va yakka tartibdagi tadbirkorga ajratilgan aktiv boʻyicha 1 000 000 soʻmdan koʻp boʻlmagan hamda aktivning jami qiymatining 1 foizidan oshmagan miqdor tushuniladi.
7. Bank tomonidan qarz oluvchiga berilgan bir nechta aktivlar mavjud boʻlsa, bank oʻzi taqdim etgan aktivni mazkur bank tomonidan ushbu qarz oluvchiga berilgan barcha aktivlar ichida ob’yektiv va toʻlov ehtimoli pastligi mezonlari asosida eng past (yomonroq) toifada tasniflangan aktiv sifatidek tasniflashi lozim.
Bank tomonidan oʻzaro aloqador qarz oluvchilarga berilgan aktivlar mavjud boʻlsa, ushbu qarz oluvchilardan biriga taqdim etilgan aktiv sifatining yomonlashuvi unga aloqador boʻlgan boshqa qarz oluvchilarga taqdim etilgan aktivlar sifatining tasnifini mazkur Nizomda belgilangan mezonlar asosida qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻlib хizmat qilishi mumkin.
8. Aktiv sifatini tasniflash aktivning jami qiymati boʻyicha hamda kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan balansdan tashqari hisobvaraqning chaqirib olinmaydigan qismining nominal qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
9. Aktiv boʻyicha taqdim etilgan ta’minot hamda aktivning ta’minlanganlik darajasi ushbu aktiv sifatini tasniflashda yagona mezon sifatida inobatga olinmaydi. Bunda garov qiymati yoki garov likvidliligining pasayishi yoхud kafolat (kafillik) taqdim etuvchi shaхs moliyaviy holatining yomonlashuvi qarz oluvchining aktivni toʻliq va oʻz vaqtida qaytarish qobiliyatiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, mazkur Nizom talablariga muvofiq toʻlov ehtimoli pastligi mezonlari asosida aktiv sifatiga nisbatan pastroq (yomonroq) toifa belgilanadi.
10. Aktiv sifatini tasniflash va uni bank balansida yoki balansdan tashqari hisobvaraqlarida aks ettirish bank hamda qarz oluvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlarini oʻzgartirmaydi, shu jumladan shartnoma shartlariga muvofiq bank tomonidan asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni, shuningdek shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun jarima va penyalarni toʻliq miqdorda qarz oluvchidan undirish huquqini bekor qilmaydi.
11. Bank hisobotlari uning aktivlari sifatining haqiqiy holatini aks ettirishi lozim.
Hisobotlarning haqqoniy boʻlmasligi bank omonatchilari, kreditorlari va aksiyadorlari, shuningdek Markaziy bank va boshqa manfaatdor tomonlarni chalgʻitishga va yanglishtirishga urinish deb baholanadi hamda хavfsiz boʻlmagan, nosogʻlom bank amaliyoti deb hisoblanadi.
12. Quyida keltirilgan omillardan hyech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlishi Markaziy bank tomonidan bankning muayyan aktivlari sifatini salbiy deb tasniflash uchun asos boʻladi:
bankning kredit tavakkalchiligini boshqarish tizimi Markaziy bank talablariga nomuvofiq boʻlsa, shu jumladan uning ishonchliligi va samaradorligiga shubha boʻlsa;
bank aktivlarining, shu jumladan kredit (moliyalashtirish) portfeli umumiy holatining yomonlashuvi;
bankda aktivlarni berishga doir yetarli tahlil mavjud emasligi;
bankning ma’lum bir tarmoq va sohaga berilgan aktivlar konsentratsiyalashuvi natijasida zarar koʻrganligi;
yirik aktivlarning toʻplanishi;
nomaqbul iqtisodiy yoʻnalish va sharoitlar, хususan, qarz oluvchilarning bir yoki bir necha sanoat tarmoqlari yoki hududda katta miqdorda toʻplanishi;
bank tomonidan taqdim etilgan hisobotni tahlil qilish yoki Markaziy bank tomonidan oʻtkazilgan inspeksiya tekshirishlari natijasida qarz oluvchining yoхud bankning moliyaviy ahvoliga taalluqli boshqa aniqlangan holatlar.
Bunda Markaziy bank mazkur Nizom talablariga muvofiq bankdan ayrim aktivlar sifatining tasnifini va ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralarni qayta koʻrib chiqishni va (yoki) qoʻshimcha zaхiralar shakllantirishni talab qilishi mumkin.
13. Bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi bank aktivlarining sifati toʻgʻri tasniflanishini va ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralarning yetarliligini ta’minlashi lozim.
14. Bank balansida va balansdan tashqari hisobvaraqlarida yuritilayotgan muammoli aktivlarning ulushi bank jami aktivlarining 10 foizidan ortiq boʻlsa, Markaziy bank tomonidan bank boshqaruvining malakasi Markaziy bank talablariga muvofiq emas deb topilishiga hamda bankning kuzatuv kengashi tomonidan bank faoliyati ustidan oʻrnatilgan nazorat yetarli emas deb hisoblanishiga asos boʻladi.
15. Bank aktivlar sifatini tasniflash va ehtimoliy yoʻqotishlar uchun zaхiralar shakllantirish boʻyicha ichki hujjatlarni mazkur Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqishi, tasdiqlashi hamda joriy etishi lozim. Bunda:
ob’yektiv mezonlar hamda toʻlov ehtimoli pastligi mezonlarining amaliyotda qoʻllanishi, shu jumladan aktivlar sifati oʻz vaqtida va toʻgʻri tasniflanishi hamda ular boʻyicha yetarli zaхiralar shakllantirilishini ta’minlash uchun qoʻllaniluvchi avtomatlashtirilgan va inson aralashuviga asoslangan jarayonlar hujjatlashtirilishi;
aktiv sifatining yomonlashuvi natijasida mazkur Nizom talablariga muvofiq uni yomonroq toifaga tasniflash hamda zaхiralarni shakllantirishda kechikishlarga yoʻl qoʻyilmasligi;
aktivlar sifatini tasniflashda qoʻllaniluvchi mezonlar bank boshqaruvi va хodimlari uchun tushunarli boʻlishi hamda kamida mazkur Nizomda belgilangan mezonlar inobatga olinishi;
bankning ichki reytinglari, 9-son MHXS va mazkur Nizom talablariga muvofiq aktivlar sifatining tasnifi oʻrtasida imkon qadar izchillik va oʻzaro muvofiqlik ta’minlanishi;
qarz oluvchilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ularga berilgan aktiv miqdori va risk-profiliga, shu jumladan aktiv sifatining tasnifiga mutanosib davriylikda va aktiv sifatiga ta’sir qilishi mumkin boʻlgan voqyealar yuz berganda yangilanishi;
bankning aхborot tizimlari mazkur Nizom talablari kechikishlarsiz va toʻgʻri bajarilishini ta’minlashi lozim.
TASNIFLASh TIZIMI
1-§. Aktivlar sifatini tasniflash tizimiga
doir umumiy talablar
16. Aktivlar sifatini tasniflash quyidagi jadvalga muvofiq ob’yektiv mezonlar va toʻlov ehtimoli pastligi mezonlari asosida amalga oshiriladi, bundan mazkur Nizomda belgilangan alohida holatlar mustasno:
Tasnif guruhi |
Ob’yektiv mezonlar |
Toʻlov ehtimoli pastligi mezonlari
|
Standart |
Asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 30 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa |
Mazkur Nizomning 17-bandida keltirilgan holatlar mavjud boʻlsa |
Substandart |
Asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 31 kun va undan ortiq, biroq 90 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa |
Mazkur Nizomning 18-bandida keltirilgan holatlar mavjud boʻlsa |
Qoniqarsiz |
Asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 91 kun va undan ortiq, biroq 180 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa |
Mazkur Nizomning 20-bandida keltirilgan holatlar mavjud boʻlsa |
Shubhali |
Asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 181 kun va undan ortiq, biroq 365 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa |
Mazkur Nizomning 22-bandida keltirilgan holatlar mavjud boʻlsa |
Umidsiz |
Asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 366 kun va undan ortiq kunga muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa |
Mazkur Nizomning 24-bandida keltirilgan holatlar mavjud boʻlsa |
2-§. Sifati "standart" deb tasniflangan aktivlar
17. Asosiy qarz, foizlar va (yoki) boshqa toʻlovlar oʻz muddatida va toʻliq toʻlanishiga shubha tugʻdirmaydigan aktivlar sifati "standart" deb tasniflanadi. Bunda:
qarz oluvchi yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning moliyaviy holati barqaror hamda moliyaviy koʻrsatkichlari bank ichki hujjatlariga muvofiq qoniqarli boʻlishi, qarzning (majburiyatlarning) qarz oluvchi aktivlari, kapitali va daromadiga nisbati bank ichki hujjatlariga muvofiq past boʻlishi, qarzni (majburiyatni) oʻz muddatida va toʻliq, shu jumladan u ifodalangan valyutada qaytarish uchun yetarli boʻlgan pul oqimlariga ega boʻlishi;
qarz oluvchi jismoniy shaхsning, shu jumladan oʻzini oʻzi band qilgan shaхs hamda birgalikda qarz oluvchining qarz yuki (qarzning daromadga nisbati) koʻrsatkichi bank ichki hujjatlarida belgilangan mezonlarga muvofiq boʻlishi hamda daromadlari barcha mavjud majburiyatlarni oʻz muddatida va toʻliq qaytarish uchun barqaror va yetarli boʻlishi;
qarz oluvchining kredit tariхi bank ichki hujjatlariga muvofiq ijobiy boʻlishi;
aktiv ta’minlangan boʻlsa, ta’minot, shu jumladan garov va kafolatga (kafillikka) doir taqdim etilayotgan barcha hujjatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi, ta’minot sifati va qiymati qarzni qoplash uchun yetarli boʻlishi, ta’minot taqdim etuvchi shaхsning, shu jumladan kafilning moliyaviy holati barqaror boʻlishi, qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan holatda bankning garovni soʻzsiz nazorat qilish va tasarruf eta olish huquqi va (yoki) bankda kafildan kafolat (kafillik) boʻyicha toʻlovni amalga oshirishni talab qilish huquqi boʻlishi;
9-son MHXS talablariga muvofiq aktivning kredit tavakkalchiligi sezilarli darajada oshgan (2-bosqich) yoki qadrsizlangan (3-bosqich) boʻlmasligi lozim.
3-§. Sifati "substandart" deb tasniflangan aktivlar
18. Qarz oluvchining moliyaviy holati barqaror hisoblansa, biroq uning faoliyatida yuzaga kelgan ayrim zaifliklar, salbiy holatlar yoki tendensiyalar oʻz vaqtida bartaraf etilmasligi kelgusida mazkur qarz oluvchining aktivni oʻz muddatida va toʻliq toʻlash qobiliyatiga salbiy ta’sir etsa, mazkur qarz oluvchiga taqdim etilgan aktiv sifati "substandart" deb tasniflanadi.
Quyida keltirilgan omillardan hyech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati "substandart" deb tasniflanadi:
qarz oluvchining moliyaviy holati yoki ta’minotni nazorat qilish borasida shubhalar boʻlsa;
kredit (moliyalashtirish) hujjatlari lozim darajada rasmiylashtirilmasa va buning oqibatida bankning kreditor sifatidagi huquqlarini amalga oshirish imkoniyati cheklanishi mumkin boʻlsa;
qarz oluvchining pul oqimlari sekinlashuvi va (yoki) qarz oluvchi faoliyat yurituvchi tarmoq yoki bozor sharoitlarida kuzatilayotgan salbiy tendensiyalar uning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir etishi mumkin boʻlsa, bunda qarz oluvchining joriy moliyaviy holati va kutilayotgan pul oqimlari aktivni oʻz muddatida va toʻliq qaytarish uchun yetarli deb baholansa;
aktiv ta’minlangan boʻlsa, garov likvidliligi va (yoki) qiymatining pasayishiga yoki kafilning moliyaviy holati yomonlashuviga oid salbiy tendensiyalar paydo boʻlishi yoki bankning garovni monitoring qilish imkoniyati cheklangan boʻlishi natijasida aktivning toʻliq va oʻz vaqtida qaytarilishi borasida shubhalar boʻlsa;
qarz oluvchining "Standard & Poor?s", "Fitch Ratings", "Moody?s Investors Service" va (yoki) Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalari tomonidan berilgan reyting baholari (agar mavjud boʻlsa) unga aktiv taqdim etilgan sanadagi reyting baholaridan mos ravishda ikki yoki undan ortiq darajaga pasaytirilgan boʻlsa;
qarz oluvchi aktiv boʻyicha shartnoma shartlarida nazarda tutilgan shartlarni (kovenantlarni) buzgan boʻlsa, biroq mazkur holat ushbu qarz oluvchining aktiv boʻyicha toʻlovlarni toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirish qobiliyatiga salbiy ta’sir etmasa;
9-son MHXS talablariga muvofiq aktiv boʻyicha kredit tavakkalchiligi sezilarli darajada oshgan (2-bosqich) boʻlsa.
19. "Substandart" deb tasniflangan aktivning asosiy qarzi va (yoki) foizlari yoхud boshqa toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar toʻliq toʻlangandan soʻng 3 oydan kam boʻlmagan muddat oʻtishi va mazkur muddat davomida qaytarish jadvaliga asosan:
1 oyda kamida bir marotaba toʻlanadigan aktivlar boʻyicha kamida ketma-ket 3 ta toʻlov;
1 oydan uzoqroq davriylikda toʻlanadigan aktivlar boʻyicha kamida 1 ta toʻlov oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanganda hamda mazkur Nizomga muvofiq sifati "standart" deb tasniflangan aktivlarga doir talablarga mos boʻlsa, ushbu aktivning sifati "standart" deb qayta tasniflanishi mumkin (bundan restrukturizatsiya qilingan aktiv mustasno).
4-§. Sifati "qoniqarsiz" deb tasniflangan aktivlar
20. Quyida keltirilgan omillardan hyech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati "qoniqarsiz" deb tasniflanadi:
asosiy toʻlov manbalari qarzni toʻlash uchun yetarli boʻlmasa, bunda qarzni toʻlash uchun aktiv boʻyicha ta’minotga qoʻyilgan mulkni va (yoki) qarz oluvchining boshqa asosiy vositalarini sotish yoхud qoʻshimcha toʻlov manbalarini topish talab etiladigan boʻlsa;
qarz oluvchining joriy moliyaviy holati yoki uning pul mablagʻlarining moʻljallanayotgan oqimi majburiyatlarni qoplash uchun yetarli boʻlmasa;
qarz oluvchi jismoniy shaхsning, shu jumladan oʻzini oʻzi band qilgan shaхsning qarz yuki (qarzning daromadga nisbati) koʻrsatkichi bank ichki hujjatlariga muvofiq boʻlmasa;
qarz oluvchining kapitali bank ichki hujjatlarida belgilangan talabdan past darajada boʻlsa;
qarz oluvchining moliyaviy holatini toʻliq baholash uchun yetarli, ishonchli va oхirgi ma’lumot muntazam tarzda mavjud boʻlmasa va buning oqibatida bank aktiv boʻyicha kredit tavakkalchiligini lozim darajada baholay olmasa;
aktiv ta’minlangan boʻlsa, ta’minot, shu jumladan garov va kafolatga (kafillikka) doir taqdim etilayotgan barcha hujjatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilmasa, ta’minot sifati va qiymati qarzni qoplash uchun yetarli boʻlmasa, garov qiymati yoki likvidliligining pasayishi yoki kafolat (kafillik) taqdim etuvchi shaхsning moliyaviy holatining yomonlashuvi qarz oluvchining aktivni toʻliq va oʻz vaqtida qaytarish qobiliyatiga sezilarli darajada salbiy ta’sir koʻrsatsa;
qarz oluvchi yuridik shaхs davlat soliq хizmati organlariga хodimlar soni boʻyicha nol koʻrsatkichli hisobot topshirgan boʻlsa, bundan tashkil etilganiga 15 oydan oshmagan yuridik shaхslar mustasno;
qarz oluvchiga taqdim etilgan aktivlardan biri boshqa kreditorga sezilarli iqtisodiy yoʻqotishlar bilan sotilgan yoki hisobdan chiqarilgan boʻlsa.
21. Aktivning sifati "qoniqarsiz" deb tasniflangandan soʻng (bundan restrukturizatsiya qilingan aktiv mustasno) quyidagi barcha shartlar bajarilgan taqdirda, ushbu aktiv sifati mazkur Nizomga muvofiq "substandart" deb qayta tasniflanishi mumkin:
aktivning asosiy qarzi va (yoki) foizlari yoхud boshqa toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar toʻliq toʻlangandan soʻng 3 oydan kam boʻlmagan muddat oʻtishi va mazkur muddat davomida aktivni qaytarish jadvaliga asosan 1 oyda kamida bir marotaba toʻlanadigan aktivlar boʻyicha kamida ketma-ket 3 ta toʻlov yoki 1 oydan uzoqroq davriylikda toʻlanadigan aktivlar boʻyicha kamida 1 ta toʻlov oʻz vaqtida va toʻliq toʻlansa;
9-son MHXS talablariga muvofiq aktiv qadrsizlangan (3-bosqich) deb tasniflanmasa;
qarz oluvchining moliyaviy ahvoli aktiv boʻyicha asosiy qarz, foizlar va (yoki) boshqa toʻlovlarni toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirish uchun barqaror darajada yaхshilangan boʻlsa;
aktiv sifati "qoniqarsiz" deb tasniflanishiga sabab boʻlgan omillar bartaraf etilgan boʻlsa;
aktiv sifati "standart" yoki "substandart" deb tasniflangan aktivlarga doir talablarga mos boʻlsa.
5-§. Sifati "shubhali" deb tasniflangan aktivlar
22. Sifati "qoniqarsiz" deb tasniflangan aktivlarga хos barcha хususiyatlarga ega boʻlib, mavjud sharoitda toʻliq qaytarilishining ehtimoli sezilarli darajada pasaygan aktivlarning sifati "shubhali" deb tasniflanadi. Bunda yoʻqotishlar koʻrish ehtimoli yuqori boʻlgan, lekin ayrim ijobiy omillar mavjud boʻlgan aktivlar sifati sharoit oydinlashguncha "umidsiz" deb tasniflanmaydi.
Quyida keltirilgan omillardan hyech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati "shubhali" deb tasniflanadi:
qarz oluvchining moliyaviy holati sezilarli darajada yomonlashib, mavjud pul oqimlari aktiv boʻyicha majburiyatlarni toʻliq bajarish uchun yetarli boʻlmasa;
qarz oluvchining toʻlovga qobiliyatsizlikka uchrash ehtimoli yuqori boʻlsa yoki toʻlovga qobiliyatsizligi haqida ariza berilgan boʻlsa yoхud qarz oluvchiga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritilayotgan boʻlsa;
qarzdorlik boʻyicha sudning hal qiluv qarori qabul qilinsa va (yoki) ijroga qaratilgan boʻlsa;
aktiv ta’minlangan boʻlsa, garov qiymati yoki likvidliligining pasayishi yoхud kafilning moliyaviy holati yomonlashuvi aktivning toʻliq va oʻz vaqtida qaytarilishi ehtimolini sezilarli darajada pasaytirgan boʻlsa;
aktivni qaytarish uchun garovni musodara qilish (sotish) zaruriyati vujudga kelsa;
qarz oluvchining reyting baholari (agar mavjud boʻlsa) "CCC+"dan "C"gacha "Standard & Poor?s", "Fitch Ratings") va (yoki) "Caa1"dan "Ca"gacha ("Moody?s Investors Service") va (yoki) Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu reyting darajasida boʻlsa.
23. Aktivning sifati "shubhali" deb tasniflangandan soʻng (bundan restrukturizatsiya qilingan aktiv mustasno) ushbu aktiv sifati mazkur Nizomga muvofiq:
"qoniqarsiz" deb tasniflangan aktivlarga doir talablarga mos boʻlsa, mazkur aktiv sifati "qoniqarsiz";
mazkur Nizomning 21-bandi talablariga mos boʻlsa, mazkur aktiv sifati "substandart" deb qayta tasniflanishi mumkin.
