Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.10.2026 y. PF-213-son "Oʻzbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

03.10.2026 y.

N PF-213



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TA’LIM VA ILM-FAN VAZIRLIGINI

TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA



Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim, tarbiya va ilm-fan tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, inson kapitalini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish, ta’limning barcha turlari oʻrtasidagi oʻzaro uzviylikni ta’minlash, jumladan, maktab ta’limini kasbiy va oliy ta’lim bilan, oliy ta’limni ilm-fan bilan yaqindan integratsiya qilish, shuningdek, ilgʻor хorijiy tajribani hisobga olgan holda ta’lim sohasida yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, tizimning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish maqsadida QAROR QILAMAN:


1. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, Ta’lim va ilm-fan vazirligi:

(a) quyidagi sohalarda yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ularni rivojlantirish va tartibga solish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi:

(i) maktabgacha ta’lim va tarbiya;

(ii) umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim;

(iii) kasbiy ta’lim;

(iv) oliy ta’lim;

(v) oliy ta’limdan keyingi ta’lim;

(vi) kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

(vii) qoʻshimcha va norasmiy ta’lim;

(b) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, хalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.


3. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini natijadorlikka yoʻnaltirilgan va samarali boshqaruv tamoyillari asosida tashkil etish, uning vazifalari va tashkiliy tuzilmasini belgilash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.


4. Ta’lim va ilm-fan vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                              Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 5 oktyabr