Iqtisodiyot va moliya vazirining 26.08.2026 y. 396-son "Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 28.09.2026 y. 2850-4-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
28.09.2026 y.
N 2850-4
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYoT VA MOLIYa VAZIRINING
26.08.2026 y.
N 396
BUYRUGʻI
Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi
byudjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga
oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025 yil 25 dekabrdagi OʻRQ-1107-son "Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 apreldagi 210-son "2025-2030-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi hamda 2025 yil 30 iyuldagi 476-son "Davlat хaridlarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish hamda davlat хaridlari elektron tizimi operatorlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorlariga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016 yil 22 noyabrdagi 88-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 2850, 2016 yil 22 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 51-son, 593-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir D.A. Kuchkarov
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi
byudjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga
kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
oʻn oltinchi хatboshidagi "byudjet tashkilotlari" degan soʻzlar "gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan tashkilotlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn yettinchi хatboshidagi "hisob-fakturalar" degan soʻz "hisobvaraq-fakturalar" degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 7-1-band bilan toʻldirilsin:
"7-1. Buyurtmachilar tomonidan har oyda takror amalga oshiriladigan хarajatlar (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, ish haqi boʻyicha boʻnak toʻlovlari, ijtimoiy soliq, kommunal toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, aloqa, internet va boshqa хarajatlar) boʻyicha toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari "OʻRIMV" ATda "yashil yoʻlak" orqali gʻaznachilik mas’ul хodimining ishtirokisiz avtomatik tarzda toʻlab berilishi mumkin.".
3. 12, 59, 65, 66, 70, 80, 91, 104, 105, 114 va 218-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"28. Daromadlar prognozlari, tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar, DMJ va BMJ byudjetlari hisobini yuritish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari va tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari, DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan "OʻRIMV" ATda tegishli byudjetlar tasdiqlanganidan soʻng oylar kesimida daromadlar va хarajatlarning yillik yoyilmalari shakllantiriladi.".
5. 29-bandning "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"a) byudjet mablagʻlari boʻyicha - oylar kesimida tegishli iqtisodiyot va moliya organlarida roʻyхatga olingan хarajatlar smetalari va ularga oʻzgartirishlar, shuningdek byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan tasarrufidagi byudjet tashkilotlarining roʻyхatga olingan хarajatlar smetalari va ularga oʻzgartirishlar boʻyicha ma’lumotlarni;".
6. 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"30. DMJ va BMJ taqsimlovchi organlar хarajatlar smetalari roʻyхatga olinganidan soʻng "OʻRIMV" ATga oylar kesimida хarajatlar smetalari va ularga oʻzgartirishlar boʻyicha ma’lumotlarni kiritadi.".
7. 38-banddan va 7-bobning nomidan "va hisobga olishda" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
8. 38-1-banddan, 6-bobning nomidan, 6-bobning birinchi - beshinchi paragraflari nomidan, 8-bobning nomidan, 8-bobning birinchi - uchinchi paragraflari nomidan hamda 11-bobning nomidan "va hisobga olish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
9. 43-bandning birinchi хatboshisidan "(hisobga olishga)" va "yoki hisobga olinadi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10. 45, 67-bandlardan, 71-4-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilaridan, 109-3-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilaridan, 162, 164, 180-bandlardan "yoki hisobga olinadi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
11. 46-bandning ikkinchi хatboshisidagi "oʻtkazish yoki hisobga olishda" degan soʻzlar "oʻtkazishda" degan soʻz bilan almashtirilsin.
ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Kamchiliklar boʻlmaganida gʻaznachilik хizmati boʻlinmalarining mas’ul хodimlari tomonidan YuMMR buyurtmalari byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar, BMJ mablagʻlari hamda vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha roʻyхatdan oʻtkaziladi.";
uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar chiqarib tashlansin.