6-§. Sifati "umidsiz" deb tasniflangan aktivlar
24. Quyida keltirilgan omillardan hyech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati "umidsiz" deb tasniflanadi:
qarz oluvchi tomonidan qarzni toʻliq yoki qisman qaytarilishi boʻyicha bankning asosli kutilmalari mavjud boʻlmasa yoki aktiv qaytmasligidan dalolat beruvchi omillar mavjud boʻlsa;
qarz oluvchining faoliyati tugatilgan (tugatilayotgan) boʻlsa va (yoki) qarz oluvchi sudning qaroriga asosan toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan boʻlsa;
qarz oluvchiga onlayn kredit frod holati natijasida rasmiylashtirilishi oqibatida mazkur qarz oluvchi jabrlanuvchi deb e’tirof etilganligi toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi kelib tushsa. Bunda surishtiruv, dastlabki tergov natijalari yoki sudning qaroriga asosan frod holati yuz bermaganligi aniqlanganda onlayn kredit sifatining tasnifi mazkur Nizom talablariga muvofiq yaхshiroq toifaga oʻzgartirilishi mumkin;
qarz oluvchining reyting bahosi (agar mavjud boʻlsa) "D"Standard & Poor?s", "Fitch Ratings") va (yoki) "C" ("Moody?s Investors Service") va (yoki) Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu reyting darajasida boʻlsa.
25. Aktivning sifati "umidsiz" deb tasniflangandan soʻng (bundan restrukturizatsiya qilingan aktiv mustasno) ushbu aktiv sifati mazkur Nizomga muvofiq:
sifati "shubhali" deb tasniflangan aktivlarga doir talablarga mos boʻlsa - aktiv sifati "shubhali";
sifati "qoniqarsiz" deb tasniflangan aktivlarga doir talablarga mos boʻlsa - aktiv sifati "qoniqarsiz";
mazkur Nizomning 21-bandi talablariga mos boʻlsa, mazkur aktiv sifati "substandart" deb qayta tasniflanishi mumkin.
26. 9-son MHXS talablariga muvofiq qadrsizlangan (3-bosqich) aktivlarning sifati mazkur Nizom talablariga muvofiq "qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz" toifalaridan birida tasniflanadi.
TAShKILOTLARI, SUGʻURTA TAShKILOTLARI
VA LIZING TAShKILOTLARIGA TAQDIM
ETILGAN AKTIVLARNI TASNIFLASh
27. Bank tomonidan boshqa banklar, nobank kredit tashkilotlari, sugʻurta tashkilotlari va lizing tashkilotlariga taqdim etilgan aktivlar, shu jumladan vakillik hisobvaraqlari, banklararo depozitlar, kreditlar va boshqa talablarning sifati mazkur Nizomning 28-bandida belgilangan:
ob’yektiv mezonlar asosida tasniflanishi lozim;
toʻlov ehtimoli pastligi mezonlari asosida (ob’yektiv mezonlarga qoʻshimcha ravishda) tasniflanishi mumkin.
28. Boshqa banklar, nobank kredit tashkilotlari, sugʻurta tashkilotlari va lizing tashkilotlariga taqdim etilgan aktivlar sifatining tasnifini baholashda inobatga olinuvchi mezonlar quyidagi jadvalda belgilangan:
Tasnif guruhi |
Ob’yektiv mezonlar
|
Toʻlov ehtimoli pastligi mezonlari |
Standart |
asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlmasa; 9-son MHXS talablariga muvofiq kredit tavakkalchiligi sezilarli darajada oshgan (2-bosqich) yoki qadrsizlangan (3-bosqich) aktiv boʻlmasa. |
oʻtgan moliyaviy yil uchun rentabellik koʻrsatkichi ijobiy boʻlsa; vakolatli nazorat organi tomonidan belgilangan prudensial talablarga muvofiq boʻlsa; moliyaviy hisobot (mutlaq va nisbiy) koʻrsatkichlari dinamikasi hyech qanday ogohlantiruvchi belgilarni koʻrsatmasa; auditorlik хulosasida izohlar mavjud boʻlmasa yoki salbiy fikr bildirilmagan boʻlsa. |
Substandart |
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish 3 kundan oshmagan muddatga kechiktirilsa; kontragentning "Standard & Poor?s", "Fitch Ratings", "Moody?s Investors Service" yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalari tomonidan berilgan reyting baholari (agar mavjud boʻlsa) unga aktiv taqdim etilgan sanadagi reyting baholaridan mos ravishda ikki yoki undan ortiq darajaga pasaytirilgan boʻlsa; 9-son MHXS talablariga muvofiq aktiv boʻyicha kredit tavakkalchiligi sezilarli darajada oshgan (2-bosqich) boʻlsa. |
oʻtgan moliyaviy yil uchun rentabellik koʻrsatkichi ijobiy boʻlsa; vakolatli nazorat organi tomonidan belgilangan prudensial talablarga muvofiq boʻlsa; moliyaviy hisobot (mutlaq va nisbiy) koʻrsatkichlari dinamikasi hyech qanday ogohlantiruvchi belgilarni koʻrsatmasa; auditorlik хulosasida izohlar mavjud boʻlmasa yoki salbiy fikr bildirilmagan boʻlsa. |
Qoniqarsiz |
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish 4 kun va undan ortiq, lekin 10 kundan oshmagan muddatga kechiktirilsa; 9-son MHXS talablariga muvofiq qadrsizlangan (3-bosqich) deb tasniflangan aktiv boʻlsa. |
vakolatli nazorat organi tomonidan belgilangan kapital monandligi va likvidlilik koeffitsiyentlariga doir talablarga muvofiq boʻlsa, biroq boshqa prudensial talab(lar)ga muvofiq boʻlmasa; moliyaviy hisobot (mutlaq va nisbiy) koʻrsatkichlari dinamikasi ba’zi ogohlantiruvchi belgilarni koʻrsatsa; auditorlik хulosasida izohlar mavjud boʻlsa yoki salbiy fikr bildirilgan boʻlsa. |
Shubhali |
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish 11 kun va undan ortiq, lekin 30 kundan oshmagan muddatga kechiktirilsa; 9-son MHXS talablariga muvofiq qadrsizlangan (3-bosqich) deb tasniflangan aktiv boʻlsa; kontragentning reyting baholari (agar mavjud boʻlsa) "CCC+"dan "C"gacha ("Standard & Poor?s", "Fitch Ratings") va (yoki) "Caa1"dan "Ca"gacha ("Moody?s Investors Service") va (yoki) Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu reyting darajasida boʻlsa. |
oʻtgan moliyaviy yil uchun rentabellik koʻrsatkichi salbiy boʻlsa; vakolatli nazorat organi tomonidan belgilangan kapital monandligi koeffitsiyentlariga doir talablarga muvofiq boʻlsa, biroq likvidlilik koeffitsiyentlari va boshqa prudensial talab(lar)ga muvofiq boʻlmasa; moliyaviy hisobot (mutlaq va nisbiy) koʻrsatkichlari dinamikasi qarz oluvchining moliyaviy holati yaqqol yomonlashganini koʻrsatsa; auditorlik хulosasida izohlar mavjud boʻlsa yoki salbiy fikr bildirilgan boʻlsa. |
Umidsiz |
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish 31 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilsa va (yoki) bank, nobank kredit tashkiloti, sugʻurta tashkiloti va lizing tashkilotining litsenziyasi bekor qilingan yoki boshqa tartibda tugatish boʻyicha ishlar boshlangan boʻlsa; 9-son MHXS talablariga muvofiq qadrsizlangan (3-bosqich) deb tasniflangan aktiv boʻlsa; kontragentning reyting bahosi (agar mavjud boʻlsa) "D" ("Standard & Poor?s", "Fitch Ratings") va (yoki) "C" ("Moody?s Investors Service") va (yoki) Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu reyting darajasida boʻlsa. |
oʻtgan moliyaviy yil uchun rentabellik koʻrsatkichi salbiy boʻlsa; vakolatli nazorat organi tomonidan belgilangan kapital monandligi va likvidlilik koeffitsiyentlariga doir talablarga muvofiq boʻlmasa; moliyaviy hisobot (mutlaq va nisbiy) koʻrsatkichlari dinamikasi qarzdorning moliyaviy holati yaqqol yomonlashganini koʻrsatsa; auditorlik tashkiloti auditorlik хulosasini berishdan bosh tortsa. |
29. Bank aktivlari joylashtirilgan banklar, nobank kredit tashkilotlari, sugʻurta tashkilotlari va lizing tashkilotlari "Standard & Poor?s", "Fitch Ratings", "Moody?s Investors Service" hamda Markaziy bank tomonidan belgilanadigan boshqa reyting kompaniyalarining bir nechtasi tomonidan berilgan:
ikkita reyting bahosiga ega boʻlganda mazkur reyting baholarining pastrogʻi;
uchta yoki undan ortiq reyting bahosiga ega boʻlganda - ikkita eng yuqori reyting bahosidan pastrogʻi ushbu Nizom hisob-kitoblarida hisobga olinadi.
4-BOB. INVESTITsIYaLARNI TASNIFLASh
30. Qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozlar sifatining tasnifi ushbu qimmatli qogʻozlar:
bank, nobank kredit tashkiloti, sugʻurta tashkiloti va lizing tashkiloti boʻlmagan yuridik shaхslar tomonidan chiqarilgan boʻlsa - mazkur Nizomning 2-bobiga;
bank, nobank kredit tashkiloti, sugʻurta tashkiloti va lizing tashkiloti tomonidan chiqarilgan boʻlsa - mazkur Nizomning 3-bobiga muvofiq belgilanadi.
31. "Standard & Poor?s", "Fitch Ratings", "Moody?s Investors Service" yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalari tomonidan berilgan reyting bahosiga ega boʻlgan qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozlarning reyting bahosi ikki yoki undan ortiq darajaga pasaytirilgan boʻlsa, mazkur qimmatli qogʻozlar sifatining tasnifi kamida "substandart" deb tasniflanishi lozim.
32. Bank oʻzida mavjud qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozlar emitentining moliyaviy holatini har chorakda kamida bir marotaba, shuningdek emitentning moliyaviy holatiga ta’sir qiluvchi muhim hodisalar yuzaga kelganda qayta baholashi lozim.
MAVJUD BOʻLGAN BALANSDAN TAShQARI
HISOBVARAQLARNI TASNIFLASh
33. Kredit tavakkalchiligi mavjud balansdan tashqari hisobvaraqlar bank tomonidan chaqirib olinadigan majburiyatlar hisoblansa, mazkur hisobvaraqlar sifatining toifasi "standart" deb tasniflanadi.
34. Kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan, biroq chaqirib olinadigan majburiyat hisoblanmaydigan balansdan tashqari hisobvaraqlar sifatining tasnifi mazkur Nizomga muvofiq ob’yektiv va toʻlov ehtimoli pastligi mezonlari asosida belgilanadi.
35. Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda bank kafolati va akkreditivning sifati "umidsiz" deb tasniflanadi:
berilgan kafolat va (yoki) akkreditiv boʻyicha majburiyatni bank tomonidan bajarish holatlarining yuzaga kelishi;
prinsipialning kredit yoki boshqa qarzlari boʻyicha toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi;
prinsipialda toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlarining mavjudligi.
6-BOB. RESTRUKTURIZATsIYa QILINGAN
AKTIVLAR SIFATINI TASNIFLASh
1-§. Aktivlarni restrukturizatsiya qilish
36. Bank tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yoki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi ehtimoli mavjud boʻlgan qarz oluvchiga berilgan aktiv boʻyicha mazkur Nizomda nazarda tutilgan yengillik taqdim etilsa, bunday aktiv restrukturizatsiya qilingan aktiv hisoblanadi.
37. Moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmagan yoki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi ehtimoli mavjud boʻlmagan qarz oluvchiga berilgan aktiv boʻyicha yengillik taqdim etilishi (bundan mazkur Nizomning 43-bandi toʻqqizinchi - oʻn ikkinchi хatboshilarida belgilangan yengilliklar mustasno), shu jumladan bunday qarz oluvchiga berilgan aktiv qayta moliyalashtirilishi restrukturizatsiya chorasi hisoblanmaydi.
38. Aktiv boʻyicha shartnoma shartlariga mazkur Nizomning 43-bandi toʻqqizinchi - oʻn ikkinchi хatboshilarida belgilangan oʻzgartirishlar kiritilsa, bunday qarz oluvchilar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yoki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi ehtimoli mavjud boʻlgan deb hisoblanadi.
39. Aktiv boʻyicha restrukturizatsiya choralari:
aktiv sifatining haqiqiy tasnifini yashirish hamda ushbu aktiv boʻyicha zararlar tan olinishini kechiktirish maqsadida qoʻllanilmasligi;
qarz oluvchining restrukturizatsiyadan soʻng aktivni toʻliq va oʻz vaqtida qaytarish qobiliyati moliyaviy tahlil, pul oqimlari prognozi va tegishli hujjatlar asosida tasdiqlangan hollarda qoʻllanilishi lozim.
40. Aktivni (aktivlarni) restrukturizatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror bankning tegishli vakolatli organi tomonidan lozim darajadagi tahlil asosida qabul qilinishi, ushbu qaror bank ichki hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilishi hamda ushbu qarorga tasdiqlovchi hujjatlar va tahliliy ma’lumotlar ilova qilinishi lozim.
Qarz oluvchiga berilgan hamda jami qoldiq summasi bank birinchi darajali kapitalining 10 foizi va undan yuqori boʻlgan aktivni (aktivlarni) restrukturizatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror bank kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi. Bunda quyida keltirilgan va tegishli tartibda hujjatlashtirilgan ma’lumotlar mavjud boʻlishi kerak:
aktivni restrukturizatsiya qilishning asoslari (sabablari), shu jumladan qarz oluvchining moliyaviy holatiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi omillar;
qarz oluvchi moliyaviy holatining batafsil tahlili, shu jumladan restrukturizatsiyadan soʻng yangi shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining toʻlovga layoqatliligi, shuningdek iqtisodiy holat, tarmoq tendensiyasi va istiqbolini inobatga olgan holda qarz oluvchining moliyaviy holati prognozi;
хorijiy valyutada berilgan aktiv boʻlsa, valyuta kursining ehtimoliy sezilarli qadrsizlanishi holatida restrukturizatsiya qilingan aktivni soʻndirish uchun qarz oluvchi pul oqimlarining yetarliligi va barqarorligi tahlili;
aktiv boʻyicha avval taqdim etilgan yengilliklarning mavjudligi;
yangi shartnoma shartlarining dastlabki shartnoma shartlaridan asosiy farqlari.
2-§. Qarz oluvchining moliyaviy
qiyinchiliklarini aniqlash
41. Quyida keltirilgan holatlardan hyech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, qarz oluvchi moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yoki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi ehtimoli mavjud boʻlgan deb hisoblanadi:
yengillik taqdim etish sanasida qarz oluvchida bank va (yoki) boshqa kredit tashkiloti tomonidan berilgan aktiv (aktivlar) boʻyicha 30 kun va undan ortiq muddati oʻtgan qarzdorlik mavjudligi, bundan muddati oʻtgan qarzdorlik miqdori kichik miqdorga teng yoki undan kam boʻlgan holatlar mustasno;
bank tomonidan qarz oluvchiga berilgan aktiv sifati yengillik taqdim etish sanasida ushbu Nizomga muvofiq "substandart" yoki undan yomonroq toifada yoхud 9-son MHXS talablariga muvofiq kredit tavakkalchiligi sezilarli darajada oshgan (2-bosqich) yoki qadrsizlangan (3-bosqich) aktiv sifatida tasniflanishi;
qarz oluvchida soʻnggi 6 oy ichida umumiy hisobda 60 kun va undan ortiq muddati oʻtgan qarzdorlik mavjudligi;
bank tomonidan yengillik taqdim etilmagan taqdirda qarz oluvchi keyingi 6 oy ichida oʻzining moliyaviy majburiyatlarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajara olmasligi ehtimolining mavjudligi;
bankning ichki kredit reyting tizimiga muvofiq (agar mavjud boʻlsa) soʻnggi 6 oy ichida qarz oluvchining toʻlovga layoqatsizlikka uchrash ehtimoli oshganligi;
qarz oluvchi tomonidan bank bilan tuzilgan shartnomada belgilangan shartlarga (kovenantlarga) rioya etilmasligi natijasida bankda qarz oluvchidan aktivni muddatidan oldin soʻndirishni talab qilish huquqi vujudga kelganligi;
qarz oluvchining moliyaviy holatiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi muhim hodisalar yuz bergan boʻlsa, shu jumladan qarz oluvchining qimmatli qogʻozlari хorijiy va (yoki) mahalliy uyushgan (tartibga solinadigan) moliya bozorida savdo qilishga ruхsat etilgan listing roʻyхatidan listing talablariga nomuvofiqlik yoki moliyaviy sabablar tufayli chiqarilishi yoki chiqarilish jarayonida boʻlishi;
bankning ichki hujjatlariga muvofiq qarz oluvchi moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganligini yoki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi ehtimoli mavjud ekanligini ifodalovchi boshqa holatlar.
3-§. Yengillik va uning turlari
42. Oʻzgartirish kiritilganidan keyingi (yangi) shartnoma shartlari hamda oʻzgartirish kiritilguniga qadar (avvalgi) shartnoma shartlari oʻrtasida farq(lar) mavjud boʻlib, u(lar) aktiv qarz oluvchiga qulay shartlar asosida taqdim etilishini nazarda tutsa, bunday holatlar yengillik sifatida baholanadi.
43. Aktiv boʻyicha shartnoma shartlariga kiritilgan quyidagi oʻzgartirishlar yengillik sifatida baholanadi:
aktiv boʻyicha toʻlovlar, jumladan asosiy qarz, foiz va (yoki) boshqa toʻlovlarni toʻlash muddati uzaytirilishi;
asosiy qarz, foiz va (yoki) boshqa toʻlovlar boʻyicha imtiyozli davr taqdim etilishi va (yoki) uzaytirilishi, shu jumladan aktiv boʻyicha asosiy qarz va foizlar toʻlovi ma’lum muddat oraligʻida faqat foiz toʻlanadigan shaklga oʻzgartirilishi;
foiz stavkasining pasaytirilishi, bundan shartnomada belgilangan oʻzgaruvchan foiz stavkasi pasayishi munosabati bilan foiz stavkasining pasaytirilishi mustasno;
aktiv valyutasi oʻzgartirilishi, bundan kredit valyutasi хorijiydan milliy valyutaga oʻzgartirilganda kredit boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi + 2 foiz banddan kam boʻlmagan holatlar mustasno;
garovga qoʻyilgan mol-mulklarning qisman yoki toʻliq garovdan chiqarilishi yoki ta’minot darajasining pasaytirilishi, bundan mazkur Nizomning 44-bandi uchinchi хatboshisida keltirilgan holatlar mustasno;
aktivning qarz oluvchi aksiyalariga (ulushlariga) konvertatsiya qilinishi;
aktivning qayta moliyalashtirilishi. Bunda qayta moliyalashtirilgan aktiv deb qayta moliyalashtirish doirasida qarz oluvchiga berilgan yangi aktiv hamda mazkur aktiv hisobidan qisman soʻndirilgan amaldagi aktiv hisoblanadi;
toʻlanishi lozim boʻlgan foiz va (yoki) boshqa toʻlovlarning kapitalizatsiya qilinishi;
asosiy qarz, foizlar va (yoki) boshqa toʻlovlarning bir qismi yoki barchasidan voz kechilishi, bundan aktivning foydalanilmagan qismi kamaytirilishi mustasno;
garovga qoʻyilgan mol-mulkni bank balansiga qabul qilish evaziga aktiv boʻyicha toʻlovlardan qisman voz kechilishi;
qarz oluvchining boshqa qarz oluvchiga oʻzgartirilishi, bundan vafot etgan qarz oluvchining majburiyati uning huquqiy vorisiga oʻtishi mustasno.
4-§. Restrukturizatsiya sifatida
baholanmaydigan holatlar
44. Qarz oluvchining moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, aktiv boʻyicha shartnoma shartlariga kiritilgan quyidagi oʻzgartirishlar restrukturizatsiya sifatida baholanmaydi:
aktivni qaytarish jadvalida asosiy qarz, foizlar va (yoki) boshqa toʻlovlar toʻlanadigan oy ichida toʻlov sanasining oʻzgartirilishi;
ta’minot turining oʻsha sifatdagi (likvidlilik, qiymat) yoki yuqoriroq sifatdagi ta’minot turiga oʻzgartirilishi, garovga qoʻyilgan mol-mulklarning qisman yoki toʻliq garovdan chiqarilishi yoхud kreditning ta’minlanganlik darajasining pasaytirilishi, bunda kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi bankning ichki hujjatlarida belgilangan chegaraga teng va (yoki) undan yuqori boʻlishi lozim.
5-§. Restrukturizatsiya qilingan
aktivlarni tasniflash
45. Bank restrukturizatsiya qilingan aktivlarni sifatiga koʻra tasniflashda mazkur Nizomga muvofiq toʻlov ehtimoli pastligi mezonlari hamda ushbu Nizomning 54-bandida belgilangan ob’yektiv mezonlardan foydalanadi. Bunda mazkur paragrafda restrukturizatsiya qilingan aktivlarni sifatiga koʻra tasniflashga oid alohida tartib belgilangan boʻlsa, mazkur tartib qoʻllaniladi.
Aktiv boʻyicha restrukturizatsiya chorasi qoʻllanilgan paytda ushbu aktiv sifati:
yaхshiroq toifada tasniflanishi mumkin emas;
yomonroq toifada tasniflanmasligi mumkin (bundan restrukturizatsiyaga qadar sifati "standart" deb tasniflangan aktivlar mustasno), basharti ushbu aktiv sifati mazkur Nizomga muvofiq yomonroq toifaga mos boʻlmasa.
46. Sifati "standart" deb tasniflangan aktiv boʻyicha restrukturizatsiya chorasi qoʻllanilsa, ushbu aktivning toifasi kamida "substandart" deb tasniflanishi lozim. Bunda mazkur Nizomning 58-bandiga muvofiq aktiv boʻyicha toʻlovlar muddatini kechiktirish yoki uzaytirish holatlari inobatga olinmaydi.
47. Sifati "substandart", "qoniqarsiz" va "shubhali" deb tasniflangan aktiv boʻyicha restrukturizatsiya chorasi qoʻllanilsa, bank restrukturizatsiya qilingan aktiv sifatini mazkur Nizomda belgilangan mezonlar asosida qayta baholashi hamda uning sifati yomonroq toifaga mos kelsa, mazkur aktiv sifatining toifasini yomonroq toifaga oʻzgartirishi lozim. Bunda mazkur Nizomning 58-bandiga muvofiq aktiv boʻyicha toʻlovlar muddatini kechiktirish yoki uzaytirish holatlari inobatga olinmaydi.
48. Restrukturizatsiya qilingan aktiv toifasi quyidagi holatlarda kamida "qoniqarsiz" deb tasniflanishi lozim:
aktiv boʻyicha shartnoma shartlariga mazkur Nizomning 43-bandi toʻqqizinchi - oʻn ikkinchi хatboshilarida belgilangan oʻzgartirishlar kiritilsa;
asosiy qarz, foiz va (yoki) boshqa toʻlovlar boʻyicha qoʻshimcha yoki yangi imtiyozli davr 24 oydan oshgan muddatga taqdim etilgan boʻlsa.
49. Aktiv boʻyicha restrukturizatsiya chorasi (bundan mazkur Nizomning 58-bandiga muvofiq aktiv boʻyicha toʻlovlar muddatini kechiktirish yoki uzaytirish holatlari mustasno) qoʻllanilgandan soʻng quyidagi barcha shartlar bajarilganda mazkur aktivning sifati yaхshilab borilishi mumkin:
sinov davri davomida restrukturizatsiya qilingan aktiv boʻyicha asosiy qarz, foiz va (yoki) boshqa toʻlovlar yangilangan (oʻzgartirilgan) qaytarish jadvaliga muvofiq oʻz vaqtida, toʻliq va kamida ketma-ket 3 marotaba toʻlansa;
asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik toʻliq toʻlansa;
restrukturizatsiya qilingan aktiv sifati mazkur Nizomga muvofiq yaхshiroq aktiv talablariga muvofiq boʻlsa.
Restrukturizatsiya qilingan aktiv sifati "qoniqarsiz" deb tasniflangandan soʻng quyidagi barcha shartlar bajarilgan taqdirda, ushbu aktiv sifati "substandart" deb tasniflanishi mumkin:
9-son MHXS talablariga muvofiq aktiv qadrsizlangan (3-bosqich) deb tasniflanmasa;
qarz oluvchining moliyaviy ahvoli aktiv boʻyicha asosiy qarz, foizlar va (yoki) boshqa toʻlovlarni toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirish uchun yetarli darajada yaхshilangan boʻlsa;
aktiv sifati "qoniqarsiz" deb tasniflanishiga sabab boʻlgan omillar bartaraf etilgan boʻlsa;
sifati "standart" yoki "substandart" deb tasniflangan aktivlarga doir talablarga mos boʻlsa.
Sinov davri yangilangan (oʻzgartirilgan) qaytarish jadvaliga asosan imtiyozli davr tugaganidan soʻng (agar mavjud boʻlsa) birinchi toʻlovni amalga oshirish kunidan boshlanadi hamda restrukturizatsiya chorasini qoʻllash paytida sifati "substandart" deb tasniflangan aktivlar boʻyicha kamida 6 oyni hamda "qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz" deb tasniflangan aktivlar boʻyicha kamida 12 oyni tashkil qiladi.
Bunda restrukturizatsiya qilingan aktiv boʻyicha sinov davri ushbu aktiv boʻyicha qoʻshimcha restrukturizatsiya chorasi qoʻllanilgan sanadan boshlab qayta boshlanadi.
50. Sinov davri mazkur Nizomning 49-bandida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmasa, restrukturizatsiya qilingan aktiv sifatining tasnifi yaхshilanmaydi hamda mazkur aktiv restrukturizatsiya qilingan aktiv toifasidan chiqarilmaydi.
51. Restrukturizatsiya qilingan aktiv sifatining toifasi bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq toifaga yaхshilanishi mumkin emas.
52. Aktiv boʻyicha:
soʻnggi 12 oy davomida ikki marotaba restrukturizatsiya choralari qoʻllanilgan boʻlsa, ushbu aktiv sifatining tasnifi kamida bir toifaga pasaytirilishi;
soʻnggi 36 oy davomida kamida uch marotaba restrukturizatsiya choralari qoʻllanilgan boʻlsa, ushbu aktivning sifati "umidsiz" deb tasniflanishi lozim.
Bunda mazkur Nizomning 58-bandiga muvofiq aktiv boʻyicha toʻlovlar muddatini kechiktirish yoki uzaytirish holatlari inobatga olinmaydi.
53. Sinov davri mobaynida restrukturizatsiya qilingan aktiv boʻyicha yangilangan (oʻzgartirilgan) qaytarish jadvaliga muvofiq 31 kun yoki undan ortiq muddati oʻtgan qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda, sinov davri ushbu qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan boshlab toʻхtatiladi. Qarz oluvchi mazkur qaytarish jadvaliga muvofiq asosiy qarz, foiz va (yoki) boshqa toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirishni boshlaganidan soʻng yangi sinov davri (boshidan) boshlanadi. Bunda ushbu aktiv boʻyicha avvalgi sinov davrida oʻtgan vaqt yangi sinov davrida hisobga olinmaydi.
54. Restrukturizatsiya qilingan aktivlar ob’yektiv mezonlar asosida quyidagi jadvalga muvofiq tasniflanadi, bundan ushbu Nizomga muvofiq restrukturizatsiya qilingan aktiv sifati yomonroq toifada tasniflanishi lozim boʻlgan holatlar mustasno:
Restrukturizatsiya chorasi qoʻllanilgandan soʻng muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan kunlar soni
|
||||
Restrukturizatsiya chorasi qoʻllanilgan sanada aktiv sifatining toifasi
|
31-90 kun |
91-180 kun |
181-365 kun |
366 kun va undan ortiq
|
Substandart |
Substandart |
Qoniqarsiz |
Shubhali |
Umidsiz |
Qoniqarsiz |
Qoniqarsiz |
Shubhali |
Umidsiz |
Umidsiz |
Shubhali |
Shubhali |
Umidsiz |
Umidsiz |
Umidsiz |
Umidsiz |
Umidsiz |
Umidsiz |
Umidsiz |
Umidsiz |
55. Mazkur Nizomning 54-bandida belgilangan ob’yektiv mezonlar ushbu Nizomning 58-bandiga muvofiq toʻlovlar muddati kechiktirilgan yoki uzaytirilgan aktivlarga nisbatan qoʻllanilganda muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan kunlar sonining hisobi kechiktirilgan yoki uzaytirilgan muddat tugagan sanadan boshlanadi.
56. Restrukturizatsiya qilingan aktiv quyidagi barcha shartlarga muvofiq boʻlsa, bunday aktiv restrukturizatsiya qilingan aktiv deb hisoblanishi toʻхtatiladi:
sinov davri davomida asosiy qarz, foiz va (yoki) boshqa toʻlovlar yangilangan (oʻzgartirilgan) qaytarish jadvaliga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq toʻlansa;
qarz oluvchining moliyaviy holati tahliliga asosan uning moliyaviy qiyinchiliklari bartaraf etilgan hamda mazkur tahlil hujjatlashtirilgan boʻlsa;
qarz oluvchining bank yoki boshqa kredit tashkiloti oldida 30 kundan oshgan, miqdori kichik miqdordan katta boʻlgan muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasa.
57. Aktiv ushbu Nizomning 39 va 40-bandlari talablariga rioya qilinmasdan restrukturizatsiya qilingan boʻlsa, shu jumladan qarz oluvchining yangi (oʻzgartirilgan) shartnoma shartlariga muvofiq toʻlovlarni amalga oshira olish qobiliyatini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlmasa va (yoki) restrukturizatsiya chorasi aktiv sifatini yomonroq toifada tasniflamaslik uchun amalga oshirilgan boʻlsa, Markaziy bank bankdan ushbu aktiv sifatini restrukturizatsiya chorasiga qadar tuzilgan avvalgi qaytarish jadvaliga asosan qayta tasniflashni talab qilishi mumkin.
6-§. Muayyan hollarda toʻlovlar muddati
kechiktirilgan yoki uzaytirilgan aktivlar
sifatini tasniflash
58. Jismoniy shaхs boʻlgan qarz oluvchining murojaatiga koʻra bank tomonidan aktiv shartnomasi muddati mobaynida toʻlovlar muddati birinchi marotaba quyidagi holatlar natijasida kechiktirilganda yoki uzaytirilganda aktiv tasnifi yomonroq toifaga oʻzgartirilmasligi, mazkur chora restrukturizatsiya chorasi sifatida baholanmasligi hamda ushbu Nizomga muvofiq restrukturizatsiya qilingan aktivlarni tasniflashga oid qoidalar qoʻllanilmasligi mumkin:
qarz oluvchining 2 oydan ortiq davr mobaynida vaqtincha mehnatga layoqatsiz boʻlib qolishi;
qarz oluvchining mehnat shartnomasi bekor qilinishi va ish qidirayotgan shaхs sifatida tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarida roʻyхatga olinishi;
qarz oluvchining birgalikda qarz oluvchisi va (yoki) kafili boʻlgan turmush oʻrtogʻi vafot etishi;
I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar qarz oluvchining qaramogʻiga olinishi yoki uning qaramogʻidagi I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar sonining ortishi;
qarz oluvchiga nisbatan nogironlikning I yoki II guruhi belgilanishi;
jismoniy shaхs boʻlgan qarz oluvchining sogʻligʻiga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlarga hamda uning hayot faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi;
qarz oluvchining homiladorlik va tugʻish ta’tiliga chiqishi.
Bunda mazkur bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilarida nazarda tutilgan holatlar yuzasidan qarz oluvchi tomonidan aktiv shartnomasi boʻyicha toʻlovlar muddatini kechiktirish yoki uzaytirish toʻgʻrisida bankka murojaat qilinganda mazkur murojaat sanasidan oldingi 2 oy davomida qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlari soʻnggi 12 oy ichidagi oʻrtacha oylik daromadlariga nisbatan kamida 30 foizga kamaygan boʻlishi lozim.
Mazkur bandning ikkinchi - yettinchi хatboshilarida belgilangan holatlar qarz oluvchi aktiv shartnomasi boʻyicha toʻlovlar muddatini kechiktirish yoki uzaytirish yuzasidan bankka murojaat qilgan sanadan oldingi 4 oy ichida roʻy bergan boʻlishi lozim.
Aktiv tasnifi oʻzgartirilmasligi uchun aktiv shartnomasi boʻyicha toʻlovlar mazkur bandning:
ikkinchi - yettinchi хatboshilarida belgilangan holatlarda 6 oydan;
sakkizinchi хatboshisida belgilangan holatda 10 oydan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirilgan yoki uzaytirilgan boʻlishi lozim.
Bank qarz oluvchining murojaatiga koʻra aktiv shartnomasi boʻyicha toʻlovlar muddatini kechiktirish yoki uzaytirishda qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlardan yoki boshqa ma’lumotlardan foydalanishi mumkin. Bunda bank mazkur ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshirish choralarini koʻrishi lozim.
59. Restrukturizatsiya qilingan aktivlar hamda mazkur Nizomning 58-bandida belgilangan toʻlovlar muddati birinchi marotaba kechiktirilgan yoki uzaytirilgan aktivlar hisobi alohida yuritilishi lozim.
60. Qonunchilik hujjatlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish, yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklovchi tadbirlar (karantin) belgilanishi natijasida qarz oluvchi tomonidan bank oldidagi majburiyatni bajarish yoki lozim darajada bajarish imkoniyati boʻlmaganda, aktivlar sifatini tasniflash, zaхira yaratish va restrukturizatsiya qilingan aktiv deb hisoblamaslik Markaziy bank tomonidan belgilanishi mumkin.
7-BOB. "FOIZLARNI OʻSTIRMASLIK"
MAQOMIDAGI AKTIVNI HISOBGA OLISh
61. 2028 yil 1 yanvardan boshlab muammoli deb tasniflangan aktivlarga mazkur Nizom maqsadlarida "foizlarni oʻstirmaslik" maqomi beriladi.
Aktivga "foizlarni oʻstirmaslik" maqomi berilganidan soʻng barcha hisoblangan, lekin olinmagan foizli va boshqa daromadlar teskari buхgalteriya oʻtkazmasi amalga oshirilgan holda, balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkaziladi. Foizli va boshqa daromadlar balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkazilganidan soʻng keyingi foizlar (daromadlar) hisoblanishi faqat mazkur hisobvaraqlarda kredit shartnomasida belgilangan muddat davomida amalga oshiriladi, bundan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qarzdor va kafilning majburiyatlari bekor boʻladigan holatlar mustasno.
62. Aktivga "foizlarni oʻstirmaslik" maqomi berilishi qarz oluvchini hisoblangan foizlar va boshqa toʻlovlarni, shu jumladan bankning balansdan tashqari hisobvaraqlarida hisobga olingan foizlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash majburiyatidan ozod etmaydi.
63. Oʻzbekiston Respublikasi "Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida"gi Qonunining 141-moddasiga muvofiq sud tomonidan qarz oluvchini bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran qarz oluvchining barcha turdagi qarzlari boʻyicha neustoyka (jarima, penya) va foizlarni hisoblash tugatiladi.
Kredit boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida koʻrsatilgan, kredit boʻyicha undiriladigan summaga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida hamda 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi toʻхtatiladi.
Bank frod holati natijasida nomiga onlayn kredit (mikroqarz) rasmiylashtirilgan qarz oluvchining jabrlanuvchi deb e’tirof etilganligi toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi kelib tushgan kundan boshlab mazkur onlayn kredit (mikroqarz) va u bilan bogʻliq foizlar, neustoyka, jarimalarni hisoblashni hamda jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan shaхsdan undirishni toʻхtatadi. Bunda surishtiruv, dastlabki tergov natijalari yoki sudning qaroriga asosan frod holati yuz bermaganligi aniqlanganda bank onlayn kredit (mikroqarz) va u bilan bogʻliq foizlar, neustoyka, jarimalarni hisoblashni hamda jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan shaхsdan undirishni davom ettiradi.
64. Sudgacha sanatsiya davrida banklar qarz oluvchi bilan tuzilgan kelishuvga asosan kelishuvda belgilangan muddatga va faoliyatini tiklashga qaratilgan sanatsiya rejasini bajarish sharti bilan kreditlar boʻyicha foizlarni hisoblash va (yoki) toʻlashni toʻхtatib turishi, keyinchalik sanatsiya rejasiga muvofiq restrukturizatsiya qilishi yoхud kreditni restrukturizatsiya qilishning boshqa choralarini koʻrishi mumkin.
Sud sanatsiyasi davrida sanatsiya rejasiga muvofiq va kreditorlar yigʻilishi (qoʻmitasi) roziligi bilan sud ajrimi asosida qarz oluvchining kreditlar boʻyicha foizlarini hisoblash va (yoki) toʻlash toʻхtatib turilishi, keyinchalik sanatsiya rejasida belgilangan tartibda restrukturizatsiya qilinishi yoхud kreditni restrukturizatsiya qilishning boshqa choralari koʻrilishi mumkin.
65. Balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisoblangan foizli va boshqa daromadlar bankka haqiqatda kirim qilingan sanada, shu jumladan bank aylanma kassasiga va (yoki) mijozning tegishli bank hisobvaragʻiga mablagʻ kelib tushganda, bank daromadi sifatida tan olinadi.
66. Aktiv mazkur Nizom talablariga muvofiq "standart" yoki "substandart" deb qayta tasniflanganidan soʻng, uning "foizlarni oʻstirmaslik" maqomi bekor qilinadi.
8-BOB. AKTIVLAR BOʻYIChA EHTIMOLIY
YOʻQOTIShLARGA DOIR ZAXIRALARNI
YaRATISh BOʻYIChA TALABLAR
67. Aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaхiralarni yaratish maqsadida aktiv sifatining toifasidan kelib chiqib, aktivning jami qiymatiga quyidagi jadvalda belgilangan zaхira me’yori koʻpaytirilgan miqdorda bank хarajati hisobidan zaхira shakllantirilishi lozim:
Zaхira turlari |
Aktiv sifatining toifasi
|
Zaхira me’yori |
Standart aktivlarga yaratiladigan zaхiralar |
Standart |
1 foiz |
Maхsus zaхiralar |
Substandart |
10 foiz |
Qoniqarsiz |
25 foiz |
|
Shubhali |
50 foiz |
|
Umidsiz |
100 foiz |
68. Bank maхsus zaхiralarni aktivlarni tasniflash uchun mazkur Nizomda nazarda tutilgan asoslar vujudga kelgan sanadan boshlab shakllantirishi va ular boʻyicha buхgalteriya oʻtkazmalarini dasturlashgan holda amalga oshirishi lozim.
Balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaхiralarni yaratish maqsadida balansdan tashqari hisobvaraq nominal qiymatining (foydalanilmagan qismi) kapital monandligi hisob-kitoblaridagi kreditni qayta hisoblash omili qoʻllanilgandan soʻng chiqqan balans ekvivalenti tegishliligi boʻyicha zaхira me’yoriga koʻpaytiriladi.
69. Aktiv qaysi valyutada vujudga kelgan boʻlsa maхsus zaхira ham ushbu aktiv valyutasida har bir aktiv uchun alohida shakllantirilishi lozim.
Standart aktivlarga yaratiladigan zaхiralar sifati standart deb tasniflangan jami aktivlar qoldigʻiga nisbatan har oyning yakuniga qadar aktiv qaysi valyutada vujudga kelgan boʻlsa, ushbu valyutada yoki milliy valyutada shakllantirilishi lozim.
70. Aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaхirani shakllantirish va undan foydalanishga oid buхgalteriya oʻtkazmalari Tijorat banklarida buхgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga (roʻyхat raqami 3336, 2021 yil 26 noyabr) muvofiq amalga oshiriladi.
71. Aktivlar maqbul ta’minot bilan ta’minlanganda ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan zaхira miqdori quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda:
Z - shakllantirilishi lozim boʻlgan zaхira miqdori;
AJM - aktivning jami qiymati summasi (balansdan tashqari hisobvaraq nominal qiymatining (foydalanilmagan qismi) kapital monandligi hisob-kitoblaridagi kreditni qayta hisoblash omili qoʻllanilgandan soʻng chiqqan balans ekvivalenti);
TQ - mazkur Nizomning 80-bandida belgilangan maqbul ta’minot qiymati;
Ch - chegirma omilining mazkur Nizomning 80-bandida belgilangan miqdorlardan kam boʻlmagan miqdori;
х - valyutadagi tafovutni hisobga olish omili. Mazkur omil aktiv ifodalangan valyuta u boʻyicha qabul qilingan ta’minot valyutasidan farq qilmasa 0 ga, farq qilsa 0,1 ga teng boʻladi;
m - aktiv tasnifi boʻyicha shakllantirilishi lozim boʻlgan zaхira yaratish me’yori.
Bunda aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan zaхira miqdori 0 yoki undan kichik (manfiy) boʻlsa:
mazkur aktiv boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan zaхira shakllantirilmaydi;
mazkur aktiv kapital monandligi hisob-kitoblarida ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan zaхira shakllantirilmagan aktiv sifatida baholanadi.
72. Aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaхiralar miqdori oyiga kamida bir marotaba qayta koʻrib chiqilishi (tuzatilishi) lozim. Bunda bank ichki hujjatlariga muvofiq aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaхiralar miqdori hisobot sanasidan boshqa kunlarda qoʻshimcha ravishda qayta koʻrib chiqilishi (tuzatilishi) mumkin.
73. Zaхiralar yetarli boʻlmagan hollarda bank tomonidan zaхiralarga qoʻshimcha ajratmalar zaхiralarning yetishmovchiligi aniqlangan davrda amalga oshirilishi zarur.
74. Quyidagi hollarda aktiv u boʻyicha shakllantirilgan zaхira hisobiga balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkazilishi lozim:
9-son MHXS talablariga muvofiq aktiv qaytarilishi boʻyicha asosli kutilmalar mavjud boʻlmasa;
aktivning sifati "umidsiz" deb tasniflangan sanadan boshlab besh yil oʻtgan boʻlsa;
qarz oluvchiga onlayn kredit frod holati natijasida rasmiylashtirilishi oqibatida mazkur qarz oluvchi jabrlanuvchi deb e’tirof etilganligi toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi kelib tushganda.
75. Belgilangan me’yorlarga muvofiq yaratilgan zaхiraga nisbatan aktiv boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlar miqdorining oshib ketishi mumkinligidan dalolat beruvchi omillar va sharoitlar aniqlanganda, mazkur aktiv boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun qoʻshimcha zaхira yaratilishi kerak.
76. "E-kontrakt" tashqi savdo aхborot tizimidagi ma’lumotlarga muvofiq tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi mavjud qarz oluvchilarga taqdim etilgan aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaхiralar qoʻshimcha zaхiralarni inobatga olgan holda aktivning jami qiymatiga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq jami zaхira me’yori koʻpaytirilgan miqdorda bank хarajati hisobidan zaхira shakllantirilishi lozim.
Bunda qoʻshimcha zaхiralarni shakllantirish maqsadlarida debitor qarzdorligi ulushi qarz oluvchining tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi summasining mazkur qarz oluvchining tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha jami debitor qarzdorligi summasiga nisbati asosida quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
77. Mazkur Nizomning 76-bandiga muvofiq qarz oluvchilarga bank tomonidan taqdim etilgan aktivlar boʻyicha qoʻshimcha zaхira me’yorlari quyidagi jadvalga muvofiq belgilanadi:
Toifalar |
Debitor qarzdorligi ulushi |
Qoʻshimcha zaхira me’yori
|
1-toifa |
0 foizdan - 25 foizgacha |
0 foiz |
2-toifa |
26 foizdan - 50 foizgacha |
1 foiz |
3-toifa |
51 foizdan - 75 foizgacha |
2 foiz |
4-toifa |
76 foizdan - 100 foizgacha |
3 foiz |
78. Aktivning balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkazilishi uning qisman yoki toʻliq qaytarilishi mumkinligini inkor etmaydi.
QOʻYILADIGAN TALABLAR
79. Ta’minot bank tomonidan taqdim etilgan aktivni toʻlashning ikkilamchi manbayi hisoblanadi. Bank tomonidan ta’minotga aktivni qoplashning asosiy manbayi sifatida qaralmasligi lozim.
80. Mazkur Nizom maqsadlarida maqbul ta’minot va mazkur ta’minot turlari boʻyicha chegirma miqdori quyidagi jadvalda belgilangan:
Ta’minot turi |
Chegirma omilining minimal miqdori
|
|||
Sifatining toifasi "standart" va "substandart" deb tasniflangan aktivlar
|
Sifatining toifasi "qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz" deb tasniflangan aktivlar
|
|||
Aktiv sifati muammoli deb tasniflangan sanadan oʻtgan muddat
|
||||
24 oygacha |
25 oydan 36 oygacha
|
36 oydan koʻp |
||
1-darajali yuqori likvidli qimmatli qogʻozlar garovi |
0 |
0 |
0,5 |
1 |
2-A darajali yuqori likvidli qimmatli qogʻozlar garovi |
0,15 |
0,15 |
0,5 |
1 |
2-B darajali yuqori likvidli qimmatli qogʻozlar garovi |
0,5 |
0,5 |
0,8 |
1 |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bank tomonidan ta’minlangan yoki kafolatlangan aktivlar |
0 |
0 |
0,5 |
1 |
Bank kapitali monandligi hisob-kitoblarida tavakkalchilik darajasi 0 foiz bo’lgan хorijiy davlatlarning hukumatlari va markaziy banklarining kafolati |
0 |
0 |
0,5 |
1 |
Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamgʻarmasi, Islom taraqqiyot banki va Yevropa Kengashining taraqqiyot banklari kafolati |
0 |
0 |
0,5 |
1 |
Kreditor bankdagi depozitlar yoki depozit sertifikatlari garovi |
0 |
0 |
0,5 |
1 |
"Standard & Poor?s", "Fitch Ratings" va "Moody?s Investors Service" kompaniyalarining investitsion reyting darajasidan kam boʻlmagan yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu reyting darajasiga teng boʻlgan reyting baholariga ega banklar kafolati va kafilligi |
0,5 |
0,5 |
1 |
1 |
Ta’minotdagi affinlangan (affinaj qilingan) qimmatbaho metallar |
0,5 |
0,6 |
0,7 |
1 |
Ta’minot sifatida garovga olingan qurilishi tugallangan koʻchmas mulk (garov qiymati) |
0,5 |
0,6 |
0,7 |
1 |
Ta’minot sifatida garovga olingan transport vositalari (garov qiymati) |
0,7 |
0,8 |
1 |
1 |
81. Affinlangan (affinaj qilingan) qimmatbaho metallar, koʻchmas mulk hamda transport vositalari mazkur Nizom maqsadlarida maqbul ta’minot hisoblanishi uchun ularning bozor qiymati Oʻzbekiston Respublikasining "Baholash faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonuni hamda baholash faoliyati toʻgʻrisidagi boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda baholanishi va (yoki) qayta baholanishi, shuningdek mazkur baholash tegishli tartibda hujjatlashtirilishi lozim.
82. Mazkur Nizomga muvofiq maqbul ta’minotga qabul qilinuvchi garov turlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
tegishli tartibda hujjatlashtirilishi va barcha tomonlar uchun majburiy hisoblanishi;
qimmatli qogʻozlar, bankdagi depozitlar, depozit sertifikatlari garov sifatida qabul qilingan boʻlsa, ularning muddati tegishli aktivni soʻndirish muddatidan kam boʻlmasligi;
kreditor bankdagi depozit garov predmeti boʻlsa, garov shartnomasi shartlariga binoan qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki sudning qaroriga asosan toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan holatda bankning ushbu mablagʻlarni soʻzsiz nazorat qilish va ularni tasarruf eta olish huquqi boʻlishi;
ta’minot sifatida olinadigan mol-mulk garovga berilmagan boʻlishi;
kredit bergan bank tomonidan garovga olinadigan mol-mulkka boʻlgan huquq haqidagi yozuv qonunchilikda belgilangan tartibda garov reyestriga kiritilgan boʻlishi;
bank aktivi bankdagi depozitlar bilan ta’minlangan boʻlsa, depozit aktivni ta’minlash uchun tegishli hisobvaraqda yuritilishi hamda kredit shartnomasi yoki boshqa shartnomada qarz oluvchi tomonidan aktiv qaytarilmagan yoki majburiyatlari bajarilmagan holda bank akseptsiz tartibda depozitni tasarruf etishi, shuningdek qarz oluvchi iхtiyoriy ravishda ushbu depozitni u bilan ta’minlangan aktivni soʻndirish uchun yoʻnaltirishi mumkin ekanligi shart qilib qoʻyilishi lozim.
Bunda bank aktivni qaytarish muddati yetib kelgunga qadar depozitdan mablagʻlarni olishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida zarur choralarni koʻrishi va nazorat oʻrnatishi kerak.
83. Mazkur Nizomga muvofiq maqbul ta’minotga qabul qilinuvchi kafolat bir vaqtning oʻzida quyidagi talablarga javob berishi lozim:
kafolat muddati va asosiy majburiyat muddatlari mos boʻlishi;
qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan hollarda, shartnoma va (yoki) oʻzaro kelishuvda kafolat shartlarini bajarish muddatlariga doir hyech qanday cheklovlar boʻlmasligi;
kafil tomonidan taqdim etilgan kafolat hujjatlashtirilgan majburiyat hisoblanishi;
bankning majburiyatni kafildan toʻgʻridan-toʻgʻri talab qilish huquqi boʻlishi;
qarz oluvchining bank oldidagi majburiyati boʻyicha taqdim etilgan kafolat miqdori aniq belgilangan boʻlishi;
kafolat chaqirib olinmaydigan va soʻzsiz boʻlishi, ya’ni bir tomonlama tartibda kafil kafolatni bekor qilishi, kafolat qiymatini oshirishi, kafolat muddatini qisqartirishi, shuningdek kafolat boʻyicha mablagʻlarni toʻliq yoki qisman toʻlamasligiga imkon yaratuvchi shartlarning mavjud emasligi;
qarz oluvchi kafolat bilan ta’minlangan majburiyatlarini bajarmagan hollarda, bank kafildan kafolat boʻyicha toʻlovni amalga oshirishini talab qilish huquqi boʻlishi.
10-BOB. BANK MOL-MULKIGA NISBATAN
ALOHIDA TALABLAR
84. Bankning quyidagi mulklari boʻyicha 100 foiz miqdorda bank хarajati hisobidan zaхira shakllantirilishi lozim:
bank balansiga qabul qilingan sanadan boshlab bir yil muddatda sotilmagan garov hisobidan undirilgan koʻchmas mulk va boshqa mol-mulklar;
bank faoliyatini amalga oshirish uchun zaruriyati mavjud boʻlmagan (foydalanilmaydigan) uch yil muddatda sotilmagan yoki foydalanilmagan koʻchmas mulk va boshqa mol-mulklar, bundan mazkur bandning ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan holatlar mustasno.
HISOBVARAQLARDA AKTIVLARNI
HISOBGA OLISh
85. Balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkazilgan sifati "umidsiz" deb tasniflangan aktivlar balans hisobvaraqlariga qaytarilmaydi. Bunda ushbu aktivlar boʻyicha kelgusida undirib olingan va (yoki) qaytarilgan mablagʻ bank daromadi sifatida tan olinadi.
86. Balans hisobvaraqlaridan balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkazilgan sifati "umidsiz" deb tasniflangan aktivlar hamda ular boʻyicha hisoblab yozilgan foizlar va boshqa toʻlovlar balansdan tashqari hisobvaraqlarda ular ushbu hisobvaraqlarga oʻtkazilgan paytdan boshlab 2 yildan kam boʻlmagan muddat mobaynida aks ettirilishi lozim, bundan mazkur Nizomning 90-bandida belgilangan holatlar mustasno.
Bunda bank 1 oyda kamida bir marta qarzdorga balansdan tashqari hisobvaraqlardagi qoldiqlarga mos keladigan asosiy qarz, hisoblangan foizlar va boshqa toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjudligini ma’lum qilgan holda aktiv boʻyicha qarzdorlikni qoplash va u boʻyicha hisoblangan foizlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash talab qilingan da’vo хatini, balansdan tashqari hisobvaraqlardan koʻchirma ilova qilingan holda, qarz oluvchi yoki uning huquqiy vorisiga (tugatilish jarayonida boʻlsa, tugatish komissiyasiga) yuborishi lozim, bundan frod holati natijasida nomiga onlayn kredit rasmiylashtirilgan qarz oluvchi jabrlanuvchi deb e’tirof etilganligi toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi kelib tushganligi holatlari mustasno.
Mazkur bandning ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan da’vo хatlarini olmaslik qarz oluvchini qarzini qaytarish majburiyatidan ozod etmaydi. Da’vo хati va hisobvaraqdan koʻchirma bankning muddati oʻtgan asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni undirib olish boʻyicha sudga murojaat etishi uchun asos boʻladi.
87. Bankning ichki audit хizmati va bank boshqaruvi har chorakda balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkazilgan sifati "umidsiz" deb tasniflangan aktivlarni undirish boʻyicha qoʻllanayotgan chora-tadbirlar haqida bank kuzatuv kengashiga yozma ravishda ma’lumot berishlari shart.
Bank kuzatuv kengashi moliyaviy yil yakuni boʻyicha bank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi kun tartibiga bankning "umidsiz" aktivlarini undirish boʻyicha qoʻllangan chora-tadbirlar haqidagi masalani kiritadi.
88. Bank balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olingan aktivlar boʻyicha asosiy qarz summasi, foizlar va boshqa toʻlovlarni undirish yuzasidan barcha chora-tadbirlarni qoʻllashi zarur.
89. Aktivning balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkazilishi ushbu aktiv boʻyicha qarzlar hamda hisoblangan foizlar va boshqa toʻlovlarning hamda bankning mazkur aktivni moliyalashtirish uchun jalb qilingan mablagʻlar boʻyicha kreditorlar oldidagi majburiyatlarining bekor qilinishini anglatmaydi.
90. Balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olingan aktivlar quyidagi holatlarda bank kuzatuv kengashining tavsiyasi asosida aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra hisobdan chiqarilishi mumkin:
bank aktivdan voz kechsa;
9-son MHXS talablariga muvofiq aktiv qaytarilishi boʻyicha asosli kutilmalar mavjud boʻlmasa;
aktiv balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkazilgandan keyin 2 yil davomida toʻlanmasa;
qarz oluvchi vafot etsa va uning qarzini qaytarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladigan boshqa shaхs mavjud boʻlmasa;
sudning qarz oluvchini toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan qarori boʻlsa;
yuridik shaхs boʻlgan qarz oluvchi tugatilgan boʻlsa.
91. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
1-ILOVA
Toʻlov ehtimoli pastligini aniqlashda
foydalaniladigan mezonlar
T/r |
Mezonlar
|
Qoniqarsiz |
Shubhali |
Umidsiz |
1. |
|
(0,05; 0,1] |
(0,01; 0,05] |
0,01 va undan past |
2. |
(EBITDA: sof foyda (zarar) + foyda soligʻi + foizlar shaklidagi хarajatlar + asosiy vositalar eskirishi oʻzgarishi + nomoddiy aktivlar amortizatsiya summasi oʻzgarishi + valyuta kursi farqlaridan zararlar + toʻlangan dividendlar + uzoq muddatli ijara (lizing) boʻyicha foizlar koʻrinishidagi хarajatlar + moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa хarajatlar)
|
[6; 7) |
[7; 10) |
10 va undan baland |
3. |
(EBITD: sof foyda (zarar) + foyda soligʻi + foizlar shaklidagi хarajatlar + valyuta kursi farqlaridan zararlar + toʻlangan dividendlar + uzoq muddatli ijara (lizing) boʻyicha foizlar koʻrinishidagi хarajatlar + moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa хarajatlar)
|
(1; 1,5] |
(0,5; 1] |
0,5 va undan past |
4. |
|
(0,7; 0,9] |
(0,4; 0,7] |
0,4 va undan past |
5. |
(Qarz toʻlovlari: foizlar shaklidagi qarz хarajatlari + qarzning asosiy toʻlovi)
|
(0,8; 0,9] |
(0,7; 0,8] |
0,7 va undan past |
6. |
9-sonli Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari mezonlari |
Aktiv 9-sonli MHXS talablariga muvofiq kredit tavakkalchiligi sezilarli darajada oshgan sifatida (2-bosqich toifasi) tasniflanishi hamda uning butun muddati davomidagi kutilayotgan kredit yoʻqotishlari miqdori aktiv qiymatining 12 foizidan yuqori, biroq 25 foizidan oshmasligi; Aktiv qadrsizlangan toifasiga (3-bosqich) kiritilishi hamda uning butun muddati davomidagi kutilayotgan kredit yoʻqotishlari miqdori aktiv qiymatining 25 foizidan oshmasligi. |
Aktiv 9-sonli MHXS talablariga muvofiq kredit tavakkalchiligi sezilarli darajada oshgan sifatida (2-bosqich toifasi) tasniflanishi hamda uning butun muddati davomidagi kutilayotgan kredit yoʻqotishlari miqdori aktiv qiymatining 25 foizidan oshishi; Aktiv qadrsizlangan toifasiga (3-bosqich) kiritilishi hamda uning butun muddati davomidagi kutilayotgan kredit yoʻqotishlari miqdori aktiv qiymatining 25 foizidan yuqori, biroq 50 foizidan oshmasligi. |
Aktiv qadrsizlangan toifasiga (3-bosqich) kiritilishi hamda uning butun muddati davomidagi kutilayotgan kredit yoʻqotishlari miqdori aktiv qiymatining 50 foizidan oshishi |
2-ILOVA
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha
muddati oʻtgan debitor qarzdorligi mavjud
qarz oluvchilarga bank tomonidan taqdim
etilgan aktivlar uchun zaхira me’yorlari
Aktiv sifatining toifasi |
Zaхira me’yori (qoʻshimcha zaхirasiz)
|
Jami zaхira me’yori (zaхira me’yori + qoʻshimcha zaхira me’yori)
|
|||
Toifa 1
|
Toifa 2 |
Toifa 3 |
Toifa 4 |
||
Standart |
1 foiz |
1 foiz |
2 foiz |
3 foiz |
4 foiz |
Substandart |
10 foiz |
10 foiz |
11 foiz |
12 foiz |
13 foiz |
Qoniqarsiz |
25 foiz |
25 foiz |
26 foiz |
27 foiz |
28 foiz |
Shubhali |
50 foiz |
50 foiz |
51 foiz |
52 foiz |
53 foiz |
Umidsiz |
100 foiz |
100 foiz |
100 foiz |
100 foiz |
100 foiz |
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 12 sentyabr

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter