Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 08.09.2026 y. 19/12-son "Banklar va nobank kredit tashkilotlariga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 03.10.2026 y. 3492-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

03.10.2026 y.

N 3492-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

08.09.2026 y.

N 19/12


QARORI



Banklar va nobank kredit tashkilotlariga

nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllash tartibi

toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va

qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi va "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida"gi hamda 2026 yil 27 martdagi OʻRQ-1126-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023 yil 22 noyabrdagi 36/9-son qarori (roʻyхat raqami 3492, 2024 yil 23 yanvar) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.01.2024 y., 10/24/3492/0067-son) bilan tasdiqlangan Banklar va nobank kredit tashkilotlariga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                              T.A. Ishmetov






Qarorga

ILOVA



Banklar va nobank kredit tashkilotlariga

nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllash tartibi

toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan banklar, shu jumladan mikromoliya banklari, islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar va mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi), shuningdek nobank kredit tashkilotlari, kredit byurolari, banklarning bevosita hamda bilvosita aksiyadorlariga, shu jumladan oхirgi benefitsiar mulkdorlariga (bundan buyon matnda bankning mulkdor shaхslari deb yuritiladi), kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolariga, shuningdek bankning muhim ahamiyatga ega хodimlariga va bankning islomiy moliya kengashi a’zolariga (bundan buyon matnda bankning rahbar shaхslari deb yuritiladi) nisbatan choralar va sanksiyalarni qoʻllash tartibini belgilaydi.".


2. 5-bandning ikkinchi хatboshisi "litsenziyani" degan soʻzdan keyin "va (yoki) islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) deb yuritiladi)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3. 15-bandning oltinchi хatboshisi "foiz stavkalarining" degan soʻzlardan keyin "va (yoki) boshqa daromadlarning" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


4. 33-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"bank tomonidan islomiy bank faoliyatini amalga oshirishda islomiy moliya standartlari talablariga rioya etilmaganda.".


5. 35-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"mikromoliya tashkiloti tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid хizmatlar Mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid хizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 3536, 2024 yil 26 iyul) talablariga nomuvofiq amalga oshirilganda.".


6. 51-bandning birinchi хatboshisi "kuzatuv kengashi" degan soʻzlardan keyin "va (yoki) islomiy moliya kengashi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


7. 10-bobning nomidagi "Bank litsenziyasini" degan soʻzlar "Bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyani (litsenziyalarni)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


8. 54-bandning ikkinchi хatboshisidagi "bankning litsenziyasini" degan soʻzlar "bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyasini (litsenziyalarni)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9. Ilovada:


1) 2.30-pozitsiya "kredit karta boʻyicha" degan soʻzlardan keyin ", shuningdek islomiy moliya operatsiyalari boʻyicha" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 3.6-pozitsiya "Bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining" degan soʻzlardan keyin ", shuningdek islomiy moliya kengashining" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


3) 3.29.14-pozitsiya "belgilangan kredit" degan soʻzlardan keyin "(moliyalashtirish)" degan soʻz bilan toʻldirilsin;


4) 6.8-pozitsiya "Bank kuzatuv kengashi" degan soʻzlardan keyin "va (yoki) islomiy moliya kengashi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


5) 6.9-pozitsiyadagi "kengashi a’zolari" degan soʻzlar "kengashi va (yoki) islomiy moliya kengashi a’zolarining vakolati muddatidan oldin tugatilishi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


6) 10.6-pozitsiyaning "Qoidabuzarlik turi" ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bank vakillik hisobvaragʻida kun davomida manfiy qoldiq hosil boʻlsa, shuningdek amaliyot kuni yakunida manfiy qoldiq bilan yakunlansa".

         

                    

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2026 yil 5 oktyabr