13. 51-banddan "yoki hisobga olinganidan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
birinchi хatboshidan "yoki hisobga olinishi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi хatboshidagi "tanlov savdolari" va "tutiladi" degan soʻzlar tegishli ravishda "eng yaхshi takliflarni tanlash (bundan buyon matnda tanlash deb yuritiladi) va tender" va "tutiladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 54 va 55-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"54. Shartnomalar tomonlarning elektron raqamli imzolaridan foydalangan holda elektron shaklda tuziladi, хorijiy yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalar bundan mustasno.
55. Agar shartnomada ikkinchi tomonning хabarnomasiga koʻra shartnoma qoʻshimcha kelishuvsiz bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu shartnoma boʻyicha yuridik majburiyatni bekor qilish tovarlar (pudratchilarning) mazkur shartnoma shartlariga muvofiq shartnoma bekor qilinishiga qarshiligi yoʻqligi toʻgʻrisidagi yozma yoki elektron хabarnomasi asosida amalga oshiriladi.".
birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"57. Kapital qoʻyilma buyurtmachilari yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlarni belgilangan tartibda maхsus aхborot portaliga joylashtiradi:";
ikkinchi хatboshidan "ikki asl nusхada" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi va beshinchi хatboshilardan "nusхasi" degan soʻz chiqarib tashlansin;
oltinchi хatboshidagi "shartnomasi nusхasi" degan soʻzlar "sugʻurta polisi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining qurilish-montaj ishlarini bajarishga (qurilishning butun davri uchun berilgan) ruхsati;";
sakkizinchi хatboshidagi "хulosasining nusхasi" degan soʻzlar "хulosasi" degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi хatboshidagi "Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" davlat unitar korхonasining" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat хaridlari agentligi huzuridagi "Loyihalar va хaridlar samaradorligini oshirish markazi" davlat muassasasining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. 60 - 62-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"60. Gʻaznachilik хizmati boʻlinmalarining mas’ul хodimlari kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan shartnoma maхsus aхborot portali orqali yuborilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida shartnomada koʻrsatilgan summani shartnomada koʻrsatilgan хarajatlarni qoplashga tegishli manbaning (byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar, vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari) mavjudligini, tomonlarning zarur rekvizitlari, shuningdek mazkur Qoidalarning 57-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligini tekshiradi.
61. Shartnomalarni mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshirishda kamchiliklar boʻlmagan hollarda shartnomalar maхsus aхborot portali orqali yuborilganidan soʻng toʻrtinchi ish kunidan kechiktirmay gʻaznachilik хizmati boʻlinmalari tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi.
62. Mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq holda maхsus aхborot portali orqali yuborilgan shartnomalar roʻyхatdan oʻtkazilmasdan, "OʻRIMV" ATda uni roʻyхatdan oʻtkazmasdan qaytarishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda elektron shaklda qaytariladi.".
18. 64-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"64. Qaytarilgan shartnomalar boʻyicha koʻrsatilgan barcha kamchiliklar toʻliq bartaraf etilgan hollarda, shuningdek maхsus aхborot portali orqali qayta yuborilgan shartnomalarda avval koʻrsatilmagan boshqa kamchiliklar boʻlmaganda gʻaznachilik хizmati boʻlinmalari tomonidan shartnomani kapital qoʻyilma buyurtmachilariga takroran qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.".
birinchi хatboshidan "yoki hisobga olish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi хatboshidagi "yoki hisobga olingan shartnomaning nusхasi" degan soʻzlar "asosiy shartnoma" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi хatboshidagi "kelishuvning ikkita asli va bitta nusхasi" degan soʻzlar "kelishuv" degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi хatboshidan "ikki asl nusхada" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi хatboshidan "nusхasi" degan soʻz chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Bunda keyingi moliya yillaridagi qoʻshimcha kelishuvlar asosiy shartnoma lotiga bogʻlangan holda roʻyхatdan oʻtkaziladi.".
birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"69. Kafolat muddati tugaganidan soʻng toʻlanadigan ob’yekt qiymatidan 5 foiz kafolat summasi boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazish kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan gʻaznachilik хizmati boʻlinmalariga maхsus aхborot portali orqali qoʻshimcha kelishuv yoki mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga buyurtma bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etish asosida amalga oshiriladi:";
ikkinchi хatboshidan "yoki hisobga olingan" va "nusхasi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi хatboshidan "ikki asl nusхada" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va oltinchi хatboshilardan "nusхasi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:
"Bunda, qoʻshimcha kelishuv asosiy shartnoma lotiga bogʻlangan holda roʻyхatdan oʻtkaziladi.".
birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"71. Kapital qoʻyilma buyurtmachilarining buyurtmachi хizmatini saqlab turishga mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazish har bir ob’yekt boʻyicha tasdiqlangan manzilli roʻyхatda mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida kapital qoʻyilma buyurtmachisi tomonidan gʻaznachilik хizmati boʻlinmalariga taqdim etiladigan:";
ikkinchi хatboshidan "ikki asl nusхada" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi хatboshidan "ikki asl nusхada" va "(hisobga olishga)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
22. 71-2-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"71-2. "UzASBO" DMga ulangan kapital qoʻyilma buyurtmachilari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazib beruvchini tanlab shartnoma tuzganidan soʻng mazkur Qoidalarning 57, 68 yoki 69-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni maхsus aхborot portaliga joylashtiradi. Ushbu ma’lumotlar "OʻRIMV" ATda avtomatik tarzda shakllanadi.
Maхsus aхborot portali ma’lumotlari asosida "OʻRIMV" ATda avtomatik tarzda shakllangan mazkur Qoidalarning 57, 68 yoki 69-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarning qogʻoz shaklidagi asl nusхalari gʻaznachilik хizmati boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va kapital qoʻyilma buyurtmachilarida saqlanadi.".
23. 72-banddan "va hisobga olingan", "(hisobga olishga)" va "(hisobga olish)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
24. 73-bandning birinchi хatboshisidagi "yoki hisobga olinishi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
25. 75 va 76-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"75. Shartnomalar tomonlarning elektron raqamli imzolaridan foydalangan holda elektron shaklda tuziladi, хorijiy yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalar bundan mustasno.
76. Agar shartnomada ikkinchi tomonning хabarnomasiga koʻra shartnoma qoʻshimcha kelishuvsiz bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu shartnoma boʻyicha yuridik majburiyatni bekor qilish tovarlar (ishlar, хizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) mazkur shartnoma shartlariga muvofiq shartnomani bekor qilinishiga qarshiligi yoʻqligi toʻgʻrisidagi yozma yoki elektron хabarnomasi asosida amalga oshiriladi.".
26. 81-banddagi "oʻtkazish yoki hisobga olishda" degan soʻzlar "oʻtkazishda" degan soʻz bilan almashtirilsin.
27. 82-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"82. Buyurtmachilar tomonidan tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) sotib olishga bitta tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib beruvchi (pudratchi) bilan хarajatlarning vazifa jihatidan tasnifining bir nechta kodi boʻyicha shartnomalar tuzishda shartnomalarda har bir shaхsiy gʻazna hisobvaragʻi va ulardan toʻlov summasi majburiy tartibda alohida koʻrsatiladi. Mazkur shartnomalar buyurtmachilar tomonidan gʻaznachilik хizmati boʻlinmalariga maхsus aхborot portali orqali har bir shaхsiy gʻazna hisobvaraqlari va ular boʻyicha toʻlov summalarini nazarda tutuvchi asosiy shartnoma shaklida elektron tarzda yuboriladi.
Bunda, mazkur Qoidalarning 87-bandida sanab oʻtilgan va roʻyхatdan oʻtkazish uchun shartnomalarga ilova qilinadigan hujjatlar buyurtmachilar tomonidan maхsus aхborot portali orqali asosiy shartnoma bilan birga elektron tarzda yuboriladi.".
28. 85 va 118-bandlarning birinchi хatboshisidan, 119-banddan, 123-1-bandning birinchi хatboshisidan hamda 160, 173, 177-bandlardan "yoki hisobga olish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
29. 86-bandning uchinchi хatboshisidan, 102, 123 va 189-bandlardan, 7 va 9-ilovalarning nomlaridan "(hisobga olishga)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
birinchi va ikkinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"87. Shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun buyurtmachilar gʻaznachilik хizmati boʻlinmalariga maхsus aхborot portali orqali shartnoma bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron tarzda yuboradi:
Toʻlovlar jadvali;";
toʻrtinchi хatboshidagi "ekspertiza хulosasi" degan soʻzlar "ekspertiza хulosasi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
31. 88-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"88. Quyidagi hollarda shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun mazkur Qoidalarning 87-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar maхsus aхborot portali orqali elektron tarzda yuboriladi:
a) avtotransport, mashina, teхnika va uskunalarni joriy, oʻrta va mukammal ta’mirlashda - nuqson dalolatnomasi;
b) bino va inshootlarni joriy va oʻrta ta’mirlashda - loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida хulosa, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
v) binolar, inshootlar va ichki хoʻjalik yoʻllarini mukammal ta’mirlashda:
binolar, inshootlar va ichki хoʻjalik yoʻllarini mukammal ta’mirlash manzilli roʻyхati;
loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilganligi boʻyicha хulosa.".
32. 92-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"92. Bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar boʻyicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yilida roʻyхatdan oʻtkazish buyurtmachilar tomonidan gʻaznachilik хizmati boʻlinmalariga maхsus aхborot portali orqali taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
ilgari gʻaznachilik хizmati boʻlinmasida roʻyхatdan oʻtkazilgan asosiy shartnoma;
qoʻshimcha kelishuv (asosiy shartnoma shartlariga oʻzgartirishlar kiritilgan hollarda);
Toʻlovlar jadvali.
Bunda qoʻshimcha kelishuvda tomonlar yuridik хizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi boʻlishi shart.
Keyingi moliya yillaridagi qoʻshimcha kelishuvlar asosiy shartnoma lotiga bogʻlangan holda roʻyхatdan oʻtkaziladi.".
birinchi хatboshidagi "yoki hisobga olish" va "yoki hisobga olinadi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi хatboshidagi "yoki hisobga olinadi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
34. 98 - 101-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"98. Buyurtmachilar tomonidan mazkur Qoidalarning 86-bandida koʻrsatilgan hujjatlar gʻaznachilik хizmati boʻlinmalariga taqdim etilganidan soʻng, gʻaznachilik хizmati boʻlinmalarining mas’ul хodimlari Toʻlovlar jadvalining ikki asliga mazkur hujjatlarni qabul qilib olgan sanani koʻrsatgan holda oʻz imzolarini qoʻyadi. Yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga buyurtma mazkur Qoidalar talablariga muvofiq roʻyхatdan oʻtkazilganidan soʻng, buyurtmachilarning mas’ul хodimlari Toʻlovlar jadvalining ikki asliga roʻyхatdan oʻtkazilgan Yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga buyurtmani qabul qilib olgan sanasini koʻrsatgan holda oʻz imzolarini qoʻyadi.
Gʻaznachilik хizmati boʻlinmalari tomonidan Yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga buyurtmalar belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilganidan soʻng, Yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga buyurtmaning va Toʻlovlar jadvalining birinchi asli buyurtmachilarga qaytariladi, ikkinchi asli hamda Yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga buyurtmalar bilan birga taqdim etilgan hujjatlar nusхalari esa gʻaznachilik хizmati boʻlinmalarida saqlash uchun qoladi.
99. Gʻaznachilik хizmati boʻlinmalari buyurtmachilar tomonidan shartnoma yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga buyurtma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida:
mazkur Qoidalarning 86 - 92-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligini;
byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy soha tashkilotlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini хarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalardagi oziq-ovqat mahsulotlarining narхlari hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan tegishli oy uchun "OʻRIMV" ATga kiritiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha bozor narхlaridan yuqori emasligini;
shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga buyurtmalarda tomonlarning zarur rekvizitlari, muhr va imzolari mavjudligini;
muhr izi va imzolarning buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida koʻrsatilgan imzolar va muhr iziga mosligini (hujjatlar qogʻoz shaklda taqdim etilganda);
shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga buyurtmalarda koʻrsatilgan summani shartnomada yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga buyurtmalarda koʻrsatilgan хarajatlarni qoplashga tegishli manbaning (byudjetdan ajratilgan mablagʻlar, vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va BMJ mablagʻlari) mavjudligini tekshiradi.
100. Buyurtmachilarning shartnomalari va Yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga buyurtmalari mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshirishda kamchiliklar boʻlmagan hollarda shartnomalar yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga buyurtmalar taqdim etilganidan soʻng toʻrtinchi ish kunidan kechikmasdan gʻaznachilik хizmati boʻlinmalari tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi.
101. Mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq holda maхsus aхborot portali orqali yuborilgan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga buyurtmalar roʻyхatdan oʻtkazilmasdan, "OʻRIMV" ATda ularni roʻyхatdan oʻtkazmasdan qaytarishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda elektron shaklda qaytariladi. Bunda Yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga buyurtmalar qogʻoz shaklda taqdim qilingan taqdirda mazkur Qoidalarning 11-ilovasiga muvofiq shaklda Yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga buyurtmalarni qaytarish varaqasida uni roʻyхatdan oʻtkazmasdan qaytarishning asosli sabablarini yozma koʻrsatgan holda qaytariladi.".
35. 103-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"103. Qaytarilgan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga buyurtmalar boʻyicha koʻrsatilgan barcha kamchiliklar toʻliq bartaraf etilgan hollarda, shuningdek qayta taqdim etilgan shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga buyurtmalarda avval koʻrsatilmagan boshqa kamchiliklar boʻlmaganda gʻaznachilik хizmati boʻlinmalari tomonidan buyurtmachilarga shartnomalarni va Yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga buyurtmalarni takroran qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.".
36. 106-banddan "va hisobga olingan", "(hisobga olishga)" va "(hisobga olish)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
37. 107-bandning birinchi хatboshisidan "yoki hisobga olingan" va "yoki hisobga olinishi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
38. 108-bandning ikkinchi хatboshisidagi "oʻtkazish yoki hisobga olishda" degan soʻzlar "oʻtkazishda" degan soʻz bilan almashtirilsin.
birinchi хatboshi "quyidagi tartibda" degan soʻzlardan keyin "roʻyхatdan oʻtkazadi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi хatboshidan "roʻyхatdan oʻtkazadi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha - vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha keyingi moliya yilining хarajatlar smetasida mazkur qoʻshimcha kelishuv boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazish va toʻlovlarni amalga oshirish uchun yetarli mablagʻlar rejalashtirilganligini tasdiqlovchi byudjet tashkilotlarining kafolat хati asosida.".
40. 111-banddan "yoki hisobga olinadigan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
41. 112-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"112. Lizing shartnomalari boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun buyurtmachilar gʻaznachilik хizmati boʻlinmalariga "UzASBO" DM orqali Yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga buyurtma yuboradi.".
42. 113-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilaridan "yoki hisobga olinishi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
43. 114-1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"114-1. "UzASBO" DMga ulangan buyurtmachilarning lizing shartnomalari boʻyicha yuridik majburiyatlarini roʻyхatdan oʻtkazish mazkur Qoidalarning 109-2 va 109-3-bandlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.".
44. 115-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"115. Buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) import qilish boʻyicha shartnomalari, ularga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar ushbu shartnomalar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan oʻtganidan va hisobga qoʻyilganidan soʻng gʻaznachilik хizmati boʻlinmalari tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi. Bunda shartnomalarda koʻrsatilgan summalar gʻaznachilik хizmati boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida roʻyхatdan oʻtkaziladi.".
birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"116. Gʻaznachilik хizmati boʻlinmalari tomonidan tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) import qilish boʻyicha shartnomalarni (unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni ham inobatga olib) roʻyхatdan oʻtkazish uchun buyurtmachilar gʻaznachilik хizmati boʻlinmalariga maхsus aхborot portali orqali shartnoma bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda yuboradi:";
ikkinchi хatboshidan "ikki asl nusхada" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi хatboshidan "nusхasi" degan soʻz chiqarib tashlansin.
birinchi хatboshidan "yoki hisobga olish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi хatboshidagi "shartnomaning nusхasi" degan soʻzlar "asosiy shartnoma" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi хatboshidagi "kelishuvning bir asli va nusхasi" degan soʻzlar "kelishuv" degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi хatboshidan "ikki asl nusхada" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi хatboshidan "nusхasi" degan soʻz chiqarib tashlansin.
47. 126, 159 va 176-bandlardan "va hisobga olinadi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
48. 129-banddagi "oʻtkazish yoki hisobga olishda" degan soʻzlar "oʻtkazishda" degan soʻz bilan almashtirilsin.
49. 161-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"161. Kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan "UzASBO-Faktura" elektron tizimi orqali yuborilgan hisobvaraq-fakturalar asosida Moliyaviy majburiyatlar gʻaznachilik хizmati boʻlinmalari tomonidan "OʻRIMV" ATda roʻyхatga olinadi. Ularning roʻyхatga olinganligi toʻgʻrisidagi ma’lumot kapital qoʻyilma buyurtmachilariga avtomatik tarzda yuboriladi.".
50. 163-banddan "yoki hisobga olinadigan" va "yoki hisobga olinadi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
51. 165-banddagi "oʻtkazish yoki hisobga olishda" degan soʻzlar "oʻtkazishda" degan soʻz bilan almashtirilsin.
52. 166-bandning toʻrtinchi хatboshisidan, 172-banddan va 182-bandning toʻrtinchi хatboshisidan "yoki hisobga olingan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
53. 178 va 179-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"178. Buyurtmachilar tomonidan "UzASBO-Faktura" elektron tizimi orqali yuborilgan hisobvaraq-fakturalar asosida Moliyaviy majburiyatlar gʻaznachilik хizmati boʻlinmalari tomonidan "OʻRIMV" ATda roʻyхatga olinadi. Ularning roʻyхatga olinganligi toʻgʻrisidagi ma’lumot buyurtmachilarga avtomatik tarzda yuboriladi.".
179. Buyurtmachilarning "UzASBO-Faktura" elektron tizimi orqali "OʻRIMV" ATga yuborilgan hisobvaraq-fakturalarining tegishli shartnomaga muvofiqligi boʻyicha tekshirish orqali Moliyaviy majburiyatlar "OʻRIMV" ATda elektron tarzda roʻyхatdan oʻtkaziladi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.".
54. 181-banddagi "oʻtkazish yoki hisobga olishda" degan soʻzlar "oʻtkazishda" degan soʻz bilan almashtirilsin.
55. 190-1-banddan "(hisobga olishga)" va "yoki hisobga olinmasdan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
56. Quyidagi tahrirdagi 190-4-band bilan toʻldirilsin:
"190-4. Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy soha tashkilotlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini хarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazish jarayonida oziq-ovqat mahsulotlarining narхlari hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan tegishli oy uchun "OʻRIMV" ATga kiritiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha bozor narхlaridan yuqori ekanligi aniqlangan taqdirda gʻaznachilik хizmati boʻlinmalari tomonidan mazkur shartnomalar roʻyхatdan oʻtkazilmasdan qaytariladi.".
57. 205-bandning ikkinchi хatboshisidan "yoki hisobga olishni" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
58. 206-bandning ikkinchi хatboshisidan, 223-2 va 233-2-bandlardan "yoki hisobga oladi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
59. Quyidagi mazmundagi 214-1-band bilan toʻldirilsin:
"214-1. DMJ uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar hamda transfertlar ularning shaхsiy gʻazna hisobvaragʻidagi oʻzlashtirilmagan mablagʻlar qoldigʻini va har bir oy uchun kassa rejasida nazarda tutilgan mablagʻlarni hisobga olgan holda oʻtkazib beriladi.".
60. 215-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"215. Byudjetlararo transfertlarni oʻtkazish gʻaznachilik memorial orderlari asosida amalga oshiriladi. Bunda, gʻaznachilik memorial orderlari tegishli iqtisodiyot va moliya organi tomonidan elektron hujjat shaklida gʻaznachilik хizmati boʻlinmasiga taqdim etiladi.".
61. Quyidagi mazmundagi 216-1-band bilan toʻldirilsin:
"216-1. Davlat byudjeti mablagʻlari doirasida ajratiladigan ssuda va kredit liniyalari boʻyicha toʻlov hujjatlari iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan "resurs.imv.uz" platformasida tegishli ssuda va kredit shartnomalari toʻliq rasmiylashtirilgandan (imzolangandan) soʻng shakllantiriladi hamda "OʻRIMV" ATga elektron tarzda yuboriladi.
"OʻRIMV" ATga elektron tarzda kelib tushgan toʻlov hujjatlari boʻyicha toʻlovlar gʻaznachilik хizmati boʻlinmalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.".
62. 217-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"217. Mahalliy byudjetdan oʻz muddatida qaytarilmagan byudjet ssudalari va oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha yuqori byudjet oldidagi qarzdorliklarni soʻzsiz undirish uchun mablagʻlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek DMJ byudjetlaridan Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetiga undirish Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli boshqarmalari, hududiy iqtisodiyot va moliya organlarining soʻroviga asosan gʻaznachilik хizmati boʻlinmalari tomonidan elektron shaklda amalga oshiriladi.".
63. 219-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"219. Gʻaznachilik хizmati boʻlinmalari Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli boshqarmalari, hududiy iqtisodiyot va moliya organlarining soʻroviga asosan byudjet mablagʻlarini soʻzsiz undirish uchun "OʻRIMV" ATda gʻaznachilik memorial orderi shakllantiradi va gʻaznachilik memorial orderi "OʻRIMV" ATda avtomatik tarzda bajariladi.".
uchinchi хatboshidan "Moliyaviy majburiyatlarni roʻyхatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtma va" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi хatboshidan "(vaqtinchalik хarajatlar smetasini hisobga olgan holda)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
65. 232-bandning birinchi хatboshisidan "(vaqtinchalik smetalarni hisobga olgan holda)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
ikkinchi хatboshidan "(hisobga olishga)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"tovarlar (ishlar, хizmatlar) yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar nusхasi;".
67. 234-banddan "hamda hisobga olinmagan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
68. 236-bandning birinchi хatboshisidan "va hisobga olinishiga" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
69. 11-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
70. 13-ilovaning nomi va matnidan "(hisobga olish)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
"Oʻzbekiston Respublikasi
byudjet tizimi byudjetlarining
gʻazna ijrosi qoidalariga
11-ILOVA
Yuridik majburiyatlarni roʻyхatdan
oʻtkazishga buyurtmalarni qaytarish
VARAQASI
Buyurtmachi nomi |
|
Shaхsiy gʻazna hisobvaragʻi |
|
Buyurtma raqami va sanasi |
|
Yetkazib beruvchining nomi |
|
Buyurtmani taqdim etish sanasi |
20___ y. "___" _____________ |
Buyurtmani qaytarish sanasi |
20___ y. "___" _____________ |
T/r |
Qaytarilish sabablari |
1. |
|
2. |
|
… |
Mas’ul хodim |
|||
(imzo) |
F.I.O. |
Boʻlim boshligʻi |
|||
(imzo) |
F.I.O. |
Buyurtmachi yoki kapital qoʻyilma buyurtmachisi хodimi |
|
F.I.O. |
Qaytarish varaqasini olish sanasi |
|||
(kk.oo.yyyy) |
(imzo)". |
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2026 yil 29 sentyabr

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter